logo

Metallarga ishlov berishda qo‘llaniladigan qo‘l va elektr asboblarining tuzilishi va ishlash prinsipi

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

217.4130859375 KB
Metallarga ishlov berishda qo‘llaniladigan qo‘l va elektr asboblarining
tuzilishi va ishlash prinsipi
REJA:
1. Metallni qirqish  chilangarlik arralari. 
2. Chilangarlik qaychilari.
3. Chilangarlik  ishlatiladigan z ubilo lar,  bolg‘alar  va s andon . 
4. Metallarga ishlov berishda ishlatiladigan egovlar va nadfillar. Metallni qirqish  chilangarlik arralari 
Slesarlik arrasi yordamida har xil qalinlikdagi tunuka va listlarni polosa va
lentalarni,   turli   xil   profildagi   prokatlar   arralanadi.   Arralash   yo‘li   bilan   pazlar,
shlitsalar ham ochiladi.
81 - rasm. Slesarlik arralari:   1-ramka, 2-dasta, 3-polotno, 4-tortqi vint va
quloqli gayka.
Dastaki arra dasta va polotnodan, stanokli arra stanok va polotnodan iborat.
Arra   stanogi   quyidagi   qismlardan   tashkil   topgan:   dasta,   ramka,   tortqi   vint   va
quloqli gayka ( 81-rasm ).
Stanok ramasi har xil konstruksiyada tayyorlanadi: yaxlit bir butun va ikki
qismdan   iborat   surilma   ramkalik   bo‘lishi   mumkin.   Qulayligi   jihatidan   surilma
ramkalik   arralardan   foydalanish   maqsadga   muvofiqdir,   chunki   Unga   har   xil
uzunlikdagi polotnolarni o‘rnatish mumkin.
Arra   polotnosining   uzunligi   250—300   mm,   eni   12—15   mm,   qalinligi   0,6
mm   dan   1   mm   gacha   bo‘lib,   ular   U10,   U10A;   U1,2>   U12A   markali   uglerodli,
SHX15, X6VF legirlangan asbobsozlik po‘latlaridan va R9, R18 markali tez kesar
po‘latlardan   tayyorlanadi.   Polotnolarga   qadami   0,8;   1;   1,3;   1,6   mm   li   tishlar
chiqarilgan bo‘lib, ularga polotno qalinligidan 0,2—0,5 mm ortiqroq qilib chaparra
chiqariladi.   Mis,   latun   kabi   yumshoq   va   qovushoq   metallarni   arralashda   tish
qadami   0,8—1   mm   bo‘lgan   polotnolardan,   qattiqligi   yuqori   bo‘lgan   po‘lat   va
cho‘yanlarni qadami 1,3 mm li, yumshoq po‘latlarni arralashda qadami 1,6 mm li
polotnolardan foydalaniladi. Slesarlik arralarining tishlari duradgorlikdagi tiluvchi arralarning tishlariga
o‘xshash  qiyshiq tishli  bo‘lib, polotnoni  stanokka o‘rnatishda tishlarni oldinga —
tortqi   vint   tomonga   qaratib   o‘rnatiladi   (81-   rasm)   va   tortqi   vint   yordamida
taranglanadi.   Polotnoni   taranglashda   quloqly   gayka   qo‘l   bilan   buraladi.   Ortiqcha
tarang   tortilgan,   shuningdek,   salqi   o‘rnatilgan   polotno   ish   vaqtida   o‘zilib   yoki
tishlari sinib ketishi mumkin. SHuning uchun uni normal holda taranglash kerak 
Arra   polotnosi   arralanadigan   materialning   o‘lchamiga   (uzunligiga)   qarab
ramka   tekisligida   yoki   ramka   tekisligiga   tik   o‘rnatilishi   mumkin.   Qisqa
materiallarni   arralashda   polotno   ramka   tekisligida   o‘rnatilib,   uzun
o‘lchamdagilarini arralashda esa 90° ga burib o‘rnatiladi.
Stanokka   yangi   polotno   o‘rnatish   yoki   polotnoning   holatini   o‘zgartishda
quloqli   gayka   bo‘shatilib,   dasta   va   tortqi   vintdagi   shtiftlar   olinib   (ular   qisqa
o‘lchamli mix yoki burama mixdan iborat bo‘lishi mumkin) polotno o‘rnatiladi va
shtiftlar qayta kiritilib, tarangligi sozlanadi.
Metallni   qirqish   uchun   asbob   .   Qalin   bo‘lgan   listli,   polosali   kesimi   doira
shaklida   bo‘lgan,   profilli   metallarni   qirqish   uchun   qo‘l-temir   arrasi   ishlatiadi.   U
paz, shlis, aylana bo‘ylab belgi qilish uchun ham ishlatiladi (8-rasm). 
