logo

Mustaqil O‘zbekiston respublikasining tashkil topishi va uning tarixiy ahamiyati.

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

47.3203125 KB
Mustaqil O‘zbekiston respublikasining tashkil topishi va uning tarixiy
ahamiyati.
Reja:
                    1.   Mustaqillik   arafasida   respublikadagi   ijtimoiy-iqtisodiy   va   siyosiy
ahvol. O zlikni anglashga intilishning kuchayishi.ʻ
          2.   Mustaqillikning ye lon qilinishi. O zbekiston Respublikasining tashkil	
ʼ ʻ
yetilishi.
          3.   Mustaqillikning ilk davrida davlat suverenitetini mustahkamlash 
yo lidagi sa y-harakatlar.	
ʻ ʼ
                    4.Mustaqil   O zbekiston   davlatining   yuzaga   kelishi   va	
ʻ
mustahkamlanishida I. Karimovning tarixiy xizmatlari. Sobiq   ittifoq   va   respublikalar   o’rtasidagi   munosabatlar   tobora   taranglashib,
markaz   boshqaruv   qobiliyatini   yo’qotgan,   har   bir   mintaqa,   har   bir   respublika   o’z
holiga tashlab qo’yilgan bir sharoitda  O’zbekiston Respublika s i  birinchi   p rezidenti
I.   K arimov   Oliy   Kengash   sessiyasini   chaqirish   va   unda   O’zbekiston   Mustaqilligi
haqida Qonun qabul qilishni talab qildi. 
O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi 1991 yil 26 avgust kuni O’zbekistonning
davlat mustaqilligi to’g‘risida qonun loyihasini tayyorlash hamda 31 avgustda Oliy
Kengash sessiyasini chaqirishga qaror qildi. 
O’zbekiston   Kompartiyasi   Markaziy   Qo’mitasi   va   Markaziy   nazorat
qo’mitasining   28   avgustda   bo’lgan   qo’shma   Plenumi   Respublika
Kompartiyasining   KPSS   MQ   bilan   har   qanday   aloqasini   to’xtatishga,   KPSSning
barcha   tashkilotlaridan   chiqishga,   uning   Markaziy   organlaridagi   o’z   vakillarini
chaqirib olishga qaror qildi.
Ana   shunday   vaziyatda   O’zbekiston   Oliy   Kengashining   XII   chaqiriq
navbatdan   tashqari   VI   sessiyasi   1991   yil   31   avgustda   o’z   ishini   boshladi.
O’zbekistonning   mustaqil   davlat   deb   ye’lon   qilinishida   mazkur   sessiya   katta
tarixiy   ahamiyat   kasb   yetishini   alohida   ta’kidlash   lozim.   Unda   «O’zbekiston
Respublikasining   Davlat   mustaqilligi   to’g‘risida»   hamda   «O’zbekiston
Respublikasining   Davlat   bayrog‘i   to’g‘risida»gi   masalalar   kun   tartibiga   qo’yilib,
qizg‘in muhokama qilindi.
Sessiyada   O’zbekiston ning   birinchi   p rezidenti   I.A.   Karimov   nutq   so’zlab,
sobiq   Ittifoqda   so’ngi   paytlarda   yuz   bergan   ijtimoiy   –   siyosiy   voqealarni,   davlat
to’ntarishiga   urinish   oqibatlarini   tahlil   qilib,   ular   O’zbekiston   taqdiriga,   xalqimiz
tarixiga   bevosita   daxldor   yekanligini   har   tomonlama   asoslab   berdi.   Vaziyatdan
kelib   chiqqan   holda,   O’zbekiston   Respublikasining   davlat   mustaqilligini   ye’lon
qildi va uni mustaqillik to’g‘risidagi qonun bilan mustahkamlashni taklif qildi. 
Oliy   Kengash   deputatlari   moddama   –   modda   muhokamadan   so’ng
«O’zbekiston  Respublikasining  davlat mustaqilligi  asoslari  to’g‘risida»gi  qonunni
qabul qildilar.  So’ngra   «O’zbekiston   Respublikasining   Davlat   mustaqilligi   to’g‘risidagi
Oliy   Kengash   Bayonoti»   qabul   qilindi.   Bayonotda   bunday   deyilgan   yedi:   ...
«Mustaqillik deklaratsiyasini  amalga oshira borib, O’zbekiston Sovet   Sotsialistik
Respublikasi   Oliy   Kengashi   O’zbekistonning   Davlat   mustaqilligini   va   ozod
suveren davlat – O’zbekiston Respublikasi tashkil yetilganligini tantanali ravishda
ye’lon qiladi». 
Oliy   Kengash   sessiyasida   «O’zbekiston   Respublikasining   davlat
mustaqilligini ye’lon qilish to’g‘risida» qaror qabul qilindi. Mazkur qarorda: 
1)   Respublikaning   davlat   mustaqilligi   to’g‘risidagi   Oliy   Kengash   bayonoti
tasdiqlansin va respublika bundan buyon O’zbekiston Respublikasi deb atalsin; 
2)     1   sentabr   –   O’zbekiston   Respublikasining   Mustaqillik   kuni,   deb
belgilansin va 1991 yildan boshlab  bu kun bayram  va dam  olish kuni  deb  ye’lon
qilinsin, deb qat’iy belgilab qo’yildi.
«O’zbekiston   Respublikasining   davlat   mustaqilligi   asoslari   to’g‘risida» gi
qonun   g‘oyat   katta   ahamiyatga   yega   bo’lib,   bu   qonun   asosida   O’zbekistonning
huquqiy holati   tubdan o’zgardi. O’z mohiyatiga  ko’ra  bu hujjat   respublika  uchun
vaktincha   konstitusiya   rolini   ham   o’ynaydigan   bo’ldi.   17   moddadan   iborat   ushbu
qonun   suveren   O’zbekiston   Respublikasining   asosiy   belgalarini   aniqlab   berdi.
Qonunining   birinchi   moddasida:     «O’zbekiston   Respublikasi   o’z   tarkibidagi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi bilan birga, mustaqil, demokratik davlatdir»,  – deb
qonunlashtirib quyildi.  
