logo

Metallarga ishlov berishda qo‘llaniladigan rejalash asboblari

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

666.1904296875 KB
Metallarga ishlov berishda qo‘llaniladigan  rejalash asboblari
Reja:
1. Metallarga ishlov berishda qo‘llaniladigan rejalash asboblari.
2. Metallarga ishlov ber ishda qo‘llaniladigan o‘lchash asboblari . Metallarga ishlov berishda qo‘llaniladigan rejalash asboblari   
Chizgich chertilka masshtabli lineyka, guniya va andaza (shablon)lar 
yordamida rejalash (chizish) ishlarini bajarishda turli konstruktsiyadagi pulat 
chizgichlardan foydalaniladi. Metallarni bevosita rejalashda qalamdan foyda 
lanilmaydi, chunki qalam bilan chizilgan reja chizig‘i metallga ishlov berishda 
uchib ketib, ish aniqligining bo‘zilishiga sabab bo‘ladi. SHuning uchun metallarni 
rejalashda faqat pulat chizgichlar ishlatiladi.
Chizgichlar : 
 68-rasm. a—simdan tayyorlangan chizgich, b—yo‘nib tayyorlangan 
chizg‘ich, v— ikki uchli chizg‘ich, g—yassi chizgnch. 
68-rasm.  a—simdan tayyorlangan chizgich, b—yo‘nib tayyorlangan chizg‘ich, v— ikki 
uchli chizg‘ich, g—yassi chizgnch.   a-knopkali, o‘zi uraluvchi, b-oddiy, v—pulat lentali.  
Slesarlik chekichi (kerner) reja chiziqlarining uchib ketishini hisobga olib, 
ularning ustidan nuqta tushirish, markazalarni belgilash, parma urnini 
chekishuchun ishlatiladi.
C h ekichlar U7A, U8A markali uglerodli, 7XF, 8XF markali legirlangan 
asbobsozlik pulatlaridan tayyorlanadi va toblanadi.  (69-rasm) 69-rasm.
Guniyalar har xil konstruktsiyada tayyorlanadi  (70- rasm)
70- rasm   .  Slesarlik guniyalari:  a-lekal guniya, b-kundali, e-oddiy, g-
yostiqli. 
Rasm  a dagi guniya kurinishi jihatidan o‘zaro qat’i 90 burchak ostida 
joylashgan ikki lineyka birikmasidan iborat bo‘lib, uning yordamida tayyor yoki 
tayyorlanayotgan buyum va detallarning tug‘ri burchakliligi tekshiriladi. rasm, b, 
v, g larda duradgorlik guniyasini eslatuvchi cheklagich kundali va yostiqli 
guniyalar kursatilgan bo‘lib, bulardan ko‘pincha tug‘ri burchakli rejalar chizishda  va ularni parallel kuchirishda, shuningdek, rejalash pliasi yordamida fazoviy 
rejalashda  foydalaniladi.
Yupqa listli metall (po‘lat, mis, alyuminiy) qalinligi 0,5 mm gacha bo‘lsa,
yog`och taxtacha — tekislagich bilan to‘g`rilanadi. Buning uchun zagotovka tekis
va qattiq yuzaga qo‘yilib, taxtacha zagotovka ustida u yoq, bu yoqqa yuritiladi (71-
rasm, a). Qalinligi 0,5 mm dan ortiq metall listlari to‘qmoq bilan tekislanadi  (71-
rasm, b).
   a)  b) 
71-rasm.  Zagotovkani tekislagich           Detal namunasi asosida 
     va to‘qmoq bilan to‘g`rilash.                         rejalash
Rejalashni   andoza-detalning   tekis   namunasi   yordamida   bajarish   mumkin.
Bunda andozani zagotovkaning ustiga qo‘yib bosib turiladi (buning uchun maxsus
qisqichlardan   ham   foydalanish   mumkin)   va   andozaning   atrofini   chizg`ich   bilan
aylantirib chizib chiqiladi. 
