logo

ALMASHLAB EKISHNI LOYIHALASHTIRISH VA JORIY ETISH

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

33.8115234375 KB
  ALMASHLAB EKISHNI LOYIHALASHTIRISH VA JORIY ETISH
1. Almashlab ekishni loyihalashtirish.
2. Almashlab ekishni joriy etish.
3. Dala tarix kitobi.
4. Qisqa rotatsiyali almashlab ekish tizimlarini joriy etish.  1 Almashlab ekishni loyihalashtirish
Fyermyer   xo‘jaliklarida   almashlab   ekishni   o‘zlashtirish   va   joriy   etish   ikki
davrda amalga oshiriladi.
Birinchi   davr   almashlab   ekishni   o‘zlashtirishni,   ya’ni   tashkiliy-xo‘jalik,
agrotexnika   va   yer   tuzish   ishlarini   o‘z   ichiga   oladi.   Har   bir   xo‘jalikda   uning
yunalishi   yoki   ixtisosligi   bo‘yicha   rivojlantirishning   istiqbolli   plani   tuziladi.
Istiqbolli   reja   tuzilayotganda   xo‘jalikning   tabiiy   va   iqtisodiy   sharoitiga   mos
ekinlarning   ratsional   strukturasi   aniqlanadi,   ularning   nisbatiga   muvofiq   dala,   em-
xashak   va   maxsus   almashlab   ekishning   to‘g‘ri   tizimi   ishlab   chiqiladi.   Almashlab
ekishda dalalar soni, ularning maydoni va ekinlar navbatlanishining ilmiy asoslari
aniklanadi.
Xo‘jalik rivojlanishining istiqbolli rejasi, davlat buyurtmasining bajarilishi va
aholini zarur qishloq xo‘jalik mahsulotlari bilan ta’minlashi  va hokazolar nazarda
tutilib,   maydonlardagi   ekinlar   strukturasi   belgilanadi.   Almashlab   ekish   tizimi
ishlab chiqilayotganda xo‘jalikning ishki resurslari va ishlab chiqarish jrayonlarini
mexanizatsiyalashtirish   darajasi   hisobga   olinadi.   Alamashlab   ekish   soni
aniqlanayotganda   xo‘jalikda   qishloqlarning   joylashishi   va   chorvachilik
fyermalarining soni va ularning joylashishi, yer massivlarining tabiiy chegarasi va
boshqa shart- sharoit e’tiborga olinadi.
Almashlab   ekish   dalalari   bitta   massivda   joylashtirilishi   zarur.   Dalalarning
chekkasi yo‘l, ariq va boshqa tabiiy narsalar bilan chegaralanishi lozim. Almashlab
ekish   dalalarining   maydoni   tanlanayotganda   tuproq   tipi,   uning   mexanik   tarkibi,
unumdorligi hamda mehnatni tashkil etishdagi qulayliklar hisobga olinishi kyerak.
Almashlab   ekish   dalasining   maydoni   25-35   ga   bo‘lishi   kyerak.   Bunday   maydon
sug‘orish   suvlaridan   va   texnikadan   samarali   foydalanishni   ta’minlaydi   hamda
ekinlarni   etishtirishda   agrotexnika   tadbirlarini   tabaqalashtirib   amalga   oshirishga
imkon   byeradi.   Almashlab   ekish   tuproq   tipi,   rel ь efi,   dalalarning   madaniyligi,
ekinlarning   biologik   xususiyati   va   ularning   tashqi   sharoitga   munosabati   nazarda
tutilgan holda o‘zlashtiriladi. Almashlab   ekish   tizimining   loyihasini   tuzishdan   oldin   xo‘jalikning   ekin
maydoni   va   foydalanilmayotgan   yerlari   ko‘rib   chiqiladi.   Almashlab   ekish
loyihasini   tuzish   bilan   bir   vaqtda   ekinlar   hosilini   muttasil   ko‘paytiradigan   va
tuproq   unumdorligini   oshiradigan   zarur   agrotexnika   tadbirlari   kompleksi   ishlab
chiqiladi.   Almashlab   ekish   loyihasini   tuzishda   dalalar   massivi   to‘g‘ri
konfiguratsiyali,   ya’ni   texnikadan   to‘liq   foydalanish   uchun   imkoniyati   boricha
to‘g‘ri   to‘rtburchak   shaklda   bo‘lishi   kyerak.   Almashlab   ekish   tizimi
aniqlanayotganda va o‘zlashtirilayotganda tuproq kartasidan va tuproqni tekshirish
ma’lumotlaridan keng foydalaniladi.
