logo

UYG‘ONISH DAVRI TARIX FALSAFASI (XIV-XVI ASRLAR)

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

48.5927734375 KB
UYG‘ONISH DAVRI TARIX FALSAFASI (XIV-XVI ASRLAR)
REJA:
1. Uyg’onish davri tarix falsafasining asosiy jihatlari
2. Nikolay Kuzanskiy - “Bilimdon bilimsizlik”/
3. Cheksizlik muammosi va kosmologiya
4. Florentsiyaning Platon akademiyasi
5. Neoplatonizm ijodini renessans ruhiyatida qayta ishlab chiqish
6. Insonning erkinligi haqidagi ta’limot
7. Leonardo da Vinchi fenomeni
8.  Makiavelli va makiavellichilik Uyg’onish davri tarix falsafasining asosiy jihatlari
G‘arbiy   Yevropada   Uyg‘onish   davri   deb   atalgan   davr   XIV   -XV   asrlarni   o‘z
ichiga qamrab olgan va Yevropa madaniyatining eng buyuk davri deb hisoblanadi.
Bu   davr   olamga   Nikolay   Kuzanskiy,   Mishel   Monten,   Leonardo   da   Vilgi,   Dj.
Bruno, va ko‘pgina boshqa buyuk mutafakkirlar va daholarni berdi.
Falsafa   tarixida   Uyg‘onish   davrining   ahamiyati   mavzusida   mashhur   rus
tadqiqotchisi Gorfunkel quyoshdagi fikrlarni bayon etadi. Uning fikricha Gegel va
Vindelband   bu  davrni   o‘rta   asr   sxolastik   falsafasidan   G‘arbiy  Yevropaning   yangi
davr   falsafasiga   o‘tish   davri   deb   hisoblaydilar   va   faqat   uyg‘onishga   xos   bo‘lgan
maxsus   xususiyatlar   va   buyuk   kashfiyotlar   haqida   batafsil   to‘xtab   o‘tmaydilar.
Mashhur   ingliz   faylasufi   B.Rassel   esa   uyg‘onish   davri   falsafasini   o‘rta   asr
metafizik   naturfalsafa   deb   hisoblaydi   va   naturfalsafaga   xos   bo‘lgan   fantastik
dunyoqarash   elementlarini   tanqid   qilib   o‘tadi.   Rassel   fikricha   Spinoza,   Leybnits,
Dekart   ta’limotidagi   ilmiy   qarashlar,   yangi   davr   falsafasiga   asos   solgan   va   bu
falsafa uyg‘onishning naturfalsafiy qarashlaridan ko‘ra katta ahamiyatga ega.
Gorfunkel   Garen,   Ch   Vazzoli   asarlarida   uyg‘onish   davri   falsafasi   G‘arbiy
Yevropada   yangi   kapitalistik   ijtimoiy-siyosiy   tuzumning   boshlanish   davri   deb
hisoblanadi va tuzum o‘tlishidagi feodal monarxiyalarga qattiq zarba bergan yangi
iqtisodiy   munosabatlarni   yuzaga   keltirgan   madaniyat   va   ma’rifatni   antik   davr
madaniyatiga o‘xshash bo‘lgan xususiyatlarini yuzaga keltirgan.
Uyg‘onish   davrining   buyuk   geografik   astrnomik,   matematik   kashfiyotlari   bu
davrda   sayyohatchilar   tomonidan   yangi   erlarning   ochilishi   falsafiy   dunyoqarash
doiralarini   benihoya   kengaytirdi.   Natijada   bu   davrning   faylasuflari   entsiklopedik
bilimlarga   ega   bo‘lgan   olimlarga   aylanishdi.   Badiiy   adabiyot,   san’at,
haykaltorshlikning   rivojlanishi   esa   badiiy   obrazli   fikr   yuritishga   birinchi   darajali
ahamiyat berdi.
Uyg‘onish   davri   falsafasining   markazida   inson   va   koinot   masalalari   yotadi.
Inson koinotni o‘z ichiga jamlagani inson-mikrokosmos tushunchasida ifoda etadi.
Uyg‘onish davri falsafasi  birinchi darajali ahamiyatni inson masalasiga qaratdi va bu masalani  insonning  tabiatda egallagan  o‘rni  va insonni  tabiatga bo‘lgan ta’siri
bilan bog‘ladi.
Bundan tashqari Uyg‘onish davrida astrologiya va magiya ham rivoj topdi.
Buni biz N. Kuzanskiy va J. Bruno falsafiy qarashlarida ko‘rishimiz mumkin.
Uyg‘onish   deb   nomlangan   davr   o‘rta   asrlarda   unutilgan   antik   falsafiy   va
madaniy   merosni   qaytadan   yuzaga   keltirdi.   Italiya   shaharlarida   neoplatonik,
aristotelik   va   platonik   ta’limotlarni   Mandzolli,   Fichino   Papponadi,   Bruno
ta’limotlarida uchratishimiz mumkin.
Uyg‘onish davri falsafasi panteistik tusga ega, ya’ni tabiat puxatlantiriladi va
tabiatda   xudo   tajalli   etadi   deb   hisoblanadi.   Bunday   qarash   tabiatni   ilohiy   va
muqaddas kuchga aylantiradi.
Kuzanskiy,   Bruno,   Mandzolle,   Yakob   Byome   ta’limotlarida   panteistik
qarashlari   bilan   bir   qatorda   astrologiya   va   magiya   bilimlariga   xos   bo‘lgan
elementlar mavjuddir. XX asrning oxirida falsafasida inson masalasi yana dolzarb
masalalardan biriga aylanmoqda.
Uyg‘onish   davri,   Renessans   –   Markaziy   Osiyo,   Eron,   Xitoy   (9-12   va   15-
asrlar),   G‘arbiy   Yevropada   yuz   bergan   alohida   madaniy   va   tafakkuriy   taraqqiyot
davri.   “Renessans”   atamasi   dastlab   Italiyadagi   madaniy-ma’naviy   yuksalish   (14–
16-a.lar)ga   nisbatan   qo‘llanilgan,   uni   o‘rta   asrchilik   turg‘unligidan   yangi   davrga
o‘tish   bosqichi   deb   baholaganlar.  Renessansning   asosiy   alomatlari:   tafakkurda   va
ilmu   ijodda   dogmatizm,   jaholat   va   mutaassiblikni   yorib   o‘tib,   insonni   ulug‘lash,
uning   iste’dodi,   aqliy-fikriy   imkoniyatlarini   yuzaga   chiqarish;   antik   davr   (yunon-
rum)   madaniyatiga   qaytib,   uni   tiklash,   boyitish;   cherkov   sxolastikasidan   qutulib,
adabiyot va san’atda dunyoviy go‘zallik, hayot taronalarini qizg‘in kuylash; inson
erki, hurfikrlilik uchun kurashish. Buning natijasi o‘laroq, ijodiy qudrat va tafakkur
kuchini namoyish etadigan ulug‘vor badiiy asarlar, salobatli binolar yaratildi, ilm-
fan   rivojlandi.   Italiyada   shoir   Petrarka   va   Dante,   rassom   Jotto,   adib   va
mutafakkirlar   Bokkachcho,   Ariosto,   Tasso,   Byome   Renessans   g‘oyalarining
jarchilari   bo‘lib   maydonga   chiqdilar.   Keyinchalik   Mikelanjelo,   Rafael,   Shekspir,
Servantes Yevropaning turli mamlakatlarida buni davom ettirdilar. Ammo   Renessans,   ya’ni   Uyg‘onish   faqat   Yevropa   hodisasi   emas.   Dunyo
madaniyatini   yaxlit   olib   o‘rgangan   olimlarning   ishlari   shuni   ko‘rsatdiki,   Osiyo
markazida joylashgan Movarounnahr, Xuroson va Eronda Italiyaga qaraganda bir
necha asr oldin (9– 12-a.lar) ulkan madaniy ko‘tarilish yuz bergan, ilm-fan, falsafa,
adabiyot   kuchli   rivojlanib,   ilg‘or   insonparvarlik   g‘oyalari   jamiyat   fikrini   band
etgan,   aqliy   va   ijodiy   faollik   gurkiragan.   Bu   davr   dunyo   ilmida   “Musulmon
Renessansi”   (A.  Mets)  yoki   “Sharq  Uyg‘onishi”  (N.  I.  Konrad)   nomi   bilan atalib
kelinmoqda.   Sharq   uyg‘onish   davrida   Yevropa   uyg‘onish   davrining   asosiy
belgilari mujassam: jo‘shqin ijodiy faoliyat, ulkan bunyodkorlik ishlarining amalga
oshirilgani, aqlni hayratga soluvchi bemisl asarlarning yaratilgani shundan dalolat
beradi.
Eron   va   Markaziy   Osiyo   xalqlari   bir   necha   ming   yillik   sivilizatsiya   tarixiga
ega.   Zotan,   qadimiyati,   qadimgi   davlatchiligi   bo‘lmagan   xalqda   uyg‘onish   davri
ham   bo‘lmaydi.   Markaziy   Osiyoda   9–13   asrlarda   o‘z   xalqining   qadimiyatiga
qaytish, Avesto  falsafasini  Qur’on ma’rifati  bilan uyg‘unlashtirib, qayta tiklashga
intilish tasavvuf ta’limoti, “ishroq” falsafasida namoyon bo‘lgan. Shu asosda turli
nazariyalar,   ta’limotlar   yuzaga   kelib,   fikriy   xilma-xillik   rivojlandi.   Tasavvufiy
orifona   ta’limotning   qaror   topishi,   tariqatlar   ham,   aslida,   hurfikrlik   va   inson
kamolotiga   bo‘lgan   ishonchning   nishonasi   edi.   uyg‘onish   davri   vakillari   dinga
emas,   balki   dinni   sxolastika   va   jaholat   manbaiga   aylantirgan   kishilarga   qarshi
kurashganlar.
Tafakkurdagi   ikki:   aqliy   (ratsionalizm)   va   vajdiy   (irratsionalizm)   yo‘nalish
namoyandalari   zohiran   o‘zaro   kelishmay   kelgan   bo‘lsalarda,   amalda   Yevropa
uyg‘onish   davrida   bo‘lganidek,   inson   ongini   bedor   etish,   uni   aqidaparastlik
(taqlidchilik)   g‘uboridan   tozalashda   hamkorlik   qildilar.   Shu   bois   hurfikrli
mutafakkirlar orasida ratsionalist olimlar bilan birga, orif sufiylar ham bor edi.
Sharq   uyg‘onish   davri   vakillari   o‘z   xalqlarining   qadimgi   madaniyat   bilan
birga, yunon va hind xalqlari merosidan ham foydalanishgan. Yunon olimlarining
asarlari 8–9-asrlarda arab tiliga tarjima qilindi, sharhlandi. Aflotun, Arastuni Sharq
faylasuflari ham o‘z ustozlari deb hisoblashgan, Plotin qarashlari  Ibn al-Arabiyga ta’sir etib, “vahdatul vujud” falsafasiga turtki berdi. Biroq yunonlar ko‘p fikrlarni
qadimgi   osiyoliklardan   olganlar.   Bu   tarix   qonuniyati:   Abu   Rayhon   Beruniyning
“Kitob   at-tafhim   li   avoil   sinoat   attanjim”   asari   qo‘lyozmasi   (13   asr)   yuksalishga
shaylangan   xalq   o‘z   madaniyati   va   o‘zigacha   yaratilgan   bashariy   yutuqlarni
o‘zlashtirib, yana yuksaklikka ko‘tariladi.
Sharq   uyg‘onish   davri   keng   ko‘lamli:   ta’lim   va   tahlil,   madrasa-maorif
rivojlangan, ulkan kutubxonalarda yuz minglab jild kitoblar yig‘ilgan, “xazinat ul-
hikma”,   “dor   ul-ulum”larda   tolibi   ilmlar,   ustoz-shogirdlar   suhbati   bardavom   edi,
olimning obro‘-e’tibori yuksak qadrlandi. Sharq uyg‘onish davri yutuqlari G‘arbiy
Yevropadagi   uyg‘onish   davriga   bevosita   ta’sir   etgan.   Chunki   12–14-asrlarda
musulmon   olami   bilan  Yevropa   davlatlari   orasida   aloqa   kuchaygan   edi.  Ayniqsa,
tutash   chegara   mamlakatlari:   Qurdoba   (Ispaniya),   Kavkaz,   Bolqon   yarim   orolida
bu jarayon kuchli bo‘lgan. Yevropaliklar Sharq olimlarining asarlarini lotin, ispan,
yahudiy   tillariga   qilingan   tarjimalar   orqali   yoxud   bevosita   arab   tilida   o‘qib
o‘rganganlar.   Ibn   Sinoning   “Tib   qonunlari”,   “Ash-Shifo”,   Forobiyning   “Ilmlar
tasnifi”,   Ahmad   Farg‘oniyning   “Samo   harakatlari   va   yulduzlar   ilmining   jami
kitobi”, Muhammad Muso Xorazmiyning “Aljabr val muqobila”, Ibn Rushd, Abu
Bakr   Roziy   asarlari   tarjima   qilinib,   keyinchalik   nashr   etilgan.   Algebra,   algoritm
fanlari   Xorazmiy   asarlari   tufayli   shakllangan.   “Tib   qonunlari”   7   asr   mobaynida
Yevropa untiversitetlarida tibbiyot darsligi sifatida xizmat qildi. Ibn Sino shogirdi
Ibn   Rushd   g‘oyalari   Italiya,   Frantsiya   hurfikrligini   boshlab   bergan.   Ibn   Sino   –
Avitsenna, Ibn Rushd – Averroes, Ahmad Farg‘oniy – Al Frageni, Abu Bakr Roziy
– Al Ramzats, Abu Ma’shar Balxiy – Albumazar degan lotincha nomlar ostida
mashhur   bo‘lgan.   “O‘sha   paytda   (13–16-a.)   jaholat   changalidagi   Yevropaning
ko‘pgina   qismida   musulmonlar   ilm   charog‘ini   yoqdilar...;   ispanlar   yozuvi   ham,
shimoliy   oramiy   yozuvi   ham   Osiyodan   olingan;   shimoliy,   g‘arbiy   va   sharqiy
Yevropa madaniyati yunon – rumo – arab urug‘idan unib chiqqandir” (G.Gerder).
Platon, Aristotel asarlari ham Yevropaga dastlab arabcha tarjima va talqinlar orqali
kirib borgan. “Sharqliklar G‘arbni Aristotel falsafasi bilan yoritdilar” (Gegel). Aniq   fanlar   va   ularni   o‘rganish   usullarini,   dehqonchilik   va   chorvachilik
ilmlari,   dengizda   suzish,   harbiy   texnikani   Yevropa   sharqdan   olib   rivojlantirdi.
“Matematika,   kimyo,   tibbiyot   sohasida   musulmonlarning   xizmati   buyuk...   bu
fanlarda   musulmonlar   Yevropaning   muallimlari   bo‘lib   qoldilar”   (G.   Gerder).
Yevropa   uyg‘onish   davri   adiblari   Dante,   Petrarka,   Bokkacho   Sharq   ilm-fani,
adabiy   asarlaridan   ilhomlanganlar.   Dante   “Bazm”,   “Ilohiy   komediya”   asarlarida
Ibn   Sino   va   Ibn   Rushdni   o‘z   ustozlari   qatorida   ehtirom   bilan   tilga   oladi.   Ahmad
Farg‘oniy   asarlaridan   foydalanganini   qayd   etadi.   K.   Marloning   “Buyuk   Temur”
dramasida Amir Temur jasur, xaloskor inson sifatida tasvirlangan.