Chizma   bo‘yicha   to‘g`ri   burchakli   detallarni   rejalash   uchun   avval
zagotovkaning   baza   cheti   aniqlanadi   va   baza   belgisi   chiziladi.   Undan   boshlab
rejalash   amalga   oshiriladi:   chizg`ich   bo‘ylab   baza   belgisi   ustidan   chiziladi,
burchaklik   bo‘ylab   90°   li   ikkinchi   baza   chizig`i   o‘tkaziladi,   chizg`ich
harakatlanayotgan tomonga biroz og`dirilib, qattiq bosib chiziladi 
Sirkul   yordamida   rejalash   uchun   dastlab   kernernnng   muhrasiga   bolg`a
bilan   sekin-sekin   urib   yoylar   va   aylanalarning   markazlari   tushiriladi.   Mana   shu
markazlarga   rejalash   stirqo‘lining   oyog`i   o‘rnatiladi.   Rejalashda   stirqo‘lni
harakatlanayotgan tomoniga biroz og`diriladi, og`irlik esa aylana markazida turgan
oyog`iga tushadi.  72-rasm.  Sirkul bilan rejalash
Rejalashdan   oldin   zagotovkaning   changlari,   iflos   joylari,   zanglari
tozalanadi asboblarining sozligi tekshiriladi.
Rejalash   juda   mas’uliyatli   operastiya.   Yasaladigan   buyumning   sifati
rejalashning qanchalik aniq bajarilishiga bog`liqdir. 
Tekislash va rejalashda xavfsiz ishlash uchun: 
-   zagotovka   ushlanadigan   qo‘l   jarohatlanmasligi   uchun   ungaenglik   kiyib
olish; 
- soz holatdagi bolg`a va to‘qmoqdan foydalanish; 
-   chizg`ichni   ehtiyotlik   bilan   ishlatish,   ko‘z   va   qo‘lingizni   jarohatlashdan
saqlash; 
-   chizg`ichni   xalatning   cho‘ntagiga   solmaslik,   u   bilan   o‘ynashmaslik,
ortiqcha harakatlar qilmaslik lozim.
Slesarlik   uquv   ustaxonalarida   olib   boriladigan   amalyy   mashg‘ulotlar
davomida   uquvchilarda   hosil   qilingan   dastlabki   kunikma   va   malakalar   asosida
aniqlik darajasi  0,01 mm  gacha bo‘lgan turli  konstruktsiyadagi  kontrol-ulchov va rejalash   asboblari   yordamida   o‘lchash   va   rejalash   ishlari   urgatib   boriladi.   Bu
asboblardan   foydalanib   chizig‘iy   o‘lchamlarni   va   burchaklarni   o‘lchash,   yassi
sirtlarning   tekisligi   va   bir-biriga   nisbatan   tug‘riburchakliligini   tekshirish,chizig‘iy
va   burchakli   reja   chiziqlari   chizishda   etarli   mehnat   malakalari   hosil   qilinadi.   Bu
maqsadda kontrol ulchov va rejalash asboblarining turlari, tuzilishi, ishga sozlash
usullari urgatib boriladi 
Tayyorlanayotgan detal shaklining berilgan chizmaga nisbatan to‘g`riligini
bilish   uchun   uni   tayyorlash   jarayonida   o‘lchash   asboblari   bilan   tekshiriladi.   Ular
shkalali va shkalasizlarga bo‘linadi.
Shkalali   asboblarga:   chizg`ich,   shtangenstirkul,   mikrometr   va   boshqalar
kiradi.  
Chizg`ich   yordamida   1   mm   aniqligi   bilan   tashqi   va   ichki   o‘lchamlar
o‘lchanadi  
Shtangenstirkul     yordamida   tashqi   va   ichki   diametr   uzunlik,   qalinlik,
chuqurlik   va   boshqalar   o‘lchanadi.   O‘lchash   aniqligi   0,5   mm.   Konus   yordamida
aniqligi   (0,1;   0,05;   0,02   mm)   bilan   o‘lchash   mumkin.  
Mikrometrlar tashqi o‘lchamlarni 0,01 mm aniqlik bilan o‘lchash imkonini beradi.
Ularni tokarlik ishlarida ham o‘lchash uchun ishlatiladi.  (73-rasm)  
73-rasm. Sh kalali o‘lchov asboblari.
Masshtabli   lineyka   yordamida   zagotovka   va   buyumlarning   chizig‘iy
o‘lchamlarini   o‘lchash,   tayyor   detallarning   o‘lchamini   tekshirish,   kronsirkul   va
nutrometrlar   yordamida   olingan   o‘lchamlarni   hisoblash,   sirqo‘lni   o‘lchashga sozlash   ishlari   bajariladi.   Masshtab   lineykasidan   rejalash   ishlarida   ham
foydalaniladi.
