logo

DORIVOR O’SIMLIKLAR VEGETETIV KO’PAYTIRISH USULLaRI

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

29.9306640625 KB
DORIVOR O’SIMLIKLAR VEGETETIV KO’PAYTIRISH USULLaRI
Reja:
1. Daraxt turlari va butalar ko‘chatini yetishtirish 
2. Ko‘kalamzorlashtirish uchun ko‘chat yetishtirish 
3. Dorivor  buta ko‘chatlarini yetishtirish Ildizi   yaxshi   rivojlangan   yirik,   baquvvat   ko‘chat   yetishtirish   uchun
ko‘chatzorda   urug‘ko‘chatlarni   ekib   o‘stirib   olinadigan   ko‘chat   (sajenes)   bo‘limi
bo‘ladi.   Bu   bo‘limda   o‘rmon   barpo   etish,   himoya   o‘rmonzorlari   yaratish   va
ko‘kalamzorlashtirish ishlari uchun ko‘chat yetishtiriladi. Bu ko‘chatlardan o‘rmon
barpo   etishda   foydalanish   istiqbolli   hisoblanadi.   Yirik   ko‘chatlardan   foydalanib
barpo   yetilgan   sun’iy   o‘rmonzorlarni   yetishtirish   muddati   ko‘chatzordagi
parvarishlash   ishlari   hisobiga   qisqaradi.   Ko‘chatzorda   yirik   ko‘chatlarni
yetishtirish   agrotexnikasidagi   texnik   jarayonlarni   mexanizatsiyalashtirish   sun’iy
o‘rmonzorlarni   birinchi   yillarida   parvarishlashdagi   ish   jarayonlarini
mexanizatsiyalashtirishga   nisba tan   yengil   va   kam   sarf-xarajatli   bo‘ladi.   Yuqori
agrotexnik   ishlov   berib   yetishtirilgan   ko‘chatlar   doimiy   o‘sish   joyiga   ko‘chirib
o‘tkazilganda yaxshi  tutib qoladi va o‘sib-rivojlanadi. Urug‘ko‘chatlarga nisbatan
ko‘chatga   tutib   qolishi   uchun   kam   vaqt   talab   qilinadi,   qisqa   vaqt   ichida   o‘sib-
rivojlanish   fazasiga   o‘tadi   hamda   begona   va   yovvoyi   o‘simliklarga   qarshilik
ko‘rsatib o‘sadi.
Ko‘chatlardan   foydalanib   barpo   etilgan   o‘rmonlarning   afzalligi   ularning
urug‘ko‘chatlarga   nisbatan   yaxshi   rivojlanganligidadir.   O‘simlikning   yer   ustki
qismi   bilan   ildiz   tizimining   hamda   assimila-   tsiya   apparati   va   oziqlantiruvchi
ildizlarning optimal nisbatiga ega bo‘lishi ko‘chatlar sifatini ta’minlaydi.
Ko‘chat   yetishtirish   uchun   belgilangan   maydonga   nimjon   urug‘ko‘chatlar
ko‘chirib   o‘tqaziladi.   Ildizi   qisman   qirqilgandan   keyin   regeneratsiya   bo‘lishi
ularning   ildiz   tizimini   bir   xil   yoshdagi   urug‘ko‘chatlarga   nisbatan   tarmoqlanib
ixcham shakllanishiga olib keladi. Bu ko‘chirib, doimiy joyga o‘tqazilganda yaxshi
tutib qolishini ta’minlaydi.
Ko‘chatzorda   ko‘chatlarni   o‘stirish   doimiyligi   ularni   kelajakda   foydalanish
maqsadi bilan belgilanadi. O‘rmon barpo etish uchun ko‘chatlar 2-4 yil davomida
o‘stiriladi,   ko‘kalamzorlashtirish   maqsadida   foydalanish   uchun   esa   daraxtlar
ko‘chati 6-12 yil, butalar ko‘chati 2-3 yil o‘stiriladi.
Ko‘chatlarni   o‘stirish   davomida   ularning   oziqlanish   maydonini   kengaytirib
borish   bilan   uch   marotabagacha   ko‘chirib   o‘tqaziladi.   Bu   maqsadda   birinchi, ikkinchi   va   uchinchi   dalalar   tashkil   etiladi.   Birinchi   dalaga   1-2   yoshli
urug‘ko‘chatlar   0,9x0,3   m   sxemada   ko‘chat   qilinadi.   Ikkinchi   dalaga   3-4   yoshli
ko‘chatlar   1x1 m   yoki  1,5x1,5  m  sxemada  ko‘chirib o‘tqaziladi. Uchinchi  dalaga
esa 6-8 yoshli ko‘chatlar 3x2 m sxemada o‘tqazilib parvarishlanadi.
Dalalarga   o‘tqazilishidan   oldin   ko‘chat   materiallari   saralanadi,   shikastlangan
ildizlar   qirqiladi.   Sernam   tuproqli   hududlar   uchun   ildiz   tizimi   15-25   sm   gacha,
namlik   tanqis   bo‘lgan   hududlar   uchun   20-30   sm   gacha   qisqartirilib   qirqiladi.
Qirqilgan ildizlar chirindi yoki torf bilan tuproqning suvli eritmasiga botiriladi. Bu
eritmaga   geteroausin   yoki   boshqa   o‘stiruvchi   moddalar   qo‘   shilishi   mumkin.
Ko‘chat   yetishtiriladigan   dalalardagi   tuproq   urug‘ko‘chat   yetishtirish
bo‘limidagiga   nisbatan   chuqur   ishlanadi,   almashlab   ekish   dalalardagi   tuproqqa
ishlov berish tizimi esa urug‘ko‘chat yetishtirish bo‘limidagi kabi qo‘llaniladi.
Ko‘chat   o‘stirish   dalalarida   tuproqqa   ishlov   berish   chuqurligi   o‘stiriladigan
ko‘chatning ildiz tizimining kattaligiga bog‘liq. Birin chi daladagi asosiy haydash,
o‘rmon va o‘rmon cho‘l mintaqalarida 30-35 sm, dasht mintaqalarida esa 35-40 sm
chuqurlikda bajariladi. Ikkinchi dalada mos holda 35-40 sm va 40-50 sm, uchinchi
dalada   esa   45-50   sm   va   55-60   sm   chuqurlikda   ishlanadi.   Haydash   chuqurligi
qanday bo‘lishidan qat’i nazar tuproqning 20-30 sm qatlamiga o‘g‘it beriladi, ya’ni
ko‘chat ildizlarining asosiy qismi joylashgan tuproq hajmi o‘g‘itlanadi.
Tuproqqa   ekish   oldidan   ishlov   berish   urug‘ko‘chat   yoki   ko‘chatni   o‘tqazish
chuqurligida   qatlam   ag‘darilmasdan   bajariladi.   Birinchi   dalada   urug‘ko‘chat   yoki
ildiz olgan qalamchalarni o‘tqazish uchun tuproq 25-30 sm chuqurlikda PLN-4-35
(ag‘dargich)   yordamida   yumshatiladi,   keyin   boronalanadi.   Ikkinchi   va   uchinchi
dalalarda   ko‘chat   o‘tqazish   uchun   tuproq   45-50   sm   chuqurlikda   ag‘dargichsiz
plantajli   plug   yordamida   yumshatish   bilan   birga   boronalanadi.   Bulardan   tashqari
tuproqqa   ekishdan   oldin   ishlov   berishlar   joyni   tekislash   va   frezalar   (FP-2,   FPSh-
1,3)   yordamida   yumshatish   ishlarini   o‘z   ichiga   oladi.   Ko‘chat   o‘stirish   dalalariga
yaproqbargli daraxt turlarining ko‘chatlari bahorda va kuzda, ignabarglilar, odatda,
bahorda   o‘tqaziladi.   Bahorda   o‘tqazilganda   barg   chiqarmasdan   oldin,   kuzda   esa barglar   to‘kilgandan   keyin   o‘tqaziladi.   O‘tqazish   muddatlari   belgilangan   iqlim
sharoitidan va o‘simlikning biologik xususiyatlaridan kelib chiqib aniqlanadi.
