logo

QISHLOQ XO‘JALIK EKINLARINI EKISH USULLARI.

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

48.931640625 KB
QISHLOQ XO‘JALIK EKINLARINI EKISH USULLARI.
Reja:
1. Qishloq xo‘jalik ekinlarini ekish
2. Qishloq xo‘jalik ekinlarini ekishga qo‘yilgan talablar.
3. Qishloq xo‘jalik ekinlarini ekish usullari.
4. Qishloq xo‘jalik ekinlarini ekish me’yori, muddatlari va chuqurligi.
  1. Qishloq xo‘jalik ekinlarini ekish
Pushta   va   egat:   Qiyalik   bo‘yicha   egatlar   kengligi   30-45   sm   va   chuqurligi
15-20 sm qilib olinadi. Yog‘in jadalligi katta bo‘lgan sharoitda suvning ko‘l bo‘lib
turib   qolmasligi   uchun   egatlarga   suvni   yo‘naltirish   xavfsiz   hisob-lanadi.   YOg‘in
jadalligi   kam  bo‘lganda  ular  suvni   yig‘ib  olib, o‘zida  saqlaydi.  Ushbu  metoddan
o‘rtacha   chuqur   qatlamli   qora   tuproqlar   va   qoramtir-qizil   tuproqlar   sharoitida
foydalanish   maqsadga   muvofiq   hisoblanadi.   Undan   g‘o‘za,   makkajo‘xori,
qalampir,   pomidor   kabi   keng   qatorlab   ekiladigan   ekinlarni   etishtirishda
foydalanish qulay. Lekin, ushbu metod mayda qizil tuproqlar, sayoz qatlamli qora
tuproqlar   va   qumli,   shag‘alli   tuproqlar   sharoitida   foydalanish   uchun   yaroqsiz
hisoblanadi. U shuningdek, yoppasiga ekilgan yoki  30 sm kenglikda tor qatorlab
ekilgan   ekinlar   uchun   yaroqsiz   hisoblanadi.   CHunki,   egatlarni   olish   ekishdan
oldin  yoki   ekish   bilan  bir   vaqtda  amalga  oshiriladi.   Ushbu  holatda  egatlar   olish
egat   va   pushtalar   shakllan-tirishning   yuqorida   qayd   etilgan   tizimining
takomillashtirilgani   hisoblanadi,   qayerdaki   pushtalar   egatlar   yo‘nalishi   bo‘ylab
har   2-3   m.   da   o‘zaro   birlashtirilgan.   Pushtalarning   yana   bir   o‘ziga   xos
modifikatsiyasi   –   bu   pushta   olishning   tasodifiy   turi   bo‘lib,   uzuq-uzuq   egatlar
kengligi 20-25 sm, uzunligi 45-60 sm va chuqurligi 15 sm bo‘lib, ular ekin ekilgan
do‘ngliklar orasida o‘toq qilish jarayonida shakllantiriladi. Pushta va egatlarning
o‘ziga   xos   yana   bir   modifikatsiyasi   bo‘lib   tekis   dalaga   ekinni   liniyalab   ekish   va
qishloq xo‘jalik ekinlari qatorlari oraligida egatlar olish hisoblanadi. 
Oraligi   keng   bo‘lgan   egatlar   (BBF):   Bu   yerda   dala   chuqurligi   15   sm,
kengligi 1,5 m va uzunligi joyning relьefiga qulay bo‘lgan egatlar bilan bo‘lingan
holda   shakllantiriladi.   Donli   ekinlar   ma’lum   masofalarda   olingan   qatorlarga
ekiladi.   Bu   usul   og‘ir   qora   tuproqlar   va   qoramtir-qizil   tuproqlar   sharoitida
qo‘llanishga   qulay   hisoblanadi.   Egatlar   gradienti   0,6%   ni   tashkil   etadi.   Oralig‘i
keng bo‘lgan egatlar boshqa metodlarga qaraganda qator afzalliklarga ega.
U   o‘ziga   keng   yoki   tor   qator   oraligida   etishtiriladigan   ekinlarni
parvarishlashda qo‘llanishga qulaydir.  U   individualь   kadrirov ka   qilish   va   i ntyerkroping   tizimi   uchun   yaroqli
hisoblanadi. 

Egatlar   yog‘ingarchilik   mav-sumi   boshi   va   yomg‘irli   mavsumning   ancha
kechki bosqichlarida yer usti suv oqimini xavfsiz boshqarishga xizmat qiladi. 

Ekishni seyalkalar yordamida amalga oshirishga imkon byeradi . 

U   traktorga   o‘rnatilgan   qurollar   yoki   ish   hayvonlari   yordamida
shakllantirilishi mumkin .  Oraligi keng bo‘lgan egatlar olish ekish bilan bir vaqtda
amalga   oshirilishi   mumkin   va   bu   bilan   u   yog‘ing   suvlar   tushishi   va   ekish
muddatlari orasidagi kechi-kishni qisqartirishga olib keladi.
Ekin   ekilmaydigan   egatlar   –   Ekish   bilan   bir   vaqtda   yoki   bevosita   ekishdan
keyin   chuqurligi   20   sm   bo‘lgan   chuqur   egatlar   har   6-8   ekin   qatori   oralatib
olinadi. Egatda hech qanday hosil etishtirilmaydi. Egat va ekish yo‘nalishi qiyalik
bo‘yicha olinadi. Egatlar qora va qizil tuproqlar sharoitlarida yog‘och omochlar
yordamida olinishi mumkin. 1
2. Qishloq xo‘jalik ekinlarini ekishga qo‘yilgan talablar.
Dehqonchilikda   o‘ta   muhim   agrotexnik   tadbir   bu   qisqa   muddatda   va   sifatli
qilib   ekin   (urug‘lik   matyerialini)   ekish.   YUqori   agrotexnik   talablar   asosida   ekin
ekish va to‘liq gektarlarga ega bo‘lish ekin ekishga qo‘yilgan vazifalar ichida o‘ta
muhimi   hisoblanadi.   Respublika   dehqonchiligiga   xorijning   yangi   texnika   va
texnologiyalari kirib kelayotgan bir paytda ekin ekishga qo‘yilgan talablar tubdan
o‘zgardi,   desak   yanglishmaymiz.   Endilikda   qishloq   xo‘jalik   ekinlarini   ekish   aniq
tuproq   va   iqlim   sharoitidan   kelib   chiqib,   qisqa   muddatlarda   yuqori   agrotexnik
talablar darajasida amalga oshirishdek muhim vazifa turibdi. O‘tgan asrning 70-80
yillaridek   ekin   ekishni   30-35   kunlab   cho‘zmasdan   O‘zbekiston   Respublikasi
Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilab byerilgan, qisqa muddatlarda (10-15 kun
ichida)   ekish   ishlarini   yakuniga   etqazish   muhim   agrotexnik   tadbir   qilib
belgilangan.   SHu   talabdan   kelib   chiqib,   alohida   olingan   fyermyer   xo‘jaliklari,
1
  Chandrasekaran B., Annadurai K., Samasundaram E. A textbook of agronomy. New Delhi. 2010. 230 -
236 бетлар. agrofirma-lar,   tumanlar,   viloyatlar   hududlaridagi   tuproq   iqlim   sharoitlaridan   va
boshqa   tashkiliy   ishlardan   kelib   chiqib   aniq   ekish   grafiklari   ishlab   chiqqanlar   va
ekin   ekishni   shu   grafik   asosida   tashkil   etishdek   muhim   vazifalar   ular   zimmasida
turibdi.
