logo

LINGVOMADANIYATDA LAKUNA MUAMMOSI

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

35.5234375 KB
LINGVOMADANIYATDA LAKUNA MUAMMOSI
Reja:
1. “Lakuna” tushunchasi
2. Lakunalarning turlari
3. Lakunalarni bartaraf qilish yo‘llari  1. “Lakuna” tushunchasi.   “Lakuna” termini ilk bor kanadalik tilshunoslar
J.P.   Vine   va   J.   Darbelnelar   tomonidan   ilmiy   muomalaga   kiritilib,   unga   shunday
ta’rif   berilgan:   “Bir   tildagi   so‘z   boshqa   tilda   muqobilini   topa   olmagan   o‘rinlarda
har doim lakuna hodisasi voqelanadi” 1
.
V.G.   Gak   lakunalarni   “tilning   leksik   tizimidagi   bo‘shliqlar,   bor   bo‘lishi
kerakdek   ko‘ringan   so‘zlarning   mavjud   emasligi” 2
,   deb   tushuntiradi.   Tadqiqotchi
lakunalarni   mazkur   jamiyatda   tushunchalarning   mavjudligi,   biroq   ularni
ifodalovchi   so‘zlarning  yo‘qligi,  bunday   tushunchalar   uchun  boshqa   tilda   alohida
leksik   ifodalarning   mavjud   bo‘lishi   deb   hisoblaydi.   Lakunalarga   misol   tariqasida
fransuz   tilida   rus   tiliga   qiyosan   сутка   va   кипyaток   so‘zlarining   mavjud
emasligini keltiradi. 
Lakunalar   (J.P.   Vine   va   J.   Darbelne,   V.L.   Muravev),   oraliq,   lakuna   (K.
Xeyl),   zid   so‘zlar,   oraliqlar,   lakunalar   yoki   til   xaritasidagi   oq   dog‘lar   (Y.S.
Stepanov),   tarjima   qilib   bo‘lmaydigan   so‘zlar   (V.G.   Chernov),   muqobilsiz,   nol
so‘z   (I.A.   Sternin),   muqobilsiz   yoki     fonli   leksika   (L.S.   Barxudarov,   Y.M.
Vereshagin,   V.G.   Kostomarov),   tasodifiy   lakunalar,   tarjimasiz   leksika   (L.S.
Barxudarov) va h.k. qo‘llanilganini ko‘rish mumkin. 
S.Vlaxov   va   S.Florinlar   lakuna   hodisasini   ifoda   vositalarining   alohida
kategoriyasi   bo‘lgan   realiyalar,   ya’ni   “biron   xalqning   maishiy,   madaniy,   ijtimoiy
va   tarixiy   hayoti   uchun   xarakterli   va   boshqa   xalq   uchun   begona   bo‘lgan,   boshqa
tilda aniq muqobili  bo‘lmagan so‘z va so‘z birikmalari” 3
  sifatida talqin qilishgan.
O.A. Ogursovaning fikricha, mazkur leksemalar qiyoslanayotgan tillarda o‘xshashi
bo‘lmagan so‘zlardir. Olima  lakuna  terminini qo‘llashni ma’qul ko‘radi va uni so‘z
birikmasi   emas,   konnotatsiyadan   holi   bo‘lgan   qisqa   so‘z   ekanligini;
tasvirlanayotgan hodisani farqlilik darajasi xususida so‘z yuritish mumkin bo‘lgani
uchun   unga   nisbatan   muqobilsiz   terminini   qo‘llashning   o‘rinsiz   ekanligini   qayd
1   Vinay J.P., Darbelnet J.  Stylistique comparee du frai с ais et de 1'anglais. –Paris, 1958. –P. 10.
2   Гак В.Г. Сравнительная типология французского и русского языков. –Л.: Просвещение. 
Ленингр. oт-е, 1977. –C. 261. 
3  Влахов С., Флорин С. Непереводимое в переводе. –М.: Высш. шк., 1986. –С. 55. qiladi.     “Lakuna   qiyoslanayotgan   tillarning   birida   mavjud   bo‘lgan   va   boshqasida
uchramaydigan grammatik kategoriya, so‘zlar va so‘z birikmalaridir” 4
.    
Aksariyat   tadqiqotchilarning   tillar   va   madaniyatlardagi   farqliliklarni   tahlil
qilishda “lakuna” (lot. lacuna   – bo‘shliq, chuqurlik,   cho‘nqir joy; frans. lacune –
bo‘shliq,   bo‘sh   joy)   terminini   qo‘llashlari   bejiz   emas.   A.M.Proxorovning   tahriri
ostidagi  “ Советский энциклопедический  словарь ” (M., 1981)da tilshunoslik va
adabiyotshunoslikdagi   lakunalar   “matnda   bo‘sh   qolgan,   tushib   qolgan   joy”   deb
izohlangan.   Bunga   o‘xshash   izohni   “ Словар ь   иностранн i х   слов ”   (M.,1984)da
ham uchratish mumkin.  
