logo

Movarounnahr va Xurosonda mustaqil davlatlarning tashkil topishi Tohiriylar va Safforiylar davlatlari.

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

26.2587890625 KB
Movarounnahr va Xurosonda mustaqil davlatlarning tashkil topishi
Tohiriylar va Safforiylar davlatlari.
Reja:
1. VIII  asr oxiri   I X asr boshlarda arab xalifaligidagi siyosiy ahvol.
2. Toxiriylar davlatining tashkil topishi. 
3. Safforiylar davlati. .
VIII   asr   oxiri   —   IX   asr   boshida   xalifalikni   larzaga   keltirgan   og‘ir   siyosiy
vaziyat   abbosiylarni   Movarounnaxr   va   Xurosonda   olib   borilayotgan   siyosatni
o‘zgartirishga maj bur etdi. Endilikda ular sharqiy viloyatlarni boshqarishda davlat
ishlariga   maxalliy   zodagonlarni   jalb   etish   va   ularning   qo‘li   bilan   bu   viloyatlarni
xalifalik tasarrufida tutib turishga xarakat qiladilar. Natija abbosiylar ko‘zlagandek
bo‘lib chiqmadi. Maxalliy zodagonlar Movarounnaxr va Xurosonni asta-sekin o‘z
tasarruflariga   olibgina   qolmadilar,   balki   xalifalik   markazida   xam   xokimiyatni
boshqarishda tobora kuproq rol o‘ynaydigan bo‘lib qoldilar. Bunga ayniqsa xalifa
Xorun   ar-Rashid   (786—809)   vafotidan   sung   taxt   uchun   uning   ug‘illari   Ma’mun
bilan Amin o‘rtasida 809—813 yillarda bo‘lib o‘tgan kurash katta yo‘l ochib berdi.
Ma’mun uzoq yillar mobaynida Xuroson va Movarounnaxrning noibi bo‘lib,
maxalliy   zodagonlar   bilan   juda   yaqinlashib   ketgan   edi.   Garchi   uni   maxalliy
zodagonlar qullab-quvvatlasalarda, ammo xalifalikning markaziy qismidagi arablar
Aminni xalifalik taxtiga kutaradilar. Bundan norozi bulgan Ma’mun ukasi Aminga
qarshi   kurashish   uchun   besh   yil   tayyorgarlik   kuradi.   Xirot   viloyatining
zodagonlaridan Toxir ibn Xusayn boshliq Xuroson va Movarounnaxr mulkdorlari
unga yordam beradilar. 813 yilda ular Bog‘dodga yurish qiladilar. Poytaxt qo‘lga
kiritilib, Ma’mun xalifalik taxtiga o‘tkaziladi.   Buning evaziga Toxir ibn Xusaynni
shimoliy     Mesopotamiyada   joylashgan     al-   Jazir   shahrining   noibi   ,   Bog‘dodda
xalifalikning askarboshisi  -saxib ash-shurta   va  Iroq xududidagi  Savada viloyatida
bosh mirob  lavozimlariga tayinlanadi.
Toxiriylar   sulolasi       o‘zlarini   pahlovon   Rustamning   avlodlari   deb
hisoblashardi.     Ular   VII   asrning   boshlarida   islom   dinini   qabul   qilgan.   Toxiriylar
sulolasining   dastlabki   avlodlari   Roziq   Musab     va   uning   o‘g‘li     Musab   Xusayin
Xirot  viloyatidagi  Bushang    shahrining hokimlari bo‘lib, u 814 yilda vafot etgan.
Husayinning   o‘g‘li   Toxir     xalifa   Ma’munga   taxtni   egallashga   yordam   bergan.
Ma’mun   tohiriylar   sulolasining   barchasini   yuqori   lavozimlarga   tayinlash   bilan
rag‘batlantirgan.   Mansur   ibn   Talxani   Marv,     Abdullax   ibn   Toxirni   Tabariston hokimi     qilib   tayinlagan.   Bog‘dodning   harbiy   boshlig‘i   lavozimi   ham   ularning
qo‘lida bo‘lgan.  