Bunday   Qonunning   qabul   qilinishi   huquqiy,   iqtisodiy   hamda   ma’naviy   –
axloqiy   munosabatlar   natijasi   sifatida   muxim   ahamiyatga   yega.   Shuning   uchun
ham   mazkur   Qonunga   O’zbekiston   Respublikasi   Oliy   Kengashining   1991   yil   30
sentabrda bo’lib o’tgan VII sessiyasida qabul qilingan qarori bilan Konstitusiyaviy
Qonun maqomi berildi. Jumladan, unda shunday deyiladi:
«O’zbekiston   Respublikasining   Davlat   mustaqilligi   asoslari   to’g‘risida»
1991   yil   31   avgustda   qabul   qilingan   O’zbekiston   Respublikasining   Qonuniga
konstitusiyaviy maqom berilsin». Shu   tariqa,   xalqimizning   asriy   orzusi,   umidlari   ushaldi,   ro’yobga   chiqdi.
Uzoq   yillar   davom   yetgan   kurash   natijasida   mamlakatimiz,   xalqimiz   siyosiy
mutelikdan,   asoratdan   qutildi.   Dunyo   xaritasida   yana   bitta   mustaqil   davlat   –
O’zbekiston   Respublikasi   paydo   bo’ldi.   O’zbekiston   tarixida   yangi   davr   –   milliy
istiqlol   davri   boshlandi.   O’zbekiston   uchun   mustaqil   ichki   va   tashqi   siyosat
yuritish,   xalqimiz   uchun   o’z   taqdirini   o’zi   belgilash,   o’zlari   uchun   munosib
turmush yaratish imkoniyati vujudga keldi.
O’zbekiston   yerishgan   istiqlolni   mustahkamlash   uchun,   avvalo,   xalqning   fikrini
bilish, mustaqillikka munosabatini aniqlash zarur yedi. Shu maqsadda 1991 yilning
18   noyabrida   O’zbekiston   Respublikasi   Oliy   Kengashining   V III   sessiyasi
«O’zbekiston Respublikasi referendumini o’tkazish to’g‘risida»  qaror qabul qildi.
Qarorda quyidagilar belgilandi:
1. 1991 yil 29 dekabr, yakshanba kuni O’zbekiston Respublikasining Davlat
mustaqilligi   to’g‘risidagi   masala   bo’yicha   O’zbekiston   Respublikasining
referendumi o’tkazilsin.
2. Referendumda ovoz berish byulleteniga masala quyidagi ta’rifda kiritilsin:
«O’zbekiston   Respublikasi   Oliy   Kengashi   tomonidan   ye’lon   qilingan
O’zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini ma’qullaysizmi?»
Referendumga   katta   tayyorgarlik   ko’rildi.   Referendumni   uyushqoqlik   bilan
o’tkazish   maqsadida   Markaziy   saylov   komissiyasi,   13   okrug,   7   ming   uchastka
saylov komissiyalari tuzildi. 1991 yil 29 dekabr kuni bo’lib o’tgan referendumda 9
million   898   ming   707   kishi   yoki   saylov   ro’yxatiga   kiritilganlarning   94,1   %
qatnashdi.  Ularning 98,2 % referendumda qo’yilgan savolni  ma’qul lab ovoz berdi.
Demak, O’zbekistonning Davlat mustaqilligi umumxalq tomonidan yakdillik bilan
ma’qullandi.   Shuni   ta’kidlash   lozimki,   referendum   butun   respublika   hududida
qonun asosida tashkiliy jihatdan uyushqoqlik, fuqarolarning yuksak siyosiy faolligi
bilan   o’tdi.   Buni   referendumda   AQS’H,   Turkiya,   Malayziya   va   boshqa
mamlakatlardan kelgan mustaqil kuzatuvchilar ham tasdiqladilar. 
O’zbekiston     musta lilikka     yerishgandan     keyin     davlat     boshq aruvining   yangi,
zamonaviy   va   samarali   tizimi   –   Prezidentlik   respublika   boshqaruvi   shaklini rivojlantirishga   kirishildi.   O’zbekiston   Respublikasi   Oliy   Kengashining   1991   yil
18   noyabridagi   V III   sessiyasida   umumhalq   referendumini   o’tkazish   qarori   bilan
birga   «O’zbekiston   Respublikasi   Prezidenti   saylovi   to’g‘risida» gi   Qonuni,
shuningdek,   «O’zbekiston   Respublikasi   Prezidenti   saylovini   tayinlash
to’g‘risida» gi   qaror   qabul   qilindi   va   O’zbekiston   Respublikasi   Prezidenti   saylovi
1991   yil   29   dekabr,   yakshanba   kuniga   belgilandi.     Saylovga   jiddiy   tayyorgarlik
ko’rilib, 13 ta okrug va qariyb 7 mingta uchastka saylov komissiyalari tuzildi. Oliy
lavozimga   ikki   nomzod   –   O’zbekiston   XDP   va   O’zbekiston   kasaba   uyushmalari
Federatsiyasi   nomzodi   I.A.   Karimov   va   «Erk»   Demokratik   partiyasi   vakili   Saloy
Madaminov (Mu hammad Solih ) nomzodi qo’yildi. 
1991 yil   29 dekabrda  bo’lib  o’tgan  saylovlar   yakuniga ko’ra  8  million  514
ming   136     ovoz   yoki   ovoz   berishda   q atnashganlarning   86   foizi   Islom   Karimov
nomzodini,   1   million   220   ming   474   saylovchi   (12,3   %)   Saloy   Madaminov
nomzodini yoqlab ovoz berdi. 
1991   yil   30   dekabrda   Markaziy   saylov   komissiyasi   okrug   komissiyalari
majlis   bayonlarini   ko’rib   chiqib,   O’zbekiston     Respublikasi   Prezidenti   saylovi
to’g‘risidagi qonunning 35 – moddasiga asosan Islom Abdug‘anievich Karimovni
O’zbekiston   Respublikasi   Prezidenti   lavozimiga   saylangan   deb   hisoblashga   q aror
q ildi.   Shunday   qilib,   mamlakatimizda   birinchi   marta   yashirin   ovoz   berish   yo’li
bilan o’tkazilgan to’g‘ridan – to’g‘ri umumiy va alternativ asosdagi saylovda I.A.
Karimov   5   yil   muddatga   O’zbekiston   Respublikasi   birinchi   p rezidenti   yetib
saylandi.
O’zbekiston   Respublikasi   Oliy   Kengashining   1992   yil   4   yanvarda   bo’lgan
navbatdan     tashqari   IX   sessiyasida   birinchi   p rezident   Islom   Karimov   qasamyod
qildi.
