logo

G’oyaviy tahdidlarning yo’nalishlari.

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

90.3876953125 KB
G’oyaviy tahdidlarning yo’nalishlari.
MAVZU:
1.XXI   asrda   mafkuraviy   munosabatlar   keskinlashuvining   ijtimoiy,   iqtisodiy,
siyosiy sabablari.
      2.Shovinizm, genosid, fashizm, neofashizm, neokommunizm, irqchilik, diniy
ekstremizm, fundamentalizm, terrorizm g’oyalarining reaksion mohiyati va ularga
qarshi kurashning tarixiy zaruriyati.  1. Tahdid  tushunchasi,uning mohiyat-mazmuni,  tur va shakllari
Xo‘sh, tahdid nima?  «Tahdid»  arabcha «do‘q qilish,qo‘rqitish» degan  so‘zdan
olingan   bo‘lib,   kundalik   hayotda   «birovni   qo‘rqitish,   unga   do‘q,   po‘pisa   qilish
hamda   biror   falokatning,   qo‘rqinchli   voqeaning   sodir   bo‘lish   xavfi»,   degan
ma’nolarni   anglatish   uchun   ishlatiladi.     Falsafiy   ma’noda « Tah did -   keng   falsafiy
ma’noda,-   inson,   jamiyat   va   davlat   hayoti   hamda   faoliya tiga   nisbatan   muayyan
davr mobaynida aniq maqsadga  yo‘naltirilgan mahalliy, hududiy, mintaqaviy va
umumsayyoraviy   salbiy   omillarning   tajovuzi   tufay li   aniq   makon   va   zamonda
vujudga keladigan xavf-xatar shakli, muayyan barqaror siyosiy-ijtimoiy va  tarixiy
vaziyatni   ifodalovchi   tushuncha»   bo‘lsa,   jamiyatning   rivojlanishiga   ta’siri,   ya’ni
tor   ma’noda   esa   tahdid   deb   makon   va   zamonda   mavjud     bo‘lgan     real     ja
miyatning   ijtimoiy   tuzilmalarini   zaiflashtirishga,   qolaversa   emirishga   qaratilgan
shaxsiy,   mahalliy,   hududiy,   mintaqaviy   omillarning   qo‘rqitish,   do‘q,   po‘pisa
qilishdan iborat bo‘lgan xatta-harakatlariga aytiladi.
Tahdidlarning xususiyati  va taraqqiyot  sohalariga   o‘tkazadigan   ta’sir   darajasiga
qarab, inson, shaxs,  fuqaro, millat, davlat, jamiyat, mintaqa, global,  ichki va tashqi,
katta   va   kichik,   shuningdek   iqtisodiy,   sotsial,   siyosiy,   ekologik,   demografik,
mafkuraviy,  harbiy,  tabiiy-iqlimiy, makon  nuqtai  nazaridan  esa  uzoq  va  yaqin   va
boshqa shakllarga ajratish mumkin. Ammo ular qanday  shaklda yuzaga kelishidan qat’i
nazar, taraqqiyotga qarshi  kuch hisoblanadi.
      Bugungi   kunda   o‘zbek   xalqining   mustaqilligiga,uning   tinch-osuda
yashashiga,ijtimoiy-iqtisodiy,siyosiy-huquqiy   va   ma’naviy-madaniy   tuzilmalariga
solinayotgan tahdidlarni quyidagi tur va shakllarga ajratish mumkin.
Siyosiy tahdidlar :
 tashqaridan   reaksion   eksremistik   partiya   va   boshqa   uyushmalarning   kirib
kelishi va buzg‘unchi g‘oyalarni tarqatishi;
 har   xil   «rangli   inqillob»lar   bahonasida   mamlakatning   ichki   ishlariga
aralashish;
 diniy ekstremizm va separatizm;
 xalqaro   terrorizm,uyushgan   jinoyatchilik,qurol-yaroq   savdosi,   narkotik moddalarni tarqatish;
 hokimiyatning yuqori bo‘g‘inlarida korrupsiya va poraxo‘rlikning avj olishi
va boshqalar.
Iqtisodiy tahdidlar:
 «xufyona» iqtisodiyotning avjga chiqishi;
 iqtisodiy dezintegratsiya;
 banklarning to‘lov qobilyatini yo‘qotishi;
 tashqi kuchlarning jahon iqtisodiyotiga yo‘l qo‘ymaslikka urinishi;
 raqobatga   bardosh   berolmaslik   va   ishsizlikning   yo‘qori   darajada
mavjudligi va boshqalar. 
        Bularni   shartli   ravishda   ichki   va   tashqi   tahdidlarga   ajratish   mumkin.   Bunda
tashqi     tahdidlar   deb   buzg‘unchi   kuchlarning   mamlakatga     tashqaridan   kirib
kelgan   holda   uning   ijtimoiy   tuzilmalarini   yo‘q   qilishga,   xalqni   ma’naviy-
mafkuraviy   jihatdan   parokandalikka   uchratib     o‘zlariga   tobe   qilishga   qaratilgan
xurujlarga   aytiladi.   Ichki   tahdidlar   deb   esa   mamlakatning   ichida   davlat
siyosatidan   norozi   bo‘lgan   kuchlarning   o‘z   Vataniga,   vatandoshiga,
vatandosh lariga   zarar   etkazishga   qaratilgan   g‘oya,   fikr,   xatti-hara katlariga
aytiladi.   Ichki   tahdidlar,   odatda,nosog‘lom   mahalliychilik,   yonidagilarni
mensi maslik,   vatandoshlarning   haqqiga   xiyonat   qilish,   "ma’naviy   emigratsiya"
(baxtini o‘z vatanidan emas, o‘zga joylarda qidirish), odamlarni boy kambag‘alga
bo‘lib   muomala   qilish,   po raxo‘rlik,   korrupsiya,   qo‘pollik,   ashaddiy
millatchilik,   merkantilizm,   ortiqcha   mol-dunyoga   hirs   qo‘yish,   befarqlik,
loqaydlik, o‘zligini anglamaslik va boshqa shu kabi illatlar shaklida bo‘ladi.
  Bular ichida eng xatarlisi  ma’naviy – mafkuraviy tahdid sanaladi.  Ularni ham
shu   yo‘sinda   ichki   va   tashqi   tahdidlarga   ajratish   mumkin. SHunga   ko‘ra     tashqi
mafkuraviy tahdid  – bu mamlakatimizdagi barqarorlik va xavfsizlik tizimini izdan
chiqarish   uchun   tajavvuzkor   g‘oya   tarafdorlari   tomonidan   tashqaridan   turib
mamlakatimiz ichkarisiga tomon  xuruj qilishidir.  Bu xuruj :
 o‘z missionerlarini yuborish;
 kitob,gazeta,jurnallarni yuborish;  maktablar ochish;
 qo‘shma korxonalar ochish;
 chet elga olib borib o‘qitish;
 moliyaviy yordam-ko‘mak berish;
 demokratiya tarafdorlarini qo‘llab quvvatlash;
 «dindosh» , «millatdosh» larga  g‘amxo‘rlik qilish  kabi niqoblangan ishlar
asosida olib boriladi.
Xo‘sh, «tahdid» kuchmi yoki   hodisa, omil yoxud jarayon; ularning negizida nimalar
turadi;  u xavf-xatardan nimalari bilan farq qila di, degan bir qator savollarga javob
qaytarish kerak bo‘ladi.
«Avvalo,   shuni   ta’kiddash   lozimki,   bu   tushunchaning   maqomiga   aniq   javob
qaytarish   murakkab   masala.   CHun ki   uning   real   holatda   faqat   qurol   vositasidagi
ko‘ri nishini   aniq   tasavvur   etish   mumkin.   Boshqa   barcha   holatlarda   ko‘zga
ko‘rinmas,   mavhum,   zimdan   amal   qila di.   Uning   ana   shu   ta’siri   moddiy   borliq
sifatida   namoyon bo‘lgandagina uni sezish, anglab etish va ko‘rish  mumkin bo‘ladi.
Bu uzoq davom etadigan jarayondir.  Ma’naviyatga qarshi qaratilgan tahdidlarning
mohiyati   va   ta’sirini   tez   anglab   etishning   murakkab   jihati,   uning   ong   va
dunyoqarash bilan bog‘liqligi dir. Inson botiniga joylashib olgan har qanday sal biy
ta’sirlardan ozod bo‘lish juda murakkab masala  hisoblanadi.
Ana   shu   fikrimizga   asoslanib   aytish   mumkinki,   tahdidga   moddiy   kuch,   omil   va
nazariy   jarayon   sifatida   qarash   mumkin.   Qachonki,   u   moddiylik   asosida   (qurol,
vosita   ko‘rinishida)   yuzaga   keladigan   bo‘lsa,   kuch   darajasida   namoyon   bo‘ladi.
Ma’naviyat, g‘oya va maf kuralar  ko‘rinishida yuzaga kelgan tahdidlarning bar chasi
ong va dunyoqarashga joylashadigan bo‘lsa, u asta- sekin moddiylikka aylanadi. Bu
tahdidning nazariy  jarayon sifatidagi jihati hisoblanadi. Ularning  barcha ko‘rinishi
taraqqiyot uchun nihoyatda xatarlidir».  Bunday ko‘z ilg‘amas tahdidlar qancha keng
tarqalsa, o‘zbeklarning g‘oyaviy birligiga shuncha ko‘p   zarar  etkazadi,  parokanda
qiladi,   hamjihatlik   bo‘lmaydi.   G‘oyaviy   birligi   mo‘rt   millatning   davlat
xavfsizligi ham  mo‘rt bo‘ladi. 2.  I.A.Karimov ma’naviy-mafkuraviy tahdidlar,ularning mazmun – mohiyati
va asosiy yo‘nalishlari haqida
«Tahdid» tushunchasining siyosiy-falsafiy mohiya tining bir qator qirralari jahon
olimlari   tomonidan   tahlil   etib   kelinmoqda.   Zero,   insoniyatning   ongli   faoliyati
boshlanibdiki, «tahdid» ham inson ning   o‘zi   bilan   yonma-yon   yashab,   «ulg‘ayib»,
qudratli   kuchga   aylanib   kelyapti.   SHuning   uchun   ham   bugungi   kun da   bu
tushunchaning   ta’sir   kuchi   va   uni   jilovlash   bi lan   bog‘liq   masalalarni   o‘rganishga
bo‘lgan   qiziqish   barcha   mintaqalarda   kuchayib   boryapti.   O‘zbekistonda   ham   uni
o‘rganishga   bo‘lgan   qiziqish   ortib   bormoqda.   Bu   borada,   eng   avvalo,
Prezidentimiz   Islom   Kari mov   tomonidan   e’lon   qilingan   «O‘zbekiston   XXI   asr
bo‘sag‘asida:   xavfsizlikka   tahdid,   barqarorlik   shart lari   va   taraqqiyot   kafolatlari»
asarining umumme todologik ahamiyatga ega bo‘lganini ta’kiddash lozim.
Asarning   metodologik,   nazariy   va   amaliy   ahamiyati   shundan   iboratki,   sobiq
ittifoqsosh   respublika lar   o‘z   mustaqilligini   qo‘lga   kiritganliklari   quvonchi   va
eyforiyasi   bilan   yashayotgan   bir   paytda   Preziden timiz   unga   qarshi   qaratilgan
tahdidlarning   yuzaga   kelayotganligidan   nafaqat   O‘zbekiston   xalqini,   shu ningdek,
MDH xalqlarining ham ogoh bo‘lishi zarur- ligini ko‘rsatib bergan edi. Asarda ilgari
surilgan  g‘oyalar, xavf-xatar va tahdidlar u e’lon qilingan 1997  yildan keyingi o‘tgan
davrda o‘zining to‘g‘ri ekanli gini tasdiqlab kelmoqda.
«Eng   murakkab   savollardan   biri   shuki,   —   deb   ogoh lantirgan   Prezidentimiz,   —
bizdagi   barqarorlik   va   xavfsizlik   yo‘lida   tahdid   bo‘lib   turgan   muammolarni   anglab
etayapmizmi?»
Mustaqilligimizni qo‘lga kiritish qanchalik mu rakkab bo‘lgan bo‘lsa, uni saqlab
qolish va mustahkam lash undanda murakkab ekanligi taraqqiyotimiz ja rayonida o‘z
tasdig‘ini topib kelmoqda.   Prezidentimiz tahdidlarning ma’no-mazmuni va   butun
mamlakatni   halokatga   olib   keluvchi   katta   kuch   ekanligini   ko‘rsatib   berish   bilan
birga,   ularning   shakllari   hamda   namoyon   bo‘lish   xususiyatlarini   ham   ko‘rsatgan
edi. Xullas, mazkur fundamental asar taraqqiyotimizga qarshi qaratilgan tahdidlarni
har   bir   tarixiy   bosqichdagi   xususiyatlari   va   ta’sir   kuchini   o‘rganish ning   nazariy
asosini tashkil qilib kelmoqda.
