logo

LALMIKOR YERLARDA ALMASHLAB EKISH

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

35.2158203125 KB
LALMIKOR YERLARDA ALMASHLAB EKISH
1. Lalmikor yerlarda almashlab ekishning ahamiyati.
2. Lalmi yerlarda qo‘llaniladigan almashlab ekish turlari.
3. G‘alla-moyli ekinlar almashlab ekish tizimining qo‘llash usullari.
4. Kuzgi g‘alladan so‘ng takroriy ekin ekish tartibi. 
  1. Lalmikor yerlarda almashlab ekishning ahamiyati.
Hozirgi davr fan yutuqlari va ilg‘or texnologiyalar surunkali ekilgan g‘alladan
ham   yuqori   hosil   etishtirish   imkoniyatlarni   yaratdi.   AQSH   da   bir   tajriba
maydoniga   1900-yildan   buyon   surunkali   g‘alla   ekiladi,   lekin   hosildorlik   bir
maromda   saqlanmoqda.   CHunki   ekilgan   g‘allaning   ozuqaga   talabi   qondiriladi,
kasallik,   zararkunanda   va   begona   o‘tlarga   qarshi   kurashiladi.   Demak,
g‘allachilikda   almashlab   ekishni   joriy   etish   bilan   birga   uning   imkoniyatlari
chegaralangan   xududlarda   ushbu   tajribalardan   foydalanib   yuqori   don   xosili
etishtirish imkonyatlari mavjud. 
Dehqonchilikning   asosini   almashlab   ekish   tashkil   etadi.   Lalmi   yerlarda
joylashgan fyermyer xo‘jaliklarida yer tuzish, dalalarda almashlab ekish tizimlarini
o‘zlashtirish ishlarini amalga oshirishi lozim.
So‘nggi   o‘n   yilda   lalmi   yerlarda   g‘alla   ekinlari   hosildoriligi     gektariga   3-
10ssentnyergacha,   o‘rtacha   6,5ss/ga   ni   tashkil   etdi.   Bu   holatni   ayrim   hududlarda
almashlab   ekishga   rioya   etilmayotganligi,   dehqonchilik   madaniyatining
pasayganligi,   agrotexnika   talablarining   buzilishi,   o‘g‘itlashga   e’tiborsizlik,
urug‘chilik va o‘simliklarni himoya qilishning samarasiz tizimi, shuningdek lalmi
dehqonchilikning moddiy texnika bazasining susayganligi bilan izohlash mumkin.
Iqtisodiy   tahlillar   lalmikor   yerlarda   bug‘doy   etishtirish   boshqa   ekinlarga
nisbatan bir muncha yuqori samaradorlikka ega ekanligini ko‘rsatmoqda. Bug‘doy
arpaga nisbatan quyi mintaqalarda 20-25 foiz, tog‘ oldi va tog‘li mintaqalarda  25-
30   foiz   ko‘p   hosil   byeradi.   Lalmi   yerlarda   ilg‘or   texnologiyalar   qo‘llanilganda
bug‘doydan   15-20ss/ga   va   undan   ko‘p   don   hosili   olish   mumkinligini   ko‘plab
tajribalar isbotlagan.
Lalmikor   sharoitda   don   shudgor   almashlab   ekish   qo‘llaniladi.   Almashlab
ekishda   ekinlar   ma’lum   dalalarda   navbatlanish   tartibi   buyicha   joylashtiriladi,
bunda   dalalar   soni   2-4   dan   10-12   tagacha   bo‘ladi.   Masalan
10 dalali almashlab ekish bo‘lsa dalalar 10 tacha bo‘lib ekinlar unda navbat bilan
joylashtiriladi.   Bir   qancha   ekin   ekiladigan   almashlab   ekish   dalasiga   dalalar
to‘plami deyiladi. Dalalar to‘plamiga quyidagi talablar qo‘yiladi.
1. Dalalar to‘plami uchun yerga bo‘lgan talab.
2. Ishlov byerish va parvarish qilish tartibi.
3. Ekinlarni tuproq unumdor-ligiga ta’siri.
SHu talablardan kelib chiqqan holda quyidagi dalalar to‘plamini tashkil qilish
mumkin.
