DORIVOR O’SIMLIKLAR URUG’CHILIK BAZASINI TASHKIL ETISH
DORIVOR O’SIMLIKLAR URUG’CHILIK BAZASINI TASHKIL ETISH Reja : 1. Daraxtzorda daraxtlarni seleksion baholash 2. Ko ’ p yiillik dorivor o ’ t o ’ simliklar urug ’ chilik bazasini tashkil etish . 3. Bir yiillik dorivor o ’ t o ’ simliklar urug ’ chilik bazasini tashkil etish .
Dorivor o ’ simliklar urug ‘ chiligi yaxshi yetilgan , yetilayotgan o ‘ rta yoshdagi daraxt va daraxtzorlar , shuningdek yahshi pishib yetilgan o ' t o ' simliklar negizida seleksion asosda tashkil etiladi . Bu daraxtlar boshqalardan kompleks xo‘jalik qimmatbaho belgilari va xususiyatlari: tez o‘sishi, yuqori meva (urug‘) hosildorligi, tanasi va yog‘ochning sifati, zararkunanda va kasalliklarga, noqulay iqlim sharoitiga va muhitning boshqa omillariga chidamliligi bilan ajraladi. Daraxt va buta turlaridan qimmatbaho irsiy xususiyatlari va yuqori ekish sifatiga ega bo‘lgan urug‘larni olish uchun daraxtzorlarda doimiy va vaqtincha o‘rmon urug‘lari bazalari yaratiladi. Doimiy o‘rmon urug‘lari bazasiga plusli daraxtzorlar (urug‘li zakazniklar), urug‘ yig‘ib-terib olish uchun belgilangan maxsus shakllangan doimiy o‘rmon urug‘lari plantatsiyalari kiradi. Daraxtlarning urug‘lar bazasini tashkil etish daraxtzorlar va daraxtlarning seleksion bahosini, daraxt turlarining genetik fondini ajratish va saqlashni, o‘rmon urug‘lari plantatsiyasini yaratishni, doimiy o‘rmon urug‘lari uchastkalarini barpo etish va shakllantirishni, vaqtinchalik o‘rmon urug‘lari uchastkalarini barpo etishni o‘z ichiga oladi. Daraxtzorda daraxtlarni seleksion baholash Daraxtlar va daraxtzorlarni seleksion baholash ularning mahsuldorligi, yog‘ochi va mevasining sifati, hayotiy qobiliyati va boshqa o‘rmon xo‘jalik belgilaridan eng yaxshi ko‘rsatkichga ega bo‘lganlarida o‘tqaziladi. Bu yerlarda daraxtlar va daraxtzorlar plusli, normal va minuslilarga ajratiladi. Plusli daraxt va daraxtzor ikki usulda tanlanadi. Bu ish yaxshi daraxtzorlarda plusli daraxt va daraxtzorga nomzodlarni oldindan aniqlash bilan boshlanadi. Keyinchalik viloyat o‘rmon xo‘jaligi boshqarmasining vakili vegetatsiya davrida tanlangan daraxtlar va daraxtzorlarni ko‘rikdan o‘tkazadi va ularni pluslilar kategoriyasiga qabul qilinishi haqida qaror qabul qiladi. Har bir attestatsiyadan o‘tgan plusli daraxt va daraxtzorga belgilangan namunadagi pasport to‘ldiriladi. Plusli daraxtlar va daraxtzorlarga belgilar qo‘yiladi, atrofi o‘raladi. Belgi 1,5 m balandlikdagi daraxt tanasida oq moy bo‘yoq bilan 10 sm enlikda ko‘ndalang chiziq o‘tqaziladi va nomer yoziladi (Suratida davlat reestri bo‘yicha raqam, maxrajida esa korxona bo‘yicha raqam yoziladi).
Plusli daraxtzor chegaralari burchaklarida stolbali qoziqlar bilan vizirlanadi, anshlaglar o‘rnatilib, tegishli ma’lumotlar yoziladi. Plusli daraxtlar xo‘jalik ahamiyati va xususiyati bo‘yicha bir xil sharoitda o‘sayotgan bir xil yoshdagi daraxtlardan ustun bo‘ladi. Ular o‘sish kuchi, tanasining sifati, sog‘lomligi va normal meva hosil berishi bilan ajralib turadi. Ularning diametri 60-70%, balandligi 15% ga daraxtzorlardagi daraxtlarning o‘rtacha ko‘rsatkichidan yuqori, ayrim hollarda bu ko‘rsatkichlar biroz past bo‘ladi (30 va 10%). Plusli daraxtlar tanasi to‘g‘ri, shox-shabbalari bir tekis rivojlangan bo‘ladi. Maxsus xo‘jalik tashkil etishda plusli daraxtlar ham yetishtirilayotgan daraxtzorlar talabiga javob berishi kerak. Plusli daraxtlar kesish uchun ajratilmaydi, shikastlanishdan himoyalanadi, zarurat tug‘ilganda atrofi o‘raladi. Plusli daraxtlardan tayyorlanadigan qalamchalar va urug‘lar o‘rmon urug‘lari plantatsiyalarini barpo etish uchun qo‘llaniladi. Agar vegetativ (urug‘li) nasl asosiy belgilarini va qimmatbaho xususiyatlarni o‘zida takrorlasa, bunday daraxtlar elitali deb tan olinadi. Normal daraxtlar - bu o‘sish kuchi va xususiyati bo‘yicha yaxshi va o‘rta daraxtlardir. Ular o‘rmon daraxtzorlarining asosiy qismini tashkil etadi. Ularning diametri daraxtzorlarning o‘rtacha ko‘rsatkichidan 15-20% ga ko‘p, bo‘yi esa bir necha barobar baland bo‘ladi. Daraxtlar ichidan ijobiy o‘sish (plus) ko‘rsatkichlariga yaqin bo‘lgan yaxshi daraxtlar ajratiladi. Normal daraxtlar o‘rmon barpo etish uchun foydalaniladigan asosiy urug‘ miqdorining manbayi bo‘lib xizmat qiladi. Minusli daraxtlar sust o‘sishi bilan farqlanadi. Daraxt tana yog‘ochining diametri daraxtzorlardagi daraxtlar o‘rtacha ko‘rsatkichining 50% ini tashkil etadi. Ularga qing‘ir, o‘zakli, shoxshabbalari yomon rivojlangan, kasallangan, zararlangan daraxtlar ham kiradi. Bu daraxtlardan (minusli) urug‘ yig‘ib-terib olish taqiqlanadi. Urug‘chilikda o‘rmon daraxtzorlarini seleksion baholash katta ahamiyatga ega. Tegishli darajasiga bog‘liq holda daraxtzorlar plusli, normal, minusli bo‘ladi (2.1- jadval).
