logo

Hayvonlar evolyusiyasini o‘rganish metodlari.

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

31.2080078125 KB
Hayvonlar   evolyusiyasini   o‘rganish   metodlari .
Reja:
1. Evolyusion jarayonning asosiy xususiyatlari
2. Evolyusion jarayonni o‘rganishning asosiy metodlari 1. Evolyusion jarayonning asosiy xususiyatlari
Ye r   yuzida   yashab   o‘tgan   va   hozirgi   vaqtda   yashayotgan   turli-tuman
hayvonlarni   tabiiy   tanlanish   jarayonida   paydo   bo‘lganligini   isbotlovchi   bir   qator
e volyu s ion va filogenetik qonuniyatlar mavjudki, bular qo‘yidagilardan iborat: 
1.   E volyu s ion   o‘zgarishlar   har   doim   o‘zgaruvchan   yashash   sharoitiga
moslasha   olish   qobiliyatidan   kelib   chiqadi.   Bunday   e volyu s ion   o‘zgarish   tabiiy
tanlanish jarayonida paydo bo‘ladi va rivojlanadi. 
Tirik   tabiatda   bunday   qonuniyatning   mavjudligini   materialist   olimlar
(J.B.Lamark, K.F.Rule va boshqalar) kashf   e tgan. Lekin uni birinchi bo‘lib ingliz
olimi Ch. Darvin o‘zining “Tabiiy tanlanish yo‘li bilan turlarning paydo bo‘lishi”
(1859   y)   asarida   batafsil   isbotlab   bergan.   Hayvon   tanasidagi   biror   organ   yoki
umuman   organizmning   o‘zgargan   sharoitga   moslashaolish   qobiliyati   shu   bilan
xarakterlanadiki,   u   yangi   muhitda   bemalol   yashayoladigan   bo‘ladi   va   shunga
binoan   ma’lum   bir   organda   yoki   sistema   (oziqlanish   organlari,   nafas   organlari,
sezish  organlari, asab  sistemasi  va hakozolar) da sifat  o‘zgarishlar  yuzaga keladi.
Bu   o‘z   navbatida   organizmni   umumiy   tuzilishi   hamda   hayotiy   xususiyatlarini   bir
pog‘ona   yuqoriga   ko‘tarilishiga   olib   keladi.   Buni   A.N.   Sever s ov   hayvonlar
e volyusiyasidagi aromorfozlar bilan ham isbotlab bergan. Aromorfozlar tufayli bir-
biridan sifat jihatdan keskin farq qiluvchi yirik taksonomik guruhlar (sinflar, tiplar)
shakllanadi.  
Lekin   ko‘p   hollarda   o‘zgaruvchan   muhitda   organizmda   unchalik   keskin
bo‘lmagan  ayrim  kichik o‘zgarishlar  sodir  bo‘ladi. Bunday  xususiy  o‘zgarish  shu
organizmni   kelgusida   bo‘ladigan   e volyusion   o‘zgarishlarni   amalga   oshirishga
to‘sqinlik qiladi. 
Biron-bir   substratga   yopishib   o‘troq   yashovchi   yoki   parazitlik   bilan   hayot
kechiruvchi   organizmlardagi   xususiy   moslashish   (o‘zgaruvchanlik)   jarayoni
regressiv   evolyusion   o‘zgaruvchanlik   (idiadaptatsiya)   hisoblanib,   organizmni
soddalashuvi   yoki   ayrim   organlarni   yo‘qolishi   bilan   ifodalansa   ham   ushbu
organizmda   boshqa   ayrim   sistema   yoki   organning   funksional   xususiyatlarini rivojlanishi   amalga   oshadi.   Regressiv   e volyu s ion   o‘zgarishlarni   umurtqasizlar
orasida  s estodalarda aniq ifodalanganligini ko‘rish mumkin.
2.   E volyu s iya   -   asosan   monofiletik   jarayondir,   ya’ni   rivojlanish   bitta
umumiy   ildizdan   (asosdan)   boshlangan.   Ch.   Darvin   o‘z   vaqtida   (1859   y)   tabiiy
guruhlar   hisoblanuvchi   turlar   va   avlodlarning   bitta   umumiy   shoxdan   belgilarning
ajralishi   (divergensiyasi)   tufayli   kelib   chiqqanligini   isbotlab   bergan.   Lekin
monofiletik   evolyusion   jarayonda   ham   o‘zgaruvchan   yashash   muhitiga   moslasha
olmaganlari   o‘lib   ketgan,   ya’ni   tabiiy   tanlanish   jarayoni   to‘la   hukm   surgan   va
oraliq formalarning ko‘pchiligini nobud bo‘lishi kuzatilgan.
