DAVLAT ISh BILAN BANDLIK XIZMATI FAOLIYaTINING SAMARADORLIGINI BAHOLASh USULLARI
DAVLAT ISh BILAN BANDLIK XIZMATI FAOLIYaTINING SAMARADORLIGINI BAHOLASh USULLARI REJA 1. Davlat ish bilan bandlik xizmati faoliyatining samaradorligini baholashning zarurati 2. Davlat ish bilan bandlik xizmati faoliyati samaradorligini baholash usullarining tasnifi 3. Davlat ish bilan bandlik xizmati faoliyatining samaradorligini baholashning yangi ko‘rsatkichlar hisobi bo‘yicha dasturiy ta’minoti
1 . Davlat ish bilan bandlik xizmati faoliyatining samaradorligini baholashning zarurati Iqtisodiy tizimlar rivojlanishining barqarorligi ish bilan bandlikning belgilangan aniq darajasiga muvofiq kelishini nazarda tutadi. Ish bilan bandlik darajasi ijtimoiy foydali mehnat sohasida mehnatga layoqatli aholidan foydalanish darajasini xarakterlaydi. Bu ko‘rsatkichning ko‘tarilishi mamlakatda iqtisodiy holatlar murakkablashuvining oldini oladi. Shunday bo‘lsada, ishchi kuchiga talab va taklif o‘rtasidagi munosabatning o‘zaro bog‘liqligi natijasi o‘laroq ishsizlikni yoki ishchi kuchi taqchilligini yuzaga keltirishi mumkin. Bugungi kunda aytish mumkinki, O‘zbekistonda mehnat bozorining holati an’anaviy xususiyatga ega: Yangi ish o‘rinlarining yaratilishi hisobiga ishsizlar soni bir muncha qisqarmoqda. Tabiiyki, yangicha munosabatlar sharoitida ish bilan bandlik xizmati faoliyatini baholash uchun yangi usullar, mezonlar muvofiqligida yangicha yo‘nalishdagi strategiyani ishlab chiqish zarur. Ish bilan bandlik xizmatining mehnat bozori segmentidagi joylashuvini jiddiy ravishda o‘zgarishi strategik yangilanishga: ish beruvchilar bilan ishsizlar o‘rtasida ustun darajada faoliyat yuritishning bevosita vositachilik rolidan bilvosita vositachilik roliga o‘tish tezroq ishsiz yurgan fuqarolarni ish bilan ta’minlash va bo‘sh ish joylarini kadrlar bilan to‘ldirishga harakat qilish maqsadida, ikkala mijozning mustaqil faoliyat yuritishlariga olib keladi. Ish bilan bandlik xizmati o‘zining asosiy mijozlari bilan ishini shunday tashkil qiladiki, bunda ish beruvchi mehnat bozorining holatiga qarab ishchi kuchi talabining kelajakdagi o‘zgarishi bo‘yicha oldindan o‘z strategiyasini ishlab chiqishi va oldinroq kadrlar tayyorlash masalasini hal qilishi zarur; ishsizlarda esa, kasbiy malakalarini o‘sishiga ichki talabni rivojlantirish va mehnat bozoridagi raqobat kurashiga psixologik jihatdan tayyor bo‘lishlari zarurligini ifodalaydi.
Ish bilan bandlik xizmati faoliyatining samaradorligini baholash uchun optimal usullardan foydalanish zarur. Bu bilan bog‘liqlikda qo‘yilgan masalalar quyidagilardan iborat: 1. Ish bilan bandlik xizmati faoliyatining samaradorligini baholash uchun tadbiq etilayotgan usullarni tizimlashtirish; 2. Hududiy ish bilan bandlik xizmati faoliyatining samaradorligini baholashda ko‘rsatkichlar tizimi va usullarini tahlil etish; 3. Ish bilan bandlik xizmati faoliyatining samaradorligini baholash usullarini takomillashtirish bo‘yicha tatqiqotlar o‘tkazish va tavsiyalar ishlab chiqish. Mehnat sohasida ish bilan bandlik xizmati har qanday davlat tashkiloti singari ierarxiyali (pog‘onali) tuzilmalarga ega, shuning uchun uning faoliyatini baholash turli darajalardagi boshqaruv organlari sifatida amalga oshiriladi: yuqori darajada – respublika miqyosida; o‘rta darajada – hudud (viloyat) miqyosida; quyi darajada – joylardagi mehnat organlari (tuman) miqyosida. Ko‘pchilik MDH davlatlarida yaqin vaqtlargacha, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirliklari tomonidan hududiy ish bilan bandlik xizmati organlari faoliyatlarining samarali yoki samarasiz ekanligi quyidagi ikkita ko‘rsatkich bilan baholangan: birinchisi – aholini ish bilan ta’minlash jamg‘armasiga yig‘ilgan sug‘urta ajratmalari va bu mablag‘larning ishsizlarga nafaqa to‘lovlari uchun yetarliligi; ikkinchisi- ishsizlik darajasi, mehnat organlari ro‘yxatidan o‘tgan jami ishsizlar sonini jami iqtisodiy faol aholiga nisbati. Bu ko‘rsatkichlar va natijalar ish bilan bandlik xizmati faoliyatini samarali yoki samarasiz ekanligini baholash uchun yetarli hisoblangan. Shuningdek, hududiy ish bilan bandlik xizmati organlari ichki faoliyatlarida quyidagi ko‘rsatkichlardan: ishsizlar soni; bitta ishsizga to‘g‘ri keladigan bo‘sh ish joylari soni; o‘z vaqtida va to‘liq ishsizlik nafaqalarining to‘lovi, jami ishsizlardan hisobga olinganlar hissasi va hisobdan chiqarilganlar hissasi; jami ishsizlar ichida nafaqa oluvchilar hissasi va boshqalardan foydalanilgan.
