logo

Mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusiga ko’ra bekor qilishni taqiqlash

Загружено в:

20.11.2024

Скачано:

0

Размер:

21.169921875 KB
Mavzu:   Mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusiga ko’ra bekor qilishni
taqiqlash .
Reja: 
1.Mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusiga ko’ra bekor qilish 
tushunchasi.
2.Mehnat shartnomasini bekor qilishni rasmiylashtirish.
3.Mehnat shartnomasini bekor qilishda kasaba uyushmasining o’rni.
4.Ishdan bo’shatish nafaqasi.             Mehnat   shartnomasini   ish   beruvchining   tashabbusiga   ko’ra   bekor   qilish-
nomuayyan   muddatga   tuzilgan   mehnat   shartnomasini,   shuningdek   muddati
tugaguniga   qadar   muddatli   mehnat   shartnomasini   ish   beruvchining   tashabbusiga
ko’ra   bekor   qilish   asoslangan   bo’lishi   kerak.   Hodim   bilan   tuzilgan   mehnat
shartnomasini   bekor   qilishga   olib   kelishi   mumkin   bo’lgan   mehnat
majburiyatlarining bir marta qo’pol ravishda quyidagi sabablarga ko’ra buziladi:
- ichki mehnat tartibi qoidalari;
-   mehnat   kodeksida   nazarda   tutilgan   hollarda   tashkilot   mulkdori   va   rahbari
o’rtasida   tuzilgan   mehnat   shartnomasi   shuningdek   hodim   va   ish   beruvchi
o’rtasidagi mehnat shartnomasi;
-o’ziga   nisbatan   intizom   to’g’risidagi   ustavlar   va   nizomlarning   amal   qilinishi
tadbiq   etiladigan   ayrim   toifadagi   hodimlarga   nisbatan   qo’llaniladigan   intizom
to’g’risidagi ustavlar hamda nizomlar bilan belgilanadi.
Mehnat   shartnomasining   ish   beruvchi   tashabbusi   bilan   bekor   qilinish   asoslari
quyidagilardan iborat:
-tashkilot tugallanginligi yohud yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan faoliyatining
tugallanganligi;
-   texnologiyaning   ishlab   chiqarish   va   mehnatning   tashkil   etishning   o’zgarishi,
ishlar hajmining qisqarishi bilan bog’liq bo’lgan hodimlar sonining yoki shtatining
o’zgarganligi;
-hodimning malakasi yetarli bo’lmaganligi sababli egallab turgan lavozimiga yoki
bajarayotgan ishga muvofiq emasligi;
-hodimning o’z mehnat majburiyatlarini muntazam ravishda buzganligi;
-hodimning o’z mehnat majburiyatlarini bir marta qo’pol ravishda buzganligi;
-Mehnat kodeksida va boshqa qonunlarda belgilangan o’zga sabablar.
Shuni aytib o’tish lozimku mehnat shartnomasining ish beruvchi tomonidan bekor
qilingani kabi uni bekor qilishni taqiqlash ham mumkin buni quyidagilarda ko’rib
o’tishimiz lozim;
-Mehnat kodeksida yoki boshqa qonunlarda nazarda tutilmagan asoslar bo’yicha ; -Mehnat   kodeksining   mehnat   va   mashg’ulotlar   sohasida   kamsitishni   taqiqlash
talabini buzadigan;
-hodimning   vaqtincha   mehnatga   qobilyatsizlik   davrida   va   mehnat   to’g’risidagi
qonunchilikda nazarda tutilgan ta’tillarda bo’lgan davrlarda;
-hodim   davlat   yoki   jamoat   majburiyatlarini   bajarganligi   munosabati   bilan   ishdan
ozod etilgan davrda;
-hodim xizmat safarida bo’lgan davrda;
-homilador ayollar va uch yoshgacha bolasi bo’lgan hodimlar uchun kafolatlar 
berishni nazarda tutadigan talablarga rioya qilmasdan ish beruvchining 
tashabbusiga ko’ra bekor qilish taqiqlanadi.
Ish beruvchi o’zining mehnat shartnomasini bekor qilish niyati haqida hodimni 
quyidagi muddatlarda yozma shaklda ogohlantirishi shart.
