O‘zbek antroponimiyasining o‘z va o‘zlashgan qatlami, badiiy asarlarda qo‘llangan antroponimlar.
O‘zbek antroponimiyasining o‘z va o‘zlashgan qatlami, badiiy asarlarda qo‘llangan antroponimlar. Reja: 1. O‘zbek antroponimiyasining o‘z va o‘zlashgan qatlami. 2. Fors-tojik,arab tilidan o‘zlashgan ismlar 3.Xitoy, mo‘gul va boshqa tillardan o‘zlashgan ismlar 4. Badiiy asarlarda qo‘llangan antroponimlar haqida. “Onomapoetika” yoki badiiy adabiyotda “gapiruvchi nomlar” masalasi.
Umuman, jahon onomastikasi ham, jumladan turkiy onomastika ham o‘z taraqqiyoti davomida quyidagi uch bosqichni bosib o‘tgan: a) onomastik materialni oddiy qayd qilish davri yoki noilmiy davr. X1X asrgacha barcha fanlar singari onomastika fani ham qiyosiy-tarixiy metod shakllangunga qadar bo‘lgan davr xuddi shunday xususiyatga ega edi. Masalan, Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali Ibn Sino, Mahmud Koshg‘ariy, Mahmud Zamaxshariy kabi allomalarning asarlarida joy nomlarini, kishi ismlarini oddiy qayd qilish hollari ko‘zga tashlanadi. Jumladan, “Devonu lug‘otit turk” bo‘yicha tuzilgan indeks-lug‘at materiallariga qaraganda, Mahmud Koshg‘ariy asarida Abu Bakr, Badruq, Barman, Barsg‘an, Tabdu, Tahmuras kabi kishi ismlari (antroponimlar), arab, alqa, aramut, afshar, og‘uz, bashg‘irt, basmil, barsman, tuxsi, tubut, tat, salg‘ur, rus, chumul, qarluq, uyg‘ur kabi xalq, urug‘, qabila nomlari (etnonimlar), Ertuch, Balu, Barman, Marv, Sulm, Talas, Tashkand, Udun, Qifchaq kabi shahar va qishloq nomlari (toponimlar), Ertish, Firat, Qaz suvi, Hind, Etil kabi dengiz, ko‘l, daryo, soy nomlari (gidronimlar), Eran tuz, Baqir soqum, Yikar kabi planeta, yulduz va fasl nomlari (kosmonimlar) singari onomastik birliklar qo‘llangan 1 . Xuddi shunday boy onomastik material Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur, Abulg‘ozi Bahodirxon asarlarida ham qo‘llangan. Masalan, B.Bafoev va SH.YOqubovning kuzatishlari shuni ko‘rsatadiki, Alisher Navoiy asarlarida ikki mingdan ortiq onomastik birliklar qo‘llangan 2 . “Boburnoma”da 1406 ta kishi ismi (antroponim), 1100 dan ortiq joy nomi (toponim), 277 ta qavm- qabila va nasl-nasab nomi (etnonim), 414 ta hayvon va o‘simliklar nomi, 40 ta kitob va risola nomi (biblionim) tilga olingan 3 . M.Turdibekovning hisob- kitoblariga qaraganda, Abulg‘ozi Bahodirxonning “SHajarayi turk” asarida 1357 ta atoqli ot mavjud. SHulardan 880 tasi antroponimlar, 286 tasi toponimlar, 118 tasi 1 Девону луғотит турк. Индекс-луғат. Ғ.Абдураҳмонов, С.Муталлибов таҳрири остида. – Тошкент: Фан, 1967. – Б. 387-405. 2 Бафоев Б. Навоий асарлари лексикаси. – Тошкент: Фан, 1983.- Б. 37-44; Ёқубов Ш. Навоий асарлари ономастикаси. НДА. – Тошкент, 1994. – Б. 3-20. 3 Холманова З. “Бобурнома” лексикаси. – Тошкент: Фан, 2007. – Б. 19-21.