Temir   arra   polotnosi   tishlarini   shunday   o‘rnatish   kerakki,   uning   egilgan
tishlarining   uchlari   ushlagichga   teskari   bo‘lsin.   Sal   tortilgan   polotnoning   tishlari
arralagan  payitda  sinib  ketishi  mumkin,  aksincha  agar   polotno  juda qattiq  tortilib
o‘rnatilsa, sal qiyalikdan ham polotno sinib ketadi. 
Polotno tishlarinng qayrilish burchagi odatda 60 ° ni tashkil qiladi. Metallni
qirqayotgan paytda ishqalanish kuchini kamaytirish uchun ikki tomonga qayiriladi.
Polotno   to‘lqinsimon   qilib   ishlangani   uchun   uning   qirqish   eni   0,25-0,   6   mm
ko‘proq bo‘ladi. Temir arra polotnosining uzunligi odatda 250-350 mm, eni 12-15
mm, qalinligi 0,6-0, 8 mm bo‘lib« tishlar qadami 0,6-1,2 mm ni tashkil qiladi. 
Chilangarlik qaychilari
Metallni   qaychi   bilan   qirqish   juda   unumli   bo‘lib,   qirindi   chiqarmay   turib
istalgan   shakldagi   detalni   qirqishga   va   to‘g’ridan-to‘g’ri   tayyor   detal   olishga imkon  beradi.  Biroq ,   qaychilar   bosim   hisobiga   qirqqani   uchun   metallni   qirqishga
katta kuch kerak bo‘ladi.   Shuning uchun qaychilar  bilan  list  materiallar  qirqiladi.
Profil va chiviq materiallarni kesadigan mexaniq qaychilar ham mavjud. 
Qo‘l   qaychilar   (82-rasm)   yupqa   list   materialni   qirqish   uchun   ishlatiladi.
Ular   bilan   0,5-0,7   mm   qalinlikdagi   po‘latni,   tunukani,   qalinligi   1,5   mm   gacha
bo‘lgan rangli metallarni kirqish mumkin. 
Qo‘l qaychilarning tig’i kalta, dastasi uzun bo‘ladi. Qaychilarning tig’i,   v
=   70°   burchak   ostida   charxlanadi.   Metallni   qirkqanda   paydo   bo‘ladigan   kuch
ta`sirida   tig’ning   o‘t,   maslashishiga   yo‘l   qo‘ymaslik   uchun   charxlanish   burchagi
shunchalik katta olinadi. 
Qaychilarning tig’ini o‘tkir va to‘g’ri chiziqli qilib charxlash kerak. Tig’lar
butun   uzunligi   bo‘yicha   o‘zaro   yondoshib   turishi   lozim.   Ular   orasidagi   zazor
0,2mm dan oshmasligi darkor. 
82-rasm.  Qo‘l qaychi bilan yupqa list materialni qirqish
Agar   zazor   bundan   oshib   ketsa,   qaychi   metallni   qirqmay   ezadi,   natijada
kirqilgan joy g’adir-budur bo‘lib chiqadi. Agar tig’lar orasida zazor bo‘lmasa, katta ishqalanish   kuchi   paydo   bo‘lib,   tig’ni   tez   o‘tmaslashtirib   qo‘yadi.   Tig’larning
ishqalakishini   kamaytirish   uchun   ular   bir-biriga   tegib   turadigan   tekislik   kichik
(β   =1-2°)   burchak   ostida   charxlanadi.   Qo‘l   qaychilar   65,   70   markali   po‘latdan
yasaladi, qirquvchi tig’lar NRS 52-58 qattiqligigacha toblanadi. 
Qaychilar o‘naqay (82-rasm, a) va chapaqay (82-rasm, b) bo‘ladi. O‘naqay
qaychilar   bilan   qirqqanda   pastki   tig’ning   qiyaligi   o‘ng   tomonda   bo‘ladi.   Bunday
kaychilar   ko‘proq   qo‘llanadi.   Chapaqay   qaychilar   egri   chiziqli   detallar   qirqishda
foydalaniladi. 
Listlar   va   trubalarda   shakldor   teshiklar   ochish   uchun   egri   tig’li   qaychilar
ishlatiladi (82-rasm, v). 
Qirqish   paytida   qaychi   o‘ng   qo‘l   bilan   ushlanadi   (82-rasm,   g).   Bosh
barmoq yuqori dasta ustida turadi, uch o‘rta barmoq bilan pastki  dasta  ushlanadi,
ko‘rsatkich   yoki   kichik   barmoq   dasta,tar   orasida   turib,   dastalarni   ochib   turadi.