1995 yil 26 martda O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaroriga muvofiq
O’zbekiston   Respublikasi   Prezidentining   vakolat   muddatini   1997   yildan   2000
yilgacha uzaytirish masalasi bo’yicha umumxalq referendumi bo’lib o’tdi. Unda 11
mln. 245 028 kishi yoki ovoz berish huquqiga yega bo’lgan fuqarolarning 99,3 %
ishtirok yetdi. «O’zbekiston   Respublikasi   Prezidentining   vakolat   muddatini   1997   yildan
2000    yilgacha  uzaytirishga   siz   rozimisiz»   degan  savolga   11  mln.  199  ming  415
kishi, yoki ovoz berishda qatnashganlarning 99,6 % ijobiy javob berdi.
Shunday   qilib,   mamlakat   fuqarolarining   mutlaq   ko’pchiligi   O’zbekiston
Respublikasi   birinchi   p rezidenti   I.A.   Karimovning   vakolat   muddatini   2000
yilgacha   uzaytirishni   ma’qulladilar   va   referen dum   natijalari   Markaziy   saylov
komissiyasi   qarori   hamda   O’zbekiston   Respublikasi   Oliy   Majlisining   tegishli
qarori bilan mustahkamlandi.
O’zbekiston  Respublikasi  Oliy Majlisining 1999 yil  19 – 20 avgust  kunlari
bo’lib   o’tgan   XV   sessiyasi   I.A.   Karimovning   Prezidentlik   vakolati   muddati   1999
yil   oxirlarida   tugashini   ye’tiborga   olib,   2000   yil   9   yanvarda   O’zbekiston
Respublikasi     birinchi   p rezidenti   saylovini   o’tkazishga   qaror   qildi.   Markaziy
saylov komissiyasi O’zbekiston «Fidokorlar» milliy demokratik partiyasi nomzodi
Islom   Abdug‘anievich   Karimovni   hamda   O’zbekiston   xalq   demokratik
partiyasidan   ko’rsatilgan     Abdulhafiz   Jalolovni   Prezidentlikka   nomzod   yetib
ro’yxatga oldi, yashirin ovoz berish byulleteniga kiritdi.  
2000   yil   9   yanvarda   muqobillik   va   demokratik   tamoyillar   asosida
O’zbekiston   Respublikasi   Prezidenti   saylovi   bo’lib   o’tdi.   Saylovda   ro’yxatga
olingan  saylovchilarning   95,10   foi zi,  12   mln.  123   ming  199   saylovchi   qatnashdi.
Saylovda   qatnashganlarning   91,90   foizi   Islom   Karimov   uchun,   4,17   foizi   A.
Jalolov uchun ovoz berdi. 3,93 foiz byulleten haqiqiy yemas deb topildi.
O’zbekiston   Respublikasi   Markaziy   saylov   komissiyasi   Islom
Abdug‘anievich   Karimovning   O’zbekiston   Respubli kasi   Prezidenti   lavozimiga
saylanganligi to’g‘risida qaror qabul qildi. I.A. Karimov ikkinchi bor O’zbekiston
Respublikasi Prezidenti yetib saylandi.
Ma’lumki,     2002   yil   27   yanvarda   o’tkazilgan   umumxalq   referendumi
natijalariga   hamda   uning   asosida   O’zbekiston   Respublikasining   2003   yil   24
aprelda   qabul   qilingan   Qonuniga   ko’ra   O’zbekiston   Respublikasi   Konstitusiyaga
o’zgarishlar   kiritildi.   Bu   o’zgarishlarga   muvofiq   ravishda   I.A.   Karimov   7   yil
muddatga O’zbekiston Respublikasi Prezidenti yetib saylandi. 2007   yil   23   dekabrida   muqobillik   asosida   o’tgan   saylov   natijalariga     ko’ra,
I.A. Karimov 7 yil muddatga O’zbekiston Respublikasi Prezidenti yetib saylandi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining vakolat muddati 2015-yil dekabrda
tugashi   munosabati   bilan   Prezidentlik   lavozimiga   saylov   o‘tkazildi.   2015-yil   29-
mart kungi prezident saylovida Islom Karimov 90,39 foiz ovoz bilan g‘alaba qildi.
2016-yil   2-sentabrda   Islom   Karimov   og‘ir   xastalik   tufayli   vafot   yetdi.   Shu
munosabat   bilan   navbatdan   tashqari   umumxalq   prezidentlik   saylovlari   o‘tkazildi.
2016-yil   4-dekabrda   O‘zbekiston   Konstitutsiyasi   va   «O‘zbekistonRespublikasi
Prezidenti   saylovi   to‘g‘risidagi»gi   qonunga   muvofiq,   muqobillik   va   sog‘lom
raqobat asosida Prezidentlik saylovi o‘tkazildi. Unda 88,61 % ovoz bilan Shavkat
Miromonovich Mirziyoev O‘zbekiston Respublikasi prezidenti yetib saylandi.
O‘zbekiston   davlat   mustaqilligiga   yerishgach,   o‘zining   xalqaro   talablar   va
me’yorlar   doirasida   qiyofasini   ko‘rsatmog‘i,   buning   uchun   yesa   o‘zining   butun
imkoniyatlarini   ,   o‘ziga   xos   jihatlarini   ifodalovchi   davlat   ramzlariga   yega
bo‘lmog‘i   lozim   yedi.   Mustaqillikning   dastlabki   kunlaridan   boshlab   ana   shu
mo‘him siyosiy hodisaga alohida ye’tibor qaratildi.
  O’zbekiston   Respublikasi   Oliy   Kengashining   1991   yil   18   noyabr   VIII
sessiyasida   13   moddadan   iborat   bo’lgan   «O’zbekiston   Respublikasining   Davlat
bayrog‘i   to’g‘risida» gi   Qonuni   qabul   qilindi.     Davlat   bayrog‘i   mamlakatimiz
hududida ilgari mavjud bo’lgan g‘oyat qudratli  saltanatlar  bayrog‘iga xos bo’lgan
yeng   yaxshi   an’analarni   davom   yettirgan   holda   respublikaning     tabiatiga   xos
bo’lgan xususiyatlarni, xalqimizning milliy va madaniy sohalardagi  o’zligini ham
aks   yettiradi.   O’zbekiston   Respublikasi   davlat   bayrog‘i   yurtimizning     o’tmishi,
bugungi kuni va kelajagining yor qin ramzi bo’lib  qoldi.