Masshtabli   lineyka   ensiz,   yupqa   pulat   polosadan   iborat.     Uning   yuzasiga
millimetrli,   santimetrli   masshtab   birliklari   tushirilgan   bo‘lib,   U7   va   U8   markali
uglerodli   asbobsozlik   pulatlaridan   quyidagi   o‘lchamlarda   tayyorlanadi:   uzunligi
150 mm dan 1000 mm gacha, eni 11 mm dan 35 mm gacha, qalinligi 0,3 mm dan
1,5 mm gacha  (74-rasm)
.    
74-rasm
Metallarga ishlov ber ishda qo‘llaniladigan o‘lchash asboblari  
Masshtabli lineyka yordamida bevosita o‘lchash mumkin bulmagan buyum
va detallarning tashqi va ichki o‘lchamlarini o‘lchashda kronsirkul va nutromerdan
foydalaniladi.   Masalan,   shar,   o‘q,   val,   sterjen   kabilarning   tashqi   diametri,
vtulkalarning   ichki   diametrlari,   har   xil   aylanish   sirtlaridan   iborat   detal   va
buyumlarning   tashqi   hamda   ichki   o‘lchamlari   ulchanadi.   Kronsirkul   va   nutromer
yordamida olingan o‘lchamlar masshtabli lineyka yordamida hisoblanadi. (75-rasm) 75-rasm.
Buklama metr  o‘ nta bir xil uzunlikdagi (100 mm li) lineykalardan iborat
bo‘lib, ular o‘zaro sharnir vositasida biriktirilgan. Bundan masshtabli lineyka
singari chizig‘iy o‘lchamlarni o‘lchashda foydalaniladi. Buklama metr slesarlik
uquv ustaxonalarida keng qullanilmaydi. U uzunligi 100 sm orasida bo‘lgan
buyumlarning ichki o‘lchamlarini o‘lchash uchun qulaydir (76-rasm).
 
76-rasm.
Ruletka katta o‘lchamlarni o‘lchashda qullaniladi u matodan va pulat
lentadan tayyorlanadi. Ruletkalar 2, 5, 10, 15 va 20 metrli bulishi mumkin. 5
metrgacha uzunlikdagi ruletkalarda millimetr, santimetr, metr masshtab birliklari
tushirilgan. Ular yordamida Silindr, val kabi buyumlarning aylana uzunligini
(yo‘g‘onligini), uyumlarning ichki o‘lchamlarini ham o‘lchash mumkin.  (77-rasm). 77-rasm.
Shtangensirkul -universal ulchov asbobi bo‘lib, uning yordamida chizig‘iy
o‘lchamlarni, tashqi va ichki o‘lchamlarni, chuqurliklarni o‘lchash, tayyor detal va
buyumlarning   o‘lchamlarini   tekshirish,   shuningdek,   rejalash   ishlari   bajariladi.
Shuning   uchun   undan   masshtabli   lineyka,   kronsirkul,   nutromer,   chuqurlikni
o‘lchaydigan   asbob   (shtangenglubinomer),   sirkul,   shtangenreysmus   sifatida
foydalanish mumkin.  (78-rasm).
78-rasm.
SHT S -1   markali shtangensirkul:  
a—tuzilishi:   1,   4—q o‘ zg ’ aluvchi   jag‘lar;   2,   3—q o‘ zg‘almas   ja g’ lar,   5—
qotiruvchi vint, 6—ramka, 7—glubinomer (chuqurlikni o‘lchaydigan sterjen),   8 —
shtanga, 9- non i us; b - hisob olish. 
Asbobsozlik   zavodlarida   100,   125,   150,   200,   300,   400,   500,   600,   800,
1000, 1500 va 2000 mm gacha bo‘lgan o‘lchamlarni o‘lchash imkonini beradigan,
aniqlik   darajasi   0,1;   0,05;   0,02   mm   gacha   bo‘lgan   shtangensirkullar   ishlab chiqariladi.   Uquv   ustaxonalarida   300   mm   gacha   o‘lchash   imkonini   beradigan
shtangensirkullar ishlatiladi.
Aniqlik   darajasi   0,1   mm   bo‘lgan   shtangensirkul   millimetr   masshtabli
shtanga   8,   qo‘zg‘almas   jag‘   2,   3,   qo‘zg‘aluvchi   jag‘   1,   4,   noniusli   ramka   6,
qotiruvchi vint 5, nonius 9, va sterjen 7 dan iborat. 
