logo

Kashfiyot, ixtiro, ratsionalizatorlik va patent axboroti

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

20.26171875 KB
Kashfiyot, ixtiro, ratsionalizatorlik va patent axboroti .
Reja   
1.Kashfiyot tushunchasi. Kashfiyot turlari. 
           2.Kashfiyot tushunchasining meyoriy sifatlari. 
          3.Ixtirochilik, ratsionalizatorlik, ilmiy - texnik va patent axboroti Kashfiyot     Moddiy   dunyoning   ilgari   ma’lum   bo‘lmagan   obyektiv   mavjud
qonuniyatlar, xossalari va xodisalarni aniqlanishi bilan tavsiflanib, u insoniyatning
bilish darajasini tubdan o‘zgartiruvchi tasirga ega bo‘ladi. 
Kashfiyotning   ishonchliligi   Obyektiv   mavjud   bo‘lgan   qonuniyat,   xususiyat   yoki
xodisaning kashfiyot sifatida tan olinishi uchun u nazariy yoki tajriba sinov ishlari
vositasida isbotlab berilmog‘i lozim. 
Kashfiyot   uchun   a’rizaning   tarkibi   Kashfiyot   uchun   tuziladigan   a’riza   qo‘yidagi
xujjatlardan   iborat   bo‘lishi   lozim:   Kashfiyot   uchun   diplom   berilishini   so‘rab
yozilgan   a’riza,   taxmin   qilinayotgan   kashfiyot   tavsiloti,   kashfiyot   ustivorligini   va
ahamiyati to‘g‘risidagi xulosa hamda yordamchi materillar.
Ixtiro-xalq   xo‘jaligi,   ijtimoiy   ma’daniy   qurilish   yoki   mudofa   soxasida
masalani ijobiy samara beradigan qilib yangichasiga va o‘ziga xos texnik hal etish.
Ixtirochilik   xuquqi-kashfiyotlar   bilan,ixtirolar   va   ratsionaliztorliku   takliflari
qilish   va   ulardan   foydalanish   bilan   bog‘liq   bo‘lgan   munosabatlarni   tartibga
soluvchi meyorlar majmui.
Patent   xujjatlari-bu   shunday   xujjatlar   yig‘indisi   bo‘lib,   unda   ilmiy-texnik
tajribalar   va   loyixa   konstruktorlik   ishlanmalrining   mazmuni   kashf   qilinganligi,
foydali   modeli   hamda   kashfiyotchining   xuquqini   ximoya   qiluvchi   ma’lumotlar
bo‘lishi kerak.
Kashfiyot   tushunchasi .   Ilmiy   texnika   ijodkorlikka   rivojlantirishda
fundamental tadqiqotlar asosiy o‘rinni egallaydi. Aynan ular orqali istiqbolli ilmiy
yechimlarni ishlab chiqish uchun asos bo‘luvchi ilmiy potensialni yuzaga keltiradi.
Ko‘p   xolatlarda  fundamental   tadqiqotlar,   uning  yakuniy   natijalari   ilmiy  kashfiyot
bilan yakunlanadi. 
Kashfiyot-tushunchasi ikki xil: xuquqiy va ommalashgan ma’noda ishlatiladi.
Ommalashgan   tushunchada   kashfiyot   ilm-fanda   katta   nazariy   va   amaliy
ahamiyatga   ega   ahamiyat   kasb   etadigan   ilmiy   yangilik   sifatida   tushuniladi.
«Kashfiyot   qilish   xuquqi»   O‘zbekiston   Respublikasi   Asosiy   qomusi   bo‘lgan
Konstitutsiyada kafolatlangan bo‘lib, Nizomga muofiq kashfiyot deganda tabiat va
jamiyatni ilmiy bilish jarayonida erishilgan yangi ilmiy yutuq tushuniladi.  Kashfiyot-moddiy   dunyoning   ilgari   ma’lum   bo‘lmagan   obyektiv   mavjud
qonuniyatlar,   xossalari   va   xodisalarni   aniqlashi   bialn   tavsiflanib   u   insoniyatning
bilish darajasini tubdan o‘zgartiruvchi tasirga ega bo‘ladi.