  I.A.Karimov   o‘zining   “YUksak   ma’naviyat   –   engilmas   kuch”   nomli   asarida
ma’naviy-mafkuraviy   tahdid   tushunchalariga   to‘xtalar   ekan :« Ma’naviy   tahdid
deganda,   avvalo,   tili,   dini,   e’tiqodidan   qat’i   nazar,   har   qaysi   odamning   tom
ma’nodagi   erkin   inson   bo‘lib   yashashigaqarshi   qaratilgan,   uning   aynan   ruhiy
dunyosini  izdan  chiqarish  maqsadini   ko‘zda  tutadigan mafkuraviy,  g‘oyaviy  va
informatsion xurujlarni  nazarda tutish lozim, deb o‘ylayman.
Agarki   masalaga   amaliy   ko‘z   bilan   qaraydigan   bo‘lsak,   ma’naviyatimizga
qarshi qaratilgan har qanday xuruj – bu millatimizni millat qiladigan, asrlar, ming
yillar davomida ajdodlardan avlodlarga o‘tib kelayotgan o‘ziga xos va o‘ziga mos
xususiyatlarga,   milliy   g‘urur,   milliy   iftixor   tuyg‘usiga,   bizni   doimiy   ravishda
tadrijiy taraqqiyotga chorlaydigan, shu yo‘ldagi  barcha asorat  va  illatlardan xalos
bo‘lib,   ozod   va   farovon   hayot   barpo   etishdek   ezgu   maqsadlarimizga   katta   zarba
beradigan mudxish xavf-xatarlarni anglatadi.
Lo‘nda   qilib   aytadigan   bo‘lsak,   bunday   mafkuraviy   xurujlar   milliy   va   diniy
tomirlarimizga   bolta   urishini,   ulardan   bizni   butunlay   uzib   tashlashdek   yovuz
maqsadlarni ko‘zlashini,   o‘ylaymanki, yurtimizda yashaydigan sog‘lom fikrli har
bir odam yaxshi tushunadi.
Bunday   tajovuzkorona   harakatlar   bizlar   uchun   mutlaqo   begona   mafkura   va
dunyoqarashni   avvalo   beg‘ubor   yoshlarimizning   qalbi   va   ongiga   singdirishga
qaratilgani bilan ayniqsa xatarlidir», – degan edi.
  Xalq  va  dav latning ezgu  maqsadlariga  yot  va begona bo‘lgan   g‘oyalar jamiyat
hayotiga   o‘z   ta’sirini   o‘tkazishga   harakat   qilishi   muqarrar.   Ayniqsa,   g‘oyaviy
be qarorlik   hukmron   bo‘lgan   joyda   mafkuraviy   tahdid   kuchayadi.   Aholi   keng
qatlamlari, xusu san, yoshlarning ongini egallashga urinishlar  ortib boradi.
Dunyoning   turli   mamlakatlarida joylashgan,   katta mablag‘ va ta’sir kuchiga ega
bo‘lgan   ba’zi   markazlar   ana   shunday   vaziyatdan   foydalanib,   o‘z   yovuz   niyatlariga
erishmoq uchun urinmoqda. Bu  kuchlarning  mamlakatimizga  ko‘z olayti rishi, bizga o‘z hukmini o‘tkazishga
intilishi ning sababi – yurtimizning geopolitik nuqtai   nazardan    g‘oyat  qulay hududda
joylashgani, in tellektual salohiyat va tabiiy zahiralarga boy ligidir.
1980 yillarning  oxirlaridan boshlab mamlakatimizga kirib kelgan vahhobiylik,
"Hizbut   tahrir"   kabi   zararli   oqimlar,   turli   sektalar     dinning     asl   mohiyatini
bilmaydigai   oddiy   odamlarni,   g‘o‘r   yoshlarni   yo‘ldan   ozdira   boshladi..   Ular
xalqimizning   ko‘ngli   ochiq,soddadil,ishonuvchan,andishali,qalbida   kattalarga
hurmat,diniy qadriyatlarga intilish tuyg‘usi kuchli ekanidan foydalanmoqda.
Hozirgi   kunda   jamiyatimiz   hayotiga   jiddiy   xavf   tug‘diradigan   mafkuraviy
tahdidlarning asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:
 islom   xalifaligini   tiklab,   uning   bayrog‘i   ostida   musulmon   xalqlarni   yanga
imperiyaga bir lashtirishga qaratilgan intilishlar;
 yosh mustaqil davlatlarnig sobiq ittifoqqa  birlashtirish g‘oyasi;
 tariximizni,   milliy   qadriyatlarimiz   va   dinning   mohiyatini   soxtalashtirishga
urinishlar;
 axloqsizlik g‘oyalarini yoyib, xalqni ma’naviy jihatdan buzishga intilishlar;
 turli mafkuraviy vositalar orqali min taqaviy va davlatlararo mojarolarni keltirib
chiqarishga qaratilgan harakatlar.
  YUqorida   keltirilgan   fikrlardan   ham   ko‘rinib   turibdiki,mafkuraviy   tahdid   o‘z
mohiyatidan   kelib   chiqib,   eng   avvalo,   inson   ongiga,   tafakkuri   va   xulq-atvoriga
xavf-xatar solmoqda. Inson ongi va qalbini vayronkor hamda buzg‘unchi g‘oyalar
bilan izdan chiqarishga harakat qilish mafkuraviy taxdidning eng asosiy mazmun-
mohiyatini   belgilaydi.   Mafkuraviy   tahdid   muayyan   jamiyat   a’zolarini   yagona
maqsad va muddaolardan chalg‘itib, milliy mentalitetga mos kelmaydigan begona
g‘oyalar,  fikrlar,  maqsadlar   va  qarashlarni  chetdan  turib  eksport   qilish  jarayonida
o‘zini yanada aniqroq namoyon qiladi.
Umuman  olganda  hozirgi   vaqtda  mafkuraviy  tahdidlar   quyidagilarda  namoyon
eo‘lmoqda:
 yurtimizdagi   demokratiya   qadriyatlari   va   demokratik   taraqqiyot
imkoniyatlariga nisbatan shubha bilan qarash holatini zujudga keltirish;  odamlarni   ezgu   g‘oyalardan   chalg‘itish,   xayoliy   farovon   turmush   tarzini
va’da qilish;
 jamiyat   a’zolari,   ayniqsa,   yoshlar   tafakkurida   milliy   qadriyatlarga   sodiqlik
tuyg‘ularini zaiflashtirish;
   xalqimiz   urf-odatlari,   milliy   mentalitetiga   begona   edatlarni   kiritishga
intilish;
 ekstremistik ruhdagi diniy g‘oyalarni tiqishtirishga intilish;
 aholi o‘rtasida milliy taraqqiyot modeliga ishonchsizlik uyg‘otish;
 jamoaparvarlik,   ijtimoiy   hamkorlik   ruhini   inkor   etib,   individualizm
g‘oyalarini sun’iy ravishda tiqishtirish.
  SHunday   qilib,   bu   tahdidlar,   eng   avvalo,   oddiy   insonlar   qalbi   va   ongini   zabt
etishga, ularni o‘z milliy   qadriyatlaridan,   umumbashariy   sivilizatsiya     yutuqlaridan
mahrum     qilishga,   pirovard   natijada   yurtimizni   o‘ziga   qaram   qilib   olishga
qaratilgan zamonaviy tajovuzkorlikning mafkuraviy bir shaklidir.
3. Vayronkor g‘oyalar tushunchasi,ularning turlari,ko‘rinish 
shakllari hamda  reaksion mohiyati
3.1.Vayronkor   g‘oyalartushunchasi   va   uning   turlari..   Vayronkor   g‘oyalar
deb     inson   va   jamiyatni   tubanlikka   boshlaydigan,   odamlarni   g‘arazli   niyat   va
qabih   maqsadlarga   undaydigan,   xalqlar   va   davlatlarni   tanazzul   va   halokatga
mahkum   etadigan     yovuzlik   va   jaholatga   xizmat   qiladigan     g‘oyalar   majmuiga
aytiladi.   Bularga   mustabidlik,   bosqinchilik,   terorchilik,   aqidaparastlik,
jaholatparastlik,   irqchilik,   millatchilik,   mahalliychilik,   vatansizlik,yovuzlik
g‘oyalari   kiradi.   Ular   o‘zlarini
bolshevizm,kommunizm,neokommunizm,fashizm,neofashizm,rasizm,kosmopolitiz
m,shovinizm,panslavyanizm,panamerkanizm,panislomizm,paneronizm,panturkizm
,natsizm,fundamentalizm,gegemonizm,konformizm   kabi   shakllarda   namoyon
qiladi.
3.2.Vayronkor g‘oyalarga xos bo‘lgan xususiyatlar:
 g‘oyaviy yakka hokimlikka intilish;
 fikrlar plyuralizmini rad etish;  demokratik va milliy qadriyatlarni tan olmaslik;
 mutlaq hokimiyatga da’vo qilish;
 jamiyatda ijtimoiy-siyosiy beqarorlikka moyillik;
 yagona,hukmron mafkuraga urinish;
 ijtimoiy ixtilovlarni qo‘llash;
 aqidaparsatlik va siyosiy ekstremizmni yoqlash.
3.3.Vayronkor g‘oyalarning tashkiliy asoslari:
 diniy ekstremizm;
 xalqaro terrorizm;
 narkobiznes;
 noqonuniy qurol-yarog‘ savdosi;
 begona,soxta diniy aqidalar;
 jangarilikni targ‘ib etish;
 aqidaparastlik.
3.4.Vayronkor   g‘oyalar   jamiyat   hayotida   quyidagi   zararli   oqibatlarni
keltirib chiqaradi:
 inson tabiatiga zid bo‘lgan  salbiy tomonga o‘zgartiradi;
 tafakkur tarzini o‘z negizlaridan begonalashtiradi;
 nosog‘lom turmush tarzini shakllantiradi;
 begona   urf-odat,an’analarni   targ‘ib   qiladi.Ularning   kirib   kelishiga   muhit
yaratadi;
 fikrlar xilma-xilligini cheklaydi;
 qaramlik,tobelik,mutelik muhitini yaratadi;
 mamlakatni,xalqni   o‘z   milliy   qadriyatlaridan,oxir-oqibat   o‘z   taraqqiyot
yo‘lidan begonalashtiradi;
 jamiyatda xalqlar va millatlararo totuvlik,dinlararo bag‘rikenglikka rahna
solib,ichki ixtiloflar,parokandalikka olib keladi.
Fashizm   va   neofashizm.   Fashizm   (ital.–   bog‘lam,   birlashma)   –   G‘arb
mamlakatlarida   XX   asr   boshlaridagi   og‘ir   iqtisodiy,   siyosiy   va   ma’naviy
bo‘hronlar davrida vujudga kelgan o‘ta tajovuzkor va vayronkor g‘oyalar asosida shakllangan   g‘ayriinsoniy   nazariya   va   amaliyot.   U   eng   reaksion   va   tajovuzkor
doiralarning   dunyoqarashi   va   manfaatini   ifoda   etgan   holda,   ochiqdan-ochiq
terroristik     diktaturaga,   zo‘rovonlik   g‘oyasiga   tayanadi.   Fashizmning   muhim
xususiyati   –ochikdan-ochiq   shovinizm   va   irqchilik   bo‘lib,   uning   mohiyati
jamiyatning   barcha   taraqqiyparvar   qatlamlari,   ilg‘or   fikrli   a’zolariga   qarshi   kuch
ishlatishning   eng  og‘ir   va  zararli  shakllarini   qo‘llash   jarayonida   yaqqol   namoyon
bo‘ladi.   Fashizm   o‘z   kirdikorlarini   yashirish   va   xaspo‘shlash   uchun   siyosiy
tilyog‘lamalik, yolg‘on va bo‘htonlardan ustalik bi-lan foydalanadi.
Fashizmning   tashqi   siyosati   bosqinchilikdan   va   xalqaro   terrorchilikdan   iborat.
XX  asrning  30-yillarida  fashistik   tartiblar   Italiyada,   Germaniyada,  Portugaliyada,
Ispaniyada   va   SHarqiy   Evropaning   boshqa   bir   qancha   mamlakatlarid           a
o‘rnatilgan   edi.   Fashistlar   Germaniyasi   Gitler   boshchiligida   va   militaristik
YAponiya   bilan   ittifoq   tuzib   1939-1945   yillardagi   Ikkinchi   jahon   urushini
boshlagan. Bu urush insoniyatga mislsiz kulfat va falokatlar keltirdi, fashizmning
to‘la mag‘lubiyati va inqirozi bilan yakuniga etdi. 1945 yilda Berlin konferensiyasi
qarorlariga muvofiq fashistik milliy-sotsialistik partiya va uning tashkilotlari yo‘q
qilindi.
