Hindiston
Mavzu: Hindiston Reja: 1. Geografik o’rni 2. Davlat boshqaruv shakli 3. Tabiiy sharoiti va resurslari 4. Aholisi 5. Mehnat resurslari va ish bilan bandligi 6. Iqtisodiyoti 7. Sanoati 8. Qishloq xo’jaligi 9. Transporti 10. Turizm 11. Tashqi iqtisodiy aloqalari (eksport va import) 12. Ichki tofavutlari (muammolari)
1. Geografik o’rni . Hindiston Respublikasi Janubiy Osiyodagi eng yirik davlat, jahon mamlakatlari orasida maydoni bo‘yicha 7-o’rinda, aholi soni bo‘yicha esa 2-o‘rinda turadi (2018-y.). Hududi, asosan, Hindiston yarimorolida joylashgan bo‘lib, shimol-dan janubga 3214 km, g‘arbdan sharqqa 2933 km masofaga cho‘zilgan. Shimolda Himolay tog lari, g’arbda Arabiston dengizi, sharqda Bengaliya qo ltigi bilan ʻ ʻ o ralgan. Hindiston tarkibiga Arabiston dengizidagi Lakkadiv va Amindiv orollari, ʻ Bengaliya qo ltig idagi Andaman va Nikobar orollari ham kiradi. Hindiston ʻ ʻ Yevropa va Osiyo mamlakatlarini bog‘laydigan serqatnov dengiz yo‘llari bo‘yida joylashganligi iqtisodiy geografik o‘rnining qulayligini belgilaydi. 2. Davlat boshqaruv shakli Hindiston boshqaruv shakli jihatidan parlamentar respublikadir. Siyosiy-hududiy tuzilishiga ko‘ra, Hindiston federativ davlat hisoblanadi. Uning tarkibida 29 ta shtat va 7 ta ittifoqdosh hududlari mavjud. Federatsiya birliklari, asosan, etnik tamoyil bo‘yicha ajratilgan. . Davlat boshlig’i - prezident. U parlamentning ikki palatasi va shtatlarining qonun chiqaruvchi organlari a zolaridan iborat saylovchilar hay ati tomonidan 5 yil muddatga saylanadi. Qonun ʼ ʼ chiqaruvchi hokimiyatni prezident ikki palata - Shtatlar kengashi (Raja sabxa) hamda Xalq palatasi (Log sabxa)dan iborat parlament, ijroiya hokimiyatni prezident va bosh vazir boshchiligidagi hukumat amalga oshiradi. 3. Tabiiy sharoiti va resurslari. Hindiston tabiiy sharoiti xilma-xil, tabiiy resurslariga ancha boy. Uning hududida sayyoramizdagi eng baland tog‘lar, qalin o‘rmonlar, savannalar bilan qoplangan parchalangan yassi tog‘liklar, bepoyon qumli cho‘llarni uchratish mumkin. (67- rasm). Uning yerosti qazilma boyliklari ham xilma-xil. Temir, marganes, xrom, titan, uran, toriy rudalari, ko‘mir, olmos, turli qimmatbaho toshlar zaxiralari ancha kattadir. Hindistonning turli hududlari hamda dengiz sayozliklaridan neft topilgan.
Mamlakatning shimol tomondan baland Himolay tog‘lari bilan o‘ralganligi iqlimiy sharoitiga katta ta‘sir ko‘rsatadi. Hindiston hududida qish fasli deyarli kuzatilmaydi (Himolay tog‘laridan tashqari). Shu sababdan Hindiston dehqonlari yiliga 2–3 marta hosil yig‘ishlari mumkin. Yog‘ingarchilik mavsumiy xarakterga ega bo‘lib, asosan, iyun–oktabr oylarida ko‘p yog‘adi. Hindiston hududida sersuv daryolar ko‘p. Ulardan eng yiriklari Himolay tog‘laridan boshlanib, Bengaliya qo‘ltig‘iga quyiladigan Gang va Braxmaputra daryolari. Shu bilan birga Godavari, Maxanadi, Kaveri, Krishna, Narmada va Tapti ham yirik daryolar hisoblanadi. Hindiston qirg oqlari kam parchalangan, past, ʻ qumli. Asosan, Hindiston yarim oroli va Hind-gang tekisligida joylashgan. Himolay va Qoraqurum tog larining bir qismini o z ichiga oladi. Hindiston ʻ ʻ hududining 3/4 qismi tekislik va yassitog lik. Hindiston yarim orolining deyarli ʻ hammasini Dekan yassitog ligi egallagan (sharqga tomon 900 m dan 300 m gacha ʻ pasayib boradi). Hindiston yarim oroli shimolida allyuvial Hindgang tekisligi joylashgan. Yer sharidagi eng baland tog tizmasi — Himolay va Qoraqurum ʻ tog lari Hindistonni shimoldan to sib turadi. ʻ ʻ Hindistonda foydali qazilmalardan toshko mir, temir rudasi, titan, oltin, tabiiy gaz, ʻ marganes, xromit, boksit, olmos, qimmatbaho toshlar, mis, neft, slyuda,
