MEVALI DARAXTLARNING ZARARLI HAShAROTLARI
MEVALI DARAXTLARNING ZARARLI HAShAROTLARI Reja: 1.Kaliforniya qalqondori o‘tish yo‘llari, rivojlanish xususiyatlari, karantin kurash tadbirlari. 2.Tut qalqondori, o‘tish yo‘llari, rivojlanish xususiyatlari, karantin kurash tadbirlari. 3.Yapon soxta mum qalqondori, o‘gish yo‘llari, rivojlanish xususiyatlari. Karantin kurash tadbirlari. 4.Anjir soxta mum qalqondori, o‘tish yo‘llari, rivojlanish xususiyatlari. Karantin kurash tadbirlari.
Mevalv daraxtlarning so‘ruvchi karantin hasharotlari. Kaliforniya qalqondori, tut qalqondori, yapon soxta mum qalqondori, anjir soxta mum qalqondori. Kaliforniya qaaqondori —Hasharot daraxtlarni shirasini surib, zaiflashtiradi, yosh shoxlarni nobud qiladi, sifatini pasaytiradi. Mevalarga to‘q qizil dog‘ tushiradi. Kaliforniya qalqondorini vatani Shimoli-Sharqiy Xitoy, Turkmanistonda, Ozarbayjon, Gruziyada, Krasnodar o‘lkasida, Moldaviyada, Hindistonda, Amerika, Avstraliyada, Koreyada, Yaponiyada bor. O‘zbekistonning hamma joylarida tarqalgan, faqat Jizzax va Buxoro viloyatlaridan tashqari. Kaliforniya qalqondorining qalqoni yumaloq, anchagina yapaloq, och jigar- kul rang tusda bo‘lib, diametri 1,0-1,5 mm, ba’zan 2 mm gacha boradi; qalqonning. o‘rta qismida och jigar rangda bo‘ladi. Erkagining qanoti bir juft. Yosh lichinkasi oziqpana boshlaganda oqimtir shira chiqaradi. Yupqa qavat bo‘lib turadigan bu shira keyinchalik qalqonga aylanadi. 1-yeshda erkak va urg‘ochi lichinkalarni birbiridan ajratib bo‘lmaydi, 2-yoshdan boshlab erkak lichinkalarining qalqonlari cho‘ziqroq bo‘lib qoladi. Urg‘ochi lichinkalarning qalqonlari esa yumaloq holida qolaveradi. Kaliforniya qalqondori 1-yoshdagi lichinkalik davrida qishlaydi. Bahorda bir qismi ikki marta po‘st tashlab urg‘ochiga aylanadi, boshqa bir qismi ikki marta po‘st tashlab pronimfa va nimfa holatiga tushadi. Lichinkalarni oziqlanish davri o‘simliklarni uyg‘onish davriga to‘g‘ri keladi. Aprel oylarida yosh urg‘ochilari harakatga tushadi. Shu vaqg erkagi ham bo‘ladi. Urg‘ochi otalangandan keyin 25-30 kun o‘tgach daydilari chiqadi. Bitta urg‘ochi serpushtligi 100-120 lichinkaga to‘g‘ri keladi. Ona qalqonidan bo‘shagan lichinka o‘simlikni so‘ra boshlaydi va mum iplarni ajratib qalqon hosil qiladi.
Birinchi yoshdagy lichinka 10-11 kun, ikkinchi yoshdagi 10-12 kun, hamma yashash davri 30-32 kun davom etadi. Kaliforniya qalqondori Markaziy Osiyoda 3-4 avlod beradi. Kurash choralari. Fizik-mexanik choralardan : erta ko‘klamda butalgan shox novdalar yog‘iladi, daraxtlar tanasi tozalanib, qurigan eski po‘stloqlari yo‘q qilinadi. O‘zbekistonda kaliforniya qalqondori ko‘p joylarda tarqalgan, shuning uchun asosan kurash choralari profilakgik, fizik-mexanik, agrotexnik va kimyoviy tadbirlardan iborat. Zararkunanda yo‘q joylar ham bor. Shuning uchun ular karantin tadbirlarga rioya qilishlari lozim. Ular olib keladigan mevali ko‘chatlarni nazoratdan o‘tkazish va olib kelgach ko‘chatlarni maxsus ajratilgan introduksion karantin pitoMniklarda tekshiruvdan o‘tkazish lozim. Daraxtlardagi koksidlarni insektitsidlar bilan batamom yo‘q qilish uchun ularni tuxumlaridan yosh lichinkalar chiqib, o‘rmalab yuradigan qisqa bir davrdagina ishlatish kerak. Ammo bunday davr odatda turli koksidlar uchun aksari bir vaqgda boshlanmaydi va atigi 2-3 kun davom etadi. Yoz vaqtida koksidlarga qarshi kurashish uchun Benzofosfat 30 % k.e.-dan 2 l / ga, Bi-58 40 % k.e. 1,0-1,2 l / ga, Nugor 50 % k.e. 1-3 l / ga qo‘llaniladi. (2,4) Tut qalqondori — Tut qalqondori dunyoning hamma joylarida uchraydi. MDH da 1933 yilda Suxumi shahrida yapon olxo‘risida hisobga olingan. Zararlanadigan o‘simliklar: tut qalqondori, tut, shaftoli, gilos va boshqa mevalarni zararlaydi. Tut va mevali daraxtlarni to‘liq qurib qolishiga olib kela- di.
