Konstitutsiya prinsipi
Konstitutsiya prinsipi Reja: 1. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar. 2. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi ta’lim va tarbiya jarayonlarining asosiy qonun xujjati sifatida.
Konstitutsiya va qonunning ustunligi prinsipi Konstitutsiya va qonunlar ustunligining ta’minlanishi huquqiy davlatning muhim belgilaridan biri bo‘lib, u O‘zbekistonda davlat-huquqiy qurilishining eng asosiy prinsipi hamdir. "Konstitutsiya va qonunlarning ustunligi prinsipi shuni anglatadiki, - deydi Prezidentimiz I.A.Karimov, bunda barcha joriy qonunlar va me’yoriy-huquqiy hujjatlar Konstitutsiya asosida, unga muvofiq bo‘lishi talab etiladi". Ulug‘ bobokalonimiz Amir Temur aytganidek: "Qayerda qonun hukmronlik qilsa, shu yerda erkinlik bo‘ladi". O‘zbekiston Konstitutsiyasida Konstitutsiya davlatimizning eng Asosiy Qonuni ekanligi, u boshqa barcha qonunlar va me’yoriy-huquqiy hujjatlardan yuqori turishi quyidagicha belgilangan: "O‘zbekiston Respublikasida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlarining ustunligi so‘zsiz tan olinadi. Davlat, uning organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalari, fuqarolar Konstitutsiya va qonunlarga muvofiq ish ko‘radilar" (15-modda). O‘zbekistonda Konstitutsiya va qonunlar oldida hamma teng darajada masuliyatga ega bo‘lib, qonunlar ham o‘z navbatida barchaga barobardir. Konstitutsiyaning 15-moddasi ikkinchi qismida davlat, uning organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalari, fuqarolar Konstitutsiya va qonunlarga muvofiq ish ko‘radilar, deb ko‘rsatilgan. Davlat, uning organlari, jamoat birlashmalari Konstitutsiya va tegishli maxsus qonunlar asosida tashkil qilinadi va faoliyat yuritadi. Ular Konstitutsiya va maxsus qonunlarda belgilangan vakolatlarnigina amalga oshiradilar. Mansabdor shaxslar va fuqarolar ham Konstitutsiya va qonunlarga muvofiq ish ko‘radilar. Yuqoridagilarning birontasi ham Konstitutsiya va qonunlardan tashqari ish ko‘rishga haqli emas. Zero, Konstitutsiya va qonunlardan chetlab o‘tish, ularning talablarini buzish g‘ayriqonuniy xatti-harakat hisoblanadi. Bunday harakatlar uchun esa maxsus qonunlarda tegishlicha javobgarliklar o‘rnatilgan, sanksiyalar belgilangan. Demokratik huquqiy davlatda Konstitutsiya va qonunlarga og‘ishmay amal qilish talabi bilan bir qatorda Konstitutsiyaning birorta qoidasi O‘zbekiston
Respublikasi huquq va manfaatlariga zarar yetkazadigan tarzda talqin etilishi mumkin emasligi ham o‘rnatilgan bo‘ladi. O‘zbekiston Konstitutsiyasining birorta qoidasi O‘zbekiston Respublikasi huquq va manfaatlariga zarar yetkazadigan tarzda talqin etilishi mumkin emas. Birorta ham qonun yoki boshqa normativ-huquqiy hujjat Konstitutsiya normalari va qoidalariga zid kelishi mumkin emas (16-modda). O‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosatining Konstitutsiyaviy asoslari va prinsiplari. O‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosatining asosiy prinsiplari Konstitutsiyaning 17-moddasida o‘zining qonuniy aksini topgan. Asosiy Qonunimizning 17-moddasida shunday deyilgan: "O‘zbekiston Respublikasi xalqaro munosabatlarning to‘la huquqli subyektidir. Uning tashqi siyosati davlatlarning suveren tengligi, kuch ishlatmaslik yoki kuch bilan tahdid qilmaslik, chegaralarning daxlsizligi, nizolarni tinch yo‘l bilan hal etish, boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik qoidalariga va xalqaro huquqning umum e’tirof etilgan boshqa qoidalari va normalariga asoslanadi. Respublika davlatning, xalqning oliy manfaatlari, farovonligi va xavfsizligini ta’minlash maqsadida ittifoqlar tuzishi, hamdo‘stliklarga va boshqa davlatlararo tuzilmalarga kirishi va ulardan ajralib chiqishi mumkin." Tashqi siyosat tushunchasi davlatning xalqaro ishlardagi umumiy yo‘nalishi o‘z ichiga oladi. Tashqi siyosat davlatning boshqa davlatlar va xalqlar hamda xalqaro tashkilotlar bilan o‘zaro aloqalarini o‘z ichiga oluvchi maqsad va vositalarini qamrab oladi. Mustaqillik yillarida O‘zbekiston 120 dan ortiq davlat bilan diplomatik aloqalarni o‘rnatdi. Toshkentda 35ta davlat elchixonasi ochildi, 19ta davlat elchilari esa O‘zbekiston Respublikasida o‘rindoshlik asosida faoliyat yurgizadi. Respublikada 88 ta xorijiy vakolatxonalar akreditatsiyadan