Markaziy Osiyo qadimgi davr xalqaro madaniy aloqalar tizimiga oid yangi tadqiqotlar natijalari
Markaziy Osiyo qa dimgi davr xal q aro madaniy alo qa lar tizimiga o i d yangi tad qiq otlar natijalari Reja: 1. Markaziy Osiyoda madaniy hududiy birliklarning shakllanishi. 2. Madaniy aloqalar tizimining rivojlanib borishi
Qadimgi zamonlardan boshlab Markaziy Osiyo xalqlarining tarixiy taqdiri bir- biriga uzviy bog‘langan. Ular turli ko‘rinishdagi o‘zaro va tashki aloqalar, madaniyatlararo muloqot asosida rivojlanib borgan. Prezident Islom Karimovning «Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q» asaridagi quyidagi fikrlar bu tarixiy xaqiqatning eng lo‘nda ifodasidir: «Tariximiz kabi, qadimgi madaniyatimizning yaratilishida ham unga ko‘plab etnik guruxlar, el-elatlar o‘z ulushini qushgan. Bu tabiiy hol, chunki hech qachon, hech qaerda faqat bitta millatga mansub madaniyat bo‘lmaydi. Har kanday sivilizatsiya ko‘pdan-ko‘p xalqlar, millatlar, elatlar faoliyatining va samarali ta’sirining mahsulidir» 1 . Sharq sivilizatsiyasi markazlaridan biri xisoblangan Mar kaziy Osiyo asrlar mobaynida Buyuk Ipak yulining markaziy bug‘ini Sharq va Farb sivilizatsiyalari uchrashadigan, xamkorlik hududi sifatida mashhur bo‘lib, halkaro iktisodiy- madaniy aloqalarda muxim o‘rin tutgan. «Madaniy aloqalar» tushunchasi ancha keng qamrovli bo‘lib, u kishilik jamiyatlari o‘rtasidagi turli ko‘rinishdagi aloqalarni o‘zida aks ettiradi. Madaniy aloqalar savdo-sotiq va elchilik mu- nosabatlari, xunarmandchilik, me’morchilik, xaykaltaroshlik, tasviriy san’at, diniy-falsafiy ta’limotlar, axloqiy mezonlar almashinuvi, ilm-fannning turli sohalaridagi hamkorlik, ishlab chikarishdagi texnologik yangiliklarning, innovatsion g‘oyalarning tarqalishi va boshqa ko‘rinishlarda amalga oshirilib kelingan. Har qanday sivilizatsiya rivojlanishida ko‘shni va uzoq o‘lkalar bilan iqtisodiy-madaniy aloqalar katta o‘rin tutgan bo‘lib, bu jarayon madaniy yuksalish va texnologik taraqqiyotga turtki bergan. Turli sabablar tufayli, xalqaro aloqalardan uzilib qolgan jamiyatlarda turg‘unlik va inqiroz davri boshlanishi insoniyat tarixida ko‘p bor kuzatilgan. Si vilizatsiya - jahon taraqqiyotining omili bo‘lib, sivilizatsiyalar o‘rtasidagi muloqotning xususiyatlari va rivojlanish qonuniyatlari, tarixiy tajriba va zamonaviy muammolar kabi masalalarni o‘rganish muxim ahamiyatga ega. Bu, birinchidan, Markaziy Osiyoning «yuragi» xisoblangan O‘zbekistonning umumjaxon sivilizatsiyasi rivojiga qo‘shgan hissasining hajmi va salmog‘ini to‘la anglashga, ikkinchidan, uning mintaqaning butun xududida barqarorlik va yaxshi
