XVII-XVIII asrlar ingliz va fransuz inqilobi
XVII-XVIII asrlar ingliz va fransuz inqilobi 1. Inqilob arafasida Fransiyaning ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy ahvoli. 2. Inqilobning boshlanishi, borishi va bosqichlari. 3. Yakobinchilar diktaturasi. 4. Termidorlar Konventi va Direktoriya davrida Fransiya. 5. Inqilob arafasida Angliyaning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy ahvoli. 6. Inqilobning boshlanishi va fuqarolar urushi. 7. Respublikaning e’lon qilinishi va Kromvel protektori. 8. Angliyada Styuartlar hukmronligining tiklanishi va burjua tuzumining o’rnatilishi.
Jahon tarixining XVII asr o’rtalaridan to XX asr boshlarigacha bo’lgan tarixiy rivojlanish bosqichi tarixshunoslikda yangi zamon davri yoki yangi tarix deb ataladi. U o’zining tarixiy voqyealarga boyligi, jamiyat rivojlanishi sur’atlarining tezligi, ijtimoiy-iqtisodiy o’zgarishlar va yangi sivilizasiyaning paydo bo’lganligi bilan oldingisidan tubdan farq qiladigan haqiqatdan ham yangi zamon davri edi. Yangi sivilizasiyaning paydo bo’lish jarayoni Atlantika okeanining qirg’oqlarida joylashgan Yevropa va Amerika mamlakatlarida yuz berdi va XIX asrga kelib u dunyoning ko’pchilik mamlakatlariga keng tarqaldi. Yangi zamon davri 1640- yilda boshlangan ingliz burjua inqilobidan 1870 yildagi Fransiya- Prussiya urushigacha bo’lgan birinchi va Fransiya-Prussiya urushidan Birinchi jahon urushi (1914-1918) gacha bo’lgan ikkinchi bosqichlaridan iborat. Yevropa, Amerika, Osiyo va Afrika mamlakatlari yangi zamon davrining birinchi bosqichi (1640-1870) «kapitalistik bozor munosabatlari» ning paydo bo’lishi va mustahkamlanish davridir. Yangi zamon tarixining birinchi davri hozirgi vaqtda insoniyat duch kelayotgan muammolarning aksariyatiga asos solgan davr hamdir. Chunki yangi zamonda qo’lga kiritilgan yutuqlar asosan tabiatni bo’ysundirilishi va tabiiy zahiralarni talon-taroj kilinishi bilan bordi-ki natijada ulkan ekologik havf-xatar paydo bo’ldi. Yangi zamon tarixining birinchi bosqichi ishlab chiqarish kuchlari va munosabatlarining rivojlanishida ham alohida ahamiyat kasb etdi. Qishlok xo’jaligida yangi ishlab chiqarish munosabatlari paydo bo’ldi, hunarmandchilik o’z o’rnini ilg’or manufaktura va sanoat ishlab chiqarishiga berdi. Yangi zamon tarixining ulkan muvaffakiyatlaridan yana biri bu feodal-patriarxal munosabatlarini barham topib, inson va fuqaro huquqi va erkinliklarini e’lon qilinishi hamdir. Tarixiy taraqqiyotning notekis rivojlanishi okibatida XVII-XVIII asrlarda jahonning Gollandiya, Angliya, Fransiya kabi bir qator mamlakatlarida kapitalistik bozor munosabatlari shakllana boshladi. Bu mamlakatlarda feodal munosabatlarning yemirilishi burjua inqiloblariga va kapitalistik tuzumni o’rnatilishiga olib keldi. Osiyo va Afrikaning kator mamlakatlarida esa hamon feodal munosabatlar hukmronlik qildi.