Ekin   ekish   usuli   qo‘yilayotgan   talablar   jadallashgan   dehqonchilik   tizimida
ilmiy-texnika   rivojlanishi   asosida   doim   o‘zgarib   boradi.   Ekish   usullarinnng
o‘zgartirilishi   samarali   bo‘lishi   bilan   bir   qatorda   ekinlarning   optimal   ko‘chat
qalinligini   ta’minlashi   zarur.   G‘o‘za   ekish   usuliga   va   boshqa   sharoitga   ko‘ra
gektariga   85-120   ming,   boshoq-li   don   ekinlari-   arpa-bug‘doy   bir   kvadrat   metrda
400-500 ta poya, makkajo‘xori don uchun 45-60 ming dona ko‘chat bo‘lsa, yuqori
hosil   olinadi.   Maysalarning   to‘liq   unib   chiqishi   va   keyinchalik   ularning   o‘sishi,
rivojlanishi   hamda   yuqori   hosil   olish   ekish   usuli,   muddati,   me’yori   urug‘likning
yaroqligiga hamda yerni ekishga tayyorlashga va boshqa omillarga bog‘liq bo‘ladi.
3. Qishloq xo‘jalik ekinlarini ekish usullari.
Ekishning optimalь chuqurligi: Agar urug‘ tuproq yuzasi yoki uncha chuqur
bo‘lmagan   yuza   qatlamga   tashlansa   tuproqqa   ozgina   yog‘in   tushishi   bilan   una
boshlaydi, so‘ngra esa tuproq yuza qatlamining qurishi natijasida qiynalib o‘sadi
va   qurib   qoladi.   Tuproq   qatlamida   etarlicha   namlik   bo‘lgan   chuqurlikka   ekish
yerta   va   qiyg‘os   ko‘chatlar   olishga   imkon   byeradi.   Urug‘ni   optimal   ekish
chuqurligi   urug‘ning   o‘lchami,   olinadigan   hosil,   ildiz   tukchalarning   o‘sish
darajasiga bog‘liq holda tanlanadi.
Tariq   va   mayda   tariq   uchun   2-3   sm,   sorgo   va   kungaboqar   uchun   3-5   sm,
g‘o‘za va makkajo‘hori uchun 5 sm, shuningdek koriandr   uchun 7 sm hisoblanadi. 
Ekish   usuli :   ko‘chat   qalinligini   belgilovchi   asosiy   omillardan   biri   ekish
usulidir .   Qurg‘oqchil   tumanlarda   urug‘ni   tuproqning   nam   etarlicha   bo‘lgan
qatlamiga   ekish   uning   me’yorda   unib   chiqishi   va   etuk   nihollar   olishda   muhim
ahamiyatga   ega.   SHu   sabadan   quruq   tuproqqa   ekishdan   ko‘ra   bevosita
yomg‘irdan keyin ekish lozim. Bundan tashqari urug‘ni kyerakli chuqurlikka, yuza
ham   emas,   haddan   tashqari   chuqur   ham   emas,   ekish   kyerak.   Kyerakli   ko‘chat qalinligini   ta’minlash  qatordagi  o‘simliklar  orasidagi  masofani  to‘g‘ri  tanlashga
ham bog‘liq. Qo‘chat qalinligi, o‘simlikni ekish sxemasi va ekish chuqurligi ekish
usuliga   bevosita   bog‘liqdir.   Qurg‘oqchil   tumanlarda   qabul   qilingan   ekish   usuli,
odatda,   seyalkada   ekish   usulidir.   Ko‘chat   usulida   ekish   ayrim   ekinlarni   (g‘o‘za,
tamaki   va   b.)   etishtirishda   qo‘llanilishi   mumkin.   Har   bir   ekish   usuli   o‘ziga   xos
afzallik va kamchiliklarga ega. Ekish usulini tanlashda urug‘ning o‘lchami, ekish
vaqtidagi   tuproq   holati,   ekinlarni   etishtirish   tizim,   hosilning   cho‘g‘i,   ekish
chuqurligi, enyergiya manbai, ekishning narxi va boshqalar hisobga olinadi. 2
 
Xorijning ilg‘or texnologiyalarini dehqonchilikka kirib kelishi va zamonaviy
dehqonchilik   tizimini   shakllanishi   jarayonida   har   bir   tup   o‘simlikning   me’yorda
o‘sish   va   rivojlanishi   uchun   muayyan   ozuqa   maydonining   ahamiyati   o‘ta
muhimdir.  O‘simlik  o‘ziga   xos  yashil   fabrika  hisoblanadi.   Ko‘chatning   me’yorda
o‘sish   va   rivojlanishi   uchun   etarlik   miqdorda   ozuqa   muhitini   yaratib   byerilganda
so‘ng   undan   kutilgan   natijaga   yerishiladi.   Qachonki   o‘simlikning   ildiz   tizimini
yaxshi o‘sib rivojlanishi uchun etarlik ozuqa maydon yaratilar ekan o‘nda o‘simlik
o‘sadi   va   rivojlanadi.   Har   gektar   ekinzordan   kutulgan   hosilni   olish   eng   avvolo
mavjud   o‘simliklar   soni   bilan   belgilanadi.   Bugungi   fyermyer   xo‘jaliklari   oldida
turgan   o‘ta   muhim   vazifalardan   biri   ham   to‘liq   gektar   hosil   qilishdir.   Qachonki
fyermyer   to‘liq   ko‘chat   qalinligiga   yerishar   ekan,   ko‘chatni   parvarishlashdagi
keyingi   agrotexnik   jarayonlar   o‘z   natijasini   byerib   yuqori   hosil   olish   asosini
yaratiladi.   Bekorga   dehqonlarimiz   to‘liq   gektar   yarim   hosil   deb   aytishmagan.
Mavjud   o‘simliklar   sonini   to‘g‘ri   ta’minlash   eng   avvolo   ekish   usullarini   to‘g‘ri
tanlanganligiga   bog‘liq   bo‘ladi.   Dehqonchilikda   ekish   usullarini   to‘g‘ri   tanlash
hisobiga to‘liq gektar hosil qilish asosi yaratiladi.
Urug‘lik   va   ko‘chatni   to‘g‘ri,   tekis   ekilishida   qo‘yilgan     agrotexnik   talablar
o‘ta muhim bo‘lib, ular:
 -dalaning hamma qismida bir xil tekislikni ta’minlanishi;
 -diametri 2-3 sm.dan katta bo‘lgan kesakchalarning bo‘lmasligi;
2
  Chandrasekaran B., Annadurai K., Samasundaram E. A textbook of agronomy. New Delhi. 2010. 230 -
236 бетлар.  -ekishda   qatorlarning   to‘g‘ri   chiziqliligi   va   ular   orasidagi   masofani
aniqligi;
 -ekish agregatining (soshnikni) aniq oraliqda urug‘larni bir tekisda tashlab
ketishi;
 -ko‘chat ekishda ko‘chatlarning mexanik shikastlanmasligi;
 -tuproqqa tushgan urug‘larni bir xil chuqurlikda ko‘milishi;
 -ekish   agregatining   yaxshi   ishlashi   va   urug‘larni   aniq   chuqurlikda
ko‘mishi uchun yumshoq va g‘ovak tuproq qatlami hosil qilinishi;
Yuqoridagi qo‘yilgan talablarga to‘liq amal qilinishi va ekish jarayonini shu
talablardan   kelib   chiqib   to‘g‘ri   tashkillashtirilishi   ekishda   yuqori   samaradorlikka
yerishib, ekin ekishni qisqa va aniq muddatlarda o‘tkazib, to‘liq gektar hosil qilish
asosini yaratib byeradi.
O‘zbekistonda zamonaviy dehqonchilik tizimini joriy etilishi va Respublikaga
xorijning   yuqori   ish   unumiga   ega   bo‘lgan   texnika   hamda   texnologiyalarini   kirib
kelishi ekish jarayoniga bo‘lgan talabni yanada kuchaytirdi. Ana shu talabdan kelib
chiqib ekin ekish usullari hamtakomillashtirildi.
Endilikda  ekinlarning  biologiyasiga,   turiga,  joyning  tuproq  iqlim   sharoitiga,
aniq   turdagi   ekinning   oziqlanish   maydoniga   qarab   ekishning   quyidagi   turlari
tavsiya etiladi.
