logo

HAYVONLARNI TASHISH VA PARVARISH QILISH GIGIYENASI

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

33.1083984375 KB
HAYVONLARNI  TASHISH VA PARVARISH QILISH  GIGI Y ENASI.
Reja:
1. Hayvonlarni temir va suv yo‘llari bilan tashish gigienasi. 
2. Hayvonlarni avtomobil va havo yo‘llari bilan tashish gigienasi. 
3. Hayvonlarni tosh va tuproq yo‘llar bilan haydash qoidalari
4. Teri va elinni parvarish qilishning gigienik ahamiyati.
5. Tuyoq va shoxlarni parvarish qilish igienasi.  
6. Motsion turlari va uning ahamiyati Har   yili   chorva   mollarini   bir   joydan   ikkinchi   joyga   tashish   va
haydashga   to‘g‘ri   keladi.   Hayvonlarni   va   ulardan   olinadigan   mahsulotlarni
tashishda doimiy va ishonchli davlat veterinariya-sanitariya nazorati mavjud.
Uning veterinariya xizmati har bir transport   vazir ligi huzurida tashkil  etilgan
(temir yo‘l, suv  yo‘l i, avtomashina, aeroflot va boshqalar).
Shunday   q il i b, har xil turdagi transport   vosita lar i dan foydala n ilganda
asosiy   veterinariya-sanitariya   nazoratini   transport   vositalariga   ortilgan
hayvonlarga   (qoramol,   cho‘chqa,   ot,   tuya,   q o‘y,   q uyon,   parranda,   bali q   va
boshkalar), sut - go‘sht   mahsulotlari, tu xum  va bo sh qa mahsulotlarga qaratish
kerak.
Hayvonlarni, ayniqsa buzoqlarni transport  vosita lar i da tashish davrida
tirik   vaznini   saqlash   va   har   xil   stresslardan   saqlash   borasida   dori   moddalari
ya’ni am inazin, antibiotiklar, A, B, C, D v i taminlari aralashtirilgan glyuko z a
va bo sh qa moddalar tinchlantiri sh  ma q sad i da beriladi.  H ayvonlarni tashishda
maxsus davlat veterinariya idoralaridan ruxsatnoma olinishi lozim bo‘ladi.
Hayvonlarni   tashish   va   haydashni   uyushqoqli k   bilan   tashkil   etish ,
yo‘lda sog‘lig‘ini saqlash, suti va mahsuldorligi kamaymasligi hamda yo‘lda
har   xil   jarohatlar   olmasligini   nazarda   tutish   lozim.   Hayvonlarni   tashish   va
haydash dan   bir   oy   oldin   hamma   hayvonlar   klinik   tek sh iriladi,   zaruriy
diagnostik   t e kshirish   va   veterinariya-sanitariya   tadbir lari   o‘tkaziladi.   Temir
yo‘l   yoki   bo sh qa   transport   vosita lar i da   uzoq   vaqt   tashishga   to‘g‘ri   kelsa
o z i q lantirish va sug‘orish reji m iga  q at’iy rioya qilinadi.
Tash i sh tezligi juda katta ahamiyatga ega. Vagon, avtomashina va  s uv
yo‘llarida u z oq vaqt ta sh ilganda ,   tashish yaxshi   uyu shtirilmagan bo‘lsa yoki
uzoq   yo‘llarga   tashil ganda   h ayvonlar   orasi da   yopiq   jarohatlar   bo‘ladi   va
mahsuldorligi   pas ayadi.   Shu ning   uchun   hayvonlarni   ta sh ish   va   haydashdan
oldin   trans p ort   vosita lar i   va   h aydaladigan   yo‘llar   diqqat   bilan   ko‘rib
ch i qiladi, max s us kishilar kuzatish uchun b e rkitiladi. Davlat veterinariya xizmati vakil i  tomonidan kuzatuvchi   k ishi   q o‘liga
h amma   hayvonlar   uchun   veterinariya   guvoxnomasi   b e riladi,   q aysik i   unda
q aerdan   q aerga boradi, bosh soni va turi, xo‘jal ikni   yuqumli kasallikdan holi
ekanligi, veterinariya emlash tadbirlar i  qilingan vaqti ko‘rsatiladi.
Junatuvchi   yo‘l   davomida   hayvonlarni   oziqa   bilan   ta’minlashi   zarur.
Masalan:   Qoramolga   1   sentner   tirik   vazniga   –   dag‘al   oziqa     -   4,5   kg,   qo‘y-
echkiga   -   5-5,1   kg;   cho‘chqaga   -   2,5   kg   omuxta   em;   parrandaga   -   8   kg.
To‘shama bir bosh otga - 2 kg, qoramolga - 2-3 kg to‘shaladi. 
Jo‘natishdan   oldin   3-4   soat   dam   beriladi.   So‘ngra   veterinariya
mutaxassislari hayvonlarni haroratini o‘lchab chiqadi. Cho‘chqa va qo‘ylarda
tanlab o‘lchanadi. Agar  uzoq joylarga junatiladigan bo‘lsa ularni jo‘natishga
7-10   kun   qolganda   yo‘l   oziqlanishi   va   sug‘orish   rejimiga   o‘rgatila
boshlanadi.   Yo‘lda   hayvonlar   2   marta   sug‘oriladi.   Hayvonlar   jo‘natishdan
oldin yoshiga, mahsuldorligiga, semizligiga, tirik massasiga qarab guruhlarga
bo‘linadi.   Bundan   tashqari   transport   vositalari   tayyorlanadi.   Yuklash   uchun
javobgar   kishilar   zoovetmutaxassislar   hisoblanadi   va   ular   yuklash   joylarini
tayyorlaydi.   Vagonlar,   avtomashina   kuzovlari   yaxshilab   tekshiriladi,
ta’mirlanadi, yuvilib dezinfeksiya qilinadi.
Hayvonlarni   kuzatib   borish   uchun   (provodnik)   odamlar   tayyorlanib
koramollar   uchun   2   ta   vagonga   1   kishi,   cho‘chqa   va   qo‘y   uchun           1   ta
vagonga 1 kishi va 2-3 ta avtomashinaga 1 kishi tayinlanadi. Suv yo‘li bilan
tashilganda   har   20   ta   qoramolga,   30   ta   cho‘chqaga   va   60   qo‘yga   bir   kishi
tayinlanadi.
Ko‘rgazma   va   otchopar ga   jo‘nat i lgan,   bosh q a   xo‘jaliklardan
kelt ir ilgan   hayvonlar   transport   vosita lar i dan   tushirilga n dan   ke y in   bir   oy
mobay n ida   alohida   karantinda   saqlanadi.   Bu   vaqt   d avom i da   h ayvonlar
veterinariya  m utaxassislari na z orat i da bo‘l ib , zaruriy tekshirishlar o‘tkaziladi,
agar   zaruriyat   tug‘ilsa   kerakli   ishlovlar   qilinadi.   Bir   oyl ik   profilaktik karantindan   ke yin   hayvonlar   orasida   h ech   kanday   kasallik   belgisi
aniklanmasa  asosiy  ha y vonlar  guruhi ga k|o‘shiladi.
Hayvonlarni   tashish   yok i   ha y da sh da   kuzatuv ch i   kishilar   veterinariya
dori darmon qutisi v a bir inchi   yordam berish materiallari bilan ta’mi n la n adi.
