logo

MA’RIFAT DAVRINING TARIX FALSAFASI. XVII-XVIII ASRLAR.

Загружено в:

29.08.2023

Скачано:

0

Размер:

32.9033203125 KB
MA’RIFAT DAVRINING TARIX FALSAFASI. XVII-XVIII ASRLAR.
REJA
1. XVI-XVII   asrlar   ilmiy   inqilobi.   F.Bekon.   XVIII   asr   “tarixshunoslik
inqilobining” uslubiy shart-sharoitlari: 
2. XVII-XVIII   asrlar   ratsionalizmi.   Tarixshunoslikdagi   vaziyat.   Gnoseologik
skeptitsizm.   Gobbs   -   “tabiiy   huquq”   nazariyasi.   R.Dekart.   Usul   haqida
ratsionalistik ta’limot. Karteziyan tarixshunosligi. 
3. Antikartezionlik   (kartezionlikka   qarama-qarshilik):   1)   Dj.Viko   –   tarixning
siklli   rivojlanish   nazariyasi.   2)   D.Lokk.   Dj.Berkli.   D.Yum.   Ma’rifat   davri
tarixi falsafasining asosiy xususiyatlari. 
4. Tarixning davriy (siklik) paradigmasi. Tarixiy jarayon paradigmasi. Volter.
Sh.Monteske. E.Gibbon. J.Kondorse va uning ijtimoiy taraqqiyot nazariyasi.
Bolingbrok.   Didro   va   d’Alaber   ensiklopediyasida   (qomusida)   tarixiy   fikr.
Inson tabiati haqidagi fan. Tomas   Gobbs   (1588-1679)   ingliz   bo‘lib,   А ngliya   inqilobining   zamondoshi
edi.   Olti   yoshida   u   lotin   va   grek   tillarini   o‘rgandi   va   juda   erta   Oksford
universtitetiga   o‘qishga   kirdi.   Lord   Kavendish   (Lord   Cavendish)   qo‘lida   kotiblik
qilish   jarayonida   u   xizmat   yuzasidan   ko‘p   sayohatga   chiqdi   va   o‘z   davrining
ko‘pgina   buyuk   shaxslari   (jumladan,   Galiley)   bilan   uchrashdi.   Fuqarolar   urushi
boshlangach, u Frantsiyaga jo‘nab ketdi va   А ngliyaga 1651 yilda qaytib keldi. 88
yoshida u Gomerni ingliz tiliga tarjima qildi.
А sarlari. Eng mashhur asari Leviafan (Leviafan, yoki materiya, shakl, cherkov
va   fuqarolik   davlati   hokimiyati   Leviathan   on   the   Matter,   Form,   and   Power   of   a
Commonwealth   Ecclesiastical   and   Civil)   1651   yilda   chop   etilgan.   Gobbs,
shuningdek,   Fuqaro   haqida   (De   Give,   1642),   Tana   haqida   (De   corpore,   1655)   va
Inson haqida (De homine, 1658) kabi asarlarning ham muallifidir.
Jamiyat   soat   murvati   sifatida   Gobbs   royalistlar   va   parlament   tarafdorlari
o‘rtasida   ochiq,   fuqarolar   urushi   ketgan   siyosiy   beqaror   davrda   yashadi.   Uning
barcha siyosiy asarlari bir maqsadni: tinchlik va tartibni ta’minlashga qodir kuchli
boshqaruvning   qaror   topishini   ko‘zlaydi.   Bu   maqsad   yo‘lida   Gobbs   absolyut
monarxiyani   qo‘llab-quvvatlaydi.   А mmo   Gobbsning   monarxiyani   g‘oyaviy
asoslashini ikki ma’noda tushunish mumkin edi. Gobbs uchun eng muhimi tinchlik
va   tartib.   Shu   bois   hokimiyat   shakli   meros   qoluvchi   monarxiya   bo‘ladimi,
boshqami jiddiy ahamiyatga ega emas.
Gobbsning   siyosiy   nazariyasi   nihoyatda   individualistik   va   nihoyatda
absolyutistik hisoblanadi.  Boshqa  ko‘plab holatlarda bo‘lgani  singari, bunda hech
qanday ziddiyat yo‘q. Ijtimoiy muxtoriyat va istibdod yonma-yon turishi mumkin.
А gar odamlar bir-birlari bilan ichki insoniy rishtalar bilan bog‘langan bo‘lmasa, u
holda anarxiyaning oldini olish uchun tashqi kuchni qo‘llash zarur bo‘ladi.
Gobbsdagi   individualizm   va   absolyutizmning   bunday   uyg‘unligi   ilk
kapitalizm   davrida   uchinchi   tabaqa   manfaatlarining   ideologik   ifodasi   sifatida
tushunilishi   mumkin.   Kuchli   milliy   monarx   kitoblarning   eski   imtiyozlarini   bekor
qilish uchun, bundan tashqari, tinchlik va tartibni ta’minlash uchun hamda savdo-
sotiq   bitimlarining   xaridorlar,   sotuvchilar   va   raqobatchilar   tomonidan bajarilishining   kafolatchisi   sifatida   zarur.   Hammaning   bir-biri   bilan   iqtisodiy
raqobatlashuvi   asosida   individualistik   jamiyat   yuzaga   keladi.   Bu   jamiyatning
maqsadi   uning   a’zolarining   jon   saqlashi   hisoblanadi   va   jon   bilan   mol-mulkni
saqlash   vositasi   bo‘lib   absolyut   monarx   boshchiligidagi   kuchli   hokimiyat   xizmat
qiladi.
Makiavelli   jamiyatni   o‘tmish   va   bugunning   alohida   faktlari   asosida
tushunishga   urinadi.   Faktlarni   batafsil   o‘rganib,   u   davlatdan   boshqarayotganlar
yoki   davlatni   qo‘lga   olishga   intilayotganlarga   yordam   berishi   mumkin   bo‘lgan
amaliy   bilimni   orttirishga   umid   qiladi.   Bu   bilim   "agarunda"   ko‘rinishiga   ega
bo‘lishi kerak. ( А gar biz ma’lum tarzda harakat qilsak, unda tegishli natijani qo‘lga
kiritamiz.)
Makiavelli insonning tabiati tarix davomida asosan o‘zgarmay qolayotir, deb
hisoblaydi.   А niqrog‘i,   u   tarix,   binobarin,   insonlar   ham,   masalan,   davlatlarning
yuzaga  kelishi,  ravnaqi  va  tanazzuli   shaklidagi   o‘zgarishlar   sub’ektidir,  deb  faraz
qiladi.   Ushbu   shartdan   kelib   chiqib   va   o‘tgan   davrlarning   siyosiy   hodisalarini
o‘rganib,   biz   hozirgi   kunda   ham   foyda   berishi   mumkin   bo‘lgan   bilimni
orttirishimiz   mumkin.   Masalan,   Rim   lashkarboshisi   va   uning   askarlari   yoki
lashkarboshi bilan Rim siyosiy arboblari o‘rtasidagi konkret ixtilofni bilish bizning
davrimizda hukmdor va qo‘shin o‘rtasidagi  shunday ixtiloflarni qanday hal qilish
kerakligini tushunib yetishga yordam berishi mumkin.
Xullas,   Makiavelli   alohida   xususiy   hodisalarga   asoslanib,   universal
umumlashtirish   mumkin,   deb   hisoblaydi.   Modomiki,   bunday   yo‘l   bilan   olingan
bilim   doim   ham   aniq   bo‘lavermas   ekan,   bu   bizning   bilimlarimiz   va   hodisalarni
nazorat qila bilish qobiliyatimizni chegaralovchi taqdirning aralashuvi tufayli ro‘y
beradi.