1. Qator oralariga ishlov byeriladigan ekinlar.
2. Kuzgi ekinlar (bug‘doy, arpa, jovdar) ekiladigan dala.
3. YOppasiga ekiladigan bahorgi ekinlar dalalari (beda, bug‘doy, arpa, suli va
hokazo)
4. Lalmikor sharoitda almashlab eishda bitta dala toza shudgor holda qoldirib
qolganlariga don ekinlari ekiladi.
Almashlab ekishda o‘tmishdosh ekin muhim ahamiyatga ega.
O‘tmishdosh ekin deb, muayyan dalada oldingi yillarda ekilgan ekin turlariga
aytiladi. O‘tmishdosh ekinlarga qo‘llanila-digan agrotexnik tadbirlar (yerni ishlash,
parvarishlash,   o‘g‘itlash,   sug‘orish   kobilar)   undan   keyin   ekiladigan   ekinlarni
o‘sishi   rivojlanishi   qo‘rsatadi.   SHuning   chun   dalalar   tarixini   bilish   (yillar
davomida   ekilgan   ekin   turi,   agrotexnikasi)   muhim   ahamiyatga   ega.   Bu
ma’lumotlar dala tarixi kitobida qayd qilib boriladi.
Sug‘oriladigan   yerlarda   barcha   ekinlar   uchun   beda   eng   yaxshi   o‘tmishdosh
hisoblanadi.   Lalmikor   sharoitda   esa   toza   shudgor   yaxshi   o‘tmishdoshdir.
Almashlab   ekishning   har   qaysi   dalasida   ma’lum   davr   maboynida   ekinlarning
oldinma keyin navbatlanishiga rotatsiya deb ataladi.
Almashlab ekiladigan dalalar soni rotatsiya yillari soniga to‘g‘ri keladi.
2. Lalmi yerlarda qo‘llaniladigan almashlab ekish turlari
Lalmikor   yerlarda   g‘alla-toza   shudgor,   band   shudgor,   beda   almashlab
ekishning turli tizimlari, sug‘oriladigan yerlarda g‘alla almashlab ekish tizimining
qisqa   rotatsiyali   sxemalari   ishlab   chiqilgan.   Tuproqning   tabiiy   unumdorligini
oshirish,   tuproqqa   ishlov   byerish,   ekish,   o‘g‘itlash,   sug‘orish   kabi   hosil
etishtirishning qulay agrotexnik tadbirlari ilmiy asoslangan. Lalmi   yerlarda   begona   o‘tlarni   yo‘qotishda   g‘alla-shudgor   almashlab   ekish
tizimlarini joriy etish muhimdir.
Begona o‘tlarga qarshi  faqatgina agrotexnik tadbirlarni  qo‘llash bilan yaxshi
natijalarga yerishib   bo‘lmaydi. CHunki ko‘p yillik begona o‘tlarning ildizlari 2-3
metr  va undan ko‘p chuqurlikka etib borishi mumkin. SHuning uchun agrotexnik
tadbirlar   bilan   birga   begona   o‘tlarni   kimyoviy   usul   bilan   o‘toq   qilish   katta
ahamiyatga ega.
Bir rotatsiya ichida yillar va dalalar bo‘yicha navbatlanadigan ekinlar rejasini
qayd   qilingan   jadvalga   rotatsion   jadval   deyiladi.   Ekinlar   guruhining   ro‘yxati   va
ularning navbatlanishi almashlab ekish tizimi (sxemasi) deyiladi.
Lalmi yerlarda surunkali g‘alla ekish, uni organik va minyeral o‘g‘itlar bilan
o‘g‘itlamaslik   hosildorlikni   yog‘ingarchilikka   qarab   3-8ss/ga   ga   kamaytiradi.
Almashlab   ekish   tizimlari   joriy   etilib   har   uch   yilda   bir   marta   toza   shudgor
ko‘tarishdan   oldin   gektariga   10   tonna   mahalliy   va   40   kg/ga   fosfor   solish
tuproqdagi   gumusning   0,5-0,6%   ga   oshishini,   azot,   fosfor   oziqa   moddalarining
barqaror ijobiy balansini yuzaga keltiradi.
Almashlab ekish tizimiga ko‘ra lalmi yerlarda boshoqli don ekinlari salmog‘i
haydaladigan   yerga   nisbatan   60   %   bo‘lishi   talab   etiladi.   Keyingi   davrlarda
Respublika   bo‘yicha   haydaladigan   lalmi   yer   maydonlarining
33,6 % boshoqli don bilan band. Bundan ko‘rinib turibdiki, Respublikada boshoqli
don ekinlari maydonini 1,5-1,8 barobar ko‘paytirish imkoniyatlari mavjud. 