  Kashfiyot turlari.
Geografiya,   arxiologik,   poliontologik   va   yer   qazilma   boyliklarini   kashf
qilish-ilmiy   kashfiyot   xisoblanmaydi.   Chunki   u   ijodiy   qobiliyot   bilan   bog‘liq
bo‘lmay   balki   ekspeditsion   topilma   xisoblanadi.   Shuningdek   matematik   hamda
ijtimoiy   fanlar   sohasidagi   kashfiyotlar   ham   obyektiv   xaqiqatni   aks   ettirganligi
uchun xuquqiy jixatdan tan olinmaydi. 
               2.  Kashfiyot tushunchasining meyoriy sifatlari .  
Yuqorida   keltirilgan   kashfiyot   tushunchasining   ta’rifidan   uning   qo‘yidagi
meyoriy tushunchalari sifatida qo‘yidagilar qabul qilinadi:
1. Ilmiy faktni konstatatsiya qilish.
2. Yangiligini asoslash.
3. Ishonchligini asoslash.
Ushbu meyoriy tushunchalarni qo‘yidagicha tavsiflash mumkin:
Birinchi   keltirilgan   «Moddiy   dunyoda   obyektiv   mavjud   bo‘lgan   qonuniyatlar,
xususiyat  va xodisalarni qayd qilish» tushunchasi  kashfiyotning obyektiv borliqni
bilish   faoliyati   natijasida   ekanligini   anglatadi.   Bu   o‘rinda   bilish   tushunchasi   o‘z
ichiga berilgan obyekt (qonuniyat, xodisa, xususiyat) ning mavjudlik sharti hamda
ilmiy talqinga ega ekanligi to‘g‘risidagi xolatlarni qamrab oladi. 
«Kashfiyotning yangiligi»ga O‘zbekistonda jahon miqyosidagi yangilikka ega
bo‘lish   talabi   qo‘yiladi.   Kashfiyotning   jahon   miqyosidagi   yangiligi   mezoniga
tayonilganda, jahon miqyosidagi yoki vatanimizdagi birinchilikka davogar bo‘lgan
har   qanday   manba   etiborga   olinadi.   Kashfiyotning   birinchiligi   qonuniyat   birinchi
bo‘lib   shakllantirilib,   matbuotda   da’vo   sifatida   e’lon   qilingan   sanasi   asosida
aniqlanadi. 
«Kashfiyotning ishonchliligi» Obyektiv mavjud bo‘lgan qonuniyat, xususiyat
va   xodisaning   aniqlanishi   bilan   belgilanadi.   Har   bir   yaratilgan   obyektiv   yangilik (xodisa,   xossa   va   obyektiv   qonuniy   bog‘liqlar)   nazariy   yoki   amaliy   jixatdan
asoslanadi.   Kashfiyot-ilmiy   ekspertizadan   o‘tgandan   keyingina   xuquqiy   jixatdan
tan   olinadi.   Ilmiy   ekspertizada   o‘tkazish   uchun   mualliflar   (mualliflar   kollektivi)
qilingan   kashfiyot   bo‘yicha   talabnoma   (zayavka)   beradi.   Talabnomadan   namuna
bo‘yicha   to‘ldiriladi.   Talabnoma   o‘z   ichiga-   kashfiyot   bo‘yicha   diplom   berish
uchun   a’riza,   qilingan   kashfiyotning   to‘liq   tasnifi,   kashfiyotning   afzalligini
belgilovchi   xujjatlar,   ilmiy-amaliy   ahamiyati   va   ishonchligi   xaqida   xulosa,
kashfiyotga tegishli chizmalarni oladi. Respublika patent idorasi dastlabki va ilmiy
ekspertizadan o‘tkazadi va ma’qul topsa kashfiyotni xaqiqatligi xaqida qaror qabul
qiladi. Shu asosda  muallifga diplom  beradi. Kashfiyotning-ahamiyatiga qarab pul
mukofoti beriladi. 