Monofiletik   rivojlanish   jarayoni   deganda   yangi   organizmni   paydo   bo‘lishi
qandaydir  bir  juft  ota-ona organizmidan  emas,  balki  ichki   xususiyatlari  bilan  bir-
biriga o‘xshash bo‘lgan ikkita guruh organizmlaridan kelib chiqqan deb tushunish
lozim. Shuni alohida qayd qilish lozimki, biron-bir tur ichidagi evolyusion jarayon,
birinchi navbatda, asta-sekin uning geografik va ekologik formalarga ajralishi bilan
boshlanadi.   Keyinchalik   divergent   belgilarning   rivojlanishini   tobora   chuqurlasha
borishi natijasida turlar shakllanadi. Bir-biriga o‘xshash turlarning tobora ko‘payib
borishi   esa   avlodlarni,   avlodlar   oilalarni   va   hakozo   taksonomik   guruhlarni   hosil
qila boradi.
Lekin ko‘pgina turli guruhlarga mansub bo‘lgan hayvonlarda bir xil muhitda
va   o‘xshash   tarzda   hayot   kechirishi   natijasida     ularda   o‘xshash   (konvergent)
belgilarning paydo bo‘lishi va rivojlanishi ko‘zatiladi. Masalan, suvda o‘troq hayot
kechiruvchi   turli   sistematik   guruhlarga   mansub   bo‘lgan   hayvonlarda   gidroid
poliplar,   marjon   poliplar,   o‘troq   yashovchi   polixetalarda,   mshankalarda,
pogonoforalarda,   jabra   qanotlilarda)   o‘xshash   belgilarning   paydo   bo‘lishini   aytib
o‘tish   mumkin.   Bunday   o‘xshash   belgilarga,   og‘iz   atrofida   paypaslagichlarning
shakllanishi,   ovqatlanishning   passiv   holda   bo‘lishi,   radial   simmetriyaning   yuzaga
kelishi va hakozalar.
3. Hayvon organizmi yaxlit, bir butundir va undagi barcha organlar, qismlar
hamda   to‘qimalar   o‘zaro   chambarchas   bog‘liqdir.   Evolyusion   jarayonda   ma’lum
bir organning tuzilishi va funksiyasi o‘zgarsa, u o‘z navbatida boshqa organlarning ham  korrelyativ o‘zgarishiga olib keladi  va dastlab  o‘zgargan  organ bilan morfo-
fiziologik bog‘langan bo‘ladi. 
Evolyusiya   jarayonida   organlarning   bir-biriga   mos   ravishda   o‘zgarishi   va
rivojlanishi   korrelyatsiya   qonuni   deyilib,   uni   birinchi   bo‘lib   1812   yilda   fransuz
olimi   J.Kyuve   ochgan.   Korrelyativ   o‘zgaruvchanlikka   misol   qilib
bug‘imoyoqlilarda tashqi kutikulyar skeletning hosil bo‘lishini olish mumkin.
Bunday tashqi skeletning hosil bo‘lishi ayrim ichki organ va to‘qimalarning
ham o‘zgarishiga olib kelgan. Masalan, tashqi  kutikulyar skeletning hosil bo‘lishi
bilan teri-muskul xaltasi o‘z funksiyasini davom ettira olmagan va natijada u ayrim
kundalang   targ‘il   tolalardan   iborat   bo‘lgan   muskul   tutamlarini   hosil   qilgan.
Ikkilamchi   tana   bo‘shlig‘i   (selom)   o‘zining   tayanch   funksiyasini   yo‘qotganligi
tufayli o‘zgarib, trofik vazifani bajaruvchi miksotselga aylangan. Gavda hajmining
o‘sishi ham davriy xususiyatni   e gallaydi va u vaqti-vaqti bilan po‘st tashlash bilan
amalga oshadi. Shuningdek, traxeyalar sistemasining rivojlanishi qon tomirlarning
kamayishi yoki umuman yo‘qolishiga olib kelgan. 