Daraxt   va   butalarning   ko‘chatlarini   dalalarda   tartibli   aralashtirilgan   holatda
joylashtirib   o‘stirish   mumkin.   Bu   yerda   uzoq   muddat   4-12   yil   davomida
o‘stiriladigan   daraxt   ko‘chatining   qatorlar   oralig‘i   2,1-3,0   m   masofada
joylashtirilib o‘stiriladi. Ularning qator oralariga 2-3 yil o‘stiriladigan buta turining
ko‘chati   o‘tqaziladi.   Natijada   daraxt   turi   ko‘chatini   o‘stirishning   bir   rotatsiyasi
davomida   buta   ko‘chati   ikki   va   undan   ortiq   rotatsiyani   o‘taydi.   Butalar
ko‘chatlarining   bir   necha   marotaba   qazib   olinishi   oqibatida   asosiy   daraxt   turi
ko‘chatining ildizchalari qirqiladi tarmoqlanib shakllanadi.
Ko‘chat   o‘stirish   dalalarida   ko‘chatlar   o‘rmon   barpo   etish   maqsadida   o‘stirish
natijasida quyidagi sxemada joylashtiriladi:
- bir yillik ko‘chatlar uchun 0,6-0,7 m x 0,2 m;
- ikki yillik urug‘ko‘chatlar uchun 0,3 x 0,3 m;
- butalar va qalamchalash bo‘limi uchun 0,6-0,12 m.
Ko‘chat   o‘stirish   dalalariga   ko‘chatlar   SShN-3   ko‘chat   o‘tqazish   mashinalari
yoki LPA agregati yordamida o‘tqaziladi. Ko‘chat o‘tqazish bilan birga ariq olish
uchun SShN-3 mashinasiga qo‘shimcha tarzda soshnik o‘rnatiladi.
Ekish   oldidan   urug‘ko‘chatlar   saralanadi.   O‘tqazish   uchun   ajratilgan
ko‘chatlarning singan va shikastlangan ildizlari bog‘ qaychisi yordamida kesiladi.
Urug‘ko‘chatning   ildiz   tizimi   ekish   chuqurligidan   katta   bo‘lgan   holda   ular
qisqartiriladi. Ildiz uzunligi 25 sm dan kam bo‘lmasligi kerak. Ildizlar o‘tqazishdan
oldin   chirindining   suvli   eritmasi   botiriladi.   O‘simlik   yaxshi   tutib   qolishi   va   o‘sib
rivojlanishi   uchun   chirindi   eritma   geteroauksinning   0,002%   li   eritmasida
tayyorlanadi. Urug‘ko‘chat o‘tqazilgandan keyin uning ildizlari joylashgan tuproq
zichlashtiriladi.   Urug‘ko‘chatlar   ildiz   bo‘yni   tuproq   keyinchalik   zichlashishini
hisobga olib tuproq yuzasidan 2-3 sm chuqurlikda joylashtiriladi.
Yaproqbargli   daraxtlarning   urug‘ko‘chatlarini   o‘tqazish   bilan   birga   shox-
shabbalari   qisqartirilib   qirqiladi.   Yer   ustki   qismini   sovuq   urgan   holda   ular
shtambidan qirqiladi. O‘tqazilgan o‘simlik yuqori darajada tutib qolishiga erishish uchun ko‘chatlarni
o‘tqazish   davrida   ildizning   qurib   qolishini   oldini   olish,   ildiz   tizimi   to‘g‘ri
joylashtirilib atrofidagi tuproqlarning zichlanish, ekish chuqurligiga amal qilinishi
zarur.
Dalalarga ekilgan ko‘chatlarni parvarishlash ishlari sug‘orishni, tuproqni vaqti-
vaqti bilan yumshatishni, yovvoyi o‘tlardan tozalashni, qo‘shimcha oziqlantirishni,
shtamb   va   shoxlarni   shakllantirishni   hamda   kasallik   va   zararkunandalarga   qarshi
kurashishni   o‘z   ichiga   oladi.   Urug‘ko‘chatlar   o‘tqazilishi   bilan   sug‘oriladi.
O‘zbekistonning   issiq   iqlim   sharoitida   sug‘orishga   katta   ahamiyat   beriladi.
Ko‘chat- ning ildiz tizimi egallagan chuqurlikkacha tuproqni zaxlatadigan birinchi
sug‘orish   ko‘chatning   suvga   bo‘lgan   talabini   qondirish   bilan   birga   ildiz   tizimi
atrofidagi   tuproqlarning   zichlashishini   ta’minlaydi.   Ushbu   davrda   tuproqda
namlikning yetishmasligi ko‘chatlarning nobud bo‘lishiga olib keladi.
Bir   yoshli   ko‘chat   dalalari   o‘sish   davrida   8-10   marotaba;   aprel   oyida   bir-ikki,
may,   iyun   va   iyul   oylarida   ikki   marotabadan,   avgust   oyida   bir-ikki   marotaba
sug‘oriladi.
Ikki   yoshli   ko‘chat   dalalari   o‘sish   davrida   besh-olti   marotaba,   uchinchi-
to‘rtinchi yillari to‘rt-besh marotaba sug‘oriladi.
Har bir sug‘orishdan ikki-uch kun keyin qator oralari yumshatiladi va yovvoyi
o‘tlardan tozalanadi. Qatordagi ko‘chatlar atrofi qo‘l mehnati bilan o‘sish davrida
uch-to‘rt marotaba yumshatiladi.
Ko‘chatlar yaxshi tutib olgandan keyin qo‘shimcha oziqlantiriladi. Vegetatsiya
davridagi   intensiv   o‘sish   vaqtida   ko‘chatlar   ikki-uch   marotaba   qo‘shimcha
oziqlantiriladi.   Qo‘shimcha   oziqlantirish   me’yori   ko‘chatlarning   unga   bo‘lgan
ehtiyojidan, tuproqdagi oziq moddalar tarkibidagi hamda tuproqqa berilgan asosiy
o‘g‘it miq- doridan kelib chiqib aniqlanadi.
Ko‘kalamzorlashtirish uchun ko‘chat yetishtirish
Ko‘kalamzorlashtirish   maqsadida   o‘stirilgan   ko‘chatlarning   shox-   shabbalari
to‘g‘ri   shakllangan,   to‘g‘ri   shtambli   va   ildiz   tizimi   yaxshi   tarmoqlangan   bo‘lishi kerak. Bunday daraxt ko‘chatlari dalalarda daraxt turi va ko‘chatlardan foydalanish
maqsadiga bog‘liq holda
4-8   va   undan   ortiq   yil,   butalar   esa   2-3   yil   mobaynida   parvarishlab   o‘stiriladi.
O‘stirish muddati 4 yildan ortiq bo‘lgan ko‘chatlar ikkinchi dalaga, 8 yildan ortiq
bo‘lganlari esa uchinchi dalaga ko‘chirib o‘tqazib parvarishlanadi.
Yirik   ko‘chatzorlarda   shtambli   daraxt   ko‘chatlarining   birinchi   va   ikkinchi
dalalari   va   buta   ko‘chatlari   o‘stiriladigan   dalalar   alohida-   alohida   rejalashtiriladi,
almashlab ekish tizimi alohida shakllantiriladi.
Daraxt   shtambli   ko‘chatlarining   birinchi   dalasiga   va   buta   ko‘chatlarining
dalasiga   bahorda   bir-ikki   yoshli   urug‘ko‘chatlar   va   ildiz   olgan   qalamchalar
o‘tqaziladi. Ikkinchi dalaga esa 4 yoshli ko‘chatlar o‘tqaziladi.