Odatda,   Makiavellini   tanqid   qilganda,   u   insonning   xislatlari   o‘zgarmasligi
haqidagi   farazni   asos   qilib   olar   ekan,   jamiyatda   radikal   o‘zgarishlarning   yuz
berishini   tushunishda   qiyinchiliklar   bilan   to‘qnashadi,   deb   ko‘rsatadilar.   Buning
ustiga, o‘z davrining siyosiy hodisalarini psixologik tushunchalar (egoizm singari)
va   tarixni   siklik   tushunish   (davlat,   hukmdor,   xalq,   aristokratiya,   qo‘shin   o‘zining qo‘mondon va askarlari bilan, ravnaq va tanazzul holati) dan olingan oddiy siyosiy
tushunchalar   yordamida   tushuntirar   ekan,   u   oz   darajada   ko‘rgazmali   hisoblangan
fundamental   iqtisodiy   va   madaniy   siljishlarni   tushuntirishda   yanada   katta
muammolarga duch keladi.
Umuman olganda, Gobbs Makiavellining asosiy fikrlariga qo‘shiladi. Jamiyat
va   siyosat   ratsional,   ilmiy   tushunilishi   kerak,   insonning   tabiati   esa   printsipial
ravishda   o‘zgarmas,   tarixdan   tashqari   bo‘lib   hisoblanadi.   А mmo   Gobbs
Makiavellining   tavsifiy   usuliga,   xususiy   hodisalarni   o‘rganishga   asoslangan
umumlashtirishlariga   qo‘shilmaydi.   Gobbs   yanada   ishonchli   usulni   izlaydi.   U
bevosita   idrok   qilinayotgan   hodisalarning   ichiga,   biz   bevosita   kuzatayotgan
narsalarni tushuntirishi mumkin bo‘lgan asosiga chuqur kirib borishga urinadi.
Frantsuz   Rene   Dekart   (Rene   Descartes,   1596-1650)   La   Flesh   iezuitlar
kollejida   sxolastik   falsafani   o‘rgandi.   Unda   kitobiy   olimlikka   shubha   juda   erta
uyg‘ondi, zotan, uning fikricha, ko‘pgina fanlarda ishonchli asos mavjud emas edi.
Kitoblarni tashlab, u sayohat qila boshladi. Garchi Dekart katolik bo‘lsada, ma’lum
vaqt O‘ttiz yillik urush davrida protestantlar tarafida qatnashdi. Uning qiziqishlari
doirasiga   chavandozlik,   musiqa,   qilichbozlik   va   raqs   kirar   edi.   23   yoshida   u
Germaniyada   qishki   kvartiralarda   bo‘lishi   chog‘ida   o‘z   metodining   asosiy
g‘oyalarini  ta’rifladi. Oradan o‘n yil  o‘tib u tinchlik va osoyishtalikda tadqiqotlar
bilan   shug‘ullanish   uchun   Gollandiyaga   ko‘chib   keldi.   1649   yilda   u   Stokgolmga
qirolicha   Kristina   huzuriga   tashrif   buyurdi.   Shvetsiya   qishi   Dekartga   haddan
tashqari og‘irlik qildi, u betoblanib yotib qoldi va 1650 yilning fevralida vafot etdi.
А sarlari. Uning asosiy asarlari jumlasiga Metod haqida mulohazalar (Discours
de  la  methode,  1637)   va  Metafizik  fikr-mulohazalar   (Meditations   metaphysiques,
1647)  kiradi. Boshqa  asarlaridan Falsafa  asoslari  (Principes  de la philosophie)  va
А qlni   boshqarish   qoidalari   (Regies   pour   la   direction   de   l’esprit)   ni   qayd   etish
mumkin.   Metod   haqida   mulohazalar   frantsuz   tilida   yozilgan   dastlabki   falsafiy
asarlardan biri hisoblanadi. Dekart ham lotin, ham frantsuz tilida ijod qilgan.
Dekart   bir   vaqtning   o‘zida   ham   yangi,   ham   eski   davrlarning   vakili
hisoblanadi. Bir tomondan, u falsafaga yangi mustahkam poydevorga asos solishga urinadi.   Ikkinchi   tomondan   esa,   u   sxolastik   an’anaga   qattiq   bog‘langanki,   buni,
jumladan, uning Xudoning borligiga doyr dalillari ham isbotlaydi.
Dekartning   fikricha,   falsafada   qarama-qarshi   fikrlar   har   qanday   masala
bo‘yicha   mavjud   bo‘ladi.   Birdan-bir   chindan   ham   ishonchli   metod   matematik
deduktsiya   hisoblanadi.   Shuning   uchun   Dekart   ilmiy   ideal   sifatida   deduktiv
tizimga qaraydi. Bu ideal Dekart falsafasini belgilovchi omilga aylandi.
А gar   falsafa   Yevklid   geometriyasiga   o‘xshash   deduktiv   tizim   bo‘lishi   kerak
bo‘lsa,   unda   to‘liq   darajada   aniq   va   haqiqiy   dalillar   (aksiomalar)ni   topish   zarur.
А gar dalillar noaniq va, shubhali bo‘lsa, deduktiv tizimning xulosalari (teoremalar)
kam qimmatga ega bo‘ladi.
Dekart   matematikadan   olgan   va   ilmiy   metodning   ayrim   o‘ziga   xosliklarini
ifodalovchi   bu   ilmiy   ideal   uni   deduktiv   falsafiy   tizim   uchun   mutlaqo   aniq   va
ma’lum  dalillarni  qanday topish mumkinligi  masalasiga  olib keladi. Bu  masalaga
javob topishga metodik shubha yordam beradi. U biz mantiqan shubha qilishimiz
mumkin   bo‘lgan   barcha   qoidalarni   istisno   etish   va   mantiqan   shubhasiz   sanalgan
qoidalarni   izlash   vositasi   xisoblanadi.   А ynan   shunday   shubhasiz   qoidalardan   biz
deduktiv tizimimizning dalillari sifatida foydalana olamiz.
Metodik   shubha,   shunday   qilib,   asosli   yoki   asossiz   shubha   qilish   mumkin
bo‘lgan   narsani   emas,   balki   mantiqan   shubha   qilish   mumkin   bo‘lgan   narsani
topishni   ko‘zlaydi.   Metodik   shubha   deduktiv   falsafiy   tizimga   dalil   bo‘la
olmaydigan barcha fikrlarni istisno etish usuli (metodi) hisoblanadi.
Dekart   uchun   shubhaning   o‘zi   ham   ma’lum   dalillar   bilan   bog‘liq.   Masalan,
tadqiqotchilar guruhi emas, balki aynan individning o‘zi, alohida fikrlovchi sub’ekt
savollar beradi, ya’ni shubha qiladi. Shuning uchun ham aniqligiga Dekart shubha
qilmaydigan   qoida   individning   o‘zi   fikrlovchi   mavjudot   ekanligiga   bo‘lgan
ishonchi   hisoblanadi.   Bu   shubha   qilib   bo‘lmaydigan   xulosa   Dekart   tomonidan
qo‘llanuvchi masalalarni qo‘yish usuliga singdirilgan.
Yangi   davrdagi   ham   ratsionalistik,   ham   empiritsistik   falsafaning   aksar   qismi
uchun   fikrlovchi   individ   epistemologik   tayanch   nuqtasi   bo‘lib   hisoblanadi.   Faqat
keyinchalik, tarixga asoslangan Gegel uchun yoki, e’tibor markazida tadqiqotchilar ham   jamoasi   va   ilmiy   bilishning   taraqqiyoti   turgan   Pirs   uchun   bo‘lgani   singari,
birinchi   o‘ringa   intersub’ektiv   bilish   g‘oyasi   ko‘tariladi.   Xuddi   shu   vaqtda   bilish
harakatlar,   ya’ni   biz   qilayotgan   ishlar   bilan   bog‘liq   bo‘lishi   mumkinligi   haqidagi
tasavvur katta ahamiyat kasb (Gegel va Marksdan Pirs orqali Vitgenshteynga) eta
boshlaydi.
