logo

MAKTABGACHA YOSH DAVRIDA PSIXIK RIVOJLANISH XUSUSIYATLARI

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

276.36328125 KB
MAKTABGACHA YOSH  DAVRIDA PSIXIK  RIVOJLANISH
XUSUSIYATLARI
Reja:
1. Maktabgacha yosh davrida psixofiziologik taraqqiyotning umumiy tavsifi.
2.   O‘yin   maktabgacha   yoshdagi   bolaning   etakchi   faoliyati   sifatida   (o‘yin
faoliyatining   mohiyati,   turlari,   bilish   jarayonlari   va   shaxs   taraqqiyotiga   ta`sir
ko‘rsatish   mexanizmlari,   o‘yinchoqning   bola   psixik   rivojlanishiga     ta`siri
muammosi). 
3. Maktabgacha  yosh  davrida bilish  jarayonlari  va nutqning rivojlanishiga    xos
xususiyatlar. J.Piaje fenomenlari haqida tushuncha. 
4. Maktabgacha yosh davrida tafakkur egotsentrizmi muammosi. 
5. Maktabgacha   yosh   davrida   emotsional-irodaviy     sifatlarning   rivojlanish
xususiyatlari. Maktabgacha yosh davrida ijtimoiy  emotsiyalarning shakllanishi. 
6. Maktabgacha   yosh   davrida     motivatsion   sohadagi   o‘zgarishlar.   7   yosh
inqirozi, uning sabablari va alomatlari. Maktabga psixologik tayyorlik  muammosi. Maktabgacha yoshdagi bolalar o’sishining umumiy shart-sharoitlari
Uch   yoshli   bolalarga   to’g’ri   tarbiya   berish,   ta’sir   o’tkazish,   ularning
harakatlarini   maqsadga   muvofiq   yo’naltirish   orqali   ularda   mustaqil   holda
ovqatlanish,   kiyinish,   yuvinish,   o’z   o’rnini   yig’ishtirish   ko’nikmalarini   tarkib
toptirishga,   ayrim   topshiriq   va   vazifalarni   puxta   bajarish   malakasini
shakllantirishga   erishish   mumkin.   Mazkur   yosh   xususiyatlarini   tadqiq   qilgan
N.M.Shchelovanov,   D.B.Elkonin   va   boshqalarning   fikricha,   bolaning   uch
yoshgacha   o’sishida   erishgan   yutuqlari   uning   xulq-atvorini,   bilish   jarayonlarini
sifat   jihatdan   ancha   o’zgartirib   yuboradi.   Shunga   qaramay,   bolaning   o’sishiga
kattalarning   ta’siri,   roli   yetakchiligicha   qolaveradi,   lekin   asta-sekin   o’sib   borishi
mustaqilroq   bo’lishini   ta’minlaydi.   Ammo   maktabgacha   yoshdagi   mustaqillik
ko’pincha bolaning amaliy faoliyatda uncha kuchli bo’lmagan shaxsiy imkoniyati
doirasida kattalar yordamisiz harakat qilishida, nisbatan oz uchrasa-da, tobelikdan
qutulish tuyg’usida ro’yobga chiqadi.
Bolaning   mustaqilligi   faqat   uning   jismoniy   va   aqliy   imkoniyatida,   kuchi
yetadigan   jarayonga   nisbatan   o’z   munosabatini   kattalarning   ko’magisiz   amalga
oshirishida   emas,   balki   o’zining   kuch-quvvati,   qurbi   yetmaydigan,   muayyan
amaliy   ko’nikmalarini   egallay   olmagan   turmush   muammolarini   hal   etishida   ham
ko’rinadi.   Mazkur   psixologik   holatning   o’ziga   xos   jihatlari   Elza   Keller,
N.A.Menchinskaya,   V.S.Muxina,   E.G’oziyev   va   N.Sodiqxo’jayevalarning
mamlakatimizda,   chet   ellarda   mashhur   ona   kundaliklarida   yoritilgan   hamda
batafsil tahlil qilingan.
Maktabgacha   yoshga   qadar   bolalarning   psixologik   xususiyatlari   yuzasidan
mulohaza yuritishda kimning ilmiy tadqiqoti va asari bo’lishidan qat’i nazar, un da vujudga   keladigan   xohish,   istak   hamda   niyatning   qondirilishi   individni   kamol
toptirishga,   shakllantirishga   qaror   qilgan   kattalar   tomonidan   amalga   oshiriladi   va
boshqariladi.   Mana   shu   yosh   davrida   namoyon   bo’ladigan   tarbiya   jarayonidagi
ayrim   qiyinchiliklarning   tashqi   va   ichki   alomatlari   (belgilari)   ham   psixologik
tadqiqotlarda   va   ilmiy-psixologik   adabiyotdarda   ko’p   marta   ta’kidlangan   bo’lib,
birinchi   navbatda   o’jarlik,   negativizm,   qaysarlik,   injiqlik   kattalar ning   bolalar
nazarida obro’sizlanishi va qadrsizlanishi kabi  illatlar   bilan bog’liqdir. Qator ilmiy-
psixo logik   manbalarda   aytilishicha,   shu   yoshdagi   bolalarning   his-tuyg’ulari   na
irodasida   muhim   o’zgarishlar   sodir   bo’ladi   va   bularning   hammasi   boladagi
xudbinlik,   o’ziga   bino   qo’yish,   aksil   ijtimoiy   mayl,   urinish,   qaysarlik,   rashk   kabi
illatlarda yaqqol aks etadi.
N.A.Menchinskaya,   V.S.Muxinalarning   oqilona   mulohazalariga   qaraganda,
bolalardagi   injiqliklarning   bosh   omili   atrofdagi   odamlarning   ular   shaxsiga
adolatsiz,   noto’g’ri,   mensimay   munosabatda   bo’lishidan   iboratdir,   bizningcha,
o’zini tan oldirishga intilish ham bunga sababdir.
Kichik maktabgacha yoshdagi  bolalarning psixologik xususiyatlarini  o’rgangan
A.N.Golubevaning   fikricha,   noqulay   sharoitda   bolaga   tarbiyaviy   ta’sir   ko’rsatish
unda o’jarlikni paydo qiladi. Shuningdek, bu yoshdagi bolalarning o’jarligi doimiy
bo’lmaydi, masalan, o’z tengdoshlariga nisbatan o’jarlik qilish ahyon-ahyondagina
ro’y   beradi,   ular   asosan   katta   yoshdagi   odamlarga,   shunda   ham   muayyan
tarbiyachiga   yoki   oila   a’zolarining   birortasiga   o’jarlik   qiladilar.   A.N.Golubeva
bolalardagi   o’jarlik   barqaror   emasligi   sababli   uning   oldini   olish   mumkinligini
uqtiradi.   A.P.Larinning   tadqiqotida   esa   noqulay   va   nomaqbul   tar biyaviy   shart-
sharoitlarda qaysarlik juda erta, hatto uch yoshda ham paydo bo’lishi ifodalangan.
Dastlab   o’jarlik   ba’zi-ba’zida   ro’y   beradi,   lekin   u   hyech   qachon   barcha   katta
yoshdagi   kishilarga   qaratilgan   bo’lmaydi,   binobarin,   uning   obyekti   alohida   shaxs
hisoblanadi.   Bola   xarakterining   bu   sifati   muhitning   noto’g’ri   tar biyaviy   ta’siri
oqibatida   biror   darajada   barqarorlashsa,   keyinchalik   ko’pchilikka   qaratilgan,
umumlashgan shaklga kira boshlaydi. O’jarlik bir guruh odamlarga yo’nalganligini
ham   uchratish   mumkin.   A.P.La rin   to’plagan   ma’lumotlar   o’jarlikning   asosiy sabablari   −   bolaning   mustaqilligini   cheklab   qo’yish,   erkinlik   tuyg’usi   va
tashabbusini so’ndirish va uning ong xususiyatini (anglash sur’atini) kamsitishdan
iboratligini ko’rsatadi.
Mazkur omillar bolaning kattalarga munosabati negizini tashkil qiladi va uning
psixik   o’sishi   davomida   muayyan   darajada   o’zgarib   boradi.   Ularning   o’zgarishi
kattalarning   bolaga   u   erishgan   kamolot   bosqichini   hisobga   olib,   oqilona
munosabatda   bo’lishiga   bog’liq.   Agar   maktabgacha   davrda   bolaga   tegishlicha
munosabatda bo’linmasa, unda o’jarlik vujudga kelishi mumkin.
Bola xulqida muayyan sharoitning ta’siri bilan paydo bo’lgan o’jarlik va nojo’ya
qiliqlar   mavjudligi,   uning   psixikasida   jiddiy   o’zgarish   ro’y   berganini,   endi   unga
uning   hozirgi   o’sish   darajasini   hisobga   olib,   munosabatni   amalga   oshirish
zarurligini bildiradi. Bo laning psixikasida vujudga keladigan inqirozning sabablari:
1)   kattalar bolaning jismoniy va aqliy imkoniyatini; 2) xohish va istagini mustaqil
holda   turmushda   qaror   toptirishga   intilishini;   3)   ayrim   ko’zga   tashlangan
qiyinchiliklarni   bartaraf   qilishga   urinishini;   4)   o’z   holicha   ish   tutishni
cheklashlaridir.
Kattalar   bolaning   ra’yiga,   mustaqilligiga   qarshi   turmasdan,   mumkin   qadar
istagiga,   intilishiga   yordam   bersalar,   uning   shaxsini   shakllantirish   jarayonidagi
qiyinchilik o’z-o’zidan barham topadi, nizo yoki ixtilofning oldi olinadi.
Oila   va   bog’chada   shaxslararo   munosabatlar   ilmiy   asosga   qurilib,   oqilona
qoidaga   suyanilsa   va   pedagogik   odob   (nazokat)   doirasidan   chetga   chiqilmasa,
yuqorida aytilgan ziddiyatlar yuzaga kelishi mumkin emas.
O’jarlik,   qaysarlik,   kattalarga   itoatsizlikning   vujudga   kelishi   −   bolaning
kattalarga   qaramlikdan   qutulishga   urinish   va   kichik   maktabgacha   yosh   davridan
maktabgacha   davrga   o’tishning   tashqi   ifodasidir.   Mustaqillikka   intilish   mazkur
yosh davridagi  o’zgarishlar,  yangilanishlar, ya’ni  shaxsiy  xatti-harakatni  va “men
o’zim”ni anglashning mahsuli tariqasida ro’yobga chiqish kutiladi.
D. B. Elkoninning   fikricha,   bolaning   xohishi   bilan   bu   xohishning   harakatda
ifodalanishi   o’zaro   mos   tushmasligi,   kattalar   talabiga   so’zsiz   itoatkorlik   uning
istagini   umumlashtirishga   olib   keladi,   voyaga   yetganlar   talabiga   mos   emasligi sababli   shunchaki   xohish,   qat’iy   shaxsiy   xohish   darajasiga   o’sib   o’tadi.   Odatda
“Men   xohlayman”,   “O’zim   bajaraman”   kabi   mustaqillikka   intilish   harakatlari
xohishning   kuchayishida   o’z   ifodasini   topadi.   Ana   shu   tariqa   bola   psixikasida
xohishlarning   o’zaro   uzviy   bog’lanishi,   motivlar   va   ularning   kurashi   yuzaga   kela
boshlaydi.
K.M.Gurevich  3−4   yoshli bolalarda motivlarning birlamchi tobeligi va dastlabki
irodaviy   harakatning   paydo   bo’lishini   tadqiq   qilgan.   Tadqiqotchi   bo laning   oldiga
jimjimador   o’yinchoqni   olish   uchun   avval   o’zi   yoqtirmagan   harakatni   bajarish
topshirig’ini   qo’ygan.   Buning   uchun   to’rt   qismli   tajriba   ishi   amalga   oshirilgan.
