logo

DEMOKRATIYA VA TARIXIY JARAYON.

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

49.0009765625 KB
DEMOKRATIYA VA TARIXIY JARAYON.
REJA.
1. Demokratiya haqida mulo h azalar.  Demokratiyanin g   siyosiy    madaniyati. 
2. Demokratiyaning  ma’naviy qiyofasi .  Demokratik jarayonlar: dastlabki sabo q lar.
3. Demokratik   davlat   va   fuqarolik   jamiyati   O’zbekistonda   barpo   etilayotgan
dunyoviy davlatning muhim xususiyati. 
4. J amiyat   hayoti   sohalari   tushunchalari,   ma’no-mazmuni.     Milliy   g‘oyaning
jamiyat hayoti sohalarida aks etishi.   Milliy g‘oya va iqtisodiy hayot. XX asrning so‘nggi  o‘n yilligi  insoniyat  tarixida yangi  davrni  boshlab berdi.
Totalitarizm,   ma’muriy-buyruqbozlik   va   zo‘ravonlik   g‘oyalariga   tayangan
sotsializm   barbod   bo‘ldi.   G‘ayriinsoniy   goyalar   tashviqotchisi   bo‘lgan
kommunizm   mafkurasi   inqirozga   uchrab,   mustamlakachilikning   so‘nggi
qo‘rgonlari   quladi.   Bashariyat   taqdirvda   inson   va   jamiyatni   ozod   etishning   yangi
bosqichi,   yalpi   yangilanishlar   jarayoni   boshlandi.   Bunday   tarixiy   o‘zgarishlar
dunyo   iqtisodiy,   ma’naviy   hamda   ijtimoiy-siyosiy   jarayonlarining   ilgari   misli
ko‘rilmagan   keng   miqyosli   yangilanishlar   pallasiga   kirganliganing   ravshan
ifodasidir.
Umumjahoniy   yangilanishlar   jarayoni   avval   muayyan   mamlakat,   keyin   bir
guruh   davlatlar,   oxir-oqibatda   barcha   mamlakatlar   taqdiriga,   jamiyatlar   va
jamoalar,   alohida   insonlar   hayotiga   bevosita   va   bilvosita   ta’sir   ko‘rsata   boshladi.
Dunyo   yangilanishlari   jarayoniga   har   bir   davlat   o‘z   taraqqiyot   ko‘lami,   ilmiy-
ma’rifiy  va   ma’naviy  saviyasi,   kamoloti  darajasidan   kelib  chiqqan  holda  qo‘shila
boshladi.
O‘zbekiston umumplanetar o‘zgarishlar jarayonlari oqimida o‘zining betakror
ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy yangilanishlari dasturiga ega bo‘lgan mamlakat sifatida
o‘ziga   xos   va   o‘ziga   mos   mavqe   egalladi.   Yangi   sivilizatsiya   va   insoniyat
taraqqiyotiga kuchli  ta’sir  o‘tkazishga  qodir  bo‘lgan davlat sifatida o‘zining keng
imkoniyatlarini namoyon eta boshladi.
O‘zbekistonda   amalga   oshirilgan   favqulodda   keng   ko‘lamdagi   ishlar   hozirgi
zamon jahon sivilizatsiyasi bilan mushtarak ekanligi alohida qayd etilishi lozim.
O‘zbekistonda milliy, regional va umumplanetar mo‘ljallar doirasida izchil va
tadrijiy   kechayotgan   yalpi   o‘zgarishlarni   o‘z   vaqtida   o‘rganish,   amalga
oshirilayotgan   ijtimoiy-siyosiy   jarayonlarni   tahlil   etish,   baholash   hamda   ilmiy-
nazariy   umumlashmalar   qilish   asnosida   bu   jarayonlarni   maqsadli   boshqarish
O‘zbekistondagi   yangilanishlar   rivoji   o‘ziga   xos   kechayotganligini   ifoda   etadi.
Ijtimoiy-iqtisodiy,   ma’naviy   hayotni   maqsadli   takomillashtirish,   bu   muhitni
umuminsoniy   va   milliy   tamoyillar   uyg‘unligi   ruhida   rivojlantirish,   siyosiy
plyuralizmga   shart-sharoitlar   yaratish,   liberalizm   muhitini   har   tomonlama kengaytirishga   da’vat   etish   orqali   mamlakatimizda   yalpi   yangilanishlar   jarayoni
boshlanishiga   nazariy   poydevor   qo‘yidtsi.   Davlat   tuzumi,   jamiyat   qurilishi   va
shaxs   ma’naviy   dunyosini   tubdan   isloh   qilish   yangilangan   davlat,   o‘zgargan
jamiyat   va   komil   shaxsni   yaratish   imkonini   berdi.   Davlat,   jamiyat   va   shaxsni
yangilash jarayonlari, bu jarayonlarni maqsadli boshqarish nechog‘li aqliy shijoat,
dono   siyosat   hamda   matonatni   talab   etganligiga   bugungi   kunda   amin   bo‘lib
turibmiz.   Zero,   bu   boshqaruv   sermashaqqat   va   murakkab   kechuvchi   ijtimoiy-
siyosiy   voqealar,   mafkuraviy   ta’sir   va   tazyiqlar,   maxsus   yuzaga   keltirilgan
moddiy-moliyaviy tangliklar holatlari sharoitida amalga oshirildi.
O‘zbekiston   yalpi   yangilanishlar   jarayonini   ikki   o‘zaro   uzviy   bog‘langan
yo‘nalishlarda   amalga   oshirishga   kirishdi.   Birinchisi,   mamlakatning   ichki
dunyosida,   ya’ni   iqtisodiyot,   ma’naviyat,   siyosat,   turmush   tarzida,   xalq   xarakteri
va mentalitetida rejaviy asoslarda amalga oshirilayotgan yangilanishlar majmuidan
iborat   bo‘lsa,   ikkinchi   yo‘nalish   –   xalqaro   ijtimoiy   muhit   manzarasini
takomillashtirish,   ya’ni   qarama-qarshi   kuchlar   o‘rtasidagi   ziddiyatlarni
barqarorlashtirish,   kolliziya   muhitidan   murosa,   hamkorlik   munosabatlari,   tinchlik
madaniyatiga   o‘tish,   millatlararo,   davlatlararo,   konfessiyalararo   tolerantlik
munosabatlarini chuqurlashtirish, insoniyatga umumiy xavf tug‘diruvchi terrorizm,
narkobiznes,   ekstremizmga   qarshi   xalqaro   tashkilot   tuzilmalariga   asos   solish   va
boshqa faoliyatlar majmuidan tashkil topadi.
O‘zbekistonda   yalpi   yangilanishlar   jarayoni   Islom   Karimovning   qonunlar
o‘zgarishlar   jarayonlaridan   avval   yurishi   kerak,   degan   metodologik   ko‘rsatmasi
asosida amalga oshirila boshlangandi.
Dastavval,   O‘zbekiston   mustaqilligining   huquqiy-me’yoriy   asoslari   yaratildi.
Mamlakatning istiqlol Konstitutsiyasi qabul qilindi. Milliy davlat tizimi an’anaviy
davlatchilik   g‘oyalari   va   jahon   davlatchiligi   ilg‘or   tajribalarining   sintezi   shaklida
barpo   etildi.   Boshqaruvda   yangi   usullar   qaror   totstsi.   Mahalliy   davlat   hokimiyati
tizimida tub o‘zgarishlar yasaldi. Nodavlat tuzil-malar, jamoat tashkilotlari va o‘z-
o‘zini boshqarish organlarining vakolatlari kengaytirildi. Ko‘p   partiyaviylik   tizimi   tarkib   topishiga   keng   sharoit   yaratiddi.   Jamiyat
hayotida   sog‘lom   demokratik   jarayonlar   muhiti   vujudga   keldi   va   chuqurlashdi.
Inson   haq-   huquqlari   va   erkinliklarini   ta’minlashning   huquqiy   asoslari   vujudga
kelmoqda.   Sud   hokimiyati   mustaqillik   mohiyati   va   hozirgi   zamon   xalqaro   huquq
tamoyillari negizida tubdan isloh qilindi.
Millatlararo   totuvlikni   ta’minlash   choralari   ko‘rildi.   MILLIY   xavfsizlik
kontseptsiyasi   ishlab   chiqildi.   Mamlakat   hududiy   yaxlitligini   va   tinchligini
ta’minlashga qodir bo‘lgan zamonaviy qurolli kuchlar tizimi yaratildi.
Bozor   iqtisodiyotiga   o‘tishning   asosiy   tamoyillari   doirasida   aholini   kuchli
ijtimoiy himoyalash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi qilib belgilandi.
Iqtisodiy   islohotlarning   «o‘zbek   modeli»   vujudga   keldi.   Makroiqtisodiyotni
barqarorlashtirish,   pul-kredit   siyosati   tamoyillari   ishlab   chiqildi.   Mulkchilik,
mulkka   egalik   tushunchalari   shakllandi.   Mulkdorlar   tabaqasi   vujudga   keldi.
Xususiy mulkka egalikning yangi tizimi barpo etildi.
O‘zbekistonda ma’naviy-ruhiy poklanish, milliy qadriyatlarni tiklash, vorislik
an’analariga sadoqatli avlodni tarbiyalash va amaliyotga joriy etish   kontseptsiyasi
ishlab   chiqildi.   Mamlakatimizni   ozod   va   obod   jamiyatga   aylantiruvchi,   vatan
ravnaqini ma’naviy ta’minlab beruvchi milliy istiqlol goyasi shakllandi.
Milliy istiqlol mohiyati va mustaqillik g‘oyalarini anglashda tarixiy shaxslar,
buyuk   allomalar   va   sarkardalar,   xususan,   Ahmad   Farg‘oniy,   Burhoniddin
Marg‘inoniy,   At-Termiziy,   Imom   Buxoriy,   Al-Moturidiy,   Jaloliddin   Manguberdi,
Amir   Temur,   Ulug‘bek,   Alisher   Navoiy,   Bobur   va   boshqa   ulug‘   ajdodlarimiz
haqidagi tarixiy haqiqatning ro‘yobga chiqishi katta ahamiyatga ega bo‘ldi.
Milliy   urf-odatlar,   qadriyatlar   va   an’analarning   «yangi   jamiyat   qurishda
ma’naviy-ma’rifiy  targ‘ibot   va   ta’lim-tarbiyaning   roli   oshirildi.   Bu   sohani   tubdan
isloh qilish va yangilash jarayonlari izchil amalga oshirilmoqtsa.
Mustaqil O‘zbekiston jahon hamjamiyatining teng huquqli va faol sub’ektiga
aylandi.   U   Mustaqil   Davlatlar   Hamdo‘stligida   o‘ziga   xos   va   o‘ziga   mos   o‘ringa
ega   bo‘lib,   mintaqa   taraqqiyotida   muhim   rol   o‘ynay   boshladi.   Markaziy   Osiyo davlatlari   bilan   o‘zaro   hamkorlik   va   qardoshlik   munosabatlarini   yanada
rivojlantirishning strategik yo‘nalishlari ishlab chiqildi.
Bunday   keng   ko‘lamdagi   o‘zgarishlar   va   yangilanishlar   jarayoni   chuqur
asoslangan   ilmiy-nazariy   tahlilni,   nazariy   umumlashmalar,   xulosalar   chiqarishni,
amaliy   tavsiyalar   ishlab   chiqishni   ijtimoiy-gumanitar   fanlar   oldiga   dolzarb
muammo sifatida qo‘ymoqda.
Darhaqiqat, yalpi o‘zgarishlar jarayonlarining pirovard natijasida ijtimoiy ong
mazmunida   o‘zgarishlar   yuz   bera   boshladi.   Odamlar   tafakkurida,   fe’l-atvorida,
sa’y-harakatlarida   yangi   qadriyatlar   qaror   topdi.   Hayotga   munosabatlar   tizimi
o‘zgardi. O‘zbek mentaliteti, milliy xarakter mazmunida yangi jihatlar tarkib topa
boshladi.   Bu   bevosita   siyosiy,   iqtisodiy,   huquqiy   va   ma’naviy   sohada   tub
yangilanishlarga, o‘zgarishlarga ma’naviy asos bo‘lib xizmat qildi.
Mamlakatda   huquqiy   demokratik   davlat   qurish   va   fuqarolik   jamiyatini
shakllantirishning o‘zbekona tamoyillari vujudga keldi. Siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy
tarixi, qadimiy madaniyat tiklana boshlandi. Xalqning azaliy urf-odatlari, ma’naviy
qadriyatlari uning o‘ziga qaytarildi. Dinga munosabat ijobiy tomonga o‘zgardi.
Iqtisodiy sohada tarkibiy o‘zgarishlar
Istiqlol   davrida   iqgisodiy   infratuzilmalar   tarkibi   tubdan   o‘zgartirilib,
mamlakatning   ichki   ehtiyojlari   hamda   tashqi   integratsiyalashuv   maqsadlari
asosida-gi   yaxlit   ishlab   chiqarish   kompleksi   vujudga   keltirildi.   Tarqoq,   uzuq-
yuluq,   sobiq   ittifoq   manfaatlarini   ifodalovchi   ishlab   chiqarish   korxonalari
faoliyatlarini   qayta   qurish,   yangilarini   barpo   etish   asosida   mustaqil   davlatning
yagona ishlab chiqarish tizimi barpo etildi. Boshqacha qilib aytganda, mamlakatda
sobiq ittifoq manfaatlariga yo‘naltirilgan koordinatsiyaga barham berilib, ichki va
teng   huquqli,   foydali   hamkorlik   asosidagi   xalqaro   koordinatsiyalashuv   jarayoni
vujudga   keltirildi.   Shunday   qilib,   O‘zbekiston   mustaqillikka   erishgach,   uning
iqgisodini   chetdan   turib   boshqarishga   chek   qo‘yilib,   ichki   imkoniyatlardan   kelib
chiqib   boshqariladigan   yagona,   mustahkam   asoslarga   ega   tizim   yaratildi.   Ayni
paytda   jahon   iqtisodiy   tizimining   muhim   bo‘g‘iniga   aylana   borib,   O‘zbekiston xalqaro   iqtisodiy   koordinatsiyalashuv   jarayoniga   faol   kirishdi.   Uning   uzviy   va
ishonchli bo‘g‘ini, keng imkoniyatli sub’ektiga aylandi.
Jahonda   ijtimoiy-iqtisodiy   rivojlanishning   hammabop   tavsiyalari,   tayyor
avdozalari   bo‘lmaydi.   Ayniqsa,   madaniy,   ma’rifiy,   tarixiy   tajribalari   asrlar
mobaynida shakllangan, mustahkam va barqaror an’analar mamlakati hisoblangan
O‘zbekistonday   qadimiy   makonda   o‘ziga   xos   va   o‘ziga   mos   yo‘l   tanlanganligi
istiqbolni donishmandlarga xos bashorat qilishning yorqin namunasi edi. Zero, shu
nuqtai   nazardan   Islom   Karimovning   «mustaqil   O‘zbekiston   tug‘ilgan   kuniyoq
oyoqqa turishga, o‘zi yurishga majbur edi», – deyishida chuqur mantiqiy asos bor
edi.