Eng   yangi   davrda,   Nitsshedan   boshlab   postmodernistlargacha,   aql   va
taraqqiyotga   bo‘lgan   ishonchni   bu   ishonch   avtonom   sub’ektlarga   bog‘liqmi   yoki
tadqiqotchilarning   ochiq   jamiyatigami,   qat’iy   nazar,   tanqid   ostiga   oladilar.
Metodik shubha yordamida Dekart bilimning har xil turlarini sinovdan o‘tkazadi.
1)   Dastlab   u   falsafiy   an’anani   ko‘rib   chiqadi.   Umuman   olganda,
faylasuflarning   fikrlariga   shubha   qilish   mumkinmi?   Mumkin,   deb   javob   beradi
Dekart.   Shuning   uchun   ham   mumkinki,   faylasuflar   ko‘pgina   masalalar   bo‘yicha
kelishmaganlar va shunday bo‘lib qolayotir.
2)   Bizning   hissiy   idroklarimiz   qanday?   Ularga   mantiqan   shubha   qilish
mumkinmi? Mumkin, deydi Dekart va quyidagi dalilni keltiradi. Shu narsa aniqki,
ba’zan biz illyuziya va gallyutsinatsiyalarga  berilamiz. Masalan,  minora yumaloq
bo‘lib   ko‘rinadi,   ammo   keyin   uning   kvadrat   shaklida   ekanligi   ma’lum   bo‘ladi.
Binobarin, biz  bitta o‘sha  narsa  haqida  ikki  xil  bir-biriga  zid hissiy  tasavvurlarga
ega   bo‘lamiz.   А malda   biz   bir   sezgiga   boshqasiga   qaraganda   ko‘proq   ishonamiz.
Biz,   aytaylik,   minoraga   yaqinroq   kelganda   u   aslida   kvadrat   shaklida   ekanligiga
ishonch hosil qilamiz, chunki u kvadrat shaklida bo‘lib ko‘rinadi, holbuki, uzoqdan
u yumaloq bo‘lib ko‘ringan
Jon Lokk   (John Locke, 1632—1704) puritanlar oilasida tug‘ildi. Uning otasi
yurist   bo‘lib,   parlament   tarafdori   edi.   Lokkda   sxolastik   falsafaga   tanqidiy
munosabat   va   tabiiy   fanlarga,   ayniqsa,   tibbiyot   va   kimyoga   qiziqish   juda   erta
paydo   bo‘ldi.   Lokk   o‘z   oldiga   intellektual   "tozalash"ni   amalga   oshirish,   ya’ni
bilishni   tanqidiy   tekshirishni   maqsad   qilib   qo‘ydi.   U   aynan   axloqiy   va   diniy
muammolarga   doyr   tuganmas   bahslar   uni   qo‘llanuvchi   tushunchalarning
ko‘pchiligi  umidsiz   darajada   noaniq  va  noto‘g‘ri   emasmi,  degan   savolni  berishga
majbur   qilganini   tan   oladi.   Lokk   faylasuflar   ham,   tabiat   hodisalarini   tadqiq qiluvchi olimlar singari, tajriba yordamida qadam baqadam olg‘a yurishlari kerak,
deb   hisoblaydi.   "Buyuk"   muammolarni   ko‘rib   chiqishga   o‘tishdan   oldin,   o‘z
vositalarimiz,   ya’ni   o‘z   tushunchalarimizni   o‘rganib   chiqishimiz   kerak.   Shuning
uchun Lokk bilishni tanqid qilish va tilni tahlildan o‘tkazishdan boshlaydi.   А mmo
"vositalar"ga   bo‘lgan   qiziqish   uning   konkret   muammolar   bilan   shug‘ullanishiga
ham halaqit bermaydi. Lokk pedagogika va siyosiy nazariyaning klassiklaridan biri
hisoblanadi.
А sarlari. Boshqaruv haqida traktat (Two Treatises of Civil Goverment, 1690)
asarini   liberalizmning   bibliyasi   deb   ataydilar.   Uning   birinchi   qismi   absolyutizm
ideologi   ser   Robert   Filmer   (Sir   Robert   Firmer,   1588—1653)   ni   tanqid   qilishga
bag‘ishlangan.   Ikkinchi   qismida   Lokkning   davlat   va   tabiiy   huquq   haqidagi   o‘z
g‘oyalari ko‘rib chiqilgan. Bu asarni Vilgelm Oranskiy (William of Orange, 1650
—1702) konstitutsiyaviy monarxiyasining asoslanishi sifatida baholaganlar, ammo
uning   g‘oyalari   Frantsiyada   ham,   А merikada   ham   inqilobiy   rol   o‘ynagan.   Lokk
shuningdek   Diniy   bag‘rikenglik,   Tarbiya   haqida   o‘ylar,   Xristianlikning   aqlga
muvofiqligi   asarlari   hamda   Insonning   bilishi   haqida   tajriba   (1689)   (An   Essay
Concerning   Toleration,   Some   Thoughts   Concerning   Education,   The
Reasonableness   of   Christianity,   An   Essay   Concerning   Human   Understanding)
nomli epistemologik asarlar muallifidir.
Epistemologiya va bilishni tanqid. Lokkning ta’limoti ko‘p jihatlardan har xil
g‘oyaviy   yo‘nalishlar   kesishuvida   yotadi.   Uning   falsafasi   ildizlari   tabiiy   huquq
kontseptsiyasi   tarafdorlari   hamda   nominalistlar   (Okkam)ga   borib   taqaladi.   Unga
ratsionalist   Dekart   ta’sir   ko‘rsatdi,   ammo   u   kartezianlik   ratsionalizmiga   qarshi
empiritsistik   dalillar   keltirdi.  Lokk  Ma’rifat   davrining  darakchisi   va   shu   bilan   bir
vaqtda, Ma’rifat davri falsafasining ayrim aspektlarini qattiq tanqid qilgan falsafiy
oqim Britaniya empiritsizmining o‘tmishdoshi edi.
Ratsionalistlar   aniq   tushunchalar   bizga   reallikni   bilish   imkonini   beradi,   deb
hisoblaganlar.   А gar   biz   aniq   tushunchaga   ega   bo‘lsak,   ishonchli   bilimga   ega
bo‘lamiz.   Ular   inson   o‘z   aql-idrokidan   to‘gri   foydalangan   taqdirda   to‘gri   bilim olishi   mumkinligiga   juda   ishonganlar.   To‘g‘ri,   ratsionalist   Dekart   shubhaga
asoslangan, ammo unga bilishni to‘g‘ri yo‘lga solish vositasi sifatida qaragan.
А mmo   ratsionalistlar   nima   aniq   va   oydin,   ya’ni   to‘g‘ri   ekanligi   yuzasidan
bahslashadilar.   Bu   bahs-munozaralar,   o‘z   navbatida,   ratsionalizmga   qarshi
dalillarni   ilgari   surish   uchun   qulay   zamin   yaratadi.   Lokkdan   Kantgacha   ilgari
surilgan bunday standart dalillardan biri tushunchalarni anglab yetish bironbir real
narsani   muqarrar   anglab   yetishga   olib   kelmasligi   haqidagi   dalil   edi.   Bizning
o‘qish-yozishni   biladigan   ongli   mushuk   haqidagi   tushunchamiz   bunday
mushukning mavjudligini  anglatmaydi!  Xuddi  shu singari, Mukammal  Mavjudot,
Xudo   haqidagi   tushunchadan   U   mavjud   degan   xulosa   kelib   chiqmaydi.   Biz
tushunchadan mavjudlik haqida xulosa chiqara olmaymiz.
Lokk  shubhadan  faqat  xatosiz   bilim   olishga  olib kelishi  mumkin bo‘lgan bir
martalik   vosita   sifatida   emas,   balki   doimiy   tekshiruv   vositasi   sifatida   ham
foydalanadi.   Zotan   bilish   jarayoni   uzil-kesil   emas,   balki   ayrim   oraliq   natijani
beradi. Shuning uchun bizning vazifamiz, tabiiy fanlarda bo‘lgani singari, mavjud
bilimni doimiy va tanqidiy takomillashtirishdan iborat bo‘ladi.