Olingan   ma’lumotlardan   ko’rinadiki:   a)   maktabgacha   yosh   davrida   ezgu   orzular
asosida harakat qilish imkoniyati tug’iladi; b) mazkur orzularning sabablari o’zaro
tobeligi   (bog’liqligi)   bevosita   sabablarga   qaraganda   ertaroq   paydo   bo’ladi;   3)
bevosita   idrok   qilinadigan   narsalarga   aloqador   xohishni   bajarishga   qaraganda,
narsaning   o’ziga   aloqador   xohishni   bajarishni   muayyan   muddatga   kechiktirish
osonroqdir.
Shunday qilib, xohish-istakka tobe bo’lmaslik holatidan unga nisbatan dastlabki
intilish,   xayrixohlik   tuyg’usining   vujudga   kelishi       aynan   maktabgacha   yoshga
to’g’ri   keladi.   Buning   zamirida   bolaning   mayli,   niyati,   orzusi,   istagi,   tilagi   va
xohishining mazmuni hamda xususiyatidagi keskin o’zgarishlar yotadi.
D.B.Elkoninning ta’kidlashicha, mazkur o’zgarishlar bevosita idrok qilinadigan
buyumlarga   qaratilgan   xohishning   mantiqan   mavhumroq   buyumlarga
yo’naltirilgan xohishga aylanishidir. Buning asosiy sabablari, bir tomondan, bolada
oddiy umumlashtirish uquvining paydo bo’lishi hisoblansa, ikkinchidan, unda nutq
faoliyatining   jadal   sur’atlar   bilan   rivojlanishidir.   Shundan   so’ng   uning   faoliyati
jozibador,   maftunkor,   jimjimador,   yaltiroq   narsalarning   tashqi   alomatlariga   va
ularni   bevosita   egallashga   aloqador   bo’lmay,   balki   mazkur   narsalarning   timsoli,
tasavvur   obrazlari,   kelgusida   shularning   hammasini   o’zlashtirish   istagi   asosiga
quriladi.   Bolaning   orzu-istagi   doirasidagi   hali   foydalanilmagan   yangi,   yashirin,
ammo   ro’yobga   chiqadigan   imkoniyatlar   uning   kattalar   bilan   munosabatida,
muomalasida, muloqotida, o’zining shaxsiy faoliyatida, his-tuyg’usining mazmuni va rivojlanishidagi keskin, muhim o’zgarishlar uchun zarur shart-sharoitlar sifatida
xizmat   qiladi.   Undagi   tasavvur   bilan   uzviy   bog’liq   his-tuyg’ular   xohishni
qondirishda   oldindan   taajjublanish   jarayoniga   keng   istiqbollar   yaratadi.   Boladagi
mavjud   his-tuyg’ular   xohishni   qondirishni   bevosita   aks   ettirish   bilan   kifoyalanib
qolmaydi, balki kelgusida amalga oshi rish mo’ljallangan faoliyatning ahamiyatini
ham   o’zida   mujassamlantiradi.   Shuning   uchun   bolaning   quvonchi   bilan   qayg’usi
daf’atan   qanday   maqsadni   ko’zlashga   (amalga   oshirishga)   yo’nalganida   emas,
balki qaysi faoliyatni (ishni) rejalashtirgani bilan uzviy bog’liqdir.
Bolaning   xohish   va   istagidagi   ayrim   o’zgarishlar,   ularning   tasavvurlar   bilan
birlashuvi   maktabgacha   yoshdagi   subyektlarda   faoliyatning   yangi   ko’rinishlari
(rolli o’yinlar, ijodiy, tasviriy va   konstruktiv faoliyat, sodda mehnat faoliyati) keng
ko’lamda rivojlanishiga qulay imkoniyat yaratuvchi shart-sharoit hisoblanadi. Bola
o’zining   faoliyatida   tevarak-atrofdagi   narsalar   va   hodisalar   to’g’risidagi   tasavvur
obrazlaridan   amaliy   foydalanish   bilan   chegaralanib   qolmay,   ularga   nisbatan
o’zining shaxsiy emosional munosabatini ham bildiradi. Bu hol ko’pincha ularning
ijodiy   o’yinlarida   yaqqol   ko’zga   tashlanadi.   Ijodiy   o’yinlarda   bolaning   kattalar
faoliyati   haqidagi,   ularning   o’zaro   munosabati   to’g’risidagi   tasavvuri   aks   etadi,   u
o’zini   kattalar   bilan   birga   harakat   qilayotgandek   his   etadi,   hatto   voqyelikning
bevosita qatnashchisi vazifasini o’taydi.
Harakatga   undovchi   xohish-istak   bolaning   tasav vuri   bilan   uzviy   bog’lanib,
shuningdek,  bevosita  id rok  qilish  mumkin  bo’lgan  vaziyat   bilan aloqaga  kirishib,
yangidan   yangi   xohish-istaklarni   keltirib   chiqaradi.   Hatto,   bolani   o’zi   uncha
qiziqmaydigan   faoliyatga   ham   undashi   yoki   tanish   faoliyatga   yangicha   shakl   va
mazmun   berib   uni   bajarishga   yo’naltirishi   mumkin.   Psixologik   manbalardan
ma’lumki,   mazkur   yoshdagi   bolalarni   o’zlari   xohlamaydigan   zerikarli   faoliyatga
(chunonchi, yozishga, rasm  chizishga, mehnatga,  harakatli  o’yinga)  majbur  q ilish
mumkin   emas.   Ular   o’zlari   xohlamagan   mashg’ulotlarda   juda   tez   charchaydilar.
Shunday mashg’ulotlarga amaliy jihatdan yondashib, yaqqollik alomatlari kiritilsa,
bolalar   ishga   astoydil,   butun   vujudlari   bilan   kirishib   ketadi.   Natijada   ularda   shu
mashg’ulotga ijodiy munosabat vujud ga keladi. Mazkur yosh davridagi bolalarning kattalar bilan munosabatga kirishuvining eng
muhim   xususiyatlaridan   biri   −   ularning   xohish-istaklarini   boshqarish   imkoniyati
mavjudligidir.   Ularni   kattalarning   ezgu   niyatiga   ko’niktirish,   ota-onalar   va
murabbiyalar   mayliga   bo’ysundirish   mumkinligidir.   Ularning   boshqa   yosh
davrlaridagi   bolalardan   farqi   ularda   nisbatan   xotirjam,   barqarorroq   his-tuyg’ular
mavjudligi,   ularning   affektiv   holatlardan   uzoqroqlik,   nizolarga   kam   berilishidir.
Bunday   bolalarda   affektiv   (jazavali)   holat   yuz   berishi   mumkin,   lekin   u
vaqtinchalik bo’lib, yaqqol harakat bilan emas, balki tasavvur obrazlari dinamikasi
bilan bog’liq holda yuzaga keladi.
Bevosita   idrok   qilinmaydigan   holatlarga   nisba tan   his-tuyg’u,   murakkab   ichki
tug’yon   va   kechinmalarning   paydo   bo’lishi,   keyinchalik   emosional   o’sish   uchun
eng   qulay   shart-sharoitlar   yaratadi.   L.S.Vigotskiyning   ta’kidlashicha,   bola   o’yin
faoliyatida   bemor   singari   yig’laydi,   o’yinning   ishtirokchisi   sifatida   quvnaydi.
Shuning   uchun   uning   kechinmalari   bemor   to’g’risidagi   tasavvur   obrazlarining
majmuasi   bilan   ularning   nisbatan   rang-barangligi   bilan   aniqlanadi.   Bola   tanlagan
rol   undagi   mavjud   kechinmalarning   amaliy   ifodasi   kabi   gavdalanadi.   Ertaklar
tinglashda   bola da   qahramonlar   to’g’risidagi   dastlabki   kechinmalar   paydo   bo’ladi,
unga   emosional   ta’sir   etish   imkoniyati   tug’iladi,   kechinmalarni   aks   ettirish   esa
tasav vur   doirasida   vujudga   keladi.   Masalan:   doktor   −   davolaydi,   shofyor   −
haydaydi,   sotuvchi   −   mol sotadi, uchuvchi   −   samolyotni boshqaradi,   o’qi tuvchi   −
bolalarga bilim beradi va hokazo.
D.B.Elkonin,   Ye. A.Arkin,   A. V.Zaporojes   va   boshqalarning   isbotlashicha,
mazkur   shart-sharoitlar   bolada   kattalar   hayotida   faol   ishtirok   etish   tuyg’usi   va
istagini   vujudga   keltiradi.   Bu   holda   bolaning   faoliyati   kattalar   faoliyatidan
farqlanadi,   uning   hayot   sharoiti   kengayadi,   shaxslararo   munosabat   va   shax siy
munosabatlarning   xususiyati   oydinlashadi,   unda   voyaga   yetganlarning   kundalik
ishlarida faol qatnashish xohish-istagi kuchayadi.   
Uch   yoshli   bolalarning   psixologik   xususiyatlari.   Uch   yoshda   harakatni
muvofiqlashtirish   jarayonining   takomillashuvi   bolaga   yugurganida,   bir   joyda   tik
turganida muvozanatni saqlash imkonini yaratadi. Buning natijasida bola mustaqil
holda   turli   harakatlarni   amalga   oshira   boshlaydi.   Jismoniy   jihatdan   mustaqillikka
erishish   bolada   erkin,   kattalarning   nazoratisiz,   o’z   holicha   qandaydir   ishlarni
bajarish,   umuman   mikro   va   makro   muhitda   shaxs   sifatida   yashash   is tagini
tug’diradi.  
Xususan   bolada   ikkinchi   signallar   sistemasining   paydo   bo’lishi   mazkur   davr
uchun muhim ahamiyat kasb etib, u eng qulay (senzitiv) o’sish bosqichi vazifasini
o’taydi. Ikkinchi signallar sistemasining vujudga kelishi nutq va nutq faoliyatining
o’sishi   bilan   bevosita   aloqador   bo’lib,   biri   ikkinchisini   taqozo   qiladi.   Nutq
jarayonining   vujudga   kelishi   psixofiziologiyaning   shartli   reflekslar   qonunlari
ta’sirining   mahsuli   (hosilasi)   sifatida   sodir   bo’ladi.   Bolada   nutq   reflekslari
kattalarga   taqlid   qilish   asosida   yoki   ular ning   kichkintoylar   bilan   uzluksiz
muloqotga kirishuvi orqali hosil bo’ladi hamda ota-onalar va tarbiyachilarning so’z
va   atamalarni   to’g’ri   talaffuz   qilishni   o’rgatishlari   oqibatida   jadal   sur’atlar   bilan
takomillashadi.
Yuqoridagi   umumiy   xulosalar   asosida   aytish   mumkinki,   uch   yoshgacha   davr
nutq   va   nutq   faoliyatini   eng,   oqilona   namoyon   qilish   va   to’g’ri,   maqsadga
muvofiq   rivojlantirish   bosqichi   hisoblanadi.   Binobarin,   har   bir   yosh   davrining
o’ziga xos qulay o’sish pallalari, imkoniyatlari va o’ziga xos xususiyatlari mavjud. Bu   narsa   umumiy   psixologik   qonuniyatlarga   suyangan   holda   talqin   etiladi,   shu
bilan birga yetakchi faoliyatning roli inobatga olinadi.
Bolaning   tik   yurishga   odatlanishi,   fazoviy   qonuniyatlar,   o’ziga   xoslik,
borliqdagi mavjudotlarni to’g’ri idrok qilish kabilar unda turli psixologik sifatlarni
shakllantiradi,   shuningdek,   mutlaqo   yangi   shaxs   xususiyatlarni   vujudga   keltiradi.