Qirqish paytida qaychining yuqori tig’i reja chizig’i ustidan yurishi kerak. 
Qirqiladigan   metall   qaychilarning   jag’i   orasiga   qanchalik   ichkari   kirsa,
shuncha kam kuch bilan qirqiladi. Lekin tig’lar katta ochilganda kirqish kuchining
gorizontal   tashkil   etuvchisi   kattalashadi   va   metall   qirqilmasdan   itariladi,   qaychi
jag’lar orasidan chiqishga harakat qiladi (82-rasm, d) . 
Tig’lar taxminan 30° ochilganda ishqalanish kuchi va ishchi chap qo‘lining
kuchi itaruvchi kuchga qarshi tura oladi. Ana shu burchakni qo‘l qaychilyar bilan
metall kirqishda eng qulay burchak deyish mumkin. 
Qirqish paytida qaychining yuqori tig’i reja chizig’i ustidan yuritiladi, chap
qo‘l   bilan   qirqib   olinayotgan   qism   bukib   turiladi.   Bunda   metallni   keskin   bukib
yubormaslik kerak.
Qaychini oldinga yurgizyb qirqqan sari uni qirqiladigan joyga taqab borish
kerak. Aks holda g’adir-budurliklar paydo bo‘ladi. 
Qaychi   qirqilayotgan   metallga   tik   ushlanishi   lozim.   Qiyshaytirilsa,
qirkmasdan metallni ezadi. 
Yupqa  plastmassa   listlarini  oddiy qo‘l  qaychilar   bilan qirqsa  ham   bo‘ladi.
Lekin bunda tig’lar orasidagi zazor juda kichik (0,1-0,2mm )  bo‘lishi kerak. Qirqish paytida listni stolga zich taqab turish kerak. Mo‘rt plastmassalar: polistirol, organiq
shisha va boshqalarni qaychi bilan qirqish kerak emas, ular arra bilan qirqiladi. 
Diametri 3mm gacha bo‘lgan sim ombur bilan qirqiladi. 
83-rasm.  Stul qaychi va richagli qaychi
Stul   qaychilar  (83-  rasm,   a)   qo‘l   qaychilardan yuqori  dastasining   uzunligi
(400-800mm) ,   pastki   dastasi   to‘g’ri   burchak   ostida   egilib,   uchi   o‘tkirlanganligi
bilan farq qiladi. Shu o‘tkir uchi taxtaga yoki dastgohga qoqib qo‘yiladi.
Dastasining uzunligi tufayli qirqishda barmoqlargina emas, balki butun qo‘l
qatnashadi. Bu esa qirqish bosimini ancha oshiradi. Stul qaychilar bilan 2—3   mm
gacha qalinlikdagi metallarni qirqish mumkin. 
Richagli qaychilar (83- rasm, b)   2 -3mm gacha qalinlikdagi metall listlarni
qirqishga   imkon   beradi.   Ular   ikkita   cho‘yan   stoyak   va   stol   (2)   dan   iborat.  Stolga
yon   tomondan   qo‘zg’almas   pichoq   (7)   (90°   burchak   ostida   charxlangan)
biriktirilgan.   Richag   (4)   ga   mahkamlangan   ustki   pichoq   (5)   egri   chiziqli   shaklga
ega.   Bu   esa   richag   tushirilganda   bosim   burchagi   doimo   birday   bo‘lishini
ta`minlaydi   (taxminan   15°).   Richag   staninaga   mahkamla-nadi.   Uchida   posongi   6
bo‘lgani uchunu o‘z-o‘zidan tushib ketmaydi. Qirqiladigan list planka  3  yordamida
richakka qisiladi. 37 tipidagi qaychilar pichog’ining uzunligi 1050 mm bo‘lib, ular
2,5mm gacha qalinlikdagi metallni qirqishga imkon beradi. 
Richagli   qaychilarning   tig’lari   oralig`i   kichik   bo‘lishiga   va   richagning
puxta   mahkamlanishiga   e`tibor   berish   kerak.   Ularda   zagotovkani   qisib   turadigan bostirma   bo‘lishi   lozim,   chunki   qirqish   paytida   buyumni   to‘ntarishga   intiluvchi
kuch momenti paydo bo‘ladi va ishchi uni ushlab turishga kuchi yetmaydi. 
Metallni  qirqish  uchun  richag  keskin   tushiriladi,  so‘ngra  kuch   bilan   bosib
metall oxirigacha qirqiladi. 