Muayyan   xalqning   madaniyatida   boshqa   madaniyat   vakillari   tomonidan
qabul   qilinmaydigan   stereotip   xarakterdagi   bir   qator   o‘ziga   xos   unsurlar   mavjud
bo‘lib,   ular   Y.   A.   Sorokin   va   I.Y.Markovinalar   tomonidan   lakunalar   deb
nomlanadi.   Retsipiyent   har   doim   ham   o‘zga   madaniyat   matnini   to‘liq   tushuna
olmaydi. Matndagi ayrim birliklar unga g‘alati tuyuladi va ular maxsus izoh talab
qiladi. Bunday birliklar matn yaratilgan madaniyatning o‘ziga xos milliy-madaniy
xususiyatlari, lakunalarni yuzaga chiqaradi.  
Lakunalar   madaniyatlararo   muloqotda   tillar   va   madaniyatlar   o‘rtasidagi
farqlarni ko‘rsatib beruvchi muhim omil hisoblanadi. Lakunalar, asosan, tillarning
qiyosida   seziladi.   Masalan,   ingliz   tilida   “yurist,   advokat”   ma’nosini   anglatgan
lawyer   so‘zidan   boshqa   advokatlik   kasbining   turli-tumanligini   ifodalaydigan
attorney   “vakil”,   barrister   “oliy   sudlarda   ishtirok   etish   huquqiga   ega   bo‘lgan
advokat”,   solicitor   “mijozlarga va tashkilotlarga maslahat beruvchi; quyi sudlarda
ishtirok   etish   huquqiga   ega”,   counsel   “yuristkonsult”,   counsellor   “maslahatchi”,
advocate   “oliy   darajadagi   advokat”   ( Великобританиya ,   1978)   kabi   so‘zlar   ham
qo‘llaniladi.   Mazkur   ifodalarga   o‘zbek   va   rus   tillaridagi   faqat   advokat   so‘zigina
muqobil bo‘la oladi. 
O’zbek   tilida   onaning   onasiga   ham   otaning   onasiga   ham   buvi ,   onaning
otasiga   ham,   otaning   otasiga   ham   buva   deyilsa,   turk   tilida   anneanne,   babaanne ,
4  Огурцова О.А. К проблеме лакунарности //Функциональные особенности лингвистических 
единиц: Сб. трудов Кубанского ун-та. Вып.З. Краснодар: Изд-во Кубанского ун-та., 1979. –С.  79.  koreys   tilida   otaning   onasiga   halmoni ,   otaning   otasiga   haraboji,   onaning   onasiga
vihalmoni ,   onaning   otasiga   viharaboji   deyiladi.   Yoki   koreys   tilida   ơbba   “aka”
ayollarning,   hyǒŋ   “aka”   erkaklarning,   onni   “opa”   ayollarning,   nuna   “opa”
erkaklarning nutqida ishlatiladi” 5
. 
Ko‘rinadiki,   o‘zbek   tilida   onaning   onasi//   otaning   onasi,   onaning
otasi//otaning   otasi   kabi   tushunchalar   mavjud   bo‘lsa-da,   ularni   ifodalash   uchun
faqat   ikki   so‘z:   buvi   va   buva dan   foydalaniladi.   Turk   va   koreys   tillarida   esa   bu
tushunchalarning   har   biri   alohida   so‘zlar   ( anneanne,   babaanne,   halmoni,
vihalmoni, haraboji, viharaboji ) vositasida ifodalangan. 
Demak, mazkur so‘zlar o‘zbek tilida lakunalarni yuzaga chiqaradi. 