3. Ixtiro tushunchasi. Uning kashfiyotdan farqi.
Ixtiro-bu   xalq   xo‘jaligini   barcha   tarmoqlarida   texnik   yechimlari   bilan   ijobiy
natijaga   ega   bo‘lgan   yangilik   xisoblanadi.   Kashfiyot-obyektiv   borliqni   xossalari,
xodisa   va   qonuniy   bog‘liqlarni   aniqlanadi,   ixtiro   bu   oldin   bo‘lmagan   texnik
vazifalarni   yechishga   qaratilgan.   Kashfiyot   va   ixtiro   o‘rtasida   dealektik   o‘zaro
bog‘liq   bor.   Ko‘p   hollarda   ixtiro   kashfiyot   natijasida   olingan   ilmiy   bilmlarni
rivojlantiradi.   M:   N,   G.   Basov,   A.M.   Proxorov   va   Pounsonlarning   kvant
jarayonining   qo‘llashga   asoslangan   elektromagnit   to‘lqinlarni   ko‘paytirish
bo‘yicha qilgan kashfiyotlari xalq xo‘jaligida amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan ko‘p
ixtirolarni yaratishga sabab bo‘ladi. 
Ilmiy   texnik   hamda   pedagogik-psixologik   adabiyotlarda   ixtirochilik   hamda
ixtirochilik   ijodkorligiga   ko‘plab   ta’riflar   keltirilgan.   Jumladan,   I.   I.   Kichkin
Ixtirochilikni ilmiy g‘oyalarining texnik yechimlarga ijodiy tadbiqi, ilmiy texnika
taraqqiyoti   sur’atlarini   belgilovchi   asosiy   ko‘rsatgich,   yangi   texnika   va
texnologiyalar yaratilishining me’zoni hamda uning yuqori ilmiy texnik darajasini
ta’minlovchi   omil   deb   xisoblaydi.   M.A.Vachevskiy   «Ixtiro   qilish»ni   «qo‘yilgan
masalani   yechish   uchun   eskilaridan   tubdan   farq   qiluvchi,   odatdagi   mantiqiy
fikrlash yo‘li bilan yetishib bo‘lmaydigan yangi samarali texnik yechimni taklimf
qilish»   deb   ta’riflaydi.   Bizning   fikrimizcha-ixtirochilikni   tegishli   idoralar tomonidan   patentlar   bilan   tasdiqlnadigan   yangi   texnik   yechimni   ishlab   chiqishga
yo‘naltiligan   ijodiy   faoliyat   turi,   ixtirochilik   ijodkorligini   esa   bu   jarayonning
shaxsdagi zexinlilik, topqirlik, mustaqil va tanqidiy fikrlash kabi ijodkorlik sifatlari
bilan bog‘liq umumiy tavsifi deyish mumkin. 
         Kashfiyot va ixtirolarning ilmiy-texnik taraqqiyotga ta’siri.
Ixtironi   tan   olish   uchun   u   oldingilaridan   texnik   yechimlari,   ijobiy   effektlari
tuzilishini   yangiligi   bilan   farqlanishi   kerak.   Ixtironing   obyektiv   bo‘lishi   mumkin:
yangi   qurilma,   yangi   uslub,   yangi   maxsulot,   yangi   maqsadlarda   eski   uslub
qurilmalrini qo‘llash va boshqalar.
Ixtiro-butun   jahon   ahamiyatiga   ega   bo‘lib,   talabnoma   bergunga   qadar   uning
mohiyati   oldin   respublikamizda   va   yer   yuzida   ham   ochilmagan   bo‘lishi   shart.
Muallifga ixtironi tan olinganligi haqida xujjat beriladi. 
                 Ratsionalizatorlik taklifi tushunchasi .