1992   yil   2   iyulda   O’zbekiston   Respublikasi   Oliy   Kengashining   X
sessiyasida   8   moddadan   iborat   bo’lgan   «O’zbekiston   Respublikasining   Davlat
gerbi   to’g‘risida» gi   Qonuni   qabul   qilindi.   Davlat   gerbidagi   h ar   bir   belgi   chuq ur
ma’noga   yega.   Gerb   rangli   tasvirda   bo’lib,   Xumo   qushi   kumush   rangda,   q uyosh,
boshoq lar,   paxta   chanog‘i   va   «O’zbekiston»   degan   yozuvlar   tilla   rangda,   g‘o’za
shoxlari,   barglari   va   vodiylar   yashil   rangda,   tog‘lar   havo   rangida,   chanoqdagi paxta,   daryolar,   yarim   oy   va   yulduz   oq   rangda.   O ’zbekiston   Respublikasining
Davlat bayrog‘i tasvirlangan lenta t o ’rt xil rangda berilgan. 
1992   yil   10   dekabrda   O’zbekiston   Respublikasi   Oliy   Kengashining   XI
sessiyasida   «O’zbekiston   Respublikasining   Davlat   mad hiyasi   to’g‘risida» gi   (12
moddadan   iborat)   Qonun   qabul   qilindi.   Davlat   madhiyasining   matni   O’zbekiston
xalq shoiri Abdulla Oripov, musiqasi O’zbekiston xalq bastakori Mutal Burhonov
tomonidan tayyorlangan.
Har   bir   mustaqil   davlatning   asosiy   belgisi,   asl   poydevori   –   milliy
valyutasidir.   O’zbekiston   davlat   mustaqilligini   ko’lga   kiritib   o’zining   milliy
valyutasini  muomalaga   kiritishga  kirishdi.  Biroq,  bu  jarayon  uchun  ma’lum   vaqt,
tajriba  kerak yedi. Shu boisdan O’zbekiston 1991 – 1993 yillarda sobiq itttifoqdan
meros qolgan rubl zonasida bo’lib turdi. Ammo sovetlardan keyingi makonda yalpi
ichki mahsulot ishlab chiqarishning keskin pasayishi natijasida rublning qadri ham
shunga mos ravishda tushib bordi. 
O’zbekiston   muomalaga   yangi   milliy  valyuta   kiritish   ishiga   jiddiy  kirishdi.
1992   yildayoq   muomalaga   chiqarishga   mo’ljallangan   so’m   –   kupon   nusxalari
tayyorlanadi.   Nihoyat,   1993   yil   1   noyabrda   O’zbekistonda   so’m   –   kupon
muomalaga   kiritildi,   uning   kursi   oldin   muomalada   bo’lib   kelgan   rublga
tenglashtirilgan   yedi.   O’zbekiston   rahbariyati   so’m   –     kuponlar   asosida   zarur
tajriba orttirdi, haqiqiy milliy valyutani joriy qilish tadbirlarini ko’rdi.     
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1994 yil 16 iyunda ye’lon qilingan
«O’zbekiston   Respublikasining   milliy   valyutasini   muomalaga   kiritish
to’g‘risida» gi Farmoniga muvofiq 1994 yil 1 iyulidan boshlab respublika hududida
yagona, cheklanmagan va qonuniy to’lov vositasi sifatida milliy valyutasi – So’m
muomalaga chiqarilgan.  
Muomalaga 1994 yilda 1, 3, 5, 10, 25, 50, 100 so’mlik, 1997 yil 1 martdan
200 so’mlik, 2000 yil 1 iyuldan 500 so’mlik, 2001 yil 1 sentabrdan 1000 so’mlik
banknotlar   chiqarilgan.   Keyinchalik,   1,   5,   10,   25,   50   so’m   qiymatidagi   tangalar
muomalaga kiritilgan. O’zbekiston   mustaqillikni   qo’lga   kiritgach,   tabiiy   ravishda   davlat   mustaqilligi   va
suverenitetini Qonstitusiya asosida mustahkamlash zarurati yuzaga keldi.
O’zbekistonning   yangi   Konstitutsiyasini   tayyorlash   g‘oyasi   dastlab   I.A.
Karimov tomonidan 1990 yilning mart oyida ilgari  surildi. 1990 yil  20 iyun kuni
bo’lib   o’tgan   O’zbekiston   Oliy   Kengashining   II   sessiyasida   yangi   Konstitusiya
ishlab chiqish lozim, degan xulosaga kelindi. Sessiya O’zbekiston Prezidenti I.A.
Karimov   boshchiligida   64   kishidan   iborat   Konstitusiya   loyihasini   tay yorlash
bo’yicha komissiya tuzish to’g‘risida qaror qabul qiladi. Komissiya tarkibiga Oliy
Kengash deputatlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar vakillari, davlat,
jamoat tashkilotlari va xo’jaliklarning rahbarlari, olimlar, mutaxassislar kiritildi.
Konstitusiyaviy   komissiya   O’zbekiston   Respublikasining   Konstitusiyasini
ishlab   chiqish   ustida   2,5   yil   ishladi.   Konstitusiya   loyihasini   ishlab   chiqishda
konstitusiyaviy   rivojlanishning   jahon   tajribasi   o’rganildi,   inson   huquqlari,
demokratiya va   qonunchilik sohasida jahonda qo’lga kiritilgan yutuqlar hisobiga
olindi.   Milliy   davlatchiligimizning   tajribasi,   Amir   Temur   va   boshqa
allomalarimizning   davlatni   idora   qilish   sohasidagi   g‘oyalari   yangi   Konstitusiyaga
asos qilib olindi.
Loyihaning   dastlabki   varianti   1991   yil   oktabr   –   noyabrigacha   tayyorlab
bo’lindi.   U   muqaddima,   olti   bo’limga   bo’lingan   158   moddadan   iborat   yedi.   Bu
loyiha   hali   mukammallik   darajasidan   ancha   yiroq   yedi.   Uning   ustida   yanada
jiddiyroq   va   talabchanlik   bilan   ishlash   zarur   yedi.   1992   yil   bahorida   yesa
loyihaning   149   –   moddadan   iborat   ikkinchi   varianti   ishlab   chiqildi.   1992   yil   26
sentabrda   O’zbekiston   Respublikasining   Konstitusiyasi   loyihasi   umumxalq
muhokamasi   uchun   matbuotda   ye’lon   qilindi.   Muhokama   2   oycha   davom   yetdi.
