Hasharotlar – buyum va materiallar zararkunandalari

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

2

Размер:

1.5 MB
Hasharotlar – buyum va materiallar zararkunandalari
Reja:
1 Materiallar  bilan oziqlanuvchi  hasharotlar  keratofaglar, ksilofaglar.
2. Materiallarni  termitlar bilan biomexanik  zararlanishi.
3. Materiallarni  hasharotlardan  zararlanishga barqarorligi.
4. Hasharotlar  zararidan  himoyalanish  xususiyatlari. Keratofag   hasharotlar   -   sochxо‘rlar,   patxо‘rlar,   terixо‘r   qо‘ng‘izlar   va
keratofog   kuyalarni   birlashtiruvchi   hasharotlar   guruhi   kо‘p   miqdorda
sutemizuvchilarning   jun   qoplami   va   shox   hosil   qiluvchi   hamda   qushlarning   pati
tarkibiga   kiruvchi   о‘ziga   xos   skleroprotein-keratinlarni   hazm   qilish   xususiyatiga
egadirlar.   Sinantropik   sharoitlarda   ayniqsa   terixо‘r   qо‘ng‘izlar   va   keratofag   kuyalar
katta ahamiyat kasb etadilar.    
                      Terixо‘r   qо‘ng‘izlar   ( Dermestidae-Coleoptera )   nisbatan   uncha   katta
bо‘lmagan   qо‘ng‘izlar   guruhini   tashkil   qilsada,   iqtisodiy   jihatdan   katta   ahamiyatga
ega. MDH mintaqalarida zarar keltiruvchi rо‘yxatiga 42 turdagi terixо‘rlar kiritilgan
bо‘lib,   ular   asosan   Dermestes   (   28   rasm,   A),   (Dermestinae   kenja   oilasi),   Attagenus
(28   rasm,   B)   Anthrenus   (28   rasm,   V)   va   Trogoderma   (Megatominae   kenja   oilasi)
avlodlariga xosdir.
Terix о‘ r hasharotlar :  A –  Dermestes frischi  Kug.  B –  Attagenus unicolor  (Brahm).
V-  Anthrenus scrophulariae  (L.).
Tuxumlari   ozmi-kо‘pmi   chо‘zinchoq.   О‘lchami   0,27-2,1   mm,   kengligi   0,08-
0,8 mm. Ustki qismi silliq, rangi oqdan, och-sariqqacha о‘zgarib turadi.
Lichinkalarining   tanasi   tuxumsimon-chо‘zinchoq,   dungisimon   yoki   yarim
silindrsimon   (29-rasm).   Tepasi   hamma   vaqt   qavariq,   pastki   qismi   ozmi-kо‘pmi
yassilangan. О‘lchami (oxirgi yoshida) 1,5-17 mm, kengligi 0,5-5 mm.  Terixо‘r qо‘ng‘izlar lichinkalari:  A –  Dermestes  maculatus  Deg. 
B –  Attagenus   fasciolatus  Sols. 
Kо‘pchilik   terixо‘rlar   yiliga   bir   martta   nasl   beradi.   О‘rta   Osiyoning   janubiy
hududlarida   ayrim   turlar   olachipor   terixо‘r   ( Trogoderma   versicolor   G )   yiliga   ikki
marta  nasl  berib rivojlanadi.   Megotominae   kenja  oilasining  ham  ayrim   turlari  qulay
sharoitda yiliga ikki martagacha nasl berishi mumkin.   Dermistinae    kenja oilasining
qо‘ng‘izlari, shuning bilan bir qatorda  Dermestes  kenja avlodi turlarining qо‘ng‘izlari
barqaror   diapauza     xususiyatiga   ega.   Megotominae     kenja   oilasining     qishlashi
lichinka   yoki   imagolik   davrida   о‘tadi.   Isitiladigan   binolarda   kо‘pchilik   terixо‘rlar
diapauzasiz rivojlanib, yiliga 1-4 martagacha nasl berishi mumkin.
Terixо‘rlarni   sinantrop   sharoitga   о‘tishlariga   quyidagi   ekologik   xususiyatlar
qulaylik tug‘diradi: 1) turning tabiatda yuqori son miqdorda; 2) binolardagi yashash
joylar bilan bevosita aloqasi bо‘lgan; 3) yuqori ekologik mutanosib (plastik) (ayniqsa
yashash joyi va oziqa tanlashda); 4) afagiya imagosi; 5) diapauza mavjud emasligi.
Terixо‘rlarning kо‘pchilik turlari hayvonot va о‘simliklar  materiallaridan hosil
bо‘lgan, mahsulotlarning zararkunandalari hisoblanadi. Ayniqsa, kо‘pincha ular teri,
teri   mahsulotlari,   mо‘yna,   par,   jun,   junli   buyumlar,   gо‘sht,   gо‘sht   mahsulotlari,   sir,
quruq   sut,   quritilgan   va   dudlangan   baliq,   kley,   muzey   eksponatlari,   zoologik   va
entomologik   kolleksiyalar,   gerbariy,   muqovalangan   kitoblar   hamda   kopra   (kokos
yong‘og‘ining   mag‘zi),   don   va   ayrim   don   mahsulotlarini   zararlaydilar.   U   yoki   bu
materiallarda kо‘payib, hasharotlar kemirib ularda kо‘p sonli yо‘llar va teshiklar hosil qiladilar,   tullagan   pо‘stlari   va   tezaklari   bilan   mahsulotlarni   ifloslab   ularni   yaroqsiz
holga keltiradilar. 
