logo

O’quvchilarning bilim, ko’nikma, malakalarini tekshirish va baholash

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

54.5 KB
Mavzu: O’quvchilarning bilim, ko’nikma, malakalarini tekshirish va
baholash
Reja:
1. O’quvchilar   o’quv   faoliyatiga   rahbarlik,   boshqaruv   o’quv   jarayonida   nazorat
ekanligi.
2. O’quvchilar bilim, ko’nikmalarini tekshirishning maqsadi, mazmuni va turlari.
3. O’quvchilar bilim, ko’nikmalarining sifat mezonlari. Tayanch   so’z   va   iboralar:   Bilim,   ko’nikma,   malaka,   baholash   tizimi,
reyting,   joriy,   oraliq,   bosqichli,   yakuniy   nazorat,   sifat   mezonlari,   davlat   ta’lim
standartlari  va h.k.
O’zbekiston   Respublikasida   umumiy   o’rta   ta’lim   to’g’risidagi   Nizomning
(1995   yil   5   yanvar)   4   o’quv   tarbiya   jarayonini   tashkil   etish   va   uning   mazmuni
bo’limi   4,4   bandida   o’quvchilar   bilimi   sifatini   va   o’qitish   natijalarining   davlat
ta’lim standartlariga muvofiqligini nazorat qilishni ta’minlash uchun shu quyidagi
nazorat tartibotlarini o’tkazish nazarda tutiladi:
Joriy   nazorat   –   so’rovlar,   kollekviumlar,   seminarlar,   nazorat   ishlar,   testlar
tarzida   o’quvchilarning   bilimlari,   malaka   va   ko’nikmalari   muntazam   nazorat
qilinadi;
Oraliq   nazorat   –   chorak   tamom   bo’lganda   va   o’quv   dasturlarining   tegishli
bo’limlari,   malaka   va   ko’nikmalarini   baholash   uchun   amalga   oshiriladi.   U
imtihonlar, testlar, sinovlar va malakaga doir ishlar shaklida o’tkaziladi;
Bosqichli   nazorat   –   o’quv   yili   tamom   bo’lganidan   keyin   imtihonlari,   test
sinovlari   shaklida   amalga   oshiriladi.   Uning   asosida   reyting   aniqlanadi   va
o’quvchini navbatdagi sinfga o’tkazish to’g’risida qaror qabul qilinadi;
Yakuniy   nazorat   –   o’qish   tugatilganidan   keiyn   davlat   attestasiyasi   shaklida
o’tkaziladi.
4,5   umumiy   ta’lim   dasturlarini   davlat   ta’lim   standartlarini   doirasidan
mustaqil   o’zlashtirgan   o’quvchilarga   O’zbekiston   Respublikasi   Xalq   ta’limi
vazirligi  tomonidan  tasdiqlangan  Eksternat   to’g’risidagi   Nizom   asosida,  eksternat
tartibida attestasiyadan o’tish huquqi beriladi.
Imtiyozli   attestasiya   5-9   sinflarda   o’qish   davrida   o’zlashtirish   (reyting)
bo’yicha faqat a’lo ko’rsatgichlarga ega bo’lgan bitiruvchilarga beriladi.
O’rta maxsus kasb-hunar kollejlarida bosqichli nazorat o’tkazilmaydi. Oraliq
baholashda kurs ishi va bosqichli nazoratda u imtihonlar, testlar, malaka ishlar va
diplom himoyalarini himoya qilish shaklida amalga oshiriladi.
Maktabda o’quvchilarning bilim va ko’nikmalarini hisobga olish, tekshirish
va   ularga   baho   qo’yish   ta’lim   tarbiyaning   zarur   va   muhim   qismidir.   Bu   ishning to’g’ri   yo’lga   qo’yilishi   davlat   uchun,   maktab,   o’quvchilar   va   ota-onalar   uchun
muhim ahamiyatga ega.