Nikolay Kuzanskiy
Nikolay   Kuzanskiy   (1401-1464)   Prir   eparxiyasining   Kuza   deb   nomlangan
qishlog‘ida Germaniyada  tug‘iladi.  Uning otasi  baliq  savdosi  bilan  shug‘ullangan
boy   savdogar   edi.   O‘zining   ilk   ma’lumotini   Deventer   shahridagi   “umumiy   hayot
birodarlari”   maktabida   oladi.   Bu   maktab   diniy   tusga   ega   bo‘lib,   Iso
payg‘ambarning hayotiga taqlid qilar edi. Birodarlarning mistik dunyoqarashi yosh
Nikolay   Kuzanskiy   fikrlariga   katta   ta’sir   ko‘rsatdi   va   uni   sxolastik   ratsional
qarashlarida   uzoqlashtirdi.   Keyingi   ma’lumotini   u   Geydelberg   va   Paduya
universitetlarida   davom   ettiradi   va   bu   erda   kanonip   ilmining   doktori   unvonini
oladi, keyinroq u Keln Universitetida o‘qiydi va bu erda buyuk Albert tarafdorlari
bilan   yaqin   munosabatlarla   bo‘ladi.   Nihoyatda   iqtidorli   olim   bo‘lganligi   uchun   u
diniy muhitda katta obro‘ qozonadi va yosh bo‘lishiga qaramay kardinool unvonini
oladi.  Kuzanskiyning   diniy   faoliyatda   nihoyatda   har   taraflama   bo‘lgan.  U   katolik
cherkovini kuchaytirishda ko‘p xizmat qildi, gusidlar bilan muzokaralar olib bordi
pravoslav   cherkovini   katolik   cherkovi   bilan   yaqinlashtirishga   harakat   qildi.   Papa
Piy II ning unga bo‘lgan do‘stona munosabati Nikolay Kuzanskiyning faoliyatida
va mansabining yuqoriligida yordam berdi. Nikolay Kuzanskiy o‘zining faol diniy
harakatlari   bilan   bir   qatorda   ilm   sohasida   ham   shuhrat   qozondi.   Nikolay
Kuzanskiyning   dunyoqarishga   Dionsiy   Arepagit,   Miyster   Ekkart,   Shartr
maktabining   platoniklari,   Ioann   Skott   Eriugen   kabi   buyuk   mistik   mutafakkirlar
kuchli   ta’siri   etadilar.   Buning   natijasida   Nikolay   Kuzanskiy   sxolastikaga   xos bo‘lgan   ratsional   falsafiy   qarashlarga   tanqidiy   yondoshadi   va   o‘zining   original
neplatonik falsafiy sistemasini yaratadi.
Nikolay   Kuzanskiy   o‘z   davrining   mashhur   gumanistlari   Eni-Silvie
Pikkolomini,   Lorentso   Valla,   Ambrod   jo   Traversari,   Paolo   Poskanellilar   bilan
do‘stona munosabatda bo‘lgan. Uning antik madaniyatga qiziqishi ham, aynan shu
gumanistlarning ta’siri natijasida bo‘ldi.
“Bilimdon bilimsizlik”
Kuzanskiy   falsafasining   markazida   xudoning   borliqdagi   o‘rni   masalasi
egallaydi.   Bu   masalani   hal   qilishda   Kuzanskiy   barcha   oldingi   sxolastik
qarashlardan tubdan farq qiladi.
Kuzanskiy   ta’limotida   xudo   cheksiz   yaratuvchi   kuchdir.   U   butun   olamlarni
yaratadi, va olamning ichida yashiringan, ya’ni olam va xudo yagona bir borliqdir.
Lekin xudoning olamidagi borlig‘i pardalangan yashirindir va barcha narsalarning
mohiyatini   tashkil   etadi.   U   xristian   diniga   xos   bo‘lgan   xudoni   uch   qiyofada
ko‘rinishini   tanqid   qiladi   va   xudoni   ko‘proq   ruhiy   qudrat   tabiatda   yashiringan
muqaddas ruh sifatida tushunadi. U xudoni cheksiz qudrad manbasi deb hisoblaydi
va   tabiatdagi   barcha   mavjudotlarda   va   tabiiy   hodisalarda   muqaddas   ruhning
tajallisini   ko‘radi.   Bunday   panteistik   qarashlar   Nikolay   Kuzanskiyni   yangicha
dialektik fikr yuritishga olib keldi. Nikolay Kuzanskiyning xudo haqida qarashlari
dialektik   fikrlar   bilan   sug‘orilgan   va   bilimdon-bilimsizlik   tushunchasida
Kuzanskiy tomonidan aniq va ravshan ochiladi.
Xudoning tabiatdagi oddiy ratsional fikr yuritish qolipiga sig‘maydi. U mistik
e’tiqod, Ollohga bo‘lgan mistik ishonch orqali ochiladi. Bunday e’tiqod har  qanday
mantiqiy   fikr   yuritishdan   xolidir   va   uni   tushunish   uchun   biz   Kuzanskiy
ta’limotidagi dialektik tushunchalarni o‘rganishga o‘tamiz.
Cheksizlik muammosi va kosmologiya
Ollohning   mavjudligi   yashirin   imkoniyatlarning   ochilishi   jarayonida   sodir
bo‘ladi.   Bu   imkoniyatlar   esa   cheksizdir.   Shuning   uchun   olamning   cheksizligi
aslida   Ollohning   borlig‘ida   yashiringan   imkoniyatlarning   cheksizligidan   kelib
chiqadi.   Bu   imkoniyatlarning   ochilishi   yaratish   jarayonini   tashkil   etadi.   Natijada koinot   doimiy   cheksiz   o‘zgarish   va   rivojlanish   jarayonidir.   Demak,   xudoning
yashiringan   qiyofasining   ochilishi,   olamning   yaratilishi   va   tuzilishiga   sababdir.
Koinotdagi barcha hodisalar va narsalar mohiyatida xudoning qiyofalarini ko‘rish
mumkindir.   Bu   qiyofalar   o‘zgaruvchan   bir-biriga   o‘tib   turadigan   niqob   ostidagi
Ollohning jamolidir.
Inson tabiati
Inson   tabiati   Ollohning   eng   buyuk   yaratgan   borlig‘idir.   Insonning   tabiatida
koinotdagi barcha ... jonzotlar birlashadi va yagona borliqni tashkil etadi. Shuning
uchun insonning tabiatida Ollohning yagona borlig‘i mavjuddir. Lekin bu yagona
borliq inson tabiatida yashiringan va ayrim insonlarda bu yagona borliqning faqat
bir  qismi  ochiladi. Ollohning borligi  va mavjudligi  butun odamzotning borlig‘ida
mavjuddir.   Butun   odamzotning   borlig‘ini   ya’ni   uning   zotini   o‘z   ichiga   qamrab
olgan   shaxs   ilohiy   odamdir.   Bu   ilohiy   odamni   xristian   dini   tilida   Nikolay
Kuzanskiy   xudoning   o‘g‘li   ya’ni   mutloq   ruhdan   yaratilgan   Iso   Masih   deb
hisoblaydi.   Iso   Masihning   borlig‘ida   Ollohning   nurli   siymosi   tajalli   etadi   va   u
butun olamni o‘z ichiga jamlaydi. Iso Masihning tabiati ilohiy tabiatdir va u butun
borliq   koinot   bilan   qo‘shilib   ketadi.   Borliqning   har   bir   nuqtasida   Iso   Masih
mavjuddir   va   Iso   Masihning   ichida   butun   borliq   mavjuddir.   Ayrim   odamlarning
tabiati   esa   bu   yagona   borliqning   faqat   bir   qirrasini   aks   ettiradi.   Lekin   har   bir
insonda cheksiz rivojlanish imkoniyatlari mavjuddir.
Florentsiyaning Platon akademiyasi
O‘rta asrlarda Platonning ijodi nihoyatda kam ma’lum bo‘lgan. Bular asosan
“Piliy” “Fedon”  va  “Menon”  kabi   dialoglar   bo‘lgan  edi.  Uyg‘onish  davrida  antik
madaniy   meros   qaytadan   kashf   etildi   va   ma’lum   bo‘lmagan   ko‘pgina   asarlar
tarjima qilina boshladi. Endi bu asarlarning estetik, siyosiy va badiiy tomonlariga
ham katta e’tibor berilar edi. Florentsiyalik mashhur mutafakkir Marseleo Fichino
butun e’tiborini Platon ijodiga qaratdi va o‘z atrofidagi shogirdlari bilan birgalikda
yirik   akademiyaga   asos   soldi.   Marsello   Fichino   Filiino   (Toskana)   da   1433   yilda
tug‘iladi. Boshlang‘ich ta’limni Florentsiya va Piza shahrida olgan edi. Fichino   yosh   paytidayoq   antik   merosga   bo‘lgan   zo‘r   qiziqishi   bilan   barcha
odamlarni   hayratga  soldi.   Florentsiyaning   mashhur   hokimi   Kozimo  Medichi   ham
nihoyatda   Fichinoga   e’tibor   berdi   va   o‘ziga   yaqinlashtirdi.   Fichino   bilan
hamsuhbat   bo‘lishi   uchun   unga   o‘zining   villalaridan   birini   sovg‘a   qildi   va   grek
kodeksi deb nomlangan Platon ijodiga mansub barcha kitoblarni sovg‘a qildi.
Fichinoning   mehnatkashligi   va   serg‘ayratligi   tufayli   Florentsiyaning
yaqinidagi   Koredjo   shahrida   joylashgan   uning   villasi   nafaqat   Italiya   balki
Yevropaning ham yirik antik merosni o‘rganuvchi markazlaridan biriga aylanadi.
Fichino   atrofida   yig‘ilgan   uning   hamfikrlari,   shogirdlari,   do‘stlari   va
homiylari   o‘sha   davrda   Platon   Akademiyasi   nomi   bilan   mashhur   bo‘ldilar.   Bu
Akademiya   erkin   jamoa   bo‘lib,   hech   qanday   Universitet   yoki   cherkov   qoshida
bo‘lmagan.   U   erkin   fikr   yurituvchilarning   hamjihatligi   bo‘lib,   ular   xuddi   Platon
davridagi   Akademiyaga   o‘xshashar   edi.   Bu   erda   yig‘ilgan   erkin   fikr   yurituvchi
olimlar,   tarjimonlar   va   hokazolar   bog‘ni   aylangan   payt   suhbat   qurishar,   bir-biri
bilan fikr almashishar va Platon ruhiyatiga yaqin bo‘lgan dialoglarda qatnashishar
edi. 1468 yil 7 noyabrda bu akademiya dargohida Platon tavalludiga bag‘ishlangan
katta yig‘in o‘tkazildi.
Fichino asarlari
Ko‘p   yillar   davomida   Fichino   Platon   asarlari   va   neoplatonizmga   tegishli
bo‘lgan   kitoblarni   tarjima   qilib   bordi.   U   ayniqsa   Germetik   traktat   deb   atalishi
Pifagor   va   Platon   maktablariga   mansub   bo‘lgan   faylasuflarning   kitoblarini   ham
tarjima qildi, ham chuqur o‘rgandi. Germest Tristligist nomi bilan mashhur bo‘lgan
qadimgi yunon taraktati eramizning II va III asrlarida neoplatonizm  oqimiga asos
sodldi va Platon ruhiyatidagi xristian diniy oqimlarini ham yuzaga keltirdi.
1460   yillarda   Fichino   Platonning   barcha   ma’lum   bo‘lgan   asarlarini   tarjima
qilib   bo‘ldi.   Bundan   tashqari   u   Prokl   Yamvli,   Porfirii,   Plotin   ijodiga   mansub
bo‘lgan   ko‘pgina   traktatlarni   ham   tarjima   qildi.XII   asrda   Yevropada   mashhur
bo‘lgan vizantiyalik neoplatonik faylasuf Mixail Panni ham aynan Fichino tarjima
qilgan   edi.   Fichinoning   qalamiga   mansub   bo‘lgan   ko‘pgina   asarlar   ham   o‘sha
davrda   chiqa   boshladi.   Bular:   Platonning   “Pir”   asariga   tahlil   (1469),   “Jonning abadiyligiga   bag‘ishlangan   Platonning   diniy   qarashlari”   (1469-1474,   nashrga
chiqgan yili 1482 yil), “Xristian dini haqida” (1474 hayot haqida 1489) “Xabarlar”
deb nom olgan kichik asarlar to‘plami (1495).
Neoplatonizm ijodini renessans ruhiyatida qayta ishlab chiqish
Marsello   Fichino   Katolitsizm   diniga   mansub   bo‘lgan   chin   dildan   xristian
diniga   ishonuvchi   faylasuf   bo‘lgan.   Shunga   qaramay   u   sxolastik   diniy   qarashlar
o‘rniga   Platon   va   neoplatonizm   davriga   mansub   bo‘lgan   falsafiy   g‘oyalarni
qo‘yadi. Bu g‘oyalar asosi xudo va tabiat, xudo va inson, jonning abadiyligi, ruhiy
muhabbat   mavzulari   edi.   Sxolastik   diniy   dunyoqarashga   xudoni   dunyodan
tabiatdan   va   insondan   o‘tib   bo‘lmas   to‘siq   bilan   ajratish   xos   bo‘lgan.   Bu
qarashlarga binoan xudo dunyoni  yaratadi. Lekin keyinchalik unga aralashmaydi,
chetdan   kuzatadi.   Fichino   aynan   shu   qarashlarga   qarshi   chiqadi.   Uyg‘onish   davri
falsafasi   va   ayniqsa   Fichinoning   qarashlarida   xudo   bilan   olamning   aloqasi
birlikdan   ko‘plikka   o‘tishga   va   bundagi   aloqalarga   o‘xshaydi.   Xudo   va   dunyo
masalasida   Marsello   Fichino   xuddi   Nikolay   Kuzanskiy   va   Pikodela   Mirondolaga
o‘xshab, koinotda xudo va uning yaratgan olami yagona birlikni tashkil etadi deb
hisoblaydi.
Ierarxiya va birlik
Fichino qarashlariga binoan butun olam pog‘onama-pog‘ona tashkil topgan va
bu   pog‘onalardagi   quyidagi   bosqichlar   yuqoriga   intiladi,   bu   pog‘onalarning
barchasi   ilohiy,   ruhiy   qudrat   tomonidan   boshqariladi.   Eng   yuqori   pog‘onadagi
ruhiy  kuch asta-sekin  pastga  tarqaladi. Olamni   Fichino besh  pog‘onasini   ajratadi.
Eng yuqori pog‘ona bu xudodir. Keyingi pog‘onlar “Farishtalar”, “jon”, “sifat” va
nihoyat “materiya” yoki vaznga ega bo‘lgan modda.
Fichinoning   Platon   diniy   qarashlari   deb   nomlangan   asarida   xudo   va   dunyo
bir-biridan ajralmas birlik va ko‘plik aloqalari bilan bog‘liqligi ko‘rsatishadi. Eng
oliy   pog‘onadan   Ollohning   nuri   butun   dunyoga   tarqaladi   va   dunyodagi   barcha
jonzotlarda   Ollohning   nuri   mavjuddir.   Bu   nur   orqali   Olloh   ham   erda   ham
mavjullir. Fichino qarashlariga mistik ruhiyatdagi panteizm xos bo‘lgan. Xudo dunyoda
tajalli etmaydi dunyo xudoda tajalli etadi ya’ni xudo faqatgina moddiy borliq bilan
chegaralanib qolmaydi. Moddiy borliq ruhiyat olamining bir qismidir. Materiya va
ruh aloqalarida ruh birlamchi o‘rinni egallaydi.
Eng   oliy   bosqichdagi   xudo   butun   yaratgan   dunyosi   bilan   farishtalar   orqali
aloqada.   Farishtalarni   Fichino   sof   aql   deb   ataydi.   Bu   sof   aqlda   yoki   farishtalar
aqlida barcha narsalarning shakli ham mavjuddir.
Sof   aqldagi   shakllardan   osmon   jismlari   paydo   bo‘ladi.   Ulardan   keyin   esa
o‘simliklar   hayvonot   olami,   to‘rtta   unsur   (er,   suv,   havo   o‘t)   va   tosh   ma’danlar
paydo bo‘ladi. Sof aqlda barcha narsalarning shakli mavjud. Sof aqldagi mavjudlik
harakatsiz   sukunat   holatidagi   mavjudlikdir.   Bu   harakatsiz   pog‘onadan   xilma-xil
shakllarning   harakatli   shakliga   o‘tish   sodir   bo‘ladi.   Marselio   Fichinoning
emonatsiyasida uchinchi bosqich yoki pog‘ona eng muhim ahamiyatga egadir. Bu
bosqichda   jon   joylashgandir.   Bu   jonni   Fichino   olamiy   jon   yoki   tabiat   deb   ham
ataydi.
