Ko‘chirma va o‘zlashtirma gaplar uslubiyati.
Ko‘chirma va o‘zlashtirma gaplar uslubiyati. R e j a : 1. Ko‘chirma gaplarning funksional uslublarda qo‘llanish xususiyatlari. 2. Ko‘chirma gaplarning badiiy uslubda personajlar ichki dunyosini, tashqi qiyofasini, tabiatini chizishda muhim vosita ekanligi. 3. O‘zlashtirma gaplarning stilistik xususiyatlari.
1. Ko‘chirma gaplarning funksional uslublarda qo‘llanish xususiyatlari. Har bir funksional uslubda ko‘chirma gaplarning qo‘llanishi o‘ziga xos tarzda kechadi va o‘zbek tilidagi barcha uslublarda u yoki bu darajada uchraydi. Masalan, ilmiy uslubda ulardan muallif o‘z fikrini asoslash, to‘g‘ri ekanligini tasdiqlash maqsadida foydalanadi – shu fikrga mos keladigan qarashlardan sitata – iqtiboslar keltiradi. YOki, aksincha, o‘z fikrining to‘g‘ri ekanligini tasdiqlash maqsadida unga zid bo‘lgan qarashlarni ham keltirishi va uning noto‘g‘ri ekanligini, unga qo‘shila olmasligining sabablarini asoslashi mumkin. Bunga misol tarzida R.Qo‘ng‘urovning «O‘zbek tili stilistikasidan ocherklar» (Samarqand, 1975) asarining 11-betidan quyidagi parchani keltirishimiz mumkin: « A. M. Peshkovskiy o‘zining «Ona tili metodikasi, lingvistika va stilistikasi» nomliasarida stilistik kuzatishlar qanday yo‘l bilan borish kerakligini, xususan, grammatik stilistikaning xarakterli xususiyatini juda to‘g‘ri ko‘rsatib bergan edi. U yozadi: «Boshqa bo‘limlardagi kabi, so‘z faqat nafis ottenkalar va nozikliklar haqida borishi mumkin, chunki stilistika, umuman, xuddi shular bilan shug‘ullanadi. «Ukamni yuboraman» va «ukamga yuboraman» birikmalari o‘rtasidagi farq qanchalik nozik bo‘lmasin, u hali stilistika uchun dag‘al hodisadir. Bu stilistik farq emas. «Menga yasadi» va «men uchun yasadi» gaplari o‘rtasidagi farq esa faqat grammatik emas, balki stilistik farq hamdir. Xuddi shu kabi «pichoqqa oldim» va «pichoq bilan oldim» bir-biridan faqat grammatik farqlanadi, «tosh otdi» va «toshbo‘ron qildi» esa bir-birlaridan ham grammatik, ham stilistik jihatdan farqlanadi. Boshqacha qilib aytganda, stilistikada, umuman, grammatik ma’nolar o‘rganilishi va chog‘ishtirilishi kerak emas, balki faqat grammatik sinonimlar, ya’ni grammatik ma’nosi bilan bir-birlariga yaqin so‘z va so‘z birikmalari o‘rganilishi va qiyoslanishi kerak»* (Sitata A. N Gvozdevning “Ocherki po stilistike russkogo yazыka" asaridan olindi, Moskva, 1955 y., 133- 134-betlar).
