logo

DORIVOR O’SIMLIKLAR URUG’LARINING EKISH MUDDATINI ANIQLASH USULLARI

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

33.3251953125 KB
DORIVOR O’SIMLIKLAR URUG’LARI N I N G EKISH MUDDATINI
ANIQLASH   USULLARI
Reja :
1. Urug‘-ko‘chat yetishtirish texnologiyasi
2. Urug‘ni ekish turlari va sxemalari
3. Urug‘larni ekish muddatlari, chuqurliklari va me’yori Sun’iy   barpo   etilgan   daraxtzorlarda   daraxtlarning   o‘sishi,   daraxtzorlarning
unumdorligi ko‘pincha ekilgan ko‘chatlarning sifatiga bog‘liq bo‘ladi.
Ko‘chatlarning   sifati   asosan   ular   bo‘yi,   tanasining   qalinligi,   ildizining   holati,
ildiz tizimi va tanasining nisbati kabi belgilari bilan aniqlanadi. Ma’lum o‘lchamli,
hamma   qismlari   yaxshi   rivojlangan,   optimal   nisbatda   massaga   ega   bo‘lgan
ko‘chatlar   yuqori   sifatli  ko‘chat   hisoblanadi.   Bunday  ko‘chatlar   ekilgandan  so‘ng
yaxshi   tutadi,   ularda   barglar   va   ildiz   tizimi   o‘simlik   rivojlanishida   bir-birlarini
o‘zaro stimullash jarayonlari sodir bo‘ladi, fotosintez jarayonining intensivligi ildiz
tizimining   o‘sishini   yaxshilaydi.   Bunday   sifatli   ko‘chatlarni   yaratish   uchun
ko‘chatzorlarda   optimal   sharoit   yaratib   berilishi   zarur.   Optimal   sharoitdan   og‘ish
ko‘chatlarning   sifati   pasayishiga   olib  keladi,   natijada   sifatsiz   ko‘chatlardan   barpo
etilgan   o‘rmonlarning   tutishi   va   ayniqsa   birinchi   yillari   o‘sib   rivojlanishi   sust
kechadi.   Ko‘chat   yetishtirish   agrotexnikasi   daraxt   turlarining   biologiyasiga,
vegetatsiya   davri   davomida   o‘simlikning   vegetativ   organlarining   yillik   o‘sishi   va
shakllanishi qonuniyatlariga, quruq moddani to‘plash dinamikasi va mineral ozuqa
elementlarini   o‘zlashtirish   ritmi,   yosh   o‘simlikning   o‘sishi   uchun   optimal
rejimning   aniq   ekologik   holatga   mosligi,   oziq   modda   talabi,   zaruriy   o‘g‘itlarni
berish me’yori va muddatiga - asoslangan bo‘ladi.
Urug‘-ko‘chat yetishtirish texnologiyasi
Daraxt   va   butalarning   urug‘ko‘chatlari   ko‘chatzorning   urug‘   ekish   bo‘limida
yetishtiriladi. Urug‘ko‘chat yetishtirish agrotexnikasi tuproqqa asosiy va ekishdan
oldin   ishlov   berish,   urug‘ni   ekishga   tayyorlash,   ekish   va   unib   chiqqunga   qadar
parvarishlash,   nihollarni   parvarishlash,   urug‘ko‘chatlarni   qazib   olish   va   saqlash
kabi asosiy ishlarni o‘z ichiga oladi.
Tuproqqa asosiy va ekishdan oldin ishlov berish qora, ertagi, sideratli va bandli
shudgorlash   tizimi   bo‘yicha   amalga   oshiriladi.   Asosiy   ishlov   berishda   yerni
haydash   chuqurligi   20-30   sm   bo‘ladi.   Sug‘oriladigan   ko‘chatzorlarda   maydonni
tayyorlash   uchastkani   tekislash,   sug‘orish   tarmoqlarini   tuzish,   drenaj   o‘tqazish
(zarurat bo‘lganda) kabi ishlarni o‘z ichiga oladi. Kuzgi   shudgor   tizimida   ishlangan   dala   erta   ko‘klamda   yer   yetilishi   bilan
boronalanib,   tuproqning   nami   ko‘tarilib   ketishining   oldi   olinadi.   Bunday
boronalash sho‘rning yer betiga chiqib qolishini kamaytiradi.
Urug‘,   danak   ekishda   tuproq   yetarli   shira   nam   bo‘lishi   bilan   birga   yaxshigina
zichlashgan bo‘lishi ham lozim.
Tuprog‘i   juda zichlashgan   qotib ketgan  kuzgi   shudgor  ko‘klamda kultivatorda
18   sm   chuqurlikda   yumshatilishi   bilan   birga   boronalanib,   mola   bosilishi   lozim.
Bunda   kultivator   o‘rniga   ag‘dargichi   (otvali)   olib   qo‘yilgan   plug   ishlatilishi
mumkin.
