logo

Mustaqillik davrida O’zbekistonda huquq va davlat tushunchalariga yangicha yondashuv

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

44.8203125 KB
  Mavzu:   Mustaqillik davrida O’zbekistonda huquq va davlat tushunchalariga
yangicha yondashuv    .  
Reja:
1.Mustaqil   O’zbekistonda   huquqiy-falsafiy   qarashlarning   tubdan   o’zgarishi   va
rivoji.
2.Huquqiy islohotlarning mohiyati, uni amalga oshirishning zaruriy shartlari.
3.Demokratik tamoyillariga asoslangan huquqiy davlatning mazmuni, uning barpo
etilishi zaruriyati.
4.I.A.Karimov asarlarida huquqiy davlat shakllanishining umumnazariy falsafiy 
asoslari.
5.Sh.M.Mirziyoyevning Yangi O’zbekistonda huquqiy davlat shakllantirishga doir 
umumnazariy falsafiy qarashlari.  
O’zbekiston   Respublikasi   Prezidenti   I.A.Karimovning   ta’kidlashicha,
«O’tmish davri  sharoitida fuqarolik jamiyati asoslarini  shakllantirish jarayoni  yuz
berayotgan bir  paytda O’zbekiston aholisi  turli qatlamlarining manfaatlarini ifoda
etishi lozim bo’lgan keng tarmoqli, ko’ppartiyaviy tizim kabi demokratik institutlar
hamda   boshqa   jamoat   tashkilotlarining   qaror   topishi   ham   muhim   ahamiyat   kasb
etmoqda.
Siyosiy nuqtai nazardan baholaganda fuqarolik jamiyatidagi siyosiy tizim va
siyosiy   boshqaruvning   mazmun-mohiyatini   huquqiy   davlatchilik   ifoda   etadi.
Boshqacha   aytganda,   huquqiy   davlat   fuqarolik   jamiyatining   siyosiy   mohiyatini,
siyosiy   shaklini   tashkil   etadi.   Bu   ikki   hodisaning   o’zaro   munosabati   shakl   bilan
mazmunning   o’zaro   aloqadorligini   aks   ettiradi.   Bundan   kelib   chiqadigan   xulosa
shuki, fuqarolik jamiyati to’la ma’noda mavjud bo’lishining shak-shubhasiz sharti
huquqiy   davlatning   mavjudligidir.   Va,   aksincha,   huquqiy   davlat   faqat   fuqarolik
jamiyatidek ijtimoiy makonda qaror topishi va faoliyat yuritishi mumkin.
Fuqarolik   jamiyati   bilan   huquqiy   davlatning   o’zaro   nisbatini   iqtisod   bilan
siyosatning nisbati tarzida izohlash o’rinli bo’ladi. Buni O’zbekiston misolida ham
yaqqol   ko’rish   mumkin.   Zero,   iqtisodiy   islohatlar   tegishli   demokratik   siyosiy
tuzilmalar, institutlar mavjud bo’lishini taqozo etadi. 
  “Amalga   oshirilayotgan   islohotlarimizning   mamlakatimizda   kuchli
fuqarolik   jamiyatiga   asoslangan   huquqiy   demokratik   davlat   qurish   bo’yicha   biz
tanlab olgan yo’lning mantiqiy va qonuniy davomi bo’lishini nazarda tutgan holda,
ularning   uzviyligi,   bosqichma-bosqichligi   va   izchilligini,   boshqacha   aytganda,
tadrijiyligini saqlash shart”. 
Huquq   va   davlat   tushunchalarini   o’rganishda   O’zbekiston   Respublikasi
Prezidenti I.A.Karimovning asarlari muhim metodologik asos bo’lib xizmat qiladi.
Bu   asarlarda   o’z   aksini   topgan   nazariy   g’oyalar   sun’iy   ravishda   inkor   qilingan
ta’limotlarni o’rganish va fan doirasiga kiritish imkonini beradi. Xalqimiz o’zining
buyuk   allomalariga   nazar   solmoqda,   ularning   ibratli   ishlar i dan   saboq   olishga
intil moqda .   «Mustaqilligimizni   dastlabki   kunlar i danoq   ajdodlarimiz   tomonidan ko’p   asrlar     mobaynida   yaratib   kelingan   g’oyat   ulkan,   bebaxo   ma’naviy   va
madaniy merosni tiklash davlat siyosati darajasiga ko’tarilgan g’oyat muhim vazifa
bo’lib qoldi». 
Ajdodlarimizning   davlatchilik   g’oyalarini   o’rganish,   ijtimoiy-siyosiy   fikrga
xos   xususiyatlarini   bilish   zaruriyati   tobora   oshib   bormoqda.   O’tmish
mutafakkirlarini   adolatli   jamiyat   va   davlat   qurilishi   va   boshqarish   ta’moyillari
haqidagi   ta’limotlari   bizni   hayajonlantirgan   savollarga   javob   topishda,   ibratli
ishlardan   saboq   olishga   ko’maklashadi.   Ularning   barchasi   odamlar   o’rtasidagi
munosabatlarni   yaxshilashga   va   takomillashtirishga   qaratilgan   ijtimoiy   idealni
izlash,   adolat   va   tenglik   prinsiplariga   asoslangan   jamiyatni   qurish   g’oyalarini
targ’ib qildilar.
O’zbekiston   ijtimoiy-siyosiy   fikriga   xos   xususiyatlardan   biri   shundan
iboratki, uning namoyondalari davlat, xokimiyat, adolat masalalarini islom siyosiy
madaniyatga tayangan holda hal qilishga harakat qildilar.
«Vatanimiz  azaldan  bashariyat   tafakkuri  xazinasiga   unitilmas   h issa  qo’shib
kelgan.   Asrlar   mobaynida   xalqimizning   yuksak   madaniyat,   adolatparvarlik,
ma’rifatparvarlik kabi ezgu fazilatlari Sharq falsafasi va islom dini ta’limoti bilan
uzviy   ravishda   rivojlandi.   Va   o’z   navbatida   bu   falsafiy   ahloqiy   ta’limotlar   ham
xalqimiz dahosidan ba h ra ol i b boyib bordi. Bizning kelajagi buyuk davlatimiz   ana
shu   falsafaga   uyg’un   h olda   Xo’ja   Axmad   Yassaviy,   Xo’ja   Bahovuddin
N aqshbandiy,   Imom   al-Buxoriy,   Abu   Iso   Muhammad   at-Termiziy ,   Amir   Temur,
Mirzo   Ulug’bek,   Alisher   Navoiy,   Bobur   Mirzo   singari   mutafakkir
ajdodlarimizning dono fikrlariga uyg’un holda shakllanishi lozim».
O’zbekiston ning   ijtimoiy   va   siyosiy   fikriga   xos   x ususiyatlardan   yana   biri
shundaki,   unda   ahloq   masalalari   yetakchi   o’rin   egallaydi.   Uning   namoyondalari
ezgulik,  yaxshilikni   bilishga   intildilar,   axloqiy  qonun   va   tamoyillarga   amal   qilish
insonning oliy ma’naviy burchi deb bildilar.
O’zbekiston   ijtimoiy-siyosiy   va   huquqiy   fikr i   maxsus   siyosiy   va   huquqiy
asarlardagina emas, badiiy ijodda ham o’z aksini topdi.
Forobiy, Imom M o trudiy, Imom al-Samarqandiy, Burxoniddin Marg’inoniy o’z   qarashlarini   maxsus   falsafiy   va   huquqiy   asarlarda   ifodalagan   bo’lsa lar ,
Yassaviy,   Alisher   N avoiy, Mashrab,   Furqat,  Muqimiy  va boshqalar  badiiy  ijodda
namoyon qildilar.
Badiiy asarlarning barchasini badiiy shakl berilgan falsafiy yoki siyosiy asar
deb hisoblab, shoir va yozuvchilarning barchasini  falsafiy va ijtimoiy siyosiy fikr
tarixiga kiritish yaramaydi, albatta.  Shu  bilan birga ijtimoiy va siyosiy fikr tarixiga
ilmiy  yondashish «sof faylasuf» yoki «sof huquqshunos» bo’lmagan mutafakkirlar
ijodida ifodalangan ijtimoiy-siyosiy g’oyalarning rivojining kuzatishni talab qiladi.
Badiiy   merosning   tahlil   qilish   ijodkorning   ijtimoiy-siyosiy   va   huquqiy
muammolarga bo’lgan munosabatini tiklash imkonini beradi.   O’zbekiston ijtimoiy-
siyosiy   fikr   tarixiga  kiritilgan  buyuk  shoir,  yozuvchilar   o’z  asarlarida   zamondosh
jamiyatning   ijtimoiy-siyosiy   holatini   tasvirlash   bilan   birga,   jamiyatdagi
adolatsizlik, zo’ravonlik, insoniy munosabatlarda uchraydigan soxta lik   sabablarini
aniqlash   va   ularni   bartaraf   qilish   yo’llarini   topishga   urindilar.   Ular   haqiqat   va
adolatga   asoslangan   insoniy   munosabatlarning   o’rnatish   uchun   nima   qilish   zarur
degan savolga javob izladilar.
Huquq   falsafasi   huquqiy   borliqning   kompleks   tadqiq   etishning   umumiy
metodologiyasidir.   Huquq   falsafasi   huquqni   faqatgina   ijtimoiy   ong   shakllaridan
biri   sifatidagina   emas,   balki   uni   ijtimoiy,   milliy   va   individual   qadriyatlarining
birligi sifatida ham o’rganadi. 
Huquq falsafasi  O’zbekistonda  shakllanayotgan  va rivojlanayotgan  ijtimoiy
falsafa, inson va jamiyat falsafasining ajralmas qismi bo’lib, huquqni jamiyatdagi
munosabatlarni   tartibga   soluvchi   boshqa   me’yoriy   tizimlar   bilan   birgalikda   olib
o’rganadi.   Bu   o’z   navbatida   jamiyatimizda   kishilarning   keng   qamrovli   faoliyati
uchun   shart-sharoitlarni   yaratishni   ta’minlaydi.   «Ya’ni   jamiyatning   –   deb
ta’kidlaydi   I.Karimov,   siyosiy   va   davlat   tuzumini   belgilar   ekanmiz,   unda   har-bir
odamning   siyosiy   ,   iqtisodiy,   ijtimoiy   va   ma’naviy   faoliyati   uchun   yetarli   erk
beradigan shart-sharoitlar yaratilmog’i kerak».
Huquq   falsafasi–huquqiy   davlatning   nazariy   poydevori.   Huquqiy   davlat
ta’limotida,   mazkur   davlatni   barpo   etishda   haqiqiy   demokratik   ta’moyillar   qaror topishi   va   barcha   ijtimoiy   qatlamlarning   maqsadlari,   ularning   huquqiy   muhofaza
qilishga alohida e’tibor etadi.
Zero,   ijtimoiy   falsafa,   inson   va   jamiyat   falsafasi   ekan,   kishilar   o’rtasida
munosabatlarni   tartibga   solish,   ularning  haqqi-huquqini   targ’ib–tashviqot   qilishda
huquqiy   falsafaning   ahamiyati   beqiyosdir.   «Mustaqil   O’zbekiston   Respublikasida
haqiqiy   demokratiya   qaror   topar   ekan,   unda   Respublika   aholisining   barcha
qatlamlari,   barcha   ijtimoiy   guruhlarining   milliy   va   madaniy   haq-huquqlari
muhofaza etiladi» -deb ta’kidlaydi I.Karimov.
O’zbekiston   jahon   hamjamiyatiga   sobitqadamlik   bilan   kirib   borayotgan
mustaqil, demokratik va huquqiy davlatdir. Huquq falsafasi esa davlatimizning ana
shu   yo’ldan   rivojlanishning   nazariy   poydevorlaridan   biri   hisoblanadi.   Huquqiy
davlat   huquq   falsafasi   bir-birlari   bilan   uzviy   bog’liq   tushunchalardir.