Aristotel  sxolastikasi  fikricha, tabiatni bevostia harakatga keltirgan birlamchi
sabab xudodir. Fichino fikricha esa xudo olamni jon orqali harakatga keltiradi. (U)
xudo jonga butun muhabbatini beradi va bu ilohiy muhabbat kuchi orqali jon butun
olamni,   harakatga   keltiradi.   Shunday   qilib   ruhiy   muhabbat   olamdagi   barcha
narsalarni   bog‘lovchi   va   harakatga   keltiruvchi   kuchdir.   Bu   kuch   eng   yuqori
bosqichdan boshlanib, eng pastdagi bosqichlarga etib boradi va ularni yana yuqori
bosqich   bilan   bog‘laydi.   Koinotni   harakatga   keltiruvchi   barcha   narsalardagi
go‘zallikni   garmoniya   holatining   sababi   ham   ruhiy   muhabbatdir.   Barcha
narsalardagi   go‘zallik     Ollohning   go‘zalligidan   kelib   chiqadi.   Fichino   uchun   bu
o‘tkinchi olam dard va azob chekish olami emasdir. Uning uchun bu dunyo xudo
tomonidan yaratilgan go‘zallik va muhabbat dunyosidir. Olloh butun dunyoga shu
qadar   buyuk   muhabbat   va   go‘zallikni   ato   etdi-ki,   undagi   barcha   jonzotlar   bu
kuchdan   lazzatlandilar   va   zavqalanadilar.   Agar   inson   ham   o‘z   qalbida   ruhiy
muhabbatni   his   qila   olsa   u   bundan   zavqalanadi   va   lazzatlanadi.   Shunday   qilib
Marseleo   Lukretsiy   Kar   ta’limotidagi   lazzatlanish   va   zavqlanish   tushunchalarini neoplatonik   ruhiyatida   talqin   qildi.   Fichino   ta’limotida   koinot   bu   go‘zallik,
muhabbat   va   zavqlanish   olamidir.   Olamdagi   Ollohning   tajallisi   nur   orqali   sodir
bo‘ladi. Bu nur emonatsiyaning barcha bosqichlarida mavjuddir. Haqiqatning o‘zi
ham aslida Ollohning nuridir. Xudo nur orqali barcha ayrim narsalarda mavjuddir
va bu mavjudlik orqali narsalar chegarasini biladi va ularga uning usturlabi orqali
qaraydi.
Narsalar xudo uchun bir ko‘zgudir.  Bu ko‘zguda u o‘z aksini ko‘radi.
Dunyoviy go‘zallik ham Marselio Fichinoning fikricha narsalarda yashiringan
Olloh timsoli aksidir. Shunday qilib dunyoviy go‘zallik ham ruhiy tusga ega.
Inson madhiyasi
Insonga   madqiya   keltirar   ekan   Fichino   uni   ilohiylashtiradi.   Fichino   fikricha
xudo yaratuvchilik kuchini borliqdagi hech bir jonzotga bermadi, uni faqat insonga
beradi   va   aynan   shu   ijodkorlik   kuchi   orqali   insonni   o‘ziga   yaqinlashtirdi.   O‘z
ijodkorligi   orqali   inson   xudoning   eradig   xalifasidir.   Insonning   erdagi   xalifaligi
barcha narsalarni ruhiy iroda kuchi orqali boshqarishdan kelib chiqadi.
U   nafaqat   tabiatni   o‘zni   ham   boshqara   oladi.   Insonning   ruhi   ozod   va   erkin
yaratilganligi   uchun   u   doimo   erkinlikka   intiladi,   u   boshqa   barcha   jonzotlar   bilan
erkinlikka   intilishi   bilan   farq   qiladi.   Insonning   daholigi   unda   buyuk   bilimlar
yashiringanligidan   dalolat   beradi.   Barcha   jonzotlar   ichida   insonning   o‘rni
beqiyosdir.   U   o‘zining   ezgu   xislatlari   orqali   Ollohga   eng   yaqin   turadigan
mavjudotdir.  Fichino  tomonidan  insonga   aytilgan   madqiya  uni   surta  asr  sxolastik
diniy dunyoqarashdan tubdan farq qilar edi.
O‘zining   “Xristian   dini   haqida”   asarida   Fichino   er   yuzidagi   xilma   xil
dinlarning   mavjudligi   haqida   fikr   yuritadi.   Uning   fikricha   oldingi   ko‘p   xudolik
dinlarida   inson   o‘zining   erkin   ruhi   orqali   xudoni   bilishga   intilgan   lekin   u   xudoni
birligi orqali emas balki ko‘plik shaklda anglagan. U tabiatning barcha kuchlarida
yagona   xudoni   xilma-xil   shakllarini   ko‘rgan   va   bu   shakllarni   inson   xudo   sifatida
qabul   qilgan.   Ko‘p  xudolilik  dinlarida  ham   Fichinoning  fikricha   asosiy   xudoning
mavjudligi xudoning yagonaligidan darak beradi. Ko‘p xudolilik dinlari insondagi
hissiy   tasavvurning   rivojlangan   paytida   mavjud   bo‘lishgan   va   inson   bu   hissiy tasavvur   orqali   inson   xudoni   barcha   shakllarda   his   qilgan.   O‘sha   davrda   inson
tabiatga   yoqinroq   bo‘lgan   va   u   xudoni   borligini   aqli   orqali   emas   balki   his-
tuyg‘ulari va tasavvuri orqali sezgan. Shuning uchun Fichini ham yagona xudoga
bo‘lgan e’tiqodning bu fikrlari uning hurfikrligi va diniy bag‘rikengligidan dalolat
berib turadi.
Piko dela Mirondola
Marselio Fichinoning neolatonik qarashlariga nisbatan kuchliroq ifoda etilgan.
“Sevgi   haqidagi   kontsona   yozilgan   tahlilda   u   butun   dunyoni   doimiy   yaratilishi
haqida   yozadi.   Bu   yaratilishi   jarayoni   cheksiz   va   tinimsizdir.   Uning   qarashlariga
binoan dunyoning yaratilishi  uch bosqich asosida sodir bo‘ladi. Bular: farishtalar,
osmon   bosqichi   va   elementar   bosqichlardir.   Piko   fikricha   go‘zallik   tushunchasi
xudoga tegishli emasdir. Negaki Xudo mukammal, go‘zallik esa qandaydir nuqson
bilan   bog‘liqdir.   Har   bir   narsani   Piponing   fikricha   ikki   tomoni   bor.   Bu   tomonlar
bir-biriga zid va bu zid qutblarni borligi narsani borligini belgilaydi. Go‘zallik ham
o‘ziga   zid   bo‘lgan   tomonsiz   mavjud   bo‘la   olmaydi.   Koinotdagi   irarxiya   bu
dunyoning   o‘zaro   munosabatlarini   belgilaydi.   Tabiatdagi   barcha   kuchlar   o‘zining
mohiyatini anglab etmaydilar. Lekin ular koinotni bilishga intiladilar.
Piko   fikricha   xudo   bu   ierarxiyadan   tashqarida   lekin   u   tabiatdagi   barcha
jismlarni yaratadi va bir-biriga bog‘laydi. Ollohning tabiatda mavjudligi moddiy va
ruhiy   narsalarning   aloqasidan   kelib   chiqmaydi.   Xudo   tabiatning   barcha   zarrasida
mavjud u tabiatning birligi va mohiyatini tashkil etadi.
Xudo barcha narsalarning mohiyatida yashiringan. Narsalarning go‘zalligi va
latofati ham xudoning bu narsalarda mavjudligidan kelib chiqadi.
Insonning erkinligi haqidagi ta’limoti
Piko   yulduzlarga   qarab   inson   kelajagini   aytib   bergan   astrologlarga
ishonmaydi va ularni tanqid qiladi. Buning o‘rniga u osmon jismlarining harakatini
matematik usullar orqali o‘rganishga da’vat etadi.
Pikoning   fikricha   insonning   o‘zi   ham   butun   borliqni   qamrab   oluvchi
mikrokosmosdir.   Piko   insonni   ierarxiyaning   barcha   bosqichlaridan   xoli   deb
hisoblaydi. Koinotning   zinopoyasida   insonning   aniq   egallagan   o‘rni   yo‘qdir.   Inson   bu
o‘rinni   o‘zining,   xohishi   va   irodasiga   binoan   tanlaydi.   Xudo   insonga   tanlash
huquqini   bergan   va   inson   o‘z   baxtining   egasidir.   Inson   koinotning   markazida
joylashgan   va   u   o‘zidagi   barcha   ijodkorlik   kuchlarini   o‘zi   voyaga   etkazish
kerakdir. Insonning ierarxiyadagi o‘rni, uning ruhiy erkinligi bilan ham bog‘liqdir.
Insonga xudo tomonidan komillikka erishish qobiliyati berilgan va u bu qobliyatni
inson o‘zining har kungi hayotida ham, faoliyatida ham rivojlantirib borishi kerak.
Agar inson bu qobliyatlarni o‘zida o‘stirmasa u tubanlik botqog‘iga botadi. Demak
inson doimo rivojlanish va komilikka intilishi lozimdir. Xudo tomonidan insonga
barcha   kuch–quvvat   berilgan   va   inson   bu   kuch-quvvat   orqali   oldiga   qo‘ygan
barcha   maqsadlariga   erishishi   mumkin.   Piko   o‘z   ijodining   markaziga   insonning
erkin tanlash huquqini quyadi.  Bu boradagi Mirandolaning fikrlari inson tabiati va
fe’lini   o‘z-o‘zini   tashkil   etuvchi   va   rivojlantiruvchi   sistema   sifatida   ko‘radi.   U
insonning erkin ijodiy faoliyatining mahsulidir. Inson qotib qolgan tosh emaski  u
o‘zgarmasa.   Insonning   asosiy   qudrati   uning   harakatchanligida.   Olloh   insonni
o‘ziga   o‘xshatib   yaratgan.   Demak   insonning   ichki   tabiatida   komillikka   erishishi
uchun   barcha   kuchlar   mavjuddir.   Inson   bu   kuchlarni   yuzaga   chiqazishi   kerak.
Bunga esa faqat faoliyat, harakatchanlik orqali erishiladi.
Piko   barcha   falsafiy   ta’limotlar   va   diniy   qarashlardagi   ijobiy   fikrlarni
birlashtirishga   harakat   qildi.   Ularni   yagona   haqiqatning   xilma-xil   qirralari   deb
hisoblar edi. Pikoning ijodi eklentek tuchga ega bo‘lmadi, aksincha u insoniyatning
xilma-xil   tajribasidan   o‘rganishga   harakat   qildi   va   u   o‘z   ong   xazinasini
insoniyatning beqiyos ong xazinasi hisobiga boytishga urindi.
Uyg‘onish davri tabiiyshunosligining falsafiy masalalari.
Uyg‘onish   davrining   gumanistik   qarashlari   o‘sha   davrning   tabiyshunos
fanlarining   rivojlanishiga   bog‘liq   edi.   Bu   borada   ikki   buyuk   olim   Lenardo   da
Vinchi va Nikolay Kopernik tadqiqotlari o‘rta asr sxolastik dunyoqarashi o‘rniga,
yangi gumanistik falsafiy ta’limotning shakllanishiga olib keldi.
Leonardo da Vinchi fenomeni Leonardo ijod qilgan sohalar shu qadar xilma-xil ediki, uning zamondoshlari
bunday   g‘ayrat,   kuch-quvvat   va   dohoga   xos   xislatlarga   ham   taajublanib,   ham
shubhalanib   qarashar   edi.   Leonardo   rassomlik,   haykaltaroshlik,   musiqa,
arxitektura, fortifekatsiya, biologiya, botanika, geologiya, zoologiya, minerologiya,
mexanika, astronomiya, fizika sohalarida ham ijod va kashfiyotlar qildi.
Laonardoning   chop   etgan   asarlari   va   kashfiyotlari   shu   qadar   ulkan   ediki,
bularning   barchasini   bir   inson   yaratganiga   aql   bovar   qilmas   edi.   Leonardo   o‘zini
kamtarinlik   bilan   “bilimsiz”   deb   ovoza   qilgan   edi.   Lekin   u   o‘z   zamonasining
barcha   bilimlarini   egalladi.   Leonardoning   barcha   ijodi   kuzatish   tajriba
quyishlardan iborat edi.
Leonardo   o‘z   davrining   fani   tomonidan   qo‘yilgan   benihoyat   murakkab
masalalarni   osonlik   bilan   echdi.   Leonardo   aql   bovar   qilmaydigan   masalalarni
echishga   bel   bog‘laganda   u   sxolast   faylasuf   emas   balki   buyuk   olim   edi.
Quyoshning   harakati   va   botishi,   o‘simliklarning   unib   chiqish,   hayvonlarning
yugurishni   kuzatar   ekan   Leonardo   bu   narsalarning   mohiyatini   ochishga   harakat
qildi.   Bu   sohadgi   uning   fikrlari   diniy   dunyoqarashdan   uzoqlashib,   falsafaga
yaqinlashib   bordi.   Diniy   bilimlar   tajriba   va   eksprimentga   asoslanmagan   edi.
Endilikda esa yangi tabiiyshunos fanlarning asosiy quroli tajribadir va ular tajriba
orqali   dunyoning   barcha   sohalarida   yangi   bilimlarni   kashf   etishmoqda.   Fanda
bahslashishlar   faqatgina   munozara   natijasida   yuzaga   kelmaydi.   Leonardoning
qo‘ygan   tajribalardan   barcha   jonzotlarni   harakatga   keltiruvchi   kuch   borligi   uning
nazariga   tashlandi.   Bu   tabiiy   kuchni   o‘rganish   uchun   Leonardo   eksperemental
usulni ishlab chiqdi va undan keng foydalana boshladi.
Eksperemental usulning kashf etilishi
Leonardo   da   Vinchi   o‘z   kashfiyotlarining   asosiga   kuzatish   va   tajriba   usulini
qo‘yadi.   Uning   hisobsiz   suratlari   va   yozuvlarining   yonida   insonning   anatomik
tasviri   ham   berilgan   edi.   Murdalarni   anatomik   o‘rganib   Leonardo   o‘zining   butun
dunyoga   mashhur   bo‘lgan   asarlarini   yaratdi.   U   barcha   narsalarning   yashiringan
mohiyatini ochishga intilar edi. Bu maqsadga etishish uchun u xilma-xil tajribalar
va   kuzatishlarni   amalga   oshirdi.   Uning   ko‘pgina   izlanishlari   Leonardo   yashagan davrdan   oldinga   qarab   ketgan   edi.   M:   Delta   planning   kashf   qilinshi,   suv   osti
kemasi,   batiskaf   va   shunga   o‘xshash   kashfiyotlar   Leonardoning   zamondoshlarini
hayratga   solar   edi.   U   faqat   rassom   emas   haykaltarosh,   olim,   san’atkor,   faylasuf
ham   bo‘lgan.   Bir   so‘z   bilan   aytganda   Leonardo   da   Vinchi   o‘z   davrining   buyuk
entsiklopedist olimlaridan edi.
Monardo tabiiyshunos fanlarning asosida matematika qonunlari .....
deb   hisoblar   edi.   Lekin   u   o‘zi   foydalangan   o‘rta   asr   matematikasi   yangi
kashfiyotlarni tushuntirishga ojizlik qilar edi yoki bu kashfiyotlarni noto‘g‘ri talqin
qilishga olib kelar edi. Bu kashfiyotlarni tushuntirish uchun yangi mexanika zarur
edi.  Bu  vazifani  Leonardodan  keyin  Galiley  bajardi.  Lekin  Leonardo  kashf  etgan
narsalar o‘z davrining genial injenerlik qobliyatini ko‘rsatar edi.