Yangidan ishga solinayotgan uchastkalarni, shuningdek, qish va erta ko‘klamda
haydash   mumkin.   Buning   uchun   fevral   oxiri   va   mart   boshida   yer   boronalanadi;
yerning   haydalma   qatlami   obi-tobiga   kelishi   bilan   chimqirqarli   plugda   (bunga
borona tirkab) 27-30 sm chuqurlikda haydaladi va ketma-ket mola bostiriladi.
Urug‘ va nihollar kuzda ekiladigan bo‘lsa, ekishga bir yarim - ikki oy qolganda
yer   birinchi   marta   haydaladi,   lekin   borona   bosilmaydi;   ekishga   ikki-uch   hafta
qolganda   esa   ikkinchi   marta   haydash   bilan   birga   ikki   yo‘la   boronalanadi.   Bu
haydashlar   o‘z   vaqtida   o‘tkazilsa   tuproq   normal   zichlashib   oladi,   natijada   unga
ekilgan urug‘, o‘tkazilgan nihollar yaxshi o‘sadi.
Kuzda shudgorlangan yer bedapoyadan bo‘shagan bo‘lsa, uni ko‘klamda qayta
haydashning yoki chizelda yumshatishning hojati bo‘lmaydi.
Partov yerlar yoki sero‘t uchastkalar kuzda 27 - 30 sm chuqurlikda shudgorlangan
bo‘lishiga  qaramay, ko‘klamda  borona tirkalgan ag‘dargichsiz  plugda 22 -  25 sm
chuqurlikda   haydaladi,   ayni   vaqtda   o‘t   ildizlari   terib,   daladan   chetga   chiqariladi.
Agar yer unchalik og‘ir tuproqli bo‘lmasa, ko‘klamgi haydash o‘rniga chizelda 17
- 18 sm chuqurlikda yumshatish bilan kifoyalanish mumkin.
Tuproqqa   ekishdan   oldin   ishlov   berishdan   maqsad   tuproq   yuza   qismini
yumshatish   bilan   uni   donador   holatga   keltirish,   tuproqdagi   mikrobiologik
jarayonni   kuchaytirish   va   oziqlanish   rejimini   yaxshilash,   unib   chiqqan   yovvoyi
o‘tlarni yo‘qotish va tuproqni ekishga tayyorlashdir. Daraxt   urug‘larini   ekishga   tayyorlash.   Ko‘p   daraxtlarning   urug‘lari,   masalan,
jo‘ka,   gilos,   olma,   nok,   do‘lana,   har   xil   turdagi   zarang,   shumtol,   yavora,   jiyda
(lox),   svidina,   irg‘ay,   beresklet,   har   xil   yong‘oq   va   boshqa   ko‘p   daraxt   urug‘lari
ko‘klamda alohida tayyorlanmay ekilsa, shu ekilgan yili unib chiqmaydi yoki juda
siyrak   chiqadi.   Urug‘ni   ekilgan   yili   tekis   unib   chiqishi   uchun,   avvalo,   alohida
tayyorlash yoki daraxtdan terib olinishi bilan kuzdayoq ekib qo‘yish kerak.
Odatda, daraxt urug‘lari ekish oldidan quyidagicha tayyorlanadi:
1. stratifikatsiya qilinadi;
2. suvda ivitiladi;
3. qaynoq suvga botirib olinadi;
4. skarifikatsiya qilinadi.
Urug‘larni   ekishga   tayyorlashning   ushbu   va   boshqa   usullari   birinchi   bo‘limda
batafsil yoritilgan.
Tayyorlangan   urug‘lar   aynan   ekish   oldidan   o‘rganiladi,   tekshiriladi.
Tekshirishda ishlov berilganda keyingi urug‘laming holati, aralashmadan ajratilish
holati kuzatiladi.
Urug‘ni ekish turlari va sxemalari
Sug‘oriladigan   ko‘chatzorlarda   daraxt   va   butalarning   urug‘i   egatlarga   ekiladi.
Ko‘chatlar   sug‘orilganda   suv   sekin   oqadigan   qilib   egat   olinadi.   Bunda   soyapar
ko‘chat   egatlarini   sharqdan   g‘arbga   tomon   olish   yaxshi   hisoblanadi.   Egatning
uzunligi   yerning   tuproq   xususiyatiga   qarab   100-150   m   qilinishi   zarur.   Bir   egat
bilan ikkinchi egat orasi 70 sm. Ekilish qatori, bir qatorli ekishda 1 ga maydonga
14280-16670   m.   Marza   balandligi   20-25   sm,   yuqorigi   eni   30   sm   sernam   yerni
yaxshi ko‘radagan daraxt urug‘larini (ipak akatsiya, chinor, qayrag‘och va shu kabi
boshqalar)   sepishda   egatlar   balandligi   10   -   12   sm   qilib   belgilanadi.   Bir   qatorli
ekishda ekilish qatori 4-5 sm enlikdan 20 sm enlikkacha bo‘lishi mumkin.