I. Qator   orasi   ishlanmaydigan   ekinlarni:   yoppasigia   ekish,   yoppasiga
qatorlab   ekish,   tor   qatorlab   ekish,   lenta   usulida   ekish,   egat   tubiga   ekish,   g‘o‘za
qator orasiga ekish.
II. Qator   orasi   ishlanadigan   ekinlarni   keng   qatorlab   ekish:   keng   qatorlab
ekish, qo‘sh qatorlab ekish, egat tubiga ekish, pushtaga ekish.
Yoppasiga   qatorlab   ekish .   Bu   usulda   SD-24,   SZN-24,   kombina-
siyalashtirilgan   SUK-24   va   boshqa   seyalkalarda   arpa,   bug‘doy,   javdar,   suli   va
har xil o‘t urug‘lari   ekiladi. Bunda qator orasi 13-15 sm. o‘simliklar orasi 1,2-1,5
sm bo‘lib, urug‘ oraliqlari har xil  b o ‘ l a d i . Bunday   shar oi t da   o‘ si m liklar-ning   oziqlanish   maydoni   turlicha   bo‘lib,
maysalar   bir   te kis   o‘sib   rivojlanmaydi   va   begona   o‘tlarning   ko‘payishi   uchun
sha roit mavjud bo‘ladi.
Tor qatorlab ekish . Bu usulda SUB-48, CUB-48 va SA-48- markali diskli yoki
soshnikli   seyalkalarda   zig‘ir   raps,   bug‘doy,   javdar   kabi   ekinlar   ekiladi.   Bunda
qatorlar  orasi  6-8 sm, o‘simliklar orasi  3-4 sm  qilib ekiladi. O‘simliklar  qalinligi
birmuncha ortiqroq bo‘lsa ham, oziqlanish maydoni kvadrat shaklga yaqinlashadi.
Natijada o‘simliklar yorug‘lik, namlik va oziq moddalardan yaxshi foydalanib, bir
tekis rivojlanadi, hosildorligi 2-4% ortiq bo‘ladi. 
G‘o‘za   qator   orasiga   ekish .   Bu usulda ekishni amalga oshirishdan oldin hali
paxtasi   to‘liq   tyerib   olinmagan   g‘o‘za   maydonlari   ikki   marta   kuьtivatsiyalanadi.
Kulьtivatsiya   jarayonida   tuproqning   ustki   qatlamida
8-10   sm   yumshoq   va   mayin   tuproq   qatlami   hosil   qilinadi.   Bu   usulda   donli   ekin
urug‘lari-bug‘doy,   arpa   ekiladi.   Bu   usulda   g‘o‘za   qator   orasiga   urug‘   ekadigan
seyalkalar   ishlab  chiqilmagan  bo‘lsada  fyermyerlar   har   xil  ekish  moslamalaridan
foydalanishadi.
Lenta   shaklida   ekish.   Bunda   ikki   yoki   bir   necha   qator   bir-biriga   yaqin   kilib
ekiladi.   Har   qaysi   qatorlar   orasi   o‘simlikning   xususiyatiga   qarab   7-8,   15   sm   bir
qo‘sh   qator   bilan   ikkinchi   qo‘sh   qator   orasi   45-60   sm   bo‘ladi.   Bunday   qatorlar
lenta deyiladi. Ko‘p ekinlar tariq, sabzi, piyoz va boshqalar shy usulda ekiladi. Bu
ekinlar   dastavval   sekin   o‘sadi   va   ularni   begona   o‘t   bosadi.   Lentalar   orasidagi
begona   o‘tlarni   yo‘qotish   uchun   mexanizatsiyadan   foydalanib   qo‘l   mehnatini
kamaytirish   mumkin.   Bu   usulda   ekilgan   ekinlar   (mexanizatsiyadan   keng
foydalanish tufayli) yaxshi o‘sadi va rivojlanadi. Natijada mo‘l hosil etishtiriladi.
E g a t   t u b i g a   e k i s h .   Issiq   va   qurg‘oqchil,   tuproqning   yuza   qatlami   tez
quriydigan hamda tog‘li tumanlarda don ekinlarini egat   ochib, egat tubiga ekish
yaxshi   natija   byeradi.   Bunda   seyalka   sosh niklarining   oldiga   egat   ochadigan
maxsus   panjalar   o‘rnatiladi,   ular   12-15   sm   chuqurlikda,   45   sm   kenglikda   egat
ochadi.   Egat   tubida   to‘plangan   nam   urug‘ning   tez   unishiga   va   maysalar   yaxshi rivojlanishiga   imkon   byeradi.   Bu   tadbirlar   qishda   qorning   yaxshi   saqlanishida,
baxorda esa ekinning shamol ta’siridan himoyalanishida muhim rolь uynaydi.
O‘sish   va   rivojlanish   davrida   qator   orasi   ishlanadigan   ekinlarga   g‘o‘za,
kungaboqar,   makkajo‘hori,   jo‘xori,   lavlagi   va   boshqalar   kiradi.   Bunday
ekinlarning   yaxshi   rivojlaniщi   uchun   oziqlanish   maydoni   kattaroq   bo‘lishi   va
qator   oralari   bir   necha   marta   ishlanishi   kyerak.CHigit   qatorlab   ekilganda
o‘simlikni   parvarish   qilishda   qatorlar   orasini   to‘liq   mexanizatsiya   yordamida
ishlov byerish, begona o‘tlarga qarshi  kurash, oziqlantirish, egat  olish, sug‘orish
va hokazolarni amalga oshirish imkoniyati tug‘iladi.
Keng qatorlab ekish.   Tukli chigitni keng qatorlab ekishda STX-4A va STX-45
markali   seyalkalardan   foydalaniladi.   Katorlar   va   qatordagi   o‘simliklar   orasining
kengligi   har   qaysi   ekinning   biologik   xususiyatiga   qarab   belgilanadi.   Ekinlar
qatorining orasi 90 sm va undan ortiq bo‘lishi mumkin. Qatorlar orasi tor bo‘lsa,
ekinni ishlash qiyinlashadi. Bu usulda ekinlar orasi fakat chopiq qilinadi.
Ke ng   qa t o rl i   sy er uy al ab   ek i s h .   Sug‘oriladigan   dehqonchilik   sharoitida
chigit,   makkajo‘xori,   lavlagi   va   boshqa   ekinlarni   qator   oralarini   60-70   sm,
o‘simliklar orasini esa 10-30 sm dan qilib ekish usuli ko‘llanilmoqda. Ekinlar bu
usulda ekilganda ularning turiga, joylashish qalinligiga va boshqa xususiyatlariga
ko‘ra   tuplar   orasi   xar   xil   bo‘ladi.   Bu   usulda   ekin   qator   oralari   bir   tomonlama
ishlanadi,   xolos.   SHuning   uchun   iqtisodiy   va   agrotexnik   jihatdan   o‘ziga   xos
xususiyatga ega. Tuprog‘i sho‘r, mexanik tarkibi og‘ir yerlarda to‘liqroq ko‘chat
olishda bu usulniig ahamiyati katta.
Ayniqsa   bu   usul   ishchi   kuchi   kam,   yerlari   begona   o‘tlar   bilan   ifloslangan
xo‘jaliklar   sharoitida   yaxshi   samara   byermoqda.   Qatorlar   orasi   bir   tomonlama
ishlangan   o‘simliklarning   ildizi   kam   shikastlanadi,   natijada   vilьt   bilan
kasallanishi kamayadi, ishlab chiqarish vositalari tejaladi, ish unumdorligi ortadi
va mahsulot tannarxi arzonlashadi.