2.   Lakunalarning   turlari.   Madaniyatlararo   verbal   va   noverbal
kommunikatsiya   jarayonida   “muloqotning   uzilishi”,   “muloqotning   muvaffaqi-
yatsizlikka   uchrashi”,   “noqulay   aloqa”,   “lisoniy   to‘qnashuv”,   “madaniy   shok”   va
h.k. ijtimoiy-madaniy lakunalarni  keltirib chiqaradi. Ijtimoiy-madaniy lakunalarni
quyidagicha tasniflash mumkin:
1.   Turli   lingvomadaniyat   jamoalari   vakillarining   milliy-madaniy
xususiyatlarini   aks   ettiradigan   subyektiv   lakunalar.   Subyektiv   yoki   milliy-
psixologik lakunalar  madaniyatlararo muloqot jarayonida ishtirokchilarning milliy-
psixologik qarashlari bir-biriga mos kelmaganda yuzaga keladi. Masalan, nemislar
o‘ta   tartibliligi   bilan   boshqa   xalqlardan   ajralib   tursa,   koreyslar   aksariyat   hollarda
kech   qolishi   bilan   boshqa   xalqlardan   farqlanadi.   Koreys   muloqotida   salomdan
keyin   kattalarga   shiksa   hashossoyo?   (ovqat   yedingizmi?)   yoki   kichiklarga   bab
mokossoyo   (ovqat   yedingmi?),   deb   so‘rash   odat   (bu   odat   Koreyadagi   urush
yillaridagi   og‘ir   ocharchilik   paytida   hol-ahvol   so‘rash   oqibatida   shakllangan)
bo‘lsa,  o‘zbek muloqoti uchun bu holat notabiiy sanaladi. Yapon jamiyati muloqot
shakllaridagi   “o‘ziniki-begona”   qarama-qarshiligi   ham   subyektiv   yoki   milliy-
psixologik   lakunalarni   aks   ettiradi.   Yaponiyada   “o‘zinikilar”   bilan   dialektlar
5  Усманова Ш. Маданиятлараро мулоқотда лакуналарнинг ўрни // Лингвист. Илмий мақолалар 
тўплами. V. – Тошкент: “Akademnashr”, 2013. –Б . 152-156.  vositasida   muloqotga   kirishilsa,   “begonalar”   bilan,   xususan,   chet   elliklar   bilan
adabiy tilda muloqot qilinadi 6
.     
2. Turli   faoliyatlarning   o‘zaro   aloqasida   milliy-madaniy   xususiyatlarni   aks
ettiradigan     faoliyat-kommunikativ     lakunalari .   Mazkur   guruhga   muayyan
madaniyatga   xos   bo‘lgan   xatti-harakat   va   imo-ishoralar,   urf-odatlar,   an’analar
bilan   bog‘liq   maishiy   yoki   kundalik   muomala,   shuningdek,   muomala   madaniyati
kiradi.   Masalan,   “Bu   kitob   sizniki   emasmi?”   yoki   “Ertaga   band   emasmisiz? ”
savoliga   deyarli   barcha   madaniyatlarda   “Yo‘q,   meniki   emas” ,   “Yo‘q,   band
emasman” , deb inkor ma’nosida  bosh chayq a b  javob beriladi. Koreyslar (yaponlar
ham)   “Ne,   ne   cheki   animnida”   (“Ha,   mening   kitobim   emas”)   va   “ Ne,   babiji
ansimnida ”   (“Ha,   band   emasman”),   deb   tasdiq   ma’nosida   bosh   irg‘ab   javob
beradi.   Chunki   koreys   muloqotida   asosiy   e’tibor   suhbatdoshga   qaratilgan   bo‘lib,
uni   hurmatlash   birinchi   o‘rinda   turadi.   Yoki   aksariyat   xalqlarning   so‘zsiz
muloqotida   bosh barmoqni  ko‘tarish   holati “juda yaxshi”, “juda zo‘r” ma’nolarni
ifodalasa, koreys muloqotida  “boshliq”, “erkak” va “muhr” ma’nolarini anglatadi.
O‘zbeklar   yoki   ayrim   xalqlarda   qo‘lini   oldinga   uzatib,   ko‘rsatkich   barmoq   bilan
“bu   yerga   kel”,   deb   ishora   qilinsa,   koreys   yoki   yaponlarda   bu   ishora   itlarni
chaqirish uchun qo‘llaniladi 7
.  Bunday lakunalarning voqelanishi nafaqat u yoki bu
muloqotning   noto‘g‘ri   tushunilishiga,   balki   madaniyatlararo   to‘qnashuvlarni   ham
yuzaga chiqarishi mumkin.
Ba’zan   turli   xalqlar   madaniyatida   ranglar   ifodalagan   ramziy   ma’nolar   ham
o‘ziga   xos   lakunalarning   shakllanishiga   sabab   bo‘lishi   mumkin.   Masalan,   rus
lingvomadaniyatida   yoshlik   “ зелёный   юнец ” ,   “ зелен   виноград ”   yashil   rangning
konnotatsiyalari  vositasida ifodalansa, Xitoy an’analarida mazkur ma’no uchun oq
rang   konnotatsiyasidan   foydalaniladi:   bai   mian   shu   shen   –   “tajribasiz   yoshlar,
ilmga yangi kirib kelgan” 8
. 
6  Усманова Ш. Маданиятлараро мулоқотда лакуналарнинг ўрни // Лингвист. Илмий мақолалар 
тўплами. V. – Тошкент:  Akademnashr, 2013. – Б. 152-156.
7  Usmanova Sh. O‘zbekcha va koreyscha so‘zsiz muloqotning milliy-madaniy xususiyatlari // 
International Journal of Central Asian Studies. Vol.9. –Seoul, 2004. –Б. 51.  