Kapitalistik bozor munosabatlarining dastlabki belgilari XVI asrda ya’ni, ilk kapital jamg’arish jarayonining paydo bo’lishi bilan boshlangan edi. Bu jarayon ishlab chikarish vositalarini kapitalga, ishlab chiqaruvchilarni esa yollanma ishchilarga aylantirdi. Kapitalning dastlabki jamg’arilish jarayoni ishlab chikarish kuchlarining buzilishi, Osiyo, Afrika va Amerika xalqlarining aksariyatini ajnabiy bosqinchilar tomonidan varvarlarcha talanishi bilan, Amerikada oltin va kumush zahiralarini kashf qilinishi oqibatida mahalliy aholi shafqatsizlarcha ekspluatasiya qilinib, tiriklay konlarga ko’mildi. Afrika hududi qora tanli aholi ovlanadigan maydonga aylantirilib, 30 millionga yaqin afrikaliklar zo’rlik bilan Amerika kit’asiga olib ketilib, qulga aylantirilgan. Jahon tarixining yangi zamon davriga kelib tarix tom ma’noda jahon tarixiga aylandi. Chunki bu davrda xususiy ishlab chiqarishning mahalliyligi va milliy biqiqligi o’rniga davlatlarning o’zaro aloqadorligi, xalqaro munosabatlar va savdoning rivojlanishi ro’y berdi. Mazkur davrda Xitoy, Koreya, Vyetnam, Hindiston, Eron va Usmoniylar davlatidagi feodal-despotlik rejimi chuqur inqirozli jarayonlarni boshdan kechirdi, kapitalizm dastlab Angliya va Niderlandiyada g’alaba qildi, Gabsburglar davlati va Rossiya bu vaqtda qudratli absolyut davlatlarga aylandi. Yangi zamonga kelib Yevropa va Sharq o’rtasidagi kuchlar nisbati o’zgardi. Ayniksa Napoleon urushlari va sanoat inqlobi (to’ntaruvi) dan keyin bu jarayon to’liq Yevropa davlatlari foydasiga hal bo’ldi. Gollandiya, Fransiya va Angliyaning savdo monopolistik kompaniyalari kapital jamg’arish jarayonida muhim rol o’ynadi. Talon-tarojlik, yerli xalqni ezish va qirg’in qilish oqibatida mustamlakalardan olingan javohirlar metropoliyaga keltirilib, kapitalga aylantirildi. Yevropa davlatlarining dengizda, jahon bozorida va mustamlakachilik borasida hukmronlik uchun bo’lgan raqobati natijasida ko’p sonli urushlar bo’lib o’tdi. Yangi zamon davriga kelib Ispaniya va Portugaliya mustamlakachilikdagi hukmronliklariga Gollandiya va Angliya davlatlari chek qo’ydilar. XVII asr birinchi yarmida savdo va mustamlakachilik borasida tashabbus Gollandiyaga tegishli bo’lgan bo’lsa, XVII asr ingliz inqilobidan so’ng u Angliya qo’liga o’tdi.
XVIII asrda Angliya va Fransiya o’rtasida Amerika, Afrika va Hindistondagi mustamlakalar uchun uzluksiz kurash bordi. Ispaniya merosi (1702-1713) va Avstriya merosi uchun (1741-1748) urushlar va Yetti yillik urush (1756-1763)da Angliya Fransiyaning Shimoliy Amerika, G’arbiy-Hindiston va Sharqiy- Hindistondagi mustamlakalarini tortib oldi. Yevropa davlatlari uchun mustamlakachilik siyosati boylik orttirish manbai bo’lib xizmat qilgan bo’lsa, Osiyo, Afrika va Amerikaning yerli aholisini u asoratga solib, qashshoqlikka mahkum etdi. G’arbiy Yevropa davlatlarida yirik ishlab chiqarish sanoatiga asos solinishi mazkur davlatlarning xom ashyo zahiralari, yangi bozorlar uchun va Osiyo, Afrika, Amerika qit’asida joylashgan mamlakatlarda iqtisodiy-siyosiy ta’sirini mustahkamlash uchun raqobat va kurashni keltirib chiqardi. Bu davrda Yevropa davlatlarining mustamlakachilik ekspansiyasi asosan tayyor sanoat mahsulotlarini