 Shuningdek, Ma’mun     Movarounnaxr     zodagonlarining   yordamini  xam
unutmadi.      Somonxudotning  nabiralarini   ayrim   shaxar   va  viloyatlarga   noib  qilib
tayinlaydi. Nuxga Samarqand, Axmadga Farg‘ona, Yaxyoga Shosh va Ustrushona,
Ilyosga   esa   Xirot   tegadi.   Buning   evaziga   aka-uka   somoniylar   Movarounnaxrning
xar yilgi xirojidan juda katta mablag‘ni toxiriylar orqali xalifa xazinasiga yuborib
turadilar. IX asr arab geografi  Xurdodbexnint  yozishicha, xar yili xalifa xazinasiga
Shoshdan 607 ming, Sug‘ddan 326   ming, Farg‘onadan 280 ming, Ustrushonadan
esa 50 ming kumush dirxam tushgan.  
821   yilda   Toxir   ibn   Xusayn   Xuroson   va   Movaroun naxrning   noibi   etib
tayinlanadi.   Oradan   bir   yil   xam   o‘tmay   xutbadan   xalifa   nomini   chiqartirib
tashlaydi. Bu, shubxasiz, Bog‘dod bilan aloqani uzish va uzini mustaqil deb e’lon
qilish edi. Biroq ko‘p vaqt o‘tmay u to‘satdan vafot etadi. Xalifaning ko‘rsatmasi
bilan   vazir   uni   zaxarlab   o‘ldiradi.     Shunga   qaramasdan,   Toxir   ibn   Xusaynning
o‘g‘illari   Talxa   ibn   Toxir   822 — 828 ,   Dastlabki   tohiriylar   sulolasi   hukmronligi
davrida   ular   Xuroson,   Movarounnhar   va   Seyiston   ustidan   nazorat   o‘rnatganlar.
Toxir   822   yilda   vafot   etgach,   o‘rniga   o‘g‘li   Talxa   o‘tiradi.   U   otasiday   serg‘ayrat
bo‘lmasada,   sharqiy   viloyatlarni   boshqargan.   Xalifa   ismini   xutbaga   qo‘shib
o‘qittirgan.   U   Nishopurdan   turib,   Xuroson,   Tabariston,   Transaksoniyani
boshqargan 1
.   Ali     davrida   Aleksandriya   shahri   qo‘shib   olinadi.     Abul   Abbos
Abdallax   ( 830 — 844 ),   davrida   Xuroson   xududida   katta   bunyodkorlik   ishlari
amalga oshiriladi.  poytaxt Marvdan Nishopur shaxriga ko‘chiriladi. Uning davrida
Xuroson   iqtisodiy   va   siyosiy   jihatdan   eng   yuksalgan   davri   bo‘ladi.   Uning     o‘g‘li
Taxir II   844 — 862    hukmronligining oxirgi yillarida Seyistonda qo‘zg‘olon bo‘lib
o‘tadi.   Natijada   hali   yosh   bo‘lgan   uning   o‘g‘li     Muxammad   ( 862 — 873 ).taxtga
o‘tiradi.   U   ham   safforiylarning   qarshiligini   to‘htata   olmaydi.   Yaqub   ibn   Lays
tomonidan   asirga   olinib,   876   yilda   ozod   qilinadi.   Bir   necha   marta   Xuroson   noibi
qilib tayinlanadi, lekin hech qanaqa siyosiy hayotga aralashmaydi.  
1
  Fransic Henry Skrine and Edward Denison Ross A history of Russian Turkestan and the 
Central Asian Khanates from the earliest times Roudledge Curzon, USA, 2005 , р.64.  Uning ukasi Xusayin Xorazm ketib qoladi. 874  yilda Buxoroni  egallashga harakat
qiladi. Lekin mag‘lub bo‘lib, Merverudga keladi. 876 yilda Yakub ustidan g‘alaba
qozonib, Nishopurni egallaydi. 877 yilda Marvga chekinishga majbur bo‘ladi. Bu
yerda   bir   qancha   vaqt   hukmronlik   qiladi.     Taxira   II   ning   ukalari   Bog‘doddagi
harbiy   boshliq   lavozimlari   bir   qancha   vaqt   faoliyat   yuritishadi.     Ulardan   biri
Ubaydullo   913   yilgacha,   ya’ni   vafot   etgunga   qadar   Xuzaa   qabilasining   boshlig‘i
bo‘lib keladi. 
Toxiriylar   kelib   chiqishi   eroniy   bo‘lgan   birinchi   musulmon   sulolasi   vakillari
bo‘lishgan.    
Toxiriylarning   keyingi   vakillari     xalifa   qaramog‘idan   chiqishga   intilmadi.