O’zbekistonda   huquqiy   davlat   barpo   etish   jarayonida   umumjahon   qadriyatlarini
o’zida   mujassam   etgan   milliy   huquq   falsafasini   yaratish   lozim   bo’ladi.   Huquq
falsafasining   asosi,   uning   maqsadini   va   mohiyatini,   avvalambor,   inson,
insonparvarlik   g’oyasi   tashkil   etishi   lozim.   I.Karimov   ta’kidlaganidek,
O’zbekistonda  huquqiy davlat  bu - insonparvarlik qoidalariga asoslangan, millati,
dini,   ijtimoiy   ahvoli,   siyosiy   va   diniy   e’tiqodlaridan   qat’iy   nazar   fuqarolarning
huquqlari va erkinliklarini ta’minlab beradigan davlatdir». Qonun, inson irodasini
ifoda etadi va uning haq-huquqlarini va erkini himoya qiladi. Bu esa kuchli ijroiya
hoqimiyatning   bo’lishini   taqazo   etadi.   Chunki   kuchli   ijroiya   hokimiyat   bo’lmasa,
hatto   eng   demokratik   yo’l   bilan   qabul   qilingan   qarorlar   ham   bajarilmasligi
mumkin. Ijtimoiy falsafaning asosiy muammolaridan biri bu - inson borlig’i, uning
hayotining   mazmuni   va   uning   huquqiy   masalalari   ya’ni   boshqacha   qilib   aytsak,
qonun   ustuvorligi,   ayni   paytda   insonparvarlik   g’oyalariga   asoslanishi   va   bu
g’oyalarning   maqsadi,   mohiyati   esa   kishilar   hayoti,   ularning   shaxsiy   dahlsizli,
erkinligi   va   qadr-qimmatini   himoyalash   demakdir.   Ma’lumki   huquqiy   davlatning
muhim   belgilaridan   biri   –   bu   barcha   fuqarolarning   qonun   oldida   tengligi,
O’zbekiston   Respublikasining   asosiy   qonuni   bo’lgan   Kontitusiyaning,   demakki
qonunlarning   ustuvorligini   ta’minlashdir.   Asosiy   qonun   hisoblangan   O’zbekiston Respublikasi   Kontitusiyasi   bilan   joriy   qonunlar   va   me’yoriy–huquqiy   hujjatlar
o’rtasidagi   o’zaro   munosabatning   mohiyati,   shundan   iboratki,   joriy   qonunlar
Konstitusiyaning   asosiy   mazmunining   real   ijtimoiy   voqyelikka   tadbiq   etish   va
O’zbekiston   fuqarolarining   huquqiy   himoyalashga   qaratilgan   bo’ladi.   Mustaqillik
yillarida   qabul   qilingan   qonunlar,   Konstitusiyamizda   olg’a   surilgan   g’oyalarning
konkretlashuvi   va   yangi   tarixiy   sharoitda   rivojlanishi   demakdir.   Konstitusiya
ijtimoiy umumiylik bo’lsa joriy qonunlar va me’yoriy huquqiy hujatlar ayrimlikdir.
Ijtimoiy   doirada   ular   uzviy   bog’liq   bo’ladi   va   bir   birilarini   mazmunan   boyitadi,
to’ldiradi   va   rivojlantiradi.   “Huquqiy   davlatning   asosiy   belgisi   -   deb   takidlaydi
I.Karimov,   –   bu   barcha   fuqarolarning   qonun   oldida   tengligi,   Konstitusiya   va
qonunlarning   ustunligini   ta’minlashidir.   Konstitusiya   va   qonunlarning   ustunligi
prinsipi   shuni   anglatadiki,   bunda   barcha   joriy   qonunlar   va   me’yoriy   huquqiy
hujjatlar   Konstitusiya   asosida   va   unga   muvofiq   bo’lishi   talab   etiladi”.   Huquq
falsafasi   huquqiy   davlat   shakllanishi   va   rivojlanishining   substansional   asosi
hisoblanadi.   Zero,   huquq   falsafasi   jamiyat   rivojlanishi   jarayoniga   jiddiy   ijobiy
ta’sir   ko’rsatadi.   Huquq   falsafasi   o’zida   ijtimoiy–siyosiy,   gumanitar   fanlar
yutuqlarini   mujassam   etsa   va   jamiyatimiz   rivojlanishini   o’rganuvchi   ijtimoiy
falsafa   tamoyillaridan   kelib   chiqsa,   mazkur   ta’sir   faqat   ijobiy   xarakterga   ega
bo’ladi.   Huquq   falsafasi   jamiyat   taraqqiyotining   umumiy   qonuniyatlarining   inkor
eta olmaydi, ular o’rtasida ziddiyat mavjud bo’lmaydi. O’zbekistonda shakllangan
huquqiy davlatning asosiy va muhim belgilaridan biri huquq falsafasining jamiyat
taraqqiyotining   qonun   va   tamoyillari   bilan   uzviy   bog’liqlikda   rivojlanishidir.
Huquq   falsafasi   mazkur   qonunlar   tizimining   muhim   bo’g’ini,   elementi   bo’lishi
bilan   birga,   ularning   muhim   belgilarini   o’zida   in’kos   etadi   va   ularning   substrati
hamdir.
Huquq falsafasi, O’zbekistonda iqtisodiy islohotlarning huquqiy, ma’naviy–
ma’rifiy   zaminlarini   ham   yaratishda   muhim   rol   o’ynaydi.   “Ijtimoiy   yo’naltirilgan
bozor   iqtisodiyotining   qonunchilik   asosini   yaratish–bu   faqat   o’tish   davrining
majburiy   shartlarigina   bo’lib   qolmay,   balki   huquqiy   davlatning   barpo   etishining
o’ziga xos xususiyati hamdir”–deb yozadi I.Karimov. Jamiyat   taraqqiyotining   o’tish   bosqichida   huquqiy–me’yoriy   normalarning,
qonunlarning ahamiyati beqiyos katta bo’ladi. Shu munosabat bilan Prezidentimiz
qonunlarning   ijtimoiy   amaliyotdagi   ahamiyat   haqida   to’xtalib:   O’zbekistonda
huquqiy davlatni qurishda qonunlar qanday bo’lmog’i lozim degan savolga javob
berib quyidagi javoblarni beradi.
Birinchidan  qonunlar hayotiy, amaliyot bilan uzviy bog’liq bo’lishi va undan
kelib chiqmog’i lozim.
Ikkinchidan   qonun hujjatlari  bevosita  ta’sir  ko’rsatish  kuchiga ega bo’lishi,
pishiq puxta bo’lishi kerak.
Uchinchidan   qonunning   ustuvorligi   huquqiy   davlatning   asosiy   prinsipidir,
ya’ni   jamiyatda   qonun   qat’yan   hukmron   va   qonun   oldida   barcha   fuqarolar
barobardir.
  Va   nihoyat   to’rtinchidan   huquqiy   madaniyatning   inson   yaratgan   “ikkinchi
tabiat”   sifatida   yuqori   darajada   bo’lishi   huquqiy   davlatning   o’ziga   xos
xususiyatlaridan biridir.
Yangi   mafkura   yangicha   fikrlashni,   yangi   tafakkurni   taqoza   etadi.   Uning
mazmunini esa boshqa bir qator sohalar bilan birgalikda yangicha mazmunga ega
bo’lgan   huquq   falsafasi   tashkil   etadi.   Bu   o’z   navbatida   “Yangicha,   erkin
fikrlaydigan,   mutelik   va   jur’atsizlik   tuyg’usidan   mutloqo   holi,   mustaqil   insonni
tarbiyalashdir.   Yangicha   fikrlaydigan   fozil   inson,   eng   avvalo,   fuqorolik   burchini
his etadigan shaxs bo’lishi darkor» .
Huquqiy   davlat   va   demokratik   jamiyatning   O’zbekistonda   shakllanishi
jarayoni o’zining hususiyatlariga ega. Ana shunday muhim hususiyatlardan biri–bu
jarayonning   tadrijiy,   asta-sekin   ijtimoiy   buhronlarsiz   rivojlanishidir.   “Bu   sohada
inqilobiy o’zgarishlar  yasashga  urinishlar  g’oyat nohush, hatto fojiyali  natijalarga
olib keladi”.
O’zbekistonda   huquqiy   davlat   shakllanishi   jarayoni,   huquq   falsafasining
muhim   konsepsiyalaridan   biri   ijtimoiy   adolat   va   haqiqat   kategoriyalarini   ijtimoiy
amaliyotga   keng   qo’llashni   taqozo   etadi.   Ijtimoiy   bilish   jarayonida   adolat   va
haqiqat   tushunchalari   uzviy   bog’liq   bo’ladi.   Adolat   ijtimoiy–falsafiy,   huquqiy– axloqiy tushunchalar tizimiga mansub bo’lib, ijtimoiy haqiqatni bilishning muhim
bosqichi hisoblanadi. Huquqiy davlat ijtimoiy adolat qaror topgan davlat demakdir.
Adolat   kategoriyasi   qotib   qolgan,   o’zgarmas   kategoriya   emas.   Uning   falsafiy,
huquqiy   mazmuni   doimo   rivojlanishda,   o’zgarishda   bo’ladi.   Binobarin   adolat
kategoriyasi “adolat haqida bilimlarning oxirgisi nuqtasi emas”.
“Adolat   va   haqiqat   g’oyasi,   -   deb   takidlaydi   I.Karimov   ijtimoiy
hayotimizning barcha sohalarini qamrab olmog’i darkor. Adolat va haqiqat g’oyasi
qonunchilik faoliyatimizning zamini, bosh yo’nalishi bo’lmog’i shart”
Huquqiy   davlat   demokratik   o’zgarishlar   va   ijtimoiy   hayotning   barcha
sohalarini   isloh   qilish   asosida   yuzaga   keladi.   Bu   mohiyatiga   ko’ra   tarixiy
ahamiyatga   molik   ijtimoiy   jarayonning   asosida   avvalo   shaxs   manfaati,   uning
huquqlari va erkinliklari yotadi.
O’zbekistonda   huquqiy   davlatning   shakllanishining   asosiy   talablaridan   biri
qonun  ustuvorligi   ekanligini   yuqorida  biz   qayd  etgan   edik.   Bu   ijtimoiy   jarayonni
vaqtinchalik   yoxud   huquqiy   davlatni   shakllantirish   yo’lidagi   o’tish   davrining
“o’tkinchi   tadbirlari”dan   biri   deb   tushunmaslik   kerak.   Huquq   falsafasi   mazkur
masalaga   dialektik   tamoyillar   asosida   yondashib,   uni   tarixiy   zaruriyat   ekanligini
qayd etadi
“Yuksak   huquqiy   tafakkur   ustuvorligi   nafaqat   bugungi   jamiyatimiz   uchun,
balki bizdan keyin keladigan avlodlar uchun ham zarurdir-deb yozadi I.Karimov.
Huquqning   mazmunini   belgilovchi   asosiy   omillardan   biri   O’zbekistonning
davlat   mustaqilligiga   erishganligidir.   Ma’lumki,   O’zbekiston   1991   yili   o’z
mustaqilligini qo’lga kiritganidan so’ng umrini o’tab bo’lgan mustabid, ma’muriy-
buyruqbozlik,   rejali-taqsimot   tizimidan   voz   kechib,   “o’zbek   modeli”   deb   nom
olgan o’z taraqqiyot yo’lini tanlab oldi.   
Biz   ishlab   chiqqan   va   bugungi   kunda   hayotga   tatbiq   etayotgan   ushbu
modelning   ma’no-mazmuni   –   davlat   qurilishi   va   konstitusiyaviy   tuzumni   tubdan
o’zgartirish   va   yangilash,   iqtisodiyotni   mafkuradan   xoli   etish,   uning   siyosatdan
ustunligini   ta’minlash,   davlatning   bosh   islohotchi   vazifasini   bajarishi,   ya’ni
islohotlar   tashabbuskori   bo’lishi   va   ularni   muvofiqlashtirib   borishi,   qonun ustuvorligini   ta’minlash,   kuchli   ijtimoiy   siyosat   yuritish,   islohotlarni   bosqichma-
bosqich   va   izchil   olib   borish   tamoyillariga   asoslanadigan   siyosiy,   iqtisodiy   va
ijtimoiy islohotlarni amalga oshirishdan iboratdir.  
Biz islohotlarni inqilobiy usulda, ya’ni “shok terapiyasi” yo’li bilan amalga
oshirishdan ongli ravishda voz kechib, tadrijiy taraqqiyot yo’lini tanlab olganimiz
tufayli xalqimizni qanday og’ir oqibatlarga olib kelishi  mumkin bo’lgan iqtisodiy
va   ijtimoiy   to’fonlardan   asrab   qolishga   muvaffaq   bo’lganimizni   bugun   hayotning
o’zi tasdiqlab bermoqda...  
Shu   ma’noda,   1992   yil   dekabr   oyida   qabul   qilingan,   mamlakatimizning
demokratik   taraqqiyotini   ta’minlash   va   fuqarolik   jamiyatini   shakllantirishning
asosiy   prinsiplarini   belgilab   bergan   Konstitusiyamizning   qoida   va   normalariga
tayanish   alohida   ahamiyat   kasb   etadi.   Bu   boradagi   ishlarimiz   2001   yildan   2010
yilgacha   bo’lgan   keyingi   10   yil   davomida   yanada   faollashib,   ko’lami   va   miqyosi
tobora kengayib bordi. 
Natijada   bugungi   kunga   kelib   biz   o’z   oldimizga   qo’ygan   asosiy
maqsadimizga erishdik, deb aytish uchun barcha asoslarimiz bor. Buning tasdig’ini
mamlakatimizni   isloh   etish   va   demokratlashtirish   jarayoni   hyech   qachon   ortga
qaytmaydigan,   qat’iy   va   izchil   tus   olgani,   odamlarimiz   o’zgarib,   ularning   siyosiy
va fuqarolik faolligi oshayotgani, ongu tafakkuri yuksalib, yon-atrofda bo’layotgan
barcha   voqyea-hodisalarga   daxldorlik   tuyg’usi,   ertangi   kunga   ishonchi   ortib
borayotgani misolida ko’rish, anglash qiyin emas.