H ar   bir   vagon   uchun   bitta   kuzatuvchi   bo‘ladi.   Vagonlarga   uch   kunlik   ozika
eht i yo j i ortilad i.
Hayvonlarni   temir   yo‘lda   tashish   -   hayvonlar   maxsus   vagonlarda
yoki   yuk   vagonlarida   tashilishi   mumkin.       Vagonlarning       hamma   eshiklari
panjaralar   bilan   berkitiladi,     oziqa   saqlash   va     bog‘lash   xalqalari,   chiroq   -
fonarlar tayyorlanadi. Barcha zaruriy asbob anjomlar ya’ni chelak, kurak va
boshqalar   bilan     jo‘natadigan   xujalik   ta’minlaydi.   Hayvonlar   vagonda
uzunasi   yoki   ko‘ndalangiga   joylashtiriladi.   Ko‘ndalang   joylashtirishda
uzunasiga  joylashtirishga qaraganda 20% ko‘proq mol sig‘adi.
Naslli   va   qimmatbaho   hayvonlar   ortilgan   har   bir   vagonga   1   ta
kuzatuvchi   qo‘yiladi.   Ularning   vazifasiga   mollarni   joylashtirish,   bog‘lash,
eshik   panjaralarini   mahkamlash   va   asbob-anjomlardan   to‘g‘ri   foydalanish
kiradi.   Kuzatuvchilar   vaqtida   hayvonlarni   oziqlantiradi,   sug‘oradi,   tozalaydi
va begona odamlarni vagonga kiritmaydi.
Har   bir   vagonga   har   xil   turdagi   hayvonlarni   ortish   me’yori   mavjud.
Vagonga katga yoshdagi qoramoldan 16 - 24 bosh, bir yoshdan katta bo‘lgan
buzoqlarni   24   -   28   bosh   va   yosh   buzoqlardan   36   -   50   bosh   ortiladi.   Qo‘y-
echkilar 30 - 110, cho‘chqalar og‘irligi 80 kg gacha bo‘lsa 50 - 60, 80 - 100
kg bo‘lsa 44 - 50 bosh, 100 - 150 kg bo‘lsa 32 - 44 va 150 kg dan ortiq bo‘lsa
20   -   32   bosh   ortiladi.   Otlar   14   boshdan   ortiq   ortilmaydi.   Quyon   va
parrandalar   kataklarga   joylashtirilib,   vagonga   850   -   1050   ta   tovuq,   250   ta
g‘oz, 400 - 450 ta o‘rdak, 500 ta kurka, 500 quyon, 100 ta tulki, 200 ta norka
va qunduz, 150 ta suv kalamushi ortiladi. Qoramol, qo‘y va cho‘chqalar tashiladigan vagon eshiklariga panjara
osiladi.   Quyon,   mo‘ynali   hayvon   va   parrandalar   maxsus   kataklarga
joylashtirilib ortiladi.
Havo   issiq   paytlarida   hayvonlar   vagonlarga   ortilsa   eshiklari   va
darchalari   orqali   shamollatib   turiladi.   Harakat   vaqtida   bir   tomo n i,   to‘xtab
turganda   esa   ikki   to mo ni   ham   ochiladi.   Cho‘chkalar   ortilgai   vagonlar
shamollat i b   turish   bilan   chekla n may,   vaqt-vaqti   bilan   tagiga   suv   sepib
turiladi.   T e mir   yo‘l   q oidasiga   asosa n   q ish   paytlari   havo   xarorati   - 25 0
S   da n
past bo‘lsa cho‘chkalar vagondan tushir il maydi, yozda esa harorat +25°S dan
yuqori bo‘lganda 100 kg dan og‘ir bo‘lgan cho‘chqalar vagonga ortilmaydi.
Vagonlarning   tozaligi   va   quruqligiga   e’tibor   berish   kerak.
Kuzatuvchilar  kuniga  hayvonlarni  tagini  tozalaydi  va  axlatlar vagonning  bir
burchagiga   yi g‘ i b   q o‘yilib,   keyin   temir   yo‘l   tomonidan   maxsus   ajratilgan
erga   tushiriladi.   Poezd   h arakati   vaqtida   go‘ng   sochilib   tushmasligi   uchun
eshikii ostona s iga bitta to‘sin taxtani urib qo‘yi sh  kerak. Hayvonlar kuniga 3
marta   oziqlantiriladi .   Q ishda   1   -   2,   yozda   2   -   3   marta   sug‘oriladi.   Yo‘lda
ketayotganda favqulodda hayvonlarda kasal lik uchrasa   yo ki o‘lib   q olsa bosh
konduktorga tezda xabar qilinadi .   K ey in   radio yoki telegraf orqali temir yo‘l
veterinariya   nazoratiga   xabar   q ilinadi.   Hayvonlarni   tashishda   veterinariya
nizomi     ko‘rsatmasiga   asosa n   hamma   zoovete rinariya   q onun- qo idalariga
kat ’iy  amal qil i nadi.
Hayvonlarni   avtomashinalarda   tashish   -   hayvonlarni   tashishda
maxsus   jihozlangan   va   boshqa   turdagi   yuk   avtomashinalaridan   foydalanish
mumkin.   Avtomashinalarni   bortlari   100   -   110   sm   gacha   baland   kilinadi,
to‘siqlar   qilinib,   ustiga   soyabon   tortiladi.   Avtomashinalar   bilan   hayvonlarni
400-500   km   bo‘lgan   masofalargacha   tashish   mumkin.   Bunda   maxsus
hayvonlarni   tashiydigan   yoki   oddiy   jihozlangan   avtomashinalar   ishlatiladi.
Hayvonlarni maxsus mashinalarda tashish iqtisodiy tomondan ancha foydali. MM3 - 776 mashinasida 18 - 20 bosh qoramol, OdA3 - 8576 mashinasida 16
bosh qoramolni tashish mumkin. Parrandalarni tashish uchun 5 - 6 qavatli, 10
-   12   seksiyali   200   -   300   boshga   mo‘ljallangan   maxsus   konteynerlar
o‘rnatilgan   mashinalardan   foydalaniladi.   YOsh   jo‘jalar   maxsus   yashiklarda
tashiladi.   Furgon   avtomobil   bilan   bir   reysda   6000   tovuq,   8000   kurka,   6000
o‘rdak va 2000 g‘oz jo‘jasi yoki 180 ming tovuq tuxumini tashish mumkin.
Parrandalarni   yo‘lda   har   6   soatda   oziklantiriladi.   Yirik   hayvonlar
mashinalarga bosh tomoni bilan bortga bog‘lanadi. Jihozlangan mashinalarga
2   -   5   boshdan   yuklanadi.   Otlarning   taqasi   olinadi.   YOsh   hayvonlar,
cho‘chqalar,   qo‘ylar   bog‘lamasdan   tashiladi,   lekin   joylashtirilganda   erkin
dam oladigan bo‘lishi kerak.
CHo‘chqalarni   obu-havo   sharoitiga   q arab   harorat   +30 0
S   yuqori   bo‘lsa
veterinariya vrachining ijozati bilan tashish kerak. Har bir mashinada 1 tadan
kuzatuvchi bo‘lib, uzoq bo‘lsa 3-4 soat dam berilib, 2 marta sug‘orish kerak.
Mashinalarni   tozalash   uchun   oldindan   kelishilgan   xolda   joylar   tanlanadi.