Birinchi egat  ip tortib olinadi, qolgan egatlar  shu birinchi  egatga parallel  qilib
marker yordamida olinadi. Egat olingandan keyin ketmonda to‘g‘rilanadi, marza usti xaskashda silliqlanib,
kesaklar   maydalanadi.   Ekish   oldidan   egatlarga   suv   tarab,   suvning   oqishidagi
kamchiliklar yo‘q qilinadi.
Tog‘li   va   tog‘oldi   mintaqalarida   joylashgan   ko‘chatzorlarda   egatlar   qiyalikka
perpendikular holatda joylashtiriladi.
Qumli   mintaqalardagi   ko‘chatzorlarda   egatlar   olinmasdan   urug‘lar   to‘rtqatorli
lenta   shaklida   marker   yoki   kultivator   yordamida   tayyorlangan   ariqchalarga
sepiladi. Ariqchalar  chuqurligi  cherkez va saksovul  urug‘i  uchun 2-3 sm, qandim
urug‘i uchun 6-8 sm bo‘ladi.
Ariqchalarning   oraliq   masofasi   25   sm,   lentalarning   oraliqlari   esa   50   sm   qilib
belgilanadi.
Kichik   maydondagi   sug‘oriladigan   ko‘chatzorlarda   yer   yuzasida   5-10   sm
pastlashtirilgan   pollar   qo‘llaniladi.   Pollarning   eni   1,0   m,   yo‘lakchalar   0,5   m
kattalikka  ega   bo‘ladi.  Bunday   pollar,   odatda,  qo‘l   mehnati   bilan  bajariladi,   yirik
maydonlarda   esa   DT-75   traktoriga   tirkaladigan   universal   osma   qator   oluvchi   -
UGN-UK agregatidan foydalaniladi.
Egat   ustida   qatorlar   oralig‘i   10-15   sm,   egat   chetining   oraliq   masofasi   5   sm
bo‘lgan,   ikki   qatorli   urug‘   sepilishi   mumkin.   Mayda   urug‘li   ignabargli   daraxt
urug‘lari   (chinor,   ipak   akatsiya,   qayrag‘och,   qarag‘ay,   qoraqarag‘ay)   egatning
markaziga 15 sm enlikdagi lenta shaklida sepiladi.
Lentasimon   ekishda   1   ga   maydondagi   ekilish   qatorining   umumiy   uzunligi
quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:
 
Bunda: A - ekilish qatorining umumiy uzunligi, m;
B - lentadagi ekilish qatorining soni;
V - lenta eni, ikki lenta oralig‘idagi masofa ham hisobga olingan holda, m.
Urug‘larni ekish muddatlari, chuqurliklari va me’yori O‘rmon  ko‘chatzorlarida  urug‘ni  yil  bo‘yi   ekish  mumkin.  Bu  tabiiy  sharoitga,
daraxt turining biologik xususiyati va urug‘ning holatiga bog‘liq.
Ko‘pincha   urug‘lar   bahorda   va   kuzda   ekiladi.   Bahorda   hamma   daraxt
butalarning urug‘ini ekish mumkin.
Bahorda ekilgan urug‘lar samarasi yuqori bo‘ladi. Bahorgi ekish ishlarini qisqa
(4-5 kun) muddatlarda, ertaroq bajarish tavsiya etiladi.
Kechikkan   holatlarda   urug‘lar   unib   chiqishi   kechikadi,   quruq   ob-havo
sharoitida esa unib chiqmasligi ham mumkin. Bahorda urug‘lar stratifikatsiyalanib
ekiladi.   Bu   usul   urug‘larni   erta   va   qiyg‘os   unib   chiqishini   ta’minlaydi.
O‘zbekistonning   sug‘oriladigan   ko‘chatzorlarida   martning   oxiridan   aprelning
birinchi   yarmigacha   bo‘lgan   muddatlarda   ekilishi   mumkin.   Kuzda   urug‘   ekish
ishlari   sentabr   oxiridan   boshlab   oktabr-noyabr   oylarigacha   o‘tkazilishi   mumkin.
Kuzgi   ekishda   urug‘lar   stratifikatsiyalanmaydi,   ekish   muddati   cho‘ziladi   va   erta
bahorda urug‘lar qiyg‘os unib chiqish imkoniyatini beradi. Ikkinchi tomondan esa
yong‘oqmevalilar,   ninabarglilar   urug‘lari   kuzda   ekilganda   zararkunandalar
ta’sirida   zararlanishi,   erta   bahorda   qiyg‘os   unib   chiqqan   nihollar   kechki
sovuqlardan shikastlanishi mumkin.
Mayda   urug‘li   daraxt   turlarining   urug‘lari   nimjon   bo‘lganligi   uchun,   ularni
kuzda   ekish   tavsiya   etilmaydi.   Kuzgi   ekish   ishlari   faqat   og‘ir,   qatqaloq   hosil
bo‘lmaydigan tuproqlarda bajariladi.
Qumloq ko‘chatzorlarda urug‘lar 15 martgacha bo‘lgan muddatda ekiladi. Tog‘
mintaqalaridagi   ko‘chatzorlarda   esa   urug‘ni   kuzda   va   bahorda   (aprelda)   ekish
mumkin.