O’quvchilarning   bilim,   ko’nikma   va   malakalarini   tekshirish   asosida   davlat
ta’lim-tarbiya   sifatini,   bu   sohada   yuz   bergan   kamchiliklarga   o’z   vaqtida   barham
berish, maktab, o’qituvchi va o’quvchi ishini har tomonlama yaxshilashga kerakli
tadbirlar   belgilaydi.   O’quvchilarning   bilim,   ko’nikma   va   malakalarini   hisobga
olish, o’quv metodlarining va zaif tomonlarini o’quvchilarning dars materiallarini
qanday   o’zlashtirayotganligini   aniqlab   olishga   imkon   beradi.   Har   bir   o’quvchini
har  tomonlama  yaxshi   bilishga   yordam   qiladi.    O’qituvchi   o’quvchilarning bilim,
ko’nikma,   malakalarini   tekshirish   asosida   o’quvchilarning   o’quv   dasturi   hajmida
bilim,   ko’nikma,   malakalarini   puxta   o’rganib   olishlarini   ta’min   etish   uchun   dars
materiali ustida yana qanday ishlash kerakligini ko’rsatadi, darsdan ulgurmayotgan
o’quvchilarni o’z vaqtida tezda tegishli choralar ko’radi. Shu bilan birga tekshirish
o’qituvchining   ham   o’quchining   ham   o’ziga   talabchanligini   kuchaytiradi.   Har   bir
o’quvchining   o’qishda   o’zining   yutuq   va   kamchiliklarini,   o’quv   materialining
qaysi   qismi   puxta,   qaysi   qismini   bo’sh   o’zlashtirganligini   aniqlashga   yordam
beradi.   O’z-o’zini   tekshirib   borishga   o’zi   o’zini   tanqid   qilishga   odatlantiradi,
intizomlikka va qunt bilan o’qishga o’qishga o’rgatadi, ularda kuchli iroda hamda
ijobiy   xarakter   vujudga   keltiradi   va   tarbiyalaydi.   Maktab,   ota-onalarni   esa   davlat
oldida o’z mas’uliyati va vijdon burchini tushuntirishga o’rgatadi.
O’quvchilarni   bilim,   ko’nikma   va   malakalarini   hisobga   olish   va   tekshirish
ota-onalarning   o’z   bolalari   qanday   o’qiyotganliklarini,   darsdan   ulgurish
ulgurmasliklaridan   xabardor   bo’lib   turishlariga   yordam   beradi.   Ularning   o’z
bolalarining  o’qishlari   va  tarbiyasi  uchun  javobgarligini   oshiradi.  Masalan,  ayrim
ota-onalar   bolalarining   o’qishlaridan   xabardor   bo’ladilar.   O’quvchilarning   bilim,
ko’nikma   va   malakalarini   hisobga   olish   va   tekshirish   ishi   avvalo   o’quvchilarni
kunsayin o’rganib borish va ularning darsdan ulgurishlarini tekshirishni o’z ichiga
oladi.   O’qituvchi   o’qitish   jarayonida   har   bir   o’quvchini   diqqat   bilan   o’rganib
borishi   lozim.   O’qituvchi   ana   shu   o’rganish   asosida   har   chorak   oxirida,   har   bir o’quvchining   ma’lum   bir   fanni   qanchalik   o’zlashtirganligi   haqida   xarakteristka
berishga majbur.
1. O’qituvchi   o’quvchilarni   rejali   va   tizimli   suratda   kuzatish   yo’li   bilan
o’rganadi,   o’qituvchi   o’quvchilarni   darsda   va   darsdan   tashqari   vaqtlarda   kuzatib
boradi.   Kuzatish   unga   o’quvchining   ishiga,   o’qishga   munosabatini,   o’quvchining
qiziqishlari   va   nimalarga   moyil   bo’lganligini   uning   individual   xususiyatlarini   va
qobiliyatini bilib olishga yordam beradi.
2. O’quvchilar suhbat yo’li bilan ham o’rganiladi. Suhbat sinf jamoasi yoki
ayrim o’quvchilar guruhi bilan, shuningdek yakka-yakka ham o’tkazilishi mumkin.
O’quvchilar   haqida   to’laroq   ma’lumotga   ega   bo’lish   uchun   o’qituvchilar,   maktab
vrachi, ayniqsa, ota-onalar bilan fikr almashishi katta ahamiyatga ega.
3. Yana ularning shaxsiy hujjatlarini diqqat bilan ko’rib chiqish orqali ham
o’rganiladi.   O’qituvchi   o’z   o’quvchilarini   qancha   aniq   va   har   tomonlama   yaxshi
bilsa,   ta’lim-tarbiya   ishlari   shuncha   muvaffaqiyatli   bo’ladi.   O’quvchilarni   bilish
o’qituvchining   butun   sinfga,   har   bir   o’quvchiga   ta’lim   va   tarbiya   berishning   eng
yaxshi   usul   va   vositalarini   tanlab   olib,   ulardan   samarali   foydalanishga   imkon
beradi.   O’quvchilarning   zaif   tomonlari   va   nuqsonlarini   yo’qotishga   ijobiy
tomonlarini   o’stirish   va   mustahkamlashga   yordam   beradi.   O’quvchilar   bilimlari,
ko’nikmalarini   hisobga   olishning   eng   muhim   qismi   ularning   bilimni
o’zlashtirishlarini   tekshirishdir.   Maktabda   o’quvchilarning   bilimni   tekshirishning
quyidagi   turlari   –   dastlabki   taxminiy   tekshirish,   kundalik   tekshirish,   mavzular
bo’yicha tekshirish va yakuniy tekshirishdan iborat.
