logo

ISh BILAN BANDLIKKA KO‘MAKLAShISh MARKAZLARI XIZMATI

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

36.42578125 KB
ISh BILAN BANDLIKKA KO‘MAKLAShISh MARKAZLARI
XIZMATI
REJA
1.   Tuman   (shahar)   bandlikka   ko‘maklashuvchi   markazni   tashkil   etish
asoslari 
2.   Tuman   (shahar)   bandlikka   ko‘maklashuvchi   m arkazning   asosiy
vazifalari va funksiyalari
3. Markazning huquq va ma’suliyati 1.   Tuman (shahar) bandlikka ko‘maklashuvchi markazni tashkil etish
asoslari
Tuman   (shahar)   bandlikka   ko‘maklashuvchi   markaz   “Tuman   (shahar)
bandlikka ko‘maklashuvchi markaz to‘g‘risida” Nizomga asosan faoliyat yuritadi.
Nizom   O‘zbekiston   Respublikasi   “Aholini   ish   bilan   ta’minlash   to‘g‘risida”gi
Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007 yil 6 apreldagi «Aholini
bandligini   oshirish   hamda   mehnat   va   aholini   ijtimoiy   muhofaza   qilish   organlari
faoliyatini   takomilllashtirish  chora-tadbirlari   to‘g‘risida»gi  PK-616 –  sonli   Qarori
hamda Vazirlar Mahkamasining 2007 yil 8 maydagi 95-sonli «2007 yil 6 apreldagi
O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidentining   PK–616   -   sonli   «Aholi   bandligini
oshirish   hamda   mehnat   va   aholini   ijtimoiy   muhofaza   qilish   organlari   faoliyatini
takomillashtirish   chora-tadbirlari   to‘g‘risida»gi   Qarorini   amalga   oshirish   chora-
tadbirlari   to‘g‘risida»   gi   Qarori   asosida   ishlab   chiqilgan   bo‘lib,   tuman   (shahar)
Bandlikka   ko‘maklashuvchi   Markazning   maqomi,   vazifalari,   funksiyalari,
vakolatlari va faoliyatining tashkiliy asoslarini belgilab beradi. 
Markaz faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, O‘zbekiston
Respublikasi   qonunlari,   Oliy   Majlis   palatalari   qarorlari   va   boshqa   hujjatlar,
O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidentining   Farmonlari,   qarorlari   va   farmoyishlari,
O‘zbekiston   Respublikasi   Vazirlar   Maxkamasining   qaror   va   farmoyishlariga,
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza hilish vazirligining
normativ   –   huquqiy   hujjatlariga,   bosh   boshqarmalarning   buyruq   va   qarorlariga,
tegishli   hokimliklarning   qaror   va   farmoyishlariga,   shuningdek   ushbu   Nizomga
amal qiladi .
Markaz   O‘zbekiston   Respublikasi   Mehnat   va   aholini   ijtimoiy   muhofaza
qilish   vazirligining   tashkiliy   tizimi   bo‘lib,   mintaqaviy   asosda   Qoraqalpog‘iston
Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligiga, viloyatlar va
Toshkent shahri Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish Bosh boshqarmalariga
, hamda tegishli tuman ( shahar) xokimligiga buysunadi va hisobot beradi. 
Markaz davlat boshqaruvining tuman (shahar) mehnat, ish bilan bandlik va
aholini ijtimoiy muhofaza qilish organi hisoblanadi.     Markaz   o‘z   faoliyatini   davlat   boshqaruvining   boshqa   mahalliy   organlari,
jamoat tashkilotlari, korxona va muassasalar bilan hamkorlikda olib boradi.
    4.   Markaz   yuridik   shaxs   bo‘lib,   bank   muassasalarida   hisob   raqamlariga,
O‘zbekiston   Respublikasi   davlat   gerbi   tasviri   tushirilgan   va   o‘z   nomi   yozilgan
muhrga ega.
   5. Markaz tizimiga yirik qishloq (mahalla) fuqarolar yig‘inlarida ish bilan
ta’minlash va aholini ijtimoiy muhofaza qilish turg‘un (statsionar) punktlar kiradi.
  6. Zarur bo‘lganda vazirlik qarori asosida Markazda vaqtinchalik bir 
martalik ish bilan ta’minlash Byurosi tashkil etilishi mumkin bo‘lib, ularning 
faoliyati aloxida Nizom bilan belgilanadi.