Ular   unga   har   yili   boj   to‘lab   turishdi.   Lekin   Xuroson   hududida   mustaqil   faoliyat
yuritishgan.   Ular   dastavval   xokimiyatni   mustaxkamlashga   va   qishloq   xujaligini
tartibga   solishga   xarakat   qiladilar.   Dexqonchilik   voxalarning   suv   ta’minotini
yaxshilash   uchun   yangi   kanallar   qazdiradilar.   Abul   Abbos   Abdulloxning
topshirig‘i   bilan   Xurosonning   bilimdon   fikxshunoslari   dexqonchilikda   suv
manbalaridan foydalanish tartiblari, suv taqsimoti va uning qonun-qoidalari xaqida
risola   yozib   ma’muriyatga   taqdim   etadilar.   Bu   risola   ikki   asr   mobaynida   suvdan
foydalanishda   dexqonlar   o‘rtasida   ko‘tarilgan   munozarali   masalalarni   xal   etishda
dasturulamal   bo‘lib   xizmat   qiladi.   Toxiriylar   ayniqsa   davlat   boshqaruvi,
fuqarolarga   munosabat   va   soliq   solish   tartiblariga   aloxida   axamiyat   beradilar.
Toxir   ibn   Xusayn   Abdulloxga   yo‘llagan   maktubida,   na   davlatmand   va   na   o‘z
yaqinlarini  soliqlardan   ozod  etmasdan,   fuqarolarning  barchasiga  adolat  yuzasidan
soliq solish xaqida o‘g‘liga ko‘rsatmalar beradi. Abdullox xam otasi maslaxatlariga
amal   qilib,   mulkdorlar   va   davlat   ma’murlarining   mehnatkash   ziroatchilarga
nisbatan   ko‘rsatgan   o‘zboshimchaliklarini   iloji   boricha   chegaralashga   intiladi.   U
aholini   va   ularning   mehnatini   qadrlab,     «Ollox   mexnat   axlining   qo‘li   bilan   rizq-
ro‘zimizni   yetkazib   be radi,   tili   bilan   bizni   olqishlaydi.   Ularni   ranj   etishni
taqiqlaydi», deb fuqarolarni  himoya qiladi. Shubxasiz, bu bilan Abdullox mehnat
axlinigina emas, balki umumdavlat manfaatini kuzda tutgan edi. Abdulloh davrida
ilm va ma’rifatga ham e’tibor qaratilgan. Unga oddiy xalq ilm bilan shug‘ullanishi mumkin emas deb aytsalar, u fanga loyiq va loyiq emaslarni yuborish kerak, loyiq
bo‘lmaganlar qo‘lida qolmaslik uchun  fan o‘zi haqida qayg‘urishni yaxshi biladi”
deb   javob   bergan.   Abdullohning   o‘zi   olim   bo‘lgan   va   shoir   sifatida   shuhrat
qozongan. Uning siyosatidan norozi bo‘lgan xalifa al Mutasim, ochiq qarshi chiqa
olmasdan,   kanizakni   uni   zaharli   chilim   berib   o‘ldirish   uchun   yuboradi.   Lekin
kanizak Nishopurga kelib, barcha sirdan Abdullohni xabardor qiladi.    
  845     yilda   Xuroson   noibligiga   uning   o‘g‘li     Taxiru   II   tayinlanadi.     U   ham
Xurosonda otasining siyosatini davom qildirib, shon-shuhratga ega bo‘ladi. Lekin
uning   hukmronligi   davrida   Seyiston   ajradib   chiqadi.   Movarounnaxrda   esa,
Somoniylar sulolasi hukmronligi mustahkamlana boradi.
862     yilda   noiblikni   Toxirning   yosh   o‘g‘li   egallaydi.   Manbalarda   u   zaif
hukmdor   sifatida   tilga   olingan.   Lekin   u   saxiy,   bag‘rikeng,   ulug‘vor   bo‘lib,
hashamatni   yoqtirgan.   Hokimiyat   boshqaruvini   do‘stlari   va   jiyanlariga   topshirib
qo‘yib, o‘zi ko‘ngilxushlik bilan shug‘ullangan.