I. Dastlabki taxminiy tekshirishning asosiy vazifasi o’quvchilarning yangi o’quv
materialini   ongli   idrok   qilishi   va   muvaffaqiyatli   egallash   uchun   kerak   bo’lgan
tayyorgarlik   darajasini   aniqlashdan   iborat.   Odatda   tekshirishning   bu   xili   o’quv
yilining   boshida   yoki   o’quv   dasturining   navbatdagi   bobini   o’tishiga   kirishish
oldidan o’tkaziladi.
II. Kundalik   tekshirish   –   har   kuni,   har   dasrda   muntazam   ravishda,   rejali   tarzda
o’tkaziladigan   tekshirishdir.   Bu   tekshirishning   asosiy   vazifasi   o’tilgan   materialni
qaytarish bilan birga, yangi o’quv materialini o’zlashtirilish darajasini aniqlashdir. Kundalik   tekshirish   katta   tarbiyaviy   ahamiyatga   ega.   Darsda   har   kuni
o’tkaziladigan   bu   tekshirish,   o’quvchilarni   tizimli   puxta   ishlashga   o’rgatadi.
Shuningdek, bu tekshirish o’quvchilarga bilim, ko’nikma va malakalarni singdirib
borishga va irodasini o’stirishga yordam beradi.
III. Yakuniy   tekshirish   –   o’quv   choragi   va   o’quv   yilining   lxirida   o’tkaziladi.
Uning   asosiy   vazifasi   o’quvchilarning   o’quv   choragida   yoki   o’quv   yilidagi
materialning   egallash   darajasini   aniqlashdan   iborat.   O’quvchilar   bilim,   ko’nikma
va   malakalarini   tekshirishda   maktabda   qo’llaniladaigan   asosiy   usullar   –
o’quvchilarning   ishlarini   kuzatish,   darsda   va   darsdan   so’ng   kuzatish,   og’zaki
so’rash, nazorat ishlar o’tkazishdir.
Og’zaki   so’rash   tekshirishning   eng   ko’p   qo’llaniladigan   usullaridan   biridir,
uning quyidagi turlari bor:
a) O’quvchini sinf doskasi yoki o’qituvchi stoli yoniga chaqirib so’rash.
b) Sinfdagi o’quvchilarning ko’pchilikdan sidirgasiga so’rash.
c) Ayrim o’quvchilardan doskaga yoki stol yoniga chaqirmasdan so’rash.
Ayrim   o’qituvchilar   o’quvchilarning   bilimlarini   tekshirishda   mavzular
yuzasidan   tekshirish   usulini   qo’llaydi.   Bu   usulning   yaxshi   tomoni   bunda   har   bir
o’tilgan mavzudan shu mavzuni o’zlashtirish darajasi sinfdagi o’quvchilarning har
biriga   nisbatan   tekshiriladi.   Mavzu   materialini   o’zlashtirmagan   o’quvchilar
aniqlanadi va ulardan shu materialni o’zlashtirish talab qilinadi.
Nazorat   ishlar   –   yozma   ishlar   (diktant,   insho,   masalalar   yechish,   grafik
ishlar,   o’quvchilarning   bilim,   ko’nikma   va   malakalarini   tadbiq   qilishni   talab
etadigan   am   aliy   vazifalarni   (laboratoriyada   analiz   qilish,   ustaxonada   tegishli
buyumlar   yasash)   bajarish   kabilar   kiradi.   Nazorat   ish   bir   vaqt   ichida   sinfdagi
hamma o’quvchilarni tekshirishga imkon beradi. O’quvchilarning bilim, ko’nikma
va malakalarini tekshirish ishlari quyidagi talablarga javob berishi lozim. Sinfdagi
hamma o’quvchilarning bilimlarini tekshirish kerak. Tekshirishda o’qituvchida reja
bo’lishi   kerak.   Reja   asosida   o’rta,   kuchli   va   bo’sh   o’zlashtiruvchi   o’quvchilar
bilimlari   tekshirilishi   kerak.   Tekshirishni   shunday   olib   borish   kerakki,   sinfdagi
hamma o’quvchilar o’qituvchi savoliga javob bera olsin. O’quvchilar   bilim,   ko’nikma   va   malakalariga   baho   qo’yish   baho
o’quvchilarning   o’quv   dasturlarida   ko’zda   tutgan   bilim,   ko’nikma   va
malakalarniqanday egallaganligini ko’rsatadi. Baho qo’yish katta ta’lim-tarbiyaviy
ahamiyatga ega, chunki o’quvchilarni u qunt bilan o’qishga majbur etadi.   Maktab
o’quvchilarga baho qo’yishda quyidagi asosiy talablar qo’yiladi.