1.Tashkilot   tugatilganligi,   texnologiyaning   ishlab   chiqarish   va   mehnatni   tashkil
etishning   o’zgarishiga   ,ishlar   hajmining   qisqarishiga   bog’liq   bo’lgan   tashkilot
hodimlarining   soni   yoki   shtati   o’zgarganligi   hamda   tashkilot   rahbariga   uning
o’rinbosarlariga   bosh   buxgalterga   va   tashkilotning   alohida   bo’linmasi   rahbariga
nisbatan   tashkilot   mulkdorining   o’zgarganligi   munosabati   bilan   bekor   qilinganda
kamida   ikki   oy   oldin   ,   mehnat   shartnomasi   hodimning   malakasi   yetarli
bo’lmaganligi   tufayli   bajarayotgan   ishiga   muvofiq   emasligi   munosabati   bilan
bekor   qilinganda   kamida   ikki   hafta   oldin,   mehnat   shartnomasi   hodimning   aybli
harakatlari   (harakatsizligi)   munosabati   bilan   bekor   qilinganda   kamida   uch   kun
oldin,   ish   beruvchi   Mehnat   kodeksining   165   moddasi   1-qismida   nazarda   tutilgan
hodimni   ogohlantirish   muddatining   davomiyligiga   muvoviq   keladigan   pulli
kompensatsiya bilan almashtirishga haqlidir.
                  Mehnat   shartnomasini   bekor   qilishni   rasmiylashtirish   ishga   qabul   qilish
huquqiga   ega   bo’lgan   shaxslar   tomonidan   amalga   oshiriladi   va   ish   beruvchining
buyrug’I   bilan   amalga   oshiriladi.   Oxirgi   ish   kuni   mehnat   shartnomasi   bekor
qilingan   kundir.   Agar   oxirgi   ish   kuni   dam   olish   kuniga   yohud   ishlanmaydigan
bayram   kuniga   yoki   boshqa   ishlanmaydigan   kunga   tug’ri   kelsa,   undan   keyin
keladigan   birinchi   ish   kuni   oxirgi   ish   kuni   deb   hisoblanadi.   Ish   beruvchining buyrug’ida   mehnat   shartnomasini   bekor   qilish   asoslari   ushbu   kodeksning   yohud
tegishli   qonunning   moddasiga   havola   qilingan   holda   kodeksga   yoki   mehnat
haqidagi   boshqa   huquqiy  hujjatlar  moddalarining  ta’riflariga  aniq  muvofiq  tarzda
ko’rsatilishi   kerak.   Mehnat   shartnomasi   shartnomada   nazarda   tutilgan   asoslar
bo’yicha   bekor   qilinganda   ,   ish   beruvchining   talablariga   rioya   etilgan   holda
chiqarilgan   buyrug’ida   hodim   bilan   mehnat   shartnomasi   qaysi   asosga   muvofiq
bekor   qilingan   bo’lsa   ,   mehnat   shartnomasining   ushbu   asosni   nazarda   tutuvchi
bandiga   havola   bo’lishi   kerak.   Mehnat   shartnomasi   hodim   tomonidan   mehnat
majburiyatlari   bir   marta   qo’pol   ravishda   buzilganligi   munosabati     bilan   bekor
qilinganda  ,   ish   beruvchining  buyrug’ida   ichki   mehnat   tartib   qoidalarining  bandi,
tashkilot   rahbariga   nisbatan   mehnat   shartnomasining   bandi,   o’ziga   nisbatan
intizom   to’g’risidagi   ustavlar   yoki   nizomlarning   amal   qilishi   tatbiq   etiladigan
hodimlarga   nisbatan   esa   hodim   bilan   mehnat   shartnomasi   qaysi   mehnat
majburiyatlarining bir marta qo’pol ravishda buzilishini sodir etganlik uchun bekor
qilingan bo’lsa, o’sha qoidabuzarlikni nazarda tutuvchi intizom to’g’risida tegishli
ustavning   yoki   nizomning   moddasi   qo’shimcha   ravishda   ko’rsatilishi   kerak.