XX asr   70-yillariga   kelib   Portugaliya,   Gretsiya,   Ispaniyada   ham   fashistik
tartiblar   barbod   bo‘ldi.   Ammo,   bugungi   kunda   ham   ba’zi   mamlakatlarda
(Avstriya, Germaniya va b.) fashistik unsurlarning muayyan darajada faolla-shuvi
kuzatilmokda.
      Neofashizm.  Bu fashizmning yangi tarixiy sharoitdagi ko‘rinishi. Neofashistik
guruhlar yangi sharoitga moslashgan holda o‘zini jahon  afkor ommasi ko‘z o‘ngida
mutlaqo   obro‘sizlantirgan   fashizmdan   farq   qiladigan   oqim   sifatida   ko‘rsatishga
urinadi.
Neofashistlar   aholining  qashshoq,   marginal   guruhlarini   o‘z   to- moniga ag‘darib
olishga  harakat  qiladi.  SHu bois  o‘z mavqeidan  norozi   bo‘lgan   muayyan   guruhlar
neofashistlar ta’siriga tushib qoladi.
Neofashistlar   qo‘llaydigan   asosiy   taktik   usul   –   turli   yo‘llar   bilan   mamlakatda
ijtimoiy  tanglik   vaziyatini   keltirib  chiqarish   va   saqlab   turishdan   iborat.   SHu   tariqa ular demokratik yo‘l bilan say- langan parlamentlar va hukumatlarni mamlakatd       a
tartib   o‘rnatish   va   saqlash   uchun   noqobil   deb   ko‘rsatmoqchi   bo‘ladi.   Ijtimoiy
tanglikning  surunkali davom etishi aholi quyi tabaqalarining bir qismini neo- fashistlar
safiga   qo‘shilishga   olib   kelishi   mumkin.   SHuning   uchun   neofashistlar   turli
tartibsizliklar  keltirib chiqarish yo‘li bilan   tanglikni  saqlab  turishga  harakat  qiladi.
Masalan,   Rossiya   Federa- siyasidagi   E.   Limonov   boshchilik   qilayotgan   natsional-
bolsheviklar  o‘z faoliyatida mana shu usuldan foydalanadi.
«Rasizm»   so‘zi «rasa» (irq) atamasidan kelib chiqqan. Bu atama XVII asrdan
boshlab   Evropada   «insoniyat   nasli»ni   tur li   irqiy   guruhlar,   jumladan,   «oq»   va
«sariq» irqqa ajra tish uchun qo‘llana boshladi.
Irqchilik – odamlar o‘rtasidagi ijtimoiy tengsizlik,   bosqinchilik, zo‘ravonlik va
urushlarni   kishilarning   turli   irqlarga   mansubligi   bilan   oqlashga   xizmat   qiluvchi
gayri milliy ta’limot.
Irqchilik   ta’limoti   «oq   tanli»larning   afzalligi,   ularning   azaldan   «oliy   irq»   etib
tanlangani, boshqa irqlarning   esa «oq»larga qaraganda nomukammal yaratilganligi
va   hamisha   taraqqiyotning   quyi   pogonalarida   turishini   «asoslab»   bera di.   Uning
asosiy g‘oyasi o‘zining «ilohiy» tabiatiga ko‘ra «oq»  irqlarni   «quyi»   irqlar   ustidan
hukmron qilishga da’vat etishga qaratilgandir.
Buyuk   davlatchilik   shovinizmi.   Bu   masalani   yoritishdan   oldin   shovinizm
nima   ekanligini   bilish   zarur.     Insoniyatning   yagona   birlik   sifatida   erkin   taraqqiy
qilishiga   katta   xavf   tug‘diruvchimafkura   shakllaridan   biri   shovinizmdir.
SHovinizm millatchilikning o‘ziga xos shakli, boshqa millatlarni mensimaslik  va
o‘z   millatining   ularga   nisbatan   ustunligini   asoslashga   qaratilgan   g‘oyaviy-
nazariy qarashlar tizimi va amaliyotidir.
Bunday qarashlarning tarixi uzoq bo‘lsada, ilmiy tushuncha sifatida shovinizm
atamasi fransuz yozuvchilari aka-uka I. va T. Konyarlarning "Uch rangli kokarda"
nomli   komediyasining  qahramonlaridan   biri,  o‘zining  agressiv  millatchiligi  bilan
ajralib   turadigan   Nikola   SHoven  nomi   bilan  bog‘liq  holda,   XIX   asrning   birinchi
yarmida paydo bo‘lganini qayd etish lo-zim. Napoleonning bosqinchilik urushlari
veterani   bo‘lgan,   "buyuk   Fransiya"ni   yaratgani   uchun   imperatorga   sajda   qilish ruhida tarbiyalangan, o‘ta millatchi bo‘lgan bu real shaxs ushbu badiiy obrazning
prototipi hisoblanadi.
SHovinizm   boshqa   millatlarning   jahon   tarixida   tutgan   o‘rni,   bugungi   kundagi
mavqei   hamda   ma’naviy-madaniy   hayotining   o‘ziga   xos   tomonlarini
mensimaslikka   intilishida   yaqqol   ko‘rinadi.   SHovinizm   ko‘p   sonli   xalqlarning
ko‘p   millatli   davlat   doirasida,   shuningdek,   uni   o‘rab   turgan   jug‘rofiy   -   siyosiy
makonda   o‘zining   mutlaq   hukmronligini   o‘rnatishga   urinishida   ham   namoyon
bo‘ladi.
Buyuk   davlatchilik   shovinizmi   –   bir   davlatning   boshqa     davlat   yoki   davlatlar
ustidan   siyosiy,   mafkuraviy,iqtisodiy   va   harbiy   hukmronligani         o‘rnatishga
qaratilgan nazariya va amaliyot.
Xususan,   XIX   asr   oxiridan   boshlab   Rossiya   imperiyasining   hukmron   doiralari
boshqa xalqlarga, jumladan,   O‘rta Osiyo xalqlariga nisbatan ana shunday siyosat
olib   borganlar.   Ikkinchi   jahon   urushidan   keyingi   davrlarda   ham   bir   qancha
mamlakatlar buyuk davlatchilik siyosatini xilma-xil ko‘rinishda olib bordilar.
Prezident   I.A.Karimov   o‘zining   «O‘zbekiston   XXI   asr   bo‘sag‘asida:
xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari  va taraqqiyot  kafolatlari»   asarida buyuk
davlatchilik   shovinizmi   va   agressiv   millatchilik   xavfsizligimizga     tahdid
solayotgan   muammolardan   biri   ekanligini   alohida   ta’kidlagan:     «O‘tgan   mustaqil
rivojlanish yillari davlatimizning suvereniteti va barqarorligiga tahdid saqlanib qol-
moqda,   deb   aytish   uchun   asos   bo‘la     oladi.   Bu   tahdid   buyuk   davlatchilik
shovinizmi   va   agressiv   millatchilik   ruhidagi   shiorlarda,   bildirilayotgan   fikrlarda,
sharhlarda  va muayyan hatti-harakatlarda namoyon bo‘lmoqda» 1
.
Buyuk   davlatchilik   shovinizmi   g‘ayriinsoniy   xususiyatga   ega   bo‘lib,   boshqa
xalqlarni   qaram   qilish,   iqtisodiy,   siyosiy,   madaniy   hayotda   ularni   kamsitishning
o‘ziga xos shaklidir.
SHovinizmning   tarixan   halokatli   ekanligiga   sabab   shuki,   haddan   tashqari
kuchayib ketgan va ayniqsa, o‘z milliy mumtozligiga ishonishga asoslangan buyuk
davlatchilik   zo‘ravonlik   asosiga   qurilganligadadir.   Bu   esa,   o‘z   navbatida,   buyuk davlatchilik   shovinizmi   va   agressiv   millatchilikni   ifoda   etuvchi   davlatlarning
o‘zida ko‘plab qurbonlar va yo‘qotishlarga olib keladi.
SHu   bois   aytish   mumkinki,   shovinizm,   pirovardida,   davlatning   o‘ziga   zarba
beradi,   uning   poydevorini   kuchsizlantiradi,   ichki   ziddiyatlarni   kuchaytiradi.   U
jamiyatni parchalab yuborishga  va uning uchun og‘ir  bo‘lgan oqibatlarni keltirib
chiqarishga   qodir.   Garchi   tarixiy   davrlari   va   shart-sharoitlari   turlicha   bo‘lsada,
Rim, Usmonlilar, Germaniya hamda Rossiya  va Sovet imperiyalarining tarixidan
bunga ko‘plab misollar topish mumkin.
SHovinistik   kuchlar   bugungi   kunda,   birinchidan,   mamlakat   aholisiga   axborot
orqali   va   mafkuraviy   yo‘l   bilan   tazyiq   o‘tkazish,   ikkinchidan,   mintaqa   davlatlari
ichida   ziddiyatlarni   yuzaga   keltirish,   uchinchidan ,   jahon   afkor   ommasida
O‘zbekiston haqida noto‘g‘ri tasavvurlarni shakllanti-rishga harakat qilmoqda. Bu
yo‘lda ular xilma-xil usul va vositalardan foydalanmoqdalar.
Buyuk   davlatchilik   shovinizmi   ham   jaholatning   bir   ko‘rinishi.   Unga   qarshi
faqat   ma’rifat   bilai   kurashish   mumkin.   Bunda,   ayniqsa,   xalqaro   hamjamiyat,
jumladan, uning teng huquqli a’zosi bo‘lgan har bir davlat bilan o‘zaro manfaatli
aloqalar   o‘rnatish   yaxshi   omil   bo‘lib   xizmat   qiladi.   Ana   shundagina   mintaqamiz
hech   qachon   sivilizatsiyalar   to‘qnashmaydigan,   balki   ular   bir-biriga   ijobiy   ta’sir
etib, bir-birini boyitadigan makonga aylanadi.
Kommunizm va neokommunizm. Kommunizm   (lotincha communis –umumiy)
– K.Marks   (1818–1883)  va   F.Engels (1820–1895) tomonidan ishlab chiqilgan siyosiy
ta’limot   bo‘lib,   insonlarning   to‘kin-sochinlik   asosida   yashashi   va   har   tomonlama
tengligi ni ta’minlaydigan ijtimoiy idealning radikal turlaridan biri.
Kommunizm   dunyoni   o‘zgartiruvchi   yakkayu   yagona   kuch   ishchilar   sinfi,
proletariat deb biladi, o‘z g‘oyalarini amalga oshirishda ularga suyanadi.  K.Marks va
F   Engels   «Har   shaxsning   erkin   rivojlanishi   -     hamma ning   erkin   rivojlanishidir»
degan   g‘oyani   ilgari   surdi.   Bu   o‘rinda   har   kim   —   hammaning   rivojlanishi   uchun
sharoit,   xolos.   Har   kimning   er kin   rivojlanishi,   ularning   fikricha,   faqat   vosita,
maqsad   esa   hamma ning   erkin   rivojlanishidir.   Hamma   -   ular   uchun   mutlaq
qadriyatdir. Proletar   dohiylari   tomonidan   ishlab   chiqilgan   siyosiy   ta’limot   bolshevizm
nazariyasi   va   amaliyotining   asosi   sifatida   xizmat   qildi.   Bu   ta’limot   1917–1991
yillarda sobiq ittifoqda hukmron mafkura  sifatida jamiyatni boshqarib keldi.
Bu   ta’limot   burjua   jamiyatini   tag-tugi   bilan   yo‘qotib,   o‘rniga   sotsialistik
jamiyat qurib, keyinchalik uning yuqori bosqichi – kom- munistik jamiyat barp o
etishni da’vo qilar edi.
Davlat   asta-sekin   barham   topib   boradi,   tengsizlikning   har   qan day
ko‘rinishlari   tugatilib,   hayot   kechirishning   eng   ideal   shart-sharo itlari   yaratilishi
bashorat qilinadi. Bu da’vo va bashoratlarning  nechog‘lik haqiqat ekaniga tarix
guvoh.
Marksningsinfiy kurash va inqilobiy taraqqiyot to‘g‘risidagi na- zariyasi hozirgi
vaqtda   g‘ayriinsoniyligi   bilan   o‘ta   xavfli   hisoblana di,   chunki   u   jamiyatda
maslakdosh bo‘lmagan kuchlar o‘rtasidagi kurash ni targ‘ib etib, ziddiyatni yanada
avj   oldirishga   da’vat   etadi.   Vaholan ki,   insoniyat   rivojining   yuqori   bosqichiga
sinfiy   qarama-qarshilik larsiz,   inqilobiy   larza   va   to‘ntarishlarsiz,   tinch-osoyishta,
o‘zaro hamkorlik tamoillariga asoslangan holda ham erishish mumkin.