1. Bilimlarga obyektiv va haqqoniy baho qo’yilishi lozim.
2. Baholashda ko’zbo’yamachilikka mutloqa yo’l qo’ymaslik kerak.
3. O’quvchining   bilimiga   o’quv   dasturining   talablari   asosida   baho   qo’yilishi
lozim.
Bu   talablarni   ta’min   etish   uchun   bilimga   baho   berishning   umumiy   mezoni
bo’lishi shart.
O’zbekiston   Respublikasi   “Ta’lim   to’g’risida”gi   Qonunining   7-moddasida
“Davlat   ta’lim   standartlari   umumiy   o’rta   maxsus,   kasb-hunar   va   oliy   ta’lim
mazmuniga hamda sifatiga qo’yiladigan talablarni belgilaydi”, - deb ta’kidlangan.
Bu  talablar  jamiyatning  obyektiv  rivojlanishini   taminlaydigan  ehtiyojlar  va   bozor
munosabatlari   umumiy   raqobatidan   kelib   chiqadi.   Mazkur   talablar   umumiy   o’rta
ta’lim   o’quv   dasturlari,   darsliklarida   o’z   ifodasini   topmog’i   darkor.   Bular   har   bir
fanning   o’ziga   xos   ta’lim   mazmuni,   xususiyatlaridan   kelib   chiqadi.   Maktablarda
o’quvchilar   bilimi,   ko’nikmalariga   baho   berishning   quyidagi   umumiy   mezonlari
qo’llaniladi:
1. Bilimning ilmiy bo’lishi.
2. Bilimning ongli o’zlashtirilishi.
3. Bilimning hajmi.
4. Bilimning mustahkam o’zlashtirilishi.
O’quvchi nutqining mazmuni va bajargan ishining sifati va h.k.
O’quvchilar   bilim,   ko’nikma   va   malakalarini   tekshirishda   va   baholashda
o’quvchi   o’quv   dasturi   materialini   to’la   biladimi,   ularni   tushunadimi   yoki   uni
quruq   yodlab   olganmi,   bilimlarni   amaliy   masalalarni   yechishga   va   ishlarni
bajarishga tadbiq qila oladimi va boshqalar. Hamma o’quv fanlari va barcha sinflarda ana shu mezon qo’llaniladi. Biroq
ayrim o’quv fanlaridan o’quvchilarning bilim, ko’nikma va malakalarini tekshirish
va   baho   qo’yishda   shu   fanlarning   xususiyatini   hisobga   olishi   kerak.   Masalan,
mehnat   darslarida   o’quvchilarning   bajargan   buyumlarni   tekshirish   va   baho
qo’yishda   mustaqillik,   buyumning   texnik   talablarga   muvofiqlik   darajasi   va   sifati
hisobga   olinishi   lozim.   O’quvchilarning   bilim,   ko’nikma   va   malakalariga   baho
qo’yish   uchun   umumiy   ta’lim   maktablarida   besh   darajali   raqamli   baho   tizimi
qo’llaniladi.
O’quvchi  dastur materialini to’la va mufassal  bilgan, uni chuqur tushungan
va puxta egallagan, dasturga kiritilgan hamma masalalarni to’g’ri, ongli va dalillar
bilan so’zlab bergan, amaliy ishlarni  bajarishda va masalalar  yechishda  egallagan
bilimlarni   mustaqil   tadbiq   qilgan,   og’zaki   javoblarda   va   yozish   ishlarida   to’g’ri
adabiy   tildan   foydalana   bilgan   va   xatolarga   yo’l   qo’ymagan   holda   “5”   baho
qo’yiladi.