Muhokama jarayonida bildirilgan takliflar asosida tuzatishlar kiritilgan loyiha 1992
yil 2 1   noyabrda matbuotda ikkinchi marta ye’lon qilindi. Umumxalq muhokamasi
davrida 6 mingdan ortiq taklif va mulohazalar bildirildi, ular inobatga olindi .
1992   yil   8   dekabrda   o’n   ikkinchi   chaqiriq   O’zbekiston   Respublikasi   Oliy
Kengashning   XI   sessiyasi   bo’ldi.   Unda   mamalakatning   Asosiy   Qonunini   qabul
qilish   masalasini   muhokama   qildi.   Sessiyada   deputatlar   loyihaga   80   ga   yaqin o’zgartirish,   qo’shimcha   va   aniqliklar   kiritdilar.   Shunday   qilib,   shu   kuni
O’zbekiston   Respublikasi   Oliy   Kengashining   XI   sessiyasi   « O’zbekiston
Respublikasining   Konstitusiyasini   qabul   qilish   to’g‘risida»,   «O’zbekiston
Respublikasining   Konstitusiyasi   qabul   qilingan   kunni   umumxalq   bayrami   deb
ye’lon   qilish   to’g‘risida»   va   «O’zbekiston   Respublikasining   Konstitusiyasini
amalga kiritish tartibi to’g‘risida» gi Qonunlarni qabul qildi. 
O’zbekiston   Respublikasining   Konstitusiyasi   6   bo’lim, 26   bob   128
moddadan iborat. U «Mustaqillik Deklaratsiyasi», «O’zbekiston Respublikasining
Davlat mustaqilligi  asoslari to’g‘risida»gi  Qonunda mustahkamlangan tamoyillar
va g‘oyalarni o’zida to’la mujassamlashtirdi. 
O’zbekiston   Respublikasining   Konstitusiyasini   o’rganish   jarayonida   uning
mohiyatini   ochib   beravchi   quyidagi   asosiy   tamoyillarini   bilib   olishga   ahamiyat
berish zarur: 
O’zbekiston   Konstitusiyasining   birinchi   tamoyili   —   davlat   suverenitetidir.
1   –   6   —   moddalarda   O’zbekiston   —   suveren   demokratik   respublika,   davlat   xalq
manfaatlariga   xizmat   qiladi,   mustaqil   ichki   va   tashqi   siyosat   yuritadi,   o’zbek   tili
davlat   tilidir,   deb   belgilab   qo’yilgan.   Konstitusiyada   davlatning   «O’zbekiston
Respublikasi» va «O’zbekiston» degan nomlari bir ma’noni anglatadi, deb belgi lab
qo’yilgan.
Ikkinchi   Konstitusiyaviy   tamoyil   —   xalq   hokimiyatchiligidir.   7   –   14   —
moddalarda xalq davlat hokimiyatining birdan bir  manbaidir, O’zbekiston xalqini
millatidan qat’iy nazar uning fuqarolari tashkil yetadi, davlat o’z faoliyatini inson
va jamiyat farovonligini ko’zlab amalga oshiradi, deb ko’rsatilgan.
Uchinchi   Konstitusiyaviy   tamoyil   —   davlat   hokimiyatining   uch   tarmoqqa
bo’linishidir.   O’zbekiston   davlat   hokimiyati   tizimi   hokimiyatning   qonun
chiqaruvchi, ijro yetuvchi va sud hokimiyatlariga bo’linishi qonunlashtirildi. 
To’rtinchi   Konstitusiyaviy   tamoyil   —   bu   demokratiyaga   sodiqlikdir.
Konstitusiyada   demokratiya   va   ijtimoiy   adolatga   sadoqat   ye’lon   qilinadi   hamda
insonparvar demokratik – huquqiy davlat barpo yetish nazarda tutiladi. Beshinchi   Konstitusiyaviy   tamoyil   —   Konstitusiya   va   qonunlarning
ustuvorligidir.   Konstitusiyaning   15   –   moddasida   «O’zbekiston   Respublikasida
O’zbekiston Respublikasining Konstitusiyasi va qonunlarining ustunligi so’zsiz tan
olinadi.   Davlat,   uning   organlari,   mansabdor   shaxslar,   jamoat   birlashmalari,
fuqarolar   Konstitusiya   va   qonunlarga   muvofiq   ish   ko’radilar»,   deb   belgilab
qo’yilgan.
Oltinchi   Konstitusiyaviy   tamoyil   —   xalqaro   andozalar   darajasida
ifodalangan   fuqarolar   huquqlari,   yerkinliklari   va   majburiyatlarining   tengligi   va
daxlsizligidir.   O’zbekiston   fuqarolarining   huquqlari   muhim   xalqaro   hujjatlar   —
«Inson   huquqlari   butun   jahon   Deklaratsiyasi»,   «Iqtisodiy,   sotsial   va   madaniy
huquqlar   to’g‘risida   xalqaro   akt»,   «Fuqarolik   va   siyosiy   huquqlar   to’g‘risida
xalqaro akt» va boshqalar asosida bayon yetilgan.
Konstitusiyaning   18   –   52   —   moddalari   inson   va   fuqarolarning   asosiy
huquqlari,   yerkinliklari   va   burchlariga   bag‘ishlangan.   O’zbekiston   davlati
tomonidan   fuqarolarning   huquqlari   va   yerkinliklari   oliy   qadriyat   sifatida   tan
olingan va ular himoya qilinadi. Konstitusiya bo’yicha har bir shaxsning o’z huquq
va yerkinliklarini sud orqali himoya qilishi kafolatlanadi.
Ye ttinchi Konstitusiyaviy tamoyil  — qonuniylikdir. Qonuniylik jamiyatning
bir maromda hayot kechirishini, davlat organlarining maromli faoliyat ko’rsatishini
ta’minlaydi.   Davlat,   uning   organlari,   mansabdor   shaxslar,   jamoat   birlashmalari,
fuqaro lar   Konstitusiya   va   qonunlarga   muvofiq   ish   ko’rgandagina   jamiyatda
barqarorlik va taraqqiyot bo’ladi.
