Mustaqil O'zbekiston Respublikasining tashkil topishi va uning tarixiy ahamiyati. Mustaqillik yillarida respublikaning ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, ma`naviy va madaniy taraqqiyoti
Mustaqil O'zbekiston Respublikasining tashkil topishi va uning tarixiy ahamiyati. Mustaqillik yillarida respublikaning ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, ma`naviy va madaniy taraqqiyoti Reja 1. O'zbekislonning ijtimoiy—siyosiy hayoti 2. O'zbekistonning davlat mustaqilligini qo'lga kiritish tomon yo’l tutishi 3.Sovet imperiyasining tanazzulga yuz tutishi.Ittifoq shartnomasini yangilash talabi 4. O'zbekiston davlat mustaqilligining e'lon qilinishi va uning tarixiy ahamiyati 5.O‘zbekistonda huquqiy demokratik davlat qurilishi 6.Mustaqillik yillarida huquqiy demokratik f uqarolik jamiyati qurishning asosiy xususiyatlari 7.O‘zbekistonda inson huquqlari va erkinliklari kafolatining yaratilishi 8.O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati rivojlanishining asosiy bosqichlari va istiqbollari 9. Iqtisodiy islohotlar. Bozor munosabatlarining shakllanishi 10.”Harakatlar strategiyasi” yangi taraqqiyot bosqichi. 11. Besh tashabbusning amaliyotga joriy etilishi 12.Mamlakatimizda ijtimoiy-iqtisodiy sohadagi islohotlar ustidan jamoatchilik nazorati samaradorligini, shuningdek, fuqarolarning demokratik o zgartirishlardagi faolligini oshirishga oid qo shimcha chora-tadbirlarʻ ʻ to g risida ʻ ʻ 13. Ma’naviy merosning tiklanishi. 14.Tarixiy xotiraning tiklanishi. 15.Milliy va diniy qadriyatlarning tiklanishi. Tayanch tushunchalar: iqtisodiy inqiroz, “Paxta ishi”, onalar va bolalar o’limi, ijtimoiy-iqtisodiy turg’unlik, ishsizlik, Farg’ona voqealari, davlat tili, Mustaqillik Dekloratsiyasi, Prezidentlik lavozimi, mustaqillik, avgust voqealari, mu staqillikning e’lon qilinishi. 1. O'zbekislonning ijtimoiy-siyosiy hayoti XX asrning 70-80— yillarida SSSRda iqtisodiyotni rivojlanish surati tobora pasayib, sarf-xarajatlari ortib bordi. Mavjud imkoniyatlarni hisobga olmasdan ishlab chiqilgan ijtimoiy, oziq-ovqat, agrar, energetika, ekologiya va boshqa soha-lardagi dasturlar samara bermadi, iqtisodiy ziddiyatlarni chuqur- lashtirib yubordi.
KPSS Markaziy Qo'mitasining 1985— yil aprelda bo'lgan Plenumi noxush tendensiyalar yig'ilib, SSSR inqiroz oldi vaziyatga tushib qolganligini ilk bor etirof etdi. Mazkur Plenum jamiyatni «qayta qurish» orqali iqtisodiyotni ko'tarish, xalqning turmushini yaxshilash siyosatini belgiladi. 1985-1986— yillarda Markazdagi rahbariyat tomonidan jiddiy o'zgarishlar qilish zarurligi anglandi. Biroq ahvolning nihoyatda murakkabligi hali to'la idrok etilmagan edi. «Qayta qurish» siyosati va uning barbod bo'Iishi Markazdagi rahbarlar hamon sotsializm «afzallik»laridan foydalanib, jamiyatni «qayta qurish»ga, sotsializmni yaxshilashga umid bog'lar edi. Ammo ular mamlakatni sotsializmning o'zi, u yaratgan totalitar siyosiy, iqtisodiy tuzum inqirozga olib kelganligini pay- qamagan edi. 1987— yildagi mavjud siyosiy tuzumni va iqtisodiyotga partiyaviy rahbarlikni saqlab qolgan holda xo'jalik mexanizmini isloh qilish yo'lidagi urinish ham samara bermadi. Iqtisodiy islohotlar tez orada qotib qolgan ijtimoiy-siyosiy tizimga urilib barbod bo'Idi, hech qanday samara bermadi. 