Patologik jarayon. O‘simliklarni himoyalanish mexanizmlari.
Patologik jarayon. O‘simliklarni himoyalanish mexanizmlari. Fagotsitoz Reja: 1. Patologik jarayonning vujudga kelishi A) Infeksiyaning o‘simlikka kirib kelish davri B) Infeksiyaning o‘simlikka kirib kelishidagi morfologik va fiziologik o‘zgarishlar S) Infeksiyaning o‘simlikda tarqalish davri D) Infeksiyaning o‘simlikka kirib kelish yo‘llari. E) Kasallik belgilarining paydo bo‘lishi 2. O‘simliklarning kasalliklardan himoyalanish mexanizmi A) Sust immunitetning paydo bo‘lishida o‘simlikning anatomo morfologik tuzilishi va hujayra shirasi ning kimyoviy tarkibining roli. B) O‘simlik hujayrasi tarkibida maxsus moddalar mav judligi o‘simliklar immunitetadagi roli S) O‘simliklarning ferment xususiyatining kuchayishining oqibatlari. D) Oqsil moddalarining parchalanishi o‘simliklarini himoya funksiyasini bajarishdagi roli. E) Fitoalaksinlarning o‘simliklarni immunitetdagi roli F) Figotsitoz hodisasining o‘simliklar immunitetigi roli.
Patogen va ho‘jayin o‘simliklar uchrashganda kasallanish jarayoni hamisha ham ro‘y beravermaydi. C h unki ,bu jarayonning amalga oshishi uchun bir biriga uzviy bog‘langan temperatura, namlik, patogenning agressivligi muhim rol o‘ynaydi. Demak, kasallanish uchun uchta komponent: parazit, xo‘jayin o‘simlik va tashqi muxit asosiy rol o‘ynaydi. Infeksiyaning o‘simlikka kirib kelishiga zarur sharoit dastlab infeksiyaning kirishigacha, kirib kelgan va kasallik belgilarini hosil qilgan davrlarni o‘z ichiga oladi. Zamburug‘ o‘simlik to‘qimasiga kirib kelgunga qadar uning a’zolari ustiga kelib tushgandan keyin o‘sish naychasini hosil qiladi. O‘sish naychasi bir va ko‘p xujayrali gifalarni yoki takomillashgan rizomorflarni hosil qiladi. Sporaning unishi uchun zarur energiya (yog‘ va uglevodlar) toza suvli muxitda amalga oshadi. Bu jarayonda chidamsiz navlarning ajratgan moddalari ham asosiy rol o‘ynaydi. Masalan: Plasmodiophora brassicae, Fusarium solani zamburug‘lari o‘simlik ildizi atrofida rivojlanishni hush ko‘radi. Karam changchilari Alternaria brassicae qulupnay changchilari Botrytis cinerea zamburug‘lari sporalarini o‘sishini tezlashtiradi. SHumg‘uya urug‘i kungaboqar ildizidan ajralgan moddalarga bog‘liq ravishda rivojlanish hususiyatiga ega. Patogenning o‘simlikka kirib kelishi 3 ta yo‘lda amalga oshadi: 1- o‘simlikning kutikula va epidermisi orqali; 2-ustitsa, gidatodlar yoki chechevichkalar orqali; 3-qoplavchi to‘qimalarning zararlangan joyidan. Puccinia graminis oraliq ho‘jayin Berberis vulgaris to‘qimasiga kutikula orqali kirib keladi. Qora kuya kasalligi gulning tugunchasiga po‘sti orqali kiradi. Lavlagining serkosporoz kasalligi qo‘zg‘atuvchisi Cercospora beticola va uzumning sohta un shudring kasalligi qo‘zg‘atuvchisi ustitsa orqali kirib keladi. Zang zamburug‘ining esidiosporalari, uredosporalari , patogen bakteriyalar ochiq xaltachali va peronosporali zamburug‘lar xam ustitsalar orqali kiradi.
