Adabiyotshunoslik metodolgiyasi va falsafiy dunyoqarash muammosi
Adabiyotshunoslik metodolgiyasi va falsafiy dunyoqarash muammosi Reja: 1. Adabiy tanqidda badiiy asarlarga yondashuv usullari. 2. Metodologiya – metodlar haqidagi fan. 3. Metodlar tasnifi. 4. Adabiy jarayon va zamonaviy ilmiy qarashlar.
Mavzuga oid qisqacha annotatsiya Adabiy tanqid fani adabiy jarayon bilan shug‘ullanadi. Kun dalik adabiy hayotda yozilayotgan asarlarni baholaydi. Adabiy-tarixiy jarayonda kechayotgan hodisalarni, yangiliklarni, tajribalarni tahlil qiladi. Ijodkor va kitobxon masalalriga diqqat qaratadi. G‘oyaviy-badiiy jihatdan yetuk asarlarni targ’ib va tashviq etadi; poetic jihatdan zaif asarlarga tanqidiy munosabat bildiradi. Tabiiyki, har bir davrning o‘z adabiy jarayoni bo‘ladi. Adabiy jarayon xususiyatlari vaqt o‘tishi bilan o‘zgarib, yangilanib boradi. Hazrati Odam tomonidan og‘zaki shaklda dastlabki badiiy asar yaratilgan zamonlardan buyon odamzod matn o‘rganish, undan ta’sirlanish, o‘zlashtirish va har tomonla tahlil qilishga urinib kelmokda. Odamzod azal-azaldan go‘zalligi sirlarini anglab yetishga intilgan. Shuning uchun, ham odamiyat unga nozil etilgan barcha muqaddas kitoblarni tushunishga intilgan va ularni imkoni yetgani qadar tafsir qilgan. Shuningdek, odamlar tomonidan yaratilgan badi iy asarlarni idrok etish uchun ham deyarli hamisha muayyan ko‘m ak talab etilgan. Badiiy matnga tahlilchi o‘z e’tiqodi, dunyoqarashi, maqsad estetik tayyorgarlik darajasi, ilmiy saviyasi, badiiy didi kabi omillardan kelib chiqqan holda yondashadi. Bu omillar esa muayyan jug‘rofiy-tarixiy va ilmiy-estetik sharoit ta’sirida shakllanadi. Binobarin, turli mintaqalard a yashovchi kishilarda badiiy asarni tushunish hamda tahl il qilish borasida turlicha qarash va usullar tizimi qaror top ganligi tabiiydir. Kunchiqish va Kunbotish xalqlarida badiiy matnga yondashuv tizimi tamomila- o‘ziga xos bo‘lib, bir-biridan jiddi y farq qiladi. Xususan, Turkistonda sovet davrigacha bo‘lgai ming yillar mobaynida ko‘rkam asardan, birinchi navbatda, san’at, badiiyat qidirib kelingan. Badiiy matnning ta’sirli, o‘ziga xos, betakror, nafis va kutilmagan jihatlarini ochishga e’tibor qaratilgan. E’tibor qilinsa, musulmon Chiqishidagi ijodkorlar uchun mazmunning originalligi bilan bir qatorda ifodaning betakrorligi ham juda muhim, ba’zan hat to , boshqa hamma narsadan muhimroq sanalgan. Gul, bulbul, oshiq, ma’shuqa, agyor, hijron kabi
an’anaviy timsollar tizimi mu st ahkam shakliy qolip va an’anaviy yondashuvlar doirasida b etakror ko‘rkam yangilik yaratish chinakam iste’dodning belgi s i sanalgan. Kunbotishda esa badiiy matndan ko‘proq ijtimoiy ma’no izlash an’anasi shakllangan. Bu hol badiiy tahlilda sotsio lo gik, funksional yondashuvlar ustuvor bo‘lishiga olib kel gan . Shuning ta’sirida Kunbotishliklar adabiyotshunoslik ilmida badiiy asar funksiyalari insonning faoliyatini anglashga qaratilgani bois adabiyot o‘z-o‘zidan ijtimoiy mazmunga ega bo‘ladi degan qarash shakllangan. Bu estetik maktabga badiiy yaratiq tahlili mobaynida muayyan tekshirilayotgan igarda adabiyotning funksiyalari qay tarzda va qanchalik darajada ado etilganiga ko‘proq e’tibor qaratilgan. Natijada Kunbotish adabiyottanuv ilmida badiiy asarni o‘qish, o‘rganish va izohlashga qaratilgan ilmiy-estetik faoliyatning uzoq tarixi mobaynida asarning tahlili bo‘yicha tarixiy-tipologik, tarixiy-madaniy, tsiyosiy-tarixiy, funsional, sotsiologik, formal, struktural, biografik, psixologik, psixoanalitik