Ma’lumki,   o’tgan   davr   mobaynida   mamlakatimizda   davlat   hokimiyati   va
boshqaruvini demokratlashtirish sohasida amalga oshirilgan islohotlar o’ta muhim
bir   maqsadga,   ya’ni   hokimiyatlar   bo’linishi   konstitusiyaviy   prinsipini   hayotga
izchil   tatbiq   etish,   hokimiyatlar   o’rtasida   o’zaro   tiyib   turish   va   manfaatlar
muvozanatining   samarali   tizimini   shakllantirish,   markazda   va   joylarda   qonun
chiqaruvchi   va   vakillik   hokimiyatining   vakolatlari   hamda   nazorat   vazifalarining
rolini kuchaytirish, sud tizimini liberallashtirish va uning mustaqilligini ta’minlash
bo’yicha g’oyat dolzarb chora-tadbirlarni ko’rishga qaratilgan edi.  Bu jarayonda markaziy ijro etuvchi hokimiyatning boshqaruv tuzilmalari va
ma’muriy   organlarning   vazifalarini   o’zgartirishga,   ularning   boshqarish,   tartibga
solish   va   taqsimlash   borasidagi   vakolatlarini,   xo’jalik   tuzilmalari   faoliyatiga
bevosita   aralashuvini   keskin   qisqartirishga   katta   e’tibor   berildi.   Boshqacha
aytganda, ularning vakolatlarini bozor tamoyillariga muvofiqlashtirish va pirovard
natijada   davlatning   iqtisodiyotni   boshqarishdagi   rolini   jiddiy   kamaytirish   ko’zda
tutilgan edi. 
Boshqaruv   sohasini   markazlashtirishni   cheklash,   bu   boradagi   vazifalarning
bir   qismini   respublika   darajasidan   viloyat,   tuman   va   shahar   miqyosiga   o’tkazish,
O’zbekistonda   mahalliy   o’zini   o’zi   boshqarishning   noyob   shakli   bo’lgan   mahalla
tizimini shakllantirish masalalariga katta ahamiyat qaratildi. 
Ikki palatali milliy parlamentimizni tashkil etish masalasi bo’yicha 2002 yil
27   yanvarda   o’tkazilgan   referendum   yakunlari   va   shu   asosda   “Referendum
yakunlari   hamda   davlat   hokimiyati   tashkil   etilishining   asosiy   prinsiplari
to’g’risida”gi   konstitusiyaviy   qonunning   qabul   qilinishi   qonun   chiqaruvchi
hokimiyatni tubdan isloh qilishning asoslarini belgilab berdi. 
Bundan ko’zlangan asosiy maqsadlar parlament tomonidan o’z vakolatlarini
amalga   oshirish   jarayonida   o’zaro   tiyib   turish   va   manfaatlar   muvozanati   tizimini
shakllantirish, qonun ijodkorligining sifatini jiddiy ravishda oshirish, umumdavlat
va   hududiy   manfaatlarning   mutanosibligiga   erishishdan   iborat   edi.   Bu   borada
tarkib   jihatidan   asosan   xalq   deputatlari   mahalliy   Kengashlari   vakillaridan   tashkil
topgan   yuqori   palata   –   Senatning   hududlar   manfaatlarini   ifoda   etishi,   quyi   –
Qonunchilik   palatasi   esa   o’z   faoliyatini   doimiy   professional   asosda   amalga
oshirishi hisobga  olinganini aytib o’tish lozim. 
Ta’kidlash kerakki, milliy parlamentimizning rivojlanishida yangi parlament
va   uning   har   bir   palatasining   maqomi,   vakolatlari   va   faoliyat   mexanizmlari   aniq
belgilab berilgan “O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi
to’g’risida”gi  va “O’zbekiston Respublikasi  Oliy Majlisining Senati to’g’risida”gi
konstitusiyaviy qonunlarning 2003 yilda qabul qilinishi alohida ahamiyat kasb etdi. 2007 yilda O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasidan mamlakat Prezidenti
bir   vaqtning   o’zida   ijro   etuvchi   hokimiyat   boshlig’i   ekanini   belgilaydigan
normaning   chiqarilishi   ushbu   davrdagi   muhim   siyosiy-huquqiy   voqyealardan   biri
bo’ldi.   Bugungi   kunda   Konstitusiyamizning   89-moddasida   “O’zbekiston
Respublikasining Prezidenti davlat boshlig’idir va davlat hokimiyati organlarining
kelishilgan holda faoliyat yuritishini hamda hamkorligini ta’minlaydi” degan qoida
belgilab qo’yilgan. 
Ilgari   O’zbekiston   Respublikasi   Prezidenti   egallab   turgan   Vazirlar
Mahkamasi   raisi   lavozimining   tugatilishi   ham   liberallashtirish   va
demokratlashtirish   yo’lida   muhim   qadam   bo’ldi.   Qabul   qilingan   qonunlarga
muvofiq endilikda Bosh vazir nafaqat Vazirlar Mahkamasi faoliyatini tashkil etadi,
balki unga rahbarlik qiladi va uning ishi samaradorligi uchun shaxsan javob beradi,
Vazirlar   Mahkamasi   majlislariga   raislik   qiladi,   hukumat   hujjatlarini   imzolaydi,
davlat va xo’jalik boshqaruvi masalalari yuzasidan qarorlar qabul qiladi. 
Hozirgi   paytda   mamlakatimiz   aholisining   siyosiy-huquqiy   madaniyati   va
ijtimoiy   ong   darajasining   o’sib   borishi,   jamiyatni   demokratlashtirish   va
liberallashtirish   jarayonlarining   jadal   rivojlanishi,   yurtimizda   ko’ppartiyaviylik
tizimining   tobora   mustahkamlanishi   davlat   hokimiyatining   uchta   subyekti,   ya’ni
davlat boshlig’i bo’lgan Prezident, qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlar
o’rtasidagi   vakolatlarning   yanada   mutanosib   taqsimlanishini   ta’minlash   uchun
zarur shart-sharoitlarni yuzaga keltirmoqda...
Ayni   vaqtda   shuni   unutmasligimiz   kerakki,   mazkur   islohotlarning
muvaffaqiyati,   avvalambor,   mamlakatimizni   yanada   demokratlashtirish   va
liberallashtirish yo’lidagi say’-harakatlarimiz sur’atiga, fuqarolarimizning ijtimoiy-
siyosiy   faolligiga,   ularning   siyosiy   va   huquqiy   madaniyatining   yuksakligiga   va
o’z-o’zidan   ayonki,   birinchi   navbatda   siyosiy   partiyalarning   yetuklik   darajasiga,
ularning O’zbekistonimiz taqdiri  va kelajagiga daxldor  bunday ulkan mas’uliyatli
vakolatlarni   o’z   zimmasiga   olishga   qay   darajada   tayyor   ekaniga   bevosita
bog’liqdir...   Avvalo,   sud   hokimiyatini   bosqichma-bosqich   mustahkamlab   borish,
sudning mustaqilligini ta’minlash, uni sobiq tuzumda bo’lgani kabi qatag’on quroli
va   jazolash   idorasi   sifatidagi   organ   emas,   balki   inson   va   fuqaro   huquq   va
erkinliklarini   ishonchli   himoya   va   muhofaza   etishga   xizmat   qiladigan   tom
ma’nodagi   mustaqil   davlat   institutiga   aylantirishga   qaratilgan   keng   ko’lamli
tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlar amalga oshirildi.
Hokimiyatlar   bo’linishiga   oid   konstitusiyaviy   prinsipni   izchil   amalga
oshirish   maqsadida   “Sudlar   to’g’risida”gi   Qonun   yangi   tahrirda   qabul   qilindi,
shuningdek,   bu   davrda   jinoyat-prosessual,   fuqarolik-prosessual   qonunchiligiga
tegishli o’zgartish va qo’shimchalar kiritildi. Bu esa o’z navbatida sud tizimini ijro
etuvchi   hokimiyat   organlari   nazorati   va   ta’siridan   chiqarish   imkonini   berganini
alohida ta’kidlash lozim...
Jamiyatning   demokratiya   yo’lidan   jadal   rivojlanishi   va   bu   borada   amalga
oshirilayotgan   islohotlarning   muvaffaqiyati   ko’p   jihatdan   odamlarning   huquqiy
ongi   va   huquqiy   madaniyat   darajasiga   bog’liqdir.   Yuksak   huquqiy   madaniyat   –
demokratik jamiyat poydevori va huquqiy tizimning yetuklik ko’rsatkichidir .
Shunday   qilib,   yuqorida   keltirilgan   fikrlarni   O’zbekistonda   huquqiy   davlat
shakllantirishning   falsafiy-huquqiy   masalalariga   oid   yurtboshimizning,   nazariy
g’oyalarining   juda   ham   qisqa   tahlili   deb   tushunmoq   lozim.   Davlatimiz   rahbari
huquqiy   davlat   huquqiy   va   ijtimoiy   falsafiy   bilimlarsiz,   ularning   yoshlar   ongiga
singdirmasdan turib shakllanishi mumkin emasligini alohida ta’kidlaydilar.
Huquqiy   davlat   -   mamlakatimizdagi   barcha   fuqarolarining   dini,   millati,
e’tiqodi   va   ularning   manfaati,   haq-huquqini   himoya   etuvchi,   qonun   ustuvorligiga
asoslangan   davlat   tizimidir.   Huquq   falsafasi   boshqa   huquqiy,   falsafiy,   ijtimoiy-
siyosiy   fanlar   bilan   uzviy   bog’liq   holda   huquqiy   davlatning   umumnazariy
poydevoridir.
Huquqiy   davlat   albatta   huquqiy   tarbiya   va   huquqiy   madaniyat   bilan
chambarchas bog’liqdir. 
HUQUQIY TARBIYa TUShUNChASI  VA VAZIFALARI Fuqarolar   tarbiyasi   hamma   tomonlarni   qamrab   oluvchi   yagona   tizim
doirasida   olib   boriladi.   Agar   ularni   alohida   tarkibiy   qismlarga   ajratilsa,   turli   xil,
nisbiy   mustaqil   tarbiya   ko’rinishlarini   aniqlash   mumkin:   siyosiy,   huquqiy,
ma’naviy,   axloqiy,   mehnat,   estetik   va   shu   kabilar.   Bu   alohida   tarbiyaviy
jarayonlardan   har   biri   tarbiyaning   shakllari,   vositalari,   uslub   va   prinsiplari
qo’llanishining   o’ziga   xosligidan   kelib   chiqadigan   bir   qator   xususiyatlariga   ega.
Barcha   tarbiya   ko’rinishlari   uchun   umumiylik   –tarbiyaning   markazida   inson
turganligi bo’lsa, ularning har biri uchun o’ziga xos xususiyat-tarbiya usullarining
turlichaligidir.   Tarbiya   jarayonlarining   turlichaligini   farqlashda   qo’llaniladigan
boshqa   muhim   mezonlardan   biri   -   ong   shakllarining   turlicha   ekanligi.   Chunki
alohida   olingan   tarbiya   jarayonlarining   har   qaysisi,   inson   ongining   hamma
tomonlarini emas, faqat uning ayrim ko’rinishlarini qamrab oladi. Masalan, siyosiy
tarbiya   siyosiy   ongni;   ma’naviy   tarbiya   ma’naviy   ongni;     estetik   tarbiya   estetik
ongni va h.k. Xuquqiy tarbiya, ongning o’ziga xos ko’rinishi bo’lgan huquqiy ong
bilan bog’liq.
Huquqiy tarbiya – fuqarolarga huquqiy bilimni singdiruvchi muhim ijtimoiy
vositadir.   Ammo   bu   bilimlarni   hosil   qilish,   ko’p   hollarda,   maxsus   uyushtirilgan
ongli tarbiyaviy jarayonlardan tashqari, ijtimoiy borliqning turli obyektiv omillari
ta’sirida   yuz   beradi.   Shu   sababli   shaxsni   "huquqiy   tarbiya"lash   va   uni   "huquqiy
shakllantirish" tushunchalari orasidagi farqni ko’rish kerak.
Huquqiy   tarbiya   –   shaxslar   va   ijtimoiy   guruhlarning   huquqiy   ongiga
ko’rsatiladigan,   aniq   maqsadga   yo’naltirilgan,   tashkillashtirilgan,
boshqariladigan,   oldindan   rejalashtirilgan   va   maxsus   ishlab   chiqilgan
huquqiy   tarbiya   usullari   vositasida   amalga   oshiriladigan   pedagogik   ta’sir
jarayonidir .
Huquqiy   shakllantirish   tushunchasi   ancha   keng   va   qamrovlidir.   Unga
huquqiy   tarbiya   jarayonining   o’zi   va   shu   bilan   birga,   obyektiv   hayotda   mavjud
bo’lgan,   jamiyat   hayotining   hamma   sohalariga   kirib   boruvchi   ko’p   hollarda
boshqarib   bo’lmaydigan,   uyushtirilmagan,   mo’ljallanmagan   ommaviy
jarayonlarning odamlar huquqiy tarbiyasiga ta’sirlari ham kiradi. Bizningcha,   huquqning   tarbiyaviy   rolini   ajratib   ko’rsatadigan,   uni   huquqiy
tartibga solishdan ajratib qaraydigan mualliflar haqdirlar, chunki huquqiy tartibga
solishning   obyekti   –   asosan,   odamlar   fe’l-atvorining   iroda   safarbarligi   vositasida
qilingan   xatti-harakatlari   hisoblanadi.   Huquqning   tarbiyaviy   funksiyasi   obyekti   –
birinchi   navbatda   odam   fe’l-atvori   emas,   uning   ongi-fikrlari,   tasavvurlari,   his-
tuyg’ulari hisoblanadi.