Binobarin,   istiqlol   yo‘li   taraqqiyot   tamoyillarini   ishlab   chiqish   jarayonlarida
Islom   Karimov   sobiq   sovet   tuzumidan   meros   qolgan   tajribalarni,   mustaqil
taraqqiyotning   dastlabki   yilida   amalga   oshirilgan   ijtimoiy-iqtisodiy   islohotlarni
chuqur   tahlil   qilib,   «soxta   inqilobiy   sakrashlarsiz,   fojiali   oqibatlarsiz   va   kuchli
ijtimoiy larzalarsiz, evolyutsion yo‘l bilan normal, madaniyatli taraqqiyotga o‘tish
–   tanlab   olingan   yo‘lning   asosiy   mazmun   va   mohiyatidir»,   –   degan   xulosaga
keladi.
Ayni   chog‘da   Islom   Karimov   «O‘zbekiston   o‘zi   uchun   tanlab   olgan   yo‘l
ijtimoiy   sohaga   yo‘naltirilgan,   respublikaning   manfaatlariga,   shart-sharoitlari   va
xususiyatlariga   eng   ko‘p   darajada   mos   keladigan   bozor   iqgisodiyotini
shakllantirishga   qaratilgandir.   Ayni   mana   shunday   yo‘l   O‘zbekiston   xalqining
munosib   turmushini,   uning   huquqpari   va   erkinliklarini   kafolatlashi,   milliy
an’analari   va   madaniyatining   qayta   tiklanishi,   insonni   shaxs   sifatida   ma’naviy,
axloqiy kamol topishini ta’minlashi mumkin», – deb qatiy ko‘rsatib bergan edi.
Islom   Karimov   mamlakatning   dastlabki   yillardagi   rivojlanish   jarayonlarini
chuqur   tahlil   qilib,   O‘zbekistonda   milliy   davlat   qurilishi   va   iqtisodiyotini   isloh
qilish dasturining o‘zagi sifatida quyidagi beshta asosiy qoidani o‘rtaga tashladi:
Birinchi   qoida   –   iqtisodiy   islohotlarning   siyosatdan   ortda   qolmasligi,   biror
mafkuraga bo‘ysundirilmasligi qoidasi. Ikkinchi   qoida –o‘tish   davrida   davlatning   bosh   islohotchi   bo‘lishi,
islohotlarning ustuvor yo‘nalishlarini belgilab berishi, o‘zgarishlar siyosatini ishlab
chiqishi va uni izchillik bilan o‘tkazishi qoidasi.
Uchinchi qoida – qonunlarga rioya etish ustuvor tamoyil bo‘lishi,   demokratik
yo‘l   bilan   qabul   qilingan   istiqlol   Konstitutsiyasi   va   qonunlarni   hech   istisnosiz
hamma tomondan hurmat qilinishi va ularga og‘ishmay rioya etilishi qoidasi.
To‘rtinchi qoida –aholining demografik tarkibini hisobga olgan holda kuchli
ijtimoiy siyosat o‘tkazilishi qoidasi.
Mamlakatimizda   bozor   munosabatlarini   joriy   etish   bilan   bir   vaqgda   aholini
ijtimoiy himoyalash yuzasvdan oldindan ta’sirchan choralar  ko‘rilib borildi va bu
masala   bozor   iqtisodiyoti   yo‘lidagi   eng   dolzarb   vazifa   bo‘lib   qoldi   va   bundan
keyin ham shunday bo‘lib qoladi.
Beshinchi   qoida   –   bozor   iqtisodiyotiga   o‘tishda   ob’ektiv   iqtisodiy   qonunlar
talablari   hisobga   olingan   holda   «inqilobiy   sakrash»larsiz,   ya’ni   evolyutsion   yo‘l
bilan puxta o‘ylab, bosqichma-bosqich amalga oshirilishi qoidasidir.
Ana   shu   muhim   qoida   –   tamoyillar   O‘zbekistonning   mustaqil   rivojlanish   va
taraqqiyot   yo‘liga   asos   qilib   olindi   hamda   yangi   ijtimoiy-siyosiy   tizimga   tadrijiy
o‘tish jarayonlarining negizini tashkil etdi. Istiqlol davrining o‘tgan o‘n yili shuni
yaqqol isbotlaydiki, rivojlanishning mashhur besh tamoyilining amalga oshi-rilishi
mamlakatda   ijtimoiy-siyosiy   barqarorlikni,   eng   muhimi,   bozor   munosabatlarini
joriy etish yo‘lidan izchil harakat qilishni to‘la ta’minladi.
Islom   Karimov   o‘zining   «O‘zbekiston   iqtisodiy   islohotlarni   chuqurlashtirish
yo‘lida» nomli kitobida iqtisodiyotni tubdan isloh qilish kontseptsiyasini yana ham
chuqurroq   ko‘rsatib   beradi.   Unda   nazariy,   ilmiy   va   hayotiy   jihatdan   muhim
xulosalar   asoslanib,   bozor   munosabatlariga   bosqichma-bosqich   o‘tishning
O‘zbekiston   uchun   afzalliklari   maxsus   yoritib   beriladi.   Jumladan,   «bir   bosqichni
tamomlagandan keyingina, zarur shart-sharoitlarni yaratib, yangi bosqichga o‘tish
mumkin, chunki har bir bosqichda tafakkurimizni o‘stirib, eri-shilgan real natijalar
bilan odamlarni yangi tuzumning afzalligiga ishontiribgina islohotlarni oxirigacha amalga   oshira   olamiz.   Iqtisodiy   strukturasi   rivojlangan,   samarali   ijtimoiy
munosabatlarga ega bo‘lgan jamiyatni qura olamiz».
Ushbu   kitobning   ikkinchi   qismida   Islom   Karimov   mamlamlakatni   iqtisodiy
rivojlantirish   borasidagi   asosiy   vazifalar   –   xususiylashtirish   va   raqobatchilik
muhitini shakllantirish jarayonlarini chuqurlashtirish, makroiqtisodiy barqarorlikka
erishish,   milliy   valyutani   mustahkamlash,   ijtimoiy   kafolatlari   kuchli   bo‘lgan
demokratik   davlatni   shakllantirish   kabilarni   belgilab,   muammolarning   nazariy,
ilmiy va amaliy echimini topib beradi. Shunday ekan, mazkur masalalar rivojining
ustuvor   yo‘nalishlari   quyidagicha   bo‘lishi   hayot   mantig‘ining   tadrijiy
o‘zgarishlariga ham ayni muvofiq keladi:
birinchidan,   mulkchilikning   barcha   shakllariga   erkinlik   berilishi,   shaxsiy
tashabbus va ishbilarmonlikka yo‘l ochish, tadbirkorlikning qo‘llab-quvvatlanishi;
ikkinchidan,   iqtisodni   jonlantirish   uchun   xususiylashtirish   jarayonining
tezlashuvi, mulkchilik, mulkka egalik huquqining kengaytirilishi;
uchinchidan,   milliy   valyutaning   joriy   qilinishi,   jahon   moliya   tizimi
maydonlariga   endigina   kirib   kelgan   valyutamiz   qadr-qimmati   barqarorlik
darajasining ta’minlanishi;
to‘rtinchidan,  iqgisodiy siyosatda dehqonchilikka, umuman qishloq hayotiga
an’anaviy muhim tarmoq sifatida qaralishi;
beshinchidan,   o‘tmish   madaniyati   va   qadriyatlarini   tiklash   ishlarini   yo‘lga
qo‘yish,   bu   borada   izchil   tadbirlarni   amalga   oshirishdan   iborat   kontseptsiya   va
iqtisodiy islohot nazariyasining yaratilishi.
Islom   Karimov   o‘zining   «O‘zbekiston   XXI   asr   bo‘sag‘asida:   xavfsizlikka
taxdid, barqarorlik shartlari  va taraqqiyot  kafolatlari» nomli  ilmiy-nazariy asarida
islohotlarning «o‘zbek modeli»ga xos yangi davr talablariga  monand tamoyillarini
o‘rtaga tashladi va kechayotgan jarayonlar mohiyatini ochib berdi.
Keyingi   yillarda   ijtimoiy   hayotimizning   barcha   sohalarida,   eng   avvalo,
iqtisodiyotda   ro‘y  bergan   o‘zgarishlar   O‘zbekistonda   bozor   iqtisodiyoti   asoslarini
shakllantirishga   qaratilgan   tub   islohotlarni   bosqichma-bosqich,   izchil,   har tomonlama   o‘ylangan   yondashuv,   ilmiy-nazariy   jihatdan   puxta   ishlab   chiqilgan
kontseptsiya asosida amalga oshirish ishonchli hodisa ekanligini ko‘rsatdi.
Mamlakatda   mavjud   imkoniyatlardan   ratsional   foydalanib,   taraqqiyot
ehtiyojlariga to‘la javob beradigan islohotni amalga oshirish quyidagi masalalarni
hal etish imkonini berdi.
Birinchidan,   o‘tkazilayotgan   iqtisodiy   islohotlarning   me’yoriy-huquqiy
bazasi   yaratildi.   Qabul   qilingan   yangi   qonunlar   hozirgi   kunda   bozor
iqtisodiyotining   me’yor   va   tamoyillariga   muvofiq   keladigan   shart-   sharoitlarni
shakllantirmoqda.   Iqtisodiy   erkinliklar   va   xususiy   mulk   huquqining   mustahkam
yuridik   himoyasini   ta’minlamoqda.   Iqtisodiyotning   turli   sohalarida   bozor
mexanizmlarining samarali ishlashi uchun keng huquqiy maydonni yaratmoqda.
Ikkinchidan,   ma’muriy-buyruqbozlik   tizimi   tartibotlari   va   tuzilmalariga
barham   berish,   institutsional   qayta   qurishlarni   amalga   oshirish,   bir   tomondan,
iqtisodiyotni   tashkil   etishning   bozor   printsiplariga   xos   bo‘lgan   tuzilmalarini
yaratish,   tarmoq   vazirliklarini   tugatish,   davlat   mulki   hissasini   davlat   tasarrufidan
chiqarish va xususiylashtirish hisobiga keskin kamaytirish, ko‘p ukladli iqtisodiyot
va uni boshqarish tuzilmalarini yaratish.
Uchinchidan,   80-yillar   oxiridagi   chuqur   iqgisodiy   tanazzulni   engib   o‘tish,
makroiqtisodiy   va   moliyaviy   barqarorlikni   ta’minlash,   barqaror   iqtisodiy   o‘sish
uchun   zamin   yaratish.   Aynan   iqgisodiy   islohotlar   «o‘zbek   modeli»ning   amalga
oshirilishi   tufayli   islohotlarning   dastlabki   yillarida   ishlab   chiqarishning   keskin,
halokatli   pasayishini   to‘xtatishga,   iqtisodiy   va   ishlab   chiqarish   imkoniyatlarini
saqlab   qolishga,   milliy   iqtisodiyotni   tiklashning   mustahkam   asoslarini   yaratishga
erishildi.
To‘rtinchidan,   mamlakatning   iqgisodiy   mustaqilligini,   O‘zbekistonning
jahon   iqtisodiy   tizimiga   keng   ko‘lamda   qo‘shilishini   ta’minlashga   yo‘naltirilgan
iqtisodiyotning chuqur tarkibiy qayta qurish dasturini amalga oshirishga kirishildi.
Qisqa   davr   mobaynida   iqtisodiyot   tarmoqlarini   va   aholi   extiyojlarini   o‘zimizda
ishlab   chiqarilgan   energetika   resurslari,   sifatli   neft   mahsulotlari   hisobiga
ta’minlash masalasi tubdan hal qilindi. G‘alla mustaqilligi choralari ko‘rildi. Shunday qilib, yonilg‘i va don mustaqilligiga erishildi, bu esa mamlakatning
barqaror taraqqiyoti va odamlar farovonligining asosi va kafolatidir. Mamlakatning
don   va   neft   bozorlaridagi   jahon   narxlarining   o‘zgarib   turishiga   tobeligi   ancha
cheklandi,   ulardan   bo‘shagan   valyuta   manbalari   esa   zamonaviy   uskuna   va
texnologiyalar xarid qilishga yo‘naltirildi.
Beshinchidan,   bozor   infratuzilmasi   asoslari,   zamonaviy   ikki   darajali   bank
tizimi   yaratiddi.   Hozirgi   kunda   respublikada   sug‘urta   kompaniyalari,   tovar-xom
ashyo birjalari, sarmoya fondlari tarmog‘i ishlab turibdi, fond birjasi va ko‘chmas
mulk   birjasi,   Markaziy   depozitariy   va   ikkinchi   daraja   depozitariylari,   lizing   va
konsalting   kompaniyalari,   Tovar   ishlab   chiqaruvchilar   va   tadbirkorlar   palatasi,
Dehqon   va   fermer   xo‘jaliklari   uyushmasi   faoliyat   ko‘rsatib   kelmoqda.   Bularning
hammasi faol tadbirkorlik faoliyati uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishga xizmat
qilishga yo‘naltirilgan.
Oltinchidan,  kuchli ijtimoiy siyosatni, aholining muhtoj qatlamlarini   mo‘ljalli
ijtimoiy   himoya   bilan   ta’minlash   chora-tadbirlarini   amalga   oshirish,   jamiyatda
ijtimoiy   barqarorlikni,   fuqarolar   osoyishtaligini   va   millatlararo   totuvlikni
ta’minlash borasida aniq natijalarga erishildi.
Mustaqillik   yillarida   sodir   etilgan  iqgisodiy   o‘zgarishlar   natijalariga  berilgan
bunday  umumiy  baho  ham   isloh  qilish   dastlabki  bosqichlarining  asosiy  vazifa  va
maqsadlari muvaffaqiyatli amalga oshirilganligidan dalolat beradi.
Davlat   iqtisodiy   islohotlar   o‘tkazish   uchun   huquqiy,   tashkiliy   va   iqgisodiy
sharoitlar   yaratish   bilan   birga   ayrim   korxonalarni,   sohalarni,   ba’zan   esa   butun
iqtisodni   boshqarishning   bozor   tamoyillariga   o‘tishini   ta’minlashga   harakat   qildi.
Buvda   davlat   boshqaruvi   vazifalari   va   mexanizmlari   tubdan   o‘zgarib,   ma’muriy-
buyruqbozlik   tamoyillari   o‘rniga   iqgisodiy   va   moliyaviy   tartibga   solish
tamoyillarining roli tobora kuchayib bordi.
Ko‘p   qirrali   islohotlar   davrida,   jamiyat   mentaliteti   tubdan   o‘zgarayotgan,
tuzum yangi  mazmun va tartibotlarga kirayotgan bir paytda aholi ma’naviy-ruhiy
ehtiyojlariga   mos   keluvchi,   xalqni   istiqbolga   etaklovchi   hayotbaxsh   intilishlar
ifodasi bo‘lgan g‘oyalar va maqsadlar bilan qurollantirish katta ahamiyatga egadir. Shunday   ekan,   islohotlar   samarasi   xalq   dunyoqarashi,   madaniy   va   ma’naviy
qadriyatlariga   ongli   munosabati   bilan   bevosita   bog‘liq   hodisadir.   Agar
yangilanishlar   odamlar   ongi   va   dunyoqarashi,   qalbi   va   ruhiyati   orqali   o‘zini
namoyon   etsa,   u   yashovchan   va   samarali   bo‘ladi.   Shuning   uchun   ham
O‘zbekistonda   davlatning   yangilanishlar   strategiyasi   sifat   jihatidan   o‘zgarayotgan
jamiyat,   yangicha   tafakkur   asosida   vujudga   kelayotgan   ijtimoiy   guruhlarning
qadriyat mo‘ljallari bilan uyg‘unlashib ketgan.
