XVII-XVIII ( 17 – 18 ) asrlar va XIX ( 19 ) asrning birinchi yarmida Turkistonda ta’lim, tarbiya rivoji
XVII-XVIII ( 17 – 18 ) asrlar va XIX ( 19 ) asrning birinchi yarmida Turkistonda ta’lim, tarbiya rivoji. Reja: 1.XVII-XVIII asrlar va XIX asrning birinchi yarmida Buxoro, Xiva va Q o’ q on xonliklarida ilm-fan va ta’lim-tarbiya. 2.Jaxon Otin U vaysiy va uning ta’lim-tarbiyaga q o’shgan xissasi. 3. Q izlar maktabida ta’lim-tarbiya mazmuni, metod va usullari.
1. XVII-XVIII asrlar va XIX asrining birinchi yarmida Buxoro, Xiva va Qo’qon xonliklarida ilm-fan va ta’lim-tarbiya. Movarounnaxrda bir yuz ellik yil asrnit birinchi yarmida xukumronlik qilgan temuriylar sulolasi inkirozga yuz tutib, uning xonxikxarida ilm-fan va o’rniga Shayboniylar xukumronligi o’rnatildi. Lekin Shayboniyxon xam (1451- 1510) kuchli markazlashgan davlat barpo kilishga qay darajada xarakat qilgan bo’lsa xam, uning o’limidan so’ng o’zaro urushlar avj olib ketib, bu xududda uch xonlik, avvalo Buxoro va Xorazm, XVIII asr oxiriga kelib, Qo’qon xonligi paydo bo’ldi. Xonliklar davrida boshqa davlatlar bilan aloqalar o’rnatildi. Jumladan, Hindiston Shox Akbar, Sharqiy Ovrupodan Ivan Grozniylar bilan do’stona aloqa o’rnatildi. Buxoro xoni Abdullaxon 1001 ta rabot va sardobalar qurdirdi, madrasa, masjidlar, xonaqox va ko’priklar, suv omborlar va boshqa inshootlar qurildi- Bu davrda «Abdullanoma» nomli tarixiy kitob yozildi. Tibbiyot soxasida Sultonali Samarqandiyning «Dastur al-iloj», Muqammad Yusuf Mahxolning «Taxqiq al xumayyot», «Zubdat ul-qaxxolin» asarlari, Shayboniyxonning «Tavorixi guzidayi nusratnoma», Boburning «Boburnoma», Vosifiyning «Badoye’ ul-vaqoye», fazliddin Ibn Ro’zbekxonning «Mexmonnomayi Buxoro» kabi asarlarida o’sha davrning ijtimoiy, siyosiy, tarixiy, adabiy, ma’rifiy xayoti o’z aksini topgan. XVII-XVIII asrlarda me’morchilik soxasida ham katta inshootlar qurildi. Masalan, Buxoroda Imomqulixonning nufuzli amaldoridan Nodir devonbegi masjid, xovuz, madrasalardan iborat katta me’moriy ansambl qurdirdi. Shuningdek, Samarqanddan 4 chaqirim Janubda Xo’ja Axror qabri oldiga madrasa va Nomozgox barpo etdi. Bu davrda Muxammad Balxiyning 5000 baytdan iborat «Subxonqulixonnoma», Mirmuxammad amir Buxoriyning «Ubaydullanoma», Muxammad Vali Samarqandiyning 200 nafar adabiyot arboblarining tarjimai xoliga oid ma’lumotlar berilgan «Muzakkirul asxob» nomli asari, shuningdek, Sayido Nasafi, So’fi Olloyor, Boboraxim Mashrablarning asarlari yuzaga keldi. Bu
davrda ijtimoiy xayotning barcha jabxalarida; turmushda xam, oilada xam xar bir kishi aloxida diniy talablarga rioya etar edi. Madrasalarda deyarlik iloxiy bilimlar berilishiga qaramay, madrasani bitirganlardan mudarris, mufti, qozi, imomlar bilan bir qatorda mashxur shoir, olimlar xam yetishib chiqdi. Boboraxim Mashrab, Muxammad Amin Kosoniy-Namangoniy, Fazliy Namangoniy, Sayido Nasafiy, So’fi Olloyor, Muxammad Mir Olim Buxoriy, Abdulg’oziy