Bu   huquqiy   tartibga   solish   inson   ongiga   hyech   qanday   ta’sir   o’tkazmaydi,
degani   emas,   albatta.   Bunday   tarbiyaviy   ta’sir   huquqiy   tartibga   solish   jarayonida
o’tkaziladi,   ammo   u   inson   fe’l-atvori,   uning   qilmishlariga   nisbatan   ikkinchi
darajalidir.
Demak,   huquqiy   tarbiya   –   fuqarolarning   ongi   va   ruhiyatiga   ta’sir   qilishga
qaratilgan,   rejalashtirilgan,   boshqariladigan,   uyushtirilgan,   tizimli,   maqsadga
yo’naltirilgan, hozirgi zamon huquqshunosligi tasarrufida mavjud bo’lgan turli xil
huquqiy   tarbiya   shakllari,   vositalari   va   uslublaridan   foydalanib,   fuqarolar   ongida
chuqur   va   barqaror   huquqiy   bilimlar,   e’tiqodlar,   ehtiyojlar,   qadriyatlar,   qonunga
mos fe’l-atvor, odatlarni shakllantirish jarayonidir.
HUQUQIY TARBIYaNING VAZIFALARI
Huquqiy   tarbiya,   ikki   asosiy   vazifani   bajaradi.   Birinchisi   –
tarbiyalanuvchilarga   (shaxslar,   ijtimoiy   guruhlar)   ma’lum   miqdordagi   huquqiy
bilimlar, ko’nikmalar va malakalarning berilishi;   ikkinchisi  – tarbiyalanuvchilarda
huquqiy g’oyalar, hissiyotlar, e’tiqodlarni shakllantirishdir.
Fuqarolar   huquqiy   tarbiyasida,   bizningcha,   mana   shu   funksional
xarakteristikadan kelib chiqmoq, "mohiyat" va "mazmun" tushunchalarini farqlab,
ish   yuritmoq   lozim.   "Mohiyat"   tushunchasi   tarbiyalanuvchilarda   muhim   huquqiy
g’oyalar   va   prinsiplarning   barpo   etilish   jarayoni,   "mazmun"   tushunchasi   esa
fuqarolar   (guruhlar)   huquqiy   ongiga   jamiyat   tasarrufida   bo’lgan   barcha   huquqiy
vositalar  kompleksini  safarbar   etib maqsadga  yo’naltirilgan  va  tizimli   ta’sirni   o’z
ichiga oladi.
Huquqiy   tarbiyaning   mazmuniy   tomonini   e’tiborga   olib,   huquqiy   tarbiya   –
tarbiyalanuvchilar   huquqiy   ongiga   sistemali.   maqsadga   yo’naltirilgan   ta’sir jarayoni   ekanligi;   tarbiyachining   tar-biyalanuvchilarda   huquqiy   ong   va   huquqiy
madaniyatni   kerakli   darajada   hosil   qilish   uchun   maqsadga   yo’naltirilgan   xatti-
hatakatlari tizimi ekanligi o’rtasidagi farqni ajrata bilish lozim.
Mana   shu   asosiy   vazifalardan   kelib   chiqib,   fikrimizcha,   huquqiy   tarbiyada
fuqarolar   huquqiy   ongini   shakllantirishga   yo’naltirilgan   quyidagilarni   e’tiborga
olish kerak:
birinchidan , asosiy huquqiy ko’rsatmalar tizimini bilish, ularning mazmuni
va mohiyatini ilg’ab olish, to’g’ri tushunish;
ikkinchidan ,   huquqni,   qonunlarni,   qonuniylik   va   huquq   tartibotni   chuqur
hurmat qilish;
uchinchidan ,   huquqiy   bilimlarni   amalda   mustaqil   qo’llay   olish,   muayyan
borliqqa   nisbatan   shaxsiy   munosabat   va   kundalik   fe’l-atvorni   hamda   o’z   amaliy
faoliyatini jamg’arilgan va olinayotgan huquqiy bilimlar bilan mos-lashtirish;
to’rtinchidan ,   o’z   odatlarini   olingan   huquqiy   bilimlar   bilan   aniq
moslashtirish;
beshinchidan ,   huquqiy   normalarni   har   qanday   buzilishlarga   nisbatan
mustahkam va barqaror ma’naviy huquqiy ko’nikma hosil qilish.
Bu yig’indiga kiruvchi  huquqiy ongning tarkibiy qismlari  shaxsga  nisbatan
kerakli psixologik va mafkuraviy yo’l-yo’riqlarni tashkil qiladi, uning o’z huquqiy
bilimlarini   turmushda   faol   tatbiq   qila   olishga   imkoniyat   yaratadi.   Mana   shu
tayyorgarlik   darajasi   huquqiy   tarbiya   ishlarining   samarali   jarayoni   vositasida
fuqarolar  huquqiy ongiga   majburiy xususiyatga  ega  bo’lgan g’oyalar  olib kiradi.
Shundan kelib chiqib, huquqiy tarbiya jarayonining quyidagi  bosh xususiyatlarini
belgilash mumkin:
birinchisi ,   hamma   uchun   majburiy   huquqiy   normalar   tizimi   uning
boshlang’ich asosi hisoblanadi;
ikkinchisi ,   u   amalga   oshirilayotganda   tarbiyalanuvchilar   huquqiy   ongiga
davlat   tomonidan   o’rnatilgan,   ularning   fe’l-atvoriga   taalluqli   huquqiy   yo’l-
yo’riqlar, ruxsatlar, man qilishlar singidiriladi; uchinchisi ,   huquqiy   tarbiya   zarur   hollarda   davlat   tomonidan
huquqbuzarlarga nisbatan kuch ishlatish kafolatiga tayanadi;
to’rtinchisi ,   uning   ta’sir   doirasi   nafaqat   huquq   normalariga   rioya   qiluvchi
odamlarni,   shuningdek,   huquqbuzarlikka   moyil   yoki   huquqbuzarlik   sodir   etgan
shaxslarni   ham   kamrab   oladi   va   bu   ma’lum   darajada   huquqbuzarlikning   oldini
olish masalasini yechishga xizmat qiladi;
beshinchisi , u maxsus huquqiy tarbiyaviy shakllarda, maxsus huquqiy vosita
va uslublar yordamida amalga oshiriladi;
oltinchisi , uni   amalga  oshiruvchi  shaxslar,  odatda,  yuridik ma’lumotga ega
yoki maxsus yuridik tayyorgarlikni o’tagan bo’lishadi.
HUQUQIY MADANIYaT TUShUNChASI VA TARKIBIY TUZILIShI
Madaniyatning   umumiy   ta’rifiga   nazar   tashlasak,   bugungi   kunda   ijtimoiy
fanlar doirasida "madaniyat" tushunchasi kabi turli-tuman, qarama-qarshi talqin va
fikrlarga boy bo’lgan boshqa  ijtimoiy hodisani topish qiyin.
Misol   tariqasida   shuni   keltirish   mumkinki,   chet   ellik   olimlarning   hisob-
kitoblariga   qaraganda,   1919   yilga   qadar   "madaniyat"   tushunchasiga   yettita   ta’rif
berilgan,   1950   yilga   kelib   bu   son   164   taga,   1970   yillarda   esa   -   250   taga   yetgan.
Amerikalik   olimlar   A.   Kreber   va   K.Klakxonlar   esa   1950   yillarning   boshida
"madaniyat" tushunchasining 257 ta ta’rifi mavjudligini ta’kidlaganlar.
Ijtimoiy   fanlar   miqyosida   madaniyatga   oid   yondashuvlarni   uch   guruhga
bo’lish mumkin:
1) antropologik yondashuv;
2) sosiologik yondashuv;
3) falsafiy yondashuv. 
Antropologik   yondashuvda   madaniyat   tabiat   yaratgan   narsalardan   farqli
ravishda,   inson   tomonidan   yaratilgan   ne’matlarning   yig’indisi   deb   tushuniladi.
Sosiologik   yondashuv   esa   madaniyatni   ma’naviy   qadriyat   deb   talqin   etadi.   Bu
yerda   madaniyat   ijtimoiy   hayotning   tarkibiy   qismi   sifatida   qatnashadi.   Falsafiy
yondashishda   madaniy   hodisalar   ijtimoiy   rivojlanishga   bog’liq   bo’lmagan,   sof
tahliliy holda ajratilib ko’rsatiladi. Antropologik   yondashishning   ijobiy   tomoni   uning   keng   ko’lamliligi
hisoblanadi.   Chunki   madaniyat   ijtimoiy   hayotning   hilma-xil   tomonlari   va
doiralarining   namoyon   bo’lishini   ko’rsatadi.   Uning   afzalligi   hozir   juda   keng
tarqalgan   tor   amaliyot   va   ko’p   hollarda   «madaniy»   va   «huquqiy   madaniyat»   ni
vaziyatga qarab ishlatish hollari bilan taqqoslaganda yanada ravshanroq ko’rinadi.
Biroq, keng ko’lamli yondashish jiddiy kamchiliklardan  ham xoli emas.
U inson faoliyati natijalarining obyektiv holatini yuzaki, umumiy aniqlashga
mo’ljallangan. Bundan tashqari, ushbu natijalarni qadriyatlar sifatida tavsiflaganda,
antropologik   yondashuv   qadriyatlarga   nimalar   kirishini   belgilaydigan   mezonlarni
aniqlab   bermaydi.   Bu   fikrlar   bilan   huquqiy   qadriyatlarni   ajratish   mumkin   emas,
chunki huquqiy qadriyatlarsiz huquqiy madaniyatni tushunib bo’lmaydi.
Madaniyat   haqidagi   tasavvurlarning   rivojlanish   jarayonida   ijobiy   rol
o’ynaydigan, ushbu ijtimoiy hodisaning tahlili ikkita boshqa usul bilan to’ldirilishi
lozim.   Ulardan   birinchisi,   madaniyatning   ijobiy   faoliyat   jarayonini   anglashda
namoyon bo’lsa, ikkinchisi, inson faoliyatining o’ziga xos usulidir. 
Birinchi   usulda,   madaniyat   insonning   takomillashish,   amal   qilish   va
ma’naviy   ishlab   chiqarish   jarayoni   orqali   tahlil   qilinadi.   Ikkinchi   fikr   vakillari
madaniyatning   umumiy   modelini   ijtimoiy   hayotning   universal   xususiyati   sifatida
qarashni taklif etadilar.
Madaniyatni   shaxs   rejasi   sifatida   qarash,   nazarimizda,   zamonaviy   huquqiy
madaniyatshunoslikning   asosiy   yo’nalishlarini     belgilaydi   va   shaxsning   huquqiy
madaniyati muammolarini tadqiq etishni rag’batlantiradi.
Huquqiy   madaniyat   nazariyasini   o’rganishda   umummilliy   boshlang’ich
talablarni   tahlil   qilib,   huquqiy   madaniyatni   aksiologik   tahlilsiz   tasavvur   etish,
huquqiy madaniyatni   to’g’ri   anglash  mumkin emas.   Huquqiy madaniyat   sohasiga
tegishli   voqyealarni   ajratib,   tanlab   olingandan   keyin,   ushbu   voqyealarga   amal
qilish va takomillashtirish qonuniyatlarini bilishda, albatta aksiologik tahlil kerak.
Faqat   uning   yordamida   huquqiy   madaniyatning   har   bir   voqyeasiga   xolis   baho
berish,   uning   ijtimoiy-tarixiy   ahamiyatini   aniqlash   mumkin.   Huquqiy   madaniyat
nazariyasini shakllantirish tamoyillarini hisobga olish zarur. Shuni   alohida   ta’kidlash   joizki,   davlat   va   huquq   nazariyasi   doirasida
mustaqil   ilmiy   yo’nalish   bo’lgan   huquqiy   madaniyatshunoslik   yoki,
boshqacha so’z bilan aytganda, huquqiy madaniyat nazariyasi shakllandi .
Huquqiy   madaniyat   nazariyasining   hayotiyligi   va   kuchi   shundaki,   u   inson
huquqiy tafakkurini shakllantirishning muhim vositasi va natijasi sifatida namoyon
bo’ladi.
Huquqiy   madaniyat   jamiyat   va   shaxsning   huquqiy   holati   timsolida
qabul qilinishi mumkin bo’lgan alohida ijtimoiy hodisadir .   Huquqiy madaniyat
nazariyasiga oid barcha muammolar atroflicha o’rganilishi zarur. Shu bilan birga,
har   bir   muayyan   holatlarda   madaniyatning   turlicha   ko’rinishlarini   tushunishda
qat’iy belgilanadigan u yoki bu jihati ustun bo’ladi. Chunonchi, huquqiy hayotda,
ma’rifatparvarlikning   shakllanishini   ta’minlashda,   inson   omilini   oshirish   nuqtai
nazaridan   yondashilganda,   avvalambor,   huquqiy   madaniyatning   mazmuniga
e’tibor qaratish zarurligi namoyon bo’ladi. 
Huquqiy   madaniyat   –   kishilarning   huquqiy   bilim   darajasi,   huquqqa
nisbatan ongli munosabat, huquqni hurmat qilish va unga rioya qilishni ifodalovchi
tushuncha.
