G’oyaviy tahdid tushunchasi, uning mohiyat-mazmuni hamda tur va shakllari.
G’oyaviy tahdid tushunchasi, uning mohiyat-mazmuni hamda tur va shakllari. Reja. 1. Tahdid tushunchasi, uning mohiyat-mazmuni, tur va shakllari 2. Xavfsizlikning shakllari va turlari, mazmun-mohiyati 3. I.A.Karimov ma’naviy-mafkuraviy tahdidlar,ularning mazmun – mohiyati va asosiy yo’nalishlari haqida
1.Tahdid tushunchasi, uning mohiyat-mazmuni, tur va shakllari Xo’sh, tahdid nima? «Tahdid» arabcha «do’q qilish,qo’rqitish» degan so’zdan olingan bo’lib, kundalik hayotda «birovni qo’rqitish, unga do’q, po’pisa qilish hamda biror falokatning, qo’rqinchli voqyeaning sodir bo’lish xavfi» 1 , degan ma’nolarni anglatish uchun ishlatiladi. Falsafiy ma’noda « Tah did - keng falsafiy ma’noda,- inson, jamiyat va davlat hayoti hamda faoliya tiga nisbatan muayyan davr mobaynida aniq maqsadga yo’naltirilgan mahalliy, hududiy, mintaqaviy va umumsayyoraviy salbiy omillarning tajovuzi tufay li aniq makon va zamonda vujudga keladigan xavf-xatar shakli, muayyan barqaror siyosiy-ijtimoiy va tarixiy vaziyatni ifodalovchi tushuncha» 2 bo’lsa, jamiyatning rivojlanishiga ta’siri, ya’ni tor ma’noda esa tahdid deb makon va zamonda mavjud bo’lgan real jamiyatning ijtimoiy tuzilmalarini zaiflashtirishga, qolaversa yemirishga qaratilgan shaxsiy, mahalliy, hududiy, mintaqaviy omillarning qo’rqitish, do’q, po’pisa qilishdan iborat bo’lgan xatta-harakatlariga aytiladi. Tahdidlarning xususiyati va taraqqiyot sohalariga o’tkazadigan ta’sir darajasiga qarab, inson, shaxs, fuqaro, millat, davlat, jamiyat, mintaqa, global, ichki va tashqi, katta va kichik, shuningdek iqtisodiy, sosial, siyosiy, ekologik, demografik, mafkuraviy, harbiy, tabiiy-iqlimiy, makon nuqtai nazaridan esa uzoq va yaqin va boshqa shakllarga ajratish mumkin. Ammo ular qanday shaklda yuzaga kelishidan qat’i nazar, taraqqiyotga qarshi kuch hisoblanadi. Bugungi kunda o’zbek xalqining mustaqilligiga,uning tinch-osuda yashashiga,ijtimoiy-iqtisodiy,siyosiy-huquqiy va ma’naviy-madaniy tuzilmalariga solinayotgan tahdidlarni quyidagi tur va shakllarga ajratish mumkin. Siyosiy tahdidlar : tashqaridan reaksion eksremistik partiya va boshqa uyushmalarning kirib kelishi va buzg’unchi g’oyalarni tarqatishi; har xil «rangli inqillob»lar bahonasida mamlakatning ichki ishlariga aralashish; 1 Қаранг: Ўзбек тилининг изоҳли луғати. Ж.4. Т-Ш. – Т.:«Ўзбекистон миллий энциклопедияси» Давлат илмий нашриёти, 2008. – Б.41. 2 Қаранг: Маънавият: асосий тушунчалар ва изоҳли луғат. - Т.: Ғафур Ғулом номидаги нашриёт-матбаа ижодий уйи, 2009.- Б.546-547 .