Agar   kasallik   chi ы ib   q olsa   yakindagi   veterinariya   idorasiga   murojaat   qilish
kerak.   Hayvonlar   tushirilgandan   so‘ng   mashinalar   2%   formaldegid   eritmasi
bilan   dezinfeksiya   qilinadi.   Transport   stresslarini   oldini   olish   uchun
buzo q larga yuklashdan 10   -   15 minut oldin    5   %   li askorbin kislotasi dan   har
boshga 6 ml   dan teri ostiga yuboriladi. 30   -   40 minut oldin 2,5   % li aminazin.
3,5   %   li   nov o kain   eritmasidan   muskul   orasiga   3   ml   dan   hamda ,     45   SB
vitamin A yuboriladi. 
Buzoqlarni   jo‘natishdan   oldin   teri   qoplami,   tuyoqlari   tozalanadi   va   5
%-li   formaldegid   bilan   ishlov   beriladi.   Paratif   va   kolibakteriozga   q arshi
emlanadi.   Buzo q lar   jo‘natishdan   oldin   3-4   soat   och   sa q lanadi.   Oshqozon
ichak kasalliklarini oldini olish  uchu n   har bir bosh  buzo q ga 2 litrdan shilli q
g lyukoza   q aynatmasi   (125   g   glyukoza   2   litr   q aynatmaga )   ichkiziladi. Buzoklarni maxsus mashinalarda tashiladi. Ostiga to‘shama t o‘ shaladi va har
bir boshga 0,4   -   0,75 m 2
dan joy  ajratiladi .
Hayvonlarni   suv   yo‘llari   bilan   tashish   -   bu   holda   ham   hayvonlar
avvaldan   tashishga   tayyorlanadi.   Bunda   maxsus   jihozlangan   barjalardan
foydalaniladi. Hayvonlarni ortadigan joylar, turadigan joy, ehtiyot oziqa, suv,
asbob-anjomlar,   oziklantirish   joyi,   veterinariya   nazorat   xizmati,
zararsizlantirish joylari va boshqalar bo‘lishi kerak.
Hayvonlarni     kemalarda     tashilganda     har     bir       hayvon     uchun
quyidagicha   joy   ajratiladi.   Naslli   otlarga   2,5-3   m 2
,   ishchi   otlarga   2,0-2,25,
buqa va yirik sigirlarga 2,25-2,5, buzoqlarga 1-1,5, qo‘y-echkilarga 0,5-0,75,
yirik   cho‘chqalarga   1,0-1,5   yoshlariga   0,5-0,75,   cho‘chqa   bolalariga   0,3-0,5
m 2
  joy   bo‘ladi.   Hayvonlarga   qarash   va   oziqlantirish,   sug‘orish   ishlarini
kuzatuvchi bajaradi. O‘rtacha har bir kuzatuvchiga 20 bosh ot yoki qoramol,
60 bosh qo‘y-echki va 30 bosh cho‘chqa va buzoq, 10 ta katak parranda yoki
quyon to‘g‘ri kelishi kerak. 
Havo   yo‘li   bilan   tashish   -   maxsus   yuk   yoki   jihozlangan   samolyot   va
vertolyotlarda   bir   kunlik   jo‘jalar,   sport   otlari,   qimmatli   naslli   hayvonlar   va
ba’zan   boshqa   hayvonlar   tashilishi   mumkin.   Yuk   samolyotlari   ko‘pincha
buzoqlar   va   qo‘ylar   uzoq   va   tog‘   yaylovlariga   tashiladi.   Havo   yo‘llarida
hayvonlarni   tashish   boshqa   transport   vositalarida   tashishga   qaraganda
iqtisodiy   tomondan   foydalidir.   Samolyotlarni   hayvon   chikindilari   bilan
emirilmasligi uchun maxsus materiallar bilan qoplanishi kerak. Hayvonlarni
yo‘lda   sug‘orish,   oziqlantirish   tashish   vaqtiga   bog‘liq.   Yirik   hayvonlarni
joylashtirish   uchun   maxsus   bog‘lagich   yoki   guruxli   seksiyalar   o‘rnatiladi.
Hayvonlarni   kuzatuvchi   va   vetvrach   kuzatib   borishi   kerak.   Jo‘jalar   maxsus
yashiklarda   tashiladi.   Hayvonlar   tushirilgandan   so‘ng   samolyot     tozalanib
dezinfeksiya qilinadi.  Hayvonlarni   haydash   qoidalari   -   tuproq   va   tosh   yo‘llar   bilan
hayvonlarni   bir   joydan   ikkinchi   joyga   haydash   keng   tarqalgan   va   ancha
foydali usul hisoblanadi. Ularni haydash ko‘pincha go‘sht kombinatlari, uzoq
yaylovlar va yaqin yaylovlarga to‘g‘ri keladi.
Hayvonlarni haydashda bosh soni va semizligini saqlab qolish uchun
puxta   tayyorgarlik   ko‘rish   katta   ahamiyatga   ega.   Hayvonlarni   haydashdan
oldin   ularni   sinchiklab   veterinariya   ko‘rigidan   o‘tkaziladi.   Bunda   nochor,
oriq va kasal hayvonlar ajratiladi. Sog‘lom, yoshi teng va bir xil semizlik va
jinsdagi   hayvonlardan   guruhlar   tashkil   etiladi.   Qoramollar   podasi   200
boshgacha,   buzoqlar   250   boshgacha,   qo‘y-echkilar   600   -   800   boshgacha
tashkil qilinadi.
Haydash   marshruti  va  o‘tiladigan  yo‘llar  Davlat  veterinariya  iazorati
bilan kelishilgan holda va tavsiyasi bilan belgilanadi. 
     Podalar  asosan ertalab  haydalib, qorong‘i tushishi bilan  to‘xtatiladi.
Podalarni haydash tezligi kuniga koramollar uchun 15-18 km, qo‘ylarga 10-
15 km, cho‘chqalarga - 8 km qilib belgilanadi. Agar haydash vaqtida oziqa va
suv   kam   bo‘lsa   6-10   soatga   haydashni   uzaytirish   mumkin,   kunning
o‘rtalarida soat 12-16 00
 da hayvonlar dam oldiriladi. Agar yo‘llar  uzoq bo‘lsa
6-8   kundan   so‘ng   yaxshi   yaylovlarda   hayvonlarga   2   kun   dam   beriladi.
Hayvonlar issik vaqtlari kuniga 3 marta, bahor va kuzda 2 marta su g‘ oriladi.
Haydash   davrida   hayvonlarni   boshqa   xo‘jalik   mollari   bilan   qo‘shilishiga
umuman yo‘l qo‘ymaslik kerak.  
Ha y vonlarni il o ji boricha tosh yo‘llardan   h aydamagan ma’ q ul.   Q a tt i q
bo‘ro n   bo‘lganda,   jala   yo qq anda   va   qattiq   sovuq   bo‘lganda   ham   hayvonlar
haydalmaydi.   Haydash   davrida   hayvonlarda   oyoq-tuyoq   kasalliklari,
orga n izmni qizishi va kun urishi, damlash hollari yuz beradi. Butun haydash
davrida hayvo n larni cho‘ponlar kuzatib borishlari kerak. Bir vaqtda bir  nech a poda   hayvonlar   orqama-ketin   haydalsa,   vet e rinariya   mutaxassislari   x iz mat
ko‘rsatadi. 