Keratofag   –   kuyalar   (Tineidae,   Tineinae)   MDH   hududlarida   zararkunanda
sifatida:   Tinea,   Tineola,   Monopis,   Trichophaga   avlodlariga   oid   30   turdagi   kuyalar
rо‘yxatga   olingan.   Ular   teri,   jun   mahsulot   zahiralari,   (fetrli   va   namatli,   probirka
qistirmalar)   qadimiy   kitoblarning   charm   muqovalarini,   namatdan   tayyorlangan   issiq
va   tovush   izolyatsiyasini,   zoologik   va   etnografik   kolleksiyalarni,   kiyimlarni
zararlaydi.
Ayniqsa,   xavfli   va   yil   davomida   ommaviy   kо‘payish   xususiyati   bilan   ajralib
turadigan,   katta   iqtisodiy   ahamiyatga   ega   zararkunanda   sifatida   kiyim   kuyasi
( Teneola biselliella Humm ) ni alohida kо‘rsatish kerak. Zararlashi  jihatidan ikkinchi
о‘rinda   о‘rtacha   iqlimli   mintaqalar   sharoitida   mо‘yna   kuyasi   ( Tinea   pellionella   L.)
qayd qilingan.
Kuyalarning barcha yoshdagi qurtlari kemirib zarar beradi. 
Kuyalarning   kapalaklari   qо‘shimcha   oziqlanmaydilar.   Kapalaklar   g‘ira-shira
qorong‘ilik va kechaning birinchi yarmiga qadar uchadilar, о‘rtacha 7-10 kun yashab,
bu davrda 60-120 gacha tuxum qо‘yadilar.
Kuyalarni qurtlari о‘zlariga ipak iplaridan turli pana joy tо‘qib yashirin hayot
kechiradilar. 
Mо‘yna   va   kiyim   kuyalarining   rivojlanishi   uchun   optimal   harorat   23-25 0
S,
namat   kuyasi   uchun   –   27-28 0
S,   qushlar   uyasida   doimiy   yashaydigan   uya   ( Tinea
lapella   Hb.),   kaptar   va   boshqa   kuyalar   pastroq   haroratda   yashaydilar.   Ularning
qurtlari salbiy haroratda ham yashay oladi. 
Boshqa kuya turlar kapalaklari bahor-yoz oylarida ochiq tabiatga uchib chiqadi
va   uy-joylar   yaqinida   qushlar   uyasida   bir   nasl   berib,   kuzda   qaytadan   binolarga
kо‘chib kiradi. 
Kuyalarga   qarshi   zamonaviy   kovrol,   dermol,   keratsid,   molemor,   supramid,
aeroentimol singari tabletka va aerozol shakllarida ishlab chiqarilgan preparatlar junli
buyumlarni   nafaqat   maishiy,   balki   ishlab   chiqarish   sharoitida   ham   qо‘llanganda
ishonchli himoyalaydi. Ksilofag   hasharotlar   -   tabiatda   yog‘och-taxta   bilan   aloqador   bо‘lgan   20
turkumlarga   xos   hasharot   vakillari   mavjud.   Ular   orasida   faqat   qattiqqanotlilar   va
ikkiqanotlilarning   har   biridan   60   tadan   oila   turlari   zararkunanda   sifatida
taqsimlangan.   Ammo   ularning   barchasi   ksilobiontlar   ham   bо‘lmasdan,   ksilofaglar
hisoblanadi.   Oxirgisi   о‘z   navbatida   ma’lum   bir   stadiyalarda   yog‘och-taxta   bilan
oziqlanadigan yemiruvchi komplekslarga ajratiladilar. Yog‘och-taxta konstruksiyalari
va   buyumlarida   kо‘pchilik   ksilofaglar   uchun   noqulay   sharoit   tug‘iladi,   jumladan
qо‘ng‘izlar,   faqat   ularning   bir   qismigina   nihoyatda   kamsuvli   oziqalarni   iste’mol
qiladi.   Tuproq   bilan   bog‘lanmagan,   doimiy   gigroskopik   namlik   darajasidan   past
bо‘lgan   yog‘och-taxta   konstruksiyasi   va   buyumlarida   faqat   bir   qancha   guruh
qо‘ng‘izlarigina:   ayrim   mо‘ylovdor   qо‘ng‘izlar,   parmalovchilar,   yog‘och-taxta
kemiruvchilar mо‘ynali turlarigina rivojlana oladi.
Mо‘ylovdor   qо‘ng‘izlar   orasida   Criocephalus   rusticus   L.   va   Callidium
violaceum   L.   singari   turlar   tipik   о‘rmonda   hayot   kechiruvchi   yog‘och-taxta   bino
hamda   mebellarda   yashashga   moslashgan   sinantroplar   orasida   qandaydir   oraliq
zvenoni tashkil qiladilar. Bundan tashqari ayrim tik daraxtlar hamda yangi xodalarni
(yog‘och) ham egallaydi. Yog‘och-taxta kontruksiyalar doimiy yoki vaqti-vaqti bilan
namlanib   turilganda   ham   ularga   bunday   qо‘ng‘izlar   о‘tishi   mumkin.   Lichinkalari
zararlangan   materiallar   orqali   uylarga   ham   о‘tib   u   yerda   rivojlanishni   yakunlashi
mumkin.   Haqiqiy   quruq   yog‘och-taxta   bilan   oziqlanuvchi   lichinkalar   nam
tanqisligiga   shunchalik   moslanganlarki   yog‘ochni   uzoq   vaqt   davomida   namlatib
turilishi   ular   uchun   noqulay   hisoblanadi.   Bu   guruhdan   eng   xavflilari
parmalovchilardir.