Dunyoqarash va inson
Insonning   joni   va   tanasi   o‘rtasidagi   munosabat   masalasida   Leonardo   ularni
bir-biridan   ajratmaslik   kerak   deb   hisoblar   edi.   Uning   fikricha   jon   tana   orqali
harakatga   keladi   o‘zining   ijodkorlik   faoliyatini   tananing   har   hil   qismlari   orqali
amalaga   oshiradi.   Tananing   o‘limdan   keyin   jon   olamiy   jonga   qo‘shiladi   va
o‘zining individual barhoyotligiga ega emas. Bu masalada Leonardo da Vinchining
fikri Fichino va uning Florentsiya akademiyasidan farq qiladi.
Leonardo dunyoning markazida quyi joylashgan deb hisoblaydi. Lekin uning
bu qarashi hali to‘la geliotsentrik nazariyaga o‘tishni anglatmas edi.
Leonardo da Vinchining geliotsentrik qarashlari ko‘proq antik yunon faylasufi
Pifagorning   qarashlari   ostida   shakllangan   edi.   U   Galiley,   Kopernik   va   Brunolar
kabi   pishiq   nazariy   asos   va   tajribalardan   kelib   chiqmagan.   Buning   uchun
Leonardoning   davrida   etarli   ilmiy   asoslar   hali   vujudga   kelmagan   edi.   Lenardo
o‘zining   asarlarida   quyoshga   madhiya   to‘qigan   xuddi   Pifagor   singari   uni   barcha
jonzotlarga   nur   ato   etuvchi   eng   oliy   osmon   jismi   deb   hisoblar   edi.   Lekin
Leonardoning   tadqiqotlarida   astronomik   tahlillar,   Quyosh,   Er   va   boshqa
sayyorlarning epitsikllari, yangi mexanikaning asosida hisoblangan sayyoralarning
bir-biriga   nisbatan   aylanish   doirlari   hisob-kitob   qilib   o‘rganilmagan   edi.   Bu
vazifani   keyinchalik   Kopernik   bilan   Galiley   bajardilar.   Leonardo   da   Vinchi yaratgan dunyoqarash asosida konkret badiiy obrazlar yotadi. Aynan shu obrazlar
orqali   u   narsalar   mohiyatini   ochishga   harakat   qildi.   Uning   dunyoqarshida   qotib
qolgan mantiqiy mulohazalarga o‘rin yo‘q. Yangi  davrga xos bo‘lgan matematik,
empirik fikr yuritish ham Leonardoning dunyoqarashiga yotdir. Keyinchalik aynan
shunday   mexanik   dunyoqarash   falsafaga   kirib   keladi   va   dunyoga   xos   bo‘lgan
tiriklik   va   go‘zallik   siymosini   o‘ldiradi.   Leonardoning   falsafiy   dunyoqarashida
borliq,   tabiat   va   inson   ruhiy   jonli   va   go‘zal   siymolar   orqali   tasavvur   etiladiyu
Leonardoning   bu   tasavvuri   uning   tabiat   oldida   bo‘lgan   hayratlanishi   buyuk
san’atkor,   rassom   sifatidagi   tabiatdagi   barcha   go‘zallikni   ko‘ra   olishdan   kelib
chiqadi.   Shunday   qilib   Leonardo   da   Vinchining   dunyoqarashi   o‘tmishidagi
sxolastik   dunyoqarashdan   ham   kelajakdagi   mexanistik   dunyoqarashdan   ham
keskin farq qiladi. Bunday dunyoqarash uyg‘onish davri  italyan gumanizmga xos
bo‘lgan. U tabiatni xudoni va insonni bir-biriga bog‘langan va ulardagi go‘zallik,
abadiylik va ruhiy muhabbat siymolarini ochib bergan. Masalan biz Leonardoning
madonnapar   chizilgan   suratlarida   ularning   nigohlarida   ruhiy   muhabbat   siymosini
his   qilishimiz   mumkin.   Leonardoning   mashhur   surati   Jakonda   bizni
zamondoshlarimizni   hayratga   solishining   sabablaridan   biri   uning   sirli   nigohidagi
ruhiy   jilvalanishdir.   Shunday   qilib   Leonardo   konkret   er   obrazlari   ilohiy,   ruhiy
siymolarni ochishga harakat qildi.
Nikolay Kopernik
Nikolay Kopernik yashagan davrda (1473-1543) buyuk geografik kashfiyotlar
sodir bo‘ldi. M. Magellan, Xristofor Kolumb kabi dengizchilarning kashfiyotlari er
shari   xaritasining   o‘zgarishiga   olib   keldi.   Kopernik   ijod   qilgan   davrda
universitetlar   davrasida   eski   sxolastik   dunyoqarash   hali   hukmron   edi.   Kopernik
birinchi   bo‘lib   bu   dunyoqarashga   eng   kuchli   zarbani   berdi   va   yangi   geliotsentrik
dunyoqarash   uchun   yo‘l   ochdi.   Lekin   bu   geliotsentrik   dunyoqarashni   Kopernik
kuchli   kurash  natijasida   yara-tishga   muvoffaq  bo‘ldi.  Uning  asosiy  asari   “Osmon
jismlarining harakati” deb nomlangan edi. U bu asarni o‘lim bo‘sag‘asida yozadi.
Yangi kosmologiya Kopernik   o‘zining   astronomik   dunyoqarashning   yartar   ekan,   uning   zaminida
geometriya fani yotadi. Kopernik o‘zining asosiy asariga yozilgan kirish so‘zida u
kashf etgan yangi astranomik nazariya mutloq haqiqat emasligini qayd qilib o‘tadi.
Bu   yangi   geliotsentrik   nazariya   astranomik   hisob-kitoblarda   eng   qulay   keladigan
nazariya deb yozadi. Kopernikning bu kirish so‘zi uni xristian cherkovi  ta’qibidan
himoya   qilishga   qartilgan   edi.   Kopernik   haqiqatda   ham   ilmiy   bilimlarni   nisbiy
amaliy hayotga xizmat qiladigan bilimlar deb hisoblar edi. Uning fikricha diniy va
falsafiy   bilimlar   omma   ongidan   yuqoriroqda   va   ularni   tushunish   uchun   maxsus
o‘qish   va   bilimga   ega   bo‘lishi   kerak.   Ayniqsa   diniy   haqiqat   pardalangan   va   har
qanday   kimsaning   nigohiga   ko‘rinmaydi.   Antik   davrdagi   Ptolomey   astronomik
nazariyasida   er   markazda   jonlashgan   edi   va   shu   haqiqatga   asoslangan   ushbu
nazariyadagi   hisob-kitoblar   dengizchilik   sohasida   yaxshi   xizmat   qilgan.   Lekin
ancha   vaqt   o‘tgandan   keyin   er   atrofidagi   Magellanning   dengiz   sayohatlari   va
Xristafor   Kolumbning   “Hindiston”   deb   ochgan   yangi   erlari   Ptololiy   nazariyasini
yangi   kashfyotlarga   nisbatan   nuqsonli   ekanligini   ko‘rsatdi.   Endi   buyuk   geografik
kashfiyotlarni to‘g‘ri tushuntirish uchun astronomik va matematik hisob-kitoblarda
o‘zgartirishlar kirtilishi kerak edi. Bu esa er shari Quyosh va boshqa sayyoralarni
o‘z   o‘qi   va   bir-biri   atrofida   aylanadigan   doiralarni   yangitdan   hisoblashga   olib
keldi.  Bu  hisoblashlar   er   va  Quyoshni  aylanish   doiralarini  Ptolomey  nazariyasiga
nisbatan   butunlay   boshqacha   joylashganligini   ko‘rsatar   edi.   Kopernikning   olib
borgan geolitrik va matematik hisob-kitoblari bo‘yicha quyosh er atrofida emas, er
quyosh atrofida aylanadi.
Epitsikllarni   ya’ni   doira   shakllarini   matematik   va   geometrik   parametrlarini
hisoblash Kopernikni bunday geoliotsentrik nazariyaga olib keldi. Lekin Kopernik
bu   nazariyani   falsafiy   darajaga   ko‘tarmadi,   umumlashtirmadi.   Uning   fikricha
tabiiyshunos   bilimlarning   chegaralari   nisbiydir   va   ular   kashf   etgan   haqiqat   ham
nisbiydir.   Tavrot   va   injildagi   bilimlar   inson   tafakkuri   chegarasidan   tashqaridagi
bilimlar   va   ulardagi   haqiqatni   ilm-fan   o‘lchovi   bilan   o‘lchash   Kopernikning
fikricha   xatodir.   Yangi   davrda   Frantsuz   materialistlari   «Tavrot”   va   “Injil”dagi
bilimlarni tanqid qilishganda Kopernikning bu ogohlantirishga e’tibor berishmadi. Vaholanki, Ptolomeyning nazariyasi  ham  o‘z davrida nisbiy haqiqat  bo‘lgan va u
Evklidning   o‘ch   o‘lchamli   fazo   geometriyasiga   asoslangan.   Kopernik   o‘z
nazariyasida ishlagan geometriya Evklid geometriyasi edi.
XIX   asrga   kelib,   Evklid   geometriyasi   Lobachevskiy   tomonidan   tahlil   qilindi
va Lobachevskiy Evklid geometriyasidan mutloq farq qiladigan o‘z geometriyasini
yaratdi. Bu geometriyaga binoan qiyshiq fazoda hech qanday markaz yo‘q. Demak,
quyosh ham koinotning markazi bo‘la olmaydi. XX asrga kelib Eshnteyn o‘zining
nisbiylik nazariyasini kashf etdi.
Bu nazariyaga binoan vaqt ham, makon ham nisbiydir. Demak quyoshni erga
erni   esa   quyoshga   nisbatan   aylanish   doiralari   nisbiydir   va   ular   koinotning
evalyutsiyasi   jarayonida   joy   almashishlari   mumkin.   Ptolomeyning   astronomik
nazariyasi   o‘z   davri   uchun   haqiqat   bo‘lgan.   Hozirgi   zamon   fan   tarixini   o‘rganish
aynan shu xulosaga olib keladi.
Gumanizm va Utopiya
Italiyada   tug‘ilgan   gumanistik   qarash   asta-sekin   Yevropaning   ko‘pgina
davlatlarida  tarqala   boshladi.   Niderland   davlati,   Germaniya,   Angliya,   Frantsiyada
gumanizm harakati ortodoksal diniy dunyoqarashva sxolastik falsafaga qarshi bosh
ko‘tardi. Gumanistik dunyoqarash yangi  shakllanib borayotgan burjuaziya sinfiga
feodal tuzumiga qarshi bo‘lgan kurashda katta yordam berdi. Burjua sinfining yirik
vakillari   gumanistik   dunyoqarashga   xayrihoh   bo‘lishdi   va   bu   dunyoqarashning
tarqalishida xizmat qilishdi.
Rotterdamlik Erazm
Rotterdamlik   Erazm   (1469-1536)   xuddi   Petrarkaga   o‘xshab   XVI   asrning
boshi   va   o‘rtalarida   Yevropaning   eng   mashhur   nom   taratgan   yozuvchisi,   va
gumanist   faylasufiga   aylandi.   Ruhoniyning   nikohsiz   o‘g‘li   bo‘lgan   Roterdamlik
Erazm boshlang‘ich ta’limni xuddi Nikolay Kuzanskiyga o‘xshab, “umumiy hayot
birodarlar”   iga   tegishli   bo‘lgan   maktablarida   olgan.   Keyinchalik   u   Sarbonna
Universitetini   tugatib,   teologiya   doktori   unvonini   oladi.   Bu   yosh   ruhoniy   Parijda
yashagan   davrda   gumanistlar   ta’limoti   bilan   tanishib   ularning   davrasiga   ham qo‘shiladi.   Erazm   reformatsiya   davridagi   to‘s-to‘polonlardan   o‘zini   chetga   olib
Bazel shahrida o‘z shogirdlari davrasida panoh topadi.
Asarlari
Erazm   o‘zidan   keyin   nihoyatda   boy   badiy   falsafiy   meros   qoldirgan.   Bular
qatorida “Nodonlikning maqtovi”, “Osmonga chiqishga ruxsat berilmagan Yuliy”,
“Oddiy   suhbatlar”,   “Maqollar”   to‘plami,   “Xristian   askariga   nasihatlar”,   “Xristian
hukmdorining   tarbiyasi”,   “Dunyoning   shikoyati”   “Til”   “Iroda   erkinligi   haqidagi
traktol”.
Xristian axloqini gumanistik tarzda ishlab chiqilishi.
Erazmning xristian axloqi o‘z davridagi katolik xristian qarashlaridan tubdan
farq   qilgan.   Katolik   cherkovining   urf-odatlari   uning   fikricha   haddan   tashqari
marosimlarning   tashqi   shakliga   e’tibor   bergan.   Undan   tashqari   xristian
inkvizatsiyasi  ichki  dushmanlarni  qidirish bilan ovora bo‘lgan va ulrani  gulxanda
yoqib vahshiyona qatl qilgan. Bularning barchasi Erazm fikricha xristian dinining
asl   mohiyatiga   to‘g‘ri   kelmaydi.   Xristian   katolik   cherkovining   bunday   faoliyatini
Erazm to‘g‘ri yo‘ldan adashish deb hisoblaydi. Uning fikricha ilk bor xristianlikda
diniy bag‘rikenglik insonlarga bo‘lgan mehr –adolat va hikmat yotadi.
Erazm   tabiatni   ulug‘laydi   va   xristian   katolik   dinga   xos   bo‘lgan   tabiatni
xudodan ajratishga qarshi chiqadi. “Iso Masih aytgan hikmatlarida tabiat va xudo
yagona borliqni tashkil etadi” deb yozadi. Erazmning bu qarashlari panteistik tusga
ega   edi.   U   materiyani   ruhdan   ajratmaydi   va   shundan   kelib   chiqib   erdagi   hayotni
ham   ulug‘laydi.   Riyozat   chekish   o‘rniga   inson   erdagi   hayotdan   lazzatlanish   va
zavqalnishi   kerak   deb   hisoblaydi   Erazm.   Bu   fikrni   Erazm   o‘zining   «Epikur”
asarida   aytib   o‘tadi   va   Epikur   ta’limotidagi   lazzatlanish   g‘oyasini   ilk   bor
xristianlikdagi tabiatni ruhlantirish g‘oyasi bilan birlashtiradi.
Gumanizm va reformatsiya
Erazmning diniy bag‘rikenligi reformatsiyaning ayrim vakillariga yaqin edi.
M: ulardagi   diniy   bag‘rikenglik,   tabiatga   bo‘lgan   ruhiy   munosabat,
marosimlarni   sodda   shaklda   o‘tkazish   va   barcha   diniy   odatlarni   soddlashtirish. Erazm   ta’limotini   reformatsiya   harakatining   ayrim   vakillari   qarashlari   bilan
yaqinlashtirar edi.
Erazmning   hurfikrliligi   protestant   va   katolik   Yevropa   davlatlaridagi
ziyolilarga   qattiq  ta’sir  etdi.  Erazmning  zamondoshi  Xudoluis  Vives  falsafiy  tilni
badiiy   xalq   tiliga   yaqinlashtirish   kerak   va   uni   sxolastikaning   murakkab
tushunchalari va mushohadalaridan ozod qilish kerak deb hisoblar edi.
Erazmning   adolat   va   tinchliksevarlik   g‘oyalari   Vivech   Andje   madjevskiy   va
shunga   o‘xshash   Yevropaning   mashhur   mutafakkirlarining   fikricha   katta   ta’sir
ko‘rsatdi.
Tomas Mor
Rotterdamlik   Erazmning   qarashlariga   uning   buyuk   zamondoshli   bo‘lgan
Tomas Morning qarashlari yaqin edi.
Tomas   Mor   Londonda   1478   yil   qirol   sudyasining   oilasida   tug‘iladi.
Grammatik maktabidagi o‘qish unga lotin tilini yaxshi egallashga imkoniyat berdi.