861   yilda   Seyistonda   Yaqub   as-Saffor,   864   yilda   Tabaristonda   shiit   imomi
Xasan ibn Zayd egallab, bir necha bor Xurosonga yurish qiladilar. 873 yilga kelib
Yaqub   as-Saffor   Xurosonni   egallaydi.   Muhammadni   asir   olib,   o‘zining
qarorg‘ohida   saqlaydi.     876   yilda   xalifa   uni   ozod   qiladi.   Shundan   so‘ng   u
Bog‘dodga   ketib,   saroyda   o‘zining   oldingi   dabdabali     hayotini   davom   qildiradi.
Ularda ayniqsa «g‘oziylar» faollik kursatardilar. g‘oziylar kuchmanchilar   xujumini
daf   etib   turish   maqsadida   kungillilardan     60-yillarida         Xurosonda       g‘oziylar
faollitda   xalq   quzg‘oloni   avj   olib   ketadi.   kambag‘al   hunarmand   va   yersiz   zi-
roatchilardan tuzilgan ko‘ngilli   Unga aka-uka   Yoqub   va Amir ibn Lays miskarlar
boshchilik qiladilar. Ular avval Seystonda xokimiyatni qo‘lga kiritadilar. 873 yilda
toxiriylarning   xarbiy   qushiniga   qaqshatqich   zarba   berib,   Xuroson   poytaxti
Nishopurni   egallaydilar.   Natijada   Xurosonda   toxiriylar   xukmronligi   tugatilib,
safforiylar   davlati   tashkil   topadi.   Mamlakatda   sodir   bulgan   bunday   siyosiy
o‘zgarishlardan   so‘ng   Movarounnaxr   Xurosondan   ajralib   o‘z   mustaqilligini   to‘la
tiklab olish imkoniga ega bo‘ladi. Safforiylar   sulolasi   Seyistonda   (Afg‘oniston   va   Eron   xududlari)   861-900
yillarda   hukmronlik   qilgan.   Ularning   poytaxti   Zaranj   va   Nishopur   shaharlari
bo‘lgan.   Sulola  asoschisi   Yaqub   ibn   Lays   as-Saffor   (Saffor-misgar)   bo‘lib,   uning
kelib chiqishi no’malum. Ba’zi manbalarda ularni misgarlar deb berilgan.   Yaqub
ibn Lays
Yaqub   Seistonning   Karnin   qishlog‘idan   bo‘lib,otasi   dehqonchilik   bilan
shug‘ullangan. Misgarga shogird tushib, misgarlik kasbini egallagan. Uning ukasi
Amr   eshaklarni   boqish   bilan   shug‘ullangan.   Gardizi   ma’lumotiga   ko‘ra,   ular   bu
ishlarini   tashlab,   firibgarlik   va   o‘g‘rilik   qilib   yurishgan,   keyinchalik     qaroqchilar
safiga   qo‘shilishgan.           IX   asrda   Seyistonning   chekka   xududlarida   ko‘plab
davlatdan   norozi   bo‘lgan   odamlar,   turli   diniy   sekta   vakillari,   ayniqsa,   xorijiylar
to‘plangan.     Ular   ba’zida   tolonchilik   bilan   shug‘ullanishgan   va   aholining
noroziligiga sabab bo‘lgan. 
Ularning tolonchilik hujumlariga qarshi Seyistonda  mutaviylar (ko‘ngillilir)
deb   atalgan   guruhlar   paydo   bo‘ladi.   Ular   g‘ayridinlarga   qarshi   kurash   olib
borganlar.   IX   asrning     40   –yillarida   Yaqub   shunday   guruhni   tashkil   qiladi.   U
o‘zining   kuchliligi   va   mardligi   bilan   shuhrat   qozonib,   Busta   shahrida   axolini
qaroqchilarni himoya qiluvchi organning boshlig‘i qilib tayinlanadi.
Bu   davrda   Seyiston   Toxiriylar   hukmronligi   ostida   edi.   846   yilda   Busta
shaxrida Solix ibn Nasr  xorijiylarga qarshi kurash olib boradi. Uni Zaranj va Busta
shaxri   aholisi   qo‘llab   quvvatlaydi.   Solix   xarbiy   kuchlari   orasida   Yaqub   ibn   Lays
qo‘shini alohida o‘ringa ega edi. Solix Seyistonda hokimiyatni qo‘lga olib, uni 13
yil   boshqaradi.   Bu   davrda   Yaqub   uning   lashkarboshisi   bo‘lgan.   859   yilga   kelib,
Solix   mag‘lubiyatga   uchraydi   va   qochib   ketadi.   Noiblikni   Dirxam   ibn   Nasr
egallaydi.   Lekin   uni   ko‘pchilik   qo‘llab   quvvatlamaydi.   Yaqubning   obro‘-e’tibori
oshib   borayotgaligini   kuzatgan   Dirxam   uni   o‘ldirishga   harakat   qiladi.     Bundan
xabardor   bo‘lib   yurgan   Yaqub   861   yilda   amirning   tarafdorlarini   yengib,
hokimiyatni o‘z qo‘liga oladi.    
