logo

O’zbek davlatchiligining shakllanishi va dastlabki taraqqiyot bosqichlari

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

79.455078125 KB
O’zbek davlatchiligining shakllanishi va dastlabki taraqqiyot bosqichlari.
REJA:
1.Davlatchilik   tushunchasi.   Qadimgi   Baqtriya,   uning   o’zbek   davlatchiligining
shakllanishidagi o’rni.
2.Qadimgi Xorazm. Ijtimoiy – iqtisodiy va madaniy hayot.
3.O’zbek   xalqining   etnik   shaqillanishi   o’zoq   davom   etgan   murakkab   jarayon
ekanligi.
4.IX-XII asrlarda turkiy qavmlarning o’zbek xalq                                   Kirish 
Vatan   tarixining   dolzarb   muammolaridan   biri   davlatchiligimiz   tarixidir.   SHuning
uchun   ham   Respublikamiz   prezidenti   Islom   Karimov   1998   yil   iyun’   oyining
oxirlarida   bir   guruh   yetakchi   tarixchilar   va   ziyolilar   vakillari   bilan   uchrashganda
bu   masalaga   alohida   ahamiyat   berdi.   O’zbek   davlatchiligining   paydo   bo’lishi,
asoslari   va   rivojlanish   bosqichlari   konkret   ko’rsatilmaganligini   tahkidlab
o’tdi.   muammoning kun tartibida turish sabablari shundan iboratki, keyingi vaqtda
o’zbek   davlatchiligi   tarixini   Vatanimiz   hududiga   turli   davrlarda   kirib   kelgan
ko’chmanchi xalqlar davlatlaridan boshlashga intilish kuchayib bordi. Bazilar buni
zo’r istihola bilan niqoblab aytsalar, bazilar jar solib, shu ko’chmanchilik davlatlari
bilan farxlanishga chaqirdilar.
Islom   Karimov   suhbatida   “Ko’chmanchilar   kelgunga   qadar   bu   yerda
davlatchiligimizga   asos   bo’lgan   mahalliy   davlatlar   bormidi   o’zi?”,   deb   savol
berganlari   bejiz   emas.   Davlatchilik   masalasi   ham   ilmiy,   ham   siyosiy   masala.   Bu
haqda prezidentimiz Islom Karimov shunday deydilar:
“Davlatchilik   bugungi   kunda   o’ta   siyosiy   masala   bo’lib   turibdi.   Nega   deganda,
O’zbekistonda   davlatchilik   bo’lmagan,   deb   orqavarotdan   tashviqot   yuritayotgan,
shu   fikrni   ongimizga   singdirmoqchi   bo’layotgan,   kerak   bo’lsa,   halqaro
jamoatchilikni   shunga   ishontirishga   urinayotgan   kuchlar   hali   bor.   Bunday
g’alamislar   orasida   qanday   qilib   bo’lsa   ham   bizni   yana   sobiq   SSSR   ga   qaytarish
niyatida yurganlar yo’q, deysizmi? O’zbek tarixchilarining bugungi kundagi asosiy
vazifasi mana shu dahvoning ‘uch ekanligini isbotlash, davlatchiligimizning ilmiy
nuqtai nazardan asoslangan tarixini yaratishdir”.
Tarixchilarimiz   oldiga   prezidentimiz   havola   qilgan   bu   muammo   jiddiydir:   u   hali
jiddiy   tadqiqotlarni   kutadi.   Ammo   shunga   qaramay,   mavjud   ilmiy   fikrlarning
oqini-oqiga,   qorasini-   qorasiga   ajratib,   yagona   ilmiy   to’xtamga   kelsa   bo’ladi.
SHuning   uchun   ham   I.Karimov:   “Eng   mo’tabar,   qadimgi   qo’lyozmamiz
“Avesto”ning   yaratilganiga   3000   yil   bo’lya’ti.   Bu   nodir   kitob   bundan   XXX   asr
muqaddam   ikki   daryo   oralig’ida,   mana   shu   zaminda   umrguzaronlik   qilgan ajdodlarimizning   biz   avlodlariga   qoldirgan   ma’naviy,   tarixiy   merosidir.   “Avesto”
ayni zamonda bu qadim o’lkada buyuk ma’naviyat, buyuk madaniyat bo’lganidan
guvohlik   beruvchi   tarixiy   xujjatdirki,   uni   hech   kim   inkor   etolmaydi”,   deganida
to’la   haqli   edi.   “Xo’sh,   o’zbek   davlatchiligi   qaysi   asrda   paydo   bo’ldi?   Qanday
tarixiy   bosqichlarni   bosib   o’tdi?”,   degan   savollarga   javob   berish   mumkinmi?
