logo

GEOGRAFIYa TA’LIMIDA TARBIYa TURLARI

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

24.4892578125 KB
MAVZU:  GEOGRAFIYa TA’LIMIDA TARBIYa TURLARI
Reja:
1. Geogradiyada tarbiya turlarini mazmuni va mohiyati
2. Ilmiy dunyoqarashlar (dunyoni moddiyligi)
3. Ekologik,   estetik,   ahloq-odob,   vatanparvarlik,   mehnat,   iqtisodiy   va
boshqalar TARBIYA TURLARI
Tarbiya   –   shaxsda   muayyan   jismoniy,   ruhiy,   ahloqiy,   ma’naviy   sifatlarni
shakllantirishga qaratilgan amaliy pedagogik jarayon.
Tarbiya   –   insonning   jamiyatda   yashashi   uchun   zarur   bo‘lgan   xususiyatlarga
ega bo‘lishini ta’minlash yo‘lidagi chora-tadbirlar yig‘indisi.
Tarbiya   –   insonning   insonligini   ta’minlaydigan   eng   qadimiy   va   adabiy
qadriyat.
Tarbiyasiz   alohida   odam   ham,   kishilik   jamiyati   ham   mavjud   bo‘la   olmaydi.
Chunki   odam   va   jamiyatning   mavjudligini   ta’minlaydigan   qadriyatlar   tarbiya
tufayligina bir avloddan boshqasiga o‘tadi.
“Tarbiya” atamasi keng va tor ma’nolarda ishlatiladi.
Keng   ma’noda   tarbiya   inson   shaxsini   shakllantirishga,   uning   jamiyat   ishlab
chiqarishi   va   ijtimoiy,   madaniy,   ma’rifiy   hayotida   faol   ishtirokini   ta’minlashga
qaratilgan   barcha   ta’sirlar,   tadbirlar,   harakatlar,   intilishlar   yig‘indisini   anglatadi.
Bunday   tushunishda   tarbiya   faqat   oila,   maktab,   bolalar   va   yoshlar   tashkilotlarida
olib   boriladigan   tarbiyaviy   ishlarni,   balki   butun   ijtimoiy   tuzum,   uning   yetakchi
g‘oyalari, adabiyot, san’at, kino, radio, televideniye, matbuot  va boshqalarni ham
o‘z ichiga oladi. Shuningdek, keng ma’nodagi tarbiya tushunchasi ichiga ta’lim va
ma’lumot olish ham kiradi.
Tor   ma’noda   tarbiya   shaxsning   jismoniy   rivoji,   dunyoqarashi,   ma’naviy-
axloqiy   qiyofasi,   estetik   didi   o‘stirilishga   yo‘naltirilgan   pedagogik   faoliyatni
anglatadi. Buni  oila va  tarbiyaviy muassasalar  hamda jamoat  tashkilotlari  amalga
oshiradi.   Ta’lim   va   ma’lumot   olish   tor   ma’nodagi   tarbiya   ichiga   kirmaydi,   biroq
har   qanday   tarbiya   ta’lim   bilan   chambarchas   bog‘liq   holdagina   mavjud   bo‘ladi.
Chunki   ta’lim   va   ma’lumot   olish   jarayonida   shaxsning   faqat   bilimi   ko‘payibgina
qolmay,   balki   ahloqiy-ma’naviy   sifatlari   qaror   topishi   ham   tezlashadi.   Shuning
uchun   ham   “Ta’limni   tarbiyadan,   tarbiyani   esa,   ta’limdan   ajratib   bo‘lmaydi   –   bu
sharqona   qarash   sharqona   hayot   falsafasi.   Ana   shu   oddiy   talabdan   kelib   chiqqan
holda,   farzandlarimizni   mustaqil   va   keng   fikrlash   qobiliyatiga   ega   bo‘lgan,   ongli yashaydigan   komil   insonlar   etib   voyaga   yetkazish   –   ta’lim-tarbiya   sohasining
asosiy   maqsadi   va   vazifasi   bo‘lishi   lozim”,   –   deb   uqtiradi   davlat   rahbari   Islom
Karimov.
Demak,   tarbiya jarayon , u shaxsni  shakllantirishga maqsadli  yo‘naltirilgan,
tarbiyalovchi   va   tarbiyalanuvchilar   hamkorligi   uchun   maxsus   tashkil   etilgan,
boshqariladigan va nazorat qilinadigan, o‘zining pirovard maqsadi sifatida shaxsni
shakllantiradigan jarayondir.
Tarbiya   jarayonining   eng   asosiy   natijasi   –   har   tamonlama   va   uyg‘un   kamol
topgan yuksak ma’naviyatli shaxsni shakllantirishdir. 
Tarbiya   jarayoni   –   tarbiyaviy   ishlar,   tadbirlarning   doimiy   harakatdagi
zanjiridan iborat. 