Richagli   qaychilarning   boshqa   konstruktsiyalari   ham   bor:   tishlari   bor
reykali va pereborli (3 mm gacha bo‘lgan po‘lat listni, ingichka chiviqlarni qirqish
uchun), sortli qaychilar (sortli metallni qirqish uchun) va h. k. 
Qaychilar   bilan   qirqishda   juda   ehtiyot   bo‘lish   kerak,   aks   holda   detalning
o‘tkir   uchlari   va   qirralari   bilan   qo‘lni   kesib   olish   mumkin.   Qo‘lqop   kiyib   ishlash
tavsiya qilinadi.
Chilangarlik  ishlatiladigan z ubilo lar,  bolg‘alar  va s andon  
Zubilo   –   metallarni   qirqishda   kesuvchi   asbob   sifatida   chilangarlik   asbobi
bo‘lib,    metalni kesish, tunukadan zagatovka qirqib olish, teshik va ariqchalar 
ochish, metall sirtidan g‘adir-budurlarni tozalashda ishlatiladi.
Zubiloning   o‘rta   qismidan   ko‘ndalang   kesimining   yuzasi   oval   shaklida
bo‘ladi.   Bunday   shakldagi   zubilo   ishlatish   uchun   qulaydir,   chunki   u   qo‘lda
sirg‘alib va aylanib ketmaydi  (84-rasm).
Zubiloning   tig‘ini   kengligi   5   mm   dan   25   mm   gacha   pona   shaklida
cho‘ziladi   va   shundan   so‘ng   kerakli   darajada   o‘tkirlik   burchagi   yo‘niladi.
Zubiloning   uriladigan   qismi,   ya’ni   kallagi   odatda   konussimon   qilinadi   va
bo‘rttiriladi. Mana shu shakl zubiloning bolg‘a zarbiga chidamligini oshiradi.
Metallar zubilo va kreysmeysellar yordamida qirqiladi va tarashlanadi.
84- rasm. Zubilo  Zubilo ish qismi (tig‘), tana va zarb beruvchi qismlardan iborat bo‘lib, U7,
U7A, U8, U8A markali uglerodli asbobsozlik po‘latlaridan tayyorlanadi.
Ishlanadigan   materialning   qattiqligiga   qarab   zubilo   har   xil   burchak   ostida
charxlanadi, ya’ni uning o‘tkirlik (charxlanish) burchagi turlicha bo‘ladi: cho‘yan,
bronza   kabi   qattiq  metall   va  qotishmalar   uchun  70°;  o‘rtacha   qattiqlikdagi  metall
materiallar   (po‘lat)   uchun   60°;   yumshoq   metall   materiallar   (mis,   latun,   alkxmin
qotishmalari) uchun 35—45°.
Zubilolar   100,   125,   150   va   200   mm   uzunlikda   tayyorlanib,   tig‘ining   eni
Unga mos ravishdaYU, 15, 20 va 25 mm bo‘ladi. .,
Zubiloning   ish   qismi   toblanadi   va   bo‘shatiladi.   Uning   toblanganlik
darajasini aniqlash uchun eni 50 mm, qalinligi 3 mm li Stb markali po‘lat polosani
tiskiga   qistirib   qirqiladi.   Bu   vaqtda   tig‘   o‘tmaslanmasa,   ezilmasa,   uchib   ketmasa
toblash   yaxshi   o‘tkazilgan   hisoblanadi   yoki   zubiloning   toblangan   qismini   mayin
egov   bilan   egovlab   ko‘riladi.   Agar   egovlash   vaqtida   qirindi   (kukun)   hosil
bo‘lmasa, toblanganlik darajasi yaxshi hisoblanadi.
Slesarlik   bolg‘alari   ( 85 -rasm).   Metallarni   bolg‘alash   (egish,   bukish,
to‘g‘rilash), parchinlash, zubilo va kreysmeysellar yordamida qirqish, tarashlashda
slesarlik bolg‘alaridan foydalaniladi. Ular yumaloq va kvadrat muhrali bo‘lib ( 85 -
rasm, a, b) og‘irligi 200, 400, 500, 600 grammgacha bo‘ladi. Bolg‘alar U7 va U8
markali uglerodli asbobsozlik po‘latlaridan tayyorlanadi va toblanadi.
85 - rasm. Slesarlik bolg‘alari:
1 —zarb beruvchi muhralari, 2—pona. 3—uchi, 4—dasta.