Asosan   mumkin.   Buni   prezidentimizning   yuqoridagi   so’zi   ham   ko’rsatib   turibdi.
O’zbek davlatchiligi tarixiga to’xtalishdan oldin, umuman davlatchilik tushunchasi
masalasida   biroz   so’z   yuritishga   to’g’ri   keladi.   Davlatchilik   deganda   davlatning
paydo bo’lishi, ya’ni davlat bo’lib uyushishi, uning tuzumi va tizimini tushunamiz.
Davlat,   aslida   jamiyatni   tashkil   etishning   siyosiy   shaklidir.   Davlat   -   bu
hokimiyatning   fuqarolar   bilan   bo’lgan   aloqalar   va   munosabatlar   majmuasidir.
Davlatning   paydo   bo’lishi,   uning   tuzumi   va   bu   davlatning   boshqarish   tizimi
mamlakat   va   xalqlarning   ijtimoiy   taraqqiyotida   muhim   o’rin   tutadi.   Bu   sohada
qonunchilikning   roli   buyukligini   alohida   ko’rsatish   kerak.   O’zbek   xalqining
qonunchilik   anhanalari   juda   qadimiydir.   Qonunchilik   bizning   Vatanimizda
miloddan   avvalgi   yillardayoq   shakllangan   va   o’rta   asrlarda   takomillashgan.
Haqiqatda esa mustaqillikka erishganimizdan keyingina qonunchilik o’z mavqeiga
ega bo’ldi. prezidentimiz olg’a surgan besh tamoyildan biri - qonunning ustivorligi
tamoyili   ekanligi   ham   buning   isbotidir.   CHunki,   qonunchilikka   asoslanmagan
davlat   tuzumi   mamlakat   taraqqiyotining   samaradorligini   tahminlay   olmaydi.
Davlatchilikning asosiy poydevorlari borki, davlat bu poydevorlarsiz o’z vazifasini
ado etolmaydi. Bular hokimiyat va ijroiya organlari, sud, ‘olitsiya, moliya va soliq
tizimi, armiya, Konstitutsiya va boshqa qonunlardir. Davlatning muhim vazifalari
bor.   Bu   vazifalar   davlatning   ichki   va   tashqi   siyosatini   yurgizish   orqali   amalga
oshiriladi.   Ichki   siyosat,   asosan,   mamlakatning   ijtimoiy-iqtisodiy   va   madaniy
taraqqiyotini tahminlashga qaratilgan bo’lsa, tashqi siyosat davlatning mudofaasini
mustahkamlashga, chet el davlatlari bilan iqtisodiy, harbiy va madaniy aloqalarini
boshqarishga,   di’lomatik   munosabatlarini   mustahkamlashga   qaratilgan
bo’ladi.Endi rejadagi I-masala ustida fikr yuritamiz. Davlatchiligimiz asosi qaerda va qaysi zamonda boshlanadi, degan savolga kelsak,
tarixchilarimiz,   ayniqsa,   buyuk   o’zbek   olimi   Yahyo   G’ulomov   va   rus   akademigi
S.’.Tolstovlarning   ilmiy   xulosalariga   asoslanib,   asosan   Xorazmda   yuzaga   kelgan
“Avesto”   muqaddas   kitobiga   tayanib,   davlatchiligimizning   asosi,   prezidentimiz
suhbatda   aytganlariday,   bundan   2700-3000   yil   muqaddam   Xorazmda   boshlangan
deb   javob   berish   mumkin   bo’ladi.   Akademik   A.Asqarovning   ilmiy   fikriga   ko’ra,
‘arkana   (Farg’ona),   Baqtriya   davlatlari   ham   2800-3000   yil   ilgari   yuzaga   kelgan.