Tarbiyaviy   tadbirlar   –turli   xil   moddiy   va   ma’naviy   ehtiyojlarga   javob
beruvchi   tarbiyaviy   maqsadlarning   yagona   majmuasiga   bo‘ysundirilgan,   bir-biri
bilan o‘zaro hamkorlik qiluvchi, o‘zida bir butun ta’limni ko‘zda tutgan tarbiyaviy
ta’sir majmuidir. Ta’lim jarayoni alohida darslardan tashkil topgani kabi tarbiyaviy
tadbirlardan tarbiya jarayoni vujudga keladi. Tadbirlar, tarbiyaviy ishlar  – tarbiya
jarayonining bir bo‘lagidir.
Tarbiya mavzusi katta, keng qamrovli mavzu. Bu mavzu alohida o‘rganishga
molik. Uning tarbiyaviy ishlar, tarbiyaviy ishlarning manbalari, tarbiyaviy ishlarni
tashkil   qilish   uslublari,   tarbiyaviy   ishlarni   rejalashtirish,   ularni   tashkil   qilishning
asosiy   qoidalari,   tarbiyaviy   ishlarni   tashkil   etishni   boshqarish,   pedagogik   ta’sir
etish   usullari   va   boshqalarni   o‘rganish,   chuqur   bilish,   amalda   qo‘llash   juda
muhimdir. 
Demak   tarbiya   haqida   tushunchaga   ega   bo‘lish   uchun,   avvalo   tarbiya
jarayonini   mohiyati   va   mazmuni,   uslubiy   qonuniyatlari,   shakllari,   tarbiya
tamoyillari, uslublari bilan tanishish, o‘rganish lozim.
2.  Tarbiya har qanday jamiyat va har qanday mamlakat hayotida hal qiluvchi
ahamiyat kasb etadi. Yosh avlodning, umuman jamiyat a’zolarining tarbiyasi bilan
yetarlicha shug‘ullanmagan mamlakat turg‘unlik va inqirozga mahkumdir. Negaki,
o‘sishi   va   rivojlanishi   uchun   har   qanday   jamiyatda   ham   moddiy   va   ma’naviy boyliklar ishlab chiqarish to‘xtovsiz ravishda yuksalib borishi lozim. Buning uchun
yosh   avlod   moddiy   va   ma’naviy   boyliklar   yetishtirishni   ajdodlari   darajasida,
ulardan ham yaxshiroq, ishlab chiqara bilishlari kerak. Yosh avlodda ana shunday
moddiy va ma’naviy qobiliyatlarni shakllantira bilish uchun esa, jamiyat uzluksiz
ravishda samarali faoliyat ko‘rsatadigan tarbiyaviy institutlar tizimiga ega bo‘lishi
lozim. 
Tarbiya   jamiyat   taraqqiyotining   turli   davrlarida   turlicha   izohlab   kelingan.
Sho‘ro   zamonida   hukmron   kommunistik   mafkura   tarbiyaga   sinfiy   va   partiyaviy
hodisa   sifatida   yondashishni   talab   etgan.   Shuning   uchun   ham   sinfiy   jamiyatda
tarbiya faqat sinfiy xususiyatga ega bo‘ladi va turli sinflarning tarbiyasi bir-biriga
qarama-qarshi   turadi   degan   qarash   qaror   topgan.   Holbuki,   dunyo   ilmi,   ayniqsa
Sharq   tarbiyashunosligi   va   o‘zbek   xalq   pedagogikasi   tajribasi   tarbiyaning   sinfiy
ko‘rinishga   ega   emasligini   isbot   etdi.   Shuningdek,   kommunistik   mafkura   tazyiqi
tufayli   tarbiyada   ijtimoiy   muassasalarning   o‘rniga   ortiqcha   baho   berildi,   bu
jarayonda irsiy va biologik xususiyatlar deyarli hisobga olinmadi.
Sho‘rolar   pedagogikasida   tarbiya   orqali   har   qanday   insonni   istagan   ijtimoiy
qiyofaga   solish   mumkin   degan   qarash   hukmron   bo‘lganligi   uchun   ham   uning
shaxsini   shakllantirishdagi   o‘rniga   ortiqcha   baho   berildi.   Tarbiyalanuvchi
shaxsining   tarbiyaga   berilish   yoki   berilmaslik   xususiyatlarining   hisobga
olinmasligi   tarbiyaviy   tadbirlarga   mahliyo   bo‘lishdek   pedagogik   xatolikka   olib
keldi.   Buning   natijasida   tarbiya   maqsadsiz   bo‘lib   qoldi,   tarbiyalanuvchilarga
alohida shaxs sifatida emas, istalgan ijtimoiy yo‘nalishga solinishi mumkin bo‘lgan
qiyofasiz     to‘da,   olomon   tarzida   qarash   qaror   topdi.   Bu   hol   tarbiyaning
samarasizligiga   olib   keldi.   Chunki   tarbiyaning   asosiy   ob’ekti   bo‘lmish   shaxs   va
uning   o‘ziga   xoslik   jihatlari   unutilgan   edi.   Sho‘ro   pedagogik   tizimidagi
kamchiliklarning ildizi, asosan, mana shu yondashuv tarziga borib taqaladi.
O‘zbekiston   mustaqillikka   erishgach,   tarbiya   va   unga   bog‘liq   jarayonlarga
yangi hamda sog‘lom pedagogik tafakkurga tayangan holda yondashuv qaror topa
boshladi. Uni izohlashda g‘ayriilmiy sinfiy-partiyaviy yondashuvdan voz kechildi.