diniy ekstremizm va separatizm; xalqaro terrorizm,uyushgan jinoyatchilik,qurol-yaroq savdosi, narkotik moddalarni tarqatish; hokimiyatning yuqori bo’g’inlarida korrupsiya va poraxo’rlikning avj olishi va boshqalar. Iqtisodiy tahdidlar: «xufyona» iqtisodiyotning avjga chiqishi; iqtisodiy dezintegrasiya; banklarning to’lov qobilyatini yo’qotishi; tashqi kuchlarning jahon iqtisodiyotiga yo’l qo’ymaslikka urinishi; raqobatga bardosh berolmaslik va ishsizlikning yo’qori darajada mavjudligi va boshqalar. Bularni shartli ravishda ichki va tashqi tahdidlarga ajratish mumkin. Bunda tashqi tahdidlar deb buzg’unchi kuchlarning mamlakatga tashqaridan kirib kelgan holda uning ijtimoiy tuzilmalarini yo’q qilishga, xalqni ma’naviy- mafkuraviy jihatdan parokandalikka uchratib o’zlariga tobe qilishga qaratilgan xurujlarga aytiladi. Ichki tahdidlar deb esa mamlakatning ichida davlat siyosatidan norozi bo’lgan kuchlarning o’z Vataniga, vatandoshiga, vatandosh lariga zarar yetkazishga qaratilgan g’oya, fikr, xatti-hara katlariga aytiladi. Ichki tahdidlar, odatda, nosog’lom mahalliychilik, yonidagilarni mensi maslik, vatandoshlarning haqqiga xiyonat qilish, "ma’naviy emigrasiya" (baxtini o’z vatanidan emas, o’zga joylarda qidirish), odamlarni boy kambag’alga bo’lib muomala qilish, po raxo’rlik, korrupsiya, qo’pollik, ashaddiy millatchilik, merkantilizm, ortiqcha mol-dunyoga hirs qo’yish, befarqlik, loqaydlik, o’zligini anglamaslik va boshqa shu kabi illatlar shaklida bo’ladi. Bular ichida eng xatarlisi ma’naviy – mafkuraviy tahdid sanaladi. Ularni ham shu yo’sinda ichki va tashqi tahdidlarga ajratish mumkin. Shunga ko’ra tashqi mafkuraviy tahdid – bu mamlakatimizdagi barqarorlik va xavfsizlik tizimini izdan chiqarish uchun tajavvuzkor g’oya tarafdorlari tomonidan tashqaridan turib mamlakatimiz ichkarisiga tomon xuruj qilishidir. Bu xuruj :
o’z missionerlarini yuborish; kitob,gazeta,jurnallarni yuborish; maktablar ochish; qo’shma korxonalar ochish; chet elga olib borib o’qitish; moliyaviy yordam-ko’mak berish; demokratiya tarafdorlarini qo’llab quvvatlash; «dindosh» , «millatdosh» larga g’amxo’rlik qilish kabi niqoblangan ishlar asosida olib boriladi. Xo’sh, «tahdid» kuchmi yoki hodisa, omil yoxud jarayon; ularning negizida nimalar turadi; u xavf-xatardan nimalari bilan farq qila di, degan bir qator savollarga javob qaytarish kerak bo’ladi. «Avvalo, shuni ta’kiddash lozimki, bu tushunchaning maqomiga aniq javob qaytarish murakkab masala. Chun ki uning real holatda faqat qurol vositasidagi ko’ri nishini aniq tasavvur etish mumkin. Boshqa barcha holatlarda ko’zga ko’rinmas, mavhum, zimdan amal qila di. Uning ana shu ta’siri moddiy borliq sifatida namoyon bo’lgandagina uni sezish, anglab yetish va ko’rish mumkin bo’ladi. Bu uzoq davom etadigan jarayondir. Ma’naviyatga qarshi qaratilgan tahdidlarning mohiyati va ta’sirini tez anglab yetishning murakkab jihati, uning ong va dunyoqarash bilan bog’liqligi dir. Inson botiniga joylashib olgan har qanday sal biy ta’sirlardan ozod bo’lish juda murakkab masala hisoblanadi. Ana shu fikrimizga asoslanib aytish mumkinki, tahdidga moddiy kuch, omil va nazariy jarayon sifatida qarash mumkin. Qachonki, u moddiylik asosida (qurol, vosita ko’rinishida) yuzaga keladigan bo’lsa, kuch darajasida namoyon bo’ladi. Ma’naviyat, g’oya va maf kuralar ko’rinishida yuzaga kelgan tahdidlarning bar chasi ong va dunyoqarashga joylashadigan bo’lsa, u asta- sekin moddiylikka aylanadi. Bu tahdidning nazariy jarayon sifatidagi jihati hisoblanadi. Ularning barcha ko’rinishi taraqqiyot uchun nihoyatda xatarlidir» 3 . Bunday ko’z ilg’amas tahdidlar qancha keng tarqalsa, o’zbeklarning g’oyaviy birligiga shuncha ko’p zarar yetkazadi, 3 Қаранг : Отамуратов С. Глобаллашув ва миллий-маънавий хавфсизлик. Т.: Ўзбекистон, 2013. - Б.259.