Parmalovchi   qо‘ng‘izlar .   MDH   hududlarida   qurilishlarni,   mebel,   muzey
eksponatlari va boshqa yog‘och-taxta buyumlarni zararlovchi parmalovchilarning 20
ga   yaqin   turlari   ma’lum.   Ular   faqat   uzoq   saqlangan   yog‘och-taxtalarni   parmalab,
teshib,   boshqa   materiallar   uchun   zararli   emas,   ammo   ularning   faoliyati   ayniqsa
qadimiy   butlar,   mebellar   va   muzey   eksponatlari   uchun   о‘ta   xavfli.   Ular   Kiji
(yodgorlik)   singari   bebaho   yog‘och-taxta   memorchilik   yodgorligini   ham   chetlab
о‘tmaydilar. Uni saqlab qolish uchun katta kuch sarflangan (Persov, 1966;  Toskina, 1966; Voronsov, 1981; Ilichev i dr., 1987). Isitiladigan binolarga haqiqiy sinantrop va
gilofag hisoblangan mebel parmalovchisi ( Anobium punctatatum  Deg.) ayniqsa katta
zarar yetqazadi. Binolarda deyarli hamma yerda tarqalgan.
Mebel parmalovchisi ayniqsa 5-6 va undan kо‘proq yil foydalanilgan yog‘och-
taxtalarga   ishtiyoq   bilan   о‘rnashadi.   U   stollar,   stullar,   krovatlar,   divanlar,   shkaflar,
etajerka, musiqa asboblari, kartina romlari, turli taxta tokchalari, turli  buyumlarning
yog‘och   hattoki   buxgalteriya   scheti   ramkalarini   ham   zararlaydi.   Parmalovchilar
pollarning   chaspakgiga,   deraza   tokchasi,   deraza   romlari,   pol   va   shift   tо‘sinlari,
yog‘och uylarining devorlariga joylashib oladilar. Bunda tо‘sin faqat xona tomondan
zararlanadi.
Parmalovchilarga   qarshi   kurash   lichinkalarining   yashirin   hayot   kechirishi
tufayli   juda   qiyindir.   Buyumlarni   fumigatsiya   qilish   bilangina,   ularni   ishonchli
himoyalash   mumkin.   Yana   bir   ma’qul   usullardan   biri,   qish   faslida   buyumlarni   3-5
sutka   davomida   -20 0
Sdan   -25 0
S   gacha   muzlatishdir,   natijada   lichinkalar   nobud
bо‘ladi.   Kurash   choralari   nihoyat   murakkab   bо‘lganligi   tufayli   proflaktik   chora   –
tadbirlar muhim ahamiyat kasb etadi. 
Kо‘pchilik   hollarda   parmalovchilar   binolarga   eski   yog‘och   buyumlar   orqali
о‘tishini   hisobga   olgan   holda,   bunday   buyumlarni   binolarga   kiritishdan   oldin
yaxshilab nazorat qilish, kerak bо‘lganda ularni maxsus kameralarda fumigatsiyalash
lozimdir. Parmalovchilar qо‘ng‘izlarining binolarga uchib kirishi ikkinchi yо‘li ochiq
derazalar orqali kuzatiladi. Buning oldini olish uchun derazaga 1,5 mm katakli metall
tо‘r о‘rnatishdir .
Termitlar   (Isoptera)   mayda   yoki   о‘rta   о‘lchamli,   odatda   yorug‘likdan   о‘zini
olib qochadigan va yerda, yog‘och-taxta yoki kartonsimon materiallardan uya qurib,
oila   hosil   qilib   yashovchi   hasharotlardir.   Boshqa   jamoa   hosil   qilib   yashovchi
hasharotlar   singari,   uyadagi   jamoa   tо‘dasi   bir   xil   emas.   Ammo   jamoa   hosil   qilib
yashovchi   pardasimonqanotlilardan   polimorfizmidan,   termitlar   chala   о‘zgarish
hisobiga   rivojlanadilar   va   nafaqat   tо‘liq   rivojlangan   imagolik   shaklida,   balki   jinsiy
voyaga   yetmagan   individlari   ham   faollik   kо‘rsatadilar.   Shuning   uchun   ham
termitlarning   tabaqalari   chumoli   tabaqalariga   nisbatan   turli-tuman   va   keskin ifodalangan   bо‘lib,   rivojlanish   jarayonida   barcha   termitlar   bir   qancha   stadiya   va
tabaqalarni о‘tab, ularning har biri 1 yoki bir necha yoshga kiradilar. Natijada har bir
zot   о‘ziga   xos   ixtisoslashgan   morfologik   qiyofa   va   funksional   xususiyatlarni
mujassamlashtiradilar.