Lalmikor   yerlarda   kuzgi   bug‘doyning   qishga   va   qurg‘oqchilikka   chidamligi
muhim   rol   o‘ynaydi.   Bug‘doyning   qishga   chidamliligi   o‘simlik   o‘sish   fazasiga,
qish ob-havosiga va boshqa omillarga bog‘liq. Kuzda unib chiqqan bug‘doy yaxshi
qishlaydi.   Unib   chiqishi   bahorga   cho‘zilganda   bug‘doyning   turli   darajada
siyraklanishi yuz byeradi. Lalmi yerlarda unib chiqqan bug‘doyning past haroratda
nobud bo‘lishi kamdan kam holatlarda uchraydi.
Lalmi   yerlarda   bug‘doy   deyarli   har   yili   qurg‘oqchilik   ta’siriga   uchraydi.
Ayrim   yillari   tuproqda   namlik   boshoqlash-don   to‘plash   davrlarida   o‘simlik
o‘zlashtira   olmaydigan   darajaga-   5,8   foizga   tushadi.   Tuproq   qurg‘oqchiligi   bilan havo   haroratining   keskin   ko‘tarilishi   (+40oS   dan+42   oS   gacha   va   undan   yuqori)
qo‘shilib bug‘doy hosildorligiga katta salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
O‘tmishdosh.   Lalmi   bug‘doydan   barqaror   yuqori   hosil   olishda   o‘tmishdosh
ekin muhim rol o‘ynaydi.
3. G‘alla-moyli ekinlar almashlab ekish tizimining qo‘llash usullari
Respublikaning   lalmikor   yerlarida   g‘alla,   dukkakli   don,   poliz,   moyli   va   em-
xashak   ekinlardan   mo‘l   va   sifatli   hosil   etishtirishning   asosini   g‘alla-toza   va   band
shudgor, g‘alla-beda almashlab ekishning maqbul tizimlarini qo‘llash tashkil etadi.
Lalmikor   yerlarda   olib   borilgan   ko‘p   yillik   ilmiy   izlanishlar   natijasida   har   bir
mintaqa uchun g‘alla-shudgor almashlab ekishning turli tizimlari ishlab chiqildi:
Tekislik mintaqasida. – 2 dalali (toza shudgor-g‘alla)
Qir-adirlik   mintaqasida-   5   dalali   (toza   shudgor-g‘alla-g‘alla-band   shudgor-
g‘alla). 
Tog‘ oldi va tog‘ mintaqalarda - 6 dalali toza va band shudgor (toza shudgor-
g‘alla-g‘alla-band   shudgor-g‘alla-g‘alla),   chorvachilikka   ixtisoslashgan   fyermyer
xo‘jaliklarida yoki tuprog‘i kuchli yeroziyaga uchragan dalalarda – 10 va 11 dalali
beda-g‘alla   (beda-beda-beda-beda-beda-g‘alla-g‘alla-band   shudgor-g‘alla-g‘alla)
tizimlarini joriy etish tavsiya etiladi. 
Lalmi   yerlarda   haydaladigan   yer   maydonining   60   %   boshoqli   don
(40   %   bug‘doy,   20   %   arpa),   10   %   beda,   30   %   toza     va   band   shudgor   bo‘lmog‘i
lozim.
Tekislik   va   tekislik-balandlik   zonalarning   yuqori   qismida   ekin   ekiladigan
maydonlar   strukturasi   quyidagi   ekinlardan   iborat   bo‘lishi   tavsiya   etiladi   (%
hisobida)   g‘alla ekinlar -55-60, shudgorlar -35-30, izen ь  va -8-10.
Bahorikorlikdagi   tog‘   oldi   va   tog‘   zonalarida      g‘alla   ekinlar
-65-70, shudgorlar -25-20,  beda -10.
Lalmikor dehqonchilik ilmiy tekshirish instituti quyidagi almashlab ekishlarni
tavsiya etadi. Lalmikorlikdagi, qurg‘oqchilik ayniqsa keskin bo‘ladigan tekislik va
tekislik-balandlik   zonasining   pastki   qismi   uchun   quyidagi   besh   dalali   shudgor almashlab   ekish   tavsiya   etiladi    shudgor,   g‘alla   ekinlar,   shudgor,   g‘alla   ekinlar,
g‘alla ekinlar.