2. Davlat ish bilan bandlik xizmati faoliyati samaradorligini baholash usullarining tasnifi Respublikamiz Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tavsiyasiga muvofiq, hududiy ish bilan bandlik xizmati organlari faoliyatlarining samaradorligini hisoblash metodikasini qarab chiqamiz. Respublikamiz Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi hududiy ish bilan bandlik xizmati organlarining faoliyatlarini takomillashtirish hamda mehnat bozori monitoringini mustahkamlash maqsadida, hududiy ish bilan bandlik xizmati organlari faoliyatining samaradorligini baholash bo‘yicha ko‘rsatkichlar tizimini kengaytirish zarur. Bunda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007 yil 24-maydagi 106-sonli “Ishga joylashtirishga muhtoj ish bilan band bo‘lmagan aholini hisobga olish metodikasini takomillashtirish to‘g‘risidagi” Qaroriga muvofiq mehnat resurslari balansini tuzish va ishga joylashtirishga muhtoj shaxslarni aniqlash metodikasiga asosanlangan holda amalga oshirish kerak. Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tomonidan ish bilan bandlik xizmati organlari faoliyatining samaradorligini baholash uch qismga bo‘linadi. 1) Ish izlovchi fuqarolarning ish bilan bandlik xizmatiga talab etilganlik darajasini baholash. 2) Ish topish maqsadida murojaat qilgan fuqarolarni ishga joylashtirishga ko‘maklashish bo‘yicha ish bilan bandlik xizmati faoliyatining samaradorligi. 3) Ish beruvchilar bilan ishlash. 1. Ish izlovchi fuqarolarning ish bilan bandlik xizmatiga talab etilganlik darajasini baholash . 1.1. Korxonalardan bo‘shatilgan xodimlarning ish bilan bandlik xizmatiga talab etilgan darajasi, ish bilan bandlik xizmatiga murojaat qilganlar sonini iqtisodiy faol aholi soniga nisbati. 1.2. Ish bilan b andlik xizmati ko‘magi bilan ishga joylashtirish darajasi, muayyan davrda jami korxona va tashkilotlarga qabul qilinganlar ichida ish bilan bandlik xizmati yordami bilan ishga joylashganlar hissasi.
2. Ish topish maqsadida murojaat qilgan fuqarolarni ishga joylashtirishga ko‘maklashish bo‘yicha ish bilan bandlik xizmati faoliyatining samaradorligi. 2.1. Ishga joylashtirish ko‘rsatkichlari va xarajatlar i ni baholash. 2.1.1. Ish bilan b andlik xizmati ko‘magi bilan ishga joylashganlar salmog‘i, hisobot davrida jami ishga joylashganlarning ish izlash maqsadida hisobda turgan jami fuqarolar soniga nisbati. 2.1.2. Ishga joylashtirish koeffitsienti, hisobot davrida jami ishga joylashganlarning, hisobot davrida jami hisobdan chiqarilganlarga nisbati. 2.1.3. Ishsizlarni ishga joylashtirish koeffitsienti, ish bilan bandlik xizmati organlari tomonidan ishga joylashtirilgan ishsizlar sonining ish bilan bandlik xizmati organlari ro‘yxatida turgan jami ishsizlar soniga nisbati. 2.1.4. Uzoq muddatdagi ishsizlikning samaradorligi, uzoq muddatdagi ishsizlar sonini hisobot davrida ro‘yxatda turgan jami ishsizlar soniga nisbati. 2.1.5. Ish bilan b andlik xizmati organlariga muroj a at qilgan fuqarolarni ishga joylashtirish bo‘yicha dasturiy vazifaning bajarilishi. 2.2. Moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlashning sifat ko‘rsatkichlari. 2.2.1. Ishsizlarga nafaqa tayinlash muddatining bajarilishi, muddatida ishsizlik bo‘yicha nafaqa tayinlanmaganlarning qonun bo‘yicha jami ishsizlik nafaqa si oladiganlar soniga nisbati. 2.2.2. Ishsizlik nafaqasi to‘lanishining kechiktirilishi, o‘z vaqtida nafaqa olmaydigan ishsizlar sonini hisobot davridagi jami nafaqa oluvchilarga nisbati. 2.2.3. Ishsizlik bo‘yicha nafaqa to‘lovlarini tayinlanish sifati, nafaqalarning tayinlanishi bo‘yicha shikoyat qilganlarni qondirilish miqdorini jami nafaqa oluvchilar soniga nisbati. 2.2.4. Noqonuniy yo‘llar bilan olingan nafaqalarning qaytarilishi h isobiga, aholini ish bilan ta’minlash jamg‘armasiga qaytarilgan mablag‘larning hissasi, qaytarilgan mablag‘lar summasini ish bilan ta’minlash jamg‘armasi jami xarajatlariga nisbati.