HUQUQIY MADANIYaTNING TARKIBIY TUZILIShI
Huquqiy   madaniyatning   tuzilishini,   mohiyatini   o’rganish   uchun,   uning
adolatli fuqarolik jamiyati va demokratik huquqiy davlat qurishda tutgan o’rni va
vazifasini aniqlab olish kerak. Bunda uning elementlarini sanab o’tish va umumiy
tavsifi   bilan   cheklanib   qolmasdan,   ushbu   elementlarning   o’zaro   munosabatlarini,
ularning   yaxlitligini,   uzviy   birligini   ko’rsatish   lozim.   Ular   orasidan   asosiy
elementlar va ikkinchi darajali elementlarni ajratib ko’rsatish talab qilinadi.
Huquqiy   voqyelikning   turli   jihatlari   huquqiy   madaniyatning   tarkibiy
qismlari hisoblanadi.
birinchidan, yuridik normalar tizimi bo’lmish huquq;
ikkinchidan,   huquqiy   munosabatlar,   ya’ni   qonun   bilan   tartibga   solingan
ijtimoiy munosabatlar tizimi;  uchinchidan,   huquqni   muhofaza   qilish   va   ta’minlash   faoliyati   bilan
shug’ullanuvchi davlat va jamiyat institutlari tizimi bo’lmish yuridik muassasalar;
to’rtinchidan, huquqiy ong, ya’ni huquqiy voqyelikni ma’naviy jihatdan aks
ettiruvchi tizim;
beshinchidan, huquqiy xatti-harakat (ham qonuniy, ham qonunga xilof). 
Ko’rib   turganimizdek,   huquqiy   madaniyat   ijtimoiy   ong   va   ijtimoiy
amaliyotning   ko’p   qirrali   holatidir.   U   jamiyatni   tavsiflovchi   barcha   huquqiy
jihatlarning sintezidir.
Jamiyatning   huquqiy   madaniyatini   tashkil   etuvchi   elementlar   bir   vaqtning
o’zida   boshqa   xil   tuzilmalarga   ham   kiradi.   Bundan   tashqari,   huquqiy   madaniyat
elementlari bir necha tizimlarning tarkibiy qismlari hisoblanadi.
Huquqiy   madaniyatning   tuzilishini   tahlil   etganda,   asosiy   e’tiborni   uning
tabiatiga qaratish kerak. Agar kishilik faoliyati shakllarining huquqiy madaniyatda
tutgan o’rnini aniqlashga harakat qilinsa, avvalambor, ikkita sohani nazarda tutish
kerak:   birinchidan,   bevosita   huquqiy   sohadagi   faoliyat;   ikkinchidan,   huquqiy
bo’lmagan,   lekin   huquq   amal   qiladigan   soha   bilan   bog’liq   bo’lgan   faoliyat.
Birinchisini   tushunishda   g’oyatda   an’anaviy   bo’lmagan   yo’nalishlar   namoyon
bo’lsa-da,   alohida   qiyinchiliklar   uchramaydi.   Ikkinchisining   mazmunini   ishlov
berish,   ya’ni   badiiy   shaklda   bo’lgan   huquqiy   g’oyalarni,   qarashlarni,   baholarni,
hissiyotlarini   va   hokazolarni   aks   ettiradigan   qandaydir   asarlar   tashkil   etadi.   Bu
faoliyat   bevosita   huquqiy   madaniyatga   kirmaydi,   lekin   o’z   g’oyaviy   mazmuni
jihatidan unga singib ketadi. Shunday qilib, radio, televideniye, adabiyot, tasviriy
san’at,   kino,   jurnalistika   o’zicha   huquqiy   madaniyatga   kirmaydi,   lekin   doimiy
ravishda uni to’ldirib boradi. 
Huquqiy   madaniyatning   yuqorida   ta’kidlangan   elementlari   uning
mazmuniga   to’la   mos   kelmaydi.   Ammo   ular   jamiyatning   huquqiy   madaniyati
darajasini   ifodalaydi.   Uning   mazmuni   esa   faqat   huquqiy   ong,   huquq,   qonuniylik
kabilarnigina   emas,   balki   uning   rivojlanish   darajasini,   miqdorini,   ya’ni
sivilizasiyaning,   ijtimoiy   taraqqiyotning   hozirgi   bosqichi   nimalarni   bersa,
hammasini qamrab oladi. ShAXSNING HUQUQIY MADANIYaTI
Shaxs   huquqiy   madaniyatining   tuzilishi   juda   xilma-xildir.   Bu   yerda   huquq
madaniyatining   yo’nalishi   uning   ijtimoiylashuvi   darajasi,   mazmuni   va   boshqalar
nazarda tutilmoqda.
Shaxs   huquqiy   madaniyati   uch   xil   holatda   namoyon   bo’ladi:   1)   huquq
madaniyatini   tushunishda;   2)   ijodiy   faoliyatni   amalga   oshirishda;   3)   bu
tushunchaning amalga  oshirish natijalarida shaxs  huquqiy madaniyati  individning
maxsus rivojlanish darajasi sifatida avvalo uning tayyorgarligi.
Huquqiy madaniyatning kasb bilan bog’liq darajasi maxsus huquqiy faoliyat
bilan shug’ullanadigan shaxslarda,  jumladan yuristlarda vujudga keladi. Kundalik
hayotda   huquqiy   voqyealarga   uzluksiz   ravishda   duch   kelish   ularda   huquqiy
madaniyatning kasbiy xususiyatlarini vujudga keltiradi. 
Huquqiy   tushunchalar   va   kategoriyalar   shaxs   huquqiy   madaniyatining
muhim   tomonini  tashkil   qiladi,   erishilgan   bilimlar  darajasi  va   huquqiy  holatlarini
tushunishni   aks   ettiradi.   Shu   nuqtai   nazardan,   huquqiy   madaniyat   mazmunan
bilimning   xolis,   muayyan   to’plamidan   iborat.   Huquqiy   tushuncha,   shaxs   huquqiy
madaniyati   baholovchi   tomonining   shakllanishi   uchun   asos   bo’lib   xizmat   qiladi.
Baholovchi   tomoni,   huquqiy   madaniyatning   uzviy   tomoni   bo’lib,   progressiv
huquqiy   normalar   qo’llanishini   ta’minlaydigan,   huquqiy   boshqarishdagi   o’rnini
tushunishga   yordam   beribgina   qolmasdan,   balki   eskirib   qolgan   regulyatorlarni
almashtirishga yordam beradi, yangi g’oyaviy – nazariy darajasi va yuqori yuridik
–   texnik   darajasi   o’zaro   muvofiq   bo’lgan   huquqiy   madaniyatning   shakllanishiga
imkoniyat yaratadi.
Shaxs   huquqiy   madaniyatining   mazmunidan   kelib   chiqib,   yaxlit   ko’rib
chiqilishi  lozim  bo’lgan elementlarni ajratib ko’rsatish mumkin. Huquqiy doirada
uch   guruh   g’oyaviy-nazariy,   huquqiy,   tasavvur,   ijobiy-huquqiy   tuyg’u   va
shaxsning   ijodiy   faoliyati.   Yuqoridagilardan   birinchisi   harakatdagi   yoki   istalgan
huquq   va   bilim,   huquqiy   holatga,   huquqiy   hayotga   nisbatan   qarashlar   to’plamini
tashkil   qiladi.   Nazariy,   tizimli   aks   ettirishda   huquqiy   tasavvur,   huquqiy
madaniyatning yetakchi tomonini ifodalovchi, huquqiy nazariyani tashkil qiladi. Huquqiy   madaniyatning   mazmuni   shaxs   huquqiy   madaniyati   modelini
belgilaydi. Bunday model quyidagicha tavsiflanadi: 
birinchidan ,   shaxsning   haqiqatan   huquqiy   yoki   huquqiy   ahamiyatga   ega
bo’lgan xulqi;
ikkinchidan ,   uning   huquqqa   va   boshqa   huquqiy   holatlarga   munosabati,
huquq va inson  huquqini hurmat bilan tan olish;
uchinchidan , huquqiy xatti-harakatga odatlanish;
to’rtinchidan,  fuqarolik-huquqiy faollik.
Shaxsning   huquqiy   madaniyati   jamiyat   huquqiy   madaniyatining   uzviy
tarkibiy   qismidir .   Bu   faoliyat   huquq   sohasida   jamiyat   taraqqiyotiga   va   uning
madaniyatiga   mos   keladi,   natijada   shaxsning   va   jamiyatning   doimiy   huquqiy
boyishi   sodir   bo’ladi.   Shubhasiz,   shaxsning   yuksak   huquqiy   madaniyati   jamiyat
taraqqiyotini   ta’minlaydi.   U   insonning   bilimdonligi   bilan   yaqindan   uyg’unlashib
ketadi. Shaxs huquqiy ongining shuningdek, huquqiy tarbiyaning ham umumiy va
o’ziga xos jihatlari mavjud.
Shaxsning huquqiy madaniyati - jamiyat huquqiy madaniyatining zaruriy
shart-sharoiti va tarkibiy qismidir .  Shu bilan birga, huquqiy madaniyat shaxsning
huquqiy   rivojlanishiga   xizmat   qiladi.   U   jamiyat   huquqiy   holatining   muayyan
darajasiga   bog’liq.   Shaxsning   huquqiy   madaniyati   jamiyatning   progressiv
yutuqlariga mos keluvchi ijodiy faoliyatni tashkil etadi. Natijada shaxsning doimiy
huquqiy boyishi ro’y beradi.
Shunday qilib, shaxsning va jamiyatning huquqiy madaniyati umuminsoniy
qadriyatlar tushunchalarining va insoniyat umumdemokratik yutuqlarining muhim
natijasidir.  Huquqiy madaniyat - huquqiy davlatning ajralmas qismidir .
Huquqiy madaniyatning funksiyalari
Huquqiy madaniyat bir necha maxsus funksiyalarni bajaradi. Bu funksiyalar
quyidagilardan iborat: 
- regulyativ (tartibga soluvchi) funksiya; 
- normativ funksiya; 
- sosiologik (ijtimoiy) huquqiy funksiya;  - kommunikativ (aloqalar o’rnatish) funksiya; 
- prognoz (bashoratlash) funksiyasi.
Huquqiy madaniyatning regulyativ funksiyasi  demokratik huquqiy davlatni
shakllantirishni   va   adolatli   fuqarolik   jamiyatini   vujudga   keltirishni   ta’minlovchi
nazariy   va   tashkiliy   faoliyat   bilan   bog’liq.   Bu   funksiya     umumiy   va   shaxsiy
manfaatlarni, insoniyat ijtimoiy rivojlanishining markaziga qo’yish, shaxsning har
tomonlama   kamol   topishi   uchun   muhit   yaratish,   unga   zarur   mehnat   va   hayot
sharoitini   yaratish,   siyosiy   erkinligini   ta’minlashga   yordam   beradi.   Bu   funksiya
umuminsoniy   ahamiyatga   ega   bo’lgan   huquqiy   va   ma’naviy   kafolatlarni,   ya’ni
rostgo’ylik, insof, diyonat, ezgulik, shafqat, vijdon, insoniy qadr-qimmat va tanlov
erkinligini qamrab oladi.
Huquqiy   madaniyatning   regulyativ   funksiyasi   huquqiy   tizimning   barcha
elementlari barqaror va batartib harakatlanishini ta’minlaydi.
Huquqiy   madaniyat   yaxlit   huquqiy   ong   va   borliqning   tarkibiy   qismi.   U
butun insoniy borliqni aks ettiradi, unga faol qayta ta’sirni shakllantiradi. Unga xos
qadriyatlar,   huquqiy   normalar,   tamoyillar   va   hulq-atvor   namunalari   fuqarolar,
ijtimoiy qatlamlar va guruhlar birdamligiga, ular kuchini huquqiy davlatni vujudga
keltirishga yo’naltirishga, to’plashga yordam beradi.
Huquqiy madaniyat  odamlarning ijtimoiy birlashuvini   ta’minlashi  mumkin.
U   fuqarolarga   o’zaro   huquqiy   muloqotga   kirishishga   imkoniyat   yaratib   beradi,
ularning   o’zaro   munosabatlarini   boshqaradi.   Huquqiy   madaniyatning   regulyativ
funksiyasi   huquqiy   va   boshqa   sosial   normalar   orqali   amalga   oshadi.   Ushbu
funksiya   sharofati   bilan,   huquqiy   madaniyat   odamlarni   faoliyatda   belgilangan
qoidalarga,   sosial   intilish   va   ideallari,   ehtiyojlari   va   manfaatlarining   huquqiy
munosabatlarda o’zaro huquq va majburiyatlarining amalga oshuvini  ta’minlaydi,
bu munosabatlarni yo’lga qo’yishga yordam beradi.
  Huquqiy   madaniyatning   normativ   funksiyasi   aksiologik   (baholovchi)
tavsiflar   tizimi   yordamida   aks   ettiriladi.   U   turli   hodisa   va   faktlarda,   ma’lum   bir
ahamiyat   kasb   etgan   ongli   shaxslar   harakatida   o’z   aksini   topadi.   Shundan   kelib chiqqan   holda,   huquqiy   normalar   boshqa   jamiyatning   huquqiy   madaniyatini
tashkil qiluvchi elementlarni baholovchi obyekt sifatida maydonga keladi. 