Baxodirxon ana shunday ilm soxiblaridandir. Bu davrda ko’proq adabiyot tarix, me’morchilik, tasviriy san’at rivojlandi. Lekin tabiiy fanlarga xam oid ajratilgan «Xisoblash usullari xaqida risola» nomli matematikaga doir muxim asar xam yuzaga keldi. Abdulg’oziyning «Shajarai turk» asari xam Sharq, xam Ovrupo olimlarning diqqatini o’ziga tortdi. Bundan tashqari qator tarixiy asarlar xam maydonga keldi. XVII asrda yashagan ma’rifatparvar olim So’fi Olloyorning «Sabot ul- ojizin» asari «So’fi Olloyor» nomi bilan mashxur bo’lib, maktablarda savod chiqarilishi bilan o’kitilar edi. Unda islom dinining asosiy qoidalari, aqidalari bayon etilgan. Qo’qonda xam ko’plab ilmiy, ma’rifiy maskanlar paydo bo’lib, yirik adabiy muxit yaratilgan. fazliy va Mushrif tomonidan tuzilgan «Majmuat ush-shuaro» to’plami buning misolidir. Buxoro, Samarqand, Qo’qon, Xivada bino bo’lgan Shayx Jalol madrasasi, Samarqandda Registon maydoni, Sherdor va Tillaqori, Devonbegi, Xivada Arabmuxammad madrasalari ilm-ma’rifatning rivojlanishga katta xissa qo’shdi. Bu davrda maktab va madrasalarda grammatika, xandasa, mantiq, qiroat, tafsir, shariat, xikmat, islom tarixi va aqidalarga oid ilmiy-nazariy bilimlar, ish yuritish, xuquqshunoslik, savdo-sotiq ishlariga oid, meros va boylik taqsimoti kabi dunyoviy xamda ilmiy bilimlar o’rgatilar edi. Shuningdek, barcha madrasalarda albatta fan sifatida «Qur’on», «Tafsir», «Odob-os-solixin», «Maslik ul-Mutakkin», «Sabod ul-ojizin», «Kimyoi saodat», «Xadislar» o’qitilar edi. Uqish muddati 15-20 yilni tashkil etib, masjid yonidagi maktabda esa bolalar 7 yil alifbo, abjad, Qur’on, farzi ayn, Chor kitob, Xoja Xofiz, «Maslik ul- Mutakkin», Mirzo Bedildan savod o’rgatilar edi. uzbek bolalari o’qiydigan maktablarda «Kitobi Fuzuliy», «Lison ut-tayr», «Devoni Alisher Navoiy», «Qissai
devona Mashrab», So’fi Olloyorning «Sabot ul-ojizin» kitobi o’qitilgan. 2.Jahon Otin Uvaysiy va uning ta’lim-tarbiyaga qo’shgan hissasi. Ta’lim-tarbiya jarayonida ayollar ta’limi xam rivojlana boshladi. Cho’iian hissasi. Uqimishli, ma’rifatli, ziyoli ayollar tomonidan maktablar tashkil etiladi va bu maktablar otinlar maktabi deb nomlandi. o’zbek diyorida otinlar maktabining yirik namoyondalaridan biri — Jaxon otin Uvaysiy edi. Jaxon otin Uvaysiy (1789-90 Marg’ilon — 1850 y. Marg’ilon)-XIX asr Qo’qon madaniy muxitning ko’zga ko’ringan vakillaridan biri yetuk shoira va maktabdor muallimalardandir. Jaxon otin Uvaysiyning she’rlar va maktabdorlik xizmatlari xalq ommasi orasida keng yoyilgan. U Marg’ilonning Childuxtaron maxallasida she’riyatga ixlosmand Siddiq bobo (Qaynar devona xam deb atashadi) va Chinni bibilar oilasida dunyoga keladi. Otasi kosibchilik qilgan, onasi esa savodli ayol bo’lib, maktabdorlik qilgan va maxalla axli qizlarini o’qitgan. Jaxon otin yasuda yoshligidan boshlab onasidan savod o’rgangan, kichikligidayoq akasi ikkalasi Oxunjon xofizdan dutor, tanbur chalish, musiqa