Sakkizinchi   Konstitusiyaviy   tamoyil   —   O’zbekiston   Respub likasi   tashqi
siyosatining asosiy qoidalarini aniq belgilab qo’yilganligidadir. Asosiy Qonunning
17 – moddasida O’zbekiston Respublikasi tashqi siyosati aks yetgan.  
Konstitusiyada   davlat   xalqning   manfaatlari   va   xavfsizligini   ta’minlash
maqsadida   boshqa   davlatlar   bilan   ittifoq   va   do’stona   aloqalar   o’rnatishi   hamda
davlatlararo   tuzilmalarga   kirishi   va   ulardan   ajralib   chiqishi   mumkinligi
qonunlashtirilgan. To’qqizinchi   Konstitusiyaviy   tamoyil   —   mahalliy   o’zini   –   o’zi
boshqarishdir.   O’zbekistonda   o’zbek   davlatchiligi   rivojining   tarixiy   tajribasiga
tayangan holda mahalliy hokimiyat  boshlig‘i bo’lgan hokim  instituti  joriy yetildi.
Viloyatlar,   tumanlar   va   shaharlarda   hokimiyatning   vakillik   organlari   xalq
deputatlari   kengashlari   bo’lib,   ularga   viloyat,   tuman   va   shahar   hokimlari
boshchilik   qiladilar.   Konstitusiyaning   99   –   104   –   moddalarida   mahalliy   davlat
hokimiyati asoslari, hokimlarni tayinlash va tasdiqlash tartiblari, ularning vazifalari
belgilab berilgan.
O’zbekiston   Konstitusiyasining   barqarorligini   va   uzoq   muddat   amal   qilishini
ta’minlash maqsadida unga o’zgartishlar va qo’shimchalar kiritish nazarda tutilgan.
Bu   jarayon   tabiiy   va   o’tish   davriga   xos   hodisadir.   Mamlakatimizda   islohotlar
chuqurlashib,   jamiyatni   modernizatsiyalash,   butun   ijtimoiy   hayotni   yangilash
jarayoni   ko’lami   va   miqyosi   kengaygani   sayin,   ular   butun   salmog‘i   bilan
Konstitusiyada o’z ifodasini topishi va huquqiy asosga yega bo’lishi lozim.
Ma’lumki,   2002   yil   27   yanvarda   umumxalq   referendumi   o’tkazildi.
Referendum   O’zbekiston   Respublikasining   ikki   palatali   parlamentini   saylash   va
O’zbekiston   Respublikasi   Prezidentining   Konstitusiyaviy   vakolat   muddatini   5
yildan   7   yillik   qilib   o’zgartish   to’g‘risidagi   masalalarga   bag‘ishlangan   yedi.
Referendum   qarorlariga   ko’ra,   «Referendum   yakunlari   hamda   davlat   hokimiyati
tashkil   yetilishining   asosiy   prinsiplari   to’g‘risida»gi,   «O’zbekiston   Respublikasi
Oliy Majlisining Senati to’g‘risida»gi, «O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
qonunchilik palatasi to’g‘risida»gi Konstitusiyaviy qonunlar 2002 yil 12 dekabrda
qabul qilingan bo’lib, ular O’zbekiston  Respublikasining Konstitusiyasiga tegishli
o’zgartirishlar va qo’shimchalar kiritish uchun asos bo’lib hisoblandi. 
Referendum   yakunlariga   ko’ra   2003   yil   24   aprelda   ikkinchi   chaqiriq   Oliy
Majlisning XI sessiyasi «O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasiga o’zgartirishlar
va   qo’shimchalar   kiritish   to’g‘risida»gi   Qonun   qabul   qildi.   Qonunga   muvofiq
O’zbekiston   Respublikasi   Konstitusiyasining   XVIII   ( O’zbekiston   Respublikasi
Oliy   Majlisi ),   XIX   ( O’zbekiston   Respublikasining   Prezidenti ),   XX   ( Vazirlar Mahkamasi ),   XXIII   ( Saylov   tizimi )   boblariga   o’zgartishlar   va   qo’shimchalar
kiritilgan.
O’zbekiston   Respublikasining     2007   yil   11   aprelda   qabul   qilingan   Qonuni
bilan O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi 89 – moddasiga, 93 – moddasining
15-bandiga,   102-moddasining   ikkinchi   qismiga   tuzatishlar   kiritilgan.   O’zbekiston
Respublikasining    200 8  yil  25 dekabrida   qabul qilingan Qonuni bilan O’zbekiston
Respublikasi   Konstitusiyasi   77-   moddasining   birinchi   qismiga   o‘zgartirish
kiritilgan.   O’zbekiston   Respublikasining     20 11   yil   1 8   aprelda   qabul   qilingan
Qonuni   bilan   O’zbekiston   Respublikasi   Konstitusiyasi   78,   80,   93,   96   va   98-
moddalariga   o‘zgartirish   va   qo‘shimchalar   kiritilgan.   O’zbekiston
Respublikasining     20 11   yil 1 2   dekabr da qabul qilingan Qonuni bilan O’zbekiston
Respublikasi   Konstitusiyasi   90-moddasining   ikkinchi   qismiga   tuzatish   kiritilgan.
O’zbekiston   Respublikasining     20 14   yil   1 6   aprelda   qabul   qilingan   Qonuni   bilan
O’zbekiston Respublikasi  Konstitusiyasi   32, 78, 93, 98, 103 va 117- moddalariga
o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilgan.   O’zbekiston Respublikasining     20 1 7 yil   6
aprelda   qabul   qilingan   Qonuni   bilan   O’zbekiston   Respublikasi   Konstitusiyasi   80,
81, 83, 93, 107, 110 va 111- moddalariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilgan.
O’zbekiston   Respublikasining     20 1 7   yil   3 1   may da   qabul   qilingan   Qonuni   bilan
O’zbekiston   Respublikasi   Konstitusiyasi   80,   93,   108   va   109-   moddalariga
o‘zgartirish   kiritilgan.   O’zbekiston Respublikasining     20 1 7 yil   29   a vgust da qabul
qilingan   Qonuni   bilan   O’zbekiston   Respublikasi   Konstitusiyasi   99   va   102-
moddalariga   o‘zgartirish     kiritilgan.     O’zbekiston   Respublikasi   Konstitusiyasiga
kiritilgan   bu   o’zgartirishlar   va     qo’shimchalar   O’zbekiston   Respublikasi   Bosh
vazirining,   hukumatning   mas’uliyatini   kuchaytirishga,   jamiyat   siyosiy   hayotining
faollashuviga, saylov tizimining yanada takomillashuviga xizmat qilmoqda Adabiyotlar  ro’yxati :
1.   Mirziyoev Sh.M. Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik –
har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak. Toshkent: O‘zbekiston,
2017.