Hamda   shuni   takidlab   o’tish   lozimki   mehnat   daftarchasini   va   mehnat
shartnomasini   bekor   qilish   to’g’risidagi   buyruqning   ko’chirma   nusxasini   berishi
lozim   .   Bu   Mehnat   Kodeksining   171   moddasida   nazarda   tutilgan   bo’lib   unda
shunday deyilgan – ish beruvchi mehnat shartnomasi bekor qilingan kuni hodimga
uning   mehnat   daftarchasini   yohud   elektron   mehnat   daftarchasidan   ko’chirmani,
shuningdek mehnat shartnomasini bekor qilish to’g’risidagi buyruqning ko’chirma
nusxasini   berishi   shart.   Ish   beruvchi   xodimning   yozma   arizasiga   ko’ra   unga   ish
bilan bog’liq hujjatlarning tegishli ravishda tasdiqlangan ko’chirma nusxasini ham
berishi shart. Mehnat shartnomasi bekor qilingan kuni xodim yo’q bo’lganligi yoki
hujjatlarni olishni rad etganligi munosabati bilan unga mehnat daftarchasini yohud
elektron   mehnat   daftarchasidan   ko’chirmani   hamda   mehnat   shartnomasini   bekor
qilish   to’g’risidagi   buyruqning   ko’chirma   nusxasini   berish   imkoniyati   bo’lmagan
taqdirda,   ish   beruvchi   keying   ish   kunidan   kechiktirmay   xodimga   mehnat
daftarchasini   pochta   orqali   yuborilishiga   rozilik   berishi   zarurligi   haqida bildirishnoma   yuborishi   shart.   Ish   beruvchi           bildirishnoma   yuborilgan   kundan
e’tiboran mehnat daftarchasini berish kechiktirilganligi uchun javobgarlikdan ozod
etiladi. Xodim tomonidan o’z vaqtida talab qilib olinmagan mehnat daftarchasi ish
beruvchi tomonidan xodim mehnat daftarchasini berish to’g’risida murojaat qilgan
kundan   e’tiboran   uch   kundan   kechiktirmay   berilishi   kerak.   Ish   beruvchi   mehnat
shartnomasini   bekor   qilish   to’g’risidagi   buyruqning   ko’chirma   nusxasini
xodimning   buyruqning   ko’chirma   nusxasini   pochta   orqali   yuborish   uchun
roziligini   olmagan   holda   pochta   junatmasini   topshirish   haqidagi   bildirishnoma
bilan   yuborishga   haqli.   Mehnat   shartnomasini   bekor   qilish   to’g’risidagi
buyruqning   xodimga   berilgan   ko’chirma   nusxasini   yo’qolgan   yoki   buzilgan
taqdirda,   xodim   ish   beruvchiga   bunday   buyruqning   yangi   ko’chirma   nusxasini
berish uchun murojaat qilishga haqli bo’lib , ushbu ko’chirma nusxa xodimga u ish
beruvchiga   murojaat   qilgan   kundan   e’tiboran   uch   kundan   kechiktirmay   berilishi
kerak. 