Teri  va  elinni  parvarish  qilishning  gigienik  ahamiyati   -hayvonlarni
parvarish   qilish   gigienasi   oziqlantirish,   sug‘orish,   saqlash   usullari   qatori
asosiy ahamiyatga ega hisoblanadi. Busiz hayvonlar organizmidagi fiziologik
jarayonlar,   modda   almashish   darajasini   yaxshilash,   organizmning
kasalliklarga chidamliligi va mahsuldorligini oshirib bo‘lmaydi.
Hayvonlarni   terisini   parvarish   qilish   uning   fiziologik   rolidan   kelib
chiqadi. Hayvonlar terisining holati uning umumiy holati bilan bog‘liq bo‘lib,
terini   o‘z   me’yorida   ishlashini   ta’minlaydi.   Shuning   uchun   teri   va   junning
holati salomatlik oynasi deyiladi. 
Agar   h ayvonlar   terisining   holati   ularn in g   umumiy   holatiga   bo g‘ liq
bo‘lsa,   sog‘ligi   esa   ma’lum   miqdorda   terining     funksiyasiga   ham   bog‘liq
bo‘ladi.   Teri   hayvonlar   tanasini   qo‘riqlovchi   qoplama   bo‘lib,   tashqi
muhitning har xil ta’sirlarini qabul qiladi, markaziy asab  tizimiga  etkazadi va
asab   tolalarini   q o‘zg‘atadi.   Teri   epidermisida   joylashgan   harorat,   bosim   va
og‘ri q   retseptorlari  faoliya t   ko‘rsa t adi.  Teri  juda  ko‘p   periferik  asablar  oxiri
yoki retseptorlar bilan ta’minlangan bo‘lib, markaziy asab  tizimi  orqali tashqi
muhit   ta’sirlarini   har   xil   a’zo   va   tizim larga   etkazib,   ularning   funksiyasiga
ta’sir  e tadi. Haroratga qarshi teri anemiya yoki giperemiya, yoki faslga qarab
jun almashish yoki tul l ash bilan javob beradi.
Zararlanmagan   teri ning   e pidermis   qatlam i   organizmga
mikroorganizm va paraz i tlarning kirmasligi uchun bir butun fizik barer bo‘lib
xizmat qiladi. Bundan tashqari terining ustida   kimyo v i y barer ham bo‘lib, u
kislotali   muhitdir   (rN - 3 , 6).   Ma’lumki,   ko‘p chilik   kasallik   chaqiruvchi
mikroblar   o‘sishi   va   rivojlanishi   uchun   ishqoriy   muhit   zarur,   kislotali
muhitda esa halok bo‘ladi. Terining fiziologik funksiyasn davomida s p etsifik
immunotanachalar bakteritsid moddalardan  l izotsim hosil bo‘ladi. Hayvonlarning   terisi   ajratish   a’zosi   ham   hisoblanib,   suv   va   tuz
almashishda ma’lum o‘rinni egallaydi. Ter bezlari yordamida teri orqali suv,
anor ganik   birikmalar   (natriy,  xlor,  kaliy  xlor,  fosfor   birikmalari)  va  organik
moddalar   (mochevi n a,   siydik   kislotasi,   uchuvchi   yog‘   kisl ot alari,   ammiak,
otlarda oqsil) ajralib chiqadi.
Yo g‘   bezlari   ajratmalarida   (teri   yog‘i)   oqsil   birikmalari   va   yog‘
bo‘lib,   qaysiki   teri   va   jun   qatlamnni   qoplab,   ularga   elastiklik,
cho‘ziluvcha n lik, yumsho q lik, namlik xususiyatlarini beradi, terini qurishdan,
yoril i shdan   va   junlarni   sinuvchanlikdan   sa q laydi.   Qo‘ylarda   yog‘   va   ter
aralashmasidan   hosil   bo‘lgan   modda   jiropot   deyilib,   u   junni   tovarl i k
xususiyatini   oshiradi.   Teri   sekre t orlik   xususiyatga   ham   ega   bo‘lib,   qon   va
li m faga gis t aminsimon  va  gormonsimon  moddalarni chiqarib,  organizmning
xayotiy faoliyatini bosh q arishda ishtirok etadi.
Hayvon   terisining   fiziologik   faoliyati,   uni   tashqi   muh i t   ta’ s irlariga
chidamliligi, hayvonlarni sog‘li g i va mahsuldorligidan darak beradi. Shuning
uchun hayvonlar terisini parvarish qil i sh katta ahamiyatga ega.
Terini parvarish qilish yo‘llari   -   h ayvon teris i ni do i mo tozalab turish,
h o‘l latta bilan artnsh va yuvish, cho‘miltirish va junini qirqish uni parvarish
kil ish da   asos i y   rol   o‘ynaydi.   Terini   p arvarish   qilishdan   asosiy   ma q sad   uni
iflosliklardan   tozalash   va   mexanik   yo‘l   bilan   teridagi   asab   retseptorlarini
qo‘zg‘atishdir.
Terini   tozalashda   undagi   iflosliklar,   epid e rmislari,   tushgan   jun,
mikroorganizmlar   va   parazigglardan   holi   bo‘ladi.   Tozalangan   terida   ter   va
yog‘   bezlarining   ko‘zi   ochiladi,   asab   retseptorlari   qo‘zg‘aladi   va
organizmning u m umiy tarangligi ortadi. Doimiy tozalash va mas s aj harakati
tufayli   qo n   aylanishi   yaxshilanib,   teri   va   junning   oziqlanishya   yaxshila n adi,
oshlangan   terining   tovarlik   xususiyati   yu q ori   bo‘ladi.   V.L.   Xoritonova   o‘z
tajriba si da   sigirlarni   pnevmatik   chang   surg‘ich lar   bilan   tozalash   natijasida sigirlar  sut mahsuldorligini 8  -  12  %  ga ,  sutning yog‘liligini 0,10  -  0,22  %  ga
ko‘paytir i shga   erishgan.   Cho‘chqalarda   esa   kunlik   tirik   vazni   esa     27   %   ga
oshib, 1 kg o‘sishiga oz i qa 25,5 % ga kam sarflanishi ni  aniqlangan. 
Ot   va   q oramollarni   doimo   tozalab   turish   maqsadga   muvofiqdir.
Q o‘ylarning terisi tozalanmaydi, ammo juniniig ifloslanmasligi uchun chang
erlarda   haydalmaydi,   quruq   qo‘yxonalarda   saqlanadi   va   oziqalar   q o‘ylar
tashqarida   yurganda   oxurlarga   solinadi.   Hayvonlarni   tozalashda   ot   qilidan
tayyorlangan   qattiq   qashlagich lar,   poxol   tutamlar   va   boshqa   materiallar
ishlatiladi.   O‘tmas   tishli   metall   tozalagichlardan   ham   tozalashda
foydalaniladi.   Tozalash   vaqtida   havoga   ko‘p   mi qdo rda   chang   va
mikroorganizmlar   ko‘tariladi.   Shuning   uchun   bu   ishlar   molxona dan
tashqarida   bajariladi.   Q ish   paytlari   harorat   - 15°C   dan   past   bo‘lsa,
yog‘ingarchilik   vaqtlarida   bino   ichida   tozalash   mumkin.   Sigirlar   sog‘ish dan
kamida bir soat oldin tozalanishi kerak.