Kommunizm   shaxe   hayotini   ikkinchi   o‘ringa   qo‘yadi,   inson   qadr-qim mati,
huquq   va   erkishshklariga   etarli   e’tibor   bermaydi.   Bunday   abso- lyutlashtirish
jarayonida   ijtimoiy   manfaatlar   shaxsiy   manfaatlar dan   yuqori   qo‘yilib,   shaxsiy
manfaatlar   ijtimoiy   manfaatlarga   bo‘ysundirildi.   Insondagi   ijtimoiylikni,
sotsiallikni   absolyutlash-tirgan   holda   undagi   tabiiylik,   jonli   va   biologik   asos
(xususan, hayotning tabiiy tomonlari — moddiy qulayliklari, jismoniy rivojla nishi,
jismoniy   madaniyat,   muhabbat)   to‘g‘ri   baholanmadi.   SHundan   yarim
tarkidunyochilik,   kamtarona   yashash,   sipo   ko‘rinishga   harakat,   muno fiqlik   va
ikkiyuzlamachilik   sari   og‘ishmay   amal   qshshb   keldi.   Inson   barcha   ijtimoiy
munosabatlar majmuasi deb baholanadi.
Kommunistlar   uchun   inson   nafaqat   faoliyat   sub’ekti,   balki   ta’sir   ko‘rsatish,
hiyla-nayrang   ob’ekti   ham   edi.   Marks   orzu   qilgan   «har   kim dan   imkoniyatiga
yarasha,   har   kimga   ehtiyojiga   yarasha»   tamoyili   amal   qiladigan   jamiyat   aslida
odamzodning ijtimoiy tabiatiga ziddir. Kommunizm   ta’limotiga   ko‘ra,   millat   –   kapitalizm   mahsuli,   din   esa
o‘tmishning   qoldig‘i   bo‘lib,   xalq   uchun   afyun.   Ularning   fikricha,   din,   millat   va
davlat insoniyat taraqqiyotining yuqori bosqichida  barham topadi.
Har   qanday   sotsializm   va   kommunizm   ta’limoti   barbod   bo‘lishga   mahkum.
Agar   sotsializm   g‘oyasi   amalga   oshiriladigan   bo‘lsa,   bu   yana   mus tabid   jamiyat,
mustabid   rejim   bo‘ladi.   Mustabid   tuzum   jamiyat   rivo jida   milliy   va   diniy
qadriyatlarga hech ham o‘rin bermaydi, ularni   eskilik sarqiti hisoblab, yo‘qotish
uchun   ayovsiz   kurash   olib   borishga   chaqiradi.   Jamiyatda   fikrlar   rang-
barangligiga,   xalqlarning   milliy   o‘zligi   va   g‘ururini   anglashi   hamda   saqlab
qolishiga yo‘l qo‘ymaydi.
Bolshevizmning   asoschisi,   nazariyotchisi,   g‘oyaviy   rahbari   va   rah namosi
V.I.Ulyanov   (Lenin)   edi.   Bolshevizm   V.I.Lenin   boshchiligi dagi   tor   doira   siyosiy
avantyuristlari   va   hokimiyatparastlarning   o‘ta   reaksion,   insoniyat   uchun   zararli
va xavfli ta’limotidir.
Bolshevizm   –   Rossiyada   bolshevistik   partiya   rahbarligida   siyosiy   hokimiyatni
egallab   olish   va   davlat   boshqaruvining   g‘oyaviy,   strategik,   taktik   va   tashkiliy
prinsiplari va vositalari sifatida amal qildi.
Bolshevizm  – bu terror, zo‘ravonlik, ekstremizm, bosqinchilik   va insonlarni
talashning avj olishi, quturishi va haddan oshishi, bu  qamoq, konslager, qatag‘on
va surgunlardan iborat ekannini sobiq  sovet tuzumi ko‘rsatdi.
Bolshevizm   -   bu   qullarcha   mehnat,   vahshiyona   ekspluatatsiya,   och lik,
qahatchilik,   kasallik,   insonlarni   ajalidan   oldin   bevaqt   o‘limi   ekaniga   postsovet
hududidagi xalqlar tarixi guvoh.
Bolshevizm–   tajovuzkor   urushlar,   sun’iy   ravishda   xalqaro   keskinlikni
kuchaytirish, o‘z xalqini "temir to‘siq" bilan tashqi olamdan ajratib qo‘yishdan
iborat ekani jahon ahliga ma’lum.
Xalqaro   siyosiy   ekstremizm   asosida   paydo   bo‘lgan   va   dunyoga   hukm ronlik
qilishga   da’vo   etib   kelgan   bolshevizm   vujudga   kelgan   paytidan   toki   1991   yil
avgustigacha  sobiq Markazdagi  bir to‘da imperiyapa rast   kuchlarning   maqsad   va
manfaatlarini ifodalab keldi. Bolsheviklarning   bosh   nazariyotchisi   V.I.Lenin   bolshevizmga   ja honga
hukmronlik qilishning etakchilik rolini belgilab bergan edi.
Bolshevizm   kommunizm   ta’limotining   sobiq   ittifoq   xududida   amal   qilgan
ko‘rinishi   bo‘lib,   u   har   bir   insondagi   mavjud   imkoni yatlarning   ro‘yobga
chiqishiga   to‘sqinlik   qilish   bilan   birga   insoniy   qadriyatlarni oyoqosti qildi, ham
moddiy,   ham   ma’naviy,   ham   ekolo gik   jihatdan   xalqimizga   juda   katta   zarar
keltirdi.
Mazmun-mohiyati, namoyon bo‘lishi va ijtimoiy hayotga ta’siri bilan  bolshevizm va
fashizm   g‘oyat   o‘xshash.   V.Mayakovskiy   iborasi   bilan   ayt ganda,   bolshevizm   va
fashizm   xuddi   «aka-uka,   egizak»,   ammo   bol shevizmni   katta   aka   deb   hisoblash
kerak.   SHu   munosabat   bilan   aytish   mumkinki,   fashizm   o‘zining   tarixiy   hayot
yo‘lida bol’shevizm bilan  yonma-yon harakat qilgan.
Bolshevizmning   asosiy   xususiyatlari   va   namoyon   bo‘lishi,   uning   maqsad   va
ko‘rsatmalari, taktik tamoyillari Rossiya, Evropa, butun   jahon xalqlariga keltirgan
qurbonlik   miqyosi   va   shuningdek,   zo‘ra vonlik,   ommaviy   teraktlar,   sun’iy
ocharchiliklar,   vahshiylik   va   shafqatsizliklar,   g‘oyaviy   qo‘poruvchiliklar,   boshqa
ko‘p   jinoyatlari   bolsheviklarning o‘ta axloqsiz xatti-harakatlari fashizmvjng‘ o‘tmish-
doshi   sifatida   unga   zamin   hozirlab,   metodologik   aeos   sifatida   XX   asr   boshlarida
paydo bo‘lganini ko‘rsatadi.
Neokommunizm ("neo"   –   "yangi"   va   "kommunizm"   –   umumiy   so‘zla ridan
olingan) – ishlab chiqarish vositalariga umumiy mulkchilik   ko‘zda tutilgan ijtimoiy-
iqtisodiy   formatsiya   –   kommunizmning   yangi   ko‘rinishi.   Sobiq   SSSR   tarqalib
ketganidan   so‘ng   kommunistik   partiya   negizida   qayta   tashkil   topgan,   kommunistik
g‘oyalarni yangicha talqin  qilishga harakat qilayotgan so‘l oqim.
Neokommunizm   tarafdorlarining   fikriga   ko‘ra,   marksizm-leni nizm   ta’limoti
asosiga qurilgan kommunizm ilmiy g‘oyasi bu g‘oyani  amalga oshirganlar tomonidan
noto‘g‘ri talqin qilingan va mazkur ta’limotga noto‘g‘ri tuzatishlar kiritilgan. Xususan,
kommunizmni butun jahon miqyosida o‘rnatish mumkin emasligi to‘g‘risidagi oddiy
haqiqat  tushunib etilmagan. Kommunizmni faqat ijtimoiy turmush tarzini  o‘zgartirish,
ya’ni   tashqi   muhitga   ta’sir   ko‘rsatish   bilan   qurib   bo‘lmay di.   Sobiq   kommunistik arboblar insonning ichki dunyosini o‘zgarti rishni unutib qo‘ygan. Neokommunizmga
ko‘ra, kommunizm – sinfsiz  jamiyat. Holbuki, insonlar o‘rtasida hamisha tafovutlar
bo‘ladi.
Neokommunizmga  ko‘ra, sinfsiz  jamiyat  qurishga  faqat  yuksak   taraqqiy etgan
insonlarning birlashishi orqali erishish mumkin. Hech  qanday tashqi kuchlar, ayniqsa,
majburlash   orqali   kommunizmga   eri shib   bo‘lmaydi,   chunki   bu   inson,   uning   ichki
dunyosiga mutlaqo ziddir.
Mazkur ta’limot mualliflarining fikricha, neokommunizm, eng  avvalo, fan va din
(ko‘proq   haqiqiy   dindorlik)   sinteziga   asoslanadi.   Neokommunizmning
kommunizmdan asosiy farqi–to‘la kommunizm ga yoki porloq hayotga erishish.
Neokommunizmning   maqsadi   yo‘q,   chunki   "maqsad"ning   barcha   tu-
shunchalari   pirovard   natijaga   olib   keladi.   Bu   g‘oya   targ‘ibotchilari   "tabiatda
pirovard   natija   bo‘lmaydi,   hayot   –   doimiy   harakatda,   shu   sababli   u   o‘zini
namoyon   qilish   shakllarini   ko‘p   o‘zgartiradi",   degan   qarashni   ilgari   suradi.
Sobiq   kommunistlar   hokimiyatni   qo‘llarida   saqlab   qolish   uchun   mavjud
bo‘lmagan   ana   shu   maqsadni   izlash   bilan   ovora  bo‘ladi. Ularning "Maqsad  har
qanday vositani oqlaydi" degan  shiori ko‘plab ajoyib insonlarni halokatga duchor
etgan.
Neokommunist   qandaydir   aniq   qoida   va   qonunlarga   amal   qilmay di,   u
vaziyatga qarab ish tutadi. Uning uchun umumiy qoidalar quyida gilardan iborat.
Ish,   eng   avvalo,   qoniqish   hissini   uyg‘otishi   kerak.   SHuning   uchun
neokommunist   har   qanday   ishdan   mamnuniyat   hosil   qilishi   kerak.   U   o‘zida
yangi qobiliyatlarni topishi va ularni ishga solishi lozim.
Neokommunist   din   va   siyosat   sohasida   foydasiz   va   xavfli   bahs larga
qo‘shilmaydi.   Biroq   u   insoniyatning   din   va   siyosat   sohasidagi   eng   yaxshi
tajribasini o‘rganib, ulardan o‘zicha foydalanadi.
Neokommunist   maslakdoshlar   topishga   ortiqcha   harakat   qilmaydi.   Kerak
odamlar o‘zlari neokommunizmni topib oladi.
Neokommunist   neokommunistga   do‘st,   o‘rtoq   va   birodar.   Ularning   kuchi   –
birlikda. Neokommunizm   –   proletarchilar   harakati.   Lekin   hozirgi   prole tariy,   sobiq
yollanma   xodimlar   sinfidan   farqli   ravishda   keng,   neokommunizm   uchun   yangi
ma’noda   tushuniladi.   YA’ni,   proletariy   yollan ma   ishchi   ham,   ish   beruvchi   va
mulkdor ham bo‘lishi mumkin.
Ekstremizm (lot.   extremus   –   o‘ta)   –   ijtimoiy-siyosiy   xarakterdagi
muammolarni   hal   etishda   o‘ta   keskin   chora-tadbirlar,   fikr-qarashlarni   yoqlovchi
nazariya va amaliyot hisoblanib, mazmuniga ko‘ra – diniy va dunyoviy, na-moyon
bo‘lishiga ko‘ra – hududiy, mintaqaviy, xalqaro shakllarga bo‘linadi. Ekstremistik
qarashlar   juda   chuqur   ildizlarga   ega   bo‘lib,   hech   qachon   chegara   bilmagan,   din,
millat,   hududni tan   olmagan.   Dunyoviy   ekstremizmning   siyosiy,   iqtisodiy,
mafkuraviy ko‘rinishlari mavjud bo‘lga-ni holda, diniy ekstremizm  barcha dinlar
doirasida   rivojlangan.   Diniy   ekstremistik   ruhdagi   qarashlarni   katoliklar,
protestantlar, pravoslavlar orasida ham uchratish mumkin.
Diniy   ekstremizm   –   ma’lum   siyosiy   maqsadlar   yo‘lida   va   din   niqobi   ostida
mutaassiblar yoki ularning irodasiga ko‘ra ish ko‘ruvchi guruhlar tomonidan olib
boriladigan o‘ta ashaddiy harakatlar va qarashlar majmuini anglatadi.
Boshqacharoq   aytganda,   diniy   ekstremizm   —   muayyan   diniy   yo‘nalish   va
tashkilotlardagi   ashaddiy   mutaassib   unsurlar   siyosiy   faoliyatining   mafkurasi.   Bu
fikrning isboti  sifatida «Musulmon birodarlari» va undan ajralib chiqqan ko‘plab
diniy   ekstremistik   ruhdagi   guruh   va   tashkilotlar   tayanadigan   asosiy   g‘oyalarni
eslab o‘tishimiz mumkin.