Biroz   keyinroq   Vatanimiz   tarixida   muhim   o’rin   egallagan.   So’g’diyona   davlati
vujudga   keldi.   Ilgari   aytganimizday,   ko’chmanchilar   tuzgan   davlatlarning
Vatanimiz   davlatchiligidagi   o’rnini   inkor   etib   bo’lmaydi.   Ammo
davlatchiligimizning   shakllanishi   jarayonida   “tubjoy”   davlatlarning   o’rni   va   roli
beqiyos buyukdir.
Davlatchiligimiz   tarixini   asosan,   besh   bosqichga   bo’lib   o’rganamiz.   Birinchi
bosqich   so’nggi   bronza   davri   (miloddan   oldingi   I   ming   yillik   boshlari)dan   Eron
Ahmoniylari istilosigacha bo’lgan davr (miloddan avvalgi VI asr o’rtalari).
Tarixchi   olim   A.Sahdullaevning   yozishicha   (“O’zbekiston   tarixi”   “Universitet
nashriyoti, 1997”) ijtimoiy-iqtisodiy ahvolni tahlil qilish shuni ko’rsatdiki, mil.avv.
I ming yillikning boshlarida Markaziy Osiyoning nisbatan rivojlangan viloyatlarida
ilk  davlat   uyushmalari   paydo  bo’la  boshladi.  So’nggi   bronza   davrida  mehnatning
dastlabki   yirik   taqsimoti   ro’y   beradi.   CHorvachilik   dehqonchilikdan   ajralib
chiqadi.   Iqtisodiy   hayotdagi   siljishlar   tufayli   ortiqcha   mahsulot   paydo   bo’lib,   bu
mahsulot   ma’lum   shaxslar   qo’lida   to’’lana   boshlaydi.   Qishloqlar   kengayib
shaharlarga   aylanib   borar   ekan,   bu   shaharlar   eng   qadimgi   viloyatlar   va   davlat
uyushmalarining   mahmuriy   markazi   bo’la   bordi.   Ammo   shuni   alohida   tahkidlash
lozimki, Markaziy Osiyodagi ilk davlat uyushmalari haqidagi yozma Ma’lumotlar
juda   kam.   Mavjud   yozma   manbalar   arxeologik   tadqiqotlar   bilan   solishtirilganda
birmuncha ishonchli bo’ladi. Ma’lum ki har bir davlatning bosh yacheykasi oiladir. “Avesto”   Ma’lumotlariga   ko’ra,   ilk   quldorlik   davrida   Markaziy   Osiyo   jamiyati
alohida oilalardan tashkil  to’ganini  ko’ramiz. Yerga urug’  jamoasi,  egalik qilgan,
bir   nechta   urug’lar   qabilaga   birlashgan,   nisbatan   yirik   qabilalar   birlashib   viloyat
(“daxyo”) bo’lgan, bu viloyatlarni boshliq (“qavi”) boshqargan. Qabila boshliqlari
ma’lum   vaqtda   to’’lanib   kengashib   turishgan.   “Avesto”   qadimgi   jamiyatni
koxinlar,   harbiylar,   dehqonlar ,   chorvadorlar   va   hunarmandlar   kabi   tabaqalarga
bo’ladi.   Qadimgi   xo’jaliklar   chorvachilik   va   dehqonchilikka   alohida   e’tibor
berganlar.   Akademik   A.Asqarovning   yozishicha,   yunon   mualliflarining   xabariga
ko’ra, bu zaminda qabilalar konfederatsiyasi asosida tarkib to’gan dastlabki davlat
bo’lgan.   Bular   “Katta   Xorazm”   va   “Baqtriya   podsholigi”   bo’lib,   ular   harbiy
demokratik   ‘rintsi’lar   asosida   tarkib   to’gan.   Afsuski,   yozma   manbalarda   ular
haqida   uzuq-yuluq   va   juda   qisqa   Ma’lumotlar   uchraydi.   “Avesto”   Ma’lumotlari
asosida   mashhur   xorazmshunos   olim   S.’.Tolstov,   Ovru’o   olimlaridan   V.Xenning
hamda I.Gershovichlar “Katta Xorazm” davlati haqidagi arxeologik izlanishlar va
tarixiy-geografik   Ma’lumotlarni   solishtirib   o’z   qarashlarini   bayon   etganlar.