        Mehnat shartnomasini bekor qilishda kasaba uyushmasining o’rniga to’xtalib
o’tadigan   bo’lsak   Mehnat   Kodeksining   164   moddada   keltirilgan   talablarni   aytib
o’tsak   bo’ladi.   Bu   moddada   agar   jamoa   kelishuvida   yoki   jamoa   shartnomasida
mehnat   shartnomasini   ish   beruvchining   tashabbusiga   ko’ra   bekor   qilish   uchun
kasaba uyushmasi qo’mitasining oldindan roziligini olish nazarda tutilgan bo’lsa ,
mehnat   shartnomasini   bunday   roziliksiz   bekor   qilishga   yo’l   qo’yilmaydi.   Mehnat
shartnomasi   ish   beruvchining   tashabbisiga   ko’ra   quyidagi   hollarda   bekor
qilinganda kasaba uyushmasi  qo’mitasining roziligi talab etilmaydi. Tashkilot  o’z
muassislarining   yoki   ta’sis   hujjatlari   bilan   bunga   vakolat   berilgan   yuridik   shaxs
organining   qaroriga   binoan   tugatilganligi   yohud   yakka   tartibdagi   tadbirkor
tomonidan   faoliyat   tugatilganligi   munosabati   bilan   hamda   tashkilot   mulkdori
o’zgarganligi munosabati bilan Mehnat Kodeksining 489 moddasi birinchi qismiga
muvofiq   tashkilot   rahbari   ,   uning   o’rinbosarlari   ,   bosh   buxgalter   va   tashkilotning
alohida bo’linmasi rahbari bilan. Kasaba uyushmasi qo’mitasi xodim bilan mehnat
shartnomasini   bekor   qilishga   roziligi   masalasi   bo’yicha   qabul   qilingan   qaror
haqida   mehnat   shartnomasini   bekor   qilish   huquqiga   ega   bo’lgan   mansabdor shaxsning yozma  taqdimnomasi olingan kundan e’tiboran o’n kunlik muddatda ish
beruvchiga   xabar   qilinishi   kerak.   Agar   ko’rsatilgan   muddat   tugaganidan   keyin
kasaba   uyushmasi   qo’mitasi   qabul   qilingan   qaror   haqida   xabar   qilmasa,   ish
beruvchi   xodim   bilan   tuzilgan   mehnat   shartnomasini   Mehnat   Kodeksida
belgilangan   tartibda   kasaba   uyushmasi   qo’mitasining   roziligisiz   bekor   qilishga
haqli.   Ish   beruvchi   kasaba   uyushmasi   qo’mitasi   tomonidan   xodim   bilan   mehnat
shartnomasini   bekor   qilishga   rozilik   berish   to’g’risidagi   qarori   qabul   qilingan
kundan   e’tiboran   bir   oydan   kechiktirmay   mehnat   shartnomasini   bekor   qilishga
haqlidir. 
         Ishdan bo’shatish nafaqasi xodim bilan mehnat shartnomasi alohida asoslarga
ko’ra bekor qilinganda xodimning ishdan mahrum bo’lishi oqibatlarini yumshatish
maqsadida amalga oshiriladigan , qonunchilikda , mehnat haqidagi boshqa huquqiy
hujjatlarda   ,   mehnat   shartnomasida   nazarda   tutilgan   bir   yo’la   beriladigan   pulli
to’lovlardir.   Mehnat   shartnomasi   bekor   qilinganda   quyidagi   hollarda   ishdan
bo’shatish nafaqasi to’lanadi:
-ish   beruvchining   tashabbusiga   ko’ra,   bundan   shartnoma   xodimning   aybli
harakatlari bilan bog’liq asoslar bo’yicha bekor qilinganligi mustasno;
-Mehnat   Kodeksining   168   moddasi   birinchi   qismining   1,   2,   6   va   9-bandlarida
nazarda   tutilgan   taraflarning     xohish   –   irodasiga   bog’liq   bo’lmagan   holatlarga
ko’ra,   bundan   jismoniy   shaxs   bo’lgan   ish   beruvchi   muomalaga   layoqatsiz   deb
e’tirof etilgan hollar bundan mustasno;
-xodim   yangi   mehnat   shartlarida   ishni   davom   ettirishni   rad   etganligi   munosabati
bilan;
-xodim   tibbiy   xulosaga   muvifiq   sog’lig’ining   holatiga   ko’ra   o’ziga   qarshi
ko’rsatma bo’lmagan boshqa ishga o’tkazishni rad etganligi yohud ish beruvchida
tegishli ish bo’lmaganligi munosabati bilan;
-xodim   ish   beruvchi   bilan   birga   boshqa   joydagi   ishga   ko’chishni   rad   etganligi
munosabati bilan; -xodim   tashkilotning   mulkdori   almashganligi   ,   uning   qayta   tashkil   etilganligi   ,
idoraviy   taalluqliligi   o’zgarganligi   munosabati   bilan   ishni   davom   ettirishni   rad
etganligi munosabati bilan.