Ilmiy tadqiqot muassasalari va ilg‘or xo‘jaliklar tajribasida chigit qator orasini
60   sm   emas,   balki   90   sm   qilib   ekilganda,   yaxshi   samara   byerishi   aniqlandi.   Bu
usulda   g‘o‘za   agrotexnikasi   va   uni   etishtirish   texnologiyasi   hamda   iqtisodiy   va texnikadan foydalanish masalalari ham aniqlandi. CHigit keng qatorlab ekilganda,
o‘simliklar   yorug‘lik,   issiqlik   va   havodan   yaxshi   foydalanadi,   yaxshi   o‘sib
rivojlanadi va yuqori hosil to‘planishiga imkoniyat yaratiladi.
Urug‘ni   pushtaga   ekish   usuli .   Keyingi   yillarda   tuproqning   tabiiy   nami
etarli   bo‘lmagan   joylarda   chigitni   to‘liq   undirib   olish   maqsadida   yerlar   bahorda
yoki   ekin   ekish   oldidan   sug‘oriladi.   Ekin   ekish   oldidan   yerni   ishlash   sonini
kamaytirish va tuproqdagi namni saqlash uchun ayniqsa, respublikaning janubiy
paxtakor xo‘jaliklarida yerlar pushta olib sug‘o-rilib, yer etilishi bilanoq pushtaga
chigit   ekiladi.   Bu   usul   quyidagicha   amalga   oshiriladi.   Kuzda   yoki   bahorda   yer
holatiga   qarab,   qiyaroq   maydonlarda   16-18   sm,   tekis   maydonlarda   22-24   sm
chuqurlikda pushta olinadi.
Tuproqda   nam   etarli   bo‘lmaganda   chigit   ekilib,   so‘ngra   sug‘orilganda   esa
egatlarni suv bosishi, qalin qatqaloq hosil bo‘lishi natijasida ko‘chat qalinligi bir
tekis   bo‘lmasligi   mumkin.   YUqoridagi   usulda   esa   kayd   qilingan   kamchiliklar
bartaraf   etiladi.   Sug‘orish   vaqtida   egatlar   yaxshi   namlanishi   zarur,   ammo   suv
bosishiga yo‘l qo‘ymaslik kyerak. Pushta tuprog‘i  etilishi  bilanoq chigit ekiladi.
CHigit tabiiy zichlashgan va nami etarli tuproqka ekilganda tez va sog‘lom unib
chiqadi.  Bu  usul   gidromorf,  ya’ni  sizot   suvlar   yuza  joylashgan   yerlarda  ayniqsa
yaxshi   natija   byeradi.   Egatdagi   tuproqning   issiqlik   va   havo   rejimi   tekis   yerga
nisbatan yaxshi bo‘ladi va egat ortiqcha namdan xoli bo‘ladi. 
E k i s h   m u d d a t i .   Ekilgan urug‘likdan to‘liq ko‘chat ko‘chat olish asosi ekish
muddatini   to‘g‘ri   belgilanganligiga   ko‘p   jihatidan   bog‘liq   bo‘ladi.   Har   qanday
holda   ham   ekish   usuli   to‘g‘ri   tanlanib   ekish   muddatiga   rioya   qilinmasa   to‘liq
ko‘chat olib bo‘lmaydi. Dehqonchilik amaliyotida ekish muddatiga rioya qilmaslik
va   bu   muddatni   buzilishi   hisobiga   boshqa   agrotexnik   tadbirlar   to‘g‘ri   ishlab
chiqilgan   holda   ham   to‘liq   ko‘chat   ololmaslik   hollari   uchrab   turibdi.   SHuning
uchun   urug‘ni   ekish   muddati   muhim   ahamiyatga   ega   bo‘lgan   jarayondir   desak
yanglishmaymiz.   Urug‘lik   matyeriali   qanchalik   yuqori   unuvchanlikka   ega
bo‘lmasin   ekish   muddatini   buzilishi   uni   to‘liq   unib   chiqmasligiga   olib   keladi.
Ekish   muddatini   belgilashda   havo   harorati,   tuproqning   mexanik   tarkibi,   tuproq namligi,   ekishni   dalaning   shimoliy   yoki   janubiy   ekspozitsiyasida   o‘tkazish   va
boshqa omillar belgilab byeradi.
O‘zbekiston   sharoitida   yerta   bahorning   injiqliklari,   yomg‘irli   va
namgarchilikning   cho‘zilib   ketishi,   tuproqda   urug‘ni   unib   chiqishi   uchun   etarlik
haroratning etishmasligi, yoxud havo haroratini ko‘tarilib ketishi hisobiga tuproqda
optimal   namlikni   bo‘lmasligi   va   shunga   o‘xshash   sub’ektiv   omillar   urug‘   ekish
muddatini to‘g‘ri belgilashda fyermyerlarni bir oz chalg‘itib qo‘yadi.
Bu   esa   ekish   muddatini   noto‘g‘ri   belgilashga   va   buning   hisobiga   ekish
ishlarini   goh   oldingi   muddatda,   goh   orqaga   surilib   ketishiga   olib   kelib   to‘liq
ko‘chat olmaslikning asosiy sabablaridan bo‘lib chiqadi. Ana shu o‘rinda xalqimiz
orasidan   chiqqan   dehqonu   bog‘bonlarning   kuzatuvchanligi,   qishloq   xo‘jalik
ekinlarini   ekish   muddatlarini   o‘z   kuzatishlari   orqali   to‘g‘ri   belgilab   byerganlari
diqqatga   sazovardir.   Qishi   bilan   dam   olib   chiqqan   shudgorning   ustida   oppoq
bug‘ning paydo bo‘lishi dala ishlari boshlanishidan darak byersa, bir hafta o‘n kun
o‘tib   bu   bug‘ning   to‘xtashi   ekin   ekish   muddatini   kelganligini   bildiradi.   Keksa
dehqonlar   ko‘p   yillik   tajribalari   asosida   shudgorning   har-har   joyidan   kaftlariga
siqim tuproq olib uni tashlaganda sochilib ketishiga qarab ekish muddatini to‘g‘ri
belgilaganlar.   SHuningdek,   alohida   tuproq   namligiga   e’tibor   qaratish   zarur.
YOg‘in-sochin kam  yillari  chigit ekish vaqtida to‘plangan namlik tez yo‘qotilishi
natijasida   to‘liq   ko‘chat   olib   bo‘lmaydi.   Aksincha,   yog‘in-sochin   ko‘p   bo‘lgan
yillarda   esa   ekilgan   chigitlar   etarlik   harorat   ololmaganligi   sababli   unib   chiqishi
kechikadi.   Bunday   hollarda   yerni   ekishga   tayyorlashda   texnikani   kyeragidan
ortiqcha   dalaga   kiritmaslikka   alohida   e’tibor   qaratish   kyerak   bo‘ladi.   Ilg‘or   fan-
texnikani   yutuqlariga   asoslanib   shuni   aytish   kyerakki   tuproqning  ustki   10-12  sm.
qatlamida   12-14   S   haroratning   barqaror   bo‘lishi   urug‘lik   matyerialini   ekish
muddati   etganligidan   dalolat   byeradi.   Aniqroq   qilib   aytganda   Respublika
mintaqalarining   tuproq-iqlim   sharoitidan   kelib   chiqqan   holda,   tukli   chigitlarni
tuproqning   0-10   sm.   chuqurlikdagi   o‘rtacha   harorat   12-14   S   darajaga,
tuksizlantirilgan chigitlarni esa 14-16 darajaga etganda ekishga kirishish maqsadga
muvofiq. Ana shu muddatda ekilgan urug‘lik qisqa muddatda tekis unib chiqadi. Agar   urug‘   optimal   muddatdan   oldinroq   ekilsa,   noqulay   sharoitga   tushib
qolishi, maysalarni  hatto yerta bahorgi  sovuq urib ketishi  mumkin. Agar  kechroq
ekilsa, ekin siyrak bo‘lib qoladi, natijada hosilga katta zarar etadi. Ko‘chat qalinligi
to‘liq   bo‘lmasa,   agrotexnika   qoida-lariga   amal   qilinganda   ham   yuqori   hosil
etishtirib bo‘lmaydi. 