   7. Markaz Ish bilan ta’minlashga qo‘maklashuvchi davlat jamg‘armasidan
moliyalashtiriladi,   hamda   belgilangan   tartibda   mehnat   organlari   xodimlarining
mehnatini   rag‘batlantirish   hamda   moddiy-texnika   bazasini   mustahkamlash
jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanish huqukiga ega.
2. Tuman (shahar) bandlikka ko‘maklashuvchi m arkazning asosiy
vazifalari va funksiyalari
1. Q uyidagilar Markazning asosiy vazifalari  h isoblanadi:
– ish bilan band b o‘ lmagan aholi hisobi metodikasiga muvofiq, ishsizlar 
tizimli ravishda hisobga olib borilishini, ishga joylashishga muxtojlar, 
shuningdek, mavjud b o‘ sh ish  o‘r inlari t o‘g‘ risida ma’lumotlar banki 
shakllantirilishini ta’minlash;
– ishsizlar, birinchi navbatda yoshlar, xotin-kizlar va aholining boshqa 
ijtimoiy extiyojmand toifalarini ishga joylashtirishga ko‘maklashish; 
– aholi bandligining samarali shakllarini rivojlantirish, jumladan 
kasanachilik mehnatini joriy etish, mustaqil ish bilan bandlik, shu jumladan 
shaxsiy yordamchi va dehqon xo‘jaliklarida qoramol boqish hamda boshqa 
turdagi ish bilan bandlikni rag‘batlantirish;
– ishsizlarni kasbga tayyorlash va qayta tayyorlashni tashkil qilish, 
ularni ijtimoiy ko‘llab-quvvatlash bo‘yicha qonun hujjatlarida nazarda  tutilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish, haq to‘lanadigan jamoat ishlarini 
kengaytirish;
  – ish beruvchilar tomonidan mehnatga oid qonun hujjatlariga, 
shuningdek mehnat muhofazasi va shart-sharoitlari sohasidagi normativ 
huquqiy hujjatlarga rioya etilishini nazorat qilish;
– ehtiyojmand oilalarni ijtimoiy ko‘llab-quvvatlash chora-tadbirlarni 
amalga oshirishda fuqorolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga amaliy 
yordam ko‘rsatish, kamxarj oilalarga nafaqalar hamda moddiy yordam 
tayinlash va to‘lashda o‘rnatilgan tartibga rioya etilishi monitoringini amalga 
oshirish
  Markaz, yuklatilgan vazifalarni bajarish maqsadida quyidagi 
funksiyalarni amalga oshiradi:   
2. Band bo‘lmagan aholi sonini hisobga olish sohasida: 
   – tasdiqlangan aholini bandligini aniqlash metodikasi  asosida har 
chorakda aholi bandligi monitoringini o‘tkazadi, tuman (shahar)  hududida 
yashovchi band bo‘lmagan aholi  sonini aniqlaydi;
         –    aholi  bandligi   monitoringi  asosida  tuman  (shahar)   hududida mehnat
bozoridagi vaziyat haqida ma’lumot va uning rivojlanishini baholaydi;
      –     tuman   (shahar)   hududida   ish   bilan   ta’minlanishga   muhtoj   fuqarolar
haqida ma’lumotlarni yig‘ib, ularni axborot bankini  yaratadi.
     –   bo‘sh ish o‘rinlari haqida ma’lumotlar bankini yaratish sohasida:
      –     xududdagi   mulkchilik   shaklidan   va   ishlovchilar   sonidan   qat’iy   nazar
barcha  korxona,   tashkilot   va  muassasalarda   mavjud  bo‘sh   ish   o‘rinlari  to‘g‘risida
ma’lumotlar   yig‘adi   va   vakant   ish   o‘rinlari   haqida   sistemali   ma’lumotlar   bankini
tashkil etadi;
    –   markazlarda   ish   bilan   band   bo‘lmagan   aholiga   hududdagi,   shuningdek
respublikaning   boshqa   hududlarida   mavjud   bo‘sh     ish   o‘rinlari   to‘g‘risida
ma’lumotlarni taqdim etadi.
