MEVALI DARAXT EKINLARINING KARANTIN SO‘RUVChI HAShAROTLARI
MEVALI DARAXT EKINLARINING KARANTIN SO‘RUVChI HAShAROTLARI Reja: 1.Komstok qurti o‘tish yo‘llari, rivojlanish xususiyatlari, karantin kurash tadbirlari. 2.Yapon qo‘ng‘izi o‘tish yo‘llari rivojlanish xususiyatlari, karantin kurash tadbirlari. 3.Sharq meva qurti, o‘tish yo‘llari, rivojlanish xususiyatlari, karantin kurash tadbirlari. 4.Nok parvonasi o‘tish yo‘llari, rivojlanish xususiyatlari, karantin kurash tadbirlari.
Komstok qurti Komstok qurti tug daraxtidan tashqari, shafgoli, anorga shuningdek makkajo‘xori, kartoshka, sabzi, lavlagi, karam, pomidor, qovoq, qovun, tarvuzga va bir qancha boshqa ko‘pgina daraxtsimon va o‘tsimon o‘simliklarga zarar yetkazadi. Komstok qurti anchagina ko‘payganda barcha o‘simliklarning o‘sishini sekinlashtiradi, daraxt va butalarning shoxlarini qinG‘ir-qiyshiq qilib qo‘yadi, mevali ekinlar, ildiz mevalar va tuganak mevalilarning hosilini kamaytiradi hamda sifatini pasaytiradi. Kostok qurtini vatani Yaponiya, Janubiy QozoG‘iston, Tojikiston, markaziy Gruziyada, Xitoy, Tayvan, Hindiston, Yangi Zelandiya, Keniya, AQSh, Kanada, Angliya, Rossiya, Ukrainada, Moldaviyada, O‘zbekistonda tarqalgan. Ta’rifi. Erkagi 3-4 mm. Tanasi oq mumsimon tezak bilan qoplangan, chetlarida 17 juft mumsimon o‘siq, shu jumladan tana uzunligining yarmigacha boradigan ikkita uzun dum ipi bor. E rkagini qanoti 1,0-1,5 mm uzunlikda, qanotli, qizg‘ishjigar rangli, ko‘zlari qora bo‘lib, qizil doiralar bilan o‘ralgan. Mo‘ylovlari 10 bo‘g‘imli. Tuxumi ovalsimon; bir tomoni uchqur; och sariq, keyinchalyk sarG‘ish pushti rangli, tiniq bo‘ladi. Birinchi yoshdagi lichinka 0,3-0,6 mm och sariq, ikkinchi yoshdagi 1,2 mm to‘q sariq. 17 juft o‘simtalik, uchinchi yoshdagi ikkinchi yoshdagilaridan katgaroq va dum o‘simtasi anchagina uzun bo‘lib 2/3 tana uzunligiga keladi. Hayot kechirishi. Komstok qurti po‘stloq tangachalari ostida, daraxtlarning kovagida, o‘simlik ildizlarida, xazon orasida, devor yoriqlarida tuxumlik stadiyasida qishlaydi. Urg‘ochi hasharot tuxum qo‘yish paytida mo‘msimon oq par, chiqaradi. Tuxumlar shu oq Pardaning ichida to‘p-to‘p bo‘lib turadi. Lichinkalar tut daraxtining kurtaklari bo‘rta boshlaganda, martning ikkinchi yarmi aprel boshlarida tuxumdan chiqa boshlaydi.
Komstok qurti o‘simlikning hamma qismlarini, tanasi, poyalari, shoxlari, barglari, mevalarini so‘radi. Bu zararkunanda uchta lichinkalik. yoshini o‘tadi, ikkinchi yoshdagi lichinka po‘st tashlagandan keyin urg‘ochisi tinchlik davriga kiradi. Komstok qurti taxminan bir yarim oyda bir nasl beradi. Yozbo‘yicha uchta nasl beradi. Urg‘ochisi so‘nggi po‘st tashlashdan 10-30 kun keyin tuxum qo‘ya boshlaydi. Hasharotning birinchi nasli odatda 200-250 ta, ikkinchi nasl 250 ta, uchinchi nasli 200 ta tuxum qo‘yadi.(1,2) Birinchi yoshdagi lichinkalar chiqqan joyidan qar tomonga o‘rmalab ketsa ham, qurt daraxtning bir shoxi yoki qo‘shni shoxlari doirasidagi yaqin masofadagina aktiv harakatlana oladi xolos. Yangi o‘simliklarga asosan passiv yo‘l bilan: tut ko‘chati, bargi, transport vositalari kiyim-kechak, sabzavot hamda mevalar bilan ham tarqalishi mumkin. Kurash choralari. Markaziy Osiyoda komstok qurtini bir qancha yirtqichlar yo‘q qilib turadi. Bularning ichida oltin ko‘zlarning lichinkalari. . 1945 yildan boshlab komstok qurtiga qarshi chet eldan keltirilgan psevdafikus paraziti ishlatilmoqda. 1950 yildan boshlab biologik kurash metodi komstok qurtini yo‘qotish tadbirlari kompleksida asosiy bo‘lib qoldi. Psevdafikus faqat bir xil ovqat yeydigan parazit bo‘lib, komstok qurtining lichinkalari va katta yoshli urg‘ochilarining ichiga tuxum qo‘yadi. Uning bitta urg‘ochisi 20 tagacha qurtning ichiga 140 taga yaqin tuxum qo‘yadi. Parazit tuxum qo‘ygach 5-7 kuni qurt o‘lib qoladi, tanasining yonidagi o‘siqlari va dum iplari yo‘qoladi, qurt tanasi bo‘rtib yuzidan qotadi, sariq uzunchoq mo‘miyaga aylanadi, keyin kul ranggiga kirib qoladi. Psevdafikus O‘zbekistonda 7-8 ta janubiy qismlarda 11 nasl beradi.