va bir qator yondashuvlar tizimi shakllangan. Shuningdek, badiiy matnni tahlil etishning bu tizimlaridan ikki yoki undan ortig‘ini birgalikda qo‘llash tufayli ham yana bir qancha tahlil turlari yuzaga kelgan. Tahlil amaliyotida ham badiiy asarlarga yondashuvning ayrim yo‘nalishlari qaror topgan. Ma’lumki, bani basharga yuborilgan barcha muqaddas kitoblar ilohiy mazmunga egaligidan tashqari ifoda yo‘sinidagi joziba va o‘ziga xoslikka ko‘ra, ularda muayyan darajada, badiiylik xususiyatlari ham bordir. Tabiiyki, har qanday qavm vakillari ham o‘z muqaddas asarlarini to‘g‘ri anglab yetishni istaganlar. Natijada, bu bitiklarni izoxdash, tafsir qilish ehtiyoji yuzaga kelgan. Qadim Yunonistonda muqaddas kitob- larning shu xildagi tafsiri jarayoni «eksegetika» (yunoncha yexegiteka - tushuntiraman), deb atalgan. Antik zamondayoq diniy bitiklar bilan birga eski adabiy qo‘lyozmalar ham eksegiz qilingan, ya’ni tushuntirilgan. Ekzegetika « tashqaridan”, “dan ” ma’nolarini ifodalash uchun qo‘shiladigan -ekz (ex) old qo‘shimchasi sharhlovchining matndan o‘zicha ma’no chiqarmokchi emasligini, balki matnning o‘zidan tabiiy ravishda mantiqan kelib
chiqadigan ma’nonigina anglatmoqchiligiii bildirgan. Bu bilan ekseget qilingan ma’no tafsirchining shaxsiy-sub’ektiv fikri emas, balki matnning o‘zidan ob’ektiv tarzda kelib chiqqan qarash ekani ta’kidlangan. Insoniyat jamiyatida badiiy adabiyot taraqqiy etib borgani sari uni tahlil qilish amaliyoti va ilmi ham rivojlandi. Antik davrlardayoq faqat ilohiy bitiklarning kadimgi qo‘lyozmalarinigina emas, balki o‘sha zamonda yashayotgan ijodkorlar tomonidan yaratilgan badiiy matnlarni ham sharhlash ehtiyoji paydo bo‘ldi. Chunki har qanday ko‘rkam adabiy yaratiq o‘ziga xos tabiatga ega ekani sababli hammaga ham tushunarii bo‘lavermas edi. Ayni vaqtda jamiyat a’zolari orasida dunyya kelgan badiiy matnni tushunishga ehtiyoj sezadigan alohid» qatlam yuzaga kelgan bo‘lib, u muayyan iqtisodiy, siyosiy, ma’naviy ta’sir ko‘rsata oladigan kuchga ham ega edi. Natijida, Kunbotishning o‘sha davrdagi eng mutaraqqiy davlatlari bo‘lmish Yunoniston va Rimda badiiy matnni o‘rganish tekshirishning hermenevtika va interpretatsiya kabi yo‘nalishlari dunyoga keldi. Kunbotish ellarida badiiy asarga interpretatsion yoki hermenevtik yo‘sinida yondashish muayyan takomillashishlar bilan hozirga qadar ham davom etibgina qolmay, hatto Kunchiqish o‘lkalariga ham bir qadar yoyilib bormoqda. Kunbotish yurtlarida, umuman, san’atni anglash va izohlaya yo‘sini, xususan, badiiy yaratiqni tekshirishning universal hamda ko‘p qirrali usuli sifatida interpretatsiya alohida o‘rin tutadi. Interpretatsiya ilohiy va badiiy matnni o‘rganish hamda izohlashga tatbiqan antik davrlardan buyon qo‘llanib kelingan yondashuv tarzi bo‘lib, «talsin tsilish, tushuntirish» ma’nolaridagi lotincha interpretation so‘zidan olinib, badiiy asarni talqin qilish, uning g‘oyasi, ma’nosi yoki konsepsiyasini anglab yetishga, asar mazmunini qayta yaratishga qartilgan faoliyatni bildirgan. Atama sifatida esa a) « biror narsani «talqin qilish , tushuntirish;» b) biror asar yoki san’atkorni ijodiy jihatdan izohlash ma’nolarini bildiradi. Dastlabki davrlarda bu atama adabiy asarning birlamchi ma’nosi, goyasi va konsepsiyasini anglab, tushuntirish hamda uni biror-bir shaklda qayta yaratib berishga qaratilgan ilmiy faoliyatni anglatgan. Bugungi kunda u ko‘proq badiiy asar mohiyatini turli yo‘sinda talqin qilish, izohlash usuli ma’nosida qo‘llaniladi.