Tarbiyaning   milliyligiga   alohida   e’tibor   qaratilmoqda.   Buning   uchun   xalq pedagogikasi   boyliklari,   o‘zbek   mutafakkirlarining   pedagogik   qarashlari
sinchkovlik   bilan   o‘rganilayotir.   Natijada,   O‘zbekiston   pedagogika   fani   va
amaliyotida   oila   tarbiyasining   ham,   ijtimoiy   tarbiyaning   ham   o‘ziga   xos   o‘rni
borligi   tan   olina   boshlandi.   Shuningdek,   tarbiyada   irsiy   va   biologik   omillar   ham
hisobga   olinadigan   bo‘ldi.   Ayni   vaqtda   shaxsning   shakllanishida   tarbiyaning
o‘rniga   keragidan   ortiq   baho   berish   ham   barham   topdi.   Bu   hol   tarbiyaga   doir
hodisa va xolatlarni to‘g‘ri izohlash, tarbiyaviy tadbirlar tizimini to‘g‘ri tayin etish
imkonini berdi.
Ayni   paytda   tarbiyaning   faol   ishtirokchilaridan   OAV   faoliyatidagi   bir
yoqlamalikka   moyillik   sezilmoqda.   Zotan   OAVda   ko‘proq   ijobiy   materiallar
berilayotgani   yoshlarda   hayotga,   jamiyatdagi   turli   jarayonlarga   bir   yoqlama,
ko‘proq maqtov va maqtanish hissini singdirish xavfini tug‘dirayotganday.
OAVda   vujudga   kelgan   bu   holat   Davlat   rahbari   Islom   Karimovning   “Eng
asosiy   mezon   –   hayot   haqiqatini   aks   ettirish”,   “Yuksak   ma’naviyat   –   yengilmas
kuch”,   “Matbuot   va   ommaviy   axborot   vositalari   xodimlariga”   yo‘llagan   qator
tabriklari   hamda   boshqa   asarlari   va   ma’ruzalaridagi   talablariga   yetarlicha   javob
bermayotganligi   tarbiya   jarayonida   OAVdan   foydalanish   borasida   ko‘proq
ehtiyotkorlikni talab qiladi.
3.   Ijtimoiy   muhit   deganda   insonning   yashashi   va   ishlashi   uchun   uni   o‘rab
turgan ijtimoiy, moddiy va ma’naviy shart-sharoitlar tushuniladi.
Muhit   keng   ma’noda   (makromuhit)   ijtimoiy-iqtisodiy   tizimni   –   ishlab
chiqaruvchi   kuchlar,   ijtimoiy   munosabatlar   va   tartib-qoidalar   majmuini
jamiyatning ijtimoiy ong va madaniyatini o‘z ichiga oladi.
Tor   ma’nodagi   (mikromuhit)   bevosita   insonni   qurshab   olgan   oila,   mehnat,
o‘quv va boshqa guruhlardan iborat.
Ijtimoiy   muhit   shaxsning   shakllanishiga   va   rivojlanishiga   hal   qiluvchi   ta’sir
ko‘rsatadi. Ayni vaqtda insonning ijodiy faolligi, faoliyati ta’sirida Ijtimoiy muhit
o‘zgaradi, bu o‘zgarishlar jarayonida odamlarning o‘zlari ham o‘zgaradi. Ijtimoiy
muhit   psixologiyasini   tahlil   qilish   barobarida   psixologiya   tushunchasi   ustida
to‘xtalish joiz. Psixo...   yunoncha   “ruh”,   qalbni   anglatadi,   “logos”   unga   aloqadorlikni
ifodalaydi, psixo... va logiya...
Psixologiya   –   inson   faoliyati   va   hayvonlar   hatti   harakati   jarayonida
voqeilikning   psixik   aks   etishi,   ruhiy   jarayonlar,   holatlar,   hodisalar,   hislatlar
to‘g‘risidagi  fan. Psixologiyaning tadqiqot predmetiga sezgilar va idrok obrazlari,
tafakkur va hissiyot, faoliyat va muomala kabi psixologik jarayonlar, kategoriyalar
kiradi.   Psixologiyaning   asosiy   vazifalari   –   psixika   qonuniyatlarini,   inson   ruhiy
holatlari   shakllanishini   ko‘rsatishdan   iborat.   Mazkur   vazifalar   yechimini   topishda
psixologiya bir tomondan, biologiya fani sohalari bilan, jumladan fiziologiya bilan,
boshqa   tamondan   esa,   sotsiologiya,   pedagogika   madaniyat   tarixi,   mantiq   hamda
ijtimoiy   fanlar   bilan  jips   aloqaga   kirishadi.   Psixologiya,     eng  avvalo,   psixikaning
insonga xos shakli bo‘lishi ong va o‘zini-o‘zi anglashni tadqiq etadi.