1980— yillarning oxirlarida siyosiy tizimni isloh qilishga, birinchi navbatda KPSSning siyosiy va mafkuraviy hukmronligini cheklashga, davlat va xo'jalik organlarini kompartiya hukmronligidan chiqarishga, xalq deputatlari sovetining to'la hokimiyatini ta'minlashga urinish bo'Idi. Ammo bu sa'y-harakatlar ham behuda ketdi. To'g'ri, jamiyatni demokratlashtirish, oshkoralik, turli xil fikrlar bildirishga imkon berish tomon ijobiy qadamlar qo'yildi. Matbuotda, radio va televidenieda turli xil fikr-mulohazalar erkin yoziladigan, gapiriladigan bo'Idi. «Qayta qurish» siyosati davrida iqtisodiyotda juda kuchli buzilishlar ro'y berdi. Markaz «qayta qurish»ning ilmiy va nazariyjihatdan puxta va aniq-ravshan dasturini ishlab chiqolmadi. Iqtisodiy siyosat puxta o'ylab ko'rilmagan sinov va eksperimentlaiga asoslangan edi. Mamlakat sinovlar va xatoiar bijan siljib bordi. Mamlakatning real imkoniyatlari hisobga olinmasdan xalq xo'jaligining barcha sohalarini bir vaqtning o'zida rivojlantirishdan iborat noto'g'ri yo'l tutildi. «Bu hoi,- deb yozadi I.Karimov o'zining «O'zbekiston - bozor munosabatlariga o'tishning o'ziga xos yo'li» asarida, -pirovard natijada.cheklangan mablag'larning parokanda bo'lib ketishiga, moliya va ta'minot tizimining batamom izdan chiqishiga olib keldi, inqirozni chuqurlashtirdi». " К adrlar desanti» O'zbekistonliklar jamiyatni qayta qurish, islohotlar yo'lini katta umid bilan kutib oidilar. Jamiyatni yangilashdan najot kutayotgan edilar. Biroq tez orada aholining hafsalasi pir bo'Idi. O'zbekistonda ijtimoiy-siyosiy hayot yanada murakkablashib bordi. Bu o'z xalqining or-nomusi va qadr-qimmatini himoya qilishga qodir bo'lmagan, siyosiy irodasi bo'sh kishilarning respublika rahbariyatiga kelib qolishi bilan bog'liq edi. Ularning ojizligi natijasida Respublika
partiya va davlal rahbarlik lavozimlariga Markaz tomonidan ko'plab kadrlar yuborildi. «Kadrlar to'dasi» deb nom olgan 400 ga yaqin kelgindilar O'zbekistonni o'z bilganlaricha boshqara boshladilar. O'zbekiston Kompartiyasi va Respublika Ministrlar Soveti amalda ular tomonidan boshqarildi. Birinchi lavozimda o'tirgan mahalliy kadrlar ularning qo'lida qo'g'irchoq bo'lib qoldi. O'zbekiston Kompartiyasi Markaz qo'mida Moskva vakillari - Mogilnichenko, Bessarabov, Ponomaryov uya qurib olgan edi. O'sha yillarda tez- tez bo'lib turadigan plenumlar va yig'ilishlarda qilingan barcha ma'ruzalarni Ponomaryov va O'zbekistonda doimiy ishlash uchun yuborilgan «kadrlar desanti»ning boshliqlari - Anishev, Ogarek, Satin va ularning hamtovoqlari tahrir qilardilar. O'zbekiston Kompartiyasi MQning birinchi kotibi 1. Usmonxo'jayev esa minbarga chiqib tayyor narsalarni o'qir edi. Minbardan bilib-bilmay aytilgan gaplar qanchadan-qancha kommunistlar va rahbarlarning sha'ni, qadr-qiymatini oyoq osti qilardi, hayotini buzardi. O'zKP Markaziy Qo'mitasida «pinxona kabinet» tashkil topdi. Ushbu «kabinet» kuch ishlatish, tuhmatlar uyushtirish yo'H bilan xodimlarni badnom qilish, respublikaga mutlaqo aloqasi bo'lmagan avanturistik qarorlarni tiqishtirish biian shug'ullandi. O'zbekistonda faoliyat ko'rsatayotgan «pinxona kabinet» va «kadrlar desanti»ning tashkilotchisi KPSS MQning kotibi E.K.Ligachyov edi. Qo'g'irchoqqa aylantirilgan mahalliy rahbarlar «kadrlar to'dasi» tomonidan tayyorlangan qarorlarga imzo chekishardi, xolos. Ularning sovet hokimiyatining ko'zbo'yamachilik, shovinistik siyosati va uni amalga oshiruvchilar oldidagi ojizligi, itoatkorligi xalqqa qimmatga tushdi. "Paxta ishi". O'zbekistonda «o'zbeklar ishi», «paxta ishi» deb atalgan jinoiy