2.  Mirziyoev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga 
quramiz. Toshkent.: O’zbekiston. 2017.
3. Karimov I.A. O‘zbekiston mustaqillikka yerishish ostonasida.  –T.: O‘zbekiston,
2011.
2 . Bobobekov H.   Farg‘ona fojialari kundaligi // «Fan va turmush».1990, № 4-5.     
3 .Mustaqillik:   Izohli   ilmiy   –   ommabop   lug‘at   //   R.   Ro’ziev   va   Q.   Xonazarov
umumiy tahririda. To’ldirilgan uchinchi nashri.  –T.: Sharq, 1996.   
4 . Salimov O., Usmonov Q., G‘aniev D. Yangi O’zbekistonning 7 zafarli yili. –T.:
Sharq, 1999. –B. 9-20, 40-46.
5 .O’zbekiston milliy yensiklopediyasi. 1, 2, 3 …12 jildlar.  
6 .   O’zbekistonning   yangi   tarixi.   Ikkinchi   kitob.   O’zbekiston   sovet
mustamlakachiligi davrida. – T.: Sharq, 2000. –B. 624-676.
7 . O’zbekiston tarixi / R. Murtazaeva umumiy tahriri ostida. –T.: Yangi asr avlodi,
2003. –B. 529-554.
8 . Jo‘raev N. O‘zbekistonning yangi tarixi. Uchinchi kitob. Mustaqil  O‘zbekiston
tarixi. – To‘ldirilgan, qayta nashr. –T.: G‘afur G‘ulom, 20 13 . –B. 8-87. 
9 . Usmonov Q. O‘zbekiston tarixi. –T.: I qtisod  –  moliya , 2006. –B. 374-400.
10. Shamsutdinov R. va boshq. Vatan tarixi. (Uchinchi kitob);   R. Shamsutdinov,
Sh. Karimov  – T.: Sharq, 2010. –B.  440-472.

Mustaqil O‘zbekiston respublikasining tashkil topishi va uning tarixiy ahamiyati. Reja: 1. Mustaqillik arafasida respublikadagi ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy ahvol. O zlikni anglashga intilishning kuchayishi.ʻ 2. Mustaqillikning ye lon qilinishi. O zbekiston Respublikasining tashkil ʼ ʻ yetilishi. 3. Mustaqillikning ilk davrida davlat suverenitetini mustahkamlash yo lidagi sa y-harakatlar. ʻ ʼ 4.Mustaqil O zbekiston davlatining yuzaga kelishi va ʻ mustahkamlanishida I. Karimovning tarixiy xizmatlari.

Sobiq ittifoq va respublikalar o’rtasidagi munosabatlar tobora taranglashib, markaz boshqaruv qobiliyatini yo’qotgan, har bir mintaqa, har bir respublika o’z holiga tashlab qo’yilgan bir sharoitda O’zbekiston Respublika s i birinchi p rezidenti I. K arimov Oliy Kengash sessiyasini chaqirish va unda O’zbekiston Mustaqilligi haqida Qonun qabul qilishni talab qildi. O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi 1991 yil 26 avgust kuni O’zbekistonning davlat mustaqilligi to’g‘risida qonun loyihasini tayyorlash hamda 31 avgustda Oliy Kengash sessiyasini chaqirishga qaror qildi. O’zbekiston Kompartiyasi Markaziy Qo’mitasi va Markaziy nazorat qo’mitasining 28 avgustda bo’lgan qo’shma Plenumi Respublika Kompartiyasining KPSS MQ bilan har qanday aloqasini to’xtatishga, KPSSning barcha tashkilotlaridan chiqishga, uning Markaziy organlaridagi o’z vakillarini chaqirib olishga qaror qildi. Ana shunday vaziyatda O’zbekiston Oliy Kengashining XII chaqiriq navbatdan tashqari VI sessiyasi 1991 yil 31 avgustda o’z ishini boshladi. O’zbekistonning mustaqil davlat deb ye’lon qilinishida mazkur sessiya katta tarixiy ahamiyat kasb yetishini alohida ta’kidlash lozim. Unda «O’zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi to’g‘risida» hamda «O’zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i to’g‘risida»gi masalalar kun tartibiga qo’yilib, qizg‘in muhokama qilindi. Sessiyada O’zbekiston ning birinchi p rezidenti I.A. Karimov nutq so’zlab, sobiq Ittifoqda so’ngi paytlarda yuz bergan ijtimoiy – siyosiy voqealarni, davlat to’ntarishiga urinish oqibatlarini tahlil qilib, ular O’zbekiston taqdiriga, xalqimiz tarixiga bevosita daxldor yekanligini har tomonlama asoslab berdi. Vaziyatdan kelib chiqqan holda, O’zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini ye’lon qildi va uni mustaqillik to’g‘risidagi qonun bilan mustahkamlashni taklif qildi. Oliy Kengash deputatlari moddama – modda muhokamadan so’ng «O’zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi asoslari to’g‘risida»gi qonunni qabul qildilar.

