logo

O‘SMIRLIK DAVRIDA PSIXIK RIVOJLANISH XUSUSIYATLARI

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

55.484375 KB
O‘SMIRLIK  DAVRIDA PSIXIK  RIVOJLANISH XUSUSIYATLARI
Reja:
1. O’smirlar to’g’risida umumiy tushuncha
2. O’smirlarning biologik o’sishi
3. O‘smirlik davrida intellektual va emotsional rivojlanish xususiyatlari. 
4. Akselerasiya nazariyalari
5. O’smirlik yoshida shaxsning shakllanishi
6. O’smirlik yoshida shaxsning shakllanishi
7. O’smirlar tafakkurining o’sishi O’smirlar to’g’risida umumiy tushuncha
Hozirgi   davrda   o’smirlarni   voyaga   yetkazishning   o’ziga   xos   xususiyatlari,
qonuniyatlari,   imkoniyatlari,   xatti- harakat   motivlarining   ifodalanishi   va   vujudga
kelishining   murakkab   mexanizmlari   mavjud.   Shuni   alohida   ta’kidlash   kerakki,
o’smirlarni   kamol   toptirishda   ularning  xususiyatlarini       to’la  hisobga  olgan  holda
ta’limiy-tarbiyaviy   tadbirlarni   qo’llash   shaxslararo   munosabatda
anglashilmovchilikni   vujudga   keltirmaydi,   sinf   jamoasi   o’rtasida   iliq   psixologik
muhitni yaratadi.
Turg’unlik   yillaridagi   so’z   bilan   ishning   nomuvofiqligi",   axloq   tarbiyasidagi
qo’pol   xatolar   o’smirlarning   ruhiy   dunyosiga   salbiy   ta’sir   ko’rsatdi.   Insonning
ruhiy dunyosini tubdan qayta qurish, shaxsni shakllantirishni insonparvarlashtirish
harakati boshlangan hozirgi kunda o’smirlar taqdiri masalasi ham g’oyat jiddiy tus
oldi.   O’smirlik   davri   taqlidchanligi,   muqim   nuqtai   nazarning   shakllanmaganligi,
hissiyotliligi,   mardligi,   tantiligi   bilan  farqlanadi.   Shuning  uchun   tashqi   ta’sirlarga
beriluvchan o’smir o’g’il-qizlarga alohida e’tibor berish zarur. 
O’smirlar muammosiga e’tiborni kuchaytirish zarurligining asosiy sabablari: 1)
fan   va   texnika   rivojlanishi   natijasida   madaniyat,   san’at   va   adabiyot,   ijtimoiy-
iqtisodiy   shart-sharoitlarning   o’zgarayotgani;   2)   ommaviy   axborot   tizimining
kengayishi   tufayli   o’smirlar   ongliligi   darajasining   ko’tarilgani;   3)   o’g’il   va
qizlarning   dunyo   voqyealaridan,   tabiat   va   jamiyat   qonunlaridan,   tarixdan   yetarli
darajada   xabardorligi;   4)   ularning   jismoniy   va   aqliy   kamoloti   jadallashgani;   5)
o’smirlar bilan ishlashda g’oyaviy-siyosiy, vatanparvarlik va baynalmilal tarbiyaga
alohida   yondashish   zarurligi;   6)   oshkoralik,   ijtimoiy   adolat,   demokratiya
muammolarining ijtimoiy hayotga chuqur kirib borayotgani; 7) o’quvchilar uchun
mustaqil bilim olish, ijodiy fikr yuritish, o’zini o’zi boshqarish, anglash, baholash
va nazorat qilishga keng imkoniyat yaratilgani. 
O’smirlik   yoshida   bolalikdan   kattalik   holatiga   ko’chish   jarayoni   sodir   bo’ladi.
O’smirda psixik jarayonlar keskin o’zgarishi bilan aqliy faoliyatida ham burilishlar
seziladi.   Shuning   uchun   shaxslararo   munosabatda   o’quvchi   bilan   o’qituvchining
muloqotida,   kattalar  bilan  o’smirlarning  muomalasida  qat’iy  o’zgarishlar  vujudga keladi.   Bu   o’zgarishlar   jarayonida   qiyinchiliklar   tug’iladi.   Bular   avvalo   ta’lim
jarayonida ro’y beradi: yangi axborot, ma’lumotlarni bayon qilish shakli, uslubi va
usullari   o’smirni   qoniqtirmay   qo’yadi.   O’qituvchining   yangi   mavzuni   batafsil
tushuntirishi,   darslar   ma’ruza   shaklida   olib   borilishi   o’quvchilarni   zeriktiradi,
ularda o’qishga loqaydlik tug’iladi. Ilgari o’quv materialini ma’nosiga tushunmay
yodlab   olishga   odatlangan   o’smir   endi   zarur   o’rinlarni   mantiqiy   xotira   va
tafakkurga suyangan holda o’zlashtirishga harakat qiladi, o’zlashtirilgan bilimlarni
talab   qilinganda   o’quvchi   bilan   o’qituvchi   o’rtasida   anglashilmovchilik   paydo
bo’ladi,   tahsil   oluvchi   unga   qarshilik   ko’rsata   boshlaydi.   Odobli,   dilkash   o’smir
kutilmaganda qaysar, intizomsiz, qo’pol, serzarda bo’lib qoladi. Kattalarning yo’l-
yo’riqlariga,       talablariga   muloyimlik   bilan   javob   qaytarib   yurgan   o’smir   ularga
tanqidiy munosabatda bo’ladi. Uning fikricha, kattalarning talablari, ko’rsatmalari
mantiqan   ixcham,   dalillarga   asoslangan,   yetarli   obyektiv   va   subyektiv   omillarga
ega   bo’lishi   kerak.   O’smirda   shaxsiy   nuqtai   nazarning   vujudga   kelishi   sababli   u
kattalarning,   o’qituvchining   qayg’urishi,   koyishiga   qaramay,   o’zining   fikrini
o’tqazishga   harakat   qiladi.   Uning   o’z   qadr-qimmati   haqidagi   tasavvuri,   narsa   va
hodisalarga munosabati oqilonalikdan uzoqlasha boshlaydi, u ay rim ma’lumotlarni
tushuntirib   berishni   yoqtirmaydigan   bo’lib   qoladi.   Serzardalik   kundalik   xatti-
harakatning   ajralmas   qismiga   aylanadi.   O’smir   xulqidagi   bunday   o’zgarishlar
tajribasiz   o’qituvchi   yoki   ota-onani   qattiq   tashvishga   soladi,   asabiylashtiradi   va
ularning   o’quvchiga   munosabatini   o’zgartiradi.   Natijada   kelishmovchiliklar,
anglashilmovchiliklar, nizolar kelib chiqadi.    
Ayrim pedagoglar o’smirlik davri inqirozi to’g’risida kuyinib gapiradilar, ba’zi
illatlarni   tanqid   qiladilar   va   ularning   ijtimoiy-psixologik   ildizini   topishga
intiladilar.   Aslida   esa   o’smirlarga   yondashishda   metodologik   kamchilikka   yo’l
qo’yadilar.   Mazkur   illatlarning       oldini   olish   chora   va   tadbirlari   tizimini   ishlab
chiqa   olmaydilar.   Bu   masalaga   to’g’ri   yondashish   ayrim   ilmiy   tadqiqotlarda
asoslab   berilgan   va   o’smirlik   davri   inqirozi   haqida   mulohaza   yuritishdan   ko’ra,
kattalar bilan o’smirlar muomalasining inqirozi haqida gapirish to’g’riroq bo’ladi,
deb xulosa chiqarilgan. Xo’sh, o’smirning psixik o’sishini harakatga keltiruvchi kuch nima? O’smirning
psixik o’sishini harakatga keltiruvchi kuch  –  uning faoliyatini vujudga keltirganligi
ehtiyojlar   bilan   ularni   qondirish   imkoniyatlari   o’rtasidagi   qarama-qarshiliklar
tizimining   namoyon   bo’lishidir.   Mana   shu   dialektik   qarama-qarshiliklar   ortib
borayotgan   jismoniy,   aqliy   hamda   axloqiy   imkoniyatlar   bilan   barqarorlashgan
stereotipga aylangan tashqi olamni aks ettirishning shakllari o’rtasida sodir bo’ladi.
Vujudga   kelgan   ziddiyatlar   va   qarama-qarshiliklarni,   psixologik   kamolotni
ta’minlash,   faoliyat   turlarini   murakkablashtirish   orqali   o’smir   shaxsida   yangi
psixologik fazilatlarni tarkib toptirish bilan asta-sekin yo’qotish mumkin. Bu davr
insonning   kamoloti   yuqoriroq   bosqichiga   ko’tarilishi   bilan   yakunlanadi.   Kamol
topish   o’smirdan   umumlashtirish,   hukm   va   xulosa   chiqarish,   mavhumlashtirish,
obyektlar   o’rtasidagi   ichki   munosabatlarni   o’rnatish,   muhim   qonun,   qonuniyat,
xossa,   xususiyat,   mexanizm   va   tushunchalarni   anglash,   ixtiyoriy   diqqat,   barqaror
qiziqish,   ongli   motiv   va   mantiqiy   eslab   qolishni   talab   qiladi.   Bularning   barchasi
fanlarga   doir   bilimlar   tizimini   vujudga   keltiradi,   amaliy   ko’nikmalarni
shakllantiradi,   o’zini   o’zi   nazorat   qilish,   baholash,   anglash   singapi   xususiyatlarni
tarkib toptiradi.  
Maktab   va   bilim   yurtida   oilada   mustaqil   fao liyatga   keng   imkoniyatlar   bo’lsa,
o’quvchi  muayyan  vazifa va topshiriqlarni, bajara boshlaydi.  Natijada o’smirning
ijtimoiy mavqyei ortib, faoliyati takomillashib, psixikasi har tomonlama rivojlanib
boradi.
Hozirgi o’smirlar o’tmishdoshlariga nisbatan jismoniy, aqliy va siyosiy jihatdan
birmuncha   ustunlikka   ega.   Ularda   jinsiy   yetilish,   ijtimoiylashuv   jarayoni,   psixik
o’sish   oldinroq   namoyon   bo’lmoqda.   Shu   sababli   bizda   o’g’il   va   qizlarni   10 – 11
dan 14 – 15 yoshigacha o’smirlik yoshida deb hisoblanadi.
Venalik   psixolog   Z.Freyd   va   uning   shogirdlari   o’smirlik   davrini   baholashda
insonga azaldan berilgan qandaydir ilk mayl  nishonasi  sifatida vujudga keladigan
o’z mavqyeini belgilashga ongsiz intilishni eng muhim asos deb hisoblaydilar. Bu
intilish   go’yoki   xudbinlik,   boshqa   kishilarni   mensimaslik,   paydo  bo’lishga,   atrof-
muhit bilan kelisha olmaslikka, hatto nizolarga olib kelar, ongsizlik ehtiyojlari va mayllari   shaxsning   faolligini   belgilar   emish.   Sobiq   sovet   psixologlari   Z.Freyd
nazariyasining   mutlaqo   asossizligini   ta’kidlab,   o’smirda   imkoniyat   bilan
talabchanlik o’rtasidagi kelishmovchilik, o’zini ko’rsatishga moyillik va o’z ichki
dunyosiga qiziqishning namoyon bo’lishi bilan tavsiflanishini asoslab berdilar.
Ayrim   psixologlar   biogenetik   o’sishning   biologik   omillariga,   ya’ni   jinsiy
yetilishga alohida ahamiyat beradilar. Ularning fikricha, o’smirning psixik jihatdan
inqirozga   yetaklovchi,   hayajonga   soluvchi   subyektiv   ichki   kechinmalari   o’g’il   va
qizlarni   tanholik   psixologiyasiga   tortar   emish.   O’smir   uchun   xarakterli   norozilik,
qo’pollik, qaysarlik, shafqatsizlik, tajanglik, ginaxonlik, tajovuzkorlik kabi illatlar
jinsiy   yetilishning   mahsuli   yangi   tuyg’ular,   mayllar,   kechinmalar   o’smir   xatti-
harakatida   hukmron   bo’lib,   uning   xulq-atvorini   boshqaradi   deb   tushuntirilmoqda.
O’smirlikning   psixologik   qiyofasi,   holati,   imkoniyati   yagona   sof   biologik   omilga
bog’liq emasligi hammaga ayondir.
Amerikalik   psixolog   R.Kulen   o’smirlik   davri   haqidagi   biogenegik   nazariyani
qattiq   tanqid   qilib,   o’smirlik   davri   ijtimoiy-axloqiy   kategoriyadir,   degan   g’oyani
ilgari  suradi.  Ammo  noto’g’ri   nuqtai   nazardan  o’smirlikni  biologik  va  psixologik
kategoriyadan   tashqari   deb   hisoblaydi.   R.Kulenning   fikricha,   o’smirlik   davrida
uchta   asosiy   ijtimoiy-axloqiy   tamoyil   mavjud   bo’lib,   ular   emansipasiya   (kattalar
ta’siridan qutulish) va   mustaqillikka erishish, hayot yo’li va kasb-hunar tanlashga
jiddiy   munosabatda   bo’lish,   zarur   ijtimoiy-axloqiy   normalarni   o’zlashtirishdan
iboratdir.   Uning   fikricha,   bola   yuqoridagi   muammolarga   e’tibor   bermas   ekan,
o’smirlik   davri   qancha   bo’lishidan   qat’i   nazar,   u   bolaligicha   qolaveradi.   R.Kulen
o’z nazariyasida biologik omillarni ham, o’smirlik davridagi o’sishning psixologik
xususiyatlarini ham hisobga olmaydi, aksincha, ularni  batamom  inkor qiladi.        
Psixologlarning   fikricha,   o’smirlarga   real   ijtimoiy   turmush   shart-sharoitlari   va
shaxs faoliyatining mahsuli deb qarash mumkin emas, chunki o’sishning bio logik
va psixologik qonuniyatlarini inkor qilishga haqqimiz yo’q. Shuningdek, o’smirlik
davrining   muayyan   hyech   o’zgarmas   xususiyati   va   xarakteristikasi   mavjud   emas.
O’smirlar   o’rtasidagi   o’ziga   xos   tipologik   farqlarni   ijtimoiy   omillarning   ta’siri
bilan, ta’lim va tarbiya sharoitlarining xususiyatlari bilan izohlash mumkin. Shu   bilan   birga,   o’smirning   jismoniy   o’sishi   xususiyatlari,   jinsiy   yetilishining
iqlim va milliy-etnografik omillari ham bor.
O’smirlarning biologik o’sishi
O’smirlik   insonning   balog’atga   yetish   davri   bo’lib,   o’ziga   xos   xususiyati   bilan
kamolotning   boshqa   pog’onalaridan   keskin   farqlanadi.   O’smirda   ro’y   beradigan
biologik   o’zgarishlar   natijasida   uning   psixik   dunyosida   tub   burilish   nuqtasi
vujudga   keladi.   Balog’at   davriga   11   (12)   –15   yoshli   qizlar   va   o’g’il   bolalar
kiradilar. Kamolotning mazkur pallasida jismoniy o’sish va jinsiy yetilish amalga
oshadi. 
Bolaning   bo’yi   11–12   yoshida   6   –7   sm,   hatto   10   sm   gacha   o’sishi   mumkin.
Biroq bu bosqichda qizlar o’g’il bolalarga qaraganda tezroq o’sadilar. O’smir 13–
14   yoshga   to’lganda   har   ikkala   jins   o’rtasida   bo’yning   o’sishi   qariyb
baravarlashadi. O’n besh yoshga qadam qo’yganda esa o’g’il bolalar qizlarni ortda
qoldirib   ketadilar.   Shundan   keyin   to   umrning   oxirigacha   o’sishda   o’g’il   bolalar
ustunlik qiladilar.
O’smirlik davrida bo’y bilan tana nomutanosib ravishda o’sadi, natijada bolalar
oriq, nimjon va uzun bo’yli bo’lib ko’rinadilar. 
O’smirlarda   yurakning   hajmi   va   tiriklik   sig’imi   har   yili   25   foiz   kattalashib
boradi.   Bo’yning   jadal   o’sishi   va   tana   og’irligining   ortishi   bilan   qon   hamda
kislorodga   ehtiyoj   ham   ortadi,   bu   ehtiyoj   yurak   hajmining   kengayishi   va
funksional   faoliyati   ko’rsatkichlarining   boyishi   evaziga   ta’minlanadi.   Mazkur
davrda   tananing   umumiy   hajmidan   7–8   foizini   qon   tashkil   qiladi,   qon   bosimi
birmuncha   oshadi,   simob   ustunining   110–115   mm   darajasida   bo’ladi.   Yurak
qisqarishining chastotasi bir qadar sekinlashadi, masalan, 11 yoshda dakiqada 85–
90 marta urgan bo’lsa, 14–15 yoshlarda 70 martagacha pasayadi.
Yurak  kengayishi  bilan  birga  qon tomirlari   ham  yo’g’onlashadi.  Qon aylanishi
tizimining qayta qurilishi, vegetativ, nerv sistemasidagi beqarorlik qon aylanishini
buzadi  va o’smirda ba’zan qon bosimining ortishi  ro’y beradi. Qon aylanishining
o’zgarishi   qiz larda   og’irroq   kechadi,   chunki   ularda   yurak   vaznining   ortishi
oldinroq boshlanib, oldinroq yakunlanadi. O’smirlik   davrida   nafas   olish   organlari   jadal   rivojlanadi.   O’pkaning   tiriklik
sig’imi quyidagicha bo’ladi:
o’g’il bolalarda  – 11 yoshda 1900 – 2000 ml; 15 yoshda 2600 – 2700 mm. 
qizlarda – 11   yoshda   1800 – 1900   ml;   15   yoshda   2500 – 2600   ml.   Shuning   uchun
nafas   olish   har   daqiqada   2   marta   kamayadi.   O’g’il   bolalar   qorin   bilan,   qizlar   esa
ko’krak   bilan   nafas   ola   boshlaydidar.   Ko’krak   qafasi,   nafas   olish   muskullari   tez
o’sa boradi va jinsiy yetilishni kuchaytiradi.
11–12   yoshdagi   o’smirning   ichki   sekresiya   bezlari   qayta   quriladi.   Gipofizning
old   qismi   ishlab   chiqaradigan   gormonlar   gavdaning   o’sishini   ta’minlaydi.