Bolg‘alarning   dastalari   qora   qayin,   zarang,   qayrag‘och,   eman   kabi   qattiq,
qayishqoq   yog‘ochlardan   tayyorlanadi.   Ular   butoqsiz,   yorilmagan   bo‘lishi   kerak. Dastaning  bolg‘aga puxta  o‘rnashini  ta’minlash  uchun Unga  metall   yoki  yog‘och
ponalar qo-qiladi.
Slesarlik   o‘quv   ustaxonalarida   tunukalar   bilan   ish   ko‘rganda   yog‘och
to‘qmoq   (kiyanka)lardan   foydalaniladi.   Ular   yu-maloq   va   to‘g‘ri   to‘rtburchaklik
muhrali qilib tayyorlanadi.
S   a   n   do   n   ( 86 -   rasm)   yaxlit   metall   taglik   bo‘ib,   uning   ustida   metallarni
tug‘rilash, parchinlash, zubilo yordamida qirqish ishlari olib boriladi. Uni maxsus
stol,   tumbochka   yoki   kunda   ustida   o‘rnatiladi.   Ish   vaqtida   sandonning   o‘rinsiz
bolg‘alanishiga, zubilo bilan chaqalanishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak. Bu hol sandon
sirtining   silliqligi   va   tekisligini   buzadi,   u   o‘z   navbatida   zagotovka   sirtining
ezilishiga   sabab   bo‘ladi.   Bunday   hollarning   ro‘y   bermasligining   oldini   olish
maqsadida   yupqa   listlarni   qirqishda   sandon   ustiga   yumshoq   po‘latlardan   ehtiyot
plastinka qo‘yib olinadi, qalin listlarni ikki tomonlama qirqib sindirib olinadi.
86 - rasm. Sandon.
Metallarga ishlov berishda ishlatiladigan egovlar va nadfillar
Arralash   va   zubilo   yordamida   qirqish   yo‘li   bilan   buyum   va   detal   uchun
tayyorlangan xomaki metall materiallarning zehlarini tekislash, sirtlarini silliqlash
yo‘li   bilan   aniq   o‘lchamga   va   talab   etilgan   shaklga   keltirish   maqsadida   turli   xil
egovlar ishlatiladi.
Bolg‘alash   va   quyish   yo‘li   bilan   tayyorlangan   buyumlarning   sirtini
silliqlash va aniq o‘lchamga keltirishda ham egovlashdan keng foydalaniladi.
Egovlar   tishlariga   qarab:   yirik   tishli   (dag‘al—drachevne),   mayda   tishli
(lichnne), mayin tishli (barxatnge) egovlarga bo‘linadi (87- rasm). Yirik   tishli   egovlar   (1   sm   uzunligida   10—12   qator   tishlari   bo‘ladi)	
sirtlardan   0,5—0,6   mm   gacha   qalinlikda   qirindi   olish   yo‘li   bilan   xomaki
ishlov   berishda   ishlatiladi.   Bu   egovlar   bilan   ishlang‘an   sirtlarning   aniqlik
darajasi 0,2—0,5 mm dan oshmaydi.87 - rasm. Egovlar: a, b-yassi, v-kvadrat, g-uchburchaklik, d-yumaloq, e-yarim yumaloq,
j-romb shaklidagi.
Mayda   tishli   egovlar   (1   sm   uzunligida   16—24   qator   tish-lari   bo‘ladi)
sirtlardan   0,1—0,3   mm   gacha   qirindi   olish   yo‘li   bilan   toza   ishlov   berishda
ishlatiladi. Bu  egovlar  bilan ishlangan  sirtlarning aniqlik darajasi  0,02—0,15 mm
ga yetib boradi.
Mayin tishli egovlar (1 sm uzunligida 24—40 qator tishlari bo‘ladi) 0,01—
0,02   mm   gacha   qirindi   olish   yo‘li   bilan   aniqligi   0,01—0,005   mm   gacha   bo‘lgan
sirtlar hosil qilishdaishlatiladi.
Egovlarning   tishlari   maxsus   zubilo   bilan   kertib   yoki   frezalash   yo‘li   bilan
hosil qilinadi. Tishlar bir qatorli yoki ikki qatorli bo‘ladi. Bir qator tishli egovlarda
tishlarning   qiyalik   burchagi   yon   tekislikka   nisbatan   70—80°   bo‘ladi;   bu   egovlar
yumshoq   metallar   (mis,   alyuminiy,   babbit   va   boshqalar)ni   egovlash   uchun
mo‘ljallangan; ikki qator tishli egovlarning tishlari bir-biri bilan kesishgan bo‘lib,
birinchi   qatordagi   tishlarning   qiyaligi   55—60°,   ikkinchi   qatordagisi   70—80°
burchak   hosil   qilib   joylashtirilgan   .   Bunday   egovlar   yumshoq   hamda   qattiq
metallarni egovlashda ishlatiladi. Egovlar   ko‘ndalang   kesimlariga   qarab:   yassi   (to‘g‘ri   to‘rtburchaklik),
kvadrat, uchburchaklik, romb, dumaloq, yarim dumaloq shakllarda bo‘ladi.
