Informatikani o’qitishda rivojlantiruvchi ta’lim, tanqidiy tafakkurni rivojlantirish. Multimediyali darslar asosida informatika ta’limi samaradorligini oshirish
Informatikani o’qitishda rivojlantiruvchi ta’lim, tanqidiy tafakkurni rivojlantirish. Multimediyali darslar asosida informatika ta’limi samaradorligini oshirish Reja: 1. Informatikani o’qitishda rivojlantiruvchi ta`lim, tadqiqot metodi. 2. Multimediali darslar asosida informatika ta`limi samaradorligini oshirish.
1. Informatikani o’qitishda rivojlantiruvchi ta`lim, tadqiqot metodi. O`qitish metodi sifatida tadqiqotlar o’quvchilarga inson hatti-harakatiga nisbatan savollar qo’yishni o’rganishga va ularga javoblarni esa faktlarni jiddiy tahlil qilish yordamida topishga ko’maklashadi. Tadqiqot usulida o’qitish o’quvchilarda savol qo’yish jarayonida va javob qidirishda qiziqish uyg’otishni nazarda tutadi. Tadqiqot metodi bo’yicha o’qitish o’quvchilarni amaliy-ilmiy izlanish jarayonida bevosita qatnashishini ta`minlaydi. Bunday yondashishning maqsadlaridan biri, mustaqil fikrlaydigan va aniq bilim olish tizimiga ega bo’lgan o’quvchilarni shakllantirishdan iborat. Muammolarni aniqlashda va berilgan ma`lumotlarni tahlil qilish davomida o’quvchilar hissiyotlarga berilishdan chetlanishga va ob`ektiv bo’lishga o’rganadilar. Ular har qanday bilim nisbiy ekanligini, yangi ma`lumotlar paydo bo’lishi bilano’zgarishining mohiyatiga tushunib etadilar. O`quvchilar o’zlarining taxminlarini tekshirishni va turli xil axborotlar va mantiqlarni qo’llashni o’rganadilar. O`qitishning tadqiqot usuli, olingan ma`lumotlarni tahlil qilish jarayonida o’quvchilarning yuksak darajada fikrlashlari uchun imkoniyat yaratadi. Ushbu metod bo’yicha ta`lim olayotgan o’quvchilar fan bo’yicha chuqur bilimga ega bo’ladilar, yangiliklarni tahlil qilishda barqaror malakaga ega bo’ladilar. Tadqiqot metodi bo’yicha o’qitish muammoni tuza bilishdan, uni qo’ya bilishdan va ifodalashdan boshlanadi. O`quvchilarga kutilmagan, noma`lum voqea va hodisa tanishtiriladi. Muammo yoki hodisa bilan tanishganlaridan so’ng, ular shu muammoni echishning yo’llarini yoki hodisani tushuntirish variantlarini taklif qilishlari va savollar berishlari lozim. Agar dars ochiq xarakterda bo’lsa, qaralayotgan muammoni yaxshiroq tushunish va echish uchun axborot manbalarini, ma`lumot va dalillarni o’quvchilarning o’zlari topishadi. Ba`zi bir o’qituvchilar o’quvchilarga ma`lumotlarni kutubxonadan yoki kompyuterdan izlash vazifasini beradilar. Ba`zi darslarda esa ma`lumotlarni, axborotlarni o’qituvchining o’zi o’quvchilarga beradi, o’quvchilar bu ma`lumotlarni o’rganadilar va qonuniyatni qidiradilar hamda o’zlari ilgari surgan dastlabki gipotezalarini(farazlarini) tekshirib ko’rishga intilishadi, kiziqishadi. Nihoyat
olingan dalillarga, natijalarga asoslanib o’quvchilar xulosalar chiqarishadi. Ular o’zlarining gipotezalarini qayta ko’rib chiqadilar, olgan natijalariga asoslanib yanada asosliroq tushuntira oladilar va yangi muammolarni qo’ya oladilar va ochishga kirishadilar. O`qitishning bunday usuli o’z oldiga ikkita maqsadni qo’yadi: - ilmiy metodlarni qo’llashni o’rganish va mazmunni o’zlashtirishga yordam berish; - tadqiqot metodidan foydalana olish axborot(informatsiya) yig’ish kabi muhimdir. Tadqiqot metodining afzalliklari quyidagilardan iborat: - haqqoniy va mustaqil fikrlash qobiliyatlarini shakllantirishga yordam beradi; - dalillarga e`tiborli va hurmat bilan munosabatda bo’lishni tarbiyalaydi; - barcha bilimlarning nisbiy ekanligini tushunishga yordam beradi; - mantiqiy fikrlashga o’rgatadi; - yuzaki echilgan masalalar, muammolarga ishonchsizlik bilan qarash munosabatlarini tarbiyalaydi; - oliy darajadagi fikrlashga turtki beradi; - nafaqat mazmunni o’zlashtirishga, shuningdek ijodiy va mantiqiy fikrlashni rivojlantiradi, muammoni echish malakalarining hosil bo’lishiga yordam beradi. Tadqiqot metodining kamchiliklari quyidagilardan iborat: - ko’p vaqt talab qiladi; - o’quvchidan muammolarni echish va strategik rejalashtirish malakalariga ega bo’lishda rivojlangan ijodiy tafakkurni talab etadi;