Psixologiya   ko‘p   tarmoqlik   psixologik   bilimlar   tizimidan   iborat   fan
hisoblanib,   o‘zining   tadqiqot   predmetiga   ega   bo‘lgan   ko‘plab   sohalardan   tashkil
topgan:   umumiy   psixologiya,   aviatsiya   psixologiyasi,   harbiy   psixologiya,   huquq
psixologiyasi, pedagogik psixologiya, mehnat psixologiyasi, yosh psixologiyasi va
h.k. Psixologiya sanoatda, jamiyat boshqaruvida, ta’lim tizimida, sog‘liqni saqlash,
madaniyat,   sport,   transport,   radio,   televideniye   va   boshqa   tuzilmalarda   muhim
masalalarni   hal   qilishda   faol   ishtirok   etmoqda.   Psixologiya   erishgan   yutuqlari
shaxs   imkoniyatlarini   ro‘yobga   chiqarish   va   ularni   harakatga   keltirishda   alohida
ahamiyat   kasb   qilmoqda   hamda   shu   asnoda   mehnat   samaradorligini   oshirishga
ta’sir   o‘tkazmoqda.   Zamonaviy   psixologiyada   elektron-hisoblash   texnikasi,   elektr
va   kimyoviy   vositalar   yordami   bilan   psixikani   chuqur   o‘rganish   kabilar
qo‘llanilmoqda. Psixologiyada o‘zini o‘zi kuzatish (introspeksiya) metodi atrofida
keskin   bahslar   davom   etmoqda.   Ba’zi   yo‘nalishdagi   psixologlar   uni   tadqiqot
o‘tkazishning   asosiy   metodi   deb   ta’kidlasalar,   boshqalari   esa   uning
cheklanganligini   e’tirof   qiladilar,   buning   o‘rniga   ob’ektiv   metodlardan
foydalanishni   tavsiya   etadilar.   Ob’ektiv   metodlar   tufayli   psixikaning   moddiy
negizi   aniqlangan,   inson   ichki   munosabatlari   bilan   sub’ektiv   holatlar   sababiy
bog‘liqligi yakka shaxsda, jamoada namoyon bo‘lishi dalillangan. Ijtimoiy   muhit   psixologiyasini   tahlil   va   tadqiq   etganda,   ana   shu   yuqoridagi
holatlardan   kelib   chiqib   baholash   lozim   bo‘ladi.   Ijtimoiy   muhit   psixologiyasiga
ta’sir qiluvchi omillar  turli xil bo‘lgani uchun ham u yerdagi holat turlicha bo‘lishi
mumkin. U yerdagi ruhiy holat ijobiy yoki salbiy bo‘lishi, hatto ikkilanuvchi ham
bo‘lishi mumkin.
4.   Ijtimoiy   muhitning   tarbiya   tizimida   tutgan   o‘rni   va   roli,   ahamiyati   uning
psixologik, ruhiy holatiga bevosita bog‘liq. Ijtimoiy muhit psixologiyasi qanchalik
ijobiy   bo‘lsa,   tarbiya   jarayoni   shunchalik   oson   kechadi,   samarali   bo‘ladi   va
aksincha.
Bu o‘rinda ko‘plab misollar keltirish mumkin.
1), Ijobiy misol. Oliy o‘quv yurtida o‘qiyotgan “N” ismli bir talaba Parlament
saylovi qanday o‘tkazilishi haqida o‘z o‘quv guruhida o‘qituvchisidan tushunchaga
ega bo‘ldi.
Mashg‘ulotga   tayyorlanish   jarayonida   maxsus   adabiyotlardan,   OAVdan   o‘zi
ega bo‘lgan tushuncha to‘g‘ri ekanligiga ishonch hosil qildi.
Uyida   ota-onalari   bilan   suhbatda   ham   o‘zi   ega   bo‘lgan   saylov   haqidagi
tushuncha o‘zgarmadi.
Mahalladagi   o‘rtoqlari,   ulfatlari,   do‘stlari,   tanish-bilishlarining   saylov
haqidagi fikrlari uyg‘un bo‘ldi.
Nihoyat   saylov   jarayonida   o‘zi   qatnashib,   u   yerda   ham   barcha   ishlar   qonun
doirasida   ekanligini   ko‘rdi.   Natijada,   tarbiya   jarayoni   ijtimoiy   muhit
psixologiyasining ijobiy ta’sirida samarali bo‘ldi.
2),   Ikkinchi   misol.   Yana   yuqoridagi   holatni   eslaylik.   Barcha   jarayon   bir   xil.
Faqat   talaba   saylov   uchastkasida   qonunbuzarlikning   guvohi   bo‘ldi:   bir   saylovchi
bir   nechta   pasport   ko‘rsatib,   bir   necha   saylov   byulletenlari   olib,   alohida   honaga
kirib ketdi. Tasavvur qiling, talaba qanday ruhiy holatga tushadi  (u albatta kuchli
fuqarolik   pozitsiyasiga   ega,   siyosiy   saviyasi   yetarli   va   h.k.)?!   U   albatta
qonunbuzarlikni yo‘qotishga harakat qiladi.