Gipofizning   o’rta   qismi   kuchayishi   sababli   pigmentlar   almashinishi   o’zgaradi,
natijada   soch   qorayishi,   yuzlarning   oqarishi   namoyon   bo’ladi.   Gipofiz   bilan   bir
qatorda qalqonsimon bezning funksiyasi ham ko’chayadi. Qalqonsimon bez ishlab
chiqaradigan tiroksin gormoni organizmda modda almashinuvi va energiya sarfini
keskin   orttiradi.   Markaziy   nerv   sistemasida   qo’zg’aluvch anlik   o’zgaradi   natijada
yaqqol   his-tuyg’ular   tug’ila   boshlaydi.   Qalqonsimon   bez   faoliyatining   kuchayishi
ko’zg’aluvchanlik,       asabiylashish   va   toliqishni   keltirib   chiqaradi.   Bosh   miya
qobig’ida   tormozlanish jarayonining susayishi shiddatli emosional kechinmalarni
vujudga   keltiradi,   hulq-atvorda   parokandalik,   g’ayritabiiylik   paydo   bo’ladi.
Qalqonsimon   bez   funksiyasining   o’zgarishi   va   modda       almashinuvining   buzishi
sababli o’smirda semirish ro’y beradi. 
Mazkur   yosh   davrida   jinsiy   bezlar   faoliyati   kuchayadi.   Balog’atga   yetishning
birlamchi va ikkilamchi alomatlari   o’sa boshlaydi: o’g’il bolalarda ovoz o’zgaradi,
yo’g’onlashadi,   mo’ylov   va   soqol   paydo   bo’ladi,   qizlarda   esa   ko’krak   bezlari
rivojlanadi  va hokazo. Natijada boshqa jinsga qiziqish ortadi, orzu, xohish, nozik
tuyg’u, sog’inch, iztirob kabi kechinmalar paydo bo’ladi.
O’smirlar   jinsiy   yetilish   sirlarining   17   foizini   ota – onadan,   9   foizini
o’qituvchilardan, 4 foizini   maktab   vrachidan va qolgan yashirin jihatlari, holatlari
to’g’risidagi   ma’lumotlarni   ko’cha-ko’ydan,   o’rtoqlari   va   dugonalaridan   eshitib
bilib   oladilar.   Kutilmagan   holatlar   va   ma’lumotlar   ularning   xatti-harakatini
chigallashtiradi,   yakkalik   olamiga   berilish   boshlanadi,   fe’l-atvorda   ayrim   illatlar paydo   bo’ladi .   Goho   o’smirlar   orasida   axloqan   tubanlashuv   hollari   ro’y   berishi
mumkin.   Ularni     bunday   qiliqlardan   nopok   guruh   va   to’dalardan   xalos   etish
maqsadga muvofiqdir.
Ijtimoiy hayotda yaramas odatlarni keltirib chiqaruvchi   anchagina manbalar bor:
birinchidan,   kino   zallari   va   televideniyeda   o’smirlarga   to’g’ri   kelmaydigan
filmlarga   ruxsat   qilinishi;   ikkinchidan,   jamoat   joylarida   va   ko’cha-ko’yda
kattalarning   nojoiz   qiliqlar   ko’rsatishlari;   uchinchidan   ta’limda   biologik   o’sish
to’g’risida yetarli bilimlar berilmasligi; to’rtinchidan, vrachlarning bu sohada keng
ko’lamda ish olib bormasligi;  beshinchidan, ota-onalarda fiziologik va psixologik
bilimlar   yetishmasligi;   oltinchidan,   o’smir   bolalar   va   qizlarga   mo’ljallangan
materiallarning kamligi va hokazolar.
Akselerasiya nazariyalari
O’smirlik   inson   shaxsining   kamol   topishida   alohida   o’rin   egallaydi.   U   inson
kamolotining   muhim   bosqichi   hisoblanadi.   O’smirlik   davrida   g’oyat   katta
axamiyatga   ega   bo’lgan   psixologik   o’zgarishlar   ro’y   bepadi,   bolaning   muayyan
ijtimoiy   turmush   sharoitida   keyingi   kamol   topishi   uchun   zarur   ta’lim-tarbiya
ta’sirida   barqaror,   mustahkam   iz   qoldiruvchi,   ijobiy   xislatlar   namoyon   bo’ladi.
Tadrijiy   ravishda   izchil   vujudga   kelayotgan   psixik   o’zgarishlar,   shakllanayotgan
fazilatlar   va   shaxsning   o’sishi,   avvalo,   mazkur   yoshdagi   o’g’il-qizlar
faoliyatlarining   (yetakchi   va   yordamchi   faoliyat   turlari:   o’qish,   mehnat   va   o’yin
kabilar nazarda tutiladi) xususiyatiga bevosita bog’liqdir. O’smirning boshqa yosh
davrlaridan   farqlanadigan   o’ziga   xos   xususiyatlari   mavjud   bo’lib,   ular   his-tuyg’u
va   irodaviy   sifatlarda   o’z   ifodasini   topadi.   O’smir   kichik   maktab   yoshidagi
o’quvchidan   farqli   ravishda   hayotni   ilk   bor   shaxs   sifatida   faol   ilmiy   bilishda
ishtirok   eta   boshlaydi,   birinchi   galda   faqat   narsa   va   hodisalarning   ayrim
alomatlarini   emas,   balki   ularning   umumiy   va   obyektiv   qonuniyatlarini   anglab
yetish, tushunish imkoniyatiga ega bo’lib boradi. 
Shaxsning har tomonlama, uyg’un rivojlanishiga mehnat faoliyati salmoqli ta’sir
ko’rsatadi.   O’smirlarning   sinf   va   maktab   yer   uchastkasidagi   mehnat   fao liyati   o’z
mohiyati   bilan   zarur   axborot   va   ma’lumotlar   berib,   murakkablashib,   ularning kuchiga   kuch,   g’ayratiga   g’ayrat   qo’shib,   mehnat   samarasidan,   mahsulidan
lazzatlanish his-tuyg’ularini shakllantira boshlaydi.
O’smirlik davrida ham o’yin faoliyati ma’lum vaqtgacha shaxsning kamolotida
o’z   ahamiyatini   saqlab   qoladi.   Jamoa   bo’lib   amalga   oshiriladigan   o’yinlar   va
ularning   keng   ko’lamda   o’tkazilishi   o’tish   davrida   vujudga   keladigan
qiyinchiliklarni   yengillashtirishga   xizmat   qiladi.   O’yin   faoliyati   o’smirda   yuksak
axloqiy   his-tuyg’ularni   vujudga   keltiradi,   matonatlilik,   jasurlik   kabi   fazilatlar
shakllanishi   uchun   qulay   sharoit   yaratadi.   Mazkur   faoliyat   o’smirning   aqliy
jihatdan   o’sishiga,   fikr   yuritishiga,   o’z   his-tuyg’usini   boshqarishiga,   jismoniy
kamol topishiga turtki vazifasini o’taydi. O’yinning har xili bilan mashg’ul bo’lish
o’smirni   fahmlashga,   eslab   qolishga,   biror   ishni   amalga   oshirishdan   oldin   uni
rejalashtirishga   va   diqqatni   bir   nechta   obyektga   taqsimlashga   odatlantiradi.
Tiyraklik,   tezkorlik,   farosatlilik   kabi   muhim   xususiyatlar,   xislatlar   ham   o’yin   va
sport mashg’ulotlarida tarkib topadi.
O’smir   kamolotga   erishgan   sayin   uning   psixik   dunyosida   yangi   fazilatlar   va
sifatlar   paydo   bo’la   boshlaydi,   psixikasida   keskin   qayta   qurish   sodir   bo’ladi.
O’zgarishlar   uning   oldiga   yangi   talablar   qo’yadi,   bu   esa   o’z   navbatida   ko’proq
huquq  va  erk  berilishini,   eng  avvalo  mustaqil  qarorga  kelish  va  o’z  xulq-atvorini
maqbul   deb   hisoblab   amalga   oshirishni   taqozo   qiladi.   Psixik   takomillashish,
kamolotga intilish, nisbiy barqarorlik o’smirlik davrining eng muhim xususiyatlari
hisoblanadi.
Hozirgacha balog’atga erishish va jinsiy yetilishning jadallashishi to’g’risida bir
butun   ilmiy   nazariya   mavjud   emas.   Shuning   uchun   o’sishdagi   jadallashuv,   ya’ni
akselerasiya   bo’yicha   ham   muayyan   nazariya   yaratilmagan.   Ana   shu   boisdan   har
xil   ilmiy   asosdagi,   bir-biridan   farqli   e’tirozli   qator   nazariyalar   paydo   bo’lgan.
Quyida akselerasiya muammosiga oid qarashlar bilan tanishib chiqamiz.
Geliogen   nazariyasi.   Ushbu   nazariya   1936   yilda   chet   el   olimlari   tomonidan
yaratilgan   bo’lib,   uning   asosiy   mohiyati   akselerasiya   hodisasi   quyosh   nurining
bevosita   ta’siri   bilan   vujudga   keladi,   degan   g’oyadan   iboratdir.   Bu   g’oya
tarafdorlarining   fikricha,   bolalar   ko’p   vaqt   oftobda   bo’lishi   natijasida   ularning o’sishida tezlashish, ya’ni akselerasiya ro’y beradi, chunki quyosh nuri organizmni
zarur   elementlar,   moddalar,   oziqalar   bilan   ta’minlaydi.   Ammo   hozirgi   davrda
aksele rasiya   hodisasi   janubiy   (quyosh   nurlari   serob)   mamlakatlarda   shimoliy
jo’g’rofiy   kenglikka   joylashgan   mamlakatlarda   ham   bir   tekis   ro’y   bermoqda.
Ikkinchi   tomondan,   shahar   muhitidagi   qizlar   va   o’g’il   bolalar   qishloq   bolalariga
qaraganda tezroq voyaga yetishi ko’rilmoqda, vaholanki, qishloq odamlari quyosh
nurida   ko’proq   toblanadilar.   Demak,   hozirgi   davrda   geliogen   nazariyasi
ziddiyatlarga   sabab   bo’lmoqda.   Umuman   oftobda   toblanishni   akselerasiya
jarayonining muhim jihatlaridan biri deyish noto’g’ridir. 
Geteroziya   nazariyasi.   O’n   to’qqizinchi   asr   oxiri   yigir manchi   asr   boshlaridan
buyon   ijtimoiy   hayotda ,   turmushda   keskin   o’zgarishlar   sodir   bo’lgani   insonlar
o’rtasidagi  ijtimoiy, diniy, milliy, irqiy tafovutlarning kamayishiga olib keldi. Turli
millat  vakillarining aralash nikohga kira boshlagani  bunga yorqin misoldir. Diniy
e’tiqodlar,   irqiy   farqlar,   etnik   va   milliy   xususiyatlar,   xarakter,   an’analar,   urf-
odatlar, marosimlar, rasm-rusum va hokazolar aralash nikohga hyech qanday to’siq
bo’la olmadi. Hayot tarzi har xil mamlakatlarning xalqlariga xos xususiyatlar ham
aralash   nikohni   to’xtata   olmadi.   Aralash   nikohga   kirish   tobora   kengaymoqda.
Mazkur   nazariyaga   muvofiq   psixik   dunyodagi   qayta   qurishlar   nasliy   belgilar
keskin   o’zgarishiga   sabab   bo’ldi,   natijada   farzandlarning   o’sishida   kuchayish,
jadallashish,   akselerasiya  hodisasi  vujudga  keldi.  Biroq  mazkur  muammoni   ilmiy
jihatdan   atroflicha   asoslab   berish   uchun   yuqorida   ta’kidlangan   omillar   yetarli
emas.   Shunga   qaramay,   geteroziya   nazariyasi   biologik   o’sishda   jadallashish
jarayonini vujudga keltirishda alohida ahamiyat kasb etadi.
Urbanizasiya   nazariyasi.   Jamiyat   rivojlanishida   shaharlarning   roli   ortishi   bu
nazariyaga   asos   qilib   olingan.   O’n   to’qqizinchi   asrning   o’rtalaridan   boshlab,
qishloq   aholisining   shaharga   ko’chishi   (voqyelik   tariqasida)   avj   oldi,   ya’ni   aholi
orasida   migrasiya   yoki   ur banizasiya   hodisasi   yuzaga   keldi.   Shaharning   turmush
tarzi, o’ziga xos xususiyatlari, axborot tarmoqlarining kengligi, madaniyat darajasi,
fan-texnika,   transport,   maishiy   xizmat   kabi   omillar   bolalarning   aqliy,   axloqiy,
jinsiy jihatdan ertaroq voyaga yetishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratdi. Qishloq aholisi bilan shahar xalqining yashash muhiti va turmush sharoitining yaqinlashishi
akselerasiya   jarayoniga   ijobiy   ta’sir   etdi,   lekin   bu   omilning   o’zi   akselerasiyaning
sababi bo’la olmaydi.  
Nutritiv   nazariya.   Bu   g’oyaning   tub   mohiyati   shuki,   o’sishdagi   jadallashish
(akselerasiya)   odamlarning   ovqatlanishi   yaxshilanishi,   iste’mol   qilinayotgan
ozuqalarda   darmondorilar   miqdorining   ko’payishi   sababli   vujudga   keladi.   Ushbu
g’oya   namoyandalarining   fikricha,   V-6,   V-12       darmondorilari   va   foliyev
kislotasini   odamlar   ko’proq   iste’mol   qilishi   mazkur   holat   namoyon   bo’lishining
asosiy   omili   emish.   Tabiiyki,   inson   o’sishining   jadallashuvida   darmondorilar
ma’lum   darajada   ijobiy   ta’sir   etishi   mumkin,   lekin   mazkur   omillarning   o’zi
akselerasiya uchun muhim va yagona negiz bo’la olmaydi. Shuniig uchun tibbiyot
xodimlari   gigiyenachilar,   biologlar,   fiziologlar,   psixologlarning   ayrimlari   bu
g’oyani qo’llab-quvvatlaydilar. Shuning uchun tahlil qilinayotgan, sharhlanayotgan
ilmiy nazariya akselerasiya uchun ma’lum turtki vazifasini o’taydi.         
Nurlanish   nazariyasi.   Bu   nazariya   namoyandalarining   fikricha,   yer   yuzida
rentgen   qurilmalarining   ko’payishi,   atom,   vodorod   va   neytron       bombalarining
portlashi  natijasida insonda radioaktiv moddalar, radiasiya nurlanishi  darajasining
sezilarli   darajada   ortishiga   olib   keladi.   Yer   kurrasiga   tarqalgan   zaryadlar   bilan
inson   organizmining   nurlanishi   o’sishni   kuchaytiradi,   ya’ni   akselerasiya   jarayoni
yuzaga keladi. Shuning uchun bu nazariyaning himoyachilari turli xususiyatga ega
bo’lgan   nurlarning   aniq   dozasi   organizmga   ta’sir   etishi,   tarqalishi   yemirilishga
sabab bo’lmasa, insonning jismoniy o’sishi jadallashishi uchun imkoniyat   yaratar
emish.   Ma’lumki,   me’yoridan   ortiq   rentgen   nuridan   foydalanish   ham   organizm
uchun   zararlidir.   Ana   shu   mulohazaga   asoslanib   organizm   ayrim   qismlarining
rivojlanishi  nurlar  bilan bog’liqdir, degan xulosa  chiqarish  mumkin. Hatto, ayrim
ilmiy   manbalarda   payvandlash   apparatining   yog’dusi   ham,   chaqmoq   nuri   ham
organizmga ijobiy ta’sir qilishi aytiladi. Biroq   tom ma’nodagi akselerasiya uchun
mana shu omillarning o’zi yetarli emas, albatta.
Ijtimoiy   sharoitning   yaxshilanishi   nazariyasi.   Yashash   sharoitlarining
yaxshilanib borishi, keng ko’lamda sanitariya va gigiyena     tadbirlarining amalga oshirilishi, ovqatlanish sifatining ortishi, ota-onadan farzandga nasliy belgilarning
(genlarning)   bir   tekis   o’tishi   kabi   omillar   akselerasiya   jarayonini   tezlashtiradi,
degan   fikr   qator   mamlakatlardagi   tadqiqotchilar   orasida   keng  tarqalgan.   Ularning
talqinicha,   turmush   sharoitining   yaxshilanishi,   qulayliklar   yaratilishi   turli
imkoniyatlarning   ishga   solinishi   uchun   tabiiy   zamin   tayyorlashi   mumkin.   Lekin
mazkur   nazariya   amaliy   ma’lumotlarni   to’liq,   atroflicha   ifodalashni   taqozo   etadi.
Shuning   uchun   ushbu   nazariyada   masalaga   har   tomonlama   yondashish   yaqqol
ko’zga   tashlanadi.   Agar   ijtimoiy   sharoit   chuqur   va   ilmiy   jihatdan   yoritib   berilsa,
uning ta’sir kuchi yanada ortishi mumkin. 
Ijtimoiy   akselerasiya   nazariyasi.   Bu   ilmiy   nazariyaning   asoschilaridan   biri,
yirik   fiziolog   olim   A.A.Markosyandir.   Uning   ta’riflashicha,   hozirgi   kishilardagi
bilimlar   hajmini   yigirmanchi   asr   yarmidagi   kishilarning   bilimlari   hajmiga
taqqoslash   orqali   bolalardagi   o’sish   jarayonini   aniqlash   ijtimoiy   ak selerasiya
deyiladi. Bolalardagi akselerasiyaning sababi: birinchidan, ota-onalarning umumiy
saviyasi.   yuksalgani,   umumiy   o’rta   ta’limning   amalga   oshgani;   ikkinchidan,
ijtimoiy   turmushda   axborot   vositalari   tarmog’ining   kengaygani,   ya’ni   radio,
televizor,   teatr,   kino,   konsert   zallari,   madaniyat   markazlari,   o’quvchilar   saroylari
va   uylari,   yosh   texniklar   va   tabiatshunoslar   stansiyalarining,   ulardagi
ishtirokchilarning   ko’paygani;   uchinchidan,   kitob,   jurnal,   mahalliy   matbuot
ko’lami va sifatining o’zgarishi, informatika ko’lami kengayishi, internet tarmog’i
jadal o’sishi va hokazolardir.