Yerlari   shamol   yeroziyasiga   uchragan,   kichik   uchastkali,   tut   daraxtlari   ko‘p
ekilgan   hamda   rel ь efi   notekis   joylarda   almashlab   ekish   maydonlari   kichikroq
bo‘ladi. Bunday yerlar asosan Farg‘ona vodiysi, Samarqand viloyatlaridir.
Almashlab   ekish   sxemalarini   hisobga   olgan   xolda   fyermyer   xo‘jaliklari
tashkil   etilganda,   almashlab   ekishni   joriy   etish   mas’uliyati   ortadi.
Respublikamizdagi paxtachilik va bug‘loy etishtirishga ixtisoslashgan xo‘jaliklarda
o‘rtacha   70   -   80   ga   dan   yer   biriktirilgan,   ammo   ba’zi   fyermyer   xo‘jaliklarida   bu
maydonlar   100-   120   ga   gacha   etadi.   SHu   munosabat   bilan   respublika   bo‘yicha
o‘zlashtirilgan   almashlab   ekishning   asosiy   asosiy   qismi     fyermyer   xo‘jaligi
ichidagi almashlab ekishga aylantirildi. 
2. Almashlab ekishni joriy etish
Respublikamizning   fyermyer   xo‘jaliglari   sharoitiga   ijobiy   yondashib,
loyixalarni   har   tomonlama   muhokama   qilib,   bug‘doy-paxta   almashlab   ekishning
qisqa rotatsiyali sxemalari o‘zlashtirilgan 
Almashlab ekishni joriy etish uchun 2-4 yil, ayrim maxsus almashlab ekishlar
uchun   esa   undan   ham   ko‘proq   vaqt   talab   etiladi.   Agar   ekinlarning   navbatlanishi
qabul qilingan rejabo‘yicha, o‘tmishdoshlardan keyin almashlab ekishga kiritilgan
ekinlar belgilangan maydonlarga ekilsa, almashlab ekish joriy etilgan hisoblanadi.
Almashlab ekishni joriy etish uchun birinchi navbatda quyidagilarni bajarish
lozim:   almashlab   ekish   dalalarining   har   xilligini   tugatish;   har   bir   dalaga
belgilangan   ekinni   qat’iy   joylashtirish;   qabul   qilingan   navbatlashga   muvofiq, o‘tmishdoshlardan   keyin   belgilangan   ekinlarni   ekish;   barcha   almashlab   ekish
dalalarida   yuqori   agrotexnikani   qo‘llash;   ekinlarni   to‘g‘ri   navbatlash   bilan   birga
o‘g‘itlardan   kyerakli   miqdorda   foydalanish   kyerak.   Almashlab   ekishni   joriy
etishda yangi almashlab ekishga o‘tish reja ishlab chiqiladi va u agrotexnika nuqtai
nazaridan asoslanadi.
Almashlab   ekishni   joriy   etish   rejada   (o‘tish   jadvalida)   almashlab   ekish
dalalari   va   yangi   tizimiga   o‘tish   davri   bo‘ylab   qabul   qilingan   ekinlardan
foydalanishning   aniq   tartibi   ko‘rsatilishi   zarur.   Rejada   dalaning   raqami,   maydoni
va   oxirgi   2   yilda   ekilgan   o‘tmishdosh   ekin   ko‘rsatiladi.   O‘tish   davrida   quyidagi
talablarga   rioya   qilish:   ekin   ekish   planini   bajarish;   yordam   ratsional   foydalanish;
ekinlarni   yaxshi   o‘tmishdoshlardan   keyin   ekish;   chorvachilikni   em-xashak   bilan
to‘la   ta’minlash;   texnika   ishlashi   uchun   me’yorl   sharoit   yaratish   va   mehnatni
tashkil   etish   zarur.   Bo‘lardan   tashqari,   har   bir   almashlab   ekish   uchun   yerlarni
ishlash,   o‘g‘itlash   tizimi,   begona   o‘tlar,   zararkunanda   va   kasalliklarga   qarshi
ko‘rash tadbirlari va boshqalar ishlab chiqiladi.