parokanda qiladi, hamjihatlik bo’lmaydi. G’oyaviy birligi mo’rt millatning davlat xavfsizligi ham mo’rt bo’ladi. Xavfsizlikning shakllari va turlari, mazmun-mohiyati Xavfsizlik tushunchasining mohiyati. Xavfsizlik muammosi mustaqil davlatchilikning shakllanishi va ja miyatda ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy manfaatlarning qaror topishi bi lan bir vaqtda vujudga keladi. Chunki shu vaqtdan boshlab, barqarorlik, rivojlanish bilan bir qatorda xavf-xatar, turli-tuman tahdidlar ham paydo bo’lib, ularni hisobga olish, ularga asoslanib, davlat strategiyasi va siyosatini ishlab chiqish hamda amalga oshirish mamlakat xavfsizligini ta’minlashning muhim sharti hisoblanadi. Xo’sh, xavfsizlik nima? Xavfsizlik arabcha «xavf-xatar» so’zidan olingan bo’lib, «qo’rqinch»,«vahima»,«hadiksirash»,«xavotirlanish»larning yo’qligi, ularning oldini olish degan ma’nolarni anglatadi 4 . Bu tushuncha Rober ma’lumotnomasiga ko’ra 1190 yilda paydo bo’lgan va u , dastlab, o’zini har qanday xavf-xatardan himoyalangan deb hisoblovchi inson ruhining xotirjam holatini ifodalagan 2 . Ushbu ma’noda mazkur termin G’arbiy Yevropa xalklari leksikonida XVII asrgacha qo’llanilgan. Tarixning keyingi davrlarida davlat tuzilmalarining shakllanishi bilan bog’liq ravishda xavfsizlik tushunchasi moddiy, siyosiy va iqtiso diy sohalarda davlat qurilishi, boshqarish organlari tendensiyalariga mos keladigan real xavf-xatar (jismoniy va ma’naviy)ning yo’qligi natijasi da vujudga keladigan tinchlik holati sharoiti ma’nosini anglatgan 3 . XX asrning oxirlariga kelib, "xavfsizlik" va "milliy xavfsizlik" tushunchalari bizning leksikonimizda tez-tez qo’llanila boshlandi. Bu insoniyat rivojlanishining murakkablashuvi, yadro, atom va boshqa om- maviy qirg’in qurollarining keng tarqalishi, yekologik vaziyatning og’ir- lashganligi, yangi xavfli kasalliklarning vujudga kelishi, terrorizm xavfining kuchayishi, totalitar tuzum yemirilganidan keyin dunyoning qarama-qarshi qutblarga bo’linishi barham topgandan keyingi davlatlar o’rtasidagi muvozanatning buzilishi, yangi mustaqil davlatlarning paydo 4 O’zbek tilining izohli lug’ati.4.J.- T.:.«O’zbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy nashriyoti,2008.- B.372. 2 Otamuradov S . Globallashuv va milliy-ma’naviy xavfsizlik. -.T.: O’zbekiston,2013. – B.181. 3 Otamuradov S . Globallashuv va milliy-ma’naviy xavfsizlik. -.T.: O’zbekiston,2013. – B. 223 .