    3. Ish bilan ta’minlashda ko‘maklashish sohasida:     –   markazga   murojaat   etuvchilarga   ish   beruvchilarning   ishchilarga
qo‘yadigan talablari, ishga joylashish imkoniyatlari haqida maslahatlar berish;
    –   markaz   ish   bilan   band   bo‘lmagan,     ro‘yxatga   olingan   aholini,   ayniqsa,
yoshlar, ayollar va ijtimoiy muhofazaga muhtoj aholi qatlamlariga ko‘maklashadi;
   – qurolli kuchlardan bo‘shatilgan fuqarolarga ularning bandlik 
sohasidagi huquqi haqida tushunchalar  berish, ularning egallagan kasbi 
bo‘yicha ish bilan ta’minlashda ko‘maklashadi;
    –   jazo   muddatini   o‘tagan,   amnistiyaga   tushgan   fuqarolarni   vakant   va
kvotalangan ish  joylariga joylashtirishda ko‘maklashadi;
      –   ishdan   bo‘shagan,   shu   jumlandan   korxona   tugatilishi   yoki   bankrotga
uchraganligi   munosabati  bilan  ishsiz  bo‘lgan  fuqarolarni   ro‘yxatga  olib,  ish  bilan
ta’minlashda ko‘maklashadi;
  –     aholini   ish   bilan   ta’minlash   va   ish   o‘rinlarini   barpo   etish   hududiy
dasturlarini ishlab chiqishda qatnashadi va bajarilishi yuzasidan xar chorak yakuni
bo‘yicha xokimliklarga ma’lumotlar taqdim etib boradi;
  –   bandlikni   ta’minlash   hududiy   dasturi   asosida   ish   o‘rinlarini   yaratilishini
monitoringini tashkil etadi;
 –   ijtimoiy ximoyaga muxtoj shaxslar uchun eng kam ish o‘rinlari yaratilishi
bo‘yicha xokimliklarga takliflar kiritadi va ushbu ish o‘rinlarining ijtimoiy 
ximoyaga muxtoj va mehnat bozorida teng sharoitlarda raqobatlashishga qodir 
bo‘lmagan aholi toifasi bilan to‘ldirilishini nazorat qiladi;
  –   korxonalar,   tashkilotlar   va   muassasalar   va   boshqa   manfaatdor   idoralar
ishtirokida bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkalarini o‘tkazadi;
  – o‘rnatilgan tartibda ishsiz maqomi berilgan fuqarorlarga haq 
to‘laniladigan jamoat ishlari tashkil etadi. 
   4.  Aholi bandligini rivojlantirishning samarali shakllari sohasida: 
 –  ish beruvchilarga ularning imkoniyatidan kelib chiqib kasanachilik ishchi
o‘rinlarini   yaratish   bo‘yicha   takliflar   beradi,   ish   beruvchilar   orasida   bandlik
to‘g‘risida   tushuntirish   ishlarini   olib   borib,   korxonalarda   kasanachilik   ish
o‘rinlarini yaratilishini monitoringi va  xisobini olib boradi;   –   oilaviy   tadbirkorlik   sub’ektlariga   bankdan   kreditni   rasmiylashtirishda
maslaxatlar berib, ko‘maklashadi;
  –  xizmat ko‘rsatish va servis, kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish
sohasida ish joylarini yaratishda ko‘maklashadi;
  –   yirik   qoramol   o‘stirish   bilan   xususiy   va   dexqon   xujaliklarida   band
bo‘lganlarni xisobga oladi, ularga mehnat daftarchasini ochadi va yuritadi;
  –   korxona   bilan   shartnoma   asosida   kasanachilik   faoliyati   bilan
shug‘ullanishni xohlagan murojaat etuvchilarni ro‘yxatini olib boradi.