YUqorida aytganlardan xulosa qilib, A. M. Peshkovskiy grammatik stilistikaning, jumladan, morfologiyaning stilistik imkoniyatlari juda ham cheklanganligini ta’kidlaydi. Rasmiy uslubda bu kabi holatlar kam ko‘zga tashlanadi. Publitsistik uslubda ham xuddi ilmiy uslubdagi singari holatlarda ko‘chirma gaplarga murojaat qilinadi. Masalan: «Davlat tili haqida»gi Qonunning 8- moddasida «O‘zbekiston Respublikasining qonunlari, davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining boshqa hujjatlari davlat tilida qabul qilinadi va e’lon etiladi. Mahalliy hokimiyat va boshqaruv organlarining hujjatlari davlat tilida qabul qilinadi va e’lon etiladi», deb ta’kidlangan. Bugungi kunda ushbu qonunga to‘liq amal qilinmoqda, darsliklar, qo‘llanmalar, qonunlar, ilmiy asarlar davlat tilida nashr qilinayapti. («Huquq» gazetasi, 2009 yil 15 oktyabr). Funksional uslublarda ko‘chirma gaplarning qo‘llanish xususiyatlarini ushbu gaplar tarkibida qo‘llangan fe’llar tahlilida yana ham oydinlashtirish mumkin. Masalan, turli uslublarda aytmoq, demoq fe’llarining bir necha sinonim lar idan foydalan sa bo‘ladi . Jumladan, publitsistikada oddiy xabar aytilsa, mazkur fe’llarning odatdagi shakllari qo‘llanadi: Dokladchi aytdiki, qishloqlarimiz qiyofasini tubdan o‘zgartish uchun kurash davom etadi. Agar bu fe’llar orqali uslub bo‘yoqlari, ta’siriylik ham berilmoqchi bo‘lsa, ta’kidlamoq, uqtirmoq, e’tirof etmoq, qaydqilmoq, eslatmoq, ogohlantirmoq, to‘xtalmoq, da’vo qilmoq, ta’na qilmoq, ta’riflamoq, talab qilmoq, murojaat qilmoq, o‘tinmoq, yolvormoq, so‘ramoq kabi fe’l-sinonimlardan foydalaniladi, Misollar: Notiqlar ta’kidladilarki, shahar mehnatkashlari davlatimizning sanoatni yanada rivojlantirish oldiga qo‘ygan vazifalarini bajarish uchun kurashda katta muvaffaqiyatlarni qo‘lga kiritdilar (Gazetadan). O‘tinib so‘rayman: tezroq oting. (M. Lermontov.) Avvalo, shuni qayd qilish kerakki, do‘stlik mavhum narsa emas, u yo‘qdan paydo bo‘lmaydi. (V. Z.) 2. Ko‘chirma gaplarning badiiy uslubda personajlar ichki dunyosini, tashqi qiyofasini, tabiatini chizishda muhim vosita ekanligi. Ilmiy manbalarda
ko‘chirma gap badiiy nutqda boy stilistik-sintaktik vosita ekanligi ta’kidlangan (Kojina M.N. Stilistika russkogo yazыka.- M., 1983, 161-bet). Ko‘chirma gap o‘zga kishining nutqini aynan, o‘zgarishsiz keltirishi bilan alohida ahamiyatga ega bo‘lishi masalaning bir tomoni. Ikkinchidan esa, ana shu vazifani ado etish borobarida u nutq egasining fikr va mulohazalarini aniq bera oladigan hamda nutq muallifiga tavsif ham bera oladigan xususiyatga ega. «O‘zgalarning hech o‘zgarishsiz, so‘zma-so‘z berilgan gapi ko‘chirma gapbo‘lib, unda ham, avvalo, tugal fikr, his-tuyg‘u ifodalanadi. – deyiladi «O‘zbek tili stilistikasi» asarida. - SHu bilan birga, yozuvchi ko‘chirma gapdan uslubiy maqsadda ham foydalanadi: uning vositasida obraz yaratiladi, qahramonga ma’lum darajada xarakteristika beriladi. Ba’zi personajlar nutqidan ularning ichki dunyosini, tashqi qiyofasini, tabiatini ham