Erix Mariya Remark G`arbiy frontda o`zgarish yo`q
Erix Mariya Remark G`arbiy frontda o`zgarish yo`q Reja: 1.Asar haqida qisqacha ma`lumot. 2.Roman sujeti mohiyati. 3.Tahlil va mulohazalar. 4.Xulosa.
„ G arbiy frontda o zgarish yo qʻ ʻ ʻ “ ( nemischa : Im Westen nichts Neues ) — Erich Maria Remarquening , 1929-yilda nashr etilgan mashhur asari. Bu roman, yosh askar Paul Boymer va uning ulfatlari frontdagi hayoti va barcha ko rgan ʻ narsalari haqida hikoya qiladi. Remark, Ernest Hemingway kabi, „yo qotilgan ʻ avlod“ tushunchasini qo llagan. U Urushda olingan ruhiy shikastlanish sababli ʻ yosh odamlar, urushdan so nggi hayotda o z joyini topa olmaganlarini tasvirlab ʻ ʻ bergan. Urushdagi voqealar oddiy askar hayoti timsolida tasvirlanadi. Ushbu romanni ilk bora bolalikda qiziqarli sarguzasht asar sifatida o‘qigan bo‘lsam, oradan yillar o‘tib ulg‘aygach o‘qib chiqqanimda undan butunlay boshqacha taassurot olganman. Remark ko‘z oldimda haqiqiy patsifist, urushdan nafratlanadigan darajaga kelgan inson sifatida namoyon bo‘lgan. Insoniyat tarixidagi urushlar oddiy xalq vakillari uchun hech qachon foydasi yo‘qligi, aksincha, ular odamlarga faqat kulfat olib kelishi mumkinligini anglab yetganman. Romanni dunyodagi jamiki insonlar o‘qib chiqib xulosa qilishini xohlagan bo‘lar edim. “G‘arbiy frontda o‘zgarish yo‘q” Erix Mariya Remarkning 1929-yilda nashr etilgan romani. Kirish so‘zida muallifning “Bu kitob aybnoma ham, afvnoma ham emas. Bu shunchaki urush dastidan juvonmarg bo‘lgan avlod haqidagi, garchi zambarak o‘qidan omon qolsa-da, shu urushning qurboniga aylanganlar to‘g‘risidagi ko‘ngil izhoridir”, degan so‘zlaridan-da sizni qanday qiyin asar kutib turganini his etasiz. Urushga qarshi ruhda yozilgan romanda Birinchi jahon urushi o‘z domiga tortgan o‘spirinlar obrazi orqali urush dahshatlarini boshidan kechirgan, ruhan ezilgan, jamiyatdan begonalashgan va bolalik orzu- umidlari chilparchin bo‘lgan butun bir “yo‘qotilgan avlod”ning ayanchli qismati mahorat bilan aks ettirilgan. Asar yosh askar Paul Boymerning boshidan kechirgan voqealar, shuningdek, uning Birinchi jahon urushidagi frontdoshlari haqida hikoya qiladi.
Ernest Xeminguey singari, Remark ham “yo‘qotilgan avlod” tushunchasini urushda olgan jarohatlari tufayli tinch hayotga kira olmagan yoshlarni tasvirlash uchun ishlatgan. Remarkning ishi shu tariqa Veymar respublikasi davrida hukmronlik qilgan o‘ng qanot konservativ harbiy adabiyotga nisbatan keskin qarama-qarshi edi; ular qoida tariqasida Germaniya yutqazgan urushni oqlashga va o‘z askarlarini qahramonlashtirishga harakat qilar edi. Remark esa oddiy bir askar nomidan urush voqealarini haqqoniy tasvirlaydi. Birinchi jahon urushi avjida. Germaniya allaqachon Fransiya, Rossiya, Angliya va Amerikaga qarshi kurashmoqda. Hikoya nomidan olib borilayotgan qahramon Paul Boymer o‘z sheriklarini tanishtiradi. Bu yerda maktab o‘quvchilari, dehqonlar, baliqchilar, turli yoshdagi hunarmandlar to‘plangan. Guruh tarkibining deyarli yarmini yo‘qotgan. Inglizlar bilan dahshatli jangdan keyin harbiy harakatlar markazidan 9 kilometr uzoqlikda dam olishyapti. Inglizlar hujumi paytida bo‘lgan yo‘qotishlar tufayli ular ikki marta ko‘proq ovqat va sigaretaga ega bo‘ladi. Askarlar uxlaydi, to‘yib ovqatlanadi, chekadi va qarta o‘ynaydi. Myuller, Kropp va Paul yarador sinfdoshining oldiga boradi. To‘rt sinfdosh sinf rahbari Kantorekning “samimiy gaplari”ga ishonib, bitta rotaga tushgan edi. Yozef Bem urushga borishni xohlamagandi, lekin pirovardida rozi bo‘lishdan boshqa iloji qolmagan, aks holda uning uchun hamma eshiklar bekilardi. U birinchi bo‘lib o‘ldiriladi. Ko‘zlaridagi jarohatlar tufayli yashirinishga joy topa olmaydi va otib tashlanadi. Kroppga yozgan xatida sobiq ustozi Kantorek ularni “temir yigitlar” deb nomlab, salomlarini yo‘llaydi. Minglab Kantoreklar shunday qilib yoshlarni aldaba urushga jo‘natgan. Yigitlar boshqa sinfdoshi Kimmerixni dala shifoxonasida oyoqlarini kesib tashlagan holda topadi. Frans Kimmerixning onasi Pauldan “axir u hali bola- ku” deb, unga qarab yurishni so‘raydi. Ammo bu ishni qanday qilib eplab