Lalmikorlikning tekislik-balandlik zonasining yuqori qismida, tog‘ oldilarida
va tog‘ zonasida shudgor bilan birga qator oralari ishlanadigan ekinlarni almashlab
ekish   tavsiya   etiladi.   Besh   dalali    shudgor,   g‘alla   ekinlar,   g‘alla   ekinlar,
haydaladigan   ekinlar,   g‘alla   ekinlar,   haydaladigan   ekinlar,   g‘alla   ekinlar,   g‘alla
ekinlar.
Lalmikor   zonaga   va   tuproq   xususiyatlariga   qarab   qator   oralari   ishlanadigan
ekinlardan   nut   (jaydari   no‘xot)   oq   jo‘xori,   kungaboqar,   saflar,   kunjut,   poliz
ekinlari,   u   yer-bu   yerda   makkajo‘xori   ekish   bir   yillik   su’niy   o‘tzor   tashkil   etish
mumkin.
4. Kuzgi g‘alladan so‘ng takroriy ekin ekish tartibi
Kuzgi   bug‘doydan   so‘ng   takroriy   ekin   sifatida   loviya   ekilganda   tuproqdagi
organik uglyerod miqdori 0,061 % ga, umumiy azot  miqdori 0,015 % ga, aralash
sidyerat ekinlar (pyerko, suli, ko‘k no‘xat) ekilganda esa organik uglyerod miqdori
0,073 % ga, umumiy azot miqdori esa 0,017 % ga ortganligi kuzatildi. Navbatlab
ekishning   1:1,   kuzgi   bug‘doy+takroriy   ekin   loviya:g‘o‘za   tizimida   takroriy   ekin
sifatida   loviya   ekinini   ekilishi   38,4ss/ga   pahta   hosili   olishni   ta’minlab,   nazorat
variantiga   nisbatan   5,8ss/ga   qo‘shimcha   paxta   hosili   olindi.   Kuzgi   bug‘doydan
so‘ng   xech   qanday   takroriy   ekin   ekilmay   shudgor   qilib   qo‘yilgan   dalaga   ekilishi
natijasida uning vilt kasalligi bilan zararlanish darajasi takroriy va aralash sidyerat
ekin   sifatida   dukkakli-   don   ekinlardan   so‘ng   ekilganga   nisbatan   ortadi.   G‘o‘zani
kuzgi bug‘doy ang‘iziga ekilgan takroriy dukkakli-don (loviya) va aralash sidyerat
ekinlar   (pyerko,   suli,   ko‘k   no‘xat)   dan   keyin   etishtirilganda   uning   vilt   kasalligi
bilan zararlanish darajasi nazoratga nisbatan 36,1-51,1 % ga kamayadi. Navbatlab
ekishning   1:1   tizimi   qo‘llanilganda   kuzgi   bug‘doydan   62,5ss/ga,   takroriy   ekin
soyadan   17,2ss/ga,   loviyadan   20,9ss/ga,   moshdan   12,5ss/ga   don   hosili   olish
evaziga   bir   yilda   bir   maydondan   o‘rtacha   75,0-83,4ss/ga   don   hosili   olish
mumkinligi   aniqlandi.   Aralash   oziqa   ekinlari   (pyerko,   suli,   ko‘k   no‘xat)   iyul
oyining   uchinchi   o‘n   kunligida   ekilganda   urug‘   suvi   byerilgandan   so‘ng   7   kunda to‘liq   undirib   olish   hamda   ularni   qisqa   muddatlarda   parvarish   qilib,   321,2ss/   ga
ko‘k massa  ѐF ki 56,3ss/ga miqdorida pichan hosili olish mumkin. Foydalanilgan adabiyotlar
1.   Chandrasekaran   B.,   Annadurai   K.,   Somasundaram   E.   A   textbook   of
Agronomy. New Delhi. 2010. New a ge Intyernational (p) Limited, Publi-shyers.
                        2 .   Crop   Rotation   on   Organic   Farms:   A   Planning   Manual,   NRAES   177
Charles L. Mohlyer and Sue Ellen Johnson, editors Published by NRAES, July 2009.