Yengil   tarkibli   tuproqlarda   ko‘chatlar   faqat   kuzda   o‘tqaziladi.   Ig-   nabargli   va
boshqa issiqsevar daraxt va buta turlari bahorda o‘tqazilishi tavsiya etiladi. Kuzda
o‘tqazilganda ularning ildizini sovuq urushi mumkin.
Dalalarga   yaxshi   rivojlangan   urug‘ko‘chat   va   ko‘chatlar   o‘tqaziladi.
O‘tqazishdan oldin urug‘ko‘chatning ildizi 18-20 sm, ko‘chatning ildizi 35-40 sm
uzunlikda qoldirilib, ortiqchasi qirqiladi va chirindining suvli eritmasiga botiriladi.
O‘simliklar   dalalarga   quyidagi   sxema   bo‘yicha   o‘tqaziladi:   birinchi   dalaga
0,4x0,9 yoki 0,4x1,5 m; ikkinchi dalaga 1,5x1,5 yoki 1,75x1,75 m; butalar dalasiga
0,3x0,9   yoki   0,2x0,8   m.   Birinchi   dalaga   ko‘chatlar   SShN-3   ko‘chat   o‘tqazish
mashinasida,   ikkinchi   dalaga   MPS-1   yoki   KYaU-100   va   KPYaSh-60   mashina
mexanizmlari   yordamida   o‘tqaziladi.   Ko‘chatlar   qo‘l   mehnati   yordamida
o‘tqazilganda chuqurlar 40x40x40 sm kattalikda oldindan tayyorlanadi.
Yirik   mexanizatsiyalashtirilgan   ko‘chatzorlarda   kombinatsi-   yalashtirilgan
holatda,   ya’ni   bir   dalada   turli   yoshdagi   daraxt   ko‘chati   bilan   birga   buta   ko‘chati
joylashtirilib o‘ stiriladi. Bunda daraxt  ko‘chatlari  qatorining oraliq masofasi  2,1-
2,8   m,   buta   ko‘chatlarining   qator   oraliqlaridagi   masofa   esa   70-70   sm   ga   teng
bo‘ladi.
Yagona   texnologik   jarayonda   va   bir   xil   almashlab   ekish   tizimida   daraxt   va
butalarning urug‘ko‘chatini dalalarga mexani- zatsiyalashtirilgan (SShN-3) holatda o‘tqazish   mumkin.   Bu   holda   qatorlar   oraliqlaridagi   tuproq   kultivator   yordamida
ishlanadi,   daraxt   ko‘chatlarini   VPN-2   plugi   va   buta   ko‘chatlarini   NVS-1,2   skoba
yordamida qazib olish mumkin.
Kombinatsiyalashtirilgan   texnologik   jarayon   bir   rotatsiya   davrida   sekin
o‘suvchi daraxt ko‘chatlarini bir, tez o‘suvchilarni ikki, butalar ko‘chatlarini ikki-
uch marotaba takroriy o‘stirish imkoniyatini beradi. Daraxt va buta ko‘chatlarining
miqdoriy   nisbati   taxminan   1:7   ga   teng,   bu   yashil   qurilish   talablariga   to‘laligicha
javob beradi.
Buta   ko‘chatlarini   takroriy   o‘stirishda   qator   oralaridagi   tuproq   kuzgi   shudgor
tizimida tayyorlanadi va ko‘chat o‘tqazish mashinalarida ekiladi. Qator oralaridan
buta  ko‘chatlarini  ikki-uch  marotaba   NVS-1,2  skoba   yordamida  qazib  olish  bilan
birga   daraxt   ko‘chatlarining   yon   tomonga   o‘sayotgan   ildizlari   qirqiladi,   natijada
popuk  ildiz  tizimiga   ega  bo‘lgan   ko‘chat  shakllanadi.  Bu   usul  esa   sekin  o‘suvchi
daraxt   turlarining   ildiz   tizimini   rivojlantirish   uchun   birinchi   daladan   ikkinchi
dalaga ko‘chirib o‘tqazishni talab qilmaydi.
Ko‘chatlarning   qator   oralari   optimal   kengligiga   nisbatan   qanchalik   keng
joylashtirilsa,   ularning   shox-shabbalari,   assimilatsiya   yuzasi   va   tarmoqlanishi,
poyasining   kattaligi   va   poyasi   hamda   ildizidagi   quruq   modda   miqdori   shuncha
ortib boradi.
Tez o‘suvchi daraxt turlarining ko‘chatini shakllantirish. Ko‘chat shtambini va
shox-shabbalarini   shakllantirish   dalalarda   ko‘chat   o‘stirishning   asosiy   va
murakkab   ishlaridan   hisoblanadi.   Daraxtlarning   tanasini   xususiyatiga   mos   holda
shakllantirish usuli turlicha bo‘ladi. Terak, tol, qayrag‘och, shumtol, bargli zarang
va boshqa shu kabi daraxt turlari qirqilgandan keyin shox-shabbalarini tez tiklash
qobiliyatiga   ega,   oddiy   shumtol   va   uning   shakllari   esa   qirqilgandan   keyin   yaxshi
shoxlanmaydi. Piramidasimon terak va oqqayin esa qirqilib parvarishlanmasa ham
shtamb   va   shox-shabbalari   yaxshi   shakllanib   boradi.   Oq   akatsiya,   beressklet,
tuxumak va tikon daraxti ko‘chatlarining tana shoxlari shakllantirilmasa egri o‘sadi
va manzarasi sifatini yo‘qotadi. Shtambni   shakllantirish   ko‘chat   o‘sishining   ikkinchi   yilidan   boshlanadi.   Unda
shtambdagi   shoxlar   qisqartirilib   qirqiladi.   Shtambni   shakllantirishning   bu   usuli
chilpish   (pinsirovka)   deyiladi,   qirqilgan   novda   esa   baquvvatlashuvchi   novda
hisoblanadi.   Baquvvatlashuvchi   novda   tez   o‘suvchi   daraxt   turlarida   vegetatsiya
davrida 2-3 marotaba (may-iyul oylarida) chilpib tashlanadi. Bu novdalar poyaning
pastki   qismidan   boshlab   vaqti-vaqti   bilan   ketma-ket   olib   tashlanadi.   Shtambning
pastki   qismidagi   birinchi   novda   o‘sish   davrining   ikkinchi   yili   iyulda   qirqiladi,
oxirgi   novda   esa   shtamb   belgilangan   qalinlikda   rivojlangandan   keyin   (odatda,
qazib olinadigan yil) olib tashlanadi. Yo‘g‘onlashtiruvchi novdalar poya shtambida
shakllangan joyidan o‘tkir bog‘ pichog‘i yordamida qirqib olib tashlanadi.
Tik o‘smaydigan daraxt turlarining ko‘chatlari shtambi o‘rtacha shakllantiriladi
(Oq akatsiya, tikon, barxat). Bu toifadagi daraxt turlari ko‘chat qilingandan keyin
ikkinchi   yili   bahorda   tana   qismi   qirqib   tashlanadi.   Yaxshi   tutib   qolgan   o‘simlik
qirqilgandan keyin 2-3 novda shakllanib o‘sadi, shulardan kuchli o‘sib rivojlangani
qoldirilib shu bahorning o‘zida qolganlari qirqib tashlanadi. Qoldirilgan novda esa
tez   va   shoxlamasdan   to‘g‘ri   o‘sadi.   Uchinchi   va   to‘rtinchi   o‘sish   yillari   undan
shtamb shakllanadi.
Tez   o‘suvchi   daraxt   turlari   ko‘chatlarining   shox-shabbalarini   shakllantirishga
o‘sish   davrining   uchinchi   va   to‘rtinchi   yillari,   ya’ni   ko‘chat   shtambi   belgilangan
qalinlikka   ega   bo‘lgandan   keyin   martning   boshlarida,   janubiy   mintaqalarda   esa
fevralda   kirishiladi.   Odatda,   magistral   ko‘chalarni   ko‘kalamzorlashtirishda
qo‘llaniladigan   ko‘chatlarning   shox-shabbalari   1,8-2,25   m   balandlikda   shakllanti -
riladi, guruhlab ekish uchun esa bu ko‘rsatkich 1,3-1,8 m ni tashkil qiladi.