etnonimlar, 51 tasi gidronimlar, 22 tasi esa oronimlardir 4 . Umuman, o‘zbek tarixiy onomastikasi sohasida o‘z tadqiqotchilarini kutayotgan muammolar ham anchagina bor 5 ; b) onomastikasining fan sifatida shakllanish davri. Bu fanning ildizlari Evropa va rus tilshunosligida X1X asr oxiri va XX asr boshlarida paydo bo‘lgan. A.X.Vostokov, A.I.Sobolevskiy, A.A.SHaxmatov, M.Fasmer, S.K.Kuznetsov, P.L.Mashtakova kabi olimlarning asarlarida rus tilidagi onomastik materialni to‘plash va tahlil qilish haqidagi dastlabki ma’lumotlar keltirilgan edi; v) ilmiy yoki sof onomastik davr. Bu davr XX asrning 20-yillaridan hozirgi kungacha bo‘lgan muddatni o‘z ichiga oladi. Bu davrda onomastik material tilning leksik, fonetik, morfologik va boshqa sath birliklari singari alohida to‘planib, xilma-xil yo‘nalishlarda tadqiq etiladigan bo‘ldi. Lekin tilning onomastik materiali ko‘pincha leksik material tarkibida tahlil qilindi. Geografik nomlarni o‘rganish bilan shug‘ullanuvchi tilshunoslar, tarixchilar va geograflarning o‘zaro bahslari, muloqotlari tufayli toponimika alohida, mustaqil fan sifatida talqin etildi. Masalan, taniqli toponimist olim E.M.Murzaev toponimikani lingvistik, tarixiy va geografik tahlil metodlaridan foydalanuvchi mustaqil fan deb hisoblaydi. Taniqli tilshunos olim B.V.Gornungning fikricha, atoqli otlar har bir til lug‘at sostavining tarkibiy qismi sanaladi hamda tilshunoslik sohalaridan biri bo‘lgan leksikologiyaning o‘rganish ob’ektidir. S h u sababli tilshunoslarni toponimlarni til materiali sifatida o‘rganishdan mahrum etish, cheklash mumkin emas . SHu b ilan birga toponimik materialning xususiyatlarini o‘rganishga tarixchining ham, geografning ham, etnografning ham haqqi bor. Hozirgi zamon nomshunosligi materialistik dialektikaning qonun va kategoriyalariga tayanib ish ko‘radi hamda onomastik material tahlilida quyidagi metodlardan foydalanib ish ko‘radi: tasviriy metod, tarixiy metod, qiyosiy- chog‘ishtirma metod, areal metod, semiotik metod, stilistik metod, lingvopsixologik metod, statistik metod kabilar. Ba’zan onomastik materialni 4 Турдибеков М.Т. Абулғози Баҳодирхоннинг “Шажарайи турк” асари ономастикаси. НДА. – Тошкент, 2001. – Б. 9. 5 Бегматов Э., Ҳусанов Н., Ёқубов Ш., Боқиев Б. Ўзбек тарихий номшунослигининг долзарб муаммолари // Ўзбек тили ва адабиёти, 1992. № 5-6. – Б. 21-27.
o‘rganishda bu metodlarning bir nechtasidan birdaniga foydalaniladi. Quyida ana shu metodlarning ayrimlari haqida qisqacha to‘xtalib o‘tishni lozim topdik. Tasviriy metod. Ma’lumki, tasviriy metod barcha ijtimoiy-tarixiy va tabiiy fanlarda keng qo‘llaniladi 6 . S h unga ko‘ra bu metod boshqa metodlar orasida qo‘llanish ko‘lami jihatidan eng yuqori o‘rinda turadi. Bu metoddan foydalanishning dastlabki bosqichida material to‘planadi, kataloglar (kartochkalar)ga tushiriladi hamda ular sistemalashtiriladi. Bu esa onomastik materialning turli qirralarini sezish, bilish uchun katta imkon beradi. Masalan, toponimlarni tasviriy metod asosida o‘rganishda tog‘, qir, adir nomlari, qishloq, shahar, ko‘cha, mahalla, guzar nomlari ro‘yxati asos qilib olinadi. Xuddi shuningdek, daryo, ko‘l, buloq, ariq, kanal, soy nomlari ro‘yxati gidronimlarni tasviriy metod bilan o‘rganishda katta yordam beradi. Ana shu ro‘yxatlar materiali asosida keyinchalik onomastik birlik (toponim, gidronim kabi)larning lug‘atlari