Otlar  chap  tomonidan boshdan boshlab, keyin bo‘yin, oldingi oyoqlar,
tana,   sag‘ri   va   keyingi   oyoqlar   navbati   bilan   tozalanadi.   O‘ng   tomoni   ham
xuddi   Shunday   tozala n adi.   Metall   qashlagich   to‘lib   qolsa,   hayvonlardan
o‘zoqroqda   qoqib   yig‘iladi.   Keyin   teri   us ti dagi   mayda   chang   va   teri   jun lar i
h o‘l l angan latta bilan artilib, tez-tez suvga botirilib siqib turiladi. Oxirida teri
yaxshi   yuvilib   si q ilgan   latta   bilan   artiladi.   Bu   ish   teri   junlarini   tekislab
yaltiraguncha   davom   ettirilishi   kerak.   Otlarning   yo li,   dumi,   peshonasidagi
gajagi   qashlagich   bilan   tozalanib,   yaxshilab   tarab   qo‘yiladi.   Dumini
tozalashda   avvalo   qotib   qolgan   iflosliklar   to zalanadi,   key i n   chigallar i
ajratilad i , so‘ng dumin i  tagidan uchiga qarab   qashlagich  bilan tozalanib,  h o‘l
latta bilan artiladi.
Hayv o nlar n i   ho‘l   latta   bilan   artish,   yuvish   va   cho‘miltirish   -   b unda
avvalo   teridagi   har   xil   iflosliklar   mexanik   yo‘l   bilan   tozalanadi .   Junga
o‘tirgan   ter   va   mineral   tuzlar   eriydi   hamda   teri   retseptorlarini   qo‘zg‘atib butun organizmga ta’sir etadi. Ishlatiladigan suvning harorati teri haroratidan
past   bo‘lsa   teridagi   qon   tomirlari   vaqti n chalik   qis q aradi,   torayadi   va   tana
harorati o sh gandan keyin  q on tomirlari kengayadi.
Sovu q   suv   kunning   issi q   paytlarida   organizmni   tetiklantiradi,   teri
or q ali   i s siqlikning   ajralishini   kuchaytiradi .   H ayvonlarni   yuvish   va
cho‘miltir i sh   natijasida   issiqlik   ajralish,   gaz   almashish   va   modda   almashish
ko‘payib,   kislorod   hazm   qilish   o sh adi   va   ishtaxa   yaxshilanadi.   Hayvonlarni
doimo   cho‘miltirish   haroratni   o‘zgarib   turishiga   moslash i sh   va   organizmni
chiniqtirish  hamda   shamollash  kasalliklariga   nisbatan   chidamliligi  oshishiga
sabab bo‘ladi.
Hayvonlarni  cho‘miltirishda  suvning  harorati  +30°S atrofida  bo‘l i shi
kerak.   Harorat   past   bo‘lganda,   elvizak   va   nam   havoli   molxona larda
hayvonlarni   yuvish   qat’iyan   ma ’ n   qilinadi.   Cho‘miltirilgandan   so‘ng   terini
yaxsh i lab artib  q ur it iladi va tagiga quruq to‘shama  s olinadi.
Hayvo n larni   cho‘miltirishda   N.M.Kamorovning   ko‘chma
avto mashinasi   (DUK),   dez infeksiyalovchi   ko‘chma   jihozlardan   ADA,   LSD-
2, LSD-3, ODN lardan ham foydalanish mumkin,
Yoz   paytlarida   hayvonlarni   cho‘mil t irish   juda   ham   zarur.   Chunki
sovuq   suv   organizmning   umumiy   tonusi   va   organizmning   i sh   faoliyatini
oshiradi.   Hayvonlar   cho‘miltiriladigan   suvning   harorati   +18 0
- 20°C   dan   past
bo‘lmasl i gi va cho‘mil ti rish mud dati  10  -  15 daqiqa davom etishi kerak. Issiq
va q tlarida   iloji   boricha   ertalab   va   kechqurun   cho‘miltirish   ma’qul.
Cho‘miltiriladigan   joylarning   tagi   qattiq   yoki   qumoq   bo‘lishi   zarur .   Suv
havzasi tiniq va o q adigan bo‘lsi shi kerak .
Hayvonlar   juni   qirkilgach,   terini   parvarish   q ilish   osonlashadi .
Hayvonlar junini qirqishda elektr   mashinalar ishlatiladi. O t larning dumi,  yo li
va   gajagi   yiliga   bir   marta   kuzda   qirqiladi.   Yollari   bo‘ynining   2/3   qismini
yopadigan   va   gajaklarini   esa   ko‘zni   yopmaydigan   qilib   qirqiladi.   Toylarni yaylovlarda yurgan paytlarida yoli va dumini kesish mumkin emas. Yu q umli
kasallik bilan kasallangan otlarning dumi va yoli qirqilmaydi.
Elinni   parvarish   qilish   –   sut   bezi   qalin   asab   uchlari,   qon   tomirlar,
ko‘plab   sut   alveolalari   va   sut   yo‘llaridan   tashkil   topib   bir   -   biri   bilan
bog‘lanib   umumiy   sut   sisternasini   hosil   qiladi.   Elinni   parvarish   qilishning
asosiy   maqsadi   uning   jarohatlanishining   oldini   olish   hisoblanadi.   Buning
uchun birinchi navbatda sut sog‘uvchining qo‘li toza bo‘lishi zarur. Sigirlarni
qo‘l bilan sog‘ishda sigir elini +40 0
-45 0
C li iliq suv yordamida rezina shlang
orqali tozalab yuviladi va toza sochiq bilan quruq qilib artiladi. Elinni yuvish
vaqtida   sigir   dumi   maxsus   qisqich   yordamida   dum   asosiga   qistirib
mahkamlanadi.   Sigir   elinini   yuvishdan   oldin   sut   sog‘uvchining   tirnoqlari
kalta   qilib   olinib,   qo‘l   sovunlab   yuviladi   hamda   quruq   qilib   artiladi.   Sut
sog‘uvchilar   sog‘ishdan   oldin   maxsus   xalat   kiyishi   va   boshiga   ro‘mol
o‘rashlari kerak. Sutning birinchi tomchilari iflos bo‘lganligi sababli alohida
idishga   sog‘ib   olinadi.   Sigirlarni   qo‘l   bilan   sog‘ishda   massajdan
foydalaniladi. Massaj tayyorlovchi va yakuniy turlarga bo‘linadi.   Massaj sut
bezlarining   yaxshi   rivojlanishi,   sutni   to‘liq   sog‘ilishi   va   elin   kasalliklarini
oldini   olishga   yordam   beradi.   Sog‘ishdan   oldin   har   bir   elin   bo‘lagi   asta-
sekinlik bilan silab-siypalab yuqoridan pastga qarab qisiladi. Shundan so‘ng
har   bir   elin   bo‘lagi   aylanma   harakat   usulida   engil   massaj   qilinadi.   Elin
surg‘ichlari   kaft   yordamida   qisiladi   ammo   sog‘ilmaydi.   Keyin   sog‘ish
tugagandan so‘ng yakuniy massaj utkaziladi.