Shox-shabbalarni   shakllantirish   uchun   markaziy   poyaning   tepa   qismi
shtambdan   yuqorida   5-6   yaxshi   rivojlangan   kurtak   qoldirilib   kesib   tashlanadi.
Novdada kurtak oraliqlari  qisqa  bo‘lgan daraxt  turlarida (qayrag‘och,  oq akatsiya
va   boshqalar)   12-14   kurtak   qoldirib   kesiladi.   Kelajakda   shoxlar   erkin,   yaxshi
o‘sishi   uchun   qoldirilgan   kurtaklardan   oraliq   kurtaklar   olib   tashlanib,   6-7   kurtak
qoldiriladi.   Kurtaklar   suprotiv   joylashgan   holatda   bir   yuqori   kurtak   qoldiriladi,
ikkinchisi va pastki kurtak olib tashlanadi. Skelet shoxlar rivojlanayotgan qismida shtamb   bo‘lgan   holatda   o‘sayotgan   yosh   shoxlar   oralatib   chilpib   tashlanadi   va
yo‘g‘onlashtiruvchi   novdaga   aylanadi.   Bunday   holatda   5-6   tadan   kam   bo‘lmagan
skeletli novdalar qoldirilishi zarur.
Tez   o‘suvchi   daraxt   turlarining   standartli   ko‘chatlaridan   bir   yoshda   ham
ko‘kalamzorlashtirishda   foydalanish   mumkin.   Ikki   yillik   shox-shabbalari
shakllantirilgan   ko‘chatlar   talab   qilingan   holatda   o‘sishining   ikkinchi   yili   erta
bahorda   belgilangan   shakl   berilib   qirqiladi.   Terak   (piramidasimondan   boshqa),
qayrag‘och,   zarang   va   shular   kabi   boshqa   daraxtlarning   ko‘chatlarida   markaziy
novda yaxshi rivojlanmaydi hamda novdalar tartibsiz joylashgan holda o‘sadi. Bu
ko‘chatlar   erta   bahorda   bir   yillik   yon   novdalarni   shakllantiradi.   Ularning   shox-
shabbalari shakllantirilganda yuqorigi va yon novdalar pastiga nisbatan 2-3 kurtak
uzun qoldirib qirqiladi.
O‘rta   va   sekin   o‘suvchi   daraxt   turlari   ko‘chatlarini   shakllantirish.   Bu   daraxt
turlarining guruhiga o‘tkir bargli dala zaranglari, oddiy shumtol, yong‘oq, chinor,
qayrag‘och, ryabina, jo‘ka, kashtan, eman (yozgi, qizil)  kiradi. Daraxt ko‘chatlari
ko‘chatzorning   birinchi   dalasida   5-6   yil   parvarishlab   qazib   olinadi   yoki   yana
shakllantirish uchun ikkinchi dalaga ko‘chirib o‘tqazib parvarishlanadi.
Ko‘chatni   o‘stirish   mobaynida   shtambi   shakllantirib   boriladi.
Yo‘g‘onlashtiruvchi novdalarning o‘rtacha o‘suvchi daraxt turlarida katta yoshdagi
ko‘chatdan boshlab, sekin o‘suvchilarda esa uchinchi yil o‘sishidan yoz davomida
1-2 marotaba chilpib olib tashlanadi va bu jarayon yetilgan ko‘chatlarni qazib olish
bilan yakunlanadi.
O‘rtacha   o‘suvchi   daraxt   turlari   ko‘chatlarining   shox-shabbalari   to‘rtinchi
o‘sish   yilidan   boshlab   ikki   yil   davomida   shakllantiriladi.   Sekin   o‘suvchi   daraxt
turlarining   ko‘chatlarida   esa   shakllantirish   jarayoni   oltinchi   yili   yoki   ko‘chat
ikkinchi dalaga ko‘chirib o‘tqazilgandan keyin boshlanadi.
Ko‘kalamzorlashtirish uchun buta ko‘chatlarini yetishtirish
Bu   ko‘chatlar   shoxlari   yaxshi   tarmoqlangan,   ixcham   shakllangan   holda
yetishtiriladi.   Ularning   urug‘ko‘chatlarini   ko‘chat   yetishtirish   dalasiga   ko‘chirib
o‘tqazishdan   oldin   ildiz   bo‘yidan   4-5   sm   novda   qoldirilib   yer   ustki   tanasi   qirqib tashlanadi.   Qoldirilgan   novdadagi   kurtaklardan   yosh   novdalar   o‘sib   rivojlanadi.
Ikkinchi  yili  bahorda bu novdalardan yangi  novdalar  o‘sib rivojlanishi  uchun 3-4
kurtak   qoldirilib   qirqiladi.   Bu   buta   ko‘chatining   yaxshi   tarmoqlanib   o‘sishini
ta’minlaydi.   Buta   ko‘chatlari,   odatda,   ko‘chatzorda   uch   yil   parvarishlanadi.
Uchinchi   yili   kuchli   rivojlangan   novdalari   qisqartirilib   ko‘chatga   zarur   shakl
beriladi.
Mevali ko‘chatlar dalasi
Mevali   o‘simliklar   geterozisligi   tufayli   urug‘idan   ko‘paytirilganda   nav
xususiyati o‘zgaradi. Shuning uchun vegetativ usulda ko‘paytiriladi. Vegetativ yo‘l
bilan   ko‘paytirishning   asosiy   usuli   bir   o‘simlik   (payvandtag)   ga   boshqa   o‘simlik
qismi   (payvanddust)   ni   payvand   (transplantatsiya)   qilishdir.   Payvand
komponentlari bir- birlariga o‘zaro ta’sir qiladi. Payvandtag payvanddustning o‘sib
rivojlanishiga,   tez   hosil   berishiga,   hosildorligiga,   meva   sifatiga,   tashqi   muhit,
kasallik va zararkunandalarga chidamliligiga ta’sir ko‘rsatadi.
Payvanddust   ham,   o‘z   navbatida,   payvandtagga   ta’sir   ko‘rsatadi,   lekin   uning
qay darajada o‘zgarishi hozircha yetarli aniqlanmagan. Biroq shu narsa ma’lumki,
payvanddust   qancha   kuchli   o‘ssa,   uning   ildiz   tizimi   ham   shunchalik   kuchli
rivojlanadi.   Shuning   uchun   payvanddustni   tanlash   katta   ahamiyatga   ega.
Payvanddust   o‘rganilgan,   sinalgan,   rayonlashtirilgan   mevali   daraxtzordan   kesib
tayyorlanishi zarur.
Mevali ko‘chatlar ko‘chatzor dalada 3 yil davomida yetishtiriladi. Birinchi yili
yovvoyi   o‘simlik   ekib   o‘   stiriladi   va   payvandlanadi.   Bu   ko‘chatzorda   mevali
ko‘chat yetishtiriladigan uchastkaning birinchi dalasi deyiladi. Ikkinchi yili mevali
ko‘chatning   shtambi   shakllantiriladigan   yer   -   ikkinchi   dala   yoki   bir   yoshli
ko‘chatlar dalasi, uchinchi yili ko‘chat shtambi va shox-shabbalari shakllantiriladi,
bu uchinchi dala yoki ikki yoshli ko‘chatlar dalasi deyiladi.