Bizningcha,   mana   shu   omillar   qatoriga   shaxslararo   munosabatlarning   to’g’ri
yo’lga   qo’yilishi,   odamlarning   oqilona,   odilona   muloqotga   o’rgangani,   jamoa   va
guruhlarda   ijobiy   psixologik   muhit   yaratilgani,   asabiylashish,   parokandalik
kamayganini ham qo’shish maqsadga muvofiqdir.
Yuqorida   ko’rilgan   akselerasiya   nazariyalarini   alohida   olib   qaralsa,   mazkur
jarayonni   tushuntirish   imkoniyati   torayadi.   Shuning   uchun   ularning   ijobiy
jihatlarini  tanlab, muayyan  tizimni  barpo etish  va shu yaxlit  tizimdan foydalanib,
akselerasiyaning   mohiyati   va   uni   keltirib   chiqaruvchi   omillarni   tushuntirish
mumkin.  O’smirlik yoshida shaxsning shakllanishi
O’smirlik yoshi  dunyoqarash, e’tiqod, nuqtai nazar, pozisiya, o’zligini anglash,
baholash va hokazolar shakllanadigan  davr  hisoblanadi. Kichik maktab yoshidagi
bola   kattalarning   ko’rsatmalari   yoki   o’zining   tasodifiy,   ixtiyorsiz   orzu-istaklari
bilan   harakat   kilsa,   o’smir   o’z   faoliyatini   muayyan   prinsip,   e’tiqod   va   shaxsiy
nuqtai nazari asosida tashkil qila boshlaydi.
O’smir shaxsining tarkib topishida axloq o’ziga xos, ong alohida ahamiyat kasb
etadi.   Bunda   o’quvchilarning   axloqiy   tushunchalarni   o’zlashtirishi   va   ular ni
turmushga   tatbiq   etishi   muhim   rol   o’ynaydi.   Umuminsoniy   xislatlarni
shakllantirish   jarayoni,   o’quvchidagi   ishonch,   aqida,   nuqtai   nazarning   qarama-
qarshiliklariga duch keladi. O’smir shaxsini tarkib toptirishda uning atrof-muhitga,
ijtimoiy   hodisalarga,   kishilarga   munosabatini   hisobga   olish   lozim.   Chunki
o’smirda   muayyan   narsalarga   munosabat   shakllangan   bo’ladi.   Ijtimoiy   turmushni
kuzatish,   undagi   inson   uchun   zarur   ko’nikmalarni   egallash   kattalar   xulq - atvorini
tahlil qilish imkoniyatini yaratadi. Natijada favqulodda holatlarga  −  katta yoshdagi
odamlarning   tutgan   yo’li   va   uslubini   baholash   ko’nikmasi   tarkib   topa   boshlaydi.
O’smir   xulq-atvorini   baholashda   (rag’batlantirish   yoki   jazolashda)   kattalar ning
qat’iyatliligi,   prinsipialligi   sinchkov   o’quvchi   tomonidan   tahlil   qilinadi   va
qo’llangan tadbirning to’g’ri yoki noto’g’ri ekanligi yana bir marta tekshiriladi.
Shuning   uchun   rag’batlantirish   va   jazolash   usulari   oqilona,   o’z   vaqtida
qo’llanishi   kerak.   Psixologik   adabiyotlarda   mehnat   bilan   jazolash   o’smir
psixologiyasida   keskin   o’zgarish   yasashi   ifodalangan.   Ma’lumki,   hamma
o’quvchilarga   mehnatning   qahramonlik,   yaratuvchilik   ekanligi   uqtirib   kelinadi.
Favqulodda   mehnatdan   jazo   sifatida   foydalanish   ularga   mutlaqo   yomon   ta’sir
etadi.
Psixologlar   o’tkazgan   tadqiqotlardan   ko’rinadiki,   o’smirlarning   ko’pchiligi
qat’iyatlilik, kamtarlik, mag’rurlik, samimiylik, mehribonlik, dilkashlik, adolatlilik
kabi   ma’naviy,   axloqiy   tushunchalarni   to’g’ri   anglaydilar.   Ularning   turmush
tajribasida   fan   asoslarini   egallashi   natijasida   barqaror   e’tiqod   va   ilmiy
dunyoqarash, tarkib topadi, shular zamirida axloqiy ideallar yuzaga kela boshlaydi. O’smirlarning   ideallari,   negizida   orzu,   maqsad   va   ularni   ro’yobga   chiqarish
rejalari   namoyon   bo’la   bosh laydi.   Muayyan   kasbga   mayl   va   qiziqish   tug’iladi.
Orzu-istaklar rang-barangligi bilan bir-biridan keskin ajralib turadi.
O’smirlar mulohazasini tadqiq qilish ularda ahloqiy tushunchalar baravar tarkib
topmasligini   ko’rsatdi.   A.I.Maliovanov   o’smirlarni   to’rtta   guruhga   ajratadi:   1)
xatti-harakatda o’zlari anglagan, ijo biy qoidalarga tayanib ish tutadigan, so’zi bilan
ishi mos o’smirlar; 2) axloqiy tushunchalari qiliqlariga mos keladigan o’smirlar; 3)
xatti-harakatlari   axloqiy   normalar   haqidagi   bilimlari   bilan   ajralib   turadigan   shu
bilimlarga mos harakat qilmaydigan o’smirlar; 4) o’zlari biladigan axloqiy talablar
bilan, kundalik xulq-atvorning aloqasini tushunmaydigai o’smirlar.
Ilmiy   tadqiqotlar   va   hayot   tajribalari   ayrim   axloqiy   tushunchalarni   noto’g’ri
tushunib, shaxsning ba’zi fazilatlarini noto’g’ri baholab, mustaqillikka intiladigan,
o’z   irodasini   namoyish   qilishga   harakat   qiladigan   o’smirlar   o’zlarida   salbiy
sifatlarni   o’stirishga   urinishini   ko’rsatdi.   Hatto   ular   o’zlarida   shakllangan   ijobiy
xislatlarni  yo’qotishga  ham  harakat   qiladilar. O’qituvchi  va  ota-onalarning  asosiy
vazifasi   ularning   noto’g’ri   qarashlariga   zarba   berish   va   o’smirlarning
adashishlariga yo’l qo’ymaslikdir.
O’smir   o’g’il-qizlar   shaxsining   kamol   topishida   o’zini   anglash   muhim
ahamiyatga   ega.   Chunki   o’zini   anglash   jarayonida   o’ziga   baho   berish   mayli   va
istagi   o’zini   boshqa  shaxslar  bilan  taqqoslash,  o’ziga  bino qo’yish  ehtiyoji  paydo
bo’ladi.   Bular   esa   o’smirning   psixik   dunyosiga,   aqliy   faoliyatiga,   tevarak-atrofga
munosabatining shakllanishiga ta’sir qiladi.
O’smirlarda   o’zini   anglashning   rivojlanishi   shaxsiy   xulq-atvorini   tushunishdan
boshlanib,   axloqiy   fazilatini,   xarakterini,   aqliy   imkoniyat   va   qobiliyatini   bilish
bilan yakunlanadi. 
O’smirda   o’zini   anglash   rivojlanishi   uchun   sinf   jamoasi   va   oila   a’zolarining
faoliyati   muhim   ahamiyatga   ega.   Uning   xatti-harakati,   o’z   kuchiga,   mayliga,
yoshiga   loyiq   ijtimoiy   munosabatlari,   muayyan   muhitda   o’z   o’rnini   topishga
intilishi   o’zini   anglashining   takomillashuviga   puxta   zamin   yaratadi.   O’smirlarda
o’zini   anglash   yangi   bosqichga   ko’tarilgach ,   ular   o’ziga   xos   axloqiy   namunani tanlaydilar. O’quvchi o’ziga namuna bo’lgan shaxsning xulq-atvori bi lan o’zining
xatti-harakatini solishtiradi va o’zining ijobiy yoki salbiy jihatlarini anglab yetadi.
Natijada   unda   o’zini   o’zi   tarbiyalashga   bog’liq   yana   bir   muhim   xislat   vujudga
keladi.   O’smir   o’zini   o’zi   tarbiyalashda   kitob   qahramonlaridan,   kinofilm
ishtirokchilaridan   o’rnak   olib,   goho   ularga   taqlid   qilib,   butun   iroda   kuchi   va
xarakter   xislatlarini   ishga   solib,   har   xil   xususiyatlarni   egallashga   intiladi   va   bu
yo’lda uchraydigan to’siq hamda qiyinchiliklarni yengadi.
O’smirlik   yoshida   psixologik   jihatdan   eng   muhim   xi slat   –   voyaga   yetish   yoki
kattalik hissining paydo bo’lishi   alohida ahamiyatga ega. Kattalik     hissi ijtimoiy-
axloqiy   sohada,   aqliy   faoliyatda,     qiziqishda,   munosabatda,   ko’ngil   ochish
jarayonida,   xulq-atvorning   tashqi   shakllarida   o’z   ifodasini       topadi.   O’smir   o’z
kuchi   va   quvvati,   chidamliligi   ortayotganini,   bilim   saviyasi   kengayayotganini
anglay   boshlaydi.   Bularning   barchasi   unda   kattalik   hissini   rivojlantiradi.   Unda
g’ashga   tegadigan   rahbarlikdan,   o’rinsiz   homiylikdan,         ortiqcha   nazoratdan,
zeriktiradigan   g’amxo’rlikdan   xoli   bo’lish   istagi   vujudga   keladi.   Mazkur   jarayon
o’z navbatida kattalar bilan munosabat va muloqotda noxush kechinmalarni paydo
qiladi.   Sinf   jamoasi   va   oila   a’zolari   o’rtasidagi   munosabatlarni   o’zgartirishgina
kattalar bilan o’smirlar orasidagi “anglashilmovchilik g’ovi”ni yo’qotadi.
O’smirlar   bilan   munosabatda   ularning   mustaqilligi,   faolligi,   tashabbuskorligi,
o’zini  boshqarishini  hisobga olib, ortiqcha homiylik, g’amxo’rlik qilmaslik   ijobiy
samaralar beradi. 
O’smirlik davri xususiyatlarini tadqiq qilgan D.B.Elkonin va T.V.Dragunovning
ta’kidlashicha,   o’g’il   va   qizlarning   bu   yoshda   o’rtoqlari   bilan   munosabatlarga
intilishi, tengdoshlari jamoasining hayotiga qiziqishi yorqin namoyon bo’ladi.
O’smirlarning o’rtoqlik va do’stlik tuyg’ulari o’zaro munosabatlarini o’rgangan
I.V.Straxov,   ularning   o’zaro   munosabatlarini   uchta   shaklga:   ulfatchilik,   o’rtoqlik
va   do’stlikka   bo’ladi.   Har   bir   yuksak   tuyg’uni   psixologik   jihatdan   ta’riflab,
ularning   rivojlanishini   bayon   qiladi,   yuksak,   insoniy   tuyg’ularning   shakllanish
sur’ati,   barqarorligi   o’g’il   bolalar   bilan   qiz larda   birmuncha   farqlanishini
ta’kidlaydi.  V.A.Kruteskiy   va   N.S.Lukinning   fikricha,   ha qiqiy   o’rtoqlik   va   chinakam
do’stlik   –   mardonavor   o’rtoqlik   va   talabchan   do’stlikdir.   Bunday   o’rtoqlik   va
do’stlik   amaliy   yordamni   va   o’rtog’ining   xatolarini   to’g’ri,   samimiy   va   ochiq
tanqid qilishni taqozo etadi.      
O’smirning   sinf   jamoasi   hayotida   faol   qatnashish   uchun   intilishi   g’oyat   katta
ahamiyatga ega. Sinf jamoasi  a’zolarining o’zaro yordam, birdamlik, hamdardlik,
bo’ysunish odati, shaxsiy hamda ijtimoiy qiziqishlarini rivojlantiradi. 
5. 5. O’smirning aqliy kamoloti
O’smirlarning   jismoniy   o’sishi   va   jinsiy   yetilishi   ularning   psixikasida   keskin
o’zgarishlarni   vujudga   keltiradi.   O’quv   fanlarining   ko’payishi,   axborotlar
tarmog’ining   kengayishi   ularning   fikr   yuritishini   jadallashtiradi.   Kichik   maktab
yoshidagi  bolalarda endigina rivojlanish bosqichiga ko’tarilgan intellekt  o’smirlik
davrida   yanada   takomillashadi.   Ta’lim   ja rayonida   ularda   materiallarni   tahlil   va
sintez   qilish,   muammoning   mohiyatiga   tushunish   jadal   sur’atlar   bilan   o’sadi.
Tafakkurning rivojlanishi intellektni qo’shimcha ma’lumotlar bilan boyitadi.
Ma’lumki arifmetikadan algebraga o’tish umumlashtirishnint yuqori bosqichiga
ko’tarilganini   bildiradi.   Binobarin,   mazkur   holatda   mavhumlashgan   sonlar
qaytadan mavhumlashtiriladi, oldin umumlashtirilgan narsa va hodisalar qaytadan
umumlashtiriladi   va   natijada   “mavhumni   mavhumlashtirish”,   “umumlashmani
umumlashtirish” degan ilmiy tushunchalar vujudga keladi. 
O’smir   o’quvchilar   o’rganayotgan   fan   asoslari,   avvalo   ularning   mavhum
tafakkurini   o’stirishga   qaratiladi.   Uning   aqliy   faoliyati   xususiyatlaridan   biri   –
mavhum tafakkurning rivojlanishidir.
Maktab ta’limi va mustaqil bilim olish faoliya ti ta’siri ostida, o’smirda analitik-
sintetik faoliyat  jadal  sur’at  bilan rivojlana boshlaydi.  Shuning uchun unda sabab
va   natijani   izohlash   uquvi   mustahkamlanib   boradi.   O’quvchi   materiallarning
muhim   belgilarini   ajratishga,   keng   ma’noli   umumlashtirishni   amalga   oshirishga
harakat   qiladi.   Ta’lim   jarayonida   anchagina   mavhum   tushunchalar,   masalan,
matematikada   –   nuqta,   chiziq,   tenglik...,   fizikada   –   kuch,   solishtirma   og’irlik,
tezlik, amper, volt..., geografiyada  –  ekvator, qutb, kenglik, uzunlik, zona, plato..., tarixda   –   qul,   davr,   shaxsiy   mulk,   boylik,   ekspluatasiya   va   hokazolar   vujudga
keladi.
O’smirlik   davrida   o’quvchilarda   analitik-sintetik   faoliyat   yetarlicha
rivojlanmagani, fikr yuritish usullari to’liq emasligi uchrab turadi. Shuning uchun
geometrik   masalani   yechish   usulini   yoki   isbotlash   yo’lini   ko’rsatib   berilmasa,
qiyinchiliklar tug’iladi, o’quvchilar masalani eng oddiy usulda “tavakkal”iga yecha
boshlaydilar. 
O’smirlar   fikr   yuritish   faoliyatining   xususiyatlaridan   biri   –   yaqqol-obrazli,
ko’rsatmali   tafakkur   tarkibining  muhim  rol  o’ynashidir. Ularda  mavhum  tafakkur
o’sishi   bilan   yaqqol-obrazli   tafakkurning   tarkibiy   qismi   mutlaqo   yo’qolib
ketmaydi,   balki   saqlanib   qoladi   va   rivojlanadi   hamda   tafakkurning   umumiy
strukturasida muhim rol o’ynaydi.
O’smirning   eng   muhim   xususiyatlaridan   yana   biri   mustaqil   fikrlash,   aqlning
tanqidiyligi tez rivojlanishidir. By esa kichik maktab yoshidagi o’quvchidan farqli
o’laroq, o’smirning aqliy faoliyatida yangi davr boshlanganini bildiradi. 
Maktab   ta’limining   bevosita   ta’siri   bilan   o’smirda   o’zini   anglash   jarayoni
rivojlana   boshlaydi.   U   o’zining   fikriga,   mustaqil   qarashiga,       biror   masala
yuzasidan   o’z   mulohazasiga   ega   bo’lishi   uchun   harakat   qi ladi.   Shuning   uchun
o’qituvchi   yoki   ota-onaning   aytganlariga,   kitob   va   darsliklarga   tanqidiy   nuqtai
nazardan   qaraydi.   Ko’pincha   o’qituvchining   mulohazasidan,   darslikdan   xato   va
kamchiliklarni   topishga   intilib,   o’z   gapida   turib ,   ayrim   fikrlarga   qat’iy   e’tiroz
bildirishga, tortishishga va bahslashishga moyil bo’ ladi.
Aqlning   tanqidiyligi   ayrim   hollarda   o’qituvchi   bilan   o’quvchi   o’rtasida
“anglashilmovchilik   g’ovi”ni   vujudga   keltiradi.   Aqlning       “tanqidiyligi”
o’smirning   asosiy   xususiyatlaridan   biri   bo’lib,   u   o’zgalar     fikrini   turli   bahonalar,
sabablar bilan yo’qqa chiqarishga qaratilgan bo’ladi. 
Tafakkurning   mustaqilligi   inson   uchun   juda   katta   ahamiyatga   ega.   O’qituvchi
dars jarayonida va darsdan tashqari vaqtlarda, har qanday og’ir   shart-sharoitlarda
ham   turli   usullar   bilan   bu   xislatni   qo’llab-quvvatlashi,   uning   rivojlanishi   uchun
imkoniyat   yaratishi   kerak.   Shuni   ham   esdan       chiqarmaslik   lozimki,   dastlabki davrda   o’smirning   nuqtai   nazarini,   mulohazalaridagi   xatolarini,
muvaffaqiyatsizliklarni   yomonlash,   uni   izza   qilish,   izzat-nafsiga   tegish,
masxaralash mutlaqo mumkin emas. Aks holda o’smir aqlining ajoyib sifati barbod
bo’ladi   va   uning   o’zi   jamiyat   hamda   tabiat   qonunlariga,   holatlariga   befarq
qaraydigan shaxsga aylanib qoladi. 
O’qituvchi   o’quvchinilg   aql-zakovatini   to’g’ri,   rivojlantirish   uchun   har   bir
imkoniyatni  to’la,  ishga  solishi:  1)     o’smirlarga  to’g’ri   ta’riflashni,  tahlil   qi lishni,
taqqoslashni,   materiallarni   mavhumlashtirish   va   umumlashtirishni   o’rgatishi;   2)
ularga o’z fikrini to’g’ri, ravon va aniq ifodalash yo’lini tushuntirib berishi lozim.