Chechevichkalar orqali kartoshka parshasi (Streptomyces scabies), xo‘l chirishni keltirib chiqaruvchi (Erwinia corotovora) bakteriyalar kirib keladi. Ustitsalar orqali kirib keluvchi zamburug‘larga g‘alla ekinlarida parazitlik qiluvchi Puccinia graminis zamburug‘i xosil qilgan o‘sish naychalari gifalarga aylanib ustitsalargacha etib boradi. Zararlangan joylardan kirib keluvchi zamburug‘larga Fusarium moniliforme, Botrytis cinerea va viruslar misol bo‘ladi. O‘simlik ichiga kirib kelgan patogen uning xujayrasini nobud qilish uchun fermentlar va toksinlar ta’sirini boshlaydi. Bu ta’sirlar patogenning biotrof yoki nekrotrofligiga bog‘liqdir. Xujayraning ichida gifaning rivojlanishidan gaustoriy hosil bo‘ladi. Gaustoriydan hosil bo‘lgan ferment va toksinlar ta’sirida xujayrada ro‘y bergan bioximik jarayonlar uning kasallikka beriluvchanligini ortiradi. Kasallikka chidamli navlarda ular hosil qilgan toksinlarni parchalaydigan moddalar patogen va ho‘jayin o‘simlikning hususiyatlariga bog‘liq ravishda kasallik belgilarini hosil qilishi yoki chidamlilikni namayon qiladi. Bunda o‘simlik xosil qilgan antitoksinlar patogennning xayot jarayoniga ta’sir qilib, uning biologik xususiyatlarini to‘sib qo‘yadi. 4-rasm. Karamning Botrytis cinerea zamburug’i bilan zararlangan to‘qimaning 2-kundagi emirilishi (M.V.Gorlenko) O‘simlikda kasallik belgilarining paydo bo‘lguncha patogen
rivojlanishi davom etsa inkubatsion jarayon boshlanadi. Infeksiyaning o‘simlik xujayrasiga kirib kelgandan kasallik belgilari paydo bo‘lguncha o‘tgan davri inkubatsin davr deyiladi. Bu davrning uzun qisqaligi patogenning agressivligiga, o‘simlikning chidamliligiga va ekologik sharaoitning mosligiga bog‘liq Shunday qilib, infeksiyaning o‘simlikka kirib kelgunga qadar o‘ziga xos himoya mexanizmi mavjuddir.O‘simlik infeksiyaning kirib kelish bosqichlariga turlicha munosabat bildiradi. Xar bir patologik jarayonda o‘simlikning ximoya mexanizmi mavjudligi tufayli patogenning kirib kelishiga chidamlilik, patogenning tarqalishiga chidamlilik, inkubatsiya davriga chidamlilik xususiyatlarini namayon qiladi. O‘simliklarning kasalliklardan himoyalanish mexanizmiO‘simlik hujayrasidagi kimyoviy maxsus moddalarning mavjudligi va o‘ simliklarning to‘qimasini anatomo-morfologik tuzilishi ularning kasalliklarga chidamliligida muhim ahamiyatga egadir. O‘simlik ustiga tushgan zamburug‘ sporasining o‘sishi va rivojlanishi, to‘qimaga kirib kelishida uning tuzilishiga bog‘liq ravishda patogenlik jarayoni turlicha namoyon bo‘ladi. Sporaning o‘sishi uchun zarur bo‘lgan sharoitning eng muhimi to‘qima ustida bir tomchi suvning bo‘lishi va havoning nisbiy namligining yuqori bo‘lishidir. Ko‘rsatilgan sharoitda o‘ sayotgan o‘simliklar kasallikga beriluvchan bo‘lsa, sharoitning o‘zgarishi ularning chidamlilik darajasini ortishiga sabab bo‘ladi. O‘simliklarning kutikula qavatini usti tuklar bilan qoplangan bo‘lgan o‘simlikda suv tomchilari hosil bo‘lishi juda qiyin va ularda zamburug‘lar rivojlanmaydi. Masalan , Pitin navli olma mevasi qalin tuklar bilan qoplanganligidan parsha kasalligi bilan kasallanmaydi. O‘simliklarning turli kasalliklar bilan zararlanishida ularning poyasining zich va tarqoq joylanishi ham asosiy o‘rin egallaydi. Masalan, kartoshkaning tuplari zich bo‘lgan turlari fitoftora bilan, loviyaning tik o‘suvchi poyaga nisbatan yotib o‘suvchi poyalari antraknoz kasalligi bilan ham zararlangan.
Kasallik qo‘zg‘atuvchisining o‘simlikka kirib kelishida ikkinchi bosqich qoplovchi to‘qimalarning anatomik tuzilishidir. Y a ’ni infeksiyaning kirib kelishida ustitsalar, chechevichkalar shakli, ular miqdori, joylashishi asosiy rol o‘ynaydi. Masalan, pomidor o‘simligining makrosporioz bilan kasallanishida yosh meva yuzidagi kutikula qavati yupqa bo‘lganligidan ular tez zararlanadi. Keksa mevalarda va uning novdalarida kutikula qavati qalinlashganligidan makrosporioz bilan zararlanishi kamayadi. 5-rasm. Bu g’ doyning kasallikka chidamsiz Michurinka (A) va Odessa (B) navlarining anatomik tuzilishi: 1-epidermis; 2-xlorenxima; 3-sklerenxima. Bodring o‘simligining yovvoyi navlari qalin kutikula qatlamiga ega bo‘lganligi tufayli un shudring kasalligi bilan kasallanmaydi. Uzumning kutikula qavati mevasida yupqa navlarida oidium va antraknoz kasalliklari bilan tez kasallanishiga sabab bo‘ladi.