Birinchi   dala.   Payvandtag   uchun   ko‘chatlar   kuzda   (sentabr-   oktabr)   yoki   erta
bahorda   o‘tqaziladi.   O‘tqazishdan   oldin   yovvoyi   o‘simlik   saralanadi,   poyasi
to‘g‘ri, ildiz tizimi yaxshi  tarmoqlanib rivojlanganlari tanlab olinadi  va poyasi 25
sm,   ildizi   15-18   sm   gacha   qisqartiriladi.   Ildizi   chirindili   eritmaga   botiriladi   va vaqtincha   ko‘mib   qo‘yiladi.   Kichik   ko‘chatzorlarda   qo‘l   mehnati   yordamida
o‘tqaziladi.   Yirik   ko‘chatzorlarda   esa   SShN-3   ko‘chat   o‘tqazuvchi   yoki   boshqa
mashinalar   yordamida   qator   oralig‘i   70-90   sm,   qatordagi   o‘simlik   oralig‘i   35-40
sm   qilib   ildiz   bo‘ynigacha   bo‘lgan   chuqurlikka   o‘tqaziladi.   O‘tqazilgan
payvandtaglar   sug‘oriladi   va   qator   oralari   kultivatsiyalanadi,   ular   10-12   sm
balandlikkacha   ko‘miladi.   Yoz   davomida   qator   oralariga   5-6   marotaba   ishlov
beriladi   va   oziqlantiriladi.   Agrotexnik   parvarishlash   qoidalariga   amal   qilib
o‘stirilgan payvandtaglar yoz o‘rtasiga kelib kurtak payvand uchun yaroqli bo‘ladi.
Payvandtagning   xususiyatiga   bog‘liq   holda   ularni   payvandlash   navbati
aniqlanadi. Olxo‘ri, olcha, oddiy olivoli, gilos va xitoy olmasining payvandtaglari
boshqalarga nisbatan o‘sishni ertaroq yakunlaydi, oddiy nok, behi, o‘rmon olmasi,
o‘rik va mogalebka olivolisining o‘sishi esa kechroq yakunlanadi. Bu o‘simliklarni
kurtak   payvand   qilish   vaqti   shularga   qarab   belgilanadi.   O‘zbekiston   sharoitida
kurtak   payvand   qilingandan   keyin   payvandtag   ko‘mib   qo‘yilmaydi.   Kurtak
payvandlarning   yashab   qolganliklari   payvandlangandan   ikki   hafta   keyin
aniqlanadi.   Yashab   qolgan   kurtaklar   to‘q   yashil   rangda   bo‘ladi,   ulardagi   barg
bandlari  barmoq bilan tekkanda  tushib ketadi. Yashab  qolganligini  aniqlash bilan
birga   bog‘lam   ham   bo‘shashti-   riladi.   Kurtaklari   yashab   qolmagan   payvandtaglar
birinchisining qarama-qarshi tomonidan qayta payvandlanadi.
Kuzda   sovuq   tushishidan   oldin   birinchi   dalaning   qator   oraliqlari   kultivatorlar
yordamida chuqur yumshatiladi.
Ikkinchi dala. Erta bahorda, o‘simlik uyg‘ongunga qadar barcha payvandtaglar
payvandlangan joydan 15-20 sm qoldirilib qirqiladi.
Qoldirilgan   payvandtag   novdasidagi   kurtaklar   olib   tashlanadi.   Pay-   vandlangan
kurtakdagi bog‘lamlar yechiladi va ularning holati tekshiriladi. Birikkan kurtaklar
yashil   rangini   saqlab   qoladi.   Birik-   maganlar   to‘q   qizg‘ish-qo‘ng‘ir   rangga   ega
bo‘ladi. Kurtaklari qurib qolgan payvandtaglar bahorda qayta payvandlanadi.
Birikkan kurtaklardan yoz davomida novda o‘sib shakllanadi, bu kurtak novda
(okulant)   deyiladi.   Kurtak   novdasi   to‘g‘ri   o‘sib   rivojlanishi   uchun   qoldirilgan
payvandtag   poyasiga   bog‘lanadi.   O‘zini   yaxshi   tutib   olgan   kurtak   novdadagi bog‘lam  iyul  oyida  olinadi  va  bog‘lash   uchun  qoldirilgan  poya  kurtak  novdaning
asosidan   kesib   tashlanadi,   kesilgan   joy   tez   bitib   o‘sib   ketishi   uchun   ko‘miladi.
Payvandlangan   bir   yillik   ko‘chatlarni   parvarishlash   ishlari   tuproqni   toza   va
yumshoq   holatda   ushlab   turishga,   o‘simlik   bitiga   qarshi   kurashga,   yovvoyi
bachkilarni  kesishga,  yo‘g‘onlashtiruvchi  novdalarni  chilpib tashlashga  qaratilgan
bo‘ladi.
Olxo‘ri,   o‘rik   va   gilos   kurtak   novdalari   tez   pishib   etilishi   va   kurtaklari   yengil
uyg‘onishi bilan boshqalardan farqlanadi. Ularning shox-shabbalari birinchi yildan
boshlab   shakllantiriladi.   Payvandning   bo‘yi   70-80   sm   ga   yetganda   shoxlatiladi.
Shoxlatish   uchun   tepa   qismining   rivojlangan   bargigacha   bo‘lgan   5-10   sm   uchi
kesib tashlanadi.
Kesilgandan   keyingi   qolgan   yuqorigi   kurtak   markaziy   tananing   davomchisi
bo‘lib o‘sadi, pastki kurtaklardan esa yon shoxlar rivojlanadi. Yon novdalardan 4-5
tasi keyingi shoxlashi uchun qoldiriladi, qolganlari chilpib tashlanadi.
Uchinchi   dala.   Ko‘chatlarning   shtambi   va   shox-shabbalarini   shakllantirish
davom   ettiriladi.   Shox-shabbalari   shtambning   balandligi   va   shakllantirish
xususiyatiga   bog‘liq   holda   shakllantiri ladi.   Shtambning   balandligi   ko‘chatlarning
qanday maqsadda yetishtirilishiga va daraxt turlarining o‘sish xususiyatiga bog‘liq.
Alleya   (xiyobon)lar   barpo   etish   va   yo‘llarni   ko‘kalamzorlashtirishda   yuqori
shtambli (150 sm va undan yuqori) ko‘chatlar, bog‘lar uchun o‘rtacha (70-80 sm)
va   pastshtambli   (50-60   sm)   ko‘chatlar   yetishtiriladi.   Karlik   payvandtaglarga
payvand qilingan navlarning ko‘chatlari butasimon shakllantiriladi.
Ko‘chatzorda   ko‘chatlar   asosan   besh   o‘zakli   yarus   va   siyrak   yarusli   shoxlar
hosil   qilgan   holda   shakllantiriladi.   Shox-shabbalar   besh   o‘zakli   yarus   qilib
quyidagicha   tuziladi   va   shakllantiriladi.   Erta   bahorda   o‘simlik   uyg‘onmasdan
shtambdan keyin 6 kurtak sanaladi va oxirgisidan 5-6 sm qoldirilib so‘ng qirqiladi,
qoldirilgan   qismidagi   (5-6   sm)   kurtaklar   olib   tashlanadi,   qolgan   6   kurtakdan
beshtasidan   o‘sgan   yon   shoxlar   birinchi   yarusni   tashkil   etadi,   oltinchisi   markaziy
novdani davom ettirib o‘sadi. Shtambni   yo‘g‘onlashtirish   maqsadida   undagi   o‘sib   chiqqan   novdalar   yoz
davomida   1-2   marotaba   yo‘g‘onlashtiruvchi   novda   sifatida   kesiladi.   Vegetatsiya
davrining   oxiriga   kelib   shtamb   belgilangan   qalinlikka   yetadi   va   shtambdagi
yo‘g‘onlashtiruvchi   novdalar   kesib   olib   tashlanadi.   Kuzga   kelib   bir   yarusli   shox-
shabbalarga ega bo‘lgan ikki yillik ko‘chatlar bog‘ barpo etish uchun yetiladi.
Siyrak   yarusga   ega   bo‘lgan   ko‘chatlar   shox-shabbalari   novdalar-   ning
bo‘g‘inlararo   joylashtirilgan   3   yoki   4   kurtakda   hosil   bo‘lgan   skeletli   shoxlardan
shakllantiriladi.