Yoshlik   davrida   Tomas   Mor   Kenterbereylik   arxiepiskop   Jon   Mortanning   oilasida
xizmat qiladi. Arxiepiskopning xonadonida o‘sha davrning mashhur yozuvchilari,
olimlari, sahxatchilari siyosatchilari va ruhoniylar tez-tez yig‘ilib turishar edi.
XV   asrning   90   yillarida   arxiepiskopning   maslahatiga   binoan   Tomas   Mor
gumanistik qarashlarning markaziga aylangan Oksford Universitetining kolledjida
ta’lim   oladi.   Kollejdagi   o‘qishni   tamomlagach   Tomas   Mor   Londonning   yuridik
maktabini bitirib, yurist va advokat sifatida xizmat qiladi. Yosh sudyaning halloligi
va   o‘tkir   zehni   unga   katta   hurmat   va   e’tibor   keltirdi   va   Tomas   Mor   Angliya
parlamentining umumiy palatasiga saylanadi.
Tomas   Morning   siyosiy   faoliyati   Angliya   qiroli   Genrix   II   ning   iqtisodiy
talablariga   qarshi   chiqishdan   boshlandi.   Morning   bu   harakatlari   umumiy   palata
deputatlari tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi.
XVI asrning boshlarida Tomas Mor oksford gumanistlari qarashlarini qo‘llab-
quvvatlaydi, antik yozuvchilari va faylasuflari asarlarini Italyan faylasufi Piko dela
Mirandolaning tarjimai holini va xatlarini ingliz tiliga tarjima qiladi. O‘zining   yozuvchilik   ijodini   Mor   London   sherifiga   yordamchisi   sifatidagi
hikmati bilan birlashtiradi.
Qirol   Genrix   III   ga   fidokorona   xizmat   qilganligi   uchun   Tomas   Mor   qirol
kengashining   a’zosi   etib   sayladi.   Keyingi   yillarda   Tomas   Mor   muhim   davlat
mansablarini egallaydi va nihoyat Angliyaning lord-kantsleri darajasiga ko‘tariladi.
Genrix   III   tomonidan   Angliyada   o‘tkazilgan   reformatsiya   Tomas   Morda   keskin
norozilik uyg‘otdi.
Tomas Mor Yevropada yagona xristian katolik cherkovi hukmronligini saqlab
qolishi   tarafdori   edi.   U   Martin   Lyuter   Genrix   III   ning   reformatsion   harakatlariga
qarshi chiqdi.
Tomas   Mor   Angliyada   fermerlar   erini   tortib   olish   siyosatiga   qarshi   chiqadi.
“Qo‘ylar odamlarni edi” degan mashhur ibora Tomas Morga tegishli edi. Qirolning
qonunbuzar   harakatlariga   qarshi   chiqgan   Tomas   Mor   Tauer   qamoqxonasiga
tashlanadi   va   uzoq   davom   etgan   sud   jarayonidan   keyin   6   iyul   1535   yilda   qatl
qilinadi.
Tomas   Morning   qahramonona   harakatlari   gumanistlarning   inson   hurmati,
ruhiy ozodligi va hurfikrliligiga butkul to‘g‘ri kelar edi.
Morning   qatl   qilinishi   Yevropadagi   gumanistik   harakatni   o‘z   nihoyasiga
etganligidan dalolat berar edi.
“Utopiya” asari
Ilk   bor   katitalizm   jamiyatidagi   ziddiyatlarga   qarshi   chiqqan   Tomas   Mor
o‘zining   «Utopiya”   asarida   bu   ziddiyatlarni   tanqid   qilib,   sinfsiz   ijtimoiy   tenglik
mavjud   bo‘lgan   jamiyat   timsolini   yaratadi.   Tomas   Morning   Utopiya   asari
gumanistlarning siyosiy axloqiy qarshlari bilan bevosita bog‘liq edi.
“Utopiya” asarida Tomas Mor o‘zi yashagan Angliya siyosiy tuzumini qattiq
tanqid   qiladi.   Ayniqsa,   xususiy   mulkchilikka   asoslangan   bu   davlati   tuzumini
kambag‘al   dehqonlarga   qarshi   qilgan   zulmlarini,   daydilarga   qarshi   chiqarilgan
qonunlarni qoralaydi.
Daydilikning   sababi   Morning   fikricha   o‘z   erini   yo‘qotib   qo‘ygan
dehqonlarning   kelib   chiqishdandir.   Bu   dehqonlarga   davlat   tomonidan   qilinadigan zulmlar   xalq   sabr   kosasini   to‘ldirib   yuborgan   deydi.   Mor   Davlat   boyligini
yaratuvchi bu dehqonlar yovvoyi hayvonlar kabi yashaydilar. Ularning qismati har
qanday   vijdonli   odamni   norozi   bo‘lishiga   olib   keladi.   Davlat   ularga   yordam
o‘rniga   quvg‘in   qiladi   va   qamoqxonalarga   tashlaydi.   Ularning   peshonalariga   esa
tamg‘a   uriladi.   Ularning   oilasi   bola-chaqasi   ham   daydilarga   aylanib,   Angliya
yo‘llarida darbadardirlar.
Ularning   bir   qismigina   shaharlarda   eng   qashshoq   lyumpen   qatlamini   tashkil
etadi. Ko‘pchiligi esa qamoqxonalarda va surgunlarda azob-uqubat va surgunlarga
chiday   olmay   jon   beradi.   Bunday   adolatsiz   tuzumni   Tomas   Mor   butun   borlig‘i
bilan   qoralaydi.   Umumiy   mulkchilikka   asoslangan   tuzum   haqida   yozar   ekan.
Tomas   Mor   Injil   va   Tavrotda   ham   bu   haqda   aniq   fikrlar   keltirib   o‘tishganligini
aytadi.   Uning   fikricha   insondagi   qabihlik   nafs   va   hirsning   zo‘rligidan   kelib
chiqadi, inson ular  ustidan  nazoratni  yo‘qotib qo‘ysa,  har  qanday razillikka qodir
bo‘lib qoladi.
Xudo buni oldindan ko‘ra olganligi uchun deb yozadi Mor insonlarni ko‘proq
umumiy manfaatlarni o‘ylashga da’vat etadiyu iso Masih ham ilk bor xristianlarga
jamoa   bo‘lib   yashashiga   va   umumiy   mulkka   ega   bo‘lishga   maslahat   berganlar.
Xususiy   mulkchilik   mulkchilik   Morning   fikricha   insondagi   eng   tuban   xislatlarni
rivojlantiradi va jamiyatni shahvatparastlik, tubanlik va poraxo‘rlik domiga tortadi.
Morning   “Utopiya”   asaridagi   afsonaviy   shahar   Tavrot   va   Injilda   ko‘rsatib
o‘tilgan  “Fozil  davlat”ga  o‘xshab  ketadi.  Bu  orolda  joylashgan  shaharda  ish  kuni
bor   yo‘g‘i   6   soatni   tashkil   etadi.   Qolgan   vaqtni   esa   “Utopiya”liklar   o‘z-o‘zini
rivojlanish dam olish, ilm fan bilan shug‘ullanishga bag‘ishlaydilar.
Tomas Morning axloqiy ta’limoti
O‘z  falsafasining  markaziga  Tomas  Mor   axloqiy masalalarni  qo‘yadi. Uning
fikricha jamiyatning rivojlanishi fuqarolarning hallolligi, vijdonliliga bog‘liqdir.
Xudo insonni ozod va erkin qilib yaratdi va unga barcha narsalarning me’yor
o‘lchamini   berdi.   Toki   inson   o‘z   nafsi   dardida   bu   me’yorni   unutar   ekan   baxt-
saodatga   etishishi   ancha   mushkuldir.   Boshqa   jonzotlarga   nisbatan   xudo   insonga
o‘z-o‘zini   anglash,   o‘z   xatolarini   tushunib   etish   qobiliyatini   ham   bergan.   Bundan kelib chiqib odamlar jamiyat tuzumini o‘zgartirishlari va adolatli tuzum ham barpo
etishlari mumkin.
Baxt   nima   degan   savolga   javob   berar   ekanlar.   Utopiyaliklar   Epikur
ta’limotiga   yon   bosadilar   va   dunyoviy   lazzatdan   rohatlanishini   baxt   deb
hisoblaydilar.   Morning   “Utopiya”   sida   o‘rta   asr   xristian   diniga   xos   bo‘lgan
tarkidunyolik   g‘oyasini   tanqid   qiladi.   Insonga   berilgan   buyuk   ne’matlardan   biri
salomatligidir.   Inson   uning   qadriga   etishi   va   asrab-avaylashi   kerakdir.
Utopiyalikda  diniy e’tiqod va tafakkur bir-birini inkor etmaydi. Aksincha ular bir-
birini to‘ldirib turadilar.
Gumanizmning siyosiy ta’limotlari Nikolo Makiavelli
XV   asr   oxiri-XVI   asr   boshlari   Italyan   gumanizmi   quyoshining   botishiga
to‘g‘ri keladi. Bu davrda gumanistlarning oltin davr haqidagi umidlari chilparchin
bo‘ldi. Butun Italiyan larzaga keltirgan ichki nizo va urushlar bu davlatni bir necha
asrga turg‘unlik botqog‘iga botishiga sabab bo‘ldi va natijada Italiya Yevropaning
qoloq davlatiga aylanib qoldi.
Italiyaning   respublika   shaharlari   o‘z   manfaatlari   doirasida   chegaralanib
qoldilar va Italiyani birlashtiruvchi milliy harakatni barpo etolmadilar.
Italiyada   yagona   milliy   davlatga   asos   soluvchi   biron-bir   siyosiy   kuch
topilmadi.   Hatto   Angliya,   Frantsiya,   Ispaniyada   hukm   surgan   absolyut
monarxiyalarga o‘xshash davlatni yaratishga Italiyaning mayda hukmdorlari jur’at
eta olmadilar. Ularning ichida bunday vazifani bajara oladigan na kuchli rahbarni
diniy rahnomo topilmadi.
Aynan  shunday  murakkab  siyosiy  vaziyatda  Nikolo  Makiavellining  ta’limoti
yuzaga keldi.
Nikolo Makiavelli
Nikolo Makiavelli (1469-1527) Florentsiya Respublikasining kambag‘allashib
qolgan nobillar oilasidan edi. Nikolo Makiavelli 1469 yil yurist oilasida tug‘iladi.
Otasining   daromadi   past   bo‘lganligi   uchun   Nikolo   Universitetda   o‘qiy   olmadi.   U
mustaqil   ta’lim   oldi.   Lotin   tilini   mukammal   egallab   antik   davr   faylasuflari   va
shoirlarining asarlarini qunt bilan o‘qidi. Makiavelli  Florentsiyaning neoplatonik akademiyasidagi  qarashlariga  mutlaq
befarq edi. Uni o‘rta asr universitetlarining sxolastik ta’limoti ham qiziqtirmas edi.
Ammo yosh Nikolo «narsalar tabiati” haqidagi  Lukretsiyning asarini katta e’tibor
bilan o‘qidi va tahlil qildi.
1498   yil   30   yoshli   Nikolo   Makiavelli   Florentsiyaning   siyosiy   sahnasida
birinchi bor paydo bo‘ldi. U ikkinchi kontselyarining ilmiy kotibi bo‘lib saylandi.
Keyinchalik   esa   Florentsiya   hukmatining   10   ta   hukmdoridan   tashkil   etilgan
kengashga kotib bo‘lib saylandi.
14   yil   davomida   Nikolo   Florentsiya   hukmatining   muhim   siyosiy   vazifalarini
bajarib Frantsiya, Germaniya va Rimga diplomatik ishlar bilan borib keladi. Uning
katta   siyosiy   bilimdonlik   bilan   yozilgan   asarlari   Italiya   va   Yevropa   davlatlaridan
siyosiy ahvolni yaxshi bilishdan dalolat berar edi.
1512   yilda   Medichi   hukmronligi   tiklanganidan   keyin   Makiavelli   siyosiy
hayotdan   chetda   qoldi.   Uni   fitnada   ayblab   qamoqqa   olishdi.   Keyinchalik   esa
qishloqdagi   dala hovlisiga  jo‘natib yuborishdi.  Ikkinchi   bor   Medichi  hukmronligi
tugatilgandan   keyin   Florentsiya   respublikasi   yana   tiklandi.   Ammo   bu   ikkinchi
respublika o‘zining katta kengashida Makiavellining xizmatiga muhtoj  emasligini
bayon qildi. Bunday qarorga ko‘nika olmagan Makiavelli 27 iyun 1527 yilda vafot
etdi.   Surgun   paytida   Makiavelli   o‘zining   asosiy   asarlarini   yaratdi.   Bular:
“Humdor”,   “Florentsiya   respublikasining   tarixidan   Tit   Liviyning   birinchi
dekadasiga   mansub   bo‘lgan   mulohazalar”,   “Mandragora”   komediyasi   va
boshqalardir.
Tarix falsafasi
Makiavellining yaratgan tarixida ilohiy qudrat uchun joy yo‘qdir. Jamiyatdagi
barcha voqealar va hodisalar uning fikricha tabiiy qonunlarga binoan sodir bo‘ladi.
Davlat   to‘ntarishlari,   siyosiy   tuzumning   o‘zgarishlarining   asosiy   sababi
Makiavelli fikricha insonning tabiatiga borib taqaladi.
“Tarixiy voqealarni tahlil qilib” deb yozadi Makiavelli “Jamiyat doimo bir xil
ekan degan fikrga keldim. Unda doimo yaxshilik va yomonlik o‘rtasida  kurash ketadi. Lekin bu kurash
har xil shakllarda bo‘lib, bir davlatdan ikkinchi bir davlatga o‘tib turadi”.
Makiavelli   fikricha   barcha   davlatlar   paydo   bo‘ladi   rivojlanadi   va   nihoyat
inqirozga   uchraydi.   Bu   xuddi   tabiatdagi   girdob   harakatiga   o‘xshaydir.   “Har   bir
davlatning   va   hukmdorni   hayotini   belgilovchi   taqdiri   bordir.   Taqdirdagi
o‘zgarishlar   inson   harakatiga   ham   bog‘liqdir.   Uning   faolligi   yoki   sustkashligi
taqdirdagi o‘zgarishlarga ham ta’sir qiladi.-deb yozadi Makiavelli.
Taqdir va shon-sharaf
Makiavelli   fikricha   inson   faqat   taqdirga   bo‘ysunib   yashash   xatodir.   U   o‘z
qo‘lidan kelgan faoliyatni yuritishi kerak va bu faoliyat orqali u o‘z taqdiriga ta’sir
ko‘rsatadi.   “Taqdir   xuddi   asov   daryoga   o‘xshaydi,   u   yo‘lida   duch   kelgan   barcha
narsalarni   oqizib   yuboradi.   Ammo   bu   daryoning   o‘zani   va   oqimini   bilgan
siyosatchi   ehtiyotkorlik   bilan   oldindan   harakat   qilishi   mumkin.   U   xavf-   xatarni
oldini   olish   uchun   darayoning   ayrim   joylariga   to‘g‘on   qurishi   mumkin   va   bu
to‘g‘onlar   orqali   o‘zini   xavf-xatardan   asaraydi.   Taqdir   o‘yinlarida   omad   ko‘proq
tavakkal qiluvchilarga kulib boqadi” deb yozadi Makiavelli.
Insonlar  tomonidan sodir bo‘ladigan buzg‘unchiliklarga qarshi davlat qonun-
qoidalar ishlab chiqaradi.
Siyosat va din
Dinning   kelib   chiqishi   masalasiga   to‘xtab   Makiavelli   bu   masalani   uning   ijtimoiy
zaruriyatdan paydo bo‘lganligini uqtirib o‘tadi. Xalq birligini  ta’minlovchi  asosiy
ijtimoiy kuchlardan biri bu dindir.
Xristian   dinining   axloqiy   asoslari   Makiavelli   davridagi   biron-bir   Yevropa
davlatlarida e’tiborga olinmadi. Agar bu axloqiy printsiplarga rioya qilinganda edi
deb   hisoblaydi.   Makiavelli-Yevropa   davlatlari   o‘rtasidagi   nizolarga   barham
berilgan bo‘lur edi.