8  Вань Ланьсяосюань. Национально-культурные особенности картин мира русского и китайского 
языков (на материале коннотаций–цветообозначений)  http://jurnal  .org/articles/2010/fill28.html 3.   Matnlarning   xususiyatlari   (matnning   mazmuni,   matnni   yaratish   va   uni
tushunish,   muayyan   retsipiyentga   yo‘nalish,   muallif   poetikasi   va   h.k.)dan   kelib
chiqadigan   matniy   lakunalar .   Masalan,   retsipiyent   ona   tilida   bo‘lmagan   matnni
o‘qish   jarayonida   unga   “begona”   bo‘lgan   madaniyat   bilan   to‘qnashadi   va   uni
o‘zining   milliy   madaniyati   doirasida   qabul   qilishga   harakat   qiladi.   Natijada
retsipiyent “begona” madaniyatning o‘ziga xos xususiyatini noto‘g‘ri talqin qiladi.
Bunday holatlarda lakunalar  matnni  tushunmaslikdan  yuzaga  keladi. Shuningdek,
muallif   va   kitobxon   orasidagi   zamonda   (zamonaviy   kitobxon   klassik   asarlarni
tushunmasligi mumkin) ham farq bo‘lishi mumkin. 
4.   Madaniy   makondagi   lakunalar   u   yoki   bu   lingvomadaniyat   jamoasi
vakillarining madaniy makon va ichki ko‘rinishni baholashdagi nomutanosibligini
ifodalaydi.   Muloqot   jarayoni   keng   ma’noda   olinganda     madaniy   makondagi
lakunalar ,   tor   kommunikativ   akt   miqyosida   olinganda   ichki   ko‘rinish   lakunalari
deb yuritiladi. Madaniy makon deganda har qanday madaniyat tashuvchisini o‘rab
olgan muhitning cheksizligi tushuniladi. Madaniy makonning tarkibiga quyidagilar
kiradi:  
-   u   yoki   bu   lingvomadaniyat   jamoasi   vakillarining   atrof-muhitga   qanday
ahamiyat berishi;
- mazkur jamoa vakillarining turmush tarzi, hayoti;  
- mazkur jamoa vakillarining bilimlar zaxirasi, madaniy fondi.
Madaniy makon va uni tarkib toptiruvchi atrof-muhit, turmush tarzi, bilimlar
zaxirasi, madaniy fond kabi  unsurlar  boshqa madaniyat  jamoasining vakili  uchun
lakuna hosil qiluvchilar sanaladi.
Madaniy   lakunalarning   o‘ziga   xos   turlaridan   biri   etnografik   lakunalar dir.
Ular     ma’lum  bir   madaniyatga  oid  bo‘lib,    boshqa   mahalliy  madaniyatda  mavjud
bo‘lmaydi.   Etnografik lakunalar ko‘pincha maishiy hayot predmetlarini  tavsiflash
uchun   xizmat   qiladi.   Boshqa   madaniyat   retsipiyenti   ular   haqida   tasavvurga   ega
bo‘lmaydi,   bunday   tushunchalarning   asosiy   ma’nosi   anglay   olmaydi.   Masalan,
koreys   turmushidagi   “o‘ndol”   tushunchasi   koreys   uylaridagi   pol   ostidagi   isitish
tizimini  anglatadi. Yoki   o‘zbek maishiy hayotidagi   “tancha”   tushunchasi  isinish jihozini   bildiradi.   Tabiiyki,   boshqa   madaniyat   retsipiyentlari   mazkur   predmetlar
haqida tasavvur hosil qilishga, bu tushunchalarning ma’nolari anglashga qiynaladi.
Ko‘rinadiki,   etnografik   lakunalar   maishiy   hayot   predmetlariga   xos   bo‘lib,   ular
tasviriy va tavsifiy izohlarni talab qiladi 9
.  
V.Muravev   etnografik   lakunalarning   paydo   bo‘lishini   qiyoslanayotgan
madaniyatlardan   birining   sohibida   boshqa   madaniyat   vakilida   bo‘lgan   turli
ijtimoiy-madaniy   omillar   natijasida   yuzaga   kelgan   lingvo-etnografik
assotsiatsiyaning yo‘qligi bilan bog‘laydi 10
. 
 3. Lakunalarni bartaraf qilish yo‘llari.  Madaniyatlar aralashgan bugungi 
kunda turli tillar, xalqlar, ularning madaniyatlariga qiziqish, ularni tadqiq etish 
muhim ahamiyat kasb etmoqda.  Ikkita milliy madaniyat hech qachon bir-biriga 
to‘liq mos tushmaydi. Retsipiyentning boshqa madaniyatdagi matnni o‘z 
madaniyati doirasida qabul qilishi o‘sha madaniyatni tushunmaslikka, ayrim 
hollarda madaniyatlararo to‘qnashuvlarga sabab bo‘ladi. Lisoniy to‘siqlar mavjud 
bo‘lmagan holatlarda ham aynan madaniyatlardagi farqlar madaniyatlararo 
muloqotga xalaqit qilishi mumkin.  