4.   Evolyusiya   har   qanday   rivojlanish   singari   qayta   takrorlanmaydigan   va
orqaga   qaytmaydigan   jarayondir.   Evolyusiyaning   qaytadan   takrorlanmaslik
qonunini   birinchi   bo‘lib   Belgiyalik   paleontolog     L.Dallo   1893   yilda   kashf   etgan.
Ushbu   qonunga   binoan   organizmda   biron   bir   organ   reduk s iyaga   uchrasa   yoki
yo‘qolib   ke ts a,   u   qayta dan   hosil   bo‘lmaydi.   Uning   o‘rniga   aynan   shu   vazifani
bajaruvchi, lekin kelib chiqishi va shakli butunlay boshqacha bo‘lgan yangi organ
paydo bo‘ladi. 
5.   Organizmlarning   evolyusiyasi   har   doim   tana   qismlari   va   organlarning
differensiatsiyasi  bilan ifodalanadi, ya’ni organizmdagi  biron-bir qism  yoki organ
har   xil   sabablarga   ko‘ra   sekin-asta   o‘z   vazifasini   o‘zgartira   borib,   oxir   oqibatda
dastlabki   funksiyasini   unitib,   butunlay   boshqa   funksiyani   bajaradigan   bo‘ladi.
Bunday   sharoitda   organizm   qismlarining   ishi   bir-biriga   juda   ham   bog‘liq   bo‘lib
qoladi.   Differensiatsiya   jarayoni   nafaqat   organizmni   murakkablashuviga   olib
keladi,   balki   yana   undagi   qismlarning   ishi     bir-biriga   juda   ham   bog‘liq   bo‘lib
qoladi.  6.   Hayvonlar   e volyu s iyasi   jarayonida   gomologik   organlarning
oligomerizatsiyasi   (kamayishi)   sodir   bo‘ladi.   Bunday   o‘zgarishlarni   1-nchi   bo‘lib
V.A.Dogel (1936, 1954) aniqlagan. 
Gomologik   organlarning   kamayishi   har   doim   ularning   morfologik   va
funk s ional tabaqalanishi bilan amalga oshadi. 
Evolyusiya   jarayonida   ancha   katta   guruh   hayvonlarini   shakllanishida,
ularning   tuzilishida   bir   qator   o‘zgarishlar,   jumladan   yangi   organlarning   paydo
bo‘lishi   kuzatiladi.   Bu   o‘zgarishlar   birinchi   navbatda   hayvonlarning   yashash
tarzini o‘zgarishi, ya’ni o‘troq hayot kechirishdan aktiv harakat qilish tarziga yoki
suv muhitidan quruqlik muhitiga o‘tish va hakozolar bilan ifodalanadi.
Masalan,   halqali   chuvalchanglardan   bug‘imoyoqlilarning   kelib   chiqishi
jarayonida   gavda   segmentlarining   kamayishi,   gomologik   organlarning   qisqarib
geteronomlanishi,   gavda   bo‘limlarini   (bosh,   ko‘krak,   qorin)   shakllanishi   hamda
ularning   har   biri   alohida   ma’lum   funksiyalarni   bajarishga   moslasha   borganligini
ko‘rsatish mumkin.
7.   Turli   guruh   va   tiplarga   kiruvchi   hayvonlar   orasidagi   qon-qardoshlik
munosabatlarini   aniqlashda   biogenetik   qonunning   ahamiyati   kattadir.   Bunda
ontogenez   bilan   filogenez   orasida   bog‘lanish   mavjudligini   olimlardan   F.   Myuller
(1864),   Ye.Gekkel   (1866)   va   A.N.Seversov   (1939)   aniqlashgan.   Biogenetik
qonunga   binoan   ma’lum   bir   hayvon   o‘z   ontogenezida   (individual   taraqqiyotida)
o‘tmish ajdodlari uchun xos bo‘lgan ayrim belgi va xususiyatlarini takrorlaydi. Bu
jarayon rekapitulyatsiya deyiladi. 
Turli-tuman   hayvonlarni   ontogenezini   kuzatish   bilan   uning   turli
bosqichlarda ajdodlarining ayrim belgi va xususiyatlarini namoyon bo‘lishini qayd
qilib   shu   organizmni   hayvonlar   olamidagi   sistematik   o‘rnini   aniqlash   mumkin
bo‘ladi.