Bulardan tashqari, ekish maqsadi uchun tayyorlanadigan qator daraxt turlarining a’lo sifatli urug‘lariga texnik shartlar (TU-56 206-83) ishlab chiqilgan. Unga asosan urug‘lar navli (saralangan), yaxshilangan va normal urug‘larga bo‘linadi. 2.1-jadval Daraxtzorlarni seleksion baholash Daraxtlar Foydalanish katego- riyasi Xarakteristikasi maqsadi tartibi plusli Mahsuldorligi va sifati belgilangan o‘rmon o‘sish mintaqasida juda yuqori, 20-30% plusli daraxtlarni o‘z ichiga oladi Urug‘li zakazniklarda ajratiladi va urug‘ plantatsiyalari uchun urug‘ va qalam cha tayyorlash uchun foydalaniladi Kesishga ajratilmay- di, parvarishlash maq- sadida plusli daraxt lar o‘sishiga xalaqit beruvchi minusli daraxtlar kesiladi normal Mahsuldorligi va sifati yuqori va o‘rta Doimiy va vaqtincha o‘rmon urug‘lari uchastkalarini tuzish va urug‘ yig‘ib terish uchun foydalaniladi Urug‘ yig‘ib-terib olish yillari urug‘ tayyorlash maqsadida imkoniyatga qarab kesiladi. Doimiy o‘r- mon urug‘li uchast- kalari (DO‘UU) kesil- maydi. minusli Mahsuldorligi va sifati past, minusli daraxtlar ustunlik qiladi O‘rmon barpo etish va urug‘chilik uchun urug‘ olish taqiqlanadi O‘rmondan foydala - nish rejasi bo‘yicha kesiladi. Navli (saralangan) urug‘lar o‘rmon urug‘lari plantatsiyalarida (O‘UP) daraxtlarning fenotip belgilari (plusli) bo‘yicha a’lo vegetative navlarini yoki plusli
daraxtlarning o‘zlarini sun’iy chatishtirish bilan changlanishini nazorat qilish usulida olinadi. Yaxshilangan urug‘lar, plusli va yaxshi normal daraxtlardan minusli daraxtlari olib tashlangan plusli daraxtzorlardan, normal daraxtzorlarda o‘sayotgan doimiy o‘rmon urug‘lari uchastkalaridan (DO‘UU), shuningdek, navli (saralangan) urug‘lardan yetishtirilgan urug‘ ko‘chat va ko‘chatlardan barpo etilgan plantatsiyalardan yig‘ib- terib olinadi. Doimiy o‘rmon urug‘lari bazalari o‘rmon urug‘lari plantatsiyalari va uchastkalarini birlashtiradi. Bu daraxtzorlar uzoq vaqt davomida daraxt va butalarning navli, elitali va gibrid urug‘larni olish uchun maxsus barpo etiladi. Ular sovuq urmaydigan zararli shamollardan himoyalangan, belgilangan daraxt turi o‘sishi uchun xarakterlijoylarda (qumli, vodiy, 8-10° nishablikdagi tog‘ qiyaliklari), nisbatan, tekis relyeflarda barpo etiladi. Bu maqsadda tuproq yoppasiga ishlanadi, yetishtirish davrida meva hosil berishiga va o‘rmonni himoyalashga aktiv ta’sir etuvchi kompleks tadbirlar o‘tqaziladi. O‘rmon urug‘lari plantatsiyalari vegetativ usulda va urug‘idan etishtirilgan bo‘ladi. Vegetativ usulda yetishtirilgan o‘rmon urug‘lari plantatsiyalari payvandlangan ko‘chatlar yoki plusli va elitali daraxtlar urug‘idan yetishtirilgan payvandtagga plusli va elitali daraxtlardan qalamchalarni payvandlab barpo etiladi. Vegetativ ko‘paytirish usuli plusli daraxtlarning irsiy belgilarini va xususiyatlarini to‘liq o‘zida saqlab qoladi, shuning uchun payvandli klonli o‘rmon urug‘lari plantatsiyalari o‘rmon daraxt va butalarining navli urug‘chiligida asosiy forma bo‘lib hisoblanadi. Turli daraxtlar uchun payvandlash usuli ularning biologik xususiyatlariga bog‘liq. Igna bargli daraxt turlari uchun novdaning yuqorigi qismi kurtak orqali yorib payvandlash, o‘zagini kambiyga ulash usuli yaxshi natija beradi. Grek yong‘og‘i, pista, bodom uchun kurtak payvand, to‘liqsiz trubka va kurtak ko‘zi “T” shaklidagi kesimga payvandlanadi. O‘zbekiston sharoitida ko‘pchilik daraxtlar uchun yozgi (iyul-avgust) uyquga ketgan kurtak bilan payvandlanadi.