Nonius shkalasining uzunligi 9 mm bo‘lib, u 10 ta teng bulakka bulingan.
Demak,  noniusning har   bir   bulimi   9 mm   :  10=  0,9 mm  ga  teng.  Noniusning  noli
shtanganing   noli   bilan   mos   kelsa,   uning   uninchi   chizig‘idan   tashqari   hech   bir
chizig‘i shtanga chizig‘i bilan mos kelmaydi (bir tug‘ri chiziqda yotmaydi). Bunda
noniusning   uninchi   chizig‘i   shtanganing   tuqqizinchi   chizig‘iga   mos   keladi.
SHunday qilib, noniusning bir chizig‘i shtanganing bir chizig‘iga 0,1 mm etmaydi,
noniusning ikki chizig‘i shtanganing ikki chizig‘iga 0,2 mm, uch chizig‘i 0,3 ,mm
va h. k. etmaydi.
S h tangensirkul yordamida o‘lchash  va undan hisob olish quyidagicha olib
boriladi. Uning qo‘zg‘aluvchi va qo‘zg‘almas jag‘lari ulchanuvchi detal sirtiga jips
tegadigan   qilib   suriladi   va   ramkani   shtangaga   mahkamlovchi   vint   yordamida
qotiriladi.   Sung   shtangensirkul   detaldan   chiqarilib,   noniusdan   hisob   olinadi.
Noniusning noli shtanga chizig‘ining qaysi biri bilan mos kelsa, shuncha butun son
bo‘ladi. Agar noniusning noli shtanganing xohlagan bir chizig‘idan utsa, shuncha
butun son bo‘lib, kasr son shtanganing ixtiyoriy bir chizig‘iga mos kelgan nonius
chizig‘idan hisoblanadi. 
Masalan, noniusning nol chizig‘i shtanganing nol chizig‘idan utib, birinchi
chizig‘iga   etmagan   bulsin.   Noniusning   oltinchi   chizig‘i   shtanga   chizig‘iga   mos
kelsin.   Bu   holda   hisob   0,6mm   bo‘ladi.   Ikkinchi   o‘lchashda   noniusning   noli
shtanganing   25-chizig‘idan   utgan.   Demak,   butun   son   25   mm.   Noniusning   6-
chizig‘i   shtanganing   ixtiyoriy   bir   chizig‘iga   mos   kelgan.   Kasr   son   0,6   mm.   Bu
holda shtangensirqo‘lning kursatishi 25,6 mm.  Aniqlik darajasi, 0,05 yoki 0,02
mm gacha bo‘lgan shtangensirkul kursatilgan. 
Ulchov   olishda   qo‘zg‘almas   va   qo‘zg‘aluvchi   jag‘larni   detal   sirtiga   erkin
tekkizib,   xomut   shtangaga   qotiriladi.   Sungra   mikrometrik   surish   vinti   yordamida ramkani   surib,   jag‘larni   detal   sirtiga   jipslanadi   va   ramkani   shtangaga   qotirilib
shtangensirkul detaldap olinadi. Undagi ulchovni hisoblari yuqorida bayon etilgan
tartibda olib boriladi  (79-rasm).
79-rasm.  SHTS-11 marakali shtangensirkul: 1-shtanga, 2-qo‘zg‘almas jag‘,   3-
qo‘zg‘aluvchi jag‘, 4-ramka, 5- qotiruvchi vint, 6-xomut,    7-xomutni qotiruvchi vint, 8—
mikrometrik’ surish vinti. 
Aniqlik   darajasi   0,1   mm   bo‘lgan   asboblarda   noniusdan   olinadigan   kasr
sonlar   milli-metrning   undan   bir   ulushlarida   hisoblansa,   aniqlik   darajasi   0,05   va
0,02 mm bo‘lgan asboblarda millimetrning yuzdan besh va yuzdan ikki ulushlarida
hisoblanadi.   Bu   xildagi   shtangensirkullardan   tekislikdagi   rejalash   ishlarini   olib
borishda   sirkul   va   xatkash   sifatida   ham   foydalaniladi.   Asbobdan   sirkul   sifatida
foydalanishda metallarga chekich yordamida aylana markazlari chekib olinadi. Aks
holda shtangensirkul  metall  sirtida  sirpanib, markazdan  chiqib ketadi, bu esa  reja
chizig‘ining aniq chiqmasligiga olib keladi .  