   5. Ishsizlarni kasbga tayyorlash qayta tayyorlash va ularni  malakasini
oshirish sohasida: 
  –   ishsiz   fuqarolarni   kasbga   tayyorlash,   qayta     tayyorlash   va   ularni
malakasini oshirishni tashkil etadi; 
    –   ishsiz   fuqarolarni   kasb   xunar   kollejlarida   kasbga   tayyorlash,   qayta
tayyorlash va ularni   malakasini oshirish kurslari bilan shartnoma tuzadi;
    –  ishsiz deb e’tirof etilgan fuqarolarni  usto-shogird usulida yakka tartibda
kasbga tayyorlaydi;
      –   ishsizlarga   kasbga   tayyorlash   qayta   tayyorlash   va   malakasini   oshirish
davrida stipendiya to‘laydi;
      –     o‘rta   maxsus,   kasb-hunar   muassasalari   bilan   kasb-hunar   kollejlarni,
akademik   litseylarni   va   oliy   o‘quv   yurtlarini   bitiruvchilarni   ishga   joylashganligi
monitoringini tashkil etadi;
      –   ishsizlarga qonunchilik bilan belgilangan tartibdagi ishsizlik nafaqasini
va moddiy yordamni tayinlaydi va to‘laydi;
    –   qonun   bilan   belgilangan   tartibda   ish   xajmi   qisqartilishi,   texnologiyalar
o‘zgarishi   munosabati   bilan   ishdan   bo‘shagan   fuqarolarga   muddatidan   oldin
pensiyani rasmiylashtiradi.
   6. Mehnat qonunchiligiga rioya qilish ustidan nazorat qilish sohasida:
        –     mehnat   haqidagi   qonunchilikni,   shu   jumladan   “Aholini   ish   bilan
ta’minlash   to‘g‘risida”gi   Qonuni   talablari   ijrosi,   mehnat   muhafazasi   me’yorlariga
rioya qilish ustidan nazorat qiladi;     –   k orxonalarda   mehnat   muhofazasi   va   sharoitlarni   takomillashtirish
to‘g‘risida takliflar beradi;
   –   me hnat sharoitlariga ko‘ra ishchi joylarini attestatsiya qiladi.
   7.  Muhtoj oilalarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash sohasida:
    –   fuqarolarni   o‘zini-o‘zi   boshqarish   organlariga   nafaqa   va   moddiy
yordamga muhtoj kam ta’minlangan oilani aniqlashda ko‘maklashadi;
    –   o‘rnatilgan   tartibda   nafaqa   tayinlash   va   to‘lash,   kam   ta’minlangan
oilalarga moddiy yordam ko‘rsatishda fuqarolarni o‘z-o‘zini boshqarish organlarini
nazorat qilish va monitoring o‘tkazish;
    –   kam   ta’minlangan   oilalarga   to‘lanadigan   nafaqa,   moddiy   yordamni
belgilashda   yo‘l   qo‘yilgan   xato   aniqlansa,   xokimiyatga   fuqarolarni   o‘z-o‘zini
boshqarish   organi   tomonidan   qabul   qilingan   qaror   bekor   qilish   bo‘yicha   taqlif
kiroitish. 
3. Markazning huquq va ma’suliyati
1. Markaz huquqlari:
–   mehnat   va   aholini   ijtimoiy   muhofaza   qilish   tizimi   boshqaruvini
takomillashtirish   va   rivojlantirish,   mehnat   organlarining   moddiy-texnika   bazasini
mustaxkamlash   va   ular   uchun   malakali   kadrlar   tayyorlash   bo‘yicha   takliflar
kiritish;
–   markaz   oldiga   qo‘yilgan   vazifalarni   xal   etish   uchun   zarur   bo‘lgan
axborotni   xokimlik   boshqaruv   organlaridan,   korxonalar,   takshkilotlar   va
muassasalardan   belgilangan   tartibda   so‘rash   va   olish,   shu   jumladan   bo‘sh   ish
o‘rinlari,   tizim   o‘zgarishlari   munosabatida   xodimlarning   ishdan   bo‘shashi   hamda
ta’lim   muassasalaridan   kasb   yunalishlari   va   mutaxassisliklar,   kasb   malaka   tizimi,
shuningdek bitiruvchilarning soni haqida;
–   ishsizlarni   kasbga   tayyorlash,   qayta   tayyorlash   va   ularni     malakasini
oshirish   maqsadida   o‘quv   maskanlari,   korxona   va   muassasalar,   shuningdek   xalq
hunarmandchiligi ustalari bilan shartnoma to‘zish:
– kasb-hunar kollejlarida kasb yunalishlari va tayyorlov hajmlarini aniqlash
bo‘yicha takliflar kiritish; –     hokimiyatga   korxonalarda   eng   kam   ish   o‘rinlarini   ijtimoiy   himoyaga
muhtoj fuqarolarni ishga joylash uchun yaratilishi haqida takliflar kiritadi;
–  Markaz  vakolatidagi   masalalarni   muhokama  qilish  majlislariga  hokimlik,
boshqa boshqaruv organi, korxona, muassasa va tashkilot vakillarini taklif etish;