Egovlanadigan   sirtlarning   shakliga,   uning   xomaki   yoki   toza   ishlanishiga
qarab Unga mos egov tanlanadi.
Xomaki   materiallarni   egovlab   silliqlash   va   aniq   o‘lchamga   keltirishda
dastlab yirik tishli  egovlar  ishlatiladi. Ular  bilan sirtlarning aniqligi  0,2—0,5 mm
gacha   keltirilib,   so‘ngra   mayda   tishli   egovlar   bilan   egovlashga   o‘tiladi   va
sirtlarning   aniqlik   darajasi   0,02—0,1   mm   ga   keltiriladi.   Talab   ztilishiga   qarab
mayin   tishli   egovlar   bilan   egovlanadi,   shaberlab   sirtlarning   silliqligi,   aniqlik
darajasi orttiriladi.
Egovlar U13 va U13A markali uglerodli asbobsozlik po‘latlaridan, ba’zan
SHX15 yoki 13X markali legirlangan asbobsozlik po‘latlaridan 100, 125, 150, 200,
250,   300,   350   va   400   mm   o‘lchamlarda   tayyorlanadi,   ularga   tish   chiqarilgandan
so‘ng termik ishlov beriladi.
Nadfillar.   Kichik   yuzalarni   egovlashda   kichik   o‘lchamli   egovlardan   —
nadfillardan   foydalaniladi.   Ular   U12,   U12A   va   U13,   U13A   markali   uglerodli
asbobsozlik po‘lat-laridan 80, 120 va 160 mm uzunlikda tayyorlanadi (88-rasm).
88 - rasm. Nadfillar: a - yassi   to‘mtoq   uchli,   b - yassi   o‘tkir   uchli,   v - kvadrat,   g - uchburchaklik,   6 - bir   tomonli
uchburchaklik, e- yu maloq, j - yarim yumaloq, z - oval shaklidagi, i - romb   shaklidagi, k - arrasmon, l -
paz ochuvchi.
Qattiq qotishma, keramik materiallar, shishalarni ishlashda olmos nadfillar
ishlatiladi. Asosiy adabiyotlar
1. N.A.Muslimov,   SH.S.SHaripov,   M.Qodirov.   “Texnik   ijodkorlik   va
dizayn”. - T.: “TDPU”, 2010. 
2. A.S.Iskandarov.   «Materiallarni   kesib   ishlash,   kesuvchi   asboblar   va
stanoklar.-T.: “Fan va texnologiya” 2004.
3. R.S.SHermuxamedov,   S.S.YAxyaev,   A.E.Parmonov.   CHilangarlikdan
amaliy ishlar.-T.: «Iqtisod-moliya» 2007.
4. G‘.M.Abduqodirov. Kasb ta’limi praktikumi.-T.: “Sharq” 2012.
Qo‘shimcha  adabiyotlar
1. V .A. Mirboboev.   “ Konstruksion   materiallar   texnologiyasi ” -   T.:
« O‘qituvchi » 2004 
2. K.B.Usmonov “Metall kesish asoslari” T.: «O‘qituvchi» 2004 y
3. Mangal S.K Mangal Uma. Educational technology Dehli-2012.
4. G’.R.Raxmonberdiyev,   M.T.Primqulov,   Yu.T.Toshpo‘latov.   Qog’oz
texnologiyasi asoslari. Toshkent-2009
5. A.Olimov,   A.qosimov   Mashinasozlik   texnologiyasi.   Toshkent
O‘zbekiston-2003
6. M.A.Babajonov   Texnologik   jarayonlarni   loyixalash   Cho‘lpon
nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi Toshkent-2009
7. Z.Sotvoldiyev Dizayn asoslari 2015
8. D.D.zuparova N.N.Karimov “Dizayn tarixi” 2015
9. D.A.Nozilov “O‘rta Osiyo dizayn tarixi” 1998

Metallarga ishlov berishda qo‘llaniladigan qo‘l va elektr asboblarining tuzilishi va ishlash prinsipi REJA: 1. Metallni qirqish chilangarlik arralari. 2. Chilangarlik qaychilari. 3. Chilangarlik ishlatiladigan z ubilo lar, bolg‘alar va s andon . 4. Metallarga ishlov berishda ishlatiladigan egovlar va nadfillar.