ishlarto'qib chiqarildi. Moskvadan yuborilgan Gdlyan va Ivanov guruhi O'zbekistonning boshiga tushgan kulfat bo'ldi. Guruh a'zolari hech kim bilan hisoblashib o'tirmay, odamlarni qamash bilan shug'ullandi. Oddiy dehqondan tortib O'zbekiston Kompartiyasi MQ sekretarlari va hukumat a'zolarigacha bo'lgan xodimlami qamash uchun birovlarni zo'rlab yozdirib olgan bir parcha qog'oz kifoya edi. O'zbekistonda qonunchilik buzildi, o'zboshimchalik va qatag'onning yangi davri avj oldi. Ming-minglab iqtidorli, rahbarlik mahoratini puxta egallagan rahbar kadrlar, paxtakorlar, ter to'kib mehnat qilgan halol kishilar qamoqqa olindi. Hibsga olingan Respublika partiya va davlat organlarining rahbarlari esa Moskva qamoqxonalariga tashlandi. Tergov xodimlari 30— yillarda ishlatilgan yaramas usullar-dan foydalanib, hibsga olinganlarni qiynab, boshqalar ustidan to'qil-gan aybnomalarni ularning qo'li bilan qaytadan yozdirib olardi va bu «aybnoma» tobora ko'p begunoh odamlarni qamashga asos bo'lib qolardi. 25 mingga yaqin kishi qiynoq ostiga olinib, so'roq qilindi. 4,5 mingdan ko'proq kishi sud qilinib, turli muddatlarga ozodlikdan mahrum etildi.
O'sha yillarda O'zbekiston Kompartiyasi MQning birinchi kotibi bo'lib uzoq yillar ishlagan, o'zbek xalqining baxt-saodati yo'lida samarali faoliyat ko'rsatgan Sh.R. Rashidovning nomi ham badnom qilindi. Vafot etib ketgan partiya va davlat arbobining ruhini bezovta qilish nima uchun kerak bo'lib qoldi? O'zbekistonning, o'zbek xalqining sha'ni-shavkati va qadr-qiymatini oyoq osti qilish uchun kerak bo'lgan edi. Buni anglamagan, ayrim mahalliy rahbar xodimlar o'zboshimcha qonunbuzarlarga yordamlashdilar. Ommaviy axborot vositalari xalqni dalil- isbotsiz tahqir qilish, halol mehnatkashlarni ma'naviy ezishga yo'naltirilgan ko'plab xabarlar, maqolalar berar edilar. Natijada, butun bir mamlakat va millat badnom qilindi, poraxo'r, olib-sotar sifatida sharmanda qilindi. Butun SSSRda bo'lganidek, O'zbekistonda ham kamchiliklar, qo'shib yozishlar, poraxo'rlik illatlari va boshqa jinoyatchiliklar bor edi. Lekin bu illatlarni o'zbek xalqi emas, balki Sovet hokimiyatining ij'timoiy-siyosiy tuzumi keltirib chiqargan edi. O'zbekiston fuqarolari o'z haq-huquqlarini himoya qilishlarini so'rab tuman, viloyat va respublika partiya va sovet organlariga murojaat qildilar. 1986-87— yillarda faqat O'zbekiston Kompartiyasi MQga fuqarolardan 50 mingdan ortiq xat va shikoyatlartushdi. 20 mingdan ortiq kishi Markazqo'm kotiblari va bo'lim boshliqlari qabulida bo'lib, o'zlarining arz-dodlarini bildirdilar. Poytaxtga yetolmagan 100 minglab fuqarolar mahalliy hokimiyat organlariga o'z haq- huquqlari, qonuniy manfaatlarining buzilganligidan shikoyat qilib koridorma- koridor, eshikma-eshik turtinib yurdilar. Norozilik, ayniqsa, xotin-qizlar orasida ko'paydi. 1986-87— yillarda respublikada 270 ayol o'zini-o'zi yondirib yubordi. Bu holat ularning sha'ni, qadr- qiymatining toptalashi, haq-huquqlarining buzilishiga nisbatan ko'rsatilgan norozilik edi. Haqiqat va adolat, keyinroq, Islom Karimov O'zbekiston rahbari bo'lgach ro'yobga chiqdi. Islom Karimov tashabbusi bilan «Paxta ishi»ni ко 'rib chiqish uchun maxsus komissiya tuzildi. Pirovardida 3,5 mingdan ko'proq kishi oqlandi Ijtimoniy-siyosiy hayot. Xalqning juda boy tarixi va madaniyatini, o'lkaning o'ziga xos noyob xususiyatlarini bilmagan va bilishni istamagan kelgindilar mahalliy xalqning urf-odatlari, an'analarini