U   o‘z   hukmronligining   olti   yilini   Seyistonni   bo‘ysundirish   bilan
shug‘ulllandi.   Yozma   manbalarga   ko‘ra,   u   kamgap,   surovыy,   vsegda   ugryumыy, bo‘lib,   mard   jangchi   bo‘lgan.     Harbiy   yurishlar   paytida   u   boshiga   qilich   yoki
bayroqni qo‘yib, yerda uxlagan.  Ovqatlanishda ham piyoz va non bilan kifoyalanib
qo‘ygan.Ularni   etigining   qo‘njida   saqlagan.   Yaqub     ko‘ngilxushlilikni   tan
olmagan.  Jangchilar   orasida   temir   intizomni   joriy  etgan.   Uning   jangchilari   undan
qo‘rqishgan   va   hurmat   qilishgan,   chunki   u   saxiy   va   adolatli   bo‘lgan.   Har   kuni
ertalib,   saroy   oldida   o‘tirgan.   Kimning   nimaga   muhtojligi   bo‘lsa,   shariat
qoidalariga asoslanib, hal qilgan.    
Yaqub   Seyiston   ustidan   hukmronligini   o‘rnatgach,   867   yilda     Hirot   va
Bushangni   bosib   oladi.   868  yilda   Kirman   xududiga  bostirib   borib,   arab  noibi   Ali
ibn   Xusayinni   yengadi.   869   yilda   ularni   Shiroz   yonida   batamom   qirib   tashlaydi.
870 yilda sharq tomonga yurib, Qobul va Bamiyyonni egallaydi. 872 yilda Balx va
Toxoristonni egallaydi. 873 yilda Toxiriylarni yengib, o‘z hukmronligini o‘rnatadi.
Keyin   kaspiy   bo‘yida   joylashgan   Gurgan   va   Tabaristonni   egallaydi.   875   yilda
xalifa   al-Mutamid   uni   tan   olib,   Xuroson,   Seyiston,   Tabariston,   Kirman   va   Fors
hududlariga   amir   qilib   tayinlaydi.   U   Bog‘dodni   egallashga   harakat   qiladi.   U   876
yilda Iroqni va Vasitni bosib oladi. Lekin xalifa al-Muvaffakning akasi tomonidan
yengiladi. Ikkinchi yurishi davomida vafot etadi. 
Uning   o‘rnini   ukasi   Amr   egallaydi.   Uning   hukmronligi   qo‘zg‘olonlarni
bostirish bilan boshlanadi. 887 yilda al-Muvaffak sofforiylarni Forsdan chiqaradi.
Amr xalifa bilan tinchlik shartnomasini imzolaydi.  Bu davrda sofforiylarga qarshi
harakat Movarounnhrda boshlangan edi. 898 yilda Ismoil Somoniy  seyitonliklarni
mag‘lub   etadi.   Ikki   yildan   so‘ng   Amrning   o‘zi   boshchiligida   qo‘shinlar   O‘rta
osiyoga hujum boshlaydilar.  Balx yonida  qattiq jang bo‘lib o‘tadi.  900 yilda Amr
qurshovga tushib, asr olinadi.
Ismoil   Amrni   10   mln.dirhamga   evaziga   ozod   qilmoqchi   edi,   lekin   bunday
pulni   u   uchun   hech   kim   to‘lamadi.Amir   Bag‘dodga   yuborilib,   u   yerda   o‘limga
hukm qilinadi. Uning o‘limidan keyin Sofforiylar davlati zaiflasha boshlaydi. Adabiyotlar:
1. Все монархи мира. Мусульманский Восток VII-XV вв.   —   М.   : 2004. 25-
67 стр.  
2. Ирмияева   Т.Ю.   История   мусульманского   мира   от   Халифата   до
Блистательной Порты.  - Челябинск, 2000 , 67-88 бб.