Ratsionalizatorlik   takliflari-bu   xalq   xo‘jaligining   tarmoqlarida   yangi   va
foydali   texnik   vazifalarin   yechishga,   ya’ni   maxsulotning   loyixasini   ishlash
chiqarish   texnologiyasini,   foydalanilmayotgan   texnikani   yoki   materiallarning
xossasini o‘zgartirishga qaratilgan bo‘ladi. Ratsionalizatorlik ko‘p qirral muammo
bo‘lib,   ko‘proq   iqtisodiy   masalalarni   hal   etishga   qaratilgan.   Ratsionalizatorlik
fikrlar   ma’lum  talabalarga  javob  berishi  kerak:  Birinchidan,  texnik  yechimga   ega
bo‘lishi, ikkinchidan yangilik bo‘lishi, uchinchidan foydali bo‘lishi kerak. 
  Ratsionalizatorlik   fikrlar   maxsus   blankada   a’riza   sifatida   beriladi.
Ratsionalizatorilik fikrlar qaysi korxonaga tegishli bo‘lsa, shu korxonaning IRJ ga
a’riza   beriladi.   Agarda   fikrlar   boshqa   korxonalarga   tegishli   bo‘lsa   vazirlikka
beriladi va ro‘yxatga olinadi. 
Patent xujjatlari. Patent axboroti.
Ilmiy texnik taraqqiyotning o‘sishi ko‘p va murakkab bilimlar va axborotlarga
bog‘liq.   Xalq   xo‘jaligining   barcha   sohalari   bo‘yicha   har   yil   yangiliklar   soni   bir
qancha ko‘payadi. Zarur bo‘lgan axborotlarni yig‘ish juda murakkab ish. Shuning
uchun   xozirgi   kunda   tabiatni   bilishga   oid   bilimlardan   tashqari,   bu   bilimlardan
insonning   o‘zi   foydalanishi   katta   ahamiyatga   ega.   Xozirgi   davrda   kashf   etilgan yangiliklar   bo‘yicha   axborotlar   saqlash,   ishlov   berish   va   xodimlarga   yetkazish
yo‘llari   axtarilmoqda,   har   bir   davlatda   ilmiy   texnik   axborotlar   bo‘yicha   maxsus
tashkilotlar   tuzilgan   ularning   vazifasi   fan   texnika   va   ishlab   chiqarishni
rivojlantirishga omil bo‘lib xisoblanadi. 
Patent   xujjatlari-bu   shunday   xujjatlar   yig‘indisi   bo‘lib,   unda:   ilmiy   texnik
tajribalar   va   loyixa   konstruktorlik   ishlanmalarining   mazmuni   kashf   qilinganligi
foydali   modeli   hamda   kashfiyotchining   xuquqini   ximoya   qiluvchi   ma’lumotlar
bo‘lishi kerak. Shu bilan birgalikda model, maket, korxona maxsulotini ro‘yxatga
olinganligini  xaqida guvoxnomalar  va mualliflik diplomlari bo‘lishi  kerak. Patent
axboroti   deganda   patent   xujjatlaridan   foydalanish   va   ishlov   berish   tushuniladi.
Patent  xujjatlar  ilmiy  texnik yutuqlarning oxirgi   100-200 yilligi  patent   fondlarida
saqlanadi.  Adabiyotlar:
Andrianov P.N. Maktab o‘quvchilari texnik ijodkorligi. Tuzuvchi: P.N. Andrianov 
T., «O‘qituvchi» 1989y 128 bet.
Texnicheskoye tvorchestvo uchahixsya: Ucheb.Posobiye dlya studentov 
pedinstitutov i uchahixsya peduchilish industr-ped. spets Y.S Stolyarov, 
D.M.Komskiy. V.G.Getti i dr.
Kichkin I.I., Skornyakov E.P. Patento‘ye isledovaniya pri kursovom i diplomnom 
proyektirovinii v vo‘ssho‘x uchebno‘x zavedeniyax: Ucheb posobiye M. 
Vo‘sshaya shkola 1979. 112 s. 
Asatryan A.T. Razvitiye tvorcheskix sposobnostey shkolnikov v kurjkax stansii 
yuno‘x texnikov. M.,1987. 18 s.
Aleksandrov L.V Karpova N.N. Metodo‘ injenernogo tvorchestva. Spravochnik. 
M., VNIIPI, 1993. 393 s. 
