OROL DENGIZI MUAMMOSI
OROL DENGIZI MUAMMOSI Reja: 1.Orol dengizi qurishining sabablari. 2.Orol dengizi qurishi va uning oqibatlari. 3. Orol muammosiga Respublika va Xalqaro miqyosdagi e’tibor.
1. Orol dengizi qurishining sabablari XX asrning 60 yillaridan boshlab Orol dengizi sathining tez sur’atlar bilan pasayishi oqibatida butun O‘rta Osiyoda jiddiy ekologik va ijtimoiy- iqtisodiy muammolar vujudga kela boshladi. Natijada mazkur muammo ko‘plab olimlar va mutaxassislarning tadqiqot ob’ektiga aylanib ketdi. Orol fojeasi hozirgi vaqtda sodir bo‘layotgan global iqlim o‘zgarayotgan iqlim muammosini yanada chuqurlashtirdi va butun Orol havzasi regionning barqaror rivojlanishiga ta’sir qilmoqda. Orol mintaqasida insoniyat tarixida misli ko‘rinmagan ekologik fojeaviy vaziyat vujudga kelib, u allaqachon Markaziy Osiyo chegarasidan chiqib global ekologik muammoga aylandi. Bugungi kunda bu muammo juda keskinlashdi, Orol muammosi serqirra va bir-biri bilan bog‘liq bo‘lgan qator masalalarni qamrab olgan holda, dengiz sathining borgan sari pasayish va dengiz tagining yalang‘ochlanib borishi tufayli yanada murakkablashmoqda. Orol dengizini uch yil (1903-1906 yillar) davomida birinchi batafsil sinchiklab tekshirgan buyuk olim, geograf Lev Seminovich Bergdir. Uning “Orol dengizi” (Aralskoe morya, 1908) asari katta ilmiy ahamiyatga ega va hozirga qadar o‘z ahamiyatini yo‘qotgan emas. Olim ushbu asarida Orol dengizini dunyodagi eng noyob va eng manzarasi chiroyli bo‘lgan dunyoning “eng ko‘k – moviy osmon tusli” (Samoe sinoe more) dengizi deb atagan. Uning ta’kidlashicha dengiz suvi juda tiniq bo‘lib, 20-25 metrdan ham dengiz tubi ko‘rinib turar edi. O‘tgan asrning 60 yillariga qadar Orol dengizi umumiy maydoni orollari bilan birga o‘rtacha 68,0 ming km 2 ni tashkil etgan. Kattaligi jihatdan dunyoda to‘rtinchi (Kaspiy dengizi, Amerikadagi YUqori ko‘l va Afrikadagi Viktoriya ko‘lidan keyin) o‘rinda turar edi. Dengiz shimoli-sharqdan, janubi-sharqacha 428 km, eng keng joyi 235 km.ga cho‘zilgan. Havzasining maydoni 690 ming km 2 , suvining hajmi 1060 km 3 ,
eng chuqur joyi 67 m, o‘rtacha chuqurligi esa 17 m atrofida o‘zgarib turgan. Orol dengizida 300 dan ortiq kichik quruqliklar ya’ni, orollar bo‘lgan. SHuning uchun ham Orol dengizini birinchi b o‘lib o‘rgangan geograf olim L.S.Berg tabiati jihatidan takrorlanmas son-sanoqsiz ajoyib orollarni ko‘rib, hayratda qoladi va ko‘p o‘ylamasdan dunyo faniga “Orol dengizi tipidagi qirg‘oqlar” degan ilmiy tushunchani kiritdi. Bu tushuncha dunyoning geolog va geograf olimlari tomonidan qabul qilinib, darsliklarga kiritildi. Dengizga har yili Amudaryodan 39 km 3 va Sirdaryodan 15 km 3 , ayrim yillari undan ham ko‘p suv quyulgan. Bundan tashqari dengiz suv balansiga yiliga 6 km 3 yog‘in-sochin, 5,5 km 3 er osti suvlari ham ko‘shilib turgan. 1950 yillarda Orol dengizining suv sathi 53,0 m (Boltiq tizimida) mutlaq balandlikda turib, suvining sho‘rligi 10 g/l dan oshmas edi. Qishki harorat - 0,7 o S etganda Orol suvining muzlashi boshlanar edi. Qishda Orol suv yuzasining barqaror muzlashi shimolda 8 dekabrda, janubiy qismida esa bir hafta kech boshlangan. Muzligining qalinligi dengizning shimolida 76 sm, janubiy qismida esa 46 sm ga etgan. Suv yuzasining muz bilan qoplanish muddati ancha farqqilib, shimolda 152 kun, janubiy qismida esa 115 kun bo‘lgan. Suvning harorati yoz faslida Mo‘ynoq atrofida +33,3 O S ni tashkil etgan. Orol dengizi suv havzasi eng avvalo atrofdagi regionlarning iqlim sharoitiga bevosita 300 km radiusida hududlarning tabiiy geografik va ekologik holatiga ta’sir ko‘rsatib, yozda va qishda havo harorati hamda namligini bir me’yorda saqlab turgan. 1960 yilga qadar Amudaryo va Sirdaryo deltalari ko‘l –botqoq, to‘qay va qamishzorlardan iborat edi. Qamishzor to‘qaylar Amudaryo deltasida 900 ming va Sirdaryo deltasida esa 220 ming gektarni qamragan edi. Qamishzorlar shunchalik ko‘p ediki, ularni “Qamishzorlar dengizi” deb atar edilar.