Turkiston termiti ( Anacanthotermes turkestanicus  Jacobs.) ning
rivojlanish tabaqa va stadiyalari:  A – qanotlisi, B – “malikasi”, V – “shohi”, G –
ishchisi, D – navkari 
Kо‘pchilik   hasharotlarga   xos   odatdagi   ovqat   hazm   qilish   jarayonlaridan
tashqari,   termitlarda   “jamoa   hazm   qilish”,   aniqrog‘i   bir   necha   termit   zotlari
ichaklarida   oziqni   ketma-ket   ishlash   yо‘li   bilan   bir-biriga   stomodeal   yoki   protodeal
trofallaksis   yordamida   uzatiladi.   Termitlarning   ikkinchi   xususiyati   sellyulozani,
yо‘g‘on ichakdagi simbiontlar yordamida hazm qilish qobiliyatidir.  Termitlar areali 
1-shimoliy va janubiy areal chegarasi. 2-о‘rtacha yillik izoterma +10 0
Tropik   tuproqlardagi   termitlarning   tutgan   о‘rnini,   о‘rta   iqlimli   tuproqlarda
yomg‘ir   chuvalchanglarining   ta’siri   bilan   tenglashtiriladi.   Hasharotlarning   kо‘p
sonli   yirik   va   mayda   termitniklar   qurish     ishlari   savanaga   о‘ziga   xos   landshaft
bag‘ishlaydi,   uni   “termit   savanasi”   deb   yuritiladi.   Bu   yerlarda   termitlar
о‘simliklarning   50%   gacha   barcha   yillik   biomassa   mahsulotini   о‘zlashtiradilar.
Termitniklar   atrofidagi   о‘simliklarning   xususiyati   о‘zgaradi.   Termit   uyalarida
kо‘pchilik   hayvonlar   о‘zlariga   boshpana   topadilar.   Bu   tropik   biotsenozlarda
termitlarning   muhim   ahamiyatga   ega   ekanligidan   darak   beradi.   Yana   shuni   ham
alohida   qayd   qilish   о‘rinliki,   termitlar   kо‘pchilik   hayvonlar,   oziqa   manbai
hisoblanadi.   Jumladan,   kо‘pchilik   qushlar,   sudralib   yuruvchilar,   ayniqsa
chumolilar.  Yog‘ochning termitlar bilan yemirilish stadiyalari  (Abe, 1975 )
A   –   Boshlanish   stadiyasi.   B   –   termitlarni   yog‘ochga   kirishi;   V   –   termitlarni
yog‘och   ichida   tarqalishi;   G   –   bо‘shliqning   shakillanishi;   D   –   bо‘shliqning
kengayishi. YE – termitlar faolligining pasayishi. 
1- pо‘sti. 2 - qattiq yog‘ochli qismi. 3 - chirigan yog‘och. 4 - bо‘shliq.
Termitlar tarqalishini zoogeografik nuqtai-nazardan qaralsa odatdan tashqari
xulosaga kelinadi. Tropik о‘rmonlarda va savannalarda turlarga juda boy, taraqqiy
etayotgan   taksonlar   joylashganlar.   Bu   yerda   evolyusiya   gurkira   borib   kо‘p   yangi
avlodlarni shakllantirib о‘ziga birlashtiradi. Oraliq areal-subtropik, arid va mо‘tadil
mintaqalarda termitlar kam sonli primitiv qadimiy, kо‘pincha qazilma shakllardan
ma’lum   bо‘lgan   avlodlar   sifatida   ifodalangan.   Evolyusiya   jarayoni   bu   yerda
nihoyatda sekinlashgan va turlar orasida yoki tur darajasida bir oz о‘zgarish bilan
chegaralanadi. Termitlarning filogeniyasi va tarqalishi
Oila filogeniyasi va kenja oila Zoogeografik    avlodlar (surat) va turlar (maxraj) soni  o b last larda 
Golartik
Sharqiy Efiop Neotropik Avstralik
Polear-
ktika Neoark-
tika
Termitidae Nasutitermitinae 2/7 16/150 18/50 24/215 8/59
Macrotermitinae 5/109 12/178
Termitinae 1/1 7/59 56/267 21/121 3/32
Amitermitinae 3/14 5/16 12/59 10/73 7/96
           Indotermitidae 1/3
           Serritermitidae 1/1
          Stylotermitidae 1/7
Rhinotermitida
e Rhinotermitinae
Termitogetoninae 1/2
Psammotermitinae 1/1 1/2 1/4 1/1
Heterotermitinae 1/5 2/8 2/12 2/3 2/14
Coptotermitinae 1/1 1/2 1/23 1/6 1/5 1/12
Hodotermitidae
2/8 3/5 2/3
Termorsidae Stolotermitinae 1/1
Porotermitinae 1/1 1/1
Termopsinae 1/1 1/3 2/3 1/3
Kalotermitidae 3/7 8/19 8/72 9/57 15/107 9/60
        Mastotermitidae
Umumiy termitlar 13/38 20/56 61/530 114/647 71/480 34/279
* zoogeografik oblastlar A.G.Voronin (1963) bо‘yicha. Hozirgi   davrda   termitlarning   2800   ga   yaqin   turlari   ma’lum   bо‘lib,   ulardan
tо‘rtta   oila   ( Kalotermitidae,   Hodotermitidae,   Rhinotermitida,   Termitidae )   ga
mansub 7 turi MDH mintaqalarida yashaydi. 