Aleksandrov L.V. Karpov N.N . Metodo‘ prognozirovaniya texnicheskix resheniy 
s ispolzovaniyem patentnoy informatsii. M., VNIIPI 1991. 155 s.

Kashfiyot, ixtiro, ratsionalizatorlik va patent axboroti . Reja 1.Kashfiyot tushunchasi. Kashfiyot turlari. 2.Kashfiyot tushunchasining meyoriy sifatlari. 3.Ixtirochilik, ratsionalizatorlik, ilmiy - texnik va patent axboroti

Kashfiyot Moddiy dunyoning ilgari ma’lum bo‘lmagan obyektiv mavjud qonuniyatlar, xossalari va xodisalarni aniqlanishi bilan tavsiflanib, u insoniyatning bilish darajasini tubdan o‘zgartiruvchi tasirga ega bo‘ladi. Kashfiyotning ishonchliligi Obyektiv mavjud bo‘lgan qonuniyat, xususiyat yoki xodisaning kashfiyot sifatida tan olinishi uchun u nazariy yoki tajriba sinov ishlari vositasida isbotlab berilmog‘i lozim. Kashfiyot uchun a’rizaning tarkibi Kashfiyot uchun tuziladigan a’riza qo‘yidagi xujjatlardan iborat bo‘lishi lozim: Kashfiyot uchun diplom berilishini so‘rab yozilgan a’riza, taxmin qilinayotgan kashfiyot tavsiloti, kashfiyot ustivorligini va ahamiyati to‘g‘risidagi xulosa hamda yordamchi materillar. Ixtiro-xalq xo‘jaligi, ijtimoiy ma’daniy qurilish yoki mudofa soxasida masalani ijobiy samara beradigan qilib yangichasiga va o‘ziga xos texnik hal etish. Ixtirochilik xuquqi-kashfiyotlar bilan,ixtirolar va ratsionaliztorliku takliflari qilish va ulardan foydalanish bilan bog‘liq bo‘lgan munosabatlarni tartibga soluvchi meyorlar majmui. Patent xujjatlari-bu shunday xujjatlar yig‘indisi bo‘lib, unda ilmiy-texnik tajribalar va loyixa konstruktorlik ishlanmalrining mazmuni kashf qilinganligi, foydali modeli hamda kashfiyotchining xuquqini ximoya qiluvchi ma’lumotlar bo‘lishi kerak. Kashfiyot tushunchasi . Ilmiy texnika ijodkorlikka rivojlantirishda fundamental tadqiqotlar asosiy o‘rinni egallaydi. Aynan ular orqali istiqbolli ilmiy yechimlarni ishlab chiqish uchun asos bo‘luvchi ilmiy potensialni yuzaga keltiradi. Ko‘p xolatlarda fundamental tadqiqotlar, uning yakuniy natijalari ilmiy kashfiyot bilan yakunlanadi. Kashfiyot-tushunchasi ikki xil: xuquqiy va ommalashgan ma’noda ishlatiladi. Ommalashgan tushunchada kashfiyot ilm-fanda katta nazariy va amaliy ahamiyatga ega ahamiyat kasb etadigan ilmiy yangilik sifatida tushuniladi. «Kashfiyot qilish xuquqi» O‘zbekiston Respublikasi Asosiy qomusi bo‘lgan Konstitutsiyada kafolatlangan bo‘lib, Nizomga muofiq kashfiyot deganda tabiat va jamiyatni ilmiy bilish jarayonida erishilgan yangi ilmiy yutuq tushuniladi.