Mikrometr   0,01   mm   gacha   aniqlikda   o‘lchash   imkonini   beradigan   asbob
bo‘lib, uning yordamida tashqi o‘lchamlar ulchanadi. Ular 0—25, 25—50, 50—75,
75—100 mm va h. k. o‘lchamli qilib tayyorlanadi. Mikrometrning skobasiga uning
aniqlik   darajasi,   o‘lchash   chegarasi   va   asbobsozlik   zavodining   muhri   tushirilgan
bo‘ladi. 
Mikrometr skoba 1 uning bir tomoniga qo‘zg‘almas qilib o‘rnatilgan tovon
2, ikkinchi tomoniga o‘rnatilgan vtulka-stebel 5 dan iborat. Vtulkaga mikrometrik
vint-shpindel   3   kiritiladi.   Vtulka   stebelning   tashqi   tomoniga   millimetrli   va   yarim
millimetrli   masshtab   shkalalari   chizilgan.   Vtulkaga   gilza   baraban   6   kiydirilib,
uning aylanasi buylab 50 bulimli nonius darajalangan. Mikrometrik vint qolpoqcha
yordamida barabanga qotirilib, uning uchiga treshchotka 7 o‘rnatiladi.  Natijada   mikrometrik   vint   vtulka   ichida,   baraban   uning   tashqarisida
birgalikda buraladi. O‘lchash vaqtida mikrometrik vint sterjeni detal sirtiga tegishi
bilan   treshchotka   ovoz   chiqaradi.   Bu   mikrometrik   vintni   ortiqcha   buramaslik
detalga   qotirmaslik   kerakligini   bildiradi.   Treshchotka   ovoz   chiqargandan   sung
mikrometrik  vintni   stopor   halqa   4  bilan   vtulkaga  siqib,   ulchovning   o‘zgarmasligi
ta’minlanadi. 
Mikrometrik   vintning   qadami   0,5   mm   bo‘lib,   baraban   aylanasi   50
bulinmaga bulingan shuning uchun baraban tula bir marta aylanganda 0,5 .mm ga
suriladi. U holda uning har bir bulimi 0,5:50 = 0,01 mm ga teng bo‘ladi.Mikrometr
yordamida   ulchov   olishdan  oldin  uning  tug‘riligi   tekshirib  olinadi.   Buning  uchun
mikrometrik   vint   treshchotka   yordamida   surilib,   tovonga   tekkiziladi.   Buni
treshchotkadan   chiqqan   ovozga   qarab   aniqlanadi.   Bu   vaqtda   barabanning
(noniusning) noli stebeldagi masshtab chizig‘ining noliga mos tushishi kerak. Agar
noni-usning   noli   masshtab   chizig‘ining   noliga   mos   tushmasa   treshchotka
yordamida   mikrometrik   vintni   tovonga   tekkiziladi   va   stopor   halqa   bilan   stebelga
siqib   quyiladi.   Sungra   barabanni   tutib   turib,   treshchotka   qolpoqchasi   bushatiladi
(80-rasm) . 
80-rasm.
 
Bu   vaqtda   baraban   mikrometrik   vintdan   erkin   aylanib   noninusning   noli
masshtab   chizig‘ining   noliga   moslanadi.   Sungra   qalpoqchani   burab   barabanni
mikrometrik   vintga   qotirib   quyiladi.   Mikrometrning   aniqligi   qayta   tekshirilib
ulchov olish davom ettiriladi. Mikrometr yordamida olingan o‘lcham quyidagicha hisoblanadi. Butun va
yarim   millimetrli   o‘lchamlar   vtulka-stebeldagi   masshtab   shkalasidan   hisoblanib,
millimetrning   yuzdan   bir   ulushlari   vtulka   buylama   chizig‘iga   mos   kelgan
barabandagi   nonius   chizig‘idan   olinadi.   Mikrametr   yordamida   olingan   o‘lchamni
hisoblash kursatilgan. 