Madaniyat   va   ma’rifatning   ustuvor   hodisa   sifatida   talqin   etilishi   ma’naviy
voqelik   sifatidagi   takomillashuv   jarayonining   chin   insoniylik   mohiyatini
belgilaydi.   Inson   ayni   ana   shu   qadriyatlar   orqali   kamolotga   etadi,   hayotda,
jamiyatda o‘z mavqeiga, o‘rniga, nufuziga ega bo‘ladi. Inson faoliyatlari  mahsuli
ayni ana shu ma’naviyat va ma’rifat orqali qadriyatga aylanadi.
Islom   Karimovning   qadriyatlar   ustuvorligi   kontseptsiyasi   xuddi   ana   shu
jihatlar   tufayli   ham   qimmatli.   U   ma’naviyatni,   ma’rifatni   jamiyatning
yo‘naltiruvchi   kuchi   deb   biladi.   Ana   shu   nuqgai   nazardan   ham   «Men   ma’rifatli
jamiyat qurmoqchiman» deydi. Ma’rifatli jamiyatda esa inson, ma’naviyat, axloq,
tafakkur   mezonlari   hal   qiluvchi   mazmun   kasb   etadi.   Shuning   uchun   ham   Islom
Karimov   mustaqillikning   dastlabki   yillaridayoq   «Ma’naviy   sog‘lom,   kuchli
jamiyat islohotlarga tayyor bo‘ladi», degan edi.
I.Karimov   mamlakat   istiqboliga   doir   tadbirlar   tizimini   belgilar   ekan,   uning
eng   avvalo   yuksak   ma’rifat   va   madaniyat   mamlakati   bo‘lishi,   shu   asosda   barcha
islohotlarning   ma’rifiy   negizini   yaratish   nuqtai   nazaridan   ish   tutadi.   I.Karimov
iqgisodga,   huquqiy   va   siyosiy   islohotlarga,   shuningdek,   jahon   muammolarini   hal
etish,   tinchlikni   ta’minlash   masalalariga   ham   ma’rifiy   ko‘z   bilan   qaraydi,   yuksak
madaniy   va   umuminsoniy   qadriyatlar   talablari   asosida   yondashishga   da’vat
etgandi.   Ana   shu   jihatlarni   hisobga   olgan   Islom   Karimov   «Ilmiy   va   madaniy
sohadagi   mavjud   imkoniyatlarni   saqlab   qolish,   qayta   tiklash,   ko‘paytirish
maqsadida   bundan   buyon   fundamental   fanning,   madaniyat   va   san’at
muassasalarining   moddiy-texnika   bazasini   rivojlantirish   va   mustahkamlashga,
aqliy va ijodiy mehnat xodimlarining obro‘yini oshirishga davlat tomonidan zarur mablag‘lar   ajratilave-radi»,   –   degan   edi.   O‘tish   davrida   iqgisodiy   jihatdan
birmuncha   qiyinchiliklar   sezilayotgan   bir   paytda   ma’naviy   hayotimizga   davlat
e’tiborining   ustuvor   mavqe   kasb   etishi   insoniy   g‘amxo‘rlikning   yorqin
ko‘rinishidir.
Demokratiya haqida mulohazalar.
Milliy   istiqlol   bilan   bog‘liq   bo‘lgan   butunlay   yangi   tarixiy-ijtimoiy   voqelik,
demokratiya   deganda   domlalarimiz   uqtirgan,   falsafa   fanida   aniq   mazmunga   ega
bo‘lgan   «xalq   hokimiyati»   degan   ancha   sodda   va   yuzaki   tushuncha   mohiyatini
xiyla   chuqurlashtirdi.   Darhaqiqat,   bungacha   uning   asl   mazmuni,   jamiyat
taraqqiyotida   tutgan   o‘rni,   inson   haq-huquqlarini   belgilashdagi   vazifasi   xususida
ko‘p ham o‘ylamaganmiz. Chunki bizda bunday sharoit ham, zarurat ham yo‘q edi.
«Qizil   imperiya»   demokratiyani   o‘zicha   tushundi   va   bizni   ham   o‘z
tushunchasi   doirasida   tarbiyaladi.   Qarashlarimiz   uning   ta’sirida   shakllandi.
Ongimiz   va   tafakkurimizga   inson   manfaatlariga,   uning   yashash   huquqiga   zid
bo‘lgan   g‘oyalar   singdirildi.   Inson   o‘ylamaslik,   fikrsizlik   qobig‘ida   qolib
ketaverdi.
Demokratiya   –   kishilik   tarixida   insonning   ongli   hayoti   boshlangan   davrdan
boshlab, uning erk-irodasini, xohish-istagini belgilaydigan mezon bo‘lib kelmoqda.
Albatta,   bu   borada   kishilik   jamiyati   shakllanish   davridan   tortib   to
sivilizatsiyalashgan   turmush   tarzi,   har   jihatdan   chuqur   ildiz   otgan   davlatchilik   va
shu   asosda   ma’lum   tartib-   qoidaga   kirib   qolgan   aniq   yo‘nalishlar   o‘rtasida   katta
farq   bor.   Chunki   asrlar   mobaynida   odamlar   dunyoqarashi   o‘zgarib,   talab-
ehtiyojlari   oshdi.   Hayotga   munosabatlari   yangicha   tus   oldi.   U   har   bir   davrning
o‘ziga xos mahsuli sifatida yangidan-yangi shaklga kira boshladi.
Demokratiya   bevosita   jamiyat   taraqqiyoti,   uning   siyosiy,   huquqiy,   ma’naviy
va   boshqa   jihatlari   bilan   birga   ana   shu   jamiyatni   tashkil   etgan   aholi   umumiy
dunyoqarashini   o‘zida   mujassam   etadi.   Boshqacha   qilib   aytganda,   aholining
turmush tarzi, an’analari va urf-odatlari asosida shakllangan ma’naviy-ruhiy olami
jamiyatda   qaror   topadigan   demokratik   jarayonlar   mazmunini   belgilaydi.   Aks
hodda, demokratiya davlat mafkurasi asosida qurilsa, uning o‘z manfaatlariga mos keladigan   siyosatiga   xizmat   qiladi.   Agar   demokratiya   siyosiy   «o‘yin»lar   holatiga
kirsa, mamlakatda parokandalik, anarxiya vujudga keladi. Zero, har qanday davlat
o‘z   huquqiy   asosiga,   siyosiy   rejimiga   boshqaruvdagi   aniq   tamoyillariga   ega
bo‘lmasa,   fuqarolar   esa   o‘z   haq-huquqlarini   himoya   qilish   bilan   birga   jamiyat   va
davlat   oldidagi,   o‘z   mamlakati   istiqboli   yo‘lidagi   vazifalari   va   burchlarini   to‘la
anglab   olmagan   taqdirda   demokratiya   o‘zining   tom   ma’nodagi   mazmuniga   va
jahon tajribasida tan olingan mohiyatiga ega bo‘la olmaydi.
Jahon   davlatchiligi   tarixi   turli   davrlarda   turlicha   davlat   tizimlarini   va
boshqaruv   yo‘nalishlarini   ko‘rgan.   Demak,   inson   va   jamiyat,   davlat   va   fuqaro
o‘rtasidagi   munosabatlar   turli   davrlarda   turlicha   tus   olgan.   Ana   shundan   kelib
chiqib   er   sharining   turli   mintaqalarida   xalqlar   dunyoqarashi,   turmush   tarzi,
an’analari   va   urf-odatlari   asosida   turlicha   siyosiy   rejimlar,   tartib-qoidalar   va
rusumlar dunyoga kelgan.
Jahon   davlatchiligi   tajribalari   tobora   boyib,   xalqning   o‘zligini   anglash
jarayoni tobora tezlashib borgani sayin demokratiyaning shakli, mazmuni va uning
jahon taraqqiyotida tutgan o‘rni xususidagi munozaralar avj oddi. Ayniqsa XX asr
kishilik   tarixida   keskin   burilish   yasadi.   Er   kurrasida   ikki   qarama-qarshi   ijtimoiy-
siyosiy tuzumning paydo bo‘lishi dunyo davlatchiligi tajribasida va jahon xalqlari
tafakkurida   turlicha   bir-biriga   zid   bo‘lgan   g‘oyalarni   keltirib   chiqardi.   Ana   shu
g‘oyalar,   tabiiy   ravishda,   o‘zlari   hukmron   bo‘lgan   hududda   odamlar   ongini
o‘zgartirib yubordi. Aniqrog‘i, ular tafakkuriga singib ketdi. Ikki lager o‘rtasidagi
bunday   siyosiy,   huquqiy,   iqtisodiy   va   mafkuraviy   raqobat   kuchayib,   bir-birini
mahv   etishga   urinishlar   inson   huquqlarini   ma’lum   bir   tartibga   solib   turish,   uni
himoya   qilish   maqsadiga   yo‘naltirilgan   bir   qator   xalqaro   tashkilotlarning   paydo
bo‘lishiga ehtiyoj tug‘dirdi.
Totalitar   tuzumda   inson   huquqlarining   cheklanganligi,   mafkuraviy
yakkahokimlik   jamiyat   ma’naviy   taraqqiyotini   cheklab   qo‘ydi.   Bu–birinchidan.
Ikkinchidan,   Osiyo,   Afrika   va   Lotin   Amerikasida   ozodlik   uchun   kurash,   milliy
davlatchilikka   zamin  yaratish   va   shu   asosda   inson   huquqlarini   himoya   qilish,   har
tomonlama   barkamol   demokratik   jamiyatni   vujudga   keltirishga   intilish   kuchaydi. Natijada   ana   shu   qit’alarda   milliy   ozodlik   harakatlari   avj   oldi.   Bu   harakatlar
zamirida   insoniyatning   azaliy   orzu-umidi–ozodlik   va   hurriyatga   erishish,   erkin
yashash ehtiyoji yotardi.
Qadim   Sharqda   azaldan   huquqiy   demokratik   davlatchilik   va   fuqarolik
jamiyatining   turli   elementlari   mavjud   edi.   Bunga   uzoq   o‘tmishimizdan
qoraxoniylar,   Xorazmshoh,   temuriylar   va   boshqa   qator   sulolalar   davlatchiligini
misol   keltirish   mumkin.   Bu   davrlar   haqiqat   va   adolat   g‘oyasi   nihoyatda   baland
ko‘tarilgani va butun mamlakatda aniq tartib-intizom  o‘rnatilgani  natijasida  inson
hayoti, aholi  turmushi  kafolatlanganligi bilan alohida ajralib turadi. Agar ana shu
davrlarda so‘z va fikr erkinligi, g‘oyalar xilma-xilligi mavjud bo‘lmaganda edi, bu
qadimiy   makonda   fan,   madaniyat   va   ma’naviyat   rivojlanmagan,   jahon
taraqqiyotiga bu darajada kuchli ta’sir ko‘rsatmagan bo‘lur edi.
Sharq   uyg‘onish   davri   va   keskin   yuksalish   paytlarida   dunyoviy   ilmlar   bilan
islom   madaniyati   nazariyasi   va   falsafasi   uyg‘un   holda   taraqqiy   topdi.   Uning
natijasida vujudga kelgan ma’naviy-axloqiy an’analar turmush tarzimizga aylanib
qoldi.   Aks   holda   islom   dinining   buyuk   namoyandalari,   ulamo   va   fuzalolarining
dunyo   tan   olgan   asosiy   ko‘pchiligi   qadimiy   Turon   zaminida   etishib   chiqmas   edi.
Bu bizga «din – af’yundir» deb o‘rgatib kelgan, bizni  xudosizlikka, imonsizlikka
va e’tiqodsizlikka da’vat etgan, jaholat yo‘lini tutgan yolg‘on mafkuraning yolg’on
umridan darak berganidek, islom dini va Sharq turmushi falsafasining abadiyatini,
haqiqati   va   qadriyatlarining   boqiyligini   ham   ko‘rsatadi.   Sohibqiron   Amir
Temurning   birgina   «Kuch   –   adolatda»   degan   shiorida   huquqiy   demokratik
davlatning   ham,   fuqarolik   jamiyatining   ham   ayrim   belgilari,   insonning   yashash
huquqi,  uning   barcha   erkinliklari   ham   mujassam   bo‘lgan.   Ayni   paytda  xuddi   ana
shular hozirgi zamon demokratik harakatlar ilg‘or tajribalarining o‘q ildizini, bosh
yo‘nalishini tashkil etadi.
Albatta   bu   ancha-muncha   munozarali   masala.   Mamlakatimizda   yangi   tarixiy
sharoitlarda   yangicha   davlatchilik   qaror   topayotgan   bir   paytda   demokratiya,
fuqarolik jamiyati, aholi va jamiyat, fuqaro va davlat o‘rtasidagi munosabatlar turli
soha   mutaxassislari   o‘rtasida   turlicha   talqin   etilmoqda.   Biroq   har   qanday xulosalardan   qat’i   nazar,   shu   narsa   aniqki,   qadimiy   Sharq   davlatchiligida   inson
erki,   haq-huquqlari   ko‘p   jihatdan   himoya   qilingan   hamda   o‘z   davriniig   talab   va
ehtiyojlaridan   kelib   chiqib,   inson   ozodligi   va   hatti-harakatlari   erkinligi   ta’min
etilgan   edi.   Bu   ayni   demokratik   jamiyatning   muhim   va   asosiy   belgilaridan
hisoblanadi.
Endi   biz   butunlay   yangi   tarixiy   sharoitlarda   yashayapmiz.   Jahon   demokratik
jarayonlari   tobora   chuqurlashgan,   uning   imkoniyatlari   ancha   kengaygan,
odamlarning   onglilik   darajasi   birmuncha   oshgan   bir   paytda   yashayapmiz.   Jahon
voqealaridan   va   ijtimoiy-siyosiy   jarayonlaridan   xabardor   bo‘lish   va   bu
jarayonlarning mamlakatlararo, mintaqalararo va qit’alararo ta’siri tobora kuchayib
borayotgan   bir   sharoitda   kun   kechiryapmiz.   Bularning   barchasi   inson   ongi,
tafakkuri   va   qalbini   hech   qachon   chetlab   o‘tmaydi.   Endi   demokratiyaning
shunchaki   oddiy   «erkinlik»,   «hurriyat»,   «ozodlik»   degan   tushunchalari   va   ayni
paytda «xalq hokimiyati» degan mazmuni ham birmuncha o‘zgarmoqda. Odamlar
ongi   va   tafakkuri   kengaygani   sayin,   ularning   demokratiyaga   munosabatlari   ham
o‘zgarmoqda.   Ayni   paytda   demokratiya   imkoniyatlari   tobora   kengayib,   miqyosi
oshib bormokda.
Bizning   yaqin   o‘tmishimizda   «qizil   imperiya»   demokratik   harakatlar
tamoyillariga   mos   keladigan   inson   erki   va   yashash   huquqini   ancha-muncha
chegaralab   qo‘ygan   edi.   G‘oyatda   zo‘ravonlikka   tayangan   siyosat   tabiatan
ozodlikni   yoqtirmas   va   tom   ma’nodagi   demokratiyani   tan   olmas   edi.   Amerikalik
siyosatchi Diana Revich ta’biri bilan aytganda, «Totalitar siyosiy tuzumlar sustlik
va   loqaydlik   kayfiyatini   rivojlantiradi.   Tuzum   itoatkor   va   labbaygo‘y   fuqarolarni
shakllantirishga   intiladi.   Bundan   farqli   o‘laroq,   demokratik   jamiyatning   fuqarolik
madaniyati alohida shaxslar  va guruhlarning erkin ravishda ixtiyor etgan faoliyati
tufayli   shakllanadi.   U   mushtarak   manfaatlar   zamirida   birlashgan   guruhlarni
boshqalar bilan muzokaralar olib borish, kelishuvga erishish va konstitutsion tizim
doirasida ish olib borishga o‘rgatadi. Ittifoq tuzish sari intilar ekan, o‘zaro farqlar
mavjud   guruhlar   tinch   yo‘l   bilan   munozara   olib   borish,   o‘z   maqsadlariga demokratik yo‘l bilan erishish va pirovardida xilma-xilliklar mavjud dunyoda qay
tariqa yashash kerakligini o‘rganadilar».