Unda   harakat   shakllariga   nisbatan   sinchkovlik   uquvi   ko’proq   o’sadi,   vaqtni
tasavvur   qilish,   vaqt   o’lchovlariga   qiziqish   tuyg’usi   uyg’onadi.  O’yin  faoliyatida,
tengdoshlari   va   kat talar   bilan   bevosita   muloqotga   kirishishda   vaqtni,   fazoni   va
harakatni   idrok   qilish   malakasi   takomillashib   boradi,   mazkur   psixologik
kategoriyalar sifat jihatdan yangi rivojlanish bosqichiga ko’tarila boshlaydi. 
Mazkur davrda nutq mazmunliroq, nutq faoliyati esa grammatik, morfologik va
sintaksistik   nuqtai   nazardan   to’g’ri   tuzilishga   ega   bo’la   boradi,   bolaning   bu
boradagi   faolligi   mislsiz   darajada   o’zgaradi.   Atoqli   psixologlar   va   o’zimizning
kuzatishlarimizga qaraganda, uch yoshli bola soat sayin bir nechtadan (ona tili yoki
begona   tilga   doir)   so’zlarni   o’zlashtiradi   va   o’zining   nutq   boyligiga   aylantiradi.
Nutq   faoliyatining   rivoji   o’zgalar   nutqini   oqilona   idrok   qilish   va   tushunish
imkonini yaratadi, shaxslararo muomala ko’lamini yanada kengaytiradi.
Shunga   o’xshash   o’zgarishlar   bola   atrof-muhit   to’g’risidagi   ma’lumotlarni,
axborotlarni, ilmiy bilimlar va ijtimoiy ko’nikmalarni egallashi uchun puxta zamin
hozirlaydi.   Natijada   uch   yoshlilar   psixikasi   yangiliklarni   aks   ettirish   va   ulardan
ta’sirlanishdek murakkab funksiyani bajara boshlaydi. Shular sababli bu yoshdagi
bolalar o’zining ko’rganlarini, eshitganlarini tez idrok qiladilar va eslab qoladilar,
hatto   ularni   tushunishga   intiladilar,   ular   o’z   bilimdonliklarini   namoyish   etishga,
o’zlarini   shaxs   sifatida   ko’rsatishga   harakat   qiladilar.   O’zining   kattalar   orasidagi
o’rnini topish istagi, hissi “Men davri”ni vujudga keltiradi. Bolaning yangi ehtiyoj
va   intilishlari   kattalar   tomonidan   g’ayritabiiy   qabul   qilinishi   ular   o’rtasida
“anglashilmovchilik”ni  keltirib chiqaradi. Unda kattalarning ko’rsatmasi, tavsiyasi,
iltimosi,   buyrug’i   va   tazyiqiga   qarshilik   ko’rsatish   tuyg’usi   vujudga   keladi.   Shu
tariqa   shaxslar aro   munosabatda   ziddiyatlar,   ichki   nizolar,   psixologik   inqiroz namoyon bo’ladi. Bularning barchasi “Men davri”ning hosilasi bo’lib, bola shaxs
sifatida shakllanayotganidan dalolat beradi. Inqirozning sabablari har xildir.
 Inqiroz davrida bolaning kattalarga qarshilik ko’rsatishi ham turli ko’rinishlarga
ega   bo’lib,   ular   o’tkinchi   psixologik   holat   va   hodisaga   o’xshaydi.   Le kin   oila   va
bog’chada qiyinchiliklarni yengish jarayonida bolaning shaxsiga uning o’ziga xos
xususiyatlarini   hisobga   olgan   holda   to’g’ri   va   oqilona   yondashish   uni   inqirozdan
ruhan   mutlaqo   sog’lom   olib   chiqish   imko nini   yaratadi.   Quyida   ana   shu
qarshiliklarning ayrim ko’rinishlari haqida qisqacha to’xtalamiz.
Ko’pchilik   psixologlarning   tadqiqotlaridan   va   o’zimizning   kuzatishlarimizdan
ma’lumki, bolalar maz kur inqiroz davrida bir necha ko’rinishdagi qaysarlik yoshini
bosib o’tadilar.
  Ana   shu   ko’rinishlarning   bittasi   biz   nazarda   tutgan   davrga,   ya’ni   bolaning   3
yoshiga to’g’ri keladi. Shu davrda uning ruhiy dunyosida sifat va miqdor jihatdan
turli   o’zgarishlar   ro’y   beradi.   Bu   o’zgarishlar   uning   olamni   o’zicha   kashf
qilayotganiga,   psixikasi   ma’lumot   va   axborotlar   bilan   soat   sayin   bosib
borayotganiga bog’liqdir. Ayni shu yoshda bolada irodasiga ishonch hissi tug’iladi,
u o’zligini anglay boshlaydi. O’zligini anglash qarama-qarshiliklarni, ziddiyatlarni
yengish bilan amalga oshadi.   
Mazkur   yoshdagi   bola   ba’zan   o’ziga   aytilgan   so’zning   mohiyatini
tushunmasligi,   anglab   yetmasligi,   goho   o’yinga   haddan   tashqari   berilib   ketib,
kattalarning   ovozini   eshitmay   qolishi   mumkin.   Bunday   paytda   bolada   tashqi
ta’sirga   yoki   qo’zg’atuvchiga   e’tibor   berish   qobiliyati   yetishmasligi,   bunga  uning
ko’tarinki   yoki   g’oyat   tushkin   kayfiyati   halaqit   berishi   mumkin.   Ba’ zan   bola   o’z
o’ylari   va   ichki   kechinmalari   bilan   bandligi   sababli   uning   tashqi   ta’sirga   javob
qaytarishi   biroz   kechikishi   ham   mumkin.   Ana   shu   jarayonga   o’zgalarning
psixologik   qonuniyatga   rioya   qilmay   qo’pollik   bilan   aralashuvi   yoqimtoy,   odobli
bolalarni   ham   darrov   jahli   qo’zg’aydigan,   gap   ko’tara   olmaydigan,   nozik   tabiatli
shaxslarga aylantirib qo’yishi mumkin. Bunda kattalarning muloqotdagi qo’polligi
bolada   qaysarlikning   belgilarini   yaqqol   namoyon   eta   boshlaydi.   U   har   qanday
taklifni, buyruqni, hatto, iltimosni ham rad qiladi, o’ziga berilgan barcha savollarga bir   maromda   “yo’q”,   “kerakmas”,   “bermayman”,   “bilmayman”   deb   javob
qaytaraveradi. Kattalar bilan bola o’rtasidagi munosabatning buzilishi tufayli uning
xatti-harakatida o’jarlik illati paydo bo’ladi. Bu ning asosiy sababi bolada o’zining
ichki   kechinmalari,   his-tuyg’ulariga   bog’liq   harakatlarni   mustaqil   bajarish   istagi
tug’ilishi, “men” bilan bog’liq butunlay yangi nuqtai nazarning vujudga kelishidir.
Mazkur   davrni   inson   shaxsini   shakllantirishda   eng   murakkab   davr   desak,   xato
qilmagan   bo’lamiz.   Shunga   ko’ra   katta   yoshdagi   odamlar,   ota-onalar,   bog’cha
tarbiyachilari   shu   davrda   bolaga   undagi   o’zgarishlarni,   mu rakkab   ichki
kechinmalarning   mohiyatini   psixologik   inqirozni   inobatga   olgan   holda
munosabatda   bo’lsalar,   ijobiy   voqyelikni   keltirib   chiqaradi.   Yuqorida
aytganimizdek, bu davrda bolaning irodasi, irodaviy sifati takomillasha boshlaydi,
shaxsning   murakkab   fazilatlari   xarakter   xislatlari   barqarorlashadi.   Bola   o’zligini
anglashining   tashqi   va   ichki   belgilari   yaqqol   ko’zga   tashlanadi.   “O’zim”   bilan
bog’liq   ezgu   niyat   mustaqillikka   intilish   tuyg’usini   vujudga   keltiradi,   binobarin,
ularning   ta’siri   tufayli   unda   o’z   xulq-atvori,   “yurish-turishi”   bilan   kattalarning
maqtovi   va   olqishini   eshitish   ishtiyoqi   tug’iladi.   Shaxsning   xulqini   baholash
keyinchalik o’zini o’zi baholash darajasiga yetadi.
Katta   yoshdagi   odamlar,   ota − onalar,   tarbiyachilar   bunday   hollarda   o’zlarini
osoyishta   tutishlari,   sharoitga   qarab   bolaga   biroz   yon   berishlari,   ba’zan   ularga
aytganlarini   qildirishlari,   kerakli   paytlarda   masalani   ochiq   qoldirishlari   lozim,
chunki shaxs lararo munosabatning ba’zan muammoligicha qolishi  ham  maqsadga
muvofiqdir.   Yaxshisi   asabiylik   vaziyatida   bolaning   diqqatini   boshqa   narsaga
(obyektga)   jalb   qilish,   uni   mushkul   holatdan   chalg’itish   ma’qul.   Shaxsiy
kuzatishlarimizda   ayon   bo’ldiki,   mazkur   holat   bolaning   ruhiy   dunyosiga   qattiq
ta’sir qiladi, u o’zining nojo’ya qiliqlari kattalarga aslo yoqmayotganini  anglaydi,
ichidan chuqur iztirobga tushadi.
Shu   davrda   organizmning   tez   sur’atlar   bilan   o’sishi   oqibatida   bola       sho’x,
serg’ayrat, tinib-tinchimas,  hamma narsaga qiziquvchan, harakatchan bo’lib qoladi.
Undagi   bu   o’zgarishlar   tabiiy   ekanligini   kattalar   yaxshi   bilishlari,   o’zlarining
kichkintoylarga   muomala   va   munosabatlarini   tubdan   o’zgartirishlari   lozim. Binobarin,   bola   oldiga   qo’yiladigan   talablar   muayyan   shart   va   sharoitga   muvofiq
bo’lishi   kerak.   Amaliy   faoliyatda   jismoniy   va   ruhiy   o’zgarishlarni   hisobga
olmaslik   kattalar   bilan   bolalarning   o’zaro   munosabatlarida   qator   qiyinchiliklarni
vujudga
keltiradi;   bola   ota-onalar   va   tarbiyachilarning   gapiga   quloq   solmaydigan,
topshiriqlarni   bajarmaydigan,   qo’rs,   hyech   narsaga.   ko’nmaydigan   bo’lib   qoladi.
Bunday   xatti-harakatni   keltirib   chiqaruvchi   bosh   sabab   bolalarning   mustaqillikka
intilishini   kattalar   tan   olmasligidir.   Shuning   uchun   ular   goho   kattalardan   o’rinli
hafa bo’ladilar, nizoning sababini to’g’ri payqaydilar.
Ayrim  kishilar  bolaga  topshiriq beradilaru, le kin uning qay darajada bajarilishi
bilan   qiziqmaydilar,   bola   qanday   yutuqqa   erishganiga   e’tibor   bermaydilar.   Bola
o’ziga   kattalarning   mensimay,   hurmatsizlik   bilan   munosabatda   bo’layotganini
darrov   sezadi.   Shaxslararo   munosabatda   vujudga   kelgan   anglashilmovchilik   va
ginaxonlik ana shu holatga oqilona baho berilgunicha davom etadi.