Ishdan bo’shatish nafaqasining miqdori mazkur ish beruvchidagi ish stajiga bog’liq
bo’ladi va u: 
-uch yilgacha ish stajiga ega bo’lgan xodimlar uchun – o’rtacha oylik ish haqining
ellik foizidan;
-uch yildan besh yilgacha ish stajiga ega bo’lgan xodimlar uchun – o’rtacha oylik
ish haqining yetmish besh foizidan;
-besh yildan o’n yilgacha ish stajiga ega bo’lgan xodimlar uchun – o’rtacha oylik
ish haqining yuz foizidan;
-o’n   yildan   o’n   besh   yilgacha   ish   stajiga   ega   bo’lgan   xodimlar   uchun   –   o’rtacha
oylik ish haqining bir yuz ellik foizidan;
-o’n besh yildan ortiq ish stajiga ega bo’lgan xodimlar uchun – o’rtacha oylik ish
haqining ikki yuz foizidan kam bo’lishi mumkin emas.
Xodimning aybli   harakatlari   bilan bog’liq bo’lgan asoslarga   ko’ra  xodimlar   bilan
mehnat   shartnomasi   bekor   qilingan   taqdirda   jamoa   kelishuvlarida   ,   shuningdek
jamoa   shartnomasida   ,   ichki   hujjatlarda   ,   mehnat   shartnomasida   yoxud   ish
beruvchining   ,   yuridik   shaxs   vakolatli   organlarining   tashkilot   mulkdorining   yoki
mulkdor   tomonidan   vakolat   berilgan   shaxslarning   qarorlarida   xodimlarga   ishdan
bo’shatish nafaqasidan , kompensatsiyalarni to’lash va ularga har qamday shaklda
biror bir boshqa to’lovlarni tayinlash nazarda tutilishi mumkin emas.

Mavzu: Mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusiga ko’ra bekor qilishni taqiqlash . Reja: 1.Mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusiga ko’ra bekor qilish tushunchasi. 2.Mehnat shartnomasini bekor qilishni rasmiylashtirish. 3.Mehnat shartnomasini bekor qilishda kasaba uyushmasining o’rni. 4.Ishdan bo’shatish nafaqasi.

Mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusiga ko’ra bekor qilish- nomuayyan muddatga tuzilgan mehnat shartnomasini, shuningdek muddati tugaguniga qadar muddatli mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusiga ko’ra bekor qilish asoslangan bo’lishi kerak. Hodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qilishga olib kelishi mumkin bo’lgan mehnat majburiyatlarining bir marta qo’pol ravishda quyidagi sabablarga ko’ra buziladi: - ichki mehnat tartibi qoidalari; - mehnat kodeksida nazarda tutilgan hollarda tashkilot mulkdori va rahbari o’rtasida tuzilgan mehnat shartnomasi shuningdek hodim va ish beruvchi o’rtasidagi mehnat shartnomasi; -o’ziga nisbatan intizom to’g’risidagi ustavlar va nizomlarning amal qilinishi tadbiq etiladigan ayrim toifadagi hodimlarga nisbatan qo’llaniladigan intizom to’g’risidagi ustavlar hamda nizomlar bilan belgilanadi. Mehnat shartnomasining ish beruvchi tashabbusi bilan bekor qilinish asoslari quyidagilardan iborat: -tashkilot tugallanginligi yohud yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan faoliyatining tugallanganligi; - texnologiyaning ishlab chiqarish va mehnatning tashkil etishning o’zgarishi, ishlar hajmining qisqarishi bilan bog’liq bo’lgan hodimlar sonining yoki shtatining o’zgarganligi; -hodimning malakasi yetarli bo’lmaganligi sababli egallab turgan lavozimiga yoki bajarayotgan ishga muvofiq emasligi; -hodimning o’z mehnat majburiyatlarini muntazam ravishda buzganligi; -hodimning o’z mehnat majburiyatlarini bir marta qo’pol ravishda buzganligi; -Mehnat kodeksida va boshqa qonunlarda belgilangan o’zga sabablar. Shuni aytib o’tish lozimku mehnat shartnomasining ish beruvchi tomonidan bekor qilingani kabi uni bekor qilishni taqiqlash ham mumkin buni quyidagilarda ko’rib o’tishimiz lozim; -Mehnat kodeksida yoki boshqa qonunlarda nazarda tutilmagan asoslar bo’yicha ;