Uyg‘onib   kelayotgan   tabiiy   fanlarning   ta’siri   ostida   Lokk,   ratsionalistlar
Dekart,   Spinoza   va   Leybnitsdan   farqli   o‘laroq   boshqa   qoida   va   bilish   ideallariga
keladi.   Lokkda   empirik   fan   bo‘lgan   tibbiyotga   qiziqish   ayniqsa   kuchli   bo‘lganini
eslatib   o‘tamiz.   Ma’lumki,   bu   fanda   kuzatish   va   tasniflash   asosiy   o‘rin   tutadi.
Tajribaga   asoslangan   va   nazariyaga   skeptik   yondashgan   tibbiyot   fani   va   falsafa
o‘rtasidagi aloqa  А ntik davrdayoq mavjud bo‘lgan (Gippokrat).
XVII—XVIII   asrlardagi   ham   ratsionalistlar,   ham   empiritsistlarga   mansub
ko‘pgina   faylasuflar   singari,   Lokk   ham   epistemologiya   bilan   juda   ko‘p
shug‘ullanadi.   Ular   singari,   Lokk   ham   insonning   bilishi   nimalarga   erishishi
mumkinligini   aniqlashga   urinadi.   Inson   bilishining   chegarasi   qaerda?   Bu   juda
muhim masala. Zotan inson bilishining chegaralarini aniqlab, biz o‘zimizni to‘g‘ri
bo‘lmagan   narsaning   to‘g‘riligiga   bo‘lgan   ishonchdan   xalos   etishimiz   mumkin.
Bilishni   tanqid   qilgan   ratsionalistlarga   epistemologiya   falsafiy   sistemalarni
yaratish   uchun   istehkom   bo‘lib   xizmat   qiladi.   Lokk   bilan   boshqa   empiritsistlar uchun esa, aksincha, terapevtik xususiyatga ega bo‘lgan va fanning rivojlanishiga
imkoniyat   yaratadigan   bilimning   tanqidi   mustaqil   maqsad   bo‘lib   hisoblanadi.   Bu
shu bilan bog‘liqki, bilishning empiritsistik tahlili bizning bilish qobiliyatlarimizga
nisbatan ehtiyotkorlik bilan qarashga olib boradi.
Leybnits   monadalar   va   belgilab   qo‘yilgan   uyg‘unlik.   Gotfrid   Vilgelm
Leybnits (Gottfried Wilhelm von Leibniz, 16461716) nemis edi, ammo, qirol oftob
Lyudovik   XIV   (1638-1715)   davrining   faylasufi   bo‘lgani   bois,   asosan   frantsuz
tilida   hamda   lotin   tilida   ijod   qilgan.   Uning   turmush   tarzi   Spinozaning   turmush
tarziga tamomila teskari bo‘lgan. Leybnits tom ma’nodagi dunyoviy inson bo‘lib,
uning   uyi   butun   Yevropa   hisoblangan.   Uning   qobiliyati   turli   nazariy   va   amaliy
sohalarda   namoyon   bo‘lgan.   Masalan,   u   konchilik,   siyosiy   islohotlar,   moliya,
qonunchilik, optika, transport muammolari va ilmiy hamjamiyatlarni tashkil qilish
bilan   shug‘ullangan.   Bundan   tashqari,   Leybnits   juda   ko‘p   sayohat   qilgan   va
o‘zidan   15   mingdan   ortiq   xatdan   iborat   epistolyar   meros   qoldirgan.   U   turli   qirol
saroylari bilan aloqa qilgan va qirol naslidan bo‘lgan shaxslar bilan tanish bo‘lgan.
Nazariy   miqyosda   u   falsafa,   teologiya,   huquq,   fizika,   tibbiyot,   tarix   va   filologiya
sohalarida faoliyat ko‘rsatgan. U ayniqsa Nyuton bilan bir vaqtda va unga bog‘liq
bo‘lmagan   holda   yaratgan   o‘zining   differentsial   hisoblash   kashfiyoti   bilan
mashhur.
А sarlari.   Ko‘plab   asarlaridan   faqat   ikkitasini   tilga   olib   o‘tamiz.   Teoditseya
(Essaias   de   Theodicee,   1710)   la   Leybnits   Xudo   va   iblisning   o‘zaro   aloqasi
masalalarini   ko‘rib   chiqadi   va   mumkin   bo‘lgan   dunyolarning   eng   yaxshisi
hisoblangan bu dunyodagi yomonliklar uchun javobgarlikdan Xudoni xalos etishga
urinadi.  Monadologiya (Monadologie, 1714) esa asosiy va fundamental elementlari
"monadalar" bo‘lgan olamning tuzilishi  muhokama qilinadi. Leybnits  shuningdek
Lokkning   epistemologiyasini   Inson   bilishi   haqidagi   yangi   tajribalar   (Nouveaux
essais I’entendement humain, 1703) da tanqidiy tahdiddan o‘tkazgan.
Maqsad   va   sabab   yangi   sintez.   Leybnits   dunyoning   mexanistik   manzarasini
teleologik (aniq maqsadga yo‘naltirilgan) olam g‘oyasi bilan kelishtirishga intiladi.
Qisqacha   aytganda,   Leybnits   mexanistik   manzara   chuqurroq   qaraganda   izchil, teleologik bo‘lgan olamni faqat yuzaki tushuntiradi, deb hisoblaydi. Ko‘r-ko‘rona
harakat qilayotgandek ko‘rinuvchi mexanik sabablar oqibat natijada Ilohiy niyatni
nazarda tutadi. Bundan kelib chiqib, Leybnits, yuzaki qaraganda moddiy va passiv
bo‘lib   tuyuluvchi   narsalar   o‘z   mohiyatiga   ko‘ra   kuchlardir,   deb   hisoblaydi.
Mexanistik   va   moddiy   olam   uchun   nomoddiy,   teleologik   "poydevor"ni   Leybnits
qanday o‘rnatganini qisqacha ko‘rib chiqamiz.
Kuchlarning markazlari sifatida xarakterlash mumkin bo‘lgan ayrim jismonan
bo‘linmas   asos   elementlarga   yetishmagunimizga   qadar   alohida   narsalar   bo‘linish
xususiyatiga ega bo‘lishi mumkin. Leybnits bu elementlarni monadalar deb ataydi.
Monadalar olamni tashkil qiluvchi asos elementlar hisoblanadi.
Monadalar   noorganik   tanalardan   inson   ruhigacha   bo‘lgan   barcha   mavjud
narsalarga turli darajada xos ongga ega bo‘ladi. Monadalar, shunday qilib, ma’lum
ierarxiyaning bir qismi hisoblanadi. Shu bilan bir vaqtda alohida monadaga boshqa
monadalar   ta’sir   qilmaydi.   Talabalar   hazil   qilganidek,   monadalarning   eshik-
derazasi   bo‘lmaydi.   Ular   bir-biri   bilan   aloqa   qilmaydi   va   bir-biriga   ta’sir
ko‘rsatmaydi. Ular bir-biriga nisbatan shunday uyg‘un ravishda harakat qiladilarki,
ruhiy   va   moddiy   holatlar   o‘rtasida   o‘zaro   bog‘liqlik   yuzaga   keladi.   Bu   barcha
monadalarning   o‘ziga   xos   bir   xilda   "dasturlashtirilganligi"   tufayli   ro‘y   beradi.