Kashfiyot-moddiy dunyoning ilgari ma’lum bo‘lmagan obyektiv mavjud qonuniyatlar, xossalari va xodisalarni aniqlashi bialn tavsiflanib u insoniyatning bilish darajasini tubdan o‘zgartiruvchi tasirga ega bo‘ladi. Kashfiyot turlari. Geografiya, arxiologik, poliontologik va yer qazilma boyliklarini kashf qilish-ilmiy kashfiyot xisoblanmaydi. Chunki u ijodiy qobiliyot bilan bog‘liq bo‘lmay balki ekspeditsion topilma xisoblanadi. Shuningdek matematik hamda ijtimoiy fanlar sohasidagi kashfiyotlar ham obyektiv xaqiqatni aks ettirganligi uchun xuquqiy jixatdan tan olinmaydi. 2. Kashfiyot tushunchasining meyoriy sifatlari . Yuqorida keltirilgan kashfiyot tushunchasining ta’rifidan uning qo‘yidagi meyoriy tushunchalari sifatida qo‘yidagilar qabul qilinadi: 1. Ilmiy faktni konstatatsiya qilish. 2. Yangiligini asoslash. 3. Ishonchligini asoslash. Ushbu meyoriy tushunchalarni qo‘yidagicha tavsiflash mumkin: Birinchi keltirilgan «Moddiy dunyoda obyektiv mavjud bo‘lgan qonuniyatlar, xususiyat va xodisalarni qayd qilish» tushunchasi kashfiyotning obyektiv borliqni bilish faoliyati natijasida ekanligini anglatadi. Bu o‘rinda bilish tushunchasi o‘z ichiga berilgan obyekt (qonuniyat, xodisa, xususiyat) ning mavjudlik sharti hamda ilmiy talqinga ega ekanligi to‘g‘risidagi xolatlarni qamrab oladi. «Kashfiyotning yangiligi»ga O‘zbekistonda jahon miqyosidagi yangilikka ega bo‘lish talabi qo‘yiladi. Kashfiyotning jahon miqyosidagi yangiligi mezoniga tayonilganda, jahon miqyosidagi yoki vatanimizdagi birinchilikka davogar bo‘lgan har qanday manba etiborga olinadi. Kashfiyotning birinchiligi qonuniyat birinchi bo‘lib shakllantirilib, matbuotda da’vo sifatida e’lon qilingan sanasi asosida aniqlanadi. «Kashfiyotning ishonchliligi» Obyektiv mavjud bo‘lgan qonuniyat, xususiyat va xodisaning aniqlanishi bilan belgilanadi. Har bir yaratilgan obyektiv yangilik

(xodisa, xossa va obyektiv qonuniy bog‘liqlar) nazariy yoki amaliy jixatdan asoslanadi. Kashfiyot-ilmiy ekspertizadan o‘tgandan keyingina xuquqiy jixatdan tan olinadi. Ilmiy ekspertizada o‘tkazish uchun mualliflar (mualliflar kollektivi) qilingan kashfiyot bo‘yicha talabnoma (zayavka) beradi. Talabnomadan namuna bo‘yicha to‘ldiriladi. Talabnoma o‘z ichiga- kashfiyot bo‘yicha diplom berish uchun a’riza, qilingan kashfiyotning to‘liq tasnifi, kashfiyotning afzalligini belgilovchi xujjatlar, ilmiy-amaliy ahamiyati va ishonchligi xaqida xulosa, kashfiyotga tegishli chizmalarni oladi. Respublika patent idorasi dastlabki va ilmiy ekspertizadan o‘tkazadi va ma’qul topsa kashfiyotni xaqiqatligi xaqida qaror qabul qiladi. Shu asosda muallifga diplom beradi. Kashfiyotning-ahamiyatiga qarab pul mukofoti beriladi. 