-Mehnat kodeksining mehnat va mashg’ulotlar sohasida kamsitishni taqiqlash talabini buzadigan; -hodimning vaqtincha mehnatga qobilyatsizlik davrida va mehnat to’g’risidagi qonunchilikda nazarda tutilgan ta’tillarda bo’lgan davrlarda; -hodim davlat yoki jamoat majburiyatlarini bajarganligi munosabati bilan ishdan ozod etilgan davrda; -hodim xizmat safarida bo’lgan davrda; -homilador ayollar va uch yoshgacha bolasi bo’lgan hodimlar uchun kafolatlar berishni nazarda tutadigan talablarga rioya qilmasdan ish beruvchining tashabbusiga ko’ra bekor qilish taqiqlanadi. Ish beruvchi o’zining mehnat shartnomasini bekor qilish niyati haqida hodimni quyidagi muddatlarda yozma shaklda ogohlantirishi shart. 1.Tashkilot tugatilganligi, texnologiyaning ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishning o’zgarishiga ,ishlar hajmining qisqarishiga bog’liq bo’lgan tashkilot hodimlarining soni yoki shtati o’zgarganligi hamda tashkilot rahbariga uning o’rinbosarlariga bosh buxgalterga va tashkilotning alohida bo’linmasi rahbariga nisbatan tashkilot mulkdorining o’zgarganligi munosabati bilan bekor qilinganda kamida ikki oy oldin , mehnat shartnomasi hodimning malakasi yetarli bo’lmaganligi tufayli bajarayotgan ishiga muvofiq emasligi munosabati bilan bekor qilinganda kamida ikki hafta oldin, mehnat shartnomasi hodimning aybli harakatlari (harakatsizligi) munosabati bilan bekor qilinganda kamida uch kun oldin, ish beruvchi Mehnat kodeksining 165 moddasi 1-qismida nazarda tutilgan hodimni ogohlantirish muddatining davomiyligiga muvoviq keladigan pulli kompensatsiya bilan almashtirishga haqlidir. Mehnat shartnomasini bekor qilishni rasmiylashtirish ishga qabul qilish huquqiga ega bo’lgan shaxslar tomonidan amalga oshiriladi va ish beruvchining buyrug’I bilan amalga oshiriladi. Oxirgi ish kuni mehnat shartnomasi bekor qilingan kundir. Agar oxirgi ish kuni dam olish kuniga yohud ishlanmaydigan bayram kuniga yoki boshqa ishlanmaydigan kunga tug’ri kelsa, undan keyin keladigan birinchi ish kuni oxirgi ish kuni deb hisoblanadi. Ish beruvchining

buyrug’ida mehnat shartnomasini bekor qilish asoslari ushbu kodeksning yohud tegishli qonunning moddasiga havola qilingan holda kodeksga yoki mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlar moddalarining ta’riflariga aniq muvofiq tarzda ko’rsatilishi kerak. Mehnat shartnomasi shartnomada nazarda tutilgan asoslar bo’yicha bekor qilinganda , ish beruvchining talablariga rioya etilgan holda chiqarilgan buyrug’ida hodim bilan mehnat shartnomasi qaysi asosga muvofiq bekor qilingan bo’lsa , mehnat shartnomasining ushbu asosni nazarda tutuvchi bandiga havola bo’lishi kerak. Mehnat shartnomasi hodim tomonidan mehnat majburiyatlari bir marta qo’pol ravishda buzilganligi munosabati bilan bekor qilinganda , ish beruvchining buyrug’ida ichki mehnat tartib qoidalarining bandi, tashkilot rahbariga nisbatan mehnat shartnomasining bandi, o’ziga nisbatan intizom to’g’risidagi ustavlar yoki nizomlarning amal qilishi tatbiq etiladigan hodimlarga nisbatan esa hodim bilan mehnat shartnomasi qaysi mehnat majburiyatlarining bir marta qo’pol ravishda buzilishini sodir etganlik uchun bekor qilingan bo’lsa, o’sha qoidabuzarlikni nazarda tutuvchi intizom to’g’risida tegishli ustavning yoki nizomning