o‘tgan, 24 ta hukumatlararo va 13 ta hukumatlarga tegishli bo‘lmagan tashkilotlar faoliyat olib boradi. Bir so‘z bilan aytganda, O‘zbekiston mustaqil davlat sifatida jahon hamjamiyati tomonidan tan olindi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar. Bizga ma’lumki, 1993 yil 28 dekabrda birinchi bor Konstitutsiyaga o‘zgartirish va qo‘shimcha kiritilgan bo‘lib, "O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida" gi O‘zbekiston Respublikasining Qonunida shunday deyilgan edi: “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 77-modda 1-qismidagi “150 nafar deputatdan” degan so‘zlar “deputatlardan” degan so‘z bilan almashtirilsin”. Konstitutsiyaviy qonun asosida 2003 yil 24 apreldagi "O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuniga muvofiq Konstitutsiyaning XVIII, XIX, XX, XXIII boblariga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritildi. Jumladan, Konstitutsiyamizning O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deb nomlangan XVIII bobi ilgari bir palatali parlamentga bag‘ishlangan bo‘lsa endilikda mazkur bobda ikki palatali parlament O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi (quyi palata) va Senati (yuqori palata)ga bag‘ishlangan. Konstitutsiyaning 117-modda 2-qismida “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisininng qonunchilik palatasiga hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesiga, viloyatlar, tumanlar, shaharlar davlat hokimiyati vakillik organlariga saylov tegishincha ularning Konstitutsiyaviy vakolat muddati tugaydigan yilda-dekabr oyi uchinchi o‘n kunligining birinchi yakshanbasida o‘tkaziladi. Saylovlar umumiy, teng, to‘g‘ridan-to‘g‘ri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yo‘li bilan o‘tkaziladi. O‘zbekiston Respublikasining 18 yoshga to‘lgan fuqarolari saylash huquqiga egadirlar. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati a’zolari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesiga, viloyatlar, tumanlar, shaharlar davlat hokimiyati vakillik organlari deputatlarining tegishincha qo‘shma majlislarida mazkur deputatlar saylanganidan so‘ng bir oy ichida ular orasidan yashirin ovoz berish yo‘li bilan saylanadilar” degan qoida mavjud.
O‘zbekiston Respublikasining 2007 yil 11 aprelda qabul qilingan Qonuni bilan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 89-moddasiga, 93moddaning 15- bandiga, 102-moddasining ikkinchi qismiga tuzatishlar kiritilgan. O‘zbekiston Respublikasining 2008 yil 25 dekabrda qabul qilingan Qonuni bilan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 77-moddasining birinchi qismga o‘zgartirish kiritilgan. Unga ko‘ra O‘zR Qonunchilik palatasining deputatlari soni qonunga muvofiq 150 nafar etib belgilandi. O‘zbekistan Respublikasinin Qonunchilik palatasi tomonidan 2011yil 4 martda qabul qilingan, Senat tomonidan 2011 yil 25 martda ma’qullangan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2011 yil 18 aprelda № URK – 284 imzolangan O‘zbekistan Respublikasi Qonunining 78, 80, 93, 96 va 98moddalariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga ushbu o‘zgartish va qo‘shimchalar demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish, davlat hokimiyati va boshqaruvini demokratlashtirish, davlat xokimiyatining uchta subyekti: davlat boshlig‘i — Prezident, qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlar o‘rtasidagi vakolatlarning yanada mutanosib taqsimlanishini ta’minlash, shuningdek sotsial-iqtisodiy, ijtimoiy- siyosiy isloxotlarni amalga oshirishda, mamlakatni yangilash va modernizatsiya qilishda siyosiy partiyalarning roli hamda ta’sirini kuchaytirish maqsadida kiritilmoqda. 2011 yil 18 aprel kuni qabul qilingan Konstitutsiyaviy qonunga ko‘ra Konstitutsiyasining quyidagi: 78-modda birinchi qismining 15-bandi, 80moddaning 6-bandiga, 93-modda birinchi kismiga, 8-bandiga, 12-bandiga, 15- bandiga, 96-moddaga, 98-moddaga tuzatish va qo‘shimchalar kiritildi, O‘zbekiston Respublikasining 2011 yil 12 dekabrda qabul qilingan qonuni bilan O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 90- moddasining ikkinchi qismiga tuzatish kiritilgan. “O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari tomonidan umumiy, teng va to‘g‘ridan-to‘g‘ri saylov berish yo‘li bilan besh yil muddatga saylanadi”.