Huquqiy madaniyatning normativ funksiyasi huquq normalarida nazarda
tutilgan   harakat   namunalariga   mos   holda   atrof   huquqiy   voqyelikni
o’zgartirishga   erishilgan   natijaga   nisbatan   munosabatda   o’z   aksini   topadi .
Huquqiy   madaniyatdagi   baholovchi   faoliyat   shaxs,   huquq   xizmatchilari   jamiyati,
qonunchilik,   huquqiy   tartib-intizom,   huquqiy   munosabatlar,   huquqiy   boshqaruv
mexanizmi   (tegishli   huquqiy   ahamiyatga   ega   bo’lgan)   «o’lchovidan»   tashkil
topadi. Huquqiy reallik aniq yuridik holatdan huquqiy tizimgacha keng   ko’lamda
baholanadi.   Huquqni,   aniq   huquqiy   normalarni,   fuqarolar   hulq-atvori,   huquqni
buzishga qarshi kurash olib boruvchi huquqni himoya qiluvchi organlar faoliyatini
o’z ichiga oladi.
Huquqiy   madaniyatning   sosiologik   funksiyasi   shaxsning   huquqiy   sifatlari
shakllanishi   tizimi   orqali   o’rganib   chiqilishi   mumkin.   So’zsiz,   bunday   jarayonga
huquqiy  voqyelik   ma’lum   bir   ta’sir   o’tkazadi.   Shu   bilan   birga,  maqsadli   huquqiy
tarbiyaviy ishlarni olib borish, aholining huquqiy ta’limini tashkil qilish chorasini
ko’rish,   ularga   yuridik   yordam   ko’rsatish,   shaxsning   o’zini-o’zi   tarbiyalash
jarayonini faollashtirish zarur.
Huquqiy   madaniyat   kommunikativ   funksiyani   ham   bajaradi .   U
fuqarolarning   huquqiy   doiradagi   muloqotini   ta’minlar   ekan,   shu   muloqat   orqali
mavjud   bo’ladi   va   ta’sir   etadi.   Bu   yerda   fuqarolarning   faqat   huquqiy   harakat
doirasidagi bevosita muloqoti, shuningdek, bizga shaxsan notanish bo’lgan, bizdan
makon   va   zamonda   ajralib   turgan   tengdoshlarimiz,   o’tmish   avlodlarimiz   bilan
bevosita «muloqoti» nazarda   tutilmoqda. Bunday muloqot  yozma yuridik asarlar
vositasi   bilan   ta’minlanadi.   Bugungi   kunda   u   ommaviy   axborot   vositalarining
takomillashuvi   bilan   yanada   rivojlanadi.   Huquqiy   muloqot   subyektlararo   o’zaro
ta’sir   formulasi   bo’lib,   huquq   doirasida   erkin   va   kamyob   mohiyat   sifatida
maydonga chiqadi. Bu  funksiyani  o’zlashtirish  huquqiy  madaniy   merosga,   zamonaviy  huquqiy
madaniyatning   boshqa   ko’rinishlariga   nisbatan   huquqiy   madaniyatni
o’zlashtirishga yordam beradi.
Har   bir   jamiyatning   huquqiy   madaniyati   boshqa   jamiyat   huquqiy
madaniyatning   o’zaro   tasvirisiz   muvaffaqtiyatli   rivojlana   olmaydi.
Mamlakatimizning sovetlar davrida madaniyatni cheklashga urinish, jumladan boy
tarixiy, huquqiy merosimizdan   uzishga  intilish va zamonaviy  davlatlar  madaniy-
huquqiy   hayoti   bilan   har   qanday   aloqani   cheklashga   urinish   qanday   achinarli
oqibatlarga olib kelgani ma’lum.
Huquqiy madaniyat o’zida hozirgi va o’tmish davr huquqiy madaniyatining
ilg’or yutuqlarini to’plashi lozim. 
Huquqiy madaniyatning kommunikativ funksiyasi faqat «bugungi» huquqiy
boshqaruv   doirasidagina   tashkil   topib   qolmaydi.   U   huquqiy   madaniyatning
rivojlanishini   rejalashtirish   va   bashorat   qilish,   huquqiy   madaniyat   qurish   va   uni
rivojlantirish uchun zaruriy element sifatida yuzaga keladi.
Huquqiy   madaniyatning   prognostik   funksiyasi   o’z   ichiga   huquq
ijodkorligi   va   huquqni   qo’llashni   qamrab   oladi,   qonunlar   va   huquq   tartibotni
mustahkamlashni,   fuqarolarning   huquqqa   mos   xatti-harakati,   faolligini,   butun
huquqiy tizim uchun xos bo’lgan an’analarni o’z ichiga oladi. Hozirgi vaqtda ilmiy
prognozlash   va   rejalashtirishning   elementlari,   masalan,   qonunchilik   faoliyatida
kuchayib   bormoqda.   Chunki   qonun   hujjatlarini   ishlab   chiqish   va   qabul   qilishni
rejali ravishda amalga  oshirish zarur.
Huquqiy   madaniyat   bashoratlar   ehtimoli   bo’lgan   o’ziga   xos   qadriyatlardan
iborat.   Bunday   hollarda   hatto   ma’lum   darajadagi   noaniqlik   yetarli   asoslangan
bashorat qilish imkoniyatini cheklab qo’yadi.
Huquqiy   madaniyatga   bevosita   aloqador   bo’lgan   juda   ko’p   qarama-
qarshiliklarga   duch   kelish   mumkin.   Bularning   hammasi,   albatta,   huquqiy
madaniyatga   ta’sir   qiladi.   Shuning   uchun   huquqiy   madaniyatni   rivojlantirish
bo’yicha   qonunchilik   va   huquqiy   tizimdagi   mavjud   ziddiyatlarni   bartaraf
qilmasdan, shaxsni har tomonlama huquqiy kamol toptirish mumkin emas. Huquqiy   madaniyat   sivilizasiyaning   rivojlanishiga,   tartibga   solinishiga,
yaxshilanishiga   turtki   bo’ladi.   Huquqiy   madaniyat   –   dinamik   holat .   Unda
ma’naviy   boyliklar   nihoyatda   muhim   o’rin   tutadi.   Shaxsniki   kabi,   jamiyatning
huquqiy   madaniyati   ham   ma’naviyliksiz   bo’lishi   mumkin   emas.   Jamiyatimizda
umumbashariy   qadriyatlarni   tiklash   yuqori   umuminsoniy   madaniyatning   ajralmas
elementini, mamlakatimiz huquqiy madaniyati elementini ham tashkil qiladi.
Huquqiy   madaniyat   mamlakatimiz   ideallariga   xizmat   qilganligi   uchun
muhim   ahamiyatga   ega   va   unda   umuminsoniy   ideallar   o’z   aksini   topgani   uchun
qadrlidir. 
Birlashgan   Millatlar   Tashkiloti   1993   yilda   Venada   o’tkazgan   Inson
huquqlari   bo’yicha   ikkinchi   umumjahon   anjumanining   qarorlarini   bajarish
borasida O’zbekistonda inson huquqlari bo’yicha milliy institutlar tizimi yaratildi.
Bu   tizimga   inson   huquqlari   bo’yicha   Oliy   Majlis   vakili   (ombudsman),   Inson
huquqlari   bo’yicha   milliy   markaz,   Amaldagi   qonunchilik   monitoringi   instituti,
"Ijtimoiy   fikr"   jamoatchilik   markazi   va   boshqa   o’quv-ma’rifiy,   nodavlat
tashkilotlar   kiradi.   “Fuqarolik   institutlari,   nodavlat   notijorat   tashkilotlari   hozirgi
kunda   demokratik   qadriyatlar,   inson   huquq   va   erkinliklari   hamda   qonuniy
manfaatlarini   himoya   qilishning   muhim   omiliga   aylanmoqda,   fuqarolarning   o’z
salohiyatlarini   ro’yobga   chiqarishi,   ularning   ijtimoiy,   sosial-iqtisodiy   faolligi   va
huquqiy   madaniyatini   oshirish     uchun   sharoit   yaratmoqda,   jamiyatda   manfaatlar
muvozanatini   ta’minlashga   ko’maklashmoqda”.   Bu   o’rinda   Ichki   ishlar   vazirligi
akademiyasining   inson   huquqlari   nazariyasi   va   amaliyoti   kafedrasi,   Toshkent
yuridik   instituti   qoshidagi   Inson   huquqlari   va   gumanitar   huquqni   o’rganish
markazi,   Advokatlar   va   sudyalar   uyushmalarini   ko’rsatish   mumkin.   Bugungi
kunda yana bir muhim fakt bu 2008 yil Prezidentimiz I.Karimov farmoniga asosan
huquqni   himoya   qilish   organlarida   Inson   huquqlarini   himoya   qilish   bo’yicha
boshqarmalar tashkil etildi. Mazkur   demokratik   institutlar   demokratlashtirish   jarayonlariga   barqarorlik
tusini   berish   va   islohotlarning   bir   zum   ham   to’xtab   turishiga   yo’l   qo’ymaslik
maqsadida barpo etilgan. Jamiyatda siyosiy plyuralizm va ko’ppartiyaviylik qaror
topdi. Inson huquqlarini ta’minlash borasida O’zbekistonning hyech bir davlatdan
qolishmasligi uchun barcha chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Sovet imperiyasi davrida davlat doimo o’z huquq va manfaatlarini inson va
jamiyat   manfaatlaridan   ustun   qo’yardi.   Inson   bor-yo’g’i   ma’muriy-boshqaruv
tizimining bir   “ murvati ”   edi, xolos. Eski  huquqiy mafkuradan ozod bo’lish zarur.
Bu   gap   huquqni   muhofaza   qilish   organlarining   xodimlariga   ham   taalluqlidir.
Chunki ularning ma’lum qismi o’sha davr yuridik o’quv yurtlarida ta’lim olganlar
va   sovet   huquqiy   mafkurasi   sharoitida   tarbiya   topganlar.   Albatta,   ularni   bunda
ayblab   bo’lmaydi.   Biroq   ularning   yangi   huquqiy   tafakkur   va   dunyoqarashining
shakllanishidagi sustkashlikka yo’l qo’yib bo’lmaydi.
Shu   boisdan,   mamlakatda   inson   huquqlari,   erkinliklari   va   qonuniy
manfaatlarini   ta’minlash,   ijtimoiy   hayotning   barcha   sohalarini   demokratlashtirish
uchun   shart-sharoitlar   yaratish   va   huquqiy   davlat   asoslarini   shakllantirish
zaruriyatlaridan   kelib   chiqib,   O’zbekiston   Respublikasi   Oliy   Majlisining   IX
sessiyasi   “ Jamiyatda   huquqiy   madaniyatni   yuksaltirish   milliy   dasturi ” ni   qabul
qildi.   U   huquqiy   madaniyatni   yuksaltirish   mexanizmining,   aholining   huquqiy
tarbiyasi   va   ta’limi   tizimini   takomillashtirish   orqali   kishilar   huquqiy   ongini
yuksaltirishning asosiy   jihatlarini nazarda tutadi.  Bizga ma’lumki respublikamizda
islohotlar   jarayoni   jadal   davom   etmoqda.   Shu   tufayli   Prezidentimiz   I.Karimov
tomonidan   taqdim   etilgan   “Mamlakatimizda   demokratik   islohotlarni   yanada
chuqurlashtirish   va   fuqarolik   jamiyatini   rivojlantirish   konsepsiyasi”
konstitusiyaviy   taraqqiyot,   davlatni   modernizasiya   qilish   strategik   maqsadlarini
amalga   oshirishda   yangi   bosqichni   boshlab   berdi.   “Hozirgi   paytda   mamlakatimiz
aholisining siyosiy-huquqiy madaniyati va ijtimoiy ong darajasining o’sib borishi,
jamiyatni   demokratlashtirish   va   liberallashtirish   jarayonlarining   jadal   rivojlanishi,
yurtimizda   ko’ppartiyaviylik   tizimining   tobora   mustahkamlanishi   davlat
hokimiyatining   uchta   subyekti,   ya’ni   davlat   boshlig’i   bo’lgan   Prezident,   qonun chiqaruvchi   va   ijro   etuvchi   hokimiyatlar   o’rtasidagi   vakolatlarning   yanada
mutanosib   taqsimlanishini   ta’minlash   uchun   zarur   shart-sharoitlarni   yuzaga
keltirmoqda.
Mamlakatimizni demokratik yangilashning bugungi bosqichdagi eng muhim
yo’nalishlaridan biri bu – qonun ustuvorligi va qonuniylikni mustahkamlash, shaxs
huquqi   va   manfaatlarini   ishonchli   himoya   qilishga   qaratilgan   sud-huquq   tizimini
izchil demokratlashtirish va liberallashtirishdan iboratdir. Bir so’z bilan aytganda,
yurtimizda   huquqiy   davlat   asoslarini   yanada   takomillashtirish   va   aholining
huquqiy   ongi   va   madaniyatini   yuksaltirish   biz   uchun   hal   qiluvchi   vazifa   bo’lib
qolmoqda...