bo‘ladi? Fransga bir qarash u yashab ketmasligini tushunish uchun yetarli edi. Frans hushsiz yotganda uning eng sevimli sovg‘a sifatida olingan soati o‘g‘irlanadi. Uning charmdan bo‘lgan ajoyib inglizcha etiklari joyida edi, biroq endi ular unga kerak emas. U o‘rtoqlari ko‘z o‘ngida o‘ladi. Ruhan tushkunlikda, ular Fransning etiklari bilan kazarmaga qaytadi. Kazarmaga yangi-yangi askarlar kela boshlaydi. O‘lganlar tiriklar bilan almashtiriladi. Yollanganlarning biri aytadiki, ular faqatgina sholg‘om bilan kun ko‘rmoqda. Kropp urushning o‘ziga xos yo‘lini taklif qiladi: generallar o‘zlari bir-biri bilan jang qilsin va yutgan o‘z mamlakatini g‘olib deb e’lon qisin. Hozir urushni boshlamagan va unga umuman kerak bo‘lmagan boshqalar ular uchun kurashmoqda. Yangi askarlar bilan to‘ldirilgan rota sapyorlik ishlari uchun odimlaydi. Tajribali Kat askarlarni o‘q va portlash ovozlarini aniqlashni va ulardan qanday ehtiyot bo‘lish kerakligini o‘rgatadi. “Frontning noaniq ovozi”ni tinglab, u tunda “chekib olishga vaqt berilishini” taxmin qiladi. Paul oldingi chiziqdagi askarlarning xatti-harakatlari, ularning barchasi instinktiv ravishda snaryad hushtak chalganda yotib oladigan yer bilan bog‘liqligi haqida o‘ylaydi. Kat kutganidek, qattiq otishma boshlandi. Kimyoviy bombalar portlaydi. “Gaz, gaz!” qichqiriqlarini eshitgan hamma niqobning mustahkamligiga umid qiladi. Askarlar tepalikka chiqib olishi kerak, ammo u yerda ham dahshatli otishma ketmoqda. Yigitlar sinfdan qancha odam qolganini hisoblaydi. Yetti kishi o‘lgan, biri jinnixonada, to‘rt kishi yarador – sakkiz nafari qolgan. Dam olishadi. Ular shamga qopqoq yopishtiradi, u yerga bitlarni tashlaydi, umuman, shu kabi yo‘llar bilan ko‘ngil yozadi.
Hujum tayyorlanmoqda. Maktabda qatron hidi anqigan tobutlar ikki qavat qilib yotqizilgan. xandaqda kalamushlar ko‘payib ketgan; ularga qarshi kurashishning hech qanday yo‘li yo‘q. Otishma tufayli askarlarga ovqat yetkazib bo‘lmaydi. Fransuzlarning hujumi tufayli ular zaxira chizig‘iga tashlanadi. Kontrhujumdan so‘ng yigitlar konserva va ichimliklar ko‘rinishidagi o‘ljalar bilan qaytib keladi. O‘lganlar katta o‘raga yotqizilgan, u yerda ular allaqachon uch qavatni hosil qilgan. 150 kishilik guruhdan atigi 32 kishi qolgan. Paulni ofisga chaqirishadi, unga ta’til guvohnomasi va safar hujjatlari beriladi. U mashinaning derazasidan “yoshligining chegara postlari”ni hayajon bilan kuzatadi. Mana uning uyi. Onasi kasal. Ularning oilasida his-tuyg‘ularni ifodalash odatiy hol emasligi bois onasining “aziz o‘g‘lim” degan so‘zlarida unga kuchli ta’sir qiladi. Otasi harbiy kiyimdagi o‘g‘lini do‘stlariga ko‘rsatmoqchi, lekin Paul hech kim bilan urush to‘g‘risida gaplashmoqchi emas. U restoranlarning sokin burchaklarida, pivo ustida yoki bo‘lmasa o‘z xonasidan yolg‘izlik izlaydi. Nemis o‘qituvchisi uni pivoxonaga chaqiradi. U yerda tanish vatanparvar o‘qituvchilar qanday qilib “fransuzlarni kaltaklash” haqida munozara qiladi. Ular uni pivo va sigareta bilan mehmon qilishadi, shu bilan birga, Belgiyani, Fransiyaning ko‘mirga boy hududlarini va Rossiyaning yirik qismlarini egallashni rejalashtirishadi. Paul do‘sti Kimmerixning onasini ziyorat qilib, o‘g‘lining yurakdan olgan jarohatdan darhol o‘lim topgani haqida gapirib beradi. Uning hikoyasi shunchalik ishonarli ediki, ona ishonadi. O‘zini urushga tayyorlagan kazarmaga boradi. Uning yaqinda rus harbiy asirlarining katta lageri joylashgan. Pol rus asirlari lagerida turib, bu “bolalarining yuzlari va havoriylarning soqollari”ga ega odamlarga qarab,