Mustaqil  ravishda hukm va xulosa chiqarish, mulohaza yuritish kabi aqlning tur li
shakllaridan   foydalanish   o’smirlarda   aqliy,   faoliyat   ko’nikma   va   malakalarini
o’stiradi, natijada jadal rivojlanish pallasi amalga oshadi.
Yuqoridagi   vazifalarni   bajarish   uchun  avvalo   o’smirlar   oldiga  turli   obyektlarni
mustaqil   holda   taqqoslash,   ulardagi   o’xshash   va   tafovutli   jihatlarni   topishni
yuklash kerak. Buning uchun ularning diqqatini quyidagi savollarga javob berishga
qaratish maqsadga muvofiqdir: “Bu holatda qanday umumiylik mavjud?”, “Ushbu
narsalar qaysi belgi va jihatlari bilan bir-biridan farqlanadi?” “Mazkur narsalar va
hodisalar o’rtasida qanday o’xshashlik belgisi bor?” va hokazolar.    
Botanika darslarida o’quvchilarga mox (yo’sin) bilan suv o’tini, zamburug’ning
poyasi   bilan   ildizini   taqqoslashni   tavsiya   etib,   poyaning   ildizdan,   sporaning
urug’dan nimasi bilan farqlanishini aniqlashni topshirish foydalidir. 
O’smir   aql-zakovatini   kamol   toptirish   uchun   ular ga   doimo   mantiqiy   tafakkur
usullarini   o’rgatib   borish   zarur.   Bunda   mantiqiy   xatolarni   tuzatib   borishni   aslo
yoddan   chiqarmaslik   kepak.   O’smirda   to’g’ri   mantiqiy   fikrlashni   rivojlantirishda
ona   tili   va   adabiyot   o’qituvchisining   roli   juda   muhimdir.   U   hamma   vaqt
o’quvchilarga   to’g’ri   jumla   tuzishni,   ravon   mulohaza   yuritishni,   fikrlashni,
yozishni o’rgatib boradi.
Tarbiyasi qiyin o’smirlar
O’qituvchilar   jamoasi   har   qancha   urinishidan   qat’i   nazar,   ta’lim   jarayonida
tarbiyasi   qiyin   o’smirlar   ham   uchrab   turadi.   Hozirgi   davrda,   bunday   o’quvchilar bilan   yakkama-yakka   ishlash   usuli   yaratilgan,   fe’l-atvordagi   nuqsonlarning   xatti-
harakati   nosog’lomligining   oldini   olish   va   tuzatish   yo’llari   ilmiy   asosda   ishlab
chiqilgan.   Tadqiqotlarning   ko’rsatishicha,   tar biyasi   qiyin;   injiq,   xulqi   salbiy
bolalarning   kelib   chiqishining   ijtimoiy   sabablaridan   tashqari,   peda gogik   va
psixologik   sabablari   ham   mavjud.   O’quvchilarda   nojo’ya   xatti-harakatlar   paydo
bo’lishining   sabablari   va   turtkilari   har   xildir.  Qonunni   buzishi   yoki   qoidaga   xilof
ish qilishni  darajasiga  qarab tarbiyasi  qiyin o’smirlar  jinoiy qonunbuzar  va oddiy
qoidabuzar (tartibbuzar) guruhlarga ajratiladi.
Shaxsning   biologik   o’sishidagi   nuqsonlar,   sezgi   organlarining   kamchiliklari,
o’qishga   salbiy   ta’sir   etuvchi   oliy   nerv   faoliyati   va   temperamentdagi   qusurlar
tarbiyasi   qiyinlarni   keltirib   chiqaradi.   Shaxsning   psixik   o’sishidagi   kamchiliklar,
chunonchi,   aql-idrokning   zaif   rivojlangani,   irodaning   bo’shligi,   hissiyotning
kuchsizligi, zarur ehtiyoj va qiziqishlar mavjud emasligi, o’smirning intilishi bilan
mavjud   imkoniyati o’rtasidagi nomutanosiblik va hokazolar xatti-harakatni izdan
chiqaradi.   Shaxsning   fazilatlari   tarkib   topishidagi   nuqsonlar:   axloqiy   hislarning
yetishmasligi,   o’qituvchi,   sinf   jamoalari,   oila   a’zolari   bilan       noto’g’ri   muloqot,
ishyoqmaslik,   bo’sh   vaqtni   to’g’ri   taqsimlamaslik   va   boshqalar   ham   salbiy
qiliqlarni   vujudga   keltiradi.   Shaxsning   bilim,   o’quv   faoliyatidagi   kamchiliklari:
aqliy faoliyat usullaridan keng foydalana     bilmaslik, eng muhim bilim, ko’nikma
va   malakalarni   egallashdagi   uzilishlar;   maktab   faoliyatidagi:   o’qitishdagi
nuqsonlar,   tarbiyaviy   chora   va   tadbirlardagi   xatolar   ham   shular   jumlasiga   kiradi.
Maktabdan tashqari muhitning ta’siridagi nuqsonlar,  chunonchi, oilada pedagogik-
psixologik     bilimlarning   yetishmasligi,   oilaviy   nizolar,   ajralish,   ota-onaning
ichkilikka   va   shahvoniy   hayotga   berilishi,   balog’atga   yetmagan   tengqurlarining
ta’siri,   madaniy-ma’rifiy   ishlab   chiqarish   jamoalari   hamda   jamoatchilik
qurshovidagi   kamchiliklar   ham   tarbiyasi   qiyin   o’smirlar   ko’payishiga   sabab
bo’ladi. 
Tarbiyasi   qiyinlarni   o’rganishda   kinolavhalar,   yuridik   varaqa,   ishontirish,
rag’batlantirish,   bo’ysundirishdan,   qo’rqitish,   “sun’iy   qiyin   holatni   yaratish” singari   usullardan   foydalaniladi.   Shulardan   ayrimlarining   mohiyatiga   qisqacha
to’xtalamiz.
Odatda   novella,   voqyea,   hikoya,   sarguzasht,   ocherk   kabi   adabiy   asarlardan
foydalanish   o’smirlar   xatti-harakatining   sabablarini   o’rganishda   yaxshi   samara
beradi.   O’qituvchi,   sinf   rahbari   yoki   ichki   ishlar   xodimlari   tomonidan   tarbiyasi
qiyin   o’smirlarga   tegishli   asardan   parcha   o’qib   beriladi,   so’ng   ularda   qanday
qo’zg’alish   yoki   ta’sirlanish   paydo   bo’layotganligi   kuzatiladi.   Tajriba   qoidasiga
binoan, o’qilgan parchada o’smirlarning sarguzashti, ajoyibot va g’aroyibotlar o’z
aksini topishi shart. 
Agar   usul   o’zining ijobiy natijasini  ko’rsata olmasa boshqa vositalarni qo’llash
maqsadga muvofiqdir. Navbatdagi bosqichda ulardan o’qilgan asar per sonaji yoki
bosh qahramonining o’rnida bo’lganida qanday ish tutishi so’raladi. Shu yo’l bilan
har bir o’smirni, qanday hodisalar qiziqtirishi va unda qanday salbiy xatti-harakat
yoki   illat   mavjudligi   aniqlanadi.   O’qituvchi   o’quvchilar   bilan   muloqotda   har   bir
o’smirdan   asarning   bosh   obrazi   yoki   personajiga   munosabatini   so’rashi   lozim.
Chunki   shaxsiy   mulohazalar   zaminida   o’smirning   ruhiy   dunyosidagi   turli
kechinmalar aks etadi. Shu tufayli ularning nojo’ya xatti-harakatlari nimalar bilan
bog’liq ekanligi o’qituvchiga ayon bo’ladi. 
Tajriba   o’tkazishda   matnni   o’qilganda   psixo logik   pauzaga,   ravon   ohangga,
o’qish   sur’ati   va   ritmiga   alohida   e’tibor   berish   lozim.   Ana   shu   qoidalarga   rioya
qilinsagina   matnning   ta’siri   ortadi,   o’smirdagi   muayyan   kechinmalarning   tashqi
ifodasi   tez   ko’riladi.   O’smirlar   xususiyatiga   mos   matnlarni   tanlash,   ularning
hajmiga   va   mazmuniga   e’tibor   berish   alohida   ahamiyat   kasb   etadi.   Tanlangan
matnlar   tarbiyasi   qiyin   o’smirlarning   o’ziga   xos   va   yosh   xususiyatlariga,   ichki
imkoniyatlariga mutlaqo mos bo’lishi shart. 
Qonunbuzarlikning sababini aniqlash usullaridan yana biri − syujetli fotosuratlar
yoki  rasmlar  bilan  tajriba o’tkazishdir. Buning ma’nosi  va  maqsadi  o’smirlarning
salbiy   xatti-harakatlarini   keltirib   chiqaradigan   qanday   motivlar   mavjudligini,
shuningdek, ular qaysi ta’sirlarga osonroq berilishini aniqlashdir.  Tarbiyasi   qiyin   o’smirlardagi   xususiyatlarni   o’rganishning   yana   bir       yo’li
alohida-alohida   suhbat   o’tkazish   orqali   ularning   ruhiy   kechinmalari   bilan
tanishishdir. Suhbat kezida yaxshi va yomon xulq-atvor, xatti-harakatlar yuzasidan
keng   ma’lumotlar   to’planadi.   Mazkur   jarayonda   amalga       oshiriladigan   har   xil
xatti-harakatlarni   baholash,   ularni   sharhlab   berish   lozim.   Xatti-harakatni
baholashda   o’smirga   qo’yil gan   ayb   yo   tan   olinadi   yoki   u   mutlaqo   inkor   etiladi.
Biroq   o’tkazilgan   suhbatlar   o’smirning   psixik   dunyosiga   shunday   nozik   ta’sir
qilishi  kerakki, natijada unda vij don   azobi, o’ng’aysizlik  tuyg’usi  vujudga kelsin.
O’smir   shaxsiyatiga   tegadigan   muomala   qilish   man   etiladi.   Hamma   vaqt   suhbat
davomida iliq psixologik iqlim, do’stona munosabat, qulay mikromuhit bo’lmog’i
shart.   Faqat   shundagina   mavjud   imkoniyatlardan   unumli   va   s amarali   foydalanish
mumkin.   O’smirlar   bilan   suhb at   orqali   ularning   kelajak   rejalari,   orzu-umidl ari,
intilishlari, jismoniy va aqliy mehnatga yaroqligi aniqlanadi.
O’smirlarning   tipologik   xususiyatlariga   binoan   bir   nechta   shartli   guruhga
ajratish  mumkin.  
Tarbiyasi  qiyin o’smirlarning birinchi  guruhi  orsizlar  yoki  subutsizlar  deyiladi.
Ular   o’z   xatolarini   bilib   turib   qonun   va   qoidalarni   buzadilar,   noma’q ul   ishlarni
qiladilar.   Ko’pincha   ular   o’zlarining   gunohkor   ekanliklarini   tan   olmaydilar,
maktabdagi   ayrim   kamchiliklarni tanqid qiladilar. Lekin yutuql arni   e’tirof qilishni
xohlamaydilar. Shaxsiy  fikrlarini   boshqa kishilarga ma’qullashni va o’z talablarini
o’zgalar   so’zsiz   bajarishini   juda   yoqtiradilar.   Bunday   bolalar   betga   chopar,   o’jar
tabiatli,   rahm -shafqatsiz,   “zo’ravon”   bo’ladilar.   Mustaqil   fikrga   ega   bo’lmagan
tengdoshlarini o’z atroflariga to’playdilar va birgalikda tartib  buzishga   undaydila r.
Ikkinchi   guruhga   mansub   tarbiyasi   qiyin   o’smirlar   yaxshi   va   yomonni
tushunadilar,   biroq   mustaqil   e’tiqodga ,   barqaror   yuksak   his-tuyg’uga   ega
emasliklari   sababli   “orqa   qanoat”da   turib   qoidani   buzadilar.   Ularning   xatti -
harakatlari tasodifiy voqyelikka, ta’sir kuchiga va vaziyat xususiyatiga bog’liqdir.
Ular   tashviqotga   tez   beriladilar,   barcha   narsalarga   ishonadilar,   qaysi   yo’lga   kirib
qolganliklarini anglab yetadilar, b iroq   “kompaniya” fikriga qarshi borishga botina
olmay   ko’ngilsiz   ishlarga   qo’l   uradilar.   Ko’pincha   tartibbuzarlar   qilmishlariga tavba   qilib,   sinf   jamoasi   a ’zolarini   ishontiradilar,   lekin   ma’lum   fursat   o’t gandan
so’ng bergan va’dalarini butunlay  unutadilar.
Uchinchi guruhga mansub tarbiyasi   qiyin   o’smirlar   shaxsiyatparastlik       tufayli
qonunbuzarlik,   tartibbuzarlik   yo’liga   kirib   qoladilar.   Ular   shaxsiy   talablari   va
ehtiyojlarini   qondirish   uchun   hap   qanday   nojo’ya   xatti-harakatdan   qaytmaydilar,
hamisha   odamlarga   yaxshilik   qilishni   orzulaydilar,   biroq   o’zlarining   shaxsiy
manfaatlarini   ijtimoiy   manfaatdan   yuqori   qo’yadilar.   O’zlarining   xohishlarini
taqiqlangan   usullar   bilan   amalga   oshiradilar,   so’ng   qilmishlariga   afsus-nadomat
chekadilar,  ruhan   eziladilar.  Lekin  mazkur   kechinmalarni   tez   unutadilar,   ularning
shaxsiy   ehtiyojlari   har   qanday   yuksak   hislardan,   xohishlardan   ustun   turadi.
Axloqqa xilof xatti-harakatlar achinish hissi tarzida namoyon bo’ladi, xolos. 
Injiq tabiatli o’smirlar to’rtinchi guruhga mansub bo’lib, ular sinf jamoasida o’z
o’rinlarini   topa   olmaganidan   qayg’uradilar.   Bunday   o’quvchilar   ginaxon,   arazchi
bo’ladilar,   shuning   uchun   sinf   jamoasida   kamsitilayotgandek,   kechinmalar   bilan
yashaydilar.   Bunday   holatning   vujudga   kelishiga   asosiy   sabab   shaxsiy
imkoniyatlardan ko’ra intilish, mayl va obro’ ketidan quvishning ustunligidir. Ular
jamoa   a’zolarining   hurmatiga   sazovor   bo’lishni   xohlaydilar.   Ko’pincha   tundlik
bilan   ish   tutadilar,   biror   narsaga   xayrixohliklari   yaqqol   ko’zga   tashlanmaydi.
Tushkunlik   kayfiyati,   umidsizlik,   o’z   imkoniyati,   aqliy,   quvvatiga   ishonchsizlik
ularga   xos   xususiyatlardir.   Ular   qonun   va   qoidalarni   buzishga   astoydil   harakat
qilmasalarda, ta’lim va tarbiya jarayonida qiyinchilik tug’diradilar. 
Tarbiyasi   qiyin   o’smirlarning   xatti-harakatlarini   ijobiy   yo’nalishga   burib
yuborish uchun ularda mas’uliyat, g’urur, javobgarlik, ishonch kabi yuksak hislarni
tarkib   toptirish   lozim.   Buning   uchun   ularga   yoshi,   kuchi,   qobiliyati   va
qiziqishlarini   hisobga   olib,   topshiriqlar   berish   ayni   muddaodir.   Ularga   kichik
jamoani, sport seksiyasini, tirik burchakni boshqarish vazifasini ishonib topshirish
natijasida   salbiy   fe’l-atvorlarini   kamaytirish   mumkin.   Ularni   o’zlari   qiziqqan
to’garaklarga   jalb   qilish   orqali   o’qishga   salbiy   munosabatlari   asta-sekin   yo’qotib
boriladi. Tarbiyasi   qiyin   o’smir   o’quvchilarni   qayta   tarbiyalash   uchun   quyidagilarga
e’tibor berish kerak.
Tarbiyasi qiyin o’smirlarni keltirib chiqaruvchi sabablar majmuasi.
I. Shaxsning biologik nuqsonlari:
a) sezgi organlarining kamchiliklari;
b)   o’qishga   salbiy   ta’sir   etuvchi   oliy   nerv   faoliyati   va   temperament
xususiyatlarining mavjudligi;
v) psixopatologik ojizliklar.
II. Shaxsning psixik kamolotidagi kamchiliklar:
a) aqlning bo’sh o’sganligi; 
b) irodaning zaifligi;
v) shaxsda hissiyotning kam rivojlangani;
g) zarur ehtiyoj va bilishga  qiziqishlar mavjudmasligi;
d) o’smirdagi intilish bilan imkoniyatlarning nomutanosibligi.
III. Shaxsning tarbiyasidagi nuqsonlar:
a) axloqiy xislatlarida uchraydigan kamchiliklar;
b)   o’smirning   o’qituvchi,   sinf   jamoasi   va   oila   a’zolari   bilan   muloqotidagi
zaifliklar;
v) mehnat tarbiyasidagi nuqsonlar;  
g) bo’sh vaqtni taqsimlashdagi xatolar. 
IV. Shaxsning bilim olish faoliyatidagi kamchiliklari:
a) bilimlar, maxsus ko’nikmalar va malakalarni egallashdagi uzilishlar;
b)   ta’lim jarayonida aqliy mehnat usullari va operasiyalarining yetishmasligi.
V. Maktab ta’limi va tarbiyasidagi kamchiliklar:
a) ta’lim jarayonida bilimlar va xatti-harakatlarni adolatsiz baholash, darslik va
o’quv   qo’llanmalariga   nisbatan   anglashilmovchiliklar,   sinfda   qoldirish   va
hokazolar;
b) maktab tarbiyaviy ishlaridagi kamchiliklar o’qituvchining o’smirga xayrixoh
emasligi,   o’quvchining   ikkilanishi,   o’qituvchilar   va   o’quvchilar   jamoasidagi
nuqsonlar, pedagogik qarovsizlik, o’z o’rnini topa olmaslik va boshqalar. VI. Maktabdan tashqari muhitdagi nuqsonlar:
a)   oilada pedagogik va psixologik bilimlarningetishmasligi;
b)  oilaning buzilishi va oilaviy nizolar; 
v) ota-ona yoki oila a’zolarining shahvoniy hayotga va ichkilikka berilishi; 
g) oila a’zolari o’rtasida sudlangan odamning uchrashi;
d)   tengqurlarining   salbiy   ishlarga   (haqorat   qilishga,   ichishga,   chekishga,   qo’li
egrilikka) o’rgatishi va hokazo;
ye) madaniy-ma’rifiy, ishlab chiqarish va jamoatchilikning kamchiliklari. 