qo‘shnichilikni mustaxkamlashdagi zamonaviy geosiyosiy axamiyatini tushunib yetishga ko‘maklashadi. Madaniy aloqalar tarixiga nazar tashlasak, turli tarixiy davrlarda ichki va tashqi madaniy aloqalar rivojiga ta’sir qiluvchi omillar ichida quyidagilar asosiy o‘rin tutib kelganini qayd qilish mumkin: - mamlakatning geografik h olati, tabiati, h ududining h ajmi; - a h olisi mi q dori; - xal q ning mentaliteti, xarakteri; - h ukumat tuzilishi, bosh q aruv tizimida tegishli ma h kamalar mavjudligi va ular faoliyatining samara dorligi; - siyosiy bar q arorlik, h u q u q iy mezonlarning yetakchilik q ilishi; - alo q a y o‘ llari va tegishli infratuzilmalar mavjud ligi. Yangi tadkikotlarga asoslanib madaniy alokalarni davrlashtirishda o‘ ziga xos xususiyatlarga ega b o‘ lgan bir necha ta rixiy bos q ichlarni q ayd q ilish mumkin. Misol uchun, madaniy alo q alarning ilk bos q ichi tosh davridayo q boshlangan. Yer yuzining turli h ududlarida olib borilgan tarixiy arxeologax tad q i q otlar natijalarini taxlil q ilsak, ilk alo q a yillari shakllana boshlagan q adimgi davrdayo q yer sharining turli h ududlari o‘ rtasida madaniy mulo q ot va h amkorlik paydo b o‘ la boshlagan- ligini k o‘ ramiz. Dastlab o‘ zaro q ushni q abilalarning x o‘ jalik yuritish soxasidagi yangiliklarni bir-birlaridan o‘ zlashtirib borishi tarzida boshlangan bu jarayon jamiyat tara qq iyotiga mos ravishda kengayib, ma’lum geografik h ududda ishlab chikaruvchi kuchlar va vositalar tara qq iyotiga yordam beruvchi texnologik yangiliklar tar q alishiga, ibtidoiy diniy tasavvurlar va axlo q iy q arashlar, o‘ zaro mulo q otni ta’minlovchi til birliklari shakllanishiga olib keldi 1 . Mezolit va ayni q sa neolit davridan boshlab O‘ rta Osiyo minta q asining janubiy viloyatlari Old Osiyo va Janubi- G‘ arbiy Osiyoda boshlangan i q tisodiy-madaniy jarayonlar doirasiga tortila boshlaydi. Natijada ishlab chi q aruvchi xujalik — dex q onchilik va chorvachilik, kulolchilik, tu q imachilik, kemachilik, paxsa va guvaladan uy-joylar q urilishi paydo b o‘ la boshladi (Joytun madaniyati). Neolit davridan bu jarayonlar rivojida yangi davr boshlandi. Joytun madaniyatiga oid
makonlarda Q adimgi Shar q sivilizatsiyasiga mansub yodgorliklardagi topilmalarga o‘ xshash moddiy buyumlar borligi 2 minta q amiz janubining Ya q in Shar q va Mesopotamiya h ududlari bilan o‘ zaro i q tisodiy-madaniy alo q alari, turli ma’lumotlar va axborot almashinuvi mavjud b o‘ lganligini tasdi q laydi. Bu davrda O‘rta Osiyoning Sharqiy Turkiston va Mo‘g‘uliston hududlari bilan ham o‘zaro aloqalari yo‘lga qo‘yila boshlagan bo‘lishi mumkin. Xususan, Mug‘ulistonning Xoyt Senker (Xoyt Senxer) g‘oridan topilgan qoyatosh suratlarning umumiy mazmuni va uslubi O‘rta Osiyo, Pomir, Tyan-Shan va Sibirdagi tosh davri qoyatosh suratlari bilan o‘xshashligidan kelib chikkan mutaxassislar mazkur hududlar o‘rtasidagi madaniy aloqalar va umuman Tinch Okeanidan Qora dengizgacha bo‘lgan katta hududda ko‘chib yurgan qabilalarning madaniyati umumiyligi haqida xu- losalar chiqarmoqdalar. Ayrim ma’lumotlar neolit davrida O‘rta Osiyo bilan Xitoy o‘rtasidagi aloqalar shakllana boshlaganligini ham qayd etishga im- kon beradi. Bu davrda Xitoyda bir qancha ekin turlari «G‘arb dunyosi», ya’ni Xitoyning g‘arbida joylashgan hududlar, jumladan O‘ rta Osiyo bilan bog‘liq madaniy aloqalar ta’sirida paydo bo‘lgan- ligi xaqidagi fikrlar mavjud . Markaziy Osiyoning madaniy aloqalari miloddan avvalgi