O’quvchi   dastur   materialining   hammasini   bilgan,   uni   yaxshi   tushungan   va
puxta   egallagan,   dastur   hajmidagi   savollarga   qiynalmasdan   javob   bergan,
bilimlarni   amaliy   ishda   tadbiq   qila   bilgan,   og’zaki   javoblarda   to’g’ri   tildan
foydalana   olgan,   yozma   ishlarda   esa   kichkina,   ahamiyatsiz   xatolargagina   yo’l
qo’ygan taqdirda “4” baho qo’yiladi.
O’quv   dasturiga   kiritilgan   asosiy   o’quv   materialini   bilgan,   egallagan
bilimlarni amaliy ishlarda bir muncha qiynalib va o’qituvchining bir oz yordamida
bajara   olgan,   og’zaki   javoblarida   materialni   bayon   qilganda,   yozma   ishlarda   bir
muncha xatolarga yo’l qo’yilgan taqdirda “3” baho qo’yiladi.
O’quvchi   o’tilayotgan   o’quv   materialining   ko’pchilik   qismini   bilmagan,
o’qituvchining yordamchi savollari orqaligina javob bergan, yozma ishlarida ko’p
va qo’pol xatolarga yo’l qo’ygan taqdirda “2” baho qo’yiladi.
O’quvchi o’tilgan materialni butunlay bilmagan taqdirda “1” baho qo’yiladi.
O’quvchilarga qo’yilgan baholarni ularga izohlab tushuntirish kerak. Bu esa
bilimga   baho   qo’yishning   ahamiyatini   oshirish   hamda   o’quvchining   o’qishdagi
yutuq va kamchiliklarini bilib olishga yordam beradi. Har bir chorakda o’quvchiga bir   nechta   baho   qo’yilishi   kerak.   Aks   holda   chorak   oxirida   o’qituvchi   qiynalib
qoladi. Chorak va yillik bahoni qo’yishda o’rta arifmetik usul  bialn baho qo’yish
mutlaqo yaramaydi, chunki bunday yakuniy baho o’quvchining bilim, ko’nikma va
malakalarini to’g’ri aks ettirmaydi.
Ba’zi   bir   o’qituvchilar   darsga   tartib-intizom   buzgan   o’quvchilarga   o’z
fanlaridan   yomon   baho   qo’yadilar.   Bunday   baholash   butunlay   yaramaydi,   chunki
baho o’quvchining bilim, ko’nikma va malakalariga qo’yiladi, shuning uchun uni
o’quvchining xulqiga qo’yiladigan bahoga aralashtirish noto’g’ridir.
Mashhur   rus   pedagogi   Ostrogorskiy   shunday   yozadi   “Javobga   ball   olgan
inson   avvalo   o’zidan-o’zi   unga   haqqoniy   baho   qo’yishdimi   deb   so’raydi,   agar   u
bunga   nohaqdek   tuyulsa,   u   ranjiydi,   go’yo   unga   tegishli   narsa   tortib   olingandek
yoki berilmagandek bo’ladi.
Dangasa   xafa   bo’lmaydi,   u   mehnat   qilgani   yo’q,   mehnat   qilgan   esa
mehnatning qadrini biladi va mehnatning natijalarini istaydi”.
Shuning   uchun   barcha   o’qituvchilar   o’quvchilarning   bilim,   ko’nikma   va
malakalarini   baholashda,   ularning   reytingini   aniqlashda   obyektiv   asoslarga
tayanishi   shart.   Sir   emas   ba’zi   o’qituvchilar   baholashning   mohiyati,   mazmunini
o’zlari   yaxshi   o’zlashtirmaganlar.   O’qituvchining   bunday   nuqsonlari   maktab
amaliyotida yomon oqibatlarga olib kelishi mumkin. Shuning uchun o’qituvchilar
reyting   tizimini   mukammal   o’zlashtirib,   amaliyotda   xatolarsiz   tadbiq   etishlari
barkamol   o’quvchilarni   tayyorlashning   zarur   sharti   ekanligini   anglashlari   juda
muhim.
Hozirgi   davrda   o’quvchilarning   bilimlarini   o’zlashtirishda   test   usuli
qo’llanilmoqda.   “Test”   inglizcha   so’z   bo’lib,   “topshiriq”,   “tajriba”   degan
ma’nolarni   anglatadi.   Bilish   xususiyatini   o’lchash   usuli   sifatida   unga   ingliz
psixologi   D.Kattel   asos   solgan.   Boshqacha   aytganda   test   qisqa   muddat   ichida
bilimni sinashning eng maqbul usuli bo’lib, bir qator rivojlangan davlatlarda xalq
ta’limi bilan bir qatorda turli sohalarda ham test sinovidan foydalangan. Jumhuriyatimizda   ilk   bor   1992   yilda   bir   qator   oliy   o’quv   yurtlariga   qabul
imtihonlari   shu   asosda   o’tkazildi.   Endilikda   test   sinovi   ta’lim-tarbiya   tizimining
barcha sohalariga kirib bormoqda.