O’smirlar tafakkurining o’sishi
O’smirlik   davriga   kelib,   ta’lim   jarayonida   o’quvchilarning   aqliy   faoliyati
taraqqiyotida   muhim   siljishlar   yuz   beradi.   Ularning   jismoniy   rivojlanishi,   jinsiy
balog’atga   yetishi   psixikasida   keskin   o’zgarishni   vujudga   keltiradi.   O’quv
fanlarning   ko’payishi,   axborotlar   tarmog’ining   kengayishi   fikr   yuritishni
jadallashtiradi. Kichik maktab yoshidagi o’quvchida ma’lum taraqqiyot bosqichiga
ko’tarilgan  tafakkur  o’s mirlik  davriga  kelib o’zining yana  bir  yuqoriroq  pallasiga
ko’tariladi.   O’qitish   jarayonida   ularda   o’rganilishi   zarur   bo’lgan   materiallarni
analiz   va   sintez   qilish,   ya’ni   analitik-sintetik   faoliyat   hamda   mavhum   tafakkur
jarayonlari   jadal   sur’atlar   bilan   taraqqiy   eta   boshlaydi.   Tafakkurning   rivojlanishi
uchun mazkur yosh davrida matematika, ona tili, geografiya, fizika, biologiya kabi
fanlar muhim imkoniyatlar yaratib  beradi.
Sobiq   sovet   psixologiyasi   fanining   asoschilaridan   biri   L.S.Vigotskiy   tafakkur
muammosini o’rganib, ko’proq umumlashtirish va abstraksiyalash ustida to’xtalib,
ularni   gruppalarga,   turlarga   ajratib   o’rganishni   tavsiya   qiladi.   Bundan   tashqari,
umumlashtirish   va   mavhumlashtirishning   yuqori   bosqichi   yuzasidan   mulohaza
yuritib,   “umumiylikni   umumlashtirish”,   “mavhumni   mavhumlash”   degan
tushunchalarni   birinchi   bo’lib   psixologiyaga   olib   kiradi.   Bu   holat   bir   fanda
o’zlashtirilgan   bilimlarning   ikkinchi   bir   fanda   uchrashi   paytida   sodir   bo’lishi
mumkinligi   asoslab   ko’rsatiladi.   Masalan,   arifmetikadan   algebra   tomon   yoki
planimetriyadan   steriometriya   sari,   tabiiy   geografiyadan   iqtisodiy   geografiyaga
o’tish va boshqalar. Yirik sobiq sovet psixologlaridan biri P.P.Blonskiy tafakkur bir davrning o’zida
ikki   yo’nalishga   qarab,   ya’ni   mavhumdan   yanada   mavhumga,   yaqqoldan   undan
ham   yaqqolroq   holatga   qarab   o’sib   o’tishi   ustida   fikr   yuritadi.   Uning   fikricha,
tafakkur taraqqiy qilib borishi natijasida o’smirlar ma’lum qonun va qoida asosida
aqliy   mehnat   qilishga   odatlanadilar.   Natijada   o’quvchilar   o’z   xatti-harakatlari   va
intellektual faoliyatlarini nazorat qilishga o’rganadilar. Ular ning o’z-o’zini nazorat
qilishi to’rt bosqichda tarkib topadi. Birinchi bosqich o’z-o’zini nazorat qilishning
mavjud   emasligi   bilan   tavsiflanadi.   Ikkinchi   bosqichda   o’quvchi   materialni
sidirg’asiga   takrorlash   asosida   o’z   fikr   yuritish   faoliyatini   tekshiradi.   Shu ning
uchun   bu   bosqich   o’z-o’zini   to’liq   nazorat   qilish   bosqichi   deyiladi.   Uchinchi
bosqich «tanlab nazorat qilish bosqichi» deb yuritilib, unda o’quvchi materialning
asosiy   qismini   idrok   qila   olishini   tekshirgan   bo’ladi.   To’rtinchi   bosqichda   unda
o’z-o’zini   nazorat   qilish   funkisiyasi   yana   yo’qoladi,   faqat   natijalarni   bir   necha
asosiy va muhim belgilariga qarab mulohaza yuritishi ko’zga tashlanadi va hokazo.
S.L.Rubinshteyn   umumlashtirishni   empirik   (amaliy),   nazariy   va   deduktiv
(umumiydan   xususiyga)   umumlashtirish   turlariga   ajratib   o’rganadi.   Muallifning
mulohazasiga   ko’ra,   umumlashtirish   yordamida   muammolar   yo   asta-sekin
(empirik),   yoki   «birdaniga»   (nazariy)   hal   qilinishi   nazarda   tutiladi.   Mavhum
tafakkurni   o’stiruvchi   birdan   bir   yo’l   muammoli   vaziyatdir,   deb   tushuntiradi
tadqiqotchi.   Muammoli   vaziyat   abstrakt   tafakkurni   o’stirish   bilan   cheklanib
qolmasdan,   balki   ijodiy   tafakkurni   har   tomonlama   taraqqiy   ettirishi   mumkinligi
ta’kidlab   o’tiladi.   S.L.Rubinshteyn   ta’limda   tafakkur   shakllari,   chunonchi,
tushunchalar,   hukm   va   xulosa   chiqarishning   tarkib   topishi   va   rivojlanishi
to’g’risida ham nazariy, ham amaliy xususiyatga ega bo’lgan fikrlarni bildiradi. U
mavhum   tafakkurning   rivojlanishi   matematik-tabiiy   sohadagi   fanlar   zimmasiga
tushishini alohida uqtiradi.
N.D.Levitov   o’smirlarda   tafakkur   muammosining   kechishini   o’rganib,   asosiy
e’tiborini   quyidagi   ko’rsatgichlarga   qaratadi.   Uning   fikricha,   tafakkur   taraqqiysi
uchun   ushbu   ko’rsatgichlar   mutlaqo   zarurdir:   a)   tafakkurning   mustaqilligi,   b)
o’quv   materialining   tez   va   puxta   o’zlashtirilishi,   v)   aqliy   topqirlik,   g)   muammo mohiyatiga chuqur  kirib borish, ya’ni muhim alomatni  nomuhimdan ajrata bilish,
d) tafakkurning tanqidiyligi va boshqalar. Bizningcha, muallif tomonidan ajratilgan
tafakkurning   rivojini   ko’rsatuvchi   mezonlar   yetarli   emasdir,   chunki   tafakkur
o’sishi   uchun   mutlaqo   shart   bo’lgan   baholash,   sabab-oqibat,   muammoni   hal
qiluvchi   usullar   va   ularning   yangi   sharoitga   ko’chish,   mantiqiy   fikr   yuritish
yo’llarini egallash singari tarkiblar yetishmaydi.
M.N.Shardakov   sababiy   bog’lanishning   tutgan   o’rni   va   uni   o’stirish   yo’llari
to’g’risida   mulohaza   yuritadi.   Ta’lim   jarayonida   fikr   yuritish   operasiyalarining
taraqqiy   qilish   bosqichlari   bayon   qilib   o’tilgan.   Tafakkur   operasiyalarini
o’quvchilar ongida tarkib toptirishning ta’limdagi o’rni, o’quv materiallarini oson
o’zlashtirish   imkoniyatining   tug’ilishi,   tushunishning   osonlashuvi,   bilishga
qiziqishning   ortishi   kabi   muhim   masalalar   M.N.Shardakov   tadqiqotlarida   o’z
ifodasini   topgan.   Tafakkurning   o’sishi   o’qitiladigan   fan   ta’siriga   bog’liq   ekanligi
muallif tomonidan alohida ta’kidlanadi.
M.N.Shardakov   tadqiqotlarida   tafakkur   shakllarining   o’quvchilarda   tarkib
topishi   natijasida   ta fakkurning       mantiqiyligi       ortib       borishi       masalasi   ochib
berilgan.   Ayniqsa,   ilmiy   tushunchalarni   shakllantirish,   narsa   va   hodisalar
to’g’risida     obyektiv     hukm   chiqarish       masalasiga   keng   o’rin       berilgan.
Shuningdek,   xulosa   chiqarishning   induktiv,   deduktiv   va   analogik   yo’llarining
o’quvchilar yosh davriga qarab   o’zgarish psixologiyasiga muhim o’rin ajratilgan.
Ma’lumki,   arifmetikadan   algebraga   o’tish   umumlashtirishning   yuqori   darajaga
ko’chganligini       bildiradi.   Binobarin,   mazkur   holatda   dastavval
mavhumlashtirilgan   sonlar   qaytadan   mavhumlashtiriladi,   oldin   umumlashtirilgan
narsa   va   hodisalar,   jism   va   predmetlar   qaytadan   umumlashtiriladi   va   natijada
“mavhumni   mavhumlash”,   “umumlashmani   umumlashtirish”—   degan   yangi
tushunchalar vujudga keladi.
O’smir   yosh   davridagi   o’quvchilar   tomonidan   o’rganilayotgan   barcha   fan
asoslari, avvalo ularning mavhum tafakkurini o’stirishga qaratilgan bo’ladi. O’smir
aqliy   (o’quv)   faoliyatining   asosiy   xususiyatlaridan   biri,   mavhum   tafakkurining
kamol   topishidan,   yaqqol - obrazli   tafakkur   bilan   mavhum   tafakkur   o’rtasidagi munosabatning   abstrakt   tafakkur   foydasiga   hal   bo’lishidan   iboratdir.   Kichik
maktab   yoshidagi   o’quvchilar   yaqqol   fikrlashdan,   o’smirlik   davriga   o’sib   o’tib
mavhum tafakkurga asoslanib, fan asoslarini o’zlashtirishga harakat qiladilar.
Maktab  ta’lim   va  mustaqil  bilim   olish  faoliyati   ta’siri   ostida  o’smirda  analitik-
sintetik   faoliyat   jadallik   bilan   rivojlana   boshlaydi.   Endi   o’smirlar   faqat   yaqqol
omillar   qiziqishdan   tashqari,   ularning   analizi   bilan   ham   qiziqa   boshlaydilar.
Bundan   tashqari,   o’quvchilarda   sabablarni   izohlash   tendensiyasi   mustahkamlana
boradi.   Natijada   ular   materiallardan   muhim   belgilarni   ajratishga,   keng   ma’noli
umumlashtirishni amalga oshirishga harakat qilishadi. Ta’lim jarayonida ko’pgina
mavhum   tushunchalar   vu judga   keladi,   jumladan   matematikada   —   nuqta,   chiziq,
burchak,   tenglik...,   fizikada   —   kuch,   solishtirma   og’irlik,   tezlik,   amper,   volt...,
geografiyada — ekvator, qutb, kenglik, uzunlik, zona, plato..., tarixda — qul, davr,
xizmatkor, shaxsiy mulk, boylik va boshqalar.
V.I.Zikovaning   fikriga   ko’ra,   oltinchi   sinf   o’quvchilarining   muhim   psixologik
xususiyatlaridan biri shundan iboratki, agar chizmada ifodalangan yaqqol shakldan
sal   chetlashish   holati   yuz   berib   qolsa,   u   taqdirda   geometrik   isbotlashlarni
o’zlashtirish   qiyinlashadi.   Chunki   mazkur   yoshdagi   o’quvchilarda   hali
isbotlanayotgan   holat   chizmadan   tashqari   ko’pgina   boshqa   vaziyatlarga   ham
taalluqli ekanligi to’g’risida, uning umumiy ahamiyat kasb etishi haqida tushuncha
o’qib   yetilmagan   bo’ladi.   Olimaning   ta’kidlashicha,   oltinchi   sinf   o’quvchilari
bundan   tashqari,   yana   qator   qiyinchiliklarni   ham   boshdan   kechiradilar.   Bu
qiyinchiliklar ham bir vaziyatni geometrik isbotlash orqali asoslab berishdan yoki
mulohaza   qilish   ketma-ketligini   izchil   saqlash   zarur   deb   tushunishdan   kelib
chiqadi.   Ular ning   tipik   xatolari   quyidagilardan   iborat:   ayrim   joylarini   tushirib
qoldirish,   joylarini   o’zgartirish,   isbotlashning   ba’zi   tarkiblarini   qaytadan
takrorlash, tarkiblarga ortiqcha fikrlarni olib kirish, asoslashni tushirib qoldirish va
hokazo.
O’smirlik   davrida   o’quvchilar   analitik-sintetik   faoliyatning   yetarli   darajada
taraqqiy   etmaganligi,   fikr   yuritish   usullari   bilan   to’liq   tanish   emasliklari   uchrab
turadi.   Shuning   uchun   geometrik   masalani   yechish   usulini   yoki   isbotlash   yo’lini ko’rsatib bera olmasa, u holda qiyinchiliklar     tug’iladi. Shu sababdan o’quvchilar
masalani eng oddiy usul yordamida “tavakkal”iga yechish yo’lidan boradilar.
Ba’zan   o’smirlar   sabab-oqibat   munosbatini   aniqlash   paytida   qiyinchiliklarga
duch   keladi.   Ular   narsa   va   hodisalarning   sodir   bo’lishi   sababini   qidirib   topish,
uning oqibatini aniqlashni nisbatan yengilroq uddalaydilar.
O’smirlar   fikr   yuritish   faoliyatining   navbatdagi   xususiyatlaridan   biri   yaqqol-
obrazli   (ko’rsatmali)   tafakkur   jabhasining   hali   ham   muhim   rol   o’ynashi
hisoblanadi. O’smirda mavhum tafakkurning o’sishi bilan yaqqol-obrazli tafakkur
tarkiblari   mutlaqo   yo’qolib   ketmaydi,   balki   ular   saqlanib   qoladi,   taraqqiy   etadi
hamda   tafakkurning   umumiy   tuzilishida   muhim   rol   o’ynashni   davom   ettiradi
(ayniqsa V-VI sinf o’quvchilari faoliyatida).
A.Z.Redkoning   tarixiy   tushunchalarni   o’zlashtirishga   doir   materiallarida
ko’rsatilishicha,   o’smirlar   yaqqol   tasavvur   qilish   mumkin   bo’lgan   tushunchalarni
oson egallab oladilar. Masalan, “qul” tushunchasida eng avval qullarning majburiy
mehnat  qilish belgisini,  “quldor” tushunchasida  esa  boylik belgisini  osonlik bilan
o’zlashtiradilar. Biroq “quldorlik tuzumi”, “feodalizm” va boshqa yetarli darajada
konkret   bo’lmagan   tushunchalar   esa   ular   ongiga   ancha   qiyinchilik   bilan   yetib
boradi.
Xuddi shunday mashaqqatlar geometriya, fizika, geografiya, biologiya fanlariga
taalluqli   tushuncha larni   o’zlashtirish   paytida   ham   sodir   bo’lganligi   o’qituvchilar
tajribasida ko’p marta qayd etib o’tilgan.
Tarix faniga oid rasmlarni, polotnolarni, illyustrasiyalarni  ko’rgan paytida ham
o’smir   o’quvchilar   ko’rsatmali   qo’llanmalarni   muhim   bo’lmagan   belgisiga
asoslanib idrok qilish tufayli noto’g’ri tasavvurlarga ega bo’ladilar. Masalan, “xon”
deganda,   o’smirlar   ko’z   o’ngida   uzun   soqolli,   barvasta,   qozonday   sallali,   qahr-
g’azabli   kishi   gavdalansa,   “chorakor”   deganda   yupun   kiyingan,   ozg’in,   hamisha
boy   oldida   yetti   bukilib   sajda   qiluvchi,   kamonqomad,   o’rta   yashar   shaxs
gavdalanadi. Biroq, shu misollardagi kishilar mutlaqo boshqacha qiyofada bo’lishi
mumkinligini xayoliga keltirmaydilar. O’smir   uchun   eng   ahamiyatga   molik   xususiyatlardan   yana   biri   –   tafakkurning
mustaqilligi,   tanqidiyligi   shiddatli   taraqqiyot   pallasiga   kirishidir.   Bu   esa   kichik
maktab yoshidagi o’quvchilardan farqli o’laroq, o’smirning aqliy faoliyatida yangi
davr boshlanganligidan darak beradi.
Maktab ta’limining bevosita ta’siri ostida (mustaqil bilim olish faoliyati nazarga
olinmayapti)   o’s mirda   o’z-o’zini   anglash   jarayoni   kamolati   uchun   xarak terli
bo’lgan   fikrlash   taraqqiy   eta   boshlaydi.   U   o’zining   shaxsiy   fikriga,   mustaqil
qarashiga,   biror   masala   yuzasidan   o’z   mulohazasiga   ega   bo’lish   uchun   harakat
qiladi.   Shuning   uchun   o’smir   o’qituvchi   yoki   ota-onaning   aytganlariga,   kitob   va
darsliklarga   nisbatan   tanqidiy   nuqtai   nazardan   qaraydi.   Ko’pincha   o’qituvchi
mulohazasidan   yoki   darslikdan   xato   va   kamchiliklarni   topishga   intilib,   o’z
pozisiyasidan   turib   u   fikrlarga   qat’iy   e’tiroz   bildirishga,   hatto   tortishishga   mayli
kuchli bo’ladi.
Aqlning   tanqidiyligi   ayrim   hollarda   pedagog   bilan   o’quvchi   o’rtasida
“anglashilmovchilik   g’ovi”ni   vujudga   keltiradi.   Bu,   albatta,   o’qituvchidan
psixologik-pedagogik   odobga   rioya   qilishni   va   uning   chegarasidan   chiqmaslikni
talab   etadi.   Agarda   o’qituvchi   o’quvchining   individual   va   yosh   xususiyatini   to’la
bilmas ekan, u holda ta’lim va tarbiyada maqsadga muvofiq rivojlanish o’z-o’zidan
yo’qqa   chiqadi.   Shuning   uchun   hozirgi   davrning   eng   dolzarb   masalalaridan   biri,
pedagogning   to’la   psixologik   bilimga   ega   bo’lishidir.   O’qituvchining   psixologik
savodsizligi   salbiy   oqibatlarga   olib   kelishi   ko’pgina   tadqiqotchilar   izlanishlarida
o’z ifodasini topgan.