Ko‘chatzorlarda   ko‘pchilik   hollarda   kurtak   payvand   yuqorida   payvandtag
poyasini   qoldiradigan   va   yo‘g‘onlashtiruvchi   novdalarsiz   mevali   daraxt   ko‘chati
o‘stiriladi.   Bu   usulda   kurtak   payvand   qilingan   payvandtag   novdasi   kuzda   barglar
to‘kilgandan keyin yoki erta bahorda uyg‘onishdan oldin payvanddan 10-15 sm qol
dirib   yuqori   qismi   qirqib   tashlanadi.   Bu   bahorda   kurtakning   erta   uyg‘onishini   va
payvandning   birinchi   yaxshi   o‘sib   rivojlanishi   uchun   zarur   bo‘lgan   payvandtag
ildizidagi   plastik   moddalar   saqlanishini   ta’minlaydi.   O‘simlik   uyg‘onishi   bilan
qoldirilgan   payvandtag   novdasining   qismi   to‘laligicha   kesiladi.   Keyinchalik
payvand   ikki   marotaba   ko‘miladi,   qo‘shimcha   oziqlantiriladi   va   begona,   yovvoyi
o‘tlardan   tozalanadi.   Payvandlarni   ko‘mishdan   maqsad   ularning   vertikal   holda
o‘sishini, shamol ta’sirida sinib ketmasligini ta’minlashdir.
Shtambidagi o‘sib chiqqan novdalar ikkinchi yili to‘liq kesib olinadi.
Ko‘chatlarning   shtambini   yo‘g‘onlashtiruvchi   novdalarsiz   shakllantirish   va
payvandtag poyasidan qoldirmasdan o‘stirish
iqtisodiy jihatdan samaraliroq va sifatli ko‘chat yetishtirishni ta’minlaydi.
Qishki   payvand.   Ortiqcha   o‘sib   ketgan   bachki   novdalardan   qishda   payvand
qilish   uchun   foydalanish   mumkin.   Qishda   payvand   qilinganda   ko‘chatni
yetishtirish muddati bir yilga qisqaradi.
Qishki payvand qilish uchun ildiz tizimi baquvvat, ildizlarining uzunligi 10-12
sm   va   yo‘g‘onligi   1-1,5   sm   bo‘lgan   payvandtaglar   tanlab   olinadi,   ular   iliq
yerto‘lalarda   saqlanmaydi,   novdalar   (qalamchalar),   ya’ni   payvanddust   yangi   va
yo‘g‘on,   kamida   3-4   kurtagi   bo‘lishi   lozim.   Payvandlash   vaqtida   payvandtag ildizlari   uyg‘ongan   payvanddust   uyqu   davrida   bo‘lishi   maqsadga   muvofiqdir.
Buning uchun payvandlashdan 10-15 kun oldin payvandtaglar 10°C issiq haroratga
ega bo‘lgan yerto‘laga qo‘yiladi.
Payvandtaglar   yaxshi   tutib   ketishi   uchun   15°C   issiq   haroratga   ega   bo‘lgan
binoga   ko‘chiriladi.   Bu   sharoitda   ular   12-15   kun   davomida   saqlanadi.
Saqlanayotgan ko‘chatlar (payvandlar) har uch kunda ulangan joydagi bog‘langan
bo‘g‘inlari yechilib ko‘zdan kechiriladi. Payvandning tutib qolish jarayoni tugagan
zahotiyoq   0°C   haroratga   ega   bo‘lgan   yerto‘laga   olinadi.   Bu   harorat   payvanddust
kurtaklarining muddatidan oldin uyg‘onishiga  yo‘l  qo‘ymaydi  va ushbu  sharoitda
ular   o‘tqazilguncha,   ya’ni   15-20   kun   saqlanadi.   Qishda   payvand   qilingan
ko‘chatlar   fevralning   oxiridan   martning   yarmigacha   doimiy   joyga   o‘tqazilishi
mumkin.
Qishki   payvand   ishlarini   tashkil   etish   va   uni   boshqarish   tar-   tibi.
Payvandlashdan oldin payvandtag ildizining tuproqlari yuviladi va payvand qilish
xonasiga   olib   kelinadi,   ildizi   sernam   qipiq   bilan   ko‘miladi.   Payvandlash   vaqtida
payvandtagning yer ustki qismi kesib tashlanadi yoki ulash uchun ko‘pi bilan 4-6
sm   uzunlikda   to‘nkacha   qoldiriladi.   Qalamchalarni   to‘g‘ridan   to‘g‘ri   ildiz
bo‘g‘iziga   payvand   qilish   samarali   hisoblanadi,   ko‘chatni   o‘tqazish   osonroq
bo‘ladi,   u   dalada   yaxshi   tutib   ketadi,   keyinchalik   unda   yovvoyi   bachkilar   paydo
bo‘lmaydi.   Ingichka   payvandtaglarga   yaxshilangan   oddiy   payvand,   yo‘g‘on
payvandtaglarga   tilchali   qo‘ndirma   payvand   usuli   qo‘l-   lanib   ulanadi.
Payvandlangan   joylar   mahkam   bog‘lab   qo‘yilishi   lozim.   Qishki   payvandlashda
bog‘   surg‘ichi   ishlatilmaydi.   Payvandlar   sernam   qipiqli   qutilarga   joylashtiriladi.
Quti tagiga 3-4 sm qalinlikda sernam qipiq solinadi, ustiga ildizlari yon tomonlarga
yaqin,   novdalar   o‘rtacha   mo‘ljallanib   payvandlangan   ko‘chat   joylashtiriladi.
Ulangan   joy   mog‘orlab   ketmasligi   uchun   bog‘langan   joyga   yog‘och   qipig‘i
sepiladi.   Bir   qator   joylangan   payvandlar   3-4   sm   qalinlikdagi   sernam   qipiq   bilan
ko‘miladi.   Payvandlar   shu   tartibda   qavat-qavat   qilinib   qutilarga   joylanadi.   Eng
ustki qavatida joylashgan payvandlar qipiq bilan qalinroq ko‘miladi. Qishki   payvandlangan   ko‘chatlar   chuqur   shudgor   qilingan   organik   va   mineral
o‘g‘itlar   bilan   o‘g‘itlangan   yerga   qo‘l   mehnati   yordamida   o‘tqaziladi.   Payvandni
ushlamaslik lozim. Ko‘chatlar yer yuzida ikkita kurtak qoldirib o‘tqaziladi.
Qishda   payvandlangan   ko‘chatlarni   parvarish   qilish.   Ulanganda   bog‘langan
bog‘ich   payvanddustning   qarama-qarshi   tomonidan   kesiladi.   Paydo   bo‘lgan
bachkilar tanaga taqab kesiladi. Novdaning tik o‘sishi uchun yon qoziqqa bog‘lab
qo‘yiladi.   Bachkilar   iyun,   iyul   oylarida   kesib   tashlanadi.   Yuqorigi   kurtakdan
chiqqan novda markaziy poyani davom ettiruvchisi sifatida parvarishlanadi.
Ko‘chatlar   o‘sishi   sust   bo‘lsa,   gektariga   100   kg   azot   hisobidan   azotli   o‘g‘itlar
solish   foydalidir.   Bu   o‘g‘it   ikkiga   bo‘linib-   yarmi   aprel   boshlarida,   qolgan   yarmi
iyul oxirida beriladi.
Payvand yaxshi parvarishlangan holda kuzga borib o‘tqazishga yaroqli bo‘lgan
bir   yoshli   standart   ko‘chatlar   bo‘lib   yetiladi.   Bir   yilda   ko‘chatlar   yaxshi
rivojlangan holatda ular ko‘chatzorda ikkinchi yilga qoldirib parvarishlanadi.