3.   Azimboev   S.A.   Dehqonchilik,   tuproqshunoslik   va   agrokimyo   asoslari.
(Darslik). T. Iqtisodiyot-moliya 2006. – 180 b.
4. Mo‘minov K., Azimboev A., Sanaqulov A., Byerdiboev E., Kenjaev YU
Dehqonchilik ilmiy izlanish asoslari bilan. (O‘quv qo‘llanma) – T.: “Turon-iqbol”,
2014. – 240 b.
5.   Artukmetov   Z.A.,   SHyeraliev   X.SH.   Ekinlarni   sug‘orish   asoslari.
(Darslik). T.: O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati. 2007.-312 b. 
6. Norkulov U., SHyeraliev X. Qishloq xo‘jalik melioratsiyasi. (Darslik). T.:
ToshDAU tahr.-nashr. bo‘limi, 2003. – 214 b.
7. To‘xtashev B., Azimboev S., Qarabaeva T., Byerdiboev E., Nurmatov B.
Qishloq   xo‘jalik   melioratsiyasi   va   yer   tuzish   fanidan   amaliy   va   tajribaviy
mashg‘ulotlar.   (O‘quv   qo‘llanma).   -   T.:   “ToshDAU   nashr-tahririyat   bo‘limi”,
2012. – 187 bet.

LALMIKOR YERLARDA ALMASHLAB EKISH 1. Lalmikor yerlarda almashlab ekishning ahamiyati. 2. Lalmi yerlarda qo‘llaniladigan almashlab ekish turlari. 3. G‘alla-moyli ekinlar almashlab ekish tizimining qo‘llash usullari. 4. Kuzgi g‘alladan so‘ng takroriy ekin ekish tartibi.

1. Lalmikor yerlarda almashlab ekishning ahamiyati. Hozirgi davr fan yutuqlari va ilg‘or texnologiyalar surunkali ekilgan g‘alladan ham yuqori hosil etishtirish imkoniyatlarni yaratdi. AQSH da bir tajriba maydoniga 1900-yildan buyon surunkali g‘alla ekiladi, lekin hosildorlik bir maromda saqlanmoqda. CHunki ekilgan g‘allaning ozuqaga talabi qondiriladi, kasallik, zararkunanda va begona o‘tlarga qarshi kurashiladi. Demak, g‘allachilikda almashlab ekishni joriy etish bilan birga uning imkoniyatlari chegaralangan xududlarda ushbu tajribalardan foydalanib yuqori don xosili etishtirish imkonyatlari mavjud. Dehqonchilikning asosini almashlab ekish tashkil etadi. Lalmi yerlarda joylashgan fyermyer xo‘jaliklarida yer tuzish, dalalarda almashlab ekish tizimlarini o‘zlashtirish ishlarini amalga oshirishi lozim. So‘nggi o‘n yilda lalmi yerlarda g‘alla ekinlari hosildoriligi gektariga 3- 10ssentnyergacha, o‘rtacha 6,5ss/ga ni tashkil etdi. Bu holatni ayrim hududlarda almashlab ekishga rioya etilmayotganligi, dehqonchilik madaniyatining pasayganligi, agrotexnika talablarining buzilishi, o‘g‘itlashga e’tiborsizlik, urug‘chilik va o‘simliklarni himoya qilishning samarasiz tizimi, shuningdek lalmi dehqonchilikning moddiy texnika bazasining susayganligi bilan izohlash mumkin. Iqtisodiy tahlillar lalmikor yerlarda bug‘doy etishtirish boshqa ekinlarga nisbatan bir muncha yuqori samaradorlikka ega ekanligini ko‘rsatmoqda. Bug‘doy arpaga nisbatan quyi mintaqalarda 20-25 foiz, tog‘ oldi va tog‘li mintaqalarda 25- 30 foiz ko‘p hosil byeradi. Lalmi yerlarda ilg‘or texnologiyalar qo‘llanilganda bug‘doydan 15-20ss/ga va undan ko‘p don hosili olish mumkinligini ko‘plab tajribalar isbotlagan. Lalmikor sharoitda don shudgor almashlab ekish qo‘llaniladi. Almashlab ekishda ekinlar ma’lum dalalarda navbatlanish tartibi buyicha joylashtiriladi, bunda dalalar soni 2-4 dan 10-12 tagacha bo‘ladi. Masalan 10 dalali almashlab ekish bo‘lsa dalalar 10 tacha bo‘lib ekinlar unda navbat bilan joylashtiriladi. Bir qancha ekin ekiladigan almashlab ekish dalasiga dalalar to‘plami deyiladi.