Makiavelli   Rim   katolik   cherkovini   axloqsizlikda   ayblab   qoralaydi   va   bu
cherkovning   faoliyati   ko‘p   fuqarolarni   yo‘ldan   adashishiga   sabab   bo‘ldi   deydi
Makiavelli. Jamiyatdagi   barcha   buzg‘unchiliklar   Makiavelli   fikricha   diniy,   axloqiy
qarashlar ularga to‘siq bo‘lishi mumkin edi. Lekin diniy rahbarlarning o‘z nafs va
hirslarga berilib ketishi natijasida din o‘zining ijobiy natijasini bajarmay qo‘ydi.
Davlat manfaatlari.
Makiavelli   fikricha   barcha   usullarni   oqlaydigan   yagona   maqsad   bu   milliy
davlatdir.   Yagona   markazlashgan   davlatni   yaratish   yo‘lida   har   qanday   usullar
o‘zini oqlaydi.
Keng   davlat   manfaatlari   yo‘lida   diniy   va   ma’naviy   qadriyatlar   ham   qurbon
qilinishi   mumkin.   Makiavelli   yagona   milliy   davlatning   shakllanishi   jarayonida
xalq rolini yuqori baholaydi. Jamiyatda oddiy xalq va zodagonlar o‘rtasida kurash
ketadi.   Shu   kurash   natijasida   hurfikrlilik   mavjuddir.   Makiavelli   Rim
respublikasining   qudrati   va   erkinligi   plebey   va   patritsiylar   o‘rtasidagi   kurashning
natijasi edi. Bu kurash o‘z nihoyasiga etkandan keyin respublika o‘rnida imperiya
paydo  bo‘ldi.  Rim   imperiyasida   esa   kurash   sustkashlanib   keldi.   Imperator   barcha
tabaqalarni o‘ziga bo‘ysundirib olgan va imperator davlat manfaatlari deb o‘zining
shaxsiy   manfaatlari   va   xohishlarini   birinchi   o‘ringa   qo‘ydi.   Natijada   imperiya
chuqur   ruhiy   tubanlik   va   inqirozga   uchradi   va   o‘z   intihosiga   etdi.   Hukmdor
Makiavelli   fikricha   zadogonlarni   avom   xalqning   manfaatlarini   birdek   ko‘rishi
lozim.   Makiavelli   avom   xalq   deb   atagan   tabaqa   aslida   esa   shaharning   o‘rta   hol
xususiy mulk egalari edi.
Italiyada bu tabaqadagi kishilarni nobelllar deb atashar va Makiavelli xalq deb
atagan tabaqa aslida o‘rta hol burjuaziya sinfi edi.
Makiavelli   zadagonlar   deb   ataganlar   esa   yirik   er   egalari   va   feodallar   edi.
“Men dvoryanlar deb atagan tabaqa bu yirik er egalari. Ular hech qanday
foydali   mehnat   qilmaydilar.   Ularning   butun   hayoti   tekinxo‘rlik   va   topgan
tutganini  eb ichish bilan o‘tadi. Ularning butun hayoti  bazmu  jamshid bo‘lib, o‘z
vatani va xalqiga hech qanday foyda keltirmaydilar”deb yozadi Makiavelli.
Makiavelli va makiavellichilik
Makiavelli   va   Makiavellichik   o‘rtasidagi   munosabatlar   ancha   murakkabdir.
Maqsadga etishishda barcha choralar yaxshi degan Makiavellining fikri murakkab vaziyatni   yuzaga   keltirdi.   Lekin   Makiavelli   xalq   deb   atagan   sinf   aslida   o‘rta
tabaqadagi   burjua   sinfi   edi   va   bu   sinfning   manfaatlarini   himoya   qilishda   barcha
choralar   yaxshi   deydi   Makiavelli.   Lekin   bunday   siyosat   keng   xalq   manfaatlarini
hech   qachon   himoya   etmagan   va   etmaydi   ham.   Marks   Makiavellining   “Maqsad
yo‘lida   barcha   choralar   yaxshi”   degan   fikrga   keskin   qarshi   chiqadi.   O‘z
dushmanlariga   zahar   ichirish   fitna   uyushtirishi   suiqasd   qilishi   bu   choralarning
hammasi hech qachon keng xalq manfaatlariga xizmat qilmagan va qilmaydi ham.
Makiavellining   siyosat   ta’limoti   siyosatni   ahloq   va   diniy   qarashlardan   ajratdi   va
faqat   sinfiy   manfaatlar   bilan   bog‘ladi.   Makiavellining   bu   qarashlari   xristian
cherkovi   tomonidan   ham   qoralandi.   Italyan   gumanizmining   vakillari   ham   unga
qarshi   chiqishdi.   Masalan   Tomazzo   Kampanella   milliy   maqsad   sari   barcha
chorolar yaxshi degan fikrini keskin qoralaydi. Kompanella fikricha inson qanday
sinf   yoki   tabaqaga   mansubligidan   tashqari   insoniy-axloqiy   tabiatga   egadir   va   bu
insondagi axloqiy tabiatni hisobga olmaslik ruhiy tubanlik va inqirozga olib keladi.
Natijada   esa   har   qanday   davlat   inqirozga   yuz   tutadi.   Kompanella   fikricha   Rim
imperiyasining   emirlishining   asosiy   sababi   sinflar   o‘rtasidagi   kurash   emas,   aslida
ruhiy   tubanlik   va   inqiroz   edi.   Shunday   qilib   Makiavelli   fikrlarida   ko‘pgina
ziddiyatlar   va   qarama   qarshiliklar   mavjud.   Aslida   u   xalq   deb   atagan   omma   tor
doiralar bilan chegaralangan o‘rta hol burjuaziya sinfi edi.
Makiavelli   xalq   tushunchasini   sinf   tushunchasi   bilan   almashtirishga   harakat
qildi.   Lekin   hech   qanday   sinf   ....   omma   manfaatlarini   birlashtira   olmaydi.   Inson
manfaatlarini birlashtiradigan narsa sinfiy manfaatlar emas barcha sinflar vakillari
aslida   yagona   insoniy   tabiatga   egadirlar   va   bu   insoniy   tabiatning   yagona   mezoni
Kompanella fikricha axloq va e’tiqoddir.
Brunoning naturalistik panteizmi
J.   Brunoning   paneistik   natur   falsafasi   uyg‘onish   davrining   eng   buyuk   va
kuchli   falsafiy   sistemalaridan   edi.   U   o‘zining   falsafiy   qarashlarida   tabiatni
ruhlantirdi   va   uning   go‘zalligini   madh   etdi.   Inson   va   tabiatning   mutanosibligi
insondagi   barcha   ezgulik   va   ruhiy   kuch   tabiat   bilan   bog‘liq   ekanligini   ko‘rsatdi.
Bruno o‘z davrining eng hurfikr, irodasi bukilmas va qo‘rqmas mutafakkirdan edi. U   nafaqat   faylasuf   buyuk   shaxs   sifatida   ham   undan   keyingi   avlodlar   e’tiborini
o‘ziga tortadi.
U   o‘z   qarashlarida   Ibn   Rushd,   Ibn   Giberol   Piko   dela   Mirandolo,   Marselio
Fichino   va   ko‘pgina   boshqa   mutafakkirlarning   inson   va   tabiat   haqidagi   fikrlarini
o‘zida mujassamlashtirdi.
Bruno N. Kopernik ta’limotidagi gemitsentrik nazariyani davom ettirib koinot
cheksiz degan xulosaga keldi. J.Brunoning ta’limoti undan oldin yashagan  buyuk
mutafakkir N.Kuzanskiy ta’limotiga falsafiy jihatdan o‘xshab ketar edi.
Bruno   Kuzanskiyda   mavjud   bo‘lgan   paneistik   va   dialektik   fikrlarni
rivojlantirdi   va   o‘zining   panteistik   ta’limotini   eng   yuqori   cho‘qqiga   olib   chiqdi.
Bruno   materiya   va   ruhni,   tabiat   va   xudoni   birlashtirdi.   Butun   borliqni   koinotni
birlashtiruvchi   kuch   xudo.   U   tabiatda   tajalli   etadi   va   xilma-xil   qiyofalarda
ko‘rinadi.
Brunoning   bunday   izchil   qarashlari   xristian   falsafasi   qarashlariga   zid   edi.
Xristian dinida xudo tabiatni yaratgan. Uni harakatga keltirgan va undan tashqarida
mavjud   Brunoda   esa   xudo   tabiatning   ichida   mavjud   va   o‘zining   yaratuvchilik
kuch-qudartini tabiatdagi jarayonlar orqali namoyish etadi. Ruhiy kuch borliq sari
intiladi   va   uning   bu   intilishini   hech   qanday   boshqa   kuch   enga   olmaydi.   Xudo
borliq birla mavjud.
Undan   tashqarida   yaratuvchilik   qudratini   axtarish   Bruno   fikricha   behuda
urinishdir.
Bruno   bu   fikrlarni   ochiq-oydin   izhor   etdi.   U   hech   qanday   ikkilanishga   o‘rin
qoldirmadi.   Uning   fojiali   taqdiri   undagi   qat’iyat   va   jasorat   bilan   bog‘liq   bo‘lgan
hurfikrlilikdan kelib chiqdi.
Brunoning yagona borliq haqidagi ta’limoti
Brunoning   yagona   borliq   haqidagi   ta’limotida   borliqning   asosida   yotuvchi
barcha   narsalarni   birlashtiruvchi   yakkayu-yagona   ruhiy   kuch   haqidagi   gapiriladi.
Yagonalik   kuchi   borliq   asosida   yotadi   va   borliqning   o‘zi   ham   yagona   kuchning
borlig‘idir. Bruno fikricha borliqdagi barcha narsalar bir-biri bilan bog‘liqdir. Materiya va
........ tabiat va inson, xudo va tabiat, yagona borliqni tashkil etadilar. Bu borliqdan
tashqarida   hech   qanday   borliq   mavjud   emas.   Yagonalik   printsipi   bu   dunyodagi
barcha   narsalarni   bir-biriga   bog‘lab   qo‘yadi.   Yagonalik   printsipi   mutlaq   va
absolyut, harakatsizdir.
Brunoning yagonalik printsipi aslida yagona borliqdir. U moddiy shaklga ega
emas. U materiya emas. Chunki uning moddiy shakli yo‘q. U aslida butun koinot
va   borliqdir.   Yagona   borliq   harkatsizdir   va   barcha   moddiy   narsalarning   harakati
zaminida   yotadi.   Yagona   borliq   ta’limoti   asosida   ziddiyatlarning   birligi   masalan:
maksimum   va   minimumlarning   birligi,   shakl   va   materiyaning   birligi,   xudo   va
tabiat   birligi   yotadi.   Barcha   narsalarning   xilma-xilligi   asosida   ham   yagona   borliq
printsipi yotadi. Bu g‘oyani Bruno o‘zining “Shondon” komediyasida ifoda etgan.
Panpsixizm va “olamiy jon”
J. Brunoning ta’limotida materiyaning shakllar yaratishga qodirligi olamiy jon
deb nom oladi. Bu olamiy moddiy borliqda mavjud va undagi barcha narsalardan
ustun   turadi.   Olamiy   jon   va   borliqdagi   barcha   jonlarni,   undagi   barcha   moddiy
narsalarni ham yaratadi. Koinotning ruhlanganligi haqidagi ta’limot Aristtotelning
harakatsiz   borliq   haqidagi   ta’limotiga   qaratilgan   edi.   Aristotel   ta’limotida   barcha
narsalarning   harakat   sabablari   tashqi   birinchi   turtki   bilan   bog‘langan   edi.   Bruno
ta’limotida esa barcha narsalar ichki harakat manbasiga ega. Bu manbaga ulardan
olamiy jonning faoliyatidir.
Bu   faoliyat   ruhiy   kuch   va   qudart   natijasida   paydo   bo‘ldi.   Bruno   fikricha
koinotdagi   barcha   narsalar   o‘zining   ruhiy   kuchiga   egadir.   Aynan   shu   kuch
harakatning   ichki   sababchisidir.   Undan   tashqari   bu   ruhiy   kuch   koinotdagi   barcha
narsalarni   ongligiga   sababchidir.   Shunday   qilib   Bruno   o‘zining   ta’limotida
koinotdagi   barcha   moddiy   narsalarning   harakatini   va   ongini   ularda   yashiringan
ichki   ruhiy   kuch   mavjudligidan   kelib   chiqadi   deb   hisoblaydi.   Bu   ruhiy   kuch
narsalarni harakatga keltiradi va ularga ongni ham beradi.
Bruno ta’limotida makon va zamon Bruno Aristotel ta’limotidagi bo‘shliqni inkor etuvchi haqidagi g‘oyani inkor
etadi.   Bruno   o‘zining   makon   haqidagi   ta’limotida   bo‘shliq   va   xaos   to‘g‘risidagi
fikrlarni   aytib   o‘tadi.   Bruno   fikricha   makon   materiya   bilan   birgalikda   bo‘shliq
sifatida mavjud bo‘lgan. Materiya joylashgan bo‘shliq Bruno fikricha makondir.
Makon   materiyaning   joylashgan   joyi   bo‘lib   materiyaning   harakati   ham
makonda   bo‘shliq   mavjud   bo‘lganligi   uchun   ham   mumkindir.   “Makonning
bo‘shlig‘i bu moddiy narsalarning harakatga keladigan joyidir» deb yozadi Bruno.
Bruno   Aristotel   tomonidan   vaqtni   harakatdan   materiyadan   va   makondan
ajratilgan   holatda   tushinishga   qarshi   chiqadi.   Bruno   fikricha   vaqt   materiyaning
harakati   va   makon   bilan   bog‘liqdir.   Shuning   uchun   vaqt   nisbiydir.   Bruno   vaqtni
materiyaning harakati bilan bog‘lar ekan uni davomiylik sifatida tushunadi.
Vaqt   borliqdagi   osmon   jismlarining   harakati   bilan   ham   bog‘liqdir.   Har   xil
moddiy   jismlarning   harakatlari   bilan   bog‘liq   bo‘lgan   vaqt   ham   har   xildir.
J.Brunoning   makon   va   zamon   haqidagi   ta’limoti   uning   yangi   kosmogonik
nazariyani yaratishi bilan bog‘liq edi.
Brunoning yangi kosmologiya uchun kurash
Brunoning   yangi   kosmologiyasi   uning   naturalistik   panteizmi   bilan   bevosita
bog‘liq   edi.   Bruno   Kopernikning   kashfiyotini   faqat   matematik   nazariya   deb
hisoblashga   qarshi   chiqdi   va   uni   rivojlantirib,   o‘zining   yangi   kosmologiyasining
asosiga   qo‘ydi.   Kopernik   nazariyasini   maqtar   ekan   Bruno   uni   N.   Kuzanskiy
ta’limoti   bilan   bog‘laydi   va   buning   natijasida   Kopernikning   nazariyasi   Bruno
kosmologik ta’limotida o‘zgargan holatda ishlatiladi.
J.Brunoning   kosmologiyasining   asosiy   g‘oyalari   Aristotelning   ratsionalitsik
formal mantiqga asoslangan falsafiy ta’limotidagi g‘oyalarga qarshi qaratilgan edi.
Brunoning   kosmologiyasida   koinot   cheksiz   shuning   uchun   unda   hech   qanday
markaz   yo‘q.   Hatto   quyosh   ham   koinotning   markazinini   tashkil   etmaydi.
Cheksizlikdagi   har   bir   nuqta   markaz   bo‘lishi   mumkin.   Bu   kosmologik
nazarriyadan   Bruno   olamning   yagonaligi   va   birligi   haqidagi   fikrni   ham
shakllantiradi. Borliqning yagonaligi haqidagi g‘oya koinotdagi  barcha jismlarni  bir turdagi
ruhlangan   materiyadan   tashkil   topganligiga   olib   kelar   edi.   Er,   va   boshqa   osmon
jismlari   bir-biri   bilan   bevosita   aloqada   va   ularning   harakatlari   bir   xil   qonunlarga
bo‘ysunadi.   Er   va   erdagi   hayot   koinotdagi   barcha   borliq   jismlarga   va   ulardagi
hayotga o‘xshaydi.