1. E volyusion jarayonni o‘rganishning asosiy metodlari Evolyusion   jarayonni   o‘rganishda   «uch   parallel   uslubi»   deb   ataluvchi   uslub
qo‘llaniladi.   Bu   uslub   solishtirma   anatomiya,   embriologiya,   va   paleontologiya
ma’lumotlaridan   foydalaniladi.   Lekin   filogenezni   o‘rganishda   biogeografiya   va
sistematika  ham   muham  ahamiyatga  ega.  Keyingi   vaqtlarda evolyusion  jarayonni
tahlil   qilishda   genetika,   biokimyo,   molekulyar   biologiya   va   boshqa   fanlarning
ahamiyati nihoyatda oshib bormoqda. 
Hozirgi vaqtda evolyusiyani o‘rganishda quyidagi metod qo‘llaniladi:
1.   Morfologik   usul   (solishtirma   anatomiya,   gistologiya   va   boshqa   fanlar
uslublari):
a)   gomologik   organlarni   (tuzilishi   va   kelib   chiqishi   o‘xshash   bo‘lgan)   va
analogik (funksiyasi o‘xshash) organlarni o‘rganish;
b)   rudiment   organlarni   («ajdodga   qaytish»-   uzoq   ajdodlarga   xos
organlarning paydo bo‘lishi);
s) solishtirma anatomik qatorlar – maxsus tanlangan organizmlarda organlar
gomologiyasini tahlil qilish. Masalan, hozirgi toq tuyoqli hayvonlarda (tapir,
karkidon   va   otlarda)   oyoqlarning   o‘zgarishi.   Bu   tahlil   otlarda   bir   tuyoqli
oyoklarning kelib chiqish evolyusiyasini ochib beradi.
2.  Embriologik usullar .
a)   Sistematik   uzoq   bo‘lgan   organizmlarda   embrion   rivojlanishidagi
o‘xshashliklarni   aniqlash   (K.Berning   embrionlar   o‘xshashligi   qonuni).   K.Ber
qonuniga   asosan,   tahlil   qilishda   embrion   rivojlanishning   qanchalik   oldingi
bosqichlari   tanlansa   o‘xshashliklar   shunchalik   ko‘p   bo‘ladi.   Masalan,
umurtqalilarning   embrion   rivojlanishining   dastlabki   bosqichlari   bir   xil   bo‘ladi.
Faqat   rivojlanishning   o‘rta   bosqislariga   kelganda   baliqlar   va   amfibiyalarga   xos
belgilar,   rivojlanishning   ancha   keyingi   bosqichlarida   esa   sudralib   yuruvchilar,
qushlar va sutemizuvchilarga xos belgilar paydo bo‘ladi.
b)   Rekapitulyatsiyani   o‘rganish   (Myuller-Gekkel   qonuni-   biogenetik   qonun)-
ontogenez   jarayonida   ajdod   formalar   tuzilishi   ko‘pgina   xususiyatlarining
takrorlanishi   (rekapitulyatsiya).   Rekapitulyatsiya   konsepsiyasi   paleontologik ma’lumotlar   yetishmaydigan   yoki   yo‘q   bo‘lgan   guruhlar   yoki   organlarning
evolyusion rivojlanish yo‘nalishini tiklashga yordam beradi. 
3.  Paleontologiya metodlari . 
Paleontologiya-   qazilma   organizmlar   haqidagi   fan   bo‘lib,   uning   metodlari
evolyusion jarayonni  o‘rganish metodlari sifatida qaralishi mumkin. Evolyusiyani
o‘rganishdagi asosiy paloeotologik usullar quyidagilar:
a)   qazilma   oraliq   farmalarni   aniqlash-   hozirgi   va   o‘tmishda   yashagan
guruhlar belgilarini o‘zida mujassamlantirgan oraliq dormalarni aniqlash. Masalan,
qazilma   ixtiosega   baliqlar   va   quruqlik   umurtqalilarining   o‘zaro   bog‘liqligini
ifodalaydi.   Qadimgi   quruqlik   hayvonlari   –   stegotsefallar   o‘zida   baliqlarga   xos
xususiyatlarni   saqlaydi.   Arxeopteriks   sudralib   yuruvchilar   va   qushlar   o‘rtasidagi
oraliq formadir.
b)   paleontolok   qatorlarni   aniqlash,   ya’ni   filogenezni   borishini   ask   ettiruvchi   va
evolyusion   jarayonda   bir-biri   bilan   bog‘langan   qazilma   formalar   qatorini   tiklash.