    –   belgilangan   tartibda   korxona,   muassasa   va   tashkilotlarga   Markaz
vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha tashrif buyurish;
    –   o‘rnatilgan   tartibda   korxona,   tashkilot,   muassasa   rahbarlariga   nisbatan
mehnat   muhofazasi   to‘g‘risidagi   qonunchilikka   rioya   qilmagani   uchun   ma’muriy
jazo   qo‘llash   va   ijro   uchun   majburiy   yozma   ko‘rsatmalarni   kiritish,   mehnat
qonunchiligini   bo‘zish   yo‘li   bilan   qabul   qilingan   mahalliy   me’yoriy   hujjat   va
buyruqlarni o‘zgartirish;
   – davlat byudjetdan tashqari bandlikka ko‘maklashish fondi mablag‘larini
ko‘zda tutilgan tasdiqlangan xarajatlar smetasiga ko‘ra yunaltirish;
    Markaz   o‘ziga   yuklatilgan   vazifa   va   funksiyalarini   bajarishda   bandlikni
ta’minlash,   tuman   (shahar)   aholisini   ijtimoiy   muhofaza   qilish   tadbirlarini   amalga
oshirishga ma’sul.  
  2. Inspektorning asosiy vazifalari va funksiyalari:
  –  statsionar punktga biriktirilgan hududda yashovchi ishsiz 
fuqarolarni aniqlab, ro‘yxatga olish; 
     –  ishsiz fuqarolarga ishga jaylashishga, kasbga tayyorlashda, qayta 
tayyorlashga va malakasini oshirishda ko‘maklashish;
     –  biriktirilgan  h ududda bandlik masalasini ob’ektiv ba h olash ;
     –  hududda joylashgan korxonalardagi vakansiyalar haqida ma’lumot
to‘plash;
    –  kam ta’minlangan oilaga, voyaga yetmagan, bolali oilalarga, 2 
yoshgacha farzandi bor, ishlamaydigan onalarga, biriktirilgan hududda  
fuqarolar yig‘ini tomonidan tayinlanib, to‘lanadigan nafaqalar tartibga solish
va nazorat qilishni ta’minlash;
    –  aholi o‘zini band qilishi, kasanachilik va oilaviy tadbirkorlikka 
ko‘maklashish;    –  aholiga mavjud vakansiyalar, biriktirilgan hududda yaratilgan yangi 
ishchi o‘rinlari, shuningdek, tuman va viloyat hududidagilari haqida axborot 
berish ;
   –  tasdiqlangan metodika asosida uy xo‘jaliklarini o‘rganib, 
biriktirilgan hududda bandlik monitoringini o‘tkazish;
   –  biriktirilgan hududda joylashgan korxona, muassasa va 
tashkilotlarning ishchi kuchiga talabini o‘rganish;
   –  ishsizlarni  kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini 
oshirish, hqk to‘lanadigan jamoat ishlarini  tashkil qilish;
   –  mehnat bozorida alohida himoyaga muhtoj, ish topishda 
qiynalayotgan boshqalar bilan mehnat bozorida teng raqobatlasha 
olmaydigan fuqarolarni ro‘yxatga olish va kvotlangan ish o‘rinlariga 
joylashishga ko‘maklashish;
   –  kam ta’minlangan oilalarga nafaqa va modiy yordam tayinlash va 
to‘lashni tashkil etish;
   –  biriktirilgan hududda yashovchi kam ta’minlangan oilalarga 
hujjatlarni rasmiylashtirishda metodik boshqarish;
   –  kam ta’minlagan oilaga nafaqa va moddiy yordam olish uchun 
zaruriy hujjatlarni rasmiylashtirish, shu jumladan bayonnoma, qaror, 
hisobot hamda oilaning umumiy byudjetini to‘g‘ri hisoblashda o‘rnatilgan 
tartibga rioya qilish ustidan nazorat olib borish;
   –  yirik qora mol boqish bilan band bo‘lgan o‘z xo‘jaligida ishlayotgan 
fuqarolarga belgilangan tartibda mehnat daftarchasini ochish va yuritish;
   –  vakolat me’yoridan kelib chiqib mehnat va bandlik haqidagi 
qonunchilik hamda ishsiz fuqarolarning huquq va majburiyatlari haqida 
axborot xizmatlarini ko‘rsatish;
   –  statsionar punkt vakolatiga kiradigan fuqarolarning xat, ariza va 
shikoyatlarini kurib chi q ish;
   –  belgilangan vazifalar asosida boshqa funksiyalar  bajarilishi mumkin . Qisqacha xulosalar
Ish   bilan   bandlikka   ko‘maklashish   markazlarining   asosiy   faoliyati   aholini
bandlik   darajasini   aniqlash,   hududda   yangi   ish   o‘rinlarini   yaratishga
ko‘maklashish, korxonalarda kasanachilik asosida ish o‘rinlarini yaratish bo‘yicha
xarajatlarni  rasmiylashtirish, ish bilan band bo‘lmagan aholini  ishga joylashtirish,
kasbga qayta o‘qitish, haq to‘lanadigan jamoat ishlariga jalb qilishdan iborat. 