Erkalanish  bilan  vujudga  keladigan  o’jarlik  ham  uch  yoshlilar  ruhiy dunyosida
ko’p   uchraydi.   Bolaga   me’yordan   ziyod   mehr-muhabbat   qo’yish,   uni   haddan
tashqari erkalatish, har qanday xohishini qondiraverish, talab va ehtiyojini so’zsiz
ado etish ham unda erkalik va o’jarlikni paydo qiladi. Shuningdek, bolaning xulq-
atvorini,   qilgan   ishini   maqtayverish,   uni   o’rinsiz   taltaytirish   yoki   unga   nisbatan
befarq   munosabatda   bo’lish   ham   o’jarlikni   keltirib   chiqaradi.   Bolani   e’tiborsiz qoldirish,   nazorat   qilmaslik,   tekshirmaslik   ham   noxush   oqibatlarga   olib   keladi.
Masalan,   e’tiborsizlik   bolani   qattiq   iztirobga   soladi,   unda   tanholik   tuyg’usini,
umidsizlik, begonasirash hissini vujudga keltiradi. Bular esa bolada kattalarga nis -
batan   ichki   qarama-qarshilikni,   o’zaro   ziddiyatni,   nizo   alomatlarini   tug’diradi.
Qo’p   hollarda   bolalarni   o’z   mayliga,   o’z   holiga   tashlab   qo’yiladi,   ularga   juda
barvaqt   erkinlik,   mustaqillik   beriladi,   ammo   bunday   qilish   bola   shaxsini   tezroq
takomillashtirishga   xizmat   qilmaydi.   Hayot   va   faoliyatda   har   bir   bolaning   oldiga
aniq,   yaqqol   talab   va   topshiriqlar   qo’ymaslik,   unga   homiylik   qilmaslik   uning
ruhiyatiga qattiq ta’sir etadi, u o’kinadi va ichidan kuyunadi. O’zining himoyachisi
yo’qligini   his   qilish   ham   bolada   o’jarlikni   yuzaga   keltiradi.   Boshqacha   aytganda,
bolaning   ruhiy   olamida   kattalarga   nisbatan   paydo   bo’lgan   gina−adovat   uni
o’jarlikka   yetaklaydi.   Shaxslararo   munosa batda   adolat   qaror   topgunicha,
ziddiyatning   bosh   sababchisi   o’z   xulqiga   iqror   bo’lgunicha   qarama-qarshilik
davom etadi.
O’jarlik   paydo   bo’lgan   bolaga   muomalada   uni   behuda   erkalatmaslik,
maqtamaslik,   uning   barcha   orzu-istaklarini   qondirmaslik   kerak.   Xoh   oilada,   xoh
bog’chada hammaga bir xil  bir  maromda e’tibor berish, bolani  o’z holiga tashlab
qo’ymaslik o’jarlikning oldini olishga xizmat qiladi.
Bolalarda   vujudga   keladigan   illatlar   −   o’jarlik,   qiyiqlik,   qaysarlik   va
hokazolarning   sababini   u   kamol   topayotgan   muhitdan,   unga   ko’rsatilayotgan
tarbiyaviy   ta’sirdan,   sharoitdan,   shaxsni   shakllantirish   jarayonidagi
kamchiliklardan   qidirish   lozim.   Eng   muhimi,   ota-onalar   ham,   tarbiyachilar   ham
boladagi salbiy ruhiy holat o’tkinchi ekanini bilishlari, uning sabablarini haqqoniy
aniqlashlari,   u   bilan   umu miy   til   topishlari,   unga   nisbatan   samimiy   munosabat da
bo’lishlari zarur.
Hayot   va   faoliyatda   kattalar   bolaning   shaxsini   hurmat   qilishlari,   uning
ehtiyojlari   bilan   hisoblashishlari,   his-tuyg’usini   boshqarish   imkoniyatlarini
aniqlashlari   kerak.   Bolani   sevish,   uning   yosh   xususiyatlarini   hisobga   olish,
qiziqishlariga e’tibor berish  −  o’jarlikning oldini olishning muhim shartidir. Uch   yoshli   bola   jamoat   joylarida,   ko’pchilik   orasida   o’zini   qay   tarzda   tutishi
kerakligini   bilmaydi.   Shuning   uchun   buni   kattalar   tushuntirishlari,   amaliy
ko’rsatmalar   berishlari   shart.   Biroq   bu   ish   harakat   bilan   uzviy   bog’lanmasa,
ko’zlangan natijaga erishish mumkin emas. O’yin faoliyatida bola shaxsida xulq va
odob malakalari asta-sekin shakllantiriladi.
Uch   yoshlilar   shaxsini   shakllantirishda   ularni   boshlagan   ishni   oxiriga
yetkazishga,   qiyinchiliklarni   yengishga,   sabr-toqatga,   asabiylashmaslikka,
bardoshlilikka, yig’idan o’zini tiyishga, ortiqcha xatti-harakat qilmaslikka o’rgatish
juda katta ahamiyatga ega. Bola da ijobiy−axloqiy ko’nikma va malakalar, odatlar
mustaqil   ishlarni   bajarishga   intilishda   vujudga   ke la   boshlaydi.   Shuning   uchun
kattalar   bolani   topshiriqni   qanday   bajarishini   nazorat   qilib   turishlari   lozim.
Umuman aytganda, bolani o’z holiga tashlab  qo’yish pedagogik nazokatga (taktga)
xilofdir.
Bolaning shaxsi  tarkib topishida kattalarning axloqiy ibrati alohida ahamiyatga
molikdir.   Lekin   yuksak   fazilatlarni,   insoniy   xislatlarni   shakllanti rishda   shuning
o’zigina   yetarli   emas,   chunki   bola   o’zicha   faol   harakat   qilmasa,   hamkorlikdagi
faoliyatda   ishtirok   etmasa,   unda   hyech   mahal   xulq-atvor   ko’nikmalari   hosil
bo’lmaydi.   Ma’lumki,   o’yin   faoliyatida   va   muloqotlarda   bolaning   shaxsiy
fazilatlari hamda xarak ter xislatlari uning nutqiga bog’liq holda ro’yobga chiqadi.
Bolaning   nutq   faoliyati   qanchalik   ravon   va   boy   bo’lsa,   u   ona   tilining
durdonalaridan   unumli   foydalana   olsa,   uning   o’zaro   fikr   almashishi   ham
shunchalik qulay va oson amalga oshadi. Kamolotning mazkur pallasida egosentrik
nutq muhim ahamiyat kasb etadi. Harakatli va rolli (syujetli va mazmunli) o’yinlar
(chunonchi,   “Millisioner”,   “Sotuvchi”,   “Shifokor”,   “Qorbobo”,   “Veterinar”   va
boshqalar) jarayonida amaliy xatti-harakat bilan uzviy bog’liq holda bola shaxsida
insoniy xislatlar tarkib topa boradi. O’yin faoliyati va turli o’yinlar bolada irodaviy
sifatlarni  takomillashtirishda,  his-tuyg’uni  boshqarishda  yetakchi  faoliyat  vazifani
o’taydi.  Rolli  o’yin −  maktabgacha  yoshdagi  bolalarning yetak chi  faoliyati. Rolli  o’yin
mazkur   yosh   davridagi   bola larning   eng   muhim   faoliyati   bo’lib,   ular   bunday
o’yinda   go’yo   katta   yoshdagi   odamlarning   barcha   vazifalari   va   ishlarini   amalda
bevosita   “bajaradilar”.   Shu   boisdan   o’yin   faoliyati   uchun   maxsus   yaratiladigan
sharoitlarda   ijtimoiy   muhit   voqyealari,   oilaviy   turmush   hodisalari,   shaxslararo
munosabatlarni   umumlashtirgan   holda   aks   ettirishga   harakat   qiladilar.   Bolalar
kattalarning   turmush   tarzi,   his-tuyg’usi,   o’zaro   muomala   va   muloqotlarining
xususiyatlarini, o’ziga va o’zgalarga, atrof-muhitga munosabatini yaqqol voqyelik
tarzida   ijro   etish   uchun   turli   o’yinchoqlardan,   shuningdek,   ularning   vazifasini
o’tovchi narsalardan ham foydalanadilar. Ammo shuni alohida ta’kidlash lozimki,
ijtimoiy   va   maishiy   voqyelikning   barcha   jabhalarini   qamrab   oladigan   rolli   o’yin
ularda   birdaniga   emas,   balki   turmush   tajribasining   ortishi,   tasavvur   obrazlarining
kengayishi   natijasida   vujudga   keladi   va   mohiyati   hamda   mazmuni   jihatdan
oddiydan murakkabga qarab takomillashib boradi.
Yirik   psixologlar   A.Vallon,   J.Piaje,   L.S.Vigotskiy,   S.L.Rubinshteyn,
A.N.Leontyev,   B.G.Ananyev,   D.B.Elkonin   va   boshqalarning   fikricha,   go’daklik
davrida bolaning predmetli faoliyati negizida rolli o’yin uchun eng zarur sharoitlar
asta-sekin   vujudga   kela   boshlaydi.   Mazkur   olimlar   va   ularning   shogirdlari
to’plagan ma’lumotlarga asoslanib rolli o’yinni vujudga keltiruvchi muhim omillar
qatoriga   quyidagilarni   kiritish   mumkin:   1)   go’daklik   davridagi   predmet   bilan   uni
harakatlantirish   orasidagi   bog’liqlik   o’z   ahamiyatini   yo’qota   boradi,   natijada
predmet   bilan   harakat   alohida   hukm   surish   imkoniyati   tug’iladi   va   bola   ularni
alohida   umumlashgan   tarzda   aks   ettira   boshlaydi;   2)   bola   haqiqiy   o’yinchoqlar o’rniga   ularning   asl   mohiyatini   to’la   aks   ettirolmaydi gan   yasama   va   beo’xshov
nusxalaridan keng foydalanadi  (fabrikada   tayyorlangan qo’g’irchoq yoki avtomobil
o’r niga   uyda   yasab berilgan shunday narsalar bilan   qa noatlanish);   3)   bolaning   o’z
xatti-harakatlari   katta larning   ishlaridan   farqlanishiga   intilishi,   unda   o’ziga   xos
shaxsiy   harakat   ko’nikmasining   paydo   bo’lishi;   4)   bolada   o’z   xatti-harakatini
kattalar   faoliyati   bilan   qiyoslash,   harakatlarning   mohiyatini   muvofiqlashtirish   va
aynan   tuzilishi   jihatdan   bir − biriga   yaqinlashtirish   istagining   tug’ilishi;   5)   bola
katta larning   hayoti   va   faoliyatida   uchrab   turadigan,   odatdagi   turmush
muammolarini o’zida aks ettiruvchi, ma’naviy va maishiy ko’rinishga ega bo’lgan
hayot   jabhasini   o’z   xatti-harakatida   izchil   ravishda   tiklashga   (ularning   rolini
bajarishga) urinishi.
Rolli o’yin faoliyatini vujudga keltiruvchi eng za rur omillardan biri  −  bolada o’z
xatti-harakatini   kattalar   xatti-harakati   bilan   solishtirish,   undan   nusxa   olish,   aynan
unga o’xshatish tuyg’usining mavjudligidir. Xuddi shu sababli kattalar va ularning
xatti-harakatlari bolaning ham tashqi, ham ichki ibrat namunasi bo’ladi va kattalar
uning xulq-atvori yurish-turishining ham obyekti, ham subyekti hisoblanadi.
Go’daklik   davridan   maktabgacha   yoshga   o’tgan   bola larning   faoliyati   kattalar
rahbarligidagi faoliyatdan mustaqil o’z-o’zini nazorat qilish darajasiga o’sib o’tadi.
Biroq   yuqorida   ta’kidlangan   barcha   shart-sha roitlar   o’zaro   uzviy   bog’lanmasligi
sababli har qan day rolli o’yinning negizi vazifasini o’tay olmaydi va shunga ko’ra
ma’lum davrgacha o’yin faoliyati predmetlarga bog’liq tarzda amalga oshadi.