O‘tish   davri   mobaynida   sho‘r,   botqoq   yerlar   yoki   notekis   uchastkalarning
melioratsiya holati yaxshilanadi, yerlar ishlanadi va tekislanadi.
Barcha   ekinlar   belgilangan   o‘tmishdoshdan   keyin   ekilgandagina   almashlab
ekish to‘g‘ri joriy etilgan hisoblanadi. Almashlab ekishning to‘g‘ri joriy etilganligi
har   yili   ikki   marta,   ya’ni   baxorda   bahorgi   ekinlar,   kuzda   esa   kuzgi   ekinlar
ekilgandan keyin tekshirib aniqlanadi.
3. Dala tarix kitobi
Almashlab   ekishni   joriy   etish   davridan   boshlab   xo‘jalikda   dala   tarixi   kitobi
yuritiladi. Bu kitob almashlab ekish dalalari bo‘yicha ekinlarni to‘g‘ri joylashtirish,
parvarish qilish usullarini to‘g‘ri qo‘llash masalalarini hal etishga yordam byeradi
va   har   bir   dala   yoki   uchastkaning   bir   necha   yillik   tarixini   bilishni   taqozo   etadi.
SHuning uchun ham  har  bir  xo‘jalikda dala tarixi  kitobi  yuritiliish  kyerak. Unda,
almashlab   ekish   raqami,   nomi,   qabul   qilingan   ekinlarning   navbatlanish   tartibi,
dalalar maydoni, almashlab ekish maydoni ko‘rsatiladi. Kitobda   har   yili   ekinlarning   haqiqiy   joylashishi   qayd   etiladi   va   besh   yil
mobaynidagisi   ko‘rsatiladi.   Bu   almashlab   ekishlar   xo‘jalik   bo‘yicha   hisobga
olinadi. Almashlab ekishning har bir dalasi bo‘yicha har yili amalga oshirilayotgan
agrotexnika tadbirlari, hosildorlik hamda quyidagi ma’lumotlar:
asosiy haydash muddati, haydash chuqurligi, yerga solingan organik-minyeral
o‘g‘itlar   va   amalga   oshirilgan   agromelioratsiya   tadbirlari;   ekin   ekish   usullari,
me’yori;   dalaning   holati,   ekilgan   ekinning   navi;   ekinlarni   parvarish   qilish   (qator
oralarini ishlash muddati, chuqurligi, begona o‘tlar, zararkunanda va kasalliklarga
qarshi   ko‘rash,   yaganalash)   usullari,   muddati   va   hokazolar;   yerga   solingan
o‘g‘itlarning   turi,   me’yori,   qo‘llash   usuli,   muddati;   hosilni   yig‘ishtirib   olish
usullari, muddati; gektaridan olingan hosil yozib boriladi.
Bo‘lardan   tashqari,   tuproq   unumdorligining   o‘zgarib   borishi   agrokimyo
laboratoriyasi   ma’lumotlariga   asosan   yoritilib   borishi   kyerak.   Kitobni   fyermyer
boshlig‘i yuritadi.
4. Qisqa rotatsiyali almashlab ekish tizimlarini joriy etish
G‘o‘za   seleksiyasi,   urug‘chiligi   va   agrotexnologiyalari   ITI   tomonidan
quyidagi qisqa rotatsiyali almashlab ekish tizimlari tavsiya etilgan.