Ma’lumki, chigitni o‘rtacha harorat 12-14°S bo‘lganda ekish kyerak. Tuproq-
iqlim sharoitidan kelib chiqqan holda ko‘p yillik ma’lumotlarga ko‘ra, chigit ekish
ishlarini Surxandaryo viloyatining janubiy tumanlarida 25 martdan 10 aprelgacha,
shimoliy   tumanlarida   1-10   aprelь   oralig‘ida,   Qashqadaryo   vilo-yatining   cho‘l
mantaqasidagi   tumanlarida   1-10,   tog‘oldi   tumanlarida   esa   5-15   aprelda   o‘tkazish
maqbul muddat hisoblanadi.
Qoraqalpog‘iston   Respublikasida   chigit   ekishning   maqbul   muddati   janubiy
tumanlarida   10-20   aprel,   shimoliy   tumanlarida   20-30   aprelь,   Xorazm   viloyatida
10-25 aprelь hisoblanadi.
Bu muddat Toshkent viloyatida 5-15 aprelь, Sirdaryo va Jizzax viloyatlarida
esa 1-15 aprelь oralig‘iga to‘g‘ri keladi.
Samarqand   va   Navoiy   viloyatlarining   tuprog‘i   og‘ir   mexanik   tarkibli,   yuza
qatlami   tezda   qotib   qoladigan   tog‘   oldi   va   yarim   cho‘l   hududlarida
5-12, Buxoro viloyatida 1-10 aprel eng qulay muddatdir.
Farg‘ona   vodiysi   viloyatlarida   chigit   ekishning   maqbul   muddati
1-15 aprelь hisoblanadi. Plyonka ostiga esa 25 martdan 5 aprelgacha ekish kyerak.
Fyermyer   xo‘jaliklarida   tuproqning   mexanik   tarkibi   engil   (qumoq,   qumloq)
yerlarida   birinchi   navbatda,   mexanik   tarkibi   og‘ir   soz   tuproqli   maydonlarga   esa
ikkinchi navbatda chigit ekish yaxshi natija byeradi. 
O‘zbekistonda   chigit   ekiladigan   eng   qulay   muddatlar   quyidagicha
(1.43-jadval).
1.43-jadval
O‘zbekistonda chigit ekish muddatlari (Uz PITI tomonidan tavsiya etilgan optimal
muddatlar, 2015 y.) Viloyatlar Ekish muddatlari
Surxondaryo: janubiy tumanlarda
                      shimoliy tumanlarda
Qashqadaryo: janubiy tumanlarda
                      shimoliy tumanlarda
Qoraqalpog‘iston Respublikasi:
                      janubiy tumanlarda
                      shimoliy tumanlarda
Xorazm                    
Toshkent
Sirdaryo
Jizzax
Samarqand
Navoiy
Buxoro
Andijon
Namangan
Farg‘ona
Andijon viloyatining tog‘li tumanlari 25 martdan 10 aprelgacha
1-10 aprel
25 martdan 10 aprelgacha
1-10 aprelь
10-20
20-30
10-25
5-15
1-15
1-15
5-15
5-15
1-10
1-15
1-15
1-15
5-20
1. Qishloq xo‘jalik ekinlarini ekish me’yori, muddatlari va chuqurligi.
2.
CHigitni   mexanik   tarkibi   og‘ir,   sekin   qiziydigan   tuproqlarda   3-4,   boshqa
barcha   tuproqlarda   4-5   sm   chuqurlikda   ekiladi.   Dalalar   cheti,   simyog‘ochlar
o‘qariqlar   atrofiga   ham   chigit   ekilgandan   keyingina   ekish   yakunlangan
hisoblanadi.
Sutkalik   o‘rtacha   harorat   12°S   bo‘lganda   chigit   ekish   uchun   eng   yaxshi
muddat hisoblanadi. Ana shunda namlik va havo etarli bo‘lsa, 10-15 kunda barcha
maydonda to‘liq ko‘chat etishtirish mum kin. YAxshi   tayyorlangan   yerga   o‘z   vaqtida   ekilgan   chigit   sifatli   parvarish
qilinsa,   ko‘pchilik   maydonlarda   may   oyining   boshlarida   to‘lik   ko‘chat   olish,
mayning   oxirida   shonalatish,   iyunning   ikkinchi   yarmidan   gullatish   va
yertapishar yuqori hosil olish mumkin.
Urug‘   me’yori   unib   chiqishi   uchun   unga   namlik,   issiqlik   va   havo   zarur.
Ekinning   biologik   xususiyatlariga   ko‘ra   bu   sharoitga   talab   har   xildir.   Buni
quyidagi 1.44-jadvaldan ko‘rish mumkin.
1.44- jadval
Har xil ekinlar urug‘ining unib chiqishi uchun zarur harorat
(O‘zPITI va donli ekinlar ilmiy-tadqiqot ma’lumoti.)
Ekinlar turi Biologik minimal tempyeratura
(t0 S)
Urug‘ning unib
chiqishi Maysa
chiqishi
Bug‘doy, arpa, ko‘k no‘xat, china 
No‘xat, lavlagi, maxsar 
Kungaboqar, kartoshka
Makkajo‘hori, soya, tariq 
Loviya, kanakunjo‘t, jo‘xori 
CHigit, sholi, yeryongoq, kunjo‘t  1-2
3-4
5-6
8-10
10-12
12-14 4-5
6-6
7-8
10-11
12-13
14-15
Jadval   ma’lumotlariga   ko‘ra,   janubiy   va   tropik   mamlakatlardan   kelib
chiqqan   o‘simliklar   (sholi,   g‘o‘za   va   boshqalar)   ning   urug‘i   unib   chikishi
uchun   bir-muncha   yuqoriroq   harorat,   shimoldan   kelib   chiqqan   ekinlar   (arpa,
bug‘doy)ning urug‘i unishi uchun birmuncha pastroq tempyeratura zarur ekan.
Urug‘ning   unib   chiqishi   uchun   zarur   bo‘lgan   issiqlikka   qarab   bahorgi
ekinlar ikki guruhga bo‘linadi.
Birinchi   guruhga   yerta   baxorgi   urug‘ining   unishi   uchun   5°S   dan   past
harorat   talab   etadigan   va   maysalari   sovuqqa   chidamli   arpa,   bug‘doy,   suli, xashaki no‘xat, lyupin, no‘t, kungaboqar, qand, lavlagi, gorchitsa, china, ko‘p
yillik va bir yillik o‘tlar (vika, syeradella) va boshqa ekinlar kiradi. Bu ekinlar
ko‘pchilik   tumanlarda   yer   etilishi   bilan,   bahorning   boshi   yoki   o‘rtalarida
ekiladi.
Ikkinchi guruhga issiqsevar, sovuqqa chidamsiz, urug‘ining unishi uchun
8-12 0
S   zarur   bo‘lgan   ekinlar   makkajo‘xori,   paxta,   tariq,   jo‘xori,   sholi,   soya,
loviya,   yeryong‘oq,   kunjo‘t   hamda   barcha   poliz   ekinlari   qovun,   tarvuz,
oshqovoq va boshqalar  kiradi. Bu ekinlar   tuproqning ustki qismi (0-10 sm) 10-
14°S qizi ganda ekiladi.
Makkajo‘xori   ikki   muddatda   bahorda   va   yozda   ekiladi.   YOzgi
makkajo‘xori   takroriy   ekin   sifatida   yoki   kuzgi   arpa,   bug‘doydan   xamda
sabzavot,   yertagi   kartoshkadan   bo‘shagan   ang‘izga   ekiladi.   Bunday   hollarda
ekish   muddati   daladagi   ekinlar   hosili   qaysi   vaqtda   yig‘ib   olinishiga,   ya’ni
dalaning   bo‘shashiga   qarab   belgilanadi.   Bahorgi   ekish   muddati   esa   boshqa
ekinlarniki   singari,   urug‘ning   unishi   uchun   talab   etiladigan   haroratga   karab
belgilanadi.   Makkajo‘hori   tuproq   harorati   8-10°S   bo‘lganda   ko‘kara
boshlaydi.