O’yin   faoliyatini   takomillashtiradigan   sharoitlarni   tadqiq   qilgan
N.M.Aksarinaning   ta’kidlashicha,   o’yin   o’z-o’zidan   vujudga   kelmaydi,   buning
uchun kamida uchta sharoit mavjud bo’lishi kerak: a) bolaning ongida uni qurshab
turgan   voqyelik   to’g’risidagi   xilma-xil   taassurotlar   tarkib   topishi;   b)   har   xil
ko’rinishdagi   o’yinchoqlar   va   tarbiyaviy   ta’sir   vositalarining   muhayyoligi;   v)
bolaning   kattalar   bilan   tez-tez   muomala   va   muloqotga   kirishuvi.   Bunda
kattalarning bolaga bevosita ta’sir ko’rsatish uslubi hal qiluvchi rol o’ynaydi.
Yuqorida   tahlil   qilingan   obyektiv   shart-sharoitlarning   o’zi   rolli   o’yinlarni
yaratish   uchun   hali   yetarli   emas,   buning   uchun   bola   bilan   kattalar       o’rtasidagi munosabatni   tubdan   o’zgartirish   lozim,   aks   holda,   mustaqillik   vujudga   kelmaydi.
Bunda kattalar bolaga nisbatan talabchanlikni     oshirishlari, uni mustaqil ravishda
xatti-harakat   qilishga   majbur   etishlari   ma’qul.   Shunga   o’xshash   tadbirlar   bolada
mustaqillik   va   mustaqil   faoliyatni   tashkil   qilish   uquvini   shakllantiradi.
Maktabgacha   yoshdagi   bola   asta-sekin   kattalarning   hayoti   va   faoliyati   dunyosiga
kirib bora di, oldin hamkorlikdagi faoliyatda namoyon bo’lgan ijobiy his-tuyg’ular,
shijoat   va   dadillik   sari   yetaklovchi   ruhiy   kechinmalar   ibrat − namuna   darajasiga
ko’tarilgan   kattalarning   ruhiy   olamiga   ko’chiriladi.   Endi   bolaning   o’zi   mustaqil
ravishda  kattalarning hayoti va faoliyatiga kirishish  yo’llarini      topa bosh laydi. U
keyinchalik   katta   kishilarning   hayoti   va   faoliyatining   barcha   jabhalarida   va
shaxslararo   munosabatlarida   qatnashish   istagini   ko’rsatadigan   bo’ladi.   Shuning
uchun   rolli   o’yin   u   kattalar   bilan   bola   o’rtasidagi   yangicha   munosabatlar   asosida
vujudga kela di, deb xulosa chiqarish mumkin. Rolli o’yin vujudga kelishi jihatidan
ijtimoiy xususiyatga ega bo’lib, kattalarning hayoti va faoliyatini qayta tiklash va
takrorlashdan boshqa narsa emas, shuningdek, bu o’yin faoliyati o’zining mazmuni
va   mohiyati   bilan   ham   ijtimoiydir.   Rolli   o’yin   bola   mustaqil   faoliyatining   yorqin
namunasi   hisoblanib,   u   o’yinning   mazmuni   orqali   kattalarning   hayoti   bilan
yaqindan   tanishadi.   Kichik   maktabgacha   yoshdagi   bolalarning   rolli   o’yin larda
faoliyatini,   ana   shu   o’yin   sharoiti   va   predmetli   harakatning   o’zaro   munosabatini
tekshirgan L.S.Sla vina rolli o’yinlarda ko’pincha asosiy e’tibor o’yinchoqlar bilan
harakat   qilishga   qaratilishini,   bunda   o’yinchoq   harakatining   xususiyati   subyekt
uchun   yetakchi   faoliyat   vazifasini   o’tashini,   bu   jarayonda   rol   ikkinchi   darajali
alomatga aylanib qolishini, ammo bola o’yinlar (“Kubcha”, “Geometrik shakllar”,
“Tushki   ovqat   tayyorlash”   kabi   ta’limiy   mushg’ulotlar)da   qandaydir   vazifani
bajarishini   qayd   qiladi.   Olimaning   yozishicha,   rol   va   o’yinning   shart-sharoitlari
bolaning   harakati   uchun   farqi   yo’q   narsalar   emas,   bola   jismlarga   ijtimoiy
mazmunni aks ettiruvchi voqyelik si fatida yondashadi.
Shunday   qilib,   psixologik   adabiyotlar   tahliliga   tayanib   maktabgacha   yoshdagi
bolalarning   o’ziga   xos   xususiyatlari   qatoriga   quyidagilarni   kiritish   mumkin:   1)
bola   odamlarning   faoliyati,   ularning   predmetlarga   munosabati   va   o’zaro muomalasiga   qiziqadi;   2)   bola lar   rolli   o’yinda   atrofdagi   voqyelikning   eng   tashqi
ifodali, jo’shqin his-tuyg’uli jihatlarini aks ettiradilar;  3)   rolli o’yinda bola kattalar
bilan bir xil sharoitda, yagona zaminda yashayotganini his etgan holda o’z istagini
amaliyotga   tatbiq   qiladi;   4)   katta larning   hayoti   va   faoliyatiga   kirish   bolaning
tasavvuri   timsollari   tariqasida   namoyon   bo’lsa   ham,   umuman   uning   chinakam
shaxsiy hayotida o’chmas iz qoldiradi.
Maktabgacha yosh davrida o’yinning takomillashuvi.
Psixologiyada   qabul   qilingandek,   rolli   o’yin   faoliya ti   syujet   va   mazmundan
tashkil   topadi.   Odatda   syujet   deganda,   o’yin   faoliyatida   bolalar   aks   ettiradigan
voqyelikning   doirasi   tushuniladi.   O’yin   syujeti   turli   davrga,   sinfiy   xususiyatga,
oilaviy   turmush   tarziga,   geografik   va   ishlab   chiqarish   sharoitlariga   bog’liq   holda
yaratiladi.   Bola   munosabatga   kirishadigan   voqyelik   doirasi   qanchalik   tor,
cheklangan   bo’lsa,   o’yinning   syujeti   shunchalik   xira   va   bir   xil   ekanligini   aks
ettiradi.
O’yinlarning   syujeti   xilma-xilligiga   qaramay,   ularni   maxsus   guruhlarga
biriktirish imkoniyati mavjuddir. Masalan, yirik psixolog Ye.A.Arkin o’yinlarning
quyidagi tasnifini tavsiya qiladi:   1)   ishlab chiqarishga (texnikaga): sanoat, qishloq
xo’jaligi,   qurilish,   kasb-hunarga   oid   o’yinlar;   2)   maishiy ro’zg’or   va   ijtimoiy-
siyosiy: bog’cha, maktab, kundalik turmushga oid o’yinlar;   3)   harbiy: urush-urush
o’yinlari;  4)   dramalashtirilgan: kino, spektakl va boshqalarga oid o’yinlar. Biz shu
tasnif   haqida   L.S.Vi gotskiy,   A.N.Leontyev,   D.B.Elkonin   singari   psixologlarning
tanqidiy   mulohazalariga   to’la   qo’shilamiz,   chunki   harbiy   va   dramalashtirilgan
o’yinlarni   ham   ijtimoiy-siyosiy   guruhga   kiritish   mumkin.   Bizningcha,
D.B.Elkoninning   tasnifi   ma’quldir.   U   maktabgacha   yoshdagi   bolalarga   xos   rolli
o’yinlarning   syujetiga   ko’ra   uchta   guruhga   ajratishni   tavsiya   qiladi:   1)   maishiy
mavzu   syujetiga   oid   o’yinlar;   2)   ishlab   chiqarish   syujetiga   taalluqli   o’yinlar;   3)
ijtimoiy-siyosiy   syujetli   o’yinlar.   Muallif   ayrim   o’yin   turlari   maktabgacha
yoshdagi   bolalarning   barcha   bo’g’inlariga   mosligini,   syujetlar   maishiydan   ishlab
chiqarishga   qarab   va   undan   ijtimoiy-siyosiy   voqyealarni   aks   ettirishga   qarab
rivojlanishini   alohida   uqtiradi.   Uning   fikricha,   o’yin   syujetidagi   bunday   izchillik bolaning bilim saviyasi, turmush tajribasi kengayishi uning katta yoshdagi odamlar
turmushiga chuqurroq kirib borishi bilan bog’liqdir. Darhaqiqat, o’yin syujetining
o’sishi   turmushning   tobora   yangi   qirralarini   aks   ettirish   bilan   cheklanib   qolmay,
muayyan   syujetning   o’ziga   xos   boshqa   ko’rinishlari   bilan   boyishi   sababli   ham
amalga oshadi.
Bolalarga tarbiyaviy ta’sir ko’rsatish jarayonini to’g’ri tashkil qilish orqali o’yin
syujetlarining   ko’lamini   rejali   kengaytirish   mumkin.   Yosh   va   pedagogik
psixologiya   fanida   qat’iy   ifodalanganidek,   bola   bog’chaga   kelganda   uning   o’yin
syujeti   faqat   oilaviy   turmushdagi   voqyealarni   aks   ettirsa,   sayrlarga   olib   borish,
tabiatni   kuzatish   natijasida   o’yinning   turlari   ko’payib   boradi:   bog’cha,   hayvonot
bog’i,   oshxona,   poyezd,   paroxod,   sartarosh,   sotuvchi   kabi   o’yinlar   qo’shiladi.
Bolaning   yoshi   ulg’aya   borishi   bilan   o’yinning   muddati   ham   uzayib   boradi.
Mazkur   jarayonni   tadqiq   qilgan   A.P.Usovaning   ma’lumotiga   ko’ra,   3−4   yoshli
bola larning   o’yin   faoliyati   10−15   daqiqa,   4−5   yoshli   bolalarning   o’yin   faoliyati
40−50   daqiqa,   katta   maktab gacha   yoshidagilarning   o’yin   faoliyati   bir   necha
soatgacha cho’zilishi  mumkin. Hatto, bir  turdagi  uyinlarning syujetlari butun kun
bo’yi,   qolaversa,   undan   ham   ortiq   vaqt   davom   etadi.   Bu   hol   bola   o’yin   faoliyati
jarayonida   hayot   faoliyatning   u  yoki   bu  qirrasini   muhim   jihatini   alohida   ifodalab
ijro  etadi,  deyishga  hyech  qanday   asos   bo’la   olmaydi.   Chunki   psixolo giya  fanida
hozirgacha   to’plangan   ilmiy   ma’lumotlar   bunday   muammolarga   javob   bera
olmaydi.
D.B.Elkonin   o’z   tadqiqotida   rolli   o’yinning   syujeti   bilan   bir   qatorda   uning
mazmuni   ham   mavjud   ekanligini   yozadi.   Uning   fikricha,   o’yinda   bola   kattalar
faoliyatining   asosiy   jihati   (tomoni)ni   aniqroq   aks   ettirishi   o’yinning   mazmunini
tashkil qiladi.
L.S.Slavina   to’plagan   ma’lumotlarga   qaraganda,   maishiy   turmushga   aloqador
bir   xil   syujetli   o’yin,   maktabgacha   yoshdagi   bolalarning   yosh   xususiyatiga   qarab
(kichik,   o’rta,   katta)   turlicha   yo’sinda   amalga   oshirilgan.   Kichik   maktabgacha
yoshdagi  bolalar bir xil o’yinchoqlar bilan bir  necha marta takroriy yoki ortiqcha
harakat qiladilar. Ularning o’yin mazmunini o’yinchoq bilan bajarishi kattalarning harakatlarini   takrorlashdir.   Agar   ular   “Mehmon-mehmon”   o’ynayotgan   bo’lsalar,
barcha harakatlarni (mehmonni kutib olish, dasturxon yozish, hol-ahvol so’rash va
hokazolarni) buyumlar bilan izchil bajaradilar. Harakatlarni so’z bi lan qisqartirish
hollari bolalar faoliyatida kam uchraydi. O’yinning mazmuni asosan o’yinchoqlar
bilan   bajariladigan   harakatlarda   o’z   ifodasini   topadi,   rolni   ijro   etish   hamkorlikda
emas, balki yonma-yon, bir-birini to’ldirishdan ancha yiroq tarzda amalga oshadi.