Vujudga kelgan davrda interpretatsiya asosan biror asarnipg mazmunini zamondoshlarga moslab aslidagiday qayta yaratib berishga qaratilgan faoliyatni ifodalagan. Hozirga kelib, badiiy mazmunni interpretatsiya qilish,ya’ni qayta yaratish asosan uch yo‘l bilan amalga oshirilishi ko‘zda tutiladi. Virinchi yo‘l biror badiiy asarni ilmiy tadqiq etishni ko‘zda tutib, mantitsiy-tushunchaviy interpretatsiya deyiladi va bitikni adabiyotshunoslik yoki adabiy sinchilik asari tarzida qayta yaratishni anglatadi. Ikkinchi yo‘l liriko-publitsistik int yerpretatsiya bo‘lib, biror ko‘rkam asar matnini hissiyot Yoorishiqligida esse shaklida qayta yaratishni bildiradi. Uchinchi yo‘l badiiy interpretatsiya deyilib, adabiy matn mazmunini san’atning rangtasvir, teatr, kino, opera, raqs, musiqa singari turlaridan biriga aylantirib interpretatsiya qilishni anglatadi. Ko‘rinadiki, biror badiiy asar mohiyati ilmiy yo‘sinda adabiyotshunoslik yoki sinchilik nuqtai nazaridan tadqiq etilsa, mantitsiy-tushunchaviy interpretatsiya yuzaga keladi. Agar talqinchi tekshirayotgan badiiy matn asl goyasidan ta’sirlanib, uning mazmuniga o‘z hissiyoti va shaxsiy munosabatlarini qo‘shib esse yaratsa, liriko-publitsistik interpretatsiya paydo bo‘lgan. Shuningdek, talqin etilayotgan badiiy asar mazmuni san’atning o‘zga biror turi vositasida ifoda etilsa, badiiy interpretatsiya hosil bo‘lgan. Interpretatsiya asarni tahlil qilishning usuli sifatida juda qadim zamonlardan beri qo‘llanib kelinadi. Ma’lumu mashhur Suqrot (miloddan oldingi 470/469-399 yilnar)o‘z zamondoshi bo‘lmish shoir Simonidning qo‘shiqlari mazmunini mantiqiy-tushunchaviy yo‘sinda talqin etgan. Demak, adabiyottanuvchilik ishini bajargan. Interpretatsiyaning ilmiy-nazariy asoslari ilohiy kitoblarning talqinchilari tomonidan ancha keyin ishlab chiqilgan. Ularning bu jo‘ndagi ta’limotlari 19 asrda olmon esteti Fridrix Shelling tomonidan badiiy mazmun talqinining cheksizlik qadar ko‘p bo‘lishi mumkinligi borasidagi qarashlari bilan yanada boyitilgan va to‘ldirilgan. Interpretatsiya to‘g‘risida nemis esteti F. Shleyermaxer qarashlarini shogirdi V. Diltey takomilga keltirgan bo‘lsa, rus olimlari: S. Averinsev, M.