3. Ixtiro tushunchasi. Uning kashfiyotdan farqi. Ixtiro-bu xalq xo‘jaligini barcha tarmoqlarida texnik yechimlari bilan ijobiy natijaga ega bo‘lgan yangilik xisoblanadi. Kashfiyot-obyektiv borliqni xossalari, xodisa va qonuniy bog‘liqlarni aniqlanadi, ixtiro bu oldin bo‘lmagan texnik vazifalarni yechishga qaratilgan. Kashfiyot va ixtiro o‘rtasida dealektik o‘zaro bog‘liq bor. Ko‘p hollarda ixtiro kashfiyot natijasida olingan ilmiy bilmlarni rivojlantiradi. M: N, G. Basov, A.M. Proxorov va Pounsonlarning kvant jarayonining qo‘llashga asoslangan elektromagnit to‘lqinlarni ko‘paytirish bo‘yicha qilgan kashfiyotlari xalq xo‘jaligida amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan ko‘p ixtirolarni yaratishga sabab bo‘ladi. Ilmiy texnik hamda pedagogik-psixologik adabiyotlarda ixtirochilik hamda ixtirochilik ijodkorligiga ko‘plab ta’riflar keltirilgan. Jumladan, I. I. Kichkin Ixtirochilikni ilmiy g‘oyalarining texnik yechimlarga ijodiy tadbiqi, ilmiy texnika taraqqiyoti sur’atlarini belgilovchi asosiy ko‘rsatgich, yangi texnika va texnologiyalar yaratilishining me’zoni hamda uning yuqori ilmiy texnik darajasini ta’minlovchi omil deb xisoblaydi. M.A.Vachevskiy «Ixtiro qilish»ni «qo‘yilgan masalani yechish uchun eskilaridan tubdan farq qiluvchi, odatdagi mantiqiy fikrlash yo‘li bilan yetishib bo‘lmaydigan yangi samarali texnik yechimni taklimf qilish» deb ta’riflaydi. Bizning fikrimizcha-ixtirochilikni tegishli idoralar

tomonidan patentlar bilan tasdiqlnadigan yangi texnik yechimni ishlab chiqishga yo‘naltiligan ijodiy faoliyat turi, ixtirochilik ijodkorligini esa bu jarayonning shaxsdagi zexinlilik, topqirlik, mustaqil va tanqidiy fikrlash kabi ijodkorlik sifatlari bilan bog‘liq umumiy tavsifi deyish mumkin. Kashfiyot va ixtirolarning ilmiy-texnik taraqqiyotga ta’siri. Ixtironi tan olish uchun u oldingilaridan texnik yechimlari, ijobiy effektlari tuzilishini yangiligi bilan farqlanishi kerak. Ixtironing obyektiv bo‘lishi mumkin: yangi qurilma, yangi uslub, yangi maxsulot, yangi maqsadlarda eski uslub qurilmalrini qo‘llash va boshqalar. Ixtiro-butun jahon ahamiyatiga ega bo‘lib, talabnoma bergunga qadar uning mohiyati oldin respublikamizda va yer yuzida ham ochilmagan bo‘lishi shart. Muallifga ixtironi tan olinganligi haqida xujjat beriladi. Ratsionalizatorlik taklifi tushunchasi . Ratsionalizatorlik takliflari-bu xalq xo‘jaligining tarmoqlarida yangi va foydali texnik vazifalarin yechishga, ya’ni maxsulotning loyixasini ishlash chiqarish texnologiyasini, foydalanilmayotgan texnikani yoki materiallarning xossasini o‘zgartirishga qaratilgan bo‘ladi. Ratsionalizatorlik ko‘p qirral muammo bo‘lib, ko‘proq iqtisodiy masalalarni hal etishga qaratilgan. Ratsionalizatorlik fikrlar ma’lum talabalarga javob berishi kerak: Birinchidan, texnik yechimga ega bo‘lishi, ikkinchidan yangilik bo‘lishi, uchinchidan foydali bo‘lishi kerak. Ratsionalizatorlik fikrlar maxsus blankada a’riza sifatida beriladi. Ratsionalizatorilik fikrlar qaysi korxonaga tegishli bo‘lsa, shu korxonaning IRJ ga a’riza beriladi. Agarda fikrlar boshqa korxonalarga tegishli bo‘lsa vazirlikka beriladi va ro‘yxatga olinadi. Patent xujjatlari. Patent axboroti. Ilmiy texnik taraqqiyotning o‘sishi ko‘p va murakkab bilimlar va axborotlarga bog‘liq. Xalq xo‘jaligining barcha sohalari bo‘yicha har yil yangiliklar soni bir qancha ko‘payadi. Zarur bo‘lgan axborotlarni yig‘ish juda murakkab ish. Shuning uchun xozirgi kunda tabiatni bilishga oid bilimlardan tashqari, bu bilimlardan insonning o‘zi foydalanishi katta ahamiyatga ega. Xozirgi davrda kashf etilgan