YUqorida   keltirilgan   ma’lumotlarga   qaraganda,   faqat   optimal   muddatlarda
ekilgan   urug‘lardan   sog‘lom   va   baquvvat   maysalar   chiqishi   mumkin.   SHunga
ko‘ra,   har   bir   dala   uchun   maqbul   ekin   ekish   usulini   va   muddatini   to‘g‘ri
tanlash,  ekish  texnologiyasiga  rioya qilish  to‘liq gektarlar  hosil  qilishda asosiy
omildir.
Ekish me’yori.  Bir gektar yerga ekiladigan urug‘ning og‘irlik  miqdori ekish
me’yori   deyiladi.   Ekish   me’yori   ekinning   turiga,   urug‘ning  absolyut   og‘irligiga,
yirik-maydaligi, unib chiqish darajasiga, tozaligiga, ekish usuliga va boshqalarga
bog‘liq   bo‘ladi.   Bir   gektar   yerga   ekiladigan   urug‘   ming   yoki   million   dona
hisobida ifodalansa, ekish me’yorini yana ham aniqroq tasavvur etish mumkin.
CHigit   ekishda   uning   ekilish   me’yoriga   alohida   ahamiyat   byerish   kyerak
bo‘ladi.   Tukli   chigit   gektari-ga   45-55   kg,   tuksiz   chigitlar   25-30   kg.   miqdorida
ekiladi. Agar chigit qo‘sh qator usulida ekilsa, yakka qatorlarga nisbatan 20-25 kg ko‘proq   urug‘lik   sarflanadi.   SHunday   me’yorlarda   ekilgan   chigitlar   dalada
maqbul ko‘chat qalinligini hosil qilishni ta’minlaydi .  
Ekish   me’yorini   kilogramm   hisobida   quyidagi   formula   bilan   ifodalash
mumkin.
E   =   S x O .
Bunda:  S –bir gektar yerga ekish uchun sarflanadigan konditsion  urug‘lar  so n i;
O– 1000   dona uru g‘ ning vazni.
Agar   1000   dona   sholi   urug‘ining   o‘rtacha   vazni   35   g   bo‘lsa,   bir   gektar
yerdan   5   mln   tup   ko‘chat   olish   uchun   5   mln.   x35   g   =   175   kg   urug‘lik   sholi
ekish   kyerakligi   aniqlanadi.   Urug‘ning   xo‘jalik   jihatdan   yaroqliligi   past
bo‘lsa,   ekish   me’yori   tuzatish   asosida   to‘g‘rilanadi.   Agar   urug‘lik   sholining
xo‘jalikka   yarokliligi   95   %   ni   tashkil   etsa,   gektariga   ekish   me’yori
175 ∗ 100
95 = 184,2
 kilogrammn i tashkil   etadi.
Urug‘   ekish   me’yori,   shu   ekin   ekilayotgan   xo‘jalikning   tuproq-iqlim
sharoitiga,   ekish   muddatiga   va   usuliga   qarab   o‘zgaradi.   Ob-havo   sharoitining
o‘zgarishi, ya’ni yerning syernam yoki quruqligi ekish me’yoriga ta’sir etadi. Ob-
havo noqulay kelsa, ekish me’yori bir oz oshiriladi.
CHigitni   qatorlab   ekishda   har   2-3   sm   ga   bittadan   yoki   xar   1   m   ga
40-50   tadan   tukli   chigit,   uyalab   ekishda   esa   har   uyaga   6-8   tadan   chigit   tashlash
kyerak. Tuksiz chigit keng qatorlab ekilganda har bir  metrga 18-26 ta dan urug‘
tashlanishi lozim. O‘rtacha tolali g‘o‘za navlari uchun ekish me’yori quyidagicha
bo‘lishi tavsiya etiladi  (1.45- jadval).1.45-jadval	
Ekish usuliga ko‘ra chigit ekish me’yori (ga/kg)
Ekish usuli (sm) Tukli chigit Tuksiz chigitni belgilangan
miqdorda ekish
60x10
60x15 40-45
35-40 25-28
22-35 90x10 40-45 22-35
Tavsiya   etilayotgan   bu   o‘rtacha   ekish   me’yori   chigit   ekish   muddatiga,
tuproqning   sho‘rlangan-sho‘rlanmaganligiga,   uyalar   orasiga,   qatorlab
ekilganda   qatorlar   kengligiga   qarab   o‘zgaradi.   SHo‘r   tuproqli   yerlarda   ekish
me’yori   sho‘rlanmagan   tuproqli   yerlardagiga   nisbatan   ortiq   bo‘ladi.   Ekish
me’yori   to‘g‘ri   belgilansa,   har   gektar   yerda   o‘simliklar   tegishli   qalinlikda
bo‘ladi va yuqori hosil etishtiriladi.
Ekish chuqurligi.   Urug‘ me’yori, tekis unib chikishi va maydonlardan to‘liq
ko‘chat olishda ekish chuqurligini to‘g‘ri belgilash katta ahamiyatga ega. Urug‘
ekish chuqurligini belgilashda uning  yirik-maydaligi asosiy rolь o‘ynaydi.
Ekinning ekish usullari uning zichligi begona o‘tga to‘sqinlik qiladi. 
Ekinning rivojlanishi begona o‘t bilan raqobatlashishga butunlay boshqacha
ta’sir   etadi.   Ekinning   rivojlanish   davri   ohirlagan   sari   begona   o‘tlarga   bo‘lgan
raqobatchiligi kamayadi. 3
 
Yirik urug‘li ekinlar-makkajo‘hori, no‘xat, vignani 5-6 sm, mayda urug‘lilar -
beda,   kunjo‘t   va   boshqalarni   1,0-1,5   sm   chuqurlikda   ekish   kyerak.   Ikki   pallali
ekinlar urug‘ini  bir  pallalilarnikiga qaraganda yuzaroq ekish kyerak. CHunki  ular
unib chiqishida urug‘ pallasini ko‘tarib chiqadi. Agar ular belgilangan me’yordan
chuqurroq   ekilsa,   unib   chiqishida   urug‘dagi   oziq   moddalar   ko‘proq   sarflanib,
maysa nimjon bo‘lib qolishiga sabab bo‘ladi.
Ekish chuqurligini to‘g‘ri belgilash muhim masala hisoblanadi, chunki yuqori
xosil   olishda,   o‘simliklarning   boshlangich   davrda   o‘sishi   va   rivojlanishida   katta
ahamiyatga ega.
Urug‘ni   belgilangan   chuqurlikdan   yuza   ekish   ham   ma’qul   emas.   CHunki   u
tuproq yuzasidan quruq qatlamga tushib qoladi va unib chiqishi uchun suv byerish
kyerak   bo‘ladi.   Natijada   maysalarning   chiqishn   kechikadi.   Yirik   urug‘li   donekinlari yuza ekilsa, ular	ni parrandalar eb ketishi mumkin.
3
  Chandrasekaran B., Annadurai K., Samasundaram E. A textbook of agronomy. New Delhi. 2010. 112
бет. Urug‘ni   haddan   tashqari   chuqur   ekish,   maysaning   nimjon   bo‘lishiga
keyinchalik   rivojlanishdan   orqada   qolishiga   sabab   bo‘ladi.   Ayrimlari   umuman
chikmaydi, natijada o‘simliklar siyrak bo‘lib qoladi.
Urug‘   ekish   chuqurligi   uning   unib   chiqishi   uchun   zarur   sharoit   yaratishga
qarab   belgilanadi.   Uning   to‘liq   unishi   uchun   havo,   namlik   va   harorat   zarur.