«Musulmon birodarlari» hech qanday ma’muriy-jug‘rofiy hududni  tan olmaydilar
va   pirovard   maqsadda   er   yuzidagi   barcha   mamlakatlarda   yagona   musulmonlar
birligi   va   ularning   diniy   va   dunyoviy   hokimiyatini   o‘zida   mujassamlashtirgan
«xalifa» rahbarligidagi yagona musulmon davlati qurishni ko‘zlaydilar. Bu shartni
bajarmoq, niyatga etmoq uchun har qanday xunrezlikka va birodarkushlikka fatvo
beriladi.
Diniy   ekstremizm   namoyon   bo‘lishiga   ko‘ra   hududiy,   mintaqaviy,   xalqaro
shakllarga   bo‘linadi.   Bunday   qarashlar   juda   qadimiy   ildizlarga   ega   bo‘lib,   hech
qachon   chegara   bilmagan,   millat,   hududni   tan   olmagan,   diniy   ekstremizm   barcha dinlar   doirasida   rivojlangan.   Diniy   ekstremistlar   qaerda   va   qaysi   din   bayrog‘i
ostida faoliyat ko‘rsatmasin, asosiy maqsadi dkniy davlatni barpo qilish bo‘lib, bu
maqsadga o‘zaro nizolar, ixtiloflar, qurolli to‘qnashuvlar orqali, ya’ni qon to‘kish
va zo‘rlik bilan erishishni ko‘zlaydilar.
Bu   esa   mustaqillikka   ham,   taraqqiyotga   ham   katta   g‘ov   bo‘ladi.   Ekstremistik
guruhlarning yagona maqsadi  hokimiyatni  qo‘lga olish  bo‘lib, bu yo‘lda ular  eng
jirkanch   usullarni   qo‘llashdan   ham   tap   tortmaydilar.   Bugungi   kunga   kelib
ekstremizm   nafaqat   islom   dunyosida,   balki   boshqa   din-lar   tarqalgan   hududlarda
ham, to‘la-to‘kis namoyon bo‘lib qolmoqda.
Dunyoda  inson  huquqlari  va  demokratik  tamoyillar  ustuvor  bo‘lib  borayotgan,
qonun   hamda   xalqaro   huquq   qoidalari   mamlakatlar,   xalqlar,   davlatlar   orasidagi
munosabatlarning   asosiy   tamoyiliga   aylanayotgan   hozirgi   davrda   diniy
ekstremizmga   o‘rin   qolmayapti.   Ammo,   bu   unga   qarshi   ku-rashmaslik,
hushyorlikni   oshirmaslikni   bildirmaydi.   Mazkur   sohada   ham   Prezidentimiz
uqtirganlari   kabi   ogohlik,   ezgu   g‘oyalar   yo‘lida   kurash   olib   borish   hayot   va
faoliyatning asosiy mezoni bo‘lib qolmoqda.
Diniy   ekstremizmni keltirib chiqaruvchi sabablar:
 dindan   foydalanib,   dinga     aloqasi   bo‘lmagan   siyosiy   hamda   boshqa
tajovuzlar va maqsadlarni amalga oshirish uchun intilish;
 dinni   niqob   qilib,   turli   siyosiy   mojarolar,   ziddiyatlarni       keltirib
chiqarishga urinish;
 inson, millatlarning       o‘z taqdirini       o‘zi belgilash xuquqini emas, balki
dinning yashashga bo‘lgan huquqini e’tirof etish;
 dinni dunyoqarash, tafakkurning yagona vositasi deb hisoblash.
O‘z-o‘zidan   ravshanki,   bu   hodisalar   O‘zbekistoning   mustaqilligini
mustahkamlash,   uning   xavfsizligini   ta’minlash   zarurligi   nuqtai   nazaridan
qaraganda butunlay zararlidir.
Terrorizm (lot.   teggog–  qo‘rquv,   dahshat)   –  ma’lum   yovuz   maqsadlar   yo‘lida,
kuch   ishlatib,   odamlarni   jismoniy   yo‘q   qilishdan   iborat   bo‘lgan   g‘oyaga
asoslangan   zo‘ravonlik   usuli.   Qo‘rqitish   va   dahshatga   solish   orqali   o‘z   hukmini o‘tkazishga   urinish   terrorchilikka   xosdir.   U   iqtisodiy,   siyosiy,   diniy,   g‘oyaviy,
irqiy,   milliy,   guruhiy,   individual   shakllarda   namoyon   bo‘lishi   mumkin.   Ta’qib,
zo‘ravonlik, qo‘poruvchilik va qotillik terrorchilikning har qanday ko‘rinishi uchun
umumiy   xususiyat   bo‘lib,   guma-nizm,   demokratiya,   adolat   tamoyillarig‘a   ziddir.
SHuning uchun, terrorizm qanday "bayroq" ostida amalga oshirilmasin, mohiyatan
insoniyatga, taraqqiyotga, ezgulikka qarshi jinoyatdir.
        Terror   bilan   konservativ,   inqilobiy,   diniy,   millatchi   ruhdagi   kuchlar
shug‘ullanishi   mumkin.   Lekin   ularning   asosiy   mohiyati   siyosiy   bo‘ladi.   Qator
davlatlar   uchun   terrorist   hisoblangan   kuchlar,   boshqalar   uchun   isyonchi   yoki
erkinlik   yo‘lidagi   kurashuvchi   sifatida   namoyon   bo‘lmoqda.   Terrorizm   —
muayyan   guruhning   ruxsat   etilmagan   holatda   ongli   ravishda   kuch   ishlatishidir.
Bunda terrorchilar aniq maqsadni ko‘zlaydi va o‘zini to‘la haq deb biladi. Bundan
shu narsa aniq bo‘ladiki, terrorchilardagi mavjud kuch maqsadni amalga oshirishda
ijtimoiy-siyosiy muhit bilan bevosita aloqadorlikda bo‘ladi. SHuning uchun biron-
bir   sababga   asoslangan   maqsad   terrorchilikka   olib   boradi.   Terror   ko‘p   holatlarda
keng miqyosdagi harbiy kuchlar bilan aloqador bo‘ladi va bunday misollar tarixda
bir   necha   bor   kuzatilgan.   Bundan   tashqari,   terror   davlatning   o‘zi   tomonidan   ham
amalga   oshirilishi   mumkin.   Bunda   ikki   xil   shaklda   kuch   ishlatiladi:   jazo   berish
organlari   yoki   harbiy   kuchlar   tomonidan.   Bunda   siyosiy   maqsadlarni   amalga
oshirish   yoki   aniq   bir   rejimni   joriy   qilish   uchun   terror   amalga   oshiriladi.
«Terrorizm»   tushunchasi   hamma   vaqtda   ham   terroristik   harakatning   tez   sur’atda
amalga   oshirilishini   bildiradi.   Bunday   hodisa   siyosiy,   etnik,   diniy   va   boshqa
ko‘rinishlarda bo‘ladi.
G‘oyaviy   terrorizm   siyosiy   ideolog   rahbarlar   tomonidan   vujudga   keltiriladi.
Bunga   rasmiy   tor   doiradagi   istisno   qilingan   ichki   sabablar   ko‘rsatiladi.   Bunda
minoritar ideologlar jamiyatni boshqa bir jamiyatga aralashtirib yuboradi Tabiiyki,
bu   mafkuralar   bir   jamiyatdan   boshqa   bir   jamiyatga   o‘tib   turadi   va   bir   davlatda
yashirin holda mavjud bo‘lsa, boshqa bir davlatda esa parlament yoki hokimiyatida
ifodalanishi mumkin. Etnik   terrorizm   sub’ekti   g‘oyaviy   bo‘lmay,   balki   milliylik   va   ja-miyatning
etnikligidir.   Hozir   so‘z   minoritar   etnik   guruhlar   haqida   bormoqda.   Etnik
terrorizmning yorqin misollari sifatida basklar (ETA ayirmachi tashkiloti), sitsiliya
separatistlari,   irlandlar,   kurdlar   va   yangi   chiqayotgan   qorabog‘lik   armanlar   va
chechenlar kabilar misol bo‘ladi.
Diniy   terrorizm   muayyan   bir   diniy   sekta   yoki   guruh   ta’limotining   jamiyatda
mutlaqlashtirilishi   oqibatida   kelib   chiqadi.   Bunda   ushbu   g‘oya   tarafdorlari
boshqalarning fikr va g‘oyalarini keskin tanqid ostiga olib rad qiladi va g‘oyaviy
bezovtalikni keltirib chiqaradi. Buning dahshatli tomoni ular qo‘llaydigan amaliy
choralarda ko‘rinadi. CHunki odatda fundamentalizm tarafdorlari qo‘lida qurolva
ba’zan  butun   boshli   harbiy   guruhlar   bo‘ladi.   Bugungi   kunda   yadroviy,  biologik,
bakteriyalogik qurollarning terrorchilar qo‘liga tushib qolishi ehtimoli – eng katta
xavfdir.
Jinoiy terrorizmga  banditlik – talonchilik va gomitsid misol bo‘ladi. Tahlikali
zamonda   kishilar   boshiga   kulfat   solayotgan   va   ularning   hayoti,   farzandlari,   mol-
mulkiga  tahdid   qilayotgan  jinoiy   terrorizm   kundan-kunga  kuchayib   bormoqda  va
jahon hamjamiyatida jiddsh xavotir uyg‘otmoqda. 
Iqtisodiy terrorizm. Iqtisodiy manfaatlarni ko‘zlaydigan va moddiy boyliklarni
o‘zlashtirishni maqsad qilib olgan bu terrorchilik korrupsiya kabi katta jinoiy tizim
bilan   uzviy   bog‘lanib   ketgan.   Unda   raqiblari   yoki   ularning   yaqinlarini   o‘ldirish,
o‘g‘irlab   ketish,   zo‘ravonlik,   tajovuz   bilan   qo‘rqitib,   o‘z   hukmini   o‘tkazishga
urinish,   mol-mulkini   o‘zlashtirib   olish   yo‘llaridan   foydalaniladi.   Buning   yana   bir
tomoni – ba’zan bu terror siyosiy, etnik, ba’zan esa diniy xarakter kasb etmoqda.
Mana shunday vaziyatda bu terrorchilarning maqsadi hokimiyatni egallashga ham
qaratilib, piramidasimon xarakterga ega bo‘lib bormoqda.
Individual   terrorizmning   sub’ekti,   boshqa   terrorchilik   harakatidan   farqli
o‘laroq   jamoa   emas,   yagona   shaxsdir.   Bunda   terakt   yagona   inqilobchi,   yagona
diniy   mutaassib,   yagona   millatchi   kabi   tushunchalar   ostida   amalga   oshiriladi.   U
o‘zining   ichki   hissiyotidan   kelib   chiqib   harakat   qiladi,   uning   ongidagi   vayronkor
g‘oya   unga   yo‘l   ko‘rsatadi   va   bu   yo‘lda   u   hech   kimni   tan   olmaydi.   Individual terror   ham   o‘ta   xavfli   kuch   hisoblanadi,   negaki   u   jamiyatning   boshqa   a’zolariga
ta’sir   qilishi   va   buning   oqibatida   terrorning   ommaviy   turlarini   keltirib   chiqarishi
mumkin.   U   o‘zi   g‘oyalarini   singdirish   orqali   boshqalarni   ham   jamiyatga   qarshi
qo‘yishi   mumkin.   A.   Kamyuning   "Begona"   asarining   qahramoni   bunga   misol
bo‘lishi mumkin.
Keyingi   yillarda   intellektual   va   ommaviy   axborot   sohalarida   ham   terrorchilik
elementlaridan   foydalanilmoqda.   Muayyan   mafkuraviy   poligonlarning   muttasil
tarqatayotgan   axborotlaridagi   yovuz   va  zararli   g‘oyalar   oqimi,   teleekranlar   orqali
doimiy   namoyish   etiladigan   jangari   filmlar,   bolalarga   mo‘ljallangan,   buzg‘unchi
g‘oyalar   asosida   ishlangan   o‘yinlar,   kompyuter   tarmoqlari   dasturlarini   ishdan
chiqaradigan viruslar tarqatish shular jumlasidandir.
O‘zining   yovuz   niyatlariga   erishish   uchun   hokimiyatni   qo‘lga   kiritishni
ko‘zlaydigan   kuchlarning   zo‘ravonligi   va   qo‘poruvchiligi   siyosiy   terrorga   misol
bo‘ladi.   Siyosiy   terrorizm   nafaqat   jinoyatchi   guruhlar,   hatto   ba’zi   tajovuzkor
ruhdagi   rasmiy   reaksion   siyosiy   doiralar   va   kuchlar   tomonidan   uyushtirilishi   va
qo‘llanishi ham mumkin.