3. Fransic   Henry   Skrine   and   Edward   Denison   Ross   A   history   of   Russian
Turkestan and the Central Asian Khanates from the earliest times Roudledge
Curzon, USA, 2005 , 64-66 бб.

Movarounnahr va Xurosonda mustaqil davlatlarning tashkil topishi Tohiriylar va Safforiylar davlatlari. Reja: 1. VIII asr oxiri I X asr boshlarda arab xalifaligidagi siyosiy ahvol. 2. Toxiriylar davlatining tashkil topishi. 3. Safforiylar davlati.

. VIII asr oxiri — IX asr boshida xalifalikni larzaga keltirgan og‘ir siyosiy vaziyat abbosiylarni Movarounnaxr va Xurosonda olib borilayotgan siyosatni o‘zgartirishga maj bur etdi. Endilikda ular sharqiy viloyatlarni boshqarishda davlat ishlariga maxalliy zodagonlarni jalb etish va ularning qo‘li bilan bu viloyatlarni xalifalik tasarrufida tutib turishga xarakat qiladilar. Natija abbosiylar ko‘zlagandek bo‘lib chiqmadi. Maxalliy zodagonlar Movarounnaxr va Xurosonni asta-sekin o‘z tasarruflariga olibgina qolmadilar, balki xalifalik markazida xam xokimiyatni boshqarishda tobora kuproq rol o‘ynaydigan bo‘lib qoldilar. Bunga ayniqsa xalifa Xorun ar-Rashid (786—809) vafotidan sung taxt uchun uning ug‘illari Ma’mun bilan Amin o‘rtasida 809—813 yillarda bo‘lib o‘tgan kurash katta yo‘l ochib berdi. Ma’mun uzoq yillar mobaynida Xuroson va Movarounnaxrning noibi bo‘lib, maxalliy zodagonlar bilan juda yaqinlashib ketgan edi. Garchi uni maxalliy zodagonlar qullab-quvvatlasalarda, ammo xalifalikning markaziy qismidagi arablar Aminni xalifalik taxtiga kutaradilar. Bundan norozi bulgan Ma’mun ukasi Aminga qarshi kurashish uchun besh yil tayyorgarlik kuradi. Xirot viloyatining zodagonlaridan Toxir ibn Xusayn boshliq Xuroson va Movarounnaxr mulkdorlari unga yordam beradilar. 813 yilda ular Bog‘dodga yurish qiladilar. Poytaxt qo‘lga kiritilib, Ma’mun xalifalik taxtiga o‘tkaziladi. Buning evaziga Toxir ibn Xusaynni shimoliy Mesopotamiyada joylashgan al- Jazir shahrining noibi , Bog‘dodda xalifalikning askarboshisi -saxib ash-shurta va Iroq xududidagi Savada viloyatida bosh mirob lavozimlariga tayinlanadi. Toxiriylar sulolasi o‘zlarini pahlovon Rustamning avlodlari deb hisoblashardi. Ular VII asrning boshlarida islom dinini qabul qilgan. Toxiriylar sulolasining dastlabki avlodlari Roziq Musab va uning o‘g‘li Musab Xusayin Xirot viloyatidagi Bushang shahrining hokimlari bo‘lib, u 814 yilda vafot etgan. Husayinning o‘g‘li Toxir xalifa Ma’munga taxtni egallashga yordam bergan. Ma’mun tohiriylar sulolasining barchasini yuqori lavozimlarga tayinlash bilan rag‘batlantirgan. Mansur ibn Talxani Marv, Abdullax ibn Toxirni Tabariston

hokimi qilib tayinlagan. Bog‘dodning harbiy boshlig‘i lavozimi ham ularning qo‘lida bo‘lgan. Shuningdek, Ma’mun Movarounnaxr zodagonlarining yordamini xam unutmadi. Somonxudotning nabiralarini ayrim shaxar va viloyatlarga noib qilib tayinlaydi. Nuxga Samarqand, Axmadga Farg‘ona, Yaxyoga Shosh va Ustrushona, Ilyosga esa Xirot tegadi. Buning evaziga aka-uka somoniylar Movarounnaxrning xar yilgi xirojidan juda katta mablag‘ni toxiriylar orqali xalifa xazinasiga yuborib turadilar. IX asr arab geografi Xurdodbexnint yozishicha, xar yili xalifa xazinasiga Shoshdan 607 ming, Sug‘ddan 326 ming, Farg‘onadan 280 ming, Ustrushonadan esa 50 ming kumush dirxam tushgan. 