Ma’lumki,   bu   sharoit   tuproqning   mexanik   tarkibi,   namligiga   va   ekish   muddatiga
qarab o‘zgaradi.
Ilmiy   ma’lumotlarga   va   ishlab   chiqarish   ilg‘orlarining   tajribasiga
asoslanib har bir ekin urug‘ini ekish chuqurligi belgilangan.
Urug‘   ekish   chuqurligi,   har   xil   sabablarga   ko‘ra,   ba’zan   jadvalda
ko‘rsatilgandan   bir   oz   o‘zgarishi   mumkin.   Urug‘   ekish   chuqurligiga   ekish
vaqtidagi   ob-havo   sharoiti   ta’sir   etadi.   Masalan,   agar   bahorda   yog‘ingarchilik
ko‘proq   bo‘lib,   tuproq   syernam   bo‘lsa,   urug‘   yuzaroq   ekilishi   kyerak.   Aksincha,
tuproqdagi   nam   urug‘ning   unishi   uchun   etarli   bo‘lmasa,   u   bir   oz   chuqurroq
ekiladi.
Urug‘   ekish   chuqurligini   belgilashda   tuproqning   mexanik   tarkibini   xam
nazarda   tutish   kyerak.   Mexanik   tarkibi   engil   tuproqli   yerlarda   urug‘   chukurroq,
og‘ir soz tuproqli yerlarda esa yuzaroq ekiladi. Bundan tashqari, ekin yerta bahorda
yuzaroq kech bahorda bir  oz  chuqurroq ekiladi. Nihoyat, urug‘  to‘liq va bir  tekis
unib   chiqishi   uchun   tuproqning   nam   qatlamiga   sifatli   qilib   ekilishi   va   yer   mayda
kesakchali bo‘lishi kyerak. Foydalanilgan adabiyotlar
1.   Chandrasekaran   B.,   Annadurai   K.,   Somasundaram   E.   A   textbook   of
Agronomy. New Delhi. 2010. New a ge Intyernational (p) Limited, Publi-shyers.
                        2 .   Crop   Rotation   on   Organic   Farms:   A   Planning   Manual,   NRAES   177
Charles L. Mohlyer and Sue Ellen Johnson, editors Published by NRAES, July 2009.
3.   Azimboev   S.A.   Dehqonchilik,   tuproqshunoslik   va   agrokimyo   asoslari.
(Darslik). T. Iqtisodiyot-moliya 2006. – 180 b.
4. Mo‘minov K., Azimboev A., Sanaqulov A., Byerdiboev E., Kenjaev YU
Dehqonchilik ilmiy izlanish asoslari bilan. (O‘quv qo‘llanma) – T.: “Turon-iqbol”,
2014. – 240 b.
5.   Artukmetov   Z.A.,   SHyeraliev   X.SH.   Ekinlarni   sug‘orish   asoslari.
(Darslik). T.: O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati. 2007.-312 b. 
6. Norkulov U., SHyeraliev X. Qishloq xo‘jalik melioratsiyasi. (Darslik). T.:
ToshDAU tahr.-nashr. bo‘limi, 2003. – 214 b.
7. To‘xtashev B., Azimboev S., Qarabaeva T., Byerdiboev E., Nurmatov B.
Qishloq   xo‘jalik   melioratsiyasi   va   yer   tuzish   fanidan   amaliy   va   tajribaviy
mashg‘ulotlar.   (O‘quv   qo‘llanma).   -   T.:   “ToshDAU   nashr-tahririyat   bo‘limi”,
2012. – 187 bet.

QISHLOQ XO‘JALIK EKINLARINI EKISH USULLARI. Reja: 1. Qishloq xo‘jalik ekinlarini ekish 2. Qishloq xo‘jalik ekinlarini ekishga qo‘yilgan talablar. 3. Qishloq xo‘jalik ekinlarini ekish usullari. 4. Qishloq xo‘jalik ekinlarini ekish me’yori, muddatlari va chuqurligi.

1. Qishloq xo‘jalik ekinlarini ekish Pushta va egat: Qiyalik bo‘yicha egatlar kengligi 30-45 sm va chuqurligi 15-20 sm qilib olinadi. Yog‘in jadalligi katta bo‘lgan sharoitda suvning ko‘l bo‘lib turib qolmasligi uchun egatlarga suvni yo‘naltirish xavfsiz hisob-lanadi. YOg‘in jadalligi kam bo‘lganda ular suvni yig‘ib olib, o‘zida saqlaydi. Ushbu metoddan o‘rtacha chuqur qatlamli qora tuproqlar va qoramtir-qizil tuproqlar sharoitida foydalanish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Undan g‘o‘za, makkajo‘xori, qalampir, pomidor kabi keng qatorlab ekiladigan ekinlarni etishtirishda foydalanish qulay. Lekin, ushbu metod mayda qizil tuproqlar, sayoz qatlamli qora tuproqlar va qumli, shag‘alli tuproqlar sharoitida foydalanish uchun yaroqsiz hisoblanadi. U shuningdek, yoppasiga ekilgan yoki 30 sm kenglikda tor qatorlab ekilgan ekinlar uchun yaroqsiz hisoblanadi. CHunki, egatlarni olish ekishdan oldin yoki ekish bilan bir vaqtda amalga oshiriladi. Ushbu holatda egatlar olish egat va pushtalar shakllan-tirishning yuqorida qayd etilgan tizimining takomillashtirilgani hisoblanadi, qayerdaki pushtalar egatlar yo‘nalishi bo‘ylab har 2-3 m. da o‘zaro birlashtirilgan. Pushtalarning yana bir o‘ziga xos modifikatsiyasi – bu pushta olishning tasodifiy turi bo‘lib, uzuq-uzuq egatlar kengligi 20-25 sm, uzunligi 45-60 sm va chuqurligi 15 sm bo‘lib, ular ekin ekilgan do‘ngliklar orasida o‘toq qilish jarayonida shakllantiriladi. Pushta va egatlarning o‘ziga xos yana bir modifikatsiyasi bo‘lib tekis dalaga ekinni liniyalab ekish va qishloq xo‘jalik ekinlari qatorlari oraligida egatlar olish hisoblanadi. Oraligi keng bo‘lgan egatlar (BBF): Bu yerda dala chuqurligi 15 sm, kengligi 1,5 m va uzunligi joyning relьefiga qulay bo‘lgan egatlar bilan bo‘lingan holda shakllantiriladi. Donli ekinlar ma’lum masofalarda olingan qatorlarga ekiladi. Bu usul og‘ir qora tuproqlar va qoramtir-qizil tuproqlar sharoitida qo‘llanishga qulay hisoblanadi. Egatlar gradienti 0,6% ni tashkil etadi. Oralig‘i keng bo‘lgan egatlar boshqa metodlarga qaraganda qator afzalliklarga ega. U o‘ziga keng yoki tor qator oraligida etishtiriladigan ekinlarni parvarishlashda qo‘llanishga qulaydir.