Imagasi. Qalqoni dumaloq formada, oq yoki sarg‘ish rangda, uzunligi 1,5-2 mm. Urg‘ochilar tanasi qisqa, ovalsimon, sarg‘ish pushti rangda. Erkagini qalqoni uzunlashgan, oq, egatchalari bor. Lichinkalari och pushti rangda, novdalar, shoxchalarda oq koloniyalarni hosil qiladi. Keyinroq qanoti erkak imagolar paydo bo‘ladi. Hayot kechirishi. Tut qalqondorining jinsiy yetilmagan urg‘ochilari, nilefa davridagi erkaklari qishlab chiqadi. Imagolarni uchishi va otalanishi mart o‘rtasida boshlanadi . mart oxiri va aprel boshlarida koloniyalarda yetuk urg‘ochilar paydo bo‘ladi. Aprel oyi o‘rtalarida tuxum qo‘yishni boshlaydi. Tut qalqondori ekish materiallari orqali tarqaladi. Karantin tadbirlar Karantin ostidagi materiallarni tekshirish va ekspertiza qilish; zararsizlantirish, zararkunanda o‘choqlarini yo‘q qilish va boshqa tadbirlar. Kurush choralari. Tut qalqondoriga qarshi biologik kurash samaraliroq bo‘lib hisoblanadi. MDH ga birinchi marta Italiyadan 1947 yilda tut qalqondorini ixtisoslashgan paraziti —keltirilgan. Batumida bu parazit ko‘paytirilgan va muvaffaqiyatli qo‘llanilgan. Parazit ikki mavsum davomida 90-98 % gacha zararkunandani zararlagan. Ikkinchi marta bu parazit Suxumida qo‘llanilgan. Parazit orqali zararkunanda o‘choqlari yo‘qotilgan. Shundan keyin bu zararkunanda xo‘jalik ahamiyatini yo‘qotgan.(1,2) Yapon mum soxta qalqondori Buyuk Britaniya, Xitoy, Yaponiya va boshqa mamlakatlarda tarqalgan. MDHda zararkunanda o‘choqlari onda-sonda aniqlangan. Zararlaydigan o‘simlnklar : sitrus ekinlari, lavr, olma va boshqa o‘simliklarni.
Zararkunanda tarqalgan areallarda chegaralovchi faktorlar ta’sir qilmasdan, ularning soni juda oshib ketadi. Katta koloniya hosil qilib novdalarni, barglarni zararlaydi, natijada o‘simlik kuchsiz bo‘lib qolib va zararlangan joylar quriydi. Zararlangan joylarda soxta qalqondorlar chiqargan chiqindilarda qora dog‘lar chiqargan chiqindilarda qora g‘ubor qoplanadi, bular kannodium zamburug‘larining mitseliylaridir. Ye tuk urg‘ochilar 1,75-4,2 mm uzunlikda, ovalsimon formada, belining ustki tomoni do‘mboq. Tanasini ustki qoplami bu turning boshqa avlodlariga o‘xshab, qalin mum qavat bilan qoplangan. Kichik urg‘ochilar tanasi mum qoplami 8 ta o‘tkir tugallangan plastinkalardan iborat. Tirik urg‘ochilardagi mum qatlamining rangi nim pushti rangda, och pushti rangda. Qorin qoplami pastida oyoqlari va 7 bo‘g‘imli mo‘ylovlari bor. Yapon soxta mum qalqondorining urug‘langan urg‘ochilari qishlab chiqadi. May o‘rtalarida urg‘ochilar tuxum qo‘yishni boshlaydi. Yoz o‘rtalarida lichinkalar paydo bo‘ladi. Ular 3 marta po‘st tashlaydi, asta-sekin katgalashadi va yetuk hasharotga aylanadi. Urg‘ochilar 2500 tagacha tuxum qo‘yadi, (0.5 mm gacha). Chiqqan lichinka daydilari oeqli va mo‘ylovli bo‘ladi. O‘simlikka yopishgan lichinkalar harakatsiz va oq yulduzchaga o‘xshaydi. Lichinka tanasi qzil, 8- 10 ta oq konussimon mumsimon plastinkali. Yapon soxta mum qalqondori yiliga 1 ta avlod beradi. Zararkunanda ko‘chatlar, qalamchalar va boshqa organlari orqali tarqaladi. Karantin tadbirlar. Karantin ostidagi materiallarni tekshirish va ekspertiza qilish.