Hozirgi   vaqtda   ko‘pgina   organizmlar   uchun,  masalan,   otlar,   karkidonlar,   fillar   va
boshqalar uchun palentologik qatorlar aniqlangan. Otlarning evolyusion qatorining
tahlili   evolyusion   paleontologiya   asoschisi   V.O.Kovalevskiy   tomonidan
o‘tkazilgan. Qazilma qoldiqlarni qatlamlar bo‘yicha tahlil qilish orqali evolyusiya
davomida   turli   farmalarning   paydo   bo‘lish   ketma-ketligi   haqida   ma’lumotlar
to‘planadi.
Otlar evolyusiyasining paleontologik qatori: 
Eogippus (55 mln) – Oragippus (50) – epigippus (45-47) – mezogippus(40) – 
miogippus (35) – merigippus (17) – pliogippus (10) – hazirgi ot (4)
4.  Biogeografik metodlar:
a)   Flora   va   faunani   taqqoslash   va   Yer   shari   hozirgi   mintaqalarining   rivojlanish
xususiyatlarini   o‘rganish.   Bu   metod   Yer   shari   alohida   hududlaring   tur   tarkibi   va
ularning tarixiy shakllanishi o‘rtasidagi bog‘liqlikni ko‘rsatadi.
b)   Orollar   biogeografiyasi-   orollar   faunasi   va   florasi   evolyusiyasini   o‘rganish.
Masalan,   Afrikadan   juda   qadimda   (o‘nlab   mln.   yil   oldin)   ajralgan   Madagaskar oroli o‘ziga xos faunaga ega: sut emizuvchilarning 36 ta avlodi bor va shulardan 32
tasi endemik hisoblanadi.
s)   Relikt   (o‘zida   oldingi   davrlarda   yashab,   keyinchalik   qirilib   ketgan   guruhlarga
xos   xususiyatlar   majmuini   mujassamlantirgan)   va   entemik   (boshqa   hududlarda
deyarli  uchramaydigan)  o‘simlik va  hayvon  turlarini  o‘rganish.   Relikt  formalarga
sudralib yuruvchilarning o‘nlab million yil oldin, mezazoy erasida yashagan kenja
sinfining hozirgi  yagona  vakili-gatteriyani, Sharqiy Afrika  qirg‘oqlarining chuqur
qatlamlarida yashovchi va devon davridan buyon o‘zgarmasdan yashab kelayotgan
panjaqanotli   baliq   –   latimeriyani   misol   qilib   keltirish   mumkin.   O‘simliklardan
relikt forma sifatida Xitoy va Yaponiyada tarqalgan manzarali o‘simlik – gingkoni
qayd etish mumkin. 
5.  Sistematika metodlari.   
U yoki bu guruhning boshqa guruhlarga nisbatan sistematik o‘rnini aniqlash.
Bu taqqoslanayotgan guruhlarning evolyusion rivojlanish yo‘llari, geneologiyaning
evolyusion   muammolarini   hal   etilishi   bilan   bog‘liq.   Turli   tuzilish   darajalari
belgilariga   ega   bo‘lgan   xususiyatlarni   o‘zida   saqlaydigan   va   shu   sababli   oraliq
sistematik   o‘ringa   ega   formalarning   mavjudligi   organizmlarning   umumiy
qarindoshligi   orqali   aniqlanadi.   Qobiqlilar   (xordalilarning   tuban   vakillari)   va
umurtqalilar   o‘rtasidagi   oraliq   hayvonlarga   lansetniklar   avlodini   kiritish   mumkin.
Ularda   xordalilarning   barcha   belgilari   mavjud,   lekin   sust   rivojlangan.
Mikrosistematika   –   tur   ichi   strukturalar   (kenja   tur,   irq,   va   boshqalar)   ni   aniqlash
bilan   shug‘ullanadi.   Bunday   tur   ichi   guruhlarning   haqiqiy   filogenetik
qarindoshligini   aniqlash   tur   ichidagi   taksonomik   kategoriyalarni   aniqlashda   juda
zarur va tur vakillarining yoki umuman turning tarixiy rivojlanish yo‘lini ko‘rsatib
beradi.