U individualь kadrirov ka qilish va i ntyerkroping tizimi uchun yaroqli hisoblanadi.  Egatlar yog‘ingarchilik mav-sumi boshi va yomg‘irli mavsumning ancha kechki bosqichlarida yer usti suv oqimini xavfsiz boshqarishga xizmat qiladi.  Ekishni seyalkalar yordamida amalga oshirishga imkon byeradi .  U traktorga o‘rnatilgan qurollar yoki ish hayvonlari yordamida shakllantirilishi mumkin . Oraligi keng bo‘lgan egatlar olish ekish bilan bir vaqtda amalga oshirilishi mumkin va bu bilan u yog‘ing suvlar tushishi va ekish muddatlari orasidagi kechi-kishni qisqartirishga olib keladi. Ekin ekilmaydigan egatlar – Ekish bilan bir vaqtda yoki bevosita ekishdan keyin chuqurligi 20 sm bo‘lgan chuqur egatlar har 6-8 ekin qatori oralatib olinadi. Egatda hech qanday hosil etishtirilmaydi. Egat va ekish yo‘nalishi qiyalik bo‘yicha olinadi. Egatlar qora va qizil tuproqlar sharoitlarida yog‘och omochlar yordamida olinishi mumkin. 1 2. Qishloq xo‘jalik ekinlarini ekishga qo‘yilgan talablar. Dehqonchilikda o‘ta muhim agrotexnik tadbir bu qisqa muddatda va sifatli qilib ekin (urug‘lik matyerialini) ekish. YUqori agrotexnik talablar asosida ekin ekish va to‘liq gektarlarga ega bo‘lish ekin ekishga qo‘yilgan vazifalar ichida o‘ta muhimi hisoblanadi. Respublika dehqonchiligiga xorijning yangi texnika va texnologiyalari kirib kelayotgan bir paytda ekin ekishga qo‘yilgan talablar tubdan o‘zgardi, desak yanglishmaymiz. Endilikda qishloq xo‘jalik ekinlarini ekish aniq tuproq va iqlim sharoitidan kelib chiqib, qisqa muddatlarda yuqori agrotexnik talablar darajasida amalga oshirishdek muhim vazifa turibdi. O‘tgan asrning 70-80 yillaridek ekin ekishni 30-35 kunlab cho‘zmasdan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilab byerilgan, qisqa muddatlarda (10-15 kun ichida) ekish ishlarini yakuniga etqazish muhim agrotexnik tadbir qilib belgilangan. SHu talabdan kelib chiqib, alohida olingan fyermyer xo‘jaliklari, 1 Chandrasekaran B., Annadurai K., Samasundaram E. A textbook of agronomy. New Delhi. 2010. 230 - 236 бетлар.

agrofirma-lar, tumanlar, viloyatlar hududlaridagi tuproq iqlim sharoitlaridan va boshqa tashkiliy ishlardan kelib chiqib aniq ekish grafiklari ishlab chiqqanlar va ekin ekishni shu grafik asosida tashkil etishdek muhim vazifalar ular zimmasida turibdi. Ekin ekish usuli qo‘yilayotgan talablar jadallashgan dehqonchilik tizimida ilmiy-texnika rivojlanishi asosida doim o‘zgarib boradi. Ekish usullarinnng o‘zgartirilishi samarali bo‘lishi bilan bir qatorda ekinlarning optimal ko‘chat qalinligini ta’minlashi zarur. G‘o‘za ekish usuliga va boshqa sharoitga ko‘ra gektariga 85-120 ming, boshoq-li don ekinlari- arpa-bug‘doy bir kvadrat metrda 400-500 ta poya, makkajo‘xori don uchun 45-60 ming dona ko‘chat bo‘lsa, yuqori hosil olinadi. Maysalarning to‘liq unib chiqishi va keyinchalik ularning o‘sishi, rivojlanishi hamda yuqori hosil olish ekish usuli, muddati, me’yori urug‘likning yaroqligiga hamda yerni ekishga tayyorlashga va boshqa omillarga bog‘liq bo‘ladi. 3. Qishloq xo‘jalik ekinlarini ekish usullari. Ekishning optimalь chuqurligi: Agar urug‘ tuproq yuzasi yoki uncha chuqur bo‘lmagan yuza qatlamga tashlansa tuproqqa ozgina yog‘in tushishi bilan una boshlaydi, so‘ngra esa tuproq yuza qatlamining qurishi natijasida qiynalib o‘sadi va qurib qoladi. Tuproq qatlamida etarlicha namlik bo‘lgan chuqurlikka ekish yerta va qiyg‘os ko‘chatlar olishga imkon byeradi. Urug‘ni optimal ekish chuqurligi urug‘ning o‘lchami, olinadigan hosil, ildiz tukchalarning o‘sish darajasiga bog‘liq holda tanlanadi. Tariq va mayda tariq uchun 2-3 sm, sorgo va kungaboqar uchun 3-5 sm, g‘o‘za va makkajo‘hori uchun 5 sm, shuningdek koriandr uchun 7 sm hisoblanadi. Ekish usuli : ko‘chat qalinligini belgilovchi asosiy omillardan biri ekish usulidir . Qurg‘oqchil tumanlarda urug‘ni tuproqning nam etarlicha bo‘lgan qatlamiga ekish uning me’yorda unib chiqishi va etuk nihollar olishda muhim ahamiyatga ega. SHu sabadan quruq tuproqqa ekishdan ko‘ra bevosita yomg‘irdan keyin ekish lozim. Bundan tashqari urug‘ni kyerakli chuqurlikka, yuza ham emas, haddan tashqari chuqur ham emas, ekish kyerak. Kyerakli ko‘chat

qalinligini ta’minlash qatordagi o‘simliklar orasidagi masofani to‘g‘ri tanlashga ham bog‘liq. Qo‘chat qalinligi, o‘simlikni ekish sxemasi va ekish chuqurligi ekish usuliga bevosita bog‘liqdir. Qurg‘oqchil tumanlarda qabul qilingan ekish usuli, odatda, seyalkada ekish usulidir. Ko‘chat usulida ekish ayrim ekinlarni (g‘o‘za, tamaki va b.) etishtirishda qo‘llanilishi mumkin. Har bir ekish usuli o‘ziga xos afzallik va kamchiliklarga ega. Ekish usulini tanlashda urug‘ning o‘lchami, ekish vaqtidagi tuproq holati, ekinlarni etishtirish tizim, hosilning cho‘g‘i, ekish chuqurligi, enyergiya manbai, ekishning narxi va boshqalar hisobga olinadi. 2 Xorijning ilg‘or texnologiyalarini dehqonchilikka kirib kelishi va zamonaviy dehqonchilik tizimini shakllanishi jarayonida har bir tup o‘simlikning me’yorda o‘sish va rivojlanishi uchun muayyan ozuqa maydonining ahamiyati o‘ta muhimdir. O‘simlik o‘ziga xos yashil fabrika hisoblanadi. Ko‘chatning me’yorda o‘sish va rivojlanishi uchun etarlik miqdorda ozuqa muhitini yaratib byerilganda so‘ng undan kutilgan natijaga yerishiladi. Qachonki o‘simlikning ildiz tizimini yaxshi o‘sib rivojlanishi uchun etarlik ozuqa maydon yaratilar ekan o‘nda o‘simlik o‘sadi va rivojlanadi. Har gektar ekinzordan kutulgan hosilni olish eng avvolo mavjud o‘simliklar soni bilan belgilanadi. Bugungi fyermyer xo‘jaliklari oldida turgan o‘ta muhim vazifalardan biri ham to‘liq gektar hosil qilishdir. Qachonki fyermyer to‘liq ko‘chat qalinligiga yerishar ekan, ko‘chatni parvarishlashdagi keyingi agrotexnik jarayonlar o‘z natijasini byerib yuqori hosil olish asosini yaratiladi. Bekorga dehqonlarimiz to‘liq gektar yarim hosil deb aytishmagan. Mavjud o‘simliklar sonini to‘g‘ri ta’minlash eng avvolo ekish usullarini to‘g‘ri tanlanganligiga bog‘liq bo‘ladi. Dehqonchilikda ekish usullarini to‘g‘ri tanlash hisobiga to‘liq gektar hosil qilish asosi yaratiladi. Urug‘lik va ko‘chatni to‘g‘ri, tekis ekilishida qo‘yilgan agrotexnik talablar o‘ta muhim bo‘lib, ular:  -dalaning hamma qismida bir xil tekislikni ta’minlanishi;  -diametri 2-3 sm.dan katta bo‘lgan kesakchalarning bo‘lmasligi; 2 Chandrasekaran B., Annadurai K., Samasundaram E. A textbook of agronomy. New Delhi. 2010. 230 - 236 бетлар.