Jamiyatning   demokratiya   yo’lidan   jadal   rivojlanishi     va   bu   borada   amalga
oshirilayotgan   islohotlarning   muvaffaqiyati   ko’p   jihatdan   odamlarning   huquqiy
ongi   va   huquqiy   madaniyat   darajasiga   bog’liqdir.   Yuksak   huquqiy   madaniyat   –
demokratik jamiyat poydevori va huquqiy tizimning yetuklik ko’rsatkichidir.
Shu   munosabat   bilan,   bugungi   siyosiy-huquqiy   voqyelikni   hisobga   olgan
holda,   mamlakatimizda   huquqiy   ta’lim   va   ma’rifatni,   jamiyatda   huquqiy   bilimlar
targ’ibotini   tubdan   yaxshilashga   yo’naltirilgan   maqsadli   keng   ko’lamli   chora-
tadbirlar   dasturini   ishlab   chiqish   zarur.   Ushbu   dasturning   amalga   oshirilishi
aholining   inson   huquq   va   erkinliklariga   nisbatan   hurmat   bilan   munosabatda
bo’lishini,   fuqarolarda   qonunga   itoatkorlik   tuyg’usining   yanada   ortishini
ta’minlaydi, deb o’ylayman.
Shu   nuqtai   nazardan   qaraganda,   Inson   huquqlari   sohasida   milliy   harakat
dasturini ishlab chiqish dolzarb ahamiyatga ega. Ushbu dastur eng avvalo huquqni
muhofaza   qilish   va   nazorat   organlari   tomonidan   inson   huquq   va   erkinliklarining
himoya   qilinishini   ta’minlash,   jamiyatda   inson   huquqlari   bo’yicha   madaniyatni
shakllantirish   va   shu   kabi   boshqa   sohalarga   oid   qonunlarga   rioya   etilishi   ustidan
jamoatchilik   monitoringini   olib   borishga   qaratilgan   chora-tadbirlarni   o’zida
mujassam etishi kerak”. 
Mustaqil   davlatchilikni   qo’lga   kiritish   buyuk   tarixiy   voqyeadir.   Huquq
falsafasining tarixi ziddiyatlarga boy va unga bo’lgan munosabat ham xilma-xildir. Chor Rossiyasi  davrida huquqshunos olimlar huquq falsafasiga oid asarlar, o’quv
qo’llanmalari   yaratgan   va   Rossiyaning   nufuzli   dorilfununlarida   huquq   falsafasi
mustaqil   sifatida   o’qitilgan.   Ayniqsa   XVIII   asrda   mazkur   fan   rivojlanishida
boshlang’ich bosqich bo’ldi deyishimiz mumkin .
Sobiq   ittifoq   davrida   huquq   falsafasi   mustaqil   kurs   sifatida   o’qitiladi.   Bu
davrda mafkuralashgan falsafa huquq falsafasining ham o’rnini bosishi  kerak edi.
Umuman   o’z   vaqtida   kibernetika,   genetika   g’ayriilmiy   fan   deyilganidek   huquq
falsafasi   ham   ana   shunday   fanlar   sirasiga   xufyona   kiritilgan   fanlar   biri   edi.
Natijada,   oliy   ma’lumotli   mutaxassislar   huquqni   falsafa   kursining   “tarixiy
materializm” nomli ikkinchi qismida, ijtimoiy ong shakllaridan biri ekanligini yod
etish bilan cheklanar edilar. Huquq falsafasi huquqni ruhiy, ma’naviy, mafkuraviy
olam   sifatida   o’rganadi   va   uni   real   voqyelikka   mos   kelishi   muammolarini   tahlil
etadi.   Huquqqa   bunday   yondashuv,   tabiiyki   mavjud   mafkuraga   zid   bo’lib,
huquqning idealistik falsafasi hisoblanar edi. 
O’zbekistonning   mustaqillikka   erishishi   huquq   falsafasining   ham   mustaqil
fan sifatida shakllanishiga va rivojlanishiga to’la imkoniyat yaratib berdi. Mazkur
sohada   olib   borilayotgan   ilmiy   nazariy   tadqiqotlarni   ham   jonlantirib   yubordi.
Ko’plab   oliy   o’quv   yurtlarda   huquq   falsafasi   kursini   talabalarga   o’qitish   yo’lga
qo’yilgan   va   bu   bilan   bog’liq   bo’lgan   uslubiy-tashkiliy   tadbirlar   amalga
oshirilmoqda.
Respublikaning   yetakchi   huquqshunos   olimlari   A.A.Azizxo’jayev,
G’.Abdumajidov,   H.Boboyev,   Z.Islomov,   H.Rahmonqulov,   M.Rustamboyev,
A.X.Saidov,   H.Odilqoriyev,   U.Tojixonov,   Sh.Z.O’razayev,   M.M.Fayziyev   va
boshqalarning   ilmiy   tadqiqotlarida   huquqning   falsafiy   muammolari   tahlil   etilgan.
Faylasuf   olimlarimizdan   S.A.Abduxoliqov,   R.Z.Jumayev,   N.Jo’rayev,   A.Jalolov,
K.N.Nazarov,   S.Shermuxamedov,   N.Shermuxamedova,   S.Otamurodov,
I.Sayifnazarov,   I.Ergashev,   B.To’ychiyev,   F.Musayev,   A.Ochildiyev,   A.Qodirov,
X.F.Haydarov   va   boshqalarning   tadqiqotlarida   huquq   falsafasining   u   yoki   bu
jihatlari o’z ifodasini topmoqda. Huquq   falsafasining   asosiy   yo’nalishlaridan   biri   bo’lgan   huquqiy
aksiologiyaning   mohiyatini   bilishda   faylasuf   olim   Q.N.Nazarovning   qadriyatlar
falsafasi,   ya’ni   aksiologiya   falsafasiga   bag’ishlangan   tadqiqotlar   alohida
ahamiyatga ega bo’ladi.
S.Abduxoliqov   huquq   falsafasi   va   din   falsafasining   mushtarakligi   bilan
bog’liq   muammolarga   bag’ishlangan   doktorlik   dissertasiyasini   himoya   qildi.
X.F.Xaydarov esa “Jamiyat qonunlari - islohotlar jarayonlarini bilish va boshqarish
omili”   mavzusida   doktorlik   dissertasiyani   muvafaqqiyatli   himoya   qildi.
O’zbekiston   Respublikasida   siyosiy   tizimni   yanada   mustahkamlash   va   huquqiy
davlat   shakllanishiga   oid   masalalar   bilan   bog’liq   bo’lgan   huquq   falsafasining
boshqa   bir   yo’nalishiga   yetakchi   siyosatshunos   olim   R.Z.Jumayevning   doktorlik
dissertasiyasi,   monografiyalari   va   ilmiy-nazariy   tadqiqotlari   bag’ishlangan.
F.Musayev   bevosita   huquq   falsafasining   mohiyati   va   mazmuni,   tarkibi   va   uning
yurtimizda huquqiy davlat va demokratik jamiyat qurishdagi ahamiyati, hamda bu
borada   Prezidentimiz   I.A.Karimov   asarlarida   olg’a   surilgan   g’oyalarining
O’zbekistonda   huquq   falsafasining   rivojlanishidagi   ahamiyatiga   bag’ishlangan
doktorlik   dissertasiyani   muvafaqqiyatli   himoya   qildi.   Mana   shu   qisqa   tarixiy
davrda   mustaqillikning   keyingi   yillarida   respublikamizda   o’nga   yaqin   nomzodlik
dissertasiyalari   huquq   falsafasining   u   yoki   bu   jihatlarining   ilmiy   tahliliga
bag’ishlangandir, vaqtli matbuotda huquq falsafasiga keng ilmiy jamoatchilikning
diqqatiga qaratilgan ommabop maqolalar ham e’lon qilinmoqda. Ayniqsa, 2003 yil
noyabr   oyida   M.Ulug’bek   nomli   O’zbekiston   Milliy   Universitetida   moskvalik
yurist,   akademik   V.S.Nersesyansning   Moskvada   nashr   etilgan   “Filosofiya   prava”
(1998) oliy o’quv yurtlari uchun tayyorlangan darsligini o’zbek tiliga nashr etilishi
va   shu   munosabat   bilan   bo’lgan   taqdimotda,   O’zbekistonda   huquq   falsafasining
rivojlantirilishi   bilan   bog’liq   bo’lgan   muhim   fikrlar   o’rtaga   tashlandi.   Mazkur
darslikni   tarjimasi   va   uning   chop   etilishi   bevosita   respublikamizda   huquqiy-
falsafiy fanlarni rivojlantirshning jonkuyarlaridan biri  prof. A.Saidov rahbarligida
amalga   oshirilgan   bo’lib,   mazkur   fanning   respublikamiz   oliy   o’quv   yurtlarida
o’qitishning samaradorligini oshirishda  muhim voqyea bo’ldi. Modomiki   biz   huquqiy   davlat   qurayotgan     ekanmiz,   huquq   falsafasini   oliy
o’quv yurtlarida o’qitish - bu obyektiv zaruriyatdir. Chunki huquqiy ong, huquqiy
madaniyat   va   huquqiy   tafakkurni   shakllantirmasdan   turib,   huquqiy   davlat   qurib
bo’lmaydi.   Huquqiy   davlatni   yaratuvchilari   esa,   tabiiyki,   avvalo   chuqur   huquqiy
bilimga ega bo’lgan, huquqiy tafakkur sohiblari, yoshlardir.
Respublikamizda   yuridik   fanlar   o’qitilayotgan   oliy   o’quv   yurtlarida   va
O’zbekiston   Milliy   Universitetida   falsafa   va   huquqshunoslik   fakultetlarida   huquq
falsafasi   kursi   bo’yicha   ishchi   o’quv   dasturi   tayyorlangan   va   shu   dastur   asosida
o’quv mashg’ulotlari olib borilmoqda.
Huquq   falsafasini   o’rganishda   uning   ko’pdarajalilik   xarakterini   hisobga
olmoq zarur  bo’ladi. Ya’niki, huquq falsafasining  ilmiy-nazariy tadqiqotlari  bilan
uning   oliy   o’quv   yurtlarida   o’qitishning   uslubiy   masalalari   ayni   bir   narsa   emas.
Huquq   falsafasini   sodda   va   talabalar   qalbiga   yetib   boradigan   maqomda   o’qitish
maqsadga muvofiq. Buning uchun esa, avvalo mavjud dasturlarni qiyosiy o’rganib,
respublikamizning   yetakchi   yuristlari   va   faylasuflarning   hamkorligining   natijasi
o’laroq,   oliy   o’quv   yurtlarining   noyuridik   mutaxassisliklari   uchun   namunaviy
dastur     yaratish   xozirgi   davr   talabidir.   Tabiiyki,   bu   borada     boy   tajribaga   ega
bo’lgan   mutaxasisslarning   o’zaro   hamkorligi   va   hamjihatligi,   hamfikrligi   muhim
omil   hisoblanadi.   Prezidentimiz   I.Karimov   respublikamizning   yetakchi   yuristlari
bilan   uchrashuvda   davlat   va   huquqning   umumiy   nazariyasi   tarixiga   oid   davr
talabiga   mos   keladigan   darsliklar,   qo’llanmalar   yaratishni   yuristlar,
siyosatshunoslar,   faylasuflar   oldiga   muhim   vazifa   qilib   qo’ygan   edilar.   Istiqlol
falsafasi,   o’zbek   milliy   qadriyatlari   jahon   huquq   falsafasi   yutuqlarini   o’zda
mujassam etgan huquq falsafasini yaratish mazkur soha mutaxassislarining oldida
turgan vazifalardandir.
Falsafa   va   huquq   tarixida   huquq   falsafasining   muhim   g’oyalarini
shakllanishi   va   rivojlanishi   bilan   bog’liq   bo’lgan   fikrlar   olg’a   surilgan.   Huquq
falsafasini   o’rganish   jarayonida   quyidagi   xulosalarni   keltirib   chiqarish   mumkin
bo’ladi. 1. Har   qanday   ilmiy   muammoni,   shuningdek   huquq   falsafasini   tadqiq   etish
tarixiylik   va   mantiqiylik   tamoyilidan   kelib   chiqishini   taqozo   etadi.   Huquq
falsafasining nazariyasi, uning tarixisiz mavjud bo’lolmaydi.
2. Huquqiy   muammolarni   tarixiy-nazariy   va   falsafiy-metodologik   tahlili
o’tmishida   mavjud   falsafiy   falsafiy-huquqiy   ta’limotlarni   hozirgi   va q t   huquq
falsafasi   bilan   qiyoslashni   taqozo   etadi.   Bu   o’z   navbatida   huquq   falsafasining
Mustaqillikni   mustahkamlashda   yangi   konsepsiyalari,   tushuncha   kategoriyalari
siyosiy-huquqiy   fanlar   rivojlanishida   muhim   rol   o’ ynaydi.   Ayni q sa,   huquq
falsafasi   Markaziy   Osiyo   mutafakkirlarining   falsafiy-huquqiy,   ijtimoiy-siyosiy
qarashlari   tamoyili   asosida   o’rganil ishi   va   yuqori   malakali   mutaxassislarni
huquqning falsafiy mohiyatini bilishi, olingan bilimlar mustaqil davlatimiz ravnaqi
uchun xizmat qilishini ta’minlashi lozim.