Metallni qirqish chilangarlik arralari Slesarlik arrasi yordamida har xil qalinlikdagi tunuka va listlarni polosa va lentalarni, turli xil profildagi prokatlar arralanadi. Arralash yo‘li bilan pazlar, shlitsalar ham ochiladi. 81 - rasm. Slesarlik arralari: 1-ramka, 2-dasta, 3-polotno, 4-tortqi vint va quloqli gayka. Dastaki arra dasta va polotnodan, stanokli arra stanok va polotnodan iborat. Arra stanogi quyidagi qismlardan tashkil topgan: dasta, ramka, tortqi vint va quloqli gayka ( 81-rasm ). Stanok ramasi har xil konstruksiyada tayyorlanadi: yaxlit bir butun va ikki qismdan iborat surilma ramkalik bo‘lishi mumkin. Qulayligi jihatidan surilma ramkalik arralardan foydalanish maqsadga muvofiqdir, chunki Unga har xil uzunlikdagi polotnolarni o‘rnatish mumkin. Arra polotnosining uzunligi 250—300 mm, eni 12—15 mm, qalinligi 0,6 mm dan 1 mm gacha bo‘lib, ular U10, U10A; U1,2> U12A markali uglerodli, SHX15, X6VF legirlangan asbobsozlik po‘latlaridan va R9, R18 markali tez kesar po‘latlardan tayyorlanadi. Polotnolarga qadami 0,8; 1; 1,3; 1,6 mm li tishlar chiqarilgan bo‘lib, ularga polotno qalinligidan 0,2—0,5 mm ortiqroq qilib chaparra chiqariladi. Mis, latun kabi yumshoq va qovushoq metallarni arralashda tish qadami 0,8—1 mm bo‘lgan polotnolardan, qattiqligi yuqori bo‘lgan po‘lat va cho‘yanlarni qadami 1,3 mm li, yumshoq po‘latlarni arralashda qadami 1,6 mm li polotnolardan foydalaniladi.

Slesarlik arralarining tishlari duradgorlikdagi tiluvchi arralarning tishlariga o‘xshash qiyshiq tishli bo‘lib, polotnoni stanokka o‘rnatishda tishlarni oldinga — tortqi vint tomonga qaratib o‘rnatiladi (81- rasm) va tortqi vint yordamida taranglanadi. Polotnoni taranglashda quloqly gayka qo‘l bilan buraladi. Ortiqcha tarang tortilgan, shuningdek, salqi o‘rnatilgan polotno ish vaqtida o‘zilib yoki tishlari sinib ketishi mumkin. SHuning uchun uni normal holda taranglash kerak Arra polotnosi arralanadigan materialning o‘lchamiga (uzunligiga) qarab ramka tekisligida yoki ramka tekisligiga tik o‘rnatilishi mumkin. Qisqa materiallarni arralashda polotno ramka tekisligida o‘rnatilib, uzun o‘lchamdagilarini arralashda esa 90° ga burib o‘rnatiladi. Stanokka yangi polotno o‘rnatish yoki polotnoning holatini o‘zgartishda quloqli gayka bo‘shatilib, dasta va tortqi vintdagi shtiftlar olinib (ular qisqa o‘lchamli mix yoki burama mixdan iborat bo‘lishi mumkin) polotno o‘rnatiladi va shtiftlar qayta kiritilib, tarangligi sozlanadi. Metallni qirqish uchun asbob . Qalin bo‘lgan listli, polosali kesimi doira shaklida bo‘lgan, profilli metallarni qirqish uchun qo‘l-temir arrasi ishlatiadi. U paz, shlis, aylana bo‘ylab belgi qilish uchun ham ishlatiladi (8-rasm). Temir arra polotnosi tishlarini shunday o‘rnatish kerakki, uning egilgan tishlarining uchlari ushlagichga teskari bo‘lsin. Sal tortilgan polotnoning tishlari arralagan payitda sinib ketishi mumkin, aksincha agar polotno juda qattiq tortilib o‘rnatilsa, sal qiyalikdan ham polotno sinib ketadi. Polotno tishlarinng qayrilish burchagi odatda 60 ° ni tashkil qiladi. Metallni qirqayotgan paytda ishqalanish kuchini kamaytirish uchun ikki tomonga qayiriladi. Polotno to‘lqinsimon qilib ishlangani uchun uning qirqish eni 0,25-0, 6 mm ko‘proq bo‘ladi. Temir arra polotnosining uzunligi odatda 250-350 mm, eni 12-15 mm, qalinligi 0,6-0, 8 mm bo‘lib« tishlar qadami 0,6-1,2 mm ni tashkil qiladi. Chilangarlik qaychilari Metallni qaychi bilan qirqish juda unumli bo‘lib, qirindi chiqarmay turib istalgan shakldagi detalni qirqishga va to‘g’ridan-to‘g’ri tayyor detal olishga