Oqibatda   natija   saylov   uchastkasidagi   mutassaddining   ham,   qonunbuzar
saylovchining psixikasiga ijobiy ta’sir bo‘ladi. 3),   Uchinchi   misol.   Yana   yuqoridagi   holatni   eslaylik.   Faqat   bu   yerda
talabaning mahalladagi do‘stining fikri o‘zgacha, “ya’ni saylovlarda tartib-intizom
yo‘q, qonunbuzarlik mavjud”.
Bu   yerda   e’tiqodi   mustahkam   talaba   mahalladagi   o‘rtog‘iga   o‘z   fikrini
o‘tkazib psixologiyasini o‘zgartirishi mumkin.
Bunday misollarni ko‘plab davom ettirishimiz mumkin.
Xulosa o‘rnida komil ishonch bilan aytish mumkinki, qanchalar to‘g‘ri tarbiya
qilinsa   yoshlar,   ijtimoiy   muhit   psixologiyasi   shunchalik   ijobiy   tamonga
o‘zgaraveradi.
Tarbiya   jarayonida,   albatta,   tarbiyalanuvchilarning   yoshini   hisobga   olish
esdan chiqishi kerak emas.
Tarbiyaning   asosiy   bo‘g‘ini   oila   ekanligini,   u   yerda   tarbiyaning   poydevori
yaratilishini,   u   qanchalar   sifatli   bo‘lsa,   tarbiyaning   keyingi   bosqichlari   bog‘cha,
mahalla,   maktab,   oliy   va   maxsus   o‘quv   yurtlarida   jarayon   shunchalar   samarali
bo‘lishi   o‘z-o‘zidan   ma’lum.   Buning   uchun   oilaning   o‘zi,   oila   boshlig‘i   va   katta
yoshdagi   a’zolari   tarbiyali   bo‘lishi   lozim.   Oila   qanchalik   tarbiyali   bo‘lsa,   u
shunchalik mustahkam bo‘lishi muqarrar. Oila qanchalik mustahkam, tinch bo‘lsa
jamiyat,   mamlakat   ham   shunchalik   tinch,   kuchli   bo‘ladi.   Zotan   oila   jamiyat
asosidir!
Shuning   uchun   ham   tarbiyaning   muhim   bir   bosqichi   –   Yoshlarni   oilaga
tayyorlash   –   ijtimoiy   vazifa   sifatida   e’tirof   e’tiladi.   Bu   vazifa   qanchalar   to‘g‘ri,
sifatli bajarilsa, yangi oila shakllanib, rivojlanib, mustahkam  bo‘laveradi.
Hozir tanaffusdan so‘ng aynan mana shu mavzu – yoshlarni oilaga tayyorlash
mavzuida jamoada va guruhlarga bo‘linib trening mashg‘uloti o‘tkazamiz.
Respublikada   ijtimoiy   tarbiya   va   uning   turlari   (axloqiy,   aqliy,   jismoniy,
estetik,   ekologik,   iqtisodiy,   huquqiy   va   mafkuraviy   tarbiyalar)
quyidagi   vazifalarni   amalga   oshiradi.   Chunonchi:
1.   Axloqiy   tarbiyani   tashkil   etish   jarayonida   o‘quvchilarni   ijtimoiy   axloqiy
me’yorlar   mazmunidan   xabardor   etish,   ularga   axloqiy   me’yorlarning   ijtimoiy
hayotdagi   ahamiyatini   tushuntirish,   ulardan   ijtimoiy   axloqiy   me’yorlar   (talab   va ta’qiqlar)ga nisbatan hurmat hissini qaror toptirish asosida aqliy ong madaniyatini
shakllantirish.
2.   Aqliy   tarbiyani   yo‘lga   qo‘yish   chog‘ida   o‘quvchilarni   ilm-fan,   texnika   va
texnologiya borasida qo‘lga kiritilayotgan yutuqlardan, yangilik va kashfiyotlardan
boxabar   etish,   ularga   ijtimoiy   fanlar   asoslari   xususidagi   bilimlarni   berish   tarzida
ularda   tafakkur   qobiliyatini   qaror   toptirish,   dunyoqarashini   shakllantirish.  
3.   Jismoniy   tarbiyani   tashkil   etish   jarayonida   o‘quvchilarda   o‘z   sog‘liqlarini
saqlash   va   mustahkamlash,   organizmni   chiniqtirish,   jismoniy   jihatdan   to‘g‘ri
rivojlanishni hamda uning ishlash qobiliyatini oshirish borasida g‘amxo‘rlik qilish
tuyg‘usini   yuzaga   keltirish,   ularda   yangi   harakat   turlari   borasida   ko‘nikma   va
malakalarni   hosil   qilish,   ularni   maxsus   bilimlar   bilan   qurollantirish,
o‘quvchilarning   yoshiga   va   jinsiga   muvofiq   keladigan   (kuch,   tezkorlik,
chaqqonlik, sabot-matonat, chidam, iroda va tavsifni qaror toptirish) asosiy harakat
sifatlarini   rivojlantirish,   ularda   shaxsiy   gigienani   saqlashga   nisbatan   ongli
munosabatlarni   tarbiyalash.
4.Estetik   tarbiyani   olib   borish   jarayonida   o‘quvchilarda   estetik   his-tuyg‘u,   estetik
didni   tarbiyalash,   ularning   ijodiy   qobiliyatlarini   taraqqiy   ettirish,   estetik
madaniyatini   shakllantirish.