Oyoq   va   tuyoqlarni   parvarish   kilish   -   h ayvonlarning   oyoq   va
tuyoqlari ko‘pincha mexanik lat eyish, har xil iflosliklar, ho‘llanishi va sovib
ketishi   tufayli   kaeallanadi.   Otlarning   tu yo qlari   vaqtida   parvarish   qilinmasa,
iflos joylarda, notekis va qattiq yo‘llarda ishlatilsa ko‘pincha bo‘ g‘ in,  p aylari
surunkali yallig‘lanishi mumkin. Otlarda oyo q   kasalliklari bo‘lmasligi uchun ularda n   ishlatilayotganda
to‘g‘ri   foydalanish,   bunda   tuyoqlarini   doimo   tozalab   yuvib   va   quritib   turish
zarur.   Otlarning   oyoqlari   pastdan   yuqoriga   qarab   massaj   qil i nadi.   Massaj
oyoqlarda   q on   aylanishini   tezda   tiklaydi,   re v matik   kasalliklar   va   shishlar ni
hosil   bo‘lishidan   sa q laydi.   Miniladigan   va   chopiladigan   otlarning   oyoqlari
shishmasligi   uchun   bint   bilan   o‘raladi .   Uzoq   va   temir   yo‘l   vagonlariga
ortilganda yoki uzoq vaqt bir joyda turib qolganda ham bint bilan o‘raladi.
Har kuni otlarni ishdan keyin tuyoklari yorilmaganligi, sinmaganligi,
biron   bir   narsa   sanchilmaganligi,   taqasi   tushmaganligi   va   boshqalar   ko‘rib
chiqiladi.   Otlarning   tuyog‘i   yog‘och   pichoq   bilan   tozalanib,   iliq   suv   bilan
yuviladi   va   quriq   qilib   artiladi.   Bunday   paytlarda   tuyoqlarga   qora   moy,
kerosin va boshqa surtmalar surtilmaydi, agar bular surtilsa tuyoq shoxi mo‘rt
va sinadigan bo‘lib qoladi.
Ishchi   va   miniladigan   otlarning   tuyog‘iga   taqa   qoqish   juda   katta
ahamiyatga egadir. Taqa otlar tez yurganlarida tuyoqlarini eyilishdan saqlab,
ishchanligini   orttiradi.   Otlarning   taqasi   har   1,5   -   2   oyda   almashtiriladi.
Taqaning butunlay eyilib ketishini kutmaslik kerak.
Qoramol, qo‘y va cho‘chqalarning tuyoqlari doimo tozalanib, o‘sgani
kesib  turiladi.  Hayvonlar  bir  joyda  uzoq  tursa,  tashqariga  ko‘p  chiqarilmasa
va vaqtida tozalanib borilmasa tuyoklar juda ham o‘sib ketadi. 
Bunday   vaqtlarda   hayvonlarning   butun   og‘irligi   tuyoqlarining
yumshoq   tovoniga   tushadi.   Hayvonlarning   yurishi   qiyinlashadi,   to‘qishadi,
toyadi   va   yiqiladi.   Natijada   paylari   cho‘ziladi,   cho‘loq   bo‘ladi,     oqsaydi   va
bo‘g‘oz   mollar   bola   tashlaydi.   Ko‘pincha   o‘sib   ketgan   tuyoqlar   sinadi,
yoriladi va chuqur yoriqlar hosil bo‘ladi.
Tuyoq   va   oyoq   kasalliklarini   oldini   olish   uchun   xo‘jaliklarda   maxsus
chuqurligi 10 - 12 sm, uzunligi 4 - 6 m bo‘lgan betonli vanna qurilib, 10 % li mis kuporosi va 5 % li formalin eritmasi bilan to‘ldiriladi.  Hayvonlar kuniga
1 - 2 marta 3 - 4 kun davomida o‘tkaziladi. 
Tuyoq   shox   qatlamini   mustahkamlashda   ayniqsa   panjarasimon
pollarda saqlanadigan hayvonlar 10% li kaliy permanganat eritmasi solingan
vannadan o‘tkazilib turilsa maqsadga muvofiq bo‘ladi.
SHoxni   parvarish   qilish   -   Qoramollarning   shoxlarini   parvarish
qilishning   asosiy   maqsadi   jarohatlanishlarning   oldini   olishdir.   V.A.Alikaev
o‘z   ma’lumotlarida   shox   ta’sirida   8,5   %   shikastlanishlar   kelib   chiqishini
keltirgan.   Agar   hayvonlar   bog‘lamay   boqiladigan   bo‘lsa   ularni   60-70
kunligida   shoxsizlantirish   mumkin.   Katta   yoshdagi   hayvonlarda
shoxsizlantirishni o‘tkazish ancha og‘riqli bo‘lgani uchun tavsiya etilmaydi. 
Hayvonlarni   yayratish   ya’ni   motsion   -   hayvonlar   yopiq
molxonalarda   saqlanganda   tashqi   toza   havoda   yayratib   turilmasa,   ularga   bu
salbiy ta’sir qiladi. Hayvonlar uzoq vaqt bir xil sharoitda saqlanganda havoda
har   xil   gazlar   ko‘p   bo‘ladi.   Buning   ustiga   quyosh   nuri   etishmasligi,   kam
harakat   qilish   va   boshqa   kamchiliklar   ularga   salbiy   ta’sir   ko‘rsatadi.
Hayvonlar   yayratilmasa   bo‘shashadi,   organizm   chidamliligi,   gaz   almashish
va   modda   almashishi   pasayadi,   natijada   ishtahasi   pasayadi,   mahsuldorligi
kamayadi. 
Yayratish   or g anizmni   chiniqtiradi   va   atrof-muh i tga   moslashtiradi.
Q uyosh   nuri   qon   ishlab   chiqarish   funksiyas ini   me’yor lashtiradi,   kalsiy   va
fosfor elementl a rining yaxshi hazm bo‘lishi va raxit   hamda   osteomalyas i ya-
suyak   kasalliklarining   oldini   olishga   yordam   beradi.   Yayratish   erkak
h ayvonlarniig   jinsiy   faoliyatini   oshiradi.   Bo‘g‘oz   hayvonlarn i   sayr   qildirish
tug‘ishni   osonlashtirad i ,   tug‘ishdan   keyingi   kasalliklarning   oldini   oladi   va
tug‘ilgan   bolalarining   hayotchanligi   yuqori   bo‘ladi.   Yayratish   yirik
Chorvachilik   fermalar i da   juda   ham   zarur,   chunki   u   erlarda   hayvonlar   yil
davo mi da yoki uzoq vaqt davomida molxonalarda saqlanadi.  Molxonalar   yaqinida   yayratish   uchun   ancha   kengroq   hovli   ajratilib,
atrofi   devor   bilan   o‘raladi.   Unda   haydash   yo‘llari,   yayratish   maydonlari,
shamoldan   saqlash   uchun   to‘siqlar   qilinadi.   Qo‘yxonalar   yonida   o‘ralgan
bostirma   qurilib,   qo‘ylar   kunduzi   o‘sha   erda   turadi,   sug‘oriladi   va
oziklantiriladi.   Y a yratish   maydonlari   yoki   haydash   yo‘llari   tekis   qilinib,
go‘ng   va   qordan   tozalab   turiladi.   Emadigan   cho‘chqa   bolalari   va   jo‘jalar
uchun   cho‘chkaxona   va   parrandaxonaning   janubiy   tomonidan   yayratish
maydonlari   qurilib   qo‘noqlar   qilinadi,   cho‘chqalar   uchun   esa   tagiga   poxol
to‘shaladi.
Iloji   boricha   yayratish   maydonlari   ko‘kalamlashtiriladi,   yomg‘ir,   qor
va   yozgi   issiq   davrida   quyoshdan   saqlash   uchun   ayvon   qilinadi.   Y a yratish
maydonlarida   qurilgan   ayvonlarning   kengligi   kamida   10   -   12   m   bo‘lishi
kerak. 