Markaziy  Osiyoda  -  ikki  oilaga  ( Hodotermitidae,  Termitidae )  termitlarning
4   turi,   О‘zbekistonda   esa   Hodotermitidae   oilasining   Ancanthotermes   avlodiga
tegishli  A.turkestanicus, A. ahngerianus  turlari keng tarqalgan.
Termitlarning О‘zbekistonda tarqalishi      
Termitlarning   vayronagarchilik   faoliyati   asosan   yog‘ochdan   qurilgan   uylar
Xitoy,   Veyetnam,   Kongo,   Avstraliya   va   Misr   kabi   mamlakatlarda   halokatli   tus
olgan. Birgina Avstraliyada termitlar tufayli yog‘ochdan  qurilgan 3 mln dan ortiq
binolar shikastlangan. AQSH ning Kaliforniya shtatida taxminan 4 mingdan ortiq
firmalar faoliyati bu shtat xonadonlarini termitlardan himoya qilishga qaratilgan. 40	100	250	
500	
1170	
3000	
0
500
1000
1500
2000
2500
3000
3500	
1940 йил	1950 йил	1960 йил	1970 йил	1980 йил 	2005 йилAQSH da termitlardan kо‘rilgan iqtisodiy zarar (mln. dollar hisobida)
Respublikamizning   barcha   hududlarida,   ayniqsa   Farg‘ona   va   Zarafshon
vodiylari,   Surxon,   Qashqa   va   Xorazm   vohalari   hamda   Qoraqalpog‘iston
Respublikasida   termitlar   minglab   xonadonlar,   korxona,   maktab,   bolalar
muassasalari,   kasalxona,   mehmonxona,   omborxona,   molxona   va   boshqa
inshootlarga jiddiy zarar keltirmoqda.
Termitlar misolida  h asharotlar tomonidan materiallarni
zararlash  biomexanikasi
Hozirgi   vaqtda   materiallarning   hasharotlar   zararlashiga   barqarorligini
baholash davomiy va sermehnat biologik sinovlar orqali amalga oshiriladi. Ammo
bu   vazifani   boshqacha   yechish   ham   mumkin   -   kemirilishga   barqaror   materiallar
doirasini   aniqlab,   ularni   og‘iz   aparatining     fizik-mexanik   xususiyatlari   bilan
taqqoslab kо‘rish yо‘li bilan hal qilish mumkin. Bunday hollarda material va jag‘
apparati silliqlanib mexanik yemirilishga duchor bо‘ladigan hollarda, ayniqsa og‘iz
apparatining   barcha   kompleks   biomexanik   xususiyatlarini   bilish   va   hisobga   olish
zarur.  Kemirishning  uch dinamik jarayonining ossillografik gnatogrammasi  (Ilichev
va   bosh.,   1987).   A-yuqori   chastotali   jarayon.   B-О‘rta   chastotali   jarayon.   V-quyi
chastotali   jarayon.   B
1   va   B
2       о‘rta   chastotali   jarayonning   kattalashtirilgan
tezlikdagi yoyilgan holati.
Materiallarning hasharotlar zarariga barqarorligi
  Mikroorganizmlardan   tortib   sut   emizuvchilargacha-materiallarni
zararlovchi   zarakunandalar   orasida   hasharotlar   о‘ziga   xos   bо‘lgan   kompleks
guruhni   tashkil   etib   qator   ixtisoslashgan   xususiyatlar   va   umumiy   xossalarga   ega.
Bu   esa   umumiy   tarzda   ularning   materiallar   bilan   о‘zaro   bog‘liq   harakterli
xususiyalarini qarab chiqishni taqazo qiladi, bu esa о‘z navbatida materialni u yoki
bu   darajada   zararlanishga   barqarorligini   yuzaga   keltiradi.   Konstruktorlar,
loyihachilar,   materialshunoslar   tо‘qnash   keladigan   asosiy   savol   mazkur   material
yoki buyumga hasharotlar zarar yetkazadimi?
Bu savolga hamma vaqt ham javob topib bо‘lmaydi, chunki barqarorlik bir
qator omillar kompleksiga bog‘liq. 
Materiallar, buyumlar va inshootlarni hasharotlar zararidan
himoya qilishning о‘ziga xos xususiyatlari
  Materiallar, buyumlar va inshootlarni hasharotlar zararidan himoya qilishga
qaratilgan   tadbirlar   kompleksi   о‘simlik,   hayvon   va   insonni   himoya   qilishga qaratilgan   tizimlardan   farq   qiladi.   Agarda   qishloq   hattoki   insonlarning   о‘limiga
olib   keladi.   Tropik   iqlim   sharioitida   bir   necha   bor   samolyotlar   va   boshqa
texnikaning   zamburug‘lar   va   termitlarning   zarari   natijasida   ishdan   chiqishi
kuzatilgan. Arxitektura yodgorliklari va san’at asarlarining biozararlanishini qayta
tiklashning   imkoni   bо‘lmaydi.   Zarur   himoya   choralarini   kо‘rish   biologik
zararlanish   ehtimoli   kam   bо‘lgan   taqdirda   ham   amalga   oshiriladi,   mabodo
xavfsizlik insonlar xayoti bilan bog‘liq bо‘lsa uning ahamiyati yanada ortadi.