CHorizm   imperiyasining   kolonial   va   shovinistik   siyosati,   sovet   imperiyasining
g‘oyaviy qatag‘onlari xalqimizga qarshi o‘ziga xos terror edi. 
Bugungi   kunda   ham   mustaqil   rivojlanish   yo‘lidan   borayotgan   mamlakatimizga
nisbatan   g‘araz   niyat   bilan   qarovchi   yovuz   kuchlar   ter-rorchilik   yo‘li   bilan
taraqqiyot   yo‘limizdan   chalg‘itishga,   bizni   yana   qaramlik   va   asoratga   solishga
urinmoqda.   Ular   vatanfurush   xoinlardan   ham,   terrorchilikni   kasb   qilib   olgan,
buyurtma   bo‘yicha   qo‘poruvchilik   va   bosqinchilik   bilan   shug‘ullanadigan
yollanma xalqaro terrorchi, jinoyatchi guruhlardan ham foydalanmoqda.
Terrorchilar   harakatlarining   ikki   jihati   mavjud   bo‘lib,   ular   ratsional   yoki
irratsional   tarzda   amalga   oshiriladi.   Terrorning   ratsionalligi   shunda   namoyon
bo‘ladiki,   bunda   favqulodda   zo‘ravonlik   bilan   bir   qancha   ijtimoiy   me’yorlar
doirasidan   chiqib,   odamlar   terroristlarga   yon   berishga   majburlanadi   va   muayyan
siyosiy   yoki   ijtimoiy   maqsadga   etiladi:   boshqa   terrorchilarni   ozod   qilish,   bironta
siyosiy yoki etnik erkinlikni tan oldirish, jamiyatdagi ijtimoiy barqarorlikni  izdan chiqarish,   ruhiy   tushkunlik   yoki   nochorlik   holatini   uyg‘otish,   muayyan   guruhlar
tomonidan   keng   namoyishlar   o‘tkazish   va   shunga   o‘xshash   shartlar   qo‘yilishi
mumkin.   Hozirda   sodir   etilayotgan   terrorchilik   harakatlarining   deyarli   hammasi
mana shu usulda amalga oshirilmoqda. Xatarli tomoni shundaki, ba’zan bu borada
yon berishlar kuzatilmoqda.
Ikkinchi   jihat   irratsional   holatda   sodir   etiladi.   Bu   ekzistensional   tajribada
chegaralanib,   terakt   qatnashchisining   kuchli   ehtirosga   berilishi   va   jazavaga
tushishi   natijasida   sodir   bo‘ladi.   Hozirgi   vaqtda   bunday   terrorchilik   kamdan-kam
holatda   sodir   etilmoqda.   Bunda   inson   mohiyati   mavjud   qonun-qoidalar   asosida
harakatga   keltiriladi.   Jamiyatda   shakllanib   borayotgan   nobop   xatti-harakatlar   va
ularning   turli   nomlar   ostida   qonuniylashtirilishi   individual   xarakterdagi   terrorni
keltirib chiqarmoqda.
Bugun   jahon   hamjamiyati   bu   baloqazolarning   echimini   topish   ustida   bosh
qotirmoqda.   Prezident   Islom   Karimov   mamlakatimizda   ham   bu   borada   amalga
oshirilayotgan   ishlar   haqida   to‘xtalib,   shunday   degan   edi:   "Men   madaniyat   va
ma’rifat   dunyoni   jaholat   va   vahshiyliqdan,   diniy   va   milliy   ekstremizmdan,   etnik
qarama-qarshilik, mintaqaviy mojaro va urushlardan saqlay olishiga ishonaman".
4. Mahalliychilik,millatchilik,urug‘-aymoqchilik,korrupsiyaga qarshi kurash
– ichki g‘oyaviy tahdidlarni bartaraf etish yo‘li
O‘zbek   xalqining   mustaqilligiga,uning   ijtimoiy-iqtisodiy,siyosiy-huquqiy
va   ma’naviy-madaniy   asoslariga   nafaqat   tashqi   tomondan,balki   mamlakat
ichkarisidan ham mafkuraviy tahdid solish hollarining mavjudligini inkor qilib
bo‘lmaydi. 
Bunday   tahdidlar   jumlasiga   korrupsiya   va   jinoyatchilik,   mahalliychilikva
urug‘-aymoqchilik,   odamlarning
befarqligi,maqtonchoqligi,xushomadgo‘yligi,hasadgo‘yligi,manmanligi,haqiqa
tni   mensimasligi,tanish-bilishchilik,mansabparastlik,poraxo‘rlikqilishlari   kabi
umuminsoniy axloqqa zid bo‘lgan illatlarni   kiritish mumkin. 4.1.Korrupsiya va jinoyatchilik. Korrupsiya  (lotincha «soggurtio» – poraga
sotilish, aynish, tanazzul) – mansabdor shaxsning, boyish maqsadida, o‘z mansabi
bilan bog‘liq huquqlarini suiiste’mol qilishidan iborat jinoyati.
Tarix   nuqtai   nazaridan   olganda,   korrupsiya   eng   qadimiy   jinoyatlardan   biri:
qaerdaki davlat bo‘lsa, davlat ap paratining turli tarmoqlarida, pastdan yuqorigacha
taral gan   jinoyat   bo‘lgan.   Hududiy   jihatdan   qaraganda,   korrupsiya   butun   jahonga
yoyilgan jinoyatlardan biridir. SHunday qi lib, korrupsiya zamon va makonda teng-
barobar  tarqalgan   jinoyat shakllaridan biridir. Turli davlatlar o‘tmishda va   hozirda,
dunyoning   barcha   qit’alarida   korrupsiyaga   qarshi   muvaffaqiyatli   yoki
muvaffaqiyatsiz   kurash   olib   borganlar   va   boradilar.  Lekin,   hozircha,  uni   batamom
yo‘q qilishning  yo‘lini topa olmadilar va   olmayaptilar.
Bu   masala   bilan   hattoki   Birlashgan   Millatlar   Tashkiloti   alohida   shug‘ullanib,
maxsus qaror qabul qilgan va korrupsiyani quyidagicha ta’riflagan: 
1) mansabdor shaxslar tomonidan davlat mulkini o‘g‘irlash, talon-toroj qilish va
o‘zlashtirish; 
2) noqonuniy foyda olish uchun o‘z xizmat lavozimini suiiste’mol qilish; 
3) ijtimoiy burch va shaxsiy ta’magirlik, manfaatlar o‘rtasidagi ziddiyat.
Korrupsiyaning keng tarqalganligi va uni tagtomiri bilan yo‘q qilishning ilojini
topish qiyinligini ko‘zda tutib, uni «xalqaro ofat» deb atash mumkin. 
  I.A.Karimov   korrupsiyaning   paydo   bo‘lish   sabablari   va   uning   keltirib
chiqaradigan salbiy oqibatlari haqida quyidagi fikrlarni bildiradi. «Jamiyatda jinoiy
"xufyona   iqgisodiyot"ning   mavjud   bo‘lishi   uyushgan   jinoyatchilikni   keltirib
chiqaradi.   Davlat   hokimiyati   tuzilmalarining   turli   bo‘g‘inlari   va   turli   darajalari
vakillari ham uning yo‘ldan ozdiruvchi ta’siriga tushib qoladi.  Korrupsiya vujudga
kelib, ueng avvalo uyushgan jinoiy tuzilmalarga madadkor bo‘lish yoki to‘g‘ridan-
to‘g‘ri yordam berish  UCHUN   davlat xizmatining imkoniyatlaridan foydalanadi. Bu
esa   jinoyatchilik   va   korruppiya   jamiyatga   keltiradigan   salbiy   okibatlar   TU - fayli
jamiyat xavfsizligi va barkarorligiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri tahdiddir.
Korrupsiyaning   mamlakatimizning   xavfsizligiga   solayotgan   tahdidlari
quyidagalardan iborat: Birinchidan, siyosiy   jihatdan   olganda,   korrupsiya   amalga   oshirilayotgan
islohotlarga qarshilik ko‘rsatishifodasidir.  Unda o‘z umrini yashab bo‘lgan, yangi
iqtisodiy   munosabatlarni   o‘ziga   qarshi   tahdid   deb   bilgan   holda,   ularning
rivojlanishini   sekinlashtirib   qo‘yishga   harakat   qiladigan   ma’muriy-buyruqbozlik
tizimi   bilan   "xufyona"   iqtisodiyotning   manfaatlari   ob’ektiv   ravishda   birlashib
ketadi.   Korrupsiya   domiga   ilingan   amaldorlar   shaxsiy   boylik   ortgarish
maqsadlarini   va   urug‘-ay-moqlarning   manfaatlarini   davlat   manfaatlaridan   ustun
qo‘yadi.   Bu   esa,   mamlakatning   siyosiy   va   iqtisodiy   yo‘liga   hamda   aholining
aksariyat   qismiga   tuzatib   bo‘lmaydigan   zarar   etkazadi.   Bundan   tashqari,   yangi
iqtisodiy   munosabatlarga   endigina   asos   solinayotgan   va   sifat   jihatidan   boshqa
siyosiy tizim shakllantirilayotgan o‘tish davrida korrupsiya o‘z xatti-harakati bilan
bu jarayonning yo‘lini to‘sib qo‘yish imkoniga ega.
Ikkinchidan, jinoyatchilik   va   korrupsiyaning   avj   olishi   davlatning
konstitutsiyaviy   asoslarini   emiradi,   fuqarolarning   huquq   va   erkinliklari   jiddiy
tarzda   buzilishiga   olib   keladi.   "Qonunlar   va   farmonlarni   qabul   qilishdan   maqsad
ularni   chetlab   o‘tishdir"   degan   mutlaqo   yaramas   qoida   jamiyatning   eng   oddiy
huquqiy tartibot va jamoat tartibini saqlab turish qobiliyatidan mahrum bo‘lishiga
olib boradi. Basharti iqtisodiyotda jinoiy guruhlar va "reketchilar" to‘dalari "bazm
qursa",   ko‘chalarda   esa   odamlar   qo‘rqqanlaridan   tasodifiy   o‘tkinchilardan   qochib
yursalar, jamiyatdagi barqarorlik va sobitqadamlik haqida gap bo‘lishi mumkinmi?
Yo‘q,albatta.
Uchinchidan, jinoyatchilik   va   korrupsiya   jamiyatning   ma’naviy-axloqiy
asoslarini   emiradi.   Jamiyat   a’zolarining   fuqarolik   mavqeini   yo‘qqa   chiqaradi.
Amalga   oshirilayotgan   o‘zgarishlarga   salbiy   munosabat   vujudga   kelishi   uchun
sharoit yaratadi. Islohotlar g‘oyasining o‘zini obro‘sizlantiradi va eski zamonlarni,
shu jumladan "qudratli markazning kuchli qo‘li"ni qo‘msash hissini tug‘diradi.
O‘tish   davrining   muayyan   qiyinchiliklari   sharoitida   fuqarolar   ongida,   ayniqsa,
yosh   avlodning   bir   qismida,   hayotda   yuksak   turmush   darajasiga   erishishning
asosiyusuli   qonunga   xilof   faoliyat   bilan   bog‘liq,   degan   mut-laqo   axloqqa   zid
nuqgai   nazar   shakllanishi   va   qaror   topishi   mumkin.   Qing‘ir   yo‘l   bilan   boylik orttirishga   intilish,   basharti   u   jamiyatning   va   huquqiy   nazoratning   e’tiboridan
chetda   qolsa,   odamlarni,   ayniqsa,   hayotga   endigana   qadam   qo‘yib   kelayotgan
yoshlarni   yomon   yo‘lga   og‘diradi.   Axir,   jamiyat   va   davlat   uchun  yosh   avlodning
axloqan buzilishi va yuztuban ketishidan ham ayanchliroq, halokatliroq hol bormi
o‘zi?
To‘rtinchidan, "pul   hokimiyatga   intiladi",   degan   bir   ibora   bor.   Lekin   bu   pul
jinoiy   yo‘l   bilan   topilgan   bo‘lsa-yu,   uning   egalari   jamiyatning   hokimiyat
tuzilmalariga   chiqib   olsalar,   ular   qanday   usullar   bilan   bosh-qarishlarini   tasavvur
qilish qiyin emas,
Jinoyat olamining nufuzli shaxslari hokimiyatga qanday yo‘llar bilan kirib olishi
yaxshi   ma’lum   va   ko‘p   mamlakatlarda   sinovdan   o‘tgan.   Avvaliga   bu   ish   nopok
daromad   manbalarini   saqlab   qolish,   ulardan   kafolatli   foydalanish   maqsadida
hokimiyat   tuzilmalari   bilan   aloqa   bog‘lash   va   bu   aloqani   mustahkamlashdan
boshlanadi. SHundan so‘ng hokimiyatning o‘zi ham qo‘lga kiritiladi.