Markazlar   tomonidan   olib   boriladigan   tadbirlar   natijasida   birinchidan,
ishsizlarning   bo‘sh   ish   o‘rinlari   qidirishlariga,   tadbirkorlarning   xodimlar
qidirishlariga   sarf   etiladigan   vaqtni   qisqartirishni   ta’minlaydi,   ikkinchidan,   ish
beruvchilarning   o‘z   talablariga   eng   ko‘p   darajada   mos   keladigan   xodimlar
yollashiga   yordam   beradi,   xodimlarga   esa   mehnat   sharoitlari   va   ish   haqi   darajasi
muvofiq keladigan ish joyini topishlariga imkon beradi.      Adabiyotlar ro‘yxati:
1. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. -T.:O‘zbekiston, 2009.  
2. O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi.-T.:Adolat, 2007.  
3. O‘zbekiston Respublikasining Aholini ish bilan ta’minlash     to‘g‘risidagi
Qonuni. (yangi tahrirda). -T.: 1998.
4. O‘zbekiston Respublikasi “Aholini ish bilan ta’minlash to‘g‘risida”gi 
Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007 yil 6 apreldagi 
«Aholini bandligini oshirish xamda mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza 
qilish organlari faoliyatini takomilllashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 
PK-616 – sonli Qarori
5. Abdurahmonov Q.X. Mehnat iqtisodiyoti (darslik). - T.: “Mehnat”,  2009.
6.   Arabov   N.U.   Mehnat   bozori   infratuzilmasining   rivojlanishi.   08.00.10.-
“Aholishunoslik   va   mehnat   iqtisodiyoti”   ixtisosligi   bo‘yicha   Iqtisod   fanlari
nomzodi ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiyasi. – T.: 2008.
7. Vladimirova L.P. Ekonomika truda (uchebnoe posobie) -2e izd. pererab.-
M.:  Izdatels kiy dom “Dajkov i K”, 2002.
8.  Volgin N.A.Ekonomika truda: (sosialno-trudov ы e otnosheniya)/ Pod 
red. N.L. Volgina, Yu.D.Odegova. M.: «EKZAMEN», 2009.
9.   R ы nok   truda:Uchebnoe   posobie/Pod.obsh.red.Abduraxmonova   K.X.,
Odegova Yu.G. – T.: TFREA, 2009.