Biologik   zararlanishdan   himoya   qilish   tadbirlar   tizimida   ham   о‘ziga   xos
xususiyatlar   mavjud   bо‘lib,   ulardan   eng   asosiysi   himoya   vositalarini   lokal
(mahalliy)   qо‘llash   hisoblanib,   uning   natijasida   himoyalanadigan   obyekt   sathi
diskret   taqsimlanishi   va   himoya   tadbirlarni   qо‘llaganda   ehtimoli   bо‘lgan
zararkunandalarning tabiiy populyatsiyalariga sezilarli ta’sir qilmasligi kerak. 
Hasharotlar     tomonidan   ozuqa   materiallarining   zararlanishida   sun’iy
himoya qо‘llanilmagan bо‘lsa, bu qonuniy va determinirlangan jarayon hisoblanib,
zaruriy   ekologik   sharoitlarda   va   hasharotning   material   bilan   aloqasi   muqarar
ravishda   materialning   kuchli   zararlanishi   yoki   tо‘liq   yemirilishi   bilan   tugaydi,
chunki   u   hasharotlarni   tabiiy   sharoitdagi   hayvonot   va   о‘simliklar   mahsulotlarini
umumiy   destruksiyalash   jarayonida   о‘tadigan   hasharotlarning   faolligini   aks
ettiradi.
Material   zararkunandalarining   bioximik   va   fiziologik   xususiyatlaridan
foydalanishning boshqa yо‘llari ham mavjud. Xususan, о‘tgan asrning 50-yillarida
hasharotlarga   qarshi   kurashda   ularning   organizmidaga   almashinuv   jarayonlarini
tо‘sib   qо‘yuvchi   antimetabolitlarni   qо‘llash   prinsipi   asoslangan   edi.   Ammo
о‘simliklar  himoyasida mazkur usul    keng qо‘llanilmaydi chunki  tirik о‘simliklar
tabiiy   mahsulotlarga   boy,   bunday   holatda   ularning   tarkibidagi   antimetabolitlar
faoliyat kо‘rsatmaydi.
Cheklangan oziqa moddalari bо‘lgan materiallarda – butkul boshqacharoq
bо‘ladi. Bunday materiallarga ma’lum konsentratsiyadagi antimetobolit va boshqa
moddalarni   kiritish,   hasharotlarning   muhim   yashash   funksiyalari   va   organizm
jarayonilariga yuqori samara kо‘rsatishi mumkin. Hasharotlar   kо‘pchilik   turlarining   oziqa   moddalarga   bо‘lgan   talabi,
ularning   ichagidagi   yoki   xujayra   ichi   mikroorganizmlari   hisobiga   tо‘ldirilishi,
simbiontitsidlarga   samarali   ta’sir   kо‘rsatishi   mumkin.   Masalan,   kapril   va   ayrim
boshqa   tarmoqlangan   monokarbon   kislotalar   ichak   simbiontlarini   qirib   tashlab
termitlarga   ta’sir   etadi.   Ammo   bu   usul   amaliyotda   keng   kо‘llash   darajasiga
yetganicha yо‘q.
Ozuqa   materiallarini   konstruksion   himoya   qilish   keng   va   samarali
qо‘llaniladi. U materialni hasharotlardan izolyatsiya qilishga yо‘naltirilgan bо‘lib,
zararkunanda siqilib kira olmaydigan maxsus binolarni barpo etishdan, buyumlarni
zararlanmaydigan   qoplamalar   bilan   himoyalashgacha   bо‘lgan   turli   har   qanday
shakllarni о‘z ichiga oladi.
Amaliyotda, о‘simliklarni himoya qilish kabi, sanab о‘tilgan usullar odatda
о‘z   о‘zidan   emas   balki,   himoyalanadigan   obyektlarga   qarab   profilaktik
tadbirlarning   kompleks   tizimi   sifatida   olib   boriladi.   Bunday   tizimlar   maxsus
loyixalashtirish va bino qurilishini (masalan, termitga qarshi qurilish), gerbariylar,
muzeylar   omborlar   uchun   kompleks   profilaktik   tadbirlar     tizimini   olib   borish   va
nihoyat zararkunandalar paydo bо‘lsa ularni tо‘liq yо‘q qilish maqsadida - odatda
ayrim predmetlarni yoki butun binoni fumigatsiya qilish orqali amalga oshiriladi. Xulosa
Bugungi kunda biozararlanishga qarshi asosiy kurash sterategiyasi material
va buyumlarni lokal himoya qilishdir. Shunga kо‘ra  dastlabki etaplarda muammo
alohida   tor   yо‘nalishlarda   rivojlanib,   deyarli   bir-biri   bilan   bog‘lanmagan   edi.
Hozirgi   davrda   alohida   yо‘nalishlar   orasida   aloqa   bir   muncha   yо‘lga   qо‘yildi.
Biologik,   kimyoviy   va   texnik   kabi   partnerlar   (raqiblar)   orasidagi   aloqa
biozararlanish   muammolarini   yechishda   alohida   ahamiyat   kasb   etadi.   Ular
biozararlanishni  inventarizatsiya va boshqa masalalarni hal qilishda faol ishtirok
etadilar.
Material   va   buyumlarning   biozararlovchi   agentlarini   inventrizatsiya   qilish
katta   ahamiyatga   ega.   Tirik   organizmlar,   zararlanish   obyektlari     hamda   himoya
usullari   kiritilgan   biozararlanish   katalogini   tuzish   yangi   biotsidli   materiallar
ishlab   chiqarishda   istiqbolli   bashorat   va   tadbirlar   dasturlarini   yaratish   uchun
nihoyatda zarurdir. 