Tiriklik   va   hayotiylik   materiyaning   asosiy   xususiyatlaridan   biridir.   Shuning
uchun   boshqa   sayyoralarda   ham   hayot   mavjud.   Lekin   uning   shakllari   har   xil
bo‘lishi   mumkin.   Bundan   tashqari   Bruno   fikricha   kosmosdagi   barcha   osmon
jismlar xuddi erga o‘xshash ruhlangandir. Ularni o‘ziga xos ongi mavjud. Demak
boshqa   osmon   jismlarida   ham   ongli   mavjudotlar   bo‘lishi   mumkin.   Butun   koinot
tirik, harakatda va onglidir. Koinotdagi osmon jismlari tinimsiz harakatda bo‘lgan
barcha narsalar o‘tkinchidir. Shuning uchun osmon jismlari va ulardagi turli tuman
mavjudotlar   qachonlardir   paydo   bo‘lgan   vaqt   o‘tgandan   so‘ng   yo‘qoladilar.
Brunoning xulosasi: Koinotdagi barcha narsalar o‘tkinchidir, lekin koinotning o‘zi
abadiydir. Bruno ta’limotida koinot materialistik ta’limotdagi koinotdan katta farq
qiladi.   Undagi     koinot   ruhlangan   ongga   ega   va   undagi   harakat   manbaasi   qalbi
bo‘lgan   olamiy   jon   mahsulidir.   Brunoning   panteistik   ta’limoti   irratsional
xarakaterga   egadir.   Unda   materiya   va   ruh   birlashgan.   Materializm   va   idealizmga
xos   bo‘lgan   birlamchi   ekanligi   masalasi   Bruno   falsafasida   o’xshyamaydi
materialistilar   ta’limotida   materiya   birlamchi,   ruh   esa   ikklamchidir   idealistlarda
ruh   birlamchi,   materiya  esa   ikklamchi   edi.   Brunoning  panteistik   natur   falsafasida
esa nima birlamchiyu nima ikklamchi masalasi qo‘yilmaydi. Uning o‘rniga Bruno
materiyani   ham   ruhiy   ruhlangan   shaklda   tushunadi.   Materiya   o‘zi   Bruno   uchun
Ollohning qalbi bo‘lgan olamiy jonning mahsulidir. Bunday dunyoqarashni XX asr
falsafasida irratsionalizm deb atashdi. Brunoning panteistik naturfalsafasidagi juda
ko‘p   g‘oyalar   ayniqsa   makon   va   zamonning   nisbiyligi   vaqtni   davomiylik   sifatida
tushunish ularning harakat bilan bog‘liqligi materiyaning ruhlanganligi, materiyada
hayotiy jo‘shqinlik mavjudligi va bu hayotiy jo‘shqinlik ijodkorlik kuchini tashkil
etishi Bergsonning hayot falsafasidagi nihoyatda ko‘p fikrlar bilan bir xildir.
Koinotning cheksizligi Brunoning   fikricha   koinotning   o‘zi   cheksiz,   undagi   osmon   jismlari
chegaralangan   ya’ni   ular   qachonlardir   paydo   bo‘lgan   va   qachonlardir   yo‘qoladi.
Undan   tashqari   bo‘shliqda   ularning   o‘z   o‘rni   bor.   Koinot   esa   abadiydir.   Koinot
hech   qachon   yo‘qolmaydi.   U   harakatsizdir   va   undan   tashqarida   hech   qanday
makon va zamon yo‘q. Bo‘shliq, undagi harakat qiluvchi jismlar nisbiy makon va
nisbiy zamon bularning barchasi koinotga xosdir. Lekin koinotning o‘zi abadiydir.
Cheksiz koinot va xudo
Sxolastika   falsafasi   moddiy   olamni   chegaralangan   deb   uni   Ollohning
borligiga   qarama-qarshi   qo‘yishgan.   Bruno   aynan   shu   qarma-qarshilikka   qarshi
chiqadi. Xudoning cheksizligi va qudrati moddiy olamning cheksizligi orqali tajalli
etadi.   Undan   tashqarida   emas.   Shunday   qilib   Brunoda   tabiatdagi   mutanosiblik,
mukammallik va go‘zallik xudo tabiat bilan birlashib ketganligidan kelib chiqadi.
Tabiat   xudoga   teng   emas.   Xudo   tabiatning   o‘zida   mavjud   va   u   bilan   birlashib
ketgan.   Tabiatdagi   barcha   o‘zgarishlar   ham   xudoning   yaratuvchilik   qudartidan
kelib chiqadi.
Shunday qilib Brunoda tabiat xudo, xudo tabiatdir.
Ijtimoiy-siyosiy qarashlari
Bruno o‘z davridagi ijtimoiy-siyosiy tuzumning kamchiliklarini ko‘rib, ularni
tuzatish   yo‘llarini   o‘ylab   chiqgan   edi.   U   xristian   cherkovining   davlat   ishlariga
aralashishini   qoralaydi   va   cherkovni   davlatdan   ajratish   kerak   deb   hisoblanadi.   U
sanoat,   dehqon   va   hunar-kasblarni   rivojlanish   zarur   deb   hisoblaydi.   Bu   sohadagi
ishlaydigan   shaharning   mehnati   ozod   va   erkin   bo‘lishi   kerak.   Davlatdagi   barcha
vahshiy qonunlar va hur fikrlilikka qarshi bo‘lgan qoidalar yo‘qotilishi kerak.
Uning   fikricha   jamiyatda   feodallarga   bo‘lgan   imtiyozlar   yo‘qotilishi   kerak.
Bruno   jamiyatda   fuqarolarning   huquqlari   teng   bo‘lishi   kerak   deb   hisoblagan.
Uning bu fikrlari o‘z davri uchun ham ilg‘or fikrlar edi va yangi shakllanayatgan
burjua   sinfining   manfaatiga   to‘g‘ri   kelar   edi.   O‘zining   “geroik   ektuziozi”   asarida
Bruno   sinfiy   tabaqalanishni   oqlaydi   va   jamiyatda   sinflarning   mavjudligi   zarurdir
deb   hisoblaydi.   Sinflar   va   shaxsiy   mulk   rivojlanishning   zaruriy   sharoitini   tashkil
etadilar. Shunday qilib J. Bruno o‘z davrining burjua sinfi manfaatlarini himoya qilgan
edi.
Yakob Byumening mistik panteizmi
Yakob   Byumening   mistik   panteizmi   o‘rta   asr   mistik   oppozitsion
qarashlarining ajralmas bir qismi edi. Bu qarshlarga binoan inson va tabiat, tabiat
va xudo bir-biridan ajralmas yagona borliqdir, inson qalbidagi ilohiy zarra orqali u
bevosita   xudo   bilan   aloqada   bo‘lishi   mumkin   va   xristian   katolik   cherkovining
vositachilik   ahamiyati   ham   shu   bilan   barham   topadi.   Bunday   mistik   qarashlar
xristian katolik cherkoviga qarshi qartilgan edi, shuning uchun cherkov tomonidan
shavqatsiz ta’qib etilgan.
Gorfunkelning   fikricha   Yakob   Byume   Galileyning   zamondoshi   bo‘lishiga
qaramasdan o‘zining fikrlari va panteistik qarashlari bo‘yicha uyg‘onish davrining
eng oxirgi, yakunlovchi davriga tegishlidir. Byomening teosofik qarashlari
L.Feyerbaxning   fikricha   Ya.Byome   diniy   naturfaylasuf,   uning   qarashlari
uyg‘onish   davri   gumanistlari   qarashlaridan   keskin   farq   qiladi.   Uning   falsafiy
qarashlariga teotsentrizm ruhiyati xos edi.
Ya.   Byomening   fikricha   tabiat   mohiyatini   inson   tabishunos   bilimlarga
asoslangan   tarzda   emas,   balki   o‘zining   intuitiv   dunyoqarashiga   asoslangan   holda
bilishi mumkin.
Byomening o‘zi ham o‘zining falsafiy qarashlarida go‘zal, badiiy timsolaridan
keng   foydalanadi.   Va   bu   timsollar   asosida   inson,   tabiat   va   xudo   o‘rtasidagi
aloqalarni   ifodalaydi.   Byome   fikricha   borliq   bular   o‘rtasidagi   dialektik
munosabatlardan tashkil topadi.
Yakob Byome panteizmining o‘ziga xos xususiyatlari.
Byome   asarlarila   kitobxon   mantiqiy   izchillik,   tarixiylik,   davriylik   va   boshqa
falsafiy sistemaga xos bo‘lgan talablarga binoan qurilgan yaxlitlikni topa olmaydi.
Lekin   uning   asarlari   markazida   xudoning   borligi   g‘oyasi   yotadi   va   muallifning
barcha fikrlari xudo g‘oyasi bilan birlashadi. Buni biz quyoshdan taralgan nurlarga
o‘xshatishimiz mumkin. Quyosh-bu xudo g‘oyasi bo‘lsa undan taralgan nurlar esa
Byomening   barcha   falsafiy   fikrlari   va   g‘oyalaridir.   Byome   asarlariga   intuitiv dunyoqarashi   xos   bo‘lganligi   uchun   u   ratsional   sistemaga   o‘xshab   qurilmagan.
Uning   falsafasi   markazida   xudo   g‘oyasi   joylashgan   va   barcha   boshqa   g‘oyalar
badiiy   obrazlar   (timsoli)   orqali   bu   bilan   birlashadi.   Vaholanki   ratsional
dunyoqarshda faylasufning fikrlari bir-biridan mantiqiy izchilik bilan kelib chiqishi
kerak.   Bu   talab   fanlarning   ratsional   talablariga   ham   to‘g‘ri   keladi.   Byome
asarlarining   barchasi   bularga   to‘g‘ri   kelmaydi.   Gorfunkel   fikricha,   Byome
asaridagi yaxlitilik irratsional tusga egadir.
Byome   fikricha   xudo-bu   eng  oliy   birlikdir.   Xudoda   barcha   narsalar,   beqiyos
xilma-xil olam birlashadi. Lekin faqat buni tan olishgina etarli emasdir.
Byomemning   fikricha   xudoning   birligini   inson   tafakkuri   tahlil   qila   olmaydi.
Bu shunday sirli birlikki. Xudoning o‘zi ham o‘z borlig‘i haqida tushunchaga ega
emas.   Xudo   bu   borliqning   o‘zi   va   u   har   qanday   bilimdan   ustundir   va   uning
borlig‘ini hech qanday bilim olamning doimiy o‘zgarishi xudoning yaratish qudarti
bilan bog‘liq. Olam bilan xudoning o‘zi ham cheksiz bor, harakatda va yaratilishi
jarayonidadir.   Xudoning   o‘zi   o‘zgarmas   bo‘lsa   ham   u   o‘zining   yaratish   qudarti
orqali doimiy o‘zgarishda va yaratilishi jarayonidadir.  Olamdagi barcha narsalar er
va   osmon,   sanamlar   va   butlar   bular   barchasi   xudodir.   “Ey   nodon   inson   deydi
Byome o‘zining «Erta tong yoki Avrora” asarida -sen xudoni borliqdan tashqarida
axtarmagin,   u   borliq   ichida,   pardalar   orqasida   yashiringan.   Xudoni   yashirgan
pardalar   esa   moddiy   olamdagi   o‘tkinchi   narsalardir.   Ularning   barchasi   xudoning
liboslari va xilma-xil kiyimlaridir.
Umumiy xulosalar
Uyg‘onish   davri   falsafasi   sxolastik   davridan   ma’rifat   davriga   o‘tish   uchun
zarur bo‘lgan buyuk xizmatni bajardi. Bu davr uyg‘onish deb bekorga nom olmadi,
antik   yunon   va   rim   falsafiy   me’rosini   tiklashdan   tashqari   bu   davr   insoniyatga
buyuk daholar, mutafakkir, san’atkor va shoirlarni berdi.
XIV-XVI asr  buyuk mutafakkirlari yangi  dunyoqarash va insonni dunyodagi
markaziy   o‘rnini   ko‘rsatib   berishdi.   Teotsentrizm   nazariyasi   o‘rniga   Renessans
falsafasi   gumanizm   va   antropotsentrizm   g‘oyalarini   kiritdi.   Sxolastik   diniy
ta’limotida   xudo   kosmos   va   tabiatdan   ajralgan   holatda   mavjud   edi.   U   tabiatni, koinotni   yaratgan,   lekin   o‘zi   yaratgan   olamdan   tashqarida   edi.   Xuddi   shunday
inson   ham   xudodan   ajratilgan   va   inson   borlig‘i   xudoning   borlig‘idan   alohida
mavjud edi. Insonni  sxolastikka gunohkor. Nomukammal banda deb hisoblar  edi.
Uyg‘onish   davri   falsafasi   insonni   ulug‘ladi   va   inson   borlig‘ini   butun   koinot   va
xudoning   borlig‘i   bilan   birlashtirdi.   Endi   olam   cheksiz,   doimiy   harakatda   va
o‘zgarishda,   inson   esa   mikrokosmos   deb   hisoblana   boshladi.   Ruhiy   olam   va
moddiy   olam   birlashdi.   Shuning   uchun   Renessans   davrining   naturfalsafasi
panteistik xarakterga ega bo‘ldi.
Yangi dunyoqarash moddiy olamni cheklangan harakatsiz deb hisoblaydigan
sxolatsikaga   qarshi   chiqdi.   Moddiy   olam   ham   ruhiy   olam   ham   yagona   borliqni
tashkil etib doimiy harakatda o‘zgarishda va cheksizlikka intilishda.
Cheksizlikning   o‘zi   yagona.   Olamning   xususiylaridan   biridir.   Bu   abadiy
doimiy harakatdagi yagona borliq ruhlangan va jonlidir.
Uyg‘onish   davri   falsafasida   materiya   abstrakt   tushuncha   emas,   u   barhayot
tirik,   xilma-xil   jilolanadigan   borliqdir.   Bu   borliq   qotib   qolgan   o‘zgarmaydigan
emas. Borliq tirik ruhlangan bo‘lganligi uchun doimiy harakatda va o‘zgarishdadir.
Renessans   naturfalsafasi   falsafiy   ta’lmot   bo‘lib   XVII-XVIII   asrning   ilm   fan
darajasiga ham ko‘tarilmagan edi. Yuzaki qaraganda bu kamchilik bo‘lib ko‘rinsa
ham aslida bu uning eng kuchli tomoni edi.
Renssens naturfalasafasi fan darajasiga ko‘tarilganligining sababi bu davrning
ziddiyatlaridan  kelib  chiqmasdi.  Aksincha  Renessnes   davri  falsafa  tarixida  o‘ziga
xos   buyuk   betakror   ahamiyatga   ega   davr   hisoblanadi.   XIV-XV   asrning
naturfalasafasi   buyuk   geografiu   kashfiyotlarga   asoslangan   tarzda   sxolastikaning
(qotib   qolgan)   dunyoqarashiga   zarba   berdi.   Bu   zarbani   u   etuk   rivojlangan   fan
nuqati nazaridan emas balki, afsonlar ruhiyati va kuzatishlariga asoslangan tarzda
berdi. Fandan  haqiqat  mezoni  ishlab chiqilmagan  va renssans  davri  dunyoqarashi
panteistik tusga ega edi.
Renessans faylasuflariga magiya bilan qiziqshiga xos bo‘lgan. Masalan: Tiko
delo   Mirandola,   Fichino   J.Bruno   falsafiy   ta’limotlarida   magiyaga   katta   e’tibor
berilgan. Bu erda nima uchun? degan savol tug‘iladi. Buyuk mutafakkirlar bilimni faol   kuchga   aylanishini   benihoyat   istashgan.   Buning   uchun   bilim   insonning
amaliyotiga   qo‘shilib   ketishi   va   undagi   ijodkorlik   kuchlariga   turtkich   bo‘lishi
kerak.   Bilimni   faol   kuchga   aylantirishda   insonga   xudo   tomonidan   berilgan   iroda
yordam beradi.