imkon beradi. Biroq , qaychilar bosim hisobiga qirqqani uchun metallni qirqishga katta kuch kerak bo‘ladi. Shuning uchun qaychilar bilan list materiallar qirqiladi. Profil va chiviq materiallarni kesadigan mexaniq qaychilar ham mavjud. Qo‘l qaychilar (82-rasm) yupqa list materialni qirqish uchun ishlatiladi. Ular bilan 0,5-0,7 mm qalinlikdagi po‘latni, tunukani, qalinligi 1,5 mm gacha bo‘lgan rangli metallarni kirqish mumkin. Qo‘l qaychilarning tig’i kalta, dastasi uzun bo‘ladi. Qaychilarning tig’i, v = 70° burchak ostida charxlanadi. Metallni qirkqanda paydo bo‘ladigan kuch ta`sirida tig’ning o‘t, maslashishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun charxlanish burchagi shunchalik katta olinadi. Qaychilarning tig’ini o‘tkir va to‘g’ri chiziqli qilib charxlash kerak. Tig’lar butun uzunligi bo‘yicha o‘zaro yondoshib turishi lozim. Ular orasidagi zazor 0,2mm dan oshmasligi darkor. 82-rasm. Qo‘l qaychi bilan yupqa list materialni qirqish Agar zazor bundan oshib ketsa, qaychi metallni qirqmay ezadi, natijada kirqilgan joy g’adir-budur bo‘lib chiqadi. Agar tig’lar orasida zazor bo‘lmasa, katta

ishqalanish kuchi paydo bo‘lib, tig’ni tez o‘tmaslashtirib qo‘yadi. Tig’larning ishqalakishini kamaytirish uchun ular bir-biriga tegib turadigan tekislik kichik (β =1-2°) burchak ostida charxlanadi. Qo‘l qaychilar 65, 70 markali po‘latdan yasaladi, qirquvchi tig’lar NRS 52-58 qattiqligigacha toblanadi. Qaychilar o‘naqay (82-rasm, a) va chapaqay (82-rasm, b) bo‘ladi. O‘naqay qaychilar bilan qirqqanda pastki tig’ning qiyaligi o‘ng tomonda bo‘ladi. Bunday kaychilar ko‘proq qo‘llanadi. Chapaqay qaychilar egri chiziqli detallar qirqishda foydalaniladi. Listlar va trubalarda shakldor teshiklar ochish uchun egri tig’li qaychilar ishlatiladi (82-rasm, v). Qirqish paytida qaychi o‘ng qo‘l bilan ushlanadi (82-rasm, g). Bosh barmoq yuqori dasta ustida turadi, uch o‘rta barmoq bilan pastki dasta ushlanadi, ko‘rsatkich yoki kichik barmoq dasta,tar orasida turib, dastalarni ochib turadi. Qirqish paytida qaychining yuqori tig’i reja chizig’i ustidan yurishi kerak. Qirqiladigan metall qaychilarning jag’i orasiga qanchalik ichkari kirsa, shuncha kam kuch bilan qirqiladi. Lekin tig’lar katta ochilganda kirqish kuchining gorizontal tashkil etuvchisi kattalashadi va metall qirqilmasdan itariladi, qaychi jag’lar orasidan chiqishga harakat qiladi (82-rasm, d) . Tig’lar taxminan 30° ochilganda ishqalanish kuchi va ishchi chap qo‘lining kuchi itaruvchi kuchga qarshi tura oladi. Ana shu burchakni qo‘l qaychilyar bilan metall kirqishda eng qulay burchak deyish mumkin. Qirqish paytida qaychining yuqori tig’i reja chizig’i ustidan yuritiladi, chap qo‘l bilan qirqib olinayotgan qism bukib turiladi. Bunda metallni keskin bukib yubormaslik kerak. Qaychini oldinga yurgizyb qirqqan sari uni qirqiladigan joyga taqab borish kerak. Aks holda g’adir-budurliklar paydo bo‘ladi. Qaychi qirqilayotgan metallga tik ushlanishi lozim. Qiyshaytirilsa, qirkmasdan metallni ezadi. Yupqa plastmassa listlarini oddiy qo‘l qaychilar bilan qirqsa ham bo‘ladi. Lekin bunda tig’lar orasidagi zazor juda kichik (0,1-0,2mm ) bo‘lishi kerak. Qirqish