Yog‘och materiallariga ishlov berishda rejalash asboblari
Mavzu: Yog‘och materiallariga ishlov berishda rejalash asboblari Reja: 1. Daraxt larni o‘lchash da va rejalashda ishlatiladigan asboblari 2. Yog’och materiallarni o‘lchash va rejalash asboblari.
Daraxt larni o‘lchash da va rejalashda ishlatiladigan asboblari Daraxt o‘lchash va rejalashda —o‘lchov lentasi, o‘lchov tayoqchasi, o‘lchov vilkasi , 5—10 m uzunlikdagi o‘lchov len ta lar i dan (ruletka) foydalaniladi . Bu yiqitilgan daraxt tanasini kesilgan joyidan to uchigacha o‘lchashda qo‘llanadi. O‘lchov tayoqchasi — uzunligi 3 m bo‘lib, 10 sm larga bo‘lingan, yiqitilgan daraxt tanasi, uzunligini o‘lchashda ishlatiladi. O‘lchov vilkasi — bir necha xili bor, bundan daraxtning balandligi va yo‘g‘onligini o‘lchashda foydalaniladi. Daraxt yo‘g‘onligi yerdan 1,3 l yuqorisidan o‘lchanadi, balandligini o‘lchash uchun taxminan shu daraxt bo‘yiga teng masofada turib vilkaning ko‘rsatkich qismi bilan da raxt tepasiga qaraladi va shkala yordamida daraxtning aniq balandligi topiladi. Ikki dioptrli Faustman o‘lchov asbo bi 10X15 sm kattalikdagi oyna va plastinkadan yasalgan, o‘ng va chap tomoni raqami shkalalarga bo‘lingan, daraxt balandligini aniqlashda ishlatiladi. Bunda o‘lchovchi kishi daraxtdan uning balandligiga teng masofada turib, surilma plastinka yordamida daraxt tepasini ko‘rsatuvchi shkala orqali uning ba landligini belgilaydi. Eklimetr bilan aniqlashda 10, 15, 20 m masofadagi nuqtalardan dioptr bilan daraxt tepasiga qaraladi va eklimetr yordamida hosil etilgan burchakning gorizontal holatini va vizir liniyasini hisoblab, daraxtning haqiqiy balandligi topiladi. (21-rasm) 21-rasm Yog’och materiallarni o‘lchash va rejalash asboblari
Yog‘ochdan turli buyumlar tayyorlash va boshqa ishlarni bajarish uchun yog‘och materiallarni о‘lchash va rejalash kerak bо‘ladi. Buning uchun maxsus asboblardan foydalaniladi. (22-rasm) 22-rasm. О‘lchash deb yog‘och materialning о‘lchamlarini va shaklini aniqlashni aytiladi. Bu asboblarga chizg‘ichlar, m e tr, ruletka, gо‘niyalar, xatkash transporti va о‘lchov andozalari kiradi. Chizg‘ichlar yog‘och, metall, plastmassa yoki boshqa materiallardan bir necha santimetrdan bir metrgacha uzunlikda millimetrlarga bо‘lingan h olda tayyorlanadi. Ular millimetrgacha aniqlikda о‘lchash, kerakli tо‘g‘ri chiziqlar chizish va yog‘och qirralarining tо‘g‘ri chiziq shaklida ekanligini tekshirish uchun ishlatiladi. (23 - rasm) 23 - rasm
Uzunligi bir metr chiziqlarni metr deb ataladi. Ular ham shunday maqsadlarda ishlatiladi. Buklama metr uni olib yurish va saqlash qulay bо‘lishi uchun buklanadigan qilib yasaladi. Ruletlar bir necha metr uzunlikdagi metal va boshqa materialdan foydalanilgan santimetr va millimetrlarga bо‘lingan tasmadan iborat. Ular bir necha metrgacha bо‘lgan uzunliklarni aniq o’lc hash uchun ishlatiladi. (24 - rasm) 24 - rasm Gо‘niyalar yog‘och yoki boshqa materialdan foydalaniladi. Ular tо‘g‘ri burchaklarni о‘lchash, belgilash, chizib va tekshirib kо‘rish uchun ishlatiladi. Shu bilan birga boshqa burchaklar uchun moslashtirilgan gо‘niyalar ham ishlatiladi. О‘lchov andazalari bir xil buyumni kо‘plab tayyorlashda qо‘llaniladi. О‘lchov andazasi bir xil uzunlikni kо‘p marta о‘lchash uchun kerakli kattalikda tayyorlangan reyka, tayoqcha yoki shu kabilardan iborat. Shu maqsadda tayyor buyum namunasidan ham foydalanish kerak. Rejalar deb tayyorlanadigan buyumning kerakli о‘lchamlardagi shakllarini yog‘och materiallariga chizishni aytiladi. Rejalash uchun yuqorida aytilgan о‘lchash asboblari bilan birga xatkash, qalam, har turli rejalash andozalaridan foydalaniladi. Xatkash yog‘ochning belgilangan qirrasiga tayangan xolda unga parallel chiziqlar chizish uchun ishlatiladigan moslama u kunda uning teshiklariga о‘rnatiladigan reykalar о‘ziga o‘rnatiladigan bir yoki bir necha mix yoki qalamlardan iborat bо‘ladi. Xatkash yordamida bir vaqtda bir necha parallel chiziqlar chizish mumkin. Pargar (sirkul) turli aylanalar, aylana yoylari chizish hamda uzunliklarni о‘lchash uchun ishlatiladi. U metall, yog‘och yoki
plastmassadan tayyorlangan, umumiy о‘qqa о‘rnatiladigan ikkita oyoqdan iborat. Chizuvchi pargar oyoqlaridan birinchi uchiga igna ikkinchisining uchiga qalam о‘rnatiladi. О‘lchagich pargarning ikkala oyog‘i uchiga igna о‘rnatiladi. О‘lchash va rejalash ishlarida qora yoki boshqa rangdagi yumshoq qalamlardan foydalaniladi.Rejalash andozalari karton, qog‘oz, faner, metal, plastmassa, yog‘och kabilardan zarur shakllarda tayyorlanadi. Ular turli burchaklar, aylanalar, aylana yoylari, kо‘pburchaklar, egri chiziqli shakllar andozalaridan iborat bо‘ladi. Ular kerakli shaklini ishlatilayotgan yog‘och material ustiga qо‘yib chizib olish yoki boshqa ishlar bajarish uchun qо‘llaniladi. Shu maqsadda ba’zan tayyor buyum na’munasidan ham foydalanish mumkin. Rejalash tayyor buyumining о‘zi, uning texnik rasmi, eskizi yoki chizmasiga qarab bajarilishi mumkin. Tayyor buyumning о‘ziga qarab rejalashda shu buyumning har bir detali qanday shaklda va о‘lchamlarda ekanligini aniqlanadi, sо‘ng shu о‘lchamdagi о‘lchamlarni yog‘och materialga tegishli rejalash asboblari yordamida kо‘chirib chiziladi.Bunda ayrim detalning о‘zidan andoza sifatida foydalanib chizish ham mumkin. Buyumning texnik rasmi, eskizi yoki chizmasi asosida ularda kо‘rsatiladigan о‘lchamlarga muvofiq ravishda tegishli detallarning shakllari yog‘och materialiga chiziladi. Yog‘ochdan turli buyumlar tayyorlash va boshqa ishlarni bajarish uchun yog‘och materiallarni o‘lchash va rejalash kerak bo‘ladi. Buning uchun maxsus asboblardan foydalaniladi. (25-rasm)