1.   Tipik   bo‘z   tuproqlar   sharoitida   qisqa   rotatsiyali   almash lab   ekishning  
2:1   (1-yil   g‘o‘za   +   oraliq   ekin   javdar   :   2-yil,   g‘o‘za   :   3-yil,   kuzgi   bug‘doy   +
takroriy   ekin   mosh,   bunda   g‘o‘za   salmog‘i   66,6%,   bug‘doy   33,3%);   2:1   (1-yil
kuzgi bug‘doy + takroriy ekin mosh : 2-yil kuzgi bug‘doy + takroriy ekin mosh +
oraliq ekin javdar : 3-yil g‘o‘za, bunda g‘o‘za 33,3%, bug‘doy 66,6%); 1:1:1 (1-yil
kuzgi bug‘doy + takroriy ekin   mosh + oraliq ekin tritikale : 2-yil g‘o‘za + oraliq
ekin   tritikale   :   3-yil   soya,   bunda   g‘o‘za   33,4%,   bug‘doy   33,3%,   soya  
33,3%);   1:1   (1-yil,   kuzgi   bug‘doy   +   takroriyekin   mosh   +   oraliq   ekin   javdar   :  
2-yil g‘o‘za, bunda g‘o‘za 50,0%, bug‘doy 50,0%) tizimlari.
2.   O‘tloqi-allyuvial   tuproqlar   uchun   1:1:1   (1-yil   kuzgi   bug‘doy   +   takroriy
mosh + oraliq ekin tritikale:2-yil soya : 3- yil g‘o‘za, bunda g‘o‘za 33,4%, bug‘doy
33,3%, soya 33,3%). 3. Takirsimon tuproqdar uchun 1:1:1 (1-yil, kuzgi bug‘doy + takroriy mosh +
oraliq  ekin  tritikale:   2-yil,  g‘o‘za   +  oraliq  ekin  tritikale:   3-yil  soya,   bunda  g‘o‘za
33,4%, bug‘doy 33,3%, soya 33,3%): 1:1:1 (1-yil, kuzgi bug‘doy + takroriy mosh:
2-yil   g‘o‘za   +   oraliq   ekin   tritikale:   3-yil,   soya,   bunda   g‘o‘za   33,4%,   bug‘doy
33,3%,   soya   33,3%);   1:1   (1-yil,   kuzgi   bug‘doy   +   takroriy   mosh   +   oraliq   ekin
javdar: 2-yil g‘o‘za, bunda g‘o‘za 50,0%, bug‘doy 50,0%) tizimlari tavsiya etiladi.
Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdik, nazoratga nisbatan dukkakli don ekinlari
va   g‘o‘zadan   keyin   ekilgan   kuzgi   bug‘doy   hosildorligi   sezilarli   darajada   yuqori
bo‘lgan.   Tajribada   hosildorlik   o‘tmishdoshlarga   bog‘liq   holda   54,4   dan
70.3ss/ga.gacha oshgan. Eng yuqori hosildorlik soyadan keyin (70,3ss/ga) eng past
hosildorlik   nazoratda   kuzatiladi.   Mosh,   loviya,   g‘o‘zadan   keyin   joylashtirilgan
kuzgi   bug‘doy   hosildorligi   mos   holda
 65,8;64;57,9ss/ga ni tashkil etadi. Foydalanilgan adabiyotlar
1.   Chandrasekaran   B.,   Annadurai   K.,   Somasundaram   E.   A   textbook   of
Agronomy. New Delhi. 2010. New a ge Intyernational (p) Limited, Publi-shyers.
                        2 .   Crop   Rotation   on   Organic   Farms:   A   Planning   Manual,   NRAES   177
Charles L. Mohlyer and Sue Ellen Johnson, editors Published by NRAES, July 2009.
3.   Azimboev   S.A.   Dehqonchilik,   tuproqshunoslik   va   agrokimyo   asoslari.
(Darslik). T. Iqtisodiyot-moliya 2006. – 180 b.
4. Mo‘minov K., Azimboev A., Sanaqulov A., Byerdiboev E., Kenjaev YU
Dehqonchilik ilmiy izlanish asoslari bilan. (O‘quv qo‘llanma) – T.: “Turon-iqbol”,
2014. – 240 b.
5.   Artukmetov   Z.A.,   SHyeraliev   X.SH.   Ekinlarni   sug‘orish   asoslari.
(Darslik). T.: O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati. 2007.-312 b. 