821 yilda Toxir ibn Xusayn Xuroson va Movaroun naxrning noibi etib tayinlanadi. Oradan bir yil xam o‘tmay xutbadan xalifa nomini chiqartirib tashlaydi. Bu, shubxasiz, Bog‘dod bilan aloqani uzish va uzini mustaqil deb e’lon qilish edi. Biroq ko‘p vaqt o‘tmay u to‘satdan vafot etadi. Xalifaning ko‘rsatmasi bilan vazir uni zaxarlab o‘ldiradi. Shunga qaramasdan, Toxir ibn Xusaynning o‘g‘illari Talxa ibn Toxir 822 — 828 , Dastlabki tohiriylar sulolasi hukmronligi davrida ular Xuroson, Movarounnhar va Seyiston ustidan nazorat o‘rnatganlar. Toxir 822 yilda vafot etgach, o‘rniga o‘g‘li Talxa o‘tiradi. U otasiday serg‘ayrat bo‘lmasada, sharqiy viloyatlarni boshqargan. Xalifa ismini xutbaga qo‘shib o‘qittirgan. U Nishopurdan turib, Xuroson, Tabariston, Transaksoniyani boshqargan 1 . Ali davrida Aleksandriya shahri qo‘shib olinadi. Abul Abbos Abdallax ( 830 — 844 ), davrida Xuroson xududida katta bunyodkorlik ishlari amalga oshiriladi. poytaxt Marvdan Nishopur shaxriga ko‘chiriladi. Uning davrida Xuroson iqtisodiy va siyosiy jihatdan eng yuksalgan davri bo‘ladi. Uning o‘g‘li Taxir II 844 — 862 hukmronligining oxirgi yillarida Seyistonda qo‘zg‘olon bo‘lib o‘tadi. Natijada hali yosh bo‘lgan uning o‘g‘li Muxammad ( 862 — 873 ).taxtga o‘tiradi. U ham safforiylarning qarshiligini to‘htata olmaydi. Yaqub ibn Lays tomonidan asirga olinib, 876 yilda ozod qilinadi. Bir necha marta Xuroson noibi qilib tayinlanadi, lekin hech qanaqa siyosiy hayotga aralashmaydi. 1 Fransic Henry Skrine and Edward Denison Ross A history of Russian Turkestan and the Central Asian Khanates from the earliest times Roudledge Curzon, USA, 2005 , р.64.

Uning ukasi Xusayin Xorazm ketib qoladi. 874 yilda Buxoroni egallashga harakat qiladi. Lekin mag‘lub bo‘lib, Merverudga keladi. 876 yilda Yakub ustidan g‘alaba qozonib, Nishopurni egallaydi. 877 yilda Marvga chekinishga majbur bo‘ladi. Bu yerda bir qancha vaqt hukmronlik qiladi. Taxira II ning ukalari Bog‘doddagi harbiy boshliq lavozimlari bir qancha vaqt faoliyat yuritishadi. Ulardan biri Ubaydullo 913 yilgacha, ya’ni vafot etgunga qadar Xuzaa qabilasining boshlig‘i bo‘lib keladi. Toxiriylar kelib chiqishi eroniy bo‘lgan birinchi musulmon sulolasi vakillari bo‘lishgan. Toxiriylarning keyingi vakillari xalifa qaramog‘idan chiqishga intilmadi. Ular unga har yili boj to‘lab turishdi. Lekin Xuroson hududida mustaqil faoliyat yuritishgan. Ular dastavval xokimiyatni mustaxkamlashga va qishloq xujaligini tartibga solishga xarakat qiladilar. Dexqonchilik voxalarning suv ta’minotini yaxshilash uchun yangi kanallar qazdiradilar. Abul Abbos Abdulloxning topshirig‘i bilan Xurosonning bilimdon fikxshunoslari dexqonchilikda suv manbalaridan foydalanish tartiblari, suv taqsimoti va uning qonun-qoidalari xaqida risola yozib ma’muriyatga taqdim etadilar. Bu risola ikki asr mobaynida suvdan foydalanishda dexqonlar o‘rtasida ko‘tarilgan munozarali masalalarni xal etishda