“Umumiy   o’rta   ta’lim   maktab   o’quvchilarining   bilim   darajalarini   nazorat
qilishning reyting  usuli  to’g’risidagi   Nizom”  loyihasida  alohida o’qtirganidek,  bu
usul   davlat   ta’lim   standartlarining   tarkibiy   qismi   bo’lib,   uni   barcha   ta’lim
muassasalarida (maktablarda) bajarishi majburiydir.
Hozirda fanlar bo’yicha reyting ballari quyidagi tartibda belgilanadi: 
1. Kundalik nazorat (KN) – 50 ball. Jumladan, a) kundalik so’rov (KS) – 40
ball, b) erkin faoliyat (EF) – 10 ball.
2. Oraliq nazorat (ON) – 20 ball.
3. Yakuniy nazorat (YaN) – 30 ball.
Reyting natijasi besh balli bahoga ko’chirilganda quyidagicha bo’ladi:
100 – 86 ball - “a’lo”;
85 – 71 ball - “yaxshi”;
70 – 55 ball - “qoniqarli”;
55 balldan past - “qoniqarsiz”.
1. O’quvchilar o’zlashtirishining reyting tizimi haqida nimalarni bilasiz?

Mavzu: O’quvchilarning bilim, ko’nikma, malakalarini tekshirish va baholash Reja: 1. O’quvchilar o’quv faoliyatiga rahbarlik, boshqaruv o’quv jarayonida nazorat ekanligi. 2. O’quvchilar bilim, ko’nikmalarini tekshirishning maqsadi, mazmuni va turlari. 3. O’quvchilar bilim, ko’nikmalarining sifat mezonlari.

Tayanch so’z va iboralar: Bilim, ko’nikma, malaka, baholash tizimi, reyting, joriy, oraliq, bosqichli, yakuniy nazorat, sifat mezonlari, davlat ta’lim standartlari va h.k. O’zbekiston Respublikasida umumiy o’rta ta’lim to’g’risidagi Nizomning (1995 yil 5 yanvar) 4 o’quv tarbiya jarayonini tashkil etish va uning mazmuni bo’limi 4,4 bandida o’quvchilar bilimi sifatini va o’qitish natijalarining davlat ta’lim standartlariga muvofiqligini nazorat qilishni ta’minlash uchun shu quyidagi nazorat tartibotlarini o’tkazish nazarda tutiladi: Joriy nazorat – so’rovlar, kollekviumlar, seminarlar, nazorat ishlar, testlar tarzida o’quvchilarning bilimlari, malaka va ko’nikmalari muntazam nazorat qilinadi; Oraliq nazorat – chorak tamom bo’lganda va o’quv dasturlarining tegishli bo’limlari, malaka va ko’nikmalarini baholash uchun amalga oshiriladi. U imtihonlar, testlar, sinovlar va malakaga doir ishlar shaklida o’tkaziladi; Bosqichli nazorat – o’quv yili tamom bo’lganidan keyin imtihonlari, test sinovlari shaklida amalga oshiriladi. Uning asosida reyting aniqlanadi va o’quvchini navbatdagi sinfga o’tkazish to’g’risida qaror qabul qilinadi; Yakuniy nazorat – o’qish tugatilganidan keiyn davlat attestasiyasi shaklida o’tkaziladi. 4,5 umumiy ta’lim dasturlarini davlat ta’lim standartlarini doirasidan mustaqil o’zlashtirgan o’quvchilarga O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan tasdiqlangan Eksternat to’g’risidagi Nizom asosida, eksternat tartibida attestasiyadan o’tish huquqi beriladi. Imtiyozli attestasiya 5-9 sinflarda o’qish davrida o’zlashtirish (reyting) bo’yicha faqat a’lo ko’rsatgichlarga ega bo’lgan bitiruvchilarga beriladi. O’rta maxsus kasb-hunar kollejlarida bosqichli nazorat o’tkazilmaydi. Oraliq baholashda kurs ishi va bosqichli nazoratda u imtihonlar, testlar, malaka ishlar va diplom himoyalarini himoya qilish shaklida amalga oshiriladi. Maktabda o’quvchilarning bilim va ko’nikmalarini hisobga olish, tekshirish va ularga baho qo’yish ta’lim tarbiyaning zarur va muhim qismidir. Bu ishning