XVII   asr   ma’rifat   davri   falsafasi   uyg‘onish   davri   falsafasiga   xos   bo‘lgan
panteistik   va   sensualistik   qarashlarni   inkor   etdi   va   ular   o‘rniga   mexanistik
dunyoqarashni yuzaga keltirdi. Adabiyotlar:
1. O’zb e kiston R e spublikasining Konstitutsiyasi. – T.: O’zb e kiston, 2011.
2. Davlat tili haqida (yangi tahriri). O’zbekiston Respublikasining qonuni. – T.:
O’zbekiston, 1997. – 22 b.
3. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi. – T.: Sharq, 1997. – 63 b.
4. Ta'lim to’g’risida. O’zbekiston Respublikasining qonuni. – T.: O’zbekiston, 
1989. – 30 b.
5. Mirziyoev  SH.M.  Erkin  va  farovon,  demokratik  O‘zbekistan davlatini 
birgalikda barpo etamiz. - Toshkent.O‘zbekiston, 2016.  -53 b.
6. Mirziyoev SH.M.  Buyuk  kelajagimizni  mard  va olijanob  xalqimiz bilan 
quramiz. - Toshkent.O‘zbekiston, 2017  -484 b.
7. Mirziyoev  SH.M.  Qonun  ustuvorligi  va  inson  manfaatlarini ta’minlash-
yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi.  - Toshkent. 2017.  - 28 b.
8. Konstitutsiya – erkin va farovon hayotimiz, mamlakatimizni yanada taraqqiy
ettirishning mustahkam poydevoridir. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 
SHavkat Mirziyoevning O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul 
qilinganligining 25 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimidagi 
ma’ruzasi.   http://uza.uz .
9. O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti SH.M.Mirziyoevning 2017 yil 19 
sentyabr kuni Birlashgan Millatlar Tashkilot Bosh Assambleyasining 72-
sessiyasida so‘zlagan nutqi.  http://uza.uz .  
10. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoevning Oliy Majlisga 
murojaatnomasi//22.12.2017.  http://uza.uz .
11. Karimov  I.A.  Asarlar  to‘plami.  1-24  jildlar. - Toshkent. O‘zbekiston, 
1996-2016.
12. Karimov  I.A.  Yuksak  ma’naviyat  -  engilmas  kuch.  2-nashr  - 
Toshkent.Ma’naviyat, 2016. -176 b.
13. Ahmedova M. tahriri ostida.Falsafa. -T.: OFMJ, 2006
14. Shermuhamedova N. A. Falsafaga kirish -T.: -Noshir, 2013. 460 b
15. Qo‘shoqov SH.S. Dialektika rivojlanish konsepsiyasi.  –  S., 2000. –B. 8 6 .
16. R.G.Collingwood. The Idea of History. Oxford University Press, England, 
1994.
17. Ivin A.A. Vvedenie v filosofiyu istorii. M., 1997.
18. Barg M.A. Epoxi i idei. Stanovlenie istorizma. M., 1987.
19. Jo‘raev N. Tarix falsafasining nazariy asoslari.  - T., Ma’naviyat, 2008.
20. A.Beruniy. Tanlangan asarlar. – T., Fan, 1968.
21. Berdyaev N.A. Smыsl istorii. M., 1990.
22. Blok M. Apologiya istorii ili remeslo istorika. M., 1986.
23. Veber M. Izbrannыe proizvedeniya. M., 1990.
24. Gegel G.V.F. Filosofiya istorii. Sochinenie 8-mi tomax. M.-L. 1932-1959.

UYG‘ONISH DAVRI TARIX FALSAFASI (XIV-XVI ASRLAR) REJA: 1. Uyg’onish davri tarix falsafasining asosiy jihatlari 2. Nikolay Kuzanskiy - “Bilimdon bilimsizlik”/ 3. Cheksizlik muammosi va kosmologiya 4. Florentsiyaning Platon akademiyasi 5. Neoplatonizm ijodini renessans ruhiyatida qayta ishlab chiqish 6. Insonning erkinligi haqidagi ta’limot 7. Leonardo da Vinchi fenomeni 8. Makiavelli va makiavellichilik

Uyg’onish davri tarix falsafasining asosiy jihatlari G‘arbiy Yevropada Uyg‘onish davri deb atalgan davr XIV -XV asrlarni o‘z ichiga qamrab olgan va Yevropa madaniyatining eng buyuk davri deb hisoblanadi. Bu davr olamga Nikolay Kuzanskiy, Mishel Monten, Leonardo da Vilgi, Dj. Bruno, va ko‘pgina boshqa buyuk mutafakkirlar va daholarni berdi. Falsafa tarixida Uyg‘onish davrining ahamiyati mavzusida mashhur rus tadqiqotchisi Gorfunkel quyoshdagi fikrlarni bayon etadi. Uning fikricha Gegel va Vindelband bu davrni o‘rta asr sxolastik falsafasidan G‘arbiy Yevropaning yangi davr falsafasiga o‘tish davri deb hisoblaydilar va faqat uyg‘onishga xos bo‘lgan maxsus xususiyatlar va buyuk kashfiyotlar haqida batafsil to‘xtab o‘tmaydilar. Mashhur ingliz faylasufi B.Rassel esa uyg‘onish davri falsafasini o‘rta asr metafizik naturfalsafa deb hisoblaydi va naturfalsafaga xos bo‘lgan fantastik dunyoqarash elementlarini tanqid qilib o‘tadi. Rassel fikricha Spinoza, Leybnits, Dekart ta’limotidagi ilmiy qarashlar, yangi davr falsafasiga asos solgan va bu falsafa uyg‘onishning naturfalsafiy qarashlaridan ko‘ra katta ahamiyatga ega. Gorfunkel Garen, Ch Vazzoli asarlarida uyg‘onish davri falsafasi G‘arbiy Yevropada yangi kapitalistik ijtimoiy-siyosiy tuzumning boshlanish davri deb hisoblanadi va tuzum o‘tlishidagi feodal monarxiyalarga qattiq zarba bergan yangi iqtisodiy munosabatlarni yuzaga keltirgan madaniyat va ma’rifatni antik davr madaniyatiga o‘xshash bo‘lgan xususiyatlarini yuzaga keltirgan. Uyg‘onish davrining buyuk geografik astrnomik, matematik kashfiyotlari bu davrda sayyohatchilar tomonidan yangi erlarning ochilishi falsafiy dunyoqarash doiralarini benihoya kengaytirdi. Natijada bu davrning faylasuflari entsiklopedik bilimlarga ega bo‘lgan olimlarga aylanishdi. Badiiy adabiyot, san’at, haykaltorshlikning rivojlanishi esa badiiy obrazli fikr yuritishga birinchi darajali ahamiyat berdi. Uyg‘onish davri falsafasining markazida inson va koinot masalalari yotadi. Inson koinotni o‘z ichiga jamlagani inson-mikrokosmos tushunchasida ifoda etadi. Uyg‘onish davri falsafasi birinchi darajali ahamiyatni inson masalasiga qaratdi va

bu masalani insonning tabiatda egallagan o‘rni va insonni tabiatga bo‘lgan ta’siri bilan bog‘ladi. Bundan tashqari Uyg‘onish davrida astrologiya va magiya ham rivoj topdi. Buni biz N. Kuzanskiy va J. Bruno falsafiy qarashlarida ko‘rishimiz mumkin. Uyg‘onish deb nomlangan davr o‘rta asrlarda unutilgan antik falsafiy va madaniy merosni qaytadan yuzaga keltirdi. Italiya shaharlarida neoplatonik, aristotelik va platonik ta’limotlarni Mandzolli, Fichino Papponadi, Bruno ta’limotlarida uchratishimiz mumkin. Uyg‘onish davri falsafasi panteistik tusga ega, ya’ni tabiat puxatlantiriladi va tabiatda xudo tajalli etadi deb hisoblanadi. Bunday qarash tabiatni ilohiy va muqaddas kuchga aylantiradi. Kuzanskiy, Bruno, Mandzolle, Yakob Byome ta’limotlarida panteistik qarashlari bilan bir qatorda astrologiya va magiya bilimlariga xos bo‘lgan elementlar mavjuddir. XX asrning oxirida falsafasida inson masalasi yana dolzarb masalalardan biriga aylanmoqda. Uyg‘onish davri, Renessans – Markaziy Osiyo, Eron, Xitoy (9-12 va 15- asrlar), G‘arbiy Yevropada yuz bergan alohida madaniy va tafakkuriy taraqqiyot davri. “Renessans” atamasi dastlab Italiyadagi madaniy-ma’naviy yuksalish (14– 16-a.lar)ga nisbatan qo‘llanilgan, uni o‘rta asrchilik turg‘unligidan yangi davrga o‘tish bosqichi deb baholaganlar. Renessansning asosiy alomatlari: tafakkurda va ilmu ijodda dogmatizm, jaholat va mutaassiblikni yorib o‘tib, insonni ulug‘lash, uning iste’dodi, aqliy-fikriy imkoniyatlarini yuzaga chiqarish; antik davr (yunon- rum) madaniyatiga qaytib, uni tiklash, boyitish; cherkov sxolastikasidan qutulib, adabiyot va san’atda dunyoviy go‘zallik, hayot taronalarini qizg‘in kuylash; inson erki, hurfikrlilik uchun kurashish. Buning natijasi o‘laroq, ijodiy qudrat va tafakkur kuchini namoyish etadigan ulug‘vor badiiy asarlar, salobatli binolar yaratildi, ilm- fan rivojlandi. Italiyada shoir Petrarka va Dante, rassom Jotto, adib va mutafakkirlar Bokkachcho, Ariosto, Tasso, Byome Renessans g‘oyalarining jarchilari bo‘lib maydonga chiqdilar. Keyinchalik Mikelanjelo, Rafael, Shekspir, Servantes Yevropaning turli mamlakatlarida buni davom ettirdilar.

Ammo Renessans, ya’ni Uyg‘onish faqat Yevropa hodisasi emas. Dunyo madaniyatini yaxlit olib o‘rgangan olimlarning ishlari shuni ko‘rsatdiki, Osiyo markazida joylashgan Movarounnahr, Xuroson va Eronda Italiyaga qaraganda bir necha asr oldin (9– 12-a.lar) ulkan madaniy ko‘tarilish yuz bergan, ilm-fan, falsafa, adabiyot kuchli rivojlanib, ilg‘or insonparvarlik g‘oyalari jamiyat fikrini band etgan, aqliy va ijodiy faollik gurkiragan. Bu davr dunyo ilmida “Musulmon Renessansi” (A. Mets) yoki “Sharq Uyg‘onishi” (N. I. Konrad) nomi bilan atalib kelinmoqda. Sharq uyg‘onish davrida Yevropa uyg‘onish davrining asosiy belgilari mujassam: jo‘shqin ijodiy faoliyat, ulkan bunyodkorlik ishlarining amalga oshirilgani, aqlni hayratga soluvchi bemisl asarlarning yaratilgani shundan dalolat beradi. Eron va Markaziy Osiyo xalqlari bir necha ming yillik sivilizatsiya tarixiga ega. Zotan, qadimiyati, qadimgi davlatchiligi bo‘lmagan xalqda uyg‘onish davri ham bo‘lmaydi. Markaziy Osiyoda 9–13 asrlarda o‘z xalqining qadimiyatiga qaytish, Avesto falsafasini Qur’on ma’rifati bilan uyg‘unlashtirib, qayta tiklashga intilish tasavvuf ta’limoti, “ishroq” falsafasida namoyon bo‘lgan. Shu asosda turli nazariyalar, ta’limotlar yuzaga kelib, fikriy xilma-xillik rivojlandi. Tasavvufiy orifona ta’limotning qaror topishi, tariqatlar ham, aslida, hurfikrlik va inson kamolotiga bo‘lgan ishonchning nishonasi edi. uyg‘onish davri vakillari dinga emas, balki dinni sxolastika va jaholat manbaiga aylantirgan kishilarga qarshi kurashganlar. Tafakkurdagi ikki: aqliy (ratsionalizm) va vajdiy (irratsionalizm) yo‘nalish namoyandalari zohiran o‘zaro kelishmay kelgan bo‘lsalarda, amalda Yevropa uyg‘onish davrida bo‘lganidek, inson ongini bedor etish, uni aqidaparastlik (taqlidchilik) g‘uboridan tozalashda hamkorlik qildilar. Shu bois hurfikrli mutafakkirlar orasida ratsionalist olimlar bilan birga, orif sufiylar ham bor edi. Sharq uyg‘onish davri vakillari o‘z xalqlarining qadimgi madaniyat bilan birga, yunon va hind xalqlari merosidan ham foydalanishgan. Yunon olimlarining asarlari 8–9-asrlarda arab tiliga tarjima qilindi, sharhlandi. Aflotun, Arastuni Sharq faylasuflari ham o‘z ustozlari deb hisoblashgan, Plotin qarashlari Ibn al-Arabiyga

ta’sir etib, “vahdatul vujud” falsafasiga turtki berdi. Biroq yunonlar ko‘p fikrlarni qadimgi osiyoliklardan olganlar. Bu tarix qonuniyati: Abu Rayhon Beruniyning “Kitob at-tafhim li avoil sinoat attanjim” asari qo‘lyozmasi (13 asr) yuksalishga shaylangan xalq o‘z madaniyati va o‘zigacha yaratilgan bashariy yutuqlarni o‘zlashtirib, yana yuksaklikka ko‘tariladi. Sharq uyg‘onish davri keng ko‘lamli: ta’lim va tahlil, madrasa-maorif rivojlangan, ulkan kutubxonalarda yuz minglab jild kitoblar yig‘ilgan, “xazinat ul- hikma”, “dor ul-ulum”larda tolibi ilmlar, ustoz-shogirdlar suhbati bardavom edi, olimning obro‘-e’tibori yuksak qadrlandi. Sharq uyg‘onish davri yutuqlari G‘arbiy Yevropadagi uyg‘onish davriga bevosita ta’sir etgan. Chunki 12–14-asrlarda musulmon olami bilan Yevropa davlatlari orasida aloqa kuchaygan edi. Ayniqsa, tutash chegara mamlakatlari: Qurdoba (Ispaniya), Kavkaz, Bolqon yarim orolida bu jarayon kuchli bo‘lgan. Yevropaliklar Sharq olimlarining asarlarini lotin, ispan, yahudiy tillariga qilingan tarjimalar orqali yoxud bevosita arab tilida o‘qib o‘rganganlar. Ibn Sinoning “Tib qonunlari”, “Ash-Shifo”, Forobiyning “Ilmlar tasnifi”, Ahmad Farg‘oniyning “Samo harakatlari va yulduzlar ilmining jami kitobi”, Muhammad Muso Xorazmiyning “Aljabr val muqobila”, Ibn Rushd, Abu Bakr Roziy asarlari tarjima qilinib, keyinchalik nashr etilgan. Algebra, algoritm fanlari Xorazmiy asarlari tufayli shakllangan. “Tib qonunlari” 7 asr mobaynida Yevropa untiversitetlarida tibbiyot darsligi sifatida xizmat qildi. Ibn Sino shogirdi Ibn Rushd g‘oyalari Italiya, Frantsiya hurfikrligini boshlab bergan. Ibn Sino – Avitsenna, Ibn Rushd – Averroes, Ahmad Farg‘oniy – Al Frageni, Abu Bakr Roziy – Al Ramzats, Abu Ma’shar Balxiy – Albumazar degan lotincha nomlar ostida mashhur bo‘lgan. “O‘sha paytda (13–16-a.) jaholat changalidagi Yevropaning ko‘pgina qismida musulmonlar ilm charog‘ini yoqdilar...; ispanlar yozuvi ham, shimoliy oramiy yozuvi ham Osiyodan olingan; shimoliy, g‘arbiy va sharqiy Yevropa madaniyati yunon – rumo – arab urug‘idan unib chiqqandir” (G.Gerder). Platon, Aristotel asarlari ham Yevropaga dastlab arabcha tarjima va talqinlar orqali kirib borgan. “Sharqliklar G‘arbni Aristotel falsafasi bilan yoritdilar” (Gegel).