Hayvonlarni   yayratish   vaqti   ularning   yoshi,   fiziologik   holati   va   obi-
havo   sharoitiga   bog‘liq   bo‘ladi.   O‘rtacha   yayratish   vaqti   katta   yoshdagi
hayvonlar   uchun   3   -   4   soat   bo‘lishi   mumkin.   Qish   paytlarida   yayratish
kunduzi, yozda esa ertalab tongda va kechqurun qorong‘i bo‘lishdan oldinroq
o‘tkaziladi. Yosh hayvonlar 10 kunligidan yayratishga asta-sekin o‘rgatiladi.
Avvalo  binolarda,  keyin  havo  yaxshi  paytlarida  toza  havoda  10  -  14  daqiqa
davomida   o‘tkaziladi.   Keyingi   kunlari   asta-sekin   vaqti   uzaytirib   borib,
buzoqlarni   bir   oyligida   va   qo‘zilarni   20   kunligida   1   -   2   soatga   etkaziladi.
Y o sh mollarning zax erlarga va qorga yotib qolmasligini kuzatib turish zarur.
6   oydan   katta   buzoqlar,   onasidan   ajratilgan   cho‘chqa   bolalari   va   qo‘zilar
uchun yayratish vaqti katta mollarga belgilangandek bo‘ladi.
Hayvonlar   yayratilganda   bir   joyda   turib   qolmasliklari,   asta-sekin
yurishlari zarur. Sigirlar va buzoqlar uchun 1,5- 2 km, cho‘chqalar uchun 0,5-
1   km   uzoqlikda   yo‘laklar   qilinadi.   Yo‘laklar   q ordan,   go‘ngdan   va   boshka
iflosliklardan tozalanadi, muz lagan  bo‘lsa kul yoki  qu m sepiladi. Bug‘oz   sigirlar,   ona   cho‘chqalar,   biyalar   bo‘g‘ozlikning   oxirgi
haftalarida yayratishga chiqarilganda har xil shikastlanishlardan juda ehtiyot
bo‘lish   zarur.   Qalin   qor   va   muzlagan   paytlarda   bo‘g‘oz   mollar   yayratishga
chiqarilmaydi   yoki   qisir   mollar   bilan   qo‘shilmaydi.   Bug‘oz   biyalar   etaklab
yayratiladi.   Bundan   tashqari   kamkuvvat,   kasal,   harorati   baland   mollar,
bo‘rdoqi   hayvonlar   va   katakda   saqanadigan   tuxum   qiladigan   tovuqlar
yayratishga chiqarilmaydi. Adabiyotlar:
1. Suvonqulov Y.A. «Qishloq xo‘jalik hayvonlari gigienasi» Toshkent, 1994
Qo‘shimcha adabiyotlar:
1. Kuznetsov   A.F. ,   Demchuk   M.V.   -   « Gigiena   selskoxozyaystvenn ы x
jivotn ы x» Moskva, 1991
2. Medvedskiy V.I. «Soderjanie, kormlenie i uxod za jivotn ы mi».  Minsk, 2007
3. Kochish I.I., Kalujnыy N.S., Volchkova L.A., Nesterov V.V. «Zoogigiena»,
Moskva, 2008

HAYVONLARNI TASHISH VA PARVARISH QILISH GIGI Y ENASI. Reja: 1. Hayvonlarni temir va suv yo‘llari bilan tashish gigienasi. 2. Hayvonlarni avtomobil va havo yo‘llari bilan tashish gigienasi. 3. Hayvonlarni tosh va tuproq yo‘llar bilan haydash qoidalari 4. Teri va elinni parvarish qilishning gigienik ahamiyati. 5. Tuyoq va shoxlarni parvarish qilish igienasi. 6. Motsion turlari va uning ahamiyati

Har yili chorva mollarini bir joydan ikkinchi joyga tashish va haydashga to‘g‘ri keladi. Hayvonlarni va ulardan olinadigan mahsulotlarni tashishda doimiy va ishonchli davlat veterinariya-sanitariya nazorati mavjud. Uning veterinariya xizmati har bir transport vazir ligi huzurida tashkil etilgan (temir yo‘l, suv yo‘l i, avtomashina, aeroflot va boshqalar). Shunday q il i b, har xil turdagi transport vosita lar i dan foydala n ilganda asosiy veterinariya-sanitariya nazoratini transport vositalariga ortilgan hayvonlarga (qoramol, cho‘chqa, ot, tuya, q o‘y, q uyon, parranda, bali q va boshkalar), sut - go‘sht mahsulotlari, tu xum va bo sh qa mahsulotlarga qaratish kerak. Hayvonlarni, ayniqsa buzoqlarni transport vosita lar i da tashish davrida tirik vaznini saqlash va har xil stresslardan saqlash borasida dori moddalari ya’ni am inazin, antibiotiklar, A, B, C, D v i taminlari aralashtirilgan glyuko z a va bo sh qa moddalar tinchlantiri sh ma q sad i da beriladi. H ayvonlarni tashishda maxsus davlat veterinariya idoralaridan ruxsatnoma olinishi lozim bo‘ladi. Hayvonlarni tashish va haydashni uyushqoqli k bilan tashkil etish , yo‘lda sog‘lig‘ini saqlash, suti va mahsuldorligi kamaymasligi hamda yo‘lda har xil jarohatlar olmasligini nazarda tutish lozim. Hayvonlarni tashish va haydash dan bir oy oldin hamma hayvonlar klinik tek sh iriladi, zaruriy diagnostik t e kshirish va veterinariya-sanitariya tadbir lari o‘tkaziladi. Temir yo‘l yoki bo sh qa transport vosita lar i da uzoq vaqt tashishga to‘g‘ri kelsa o z i q lantirish va sug‘orish reji m iga q at’iy rioya qilinadi. Tash i sh tezligi juda katta ahamiyatga ega. Vagon, avtomashina va s uv yo‘llarida u z oq vaqt ta sh ilganda , tashish yaxshi uyu shtirilmagan bo‘lsa yoki uzoq yo‘llarga tashil ganda h ayvonlar orasi da yopiq jarohatlar bo‘ladi va mahsuldorligi pas ayadi. Shu ning uchun hayvonlarni ta sh ish va haydashdan oldin trans p ort vosita lar i va h aydaladigan yo‘llar diqqat bilan ko‘rib ch i qiladi, max s us kishilar kuzatish uchun b e rkitiladi.