Dengizda navigatsiya davri 7 oy davom etib, bu vaqtda Orol atrofida o‘nlab portlar faoliyat ko‘rsatgan. Ularning eng yiriklari Mo‘ynoq, Aralsk va Qozoqdaryo portlari hisoblangan. Mo‘ynoq baliq konserva zavodi yiliga 40 ming tonnagacha baliq mahsulotlarini ishlab chiqargan va butun sobiq ittifoq hududlariga etkazib berilgan. Mo‘ynoq nafaqat Qoraqalpog‘istonda, balki butun O‘zbekistonda eng sanoatlashgan, aholining turmush darajasi eng yuqori tumanlardan biriga aylangan edi. Sobiq ittifoqning O‘rta Osiyo paxta yakkahokimligi siyosati natijasida Amudaryo va Sirdaryo havzalarida ekin maydonlarining kengayishi, sig‘imi katta bo‘lgan suv omborlarining qurilishi natijasida 1960 yillardan boshlab sug‘oriladigan erlar maydonining 4,5 mln gektarga etdi va 1990 yillarga kelib bu maydon yana 2,6 mln gektarga ko‘paydi. Buning natijasida daryolar suv oqimining Orol dengiziga quyiladigan suv hajmi keskin kamayib ketdi. XX asrning 60 yillaridan Orol dengizi sathi tez su’ratlar bilan pasayishi butun bir mintaqada jiddiy ekologik va ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlarga olib kela boshladi. Orol dengiziga Amudaryo va Sirdaryodan quyiladigan suv hajmining kamayib ketishi (1960 yildagi 50-60 km 3 dan, 1990 yillarda 4,5 km 3 gacha), hatto ayrim yillari (1981 yil) dengizga Sirdaryodan umuman suv kelib tushmadi. Oqibatda bir vaqtlar Amudaryo orqali Termiz shahrini Aralsk port tuguni bilan bog‘lagan Orol dengizi o‘z funksiyasini tugatdi va 1981 yilga kelib dengizda kema harakatlari butunlay to‘xtadi, barcha kemalar port shaharlar (Mo‘ynoq, Orol, Uchsoy, Uyali, Urchi, Tostma va boshqalar) yaqinidagi quruqlikda qolib ketdi. Natijada dengiz ikki qismga – katta va kichik Orolga bo‘lindi va qirg‘oqdan 100-150 kmdan ko‘proq masofaga ichkariga chekindi. Hozirgi vaqtda esa, Orol dengizining sharqiy qismi to‘liq qurib bo‘ldi, suv dengizning g‘arbiy qismida qisman saqlanib qoldi.
Orol dengizining qurigan qismida «Orolqum» deb ataluvchi yangi tuzli sahro paydo bo‘ldi. Bugungi kunda uning maydoni 60 mln gektardan ya’ni, 60 ming km 2 dan ortib ketdi. Qurigan dengiz tagining har gektarida har km 2 maydonda 100 t dan 300 t gacha, sho‘rxok pastliklarda esa 500 t gacha tuz tarkib topgan. Xuddi ana shu maydonlardan har yili shamollar havoga 100 mln t chang va zaharli tuzlar ko‘taradi. SHamol bilan uzoqlarga olib ketiladigan bu kimyoviy moddalar nafaqat Orolbo‘yiga, balki Orol dengizi havzasiga keng tarqaladi. Bugun Orol dengizi atrofidagi erlar tuz, pestitsidlardan va boshqa turli xil zaharli birikmalar bilan ifloslangan. Bu esa, dengiz atrofidagi yashovchi 7 milliondan ko‘proq aholining turmush tarziga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Orol dengizining qurishi nafaqat dengiz “qiyofasini” va “manzarasini” o‘zgarishiga, balki iqlim elementlarining o‘zgarishiga ham sabab bo‘ldi. Hatto yangi hodisalar – chang-tuz bo‘ronlarining paydo bo‘lishiga sababchi bo‘ldi. Hozirgi vaqtda Orol dengizining tagidan ko‘tarilgan chang-tuz bo‘ronlari murakkab ekologik va ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni vujudga keltirdi. Orol fojeasi hozirgi vaqtda sodir bo‘layotgan global iqlim o‘zgarayotgan sharoitda iqlim muammosini yanda chuqurlashtirdi. Orol dengizining qurishi atrofidagi yaylov o‘simliklariga shamol bilan keltirilgan (eol) tuzlar ta’sirida katta zarar ko‘rmoqdalar. SHarqiy Ustyurtda olib borilgan tekshirishlar shuni ko‘rsatdiki, dengiz atrofdagi 40-45 km uzoqlikda bo‘lgan yaylov o‘simliklari chang bo‘ronlaridan keyin yupqa tuz pardasi bilan qoplanadi. Bu hol esa o‘simliklarning nimjon bo‘lib o‘sishiga va bu albatta yaylov hosildorligining kamayishiga olib keldi. Daryo deltasidagi to‘qay o‘rmonlarining qurishi ko‘pgina hayvonlarning yo‘q bo‘lib ketishiga sabab bo‘ldi. SHunday qilib, 1990 yillarning oxiri va 2000 yillarning boshiga kelib, bir avlod ko‘z oldida insonning noto‘g‘ri harakatlari tufayli Orol dengizi