U   yoki   bu   lingvomadaniyat   jamoasining   milliy   xususiyatlarini   ifodalovchi
lakunalar chet tillarni o‘rgatishda o‘ziga xos to‘siq sanaladi. Biroq  madaniyatlararo
muloqot   tajribasi   mazkur   madaniyatlarning   milliy   o‘ziga   xos   farqlaridagi
qiyinchiliklarni   bartaraf   qilishda   turli   usullarning   mavjudligini   ko‘rsatadi.
Binobarin,   G.   A.   Antipov,   O.   A.   Donskix,   I.   Y.   Markovina   va   Y.   A.   Sorokinlar
ijtimoiy   lakunalarni   bartaraf   qilishning   ikki:   to‘ldirish   va   kompensatsiyalash
usullariga ajratishadi 11
. 
Lakunalarni   to‘ldirish   retsipiyent   uchun   boshqa   madaniyatga   tegishli
bo‘lgan   ayrim   tushunchaning   ma’nosini   ochib   berish   jarayonidir.   Lakunalarni
to‘ldirishning eng ko‘p tarqalgan turi matn tarjimasida milliy-madaniy xususiyatga
9  Усманова Ш. Маданиятлараро мулоқотда лакуналарнинг ўрни // Лингвист. Илмий мақолалар 
тўплами. V. – Т.: “Akademnashr”, 2013. –Б . 154. 
10  Муравьев В.Л. Лексические лакуны (на материале лексики французского и русского языков). –
Владимир, 1975. –С.38.
11  Антипов Г. А., Донских О. А., Марковина И. Ю., Сорокин Ю. А. Текст как явление культуры. 
Новосибирск, 1989. ega   bo‘lgan   unsurni   saqlab   qolishdir.   Masalan,   In   der   Gaststätte   bestellte   er
Hackepeter.   U   restoranda   ziravorlangan   xom   go‘shtdan   tayyorlanadigan
xakepeter olib kelishni buyurdi  12
. 
Ijtimoiy   lakunalarni   bartaraf   qilishning   yana   bir   usuli   kompensatsiyalash
bo‘lib, uning asosiy vazifasi milliy o‘ziga xos to‘siqni olib tashlashdir.   Matndagi
lakunalarni kompensatsiyalashning eng sodda turi boshqa madaniyatga oid bo‘lgan
parchani retsipiyent tilida berishda muallif tomonidan realiyalardan foydalanishdir.
Masalan ,   “ У   него (дерева) густа я  раскидистая крона,   продолговатые листья,
как   у   нашей   черемухи,   только   в   несколько   раз   крупнее   “ 13
.   Bunda   havola   va
iqtiboslar keltirish kompensatsiyalash usulining asosiy unsuri bo‘lib xizmat qiladi.
Shunday   qilib,   lakunalar   bir   tomondan   milliy   madaniyatning   o‘ziga   xos
belgisi,   mentalitet   xususiyatlari   darajasining   ko‘rsatkichi   bo‘lsa,   ikkinchi
tomondan madaniyatlararo o‘zaro ta’sir sharoitida o‘zga ko‘rinishga kira oladigan
birliklar   hisoblanadi.     Lakunalarni   tadqiq   qilish   lakunologiya   fanini
shakllantirishga,   uning   tushunchaviy-terminologik   apparatini   va   tadqiqot
metodlarini   ishlab   chiqishga,   tillar   va   madaniyatlar   o‘rtasidagi   farqlarni   ko‘rsatib
berishga,   madaniyatlararo   muloqotda   to‘siqlarni   yengishga,   chet   tillarni
o‘rgatishda samaradorlikni oshirishga xizmat qiladi. 
12  Папикян А. В. Cоциокультурные лакуны: типология, причины появленияи способы 
заполнения при изучении иностранных языков. – C. 481. Электрон вариант. 
13  Пиляцкин Б. Восточная и Южная Азия. М., 1981. - C.175. ADABIYOTLAR
1 . Usmanova Sh.  “Lingvokulturologiya” fanidan ma’ruza  kurslari .  – Toshkent: 
Universitet, 2014.
2 .  Алефиренко Н.Ф.  Лингвокультурология. Ценностно-смысловое  
пространство языка . У чебное пособие . –М.: Флинта , Наука, 2010.  
3 . Хроленко А. Т. Основы лингвокультурологии.  Учебное пособие.  – М. : 
Наука, 2009. 