Davlat veterinariya xizmati vakil i tomonidan kuzatuvchi k ishi q o‘liga h amma hayvonlar uchun veterinariya guvoxnomasi b e riladi, q aysik i unda q aerdan q aerga boradi, bosh soni va turi, xo‘jal ikni yuqumli kasallikdan holi ekanligi, veterinariya emlash tadbirlar i qilingan vaqti ko‘rsatiladi. Junatuvchi yo‘l davomida hayvonlarni oziqa bilan ta’minlashi zarur. Masalan: Qoramolga 1 sentner tirik vazniga – dag‘al oziqa - 4,5 kg, qo‘y- echkiga - 5-5,1 kg; cho‘chqaga - 2,5 kg omuxta em; parrandaga - 8 kg. To‘shama bir bosh otga - 2 kg, qoramolga - 2-3 kg to‘shaladi. Jo‘natishdan oldin 3-4 soat dam beriladi. So‘ngra veterinariya mutaxassislari hayvonlarni haroratini o‘lchab chiqadi. Cho‘chqa va qo‘ylarda tanlab o‘lchanadi. Agar uzoq joylarga junatiladigan bo‘lsa ularni jo‘natishga 7-10 kun qolganda yo‘l oziqlanishi va sug‘orish rejimiga o‘rgatila boshlanadi. Yo‘lda hayvonlar 2 marta sug‘oriladi. Hayvonlar jo‘natishdan oldin yoshiga, mahsuldorligiga, semizligiga, tirik massasiga qarab guruhlarga bo‘linadi. Bundan tashqari transport vositalari tayyorlanadi. Yuklash uchun javobgar kishilar zoovetmutaxassislar hisoblanadi va ular yuklash joylarini tayyorlaydi. Vagonlar, avtomashina kuzovlari yaxshilab tekshiriladi, ta’mirlanadi, yuvilib dezinfeksiya qilinadi. Hayvonlarni kuzatib borish uchun (provodnik) odamlar tayyorlanib koramollar uchun 2 ta vagonga 1 kishi, cho‘chqa va qo‘y uchun 1 ta vagonga 1 kishi va 2-3 ta avtomashinaga 1 kishi tayinlanadi. Suv yo‘li bilan tashilganda har 20 ta qoramolga, 30 ta cho‘chqaga va 60 qo‘yga bir kishi tayinlanadi. Ko‘rgazma va otchopar ga jo‘nat i lgan, bosh q a xo‘jaliklardan kelt ir ilgan hayvonlar transport vosita lar i dan tushirilga n dan ke y in bir oy mobay n ida alohida karantinda saqlanadi. Bu vaqt d avom i da h ayvonlar veterinariya m utaxassislari na z orat i da bo‘l ib , zaruriy tekshirishlar o‘tkaziladi, agar zaruriyat tug‘ilsa kerakli ishlovlar qilinadi. Bir oyl ik profilaktik

karantindan ke yin hayvonlar orasida h ech kanday kasallik belgisi aniklanmasa asosiy ha y vonlar guruhi ga k|o‘shiladi. Hayvonlarni tashish yok i ha y da sh da kuzatuv ch i kishilar veterinariya dori darmon qutisi v a bir inchi yordam berish materiallari bilan ta’mi n la n adi. H ar bir vagon uchun bitta kuzatuvchi bo‘ladi. Vagonlarga uch kunlik ozika eht i yo j i ortilad i. Hayvonlarni temir yo‘lda tashish - hayvonlar maxsus vagonlarda yoki yuk vagonlarida tashilishi mumkin. Vagonlarning hamma eshiklari panjaralar bilan berkitiladi, oziqa saqlash va bog‘lash xalqalari, chiroq - fonarlar tayyorlanadi. Barcha zaruriy asbob anjomlar ya’ni chelak, kurak va boshqalar bilan jo‘natadigan xujalik ta’minlaydi. Hayvonlar vagonda uzunasi yoki ko‘ndalangiga joylashtiriladi. Ko‘ndalang joylashtirishda uzunasiga joylashtirishga qaraganda 20% ko‘proq mol sig‘adi. Naslli va qimmatbaho hayvonlar ortilgan har bir vagonga 1 ta kuzatuvchi qo‘yiladi. Ularning vazifasiga mollarni joylashtirish, bog‘lash, eshik panjaralarini mahkamlash va asbob-anjomlardan to‘g‘ri foydalanish kiradi. Kuzatuvchilar vaqtida hayvonlarni oziqlantiradi, sug‘oradi, tozalaydi va begona odamlarni vagonga kiritmaydi. Har bir vagonga har xil turdagi hayvonlarni ortish me’yori mavjud. Vagonga katga yoshdagi qoramoldan 16 - 24 bosh, bir yoshdan katta bo‘lgan buzoqlarni 24 - 28 bosh va yosh buzoqlardan 36 - 50 bosh ortiladi. Qo‘y- echkilar 30 - 110, cho‘chqalar og‘irligi 80 kg gacha bo‘lsa 50 - 60, 80 - 100 kg bo‘lsa 44 - 50 bosh, 100 - 150 kg bo‘lsa 32 - 44 va 150 kg dan ortiq bo‘lsa 20 - 32 bosh ortiladi. Otlar 14 boshdan ortiq ortilmaydi. Quyon va parrandalar kataklarga joylashtirilib, vagonga 850 - 1050 ta tovuq, 250 ta g‘oz, 400 - 450 ta o‘rdak, 500 ta kurka, 500 quyon, 100 ta tulki, 200 ta norka va qunduz, 150 ta suv kalamushi ortiladi.

Qoramol, qo‘y va cho‘chqalar tashiladigan vagon eshiklariga panjara osiladi. Quyon, mo‘ynali hayvon va parrandalar maxsus kataklarga joylashtirilib ortiladi. Havo issiq paytlarida hayvonlar vagonlarga ortilsa eshiklari va darchalari orqali shamollatib turiladi. Harakat vaqtida bir tomo n i, to‘xtab turganda esa ikki to mo ni ham ochiladi. Cho‘chkalar ortilgai vagonlar shamollat i b turish bilan chekla n may, vaqt-vaqti bilan tagiga suv sepib turiladi. T e mir yo‘l q oidasiga asosa n q ish paytlari havo xarorati - 25 0 S da n past bo‘lsa cho‘chkalar vagondan tushir il maydi, yozda esa harorat +25°S dan yuqori bo‘lganda 100 kg dan og‘ir bo‘lgan cho‘chqalar vagonga ortilmaydi. Vagonlarning tozaligi va quruqligiga e’tibor berish kerak. Kuzatuvchilar kuniga hayvonlarni tagini tozalaydi va axlatlar vagonning bir burchagiga yi g‘ i b q o‘yilib, keyin temir yo‘l tomonidan maxsus ajratilgan erga tushiriladi. Poezd h arakati vaqtida go‘ng sochilib tushmasligi uchun eshikii ostona s iga bitta to‘sin taxtani urib qo‘yi sh kerak. Hayvonlar kuniga 3 marta oziqlantiriladi . Q ishda 1 - 2, yozda 2 - 3 marta sug‘oriladi. Yo‘lda ketayotganda favqulodda hayvonlarda kasal lik uchrasa yo ki o‘lib q olsa bosh konduktorga tezda xabar qilinadi . K ey in radio yoki telegraf orqali temir yo‘l veterinariya nazoratiga xabar q ilinadi. Hayvonlarni tashishda veterinariya nizomi ko‘rsatmasiga asosa n hamma zoovete rinariya q onun- qo idalariga kat ’iy amal qil i nadi. Hayvonlarni avtomashinalarda tashish - hayvonlarni tashishda maxsus jihozlangan va boshqa turdagi yuk avtomashinalaridan foydalanish mumkin. Avtomashinalarni bortlari 100 - 110 sm gacha baland kilinadi, to‘siqlar qilinib, ustiga soyabon tortiladi. Avtomashinalar bilan hayvonlarni 400-500 km bo‘lgan masofalargacha tashish mumkin. Bunda maxsus hayvonlarni tashiydigan yoki oddiy jihozlangan avtomashinalar ishlatiladi. Hayvonlarni maxsus mashinalarda tashish iqtisodiy tomondan ancha foydali.