5.  Ekologik  tarbiyani   olib  borish   chog‘ida  o‘quvchilarga  ekologik  bilimlar  berish
asosida   shaxs,   jamiyat   va   tabiat   biriligi   hamda   aloqadorligini   o‘quvchilarga
tushuntirish, ularda ekologiyaning inson, insoniyat, jamiyat taraqqiyotidagi muhim
o‘rni   va   ahamiyati   borasida   tushunchalarni   qaror   toptirish,   shuningdek,   ekologik
madaniyatni   shakllantirish.
6.   Iqtisodiy   tarbiyani   tashkil   etish   jarayonida   o‘quvchilarga   iqtisodiy   bilimlarni
berish asosida mamlakat iqtisodiy barqarorligini ta’minlash, bozor infrastrukturasi
qoidalariga   amal   qilish,   ichki   bozorni   to‘ldirish,   kichik   va   o‘rta   biznesni   yaratish
borasidagi faoliyat jarayonida ishtirok etish, ko‘nikma va malakalarni hosil qilish,
inson mehnati bilan bunyod etilgan moddiy boyliklarni asrash, ularni ko‘paytirish
borasidagi   qayg‘urish   tuyg‘ularini   qaror   toptirish,   iqtisodiy   madaniyatni
shakllantirish. 7. Huquqiy tarbiyani tashkil etish jarayonida o‘quvchilarga Davlat Konstitutsiyasi
haqidagi ta’limotni chunonchi, fuqarolik, oila, mehnat, xo‘jalik, ma’muriy, nafaqa,
sud   ishlarini   yuritish   va   boshqarish   huquqlarining   ma’nosini   tushuntirish,   ular
ongiga   ijtimoiy   huquqiy   me’yorlarning   shaxs   va   jamiyat   hayotidagi   ahamiyati
haqidagi tasavvurga ega bo‘lishlarini ta’minlash, ularda huquqiy ong, shuningdek,
huquqiy   faoliyatni   tashkil   etish   borasidagi   ko‘nikma   va   malakalarni   hosil   qilish,
huquqiy   madaniyatni   shakllantirish.
8.   G‘oyaviy   va   mafkuraviy   bilimirni   berish,   O‘zbekiston   Respublikasi
Konstitutsiyasi,   fuqarolik   jamiyat   asoslari,   milliy   davlat   tuzilishi,   shuningdek,
O‘zbekiston   Respublikasi   ichki   va   tashqi   mafkurasi   mazmunini   o‘rganishni
ta’minlash   asosida   o‘quvchilarda   mafkuraviy   faoliyat   ko‘nikma   va   malakalarni
qaror   toptirish,   mafkuraviy   madaniyatini   shakllantirish   va   boshqalar.
Demak,   tarbiya   mazmunida   oldinga   qo‘yilgan   maqsad   va   vazifalarga   muvofiq
o‘quvchilar   tomonidan   o‘zlashtirishi   lozim   bo‘lgan  bilim,  ko‘nikma  va   malakalar
shaxs xulq-atvori hamda sifatlarning mohiyatini aks ettiradi. ADABIYOTLAR
1. O‘zbekiston ensikilopediyasi 1996.
2. Pedagogik ensiklopediyasi 1980.
3. O‘zbekiston pedagoklari antologiyasi 1995.
4. Qurboniyozov R. Geografiya ta’limi metodikasi.  Toshkent 1993.
5. «Ma’rifat», (Sovet maktabi) jurnallari.
«Geografiya v shkole» jurnallari.