O‘zbekiston sharoitida bir vegetatsiya davrida grek yong‘og‘i ko‘chatini qishki
mexanizatsiyalashtirilgan   usulda   yetishtirish   O‘zbekiston   o‘rmon   xo‘jaligi   sohasi
olimlari tomonidan ishlab chiqilgan. Bu texnologiyaning xususiyati quyidagilardan
iborat:   1   pogona   metrda   10   ta   yong‘oq   urug‘ko‘chati   yetishtiriladi.   Bir   yillik
novdaning pastki va o‘rta qismidan qalamcha tayyorlanadi. Oddiy payvand usulida
ulangan   10-20   mm   qalinlikdagi   payvandtag   va   shuncha   qalinlikdagi   bir   kurtakli
qalamchalar yaxshi natija beradi.
Ulangan   komponentlar   oldindan   qaynoq   suv   bilan   ishlov   berilgan   yog‘och
qipig‘ida   25-28°C   issiq   haroratda   stratifikatsiyaga   qo‘yiladi,   bu   substratning
optimal namligi 50-70% ga teng bo‘ladi.
Komponentlarni   payvandlashdan   oldin   24   soat   davomida   100   mg/l
konsentratsiya   geterozisining   suvli   eritmasida   ishlash   kallus   hosil   bo‘lishiga   va
yashovchanlikka   yaxshi   ta’sir   ko‘rsatadi,   payvand   komponentlarining   o‘sib
rivojlanishini ta’minlaydi.
Kallusli   payvandlar   0-4°C   haroratda   sovutgichlarda   o‘tqazgunga   qadar
saqlanadi.                             Foydalanilgan   adabiyotlar :
 
1.   Акопов И.Э.Важнейшие отечественные лекарственные растения и их  
приминение   (справочник)   Т.,   Медицина   1990. 120   б  
2.   Ahmedov   O‘.   Ergashev   A.,   Abzalov.A   Dorivor   o‘simliklar   va   ularni   o‘stirsh   tex
nologiyasi.   Ukuv   kullanma.Toshkent. 2008. 232   b  
3.   Atabaeva   X.N.   va   boshq.   O‘simlikshunoslik.   T.,   «Mehnat», 2000.  
4.   Bo‘riev X. Ch., Dusmuratova S.I. Qishloq xo‘jaligi   ekinlari       
urug‘shunosligi.   Toshkent. “Mehnat”,   2000.
5.   To‘xtaev B.Yo., Maxkamov T.X., To‘laganov A.A., Mamatkarimov A.I.,  
Mahmudov   A.V.,   Allayarov   M.O‘.   Dorivor   va   ozuqabop   o‘simliklar   plantatsiyalari
ni   tashkil etish   va   xom-ashyosini   tayyorlash   bo‘yicha   yo‘riqnoma.   –   Toshkent, 
2015.   144   b.  
6.   Атабаева Х.Н., Умарова Н.С. Лекарственные растения в ветеринарии.  
7.   Терёхин А.А. В.В. Вандышев Технология   возделывания лекарственных       
растений.   Учебное   пособие.   Москва.2008. 201стр.
8.   E.T.Berdiev,   M.X.   Xakimova,   G.B.   Maxmudova.   O‘rmon   dorivor   o‘simliklari.  
Ukuv   kullanma.   Toshkent.   UzR   FA   Minitipografiyasi, 2014.-273b.  
9.   E.T.Axmedov,   E.T.Berdiev.   Dorivor   usimliklarni yetishtirish

DORIVOR O’SIMLIKLAR VEGETETIV KO’PAYTIRISH USULLaRI Reja: 1. Daraxt turlari va butalar ko‘chatini yetishtirish 2. Ko‘kalamzorlashtirish uchun ko‘chat yetishtirish 3. Dorivor buta ko‘chatlarini yetishtirish

Ildizi yaxshi rivojlangan yirik, baquvvat ko‘chat yetishtirish uchun ko‘chatzorda urug‘ko‘chatlarni ekib o‘stirib olinadigan ko‘chat (sajenes) bo‘limi bo‘ladi. Bu bo‘limda o‘rmon barpo etish, himoya o‘rmonzorlari yaratish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari uchun ko‘chat yetishtiriladi. Bu ko‘chatlardan o‘rmon barpo etishda foydalanish istiqbolli hisoblanadi. Yirik ko‘chatlardan foydalanib barpo yetilgan sun’iy o‘rmonzorlarni yetishtirish muddati ko‘chatzordagi parvarishlash ishlari hisobiga qisqaradi. Ko‘chatzorda yirik ko‘chatlarni yetishtirish agrotexnikasidagi texnik jarayonlarni mexanizatsiyalashtirish sun’iy o‘rmonzorlarni birinchi yillarida parvarishlashdagi ish jarayonlarini mexanizatsiyalashtirishga nisba tan yengil va kam sarf-xarajatli bo‘ladi. Yuqori agrotexnik ishlov berib yetishtirilgan ko‘chatlar doimiy o‘sish joyiga ko‘chirib o‘tkazilganda yaxshi tutib qoladi va o‘sib-rivojlanadi. Urug‘ko‘chatlarga nisbatan ko‘chatga tutib qolishi uchun kam vaqt talab qilinadi, qisqa vaqt ichida o‘sib- rivojlanish fazasiga o‘tadi hamda begona va yovvoyi o‘simliklarga qarshilik ko‘rsatib o‘sadi. Ko‘chatlardan foydalanib barpo etilgan o‘rmonlarning afzalligi ularning urug‘ko‘chatlarga nisbatan yaxshi rivojlanganligidadir. O‘simlikning yer ustki qismi bilan ildiz tizimining hamda assimila- tsiya apparati va oziqlantiruvchi ildizlarning optimal nisbatiga ega bo‘lishi ko‘chatlar sifatini ta’minlaydi. Ko‘chat yetishtirish uchun belgilangan maydonga nimjon urug‘ko‘chatlar ko‘chirib o‘tqaziladi. Ildizi qisman qirqilgandan keyin regeneratsiya bo‘lishi ularning ildiz tizimini bir xil yoshdagi urug‘ko‘chatlarga nisbatan tarmoqlanib ixcham shakllanishiga olib keladi. Bu ko‘chirib, doimiy joyga o‘tqazilganda yaxshi tutib qolishini ta’minlaydi. Ko‘chatzorda ko‘chatlarni o‘stirish doimiyligi ularni kelajakda foydalanish maqsadi bilan belgilanadi. O‘rmon barpo etish uchun ko‘chatlar 2-4 yil davomida o‘stiriladi, ko‘kalamzorlashtirish maqsadida foydalanish uchun esa daraxtlar ko‘chati 6-12 yil, butalar ko‘chati 2-3 yil o‘stiriladi. Ko‘chatlarni o‘stirish davomida ularning oziqlanish maydonini kengaytirib borish bilan uch marotabagacha ko‘chirib o‘tqaziladi. Bu maqsadda birinchi,