Katta maktabgacha yoshdagi bolalarda o’yin faoliya ti mutlaqo boshqacha o’tadi,
chunonchi   bir   harakat   ik kinchi   harakat   bilan   uzluksiz   bog’lanib   ketadi,   ba’zi   bir
harakatlar   esa   so’z   yordamida   qisqartiriladi   (“keling,   xush   ko’rdik”   harakat   bilan
emas,   balki   so’z   orqali   ifodalanadi)   va   umumlashtiriladi.   Rolli   o’yin   bolalarning
hamkorlikdagi faoliyati mahsuli tariqasida vujudga keladi. Bu yoshda rol tanlashda
ishtirokchilar   o’rtasidagi   nizolar,   tortishuvlar   kamayadi,   rolga   o’zini   loyiq   deb
bilish   o’zidagi   mavjud   buyumlardan   kelib   chiqmaydi   (masalan,   qalam   −
o’qituvchi,   qaychi   −   tikuvchi   rolini   olish   uchun   asos   bo’la   ol maydi),   balki
o’yinning   mazmunidan,   hamkorlikdagi   faoliyat   nuqtai   nazaridan   kelib   chiqadi.
Natijada   ular   kichik   maktabgacha   yoshdagilarga   o’xshab   rolni   almashtirish,   bir
buyumdan   boshqasiga   bir   obrazdan   ikkinchisiga   o’tishdek   beqaror   harakatlar
qilmaydilar.
O’rta   maktabgacha   yoshdagi   bolalarda   rolni   taqsimlash   yoki   uni   tanlash   o’yin
faoliyatiga  kirishishdan  ancha  ilgari  amalga oshiriladi, bunga shu  guruh boshlig’i
bevosita   rahbarlik   qiladi.   Shuning   uchun   kim   qanday   rolga   munosibligi   uzoq
tortishuvlarga   sabab   bo’ladi.   Tortishuvlar   va   bahslar   katta   yoshli   odamlarning
aralashuvi   natijasida   adolatli   hal   qilinadi.   Bolalar   o’rtasidagi   va   asar
qahramonlarining bir-biriga munosabati o’yin faoliyatida bosh   masala ga aylanadi.
Ular   amalga   oshiradigan   xatti-harakatlar   umumlashgan   bo’lsa   ham,   o’yinning
mazmuni   (ona   va   bola,   pattachi   va   yo’lovchi,   sotuvchi   va   xaridor,   tarbiyachi   va
tarbiyalanuvchi kabi) shaxslararo munosabatlarni aks ettirishga ko’chadi.
Katta maktabgacha yoshdagi bolalarning o’yin fao liyati negizida va mazmunini
ular   o’z   zimmasiga   olgan   rolning   mohiyatidan   kelib   chiqib   o’yinning   barcha qoidalariga   rioya   qilish   tashkil   etadi.   Tengqurlar   orasidagi   bahs   va   tortishuvlar
o’yin qoidalari  va talab lari qanchalik to’g’ri bajarilayotgani haqida bo’ladi.
O’yin   mazmunining   rivojlanishi   bolaning   katta lar   hayoti   va   faoliyatining
mohiyatiga   chuqurroq   kirib   borishida,   atrofdagi   voqyealarga   munosabati
o’zgarishida,   shuningdek,   o’yin   mazmuni   hamda   syujeti   ijtimoiy   shart-sharoit   va
jamiyat   a’zolari   turmushining   tobora   to’g’ri   aks   ettirishida   ko’rinadi.   Shuning
uchun   bolalarda   rolli   o’yin   qobiliyatining   o’sishi   o’z-o’zicha   yuzaga   kelmaydi,
balki   kattalarning,   tarbiyachilarning   ta’siri   natijasi,   atrof-muhit   bilan   tanishish,
sayr lar   uyushtirish,   shaxslararo   munosabatlarning   mohiyatini   tushunish   va
hokazolar natijasida amalga oshadi.
A.P.Usovaning   tadqiqotida   ta’kidlanishicha,   rol li   o’yin   ishtirokchilarining   safi
yosh   ulg’ayishiga qarab, jinsiy tafovutlarga binoan kengayib boradi: a)   uch   yoshli
bolalar   2−3   tadan   guruhga   birlashib   3−5   daqiqa   birga   o’ynay   oladilar;   2)   4−5
yoshlilar guruhi   2−5   ishtirokchidan iborat bo’lib, ularning hamkorlikdagi faoliyati
40−50   daqiqa davom etadi, o’yin davomida qatnashchilar soni  ortib ham  boradi;  3)
6−7   yoshli   bolalarda   rolli   o’yinni   guruh   yoki   ja moa   bo’lib   birga   o’ynash   istagi
vujudga keladi, na tijada avval rollar taqsimlanadi, o’yinning qoidalari va shartlari
tushuntiriladi   (o’yin   davomida   bolalar   bir-birlarining   harakatini   qattiq   nazorat
qiladilar).
Qator   ilmiy   tadqiqotlarda   isbotlanishicha,   o’yinda   tarbiyaviy   ta’sir   jamoasi
to’g’ri   uyushtirilsa,   bo lalar   hayotida   juda   murakkab,   nozik   psixologik   me xanizm
paydo   bo’ladi   va   shaxslararo   munosabat   boshqacharoq   tus   oladi.   Bolalar
jamoasidagi   o’zaro   muno sabatlar,   muloqotlar   o’yinning   mazmunini   boyitadi,
syujetning ko’lamini kengaytiradi, rollardagi g’oyalar barqarorlashib boradi. Guruh
va jamoa bo’lib o’ynash orqali bolalarda jamoa harakati qoidalari, axloq normalari,
o’zaro   yordam   ko’nikmalari   va   boshqa   umuminsoniy   qadriyat,   ma’naviyat   va
ruhiyatning   tarkibiy   qismlari   shakllanadi.   Shuning   uchun   o’yin   faoliyatida   jamoa
a’zolarining qoidaga muvofiq harakat qilishlari alohida ahamiyat kasb etadi, o’yin
davomida   rollarni   bajaruvchilar   o’zlarining   aloqalari   orqali   bir-birlari   bilan   uzviy bog’lanishlarini,   o’yinni   muvaffaqiyat   bilan   yakunlash,   oxiriga   yetkazish   uchun
birgalikdagi harakat qanchalik zarurligini anglay boshlaydilar.
D.B.Elkonin   va   uning   shogirdlari   to’plagan   ma’lumotlarga,   shaxsiy
kuzatishlarimizga   ko’ra,   bola   biror   rolni   o’ynashni   o’z   zimmasiga   olishining   eng
zarur   sharti   unda   kattalar   faoliyatining   muhim   xususiyat   va   belgilarini   aniq
ifodalash   uquvining   unda   mavjud   bo’lishidir.   O’yin   faoliyatida   bola   o’z   xatti-
harakatini   real   harakatlar   mantiqiga   moslashtiradi,   o’yin   talablariga   to’la
bo’ysundiradi.   Binobarin,   u   mazkur   jarayonda   voqyelikdan   uzoqlashmaydi,
aksincha, unga yanada yaqinlashadi, o’yindan tashqari holatda qurbi yetmaydigan
mohiyat ichiga chuqur kirib boradi.
D.B.Elkonin harakatli  o’yinning qoidalari  mazmuni  o’zaro bog’liqligidan kelib
chiqib ularni besh  guruhga ajratadi:   1)   harakatga taqlid qilish:  taqlidiy-prosessual
o’yinlar;  2)  muayyan  syujetni  dramalashtirgan  o’yinlar;  3)  syujeti  oddiy  o’yinlar;
4) syujetsiz qoidali o’yinlar; 5) aniq maqsadga qaratilgan mashqlardan iborat sport
o’yinlari.   
Bolani   o’yinga   undagan   omil   uning   katta   yoshdagi   odamlarning   borliq
to’g’risidagi   va   shaxslararo   muno sabati   haqidagi   tasavvuri   va   ularni   o’z   shaxsiy
fao liyatida   sinab   ko’rish   istagidir,   shuningdek,   jamoa   bo’lib   o’ynayotgan
tengqurlari   bilan   bevosita   muloqotga   kirishish   ishtiyoqidir.   Yosh   va   pedagogik
psixologiya  fanida  to’plangan  ma’lumotlar   tahliliga asoslanib,   mazkur  yosh  davri
bo’yicha   quyidagi   xulosani   chiqarish   mumkin:   1)   o’yin   faoliyatida   bola   turli
harakatlarni   to’laligicha   namoyish   etishga,   ularni   bajarish   usullarini   ko’rsatishga
ishtiyoqmand   bo’ladi;   2)   keyinchalik   esa   barcha   xatti-harakatlarni   umumlashtirib
aks ettirishga urinadi.
Bola o’sib borgan sayin narsalar va o’yinchoqlarniig nomini o’zgartirish, yangi
nom   bilan   atash   yengillashadi.   Shuningdek,   faqat   yangi   vaziyatda   jismlar   nomini
o’zgartirish   bilan   kifoyalanib   qolmay,   ularni   yangi   nomga   muvofiq   qo’llash
imkoniyati   ham   vujudga   keladi.   O’yin   faoliyatida   foydalaniladigan   narsalar ii
yangicha nomlash qator muammoli vaziyatlarni vu judga keltiradi. O’yin faoliyatida narsalar nomini o’zgartirish o’zining psixologik mohiyati bilan
murakkab holat hisoblanadi. Ayniqsa, so’z bilan predmetning o’zaro munosabatida
ularga uzviy bog’liq harakatlar alohida ahamiyat kasb etadi.
Yuqoridagi   mulohazalar   asosida   aytish   mumkinki,   katta   kishilar   hayoti   va
faoliyatining   o’rnini   bosuvchi   ashyolar   ularning   harakatini   umumlashgan   holda
ifodalashning   moddiy   tayanchi   hisoblanadi.   Shunday   ekan,   o’yin   faoliyatida   bola
harakatining   rivojlanishi   o’yin   mazmuniga   ko’proq   bog’liqdir.   Chunki   bolaning
xatti-harakati   qanchalik   ixcham   va   umumlashgan   bo’lsa,   u   kattalarning   faoliyati
mazmunini   aks   ettirishdan   shunchalik   yiroqlashadi.   Binobarin,   u   odamlarning
narsalarga   va   bir-biriga   munosabatini   amalda   bajarishga   o’tadi   va   shuning   uchun
narsalar   bilan   harakat   qilishda   kattalarning   ijtimoiy   munosabatlarini   to’g’ri
ifodalashga intiladi.
Har   qanday   o’yinning   va   o’yin   faoliyatining   markazida   bola   katta   kishilarning
faoliyati   va   o’zaro   mu nosabatini,   muomalasini   o’ziga   xos   tarzda   aks   ettirishi,
takrorlashi imkoniyati turadi. Shunga ko’ra o’yin ijtimoiy ahamiyat kasb etib, bola
insoniyat   tomonidan   asrlar   davomida   yaratilgan   qimmatli   bilimlar,   amaliy
ko’nikmalar,   malakalar   va   odatlarni   o’rganishiga   imkon   yaratadi,   oqibatda   uni
shaxslararo muloqotning mohiyatiga olib kiradi.