to’g’ri yo’lga qo’yilishi davlat uchun, maktab, o’quvchilar va ota-onalar uchun muhim ahamiyatga ega. O’quvchilarning bilim, ko’nikma va malakalarini tekshirish asosida davlat ta’lim-tarbiya sifatini, bu sohada yuz bergan kamchiliklarga o’z vaqtida barham berish, maktab, o’qituvchi va o’quvchi ishini har tomonlama yaxshilashga kerakli tadbirlar belgilaydi. O’quvchilarning bilim, ko’nikma va malakalarini hisobga olish, o’quv metodlarining va zaif tomonlarini o’quvchilarning dars materiallarini qanday o’zlashtirayotganligini aniqlab olishga imkon beradi. Har bir o’quvchini har tomonlama yaxshi bilishga yordam qiladi. O’qituvchi o’quvchilarning bilim, ko’nikma, malakalarini tekshirish asosida o’quvchilarning o’quv dasturi hajmida bilim, ko’nikma, malakalarini puxta o’rganib olishlarini ta’min etish uchun dars materiali ustida yana qanday ishlash kerakligini ko’rsatadi, darsdan ulgurmayotgan o’quvchilarni o’z vaqtida tezda tegishli choralar ko’radi. Shu bilan birga tekshirish o’qituvchining ham o’quchining ham o’ziga talabchanligini kuchaytiradi. Har bir o’quvchining o’qishda o’zining yutuq va kamchiliklarini, o’quv materialining qaysi qismi puxta, qaysi qismini bo’sh o’zlashtirganligini aniqlashga yordam beradi. O’z-o’zini tekshirib borishga o’zi o’zini tanqid qilishga odatlantiradi, intizomlikka va qunt bilan o’qishga o’qishga o’rgatadi, ularda kuchli iroda hamda ijobiy xarakter vujudga keltiradi va tarbiyalaydi. Maktab, ota-onalarni esa davlat oldida o’z mas’uliyati va vijdon burchini tushuntirishga o’rgatadi. O’quvchilarni bilim, ko’nikma va malakalarini hisobga olish va tekshirish ota-onalarning o’z bolalari qanday o’qiyotganliklarini, darsdan ulgurish ulgurmasliklaridan xabardor bo’lib turishlariga yordam beradi. Ularning o’z bolalarining o’qishlari va tarbiyasi uchun javobgarligini oshiradi. Masalan, ayrim ota-onalar bolalarining o’qishlaridan xabardor bo’ladilar. O’quvchilarning bilim, ko’nikma va malakalarini hisobga olish va tekshirish ishi avvalo o’quvchilarni kunsayin o’rganib borish va ularning darsdan ulgurishlarini tekshirishni o’z ichiga oladi. O’qituvchi o’qitish jarayonida har bir o’quvchini diqqat bilan o’rganib borishi lozim. O’qituvchi ana shu o’rganish asosida har chorak oxirida, har bir

o’quvchining ma’lum bir fanni qanchalik o’zlashtirganligi haqida xarakteristka berishga majbur. 1. O’qituvchi o’quvchilarni rejali va tizimli suratda kuzatish yo’li bilan o’rganadi, o’qituvchi o’quvchilarni darsda va darsdan tashqari vaqtlarda kuzatib boradi. Kuzatish unga o’quvchining ishiga, o’qishga munosabatini, o’quvchining qiziqishlari va nimalarga moyil bo’lganligini uning individual xususiyatlarini va qobiliyatini bilib olishga yordam beradi. 2. O’quvchilar suhbat yo’li bilan ham o’rganiladi. Suhbat sinf jamoasi yoki ayrim o’quvchilar guruhi bilan, shuningdek yakka-yakka ham o’tkazilishi mumkin. O’quvchilar haqida to’laroq ma’lumotga ega bo’lish uchun o’qituvchilar, maktab vrachi, ayniqsa, ota-onalar bilan fikr almashishi katta ahamiyatga ega. 3. Yana ularning shaxsiy hujjatlarini diqqat bilan ko’rib chiqish orqali ham o’rganiladi. O’qituvchi o’z o’quvchilarini qancha aniq va har tomonlama yaxshi bilsa, ta’lim-tarbiya ishlari shuncha muvaffaqiyatli bo’ladi. O’quvchilarni bilish o’qituvchining butun sinfga, har bir o’quvchiga ta’lim va tarbiya berishning eng yaxshi