MAVZU: GEOGRAFIYa TA’LIMIDA TARBIYa TURLARI Reja: 1. Geogradiyada tarbiya turlarini mazmuni va mohiyati 2. Ilmiy dunyoqarashlar (dunyoni moddiyligi) 3. Ekologik, estetik, ahloq-odob, vatanparvarlik, mehnat, iqtisodiy va boshqalar

TARBIYA TURLARI Tarbiya – shaxsda muayyan jismoniy, ruhiy, ahloqiy, ma’naviy sifatlarni shakllantirishga qaratilgan amaliy pedagogik jarayon. Tarbiya – insonning jamiyatda yashashi uchun zarur bo‘lgan xususiyatlarga ega bo‘lishini ta’minlash yo‘lidagi chora-tadbirlar yig‘indisi. Tarbiya – insonning insonligini ta’minlaydigan eng qadimiy va adabiy qadriyat. Tarbiyasiz alohida odam ham, kishilik jamiyati ham mavjud bo‘la olmaydi. Chunki odam va jamiyatning mavjudligini ta’minlaydigan qadriyatlar tarbiya tufayligina bir avloddan boshqasiga o‘tadi. “Tarbiya” atamasi keng va tor ma’nolarda ishlatiladi. Keng ma’noda tarbiya inson shaxsini shakllantirishga, uning jamiyat ishlab chiqarishi va ijtimoiy, madaniy, ma’rifiy hayotida faol ishtirokini ta’minlashga qaratilgan barcha ta’sirlar, tadbirlar, harakatlar, intilishlar yig‘indisini anglatadi. Bunday tushunishda tarbiya faqat oila, maktab, bolalar va yoshlar tashkilotlarida olib boriladigan tarbiyaviy ishlarni, balki butun ijtimoiy tuzum, uning yetakchi g‘oyalari, adabiyot, san’at, kino, radio, televideniye, matbuot va boshqalarni ham o‘z ichiga oladi. Shuningdek, keng ma’nodagi tarbiya tushunchasi ichiga ta’lim va ma’lumot olish ham kiradi. Tor ma’noda tarbiya shaxsning jismoniy rivoji, dunyoqarashi, ma’naviy- axloqiy qiyofasi, estetik didi o‘stirilishga yo‘naltirilgan pedagogik faoliyatni anglatadi. Buni oila va tarbiyaviy muassasalar hamda jamoat tashkilotlari amalga oshiradi. Ta’lim va ma’lumot olish tor ma’nodagi tarbiya ichiga kirmaydi, biroq har qanday tarbiya ta’lim bilan chambarchas bog‘liq holdagina mavjud bo‘ladi. Chunki ta’lim va ma’lumot olish jarayonida shaxsning faqat bilimi ko‘payibgina qolmay, balki ahloqiy-ma’naviy sifatlari qaror topishi ham tezlashadi. Shuning uchun ham “Ta’limni tarbiyadan, tarbiyani esa, ta’limdan ajratib bo‘lmaydi – bu sharqona qarash sharqona hayot falsafasi. Ana shu oddiy talabdan kelib chiqqan holda, farzandlarimizni mustaqil va keng fikrlash qobiliyatiga ega bo‘lgan, ongli

yashaydigan komil insonlar etib voyaga yetkazish – ta’lim-tarbiya sohasining asosiy maqsadi va vazifasi bo‘lishi lozim”, – deb uqtiradi davlat rahbari Islom Karimov. Demak, tarbiya jarayon , u shaxsni shakllantirishga maqsadli yo‘naltirilgan, tarbiyalovchi va tarbiyalanuvchilar hamkorligi uchun maxsus tashkil etilgan, boshqariladigan va nazorat qilinadigan, o‘zining pirovard maqsadi sifatida shaxsni shakllantiradigan jarayondir. Tarbiya jarayonining eng asosiy natijasi – har tamonlama va uyg‘un kamol topgan yuksak ma’naviyatli shaxsni shakllantirishdir. Tarbiya jarayoni – tarbiyaviy ishlar, tadbirlarning doimiy harakatdagi zanjiridan iborat. Tarbiyaviy tadbirlar –turli xil moddiy va ma’naviy ehtiyojlarga javob beruvchi tarbiyaviy maqsadlarning yagona majmuasiga bo‘ysundirilgan, bir-biri bilan o‘zaro hamkorlik qiluvchi, o‘zida bir butun ta’limni ko‘zda tutgan tarbiyaviy ta’sir majmuidir. Ta’lim jarayoni alohida darslardan tashkil topgani kabi tarbiyaviy tadbirlardan tarbiya jarayoni vujudga keladi. Tadbirlar, tarbiyaviy ishlar – tarbiya jarayonining bir bo‘lagidir. Tarbiya mavzusi katta, keng qamrovli mavzu. Bu mavzu alohida o‘rganishga molik. Uning tarbiyaviy ishlar, tarbiyaviy ishlarning manbalari, tarbiyaviy ishlarni tashkil qilish uslublari, tarbiyaviy ishlarni rejalashtirish, ularni tashkil qilishning asosiy qoidalari, tarbiyaviy ishlarni tashkil etishni boshqarish, pedagogik ta’sir etish usullari va boshqalarni o‘rganish, chuqur bilish, amalda qo‘llash juda muhimdir. Demak tarbiya haqida tushunchaga ega bo‘lish uchun, avvalo tarbiya jarayonini mohiyati va mazmuni, uslubiy qonuniyatlari, shakllari, tarbiya tamoyillari, uslublari bilan tanishish, o‘rganish lozim. 2. Tarbiya har qanday jamiyat va har qanday mamlakat hayotida hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Yosh avlodning, umuman jamiyat a’zolarining tarbiyasi bilan yetarlicha shug‘ullanmagan mamlakat turg‘unlik va inqirozga mahkumdir. Negaki, o‘sishi va rivojlanishi uchun har qanday jamiyatda ham moddiy va ma’naviy