ilmining amaliy tomonlarini xam egallaydi. Otasidan esa arab, fors tillari va adabiyot sirlarini o’rganishga xarakat qiladi. Otasi tez orada vafot etib, onasi bilan qolgan Jaxon otin o’zi mustakil ravishda Xofiz, Jomiy, Navoiy, Fuzuliy, Bedil kabi sharq she’riyatining buyuk namoyondalari ijodini o’rganadi. Onasi va akasi Oxunjon Jaxon otinni 17 yoshida Marg’ilonga Xojixon ismli kishiga uzatadilar. Xojixon savodli, adabiyotga do’st va ma’rifatli inson edi. Jaxon otin undan ikki farzand ko’radi. Jaxon otin Uvaysiy endi mustaqil ravishda Marg’ilon va uning atrofidagi qizlarni o’qita boshladi. Qizlarga xat-savod o’rgatadi. Ilmiy musiqadan dars beradi. Uvaysiy qizlarga she’r yozishning uslublarini ham o’rgatadi. Muallimlik kasbiga Uvaysiy ixlos bilan qaraydi. Ilmga tashna qizlarga sidqidil bilan dars beradi. Bu xol uning g’azallarida xam o’z ifodasini topgandir: Uchradi kaydin menga, chun Oy ila Kun ikkisi, Ko’rdam ahvolini alar Farhodu Majun ikkisi.Zexni gavvosimni soldim fazal bahrin ka’riga, Chun sadaf
batnida onlar duru maknun ikkisi. Shaxri dilda akl shoxsn lashkardur beshmor, Yuz tuman lashkarga keltirdi shabixun ikkisi. Keldikim ikki pari gul talab aylab kanot, Ilm koni ichra Vaysiy, bo’ldi mamnun ikkisi. Shunisi diqqatga sazovorki, shoira o’z toliblari va shogirdlarining yutuqlaridan quvonib, ularga muvashshaxlar xam bag’ishlagan. Masalan: Jahon gulzorida xoki kudumingdan yetar ziynat, o’iromingdan topar jon gulshanu oroyshu nazhot. Bu Jaxon bibi ismi shogirdiga yozilgan muvashshax bo’lib, Jaxon bibi, Hayot, Baqo, Dilorom ismli qizlar Uvaysiydan ilm o’rganganlar. Ular ham Jaxon otin yordamida fors-tojik, turkiy tillarda yuksak saviyadagi she’rlar yozishga qodir shoiralar bo’lganlar. 3. Kizlar maktabida ta’lim -tarbiya mazmuni, metod va usullari. Marg’ilon tumanining xokimi Umarbek bo’lganidan keyin, bu paytda maktabdor va shoira sifatida shuxrat qozongan Uvaysiy Nodira bilan yaqinlashadi. Bu yaqinlik keyincha Qo’qonda Nodirabegimning fojiali qatl etilguncha davom etadi. Uvaysiy qizi Quyoshxonga xomilador ekanligida eri Hojixon vafot etadi. Shunda Uvaysiy erining yilini o’tkazib ikki bolasi bilan Nodira taklifiga binoan, Qo’qonga keladi. Endi Uvaysiy Nodirabegim ximoyasida bo’ladi. Qo’qonda Uvaysiy xon saroyida yashaydi. U xaramdagi qizlarga, kanizaklarga xam xat-savod o’rgatadi. Kanizaklarga boshlang’ich ta’lim, ya’ni alifboni o’qitishdan, yozishdan tortib, to ilm musiqiyning amaliy jixatdan ta’lim berish bilan shug’ullanadi.Uvaysiy xon saroyida 3-4 yildan ortik yashay olmaydi va boshqa yerga ko’chib o’tadi. Shoira bu yangi joyda yana o’zi sevgan mashg’ulotini davom ettiradi. Shu bilan birga Nodira iltimosi biG’chn uning ximoyasidagi tutqunlarni xam o’qitadi. Uvaysiy qizlarga xat-savod o’rgatish bilan birga, sozanda-xonanda kizlar guruxini ixlosi bor qizlar ichidan yig’ib, ularga san’atning ayrim sirlarini o’rgatadi. Yangi xovlida dars berayotgan bir paytda