Biozararlanishni   aniqlash   va   katalogizatsiya   qilish,   nafaqat   material   va
buyumlarga   hujum   qiluvchi   tirik   organizmlarning   turli-tumanligi   vaholanki
biozararlash   agentlar   doirasining   kengayib   borishi   bilan   ham   murakkablashadi.
Yangi materiallar va biosfera yangi himoya vosita va formalaridan foydalanadi. 
Bugungi   kunda   biozararlanishlar   tо‘g‘risidagi   bilimlar   tirik   organizmlar,
materiallar   va   mahsulotlar   tuproq,   suv   va   yer   usti   muhitlari   sharoitidagi
“tо‘qnashuvli”   о‘zaro   munosabatlarining   murakkab   mozaikasini   eslatadi.
Biozararlanishlar  bilan bog‘liq bо‘lgan xо‘jalik vaziyatlarining bahosi  va analizi
mozaika   barcha   yacheykalarini   saralash   yо‘li   bilan   amalga   oshira   olmaydi.   Bu
masalani, hech bо‘lmaganda kо‘zga kо‘rinadigan vaqtda, bajarilmaydigan qiladi.
Jonivorlar, о‘simliklar va mikroorganizmlarni turli xil guruhlarda, materiallar va
mahsulotlarning turli darajalarida, ularning bir biri bilan о‘zaro munosabatlarida
biozararlanish   xususiyatlari   namoyon   bо‘lishiga   о‘xshash,   parallel   xosiyatlarni
izlash kerak. ADABIYOTLAR
1. Aktualniye voprosi biopovrejdeniy / Pod red.  B.V.Bocharova. M.,1983. 236 s.
2. BiopovrejdeniY. ucheb. posobiye /Pod red.   V.D.Ilicheva.-Moskva:  Vissh.shk.,
1987.352 s 
3. Zashita materialov i texnicheskix ustroystv ot ptits / Pod red.   V.D.Ilicheva.
M., 1984. 239 s.
4. Ilichev V. D.  Upravleniye povedeniyem ptits.  M., 1984. 303 s.
5. Ilichev   V.   D.,   Bocharov   B.   V.,   Gorlenko   M.   V.   Ekologicheskiye   osnovi
zashiti ot biopovrejdeniy. M., 1985. 261 s.
6. Kurs nizshix rasteniy. M., 1981. 519 s.
7. Metodi   eksperimentalnoy   mikologi.   Spravochnik.   Kiyev:   Naukova   dumka,
1982, 552 s.
8. Mikroorganizmi i nizshiye rasteniya – razrushiteli materialov i izdeliy / Pod
red. M.V. Gorlenko. M., 1979. 255 s.
9. Yakobi   V.   E.   Biologicheskiye   osnovi   predotvrasheniya   stolknoveniy
samoletov s ptitsami. M., 1977. 166 s.
10. Ellis M.B. Dematiaccous Hyphomycetes. CMI, Kew, Surrey, England, 1971,
608 p.
11. Ellis M.B. More Dematiaccous Hyphomycetes. CMI, Kew, Surrey, England,
1976, 507 p.
12. Gams W., van der A H.A .,  van der Plaats A.J., Samson R.A., Stalpers J.A.
CBS course  of  Mycology.  Third  edition. Inst.  Of  the  Royal   Neth.  Acad.  Of
Arts and Sci., Baarn, 1987, 139 p.

Hasharotlar – buyum va materiallar zararkunandalari Reja: 1 Materiallar bilan oziqlanuvchi hasharotlar keratofaglar, ksilofaglar. 2. Materiallarni termitlar bilan biomexanik zararlanishi. 3. Materiallarni hasharotlardan zararlanishga barqarorligi. 4. Hasharotlar zararidan himoyalanish xususiyatlari.

Keratofag hasharotlar - sochxо‘rlar, patxо‘rlar, terixо‘r qо‘ng‘izlar va keratofog kuyalarni birlashtiruvchi hasharotlar guruhi kо‘p miqdorda sutemizuvchilarning jun qoplami va shox hosil qiluvchi hamda qushlarning pati tarkibiga kiruvchi о‘ziga xos skleroprotein-keratinlarni hazm qilish xususiyatiga egadirlar. Sinantropik sharoitlarda ayniqsa terixо‘r qо‘ng‘izlar va keratofag kuyalar katta ahamiyat kasb etadilar. Terixо‘r qо‘ng‘izlar ( Dermestidae-Coleoptera ) nisbatan uncha katta bо‘lmagan qо‘ng‘izlar guruhini tashkil qilsada, iqtisodiy jihatdan katta ahamiyatga ega. MDH mintaqalarida zarar keltiruvchi rо‘yxatiga 42 turdagi terixо‘rlar kiritilgan bо‘lib, ular asosan Dermestes ( 28 rasm, A), (Dermestinae kenja oilasi), Attagenus (28 rasm, B) Anthrenus (28 rasm, V) va Trogoderma (Megatominae kenja oilasi) avlodlariga xosdir. Terix о‘ r hasharotlar : A – Dermestes frischi Kug. B – Attagenus unicolor (Brahm). V- Anthrenus scrophulariae (L.). Tuxumlari ozmi-kо‘pmi chо‘zinchoq. О‘lchami 0,27-2,1 mm, kengligi 0,08- 0,8 mm. Ustki qismi silliq, rangi oqdan, och-sariqqacha о‘zgarib turadi. Lichinkalarining tanasi tuxumsimon-chо‘zinchoq, dungisimon yoki yarim silindrsimon (29-rasm). Tepasi hamma vaqt qavariq, pastki qismi ozmi-kо‘pmi yassilangan. О‘lchami (oxirgi yoshida) 1,5-17 mm, kengligi 0,5-5 mm.