Dalalar to‘plamiga quyidagi talablar qo‘yiladi. 1. Dalalar to‘plami uchun yerga bo‘lgan talab. 2. Ishlov byerish va parvarish qilish tartibi. 3. Ekinlarni tuproq unumdor-ligiga ta’siri. SHu talablardan kelib chiqqan holda quyidagi dalalar to‘plamini tashkil qilish mumkin. 1. Qator oralariga ishlov byeriladigan ekinlar. 2. Kuzgi ekinlar (bug‘doy, arpa, jovdar) ekiladigan dala. 3. YOppasiga ekiladigan bahorgi ekinlar dalalari (beda, bug‘doy, arpa, suli va hokazo) 4. Lalmikor sharoitda almashlab eishda bitta dala toza shudgor holda qoldirib qolganlariga don ekinlari ekiladi. Almashlab ekishda o‘tmishdosh ekin muhim ahamiyatga ega. O‘tmishdosh ekin deb, muayyan dalada oldingi yillarda ekilgan ekin turlariga aytiladi. O‘tmishdosh ekinlarga qo‘llanila-digan agrotexnik tadbirlar (yerni ishlash, parvarishlash, o‘g‘itlash, sug‘orish kobilar) undan keyin ekiladigan ekinlarni o‘sishi rivojlanishi qo‘rsatadi. SHuning chun dalalar tarixini bilish (yillar davomida ekilgan ekin turi, agrotexnikasi) muhim ahamiyatga ega. Bu ma’lumotlar dala tarixi kitobida qayd qilib boriladi. Sug‘oriladigan yerlarda barcha ekinlar uchun beda eng yaxshi o‘tmishdosh hisoblanadi. Lalmikor sharoitda esa toza shudgor yaxshi o‘tmishdoshdir. Almashlab ekishning har qaysi dalasida ma’lum davr maboynida ekinlarning oldinma keyin navbatlanishiga rotatsiya deb ataladi. Almashlab ekiladigan dalalar soni rotatsiya yillari soniga to‘g‘ri keladi. 2. Lalmi yerlarda qo‘llaniladigan almashlab ekish turlari Lalmikor yerlarda g‘alla-toza shudgor, band shudgor, beda almashlab ekishning turli tizimlari, sug‘oriladigan yerlarda g‘alla almashlab ekish tizimining qisqa rotatsiyali sxemalari ishlab chiqilgan. Tuproqning tabiiy unumdorligini oshirish, tuproqqa ishlov byerish, ekish, o‘g‘itlash, sug‘orish kabi hosil etishtirishning qulay agrotexnik tadbirlari ilmiy asoslangan.

Lalmi yerlarda begona o‘tlarni yo‘qotishda g‘alla-shudgor almashlab ekish tizimlarini joriy etish muhimdir. Begona o‘tlarga qarshi faqatgina agrotexnik tadbirlarni qo‘llash bilan yaxshi natijalarga yerishib bo‘lmaydi. CHunki ko‘p yillik begona o‘tlarning ildizlari 2-3 metr va undan ko‘p chuqurlikka etib borishi mumkin. SHuning uchun agrotexnik tadbirlar bilan birga begona o‘tlarni kimyoviy usul bilan o‘toq qilish katta ahamiyatga ega. Bir rotatsiya ichida yillar va dalalar bo‘yicha navbatlanadigan ekinlar rejasini qayd qilingan jadvalga rotatsion jadval deyiladi. Ekinlar guruhining ro‘yxati va ularning navbatlanishi almashlab ekish tizimi (sxemasi) deyiladi. Lalmi yerlarda surunkali g‘alla ekish, uni organik va minyeral o‘g‘itlar bilan o‘g‘itlamaslik hosildorlikni yog‘ingarchilikka qarab 3-8ss/ga ga kamaytiradi. Almashlab ekish tizimlari joriy etilib har uch yilda bir marta toza shudgor ko‘tarishdan oldin gektariga 10 tonna mahalliy va 40 kg/ga fosfor solish tuproqdagi gumusning 0,5-0,6% ga oshishini, azot, fosfor oziqa moddalarining barqaror ijobiy balansini yuzaga keltiradi. Almashlab