“Tanqidiylik” o’smirlarning asosiy xususiyatlari dan biri bo’lib, u o’zgalar fikrini
turli bahonalar, sabablar bilan yo’qqa chiqarishga qaratilganligi bilan tavsiflanadi.
Bu   yosh   davrda   o’zgalar   fikri   bilan   hisoblashish   yoki   o’zgarmas   “xislat”   deb
mulohaza   yuritmaslik   kerak,   chunki   o’tish   davrida   parokandalik   tez-tez   ko’zga
tashlanib   turadi.   Uning   oldini   olishga   harakat   qilish,   profilaktik   ish   olib   borish
ilg’or o’qituvchilar tajribasida o’z ifodasini topgan. Ma’lumki, muammo dalilli fikr
bilan to’la asoslanganda, o’smir u haqda oqilona hukm chiqarib, so’nggi yo’lning
to’g’ri ekanligiga ishonch hosil qiladi. Tafakkurning   mustaqilligi   inson   uchun   juda   katta   ahamiyatga   ega.   Shuning
uchun   o’qituvchi   dars   jarayonida   va   darsdan   tashqari   vaqtlarda,   har   qanday   og’ir
shart-sharoitlarda   ham   turli   usul   va   yo’l,   har   xil   metod   bilan   bu   xislatni   qo’llab-
quvvatlashi,   o’stirishi,   voyaga   yetkazishi   va   avaylashi   kerak.   Yana   shu   narsani
esdan   chiqarmaslik   kerakki,   dastlabki   davrda   o’smirning   u   yoki   bu   pozisiyada
mustaqil,   tanqidiy   yondashish   vaqtida   uning   mulohazalaridagi   bo’sh   va   zaif
tomonlarni,   umuman   muvaffaqiyatsizliklarini   ta’na   qilish,   izza   qilish   yoki   izzat-
nafsiga,   shaxsiyatiga   tegish,   kulish   mutlaqo   mumkin   emas.   Aks   holda   biz   o’smir
tafakkurini ajoyib sifatidan judo qilib, uni jamiyat va tabiat qonuniyatlariga befarq
qaraydigan   qilib   qo’yishimiz   mumkin.   O’smirda   vujudga   kelayotgan   mazkur   aql
sifati   shuning   bilan   izohlanadiki,   o’smir   tafakkuri,   ya’ni   aqlning   tanqidiyligi   o’z-
o’zini   tanqid   qilish   faoliyatidan   keyin   taraqqiyot   bosqichiga   ko’tarilganligidan
dalolat beradi.
Bunday   hollarda   o’qituvchi   xushmuomalalik   va   ustalik   bilan   shunga   o’xshash
tortishuvlarning,   e’tirozlarning   o’rinsizligini   ko’rsatib   berishi   lozim   hamda
mustaqil   va   tanqidiy   fikrlashni   rivojlantirish   uchun   boshqacharoq   yo’l-yo’riqlar
ko’rsatishi kerak.
Qanday qilib o’smirlar tafakkurini shaklllantirsa bo’ladi?
O’qituvchi tafakkurni to’g’ri rivojlantirish uchun har bir imkoniyatni to’la ishga
solishi   lozim:   1)   o’smirlarni   to’g’ri   ta’rif   berishga,   analiz   qilishga,   taqqoslashga,
abstraksiyalash va umumlashtirishga o’rgatishi shart; 2) o’z fikrini to’g’ri, ravon va
aniq   izhor   etish   yo’lini   tushuntirishi;   3)   mustaqil   ravishda   hukm   va   xulosa
chiqarish,   mulohaza   yuritish   kabi   fikr   yuritish   shakllari   ularda  aqliy   ko’nikma   va
malakalarni o’stiradi va oqibat natijada rivojlanish amalga oshiriladi.
Yuqoridagi   vazifalarni   amalga   oshirish   uchun   avvalo   o’smirlar   oldiga   turli-
tuman   obyektlarni   mustaqil   taqqoslash,   ulardagi   o’xshash   va   tafovutni   topish
zaruriyatini qo’yish shart. Buning uchun o’smirlar diqqatini ushbu savollarga javob
berishga qaratish maqsadga muvofiqdir. Jumladan, “Bu holatda qanday umumiylik
mavjud?”, “Ushbu narsalar qaysi belgi va jihatlari bilan bir-birlaridan farq qiladi?”, “Mazkur   narsalar   va   hodisalar   o’rtasida   qanday   o’xshashlik   belgisi   bor?”   va
boshqalar.
Botanika darslarida o’quvchilarga mox (yo’sin) bi lan suv o’tini, zamburug’ning
poyasi   bilan   ildiz   sistemasini   taqqoslashni   tavsiya   etib,   poyaning   ildizdan,
sporaning   urug’dan   nimasi   bilan   farqlanishini   aniqlash   kabi   vazifalar   berish
foydalidir.   Ushbu   natijalar   psixolog   Ye.M.Kudryavseva   tadqiqotlaridan   bir
namuna   sifatida  keltirib  o’tildi,   xolos.   Boshqa   fanlar   bo’yicha   ham   xuddi   shunga
o’xshash   topshiriqlar   berish   mumkin:   “Romb   bilan   kvadratni   taqqoslang”,
“Ravishdoshdan   sifatdoshni   qanday   ajratsa   bo’ladi?”,   “Kislorod   bilan   vodorodni
solishtiring”,   “Birhad   ko’phaddan   qaysi   tomonlari   bilan   farq   qiladi?”,   “Quldorlik
tuzumi   bilan   feodal   tuzumi   o’rtasida   qanday   o’xshashlik   va   tafovutli   jihatlari
mavjud?”, “Tog’ daryolari va pasttekislik daryolari o’rtasida qanday o’xshashliklar
ko’zga tashlanadi?” va hokazo.
Psixolog   V.A.Kruteskiy   o’smir   tafakkurining   mustaqilligini   faollashtirish
maqsadida   yangi   o’quv   materialini   evristik   yo’l   bilan   o’zlashtirish   foydali
ekanligini ta’kidlab o’tadi. Muallif muammoli-evristik metodning birin-ketin, ya’ni
tadrijiy   uch   bosqichdan   iboratligidan   xabar   beradi.   Birinchi   bosqichda   o’qituvchi
tinglovchilar   oldiga   muammo   qo’yadi   va   uning   ta’rifini   aytib   o’tadi,   o’quvchilar
esa muammoni yechish uchun mustaqil yo’l-yo’riq qidiradilar. Ikkinchi bosqichda
esa,   o’qituvchi   o’quvchilar   oldiga   muammoni   mustaqil   ta’riflash   vazifasini
qo’yadi,   lekin   uni   yechishga   yo’llanma   beradi.   Uchinchi   bosqichda   bo’lsa,
o’qituvchi   muammoga   ishora   qilmaydi,   balki   o’quvchilarni   muammoni   mustaqil
analiz   qilib   chiqish,   undan   so’ng   ta’riflash,   yechish   usullari   va   imkoniyatlarini
qidirib topishga o’rgatadi.
V.A.Kruteskiy   tadqiqotidan   ushbu   misolni   keltirib   o’tishni   lozim   deb   topdik:
Teorema,   —   “Uchburchakning   ichki   burchaklari   yig’indisi   2d   ga   teng”.   Birinchi
bosqich.   O’qituvchi   deydi:   “Har   qanday   uchburchakning   ichki   burchaklari
yig’indisi   180   gradusga   teng.   O’ylab   ko’ring,   qanday   qilib   bu   teoremani   isbot
qilish   mumkin?”.   Ikkinchi   bosqich.   O’qituvchi:   “Uchburchakning   ichki
burchaklari   yig’indisi   nimaga   teng   ekanligini   isbotlashga   va   aniqlashga   harakat qilib   ko’ring.   Bu   o’lchov   doimiy   bo’lishi   mumkinmi?”.   Uchinchi   bosqich.
O’qituvchi:   “Uchburchak   xossasini   qidirib   toping.   Bu   shaklning   qaysi   xossasini
bilish   zarur   va   qaysi   biri   qiziqarli?”.   O’quvchi   taxminan   mana   bunday   javob
berishi   mumkin:   “Ichki   burchaklar   to’g’risida   tasavvur   qilish   juda   qiziqarlidir.
Shuningdek, burchaklarning turli hajmda, doimiy o’lchov miqdoriga tengligi yoki
teng emasligi   to’g’risidagi fikr ham kam ahamiyatli emas”.
Sobiq   sovet       psixologiyasida   tafakkurni   rivojlantirish   borasida   olib   borilgan
tadqiqotlar       ichida       M.N.Skatkinning   ishi   alohida   ahamiyat   kasb   etadi.   U
o’smirlarning   mustaqil   fikrlashini   o’stirish   maqsadida   quyidagi   usulni   tavsiya
qiladi. O’qituvchi sinfga pomidor, bodring, ko’knor hosilini olib kiradi.
O’qituvchi:   Biz   sizlar   bilan   o’simlikning   tana,   barg   qismlarini   o’rganganmiz.
Endi o’simlikning meva qismi haqida fikr yuritamiz. Biz hosil nima ekanligini va u
nima   uchun   xizmat   qilishini   aniqlashimiz   shart.   Mana   hosil.   Nega   bodring,
pomidor,  ko’knor  mevasi   bir   xil   nom  bilan  “hosil”  deb  ataladi?  Ehtimol  ularning
shakli bir xildir?
O’quvchi:   Yo’q,   ularning   shakli   har   xil.   Pomidor   dumaloq,   bodring
cho’zinchoq, ko’knor esa kichkina ryumkaga o’xshaydi.
O’qituvchi: Qani rangi bir xil emasmikin?
O’quvchi:   Yo’q,   ranglari   turlicha.   Pomidor   qizil,   bodring   ko’m-ko’k,   ko’knor
esa sarg’ish.
O’qituvchi: Ularda shakl, rang va maza — umumiy hamma narsa turlicha ekan,
nima   uchun   bari   bir   “hosil ”   deyiladi?   Demak,   nimasidir   umumiyga   o’xshaydi.
Nima ekan u?
O’quvchi: Ularning umumiy tomoni, bizning yeyishimiz va mazasi.
O’qituvchi:   Go’shtli   kotletni   ham   yeymiz,   u   ham   mazali.   Unday   bo’lsa   kotlet
ham hosil ekan-da?
O’quvchi: Ularning barchasi shoxlarda o’sadi.
O’qituvchi:   Bu   to’g’ri,   ammo   barg   ham,   gul   ham   shoxchalarda       o’sadi,   lekin
ular   meva   yoki   hosil   emas-ku!...   Men   sizga   yordamlashaman.   Qani   sen   stolga
yaqin kel va hosilni o’rtasidan kes.   (O’quvchi    ularni    o’rtasidan kesadi). O’quvchi: Men topdim. Ularning hammasining urug’i bo’lar ekan.
O’qituvchi:   Juda   soz.   Urug’   o’simlikning   ko’payishi   uchun   xizmat   qiladi.
Daftarga hosilni chizib, xulosani yozib qo’ying.
Yuqoridagi   misoldan   ko’rinib   turibdiki,   o’qituvchining   yo’naltiruvchi   savollari
o’quvchining   fikr   yuritish   faoliyatini   faollashtirishda   asosiy   vosita   bo’lib   xizmat
qildi. Muammo mohiyatini ochishga     tarqoq   fikrlar to’plandi, har bir oddiy aqliy
harakat maqsadga yo’naltirildi.
Kichik yoshdagi o’smirlar tafakkuri yaqqol xususiyatga ega bo’lishi munosabati
bilan   o’qitishni   ba’zan   ko’rsatmali   qurollar   asosida   tashkil   etish   talab   qilinadi.
Lekin doimo darslar ana shu yo’sinda olib borilishi shart degan xulosaga bormaslik
kerak.   O’smir   tafakkurining   butunlay   hissiy-yaqqollilikka   bog’lanib   qolishining
oldini   olish   maqsadida,   quruq   taassurotni   ko’pincha   so’z   bilan   ifodalab,   goho
ularning   turli   obrazlari   bilan   tanishtirib   borish   ba’zi   salbiy   ta’sirdan   saqlaydi.
Shuning   uchun   so’z   orqali   faqat   muhim   belginigina   emas,   balki   uning   muhim
bo’lmagan belgiga tayangan turli ko’rinishini ham ifodalash mumkin.
Bundan   tashqari,   o’smirlar   tafakkurining   taraqqiyotiga   salbiy   ta’sir   etadigan
yana   bir   narsa   “turmushda”   shakllangan   g’ayri   ilmiy   tushunchalarni   ta’lim
jarayonida qo’llashdan saqlanish o’qitish samaradorligini keskin ravishda oshiradi.
Ko’pgina   sobiq   sovet   psixologlari   va   pedagog   olimlarining   fikriga   qaraganda,
noto’g’ri   umumlashtirish   jarayoni   vujudga   kelmasligi   uchun   o’rganilayotgan
umumiy   qoidadan   tashqari   bo’lgan   ko’rsatmani   mavzu   tushuntirilgandan   so’ng
tavsiya   etish   mumkinligi   ta’kidlanadi.   O’zlashtirilayotgan   tushunchani   amaliy
tatbiq   etib   ko’rish   yoki   tadrijiy   ravishda   mashq   qilish   mazkur   tushunchalarning
rivojlanishiga   ijobiy   ta’sir   qiladi.   Binobarin,   o’qitishda   materiallarni   turli
variantlari,   variasiyalari,   ko’rinishlari   bilan   tanishtirish   chalkashliklarga   barham
beradi.
O’smir   tafakkurini   kamol   toptirish   uchun   ularni   doimo   mantiqiy   tafakkur
usullariga o’rgatib borish zarur. Bunda mantiqiy xatolarni tuzatib borish lozimligi
aslo   yoddan   chiqmasligi   kerak.   O’smirning   to’g’ri   mantiqiy   fikrlashini
rivojlantirish borasida ona tili va adabiyoti o’qituvchisining roli juda muhimdir. U hamma   vaqt   o’quvchilarni   to’g’ri   jumla   tuzishga,   ravon   mulohaza   qilishga,   fikr
yuritishga,   yozishga   o’rgatib   boradi.   Bu   degan   so’z   boshqa   fan   o’qituvchilari   bu
sharafli   vazifadan   mustasno   degan   gap   emas.   Balki   barcha   pedagogning   maqsadi
yagona,   u   ham   bo’lsa   o’quvchilarga   puxta   bilim   berish   va   ularni   kelajakning
munosib, keng tafakkurli yoshlari qilib tarbiyalashdir.
Yirik   sobiq   sovet   psixologi   N.A.Menchinskaya   o’quvchi larning   tafakkuri
taraqqiyotini   aniqlashda   o’quvchilarning   mavjud   bilim   fondini,   bilimlarni   amalda
qo’llash     darajasini hamda mantiqiy fikr yuritish qobiliyatini belgilashga intiladi.
Olima   bu   asnoda   o’zlashtirish   sur’atiga,   yaqqol   va   mavhum   tafakkur   turlarining
o’zaro   aloqasiga,   analitik-sintetik   faoliyat   bosqichiga   ahamiyat   beradi.   Bunda
tadqiqotchi uchun eng muhim     jihat — o’quvchilar  fikrini      xususiydan  umumiy
mulohazaga   almashtirish       imkoniyati   hisoblanadi.   Chunki   busiz   tafakkur
taraqqiyot   darajasi   to’g’risida   fikr   yuritish   mumkin   emas.   Muallifning   ko’pgina
xulosalari   “o’qiy   olishlik”   (uquvchanlik—obuchayemost)   muammosidan   kelib
chiqadi.   Mazkur   muammo   tafakkur   rivoji   uchun   katta   ahamiyatga     ega     ekanligi
uqtirib   o’tiladi.   Ularning   fikriga   qaraganda,   tafakkur   taraqqiyoti   o’z   ichiga
o’smirlarning o’qishga munosabati, o’qish motivlari, bilishga qiziqishlarini qamrab
olishi kerak. Menchinskaya o’quvchi shaxsiy qarashini shakllantirish, uni mustaqil
baholashga o’rgatish bu boradagi muhim siljish ekanligini ta’kidlaydi.
Sobiq   sovet   psixologiyasida   mavhumlash   jarayoni   turli   usullar   orqali   amalga
oshirish   qabul   qilingan.   Jumladan,   psixolog   Ye.N.Kabanova-Meller   uch   xil
abstraksiyalash usuli ustida ilmiy-tadqiqot ishi olib borgan: taqqoslovchi, ayiruvchi
va ta’kidlovchi.
Taqqoslovchi   mavhumlash   usuli   yordamida   o’smirlar   ongli   holda   narsa   va
hodisalardan   muhim   ham   muhim   bo’lmagan   belgilarni     (alomatlarni)   fikr   ajratib
olib,   ularni   shu   zahotiyoq   taqqoslaydilar.   Misol   uchun   o’quvchi   uchburchakning
tashqi burchagi degan tushunchani mavhumlash paytida uni muhim (ich burchakka
qo’shni   bo’lishi)   va   muhim   bo’lmagan   (tashqi   burchakning   o’tmas   yoki   o’tkir
bo’lishi)   belgilarga   ajratib   ko’rsatadi.   Bu   topshiriqni       bajarish   mobaynida   ikki
guruh   belgilarini,   ya’ni   muhim   va   muhim   bo’lmagan   belgilarni   taqqoslaydi. Binobarin, birinchini muhim belgi deb hisoblasa, ikkinchisini  nomuhim belgi deb
ataydi. O’quvchi berilgan   chizmani ko’zdan kechirib, muhim belgini payqaydi va
bu belgining barcha tashqi burchaklar uchun umumiy ekanligiga tushunib yetadi.
O’quvchi   ayiruvchi   mavhumlash   usuli   bilan   topshiriq   bajarayotgan   vaqtda
muayyan obyektdan faqat muhim belgilarni ajratib, nomuhim, tasodifiy belgilardan
butunlay   chetlashib,   uni   sezmay   qolishi   mumkin.   Masalan,   o’quvchiga   5   dona
uchburchakni   klassifikasiya   qilish   topshirilganda,   u   uchburchakdagi   raqamlarga,
uning   shakliga,   katta-kichikligiga   sira   ahamiyat   bermay,   faqat   muhim   belgi
bilangina   chegaralanib,   muhim   belgini   nomuhim   belgidan   ajratib   olganligini
tajribamizda kuzatdik.