Hokimiyat   organlarining   jinoyatga   aralashib   qolishi   rivojlanayotgan   jamiyat
uchun   eng   jiddiy   xavf-xatarlardan   biridir.   Jinoiy   tuzilmalarning   davlat   organlari
amaldorlari   bilan   chatishib   ketishi,   ularning   turli   hokimiyat   tarmoqlariga   kirib
olishi   jamoatchilik   nazdida   fuqarolarning   himoyasizligi   hissini   kuchaytiradi.
Davlatning   o‘zini   obro‘sizlantiradi.   Mamlakat   ichkarisida   ham,   tashqarisida   ham
unga ishonchsizlik ortib boradi.
Beshinchidan, nopok   yo‘l   bilan   boylik   orttirganlar   jazodan   qutulib   qolish   va
o‘zlarining   jinoiy   sarmoyalarini   himoya   qilish   uchun   har   qanday   xatti-
harakatlarga tayyor turishlarini yaxshi bilib olish lozim.  Bunday kimsalar adolatli
jazodan   qo‘rqib,   hamma   ishni   qilishga,   hatto   vaziyatni   beqarorlashtirishga,
ommaviy   tartibsizliklarni   keltirib   chiqarishga   shay   turadilar.   Bundaypaytda
ehtiroslarni junbushga keltirish, olomonni qo‘zg‘atish va uning orqasiga yashirinib
olishdan   qulayi   yo‘q.   Bunday   odamlarning   "Faqat   bizga   yaxshi   bo‘lsa,   ishimiz
bitsa   —   bo‘lgani"   qabilidagi   maslagi   xudbinlikning,   hamyurtlariga   nisbatan
surbetlarcha loqaydlikning yaqqol ko‘rinishidir. Oltinchidan, jinoiy   usudlar   bilan   boylik   va   mo‘may   PUL orttirgan   kimsalarning
yangi   HUQUQ ximoyachilari   va   xatto   demokratiya   UCHUN   jafo   chekkan
kurashchilar   sifatida   siyosatga   kirib   olishga   harakat   kilayotganidan   dalolat
beruvchi misollar, jumladan, bizda ham oz emas.
Ular   bunday   xatti-harakatlari   bilan   insoniyatning   adolat   va   demokratiya   kabi
olijanob   ideallariga   naqadar   jiddiy   zarar   etkazayotganlarini,   o‘z   xalqlari   va
mamlakatlari sha’niga dog‘ tushirayotganlarini aytib o‘ti-rishning hojati bormikin?
Nafsilamrini aytganda, ular o‘z xalqlari va mamlakatlarining taqdiriga, ozodlik va
mustaqillik ideallariga mutlaqo befarq qaraydilar.
Bunday  shaxslarning  turish-turmushi  ketma-ket  qilingan  jinoiy  xatti-harakatlar
zanjiridan   iboratdir.   Avvaliga   o‘z   xalkini   aldab   kapital   to‘planadi,   keyingi   gal   -
demokratiya   va   adolatni   ro‘kach   qilgan   holda   jamoatchilik   fikrini   aldab.   siyosiy
obro‘ orttiriladi. Sir emaski, bunday shaxslar o‘z manfaatlari yo‘lidarespublikadagi
vaziyatga ta’sir ko‘rsatishga urinayotgan tashki kuchlarga xizmat qilishga hamisha
tayyor turadidar.
Mamlakatimizning   kelajagini   va   obro‘-e’tiborini   qadrlaydigan   har   bir   vijdonli
fuqaro   bu   tahsidni   esda   tutmog‘i   darkor.   Halol   mexnat   qilish,   o‘z   bilimi,   kuch-
g‘ayrati   va   ijodiy   qobiliyatini   sarflash   uchun   barqaror   shart-sharoit   bo‘lishini
istaydigan,   farzandlari   va   yaqin   kishilari   kelajakda   ham   demokratik,   fuqarolik
jamiyatida sivilizatsiyalashgan bozor munosabatlarining samaralaridan to‘la-to‘kis
foydalanishni orzu qiladigan har bir fuqaro, jinoyatchilik va korrupsiya yo‘liga o‘z
vaqgida zarur to‘siq qo‘yilmasa, bu illatlar qanday ayanchli oqibatlarga olib kelishi
mumkinligani yaxshi anglab etmog‘i lozim».
4.2.Urug‘   –   aymoqchilik. Ko‘pchilik   lug‘atlarda   berilgan   ta’riflarga   ko‘ra,
urug‘-aymoqchilik   feodal   jamiyatlarga   xos   hodisadir.   Bu     qon-qarindoshlik
aloqalari bilan bog‘langan odamlarning birligidir.  Urug‘ jamoasi o‘z boshlig‘ining
nomi   bilan   atalardi.   U   esa   a’zolari   uchun   eng   obro‘li   odam   xisoblanar   urug‘ning
manfaatlarini  jamoasining nisbatan   mahdud olamidan tashqarida ifodalar edi. Aynan
urug‘- aymoq o‘z a’zolarini himoya etar, ularga homiylik qilar  va yordam berar edi. Zamonlar   o‘tdi,   ijtimoiy-iqtisodiy   formatsiyalar   almashdi,   odamlar   o‘rtasidagi
munosabatlar   o‘zgardi. O‘zgardi-yu,   ammo   izsiz   yo‘qolib   ketmadi.   Ba’zan
tog‘jins larida   qadimgi   o‘simlikning   arang   ilg‘ash   mumkin   bo‘lgan   izlari   ko‘rinib
qolganqdek,   hozirgi   jamiyatda,   uning   ijtimoiy-madaniy   hodisalarida   ham   uzoq
o‘tmishning   aniq   izlari   namoyon   bo‘ladi.   Urug‘   jamoalari   ham   shunday   hodisalar
sirasiga kiradi.
Bugungi dunyoda haqiqiy ma’nodagi urug‘-aymoqqa  bo‘lingan jamiyatni  topish
mushkul   bo‘lsa   kerak.   Lekin   ba’zan   u   shakli   o‘zgargan,   "yangilangan"   holda
mavjud   bo‘ladi.   Ko‘pgina   mamlakatlarda   qondoshlik   rishtalari   hozir   unchalik
kuchli emas. Biroq ular o‘rniga boshqa mushtaraklik, boshqa birlikning rishtalari,
jumladan, yurtdoshlik, hududiy yaqinlik rishtalari vujudga keldi. U yoki bu joydan
chiqqan,   o‘sha   joyning   hududidan   tashqarida,   mamlakatning   boshqa   erlarida
o‘rnashib   qolgan   kishilar   o‘z   yurtdoshlariga   yordam   bersalar,   buning   nimasi
yomon, degan savol tug‘ilishi ham mumkin. YOmon emas,albatta. Biroq, ularning
davlat  tuzilmalariga suqilib kirishi,hokimiyat  tizimidagi  mansablardan  o‘zlarining
shaxsiy manfaatlari yo‘lida foydalanishi xavflidir.
Bunda   urug‘   -   aymoqchilikning   maqsadi   –   o‘z   a’zolarini   davlat   hokimiyati
pillapoyalaridan   mumkin   qadar   yuqori   ko‘tarishdan   iborat.   Urug‘-aymoqchilikni
ajratib turuvchi belgi – uning a’zolarining bir joyda tug‘ilganligidir. SHuni nazarda
tutish   keraki,   mashg‘ulot   turlarining   umumiyligi,   ma’naviy   manfaatlar,
dunyoqarashlarning mushtarakligi emas, balki aynan tug‘ilgan joyning umumiyligi
asosiy belgidir. SHu belgiga qarab ish yuritish mahalliychiikni keltirib chiqaradi.
4.4.Mahalliychilik.   Bu   –   kishilarda   o‘zlari   tug‘ilib   o‘sgan   joy   bilan   bog‘liq
holda   shakllanadigan   hududiy   yaqinlik   tuyg‘usining   salbiy   shaklda   namoyon
bo‘lishi. 
Mahalliychilikning   eng   nomaqbul   tomoni   mahalla,   hudud,   mintaqa
manfaatlarini jamiyat manfaatlaridan ustun qo‘yishdadir. Jamiyatda bunday qarash
va   munosabatlar   tizimining   mavjud   bo‘lishi   davlatning   hududiy   yaxlitligi,
barqarorligi,   va   taraqqiy   etishiga   salbiy   ta’sir   ko‘rsatadi.   Mahalliychilikning
kuchayishi,   o‘z   navbatida   joylarning   o‘zini-o‘zi   chegaralab   qo‘yishiga,   mavjud xo‘jalik va ijtimoiy aloqalar tizimining kuchsizlanishiga, iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy
va   ma’naviy   tanazzuliga   olib   kelishi   ham   mumkin.   SHuningdek,   davlat   ichida
muayyan hudud o‘zining ustunligini ta’minlash maqsadida, o‘zlariga buzg‘unchilik
g‘oyalarini   shior   qilib   hokimiyat   uchun   kurashadigan   ekstremistik   va
qo‘poruvchilik guruhlarini vujudga keltirishi ham mumkin.
Mahalliychilikning har  qanday ko‘rinishi  jamiyat uchun xavfliligini  tushungan
holda   uning   kelib   chiqishini   oldini   olish   va   binobarin,   bu   illatga   yo‘l   qo‘ymaslik
muhim   vazifa   hisoblanadi.   Bu   vazifani   amalga   oshirishda   milliy   istiqlol
mafkurasining o‘rni beqiyosdir. Bu mafkura o‘z ahamiyatiga ko‘ra jamiyatimizda
yashovchi   barcha   xalqlar,   millatlar   va   elatlarning   asosiy   maqsadlari   va   orzu-
umidlarini   amalga   oshirishga   xizmat   qiladi,   mahalliychilik,   urug‘-aymoqchilik
g‘oyalariga   qarshi   kurasha   oladi.   U   xalqning   ma’naviy   kamolotiga,   ma’rifatiga
asosla nib,   kishilar   ongida   umummilliy   g‘urur   tuyg‘usi   bilan   birga,
mamlakatimizning   barcha   hududlarida   yashaydigan   vatandoshlarimizning
madaniyati va qadr-qimmati hurmat  qilinishini ta’minlashga da’vat etadi.
Millatchilik. Bu – boshqa millat kishilari manfaatlari, ehtiyojlariga bepisandlik
bilan   qarash,   xudbinlarcha   munosabatlarni   ifodalovchi   g‘oyaviy-nazariy
qarashlar tizimi va amaliyoti. Millatchilik –o‘z millati manfaatlarini, ehtiyojlarini
boshqa millat manfaatlarini, ehtiyojlarini kamsitish yordamida qondirishdir.
Millatchilik   chinakam   milliy   g‘ururni   shakllantirmaydi.   Milliy   g‘ururni
millatchilik   bilan   tenglashtirish   millatlararo   munosabatlar   madaniyatiga   g‘ov
bo‘ladi.   Milliy   g‘urur   bir   millatga   xos   bo‘lgan   xususiyatlarni   rivojlanishiga,
ularning   kelajak   hayotini   yuksaltirishga   qaratilgan   intilish   bo‘lsa,   millatchilik
boshqa   millatlar,   elatlar   manfaatlari,   ehtiyojlarini   nazar-pisand   qilmaslik,   ularni
huquq va erkinliklarini chegaralashga qaratilgan faoliyat, harakatdir.
   Millatchilik siyosiy tusga kirsa, kuchli salbiy yo‘nalish kasb etishi mumkinligani
ta’kidlash zarur. Bu davlat va millat xavfsizligiga, mintaqaviy va keng ko‘lamdagi
xavfsizlikka ancha kuchli tahdidga aylanib ketishi mumkin.
Millatchilik   turli   shakllarda   namoyon   bo‘ladi.   U   bir   hududda   yashayotgan
millatlarning   yoki   bir   davlatda   istiqomat   qilayotgan   millatlar   o‘rtasida,   muayyan imperiya   sharoitida   bir   millatning   ikkinchisi   yoki   boshqalaridan   ustunligi   tarzida
ro‘y berishi ham mumkin. 
Har kanday millat,  U naqadar kichik bo‘lmasin – insoniyatning boyligidir va har
qanday   milliy   birlikning,   uning   til,   madaniy   va   boshqa   xususiyatlarining   YO ‘ K
bo‘lib   ketishi   Er   yuzidagi   madaniy   va   genetik   fondning,   shaxs   imkoniyatlarining
qashshoqlashuvigaolib   keladi.   SHu   bois   har   bir   etnik   birlikni   saqlab   qolish   unga
mansub odamlarning eng muhim maqsadi bo‘lmog‘i kerak.Va bu maqsad, birinchi
navbatda,   ushbu   etnik   guruhlarni   o‘z   ichiga   oluvchi   har   bir   alohida   davlatning
vazifasidir.