ekish tizimiga ko‘ra lalmi yerlarda boshoqli don ekinlari salmog‘i haydaladigan yerga nisbatan 60 % bo‘lishi talab etiladi. Keyingi davrlarda Respublika bo‘yicha haydaladigan lalmi yer maydonlarining 33,6 % boshoqli don bilan band. Bundan ko‘rinib turibdiki, Respublikada boshoqli don ekinlari maydonini 1,5-1,8 barobar ko‘paytirish imkoniyatlari mavjud. Lalmikor yerlarda kuzgi bug‘doyning qishga va qurg‘oqchilikka chidamligi muhim rol o‘ynaydi. Bug‘doyning qishga chidamliligi o‘simlik o‘sish fazasiga, qish ob-havosiga va boshqa omillarga bog‘liq. Kuzda unib chiqqan bug‘doy yaxshi qishlaydi. Unib chiqishi bahorga cho‘zilganda bug‘doyning turli darajada siyraklanishi yuz byeradi. Lalmi yerlarda unib chiqqan bug‘doyning past haroratda nobud bo‘lishi kamdan kam holatlarda uchraydi. Lalmi yerlarda bug‘doy deyarli har yili qurg‘oqchilik ta’siriga uchraydi. Ayrim yillari tuproqda namlik boshoqlash-don to‘plash davrlarida o‘simlik o‘zlashtira olmaydigan darajaga- 5,8 foizga tushadi. Tuproq qurg‘oqchiligi bilan

havo haroratining keskin ko‘tarilishi (+40oS dan+42 oS gacha va undan yuqori) qo‘shilib bug‘doy hosildorligiga katta salbiy ta’sir ko‘rsatadi. O‘tmishdosh. Lalmi bug‘doydan barqaror yuqori hosil olishda o‘tmishdosh ekin muhim rol o‘ynaydi. 3. G‘alla-moyli ekinlar almashlab ekish tizimining qo‘llash usullari Respublikaning lalmikor yerlarida g‘alla, dukkakli don, poliz, moyli va em- xashak ekinlardan mo‘l va sifatli hosil etishtirishning asosini g‘alla-toza va band shudgor, g‘alla-beda almashlab ekishning maqbul tizimlarini qo‘llash tashkil etadi. Lalmikor yerlarda olib borilgan ko‘p yillik ilmiy izlanishlar natijasida har bir mintaqa uchun g‘alla-shudgor almashlab ekishning turli tizimlari ishlab chiqildi: Tekislik mintaqasida. – 2 dalali (toza shudgor-g‘alla) Qir-adirlik mintaqasida- 5 dalali (toza shudgor-g‘alla-g‘alla-band shudgor- g‘alla). Tog‘ oldi va tog‘ mintaqalarda - 6 dalali toza va band shudgor (toza shudgor- g‘alla-g‘alla-band shudgor-g‘alla-g‘alla), chorvachilikka ixtisoslashgan fyermyer xo‘jaliklarida yoki tuprog‘i kuchli yeroziyaga uchragan dalalarda – 10 va 11 dalali beda-g‘alla (beda-beda-beda-beda-beda-g‘alla-g‘alla-band shudgor-g‘alla-g‘alla) tizimlarini joriy etish tavsiya etiladi. Lalmi yerlarda haydaladigan yer maydonining 60 % boshoqli don (40 % bug‘doy, 20 % arpa), 10 % beda, 30 % toza va band shudgor bo‘lmog‘i lozim. Tekislik va tekislik-balandlik zonalarning yuqori qismida ekin ekiladigan maydonlar strukturasi quyidagi ekinlardan iborat bo‘lishi tavsiya etiladi (% hisobida)  g‘alla ekinlar -55-60, shudgorlar -35-30, izen ь va -8-10. Bahorikorlikdagi tog‘ oldi va tog‘ zonalarida  g‘alla ekinlar -65-70, shudgorlar -25-20, beda -10. Lalmikor dehqonchilik ilmiy tekshirish instituti quyidagi almashlab ekishlarni tavsiya etadi. Lalmikorlikdagi, qurg‘oqchilik ayniqsa keskin bo‘ladigan tekislik va tekislik-balandlik zonasining pastki qismi uchun quyidagi besh dalali shudgor