Bolaning  psixik o’sishida o’yinning ahamiyati
Ko’pchilik psixologlar hamda pedagoglar o’yinning psixologik masalalari bilan
bevosita  shug’ullanib, o’yinlarning bolani   psixik kamol   toptirishdagi  ahamiyatiga
alohida to’xtalib o’tganlar. Ma’lumki, o’yin bola uchun voqyelikni aks ettirishdir.
Bu   voqyelik   bolani   qurshab   turgan   voqyelikdan   ancha   qiziqarlidir.   O’yinning
qiziqarliligi uni anglab yetishning osonligidadir. Kattalar hayotida faoliyat, xizmat,
yumush   qanday   ahamiyatga   ega   bo’lsa,   bola   hayotida   o’yin   ham   xuddi   shunday
ahamiyat kasb etishi mumkin.
Jahon   psixologiyasi   fanida   to’plangan   boy   ma’lumotlarga   asoslanib,
quyidagicha   mulohaza   yuritish   mumkin.   Masalan,   eng   sodda   psixik   jarayondan
eng   murakkab   psixik   jarayongacha   hammasining   eng   muhim   jihatlarini
shakllantirishda o’yinlar katta rol o’ynaydi. Maktabgacha  yoshdagi  bolalarda  harakatning o’sishiga  o’yinning ta’siri  haqida
gap borganida avvalo shuni aytish kerakki, birinchidan, o’yinni  tashkil  qilishning
o’ziyoq  mazkur  yoshdagi   bolaning  harakatini   o’stirish   va  takomillashtirish  uchun
eng   qulay   shart-sharoit   yaratadi.   Ikkinchidan,   o’yinning   bola   harakatiga   ta’sir
etishining   sababi   va   xususiyati   shuki,   harakatning   murakkab   ko’nikmalarini
subyekt  aynan o’yin paytida emas,  balki bevosita mashg’ulot  orqali  o’zlashtiradi.
Uchinchidan,   o’yinning   keyinchalik   takomillashuvi   barcha   jarayonlar   uchun   eng
qulay   shart-sharoitlarni   vujudga   keltiradi.   Shu   boisdan   o’yin   faoliyati   xatti-
harakatni   amalga   oshirish   vositasidan   bolaning   faolligini   ta’minlovchi   mustaqil
maqsadga aylanadi. Negaki, u (o’yin) subyekt (jonzot) ongining dastlabki obyekti
darajasiga   o’sib   o’tadi.   Maktab gacha   yoshdagi   bola   muayyan   xususiyatga   ega
bo’lgan   rolni   tanlaydi,   shu   bilan   birga   u   yoki   bu   personajga   xos   qat’iy   yurish-
turishni   ongli   ravishda   ijro   etishga   intiladi.   Shunday   ekan,   o’yin   mazkur   bola
uchun   eng   zarur   faoliyatga   aylana   boradi   va   yangi   shakldagi   harakatlarni
takomillashtirish, ularni anglagan holda esga tushirish ehtimoli yaqqol voqyelikka
aylana  boshlaydi.  Mazkur   harakatlarni   egallash  bolada  jismoniy mashqlarni  ongli
ravishda bajarish imkoniyatini vujudga keltiradi (A.V.Zaporojes).
Bolaning   o’yinlar   shart-sharoitidan   kelib   chiquvchi   ongli   maqsadi   harakatlarni
bajarish kezida o’z ifodasini topadi va uning o’z oldiga qo’ygan maqsadi esda olib
qolish va esga tushirish jarayonlariga aylanadi.
Bolalar laboratoriya sharoitiga nisbatan o’yinlarda ko’proq so’zlarni eslab qolish
va esga   tushirish  imkoniyatiga  ega  bo’ladilar,  bu esa  ixtiyoriy xotira xususiyatini
chuqurroq ochishga yordam beradi. Tajribada yig’ilgan ma’lumotlarni tahlil qilish
quyidagicha   xulosa   chiqarish   imkonini   berdi:   a)   o’yinda   bola   tomonidan   ma’lum
rol   tanlash   va   uni   ijro   etish   jarayoni   bir   talay   axborotlarni   eslab   qolishni   talab
qiladi   b)   shu   boisdan   personajning   nutq   boyligini   egallash,   xatti-harakatini
takrorlashdan iborat ongli  maqsad bolada oldinroq paydo bo’ladi va oson amalga
oshadi.
O’yin faqat bilish jarayonlarini takomillashtirib qolmay, bolaning xulq-atvoriga
ham   ijobiy   ta’ sir   ko’rsatadi.   Maktabgacha   yoshdagi   bolalarda   o’z   xulqini boshqarish   ko’nikmalarini   tarkib   toptirishga   bog’liq   psixologik   muammoni
o’rgangan   Z.V.Manuylenkoning   fikricha,   biror   maqsadga   yo’naltirilgan
mashg’ulotga   nisbatan   o’yinda   xulq   ko’nikmalarini   oldinroq   va   osonroq   egallash
mumkin.   Ayniqsa,   bu   omil   maktabgacha   yoshdagi   bolalarda   yosh   davrining
xususiyati   sifatida   o’zining   yorqin   ifodasini   topadi.   Katta   mak tabgacha   yoshdagi
bolalarda   o’z   xulqini   o’zi   boshqarish   ko’nikmasi   o’yin   faoliyatida   ham,   boshqa
sharoitlarda   ham   qariyb   baravarlashadi.   Ba’zan   ular   ayrim   vaziyatlarda,   masalan,
musobaqa paytida o’yindagiga qa raganda yuqoriroq ko’rsatkichga ham erishishlari
ham mumkin. Yuqoridagi  mulohazalar asosida  umuman aytganda, o’yin va o’yin
faoliyati bolada o’z xulqini boshqarish ko’nikmalarini shakllantirish uchun muhim
ahamiyat kasb etadi.
Bolaning   aqliy   o’sishi   to’g’risida   fikr   yuritilganda,   oldingi   bobda   qayd
qilinganidek,   shuni   ham   aytish   kerakki,   narsalarni   yangi   nom   bilan   atashda   yoki
yangicha   nomlash   holatidan   kelib   chiqib,   subyekt   o’yin   pay tida   faol   harakat
qilishga   urinadi.   Chunki   u   moddiy   narsalarga   asoslangan   harakat   rejasidan
tasavvur qilinayotgan, fikr yuritilayotgan jismlar mohiyatini aks ettiruvchi harakat
rejasiga  o’tadi. Bola jismlarning moddiy shaklidan  birdaniga xayoliy ko’rinishiga
o’tishida  unga tayanch nuqtasi  bo’lishi  kerak,  vaholanki  shunday tayanch  nuqtasi
vazifasini   o’tuvchi   narsalarning   aksariyatidan   o’yinda   bevosita   obyekt   sifatida
foydalaniladi.   O’yin   faoliyatida   mazkur   jism lar   qandaydir   alomatlarni   aks
ettiruvchi   sifatida   emas,   balki   ana   shu   tayanch   narsalar   to’g’risida   fikrlash   uchun
xizmat qiladi, shuningdek, tayanch nuqtasi harakatning yaqqol narsa bilan bog’liq
jihatini   aks   ettiradi.   Yuqorida   aytilganidek,   narsa   bilan   o’yin   harakatlarining
takomillashuvi   harakat   shakli,   xususiyati,   bosqichi   kabilarni   qisqartirish   va
umumlashtirish   hisobiga   amalga   oshiriladi.   O’yin   harakatlarining   qisqarishi   va
umumlashuvi   ularning   aqliy   ko’rinishdagi   mantiqan   izchil,   yig’iq   shaklga
o’tishning asosini tashkil qiladi.
Psixolog J.Piaje o’yinda jismlarga yangi nom berish omiliga jiddiy e’tibor bilan
qarab,   bu   ish   ramziy   ma’noli   tafakkur   shakllanishining   tayanchi,   degan   xulosaga
keladi. Lekin bu xulosa vaziyatni aks ettirishning birdan-bir to’g’ri yo’li ekanligini bildirmaydi.  Shuning uchun narsaning nomini o’zgartirish bilan bolada tafakkur va
aql-zakovat o’sishini kutish ham mantiqqa mutlaqo ziddir. Aslida narsalarni qayta
nomlash emas, balki o’yin harakatlarining xususiyatini o’zgartirish bolaning aqliy
o’sishiga   sezilarli   ta’sir   o’tkaza   oladi.   Darhaqiqat,   o’yin   faoliyatida   bolalarda
harakatning   yangi   ko’rinishi,   ya’ni   uning   fikriy,   aqliy   jihati   namoyon   bo’ladi   va
shuning   uchun   o’yin   harakatlarini   shakllantirish   jarayonida   bolada   fikrlash
faoliyatining   dastlabki   ko’rinishi   vujudga   keladi.   Bolaning   aqliy   kamol   topishida
yoki uning umumiy kamolotida o’yinning muhim ahamiyat kasb etishi xuddi mana
shu dalil orqali o’z ifodasini topadi.
Bola   o’yin   faoliyatida   maktab   ta’limiga   tayyorlanib   boradi,   shu   boisdan,   unda
aqliy harakatlarning yaqqol shakllari tarkib topa boshlaydi. Lekin o’yin faoliyatida
bolaning aqliy o’sishini  chuqurroq izohlab berish hali yetarli tajriba ma’lumotlari
mavjud emas.
Rolli   o’yin   faqat   alohida   olingan   psixik   jarayon   uchun   ahamiyatli   emas,   balki
bolada   shaxsiy   xususiyat   va   fazilatlarni   shakllantirishda   ham   zarurdir.   Binobarin,
katta   yoshdagi   odamlar   rolini   tanlab,   uni   bajarish   bolaning   his-tuyg’usini
qo’zg’atuvchilar   bilan   uzviy   bog’liq   holda   namoyon   bo’ladi.   Chunki   o’yin
davomida   bolada   har   xil   xohish   va   istaklar   tug’ila   boradi,   bular   boshqa
narsalarning   tashqi   alomatlari,   o’ziga   rom   etishi   sababli   hamda   bolaning
ixtiyoridan tashqari, tengdoshlarining ta’siri ostida tug’iladi.                 Adabiyotlar.
1. Oilaviy hayot etikasi va psixologiyasi. O.To’rayeva. Tosh-t. O’qit. - 1990.
2. Yusupov E., Ismoilov. Inson odobi bilan. -T., O’zb-n., 1983.
3. Mirtursunov.Z.F. O’zbek xalq pedagogikasi. -T., «Fan», 1973.
4. Oila   pedagogikasi.   A.Munavvarov.   Xalq   pedagogikasi   va   ma’naviy
qadriyatlar tarbiya manbai.  Tosh-t. O’qit. - 1992.
5. Talabalar   uchun   psixologiyasidan   topshiriqlar.     L.P.Xoxlova.   -T.,   O’qit.   -
1992.
6. Mirzakalon Ismoiliy. Odamiylik qissasi. -T., «O’zbek-n»., 1975.
7. Psixologiya v semye. I.Plotniyeks. Moskva.  «Pedagogika» 1991.
8. Oila tayanchi.Ilmiy maqolalar to’plami., Toshkent T.D.P.U. 1998.

MAKTABGACHA YOSH DAVRIDA PSIXIK RIVOJLANISH XUSUSIYATLARI Reja: 1. Maktabgacha yosh davrida psixofiziologik taraqqiyotning umumiy tavsifi. 2. O‘yin maktabgacha yoshdagi bolaning etakchi faoliyati sifatida (o‘yin faoliyatining mohiyati, turlari, bilish jarayonlari va shaxs taraqqiyotiga ta`sir ko‘rsatish mexanizmlari, o‘yinchoqning bola psixik rivojlanishiga ta`siri muammosi). 3. Maktabgacha yosh davrida bilish jarayonlari va nutqning rivojlanishiga xos xususiyatlar. J.Piaje fenomenlari haqida tushuncha. 4. Maktabgacha yosh davrida tafakkur egotsentrizmi muammosi. 5. Maktabgacha yosh davrida emotsional-irodaviy sifatlarning rivojlanish xususiyatlari. Maktabgacha yosh davrida ijtimoiy emotsiyalarning shakllanishi. 6. Maktabgacha yosh davrida motivatsion sohadagi o‘zgarishlar. 7 yosh inqirozi, uning sabablari va alomatlari. Maktabga psixologik tayyorlik muammosi.