Barcha   monadalar   bitta   ilohiy   rejaga   muvofiq   harakatga   keltirilgandir.   Xudo
olamni  shunday  loyihalashtirgan  o‘ziga xos  universal  injener  bo‘lib qatnashadiki,
bunda monadalar, masalan, ruh va tana bir-biri bilan muvofiqlashadi. Bu ma’noda
barcha narsalar,  barcha  monadalar   Xudo  orqali   aloqa qiladi.  Olamning teleologik
jihati   aynan   shunda   namoyon   bo‘ladi.   Leybnitsning   so‘zlari   bilan   aytganda,
monadalar belgilab qo‘yilgan uyg‘unlikning bir qismi hisoblanadi.
Mumkin   bo‘lgan   dunyolarning   eng   yaxshisi.   Modomiki,   Xudo   olamda   ro‘y
beruvchi   hamma   narsalarni   loyihalashtirgan   injener   ekan,   unda   bu   olamda
yomonlikning mavjudligini qanday tushuntirish mumkin?   А xir Xudo bir vaqtning
o‘zida   ham   marhamatli,   ham   hamma   narsani   biluvchi   hisoblanadi.   Leybnits
haqiqatning   ikki   turini:   zarur   (mantiqiy)   haqiqatlar   bilan   aslidagidan   boshqacha
bo‘lishi   mumkin   bo‘lgan   aniq   haqiqatlarni   farqlaydi.   А niq   haqiqatlar   empirik shart-sharoitlarga   bog‘liq   bo‘lib,   ehtimollik   darajalari   bilan   xarakterlanadi   va
shuning   uchun   ular   variantlarda   mavjud   bo‘ladi.   Zarur   (mantiqiy)   haqiqatlarni
hatto   Xudo   ham   o‘zgartira   olmaydi.   А niq   haqiqatlar   masalasiga   kelganda,   Xudo,
marhamatli   va   aql-idrokli,   har   xil   empirik   holatlar   orasidan   eng   yaxshi
kombinatsiyani   tanlab   oladi.   А niq   haqiqatlarni   alohida   ko‘rib   chiqishda   alohida
odamga ayrim holatlar, agar ular boshqacha bo‘lsa, yaxshiroq bo‘lishi mumkindek
bo‘lib ko‘rinishi  mumkin. Biroq, agar  biz Xudo singari  hamma  narsani  ko‘rishga
qodir   bo‘lganimizda,   biz   yashayotgan   dunyoda   hamma   narsa   eng   yaxshi   tarzda
to‘zilgani,   ya’ni   Xudo   mumkin   bo‘lgan   kombinatsiyalardan   eng   yaxshisini
tanlaganini bilgan bo‘lardik.
Shuning uchun Leybnits hamma narsa o‘z asosiga ega deb ko‘rsata oladi. Bu
asos   yo   mantiqan   zarur   bo‘ladi,   yo   dunyo   mumkin   bo‘lgan   dunyolarning   eng
yaxshisi  bo‘lishi   haqidagi  talabdan  kelib  chiqadi. Binobarin,  biz mumkin  bo‘lgan
dunyolarning eng yaxshisida yashaymiz.
Xullas,   Leybnitsning   falsafasi   Xudo   tanlagan   dunyoni   oqlashdan   iboratdir.
Xudo dunyoda mavjud yomonlik uchun javobgar emas. Siyosiy nuqtai nazardan bu
bir vaqtning o‘zida mavjud jamiyatni ham oqlash deb aytish mumkin. Modomiki,
biz dunyolarning eng yaxshisida yashar ekanmiz va unda biz duch keladigan azob-
uqubat   va   muhtojliklar   biz   uchun   mumkin   bo‘lgan   azob-uqubat   va
muhtojliklarning eng ozi  ekan,  unda jamiyatni  o‘zgartirish  istagi  uchun  asos  juda
kamdir.   Teoditseya,   shunday   qilib,   bir   vaqtning   o‘zida   mavjud   jamiyatni   hamda
yashash   sharoitlari   va   hokimiyatni   taqsimlash   borasida   mavjud   tengsizlikni
qonuniylashtirish vositasi sifatida ham faoliyat ko‘rsatadi.
Shuningdek,   Leybnitsning   siyosiy   falsafasi   aniq   individualizmni   ifodalaydi,
deb ham aytish mumkin: har bir monada o‘ziga xos bo‘lib, unga boshqa monadalar
ta’sir qilmaydi. Ikkita bir xil monada (individ)ning mavjud bo‘lishi mumkin emas,
zotan   Xudo   eng   yaxshi   imkoniyatni   tanlaydi.   Bundan   tashqari,   ikki   to‘liq   yaniy
hodisa   o‘rtasida   ratsional   tanlovni   amalga   oshirib   bo‘lmaydi,   chunki   ulardan
istalgan   birini   tanlash   uchun   bir   xil   ma’qul   asoslar   mavjud.   Biroq,   agar   Xudo
tanlaydigan   bo‘lsa,   Uning   ratsional   tanlovi   sharti   bo‘lib   to‘liq   yaniy   individ (narsa)larning   yo‘qligi   hisoblanadi.   Bundan   radikal   metafizik   individualizm   kelib
chiqadi: olam cheksiz miqdordagi individual substantsiyalardan tashkil topadi.
Shu bilan bir  vaqtda bu har  xil individlar, bir-biriga bevosita ta’sir  qilmagan
holda,   bir-biri   bilan   uyg‘unlikda   bo‘ladi.   Ular   bevosita,   belgilab   qo‘yilgan
uyg‘unlik orqali o‘zaro aloqa qiladi. Siyosiy jihatdan buni shunday tasavvur qilish
mumkin:   Leybnits   odamlar   haqida   janob   bilan   qulni   bu   tushunchalarning   feodal
ma’nosida  bir-biriga  qarshi   qo‘yish   doirasida  fikr  yuritmaydi.  Bu  ma’no  shundan
iborat   ediki,   janob   bilan   qulning   aynan   o‘xshashligi   ularning   bir-biriga   o‘zaro
munosabatida   aniqlanardi,   bunda   ularning   birinchisi   ikkinchisi   uchun   tanlardi.
Leybnitsning   fikricha,   odamlar   o‘rtasidagi   o‘zaro   aloqa   zohiriy   majburliksiz,
individning internalizatsiya qilingan normalar (belgilab qo‘yilgan tartib)ga bog‘liq
bo‘lgan   spontan   harakatlari   natijasida   ro‘y   beradi.   Bu,   aftidan,   hech   kim   zohiriy
majburlik asosida  harakat  qilmaydigan kapitalistik bozor ishtirokchilarining xulq-
atvoriga javob beradi. Ishtirokchilar har birining o‘zida bo‘lgan bozor iqtisodiyoti
tamoyillaridan kelib chiqadi.
Berkli   empiritsizmning   ichki   tanqidi.   Jorj   Berkli   (George   Berkeley,   1685—
1753)   irland   yepiskopi   bo‘lgan.   Uning   eng   mashhur   asarlari   Inson   bilimining
tamoyillari haqida traktat (Treatise on the Principles of Human Knowledge, 1710)
va Gilas bilan Filonus o‘rtasidagi uch suhbat (Three Dialogues between Nu las and
Philonous, 1713) hisoblanadi.
"Esse"  = "percipi". Idealistik empiritsizm. Berkli o‘zini  to‘g‘ri fikr  va teistik
dunyoqarash (xristianlik dunyoqarashi) ni ateizm va materializmdan himoyalovchi
deb   hisoblaydi.   U   to‘g‘ri   fikrni   metafizikadan,   teistik   dunyoqarashni   esa   ateizm
bilan   materializmdan   himoya   qiladi.   Materiya   mavjud   emas   va   Xudo   biz   bilan
bevosita   hissiy   idrok   orqali   muloqot   qiladi,   deb   ko‘rsatib,   u   to‘g‘ri   fikr   va
xristianlik   e’tiqodini   kelishtira   oldim,   deb   o‘ylaydi.   Berkli   bunday   xulosaga
o‘zidan   oldingi   empiritsistlar,   jumladan,   Lokkning   epistemologik   qarashlarini
tanqidiy rivojlantirish yo‘li bilan keladi.