moddasi qo’shimcha ravishda ko’rsatilishi kerak. Hamda shuni takidlab o’tish lozimki mehnat daftarchasini va mehnat shartnomasini bekor qilish to’g’risidagi buyruqning ko’chirma nusxasini berishi lozim . Bu Mehnat Kodeksining 171 moddasida nazarda tutilgan bo’lib unda shunday deyilgan – ish beruvchi mehnat shartnomasi bekor qilingan kuni hodimga uning mehnat daftarchasini yohud elektron mehnat daftarchasidan ko’chirmani, shuningdek mehnat shartnomasini bekor qilish to’g’risidagi buyruqning ko’chirma nusxasini berishi shart. Ish beruvchi xodimning yozma arizasiga ko’ra unga ish bilan bog’liq hujjatlarning tegishli ravishda tasdiqlangan ko’chirma nusxasini ham berishi shart. Mehnat shartnomasi bekor qilingan kuni xodim yo’q bo’lganligi yoki hujjatlarni olishni rad etganligi munosabati bilan unga mehnat daftarchasini yohud elektron mehnat daftarchasidan ko’chirmani hamda mehnat shartnomasini bekor qilish to’g’risidagi buyruqning ko’chirma nusxasini berish imkoniyati bo’lmagan taqdirda, ish beruvchi keying ish kunidan kechiktirmay xodimga mehnat daftarchasini pochta orqali yuborilishiga rozilik berishi zarurligi haqida

bildirishnoma yuborishi shart. Ish beruvchi bildirishnoma yuborilgan kundan e’tiboran mehnat daftarchasini berish kechiktirilganligi uchun javobgarlikdan ozod etiladi. Xodim tomonidan o’z vaqtida talab qilib olinmagan mehnat daftarchasi ish beruvchi tomonidan xodim mehnat daftarchasini berish to’g’risida murojaat qilgan kundan e’tiboran uch kundan kechiktirmay berilishi kerak. Ish beruvchi mehnat shartnomasini bekor qilish to’g’risidagi buyruqning ko’chirma nusxasini xodimning buyruqning ko’chirma nusxasini pochta orqali yuborish uchun roziligini olmagan holda pochta junatmasini topshirish haqidagi bildirishnoma bilan yuborishga haqli. Mehnat shartnomasini bekor qilish to’g’risidagi buyruqning xodimga berilgan ko’chirma nusxasini yo’qolgan yoki buzilgan taqdirda, xodim ish beruvchiga bunday buyruqning yangi ko’chirma nusxasini berish uchun murojaat qilishga haqli bo’lib , ushbu ko’chirma nusxa xodimga u ish beruvchiga murojaat qilgan kundan e’tiboran uch kundan kechiktirmay berilishi kerak. Mehnat shartnomasini bekor qilishda kasaba uyushmasining o’rniga to’xtalib o’tadigan bo’lsak Mehnat Kodeksining 164 moddada keltirilgan talablarni aytib o’tsak bo’ladi. Bu moddada agar jamoa kelishuvida yoki jamoa shartnomasida mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusiga ko’ra bekor qilish uchun kasaba uyushmasi qo’mitasining oldindan roziligini olish nazarda tutilgan bo’lsa , mehnat shartnomasini bunday roziliksiz bekor qilishga yo’l qo’yilmaydi. Mehnat shartnomasi ish beruvchining tashabbisiga ko’ra quyidagi hollarda bekor qilinganda kasaba uyushmasi qo’mitasining roziligi talab etilmaydi. Tashkilot o’z muassislarining yoki ta’sis hujjatlari bilan bunga vakolat berilgan yuridik shaxs organining qaroriga binoan tugatilganligi yohud yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan faoliyat tugatilganligi munosabati bilan hamda tashkilot mulkdori o’zgarganligi munosabati bilan Mehnat Kodeksining 489 moddasi birinchi qismiga muvofiq tashkilot rahbari , uning o’rinbosarlari , bosh buxgalter va tashkilotning alohida bo’linmasi rahbari bilan. Kasaba uyushmasi qo’mitasi xodim bilan mehnat shartnomasini bekor qilishga roziligi masalasi bo’yicha qabul qilingan qaror haqida mehnat shartnomasini bekor qilish huquqiga ega bo’lgan mansabdor