IV—II ming yilliklarla xam taraqqiy etib bordi. Kadimgi Sharq sivilizatsiya markazlari paydo bo‘lib, ilk sivilizatsiyalar va ularning periferiyalari (chekka xududlari) shakllana boshlagan bu davrda transmintaqaviy aloqa yo‘llari bo‘ylab olib borilgan muloqotda iqtisodiy omillardan ham ko‘ra ijtimoiy-siyosiy hamda madaniy- g‘oyaviy ta’sir yetakchi o‘rin tutib kelgan. Bronza davrilan boshlab mintaqamizning janubiy viloyatlari Qadimgi Sharq sivilizatsiyasi markazlarining madaniy ta’siri doirasida bo‘lib keldi. Bu xududlar bilan madaniy aloqalar natijasida sug‘orma dexqonchilik madaniyati, ishlab chiqarishda muhim texno logik yangilik, ya’ni kulolchilik charxi va g‘ildirakdan foydalanish, mis va bronza metallurgiyasi, ilk shaharsozlik madaniyati va davlat boshqaruvi asoslari shakllandi. Bu bosqichda Markaziy Osiyodan qo‘shni hududlarga ham madaniy
ta’sir bo‘lgani va bu keyingi davrlarda yanada kengayib borganini qayd qilish kerak. Bronza davrida O‘rta Osiyoning janubidagi protoshahar madaniyatlari (Oltintepa, Namozgox) Xind daryosi vodiysidagi sivilizatsiya markazlari bilan iqtisodiy-madaniy aloqada bo‘lgan. Janubiy Turkmaniston va Hindistondagi Xarappa madaniyatiga mansub manzilgoxlarda o‘xshash sopol haykalchalar uchrashi, Oltintepaning turli madaniy qatlamlarida fil suyagidan ishlangan buyumlar borligi hamda ayrim sopol va metall buyumlarda Xarappa va Moxenjo- Daro madaniyatining ta’siri borligi 1 bu hududlarning qizgin iktisodiy-madaniy alokalari natijasidir. Miloddan avvalgi I ming yillik boshlaridagi madaniy aloqalarning o‘ziga xos xususiyati shundaki, bu davrda - O‘rta Osiyoda Marg‘iyona, Baqtriya, So‘g‘diyona va Xorazm kabi tarixiy-madaniy viloyatlar paydo bo‘ldi. Shaharsozlik madaniyati yuksalib, mahalliy madaniyatlar markazi bo‘lgan yirik shaxarlar barpo etildi. Sivilizatsiyaning muhim ko‘rsatkichi bo‘lgan mahalliy yozuvlar paydo bo‘la boshladi. Ular ichida Olmaota yaqinidagi Issiq qurg‘onidan topilgan va tadqiqotchilar tomonidan qadimgi turkiy yozuvning Oltoy dialektida bitilgan deb xisoblanayotgan yozuv 2 , Talas vodiysi, Farg‘ona vodiysi, Toshkent vohasi, Qashkadaryo vohasi (Uzunqir, Chashmimiron) hududlaridan topilgan va miloddan avvalgi VI—IV asrlarga tegishli turkiy bitiklar 3 mintaqa madaniyati rivojida mahalliy an’analar ustuvorligidan dalolat beradi. Bu davrda O‘rta Osiyo o‘lkalari Qadimgi Sharq sivilizatsiya markazlaridan farq qiladigan mahalliy an’analar va taraqqiyotning o‘ziga xos xususiyatlari- ga ega bo‘lgan holda rivojlanib bordi. Bu davrda mintaqamizda paydo bulgan Zardushtiylik ta’limoti Eron, Afg‘oniston va Hindistonning shimoliy hududlariga xam tarqaldi. Shu tariqa, o‘zaro madaniy hamkorlik ikki tomonlama bo‘lib, O‘rta Osiyodan Sharq sivilizatsiyasining birlamchi markazlariga g‘oyaviy ta’sir yuz berdi. Ahamoniylar davridagi madaniy aloqalar mintaqa tarixida muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Madaniy aloqalarning bu yangi bosqichida O‘rta Osiyoning ahamoniylar davlati tarkibiga kirgan hududlari umumsaltanat doirasidagi madaniy