anglab olish mumkin: — CHexovmi? Himm... burjuaziya realizmi to‘g‘risida so‘zlaganda, eng avval, uiing ob’ektiga diqqat qilish kerak. Burjuaziya realistlari tushungan,ular aks ettirgan ob’ektiv voqelikni anglash lozim bo‘ladi. Turgan gapki, CHexovning ijodi boshdan-oyoq, butun mohiyati bilan ilk burjuaziya realizmi, ya’ni... himm,.. Mukarram, tovuqqa moyak qo‘ydingmi? Qo‘yish kerak, bo‘lmasa daydi bo‘lib ketadi... Tavba, tovuqdan ham ahmoq jonivor yo‘q — moyak qo‘ysang,tug‘adi! Nima uchun moyak qo‘ysang, tug‘adi? Xo‘roz nima uchun saharda qichqiradi? Ajoyib psixologiya! Biologiya o‘qiysiz-larmi? (A. Q. Adabiyot muallimi). Ko‘chirma gap bo‘lgan keyin, so‘zsiz u bilan birgalik muallif so‘zlari ham ishtirok etadi. Muallifning ana shu so‘z va jumlalari nutqda ma’lum ekspressiv ahamiyatga ega bo‘lishi mumkin. Dramatik asarlarda qatnashuvchi shaxslarning replikalari muallif remarkalari ham ayrim qahramonlar xarakterini yoki ular orasidagi munosabatlarni tushunishda o‘ziga xos o‘rin tutadi: X o l m a t (o‘zicha). Voy xom kalla-ey, sen hali hayvon deb yurgan edingmi? Xolmat (o‘zicha).Mana qo‘y, deb tumshug‘igasolmaysanmisiynitalog‘ni!
Xolmat (o‘zicha). Bo‘lmasa hali surma ichgan itdek ovoz i bo‘g‘ilib, imomatga o‘ta olmay qoladilar. (Imomga.) CHarchamaysiz, domla pochcha, faqat quruq qoshiq og‘iz yirtadi, xolos! Sadqai gapingiz ketsin bu gadoga! Bunga o‘xshagan mingta sarpoyoqdan sizlar uchun boyga o‘xshagan bitta xo‘l tayoq yaxshi! (H. H.) Navoiy kuladi. Mansur kirib erga tashlanadi, yig‘lab, Navoiyning etagini o‘padi. Haram. Sochlari parishon, ozg‘in Guli to‘shakda yotibdi. Nozik qo‘llari bilan Alisher bergan devonni ko‘kragiga bosgan. YOnida enaga. («Alisher Navoiy» dramasidan.) Ko‘chirma gap ko‘proq muallif gapi bilan birga qo‘llanadi. Bu vaqtda har ikki sodda gap birikib, to‘ldiruvchi ergash gapli qo‘shma gapga sinonim bo‘ladi: ko‘chirma gap ham muallif gapini, uning kesimidan anglashilgan xilma-xil ma’nolarni to‘ldiradi. Muallif gapining kesimi, asosan, aytmoq va demoq fe’llarining tuslangan (aniq) shakllari orqali ifodalanadi. Qo‘chirma gapli qo‘shma gaplarni uslub talablariga ko‘ra, turlicha qurish mumkin: YOzuvchi aytgan edi: «So‘z barcha fikrlar va faktlar libosidir». «So‘z barcha fikrlar va faktlar libosidir», — degan edi yozuvchi. Ko‘chirma gapdan shu tarzda foydalanilsa, aytmoq, demoq fe’llari betaraf ma’noda — xabar qilish, xabarni aytish usuli vazifasidagina ishlatiladi. Bu vaqtda ko‘chirma gap og‘zaki nutqda o‘ziga xos ohang bilan aytiladi, yozuvda esa qo‘shtirnoq orqali belgilanadi va har ikki gap orasidagi chegara aniqlanadi. Turli nutq uslublarida so‘ramoq o‘rnida iltimos qilmoq, arz qilmoq (arz aylamak – arxaik) kabi shakllar; pichirlamoq, shivirlamoq, do‘ng‘illamoq, vaqillamoq (va boshqa ko‘rinishlari), javob bermoq, e’lon qilmoq, ma’lum qilmoq va boshqa fe’llar qo‘llanadi. Bunday fe’llar ma’nosini yanada ochish, fikrni kuchaytirish, tinglovchiga buyurish, da’vat, eslatish kabi maqsadlarda bosh gap tarkibida -ki, -chi, -mi, -