6 . Genetik metodlar.
Sistematik   jihatdan   alohida   bo‘lgan,   lekin   bir-biriga   yaqin   turlar   va
avlodlarga   mansub   organizmlar   kariotipini   o‘rganish   va   ularni   o‘zaro   taqqoslash.
Taqqoslanayotgan   farmalarning   genetik   o‘xshashligi   aniqlanadi   (masalan gibridizatsiya   usuli   orqali)   va   organizmlarning   sitogenetik   xususiyatlari   tahlil
qilinadi. 
7.  Molekulyar biologiya metodlari:
Turli organizmlarda nuklein kislotalar va oqsillarning tuzilishi o‘rganiladi va
taqqoslanadi.   DNK   ni   duragaylash   usuli   orqali   odam   bilan   makaka   maymunida
DNK tuzilishi 66% gomologik ekanligi, ho‘kiz bilan esa 28%, kalamush bilan 17
% o‘xshashligi aniqlangan.
8.  Immunologik metodlar:
Presipitatsiya reaksiyalari yordamida odamning eng yaqin qarindoshi yuksak
odamsimon maymknlar ekanligi, primatlar orasidagi eng uzoq qarindoshi lemurlar
ekanligi ko‘rsatib berilgan. Bu usul orqali qushlarning timsohlar va toshbaqalarga
yaqinligi, xordalilar bilan ignatanlilarning o‘xshashlik belgilari aniqlangan.

Hayvonlar evolyusiyasini o‘rganish metodlari . Reja: 1. Evolyusion jarayonning asosiy xususiyatlari 2. Evolyusion jarayonni o‘rganishning asosiy metodlari

1. Evolyusion jarayonning asosiy xususiyatlari Ye r yuzida yashab o‘tgan va hozirgi vaqtda yashayotgan turli-tuman hayvonlarni tabiiy tanlanish jarayonida paydo bo‘lganligini isbotlovchi bir qator e volyu s ion va filogenetik qonuniyatlar mavjudki, bular qo‘yidagilardan iborat: 1. E volyu s ion o‘zgarishlar har doim o‘zgaruvchan yashash sharoitiga moslasha olish qobiliyatidan kelib chiqadi. Bunday e volyu s ion o‘zgarish tabiiy tanlanish jarayonida paydo bo‘ladi va rivojlanadi. Tirik tabiatda bunday qonuniyatning mavjudligini materialist olimlar (J.B.Lamark, K.F.Rule va boshqalar) kashf e tgan. Lekin uni birinchi bo‘lib ingliz olimi Ch. Darvin o‘zining “Tabiiy tanlanish yo‘li bilan turlarning paydo bo‘lishi” (1859 y) asarida batafsil isbotlab bergan. Hayvon tanasidagi biror organ yoki umuman organizmning o‘zgargan sharoitga moslashaolish qobiliyati shu bilan xarakterlanadiki, u yangi muhitda bemalol yashayoladigan bo‘ladi va shunga binoan ma’lum bir organda yoki sistema (oziqlanish organlari, nafas organlari, sezish organlari, asab sistemasi va hakozolar) da sifat o‘zgarishlar yuzaga keladi. Bu o‘z navbatida organizmni umumiy tuzilishi hamda hayotiy xususiyatlarini bir pog‘ona yuqoriga ko‘tarilishiga olib keladi. Buni A.N. Sever s ov hayvonlar e volyusiyasidagi aromorfozlar bilan ham isbotlab bergan. Aromorfozlar tufayli bir- biridan sifat jihatdan keskin farq qiluvchi yirik taksonomik guruhlar (sinflar, tiplar) shakllanadi. Lekin ko‘p hollarda o‘zgaruvchan muhitda organizmda unchalik keskin bo‘lmagan ayrim kichik o‘zgarishlar sodir bo‘ladi. Bunday xususiy o‘zgarish shu organizmni kelgusida bo‘ladigan e volyusion o‘zgarishlarni amalga oshirishga to‘sqinlik qiladi. Biron-bir substratga yopishib o‘troq yashovchi yoki parazitlik bilan hayot kechiruvchi organizmlardagi xususiy moslashish (o‘zgaruvchanlik) jarayoni regressiv evolyusion o‘zgaruvchanlik (idiadaptatsiya) hisoblanib, organizmni soddalashuvi yoki ayrim organlarni yo‘qolishi bilan ifodalansa ham ushbu organizmda boshqa ayrim sistema yoki organning funksional xususiyatlarini

