Metallarga ishlov berishda qo‘llaniladigan dastgohlar, elektr va mexanizatsiyalashtrilgan jihozlar
Metallarga ishlov berishda qo‘llaniladigan dastgohlar, elektr va mexanizatsiyalashtrilgan jihozlar Reja : 1. Metallarga ishlov berishda qo‘llaniladigan tokarlik stanoklari. 2. Frezalash stanoklari, ularning turlari va ishlatilish sohalari. 2.Tokarlik keskichlar va ularni charxlash. 4. Parmalash dastgohida ishlash.
Tokarlik dastgohi - mashinasozlikda - asosan, doiraviy sirtli buyumlarga yo nib ishlov beradigan stanok; metall kesish stanoklarining asosiy guruhiniʻ tashkil qiladi. Tokarlik stanogi yordamida sirtlarni yo nish, sirtlarda ichki va tashqi ʻ rezbalar ochish, parmalash, zenkerlash (parmalangan teshiklarga tozalab ishlov berish), teshiklarni yo nib kengaytirish, plashka hamda metchiklar bilan rezba ʻ ochish, bir-biriga ishqalab moslash mumkin. Asosiy harakatni zagotovka (xomaki detal), qo shimcha harakatni kesuvchi asbob - keskich bajaradi. ( ʻ 89 - rasm ) . 89 -rasm . TV-6 tokarlik vintqirqish dastgohi 1-old tumba; 2-boshqarish tugmalari; 3-yuritish valigi va yuritish vintini ishga tushirish dastagi; 4-uzatish kattaligi va rezba qadami kattaligini o`rnatish dastagi; 5-uzatmalar qutisi; 6-oldingi babka; 7-uzatma yo`nalishini o`zgartirish dastagi; 8 va 9 – shpindel aylanish chaatotasini o`rnatish dastagi; 10-keskich kallagini o`rnatish dastagi; 11- ketingi babka pinolini o`rnatish dastagi; 12-ketingi babkani yo`naltiruvchi staninaga o`rnatish dastagi; 13-ketingi babka; 14-ketingi babka pinolini surish dastagi; 15-supportning yiqori salazkalarini qo`lda surish dastagi; 16-ko`ndalang salazkalarni surish dastagi; 17-reykali shesternyani ishga tushirish dastagi; 18- stanina; 19-yuritish vinti gaykasini ishga tushirish dastagi; 20-ko`ndalang mexaniq uzatmani ishga tushurish dastagi; 21-qo`lda bo`ylama uzatish dastagi; 22-ketingi tumba; 23-fartuk; 24-support. Ish paytida har doim uzatgich qutisida moy kerakli miqdorda bo‘lishi shart. Orqa markaz ish paytida har doim uzatgich qutisida moy kerakli miqdorda bo‘lishi shart. Orqa markaz ishlov berilayotgan detalning ikkinchi tomonini ushlab turish uchun xizmat qiladi.
Dastgoh himoyalash moslamasi bilan jihozlangan. Supportda ishlovchini strujkadan himoyalovchi ekran o‘rnatilgan. Agar ekran tushirilmagan bo‘lsa, unda dastgoh o‘chib qoladi, elektroblok orqali. Patron va planshayba elektroblok bilan jihozlangan. Dastgohni yog’lash uchun H-30A moyi ishlatiladi. Moyni tepa qopqoqni ochib quyiladi. Stanina, support, orqa markaz, yuruvchi vint, yuruvchi vint podshibniklari va valiklar qo‘l bilan moylanadi. Zagotovka povolokli, kulachokli, gidravlik yoki pnevmatik patron orqali stanok shpindelidan aylanadi; shpindel esa tezliklar qutisidan harakatlanadi. Keskich supportning salazkasi bilan birgalikda surish validan yoki surish vintidan (rezba ochishda) suriladi. Surish vali va surish vinti Tokarlik stanogining surishlar mexanizmidan aylanadi. Tokarlik stanogining markazlovchi, rezba ochish, tokarlik revolver (aylanma kallakli), bir shpindelli va ko p shpindelli karusel (shpindeli tikʻ joilashgan), ko p keskichli va boshqa turlari bor. ʻ Tokarlik stanogi oddiy, universal, raqamli dastur bo yicha boshqariladigan ʻ avtomat va yarim avtomat turlarga ham bo linadi. Oddiy va universal tokarlik ʻ stanoklari detallarni donalab va kichik seriyada ishlab chiqarishda, avtomat va yarim avtomat tokarlik stanoklari ko plab ishlab chiqarishda qo llanadi. ʻ ʻ ( 90 - rasm ) 90 - rasm.
Tokarlik stanogining asosiy qismlari: qirindi va sovituvchi suyuqlik to planadigan tog orasimon tub; stanina, support va ketingi babkaʻ ʻ (qo zg aluvchan) hamda ularni yo naltirgich; shpindel va tezliklar kutisi ʻ ʻ ʻ joylashgan qo zalmas old babka; uzatmalar qutisi; fartuk; support; karetka; ʻ ko ndalang salazkalar; keskich o rnatiladigan burilma qism; elekr dvigatel. ʻ ʻ 91 - rasm. Karetka va ko ndalang salazkalar qo lda yoki avtomatik tarzda suriladi (91- ʻ ʻ rasm). Tokarlik stanogining elektr dvigateli bir yoki ko p tezlikli asinxron ʻ dvigateldan iborat. Ba zan, boshqa yuritmalar (masalan, gidravlik yuritmalar) ham ʼ qo llanishi mumkin. ʻ ( 92 - rasm )