Demokratiya   bir   yo‘la   qurilgan   bino   yoki   doimiy   bir   xil   tarzda   o‘zgarmay
turadigan buyum emas. Balki, u doimiy harakatdagi jonli hodisadir. Ayni paytda u
jamiyat taraqqiyoti va mavjud siyosiy rejim ta’sirida o‘zini o‘zi to‘ldirib, boyitib,
yangi   tarixiy   sharoitlarda   yangicha   mazmun   kasb   etib   boruvchi   voqeliqdir.
Muxtasar   qilib  aytganda,   demokratiya   tajribaga   asoslangan   va   doimiy   mazmunan
boyib,   shaklan   barkamollashib,   mohiyatan   chuqurlashib   boradigan   uzluksiz
harakatdagi faoliyatdir.
Demokratiyaning siyosiy madaniyati
Hakli   ravishda   savol   tug‘iladi.   Xo‘sh,   O‘zbekiston   demokratiyaning   qaysi
yo‘nalishlaridan   bormoqda?   Huquqiy   demokratik   davlatni   barpo   etish,   fuqarolik
jamiyatini   vujudga   keltirish   oliy   maqsad   ekan,   unga   erishishning   yagona   yo‘li
demokratiyani   chuqurlashtirishdir.   Ayni   paytda   O‘zbekistonda   davlatchilikning
xuddi ana shu jihatiga qanday qaralmoqda?
Eng   avvalo   shuni   ta’kidlash   kerakki,   demokratik   jamiyatni   barpo   etishning
xalqaro tamoyillari, dunyo tan olgan, e’tirof etgan, barcha uchun umumiy bo‘lgan
yo‘riqlari mavjud.
Bu bevosita fuqaroning o‘z xohish-irodasini erkin ifodalash huquqiga egaligi,
ozchilikning ko‘pchilikka bo‘ysunishi, barcha fuqarolarning millati, elati, ijtimoiy
kelib  chiqishi  va  diniy  e’tiqodidan  qat’i  nazar   teng  huquqliligi,  davlat  va   jamiyat
boshqaruvida qonun ustuvorligi, saylash-saylanish huquqi va boshqalardir.
Bular qariyb barcha mamlakatlar konstitutsiyalarida qat’iy belgilab qo‘yilgan
tartib-qoidalar   hisoblanadi.   Ana   shundan   kelib   chiqib   demokratiyaning   turli
shakllari   vujudga   kelishi   muqarrar.   Ayrimlar   O‘zbekistondagi   demokratik
jarayonlar, uni  hayotga tatbiq etishning sharqona tamoyillari haqida gapirar  ekan,
demokratiya   demokratiya-da,   uning   sharqonayu   g‘arbonaligi   bormi?–   degan
fikrlarni bildirishmoqda. To‘g‘ri, yuzaki qaraganda demokratiya – demokratiya-da.
U   hamma   uchun   birday   ijtimoiy   hodisa!   Biroq,   uning   mag‘zini   chaqsangiz,
mazmunini   chuqurroq   anglasangiz,   masala   ancha-muncha   murakkab   ekanligini sezish   qiyin   emas.   Erkin   fikr,   eng   avvalo,   fikrlash   tarzidan,   ma’naviy   ruhiy
ko‘nikmadan, erkin hatti-harakat esa, turmush tarzidan, axloqiy mezonlardan kelib
chiqadi.   Ana   shuning   o‘zi   G‘arbda   g‘arbonalikni,   Sharqda   sharqonalikni   taqozo
etadi. Demak, demokratiyani hayotga tatbiq qilishda xalqning milliy ehtiyojlaridan
kelib   chiqib   yondashish   kerak   bo‘ladi.   Aks   holda,   demokratiya   tadbirbozlik   va
kompaniyabozlikka aylanib qolishi mumkin, xolos.
Ma’lum bir mamlakatda demokratiyani joriy etishda faqat shuning o‘zi kifoya
qiladimi?   Faqat   shuning   o‘zi   aholining   barcha   ehtiyojlarini   qondira   oladimi,
ma’naviy-ruhiy olamini qamraydimi? Yo‘q! Chunki, har bir xalqning o‘z turmush
tarzi, tarixiy an’analari, hayotga munosabatlari va boshqa jihatlaridan kelib chiqib,
demokratiyaga   yondashish   usuli   bor.   Ana   shu   nuqtai   nazardan   qaraganda   Islom
Karimov «Sharqda demokratik jarayonlarning qadimdan shakllangan o‘ziga xos va
o‘ziga   mos   xususiyatlari   bor.   Buni   aslo   nazardan   qochirib   bo‘lmaydi.   Ya’ni
Sharqda   demokratik   jarayonlar   uzviy   ravishda   va   asta-sekin   taraqqiy   topadi.   Bu
sohada   inqilobiy   o‘zgarishlar   yasashga   urinishlar   g‘oyat   noxush,   hatto   fojiali
natijalarga   olib   keladi.   Inqilobni   G‘arb   olimlari   ham   «ijtimoiy   taraqqiyotning
ibtidoiy va yovvoyi shakli» deb ataganlar.
Erkinlik, demokratiya hayotimizni ham, o‘zimizni ham zabt etdi. Mustaqillik
bunga   yo‘l   ochib   berdi,   shunday   imkoniyat   yaratdi.   Endi   biz   o‘zimizni
anglashimiz,   dunyoni   tushunishimiz   va   shu   bilan   birga   demokratiyaning   butun
mohiyati   va   imkoniyatlarini   chuqurlashtirishimiz   lozim.   Ana   shunda   biz   ham,
demokratiya   ham,   mustaqillik   ham   buyuk   ne’matga,   hech   narsa   bilan   o‘lchab
bo‘lmaydigan   oliy   qadriyatga   aylanadi.   Xullas,   hazrat   Mir   Alisher   Navoiy
aytganlaridek,
To hirsu havas xirmani barbod o‘lmas, 
To nafsu havo qasri baraftod o‘lmas, 
To zulmu sitam jonig‘a bedod o‘lmas, 
El shod o‘lmas, mamlakat obod o‘lmas.
Darhaqiqat,   to   ma’naviy   kamolotga   etmaguncha,   to   hatti-harakatlarimiz,
munosabatlarimiz   aqlu   idrok   va   umumiy   manfaat   doirasi   bilan chegaralanmaguncha   demokratiyaning   mazmuni   ham,   ko‘lami   ham   kutganimiz
darajasida   bo‘lmaydi.   Bu   bevosita   fuqarolar   ongi   va   dunyoqarashini   tubdan
o‘zgartirish,   yaqin   o‘tmishimizdan   qolgan   loqaydlik   va   boqimandalik
kayfiyatlarini   yo‘qotish,   shu   asosda   milliy   davlatimiz,   milliy   vatanimiz   istiqboli
uchun   kuyinish   tuyg‘ularini   kuchaytirish   kabi   murakkab,   uzoq   muddatli   jarayon
bilan   bog‘liq.   Ana   shundan   kelib   chiqib   Islom   Karimov   «...demokratiya   o‘z-
o‘zidan vujudga kelmaydi. Demokratiyaga tinimsiz aqliy va jismoniy mehnat qilib,
ter   to‘kib,   hayotning   achchiq-chuchugini   obdan   totib,   qiyin,   aytish   mumkinki,
hatto fojiali tajribalarni ham boshdan o‘tkazib, og‘ir sinov va kurashlarga mardona
bardosh   beribgina   erishish   mumkin»,   –   degan   edi.   Zero,   ana   shu   juda   murakkab
jarayonga   hamma   va   har   bir   kishi   alohida   tayyorgarlik   ko‘rishi,   o‘zini   tayyorlab
borishi, eng muhimi, o‘zini o‘zi ichki bir ma’naviy qudrat bilan tarbiyalab borishi
kerak.   Shuning   uchun   ham   Islom   Karimov   «demokratik   o‘zgarishlar   va   yangi
demokratik   jarayonlarni   boshqarishni,   hayotga   tatbiq   qilishni   hamda   ularni
himoyalashni jamiyatning o‘zi anglamog‘i darkor», – deb alohida ta’kidlaydi. Ana
shuning o‘zi bizning jamiyat odtsidagi, yangilanayotgan hayot odtsidaga va butun
kelajak oldidagi vazifalarimizni belgilaydi.
Jamiyatni erkinlashtirishning «o‘zbek modeli»
Har qanday jamiyatning ma’naviy qiyofasi ayni ana shu jamiyat tizimi, uning
qanday g‘oyalarga va maqsadlarga ergashayotgani, qanday tafakkur asosida qaror
topayotgani   bilan   bog‘liq.   O‘zbekiston   tanlagan   yo‘l   inson   manfaatlari   to‘la
himoya   qilingan,   uning   haq-huquqlari   har   tomonlama   kafolatlangan   fuqarolik
jamiyatini   shakllantirishdir.   Bu,   albatta,   inson   ongi   va   tafakkurini   o‘zgartirish
orqali   turmush   tarzini   yangilash   singari   qator   murakkabliklar,   qiyinchiliklar,
ziddiyatlarni engib o‘tishni taqozo etmoqtsa. Ularni nimalarda ko‘rish mumkin?
Birinchidan,   eskilik   va   yangilik   o‘rtasidagi   ziddiyatlar.   Eski   tuzum   illatlari
yashashni istaydi, o‘z o‘rnini bo‘shatishni xohlamaydi. Yangi tuzum g‘oyalari esa
jamiyatni yangilash zaruratini taqozo etadi va bu zarurat hayot-mamot mohiyatiga,
har   bir   fuqaro   taqdiriga,   ma’naviy   va   ruhiy   ehtiyojiga,   asrlar   mobaynida
shakllangan   turmush   tarzi   va   dunyoqarashiga   bog‘liq   bo‘lgan,   uni   har   jihatdan himoya qiladigan fikr sifatida maydonga keladi. Bu g‘oyaning yashashi va turmush
tarziga   aylanishi   ayni   ana   shu   eskilik   illatlari   bilan   kurashning   naqadar   og‘ir   va
hatto iztirobliligi bilan belgilanmoqda.
Ikkinchidan,   fuqarolar   ongi   va   dunyoqarashining   jamiyatni   tubdan
o‘zgartirish va yangi mazmun bilan boyitish uchun unchalik ham tayyor emasligi.
Zotan, 130 yillik mustamlakachilik davri bizni fikrlamay yashashga majbur etdi.
Fikriy   tanballik,   fikriy   boqimandalik   ko‘nikmalarini   vujudimizga   singdirib
yubordi. Endi esa aqlni ishlatib, o‘z kunimizni o‘zimiz ko‘rishimiz va shu asosda
o‘z iqtidorimizni, yaratuvchilik qudratimizni namoyon etishimiz kerak. Bu osonlik
bilan yuzaga chiqadigan hodisa emas.
Uchinchidan,   inson   ozodligi,   hur   va   erkin   yashash   tarzi   bu   shunchaki
«bersang   eyman,   bermasang   o‘laman»   qabilidagi   turmush   tarzi   emas.   Aksincha,
inson   ozodligi   ozod   so‘z,   ozod  fikr,   erkin   hatti-harakat   orqali   jamiyat   erkinligini,
jamiyat   ozodligini   va   umuman   hurriyat   mazmun-mohiyatini   anglashdan   iborat
bo‘lgan siyosiy, ijtimoiy, ma’naviy-ruhiy hodisadir.
To‘rtinchidan,   demokratik   jarayonlarni   chuqurlashtirish   sharoitida
fuqarolarni   ayni   demokratik   jarayonlarning   faol   ishtirokchisi,   uning   faol
himoyachisi   sifatida   tayyorlash.   Bu   o‘ta   murakkab,   vaqt   talab   etadigan   hodisa.
Chunki   mustamlakachilik   davri   illatlaridan   qutulish   azobini,   fikrlab   yashash,   aql-
idrok   yo‘rig‘i   bilan   kun   ko‘rish   mashaqqatini   engish   uchun   insonda   ichki   iroda,
ma’naviy   qudrat   kerak.   Ana  shu   iroda   va  qudratni   uyg‘otish,   shakllantirish,   unga
quvvat baxsh etish oson ish emas.
O‘zbekiston   fuqarolik   jamiyatini   barpo   etish   yo‘lini   tanlagan   ekan,   ana   shu
inson   ongi   va   qalbi   bilan   bog‘liq   bo‘lgan,   uni   isloh   qilish,   tirik,   mavjud   insonni
«yangi»lash, ma’naviy-ruhiy «ta’mirlash» kabi sermashaqqat yo‘ldan bordi. Bu har
qanday   davlatdan   juda   katta   siyosiy   qudrat,   siyosiy   madaniyat   va   siyosiy   iroda
talab etadigan buyuk hodisadir.
Siyosiy   madaniyat,   siyosiy   ong   va   tushunchalar   darajasi   jamiyat   hayotida
inson   ishtirokining   qandayligini   belgilaydi.   Zotan,   siyosiy   madaniyat   va   siyosiy
ong   yuksak   bo‘lgan   joyda   odamlar   hokimiyat   ishida   faolroq   ishtirok   etishadi. Qarorlar   qanday   qabul   qilinishi,   uning   ijrosi   qanday   nazorat   qilinayotganligini
kuzatib   borishadi,   munosabat   bildirishadi.   O‘z   hayotlariga   daxldor   bo‘lgan
ma’muriy   tadbirlarga   befarq   qarashmaydi.   Aksincha,   ularni   tayyorlashda   ishtirok
etishadi, natijada qarorlar ijrosi uchun o‘zlari manfaatdor sifatida mas’uliyatni his
qilishadi.
Islom Karimov aholining siyosiy faolligini kuchaytirish, jamiyatda manfaatlar
va   qarama-qarshi   kuchlar   o‘rtasida   muvozanatni   ta’minlaydigan   kuchli
mexanizmlarni shakllantirish zarurligiga alohida e’tibor beradi. Bu mexanizm eng
avvalo   jamiyatni   erkinlashtirish   orqali   odamlarning   saylovlarga   munosabatini
o‘zgartirishni,   yaqin   o‘tmishimizda   dunyoqarashimizda   o‘rnashib   qolgan   soxta
saylovbozlik   va   siyosiy   o‘yinlardan   voz   kechishni   taqozo   etadi.   Odamlar   o‘z
manfaatlarini   va   maqsadlarini   amalga   oshirish,   haq-huquqlarini   himoya   qilish
uchun saylovlarda ishtirok etish zarurligini anglamog‘i lozim. Saylash va saylanish
huquqi   ayni   har   bir   fuqaro   siyosiy   faolligini,   jamiyat   taraqqiyotiga   daxldorligini
belgilovchi omil sifatida o‘zini ko‘rsatmog‘i darkor.
O‘zbekistonda   saylovlar   o‘tkazishning   demokratik   tamoyillari   mavjud.   Bu
tamoyillar   jahon   saylov   o‘tkazish   tajribalari   asosvda   dunyoga   keldi   va
shakllanmoqda.  Fuqarolar esa uni to‘la-to‘kis qo‘llab-quvvatlamoqda.
