Firmaning ma’lumotlar bazasining ER-modeli va relyatsion modelini tuzish
Mavzu: Firmaning ma’lumotlar bazasining ER-modeli va relyatsion modelini tuzish . Reja: 1.ER-modeli tuzishning asosiy tushunchalari . 2.Relyatsion model tuzish. 3.Xulosa. Firma ER-model va Relyatsion model tuzish. Axborot tizimlarini tarkibiy ma'lumotlar bazalari bilan loyihalashda quyidagi rasmda ko'rsatilgan modellarning tasnifidan foydalanish qulaydir. Barcha ma'lumotlar modellari dizayni uch bosqichida amalga oshiriladi deb hisobanadi. Birinchi bosqichda fan sohasi o'rganiladi, axborot tizimi ishlab chiqilayotgan muammolarni hal qilishda unda axborot tizimida aks ettirish kerak bo'lgan obyektlar va jarayonlar aniqlanadi. Ushbu bosqichda ishlatiladigan model mavzu sohasidagi semantik munosabatlarni vizual ravishda namoyish etishga xizmat qiladi. Shuningdek bu bosqichda ma'lumotlar tuzilishini qat'iy rasmiylashtirish talab qilinmaydi. Bunday modellarga infologik modellar deyiladi. Infologik modelni faqat ma'lumotlarning intuitiv ko'rinishi yordamida qurish mumkin. Mantiqiy darajada loyihalashda ma'lumotlar bazasi sxemalarini mavhum tasvirlashning eng keng tarqalgan usuli bu "mohiyat-aloqa" modeli. Uni ba'zan ER modeli deb ham atashadi, bu erda ER inglizcha "Entity - Relationship" iborasining qisqartmasi bo'lib, so'zma-so'z "mohiyat - aloqa" deb tarjima qilinadi. Bunday modellarning elementlari mantiqiy sinflar, ularning atributlari va munosabatlaridir. Biz ushbu elementlarning har birini tushuntiramiz va aniqlaymiz. Infologik Modeli: Tavsif: Infologik model, ma'lumotlarni o'rganishda tavsiflash uchun ishlatiladi. Bu modelda, tizimda qanday ma'lumotlarni saqlash kerakligi va ularga qanday xil tashqi dunyoda ko'rsatish kerakligi ifodalangan. Mazmun: Ma'lumotlar tavsiflangan holda, ularning o'zaro munosabatlarini belgilash uchun foydalaniladi. Xususiyatlar: Bu modelda, ma'lumotlar obyektlar, ularning xususiyatlari va ularga oid munosabatlar orqali ifodalangan. Masalan: Xodimlar, buyurtmalar va mahsulotlar Infologik modeli orqali o'rganiladi.
ER (Entity-Relationship) Modeli:Tavsif: ER modeli, tizimda bor ma'lumotlarni va ularning o'zaro munosabatlarini tavsiflashda foydalaniladi. Mazmun: Bu modelda, "ob'yekt" deb ataladigan narsalar (entity) va ularning o'zlariga oid xususiyatlar, shu bilan birga obyektlar o'rtasidagi munosabatlar (relationship) ifodalangan. Xususiyatlar: Obyekt va ularning xususiyatlari, shuningdek obyektlar o'rtasidagi munosabatlar, xususiyatlarning qiymatlari va qo'shimcha ma'lumotlar ER modeli tuzishda ahamiyat kasb etadi. Masalan: o’qituvchi va talabalarning o'qitish dasturlari ER modeli orqali tavsiflangan bo'lishi mumkin. Tavsif: Relatsion model, ma'lumotlar bazasi tuzishda ishlatiladi. Bu modelda, ma'lumotlar jadvalida ifodalangan bo'l ib, ularning o'zaro bog'lanishlari ko'rsatiladi. Mazmun: Relatsion modelda, ma'lumotlar jadval (table) shaklida ifodalangan bo'lib, ularda ma'lumotlar qator (row) va ustun (column)lari orqali saqlanadi. Xususiyatlar: Ma'lumotlar tuzilishi oson bo'lib, bu modelda ma'lumotlarga qo'shimcha shakllar kiritish va ma'lumotlarni o'rganish uchun SQL (Structured Query Language) ishlatiladi.Masalan: Xodimlar jadvali, buyurtmalar jadvali va ularning o'rtasidagi bog'lanishlar Relatsion model orqali ifodalangan. Bu modellarning har biri ma'lumotlar tuzilishi va o'rganilishi bo'yicha xususiyatlarga ega. Infologik model o'rganishda tavsiflashni, ER model orqali tavsiflangan ma'lumotlarni, va Relatsion model orqali ma'lumotlar bazasini tuzishni o'rganish odatiy jarayon bo'lib keladi. Ishning borishi:
Infologik modelni tuzishda wandershare edramax dasturidan foydalanamiz. Quyidagi oyna ochildi Create New tugmasini bosilganda 2-rasmdagi oyna ochiladi
3-rasmdagi shakllarning infologik modelini tuzish vazifasi quyidagicha: To’g’ri to’rtburchak shakli mohiyat Romb shakli ikki mohiyatni bog’lovchi
Ellips shakli attribut sifatida hlatila ishlatiladi Mohiyat, bog’lovchi(romb) va attribut shakllarni bir-biriga bog’lash uchun quyidagi chiziqlardan foydalanamiz. So’ngra biz Xususiy Bugalteriya Firmasining obyektlarini atributlarini yaratamiz va ularning bir-biriga bog’lanish jihatdan o’xshashligini belgilab beramiz.Keyingi bajaradigan vazifamiz mahsulot nomli obyektni atributlarni yozamiz.