Ta’kidlovchi   mavhumlash   usuli   ta’lim   jarayonida   tez-tez   qo’llanib   turadi.
O’quvchi  berilgan narsa  va hodisalarni, jism  va predmetlarning muhim  belgi larni
ajratish   paytida   yo’l-yo’lakay   ularning   ayrim   nomuhim   belgilarini   ham   payqashi
mumkin.   Masalan,   o’smirlar   uchburchaklarni   gruppalashtirish   (klassifikasiyalash)
davrida muhim belgilar  bilan bir qatorda nomuhim  ba’zi  belgilarni (shakli, rangi,
hajmi),   ayrim   tasodifiy   unsurlarni   (raqamlarni)   ham   yo’l-yo’lakay   uqib   oladilar.
O’quvchilarga   qo’shimcha   savol   berilganda   ular   faqat   uchburchaklar   o’rtasida
katta-kichiklik   va   shakli   jahatidagina   tafovut   borligini   ko’rsatib   o’tdilar.   Ammo,
ular   bu   belgilar   yuzasidan   aniq   biror   narsa   ayta   olmadilar.   Xuddi   shunday   omil
yana   bir   holatda   ham   takrorlandi.   O’quvchilar   barcha   uchburchaklarda   raqamlar
borligini   ta’kidlab   o’tdilar-u,   biroq,   ularni   aytib   berishga   ojizlik   qildilar.   Demak,
bu   abstraksiyalash   usuli   bilan   topshiriqni   bajarishda   muhim   belgilar   ajratilib,
nomuhim tasodifiy belgilar ta’kidlab o’tilar ekan, xolos.
Psixologiyada   mavhumlashning   “ijobiy   va   salbiy”   tomonini   qayd   qilib   o’tish
an’ana tusiga kirib qolgan. Biz ko’rib o’tgan uch xil usulda mavhumlashning ijobiy
tomoni deb muhim  belgilarni ajratish jarayonini  nazarda tutdik. Mavhumlashning
salbiy   tomoni   turli   holatlarni   o’z   ichiga   oladi:   bunda   muhim   bo’lmagan   belgilar
chiqarib   tashlanadi   yoki   nazardan   chetda   qoldiriladi   (ayiruvchi   mavhumlash),
muhim   bo’lmagan   ba’zi   belgilar   idrok   qilinadi   (ta’kidlovchi   mavhumlash),   idrok
qilingan   muhim   belgilar   muhim   bo’lmagan   belgilar   bilan   taqqoslanadi (taqqoslovchi mavhumlash) va boshqalar. Lekin bunda muhim bo’lmagan tasodifiy
belgilar   bilangina   qanday   ishlar   qilinayotganligi   to’g’risida   mulohaza   yuritiladi.
Shuning   uchun   bu   omillarning   barchasini   birgina   umumiy   so’z   bilan
“abstraksiyalashning salbiy tomoni” deb atash mumkin.
Ta’limda  o’qituvchi   ba’zi   hollarda   faqat   ayiruv chi   mavhumlash   usulini   tavsiya
etishiga   to’g’ri   keladi.   Chunki   aksariyat   dasturdagi   masala   va   misollar
mavhumlashning xuddi  shu usulini talab qiladi. Agar masala yoki topshiriq narsa
va   hodisalarning   muhim   belgisini   topishni   taqozo   etsa,   u   taqdirda   mavhumlash
usuli   qo’llaniladi.   Masalan,   o’quvchiga   “pasttekislik”   tushunchasini   mavhumlash
topshirildi   deb   faraz   qilaylik,   u   holda   vazifa   mana   bunday   tarzda   bajariladi:
“Dengiz sathidan 200 metr yuqorida joylashgan yer yuzasiga pasttekislik deyiladi”.
Demak, uning muhim belgisi dengiz sathidan 200 m yuqorida bo’lishidir.
Qo’yilgan   masala   taqqoslovchi   mavhumlash   usuli   yordamida   hal   qilishni   talab
etsa,   bu   paytda   voqyelikning   ham   muhim,   ham   nomuhim   belgilarini   aniqlashga
to’g’ri   keladi.   Misol   tariqasida   shu   narsani   aytib   o’tish   mumkin:   geometriya
darsligida   ko’pburchak   ichki   burchaklarining   yig’indisi   2d   (p-2)   ga   teng   degan
teorema mavjud. Buning muhim belgisi ichki burchaklar yig’indisining 2d (p-2) ga
teng   bo’lishidir.   Uning   besh   burchakli,   o’n   burchakli   bo’lishi,   fazoda   turlicha
joylashishi, hajmi, rangi va boshqa xususiyatlari muhim bo’lmagan belgilarga yoki
ko’pburchaklar   variasiyasiga   taalluqli   ekanligidir.   Shunday   qilib,   bu   misolda
geometrik shaklning muhim va muhim bo’lmagan belgilari ajratib ko’rsatilgan.
O’quvchilar   bajarishi   kerak   bo’lgan   topshiriq   ba’zan   ta’kidlovchi   belgilar
mavhumlash   usulini   talab   etsa,   u   holda   muhim   belgilar   sanab   o’tiladi,   nomuhim
belgilarning   ayrimlari   yo’l-yo’lakay   ta’kidlab   o’tiladi.   Masalan,   o’smirlarga   biz
paxta   terish   mashinasini   ko’rsatib,   “bu   qanday   mashina”   desak,   ular   albatta   uni
ta’riflab,   ishlash   qoidalari   bilan   tanishtirishadi,   muhim   belgisini   aytib   berishadi,
ammo mashinaning katta balloni borligi, bunkerining hajmi, rangi, chiqqan yili va
boshqa   shu   kabi   jihatlari   e’tibordan   chetda   qolishi   mumkin.   Biroq,   ular   bu
belgilarni shu zahoti tushuntirib berishga qiynaladilar, chunki bu tasodifiy belgilar
bo’lib, masalaning asosiy tomonini tashkil etmaydigan belgilardir. Demak, o’smirlarning o’quv faoliyatida abstraksiyalash (mavhumlash) usullarini
o’rganish   va   ularni   o’quv   materiallarini   osonroq   o’zlashtirish   uchun   amaliyotda
qo’llash muhim ahamiyat kasb etadi.
Biz   o’z   tadqiqotimizda   umumlashtirishning   eng   keng   tarqalgan   uch   turi:
umumiydan   yakkaga,   yakkadan   umumiyga,   yakkadan   umumiyga   va   so’ngra
umumiydan   yana   yakkaga   o’tish   kabi   usullar   ustida   mulohaza   yuritib,   o’zbek   tili
darslarida ularni sinovdan o’tkazdik.
Birinchi guruh o’quvchilaridan umumlashtirishning umumiydan yakkaga o’tish
usuli shakllantirildi. O’qituvchi doskaga ushbu gapni yozdi: “Ravon yo’llar, baland
imoratlar,   istirohat   bog’i   va   hiyobonlar   shahrimiz   xusniga   husn   qo’shmoqda”,
o’qituvchi   gapni   ovoz   chiqarib   o’qiydi   va   predmet   nomini   bildirgan   so’zlarni
gapdan ajratib olib, ularni yonma-yon yozadi. So’ngra o’qituvchi predmet nomini
anglatib   kelgan   so’zlar   qaysi   so’roqlarga   javob   bo’lishini   aytib   o’tadi   va   ot
kategoriyasiga   ta’rif   beradi:   “Predmet   nomini   bildirib,   kim?,   nima?   so’rog’iga
javob  bo’lgan   so’zlar   ot   deb   ataladi”.   U   mazkur   turkumni   aniqlab  kelgan   muhim
belgilarni:   predmet   nomini   bildirishi   va   kim?,   nima?   so’rog’iga   javob   bo’lishini
ko’rsatadi. Undan so’ng gapda ishtirok etgan insonga oid nomlarni, jonivorlarning,
narsa   va   jismlarning,   voqyea-hodisalarning   nomlarini,   belgi-sifat,   harakat-holat
nomlarini   ajratib   tanishtiradi.   So’zlardagi   qo’shimchalar   (kelishik,   egalik,   shaxs),
son   va   tushum,   qaratqich   kelishiklari   differensiasiyasiga   to’xtab   o’tiladi.
O’qituvchi suhbatining oxirida barcha aytilgan so’zlarni qisqacha xulosalab berishi
kerak.
Ikkinchi   guruh   o’quvchilarida umumlashtirish yakka dan umumiyga o’tish usuli
shakllantirildi. O’qituvchi doskaga ushbu gaplarni yozdi: “Vostok” fazo kemasida
birinchi   bo’lib   kosmosga   uchgan   inson   —   Sobiq   Ittifoqning   fuqarosi   Yuriy
Alekseyevich Gagarindir. 1991 yilda O’zbekiston Respublikasi mustaqil deb e’lon
qilinishi   xalqimizning   azaliy   ijtimoiy -tarixiy   orzusi   ushalishidir ».   So’ngra   u
o’quvchilarga   murojaat   q iladi:   “Gaplarni   taqqoslang,   predmet   nomini   bildir gan
so’zlarni   topib   ayting   va   ular   qaysi   so’z   turkumiga   xos   ekanligini   tushuntirib
bering”.   O’quvchilar   o’qituvchining   ozmi-ko’pmi   yordamida   predmet   nomini bildirgan   so’zlarni   sanab   o’tmog’i,   ularning   qanday   so’roqqa   javob   bo’lishini
aniqlamog’i va “ot” so’z turkumiga ta’rif bermog’i lozim. O’quvchi so’z turkumini
aniqlovchi   muhim   belgilarni:   predmet   nomini   bildirib,   kim?   va   nima?   so’rog’iga
javob bo’lishini topishi shart.
Ishning   keyingi   bosqichida   ajratib   olingan   so’zlarning   qanday   qo’shimchalar
bilan   kelganligini   aytib   o’tish   maqsadga   muvofiqdir.   Bundan   tashqari,
o’quvchilarga   ikkita   so’z   birikmasi   (maktabning   hovlisi;   hikoyani   tingladik)
beriladi.   O’qituvchi   bu   so’z   birikmalarini   taqqoslab,   analiz   qilishni   va   tushum,
qaratqich   kelishiklari   differensiasiyasini   aytib   berishni   taklif   qiladi.   Bu   holda
o’quvchi shunday xulosaga kelishi kerakki, agar ot so’z turkumi ot bilan bog’lanib
kelsa (maktabning hovlisi) qaratqich kelishigi qo’shimchasi yozilishi hamda ot fe’l
bilan   (hikoyani   tingladik)   aloqada   bo’lib   kelsa   —   tushum   kelishigi   qo’shimchasi
qo’llanishligi unda o’z ifodasini topsin.
Uchinchi   guruh   o’quvchilarida   umumlashtirishning   yakkadan   umumiyga,
so’ngra umumiydan yana yakkaga o’tish usuli  shakllantirildi. O’qituvchi  doskaga
ushbu gapni yozadi:     “It bo’ynini     burmasdan g’alatiroq   bukildi ko’m-ko’k och
ko’zlari     bilan   menga   bir   qarash       qildi-da   dumini   qisib   o’zini     o’rmonga   urdi”.
O’quvchi bu gapni mustaqil analiz qilishi (agar ehtiyoj tug’ilsa, o’qituvchi yordam
berishi   maqsadga   muvofiqdir),   predmet   nomini   anglatgan   so’zlarni   alohida
ko’chirib   olishi   va   qanday   so’roqlarga   javob   bo’lishini       aniqlamog’i,   ot   so’z
turkumiga   ta’rif   bermog’i   kerak.   U   otga   xos   bo’lgan   muhim   belgilarni
(predmetni   bildirib,   kim?,   nima?   so’rog’iga   javob   bo’lishini)   ajratishi   lozim.
So’ngra   gapdagi   insonga   oid   nomlarni,   jonivorlarning,   narsa   va   jismlar   hamda
voqyea-hodisalarning   nomlarini,   belgi-sifat,   harakat-holat   nomlarini   bildirgan
so’zlarni   bir   necha   ustunga   yozish   taklif   etiladi.   Keyinchalik   o’quvchilardan
qo’shimchalarni   aniqlash   (shaxs,   kelishik,   egalik),   qaratqich   va   tushum   kelishigi
differensiasiyasi   to’g’risida    mulohaza    yuritish   taklif qilinadi.
O’quvchi   o’z   tashabbusi   bilan   yoki   o’qituvchi   so’rog’iga   javob   berishda
yuqoridagi   yagona   misol   asosida   ifodalangan   qoidani   boshqa   bir   qancha   fanlarga
ko’chirishi lozim. Boshqacha so’z bilan aytganda, yagona misoldan umumiy qoida chiqariladi.   Shu   tariqa,   o’quvchilarda   yakkadan   umumiyga,   so’ngra   umumiydan
yana   yakkaga   o’tish   usuli       tarkib   topadi.   Topshiriqning   ikkinchi   bosqichida
o’quvchiga  bir  gap topib, uni  yuqoridagida tahlil  qilish  talab etiladi, qaratqich va
tushum  kelishigi differensiasiyasiga  doir  mana bu gap beriladi:  havoning harorati
kishini kuydiradi.
Umumlashtirish   usullarini   o’quvchilarga   o’rgatish   o’zbek   tili   materiallarini
puxta   egallashni   osonlashtiradi   va   o’qitish   samaradorligini   oshiradi,
o’quvchilarning   faolligini,   bilishga   qiziqish   faoliyatini   kuchaytiradi   va   hokazo.
Olib   borilgan   izlanishlarimizning   ko’rsatishiga   qaraganda,   o’smir   tafakkurini
o’stirishda insho yozish va uni mantiqiy muhokama qilish muhim ahamiyatga ega.
Yettinchi sinf  o’quvchisining     ijodiy ishidan namuna keltiramiz: “Men  Toshkent
shahriga   yaqin   qishloqda   istiqomat   qilaman.   Onam   jamoa   xo’jaligida,   otam   esa
kombinatda   mehnat   qilishadi.   Onamlar   yetishtirgan   noz-ne’matlar   xalqimiz
dasturxonini   bezatadi.   Xalq   maqtoviga   sazovor   bo’lishdan   ham   baxtliroq   narsa
bormi dunyoda, axir?! Ular vaqtli matbuot bilan sinchkov tanishadilar, siyosiy va
badiiy   jurnallarga   obuna   bo’ladilar.   Vatan   baxt-saodati   uchun   ter   to’kaman,   —
deydilar   biz   bilan   suhbatda.   Ular   o’zlarining   dugonalari   bilan   erta   ketib,   kech
qaytadilar.   Lekin   oila   g’amxo’rligini   esdan   chiqarmaydilar.   Onamlar   orden
olganlarida   uyimizga   tabriklash     uchun   ko’pgina   kishilar     kelishdi.   Otamlar
ikkinchi jahon urushida ishtirok etganlar. Hozirgacha quroldosh do’stlari bilan xat
olishib   turadilar.   Ularning   ko’ksini   2   ta   orden   bezab   turadi.   Suratlari   hurmat
taxtasidan   joy   olgan.   Bo’sh   vaqtlarida   yog’ochdan   o’ymakar   nashqlar   yasaydilar.
Men   ota-onamni   behad   hurmat   qilaman   va   ular   bilan   faxrlanaman.   Kasbning
yomoni bo’lmaydi, chunki uni sevsang bas, bo’lgani...”.
Inshoni guruh bo’lib muhokama qilish o’smirlarni mantiqiy mulohaza yuritishga
o’rgatadi.   Masalan:   1)   o’quvchining   onasini   jamoa   xo’jaligi   a’zosi   ekanligi   va
ko’ksini orden bezab turishi, 2) “Vatan baxt-saodati uchun” ter to’kishi, 3) jamoa
xo’jaligida   baynalminal   oilaning   yuzaga   kelishi,   4)   onaning   g’oyaviy-siyosiy
ongini   o’stirish   uchun   tinmay   harakat   qilishi,   5)   farzandda   g’urur   tuyg’usining
paydo bo’lishi, 6) otaning orden sohibi ekanligi va hurmat taxtasidan joy olganligi, 7) Vatan ozodligi uchun frontda jang qilganligi, 8) baynalminal quroldosh do’stlar
aloqasi,   9)   bo’sh   vaqtlarda   o’ymakorlik   bilan   shug’ullanishi   to’g’risidagi
mulohazalar tafakkur rivoji uchun kuchli ta’sir qiladi.
Endi   sakkiziichi   sinf   o’quvchisining   inshoda   ifodalagan   fikrlaridan   namunalar
keltiramiz.   “Orzuning   cheki   yo’q,   deydi   xalqimiz.   Men   bunga   to’la   ishonaman.
Shu   boisdan   bo’lsa   kerak,   ko’p   kishilarni   o’z   idealim   deb   hisoblayman.   Kosmos
qahramonlari bilan faxrlanaman. Mehnatsevar sportchilarni yoqtiraman. Kishi ning
salomatligi   posbonlariga   hurmat   bilan   qarayman.   Dongdor   ishchi-xizmatchilarni
olqishlayman.   Dovyurak   Vatan   posbonlaridek   bo’lishni   orzu   qilaman.   Mening
orzuyim   qahramon   Sobir   Rahimovdek   baynalminal,   jasur,   aql-zakovatli,   kamtar
kishidek   inson   bo’lib   voyaga   yetishdir.   Men   ular   to’g’risida   ko’p   materiallar
o’qiyman   jismonan   toblanaman.   Temir   irodali   Vatanimiz   qahramonlari   (Ozod
Sharafiddinov va boshqalar) men uchun idealdir...”.
Inshoni   hamkorlikda   muhokama   qilish   ularni   milliy-ma’naviy   ruhida
tarbiyalaydi.   Bunda   ayniqsa,   o’qituvchining   o’smirlar   fikr   yuritishiga   qaratilgan
savollari:   “Sobir   Rahimovning   qaysi   xarakter   xislatlari   barkamol   avlod   uchun
qimmatli?”,   “Sobir   Rahimovning       tashkilotchilik   va   aqliy   qobiliyatiga   qanday
qaraysiz?”,   “S.Rahimov   jasoratining   g’alabasi     uchun   kurashda   tutgan     o’rni
nimalarda     o’z   ifodasini   topgan?”,   “S.Rahimov   jasoratining   ommaviy   tus   olishi
qanday rol  o’ynadi?” muhim ahamiyat kasb etdi.