3. Milliy   istiqlol   mafkurasi   yangicha   huquqiy   tafakkursiz   huquqning   real
mazmunini,   uning   ichki   mohiyatini,   o’tmish   mustabid   tuzumidan   kolgan
asoratlardan xolos bo’lish va kelajakdagi muhim vazifalarni aniqlash va ularni hal
etishdagi   o’rni   va   ahamiyatini   chuqur   anglab   yetmasdan   mavjud   bo’la   olmaydi.
Huquq   falsafasi–bu   yuridik   ta’limot   bo’lib,   o’zida   huquqiy   makon   va   huquqiy
zamonni mujassam etadi. 
4. Huquqiy islohot, milliy davlatchilikning mantiqiy ifodasi bo’lib, faqatgina
qonunchilik islohotidan iborat bo’libgina kolmay, balki huquqning falsafiy-nazariy
asosini yaratish, uni bilish va hayotga joriy etishni taqozo etadi.
Huquq falsafasi, huquqning axloqiy asoslari haqidagi fan sifatida, davlat va huquq 
umumiy nazariyasi va boshqa yuridik fanlar tizimida o’z o’rniga ega bo’lgan 
fandir. Huquqiy davlat qurish huquq falsafasining mohiyatini bilmasdan turib 
amalga oshmaydi. Huquq falsafasi huquqiy davlatning nazariy poydevoridir.

Mavzu: Mustaqillik davrida O’zbekistonda huquq va davlat tushunchalariga yangicha yondashuv . Reja: 1.Mustaqil O’zbekistonda huquqiy-falsafiy qarashlarning tubdan o’zgarishi va rivoji. 2.Huquqiy islohotlarning mohiyati, uni amalga oshirishning zaruriy shartlari. 3.Demokratik tamoyillariga asoslangan huquqiy davlatning mazmuni, uning barpo etilishi zaruriyati. 4.I.A.Karimov asarlarida huquqiy davlat shakllanishining umumnazariy falsafiy asoslari. 5.Sh.M.Mirziyoyevning Yangi O’zbekistonda huquqiy davlat shakllantirishga doir umumnazariy falsafiy qarashlari.

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning ta’kidlashicha, «O’tmish davri sharoitida fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirish jarayoni yuz berayotgan bir paytda O’zbekiston aholisi turli qatlamlarining manfaatlarini ifoda etishi lozim bo’lgan keng tarmoqli, ko’ppartiyaviy tizim kabi demokratik institutlar hamda boshqa jamoat tashkilotlarining qaror topishi ham muhim ahamiyat kasb etmoqda. Siyosiy nuqtai nazardan baholaganda fuqarolik jamiyatidagi siyosiy tizim va siyosiy boshqaruvning mazmun-mohiyatini huquqiy davlatchilik ifoda etadi. Boshqacha aytganda, huquqiy davlat fuqarolik jamiyatining siyosiy mohiyatini, siyosiy shaklini tashkil etadi. Bu ikki hodisaning o’zaro munosabati shakl bilan mazmunning o’zaro aloqadorligini aks ettiradi. Bundan kelib chiqadigan xulosa shuki, fuqarolik jamiyati to’la ma’noda mavjud bo’lishining shak-shubhasiz sharti huquqiy davlatning mavjudligidir. Va, aksincha, huquqiy davlat faqat fuqarolik jamiyatidek ijtimoiy makonda qaror topishi va faoliyat yuritishi mumkin. Fuqarolik jamiyati bilan huquqiy davlatning o’zaro nisbatini iqtisod bilan siyosatning nisbati tarzida izohlash o’rinli bo’ladi. Buni O’zbekiston misolida ham yaqqol ko’rish mumkin. Zero, iqtisodiy islohatlar tegishli demokratik siyosiy tuzilmalar, institutlar mavjud bo’lishini taqozo etadi. “Amalga oshirilayotgan islohotlarimizning mamlakatimizda kuchli fuqarolik jamiyatiga asoslangan huquqiy demokratik davlat qurish bo’yicha biz tanlab olgan yo’lning mantiqiy va qonuniy davomi bo’lishini nazarda tutgan holda, ularning uzviyligi, bosqichma-bosqichligi va izchilligini, boshqacha aytganda, tadrijiyligini saqlash shart”. Huquq va davlat tushunchalarini o’rganishda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning asarlari muhim metodologik asos bo’lib xizmat qiladi. Bu asarlarda o’z aksini topgan nazariy g’oyalar sun’iy ravishda inkor qilingan ta’limotlarni o’rganish va fan doirasiga kiritish imkonini beradi. Xalqimiz o’zining buyuk allomalariga nazar solmoqda, ularning ibratli ishlar i dan saboq olishga intil moqda . «Mustaqilligimizni dastlabki kunlar i danoq ajdodlarimiz tomonidan

ko’p asrlar mobaynida yaratib kelingan g’oyat ulkan, bebaxo ma’naviy va madaniy merosni tiklash davlat siyosati darajasiga ko’tarilgan g’oyat muhim vazifa bo’lib qoldi». Ajdodlarimizning davlatchilik g’oyalarini o’rganish, ijtimoiy-siyosiy fikrga xos xususiyatlarini bilish zaruriyati tobora oshib bormoqda. O’tmish mutafakkirlarini adolatli jamiyat va davlat qurilishi va boshqarish ta’moyillari haqidagi ta’limotlari bizni hayajonlantirgan savollarga javob topishda, ibratli ishlardan saboq olishga ko’maklashadi. Ularning barchasi odamlar o’rtasidagi munosabatlarni yaxshilashga va takomillashtirishga qaratilgan ijtimoiy idealni izlash, adolat va tenglik prinsiplariga asoslangan jamiyatni qurish g’oyalarini targ’ib qildilar. O’zbekiston ijtimoiy-siyosiy fikriga xos xususiyatlardan biri shundan iboratki, uning namoyondalari davlat, xokimiyat, adolat masalalarini islom siyosiy madaniyatga tayangan holda hal qilishga harakat qildilar. «Vatanimiz azaldan bashariyat tafakkuri xazinasiga unitilmas h issa qo’shib kelgan. Asrlar mobaynida xalqimizning yuksak madaniyat, adolatparvarlik, ma’rifatparvarlik kabi ezgu fazilatlari Sharq falsafasi va islom dini ta’limoti bilan uzviy ravishda rivojlandi. Va o’z navbatida bu falsafiy ahloqiy ta’limotlar ham xalqimiz dahosidan ba h ra ol i b boyib bordi. Bizning kelajagi buyuk davlatimiz ana shu falsafaga uyg’un h olda Xo’ja Axmad Yassaviy, Xo’ja Bahovuddin N aqshbandiy, Imom al-Buxoriy, Abu Iso Muhammad at-Termiziy , Amir Temur, Mirzo Ulug’bek, Alisher Navoiy, Bobur Mirzo singari mutafakkir ajdodlarimizning dono fikrlariga uyg’un holda shakllanishi lozim». O’zbekiston ning ijtimoiy va siyosiy fikriga xos x ususiyatlardan yana biri shundaki, unda ahloq masalalari yetakchi o’rin egallaydi. Uning namoyondalari ezgulik, yaxshilikni bilishga intildilar, axloqiy qonun va tamoyillarga amal qilish insonning oliy ma’naviy burchi deb bildilar. O’zbekiston ijtimoiy-siyosiy va huquqiy fikr i maxsus siyosiy va huquqiy asarlardagina emas, badiiy ijodda ham o’z aksini topdi. Forobiy, Imom M o trudiy, Imom al-Samarqandiy, Burxoniddin Marg’inoniy

o’z qarashlarini maxsus falsafiy va huquqiy asarlarda ifodalagan bo’lsa lar , Yassaviy, Alisher N avoiy, Mashrab, Furqat, Muqimiy va boshqalar badiiy ijodda namoyon qildilar. Badiiy asarlarning barchasini badiiy shakl berilgan falsafiy yoki siyosiy asar deb hisoblab, shoir va yozuvchilarning barchasini falsafiy va ijtimoiy siyosiy fikr tarixiga kiritish yaramaydi, albatta. Shu bilan birga ijtimoiy va siyosiy fikr tarixiga ilmiy yondashish «sof faylasuf» yoki «sof huquqshunos» bo’lmagan mutafakkirlar ijodida ifodalangan ijtimoiy-siyosiy g’oyalarning rivojining kuzatishni talab qiladi. Badiiy merosning tahlil qilish ijodkorning ijtimoiy-siyosiy va huquqiy muammolarga bo’lgan munosabatini tiklash imkonini beradi. O’zbekiston ijtimoiy- siyosiy fikr tarixiga kiritilgan buyuk shoir, yozuvchilar o’z asarlarida zamondosh jamiyatning ijtimoiy-siyosiy holatini tasvirlash bilan birga, jamiyatdagi adolatsizlik, zo’ravonlik, insoniy munosabatlarda uchraydigan soxta lik sabablarini aniqlash va ularni bartaraf qilish yo’llarini topishga urindilar. Ular haqiqat va adolatga asoslangan insoniy munosabatlarning o’rnatish uchun nima qilish zarur degan savolga javob izladilar. Huquq falsafasi huquqiy borliqning kompleks tadqiq etishning umumiy metodologiyasidir. Huquq falsafasi huquqni faqatgina ijtimoiy ong shakllaridan biri sifatidagina emas, balki uni ijtimoiy, milliy va individual qadriyatlarining birligi sifatida ham o’rganadi. Huquq falsafasi O’zbekistonda shakllanayotgan va rivojlanayotgan ijtimoiy falsafa, inson va jamiyat falsafasining ajralmas qismi bo’lib, huquqni jamiyatdagi munosabatlarni tartibga soluvchi boshqa me’yoriy tizimlar bilan birgalikda olib o’rganadi. Bu o’z navbatida jamiyatimizda kishilarning keng qamrovli faoliyati uchun shart-sharoitlarni yaratishni ta’minlaydi. «Ya’ni jamiyatning – deb ta’kidlaydi I.Karimov, siyosiy va davlat tuzumini belgilar ekanmiz, unda har-bir odamning siyosiy , iqtisodiy, ijtimoiy va ma’naviy faoliyati uchun yetarli erk beradigan shart-sharoitlar yaratilmog’i kerak». Huquq falsafasi–huquqiy davlatning nazariy poydevori. Huquqiy davlat ta’limotida, mazkur davlatni barpo etishda haqiqiy demokratik ta’moyillar qaror

topishi va barcha ijtimoiy qatlamlarning maqsadlari, ularning huquqiy muhofaza qilishga alohida e’tibor etadi. Zero, ijtimoiy falsafa, inson va jamiyat falsafasi ekan, kishilar o’rtasida munosabatlarni tartibga solish, ularning haqqi-huquqini targ’ib–tashviqot qilishda huquqiy falsafaning ahamiyati beqiyosdir. «Mustaqil O’zbekiston Respublikasida haqiqiy demokratiya qaror topar ekan, unda Respublika aholisining barcha qatlamlari, barcha ijtimoiy guruhlarining milliy va madaniy haq-huquqlari muhofaza etiladi» -deb ta’kidlaydi I.Karimov. O’zbekiston jahon hamjamiyatiga sobitqadamlik bilan kirib borayotgan mustaqil, demokratik va huquqiy davlatdir. Huquq falsafasi esa davlatimizning ana shu yo’ldan rivojlanishning nazariy poydevorlaridan biri hisoblanadi. Huquqiy davlat huquq falsafasi bir-birlari bilan uzviy bog’liq tushunchalardir. O’zbekistonda huquqiy davlat barpo etish jarayonida umumjahon qadriyatlarini o’zida mujassam etgan milliy huquq falsafasini yaratish lozim bo’ladi. Huquq falsafasining asosi, uning maqsadini va mohiyatini, avvalambor, inson, insonparvarlik g’oyasi tashkil etishi lozim. I.Karimov ta’kidlaganidek, O’zbekistonda huquqiy davlat bu - insonparvarlik qoidalariga asoslangan, millati, dini, ijtimoiy ahvoli, siyosiy va diniy e’tiqodlaridan qat’iy nazar fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini ta’minlab beradigan davlatdir». Qonun, inson irodasini ifoda etadi va uning haq-huquqlarini va erkini himoya qiladi. Bu esa kuchli ijroiya hoqimiyatning bo’lishini taqazo etadi. Chunki kuchli ijroiya hokimiyat bo’lmasa, hatto eng demokratik yo’l bilan qabul qilingan qarorlar ham bajarilmasligi mumkin. Ijtimoiy falsafaning asosiy muammolaridan biri bu - inson borlig’i, uning hayotining mazmuni va uning huquqiy masalalari ya’ni boshqacha qilib aytsak, qonun ustuvorligi, ayni paytda insonparvarlik g’oyalariga asoslanishi va bu g’oyalarning maqsadi, mohiyati esa kishilar hayoti, ularning shaxsiy dahlsizli, erkinligi va qadr-qimmatini himoyalash demakdir. Ma’lumki huquqiy davlatning muhim belgilaridan biri – bu barcha fuqarolarning qonun oldida tengligi, O’zbekiston Respublikasining asosiy qonuni bo’lgan Kontitusiyaning, demakki qonunlarning ustuvorligini ta’minlashdir. Asosiy qonun hisoblangan O’zbekiston