Lokk birlamchi va ikkilamchi sifatlarni farqlaydi. Birlamchi sifatlar (ko‘lam,
shakl, qattiqlik) ni biz narsalarning o‘zida bo‘lgan va bizning ular haqidagi hissiy taassurotlarimiz   (impressiyalar)ga   mos   keluvchi   sifatlar   deb   tushunamiz.   Biz
narsalar   bilan   bog‘lovchi   rang,   hid,   ta’m   va   sh.k.   taassurotlar   esa,   aksincha,
narsalardagi tegishli sifatlarni ifodalamaydi. Narsalar bizning sezgi organlarimizga
ta’sir ko‘rsatib, bu ikkilamchi taassurotlarni tug‘diradi.
Lokk   ikkilamchi   sifatlarning   sub’ektivligi   haqidagi   tezisni   himoya   qiladi:
narsalardan   kelib   chiquvchi   ma’lum   stimullar   ta’sirida   barcha   odamlar   rang   va
ta’m singari sifatlarni idrok qiladilar. Bular narsalarda topib bo‘lmaydigan, ammo
narsalardan   olingan   taassurotlar   natijasida   bizda   ma’lum   tarzda   tug‘iluvchi
xossalar (atributlar) bo‘lib hisoblanadi.
Binobarin,   Lokk   bizning   tasavvurimizdagi   dunyo   (g‘oyalar,   hissiy
taassurotlar)   bilan   haqiqiy,   bizning   sezgi   organlarimizga   bog‘liq   bo‘lmagan
dunyoni   ajratadi.   So‘nggi   dunyo   haqida   biz   faqat   taxmin   qilishimiz   mumkin.
Berkli   bu   ajratishni   rad   etadi.   Biz   hissiy   idrok   qiluvchi   dunyo   yagona   mavjud
dunyo hisoblanadi. Bizning tasavvurlarimiz asosida yotuvchi va biz idrok qiluvchi
dunyoni paydo qiluvchi hissiy idrok qilinmaydigan hech qanday ob’ektlar mavjud
emas, taassurotlarning zanjiri hisoblanadi. "Materiya" so‘zi ma’nosizdir, chunki u
bunday hissiy taassurotlarga ishora qilmaydi.
Shunday   qilib,   biz   Lokk   epistemologiyasining   ayrim   qoidalari   (birlamchi   va
ikkilamchi   sifatlarning   farqlanishi,   hissiy   tasavvurlar   bilishning   asosiy   negizi
ekanligi haqidagi reprezentativ realizm) biz empiritsizm deb atagan epistemologik
an’anada   qanday   rivojlantirilganini   ko‘rib   chiqdik.   Lokk   tomonidan   yaratilgan
assotsiativ   psixologiya   ufqi   doirasida   bo‘lgan   Yum   uchun   va   o‘z   fikr
mulohazalarining   tayanch   nuqtasi   sifatida   asosan   mantiq   va   ilmiy   metoddan
foydalangan   keyingi   empiritsistlar   uchun   empiritsizmning   radikal   ko‘rinishi   har
tomonlama   muhokama   predmetiga   aylandi.   А gar   butun   bilish   hissiy   taassurotlar
yoki   ularning   yig‘indisiga   olib   borib   bog‘lanar   ekan,   unda   faqat   empiritsistik
tezisni o‘z holicha qonuniylashtirishgina qiyin bo‘lmaydi. Chunki unda o‘z-o‘zini
referentsiyalovchi noziddiyatlilikning yo‘qligi haqidagi klassik dalil kuchda qoladi.
Bundan   tashqari,   empiritsizmning   radikal   shakli   masalan,   tashqi   dunyoni   va boshqa   onglarning   mavjudligini   bilishga   nisbatan,   skeptitsizmga   olib   keladi.   Bu
masalalar hozirgi zamon tahliliy falsafasining e’tibor markazida qolib, kelayotir.
Yum   empiritsizm   tanqid   sifatida.   Empiritsistik   tanqid.   Sababiyat   haqida
tasavvur.   Foma   А kvinskiy   uchun   tabiiy   huquq   kontseptsiyasi   Xudo   tomonidan
o‘rnatilgan   ob’ektiv   tartib   bilan   bog‘liq  bo‘lgan  edi.   Lokk   uchun  bu   kontseptsiya
harakatlanuvchi   sub’ekt   sifatidagi   inson   bilan   bog‘liq   bo‘ldi.   А lohida   individ
bo‘linmas   huquqlarga   ega   deb   hisoblandi.   XVIII   asr   mobaynida   tabiiy   huquq
kontseptsiyasini   romantiqlar   ham,   empiritsistlar   ham   (Yum)   tanqid   qildilar.
Romantiklar   tabiiy   huquq  kontseptsiyasining   umumiy  aspektini   tanqid   qildilar   va
har   bir   xalq   uning   tarixiy   rivojlanishi   bilan   belgilanuvchi   o‘ziga   xos   qonunlariga
ega bo‘ladi, deb ko‘rsatdilar. Empiritsistlar bu kontseptsiyani  epistemologik tahlil
asosida   tanqid   qilib,   undan   biz   tabiiy   huquq   kontseptsiyasi   nazarda   tutuvchi
me’yorlarning   to‘g‘riligi   haqida   bilimga   ega   bo‘la   olmaymiz,   degan   xulosa
chiqardilar.
David   Yum   (David   Hume,   1711-1776)   Ma’rifat   davrida   Volter   (Voltaire,
1694-1778)   va   Russo   (Rousseau,   1712-1778)   bilan   deyarli   bir   vaqtda   yashadi.
Yumning   asosiy   falsafiy   g‘oyalari   juda   erta   rivojlandi.   "Inson   tabiati   haqida
traktat" e’lon qilganida u hali o‘ttiz yoshga ham to‘lmagan edi. Yum bu asar katta
shov-shuvga sabab bo‘ladi deb o‘ylagan edi, ammo u boshida o‘quvchilarda juda
kam   qiziqish   uyg‘otdi.   Keyinchalik   uning   falsafasiga   qiziqish   paydo   bo‘ldi.
Bugungi   kunda   Yum   empiritsistik   maktabning   buyuk   faylasuflaridan   biri
hisoblanadi.
Klassik ingliz empiritsizmi haqida gan ketganda, odatda Lokk, Berkli va Yum
nazarda   tutiladi.   Yumning   quyidagi   asarlarini   ko‘rsatib   o‘tish   mumkin:   "Inson
tabiati haqida traktat" (1739), " А xlok va siyosat haqida esselar" (Essays Moral and
Political,   1741)   va   "Insonning   bilishi   haqida   tadqiqot"   (Enquiry   Concerning
Human Understanding, 1749).
Ma’rifat   davri   faylasuflari   asossiz   an’ana   va   xurofotlarni   vayron   qilishning
quroli sifatida aql-idrokga murojat qildilar.   А mmo aql-idrok tushunchasining o‘zi
hali yetarli darajada tadqiq qilingan emas edi. Epistemologik   ma’noda   shotlandiyalik   Yum   empiritsist   bo‘lib,   uning   uchun
bilish   (fan)ning   faqat   ikki   turi   mavjud   edi.   Bilishning   birinchi   turi   tajribaga
(pirovard   natijada   hissiy   taassurotga),   ikkinchisi   bitimga   ko‘ra   belgilangan
tushunchalarning o‘zaro aloqasi qoidalariga (empiritsistik talqinga binoan, bunday
bilish matematika va mantiqqa xos). Adabiyotlar:
1. O’zb e kiston R e spublikasining Konstitutsiyasi. – T.: O’zb e kiston, 2011.
2. Davlat tili haqida (yangi tahriri). O’zbekiston Respublikasining qonuni. – T.:
O’zbekiston, 1997. – 22 b.
3. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi. – T.: Sharq, 1997. – 63 b.
4. Ta'lim to’g’risida. O’zbekiston Respublikasining qonuni. – T.: O’zbekiston, 
1989. – 30 b.