Urug‘i   erta   pishib   yetiladigan   va   yig‘ib-terib   olinishi   bilan   ekilishi   mumkin
bo‘lgan daraxt turlarining urug‘lari (terak, tol, qayrag‘och, tut va boshqalar) yozda
ekilishi mumkin.
Qish faslida ekish janubiy, qishi iliq xarakterli bo‘lgan hududlarda qo‘llaniladi.
Urug‘ni ekish chuqurligi uning chiqishi va rivojlanishiga katta ta’sir ko‘rsatadi.
Chuqur   qadalgan   urug‘lar   namlik   bilan   yaxshi   ta’minlangan   bo‘ladi,   lekin
niholning   tuproq   qatlamini   yorib   chiqishi   qiyinlashadi   va   kechroq   unib   chiqadi. Sayoz   ekilgan   holatda   esa   ular   tuproqning   quruq   qatlamiga   tushadi   va   nobud
bo‘lishi mumkin.
Urug‘larni   ekish   chuqurligi   uning   kattaligi,   joyning   tuproq   -   iqlim   sharoiti,
ekish muddati va sug‘orishga bog‘liq.
Urug‘ni qanchalik chuqur ekish masalasi uning yirik- maydaligiga bog‘liq.
Har   holda   urug‘   ustiga   tushadigan   tuproq   qalinligi   shu   urug‘ning   kattaligiga
qaraganda   3   -   4   martadan   oshib   ketmasligi   kerak.   Umuman,   yengil   tuproqli
yerlarda urug‘ chuqurroq, og‘ir tuproqli yerlarda - yuzaroq ekiladi.
Yengil va yumshoq tuproqlarda og‘ir tuproqlarga qaraganda (qumloq va yengil
qumloq)   tuproq   ustki   qatlamidagi   namlik   o‘zgaruvchan   bo‘lganligi   sababli   oziq
moddaga   boy   bo‘lgan   yirik   urug‘lar   mayda   urug‘larga   nisbatan   chuqur   ekiladi.
Bunday   tuproqlarda   nihollar   o‘simtasi   tuproq   qatlamini   yengil   yorib   chiqadi.
Kuzda ekiladigan urug‘lar bahorgiga nisbatan chuqur ekiladi, ekilgan urug‘lar usti
marza   qilinadigan   bo‘lsa   ekish   chuqurligi   kamaytiriladi.   Ayrim   daraxt   va   buta
turlarining urug‘larini ekish chuqurligi 9.1- jadvalda keltirilgan.
Urug‘larni ekish bilan birga ignabarglilar uchun 20 - 30 kg/ga, yaproq barglilar
uchun 15 - 20 kg/ga dozasida granulali superfosfat yoki kompostli o‘g‘it beriladi.
Bu nihollarni 2 yil davomida fosforli ozuqa modda bilan ta’minlaydi.
Urug‘   sepish   me’yori   juda   katta   ahamiyatga   ega.   Siyrak   ekinlarda   va
urug‘ko‘chat  siyrak joylashgan  holatda bir  o‘simlik egallagan  maydon ortadi, o‘z
navbatida, ko‘chat yetishtirish uchun sarf-xarajat ortib boradi. Qalin ekinlarda esa
teskari,   urug‘ko‘chat   me’yoridan   ham   qalin   joylashadi   va   oqibatda
urug‘ko‘chatning   oziqlanish   maydoni   me’yordan   kam   bo‘ladi,   o‘simlik
kasallanadi, sifatsiz ko‘chat olinadi.
Ko‘chatning   sifati   uning   balandligi,   ildiz   bo‘yni   diametri   va   boshqa   tashqi
ko‘rinishiga   oid   ko‘rsatkichlar   bilan   xarakterlanadi.   Bu   ko‘rsatkichlar   ko‘chatni
doimiy   o‘sish   joyiga   ko‘chirib   o‘tqazganda   yashab   qolishi   bilan   asoslanadi.   Yer
ustki   va   ostki   qismi   yaxshi   rivojlangan,   belgilangan   balandlikka,   ildiz   bo‘yni
diametriga   va   optimal   nisbatdagi   fitomassaga   ega   bo‘lgan   urug‘ko‘chatlar   yuqori
sifatli hisoblanadi. Qalin   ekinlarda   urug‘ko‘chat   yorug‘likka   intilib   o‘sishi   natijasida   tana
stvolining diametri va ildiz tizimining o‘sishi sustlashadi. Oqibatda belgilangan tur
va   yoshdagi   o‘simlikka   xarakterli   bo‘lgan   o‘simlik   qismlarining   optimal   nisbati
buziladi,   o‘simlikning   yer   ostki   va   ustki   qismlari   fitomassasining   nisbati   talabga
javob   bermaydi.   Igna   bargli   daraxt   turlarining   urug‘ko‘chati   va   ko‘chati   uchun
optimal   nisbat   2:1-3:1   hisoblanadi.   Bunday   urug‘ko‘chat   va   ko‘chatlar   ko‘chirib
o‘tqazilganda yaxshi  yashab  qoladi  va o‘sib rivojlanishida o‘zgarish kam  bo‘ladi.