rivojlanishi amalga oshadi. Regressiv e volyu s ion o‘zgarishlarni umurtqasizlar orasida s estodalarda aniq ifodalanganligini ko‘rish mumkin. 2. E volyu s iya - asosan monofiletik jarayondir, ya’ni rivojlanish bitta umumiy ildizdan (asosdan) boshlangan. Ch. Darvin o‘z vaqtida (1859 y) tabiiy guruhlar hisoblanuvchi turlar va avlodlarning bitta umumiy shoxdan belgilarning ajralishi (divergensiyasi) tufayli kelib chiqqanligini isbotlab bergan. Lekin monofiletik evolyusion jarayonda ham o‘zgaruvchan yashash muhitiga moslasha olmaganlari o‘lib ketgan, ya’ni tabiiy tanlanish jarayoni to‘la hukm surgan va oraliq formalarning ko‘pchiligini nobud bo‘lishi kuzatilgan. Monofiletik rivojlanish jarayoni deganda yangi organizmni paydo bo‘lishi qandaydir bir juft ota-ona organizmidan emas, balki ichki xususiyatlari bilan bir- biriga o‘xshash bo‘lgan ikkita guruh organizmlaridan kelib chiqqan deb tushunish lozim. Shuni alohida qayd qilish lozimki, biron-bir tur ichidagi evolyusion jarayon, birinchi navbatda, asta-sekin uning geografik va ekologik formalarga ajralishi bilan boshlanadi. Keyinchalik divergent belgilarning rivojlanishini tobora chuqurlasha borishi natijasida turlar shakllanadi. Bir-biriga o‘xshash turlarning tobora ko‘payib borishi esa avlodlarni, avlodlar oilalarni va hakozo taksonomik guruhlarni hosil qila boradi. Lekin ko‘pgina turli guruhlarga mansub bo‘lgan hayvonlarda bir xil muhitda va o‘xshash tarzda hayot kechirishi natijasida ularda o‘xshash (konvergent) belgilarning paydo bo‘lishi va rivojlanishi ko‘zatiladi. Masalan, suvda o‘troq hayot kechiruvchi turli sistematik guruhlarga mansub bo‘lgan hayvonlarda gidroid poliplar, marjon poliplar, o‘troq yashovchi polixetalarda, mshankalarda, pogonoforalarda, jabra qanotlilarda) o‘xshash belgilarning paydo bo‘lishini aytib o‘tish mumkin. Bunday o‘xshash belgilarga, og‘iz atrofida paypaslagichlarning shakllanishi, ovqatlanishning passiv holda bo‘lishi, radial simmetriyaning yuzaga kelishi va hakozalar. 3. Hayvon organizmi yaxlit, bir butundir va undagi barcha organlar, qismlar hamda to‘qimalar o‘zaro chambarchas bog‘liqdir. Evolyusion jarayonda ma’lum bir organning tuzilishi va funksiyasi o‘zgarsa, u o‘z navbatida boshqa organlarning

ham korrelyativ o‘zgarishiga olib keladi va dastlab o‘zgargan organ bilan morfo- fiziologik bog‘langan bo‘ladi. Evolyusiya jarayonida organlarning bir-biriga mos ravishda o‘zgarishi va rivojlanishi korrelyatsiya qonuni deyilib, uni birinchi bo‘lib 1812 yilda fransuz olimi J.Kyuve ochgan. Korrelyativ o‘zgaruvchanlikka misol qilib bug‘imoyoqlilarda tashqi kutikulyar skeletning hosil bo‘lishini olish mumkin. Bunday tashqi skeletning hosil bo‘lishi ayrim ichki organ va to‘qimalarning ham o‘zgarishiga olib kelgan. Masalan, tashqi kutikulyar skeletning hosil bo‘lishi bilan teri-muskul xaltasi o‘z funksiyasini davom ettira olmagan va natijada u ayrim kundalang targ‘il tolalardan iborat bo‘lgan muskul tutamlarini hosil qilgan. Ikkilamchi tana bo‘shlig‘i (selom) o‘zining tayanch funksiyasini yo‘qotganligi tufayli o‘zgarib, trofik vazifani bajaruvchi miksotselga aylangan. Gavda hajmining o‘sishi ham davriy xususiyatni e gallaydi va u vaqti-vaqti bilan po‘st tashlash bilan amalga oshadi. Shuningdek, traxeyalar sistemasining rivojlanishi qon tomirlarning kamayishi yoki umuman yo‘qolishiga olib kelgan. 