Inson   haq-huquqlarini   himoya   qilish,   uning   ehtiyojlarini   qondirishda   davlat
qurilishi,   boshqaruv   tizimi   va   jamiyatni   erkinlashtirish   alohida   ahamiyatga   ega.
Bunday siyosat  xalq taqdirini, turmushi  va kelajagini kafolatlagan, uning yashash
erki   va   butun   ozodligini   ta’minlagan   bo‘ladi.   Zotan,   uning   zamirida   sof
umuminsoniy   qadriyatlar   va   shaxs   barkamol   turmush   tarzining   to‘la   kafolati
mavjuddir.
Taniqli   davlat   va   siyosat   arbobi   Cherchill   demokratiya   «hokimiyat
boshqaruvining   eng   yaroqsiz   shakli,   lekin   insoniyat   hozircha   undan   maqbulroq
shaklini topa olganicha yo‘q», deb aytgan edi.
Siyosatshunoslarning   ayrimlari   buni   paradoks   sifatida   tushunishadi.   Biroq,
demokratiyaning bunday – Cherchillcha talqinining ham mantig‘i bor. Xalqimizda «qars ikki qo‘ldan chiqadi» degan naql bor. Yoki odatda ikki va
undan   ko‘p   g‘oyalar   mavjud   joydagina   o‘zaro   kurash,   fikrlar   xilma-xilligi   va
qarama-qarshiligi   yuz   beradi.   Deylik,   er   yuzidan   sotsialazmning   emirilishi   bilan
kapitalizm o‘z qiymatini yo‘qotdi. U umrini o‘tab bo‘lgan eski mafkuraga aylanib
qoldi.   Ikki   qarama-qarshi   tomonning   biri   yo‘qolsa,   ikkinchi   tomon   o‘z
muvozanatini yo‘qotishi  tabiiy hodisa. Ana shu mantiqan kelib chiqib ham aytish
mumkinki, hozir hech qanday «izm»larning qiymati qolmadi.
Xo‘sh,   totalitarizm   ham,   diktatura   ham   butunlay   barbod   etilgach,   inson
ozodligi   va   yashash   erki   to‘la   ta’min   etilgach,   u   qonunlar   bilan   kafolatlangach,
demokratiyaga ehtiyoj qoladimi? Demokratiya bunday sharoitda odamlarning ham,
jamiyatning ham qon-qoniga singib ketgan bo‘ladiku. Ana shu xulosalardan kelib
chiqib aytish mumkinki, demokratiya bu – umuminsoniy qadriyatlar tantanasining
ostonasidir!
AQShda   demokratiya   milliy,   an’anaviy   ramzga   aylangan.   Bu   haqdagi
munozaralar  tor  ilmiy doiralardagina dunyoning boshqa  mintaqalari  bilan qiyosiy
tarzda o‘rganiladi, xolos.
Shunday hayotiy haqiqat borki, faqat toza havoga muhtoj odamgina toza havo
etishmasligini   muammo   qilib   ko‘taradi.   Olamga   jar   soladi.   O‘ziga   o‘xshagan
odamlar   orasidagina   munozaralar,   asabiy   tortishuvlar   avj   oladi.   Unga   etishgach,
kishini   hayratga   soluvchi   osoyishtalik   paydo   bo‘ladi   va   u   kundalik   turmushning
oddiy holatiga aylanib qoladi.
Eskicha fikr yuritish, eskicha tafakkur tarzi hamma vaqg yangilikning yo‘lini
to‘sadi,   unga   g‘ov   bo‘ladi.   Islom   Karimov   «Eski   sarqitlardan   judo   bo‘lish
dunyoqarashlar,   psixologiyalar,   turli   da’volar   o‘rtasidagi   ko‘zga   ko‘rinmaydigan,
lekin tinkani quritadigan kurashlar  bilan birga bormoqda. Hayotning o‘zi  ana shu
dunyoqarashlar,   psixologiyalar,   da’volar   orasidan   o‘tishga   majbur   qilmoqda»,   –
deydi. Darhaqiqat, bugun O‘zbekiston ana shunday murakkab, ziddiyatli bir davrni
kechirmoqda. Bu kurashlar qanchalik qiyin bo‘lmasin, eskicha tafakkurni sindirish,
yangilikni qabul qilish qanchalik mashaqqatli bo‘lmasin, ayni paytda u millionlab
kishilarni o‘ziga ergashtirib olmoqda. Kelajakka qatiy ishonch bilan qaralmoqda. Jamiyatni   bir   holatdan   ikkinchi   holatga   o‘tkazishdek   tub   islohotlar   hech
qachon   oson   kechmagan.   Ana   shunday   tarixiy   jarayonlarda   O‘zbekistonda
demokratik   jarayonlarni   chuqurlashtirish   va   jahon   tajribasini   boyitishda   yangi
«o‘zbek modeli» vujudga kelmoqda.
Demokratiyaning yangi davri
Mamlakatimizda   tub   islohotlarni   bosqichma-bosqich   amalga   oshirish
tamoyillarining   joriy   etilishi   avvaliga   ayrim   muxoliflarimizga   unchalik   ham   xush
kelmagan   edi.   Ular   buni   sustkashlikka,   ma’muriy-buyruqbozlik   tuzumining
illatlariga, yangi hokimiyat demokratik o‘zga-rishlarga qodir emasligiga yo‘yishdi.
Aslini olganda, islohotlarni inqilobiy yo‘l bilan amalga oshirish bizning hayot
va   tafakkur   tarzimizga   butkul   zid   narsadir.   Bunday   yo‘l   tutilganda   jamiyatni
mislsiz fojialarga olib kelishi bugun barchaga ayon. Hissiyot  aqldan ustun kelgan
joyda   jamiyat   inqirozga   yuz   tutishini,   har   qanday   islohot   esa   asta-sekinlik   bilan
odamlar qalbi va ongi orqali amalga oshirilgandagina yuksak madaniy va ma’naviy
mazmun   kasb   etishini   muxoliflar   tushunishmas   yoki   tushuna   turib,   boshqacha
maqsadlarni ko‘zda tutishar edi.
Oradan   birmuncha   vaqg   o‘tgach,   avvalo   iqgisodiy   islohotlarning   dastlabki
samaralari ko‘zga tashlana boshladi. Bu davlat mulkini xususiylashtirihtsan tortib,
pul   va   bank-kredit   tizimini   butunlay   yangi   izga   solish,   xorijiy   sarmoyalarni   jalb
etish,   ishlab   chiqarishni   tubdan   o‘zgartirish,   sanoatni   yangi,   ilgor   zamonaviy
texnologiyalar   bilan   jihozlashgacha   bo‘lgan   va   boshqa   jihatlarni   qamrab   olgan
islohotlarni   o‘zida   mujassam   etadi.   Ayni   ana   shu   yangilanish   jarayonida   «o‘zbek
modeli» vujudga keldi.
Xo‘sh, O‘zbekistonning tub islohotlardagi o‘z taraqqiyot yo‘li faqat shulardan
iboratmi?
Bugun   ijtimoiy   hayotimizning   barcha   sohalarida   butunlay   yangicha
munosabatlar   qaror   topdi.   Jamiyat   taraqqiyotining   aholi   ma’navay-ruhiy,   siyosiy-
madaniy   qarashlaridan   kelib   chiqqan   o‘ziga   xos   yondashish   usuli   shakllana
boshladi.   Jumladan,   demokratik   jarayonlarni   chuqurlashtirishda   ham   muhim
bosqich, yangi davr boshlandi. Ma’lumki, XX asr 90-yillarining boshlarida mamlakat mustamlaka tuzumdan
meros bo‘lmish og‘ir ijtimoiy, iqgisodiy bo‘htonlar girdobida qolgan, demokratiya
«o‘yin»lari avj olgan, aholining ayrim guruhlarida ehtiroslar junbushga kelgan bir
payt edi. Ana shu og‘ir vaziyatdan eson-omon chiqib olish, Islom Karimov iborasi
bilan   aytganda   «hech   qanday   larzalarsiz»,   qon   to‘kmasdan,   mamlakatda
barqarorlikni   saqlab   turgan   holda   asta-sekinlik   bilan   hayotni   izga   solish   yo‘li
tanlab   olindi   va   qatiyat   bilan   amalga   oshirildi.   «Yangi   uy   qurmay   turib,   eskisini
buzmaslik»   singari   hayot   sinovidan   o‘ggan   tajribalar   yo‘lidan   borildi.   Bu   g‘oya
islohotlarning   hamma   sohalariga   –   huquqiy,   siyosiy,   iqtisodiy,   ijtimoiy   va
ma’naviy jihatlariga tegishli edi. Unda siyosatning insonparvarlik mazmuni, har bir
fuqaro,   har   bir   tirik   jon   hayotining   daxlsizligini   ta’minlashga   mas’ullik,   butun
mamlakat tinchligi va osoyishtaligi uchun javobgarlik hissi mujassamlashgan edi.
Islom Karimov o‘sha paytdagi mavjud ijtimoiy-siyosiy jarayonlarning borishi
xususida   fikr   yuritar   ekan,   jumladan,   shunday   degan   edi:   «Dastlabki   kezlarda
O‘zbekistonni   sustkashlik   va   konservatizmda   ayblashardi.   Ammo   O‘zbekiston
bugungi   kunga   kelib,   bozor   o‘zgartishlarining   teranligi,   ijtimoiy   yangilanishning
sur’atlari   va   taraqqiyoti   yuzasidan   sobiq   sovet   hududidagi   aniq   dasturga   ega
bo‘lmay turib, asossiz va mulohazasiz islohotlar jarayonini tezlashtirishga uringan,
besabrlik qilgan, soxta obro‘ga intilgan ko‘pgina respublikalardan oldinlab ketdi.
Ming   afsuski,   ana   shu   yuzaki   urinishlarning   hammasi   pirovard   natijada
islohotlarning o‘zini ma’lum darajada obro‘sizlantirdi. Ularga ortiqcha siyosiy tus
berdi.   Jamiyatdagi   ichki   qarama-qarshilikni   kuchaytirdi.   Bu   bor   va   undan   hech
qayoqqa qochib qutulib bo‘lmaydi».
Mana,   oradan   yillar   o‘tib,   toshqinlar   tindi,   atay   loyqalatilgan   suvlar
tiniqlashdi,   bulutlar   tarqaldi.   Haqiqiy   hayot   manzarasi   aniq-ravshan   ko‘zga
tashlandi: siyosatning o‘tkinchi hissiyot va tuyg‘ulardan xoli bo‘lgan, aql-idrok va
tajribaga tayangan amaliy qiyofasi namoyon bo‘ldi. Aytish mumkinki, shu holning
o‘ziyoq yangilikni evolyutsion yo‘l bilan amalda joriy qilishning, qatiy intizomga
tayangan demokratiyaning ma’naviy qiyofasi edi. O‘zbekiston   Respublikasi   Oliy   Majlisining   birinchi   chaqiriq   birinchi
sessiyasida   (1995   yil   23   fevral)   Islom   Karimov   tomonidan   demokratiya   haqidagi
ilmiy-nazariy   jihatdan   asosli,   hayotiy   jihatdan   amaliy   xulosalar   o‘rtaga   tashlandi.
Davlat   siyosatining   demokratik   jarayonlarni   chuqurlashtirishga   doir   strategiyasi
ishlab chiqildi.
Bugunga   kelib   hammamizning   demokratiya   haqidagi   tasavvurlarimiz
birmuncha   kengaydi.   U   hayotimizning   muhim   va   ajralmas   qismi,
ma’naviyatimizning ko‘zgusi  ekanligini  tushundik. Hurriyat  shunchaki  so‘zbozlik
va   tadbirbozlik,   guruhbozlik   yoki   ko‘cha-ko‘yda   ayyuhannos   solib   qichqirish
emas, ta’bir joiz bo‘lsa, haqiqiy demokratiya – qonunlar diktaturasi!
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1996 yil 29 avgustda bo‘lib o‘tgan
VI   sessiyasi   ijtimoiy   hayotimizda   demokratik   o‘zgarishlarning   yangi   davrini
boshlab   berdi   va   bu   jarayonlarni   chuqurlashtirish   tamoyillarini   yangi   bosqichga
ko‘tardi. Buni nimalarda ko‘rish mumkin?
Birinchidan,   mustaqillikning   dastlabki   yillarida,   avvalo,   odamlar   yangicha
turmush   tarziga   ko‘nikma   hosil   qilishlari   kerak   edi.   Islohotlarning   mazmun-
mohiyatini   anglab,   mustaqil   taraqqiyot   afzalliklari   va   beqiyos   imkoniyatlarini
tushunib olishlari lozim edi. Busiz hech qanday natijaga erishib bo‘lmasdi. Chunki
har   qanday   sharoitda,   har   qanday   jamiyatda   ham   inson   asosiy   hal   qiluvchi   omil,
jamiyatni   harakatga   keltiruvchi   kuch   hisoblanadi.   Shuning   uchun   ham   hayotdagi
yangilanishlar   dastlab   har   bir   fuqaroning   qalbidan,   ongi   va   tafakkuridan
o‘tkazilishi lozim.
Ikkinchidan,  jamiyatni tubdan yangilash, turmushimizning barcha sohalarida
keng miqyosli islohotlarni amalga oshirish va shu asosda demokratik tamoyillarni
turmush   tarziga   aylantirish   uzoq   davom   etadigan   uzluksiz   jarayon.   Bu   kundalik
hayotimiz   bilan   bog‘liq   bo‘lgan   va   umuman   mamlakat   taqdirini   belgilashda
izchillikni   taqozo   etadigan,   sobitqadamlik   bilan   turli   qarshiliklar   va   to‘siqlarni
engib, eskicha  qoliplarni  bartaraf  etib, yangicha  tafakkur  tarzini  joriy qilishni  o‘z
ichiga olgan murakkab jarayon. Qolaversa,   jamiyatni   demokratlashtirish   bu   iqtisodiy   islohotlardan   tortib
huquqiy,   siyosiy   va   ma’naviy   yangilanishlarga   bevosita   tayangan   voqeliqdir.
Sessiyada   takidlanganidek,   «demokratiyalash   jarayonining   ayni   ana   shu   huquqiy,
siyosiy va ma’naviy jarayonlari iqtisodiy taraqqiyotdan orqada qolmoqda». Buning
sababi,   Islom   Karimov   aytganidek,   «talay   muhim   qonunlar   tegishli   qonun
hujjatlari   bilan   mustahkamlanmaganligida,   qabul   qilingan   huquqiy   me’yorlar   va
kafolatlarni   ro‘yobga   chiqarishning   aniq   mexanizmi   etarli   darajada   ishlab   chi-
qilmagan»idadir.
Uchinchidan,   qonun   ustuvorligiga   erishish,   qonun   oldida   barchaning
tengligini   ta’minlash   lozim.   Buning   uchun,   eng   avvalo,   huquq-tartibot   ishlarini,
qonunlar   va   boshqa   me’yoriy   hujjatlarni   xalqaro   mezon   va   andozalarga
moslashtirish   zarur.   Hozirgi   paytda   jahonda   mazkur   masalaga   doir   etmish   xil
andoza   mavjud.   Bularning   hammasi   jahon   hamjamiyatida   tan   olingan   tamoyillar
hisoblanadi. O‘zbekiston hozir ana shu andozalardan o‘n beshtasiga qo‘shilganligi
uning   juda   qisqa   muddatda   demokratiyani   turmush   tarziga   va   tobora   shakllanib
boradigan jonli hodisaga aylantirish borasida erishgan katta yutuqdir.