4 . Арутюнова Н.Д. Метафора и дискурс // Теория метафоры. –М., 1990. 
5 . Арутюнова Н.Д. Язык и мир человека. –М., 1998. 
6 . Байбурин А. К. Ритуал в традиционной культуре. –СПб., 1993. 
7 . Бижева З.Х. Культурные концепты в кабардинском языке. –Нальчик, 1997.
8. .ВежбицкаяА. Язык. Культура. Познание. –М., 1996. 
9.  Воркачёв С.Г.  Лингвокультурология, языковая личность, концепт: 
становление антропоцентрической парадигмы в языкознании // 
Филологические наук. 2001. -№ 1. –С. 64-72.
1 0 . Воробьев В. В. Культурологическая парадигма русского языка. –М., 1994.
11.  Воробьев В.В.  Лингвокультурология: теория и методы. –М., 1997 .
1 2 . Гумбольдт В. О различии строения человеческих языков и его влиянии на
духовное развитие человечества// Избр. труды по языкознанию. –М., 1984. 
1 3 . Гумбольдт В. Язык и философия культуры. –М., 1985. 
1 4 . Гуревич   А.Я. Человек и культура: Индивидуальность в истории культуры.
–М., 1990. 
15. Де мьянков В.З. Понятие и концепт в художественном литературе и в 
научном языке // Вопросы филологии. –Москва, 2001. -№ 1. –С. 35-47. 
1 6.  Ибрагимова Р.С. Француз ва  ўзбек тилларида  АЁЛ  концептининг 
лингвокогнитив тадқиқи: Филол. фанлар номзоди... дис.автореф.  –Тошкент, 
2012.

LINGVOMADANIYATDA LAKUNA MUAMMOSI Reja: 1. “Lakuna” tushunchasi 2. Lakunalarning turlari 3. Lakunalarni bartaraf qilish yo‘llari

1. “Lakuna” tushunchasi. “Lakuna” termini ilk bor kanadalik tilshunoslar J.P. Vine va J. Darbelnelar tomonidan ilmiy muomalaga kiritilib, unga shunday ta’rif berilgan: “Bir tildagi so‘z boshqa tilda muqobilini topa olmagan o‘rinlarda har doim lakuna hodisasi voqelanadi” 1 . V.G. Gak lakunalarni “tilning leksik tizimidagi bo‘shliqlar, bor bo‘lishi kerakdek ko‘ringan so‘zlarning mavjud emasligi” 2 , deb tushuntiradi. Tadqiqotchi lakunalarni mazkur jamiyatda tushunchalarning mavjudligi, biroq ularni ifodalovchi so‘zlarning yo‘qligi, bunday tushunchalar uchun boshqa tilda alohida leksik ifodalarning mavjud bo‘lishi deb hisoblaydi. Lakunalarga misol tariqasida fransuz tilida rus tiliga qiyosan сутка va кипyaток so‘zlarining mavjud emasligini keltiradi. Lakunalar (J.P. Vine va J. Darbelne, V.L. Muravev), oraliq, lakuna (K. Xeyl), zid so‘zlar, oraliqlar, lakunalar yoki til xaritasidagi oq dog‘lar (Y.S. Stepanov), tarjima qilib bo‘lmaydigan so‘zlar (V.G. Chernov), muqobilsiz, nol so‘z (I.A. Sternin), muqobilsiz yoki fonli leksika (L.S. Barxudarov, Y.M. Vereshagin, V.G. Kostomarov), tasodifiy lakunalar, tarjimasiz leksika (L.S. Barxudarov) va h.k. qo‘llanilganini ko‘rish mumkin. S.Vlaxov va S.Florinlar lakuna hodisasini ifoda vositalarining alohida kategoriyasi bo‘lgan realiyalar, ya’ni “biron xalqning maishiy, madaniy, ijtimoiy va tarixiy hayoti uchun xarakterli va boshqa xalq uchun begona bo‘lgan, boshqa tilda aniq muqobili bo‘lmagan so‘z va so‘z birikmalari” 3 sifatida talqin qilishgan. O.A. Ogursovaning fikricha, mazkur leksemalar qiyoslanayotgan tillarda o‘xshashi bo‘lmagan so‘zlardir. Olima lakuna terminini qo‘llashni ma’qul ko‘radi va uni so‘z birikmasi emas, konnotatsiyadan holi bo‘lgan qisqa so‘z ekanligini; tasvirlanayotgan hodisani farqlilik darajasi xususida so‘z yuritish mumkin bo‘lgani uchun unga nisbatan muqobilsiz terminini qo‘llashning o‘rinsiz ekanligini qayd 1 Vinay J.P., Darbelnet J. Stylistique comparee du frai с ais et de 1'anglais. –Paris, 1958. –P. 10. 2 Гак В.Г. Сравнительная типология французского и русского языков. –Л.: Просвещение. Ленингр. oт-е, 1977. –C. 261. 3 Влахов С., Флорин С. Непереводимое в переводе. –М.: Высш. шк., 1986. –С. 55.