ISh BILAN BANDLIKKA KO‘MAKLAShISh MARKAZLARI XIZMATI REJA 1. Tuman (shahar) bandlikka ko‘maklashuvchi markazni tashkil etish asoslari 2. Tuman (shahar) bandlikka ko‘maklashuvchi m arkazning asosiy vazifalari va funksiyalari 3. Markazning huquq va ma’suliyati

1. Tuman (shahar) bandlikka ko‘maklashuvchi markazni tashkil etish asoslari Tuman (shahar) bandlikka ko‘maklashuvchi markaz “Tuman (shahar) bandlikka ko‘maklashuvchi markaz to‘g‘risida” Nizomga asosan faoliyat yuritadi. Nizom O‘zbekiston Respublikasi “Aholini ish bilan ta’minlash to‘g‘risida”gi Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007 yil 6 apreldagi «Aholini bandligini oshirish hamda mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlari faoliyatini takomilllashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PK-616 – sonli Qarori hamda Vazirlar Mahkamasining 2007 yil 8 maydagi 95-sonli «2007 yil 6 apreldagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PK–616 - sonli «Aholi bandligini oshirish hamda mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlari faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Qarorini amalga oshirish chora- tadbirlari to‘g‘risida» gi Qarori asosida ishlab chiqilgan bo‘lib, tuman (shahar) Bandlikka ko‘maklashuvchi Markazning maqomi, vazifalari, funksiyalari, vakolatlari va faoliyatining tashkiliy asoslarini belgilab beradi. Markaz faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Oliy Majlis palatalari qarorlari va boshqa hujjatlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining qaror va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza hilish vazirligining normativ – huquqiy hujjatlariga, bosh boshqarmalarning buyruq va qarorlariga, tegishli hokimliklarning qaror va farmoyishlariga, shuningdek ushbu Nizomga amal qiladi . Markaz O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining tashkiliy tizimi bo‘lib, mintaqaviy asosda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligiga, viloyatlar va Toshkent shahri Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish Bosh boshqarmalariga , hamda tegishli tuman ( shahar) xokimligiga buysunadi va hisobot beradi. Markaz davlat boshqaruvining tuman (shahar) mehnat, ish bilan bandlik va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organi hisoblanadi.

Markaz o‘z faoliyatini davlat boshqaruvining boshqa mahalliy organlari, jamoat tashkilotlari, korxona va muassasalar bilan hamkorlikda olib boradi. 4. Markaz yuridik shaxs bo‘lib, bank muassasalarida hisob raqamlariga, O‘zbekiston Respublikasi davlat gerbi tasviri tushirilgan va o‘z nomi yozilgan muhrga ega. 5. Markaz tizimiga yirik qishloq (mahalla) fuqarolar yig‘inlarida ish bilan ta’minlash va aholini ijtimoiy muhofaza qilish turg‘un (statsionar) punktlar kiradi. 6. Zarur bo‘lganda vazirlik qarori asosida Markazda vaqtinchalik bir martalik ish bilan ta’minlash Byurosi tashkil etilishi mumkin bo‘lib, ularning faoliyati aloxida Nizom bilan belgilanadi. 7. Markaz Ish bilan ta’minlashga qo‘maklashuvchi davlat jamg‘armasidan moliyalashtiriladi, hamda belgilangan tartibda mehnat organlari xodimlarining mehnatini rag‘batlantirish hamda moddiy-texnika bazasini mustahkamlash jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanish huqukiga ega. 2. Tuman (shahar) bandlikka ko‘maklashuvchi m arkazning asosiy vazifalari va funksiyalari 1. Q uyidagilar Markazning asosiy vazifalari h isoblanadi: – ish bilan band b o‘ lmagan aholi hisobi metodikasiga muvofiq, ishsizlar tizimli ravishda hisobga olib borilishini, ishga joylashishga muxtojlar, shuningdek, mavjud b o‘ sh ish o‘r inlari t o‘g‘ risida ma’lumotlar banki shakllantirilishini ta’minlash; – ishsizlar, birinchi navbatda yoshlar, xotin-kizlar va aholining boshqa ijtimoiy extiyojmand toifalarini ishga joylashtirishga ko‘maklashish; – aholi bandligining samarali shakllarini rivojlantirish, jumladan kasanachilik mehnatini joriy etish, mustaqil ish bilan bandlik, shu jumladan shaxsiy yordamchi va dehqon xo‘jaliklarida qoramol boqish hamda boshqa turdagi ish bilan bandlikni rag‘batlantirish; – ishsizlarni kasbga tayyorlash va qayta tayyorlashni tashkil qilish, ularni ijtimoiy ko‘llab-quvvatlash bo‘yicha qonun hujjatlarida nazarda

tutilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish, haq to‘lanadigan jamoat ishlarini kengaytirish; – ish beruvchilar tomonidan mehnatga oid qonun hujjatlariga, shuningdek mehnat muhofazasi va shart-sharoitlari sohasidagi normativ huquqiy hujjatlarga rioya etilishini nazorat qilish; – ehtiyojmand oilalarni ijtimoiy ko‘llab-quvvatlash chora-tadbirlarni amalga oshirishda fuqorolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga amaliy yordam ko‘rsatish, kamxarj oilalarga nafaqalar hamda moddiy yordam tayinlash va to‘lashda o‘rnatilgan tartibga rioya etilishi monitoringini amalga oshirish Markaz, yuklatilgan vazifalarni bajarish maqsadida quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi: 2. Band bo‘lmagan aholi sonini hisobga olish sohasida: – tasdiqlangan aholini bandligini aniqlash metodikasi asosida har chorakda aholi bandligi monitoringini o‘tkazadi, tuman (shahar) hududida yashovchi band bo‘lmagan aholi sonini aniqlaydi; – aholi bandligi monitoringi asosida tuman (shahar) hududida mehnat bozoridagi vaziyat haqida ma’lumot va uning rivojlanishini baholaydi; – tuman (shahar) hududida ish bilan ta’minlanishga muhtoj fuqarolar haqida ma’lumotlarni yig‘ib, ularni axborot bankini yaratadi. – bo‘sh ish o‘rinlari haqida ma’lumotlar bankini yaratish sohasida: – xududdagi mulkchilik shaklidan va ishlovchilar sonidan qat’iy nazar barcha korxona, tashkilot va muassasalarda mavjud bo‘sh ish o‘rinlari to‘g‘risida ma’lumotlar yig‘adi va vakant ish o‘rinlari haqida sistemali ma’lumotlar bankini tashkil etadi; – markazlarda ish bilan band bo‘lmagan aholiga hududdagi, shuningdek respublikaning boshqa hududlarida mavjud bo‘sh ish o‘rinlari to‘g‘risida ma’lumotlarni taqdim etadi. 3. Ish bilan ta’minlashda ko‘maklashish sohasida:

– markazga murojaat etuvchilarga ish beruvchilarning ishchilarga qo‘yadigan talablari, ishga joylashish imkoniyatlari haqida maslahatlar berish; – markaz ish bilan band bo‘lmagan, ro‘yxatga olingan aholini, ayniqsa, yoshlar, ayollar va ijtimoiy muhofazaga muhtoj aholi qatlamlariga ko‘maklashadi; – qurolli kuchlardan bo‘shatilgan fuqarolarga ularning bandlik sohasidagi huquqi haqida tushunchalar berish, ularning egallagan kasbi bo‘yicha ish bilan ta’minlashda ko‘maklashadi; – jazo muddatini o‘tagan, amnistiyaga tushgan fuqarolarni vakant va kvotalangan ish joylariga joylashtirishda ko‘maklashadi; – ishdan bo‘shagan, shu jumlandan korxona tugatilishi yoki bankrotga uchraganligi munosabati bilan ishsiz bo‘lgan fuqarolarni ro‘yxatga olib, ish bilan ta’minlashda ko‘maklashadi; – aholini ish bilan ta’minlash va ish o‘rinlarini barpo etish hududiy dasturlarini ishlab chiqishda qatnashadi va bajarilishi yuzasidan xar chorak yakuni bo‘yicha xokimliklarga ma’lumotlar taqdim etib boradi; – bandlikni ta’minlash hududiy dasturi asosida ish o‘rinlarini yaratilishini monitoringini tashkil etadi; – ijtimoiy ximoyaga muxtoj shaxslar uchun eng kam ish o‘rinlari yaratilishi bo‘yicha xokimliklarga takliflar kiritadi va ushbu ish o‘rinlarining ijtimoiy ximoyaga muxtoj va mehnat bozorida teng sharoitlarda raqobatlashishga qodir bo‘lmagan aholi toifasi bilan to‘ldirilishini nazorat qiladi; – korxonalar, tashkilotlar va muassasalar va boshqa manfaatdor idoralar ishtirokida bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkalarini o‘tkazadi; – o‘rnatilgan tartibda ishsiz maqomi berilgan fuqarorlarga haq to‘laniladigan jamoat ishlari tashkil etadi. 4. Aholi bandligini rivojlantirishning samarali shakllari sohasida: – ish beruvchilarga ularning imkoniyatidan kelib chiqib kasanachilik ishchi o‘rinlarini yaratish bo‘yicha takliflar beradi, ish beruvchilar orasida bandlik to‘g‘risida tushuntirish ishlarini olib borib, korxonalarda kasanachilik ish o‘rinlarini yaratilishini monitoringi va xisobini olib boradi;