dasturulamal bo‘lib xizmat qiladi. Toxiriylar ayniqsa davlat boshqaruvi, fuqarolarga munosabat va soliq solish tartiblariga aloxida axamiyat beradilar. Toxir ibn Xusayn Abdulloxga yo‘llagan maktubida, na davlatmand va na o‘z yaqinlarini soliqlardan ozod etmasdan, fuqarolarning barchasiga adolat yuzasidan soliq solish xaqida o‘g‘liga ko‘rsatmalar beradi. Abdullox xam otasi maslaxatlariga amal qilib, mulkdorlar va davlat ma’murlarining mehnatkash ziroatchilarga nisbatan ko‘rsatgan o‘zboshimchaliklarini iloji boricha chegaralashga intiladi. U aholini va ularning mehnatini qadrlab, «Ollox mexnat axlining qo‘li bilan rizq- ro‘zimizni yetkazib be radi, tili bilan bizni olqishlaydi. Ularni ranj etishni taqiqlaydi», deb fuqarolarni himoya qiladi. Shubxasiz, bu bilan Abdullox mehnat axlinigina emas, balki umumdavlat manfaatini kuzda tutgan edi. Abdulloh davrida ilm va ma’rifatga ham e’tibor qaratilgan. Unga oddiy xalq ilm bilan shug‘ullanishi

mumkin emas deb aytsalar, u fanga loyiq va loyiq emaslarni yuborish kerak, loyiq bo‘lmaganlar qo‘lida qolmaslik uchun fan o‘zi haqida qayg‘urishni yaxshi biladi” deb javob bergan. Abdullohning o‘zi olim bo‘lgan va shoir sifatida shuhrat qozongan. Uning siyosatidan norozi bo‘lgan xalifa al Mutasim, ochiq qarshi chiqa olmasdan, kanizakni uni zaharli chilim berib o‘ldirish uchun yuboradi. Lekin kanizak Nishopurga kelib, barcha sirdan Abdullohni xabardor qiladi. 845 yilda Xuroson noibligiga uning o‘g‘li Taxiru II tayinlanadi. U ham Xurosonda otasining siyosatini davom qildirib, shon-shuhratga ega bo‘ladi. Lekin uning hukmronligi davrida Seyiston ajradib chiqadi. Movarounnaxrda esa, Somoniylar sulolasi hukmronligi mustahkamlana boradi. 862 yilda noiblikni Toxirning yosh o‘g‘li egallaydi. Manbalarda u zaif hukmdor sifatida tilga olingan. Lekin u saxiy, bag‘rikeng, ulug‘vor bo‘lib, hashamatni yoqtirgan. Hokimiyat boshqaruvini do‘stlari va jiyanlariga topshirib qo‘yib, o‘zi ko‘ngilxushlik bilan shug‘ullangan. 861 yilda Seyistonda Yaqub as-Saffor, 864 yilda Tabaristonda shiit imomi Xasan ibn Zayd egallab, bir necha bor Xurosonga yurish qiladilar. 873 yilga kelib Yaqub as-Saffor Xurosonni egallaydi. Muhammadni asir olib, o‘zining qarorg‘ohida saqlaydi. 876 yilda xalifa uni ozod qiladi. Shundan so‘ng u Bog‘dodga ketib, saroyda o‘zining oldingi dabdabali hayotini davom qildiradi. Ularda ayniqsa «g‘oziylar» faollik kursatardilar. g‘oziylar kuchmanchilar xujumini daf etib turish maqsadida kungillilardan 60-yillarida Xurosonda g‘oziylar faollitda xalq quzg‘oloni avj olib ketadi. kambag‘al hunarmand va yersiz zi- roatchilardan tuzilgan ko‘ngilli Unga aka-uka Yoqub va Amir ibn Lays miskarlar boshchilik qiladilar. Ular avval Seystonda xokimiyatni qo‘lga kiritadilar. 873 yilda toxiriylarning xarbiy qushiniga qaqshatqich zarba berib, Xuroson poytaxti Nishopurni egallaydilar. Natijada Xurosonda toxiriylar xukmronligi tugatilib, safforiylar davlati tashkil topadi. Mamlakatda sodir bulgan bunday siyosiy o‘zgarishlardan so‘ng Movarounnaxr Xurosondan ajralib o‘z mustaqilligini to‘la tiklab olish imkoniga ega bo‘ladi.