5. Mirziyoev  SH.M.  Erkin  va  farovon,  demokratik  O‘zbekistan davlatini 
birgalikda barpo etamiz. - Toshkent.O‘zbekiston, 2016.  -53 b.
6. Mirziyoev SH.M.  Buyuk  kelajagimizni  mard  va olijanob  xalqimiz bilan 
quramiz. - Toshkent.O‘zbekiston, 2017  -484 b.
7. Mirziyoev  SH.M.  Qonun  ustuvorligi  va  inson  manfaatlarini ta’minlash-
yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi.  - Toshkent. 2017.  - 28 b.
8. Konstitutsiya – erkin va farovon hayotimiz, mamlakatimizni yanada taraqqiy
ettirishning mustahkam poydevoridir. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 
SHavkat Mirziyoevning O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul 
qilinganligining 25 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimidagi 
ma’ruzasi.   http://uza.uz .
9. O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti SH.M.Mirziyoevning 2017 yil 19 
sentyabr kuni Birlashgan Millatlar Tashkilot Bosh Assambleyasining 72-
sessiyasida so‘zlagan nutqi.  http://uza.uz .  
10. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoevning Oliy Majlisga 
murojaatnomasi//22.12.2017.  http://uza.uz .
11. Karimov  I.A.  Asarlar  to‘plami.  1-24  jildlar. - Toshkent. O‘zbekiston, 
1996-2016.
12. Karimov  I.A.  Yuksak  ma’naviyat  -  engilmas  kuch.  2-nashr  - 
Toshkent.Ma’naviyat, 2016. -176 b.
13. Ahmedova M. tahriri ostida.Falsafa. -T.: OFMJ, 2006
14. Shermuhamedova N. A. Falsafaga kirish -T.: -Noshir, 2013. 460 b
15. Qo‘shoqov SH.S. Dialektika rivojlanish konsepsiyasi.  –  S., 2000. –B. 8 6 .
16. R.G.Collingwood. The Idea of History. Oxford University Press, England, 
1994.
17. Ivin A.A. Vvedenie v filosofiyu istorii. M., 1997.
18. Barg M.A. Epoxi i idei. Stanovlenie istorizma. M., 1987.
19. Jo‘raev N. Tarix falsafasining nazariy asoslari.  - T., Ma’naviyat, 2008.
20. A.Beruniy. Tanlangan asarlar. – T., Fan, 1968.
21. Berdyaev N.A. Smыsl istorii. M., 1990.
22. Blok M. Apologiya istorii ili remeslo istorika. M., 1986.
23. Veber M. Izbrannыe proizvedeniya. M., 1990.
24. Gegel G.V.F. Filosofiya istorii. Sochinenie 8-mi tomax. M.-L. 1932-1959.

MA’RIFAT DAVRINING TARIX FALSAFASI. XVII-XVIII ASRLAR. REJA 1. XVI-XVII asrlar ilmiy inqilobi. F.Bekon. XVIII asr “tarixshunoslik inqilobining” uslubiy shart-sharoitlari: 2. XVII-XVIII asrlar ratsionalizmi. Tarixshunoslikdagi vaziyat. Gnoseologik skeptitsizm. Gobbs - “tabiiy huquq” nazariyasi. R.Dekart. Usul haqida ratsionalistik ta’limot. Karteziyan tarixshunosligi. 3. Antikartezionlik (kartezionlikka qarama-qarshilik): 1) Dj.Viko – tarixning siklli rivojlanish nazariyasi. 2) D.Lokk. Dj.Berkli. D.Yum. Ma’rifat davri tarixi falsafasining asosiy xususiyatlari. 4. Tarixning davriy (siklik) paradigmasi. Tarixiy jarayon paradigmasi. Volter. Sh.Monteske. E.Gibbon. J.Kondorse va uning ijtimoiy taraqqiyot nazariyasi. Bolingbrok. Didro va d’Alaber ensiklopediyasida (qomusida) tarixiy fikr. Inson tabiati haqidagi fan.

Tomas Gobbs (1588-1679) ingliz bo‘lib, А ngliya inqilobining zamondoshi edi. Olti yoshida u lotin va grek tillarini o‘rgandi va juda erta Oksford universtitetiga o‘qishga kirdi. Lord Kavendish (Lord Cavendish) qo‘lida kotiblik qilish jarayonida u xizmat yuzasidan ko‘p sayohatga chiqdi va o‘z davrining ko‘pgina buyuk shaxslari (jumladan, Galiley) bilan uchrashdi. Fuqarolar urushi boshlangach, u Frantsiyaga jo‘nab ketdi va А ngliyaga 1651 yilda qaytib keldi. 88 yoshida u Gomerni ingliz tiliga tarjima qildi. А sarlari. Eng mashhur asari Leviafan (Leviafan, yoki materiya, shakl, cherkov va fuqarolik davlati hokimiyati Leviathan on the Matter, Form, and Power of a Commonwealth Ecclesiastical and Civil) 1651 yilda chop etilgan. Gobbs, shuningdek, Fuqaro haqida (De Give, 1642), Tana haqida (De corpore, 1655) va Inson haqida (De homine, 1658) kabi asarlarning ham muallifidir. Jamiyat soat murvati sifatida Gobbs royalistlar va parlament tarafdorlari o‘rtasida ochiq, fuqarolar urushi ketgan siyosiy beqaror davrda yashadi. Uning barcha siyosiy asarlari bir maqsadni: tinchlik va tartibni ta’minlashga qodir kuchli boshqaruvning qaror topishini ko‘zlaydi. Bu maqsad yo‘lida Gobbs absolyut monarxiyani qo‘llab-quvvatlaydi. А mmo Gobbsning monarxiyani g‘oyaviy asoslashini ikki ma’noda tushunish mumkin edi. Gobbs uchun eng muhimi tinchlik va tartib. Shu bois hokimiyat shakli meros qoluvchi monarxiya bo‘ladimi, boshqami jiddiy ahamiyatga ega emas. Gobbsning siyosiy nazariyasi nihoyatda individualistik va nihoyatda absolyutistik hisoblanadi. Boshqa ko‘plab holatlarda bo‘lgani singari, bunda hech qanday ziddiyat yo‘q. Ijtimoiy muxtoriyat va istibdod yonma-yon turishi mumkin. А gar odamlar bir-birlari bilan ichki insoniy rishtalar bilan bog‘langan bo‘lmasa, u holda anarxiyaning oldini olish uchun tashqi kuchni qo‘llash zarur bo‘ladi. Gobbsdagi individualizm va absolyutizmning bunday uyg‘unligi ilk kapitalizm davrida uchinchi tabaqa manfaatlarining ideologik ifodasi sifatida tushunilishi mumkin. Kuchli milliy monarx kitoblarning eski imtiyozlarini bekor qilish uchun, bundan tashqari, tinchlik va tartibni ta’minlash uchun hamda savdo- sotiq bitimlarining xaridorlar, sotuvchilar va raqobatchilar tomonidan