Optimal   nisbatga  ega   bo‘lmagan  ko‘chat  materiallari   ko‘chirib  o‘tqazilganda   ular
yashab qolishi, ko‘chatlarda yaxshi rivojlanmagan qismlarining rivojlanishi uchun
ham   qo‘shimcha   agrotexnik   tadbirlar   o‘tqaziladi.   O‘simlik   qismlarining
nomunosibligi   qanchalik   katta   bo‘lsa,   o‘simlikning   rivojlanmagan   qismlarining
o‘sib-rivojlanishi jarayoni uchun shuncha ko‘p va qazib olishda shikastlangan ildiz
tizimining   tiklanishiga   kam   oziq   modda   sarflanadi.   O‘z   navbatida,   belgilangan
tuproq iqlim sharoitida daraxt va buta turlarining biologik xususiyatlariga bog‘liq
holda ma’lum  bir qalinlikda ularning ko‘chat  materiallari yetishtiriladi, ya’ni  ular
optimal oziqlanish maydoniga ega bo‘lishi kerak. Urug‘ko‘chatlar- ning joylashish
qalinligi   urug‘ni   sepish   me’yoriga  bog‘liq.  Urug‘   sepishning   optimal   me’yori   o‘z
navbatida   o‘simlik   o‘sib   rivojlanishi   uchun   yaxshi   sharoiti   yaratadi,   urug‘   sarfini
tejaydi.
Ko‘chatzorda   optimal   me’yorda   ekilgan   urug‘larga   yuqori   agrotexnik   ishlov
berilganda   birlik   maydondan   ko‘p   ko‘chat   yetishtirishni   ta’minlabgina   qolmay,
sifatli   ko‘chat   materialini   olish   imkoniyatini   ham   yaratadi,   ya’ni   urug‘ko‘chatlar
popuk   ildiz   tizimini   shakllantiradi,   yaxshi   rivojlangan   o‘sish   kurtagini   hosil   qilib
vegetatsiyasini   yakunlaydi,   yer   osti   va   ustki   fitomassasining   optimal   nisbatiga,
belgilangan   tana   balandligiga   va   diametriga   ega   bo‘ladi,   zarur   miqdorda   oziq
moddalar   zaxirasini   to‘playdi.   Bular,   o‘z   navbatida,   doimiy   joyga   ko‘chirib
o‘tqazilganda   ko‘chat   materiallarining   yaxshi   yashab,   o‘sib   rivojlanishini
ta’minlaydi. Urug‘larni   sepish   me’yori   o‘stirilayotgan   daraxt   va   buta   turining   biologik
xususiyati, urug‘ sifati va uning absolut og‘irligiga bog‘liq. Ayrim daraxt va buta
turlarining urug‘larini sepish me’yori
O‘zbekistonda ayrim daraxt va buta turlarining umg‘larini sepish me’yori, ekish
chuqurligi va 1000 dona urug‘ning o‘rtacha og‘irligi
Tur 1000   dona
urug‘ning
o‘rtacha
og‘irligi, g Sepish
Ekish
chuqurligi,
sm1 m, g 1 ga, kg
Grek
yong‘og‘i 8000 60 1000 6 - 8
Qora archa 474 - 29,2 60 1000-
1200 2
Qrim
qarag‘ayi 5 - 10
3 - 4 50 1 - 2
O‘rik 1400 15 250 4 - 7
Eman 3000 120 2000 7 - 10
Virgin
archasi 26 8 - 10 130 2 - 3
Oq tut 1,5 0,5 10 1 - 2
O‘rmon
olmasi 23 1,8 20 3 - 4
Sharq
chinori 3 30 500 0,5 - 1
Tikan 175 8 130 -
Urug‘larni   ekish   me’yori   I   sinfdagi   urug‘lar   uchun   belgilanadi.   II   va   INI
sinfdagi   urug‘larni   ekish   me’yorini   aniqlash   uchun   I   sinfdagi   urug‘larni   ekish
me’yoriga quyidagi foizlar (%) qo‘shiladi.
- ignabarglilar uchun: II sinfga 30% INI sinfga 100%;
- yaproqbarglilar uchun: II sinfga 20 %, INI sinfga 60%;
- oqqayin uchun: II sinfga 50%, INI sinfga 100%. Urug‘larni   sepish   me’yorini   aniqlaganda   urug‘   konditsionligi   haqidagi
guvohnomada belgilangan sifat ko‘rsatkichlaridan keng foydalanish zarur.
Ignabargli   daraxt   turlarining   urug‘larini   ekish   me’yorini   quyidagi   formula
bo‘yicha aniqlash tavsiya etiladi.