6. Norkulov U., SHyeraliev X. Qishloq xo‘jalik melioratsiyasi. (Darslik). T.:
ToshDAU tahr.-nashr. bo‘limi, 2003. – 214 b.
7. To‘xtashev B., Azimboev S., Qarabaeva T., Byerdiboev E., Nurmatov B.
Qishloq   xo‘jalik   melioratsiyasi   va   yer   tuzish   fanidan   amaliy   va   tajribaviy
mashg‘ulotlar.   (O‘quv   qo‘llanma).   -   T.:   “ToshDAU   nashr-tahririyat   bo‘limi”,
2012. – 187 bet.

ALMASHLAB EKISHNI LOYIHALASHTIRISH VA JORIY ETISH 1. Almashlab ekishni loyihalashtirish. 2. Almashlab ekishni joriy etish. 3. Dala tarix kitobi. 4. Qisqa rotatsiyali almashlab ekish tizimlarini joriy etish.

1 Almashlab ekishni loyihalashtirish Fyermyer xo‘jaliklarida almashlab ekishni o‘zlashtirish va joriy etish ikki davrda amalga oshiriladi. Birinchi davr almashlab ekishni o‘zlashtirishni, ya’ni tashkiliy-xo‘jalik, agrotexnika va yer tuzish ishlarini o‘z ichiga oladi. Har bir xo‘jalikda uning yunalishi yoki ixtisosligi bo‘yicha rivojlantirishning istiqbolli plani tuziladi. Istiqbolli reja tuzilayotganda xo‘jalikning tabiiy va iqtisodiy sharoitiga mos ekinlarning ratsional strukturasi aniqlanadi, ularning nisbatiga muvofiq dala, em- xashak va maxsus almashlab ekishning to‘g‘ri tizimi ishlab chiqiladi. Almashlab ekishda dalalar soni, ularning maydoni va ekinlar navbatlanishining ilmiy asoslari aniklanadi. Xo‘jalik rivojlanishining istiqbolli rejasi, davlat buyurtmasining bajarilishi va aholini zarur qishloq xo‘jalik mahsulotlari bilan ta’minlashi va hokazolar nazarda tutilib, maydonlardagi ekinlar strukturasi belgilanadi. Almashlab ekish tizimi ishlab chiqilayotganda xo‘jalikning ishki resurslari va ishlab chiqarish jrayonlarini mexanizatsiyalashtirish darajasi hisobga olinadi. Alamashlab ekish soni aniqlanayotganda xo‘jalikda qishloqlarning joylashishi va chorvachilik fyermalarining soni va ularning joylashishi, yer massivlarining tabiiy chegarasi va boshqa shart- sharoit e’tiborga olinadi. Almashlab ekish dalalari bitta massivda joylashtirilishi zarur. Dalalarning chekkasi yo‘l, ariq va boshqa tabiiy narsalar bilan chegaralanishi lozim. Almashlab ekish dalalarining maydoni tanlanayotganda tuproq tipi, uning mexanik tarkibi, unumdorligi hamda mehnatni tashkil etishdagi qulayliklar hisobga olinishi kyerak. Almashlab ekish dalasining maydoni 25-35 ga bo‘lishi kyerak. Bunday maydon sug‘orish suvlaridan va texnikadan samarali foydalanishni ta’minlaydi hamda ekinlarni etishtirishda agrotexnika tadbirlarini tabaqalashtirib amalga oshirishga imkon byeradi. Almashlab ekish tuproq tipi, rel ь efi, dalalarning madaniyligi, ekinlarning biologik xususiyati va ularning tashqi sharoitga munosabati nazarda tutilgan holda o‘zlashtiriladi.