qo rg oshin konlari bor. Iqlimi, asosan, tropik iqlim, shimolda tropik mussonli ʻ ʻ iqlim. Iyun-oktabr oylarida issiq va nam, noyabr-fevral oylarida quruq, salqin, mart-mayda juda issiq va quruq iqlim. Nam mavsumda yillik yog inning 70-90% ʻ yog adi. Yillik yog in G arbiy Gat va Himolay tog larining shamolga ro para ʻ ʻ ʻ ʻ ʻ yonbag irlarida 5000-6000 mm, Shillong platosida 12000 mm (Yer yuzidagi eng ʻ seryog in joy), Hindgang tekisligida 100 mm, Hindiston yarim orolining markaziy ʻ qismida 300-500 mm. Yanvarning o rtacha harorati tekisliklarda 15°C (shim. da), ʻ 27°C (jan. da), may oyiniki hamma joyda 28-35°C, ayrim vaqtlarda 48°C. Tog larda o rtacha harorat yanvarda 8°C, iyulda 18-23°C. Tuproqlari Hindiston ʻ ʻ hududining aksari qismida qizil, Dekan yassitog ligida qora, Hindgang tekisligi va ʻ dengiz bo yi pasttekisliklarida jigarrang tuproq. Himolay tog lari yon bag rida ʻ ʻ ʻ tog -jigar rang, sariq, tog qo ng ir-o rmon. podzol, tog -o tloqi tuproqlar pastdan ʻ ʻ ʻ ʻ ʻ ʻ ʻ yuqoriga almashinib boradi. O simliklardan akatsiya, bambuk, kokos va xurmo ʻ palmasi keng tarqalgan. Mamlakatning 25% o rmon. Himolay tog larinish quyi ʻ ʻ yon bag irlarida terak, yuqorida tik, sandal, himolay kedri, qoraqarag’ay, ʻ oqqarag ay o sadi. G arbiy Gat tog lari yonbag ri, Gang va Braxmaputra deltalari, ʻ ʻ ʻ ʻ ʻ Sharqiy Himolay tog oldi doim yashil o rmonlardan iborat. Hindistonda ʻ ʻ o simliklarming 21 ming turi tarqalgan. Unda yer yuzida mavjud bo lgan barcha ʻ ʻ o simlikning yarmidan ko pini uchratish mumkin. ʻ ʻ Hayvonot dunyosi xilma-xil. Sut emizuvchi hayvonlarning 350 turi, qushlarning 1600 dan ziyod turi bor. Hindiston hududida fil, maymun, karkidon, sher, qoplon, yo lbars, va b. hayvonlar yashaydi, ilonlarning deyarli barcha turi mavjud. ʻ Mamlakatda 75 ta milliy bog va 420 dam ortiq qo riqxona mavjud. Yirik milliy ʻ ʻ bog lari: kaziranga, Manas, Dachigan, Dadva, “Gullar vodiysi” (UttarPradesh), ʻ Sariska va b. 4. Aholisi. Hindiston aholi soni 1.4 mlrd kishidan ortiq, jahon aholisini 17.2% ni tashkil qilib, jahonda Xitoydan keyingi ikkinchi o‘rinni egallaydi. Lekin Hindiston aholisining tabiiy o‘sish sur’atlari Xitoyga nisbatan ancha yuqoriligi hisobiga ikki mamlakat orasida aholi sonidagi farq borgan sari qisqarib bormoqda.
Shuning uchun, mutaxassislarning fikricha, yaqin yillarda Hindiston jahonning aholisi eng ko‘p bo‘lgan davlatiga aylanadi. Hindiston jahondagi eng ko‘p millatli davlatdir. Aholisining etnik tarkibi juda murakkab. Unda yashayotgan millat, elat va qabilalar turli til oilalariga mansub. Hindlar, bengallar, telugular, panjobliklar, tamillar eng ko‘psonli millatlar hisoblanadi. Hindlarning jami aholidagi ulushi 40% dan biroz balandroq. Aholisining 72% hind-yevropa tillarining hindoriy tillari guruhida so zlashuvchi ʻ xalqlar - hindustoniylar, marathlar, bengallar, bixarlar, gujarotlar, oriyalar, rajastxonilar, panjobilar tashkil etadi. Kashmirilar dari til guruhiga mansub. Hindiston janubida, asosan, dravid tillarida, shimoli va shimoli-sharqida tibetbirma tillarida so zlashuvchi xalqlar yashaydi. Rasmiy tillar — hind va ingliz tillari. ʻ Aholining diniy tarkibi ham ancha murakkab. Aholining 80% i induizm diniga e’tiqod qiladi. Ikkinchi o‘rinda musulmonlar turadi. Ular mamlakat aholisining 13 % ini tashkil qiladi. Shuningdek, Hindistonda xristianlar, sikxlar, buddistlar va boshqa din vakillari ham yashaydi. Mamlakatning urbanizatsiya darajasi u qadar yuqori emas. Hozir mamlakat aholisining 1/3 qismi shaharlarda yashaydi. Shaharlari orasida Mumbay (Bombey), Kolkata (Kalkutta), Dehli, Bangalor, Chennay (Madras), Haydarobod, Ahmadobod eng yiriklari hisoblanadi. Hindiston aholisi ancha notekis joylashgan. Aholi zichligi Gang vodiysi va dengizbo‘yi tekisliklarida juda yuqori darajada bo‘lsa, Himolay tog‘lari yonbag‘irlari, mamlakatning shimoli-g‘arbiy va markaziy qurg‘oqchil hududlarida esa ancha siyrak joylashgan. 5. mehnat resurslari va ish bilan bandligi Aholining katta qismi, keng ko'lamli dehqonchilik va ko'p tarmoqli ishlab chiqarishni yo'lga qo'yishi bilan bir vaqtda, Hindistonning iqtisodiy o'sishiga aniq ta'sir ko'rsatmaydi. 1950-70-yillardagi "demografik portlash" ning oqibatlari ham bir-biriga zid. Hindistonning ijtimoiy-iqtisodiy sharoitida bu mehnat resurslarining ishlatilmayotgan yoki samarasiz ishlatilgan ulushining sezilarli o'sishiga olib keldi,