ikkinchi va uchinchi dalalar tashkil etiladi. Birinchi dalaga 1-2 yoshli urug‘ko‘chatlar 0,9x0,3 m sxemada ko‘chat qilinadi. Ikkinchi dalaga 3-4 yoshli ko‘chatlar 1x1 m yoki 1,5x1,5 m sxemada ko‘chirib o‘tqaziladi. Uchinchi dalaga esa 6-8 yoshli ko‘chatlar 3x2 m sxemada o‘tqazilib parvarishlanadi. Dalalarga o‘tqazilishidan oldin ko‘chat materiallari saralanadi, shikastlangan ildizlar qirqiladi. Sernam tuproqli hududlar uchun ildiz tizimi 15-25 sm gacha, namlik tanqis bo‘lgan hududlar uchun 20-30 sm gacha qisqartirilib qirqiladi. Qirqilgan ildizlar chirindi yoki torf bilan tuproqning suvli eritmasiga botiriladi. Bu eritmaga geteroausin yoki boshqa o‘stiruvchi moddalar qo‘ shilishi mumkin. Ko‘chat yetishtiriladigan dalalardagi tuproq urug‘ko‘chat yetishtirish bo‘limidagiga nisbatan chuqur ishlanadi, almashlab ekish dalalardagi tuproqqa ishlov berish tizimi esa urug‘ko‘chat yetishtirish bo‘limidagi kabi qo‘llaniladi. Ko‘chat o‘stirish dalalarida tuproqqa ishlov berish chuqurligi o‘stiriladigan ko‘chatning ildiz tizimining kattaligiga bog‘liq. Birin chi daladagi asosiy haydash, o‘rmon va o‘rmon cho‘l mintaqalarida 30-35 sm, dasht mintaqalarida esa 35-40 sm chuqurlikda bajariladi. Ikkinchi dalada mos holda 35-40 sm va 40-50 sm, uchinchi dalada esa 45-50 sm va 55-60 sm chuqurlikda ishlanadi. Haydash chuqurligi qanday bo‘lishidan qat’i nazar tuproqning 20-30 sm qatlamiga o‘g‘it beriladi, ya’ni ko‘chat ildizlarining asosiy qismi joylashgan tuproq hajmi o‘g‘itlanadi. Tuproqqa ekish oldidan ishlov berish urug‘ko‘chat yoki ko‘chatni o‘tqazish chuqurligida qatlam ag‘darilmasdan bajariladi. Birinchi dalada urug‘ko‘chat yoki ildiz olgan qalamchalarni o‘tqazish uchun tuproq 25-30 sm chuqurlikda PLN-4-35 (ag‘dargich) yordamida yumshatiladi, keyin boronalanadi. Ikkinchi va uchinchi dalalarda ko‘chat o‘tqazish uchun tuproq 45-50 sm chuqurlikda ag‘dargichsiz plantajli plug yordamida yumshatish bilan birga boronalanadi. Bulardan tashqari tuproqqa ekishdan oldin ishlov berishlar joyni tekislash va frezalar (FP-2, FPSh- 1,3) yordamida yumshatish ishlarini o‘z ichiga oladi. Ko‘chat o‘stirish dalalariga yaproqbargli daraxt turlarining ko‘chatlari bahorda va kuzda, ignabarglilar, odatda, bahorda o‘tqaziladi. Bahorda o‘tqazilganda barg chiqarmasdan oldin, kuzda esa

barglar to‘kilgandan keyin o‘tqaziladi. O‘tqazish muddatlari belgilangan iqlim sharoitidan va o‘simlikning biologik xususiyatlaridan kelib chiqib aniqlanadi. Daraxt va butalarning ko‘chatlarini dalalarda tartibli aralashtirilgan holatda joylashtirib o‘stirish mumkin. Bu yerda uzoq muddat 4-12 yil davomida o‘stiriladigan daraxt ko‘chatining qatorlar oralig‘i 2,1-3,0 m masofada joylashtirilib o‘stiriladi. Ularning qator oralariga 2-3 yil o‘stiriladigan buta turining ko‘chati o‘tqaziladi. Natijada daraxt turi ko‘chatini o‘stirishning bir rotatsiyasi davomida buta ko‘chati ikki va undan ortiq rotatsiyani o‘taydi. Butalar ko‘chatlarining bir necha marotaba qazib olinishi oqibatida asosiy daraxt turi ko‘chatining ildizchalari qirqiladi tarmoqlanib shakllanadi. Ko‘chat o‘stirish dalalarida ko‘chatlar o‘rmon barpo etish maqsadida o‘stirish natijasida quyidagi sxemada joylashtiriladi: - bir yillik ko‘chatlar uchun 0,6-0,7 m x 0,2 m; - ikki yillik urug‘ko‘chatlar uchun 0,3 x 0,3 m; - butalar va qalamchalash bo‘limi uchun 0,6-0,12 m. Ko‘chat o‘stirish dalalariga ko‘chatlar SShN-3 ko‘chat o‘tqazish mashinalari yoki LPA agregati yordamida o‘tqaziladi. Ko‘chat o‘tqazish bilan birga ariq olish uchun SShN-3 mashinasiga qo‘shimcha tarzda soshnik o‘rnatiladi. Ekish oldidan urug‘ko‘chatlar saralanadi. O‘tqazish uchun ajratilgan ko‘chatlarning singan va shikastlangan ildizlari bog‘ qaychisi yordamida kesiladi. Urug‘ko‘chatning ildiz tizimi ekish chuqurligidan katta bo‘lgan holda ular qisqartiriladi. Ildiz uzunligi 25 sm dan kam bo‘lmasligi kerak. Ildizlar o‘tqazishdan oldin chirindining suvli eritmasi botiriladi. O‘simlik yaxshi tutib qolishi va o‘sib rivojlanishi uchun chirindi eritma geteroauksinning 0,002% li eritmasida tayyorlanadi. Urug‘ko‘chat o‘tqazilgandan keyin uning ildizlari joylashgan tuproq zichlashtiriladi. Urug‘ko‘chatlar ildiz bo‘yni tuproq keyinchalik zichlashishini hisobga olib tuproq yuzasidan 2-3 sm chuqurlikda joylashtiriladi. Yaproqbargli daraxtlarning urug‘ko‘chatlarini o‘tqazish bilan birga shox- shabbalari qisqartirilib qirqiladi. Yer ustki qismini sovuq urgan holda ular shtambidan qirqiladi.

O‘tqazilgan o‘simlik yuqori darajada tutib qolishiga erishish uchun ko‘chatlarni o‘tqazish davrida ildizning qurib qolishini oldini olish, ildiz tizimi to‘g‘ri joylashtirilib atrofidagi tuproqlarning zichlanish, ekish chuqurligiga amal qilinishi zarur. Dalalarga ekilgan ko‘chatlarni parvarishlash ishlari sug‘orishni, tuproqni vaqti- vaqti bilan yumshatishni, yovvoyi o‘tlardan tozalashni, qo‘shimcha oziqlantirishni, shtamb va shoxlarni shakllantirishni hamda kasallik va zararkunandalarga qarshi kurashishni o‘z ichiga oladi. Urug‘ko‘chatlar o‘tqazilishi bilan sug‘oriladi. O‘zbekistonning issiq iqlim sharoitida sug‘orishga katta ahamiyat beriladi. Ko‘chat- ning ildiz tizimi egallagan chuqurlikkacha tuproqni zaxlatadigan birinchi sug‘orish ko‘chatning suvga bo‘lgan talabini qondirish bilan birga ildiz tizimi atrofidagi tuproqlarning zichlashishini ta’minlaydi. Ushbu davrda tuproqda namlikning yetishmasligi ko‘chatlarning nobud bo‘lishiga olib keladi. Bir yoshli ko‘chat dalalari o‘sish davrida 8-10 marotaba; aprel oyida bir-ikki, may, iyun va iyul oylarida ikki marotabadan, avgust oyida bir-ikki marotaba sug‘oriladi. Ikki yoshli ko‘chat dalalari o‘sish davrida besh-olti marotaba, uchinchi- to‘rtinchi yillari to‘rt-besh marotaba sug‘oriladi. Har bir sug‘orishdan ikki-uch kun keyin qator oralari yumshatiladi va yovvoyi o‘tlardan tozalanadi. Qatordagi ko‘chatlar atrofi qo‘l mehnati bilan o‘sish davrida uch-to‘rt marotaba yumshatiladi. Ko‘chatlar yaxshi tutib olgandan keyin qo‘shimcha oziqlantiriladi. Vegetatsiya davridagi intensiv o‘sish vaqtida ko‘chatlar ikki-uch marotaba qo‘shimcha oziqlantiriladi. Qo‘shimcha oziqlantirish me’yori ko‘chatlarning unga bo‘lgan ehtiyojidan, tuproqdagi oziq moddalar tarkibidagi hamda tuproqqa berilgan asosiy o‘g‘it miq- doridan kelib chiqib aniqlanadi. Ko‘kalamzorlashtirish uchun ko‘chat yetishtirish Ko‘kalamzorlashtirish maqsadida o‘stirilgan ko‘chatlarning shox- shabbalari to‘g‘ri shakllangan, to‘g‘ri shtambli va ildiz tizimi yaxshi tarmoqlangan bo‘lishi