Katta   o‘lchamli   mikrometrlar   yordamida   kichik   o‘lchamli   detallarni
o‘lchashda   yordamchi   sterjenlardan   foydalaniladi.   Erdamchi   sterjenlar
mikrometrning   o‘lchash   chegarasiga   qarab   har   xil   uzunlikda   bo‘ladi.   O‘lchash
chegarasi 25—50 mm bo‘lgan mikrometrda 25 mm li, 50—75 mm lisida 50 mm li,
75—100   mm   lisida   75   mm   li   va   h.   k.   sterjenlar   bo‘ladi.
O‘lchash   chegarasi   75—100   mm   li   mikrometr   yordamida   o‘lchami   25   mm   dan
kichik bo‘lgan detalni o‘lchashda uni yordamchi sterjen bilan birgalikda tovon va
mikrometrik vint orasiga tutiladi. Bu vaqtda mnkrometrning kursatishi 75 mm dan
ortiq   bo‘lib,   detalning   o‘lchamini   hisoblash   uchun   mikrometrning   kursatishidan
yordamchi   sterjen   uzunligi   ayiriladi.   O‘lchami   75   mm   dan   ortiq   bo‘lgan   detallar
bevosita   tovon   va   mikrometrik   vint   orasiga   olinib   ulchanadi.   Mikrometrning
kursatishi detalning haqiqiy o‘lchamidan iborat bo‘ladi. Asosiy adabiyotlar
1. N.A.Muslimov,   SH.S.SHaripov,   M.Qodirov.   “Texnik   ijodkorlik   va
dizayn”. - T.: “TDPU”, 2010. 
2. A.S.Iskandarov.   «Materiallarni   kesib   ishlash,   kesuvchi   asboblar   va
stanoklar.-T.: “Fan va texnologiya” 2004.
3. R.S.SHermuxamedov,   S.S.YAxyaev,   A.E.Parmonov.   CHilangarlikdan
amaliy ishlar.-T.: «Iqtisod-moliya» 2007.
4. G‘.M.Abduqodirov. Kasb ta’limi praktikumi.-T.: “Sharq” 2012.
Qo‘shimcha  adabiyotlar
1. V .A. Mirboboev.   “ Konstruksion   materiallar   texnologiyasi ” -   T.:
« O‘qituvchi » 2004 
2. K.B.Usmonov “Metall kesish asoslari” T.: «O‘qituvchi» 2004 y
3. Mangal S.K Mangal Uma. Educational technology Dehli-2012.
4. G’.R.Raxmonberdiyev,   M.T.Primqulov,   Yu.T.Toshpo‘latov.   Qog’oz
texnologiyasi asoslari. Toshkent-2009
5. A.Olimov,   A.qosimov   Mashinasozlik   texnologiyasi.   Toshkent
O‘zbekiston-2003
6. M.A.Babajonov   Texnologik   jarayonlarni   loyixalash   Cho‘lpon
nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi Toshkent-2009
7. Z.Sotvoldiyev Dizayn asoslari 2015
8. D.D.zuparova N.N.Karimov “Dizayn tarixi” 2015
9. D.A.Nozilov “O‘rta Osiyo dizayn tarixi” 1998

Metallarga ishlov berishda qo‘llaniladigan rejalash asboblari Reja: 1. Metallarga ishlov berishda qo‘llaniladigan rejalash asboblari. 2. Metallarga ishlov ber ishda qo‘llaniladigan o‘lchash asboblari .