- o’qituvchi “bilim beruvchi” bo’lib qolmay, balki undan o’quvchini mantiqiy asoslangan xulosa chiqarishga mohirona yo’naltirish talab etiladi. 2. Multimediali darslar asosida informatika ta`limi samaradorligini oshirish. Zamonaviy pedagogik texnologiyalar sharoitida ta`limni differentsiallash va individuallashtirishga keng imkoniyat yaratiladi. Zamonaviy mutaxassis tayyorlash muammolarini echish bevosita ta`limda yangi axborot texnologiyalariga asoslanishini taqozo etadi. Axborot texnologiyalarini qo’llashda ta`lim mazmunini standartlashtirishdan individual va differentsiallashga yo’naltiriladi, natijada ta`limni individuallashtirish va bilimlarni o’zlashtirilishini boshqarish imkoniyatini yaratadi. Ta`limning liberallashuvi ta`limdagi muhim muammolardan hisoblanib, oliy ta`limda talaba imkoniyati va qobiliyatidan kelib chiqib o’qish muddatini qisqartirish, uzaytirish yoki kunduzgi, kechki, sirtqi kabi ta`lim shakllarini tanlashi yoki qo’shimcha boshqa kasblarni egallashi huquqiga ega bo’lishiga qonuniy asos yaratilishi maqsadga muvofiqdir. Ta`limning liberallashishi talaba (o’quvchi)larni qachon o’zini-o’zi aqliy o’stirish va mustaqil o’qishning muhimligini, ahamiyatini anglashi bilan bog’liq bo’ladi. Talabalarda mutaqil ishlash ko’nikmasini tarbiyalash sifatli mutaxassis tayyorlashning muhim vazifalaridan biri bo’lib, ta`lim samaradorligini oshirishda muhim rol o’ynaydi. Talabalarning mustaqil ishlari tizimi quyidagilardan iborat: - o’quv fani, mazmuni ustida bajariladigan joriy ishlari ma`ruzalarni konspektlash, darslik va o’quv manbalari bilan ishlash, laboratoriya, amaliy, seminar mashg’ulotlari hamda nazorat topshiriqlarini echishga tayyorgarlik ko’rish; - semestr davomida uy vazifalarining bajarilishi (mavzular bo’yicha referatlar tayyorlash, mustaqil ravishda berilgan mavzuga doir ma`lumotlar to’plash va o’rganish); - kurs ishlarini bajarish.
Ta`lim samaradorligini oshirishda ta`lim maqsadlari, metodlari, mazmuni, shakli, vositalari va jarayonlariga yangicha yondashuv asosida fanlarning integrallashuvi va sintezlashuvi ma`lum maqsadlarga yo’naltirilganligi uchun loyihalash metodiga tayanadi. Loyiha metodi asosiy e`tiborni kasbni egallashda kerakli shaxsiy qobiliyatlar va ko’nikmalarni o’rganishga qaratadi, loyiha, o’rganish jarayonida nazariya bilanamaliyotni bog’lashi, o’quvchilar tomonidan mustaqil rejalashtirila oladigan, mehnatni tashkil etishga va amalga oshirishga yordam beradigan bo’lmog’i lozim. Loyiha usulining asosiy maqsadi topshiriqni bajarish uchun kerakli barcha bilim va ko’nikmalar jarayon davomida o’rganilishi darkor, bunda o’quvchilar berilgan topshiriqni bajarishda vazifalarni o’zaro taqsimlab, loyiha guruhi sifatida mustaqil ravishda rejalashtirishdan boshlab to amalga oshirish va xulosa chiqarishga qadar birgalikda ishlashadi. Zamonaviy ta`limning samaradorligini aniqlash maqsadida o’tkazayotgan tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki ta`limda belgilangan maqsadlarga erishish darajasi talaba aqliy faoliyatining qanchalik o’sganligi bilan o’lchanadi. Talabaning bilish jarayonidagi faoliyati faollashivuni o’qituvchi tomonidan tashkillashtirish deganda talabalarning o’z-o’zini boshqarish, o’z-o’zini nazorat qilish usullari va metodlaridan foydalanishga asoslangan o’quv materialini mustaqil, faol, maqsadli yo’naltirilgan shaklda o’rganish tushuniladi. Ta`limda kutilgan natija pedagog va talaba (o’quvchi) orasidagi munosabatga ko’proq bog’liq bo’lganligidan, bu munosabatlar bilan bog’liq muommalarni yechishga hizmat qiluvchi hamkorlik pedagogikasining rivojlanishiga ehtiyoj kuchaymoqda. Ta`lim maqsadlariga erishishda pedagog va talabaning hamkorlikda faoliyat ko’rsatishi uchun o’rganilgan asosiy omillar quyidagilardir: - samarali ta`limda pedagog va talabaning bilimi hamda malakasining o’sishini ta`minlash;