Almashlab ekish tizimining loyihasini tuzishdan oldin xo‘jalikning ekin maydoni va foydalanilmayotgan yerlari ko‘rib chiqiladi. Almashlab ekish loyihasini tuzish bilan bir vaqtda ekinlar hosilini muttasil ko‘paytiradigan va tuproq unumdorligini oshiradigan zarur agrotexnika tadbirlari kompleksi ishlab chiqiladi. Almashlab ekish loyihasini tuzishda dalalar massivi to‘g‘ri konfiguratsiyali, ya’ni texnikadan to‘liq foydalanish uchun imkoniyati boricha to‘g‘ri to‘rtburchak shaklda bo‘lishi kyerak. Almashlab ekish tizimi aniqlanayotganda va o‘zlashtirilayotganda tuproq kartasidan va tuproqni tekshirish ma’lumotlaridan keng foydalaniladi. Yerlari shamol yeroziyasiga uchragan, kichik uchastkali, tut daraxtlari ko‘p ekilgan hamda rel ь efi notekis joylarda almashlab ekish maydonlari kichikroq bo‘ladi. Bunday yerlar asosan Farg‘ona vodiysi, Samarqand viloyatlaridir. Almashlab ekish sxemalarini hisobga olgan xolda fyermyer xo‘jaliklari tashkil etilganda, almashlab ekishni joriy etish mas’uliyati ortadi. Respublikamizdagi paxtachilik va bug‘loy etishtirishga ixtisoslashgan xo‘jaliklarda o‘rtacha 70 - 80 ga dan yer biriktirilgan, ammo ba’zi fyermyer xo‘jaliklarida bu maydonlar 100- 120 ga gacha etadi. SHu munosabat bilan respublika bo‘yicha o‘zlashtirilgan almashlab ekishning asosiy asosiy qismi fyermyer xo‘jaligi ichidagi almashlab ekishga aylantirildi. 2. Almashlab ekishni joriy etish Respublikamizning fyermyer xo‘jaliglari sharoitiga ijobiy yondashib, loyixalarni har tomonlama muhokama qilib, bug‘doy-paxta almashlab ekishning qisqa rotatsiyali sxemalari o‘zlashtirilgan Almashlab ekishni joriy etish uchun 2-4 yil, ayrim maxsus almashlab ekishlar uchun esa undan ham ko‘proq vaqt talab etiladi. Agar ekinlarning navbatlanishi qabul qilingan rejabo‘yicha, o‘tmishdoshlardan keyin almashlab ekishga kiritilgan ekinlar belgilangan maydonlarga ekilsa, almashlab ekish joriy etilgan hisoblanadi. Almashlab ekishni joriy etish uchun birinchi navbatda quyidagilarni bajarish lozim: almashlab ekish dalalarining har xilligini tugatish; har bir dalaga belgilangan ekinni qat’iy joylashtirish; qabul qilingan navbatlashga muvofiq,

o‘tmishdoshlardan keyin belgilangan ekinlarni ekish; barcha almashlab ekish dalalarida yuqori agrotexnikani qo‘llash; ekinlarni to‘g‘ri navbatlash bilan birga o‘g‘itlardan kyerakli miqdorda foydalanish kyerak. Almashlab ekishni joriy etishda yangi almashlab ekishga o‘tish reja ishlab chiqiladi va u agrotexnika nuqtai nazaridan asoslanadi. Almashlab ekishni joriy etish rejada (o‘tish jadvalida) almashlab ekish dalalari va yangi tizimiga o‘tish davri bo‘ylab qabul qilingan ekinlardan foydalanishning aniq tartibi ko‘rsatilishi zarur. Rejada dalaning raqami, maydoni va oxirgi 2 yilda ekilgan o‘tmishdosh ekin ko‘rsatiladi. O‘tish davrida quyidagi talablarga rioya qilish: ekin ekish planini bajarish; yordam ratsional foydalanish; ekinlarni yaxshi o‘tmishdoshlardan keyin ekish; chorvachilikni em-xashak bilan to‘la ta’minlash; texnika ishlashi uchun me’yorl sharoit yaratish va mehnatni tashkil etish zarur. Bo‘lardan tashqari, har bir almashlab ekish uchun yerlarni ishlash, o‘g‘itlash tizimi, begona o‘tlar, zararkunanda va kasalliklarga qarshi ko‘rash tadbirlari va boshqalar ishlab chiqiladi. O‘tish davri mobaynida sho‘r, botqoq yerlar yoki notekis uchastkalarning melioratsiya holati yaxshilanadi, yerlar ishlanadi va tekislanadi. Barcha ekinlar belgilangan o‘tmishdoshdan keyin ekilgandagina almashlab ekish to‘g‘ri joriy etilgan hisoblanadi. Almashlab ekishning to‘g‘ri joriy etilganligi har yili ikki marta, ya’ni baxorda bahorgi ekinlar, kuzda esa kuzgi ekinlar ekilgandan keyin tekshirib aniqlanadi. 3. Dala tarix kitobi Almashlab ekishni joriy etish davridan boshlab xo‘jalikda dala tarixi kitobi yuritiladi. Bu kitob almashlab ekish dalalari bo‘yicha ekinlarni to‘g‘ri joylashtirish, parvarish qilish usullarini to‘g‘ri qo‘llash masalalarini hal etishga yordam byeradi va har bir dala yoki uchastkaning bir necha yillik tarixini bilishni taqozo etadi. SHuning uchun ham har bir xo‘jalikda dala tarixi kitobi yuritiliish kyerak. Unda, almashlab ekish raqami, nomi, qabul qilingan ekinlarning navbatlanish tartibi, dalalar maydoni, almashlab ekish maydoni ko‘rsatiladi.