Metallarga ishlov berishda qo‘llaniladigan rejalash asboblari Chizgich chertilka masshtabli lineyka, guniya va andaza (shablon)lar yordamida rejalash (chizish) ishlarini bajarishda turli konstruktsiyadagi pulat chizgichlardan foydalaniladi. Metallarni bevosita rejalashda qalamdan foyda lanilmaydi, chunki qalam bilan chizilgan reja chizig‘i metallga ishlov berishda uchib ketib, ish aniqligining bo‘zilishiga sabab bo‘ladi. SHuning uchun metallarni rejalashda faqat pulat chizgichlar ishlatiladi. Chizgichlar : 68-rasm. a—simdan tayyorlangan chizgich, b—yo‘nib tayyorlangan chizg‘ich, v— ikki uchli chizg‘ich, g—yassi chizgnch. 68-rasm. a—simdan tayyorlangan chizgich, b—yo‘nib tayyorlangan chizg‘ich, v— ikki uchli chizg‘ich, g—yassi chizgnch. a-knopkali, o‘zi uraluvchi, b-oddiy, v—pulat lentali. Slesarlik chekichi (kerner) reja chiziqlarining uchib ketishini hisobga olib, ularning ustidan nuqta tushirish, markazalarni belgilash, parma urnini chekishuchun ishlatiladi. C h ekichlar U7A, U8A markali uglerodli, 7XF, 8XF markali legirlangan asbobsozlik pulatlaridan tayyorlanadi va toblanadi. (69-rasm)

69-rasm. Guniyalar har xil konstruktsiyada tayyorlanadi (70- rasm) 70- rasm . Slesarlik guniyalari: a-lekal guniya, b-kundali, e-oddiy, g- yostiqli. Rasm a dagi guniya kurinishi jihatidan o‘zaro qat’i 90 burchak ostida joylashgan ikki lineyka birikmasidan iborat bo‘lib, uning yordamida tayyor yoki tayyorlanayotgan buyum va detallarning tug‘ri burchakliligi tekshiriladi. rasm, b, v, g larda duradgorlik guniyasini eslatuvchi cheklagich kundali va yostiqli guniyalar kursatilgan bo‘lib, bulardan ko‘pincha tug‘ri burchakli rejalar chizishda

va ularni parallel kuchirishda, shuningdek, rejalash pliasi yordamida fazoviy rejalashda foydalaniladi. Yupqa listli metall (po‘lat, mis, alyuminiy) qalinligi 0,5 mm gacha bo‘lsa, yog`och taxtacha — tekislagich bilan to‘g`rilanadi. Buning uchun zagotovka tekis va qattiq yuzaga qo‘yilib, taxtacha zagotovka ustida u yoq, bu yoqqa yuritiladi (71- rasm, a). Qalinligi 0,5 mm dan ortiq metall listlari to‘qmoq bilan tekislanadi (71- rasm, b). a) b) 71-rasm. Zagotovkani tekislagich Detal namunasi asosida va to‘qmoq bilan to‘g`rilash. rejalash Rejalashni andoza-detalning tekis namunasi yordamida bajarish mumkin. Bunda andozani zagotovkaning ustiga qo‘yib bosib turiladi (buning uchun maxsus qisqichlardan ham foydalanish mumkin) va andozaning atrofini chizg`ich bilan aylantirib chizib chiqiladi. Chizma bo‘yicha to‘g`ri burchakli detallarni rejalash uchun avval zagotovkaning baza cheti aniqlanadi va baza belgisi chiziladi. Undan boshlab rejalash amalga oshiriladi: chizg`ich bo‘ylab baza belgisi ustidan chiziladi, burchaklik bo‘ylab 90° li ikkinchi baza chizig`i o‘tkaziladi, chizg`ich harakatlanayotgan tomonga biroz og`dirilib, qattiq bosib chiziladi Sirkul yordamida rejalash uchun dastlab kernernnng muhrasiga bolg`a bilan sekin-sekin urib yoylar va aylanalarning markazlari tushiriladi. Mana shu markazlarga rejalash stirqo‘lining oyog`i o‘rnatiladi. Rejalashda stirqo‘lni harakatlanayotgan tomoniga biroz og`diriladi, og`irlik esa aylana markazida turgan oyog`iga tushadi.

72-rasm. Sirkul bilan rejalash Rejalashdan oldin zagotovkaning changlari, iflos joylari, zanglari tozalanadi asboblarining sozligi tekshiriladi. Rejalash juda mas’uliyatli operastiya. Yasaladigan buyumning sifati rejalashning qanchalik aniq bajarilishiga bog`liqdir. Tekislash va rejalashda xavfsiz ishlash uchun: - zagotovka ushlanadigan qo‘l jarohatlanmasligi uchun ungaenglik kiyib olish; - soz holatdagi bolg`a va to‘qmoqdan foydalanish; - chizg`ichni ehtiyotlik bilan ishlatish, ko‘z va qo‘lingizni jarohatlashdan saqlash; - chizg`ichni xalatning cho‘ntagiga solmaslik, u bilan o‘ynashmaslik, ortiqcha harakatlar qilmaslik lozim. Slesarlik uquv ustaxonalarida olib boriladigan amalyy mashg‘ulotlar davomida uquvchilarda hosil qilingan dastlabki kunikma va malakalar asosida aniqlik darajasi 0,01 mm gacha bo‘lgan turli konstruktsiyadagi kontrol-ulchov va