Bunda:
N  -  urug‘larni sepish me’yori, 1 m, g;
O - nihollarning optimal miqdori, 1 m, dona;
V - 1000 dona urug‘ og‘irligi, g;
T - texnik unuvchanlik, %;
K   -   gruntdagi   unuvchanlikda   tuzatuvchi   koeffitsiyent   (gruntdagi
unuvchanlikning texnik unuvchanlikka nisbati);
4 - urug‘lar chastotasi, %.
Ushbu formula bo‘yicha urug‘larni ekish me’yorini aniqlashda 1 metrdagi unib
chiqqan   nihollar   miqdorini   va   tuzatuvchi   koeffitsiyentni   bilish   zarur.   Boshqa
ko‘rsatkichlar   urug‘chilik   stansiyasi   tomonidan   berilgan   urug‘lar   konditsionligi
haqidagi guvohnomadan olinadi.
Yirik   ko‘chatzorlarda,   odatda,   urug‘lar   mexanizatsiyalashtirilgan   holatda
sepiladi. Bu maqsadda o‘rmon seyalkalaridan foydalaniladi. Urug‘ sepishdan oldin
tayyorgarlik   ishlari   bajariladi.   Seyalka   -   sepish   apparatining   sozligi   tekshiriladi,
urug‘larni   zarur   bo‘lgan   me’yorda   va   chuqurlikda   sepish   belgilanadi,   kataklar
halqalari va soshniklar zarur bo‘lgan kenglikka qo‘yiladi, birinchi marotaba sinovli
sepiladi va sepish me’yori va chuqurligi tekshiriladi.
O‘rtacha kattalikdagi  ko‘chatzorlarda seyalkalarni  sozlash,  sepish  me’yorlarini
belgilashga   ko‘p   vaqt   sarflanishini   hisobga   olib   urug‘lar   qatorlar   bo‘ylab   qo‘lda
sepiladi.   Kichik   ko‘chatzorlarda   ot-ulovli   seyalkalardan   foydalanish   mumkin.   Bu
seyalkalarda   ham   urug‘   sepish   me’yori   va   chuqurligi   sozlanishi   zarur.   Seyalka
ishlayotgan vaqtda ishchi organlarining harakatini nazorat qilib borish kerak.                            Foydalanilgan   adabiyotlar :
 
1.   Акопов И.Э.Важнейшие отечественные лекарственные растения и их  
приминение   (справочник)   Т.,   Медицина   1990. 120   б  
2.   Ahmedov   O‘.   Ergashev   A.,   Abzalov.A   Dorivor   o‘simliklar   va   ularni   o‘stirsh   tex
nologiyasi.   Ukuv   kullanma.Toshkent. 2008. 232   b  
3.   Atabaeva   X.N.   va   boshq.   O‘simlikshunoslik.   T.,   «Mehnat», 2000.  
4.   Bo‘riev X. Ch., Dusmuratova S.I. Qishloq xo‘jaligi   ekinlari       
urug‘shunosligi.   Toshkent. “Mehnat”,   2000.
5.   To‘xtaev B.Yo., Maxkamov T.X., To‘laganov A.A., Mamatkarimov A.I.,  
Mahmudov   A.V.,   Allayarov   M.O‘.   Dorivor   va   ozuqabop   o‘simliklar   plantatsiyalari
ni   tashkil etish   va   xom-ashyosini   tayyorlash   bo‘yicha   yo‘riqnoma.   –   Toshkent, 
2015.   144   b.  
6.   Атабаева Х.Н., Умарова Н.С. Лекарственные растения в ветеринарии.  
7.   Терёхин А.А. В.В. Вандышев Технология   возделывания лекарственных       
растений.   Учебное   пособие.   Москва.2008. 201стр.
8.   E.T.Berdiev,   M.X.   Xakimova,   G.B.   Maxmudova.   O‘rmon   dorivor   o‘simliklari.  
Ukuv   kullanma.   Toshkent.   UzR   FA   Minitipografiyasi, 2014.-273b.  