boyliklar ishlab chiqarish to‘xtovsiz ravishda yuksalib borishi lozim. Buning uchun yosh avlod moddiy va ma’naviy boyliklar yetishtirishni ajdodlari darajasida, ulardan ham yaxshiroq, ishlab chiqara bilishlari kerak. Yosh avlodda ana shunday moddiy va ma’naviy qobiliyatlarni shakllantira bilish uchun esa, jamiyat uzluksiz ravishda samarali faoliyat ko‘rsatadigan tarbiyaviy institutlar tizimiga ega bo‘lishi lozim. Tarbiya jamiyat taraqqiyotining turli davrlarida turlicha izohlab kelingan. Sho‘ro zamonida hukmron kommunistik mafkura tarbiyaga sinfiy va partiyaviy hodisa sifatida yondashishni talab etgan. Shuning uchun ham sinfiy jamiyatda tarbiya faqat sinfiy xususiyatga ega bo‘ladi va turli sinflarning tarbiyasi bir-biriga qarama-qarshi turadi degan qarash qaror topgan. Holbuki, dunyo ilmi, ayniqsa Sharq tarbiyashunosligi va o‘zbek xalq pedagogikasi tajribasi tarbiyaning sinfiy ko‘rinishga ega emasligini isbot etdi. Shuningdek, kommunistik mafkura tazyiqi tufayli tarbiyada ijtimoiy muassasalarning o‘rniga ortiqcha baho berildi, bu jarayonda irsiy va biologik xususiyatlar deyarli hisobga olinmadi. Sho‘rolar pedagogikasida tarbiya orqali har qanday insonni istagan ijtimoiy qiyofaga solish mumkin degan qarash hukmron bo‘lganligi uchun ham uning shaxsini shakllantirishdagi o‘rniga ortiqcha baho berildi. Tarbiyalanuvchi shaxsining tarbiyaga berilish yoki berilmaslik xususiyatlarining hisobga olinmasligi tarbiyaviy tadbirlarga mahliyo bo‘lishdek pedagogik xatolikka olib keldi. Buning natijasida tarbiya maqsadsiz bo‘lib qoldi, tarbiyalanuvchilarga alohida shaxs sifatida emas, istalgan ijtimoiy yo‘nalishga solinishi mumkin bo‘lgan qiyofasiz to‘da, olomon tarzida qarash qaror topdi. Bu hol tarbiyaning samarasizligiga olib keldi. Chunki tarbiyaning asosiy ob’ekti bo‘lmish shaxs va uning o‘ziga xoslik jihatlari unutilgan edi. Sho‘ro pedagogik tizimidagi kamchiliklarning ildizi, asosan, mana shu yondashuv tarziga borib taqaladi. O‘zbekiston mustaqillikka erishgach, tarbiya va unga bog‘liq jarayonlarga yangi hamda sog‘lom pedagogik tafakkurga tayangan holda yondashuv qaror topa boshladi. Uni izohlashda g‘ayriilmiy sinfiy-partiyaviy yondashuvdan voz kechildi. Tarbiyaning milliyligiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Buning uchun xalq

pedagogikasi boyliklari, o‘zbek mutafakkirlarining pedagogik qarashlari sinchkovlik bilan o‘rganilayotir. Natijada, O‘zbekiston pedagogika fani va amaliyotida oila tarbiyasining ham, ijtimoiy tarbiyaning ham o‘ziga xos o‘rni borligi tan olina boshlandi. Shuningdek, tarbiyada irsiy va biologik omillar ham hisobga olinadigan bo‘ldi. Ayni vaqtda shaxsning shakllanishida tarbiyaning o‘rniga keragidan ortiq baho berish ham barham topdi. Bu hol tarbiyaga doir hodisa va xolatlarni to‘g‘ri izohlash, tarbiyaviy tadbirlar tizimini to‘g‘ri tayin etish imkonini berdi. Ayni paytda tarbiyaning faol ishtirokchilaridan OAV faoliyatidagi bir yoqlamalikka moyillik sezilmoqda. Zotan OAVda ko‘proq ijobiy materiallar berilayotgani yoshlarda hayotga, jamiyatdagi turli jarayonlarga bir yoqlama, ko‘proq maqtov va maqtanish hissini singdirish xavfini tug‘dirayotganday. OAVda vujudga kelgan bu holat Davlat rahbari Islom Karimovning “Eng asosiy mezon – hayot haqiqatini aks ettirish”, “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch”, “Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlariga” yo‘llagan qator tabriklari hamda boshqa asarlari va ma’ruzalaridagi talablariga yetarlicha javob bermayotganligi tarbiya jarayonida OAVdan foydalanish borasida ko‘proq ehtiyotkorlikni talab qiladi. 3. Ijtimoiy muhit deganda insonning yashashi va ishlashi uchun uni o‘rab turgan ijtimoiy, moddiy va ma’naviy shart-sharoitlar tushuniladi. Muhit keng ma’noda (makromuhit) ijtimoiy-iqtisodiy tizimni – ishlab chiqaruvchi kuchlar, ijtimoiy munosabatlar va tartib-qoidalar majmuini jamiyatning ijtimoiy ong va madaniyatini o‘z ichiga oladi. Tor ma’nodagi (mikromuhit) bevosita insonni qurshab olgan oila, mehnat, o‘quv va boshqa guruhlardan iborat. Ijtimoiy muhit shaxsning shakllanishiga va rivojlanishiga hal qiluvchi ta’sir ko‘rsatadi. Ayni vaqtda insonning ijodiy faolligi, faoliyati ta’sirida Ijtimoiy muhit o‘zgaradi, bu o‘zgarishlar jarayonida odamlarning o‘zlari ham o‘zgaradi. Ijtimoiy muhit psixologiyasini tahlil qilish barobarida psixologiya tushunchasi ustida to‘xtalish joiz.