MathCAD


MAVZU: MathCAD REJA 1. KIRISH 2. MathCad interfeysi . 3. MathCad imkoniyatlari. 4. MathCadga doir misollar. Foydalanilgan adabiyotlar
KIRISH Professional matematik paketlar deganda, odatda, hozirgi zamon kompyuterlarida qo’llanilayotgan Mathematica, Maple, Matlab, Derive, Mathcad kabi tizimlar va qiymatlarni statistik tahlil qilishga mo’ljallangan SPSS, Statistica, Statgraphics, Stadia va shunga o’xshash tizimlar oilalari nazarda tutiladi. Bu paketlar yordamida turli sonli va analitik (simvolli) matematik hisoblar-ni, oddiy arifmetik hisoblashlashlardan tortib, to xususiy hosilali differensial tenglamalarni yechish, optimallash masalalarini hal qilish, statistik gipotezalarni tekshirish hamda matematik modellarni yaratishga qadar turli zarur texnik hisoblashlarni amalga oshirish mumkin. Ularning barchasi takomillashgan ilmiy grafika vositalariga, qulay yordamchi axborot tizimiga va hisobot-larni rasmiylashtirish vositalariga ega. «Professional paket» atamasi «o’quv paketi» atamasiga muqobil ravishda tanlangan. Hozirgi davrda bu paketlardan nafaqat oliy malakali mutaxassislar, professoro’qituvchilar, balki oliy maktab talabalari, hattoki, liseylar, kasb-hunar kollejlari va maktablar o’quvchilari ham foydalanayotganligini kuzatish mumkin. Bizning fikrimizcha, professional matematik paketlardan foydalanishning ommaviylashuviga asosiy obyektiv sabablar quyidagilardir: – kompyuterlar odatdagi uy elektr jihozlari qatoridan o’rin olib bormoqda; – kompyuter programmalari interfeysini tashkil etishda maxsus standartlar ishlab chiqilib, ulardan ommaviy ravishda foydalanilmoqda; – hozirgi zamon talabasi, ilmiy xodimi va mutaxassisi hayotida Internet to’ridan foydalanish kundalik ehtiyojga aylanmoqda; – talabalarga bilim berishda professional matematik paketlardan o’quv vositasi sifatida foydalanish darajasi oshmoqda; – fundamental va amaliy xarakterdagi ilmiy tad-qiqotlar bilan shug’ullanuvchilar uchun mos universal matematik paketlar yaratilmoqda va bu paketlar ilmiy tadqiqot natijalariga ijobiy ta’sir ko’rsatmoqda; – professional matematik paketlar bo’yicha maxsus adabiyotlar ko’paymoqda. Kelajakda ta’lim va ilmiy tadqiqot ishlarida professional matematik paketlardan foydalanishga bo’lgan e’tiborning yanada kuchayishi shubhasizdir. Shu nuqtai-nazardan olganda, ayniqsa, matematika, mexanika, amaliy matematika va informatika, informasion texnologiyalar,
iqtisodiyot, sosiologiya va boshqa qator mutaxassislik yo’nalishlari bo’yicha shug’ullanuvchilarning professional matematik paketlar bilan ta’minlanish darajasini yuqoriga ko’tarish dolzarb muammolardan biridir. Bu muammoni Samarqand davlat universiteti miqyosida hal etish ko’p jihatdan universitetning moddiy-texnik holatiga, qolaversa, mavjud kutubxona va qiroatxonalarning zarur adabiyotlar bilan ta’minlanishiga ham bog’liqdir. Tavsiya etilayotgan adabiyotlarning faqat rus tilida ekanligini e’tiborga olsak,o’zbek tilida yozilgan shunday adabiyotlarga ehtiyojning dolzarbligi namoyon bo’ladi. Hozirgi kunda universitetimizda, jumladan, Informatika va informasion texnologiyalar fakulteti Matematik modellashtirish kafedrasida professional matematik paketlardan foydalanib bakalavr malakaviy bitiruv ishlari, magistrlik dissertasiyalari tayyorlanmoqda. Talabalarga Maple va Mathcaddan foydalanishni o’rgatish maqsadida maxsus kurslar o’qitilmoqda. Bundan tashqari, kafedradagi asosiy o’quv predmetlari va maxsus kurslarni o’qitishni tashkil etishda professional matematik paketlardan unumli foydalanishga harakat qilinmoqda.
MathCad interfeysi MathCad interfeysi Mathcad turli-tuman ilmiy va muxandislik hisoblashlarni bajaruvchi matematik redaktordir. Mathcad vositasida elementar arifmetik amallardan tortib murrakkab sonli metodlar realizastiyasini amalga oshirish mumkin. Sodda interfeysi, matematik hisoblashlarning ko`rgazmaliligi,keng standart funkstiyalar va sonli metodlar kutubxonasi mavjudligi, simvolli hisoblash xamda natijalarni turli shakllarda taqdim etish imkoniyatlari Mathcad dasturini eng ommaviy matematik dasturiy ta’minot darajasiga chiqishiga sabab bo`ldi. Mathcad tarkibiga bir-biri bilan integrallashgan bir necha kompanent kiradi. • Matematik ifoda va matnlarni kiritish, taxrirlash va formatlash imkonini beruvchi matnli muxarrir; • Standart sonli metodlardan foydalanib, kiritilgan formulalar bo`yicha hisoblashlarni bajaruvchi prostessor; • Analitik hisoblarnibajarishga imkon beruvchi simvolli prostessor; • Interaktiv elektron kitob ko`rinishida matematik va muxandislik ma’lumotnomasi; Mathcad dasturi muhitida quyidagi masalalarni hal etish mumkin: - Mathcad formula redaktori yordamida matematik formulalar kiritish. Ushbu redactor imkoniyatlari Microsoft Word formula redaktoridan qolishmaydi; - Kiritilgan formulalar bo`yicha matematik hisoblashlar birdaniga bajariladi; - Turli tipdagi grafiklarni xujjatga joylashtirish; - Turli formatdagi fayllarga ma’lumotlarni kiritish va chiqarish; - Xujjatlarni Mathcad da bosmaga chiqarish; - Yaratilgan xujjatlarni elektron kitob ko`rinishida birlashtirish; Mathcad dasturi komponentlari turli-tuman matematik xisoblashlar uchun qulay muxit bo`lib, bir vaqtning o`zida bu xisoblashlar natijalarini xujjatlashtirish imkonini beradi. Dasturni yuklash buyrug`idan keyin Mathcad dasturi oynasi ekranga chiqariladi. Uning ko`rinishi rasmda ifodalangan. Quyida Mathcad dasturi asosiy menyusi bo`limlari keltirilgan. Mathcad dasturi oynasi tizimi menyusini chiqaruvchi tugma. File- fayl va xujjatlarni yaratish, saqlash, electron pochtadan jo`natish yoki printerda chop etish bilan bog`liq buyruqlar to`plami; Edit-