4. Evolyusiya har qanday rivojlanish singari qayta takrorlanmaydigan va orqaga qaytmaydigan jarayondir. Evolyusiyaning qaytadan takrorlanmaslik qonunini birinchi bo‘lib Belgiyalik paleontolog L.Dallo 1893 yilda kashf etgan. Ushbu qonunga binoan organizmda biron bir organ reduk s iyaga uchrasa yoki yo‘qolib ke ts a, u qayta dan hosil bo‘lmaydi. Uning o‘rniga aynan shu vazifani bajaruvchi, lekin kelib chiqishi va shakli butunlay boshqacha bo‘lgan yangi organ paydo bo‘ladi. 5. Organizmlarning evolyusiyasi har doim tana qismlari va organlarning differensiatsiyasi bilan ifodalanadi, ya’ni organizmdagi biron-bir qism yoki organ har xil sabablarga ko‘ra sekin-asta o‘z vazifasini o‘zgartira borib, oxir oqibatda dastlabki funksiyasini unitib, butunlay boshqa funksiyani bajaradigan bo‘ladi. Bunday sharoitda organizm qismlarining ishi bir-biriga juda ham bog‘liq bo‘lib qoladi. Differensiatsiya jarayoni nafaqat organizmni murakkablashuviga olib keladi, balki yana undagi qismlarning ishi bir-biriga juda ham bog‘liq bo‘lib qoladi.

6. Hayvonlar e volyu s iyasi jarayonida gomologik organlarning oligomerizatsiyasi (kamayishi) sodir bo‘ladi. Bunday o‘zgarishlarni 1-nchi bo‘lib V.A.Dogel (1936, 1954) aniqlagan. Gomologik organlarning kamayishi har doim ularning morfologik va funk s ional tabaqalanishi bilan amalga oshadi. Evolyusiya jarayonida ancha katta guruh hayvonlarini shakllanishida, ularning tuzilishida bir qator o‘zgarishlar, jumladan yangi organlarning paydo bo‘lishi kuzatiladi. Bu o‘zgarishlar birinchi navbatda hayvonlarning yashash tarzini o‘zgarishi, ya’ni o‘troq hayot kechirishdan aktiv harakat qilish tarziga yoki suv muhitidan quruqlik muhitiga o‘tish va hakozolar bilan ifodalanadi. Masalan, halqali chuvalchanglardan bug‘imoyoqlilarning kelib chiqishi jarayonida gavda segmentlarining kamayishi, gomologik organlarning qisqarib geteronomlanishi, gavda bo‘limlarini (bosh, ko‘krak, qorin) shakllanishi hamda ularning har biri alohida ma’lum funksiyalarni bajarishga moslasha borganligini ko‘rsatish mumkin. 7. Turli guruh va tiplarga kiruvchi hayvonlar orasidagi qon-qardoshlik munosabatlarini aniqlashda biogenetik qonunning ahamiyati kattadir. Bunda ontogenez bilan filogenez orasida bog‘lanish mavjudligini olimlardan F. Myuller (1864), Ye.Gekkel (1866) va A.N.Seversov (1939) aniqlashgan. Biogenetik qonunga binoan ma’lum bir hayvon o‘z ontogenezida (individual taraqqiyotida) o‘tmish ajdodlari uchun xos bo‘lgan ayrim belgi va xususiyatlarini takrorlaydi. Bu jarayon rekapitulyatsiya deyiladi. Turli-tuman hayvonlarni ontogenezini kuzatish bilan uning turli bosqichlarda ajdodlarining ayrim belgi va xususiyatlarini namoyon bo‘lishini qayd qilib shu organizmni hayvonlar olamidagi sistematik o‘rnini aniqlash mumkin bo‘ladi. 1. E volyusion jarayonni o‘rganishning asosiy metodlari