usul va vositalarini tanlab olib, ulardan samarali foydalanishga imkon beradi. O’quvchilarning zaif tomonlari va nuqsonlarini yo’qotishga ijobiy tomonlarini o’stirish va mustahkamlashga yordam beradi. O’quvchilar bilimlari, ko’nikmalarini hisobga olishning eng muhim qismi ularning bilimni o’zlashtirishlarini tekshirishdir. Maktabda o’quvchilarning bilimni tekshirishning quyidagi turlari – dastlabki taxminiy tekshirish, kundalik tekshirish, mavzular bo’yicha tekshirish va yakuniy tekshirishdan iborat. I. Dastlabki taxminiy tekshirishning asosiy vazifasi o’quvchilarning yangi o’quv materialini ongli idrok qilishi va muvaffaqiyatli egallash uchun kerak bo’lgan tayyorgarlik darajasini aniqlashdan iborat. Odatda tekshirishning bu xili o’quv yilining boshida yoki o’quv dasturining navbatdagi bobini o’tishiga kirishish oldidan o’tkaziladi. II. Kundalik tekshirish – har kuni, har dasrda muntazam ravishda, rejali tarzda o’tkaziladigan tekshirishdir. Bu tekshirishning asosiy vazifasi o’tilgan materialni qaytarish bilan birga, yangi o’quv materialini o’zlashtirilish darajasini aniqlashdir.

Kundalik tekshirish katta tarbiyaviy ahamiyatga ega. Darsda har kuni o’tkaziladigan bu tekshirish, o’quvchilarni tizimli puxta ishlashga o’rgatadi. Shuningdek, bu tekshirish o’quvchilarga bilim, ko’nikma va malakalarni singdirib borishga va irodasini o’stirishga yordam beradi. III. Yakuniy tekshirish – o’quv choragi va o’quv yilining lxirida o’tkaziladi. Uning asosiy vazifasi o’quvchilarning o’quv choragida yoki o’quv yilidagi materialning egallash darajasini aniqlashdan iborat. O’quvchilar bilim, ko’nikma va malakalarini tekshirishda maktabda qo’llaniladaigan asosiy usullar – o’quvchilarning ishlarini kuzatish, darsda va darsdan so’ng kuzatish, og’zaki so’rash, nazorat ishlar o’tkazishdir. Og’zaki so’rash tekshirishning eng ko’p qo’llaniladigan usullaridan biridir, uning quyidagi turlari bor: a) O’quvchini sinf doskasi yoki o’qituvchi stoli yoniga chaqirib so’rash. b) Sinfdagi o’quvchilarning ko’pchilikdan sidirgasiga so’rash. c) Ayrim o’quvchilardan doskaga yoki stol yoniga chaqirmasdan so’rash. Ayrim o’qituvchilar o’quvchilarning bilimlarini tekshirishda mavzular yuzasidan tekshirish usulini qo’llaydi. Bu usulning yaxshi tomoni bunda har bir o’tilgan mavzudan shu mavzuni o’zlashtirish darajasi sinfdagi o’quvchilarning har biriga nisbatan tekshiriladi. Mavzu materialini o’zlashtirmagan o’quvchilar aniqlanadi va ulardan shu materialni o’zlashtirish talab qilinadi. Nazorat ishlar – yozma ishlar (diktant, insho, masalalar yechish, grafik ishlar, o’quvchilarning bilim, ko’nikma va malakalarini tadbiq qilishni talab etadigan am aliy vazifalarni (laboratoriyada analiz qilish, ustaxonada tegishli buyumlar yasash) bajarish kabilar kiradi. Nazorat ish bir vaqt ichida sinfdagi hamma o’quvchilarni tekshirishga imkon beradi. O’quvchilarning bilim, ko’nikma va malakalarini tekshirish ishlari quyidagi talablarga javob berishi lozim. Sinfdagi hamma o’quvchilarning bilimlarini tekshirish kerak. Tekshirishda o’qituvchida reja bo’lishi kerak. Reja asosida o’rta, kuchli va bo’sh o’zlashtiruvchi o’quvchilar bilimlari tekshirilishi kerak. Tekshirishni shunday olib borish kerakki, sinfdagi hamma o’quvchilar o’qituvchi savoliga javob bera olsin.