Kitobda har yili ekinlarning haqiqiy joylashishi qayd etiladi va besh yil mobaynidagisi ko‘rsatiladi. Bu almashlab ekishlar xo‘jalik bo‘yicha hisobga olinadi. Almashlab ekishning har bir dalasi bo‘yicha har yili amalga oshirilayotgan agrotexnika tadbirlari, hosildorlik hamda quyidagi ma’lumotlar: asosiy haydash muddati, haydash chuqurligi, yerga solingan organik-minyeral o‘g‘itlar va amalga oshirilgan agromelioratsiya tadbirlari; ekin ekish usullari, me’yori; dalaning holati, ekilgan ekinning navi; ekinlarni parvarish qilish (qator oralarini ishlash muddati, chuqurligi, begona o‘tlar, zararkunanda va kasalliklarga qarshi ko‘rash, yaganalash) usullari, muddati va hokazolar; yerga solingan o‘g‘itlarning turi, me’yori, qo‘llash usuli, muddati; hosilni yig‘ishtirib olish usullari, muddati; gektaridan olingan hosil yozib boriladi. Bo‘lardan tashqari, tuproq unumdorligining o‘zgarib borishi agrokimyo laboratoriyasi ma’lumotlariga asosan yoritilib borishi kyerak. Kitobni fyermyer boshlig‘i yuritadi. 4. Qisqa rotatsiyali almashlab ekish tizimlarini joriy etish G‘o‘za seleksiyasi, urug‘chiligi va agrotexnologiyalari ITI tomonidan quyidagi qisqa rotatsiyali almashlab ekish tizimlari tavsiya etilgan. 1. Tipik bo‘z tuproqlar sharoitida qisqa rotatsiyali almash lab ekishning 2:1 (1-yil g‘o‘za + oraliq ekin javdar : 2-yil, g‘o‘za : 3-yil, kuzgi bug‘doy + takroriy ekin mosh, bunda g‘o‘za salmog‘i 66,6%, bug‘doy 33,3%); 2:1 (1-yil kuzgi bug‘doy + takroriy ekin mosh : 2-yil kuzgi bug‘doy + takroriy ekin mosh + oraliq ekin javdar : 3-yil g‘o‘za, bunda g‘o‘za 33,3%, bug‘doy 66,6%); 1:1:1 (1-yil kuzgi bug‘doy + takroriy ekin mosh + oraliq ekin tritikale : 2-yil g‘o‘za + oraliq ekin tritikale : 3-yil soya, bunda g‘o‘za 33,4%, bug‘doy 33,3%, soya 33,3%); 1:1 (1-yil, kuzgi bug‘doy + takroriyekin mosh + oraliq ekin javdar : 2-yil g‘o‘za, bunda g‘o‘za 50,0%, bug‘doy 50,0%) tizimlari. 2. O‘tloqi-allyuvial tuproqlar uchun 1:1:1 (1-yil kuzgi bug‘doy + takroriy mosh + oraliq ekin tritikale:2-yil soya : 3- yil g‘o‘za, bunda g‘o‘za 33,4%, bug‘doy 33,3%, soya 33,3%).