To‘rtinchidan,   aholining   siyosiy   faolligi   bevosita   uning   jamiyat   ijtimoiy-
siyosiy   jarayonlariga  qanchalik   daxldorligi   bilan  belgilanadi.   Agar   fuqaro  siyosiy
va   ijtimoiy   jihatdan   faol   bo‘lsa,   u   o‘z-o‘zini   boshqarishga   va   shu   orqali   jamoa
harakatini   shakllantirishga,   uning   mazmunini   chuqurlashtirishga   qodir   bo‘ladi.
Yangilanayotgan   jamiyat   aholini   kundalik   tashvishlar   va   har   xil   ikir-chikirlar
girdobidan   olib   chiqadi,   uni   hayotga   teranroq   va   sergakroq   qarashga   o‘rgatadi.
Agar har bir fuqaro hayotda o‘zini ana shunday tutsa, ana shunday qobiliyatga ega
bo‘lsa,   demokratiya   o‘z-o‘zidan   jamiyatning   tarkibiy   qismiga   aylanadi,   ijtimoiy
turmushimizda   mustahkam   qaror   topadi.   Bunday   hodisani   Islom   Karimov   «Bir
so‘z bilan aytganda, mustaqillik, hurriyat xalqimizga nihoyatda  qimmatga tushgan.
Hurriyatning   bahosi   doimo   avlodlar   taqtsiri,   iymoni,   vijdoni   bilan   o‘lchanadi»,   –
deb to‘g‘ri baholagan.
Tarixiy xotirani tiklash va yangi tarixni yaratish Yangi   tarixiy   davr   ma’rifat   davri,   ma’rifatlilik   davri   sifatida   vujudga
kelmoqda.   Istiqlol   g‘oyalari   asosida   bosh   islohotchilik   vazifasini   bajarayotgan
davlat odamlar ongi va tafakkurida tub burilishlar yasash,  har qanday islohotlarni
fuqarolar   ongi,   tafakkuri   va   qalbi   orqali   o‘tkazish   yo‘lini   tanladi.   Ana   shu   yo‘l
odamlarning   o‘gmishga,   bugunga   va   kelajakka   munosabatlarini   o‘zgartirish,
muayyan   mafaatlarga   yondashish   psixologiyasini   yangilash   orqali   asta-sekinlik
bilan   ularni   ma’rifatli,   komil   inson   qilib   voyaga   etkazishga   olib   boradi.
Fuqarolarning ma’rifatliligi orqali ma’rifatli jamiyat barpo etiladi.
Tarixiy tafakkur  va tarix falsafasi  ma’rifatli  jamiyat  qurishning muhim omili
bo‘lib xizmat qiladi. Zotan, o‘tmishni anglash, uni to‘g‘ri tushunish orqali kishilar
ongi   va   ruhiyatida   jidtsiy   o‘zgarishlar   yasashga,   shu   orqali   hayotni,   turmush
tarzini,   oxir-oqibatda   esa   jamiyatni   ma’naviy   isloh   qilishga   erishiladi.   Buni
nimalarda ko‘rish mumkin?
Birinchidan,   tarixni   anglash   orqali   hayotni   anglash,   insonning   insonligini
anglash qobiliyati shakllanadi.
Ikkinchidan,  tarixiy tafakkur va tarix falsafasi orqali bugungi hayot   mazmuni
chuqurroq   tushuniladi   va   istiqbolni   ko‘rish   falsafasi   dunyoga   keladi.   Bu   har   bir
insonning   o‘ziga   xos   tafakkur   tarzini   shakllantirish   orqali   shaxs   sifatidagi
fenomenini vujudga keltirishga, fe’l-atvorining shakllanishiga xizmat qiladi.
Uchinchidan,   tarixni   o‘rganish   orqali   mustamlakachilik   ta’sirida   va
kommunistik   zo‘ravonlik   mafkurasi   natijasvda   o‘zligini   yo‘qotgan,   o‘z   qadru-
qimmatini   butkul   unutgan   fuqaroni   uyg‘onishga,   o‘zligini   anglashga,   o‘z   haq-
huquqini himoya qila oladigan barkamol shaxs sifatida shakllanishga da’vat etadi.
To‘rtinchidan,   ajdodlari   buyuk   bo‘lgan,   jahon   sivilizatsiyasi   va   insoniyat
taraqqiyotiga   juda   katta   hissa   qo‘shgan   madaniyatga   daxldor   fuqaro   qalbida
o‘tmishini   o‘rganish   orqali   milliy   g‘ururining   uyg‘onishi   mamlakat   mustaqil
taraqqiyot   yo‘lini   tanlagan   bir   paytda   katta   ijtimoiy-ma’naviy   qudrat   va   ulkan
siyosiy iroda kuchi bo‘lib xizmat qiladi. Ana shu anglash jarayoni insonning o‘zini
o‘zi yangilashiga, o‘zini o‘zi ma’naviy tozalashiga, o‘zini o‘zi isloh qilishiga olib
keladi. Beshinchidan,   har bir fuqaroni ma’naviy-ruhiy va axloqiy jihatdan yangilash
orqali   jamiyatni   yangilash,   turmush   tarzini   yangilash   kabi   g‘oyatda   chuqur,   keng
miqyosli   islohot   amalga   oshiriladi.   Bu   bugungi   islohotlar   davrida   qilinayotgan
ko‘p qirrali o‘zgartishlarning asosiy omili sifatida qadriyatga aylanadi.
O‘zlikni anglash, eng avvalo, o‘tmishni o‘rganishdan, tarixni bilishga ehtiyoj
sezishdan boshlanadi. Darhaqiqat, o‘zini anglayotgan, o‘zini tushunayotgan har bir
odam shunday oilada dunyoga kelgani, o‘z ajdodlari kimlar bo‘lgani, ota-bobolari
nimalar   bilan   shug‘ullanishgani   va   qanday   umr   kechirishganini   bilib   olishga
intiladi. Ularning fazilatlari va meroslari bilan faxrlanib yashaydi.
O‘z   naslu-nasabini   bilish,   kelib   chiqishini   o‘rganish   kishining   hayotda
omonatligini  va ayni chog‘da tasodifiy emasligini  tushunishga  imkon beradi. Shu
bilan birga atrof muhit, uni o‘rab turgan olam xususida o‘ylashga undaydi.
Darhaqiqat,   olamni   tadqiq   etish   tafakkurimizni   boyitishning,
dunyoqarashimizni   kengaytirishning   muhim   yo‘llaridan   biridir.   Olamni   anglash
hissi   insonning   o‘zligini   anglashga,   o‘zligini   tushunishga,   olam   va   odam   haqida
o‘ylashga doimiy tarzda da’vat etib turadi. U jami insonlarga xos bo‘lgan idrok va
irodani   uyg‘otadigan   mo‘’jizaviy   kuch   hamdir.   Biz   olamni   qanchalik   keng   va
chuqur   anglasak,   inson   va   insoniyat   olamini   shunchalik   ko‘proq   tushunishga,
mohiyatini   anglashga,   inson   va   hayot,   insoniyat   va   mavjudot   o‘rtasidagi
munosabatlarni   o‘rganishga,   xullaski,   insoniyat   tarixi   bilan   qiziqishga   harakat
qilamiz.
Aslini   olganda   tarix   faqat   o‘tmish   haqidagi   ma’lumotlar   yoki   tushunchalarni
ifodalash bilan cheklanmaydi. Uning buyuk qudrati, tarbiyaviy kuchi, murabbiylik
mohiyati   o‘tmishni   o‘rganish,   tadqiq   etish   orqali   bugunni   baholash,   bugunni
anglash,   bugungi   odamlarni   tushunish   va   ularni   yo‘naltirish   borasidagi   fikrlarni,
g‘oyalarni o‘zida mujassam etganida namoyon bo‘ladi.  Islom Karimov tarixga ana
shu nuqtai-nazardan qaraydi va uning barcha imkoniyatlarini inson ma’naviyatiga
to‘la   safarbar   etish   zarurligini   asoslab   beradi.   Yuqoridagi   xulosalar   va
mushohadalarni   hisobga   olib,   tarixshunoslikni   Islom   Karimov   tom   ma’nodagi insonshunoslik sifatida talqin etib, uni komil inson shaxsini tarkib toptirish ishiga
yo‘naltiradi.
Tarixni xolsona o‘rganish masalasi.
I. Karimov tarixga munosabatni tubdan o‘zgartirish hayot taqozosi ekanligini
dolzarb masala qilib ko‘tardi. Yurtboshimiz o‘tmishimizni qayta ko‘rib chiqib, uni
butunlay yangi nazar bilan g‘alvirdan o‘tkazishni kun tartibiga qo‘ymoqda, buning
quyidagi asoslari bor.
Birinchidan,   bugungi   O‘zbekiston   jahon   xaritasida   endigina   paydo   bo‘lgan
tasodifiy   mamlakat   emasligini   uning   ildizlarini   nihoyatda   chuqur   va   qadimiy
ekanligini dunyoga ko‘rsatish va farzandlarimiz ongiga singdirish.
Ikkinchidan,   sobiq   sho‘ro   siyosati   va   kommunistik   mafkura   taziyqi   bilan
soxtalashtirilgan tarixni o‘z o‘rniga qo‘yish, tarix haqiqatini ilmiy haqiqat asosida
qayta tiklash. Unga munosib baho berish lozim.
Uchinchidan  shu   asosda  halqimiz,  ayniqsa   yosh,  navqiron  avlodimiz  qalbida
milliy g‘urur, milliy iftixor, o‘z ajdodlari bilan faxrlanish tuyg‘ularini kuchaytirish.
Buyuk   o‘tmishga   munosib   buyuk   millat   bo‘lish   ertangi   kunga   katta   ishonch   va
istiqlol g‘oyalariga etiqod bilan yashashni turmush tarziga aylatirish.
Hammamizga   ma’lumki,   sho‘ro   hukumati   davrida   xalqni   ataylab
savodsizlatirish   o‘z   o‘tmishidan   ajratib   qo‘yish   ajdodlari,   naslu-nasabi   va   butun
tarixidan   bexabar   qilish   siyosati   darajasiga   ko‘tarilgan   kommunistik   mafkuraning
butun   mazmun   mohiyatini   tashkil   etgan   edi.   Shuning   uchun   ham   yozilayotgan
ilmiy kitoblar nuqul voqealar bayonidan iborat bo‘lib, ma’lumotnoma tusini olgan
edi.   Ijtimoiy   –   siyosiy   jarayonlarga   bunday   yuzaki   munosabat   va   tarixiy
sanalargina   sinab   o‘tish   kabi   tarix   fani   metadologiyasi   yaratildi.   Bu
metadologiyaning   asosiy   maqsadi   odamlar   ongini   zaharlash   ularni   fikrini
chalg‘itishdan   iborat   edi.   Natijada   millatlarni   yo‘q   qilib   tasdiqlash,   fuqarolar
qalbidagi   milliy   g‘urur   milliy   iftixor   tug‘ularini   so‘ndirish   ularni   dunyoqarashini
chegaralab  qo‘yish  uchun  harakat  qilindi.  O‘ziga  ham   o‘tmishiyu   kelajagiga  ham
befarqlik loqaydlilik bilan qaraydigan aholi qatlami “tarbiya” lab etishtirildi. Ana
shunday   noqobil   va   g‘ayriinsoniy   siyosat   barbod   bo‘lgach,   endi   o‘z   tariximizni qaytadan   tiklash   uni   ilmiy,   tarixiy   va   hayotiy   haqiqat   nuqtai-nazaridan   turib
yangitdan  yaratishni   davlatning   o‘zi   talab   qilmoqda   va   bunga  homiylik  qilmoqda
O‘zbekiston   Fanlar   akademiyasi   tarix   insitutining   O‘zbekiston   Respublikasi
Vazirlar Mahkamasi  qarori bilan tarqatib yuborilishi va uni qaytadan tashkil etish
to‘g‘risidagi  siyosiy qadriyatni  manaviy va ijtimoiy ahamiyatini  alohida takidlash
joiz.   Hukumat   qarori   va   shaxsan   I.Karimov   tashabbusi   bilan   Davlat   va   jamiyat
qurilishi   akademiyasi   qoshida   “O‘zbekistonning   yangi   tarixi”   markazining
ochilishi fikrimizning yorqin dalilidir.
Milliy o‘zlikni anglashda tarixni tutgan o‘rni.
O‘zlikni   anglash   eng   avallo   o‘tmishni,   o‘rganishdan,   tarixni   bilishga   ehtiyoj
sezishdan boshlanadi. Darhaqiqat, o‘zini anglayotgan o‘zini tushunayotgan har bir
odam   qanday   oilada   dunyoga   kelgani,   o‘z   ajdodlari   kimlar   bo‘lgani,   ota-bobolari
nimlar bilan shug‘illanganligi va qanday umr kechirishganini bilib olishga intiladi.
Ularning fazilatlari va meroslari bilan faxrlanib yashaydi.
Hayotda abadiy yashaydigan mavjudod yo‘q jamiki mavjudodning ibtidosi va
intihosi   bor.   Ana   shu   ibtido   va   itiho   o‘rtasidagi   voqelik   hayot   tarixiga   aylanadi.
Aslini   olganda   hayotda   faqat   abadiyat   va   unga   daxldor   bo‘lgan   tafakkurgina
boqiydir.   Zamonlar,   jarayonlar,   hodisa   va   voqealarning   biri   o‘tkinchi   shuning
uchun ham vaqt o‘tkinchi, tarix esa abadiydir.
Voqealar,   jarayonlar   shaklan   o‘zgaraveradi,   yani   hodisalar   yangi   voqealar
hayot   mazmunini   o‘zgartiraveradi.   Turmush   tarzini   va   hatto   aqidalarni   ham
yangilaydi.
Biroq,   yaxlit   abadiyatga   aylangan   hayot   va   insoniyat   shajarasi   tarix
abadiyatini va uzluksizligini so‘zsiz taminlaydi.
I. A.Karimov o‘zining “Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q” asarida shunday degan
edi:   “O‘zlikni   anglash   tarixni   bilishdan   boshlanadi.   Isbotlab   bo‘lmagan   ushbu
haqiqat   davlat   siyosati   darajasiga   ko‘tarilishi   zarur”.   Ayni   o‘zlikni   anglash
insonning o‘z o‘tmishi va ajdodlariga qiziqishidan boshlanishini uqtirayapti.
Mustaqilikka   erishganimizdan   keyin   xalqimizning   o‘z   yurti,   tili,   madaniyati,
qadriyatlari   tarixini   bilishga,   o‘zligini   anglashga   qiziqishi   ortib   bormoqda.   Bu tabiiy   hol.   Odamzod   borki   avlod–ajdodlarini   kimligini,   nasl   –   nasabini,   o‘zi
tug‘ilib voyaga etgan qishloq, shahar xullaski, Vatanning tarixini bilishni istaydi.
Hozir O‘zbekiston deb ataluvchi hudud yani bizning Vatanimiz nafaqat Sharq
balki,   umumjahon   sivilizatsiyasi   beshiklaridan   biri   bo‘lganini   butun   jahon   tan
olmoqda.   Bu   qadimiy   va   tabarruk   tuproqdan   buyuk   allomalar,   fozilu   fuzalolar,
olimu   ulamolar,   siyosatchilar,   sarkardalar   etishib   chiqqan.   Diniy   va   dunyoviy
bilimlarning asoslari mana shu zaminda yaratilgan, sayqal topgan, eramizgacha va
undan   keyin   qurilgan   murakkab   suv   inshoatlari   shu   kungacha   ko‘rku   fayzini
mahobatini   yo‘qotmagan   asori   atiqalarimiz   qadim–qadimdan   yurtimizda
dehqonchilik,   hunarmandchilik   madaniyati,   memorchilik   va   shaharsozlik   sanati
yuksak bo‘lganidan dalolat beradi degan edi, I.A.Karimov.