bajarilishining kafolatchisi sifatida zarur. Hammaning bir-biri bilan iqtisodiy raqobatlashuvi asosida individualistik jamiyat yuzaga keladi. Bu jamiyatning maqsadi uning a’zolarining jon saqlashi hisoblanadi va jon bilan mol-mulkni saqlash vositasi bo‘lib absolyut monarx boshchiligidagi kuchli hokimiyat xizmat qiladi. Makiavelli jamiyatni o‘tmish va bugunning alohida faktlari asosida tushunishga urinadi. Faktlarni batafsil o‘rganib, u davlatdan boshqarayotganlar yoki davlatni qo‘lga olishga intilayotganlarga yordam berishi mumkin bo‘lgan amaliy bilimni orttirishga umid qiladi. Bu bilim "agarunda" ko‘rinishiga ega bo‘lishi kerak. ( А gar biz ma’lum tarzda harakat qilsak, unda tegishli natijani qo‘lga kiritamiz.) Makiavelli insonning tabiati tarix davomida asosan o‘zgarmay qolayotir, deb hisoblaydi. А niqrog‘i, u tarix, binobarin, insonlar ham, masalan, davlatlarning yuzaga kelishi, ravnaqi va tanazzuli shaklidagi o‘zgarishlar sub’ektidir, deb faraz qiladi. Ushbu shartdan kelib chiqib va o‘tgan davrlarning siyosiy hodisalarini o‘rganib, biz hozirgi kunda ham foyda berishi mumkin bo‘lgan bilimni orttirishimiz mumkin. Masalan, Rim lashkarboshisi va uning askarlari yoki lashkarboshi bilan Rim siyosiy arboblari o‘rtasidagi konkret ixtilofni bilish bizning davrimizda hukmdor va qo‘shin o‘rtasidagi shunday ixtiloflarni qanday hal qilish kerakligini tushunib yetishga yordam berishi mumkin. Xullas, Makiavelli alohida xususiy hodisalarga asoslanib, universal umumlashtirish mumkin, deb hisoblaydi. Modomiki, bunday yo‘l bilan olingan bilim doim ham aniq bo‘lavermas ekan, bu bizning bilimlarimiz va hodisalarni nazorat qila bilish qobiliyatimizni chegaralovchi taqdirning aralashuvi tufayli ro‘y beradi. Odatda, Makiavellini tanqid qilganda, u insonning xislatlari o‘zgarmasligi haqidagi farazni asos qilib olar ekan, jamiyatda radikal o‘zgarishlarning yuz berishini tushunishda qiyinchiliklar bilan to‘qnashadi, deb ko‘rsatadilar. Buning ustiga, o‘z davrining siyosiy hodisalarini psixologik tushunchalar (egoizm singari) va tarixni siklik tushunish (davlat, hukmdor, xalq, aristokratiya, qo‘shin o‘zining

qo‘mondon va askarlari bilan, ravnaq va tanazzul holati) dan olingan oddiy siyosiy tushunchalar yordamida tushuntirar ekan, u oz darajada ko‘rgazmali hisoblangan fundamental iqtisodiy va madaniy siljishlarni tushuntirishda yanada katta muammolarga duch keladi. Umuman olganda, Gobbs Makiavellining asosiy fikrlariga qo‘shiladi. Jamiyat va siyosat ratsional, ilmiy tushunilishi kerak, insonning tabiati esa printsipial ravishda o‘zgarmas, tarixdan tashqari bo‘lib hisoblanadi. А mmo Gobbs Makiavellining tavsifiy usuliga, xususiy hodisalarni o‘rganishga asoslangan umumlashtirishlariga qo‘shilmaydi. Gobbs yanada ishonchli usulni izlaydi. U bevosita idrok qilinayotgan hodisalarning ichiga, biz bevosita kuzatayotgan narsalarni tushuntirishi mumkin bo‘lgan asosiga chuqur kirib borishga urinadi. Frantsuz Rene Dekart (Rene Descartes, 1596-1650) La Flesh iezuitlar kollejida sxolastik falsafani o‘rgandi. Unda kitobiy olimlikka shubha juda erta uyg‘ondi, zotan, uning fikricha, ko‘pgina fanlarda ishonchli asos mavjud emas edi. Kitoblarni tashlab, u sayohat qila boshladi. Garchi Dekart katolik bo‘lsada, ma’lum vaqt O‘ttiz yillik urush davrida protestantlar tarafida qatnashdi. Uning qiziqishlari doirasiga chavandozlik, musiqa, qilichbozlik va raqs kirar edi. 23 yoshida u Germaniyada qishki kvartiralarda bo‘lishi chog‘ida o‘z metodining asosiy g‘oyalarini ta’rifladi. Oradan o‘n yil o‘tib u tinchlik va osoyishtalikda tadqiqotlar bilan shug‘ullanish uchun Gollandiyaga ko‘chib keldi. 1649 yilda u Stokgolmga qirolicha Kristina huzuriga tashrif buyurdi. Shvetsiya qishi Dekartga haddan tashqari og‘irlik qildi, u betoblanib yotib qoldi va 1650 yilning fevralida vafot etdi. А sarlari. Uning asosiy asarlari jumlasiga Metod haqida mulohazalar (Discours de la methode, 1637) va Metafizik fikr-mulohazalar (Meditations metaphysiques, 1647) kiradi. Boshqa asarlaridan Falsafa asoslari (Principes de la philosophie) va А qlni boshqarish qoidalari (Regies pour la direction de l’esprit) ni qayd etish mumkin. Metod haqida mulohazalar frantsuz tilida yozilgan dastlabki falsafiy asarlardan biri hisoblanadi. Dekart ham lotin, ham frantsuz tilida ijod qilgan. Dekart bir vaqtning o‘zida ham yangi, ham eski davrlarning vakili hisoblanadi. Bir tomondan, u falsafaga yangi mustahkam poydevorga asos solishga

urinadi. Ikkinchi tomondan esa, u sxolastik an’anaga qattiq bog‘langanki, buni, jumladan, uning Xudoning borligiga doyr dalillari ham isbotlaydi. Dekartning fikricha, falsafada qarama-qarshi fikrlar har qanday masala bo‘yicha mavjud bo‘ladi. Birdan-bir chindan ham ishonchli metod matematik deduktsiya hisoblanadi. Shuning uchun Dekart ilmiy ideal sifatida deduktiv tizimga qaraydi. Bu ideal Dekart falsafasini belgilovchi omilga aylandi. А gar falsafa Yevklid geometriyasiga o‘xshash deduktiv tizim bo‘lishi kerak bo‘lsa, unda to‘liq darajada aniq va haqiqiy dalillar (aksiomalar)ni topish zarur. А gar dalillar noaniq va, shubhali bo‘lsa, deduktiv tizimning xulosalari (teoremalar) kam qimmatga ega bo‘ladi. Dekart matematikadan olgan va ilmiy metodning ayrim o‘ziga xosliklarini ifodalovchi bu ilmiy ideal uni deduktiv falsafiy tizim uchun mutlaqo aniq va ma’lum dalillarni qanday topish mumkinligi masalasiga olib keladi. Bu masalaga javob topishga metodik shubha yordam beradi. U biz mantiqan shubha qilishimiz mumkin bo‘lgan barcha qoidalarni istisno etish va mantiqan shubhasiz sanalgan qoidalarni izlash vositasi xisoblanadi. А ynan shunday shubhasiz qoidalardan biz deduktiv tizimimizning dalillari sifatida foydalana olamiz. Metodik shubha, shunday qilib, asosli yoki asossiz shubha qilish mumkin bo‘lgan narsani emas, balki mantiqan shubha qilish mumkin bo‘lgan narsani topishni ko‘zlaydi. Metodik shubha deduktiv falsafiy tizimga dalil bo‘la olmaydigan barcha fikrlarni istisno etish usuli (metodi) hisoblanadi. Dekart uchun shubhaning o‘zi ham ma’lum dalillar bilan bog‘liq. Masalan, tadqiqotchilar guruhi emas, balki aynan individning o‘zi, alohida fikrlovchi sub’ekt savollar beradi, ya’ni shubha qiladi. Shuning uchun ham aniqligiga Dekart shubha qilmaydigan qoida individning o‘zi fikrlovchi mavjudot ekanligiga bo‘lgan ishonchi hisoblanadi. Bu shubha qilib bo‘lmaydigan xulosa Dekart tomonidan qo‘llanuvchi masalalarni qo‘yish usuliga singdirilgan. Yangi davrdagi ham ratsionalistik, ham empiritsistik falsafaning aksar qismi uchun fikrlovchi individ epistemologik tayanch nuqtasi bo‘lib hisoblanadi. Faqat keyinchalik, tarixga asoslangan Gegel uchun yoki, e’tibor markazida tadqiqotchilar