oyoq-osti qildilar. Xalqimizning boy madaniyati va ma'naviy qadriyatlari kamsitildi. Ona tilining qo'llanilishi yanada cheklab qo'yildi. Hatto milliy libos kiyib yurish ham qoralandi. Milliy an'analar bo'yicha to'y qilgan, qarindosh-urug'larini milliy, diniy qadriyatlar asosida dafn qilganlar tanqid ostiga olindi, shafqatsiz jazolandi. Bunday vaziyat xalqni ranjitdi, hafsalasini pir qildi, siyosiy loqaydlikni kuchaytirdi. Ko'plab olimlar, yozuvchilar va boshqa ijodiy xodimlar aziyat chekdi. Ularning ko'pchiligi mahalliychilikda, milliy cheklanganlikda, xurofot-bid'atga
berilganlikda, sinfiy va partiyaviy tamoyillardan og'ishlikda, o'tmishni, xonlar va amirlar hayotini bo'rttirib ko'rsa-tishda ayblandilar. Iqtisodiyot tobora tanglik holatiga tushib bordi. 1985— yilda iqtisodiy rivojlanishning negizi sifatida qabul qilingan jadallashtirish konsep-siyasining asossizligi ma'lum bo'lib qoldi. Respublikada sanoat korxonalari, qurilish va transport sohalarini, ko'pgina kolxoz va sovxozlarni xo'jalik hisobiga yoki brigada (jamoa) pudratiga o'tkazish samara bermadi. 1987— yilda iqtisodiy tuzilmalarni qayta qurish, xo'jalikni boshqarish va xo'jalik mexanizmini isloh qilish, ma'muriy rahbarlikdan iqtisodiy rahbarlikka o'tish tadbirlari ham natija bermadi. Ma'muriy- buyruqbozlik usuli bilan ishlayotgan vaziriiklar va idoralar iqtisodiy islohotlarni yo'qqa chiqardi, iqtisodiyot taraqqiyotiga to'g'anoq bo'lib qolaverdi. Respublikaning tog'-kon, metallurgiya, mashinasozlik, elektrotexnika, kimyo sanoatiga qarashli korxonalar Ittifoq vazirliklari va idoralariga tobe bo'lib qolaverdi. Ijtimoiy va iqtisodiy ko'rsatkichlarni, awalgidek, Markaz belgilab berardi. Aholining ijtimoiy ahvoli nochor edi. O'sha yillarda mutaxassis-larning hisob-kitoblariga ko'ra, kun kechirish uchun bir kishiga oyida kamida 85 so'm zarur edi. O'zbekistonda aholi jon boshiga da-romad 75 so'mdan oshmaydigan 8 million 800 mingga yaqin kishi yashardi, bular aholining 45 foizini tashkil etardi. Qishloq aholisining atigi 50 foizi toza ichimlik suvi bilan ta'minlangan edi, xolos. Qishloqlarda yashovchi 240 ming oilaning tomorqa yeri yo'q, har besh xonadonning birida birorta ham chorva mol, 37 foiz xona-donlarda sigir, yarmisida qo'y boqilmas edi. Maktab va maorif ishlarini isloh qilish va o'rta maxsus ta'limni qayta qurish borasidagi sa'y-harakatlar ham behuda ketdi. Respublikadagi 9000 ga yaqin maktablarning atigi 40 foizi maktab uchun mo'ljallab qurilgan binolarda, qolganlari esa moslashtirilgan binolarda ishlardi, ko'plari avariya holatida edi, o'quvchilarning katta qismi ikkinchi yoki uchinchi smenada o'qir edi.O'quvchilarning yiliga 2-3 oylab qishloq xo'jalik ishlariga jalb etilishi o'quv ishlarini izdan chiqargan edi. Oliy va o'rta maxsus o'quv yurtlarida ham mutaxassislar tayyorlash sifati pasayib ketgan edi. Kadrlar tayyorlashda son ketidan quvishga yo'l qo'yildi. Ijtimoiy hayotning barcha sohalarida muammolar to'planib bordi, ularni ma'muriy-buyruqbozlik usullari bilan hal qilishga urunishlar hech qanday natija bermadi. Xalq orasida pinhona o'sib borayotgan ishonchsizlik, loyqaydlik kayfiyatlari asta- sekin yuzaga chiqa boshladi. Ruxsat etilmagan mitinglar, namoyishlar o'tkazish, hatto noxush voqealar ham sodir bo'la bordi. Farg'ona fojiasi. 1989— yilning may-iyun oylarida Farg'onada fojiali voqealar sodir bo'ldi. 45 yil muqaddam Stalin bedodligi natijasida o'z yeridan