Maktabgacha yoshdagi bolalar o’sishining umumiy shart-sharoitlari Uch yoshli bolalarga to’g’ri tarbiya berish, ta’sir o’tkazish, ularning harakatlarini maqsadga muvofiq yo’naltirish orqali ularda mustaqil holda ovqatlanish, kiyinish, yuvinish, o’z o’rnini yig’ishtirish ko’nikmalarini tarkib toptirishga, ayrim topshiriq va vazifalarni puxta bajarish malakasini shakllantirishga erishish mumkin. Mazkur yosh xususiyatlarini tadqiq qilgan N.M.Shchelovanov, D.B.Elkonin va boshqalarning fikricha, bolaning uch yoshgacha o’sishida erishgan yutuqlari uning xulq-atvorini, bilish jarayonlarini sifat jihatdan ancha o’zgartirib yuboradi. Shunga qaramay, bolaning o’sishiga kattalarning ta’siri, roli yetakchiligicha qolaveradi, lekin asta-sekin o’sib borishi mustaqilroq bo’lishini ta’minlaydi. Ammo maktabgacha yoshdagi mustaqillik ko’pincha bolaning amaliy faoliyatda uncha kuchli bo’lmagan shaxsiy imkoniyati doirasida kattalar yordamisiz harakat qilishida, nisbatan oz uchrasa-da, tobelikdan qutulish tuyg’usida ro’yobga chiqadi. Bolaning mustaqilligi faqat uning jismoniy va aqliy imkoniyatida, kuchi yetadigan jarayonga nisbatan o’z munosabatini kattalarning ko’magisiz amalga oshirishida emas, balki o’zining kuch-quvvati, qurbi yetmaydigan, muayyan amaliy ko’nikmalarini egallay olmagan turmush muammolarini hal etishida ham ko’rinadi. Mazkur psixologik holatning o’ziga xos jihatlari Elza Keller, N.A.Menchinskaya, V.S.Muxina, E.G’oziyev va N.Sodiqxo’jayevalarning mamlakatimizda, chet ellarda mashhur ona kundaliklarida yoritilgan hamda batafsil tahlil qilingan. Maktabgacha yoshga qadar bolalarning psixologik xususiyatlari yuzasidan mulohaza yuritishda kimning ilmiy tadqiqoti va asari bo’lishidan qat’i nazar, un da

vujudga keladigan xohish, istak hamda niyatning qondirilishi individni kamol toptirishga, shakllantirishga qaror qilgan kattalar tomonidan amalga oshiriladi va boshqariladi. Mana shu yosh davrida namoyon bo’ladigan tarbiya jarayonidagi ayrim qiyinchiliklarning tashqi va ichki alomatlari (belgilari) ham psixologik tadqiqotlarda va ilmiy-psixologik adabiyotdarda ko’p marta ta’kidlangan bo’lib, birinchi navbatda o’jarlik, negativizm, qaysarlik, injiqlik kattalar ning bolalar nazarida obro’sizlanishi va qadrsizlanishi kabi illatlar bilan bog’liqdir. Qator ilmiy- psixo logik manbalarda aytilishicha, shu yoshdagi bolalarning his-tuyg’ulari na irodasida muhim o’zgarishlar sodir bo’ladi va bularning hammasi boladagi xudbinlik, o’ziga bino qo’yish, aksil ijtimoiy mayl, urinish, qaysarlik, rashk kabi illatlarda yaqqol aks etadi. N.A.Menchinskaya, V.S.Muxinalarning oqilona mulohazalariga qaraganda, bolalardagi injiqliklarning bosh omili atrofdagi odamlarning ular shaxsiga adolatsiz, noto’g’ri, mensimay munosabatda bo’lishidan iboratdir, bizningcha, o’zini tan oldirishga intilish ham bunga sababdir. Kichik maktabgacha yoshdagi bolalarning psixologik xususiyatlarini o’rgangan A.N.Golubevaning fikricha, noqulay sharoitda bolaga tarbiyaviy ta’sir ko’rsatish unda o’jarlikni paydo qiladi. Shuningdek, bu yoshdagi bolalarning o’jarligi doimiy bo’lmaydi, masalan, o’z tengdoshlariga nisbatan o’jarlik qilish ahyon-ahyondagina ro’y beradi, ular asosan katta yoshdagi odamlarga, shunda ham muayyan tarbiyachiga yoki oila a’zolarining birortasiga o’jarlik qiladilar. A.N.Golubeva bolalardagi o’jarlik barqaror emasligi sababli uning oldini olish mumkinligini uqtiradi. A.P.Larinning tadqiqotida esa noqulay va nomaqbul tar biyaviy shart- sharoitlarda qaysarlik juda erta, hatto uch yoshda ham paydo bo’lishi ifodalangan. Dastlab o’jarlik ba’zi-ba’zida ro’y beradi, lekin u hyech qachon barcha katta yoshdagi kishilarga qaratilgan bo’lmaydi, binobarin, uning obyekti alohida shaxs hisoblanadi. Bola xarakterining bu sifati muhitning noto’g’ri tar biyaviy ta’siri oqibatida biror darajada barqarorlashsa, keyinchalik ko’pchilikka qaratilgan, umumlashgan shaklga kira boshlaydi. O’jarlik bir guruh odamlarga yo’nalganligini ham uchratish mumkin. A.P.La rin to’plagan ma’lumotlar o’jarlikning asosiy

sabablari − bolaning mustaqilligini cheklab qo’yish, erkinlik tuyg’usi va tashabbusini so’ndirish va uning ong xususiyatini (anglash sur’atini) kamsitishdan iboratligini ko’rsatadi. Mazkur omillar bolaning kattalarga munosabati negizini tashkil qiladi va uning psixik o’sishi davomida muayyan darajada o’zgarib boradi. Ularning o’zgarishi kattalarning bolaga u erishgan kamolot bosqichini hisobga olib, oqilona munosabatda bo’lishiga bog’liq. Agar maktabgacha davrda bolaga tegishlicha munosabatda bo’linmasa, unda o’jarlik vujudga kelishi mumkin. Bola xulqida muayyan sharoitning ta’siri bilan paydo bo’lgan o’jarlik va nojo’ya qiliqlar mavjudligi, uning psixikasida jiddiy o’zgarish ro’y berganini, endi unga uning hozirgi o’sish darajasini hisobga olib, munosabatni amalga oshirish zarurligini bildiradi. Bo laning psixikasida vujudga keladigan inqirozning sabablari: 1) kattalar bolaning jismoniy va aqliy imkoniyatini; 2) xohish va istagini mustaqil holda turmushda qaror toptirishga intilishini; 3) ayrim ko’zga tashlangan qiyinchiliklarni bartaraf qilishga urinishini; 4) o’z holicha ish tutishni cheklashlaridir. Kattalar bolaning ra’yiga, mustaqilligiga qarshi turmasdan, mumkin qadar istagiga, intilishiga yordam bersalar, uning shaxsini shakllantirish jarayonidagi qiyinchilik o’z-o’zidan barham topadi, nizo yoki ixtilofning oldi olinadi. Oila va bog’chada shaxslararo munosabatlar ilmiy asosga qurilib, oqilona qoidaga suyanilsa va pedagogik odob (nazokat) doirasidan chetga chiqilmasa, yuqorida aytilgan ziddiyatlar yuzaga kelishi mumkin emas. O’jarlik, qaysarlik, kattalarga itoatsizlikning vujudga kelishi − bolaning kattalarga qaramlikdan qutulishga urinish va kichik maktabgacha yosh davridan maktabgacha davrga o’tishning tashqi ifodasidir. Mustaqillikka intilish mazkur yosh davridagi o’zgarishlar, yangilanishlar, ya’ni shaxsiy xatti-harakatni va “men o’zim”ni anglashning mahsuli tariqasida ro’yobga chiqish kutiladi. D. B. Elkoninning fikricha, bolaning xohishi bilan bu xohishning harakatda ifodalanishi o’zaro mos tushmasligi, kattalar talabiga so’zsiz itoatkorlik uning istagini umumlashtirishga olib keladi, voyaga yetganlar talabiga mos emasligi

sababli shunchaki xohish, qat’iy shaxsiy xohish darajasiga o’sib o’tadi. Odatda “Men xohlayman”, “O’zim bajaraman” kabi mustaqillikka intilish harakatlari xohishning kuchayishida o’z ifodasini topadi. Ana shu tariqa bola psixikasida xohishlarning o’zaro uzviy bog’lanishi, motivlar va ularning kurashi yuzaga kela boshlaydi. K.M.Gurevich 3−4 yoshli bolalarda motivlarning birlamchi tobeligi va dastlabki irodaviy harakatning paydo bo’lishini tadqiq qilgan. Tadqiqotchi bo laning oldiga jimjimador o’yinchoqni olish uchun avval o’zi yoqtirmagan harakatni bajarish topshirig’ini qo’ygan. Buning uchun to’rt qismli tajriba ishi amalga oshirilgan. Olingan ma’lumotlardan ko’rinadiki: a) maktabgacha yosh davrida ezgu orzular asosida harakat qilish imkoniyati tug’iladi; b) mazkur orzularning sabablari o’zaro tobeligi (bog’liqligi) bevosita sabablarga qaraganda ertaroq paydo bo’ladi; 3) bevosita idrok qilinadigan narsalarga aloqador xohishni bajarishga qaraganda, narsaning o’ziga aloqador xohishni bajarishni muayyan muddatga kechiktirish osonroqdir. Shunday qilib, xohish-istakka tobe bo’lmaslik holatidan unga nisbatan dastlabki intilish, xayrixohlik tuyg’usining vujudga kelishi aynan maktabgacha yoshga to’g’ri keladi. Buning zamirida bolaning mayli, niyati, orzusi, istagi, tilagi va xohishining mazmuni hamda xususiyatidagi keskin o’zgarishlar yotadi. D.B.Elkoninning ta’kidlashicha, mazkur o’zgarishlar bevosita idrok qilinadigan buyumlarga qaratilgan xohishning mantiqan mavhumroq buyumlarga yo’naltirilgan xohishga aylanishidir. Buning asosiy sabablari, bir tomondan, bolada oddiy umumlashtirish uquvining paydo bo’lishi hisoblansa, ikkinchidan, unda nutq faoliyatining jadal sur’atlar bilan rivojlanishidir. Shundan so’ng uning faoliyati jozibador, maftunkor, jimjimador, yaltiroq narsalarning tashqi alomatlariga va ularni bevosita egallashga aloqador bo’lmay, balki mazkur narsalarning timsoli, tasavvur obrazlari, kelgusida shularning hammasini o’zlashtirish istagi asosiga quriladi. Bolaning orzu-istagi doirasidagi hali foydalanilmagan yangi, yashirin, ammo ro’yobga chiqadigan imkoniyatlar uning kattalar bilan munosabatida, muomalasida, muloqotida, o’zining shaxsiy faoliyatida, his-tuyg’usining mazmuni