9.   E.T.Axmedov,   E.T.Berdiev.   Dorivor   usimliklarni yetishtirish

DORIVOR O’SIMLIKLAR URUG’LARI N I N G EKISH MUDDATINI ANIQLASH USULLARI Reja : 1. Urug‘-ko‘chat yetishtirish texnologiyasi 2. Urug‘ni ekish turlari va sxemalari 3. Urug‘larni ekish muddatlari, chuqurliklari va me’yori

Sun’iy barpo etilgan daraxtzorlarda daraxtlarning o‘sishi, daraxtzorlarning unumdorligi ko‘pincha ekilgan ko‘chatlarning sifatiga bog‘liq bo‘ladi. Ko‘chatlarning sifati asosan ular bo‘yi, tanasining qalinligi, ildizining holati, ildiz tizimi va tanasining nisbati kabi belgilari bilan aniqlanadi. Ma’lum o‘lchamli, hamma qismlari yaxshi rivojlangan, optimal nisbatda massaga ega bo‘lgan ko‘chatlar yuqori sifatli ko‘chat hisoblanadi. Bunday ko‘chatlar ekilgandan so‘ng yaxshi tutadi, ularda barglar va ildiz tizimi o‘simlik rivojlanishida bir-birlarini o‘zaro stimullash jarayonlari sodir bo‘ladi, fotosintez jarayonining intensivligi ildiz tizimining o‘sishini yaxshilaydi. Bunday sifatli ko‘chatlarni yaratish uchun ko‘chatzorlarda optimal sharoit yaratib berilishi zarur. Optimal sharoitdan og‘ish ko‘chatlarning sifati pasayishiga olib keladi, natijada sifatsiz ko‘chatlardan barpo etilgan o‘rmonlarning tutishi va ayniqsa birinchi yillari o‘sib rivojlanishi sust kechadi. Ko‘chat yetishtirish agrotexnikasi daraxt turlarining biologiyasiga, vegetatsiya davri davomida o‘simlikning vegetativ organlarining yillik o‘sishi va shakllanishi qonuniyatlariga, quruq moddani to‘plash dinamikasi va mineral ozuqa elementlarini o‘zlashtirish ritmi, yosh o‘simlikning o‘sishi uchun optimal rejimning aniq ekologik holatga mosligi, oziq modda talabi, zaruriy o‘g‘itlarni berish me’yori va muddatiga - asoslangan bo‘ladi. Urug‘-ko‘chat yetishtirish texnologiyasi Daraxt va butalarning urug‘ko‘chatlari ko‘chatzorning urug‘ ekish bo‘limida yetishtiriladi. Urug‘ko‘chat yetishtirish agrotexnikasi tuproqqa asosiy va ekishdan oldin ishlov berish, urug‘ni ekishga tayyorlash, ekish va unib chiqqunga qadar parvarishlash, nihollarni parvarishlash, urug‘ko‘chatlarni qazib olish va saqlash kabi asosiy ishlarni o‘z ichiga oladi. Tuproqqa asosiy va ekishdan oldin ishlov berish qora, ertagi, sideratli va bandli shudgorlash tizimi bo‘yicha amalga oshiriladi. Asosiy ishlov berishda yerni haydash chuqurligi 20-30 sm bo‘ladi. Sug‘oriladigan ko‘chatzorlarda maydonni tayyorlash uchastkani tekislash, sug‘orish tarmoqlarini tuzish, drenaj o‘tqazish (zarurat bo‘lganda) kabi ishlarni o‘z ichiga oladi.

Kuzgi shudgor tizimida ishlangan dala erta ko‘klamda yer yetilishi bilan boronalanib, tuproqning nami ko‘tarilib ketishining oldi olinadi. Bunday boronalash sho‘rning yer betiga chiqib qolishini kamaytiradi. Urug‘, danak ekishda tuproq yetarli shira nam bo‘lishi bilan birga yaxshigina zichlashgan bo‘lishi ham lozim. Tuprog‘i juda zichlashgan qotib ketgan kuzgi shudgor ko‘klamda kultivatorda 18 sm chuqurlikda yumshatilishi bilan birga boronalanib, mola bosilishi lozim. Bunda kultivator o‘rniga ag‘dargichi (otvali) olib qo‘yilgan plug ishlatilishi mumkin. Yangidan ishga solinayotgan uchastkalarni, shuningdek, qish va erta ko‘klamda haydash mumkin. Buning uchun fevral oxiri va mart boshida yer boronalanadi; yerning haydalma qatlami obi-tobiga kelishi bilan chimqirqarli plugda (bunga borona tirkab) 27-30 sm chuqurlikda haydaladi va ketma-ket mola bostiriladi. Urug‘ va nihollar kuzda ekiladigan bo‘lsa, ekishga bir yarim - ikki oy qolganda yer birinchi marta haydaladi, lekin borona bosilmaydi; ekishga ikki-uch hafta qolganda esa ikkinchi marta haydash bilan birga ikki yo‘la boronalanadi. Bu haydashlar o‘z vaqtida o‘tkazilsa tuproq normal zichlashib oladi, natijada unga ekilgan urug‘, o‘tkazilgan nihollar yaxshi o‘sadi. Kuzda shudgorlangan yer bedapoyadan bo‘shagan bo‘lsa, uni ko‘klamda qayta haydashning yoki chizelda yumshatishning hojati bo‘lmaydi. Partov yerlar yoki sero‘t uchastkalar kuzda 27 - 30 sm chuqurlikda shudgorlangan bo‘lishiga qaramay, ko‘klamda borona tirkalgan ag‘dargichsiz plugda 22 - 25 sm chuqurlikda haydaladi, ayni vaqtda o‘t ildizlari terib, daladan chetga chiqariladi. Agar yer unchalik og‘ir tuproqli bo‘lmasa, ko‘klamgi haydash o‘rniga chizelda 17 - 18 sm chuqurlikda yumshatish bilan kifoyalanish mumkin. Tuproqqa ekishdan oldin ishlov berishdan maqsad tuproq yuza qismini yumshatish bilan uni donador holatga keltirish, tuproqdagi mikrobiologik jarayonni kuchaytirish va oziqlanish rejimini yaxshilash, unib chiqqan yovvoyi o‘tlarni yo‘qotish va tuproqni ekishga tayyorlashdir.