Eksperimentlarning   birida   o’qituvchi   botanika   darsida   o’quvchilarga
dukkaklilar   oilasining   umumiy belgilari va ularning yashash sharoiti hamda turi
haqida,   uning   qishloq   xo’jaligida,   oziq-ovqat   sanoatidagi   ahamiyati   to’g’risida
bilim     berishga   intildi.   O’smirlar   fikr   yuritish   faoliyatini   faollashtirish,   darsni
jonlashtirish   maqsadida   quyidagi   savollar   o’rtaga   tashlanadi:   1)   Dukkakli
o’simliklar     poyasi   va   barg   tuzilishi   qanday?   2)   Mosh,   loviya   va   no’xat
o’simliklarining   ildiz   ko’rinishi   va   holati   qanday?   3)   Boshqa   bir   yillik
o’simliklardan dukkakli o’simliklarning qanday farqi bor? 4) Yovvoyi va madaniy
dukkakli   o’simliklarga   qaysilar   kiradi?   5)   Yantoqning   usti   va   yer   osti   qismlari qanday   tuzilgan?   6)   Quyonsuyak     o’simligi   cho’lda   qanday   yashashga
moslashgan? 7) Dukkaklilarning qanday ahamiyati bor? va boshqalar.
Ayniqsa,   o’quv   dasturi   materiallarining   dunyo   voqyea   va   hodisalarining
qonuniyati,   ularning   o’zaro   aloqasi,   o’simlik   va   hayvonot   dunyosining   uzviy
bog’liqligi,   organizmning   tashqi   muhitga   ohangdoshligi   va   nihoyat   inson   tabiatni
o’zgartiruvchi   kuch   ekanligi   kabi   muhim   tushunchalar   bilan   bog’lanishi   o’zining
tarbiyaviy   ta’sir   kuchi   bilan   alohida   ajralib   turdi.   Ma’lumki,   tabiat   va   jamiyat
qonunlari   to’g’risidagi   keng   ko’lamli   bilimlarni   o’zlashtirish   tafakkur   asosini
tashkil qiladi.
“Funksiya”   temasini   matematik   nuqtai   nazardan   o’smirlarga   har   tomonlama
ochib berishda o’qituvchi jonli misollarga murojaat berdi. U bu bilan qanoat hosil
qilgani yo’q, mavzuning ko’lamini yanada kengaytirishga harakat qila bordi, uning
ahamiyatini atroflicha tushuntirishga intildi. Jumladan, funksiya matematikaga o’z-
o’zidan kelib qolmaganligi, balki ijtimoiy ishlab chiqarish ehtiyoji va zaruriyatidan
kashf   qilinganligi,   shu   yo’lda   olimlar   ko’p   yillar   izlanishlarda   bo’lganliklarini
tushuntirib   berishga   erishdi.   Davr   taqozosi   bi lan,   mashina texnika   sanoati
rivojlanishining   turtkisi   bilan   uning  zaruriyat   darajasida   ko’tarilganligi   o’qituvchi
tomonidan   isbotlab   berildi.   Ayniqsa,   o’tmishdagi   donishmandlardan   biri   ta’biri
bilan   aytilgan,   matematikaga   o’zgaruvchan   kattalikning   olib   kirilishi   bilan
dialektikaga harakat tushunchasi kirib keldi, degan iborani o’rinli ishlatishi muhim
ahamiyatga ega bo’ldi.
O’quvchilarning fikr yuritish faoliyatini jonlantirish maqsadida bilish faoliyatini
faollashtirishga qaratilgan savollar sinf kollektivi hukmiga havola qilinib turildi.
Qisqa   qilib   aytganda,   O’zbekiston   Respublika   maktablarida   olib   borilgan
tajribalar   va   kuzatishlar   har   qanday   o’quv   fani   materiallarini   o’zlashtirishda
(o’rganishda) tafakkurning ko’pqirrali, ko’pyoqlama tarzda rivojlantirishni amalga
oshirishning   zaxira   va   imkoniyatlari   hali   ko’p   ekanligini   ko’rsatdi.   Shu   boisdan
murakkab,   lekin   sharafli   vazifani   maktab   ta’lim   tizimi   amaliyotiga   joriy   qilish
uchun   ichki   imkoniyatlarni   qidirish   va   ulardan   oqilona   foydalanish   darkor.
Ta’limda   tafakkur   jarayonini   rivojlantirish   uchun,   eng   avvalo,   o’qitishni   ilmiy asosda   rejalashtirish     va   uni     oqilona   tashkil     qilish   lozim.   Buning   uchun   o’quv
fanining o’ziga xos xususiyatlaridan o’quvchilarning kamol topganlik  darajasidan,
aqliy   imkoniyatlaridan   kelib   chiqqan   xolda   ta’lim   jarayoniga   yondashish   o’quv-
tarbiya samaradorligini oshiradi, XXI asr talabiga javob beradigan har tomonlama
taraqqiy qilgan o’smir o’quvchilar shaxsini barkamol qilib shakllantirishda muhim
vosita bo’lib xizmat qiladi.                 Adabiyotlar.
1. Oilaviy hayot etikasi va psixologiyasi. O.To’rayeva. Tosh-t. O’qit. - 1990.
2. Yusupov E., Ismoilov. Inson odobi bilan. -T., O’zb-n., 1983.
3. Mirtursunov.Z.F. O’zbek xalq pedagogikasi. -T., «Fan», 1973.
4. Oila   pedagogikasi.   A.Munavvarov.   Xalq   pedagogikasi   va   ma’naviy
qadriyatlar tarbiya manbai.  Tosh-t. O’qit. - 1992.
5. Talabalar   uchun   psixologiyasidan   topshiriqlar.     L.P.Xoxlova.   -T.,   O’qit.   -
1992.
6. Mirzakalon Ismoiliy. Odamiylik qissasi. -T., «O’zbek-n»., 1975.
7. Psixologiya v semye. I.Plotniyeks. Moskva.  «Pedagogika» 1991.
8. Oila tayanchi.Ilmiy maqolalar to’plami., Toshkent T.D.P.U. 1998.

O‘SMIRLIK DAVRIDA PSIXIK RIVOJLANISH XUSUSIYATLARI Reja: 1. O’smirlar to’g’risida umumiy tushuncha 2. O’smirlarning biologik o’sishi 3. O‘smirlik davrida intellektual va emotsional rivojlanish xususiyatlari. 4. Akselerasiya nazariyalari 5. O’smirlik yoshida shaxsning shakllanishi 6. O’smirlik yoshida shaxsning shakllanishi 7. O’smirlar tafakkurining o’sishi

O’smirlar to’g’risida umumiy tushuncha Hozirgi davrda o’smirlarni voyaga yetkazishning o’ziga xos xususiyatlari, qonuniyatlari, imkoniyatlari, xatti- harakat motivlarining ifodalanishi va vujudga kelishining murakkab mexanizmlari mavjud. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, o’smirlarni kamol toptirishda ularning xususiyatlarini to’la hisobga olgan holda ta’limiy-tarbiyaviy tadbirlarni qo’llash shaxslararo munosabatda anglashilmovchilikni vujudga keltirmaydi, sinf jamoasi o’rtasida iliq psixologik muhitni yaratadi. Turg’unlik yillaridagi so’z bilan ishning nomuvofiqligi", axloq tarbiyasidagi qo’pol xatolar o’smirlarning ruhiy dunyosiga salbiy ta’sir ko’rsatdi. Insonning ruhiy dunyosini tubdan qayta qurish, shaxsni shakllantirishni insonparvarlashtirish harakati boshlangan hozirgi kunda o’smirlar taqdiri masalasi ham g’oyat jiddiy tus oldi. O’smirlik davri taqlidchanligi, muqim nuqtai nazarning shakllanmaganligi, hissiyotliligi, mardligi, tantiligi bilan farqlanadi. Shuning uchun tashqi ta’sirlarga beriluvchan o’smir o’g’il-qizlarga alohida e’tibor berish zarur. O’smirlar muammosiga e’tiborni kuchaytirish zarurligining asosiy sabablari: 1) fan va texnika rivojlanishi natijasida madaniyat, san’at va adabiyot, ijtimoiy- iqtisodiy shart-sharoitlarning o’zgarayotgani; 2) ommaviy axborot tizimining kengayishi tufayli o’smirlar ongliligi darajasining ko’tarilgani; 3) o’g’il va qizlarning dunyo voqyealaridan, tabiat va jamiyat qonunlaridan, tarixdan yetarli darajada xabardorligi; 4) ularning jismoniy va aqliy kamoloti jadallashgani; 5) o’smirlar bilan ishlashda g’oyaviy-siyosiy, vatanparvarlik va baynalmilal tarbiyaga alohida yondashish zarurligi; 6) oshkoralik, ijtimoiy adolat, demokratiya muammolarining ijtimoiy hayotga chuqur kirib borayotgani; 7) o’quvchilar uchun mustaqil bilim olish, ijodiy fikr yuritish, o’zini o’zi boshqarish, anglash, baholash va nazorat qilishga keng imkoniyat yaratilgani. O’smirlik yoshida bolalikdan kattalik holatiga ko’chish jarayoni sodir bo’ladi. O’smirda psixik jarayonlar keskin o’zgarishi bilan aqliy faoliyatida ham burilishlar seziladi. Shuning uchun shaxslararo munosabatda o’quvchi bilan o’qituvchining muloqotida, kattalar bilan o’smirlarning muomalasida qat’iy o’zgarishlar vujudga

keladi. Bu o’zgarishlar jarayonida qiyinchiliklar tug’iladi. Bular avvalo ta’lim jarayonida ro’y beradi: yangi axborot, ma’lumotlarni bayon qilish shakli, uslubi va usullari o’smirni qoniqtirmay qo’yadi. O’qituvchining yangi mavzuni batafsil tushuntirishi, darslar ma’ruza shaklida olib borilishi o’quvchilarni zeriktiradi, ularda o’qishga loqaydlik tug’iladi. Ilgari o’quv materialini ma’nosiga tushunmay yodlab olishga odatlangan o’smir endi zarur o’rinlarni mantiqiy xotira va tafakkurga suyangan holda o’zlashtirishga harakat qiladi, o’zlashtirilgan bilimlarni talab qilinganda o’quvchi bilan o’qituvchi o’rtasida anglashilmovchilik paydo bo’ladi, tahsil oluvchi unga qarshilik ko’rsata boshlaydi. Odobli, dilkash o’smir kutilmaganda qaysar, intizomsiz, qo’pol, serzarda bo’lib qoladi. Kattalarning yo’l- yo’riqlariga, talablariga muloyimlik bilan javob qaytarib yurgan o’smir ularga tanqidiy munosabatda bo’ladi. Uning fikricha, kattalarning talablari, ko’rsatmalari mantiqan ixcham, dalillarga asoslangan, yetarli obyektiv va subyektiv omillarga ega bo’lishi kerak. O’smirda shaxsiy nuqtai nazarning vujudga kelishi sababli u kattalarning, o’qituvchining qayg’urishi, koyishiga qaramay, o’zining fikrini o’tqazishga harakat qiladi. Uning o’z qadr-qimmati haqidagi tasavvuri, narsa va hodisalarga munosabati oqilonalikdan uzoqlasha boshlaydi, u ay rim ma’lumotlarni tushuntirib berishni yoqtirmaydigan bo’lib qoladi. Serzardalik kundalik xatti- harakatning ajralmas qismiga aylanadi. O’smir xulqidagi bunday o’zgarishlar tajribasiz o’qituvchi yoki ota-onani qattiq tashvishga soladi, asabiylashtiradi va ularning o’quvchiga munosabatini o’zgartiradi. Natijada kelishmovchiliklar, anglashilmovchiliklar, nizolar kelib chiqadi. Ayrim pedagoglar o’smirlik davri inqirozi to’g’risida kuyinib gapiradilar, ba’zi illatlarni tanqid qiladilar va ularning ijtimoiy-psixologik ildizini topishga intiladilar. Aslida esa o’smirlarga yondashishda metodologik kamchilikka yo’l qo’yadilar. Mazkur illatlarning oldini olish chora va tadbirlari tizimini ishlab chiqa olmaydilar. Bu masalaga to’g’ri yondashish ayrim ilmiy tadqiqotlarda asoslab berilgan va o’smirlik davri inqirozi haqida mulohaza yuritishdan ko’ra, kattalar bilan o’smirlar muomalasining inqirozi haqida gapirish to’g’riroq bo’ladi, deb xulosa chiqarilgan.

Xo’sh, o’smirning psixik o’sishini harakatga keltiruvchi kuch nima? O’smirning psixik o’sishini harakatga keltiruvchi kuch – uning faoliyatini vujudga keltirganligi ehtiyojlar bilan ularni qondirish imkoniyatlari o’rtasidagi qarama-qarshiliklar tizimining namoyon bo’lishidir. Mana shu dialektik qarama-qarshiliklar ortib borayotgan jismoniy, aqliy hamda axloqiy imkoniyatlar bilan barqarorlashgan stereotipga aylangan tashqi olamni aks ettirishning shakllari o’rtasida sodir bo’ladi. Vujudga kelgan ziddiyatlar va qarama-qarshiliklarni, psixologik kamolotni ta’minlash, faoliyat turlarini murakkablashtirish orqali o’smir shaxsida yangi psixologik fazilatlarni tarkib toptirish bilan asta-sekin yo’qotish mumkin. Bu davr insonning kamoloti yuqoriroq bosqichiga ko’tarilishi bilan yakunlanadi. Kamol topish o’smirdan umumlashtirish, hukm va xulosa chiqarish, mavhumlashtirish, obyektlar o’rtasidagi ichki munosabatlarni o’rnatish, muhim qonun, qonuniyat, xossa, xususiyat, mexanizm va tushunchalarni anglash, ixtiyoriy diqqat, barqaror qiziqish, ongli motiv va mantiqiy eslab qolishni talab qiladi. Bularning barchasi fanlarga doir bilimlar tizimini vujudga keltiradi, amaliy ko’nikmalarni shakllantiradi, o’zini o’zi nazorat qilish, baholash, anglash singapi xususiyatlarni tarkib toptiradi. Maktab va bilim yurtida oilada mustaqil fao liyatga keng imkoniyatlar bo’lsa, o’quvchi muayyan vazifa va topshiriqlarni, bajara boshlaydi. Natijada o’smirning ijtimoiy mavqyei ortib, faoliyati takomillashib, psixikasi har tomonlama rivojlanib boradi. Hozirgi o’smirlar o’tmishdoshlariga nisbatan jismoniy, aqliy va siyosiy jihatdan birmuncha ustunlikka ega. Ularda jinsiy yetilish, ijtimoiylashuv jarayoni, psixik o’sish oldinroq namoyon bo’lmoqda. Shu sababli bizda o’g’il va qizlarni 10 – 11 dan 14 – 15 yoshigacha o’smirlik yoshida deb hisoblanadi. Venalik psixolog Z.Freyd va uning shogirdlari o’smirlik davrini baholashda insonga azaldan berilgan qandaydir ilk mayl nishonasi sifatida vujudga keladigan o’z mavqyeini belgilashga ongsiz intilishni eng muhim asos deb hisoblaydilar. Bu intilish go’yoki xudbinlik, boshqa kishilarni mensimaslik, paydo bo’lishga, atrof- muhit bilan kelisha olmaslikka, hatto nizolarga olib kelar, ongsizlik ehtiyojlari va

mayllari shaxsning faolligini belgilar emish. Sobiq sovet psixologlari Z.Freyd nazariyasining mutlaqo asossizligini ta’kidlab, o’smirda imkoniyat bilan talabchanlik o’rtasidagi kelishmovchilik, o’zini ko’rsatishga moyillik va o’z ichki dunyosiga qiziqishning namoyon bo’lishi bilan tavsiflanishini asoslab berdilar. Ayrim psixologlar biogenetik o’sishning biologik omillariga, ya’ni jinsiy yetilishga alohida ahamiyat beradilar. Ularning fikricha, o’smirning psixik jihatdan inqirozga yetaklovchi, hayajonga soluvchi subyektiv ichki kechinmalari o’g’il va qizlarni tanholik psixologiyasiga tortar emish. O’smir uchun xarakterli norozilik, qo’pollik, qaysarlik, shafqatsizlik, tajanglik, ginaxonlik, tajovuzkorlik kabi illatlar jinsiy yetilishning mahsuli yangi tuyg’ular, mayllar, kechinmalar o’smir xatti- harakatida hukmron bo’lib, uning xulq-atvorini boshqaradi deb tushuntirilmoqda. O’smirlikning psixologik qiyofasi, holati, imkoniyati yagona sof biologik omilga bog’liq emasligi hammaga ayondir. Amerikalik psixolog R.Kulen o’smirlik davri haqidagi biogenegik nazariyani qattiq tanqid qilib, o’smirlik davri ijtimoiy-axloqiy kategoriyadir, degan g’oyani ilgari suradi. Ammo noto’g’ri nuqtai nazardan o’smirlikni biologik va psixologik kategoriyadan tashqari deb hisoblaydi. R.Kulenning fikricha, o’smirlik davrida uchta asosiy ijtimoiy-axloqiy tamoyil mavjud bo’lib, ular emansipasiya (kattalar ta’siridan qutulish) va mustaqillikka erishish, hayot yo’li va kasb-hunar tanlashga jiddiy munosabatda bo’lish, zarur ijtimoiy-axloqiy normalarni o’zlashtirishdan iboratdir. Uning fikricha, bola yuqoridagi muammolarga e’tibor bermas ekan, o’smirlik davri qancha bo’lishidan qat’i nazar, u bolaligicha qolaveradi. R.Kulen o’z nazariyasida biologik omillarni ham, o’smirlik davridagi o’sishning psixologik xususiyatlarini ham hisobga olmaydi, aksincha, ularni batamom inkor qiladi. Psixologlarning fikricha, o’smirlarga real ijtimoiy turmush shart-sharoitlari va shaxs faoliyatining mahsuli deb qarash mumkin emas, chunki o’sishning bio logik va psixologik qonuniyatlarini inkor qilishga haqqimiz yo’q. Shuningdek, o’smirlik davrining muayyan hyech o’zgarmas xususiyati va xarakteristikasi mavjud emas. O’smirlar o’rtasidagi o’ziga xos tipologik farqlarni ijtimoiy omillarning ta’siri bilan, ta’lim va tarbiya sharoitlarining xususiyatlari bilan izohlash mumkin.