Ayni mahalda bir millat o‘z ehtiyojlari va manfaatlarini boshqa millatning yoki
boshqa   xalqlar   vakillarining   XUDDI shunday   intilishdarini   kamsitish   hisobiga
ro‘yobga   chiqarmasligi   lozim.   Ba’zi   millat,   etnoslar   vakillarining   boshqalarga
takabburlik   bilan,   mensimay   munosabatda   bo‘lishi   kabi   holatlar   yuzaga   chiqishi
MUMKIN   bo‘lgan har qanday sharoitga barham berish lozim. Asosiy adabiyotlar
1. Yaxshilikov   J.Ya.,   Muhammadiyev   N.E.   Milliy   g’oya   va   mafkura.   T.,
“Fan”, 2015 yil. 
2. To’rayev   Shavkat.   Milliy   g’oya   tarixi   va   nazariyasi.   T.,   “Sano-standart”,
2016 yil.
3. To’rayev   Shavkat.   Milliy   g’oya   turkumidagi   fanlarni   o’qitish   jara’yonida
zamonaviy   pedagogik   texnologiyalarni   qo’llash.   arixi   va   nazariyasi.   T.,
“Kamalak”, 2016 yil.
4. To’rayev   SHavkat.   Jamiyat   taraqqiyoti   va   milliy   g’oya.   T.,   Akademiya,
2008 
5.  Nazarov Q iyomiddin .  Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar.
Oliy  ta’lim muassasalari uchun qo‘llanma. –T.:“Yangi asr avlodi”, 2001 yil.
6. Nazarov   Q iyomiddin .   Milliy   istiqlol   g‘oyasi:   asosiy   tushuncha   va   tamoyillar.
(o‘quv  qo‘llanma)  . –T.:“Yangi asr avlodi”, 2002 yil. 
7. Nazarov   Qiyomiddin.   Milliy   istiqlol   g’oyasi:   asosiy   tushuncha   va
tamoyillar.  (o’quv  qo’llanma)  . –T.:“Yangi asr avlodi”, 2002 yil.
8.        Milliy istiqlol g’oyasi (O’zbekiston  Respublikasi  Oliy   ta’lim  
bakalavriat   bosqichi   uchun   darslik)   Ershashev   I   tahriri   ostida..   –   T.:
Akademiya, 2005 yil.

G’oyaviy tahdidlarning yo’nalishlari. MAVZU: 1.XXI asrda mafkuraviy munosabatlar keskinlashuvining ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy sabablari. 2.Shovinizm, genosid, fashizm, neofashizm, neokommunizm, irqchilik, diniy ekstremizm, fundamentalizm, terrorizm g’oyalarining reaksion mohiyati va ularga qarshi kurashning tarixiy zaruriyati.

1. Tahdid tushunchasi,uning mohiyat-mazmuni, tur va shakllari Xo‘sh, tahdid nima? «Tahdid» arabcha «do‘q qilish,qo‘rqitish» degan so‘zdan olingan bo‘lib, kundalik hayotda «birovni qo‘rqitish, unga do‘q, po‘pisa qilish hamda biror falokatning, qo‘rqinchli voqeaning sodir bo‘lish xavfi», degan ma’nolarni anglatish uchun ishlatiladi. Falsafiy ma’noda « Tah did - keng falsafiy ma’noda,- inson, jamiyat va davlat hayoti hamda faoliya tiga nisbatan muayyan davr mobaynida aniq maqsadga yo‘naltirilgan mahalliy, hududiy, mintaqaviy va umumsayyoraviy salbiy omillarning tajovuzi tufay li aniq makon va zamonda vujudga keladigan xavf-xatar shakli, muayyan barqaror siyosiy-ijtimoiy va tarixiy vaziyatni ifodalovchi tushuncha» bo‘lsa, jamiyatning rivojlanishiga ta’siri, ya’ni tor ma’noda esa tahdid deb makon va zamonda mavjud bo‘lgan real ja miyatning ijtimoiy tuzilmalarini zaiflashtirishga, qolaversa emirishga qaratilgan shaxsiy, mahalliy, hududiy, mintaqaviy omillarning qo‘rqitish, do‘q, po‘pisa qilishdan iborat bo‘lgan xatta-harakatlariga aytiladi. Tahdidlarning xususiyati va taraqqiyot sohalariga o‘tkazadigan ta’sir darajasiga qarab, inson, shaxs, fuqaro, millat, davlat, jamiyat, mintaqa, global, ichki va tashqi, katta va kichik, shuningdek iqtisodiy, sotsial, siyosiy, ekologik, demografik, mafkuraviy, harbiy, tabiiy-iqlimiy, makon nuqtai nazaridan esa uzoq va yaqin va boshqa shakllarga ajratish mumkin. Ammo ular qanday shaklda yuzaga kelishidan qat’i nazar, taraqqiyotga qarshi kuch hisoblanadi. Bugungi kunda o‘zbek xalqining mustaqilligiga,uning tinch-osuda yashashiga,ijtimoiy-iqtisodiy,siyosiy-huquqiy va ma’naviy-madaniy tuzilmalariga solinayotgan tahdidlarni quyidagi tur va shakllarga ajratish mumkin. Siyosiy tahdidlar :  tashqaridan reaksion eksremistik partiya va boshqa uyushmalarning kirib kelishi va buzg‘unchi g‘oyalarni tarqatishi;  har xil «rangli inqillob»lar bahonasida mamlakatning ichki ishlariga aralashish;  diniy ekstremizm va separatizm;  xalqaro terrorizm,uyushgan jinoyatchilik,qurol-yaroq savdosi, narkotik

moddalarni tarqatish;  hokimiyatning yuqori bo‘g‘inlarida korrupsiya va poraxo‘rlikning avj olishi va boshqalar. Iqtisodiy tahdidlar:  «xufyona» iqtisodiyotning avjga chiqishi;  iqtisodiy dezintegratsiya;  banklarning to‘lov qobilyatini yo‘qotishi;  tashqi kuchlarning jahon iqtisodiyotiga yo‘l qo‘ymaslikka urinishi;  raqobatga bardosh berolmaslik va ishsizlikning yo‘qori darajada mavjudligi va boshqalar. Bularni shartli ravishda ichki va tashqi tahdidlarga ajratish mumkin. Bunda tashqi tahdidlar deb buzg‘unchi kuchlarning mamlakatga tashqaridan kirib kelgan holda uning ijtimoiy tuzilmalarini yo‘q qilishga, xalqni ma’naviy- mafkuraviy jihatdan parokandalikka uchratib o‘zlariga tobe qilishga qaratilgan xurujlarga aytiladi. Ichki tahdidlar deb esa mamlakatning ichida davlat siyosatidan norozi bo‘lgan kuchlarning o‘z Vataniga, vatandoshiga, vatandosh lariga zarar etkazishga qaratilgan g‘oya, fikr, xatti-hara katlariga aytiladi. Ichki tahdidlar, odatda,nosog‘lom mahalliychilik, yonidagilarni mensi maslik, vatandoshlarning haqqiga xiyonat qilish, "ma’naviy emigratsiya" (baxtini o‘z vatanidan emas, o‘zga joylarda qidirish), odamlarni boy kambag‘alga bo‘lib muomala qilish, po raxo‘rlik, korrupsiya, qo‘pollik, ashaddiy millatchilik, merkantilizm, ortiqcha mol-dunyoga hirs qo‘yish, befarqlik, loqaydlik, o‘zligini anglamaslik va boshqa shu kabi illatlar shaklida bo‘ladi. Bular ichida eng xatarlisi ma’naviy – mafkuraviy tahdid sanaladi. Ularni ham shu yo‘sinda ichki va tashqi tahdidlarga ajratish mumkin. SHunga ko‘ra tashqi mafkuraviy tahdid – bu mamlakatimizdagi barqarorlik va xavfsizlik tizimini izdan chiqarish uchun tajavvuzkor g‘oya tarafdorlari tomonidan tashqaridan turib mamlakatimiz ichkarisiga tomon xuruj qilishidir. Bu xuruj :  o‘z missionerlarini yuborish;  kitob,gazeta,jurnallarni yuborish;

 maktablar ochish;  qo‘shma korxonalar ochish;  chet elga olib borib o‘qitish;  moliyaviy yordam-ko‘mak berish;  demokratiya tarafdorlarini qo‘llab quvvatlash;  «dindosh» , «millatdosh» larga g‘amxo‘rlik qilish kabi niqoblangan ishlar asosida olib boriladi. Xo‘sh, «tahdid» kuchmi yoki hodisa, omil yoxud jarayon; ularning negizida nimalar turadi; u xavf-xatardan nimalari bilan farq qila di, degan bir qator savollarga javob qaytarish kerak bo‘ladi. «Avvalo, shuni ta’kiddash lozimki, bu tushunchaning maqomiga aniq javob qaytarish murakkab masala. CHun ki uning real holatda faqat qurol vositasidagi ko‘ri nishini aniq tasavvur etish mumkin. Boshqa barcha holatlarda ko‘zga ko‘rinmas, mavhum, zimdan amal qila di. Uning ana shu ta’siri moddiy borliq sifatida namoyon bo‘lgandagina uni sezish, anglab etish va ko‘rish mumkin bo‘ladi. Bu uzoq davom etadigan jarayondir. Ma’naviyatga qarshi qaratilgan tahdidlarning mohiyati va ta’sirini tez anglab etishning murakkab jihati, uning ong va dunyoqarash bilan bog‘liqligi dir. Inson botiniga joylashib olgan har qanday sal biy ta’sirlardan ozod bo‘lish juda murakkab masala hisoblanadi. Ana shu fikrimizga asoslanib aytish mumkinki, tahdidga moddiy kuch, omil va nazariy jarayon sifatida qarash mumkin. Qachonki, u moddiylik asosida (qurol, vosita ko‘rinishida) yuzaga keladigan bo‘lsa, kuch darajasida namoyon bo‘ladi. Ma’naviyat, g‘oya va maf kuralar ko‘rinishida yuzaga kelgan tahdidlarning bar chasi ong va dunyoqarashga joylashadigan bo‘lsa, u asta- sekin moddiylikka aylanadi. Bu tahdidning nazariy jarayon sifatidagi jihati hisoblanadi. Ularning barcha ko‘rinishi taraqqiyot uchun nihoyatda xatarlidir». Bunday ko‘z ilg‘amas tahdidlar qancha keng tarqalsa, o‘zbeklarning g‘oyaviy birligiga shuncha ko‘p zarar etkazadi, parokanda qiladi, hamjihatlik bo‘lmaydi. G‘oyaviy birligi mo‘rt millatning davlat xavfsizligi ham mo‘rt bo‘ladi.

2. I.A.Karimov ma’naviy-mafkuraviy tahdidlar,ularning mazmun – mohiyati va asosiy yo‘nalishlari haqida «Tahdid» tushunchasining siyosiy-falsafiy mohiya tining bir qator qirralari jahon olimlari tomonidan tahlil etib kelinmoqda. Zero, insoniyatning ongli faoliyati boshlanibdiki, «tahdid» ham inson ning o‘zi bilan yonma-yon yashab, «ulg‘ayib», qudratli kuchga aylanib kelyapti. SHuning uchun ham bugungi kun da bu tushunchaning ta’sir kuchi va uni jilovlash bi lan bog‘liq masalalarni o‘rganishga bo‘lgan qiziqish barcha mintaqalarda kuchayib boryapti. O‘zbekistonda ham uni o‘rganishga bo‘lgan qiziqish ortib bormoqda. Bu borada, eng avvalo, Prezidentimiz Islom Kari mov tomonidan e’lon qilingan «O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shart lari va taraqqiyot kafolatlari» asarining umumme todologik ahamiyatga ega bo‘lganini ta’kiddash lozim. Asarning metodologik, nazariy va amaliy ahamiyati shundan iboratki, sobiq ittifoqsosh respublika lar o‘z mustaqilligini qo‘lga kiritganliklari quvonchi va eyforiyasi bilan yashayotgan bir paytda Preziden timiz unga qarshi qaratilgan tahdidlarning yuzaga kelayotganligidan nafaqat O‘zbekiston xalqini, shu ningdek, MDH xalqlarining ham ogoh bo‘lishi zarur- ligini ko‘rsatib bergan edi. Asarda ilgari surilgan g‘oyalar, xavf-xatar va tahdidlar u e’lon qilingan 1997 yildan keyingi o‘tgan davrda o‘zining to‘g‘ri ekanli gini tasdiqlab kelmoqda. «Eng murakkab savollardan biri shuki, — deb ogoh lantirgan Prezidentimiz, — bizdagi barqarorlik va xavfsizlik yo‘lida tahdid bo‘lib turgan muammolarni anglab etayapmizmi?» Mustaqilligimizni qo‘lga kiritish qanchalik mu rakkab bo‘lgan bo‘lsa, uni saqlab qolish va mustahkam lash undanda murakkab ekanligi taraqqiyotimiz ja rayonida o‘z tasdig‘ini topib kelmoqda. Prezidentimiz tahdidlarning ma’no-mazmuni va butun mamlakatni halokatga olib keluvchi katta kuch ekanligini ko‘rsatib berish bilan birga, ularning shakllari hamda namoyon bo‘lish xususiyatlarini ham ko‘rsatgan edi.