Terixо‘r qо‘ng‘izlar lichinkalari: A – Dermestes maculatus Deg. B – Attagenus fasciolatus Sols. Kо‘pchilik terixо‘rlar yiliga bir martta nasl beradi. О‘rta Osiyoning janubiy hududlarida ayrim turlar olachipor terixо‘r ( Trogoderma versicolor G ) yiliga ikki marta nasl berib rivojlanadi. Megotominae kenja oilasining ham ayrim turlari qulay sharoitda yiliga ikki martagacha nasl berishi mumkin. Dermistinae kenja oilasining qо‘ng‘izlari, shuning bilan bir qatorda Dermestes kenja avlodi turlarining qо‘ng‘izlari barqaror diapauza xususiyatiga ega. Megotominae kenja oilasining qishlashi lichinka yoki imagolik davrida о‘tadi. Isitiladigan binolarda kо‘pchilik terixо‘rlar diapauzasiz rivojlanib, yiliga 1-4 martagacha nasl berishi mumkin. Terixо‘rlarni sinantrop sharoitga о‘tishlariga quyidagi ekologik xususiyatlar qulaylik tug‘diradi: 1) turning tabiatda yuqori son miqdorda; 2) binolardagi yashash joylar bilan bevosita aloqasi bо‘lgan; 3) yuqori ekologik mutanosib (plastik) (ayniqsa yashash joyi va oziqa tanlashda); 4) afagiya imagosi; 5) diapauza mavjud emasligi. Terixо‘rlarning kо‘pchilik turlari hayvonot va о‘simliklar materiallaridan hosil bо‘lgan, mahsulotlarning zararkunandalari hisoblanadi. Ayniqsa, kо‘pincha ular teri, teri mahsulotlari, mо‘yna, par, jun, junli buyumlar, gо‘sht, gо‘sht mahsulotlari, sir, quruq sut, quritilgan va dudlangan baliq, kley, muzey eksponatlari, zoologik va entomologik kolleksiyalar, gerbariy, muqovalangan kitoblar hamda kopra (kokos yong‘og‘ining mag‘zi), don va ayrim don mahsulotlarini zararlaydilar. U yoki bu materiallarda kо‘payib, hasharotlar kemirib ularda kо‘p sonli yо‘llar va teshiklar hosil

qiladilar, tullagan pо‘stlari va tezaklari bilan mahsulotlarni ifloslab ularni yaroqsiz holga keltiradilar. Keratofag – kuyalar (Tineidae, Tineinae) MDH hududlarida zararkunanda sifatida: Tinea, Tineola, Monopis, Trichophaga avlodlariga oid 30 turdagi kuyalar rо‘yxatga olingan. Ular teri, jun mahsulot zahiralari, (fetrli va namatli, probirka qistirmalar) qadimiy kitoblarning charm muqovalarini, namatdan tayyorlangan issiq va tovush izolyatsiyasini, zoologik va etnografik kolleksiyalarni, kiyimlarni zararlaydi. Ayniqsa, xavfli va yil davomida ommaviy kо‘payish xususiyati bilan ajralib turadigan, katta iqtisodiy ahamiyatga ega zararkunanda sifatida kiyim kuyasi ( Teneola biselliella Humm ) ni alohida kо‘rsatish kerak. Zararlashi jihatidan ikkinchi о‘rinda о‘rtacha iqlimli mintaqalar sharoitida mо‘yna kuyasi ( Tinea pellionella L.) qayd qilingan. Kuyalarning barcha yoshdagi qurtlari kemirib zarar beradi. Kuyalarning kapalaklari qо‘shimcha oziqlanmaydilar. Kapalaklar g‘ira-shira qorong‘ilik va kechaning birinchi yarmiga qadar uchadilar, о‘rtacha 7-10 kun yashab, bu davrda 60-120 gacha tuxum qо‘yadilar. Kuyalarni qurtlari о‘zlariga ipak iplaridan turli pana joy tо‘qib yashirin hayot kechiradilar. Mо‘yna va kiyim kuyalarining rivojlanishi uchun optimal harorat 23-25 0 S, namat kuyasi uchun – 27-28 0 S, qushlar uyasida doimiy yashaydigan uya ( Tinea lapella Hb.), kaptar va boshqa kuyalar pastroq haroratda yashaydilar. Ularning qurtlari salbiy haroratda ham yashay oladi. Boshqa kuya turlar kapalaklari bahor-yoz oylarida ochiq tabiatga uchib chiqadi va uy-joylar yaqinida qushlar uyasida bir nasl berib, kuzda qaytadan binolarga kо‘chib kiradi. Kuyalarga qarshi zamonaviy kovrol, dermol, keratsid, molemor, supramid, aeroentimol singari tabletka va aerozol shakllarida ishlab chiqarilgan preparatlar junli buyumlarni nafaqat maishiy, balki ishlab chiqarish sharoitida ham qо‘llanganda ishonchli himoyalaydi.

Загрузите документ, чтобы увидеть его полностью.