kiritish va ulardan xom ashyo olib ketishdan iborat bo’ldi. Fanda yangi tarix atamasi ko‘pgina davlatlarda, ayniqsa Evropa va Amerikada 1640-1917 - yillar tarixi tushuniladi. Mazkur davr marksistik tarixchilar tomonidan keng miqyosda o‘rganilgan va shu davrda yuz bergan sotsial-iqtisodiy o‘zgarishlar hamda feodalizmdan kapitalizmga o‘tish shart sharoitlari o‘rganilgan. Ammo yangi zamon davrining sanalari belgilanishi Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasi mamlakatlari uchun u qadar to‘g‘ri kelmaydi. Sababi bu hududlarda quldorlik, feodal tartiblar hamon ustun bo‘lgan. Kapitalistik taraqqiyot yo‘liga o‘tilishi Evropa mamlakatlarini keyinroq esa AQSHning qudratli iqtisodga ega bo‘lishini ta’minladi. Ammo yangi zamon davrining oxirgi davri yoki XX asrning birinchi choragi yoki XX asrning 30 yillarigacha bo‘lgan davrni o‘rganish masalasi muammoligicha turibdi. SHu bilan birga XVI asrda Evropaning qator davlatlarida kapitalizm amalda feodalizm ustidan g‘olib kelgan bo‘lsa, yana ayrim davlatlarda bu jarayon XIX asrda ham davom etgan va yakuniga etmagan edi. Bugungi kunda ko‘plab tarixchilar yangi zamon tarixini 1789-yilda boshlangan fransuz burjua inqilobi sanasi bilan bog‘lashni taklif etmoqda.
Marksistik tarixchilar esa yangi zamon tarixi ingliz inqilobi sanasi bilan boshlanganligini uqtirib kelmoqda. Fransuz tarixchisi va olimi Jan Boden «Tarixni oson o‘rganish usullari» (1566-yil nashr qilingan) asarida birinchi marta o‘rta asrlar davridan keyingi tarixni yangi tarix deb atashni taklif qilgan. Bu asarda turklar tomonidan Konstantinopolning 1453-yilda egallanishidan keyingi davr yangi tarix deb atalgan. Gall universiteti professori Kristof Keller o‘zining «Universal tarix» (1685-yilda nashr qilingan) asarida insoniyat tarixini qadimgi (Buyuk Konstantingacha), o‘rta asrlar davri (1453-yilgacha) va yangi (1453-yildan keyingi) davrlarga bo‘lgan. Bugungi kunda ko‘plab tarixchilar yangi tarixni 1789-yilda boshlangan fransuz burjua inqilobi sanasi bilan bog‘lashni taklif etmoqda. Marksistik tarixchilar esa yangi zamon tarixi ingliz inqilobi sanasi bilan boshlanganligini uqtirib kelmoqda. Fransiya, Angliya, Germaniiya va inqilobgacha bo‘lgan Rossiya universitetlarida yuqorida keltirib o‘tilgan asarlar keng o‘rganilgan. Liberal tarixchilardan biri N. I. Kareevning 7 tomlik «G‘arbiy Evropa mamlakatlari yangi zamon davrida» nomli asarida yangi zamon davrini XVI asrning boshlaridan 1914 yilga qadar deb ko‘rsatgan. Agarda Fransiya maktablarida yangi tarixning boshlanishi sanasi sifatida fransuz inqilobi sanasi o‘qitilgan bo‘lsa, Angliyadagi tarixiy adabiyotlarda yangi tarix atamasi zamonaviy tarixni anglatadi. AQSH universitetlari va maktablarida yangi zamon davri Buyuk geografik kashfiyotlar va 1492 yilda Amerikaning ochilishidan boshlab o‘qitilgan. Rus sotsiologi L. I. Mechnikov "Sivilizatsiya va daryolarning buyuk tarixi" (1889 yilda nashr qilingan, 1924 yilda rus tiliga tarjima qilingan) asarida dunyo tarixini qadimgi davr «daryo sivilizatsiyalari", buyuk daryo vodiylari asri «O‘rtaer dengizi davri" va Buyuk geografik kashfiyotlar davri «Okean sivilizatsiyasi« kabi uchta katta davrga bo‘lishni taklif qilgan.