Psevdafikus yoki tabiiy sharoitda-komstok qurti hayot kechiradigan joylarda yoqi laboratoriyalarda ko‘paytiriladi. Agrotexnik kurash choralari asosan begona o‘tlarni vegetatsiya mavsumining boshidan oxirigacha yo‘qotib turish; kuzgi-qishki tinchlik davrida daraxtlar tupi bachkilarni gumon qilingan daraxtlarni ildiz bo‘yin atrofidagi bachkilarni yulib tashlash. Komstok qurti tushgan daraxt tanalari erta ko‘klamda qirg‘ich va qattiq cho‘gqa bilan qurib qolgan po‘stloq tangachalaridan tozalanadi va chiqqan axlat darhol yoqiladi. Kimyoviy preparatlardan-malofos 50 % k.e. 1-3 l/ga, ealon 35 k.e. 1-2 kg/ ga va boshqalar. Yapon qo‘ng‘izi — Rorina parsha Tarqalishi. Yapon qo‘ng‘izi Xitoy, Koreya yarim oroli, Yaponiya, Kanada, AQSh da tarqalgan. AQSh da karantin ob’ekt hisoblanadi. MDH da yagona Kunashir orolida uchraydi. Boshqa davlatlardan yoki Kunashir orolidan o‘tib, MDH ning Kavkaz, O‘rta Osiyo, Primore o‘lkasiga, Ukrainaga va Yevropaning janubiy rayonlari iqlimiga moslashish va zarar yetkazishi mumkin. Zararlanadigan o‘simliklar: 300 turdan ortiq mevali, sabzavot va poliz, o‘rmon va dekorativ daraxt va butalarini, gazon o‘tlarini zararlaydi. Ye tuk qo‘ng‘izlar mevalarni, gullarni, barglarni zararlaydi; lichinkalari ildizni kemiradi. Kunashir orolida Yapon qo‘ng‘izining paraziti-, va lichinkalarini paraziti — lar aniqlangan. Kunashir orolida Yapon qo‘ng‘izini soni unchalik ko‘p emas, bu holat yuqoridagi parazitlarni ta’siridan bo‘lishi mumkin.
Imagosi tanasining uzunligi 7-11 mm, eni 4-7 mm, qanot usti missimon jigar rangda. Qanotining chetlari va o‘rtasi yashil. Qornining qanot ustligi bilan yopilmagan qismida 5 tadan yonidagi va 2 ta ortki oq tuk bilan qoplangan doG‘lari bor. Mo‘ylovlari 9 bo‘g‘imli, oyoqlari yashil. Erkapslari ning bilagidagi 2 ta tishchasi o‘tkirlashgan va qisqargan holda. Panjalaridagi 4 ta barmoG‘i bir xil. Urg‘ochilarini panjalaridagi tishchalari orqaga kuchli egilgan. Panjasining birinchi bo‘G‘ini qolgan 3 ta bo‘G‘inlaridan uzunroq.(2) Tuxumi ellipssimon formada, qalaysimon tovlanuvchi, 1 mm diametrda. Lichinkasn. Yangi paydo bo‘lgan lichinkaning uzunligi 1,5 mm bo‘lsa, katta yoshdagilari 25 mm gacha yetadi. Lichinkaning sistematik belgisi-qornining anal segmenti tomonida V raqamiga o‘xshagan belgisi bor. G‘umbagi och-jigar rangda, uzunligi 14 mm gacha, beshikchada bo‘ladi. Hayot kechirishi. 2-3 yoshli lichinkalar tuproqning ichki qatlamida qishlab chiqadi. Kuzda ular yerning 20-40 sm chuqurligga kirib oziqlanishdan to‘xtaydi, bahorda tuproqning yuza qismiga ko‘tarilib o‘simliklarni ildizi bilan oziqlanishini davom ettiradi. Oziqlanib bo‘lgandan so‘ng lichinkalar «beshikchalar» yasaydi va uning ichida G‘umbakka aylanadi. 10-20 kundan keyin G‘umbagining rivojlanishi to‘xtaydi, G‘umbak qobiG‘i yorilib qo‘ng‘iz paydo bo‘ladi, lekin ko‘ng‘iz bir necha kun beshikchaning ichida qoladi. Kunashir orolida qo‘ng‘izlarning uchishi iyul oyining oxirida boshlanadi. AQSh da avgust-sentyabr'oylarida uchadi. Kunashir oroli va AQSh da 1 yilda bitta avlod beradi, Yaponiyaning Xokkaydo orolida yapon qo‘ng‘izining to‘liq rivojlanishi uchun 2 yil vaqt o‘tadi. Karantnn tadbnrlar. Zararkunanda tarqalgan mamlakatlardan ildizli meva o‘simliklarini tuproG‘i bilan keltirish taqiqlanadi. Karantin ostidagi tekshirish va ekspertiza qilish; Respublikamizga ko‘chatlarni ildiz tuproqlarisiz, ilmiy maqsadlarda keltirish mumkin.