Milliy   o‘zligini   anglashda   xozirgi   kelajak   avlod   nimalar   qilishi   kerak   degan
savol turadi?
Birinchi navbatda dunyoga kelgan har bir bolani ota–ona, keyin esa murabbiy
o‘qituvchi   uning   ta’limi   jarayoni   bilan   birgalikda   tarbiyasi   bilan   ham   jiddiy
shug‘illanish   lozim.   O‘likni   anglash   uchun   yoshlikdan   tarixdagi   mashhur   olimu
fuzalolar,   olimlarning,   donishmandlarning   qilgan   ishlariyu   o‘gitlari   orqali
shakllantirib borishimiz lozim.
Masalan,   Geradotning   “Tarix”   kitobida   yozilganidek,   uch   ming   yil   avvalgi
ajdodlarimizda   qadrlanadigan   xislatlarning   eng   asosiysi   jasurlik   ekan.   Undan
keyingi   muhim   xislat   adolatlilik   va   mohirlik   bo‘lgan.   Har   bir   ishni   bajarganda,
jumladan otda yurish ov qilish kabilarni yuqori mahorat bilan bajarish ajdodlarimiz
uchun fazilat hisoblangan.
Manaviy   merosimiz   hisoblangan   epik   rivoyatlarda,   jumladan:   “Avesto”,
Firdavsiyning   “Shohnoma”   Mahmud   Qoshg‘ariyning   “Devonu   lug‘otit   –   turk”,
“Go‘ro‘g‘li”   va   “Alpomish”   dostonlari   va   boshqa   asarlarda   ajdodlarimizning
vatanni   sevish,   or–nomus   va   do‘stlariga   sadoqat   kabi   sifatlar   ularning   asosiy
ijtimoiy xislatlari hisoblangan.
Zardushtiylikning muqaddas kitobi “Avesto” da tarbiya hayotning eng muhim
tirgakni   tarbiyalaganda   u   avallo   yaxshi   o‘qishni,   yozishni   o‘rganishi   kerak, deyilgan   “Avestoda”   inson   o‘z   mehnati   tufayli   barcha   yomonliklardan,
yovuzliklardan   qutilishi   mumkin  degan   g‘oyalar  bor,  unda  axloqiylikning  asosi   –
yaxshi   fikr,   saxovatlilik   yaqin   kishiga   mehribon   bo‘lish,   muhtojlarga
ko‘maklashish yovuzlikka qarshi kurashish kishilarning tinchligi va baxt saodatini
muhofaza   qilish   ahillik   va   do‘stlikda   yashashga   intilish   yaxshi   niyatlar   va   fikrlar
tushunilgan. Mana shunday yuksak fazilatlar, xislatlar orqali hozirgi davrni kelajak
avlodni o‘tmishimizdagi buyuk daholarning qilgan ishlari orqali ham ularga saboq
berib   ularni   ana   shunday   ezgulikka,   yaxshilikka,   xuddi   shularday   shu   tutishga
chorlamog‘imiz lozim.
Ana   shundagina   bizning   manaviyatimiz   boy   bo‘lishi   bilan   birgalikda
o‘tmishimizning   naqadar   chuqur   ildiz   otganligi   va   yuksak   tahsinga   sazovor
ekanligini   his   qilgan   holda   qalbda   jo   qilishimiz   darkor.   Mana   shular   orqali   ham
aytishimiz mumkinki milliy o‘zlikni anglashda tarixni tutgan o‘rni beqiyosdir.
Tarix va milliy tafakkurning shakllanishi.
O‘rta   Osiyo   xalqlarining   ulug‘   tarixiy   o‘tmishiga   murojat   qilishi   o‘z
ajdodlarining olamshumil  yutiqlaridan mamnunlik, shukuronalik tuyg‘usini  baxsh
etadi.  Fuqarolik  hissini  shakllantirish,   o‘z  milliy  birligiga  mansubligidan   qonuniy
faxrlanish   hissini   uyg‘otadi.   Bizda,   so‘nggi   70   yil   mobaynida   ildiz   otgan   milliy
qadriyatlar,   ananalar,   madaniyat   va   turmush   tarzidan   halokatli   o‘z   ishini   bartaraf
etishda   buning   ahamiyati   beqiyos.   Chunki   o‘z   tarixiy   ildizlarni   o‘z   xalqining
tarixini   tashkil   etuvchi   o‘tmish   avlodlar   hayoti   bilan   uzilmas   manaviy   aloqalarni
anglab   etmay   turib,   o‘z   zamining   chinakam   fuqarosi   va   chinakam   vatanparvari
bo‘lishi mumkin emas.
Ayni   vaqtda   tarixni   idrok   etish   madaniyatini,   tarixiy   tafakkur   madaniyatini
shakllantirish zarur zero tarix nechog‘li ahamiyatli bo‘lmaslik, kezi kelganda xavfli
hamdir. Pol Valeri takidlaganidek, tarix orzular tug‘diradi, xalqlarni sarxush qiladi,
soxta   xotiralarni   keltirib   chiqaradi.   Ularni   eski   yaralarini   qo‘zg‘atadi,   oromini
buzadi,   o‘zini   ulug‘lashga   olib   keladi.   Tarix   har   qanday   istaklarni   oqlaydi.   U
sirasini aytganda, hech kimga o‘rgatmaydi. Boshqacha   qilib   aytganda,   tarixni   bilish   faqat   tarbiyaviy   ahamiyatga   ega
bo‘libgina   qolmay,   balki   undan   milliy   biqiqlik   hislarini   uyg‘otishda,   boshqa
xalqlarga   nisbatan   adovatga   olib   kelishda   tajovuzkorlik   siyosati   va   maqsadlarini
asoslashda ham foydalanish mumkin.
Tarixiy   tafakkur   shunday   qilib,   milliy   mustaqillik   hissiyotini   xalqlarimiz
uchun   fojeaviy   oqibatlar   keltirib   chiqarishi   mumkin   bo‘lgan   milliy   biqiqlikka
aylanib ketishiga yo‘l qo‘ymaydigan nozik qadni topishga ko‘maklashmog‘i kerak.
O‘tgan   shunday   muddat   ichida   bizning   mudroq   ongimizni   uyg‘otib   yubordi.
Tushunchalarimizda o‘zgarish yasadi. Endi mamlakatning hech bir fuqarosi ertangi
kunni   aniq   ravshan   ko‘rib   turibdi.   O‘zining   ham   mamlakatning   ham   kelajagi
buyukligicha   qatiy   shaklannmoqda.   Shuning   uchun   ham   aniq   maqsad   va   qatiy
iroda   bilan   mustaqillik   yo‘lini   tub   islohotlar   jarayonini   to‘la   qo‘llab
quvvatlamoqda.
Milliy va umuminsoniy qadriyatlar.
Qadriyatlar  to‘g‘risida G‘arbda keng tarqalgan aksialogiya  (aksio – qadriyat,
logos   –   fan,   ta’limot   manosini   anglatadi)   fani   rivojlangan   mamlakatlarda   inson
qadri   va   haq   –   huquqlariga   doir   ko‘pgina   tamoyillar   amaliyoti   uchun   nazariy
asoslardan biri bo‘lgan ilmiy sohalar qatoriga kiradi.
Qadriyat   tushunchasi   nihoyatda   xilma–xil   manoda,   turli   sohalarda
qo‘llaniladi.   Qadriyatlarning   kundalik   hayotdagi   manosi   kishilar   o‘rtasidagi
muloqotlarda   ommaviy   axborot   vositalarning   xabarlarida   o‘ziga   xos   tarzda
namoyon   bo‘lmoqda.   Kundalik   hayotda   ko‘pchilik   nazarida   narsalar   (masalan,
qimmatbaho,   buyumlar,   taqinchoqlar,   tabiat   hodisalari,   ijtimoiy   voqealar
jamiyatdagi   talablar   orzu–umidlar   ana’na   va   marosimlar,   madaniy   boyliklar   va
boshqalar   qadriyat   sifatida   tushuniladi.   Bundan   tashqari   odamlar   o‘zlari   ishonib
gohida   intilib,   qiziqib,   yoki   orzu   qilib   yashaydigan   maqsad   orzu   yoki   ideallarga
ham “qadriyat”tushunchasini qo‘llaydilar.
Qadriyatlar   tarixiy   va   zamonaviy   bo‘lishi   mumkin.   Lekin   biror   bir   narsa   va
hodisa   xoh,   moddiy   bo‘lsin,   xoh   manaviy   bo‘lsin,   qadriyatga   aylanishi   uchun
muayyaan   bir   vaqt   o‘tishi   muayyan   bir   tajriba   ortirilishi   va   uning   ahamiyatini ko‘pchilik   tomonidan   tushunishi   maqullanishi   lozim.   Narsa   va   hodisa   qadriyatga
aylanishi jarayonida u o‘tish vaqt mobaynida u o‘zini ahamiyatiga ega bo‘lishi va
ko‘rsata olishi lozim.
Qadriyatlarning xilma–xil shakllari bor: moddiy va manaviy, umumbashariy,
mantiqiy,   umuminsoniy,   jamiyat   sohalari   bo‘yicha   iqtisodiy,   ijtimoiy,   siyosiy,
huquqiy,   ilmiy,   hayotning   ijtimoiy   tuzilishiga   mos   keladigan,   milliy,   sinfiy,
partiyaviy va boshqalar. Qadriyatlar dunyoni bilishning maqsadi, bilimlarimizning
haqiqatga   mos   kelishi   darajasining   aniqlash   mezoni   yoki   biror   ideal   tarzida   ham
namoyon bo‘ladi.
O‘zbekistonning   mustaqillikka   erishishi   tufayli   milliy   qadriyatlarga   etibor
kuchaydi.   Negaki   milliy   qadriyatlar   mamlakatimiz   mustaqilligini
mustahkamlaydigan   manaviy   asoslardan   biridir.   Xalqimizning   asrlardan-asrlarga
meros   bo‘lib   kelayotgan   milliy   qadriyatlari   uzoq   tarixiy   jarayonda   shakllangan.
Ularning   o‘tmishi   uch   ming   yildan   ortiq   davrni   o‘zida   mujassamlashtirgan.   O‘rta
Osiyo   sivilizatsiyasini   yaratdi.   Bizning   milliy   qadriyatlarimiz   ana   shu
sivilizatsiyaga hos jihatlar: tug‘ilgan makon va ona yurtga ehtirom, milliy urf-odat
va   avlodlar,   xotirasiga   sadoqat   kattalarga   hurmat   muomalada   mulozamat,   hayo,
andisha kabilarning ustuvorligi bilan ham xarakterlanadi.
Milliy   qadriyatlarimizda   jahonning   boshqa   xalqlariga   o‘xshamaydigan   urf-
odatlar, rasm-rusmlar, marosimlar va ananalariga o‘ziga xoslik bor.
Istiqlol   inson   qadri,   uning   manfaat   va   ehtiyojlari   bilan   bog‘liq   masalalarni
dolzarblashtirib yubordi. Inson qadri uning ijtimoiy xususiyatlari jamiyatda amalga
oshirgan  faoliyati   boshqalarga  va  atrof  muhitga  munosabati,   kamolotga  etganligi,
ijtimoy xususiyatlarni o‘zlashtirib olganligi va ularni manaviy qiyofasida namoyon
qila olganligida  ham  ko‘rinadi.  Inson  bolasining  shaxsga  aylanishi  o‘z  qadrini   va
o‘zgalar qadrini anglash jarayoni uzoq yillar davom etadi.
Umuman   uchinchi   ming   yillikda   butun   dunyoda   qadrlash   falsafasining
umuminsoniy mezonlarini amaliyotda qo‘llashga ehtiyoj kuchaydi. Tassufki, inson
zoti   sayyoramizda   yashagan   ilk   davridan   boshlab   qadr   va   qadriyatni   ustuvor
bilganida,   er   yuzining   zamonaviy   manzarasi   butunlay   boshqacha   tus   olgan, kishilikni ekalogik bo‘hronlar urush xavfi va manaviy tanazzul kabi umumbashariy
muammolar kutib turmagan bo‘larmidi?
Bugungi   kunga   kelib,   insoniyat   yana   tabiat   va   odamzod   naslini   uyg‘unligini
saqlab   qolish   uchun   qadr   va   qadriyat   nihoyatda   zarur   ekanligini   anglatadi.   XX
asrning   oxirgi   va   XXI   asrning   boshlanishining   birinchi   besh   yilliklari   BMT
tomonidan   “Inson   huquqlari   o‘n   yilligi”   deya   e’lon   qilinganligi   kishilik   jamiyati
esa   yangi   ming   yilikka   umuminsoniy   qadriyatlarni   barqaror   qilishga   bel   bog‘lab
o‘tganligi bejiz emas. Hozirgi O‘zbekistonda inson manfaatlari va haq-huquqlarini
ro‘yobga   chiqarish,   qadrlashning   umuminsoniy   tamoyillarini   ustuvor   qilish   bilan
bog‘liq faoliyatlar butun jahonda bu oradagi umumiy hamkorlikni mustahkamlash
harakatining   tarkibiy   qismiga   aylanmoqda.   Insonning   butun   umri   shaxsiy
qadriyatlarni   takomillashtirish   o‘z   qadrini   kamolga   etkazish,   o‘zgalar   jamiyat,
zamon   va   unda   sodir   bo‘layotgan   o‘zgarishlar   qadrini   anglashga   intilish
jarayonidan   iboratdir.   O‘z   shaxsi   va   boshqalar   qadrini   aniqlab   etish   uchun
insonning   kamoloti   davomida   shakllangan   manaviy   qiyofasi   ezgulikka   xizmat
qilishi yuksak ijtimoiy sifatlarga ega bo‘lishi uning o‘zi esa hayotning mohiyati va
maqsadini   to‘g‘ri   anglaydigan   darajada   tarbiyalamog‘i   lozim.   Qadriyatlar
yoshlarga   hayot   mazmunini   chuqurroq   tushunish   jamiyat   qonun   qoidalaridan
to‘g‘ri   foydalanish   o‘zlarining   hatti-harakatlarni   ana   shu   manaviy   mezonlar
talabiga   moslashtirish   imkonini   beradi.   Hozirgi   davrda   talaba   va   o‘quvchilarga
qadrlash   va   qadrlanish   jarayonlarining   mohiyatini   anglatish,   mustaqillik   e’lon
qilgan   qadriyatlarning   ahamiyatini   to‘g‘ri   tushunishga   erishish   nihoyatda   dolzarb
masaladir.   Yoshlar   xususan   talabalar   va   o‘quvchilarni   manaviy   barkamol   avlod
vakillari   sifatida   tarbiyalash   va   shakllantirishda   qadr   va   qadrlash   tuyg‘usi,
qadriyatlar   kategoriyasi,   ularning   mohiyati,   mazmuni,   namayon   bo‘lish   shakllari
to‘g‘risidagi   bilimlarning   majmuasi   bo‘lgan   zamonaviy   aksialogiya,   yani
qadriyatshunoslikning   asoslarini   o‘rgatish   nihoyatda   muhim.   Ana   shu   sababdan
ham   umuminsoniyatning   qadrlash   meyorlari   borasida   to‘plangan   yutiqlarni
umumlashtirgan   bilim   sohalari   imkoniyatidan   foydalanish   ta’lim-tarbiya
samaradorligining asosiy mezonlaridan biridir.  Adabiyotlar:
1. O’zb e kiston R e spublikasining Konstitutsiyasi. – T.: O’zb e kiston, 2011.
2. Davlat tili haqida (yangi tahriri). O’zbekiston Respublikasining qonuni. – T.:
O’zbekiston, 1997. – 22 b.
3. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi. – T.: Sharq, 1997. – 63 b.
4. Ta'lim to’g’risida. O’zbekiston Respublikasining qonuni. – T.: O’zbekiston, 
1989. – 30 b.
5. Mirziyoev  SH.M.  Erkin  va  farovon,  demokratik  O‘zbekistan davlatini 
birgalikda barpo etamiz. - Toshkent.O‘zbekiston, 2016.  -53 b.
6. Mirziyoev SH.M.  Buyuk  kelajagimizni  mard  va olijanob  xalqimiz bilan 
quramiz. - Toshkent.O‘zbekiston, 2017  -484 b.
7. Mirziyoev  SH.M.  Qonun  ustuvorligi  va  inson  manfaatlarini ta’minlash-
yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi.  - Toshkent. 2017.  - 28 b.
8. Konstitutsiya – erkin va farovon hayotimiz, mamlakatimizni yanada taraqqiy
ettirishning mustahkam poydevoridir. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 
SHavkat Mirziyoevning O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul 
qilinganligining 25 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimidagi 
ma’ruzasi.   http://uza.uz .
9. O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti SH.M.Mirziyoevning 2017 yil 19 
sentyabr kuni Birlashgan Millatlar Tashkilot Bosh Assambleyasining 72-
sessiyasida so‘zlagan nutqi.  http://uza.uz .  
10. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoevning Oliy Majlisga 
murojaatnomasi//22.12.2017.  http://uza.uz .
11. Karimov  I.A.  Asarlar  to‘plami.  1-24  jildlar. - Toshkent. O‘zbekiston, 
1996-2016.
12. Karimov  I.A.  Yuksak  ma’naviyat  -  engilmas  kuch.  2-nashr  - 
Toshkent.Ma’naviyat, 2016. -176 b.
13. Ahmedova M. tahriri ostida.Falsafa. -T.: OFMJ, 2006
14. Shermuhamedova N. A. Falsafaga kirish -T.: -Noshir, 2013. 460 b
15. Qo‘shoqov SH.S. Dialektika rivojlanish konsepsiyasi.  –  S., 2000. –B. 8 6 .
16. R.G.Collingwood. The Idea of History. Oxford University Press, England, 
1994.
17. Ivin A.A. Vvedenie v filosofiyu istorii. M., 1997.
18. Barg M.A. Epoxi i idei. Stanovlenie istorizma. M., 1987.
19. Jo‘raev N. Tarix falsafasining nazariy asoslari.  - T., Ma’naviyat, 2008.
20. A.Beruniy. Tanlangan asarlar. – T., Fan, 1968.
21. Berdyaev N.A. Smыsl istorii. M., 1990.
22. Blok M. Apologiya istorii ili remeslo istorika. M., 1986.
23. Veber M. Izbrannыe proizvedeniya. M., 1990.
24. Gegel G.V.F. Filosofiya istorii. Sochinenie 8-mi tomax. M.-L. 1932-1959.

DEMOKRATIYA VA TARIXIY JARAYON. REJA. 1. Demokratiya haqida mulo h azalar. Demokratiyanin g siyosiy madaniyati. 2. Demokratiyaning ma’naviy qiyofasi . Demokratik jarayonlar: dastlabki sabo q lar. 3. Demokratik davlat va fuqarolik jamiyati O’zbekistonda barpo etilayotgan dunyoviy davlatning muhim xususiyati. 4. J amiyat hayoti sohalari tushunchalari, ma’no-mazmuni. Milliy g‘oyaning jamiyat hayoti sohalarida aks etishi. Milliy g‘oya va iqtisodiy hayot.

XX asrning so‘nggi o‘n yilligi insoniyat tarixida yangi davrni boshlab berdi. Totalitarizm, ma’muriy-buyruqbozlik va zo‘ravonlik g‘oyalariga tayangan sotsializm barbod bo‘ldi. G‘ayriinsoniy goyalar tashviqotchisi bo‘lgan kommunizm mafkurasi inqirozga uchrab, mustamlakachilikning so‘nggi qo‘rgonlari quladi. Bashariyat taqdirvda inson va jamiyatni ozod etishning yangi bosqichi, yalpi yangilanishlar jarayoni boshlandi. Bunday tarixiy o‘zgarishlar dunyo iqtisodiy, ma’naviy hamda ijtimoiy-siyosiy jarayonlarining ilgari misli ko‘rilmagan keng miqyosli yangilanishlar pallasiga kirganliganing ravshan ifodasidir. Umumjahoniy yangilanishlar jarayoni avval muayyan mamlakat, keyin bir guruh davlatlar, oxir-oqibatda barcha mamlakatlar taqdiriga, jamiyatlar va jamoalar, alohida insonlar hayotiga bevosita va bilvosita ta’sir ko‘rsata boshladi. Dunyo yangilanishlari jarayoniga har bir davlat o‘z taraqqiyot ko‘lami, ilmiy- ma’rifiy va ma’naviy saviyasi, kamoloti darajasidan kelib chiqqan holda qo‘shila boshladi. O‘zbekiston umumplanetar o‘zgarishlar jarayonlari oqimida o‘zining betakror ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy yangilanishlari dasturiga ega bo‘lgan mamlakat sifatida o‘ziga xos va o‘ziga mos mavqe egalladi. Yangi sivilizatsiya va insoniyat taraqqiyotiga kuchli ta’sir o‘tkazishga qodir bo‘lgan davlat sifatida o‘zining keng imkoniyatlarini namoyon eta boshladi. O‘zbekistonda amalga oshirilgan favqulodda keng ko‘lamdagi ishlar hozirgi zamon jahon sivilizatsiyasi bilan mushtarak ekanligi alohida qayd etilishi lozim. O‘zbekistonda milliy, regional va umumplanetar mo‘ljallar doirasida izchil va tadrijiy kechayotgan yalpi o‘zgarishlarni o‘z vaqtida o‘rganish, amalga oshirilayotgan ijtimoiy-siyosiy jarayonlarni tahlil etish, baholash hamda ilmiy- nazariy umumlashmalar qilish asnosida bu jarayonlarni maqsadli boshqarish O‘zbekistondagi yangilanishlar rivoji o‘ziga xos kechayotganligini ifoda etadi. Ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy hayotni maqsadli takomillashtirish, bu muhitni umuminsoniy va milliy tamoyillar uyg‘unligi ruhida rivojlantirish, siyosiy plyuralizmga shart-sharoitlar yaratish, liberalizm muhitini har tomonlama

kengaytirishga da’vat etish orqali mamlakatimizda yalpi yangilanishlar jarayoni boshlanishiga nazariy poydevor qo‘yidtsi. Davlat tuzumi, jamiyat qurilishi va shaxs ma’naviy dunyosini tubdan isloh qilish yangilangan davlat, o‘zgargan jamiyat va komil shaxsni yaratish imkonini berdi. Davlat, jamiyat va shaxsni yangilash jarayonlari, bu jarayonlarni maqsadli boshqarish nechog‘li aqliy shijoat, dono siyosat hamda matonatni talab etganligiga bugungi kunda amin bo‘lib turibmiz. Zero, bu boshqaruv sermashaqqat va murakkab kechuvchi ijtimoiy- siyosiy voqealar, mafkuraviy ta’sir va tazyiqlar, maxsus yuzaga keltirilgan moddiy-moliyaviy tangliklar holatlari sharoitida amalga oshirildi. O‘zbekiston yalpi yangilanishlar jarayonini ikki o‘zaro uzviy bog‘langan yo‘nalishlarda amalga oshirishga kirishdi. Birinchisi, mamlakatning ichki dunyosida, ya’ni iqtisodiyot, ma’naviyat, siyosat, turmush tarzida, xalq xarakteri va mentalitetida rejaviy asoslarda amalga oshirilayotgan yangilanishlar majmuidan iborat bo‘lsa, ikkinchi yo‘nalish – xalqaro ijtimoiy muhit manzarasini takomillashtirish, ya’ni qarama-qarshi kuchlar o‘rtasidagi ziddiyatlarni barqarorlashtirish, kolliziya muhitidan murosa, hamkorlik munosabatlari, tinchlik madaniyatiga o‘tish, millatlararo, davlatlararo, konfessiyalararo tolerantlik munosabatlarini chuqurlashtirish, insoniyatga umumiy xavf tug‘diruvchi terrorizm, narkobiznes, ekstremizmga qarshi xalqaro tashkilot tuzilmalariga asos solish va boshqa faoliyatlar majmuidan tashkil topadi. O‘zbekistonda yalpi yangilanishlar jarayoni Islom Karimovning qonunlar o‘zgarishlar jarayonlaridan avval yurishi kerak, degan metodologik ko‘rsatmasi asosida amalga oshirila boshlangandi. Dastavval, O‘zbekiston mustaqilligining huquqiy-me’yoriy asoslari yaratildi. Mamlakatning istiqlol Konstitutsiyasi qabul qilindi. Milliy davlat tizimi an’anaviy davlatchilik g‘oyalari va jahon davlatchiligi ilg‘or tajribalarining sintezi shaklida barpo etildi. Boshqaruvda yangi usullar qaror totstsi. Mahalliy davlat hokimiyati tizimida tub o‘zgarishlar yasaldi. Nodavlat tuzil-malar, jamoat tashkilotlari va o‘z- o‘zini boshqarish organlarining vakolatlari kengaytirildi.

Ko‘p partiyaviylik tizimi tarkib topishiga keng sharoit yaratiddi. Jamiyat hayotida sog‘lom demokratik jarayonlar muhiti vujudga keldi va chuqurlashdi. Inson haq- huquqlari va erkinliklarini ta’minlashning huquqiy asoslari vujudga kelmoqda. Sud hokimiyati mustaqillik mohiyati va hozirgi zamon xalqaro huquq tamoyillari negizida tubdan isloh qilindi. Millatlararo totuvlikni ta’minlash choralari ko‘rildi. MILLIY xavfsizlik kontseptsiyasi ishlab chiqildi. Mamlakat hududiy yaxlitligini va tinchligini ta’minlashga qodir bo‘lgan zamonaviy qurolli kuchlar tizimi yaratildi. Bozor iqtisodiyotiga o‘tishning asosiy tamoyillari doirasida aholini kuchli ijtimoiy himoyalash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi qilib belgilandi. Iqtisodiy islohotlarning «o‘zbek modeli» vujudga keldi. Makroiqtisodiyotni barqarorlashtirish, pul-kredit siyosati tamoyillari ishlab chiqildi. Mulkchilik, mulkka egalik tushunchalari shakllandi. Mulkdorlar tabaqasi vujudga keldi. Xususiy mulkka egalikning yangi tizimi barpo etildi. O‘zbekistonda ma’naviy-ruhiy poklanish, milliy qadriyatlarni tiklash, vorislik an’analariga sadoqatli avlodni tarbiyalash va amaliyotga joriy etish kontseptsiyasi ishlab chiqildi. Mamlakatimizni ozod va obod jamiyatga aylantiruvchi, vatan ravnaqini ma’naviy ta’minlab beruvchi milliy istiqlol goyasi shakllandi. Milliy istiqlol mohiyati va mustaqillik g‘oyalarini anglashda tarixiy shaxslar, buyuk allomalar va sarkardalar, xususan, Ahmad Farg‘oniy, Burhoniddin Marg‘inoniy, At-Termiziy, Imom Buxoriy, Al-Moturidiy, Jaloliddin Manguberdi, Amir Temur, Ulug‘bek, Alisher Navoiy, Bobur va boshqa ulug‘ ajdodlarimiz haqidagi tarixiy haqiqatning ro‘yobga chiqishi katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Milliy urf-odatlar, qadriyatlar va an’analarning «yangi jamiyat qurishda ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot va ta’lim-tarbiyaning roli oshirildi. Bu sohani tubdan isloh qilish va yangilash jarayonlari izchil amalga oshirilmoqtsa. Mustaqil O‘zbekiston jahon hamjamiyatining teng huquqli va faol sub’ektiga aylandi. U Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligida o‘ziga xos va o‘ziga mos o‘ringa ega bo‘lib, mintaqa taraqqiyotida muhim rol o‘ynay boshladi. Markaziy Osiyo

davlatlari bilan o‘zaro hamkorlik va qardoshlik munosabatlarini yanada rivojlantirishning strategik yo‘nalishlari ishlab chiqildi. Bunday keng ko‘lamdagi o‘zgarishlar va yangilanishlar jarayoni chuqur asoslangan ilmiy-nazariy tahlilni, nazariy umumlashmalar, xulosalar chiqarishni, amaliy tavsiyalar ishlab chiqishni ijtimoiy-gumanitar fanlar oldiga dolzarb muammo sifatida qo‘ymoqda. Darhaqiqat, yalpi o‘zgarishlar jarayonlarining pirovard natijasida ijtimoiy ong mazmunida o‘zgarishlar yuz bera boshladi. Odamlar tafakkurida, fe’l-atvorida, sa’y-harakatlarida yangi qadriyatlar qaror topdi. Hayotga munosabatlar tizimi o‘zgardi. O‘zbek mentaliteti, milliy xarakter mazmunida yangi jihatlar tarkib topa boshladi. Bu bevosita siyosiy, iqtisodiy, huquqiy va ma’naviy sohada tub yangilanishlarga, o‘zgarishlarga ma’naviy asos bo‘lib xizmat qildi. Mamlakatda huquqiy demokratik davlat qurish va fuqarolik jamiyatini shakllantirishning o‘zbekona tamoyillari vujudga keldi. Siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy tarixi, qadimiy madaniyat tiklana boshlandi. Xalqning azaliy urf-odatlari, ma’naviy qadriyatlari uning o‘ziga qaytarildi. Dinga munosabat ijobiy tomonga o‘zgardi. Iqtisodiy sohada tarkibiy o‘zgarishlar Istiqlol davrida iqgisodiy infratuzilmalar tarkibi tubdan o‘zgartirilib, mamlakatning ichki ehtiyojlari hamda tashqi integratsiyalashuv maqsadlari asosida-gi yaxlit ishlab chiqarish kompleksi vujudga keltirildi. Tarqoq, uzuq- yuluq, sobiq ittifoq manfaatlarini ifodalovchi ishlab chiqarish korxonalari faoliyatlarini qayta qurish, yangilarini barpo etish asosida mustaqil davlatning yagona ishlab chiqarish tizimi barpo etildi. Boshqacha qilib aytganda, mamlakatda sobiq ittifoq manfaatlariga yo‘naltirilgan koordinatsiyaga barham berilib, ichki va teng huquqli, foydali hamkorlik asosidagi xalqaro koordinatsiyalashuv jarayoni vujudga keltirildi. Shunday qilib, O‘zbekiston mustaqillikka erishgach, uning iqgisodini chetdan turib boshqarishga chek qo‘yilib, ichki imkoniyatlardan kelib chiqib boshqariladigan yagona, mustahkam asoslarga ega tizim yaratildi. Ayni paytda jahon iqtisodiy tizimining muhim bo‘g‘iniga aylana borib, O‘zbekiston