Daraxt urug‘larini ekishga tayyorlash. Ko‘p daraxtlarning urug‘lari, masalan, jo‘ka, gilos, olma, nok, do‘lana, har xil turdagi zarang, shumtol, yavora, jiyda (lox), svidina, irg‘ay, beresklet, har xil yong‘oq va boshqa ko‘p daraxt urug‘lari ko‘klamda alohida tayyorlanmay ekilsa, shu ekilgan yili unib chiqmaydi yoki juda siyrak chiqadi. Urug‘ni ekilgan yili tekis unib chiqishi uchun, avvalo, alohida tayyorlash yoki daraxtdan terib olinishi bilan kuzdayoq ekib qo‘yish kerak. Odatda, daraxt urug‘lari ekish oldidan quyidagicha tayyorlanadi: 1. stratifikatsiya qilinadi; 2. suvda ivitiladi; 3. qaynoq suvga botirib olinadi; 4. skarifikatsiya qilinadi. Urug‘larni ekishga tayyorlashning ushbu va boshqa usullari birinchi bo‘limda batafsil yoritilgan. Tayyorlangan urug‘lar aynan ekish oldidan o‘rganiladi, tekshiriladi. Tekshirishda ishlov berilganda keyingi urug‘laming holati, aralashmadan ajratilish holati kuzatiladi. Urug‘ni ekish turlari va sxemalari Sug‘oriladigan ko‘chatzorlarda daraxt va butalarning urug‘i egatlarga ekiladi. Ko‘chatlar sug‘orilganda suv sekin oqadigan qilib egat olinadi. Bunda soyapar ko‘chat egatlarini sharqdan g‘arbga tomon olish yaxshi hisoblanadi. Egatning uzunligi yerning tuproq xususiyatiga qarab 100-150 m qilinishi zarur. Bir egat bilan ikkinchi egat orasi 70 sm. Ekilish qatori, bir qatorli ekishda 1 ga maydonga 14280-16670 m. Marza balandligi 20-25 sm, yuqorigi eni 30 sm sernam yerni yaxshi ko‘radagan daraxt urug‘larini (ipak akatsiya, chinor, qayrag‘och va shu kabi boshqalar) sepishda egatlar balandligi 10 - 12 sm qilib belgilanadi. Bir qatorli ekishda ekilish qatori 4-5 sm enlikdan 20 sm enlikkacha bo‘lishi mumkin. Birinchi egat ip tortib olinadi, qolgan egatlar shu birinchi egatga parallel qilib marker yordamida olinadi.

Egat olingandan keyin ketmonda to‘g‘rilanadi, marza usti xaskashda silliqlanib, kesaklar maydalanadi. Ekish oldidan egatlarga suv tarab, suvning oqishidagi kamchiliklar yo‘q qilinadi. Tog‘li va tog‘oldi mintaqalarida joylashgan ko‘chatzorlarda egatlar qiyalikka perpendikular holatda joylashtiriladi. Qumli mintaqalardagi ko‘chatzorlarda egatlar olinmasdan urug‘lar to‘rtqatorli lenta shaklida marker yoki kultivator yordamida tayyorlangan ariqchalarga sepiladi. Ariqchalar chuqurligi cherkez va saksovul urug‘i uchun 2-3 sm, qandim urug‘i uchun 6-8 sm bo‘ladi. Ariqchalarning oraliq masofasi 25 sm, lentalarning oraliqlari esa 50 sm qilib belgilanadi. Kichik maydondagi sug‘oriladigan ko‘chatzorlarda yer yuzasida 5-10 sm pastlashtirilgan pollar qo‘llaniladi. Pollarning eni 1,0 m, yo‘lakchalar 0,5 m kattalikka ega bo‘ladi. Bunday pollar, odatda, qo‘l mehnati bilan bajariladi, yirik maydonlarda esa DT-75 traktoriga tirkaladigan universal osma qator oluvchi - UGN-UK agregatidan foydalaniladi. Egat ustida qatorlar oralig‘i 10-15 sm, egat chetining oraliq masofasi 5 sm bo‘lgan, ikki qatorli urug‘ sepilishi mumkin. Mayda urug‘li ignabargli daraxt urug‘lari (chinor, ipak akatsiya, qayrag‘och, qarag‘ay, qoraqarag‘ay) egatning markaziga 15 sm enlikdagi lenta shaklida sepiladi. Lentasimon ekishda 1 ga maydondagi ekilish qatorining umumiy uzunligi quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi: Bunda: A - ekilish qatorining umumiy uzunligi, m; B - lentadagi ekilish qatorining soni; V - lenta eni, ikki lenta oralig‘idagi masofa ham hisobga olingan holda, m. Urug‘larni ekish muddatlari, chuqurliklari va me’yori