So’ngra «O’zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi to’g‘risidagi Oliy Kengash Bayonoti» qabul qilindi. Bayonotda bunday deyilgan yedi: ... «Mustaqillik deklaratsiyasini amalga oshira borib, O’zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasi Oliy Kengashi O’zbekistonning Davlat mustaqilligini va ozod suveren davlat – O’zbekiston Respublikasi tashkil yetilganligini tantanali ravishda ye’lon qiladi». Oliy Kengash sessiyasida «O’zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini ye’lon qilish to’g‘risida» qaror qabul qilindi. Mazkur qarorda: 1) Respublikaning davlat mustaqilligi to’g‘risidagi Oliy Kengash bayonoti tasdiqlansin va respublika bundan buyon O’zbekiston Respublikasi deb atalsin; 2) 1 sentabr – O’zbekiston Respublikasining Mustaqillik kuni, deb belgilansin va 1991 yildan boshlab bu kun bayram va dam olish kuni deb ye’lon qilinsin, deb qat’iy belgilab qo’yildi. «O’zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi asoslari to’g‘risida» gi qonun g‘oyat katta ahamiyatga yega bo’lib, bu qonun asosida O’zbekistonning huquqiy holati tubdan o’zgardi. O’z mohiyatiga ko’ra bu hujjat respublika uchun vaktincha konstitusiya rolini ham o’ynaydigan bo’ldi. 17 moddadan iborat ushbu qonun suveren O’zbekiston Respublikasining asosiy belgalarini aniqlab berdi. Qonunining birinchi moddasida: «O’zbekiston Respublikasi o’z tarkibidagi Qoraqalpog‘iston Respublikasi bilan birga, mustaqil, demokratik davlatdir», – deb qonunlashtirib quyildi. Bunday Qonunning qabul qilinishi huquqiy, iqtisodiy hamda ma’naviy – axloqiy munosabatlar natijasi sifatida muxim ahamiyatga yega. Shuning uchun ham mazkur Qonunga O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1991 yil 30 sentabrda bo’lib o’tgan VII sessiyasida qabul qilingan qarori bilan Konstitusiyaviy Qonun maqomi berildi. Jumladan, unda shunday deyiladi: «O’zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari to’g‘risida» 1991 yil 31 avgustda qabul qilingan O’zbekiston Respublikasining Qonuniga konstitusiyaviy maqom berilsin».

Shu tariqa, xalqimizning asriy orzusi, umidlari ushaldi, ro’yobga chiqdi. Uzoq yillar davom yetgan kurash natijasida mamlakatimiz, xalqimiz siyosiy mutelikdan, asoratdan qutildi. Dunyo xaritasida yana bitta mustaqil davlat – O’zbekiston Respublikasi paydo bo’ldi. O’zbekiston tarixida yangi davr – milliy istiqlol davri boshlandi. O’zbekiston uchun mustaqil ichki va tashqi siyosat yuritish, xalqimiz uchun o’z taqdirini o’zi belgilash, o’zlari uchun munosib turmush yaratish imkoniyati vujudga keldi. O’zbekiston yerishgan istiqlolni mustahkamlash uchun, avvalo, xalqning fikrini bilish, mustaqillikka munosabatini aniqlash zarur yedi. Shu maqsadda 1991 yilning 18 noyabrida O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining V III sessiyasi «O’zbekiston Respublikasi referendumini o’tkazish to’g‘risida» qaror qabul qildi. Qarorda quyidagilar belgilandi: 1. 1991 yil 29 dekabr, yakshanba kuni O’zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi to’g‘risidagi masala bo’yicha O’zbekiston Respublikasining referendumi o’tkazilsin. 2. Referendumda ovoz berish byulleteniga masala quyidagi ta’rifda kiritilsin: «O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi tomonidan ye’lon qilingan O’zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini ma’qullaysizmi?» Referendumga katta tayyorgarlik ko’rildi. Referendumni uyushqoqlik bilan o’tkazish maqsadida Markaziy saylov komissiyasi, 13 okrug, 7 ming uchastka saylov komissiyalari tuzildi. 1991 yil 29 dekabr kuni bo’lib o’tgan referendumda 9 million 898 ming 707 kishi yoki saylov ro’yxatiga kiritilganlarning 94,1 % qatnashdi. Ularning 98,2 % referendumda qo’yilgan savolni ma’qul lab ovoz berdi. Demak, O’zbekistonning Davlat mustaqilligi umumxalq tomonidan yakdillik bilan ma’qullandi. Shuni ta’kidlash lozimki, referendum butun respublika hududida qonun asosida tashkiliy jihatdan uyushqoqlik, fuqarolarning yuksak siyosiy faolligi bilan o’tdi. Buni referendumda AQS’H, Turkiya, Malayziya va boshqa mamlakatlardan kelgan mustaqil kuzatuvchilar ham tasdiqladilar. O’zbekiston musta lilikka yerishgandan keyin davlat boshq aruvining yangi, zamonaviy va samarali tizimi – Prezidentlik respublika boshqaruvi shaklini

rivojlantirishga kirishildi. O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1991 yil 18 noyabridagi V III sessiyasida umumhalq referendumini o’tkazish qarori bilan birga «O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to’g‘risida» gi Qonuni, shuningdek, «O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini tayinlash to’g‘risida» gi qaror qabul qilindi va O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi 1991 yil 29 dekabr, yakshanba kuniga belgilandi. Saylovga jiddiy tayyorgarlik ko’rilib, 13 ta okrug va qariyb 7 mingta uchastka saylov komissiyalari tuzildi. Oliy lavozimga ikki nomzod – O’zbekiston XDP va O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi nomzodi I.A. Karimov va «Erk» Demokratik partiyasi vakili Saloy Madaminov (Mu hammad Solih ) nomzodi qo’yildi. 1991 yil 29 dekabrda bo’lib o’tgan saylovlar yakuniga ko’ra 8 million 514 ming 136 ovoz yoki ovoz berishda q atnashganlarning 86 foizi Islom Karimov nomzodini, 1 million 220 ming 474 saylovchi (12,3 %) Saloy Madaminov nomzodini yoqlab ovoz berdi. 1991 yil 30 dekabrda Markaziy saylov komissiyasi okrug komissiyalari majlis bayonlarini ko’rib chiqib, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to’g‘risidagi qonunning 35 – moddasiga asosan Islom Abdug‘anievich Karimovni O’zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga saylangan deb hisoblashga q aror q ildi. Shunday qilib, mamlakatimizda birinchi marta yashirin ovoz berish yo’li bilan o’tkazilgan to’g‘ridan – to’g‘ri umumiy va alternativ asosdagi saylovda I.A. Karimov 5 yil muddatga O’zbekiston Respublikasi birinchi p rezidenti yetib saylandi. O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1992 yil 4 yanvarda bo’lgan navbatdan tashqari IX sessiyasida birinchi p rezident Islom Karimov qasamyod qildi. 1995 yil 26 martda O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaroriga muvofiq O’zbekiston Respublikasi Prezidentining vakolat muddatini 1997 yildan 2000 yilgacha uzaytirish masalasi bo’yicha umumxalq referendumi bo’lib o’tdi. Unda 11 mln. 245 028 kishi yoki ovoz berish huquqiga yega bo’lgan fuqarolarning 99,3 % ishtirok yetdi.