qiladi. “Lakuna qiyoslanayotgan tillarning birida mavjud bo‘lgan va boshqasida uchramaydigan grammatik kategoriya, so‘zlar va so‘z birikmalaridir” 4 . Aksariyat tadqiqotchilarning tillar va madaniyatlardagi farqliliklarni tahlil qilishda “lakuna” (lot. lacuna – bo‘shliq, chuqurlik, cho‘nqir joy; frans. lacune – bo‘shliq, bo‘sh joy) terminini qo‘llashlari bejiz emas. A.M.Proxorovning tahriri ostidagi “ Советский энциклопедический словарь ” (M., 1981)da tilshunoslik va adabiyotshunoslikdagi lakunalar “matnda bo‘sh qolgan, tushib qolgan joy” deb izohlangan. Bunga o‘xshash izohni “ Словар ь иностранн i х слов ” (M.,1984)da ham uchratish mumkin. Muayyan xalqning madaniyatida boshqa madaniyat vakillari tomonidan qabul qilinmaydigan stereotip xarakterdagi bir qator o‘ziga xos unsurlar mavjud bo‘lib, ular Y. A. Sorokin va I.Y.Markovinalar tomonidan lakunalar deb nomlanadi. Retsipiyent har doim ham o‘zga madaniyat matnini to‘liq tushuna olmaydi. Matndagi ayrim birliklar unga g‘alati tuyuladi va ular maxsus izoh talab qiladi. Bunday birliklar matn yaratilgan madaniyatning o‘ziga xos milliy-madaniy xususiyatlari, lakunalarni yuzaga chiqaradi. Lakunalar madaniyatlararo muloqotda tillar va madaniyatlar o‘rtasidagi farqlarni ko‘rsatib beruvchi muhim omil hisoblanadi. Lakunalar, asosan, tillarning qiyosida seziladi. Masalan, ingliz tilida “yurist, advokat” ma’nosini anglatgan lawyer so‘zidan boshqa advokatlik kasbining turli-tumanligini ifodalaydigan attorney “vakil”, barrister “oliy sudlarda ishtirok etish huquqiga ega bo‘lgan advokat”, solicitor “mijozlarga va tashkilotlarga maslahat beruvchi; quyi sudlarda ishtirok etish huquqiga ega”, counsel “yuristkonsult”, counsellor “maslahatchi”, advocate “oliy darajadagi advokat” ( Великобританиya , 1978) kabi so‘zlar ham qo‘llaniladi. Mazkur ifodalarga o‘zbek va rus tillaridagi faqat advokat so‘zigina muqobil bo‘la oladi. O’zbek tilida onaning onasiga ham otaning onasiga ham buvi , onaning otasiga ham, otaning otasiga ham buva deyilsa, turk tilida anneanne, babaanne , 4 Огурцова О.А. К проблеме лакунарности //Функциональные особенности лингвистических единиц: Сб. трудов Кубанского ун-та. Вып.З. Краснодар: Изд-во Кубанского ун-та., 1979. –С. 79.

koreys tilida otaning onasiga halmoni , otaning otasiga haraboji, onaning onasiga vihalmoni , onaning otasiga viharaboji deyiladi. Yoki koreys tilida ơbba “aka” ayollarning, hyǒŋ “aka” erkaklarning, onni “opa” ayollarning, nuna “opa” erkaklarning nutqida ishlatiladi” 5 . Ko‘rinadiki, o‘zbek tilida onaning onasi// otaning onasi, onaning otasi//otaning otasi kabi tushunchalar mavjud bo‘lsa-da, ularni ifodalash uchun faqat ikki so‘z: buvi va buva dan foydalaniladi. Turk va koreys tillarida esa bu tushunchalarning har biri alohida so‘zlar ( anneanne, babaanne, halmoni, vihalmoni, haraboji, viharaboji ) vositasida ifodalangan. Demak, mazkur so‘zlar o‘zbek tilida lakunalarni yuzaga chiqaradi. 