tuziladi. Masalan, G.P.Smolitskayaning “Oka basseyni gidronimlari” (1976), Stefan Ilchevning “Bolgar ism va familiyalarining lug‘ati” (1969), E.Begmatovning “O‘zbek ismlari ma’nosi” (2007: 2010) kabilar shular jumlasidandir. Onomastik birliklarni o‘rganishning tasviriy metodi boshqa metodlar kabi tarixiy jihatdan o‘zgaruvchan xarakterga egadir. Bu metod o‘z qo‘llanish doirasini, tahlilga tortilgan material ko‘lamini tilshunoslik ilmining yutuqlari bilan bog‘liq holda o‘zgartirib, kengaytirib boradi. Tarixiy metod. Har qanday fanda ilmiy tahlilning asosiy tamoyillaridan biri tarixiylikdir. Onomastik material tahlilida tarixiylik tamoyili juda muhim ahamiyat kasb etadi. CHunki onomastik materialda xalqning o‘tmish tarixi, etnografiyasi, arxeologiyasi ildizlarini sezish qiyin emas. SHuning uchun onomastik materialni tarixiy-etnografik nuqtai nazardan o‘rganishga birinchi navbatda tarixchilar qiziqish bildirganlar. Onomastik birliklarga tarixiy nuqtai nazardan yondoshuv tarixiy, arxeologik va etnografik ma’lumotlarni, faktlarni onomastika doirasiga keng tatbiq etishga 6 Бушуй Т.Г., Сафаров Ш. Тил қурилиши: таҳлил методлари ва методологияси. – Тошкент: Фан, 2007. – Б. 101-109.
olib keldi. SHu bilan birga onomastik leksika tarixiy aspekt (qiyosiy-tarixiy va tarixiy-qiyosiy yo‘nalishlar) da keng o‘rganildi. Onomastikaga lingvo-tarixiy metodni qo‘llashda A.M.Selishev, A.I.Popov, V.A.Nikonov, B.A.Serebrennikov, V.N.Toporov, O.N.Trubachev, YU.A.Karpenko kabi rus olimlarining, V.Georgiev, V.Tashitskiy, S.Rospond, F.Bezglay singari chet ellik olimlarning xizmati katta bo‘ldi. Onomastik birliklar tarixiy nuqtai nazardan o‘rganilganda quyidagi ikki yo‘nalishga amal qilinadi: a) onomastik materialning tarixiy holatidan hozirgi ko‘rinishigacha bo‘lgan o‘zgarishlarni aniqlash usuli (perspektiv tahlil usuli); b) onomastik materialning hozirgi holatidan uning tarixiy holatigacha bo‘lgan tarixiy rivojlanish jarayonini aniqlash (retrospektiv tahlil usuli). Har ikki tahlil yo‘nalishidan ham asosiy maqsad onomastik birliklarning rivojlanish, o‘zgarish jarayonlarini aniqlashdan iboratdir. Onomast-toponimistlar to‘plangan materialni tarixiy metod bilan o‘rganganda lisoniy (etnik) stratigrafiya (lotincha: stratum – “qatlam” va yunoncha: grapho – “yozaman” so‘zlaridan)ni aniqlashga intiladilar. Bunday tahlillardan maqsad onomastik birliklarning eng qadimgi o‘z va o‘zlashgan qatlamlarini aniqlash, uning tarkibidagi o‘zgarishlar silsilasini aniqlashdir. Jumladan, antroponimlarning etimologiyasi, uning ma’nosini izohlash, shunga doir turli xil qarashlarni keltirib, ularga munosabat bildirish ana shunday izlanishlar samarasi sanaladi. Keyingi yillarda olimlar toponim va antroponimlardagi ichki (lisoniy-struktur) va tashqi (ekstralingvistik) o‘zgarishlar tarixini o‘rganishga alohida e’tibor qaratmoqdalar. Birinchi tip o‘zgarishda onomastrik birliklarning lisoniy tarixi, evolyusiyasi aniqlanadi, ikkinchisida esa u yoki bu onomastik birliklarda davr ruhining aksi inobatga olinadi (masalan: BAM, DneproGES, XXP parts’ezd, Komintern, Komsomol kabi abbreviaturalarda sobiq totalitar tuzum aksini sezish qiyin emas). Qiyosiy-chog‘ishtirma metod. Onomastik birliklar qo‘llanish xususiyatiga ko‘ra hududlararo farqli tomonlarga ega. Ana shunday farqlar qiyosiy- chog‘ishtirma metod yordamida aniqlanadi. Qiyosiy tahlil uchun har qanday