2. Lakunalarning turlari. Madaniyatlararo verbal va noverbal kommunikatsiya jarayonida “muloqotning uzilishi”, “muloqotning muvaffaqi- yatsizlikka uchrashi”, “noqulay aloqa”, “lisoniy to‘qnashuv”, “madaniy shok” va h.k. ijtimoiy-madaniy lakunalarni keltirib chiqaradi. Ijtimoiy-madaniy lakunalarni quyidagicha tasniflash mumkin: 1. Turli lingvomadaniyat jamoalari vakillarining milliy-madaniy xususiyatlarini aks ettiradigan subyektiv lakunalar. Subyektiv yoki milliy- psixologik lakunalar madaniyatlararo muloqot jarayonida ishtirokchilarning milliy- psixologik qarashlari bir-biriga mos kelmaganda yuzaga keladi. Masalan, nemislar o‘ta tartibliligi bilan boshqa xalqlardan ajralib tursa, koreyslar aksariyat hollarda kech qolishi bilan boshqa xalqlardan farqlanadi. Koreys muloqotida salomdan keyin kattalarga shiksa hashossoyo? (ovqat yedingizmi?) yoki kichiklarga bab mokossoyo (ovqat yedingmi?), deb so‘rash odat (bu odat Koreyadagi urush yillaridagi og‘ir ocharchilik paytida hol-ahvol so‘rash oqibatida shakllangan) bo‘lsa, o‘zbek muloqoti uchun bu holat notabiiy sanaladi. Yapon jamiyati muloqot shakllaridagi “o‘ziniki-begona” qarama-qarshiligi ham subyektiv yoki milliy- psixologik lakunalarni aks ettiradi. Yaponiyada “o‘zinikilar” bilan dialektlar 5 Усманова Ш. Маданиятлараро мулоқотда лакуналарнинг ўрни // Лингвист. Илмий мақолалар тўплами. V. – Тошкент: “Akademnashr”, 2013. –Б . 152-156.

vositasida muloqotga kirishilsa, “begonalar” bilan, xususan, chet elliklar bilan adabiy tilda muloqot qilinadi 6 . 2. Turli faoliyatlarning o‘zaro aloqasida milliy-madaniy xususiyatlarni aks ettiradigan faoliyat-kommunikativ lakunalari . Mazkur guruhga muayyan madaniyatga xos bo‘lgan xatti-harakat va imo-ishoralar, urf-odatlar, an’analar bilan bog‘liq maishiy yoki kundalik muomala, shuningdek, muomala madaniyati kiradi. Masalan, “Bu kitob sizniki emasmi?” yoki “Ertaga band emasmisiz? ” savoliga deyarli barcha madaniyatlarda “Yo‘q, meniki emas” , “Yo‘q, band emasman” , deb inkor ma’nosida bosh chayq a b javob beriladi. Koreyslar (yaponlar ham) “Ne, ne cheki animnida” (“Ha, mening kitobim emas”) va “ Ne, babiji ansimnida ” (“Ha, band emasman”), deb tasdiq ma’nosida bosh irg‘ab javob beradi. Chunki koreys muloqotida asosiy e’tibor suhbatdoshga qaratilgan bo‘lib, uni hurmatlash birinchi o‘rinda turadi. Yoki aksariyat xalqlarning so‘zsiz muloqotida bosh barmoqni ko‘tarish holati “juda yaxshi”, “juda zo‘r” ma’nolarni ifodalasa, koreys muloqotida “boshliq”, “erkak” va “muhr” ma’nolarini anglatadi. O‘zbeklar yoki ayrim xalqlarda qo‘lini oldinga uzatib, ko‘rsatkich barmoq bilan “bu yerga kel”, deb ishora qilinsa, koreys yoki yaponlarda bu ishora itlarni chaqirish uchun qo‘llaniladi 7 . Bunday lakunalarning voqelanishi nafaqat u yoki bu muloqotning noto‘g‘ri tushunilishiga, balki madaniyatlararo to‘qnashuvlarni ham yuzaga chiqarishi mumkin. Ba’zan turli xalqlar madaniyatida ranglar ifodalagan ramziy ma’nolar ham o‘ziga xos lakunalarning shakllanishiga sabab bo‘lishi mumkin. Masalan, rus lingvomadaniyatida yoshlik “ зелёный юнец ” , “ зелен виноград ” yashil rangning konnotatsiyalari vositasida ifodalansa, Xitoy an’analarida mazkur ma’no uchun oq rang konnotatsiyasidan foydalaniladi: bai mian shu shen – “tajribasiz yoshlar, ilmga yangi kirib kelgan” 8 . 6 Усманова Ш. Маданиятлараро мулоқотда лакуналарнинг ўрни // Лингвист. Илмий мақолалар тўплами. V. – Тошкент: Akademnashr, 2013. – Б. 152-156. 7 Usmanova Sh. O‘zbekcha va koreyscha so‘zsiz muloqotning milliy-madaniy xususiyatlari // International Journal of Central Asian Studies. Vol.9. –Seoul, 2004. –Б. 51. 8 Вань Ланьсяосюань. Национально-культурные особенности картин мира русского и китайского языков (на материале коннотаций–цветообозначений) http://jurnal .org/articles/2010/fill28.html