Masalan,   S.’.Tolstov   “Avesto”da   Zaratushtraning   vatani   Arhyanam   Vaychax-
qadimgi   Xorazm   bo’lgan   deydi.   “Avesto”ga   ko’ra,   Zaratushtraning   Vatani
Arhayanom Vaychax Daitiya daryosining sohilida joylashgan. S.’.Tolstov va qator
boshqa   olimlar   Daitiya   bu   Amudaryodir   deydilar.   Qadimgi   Xorazm   Amudaryo
xavzasida   joylashgan   viloyat   ekan,   Zaratushtra   o’z   tahlimotini   shu   zamindan
chiqib   boshqa   viloyatlarga   tarqatgan,   degan   xulosaga   keladi   S.’.Tolstov.
“Avesto”da “Katta Xorazm”ga tegishli viloyatlar sanab o’tiladi. Bunga ko’ra, O’rta
Osiyoning   deyarli   katta   qismi   “Katta   Xorazm”ga   tegishli   ekanligiga   qanoat   hosil
qilish   mumkin.   Miloddan   avvalgi   IV   asrda   Amudaryo   quyi   oqimi   hududida
Qadimgi   Xorazm   davlati   tashkil   to’di.   Uning   podshosi   sifatida   Farasman   ismli
shaxs   yunon   tarixchilari   tomonidan   tilga   olinadi.   Iskandar   Zulqarnayn   Hindiqush
orqali Baqtriyaga, undan So’g’diyonaga qo’shin tortib kelganda Xorazm podshosi
Farasman   uning   huzuriga   sovg’a-salomlar   bilan   kelgan   va   shimol   tomonlarga
yurish qilmoqchi bo’lsa, o’z qo’shini bu unga yordamga tayyor ekanligin bildirgan.
Markaziy   Osiyo   hududida   ahmoniylarga   qadar   tashkil   to’gan   ikkinchi   davlat   bu Baqtriya   podsholigidir.   Bu   davlat   haqidagi   dastlabki   Ma’lumotlar   yunonistonlik
tabib Ktesiyda uchraydi.
Keyingi   yillarda   qadimgi   Baqtriya   hududida   olib   borilgan   arxeologik   tadqiqot
ishlari   yunon   mualliflarining   “Qadimgi   Baqtriya   podsholigi”   haqidagi   hikoyalari
zaminida   tarixiy   haqiqat   borligiga   ishora   qiladi.   Bunga   misol   qilib   Janubiy
Baqtriya   Oltin   -   1   va   Oltin   -   10   hamda   Baqtriya   shahri   vayronalarini,   SHimoliy
Baqtriyada Kuchukte’a, Qizilte’a, Tallashkante’a, Bandixon-2 kabi  yodgorliklarni
ko’rsatish   mumkin.   Ularning   har   biri   mahalliy   hokimliklarning   o’rdasi   bo’lgan.
Qadimgi   Baqtriya   podsholigi   esa   ana   shu   tuman   va   viloyatlarni   birlashtiruvchi
harbiy-demokratik ti’dagi konfederatsiya edi.
SHunday   qilib,   O’rta   Osiyoni   ahmoniylar   saltanati   bosib   olgunga   qadar   (bu
voqealar   miloddan   avvalgi   VI-IV   asrlarda   sodir   bo’lgan   edi)   bu   ona   zaminda
harbiy-demokratiya ‘rintsi’lari asosida tarkib to’gan ikkita davlat mavjud bo’lgan.
Bular   haqida   “Avesto”   va   yunon   mualliflari   juda   qisqa   bo’lsa-da,   tegishli
Ma’lumotlar   qoldirganlar.   Bu   davlatlar   “Katta   Xorazm”   va   Qadimgi   Baqtriya
podsholigi edi. Ularning hududiy doirasi, ichki davlat tarkibi va ijtimoiy-iqtisodiy
hamda madaniy aloqalar haqida, ular o’tgan davr haqida hali olimlar orasida ko’p
ilmiy   munozaralar   bo’ladi,   ular   haqida   ko’plab   maxsus   ilmiy   tadqiqotlar
o’tkaziladi va yangidan-yangi asarlar cho’ etiladi.
Eron   ahmoniylari   bosqinlari   (milodda   avvalgi   VI-IV   asrlar)   va   makedoniyalik
Iskandar istilolari (miloddan avvalgi IV-III asrlar) davrida Vatanimiz xalqlarining
uzoq   va   shonli   kurashlariga,   daxshatli   qo’zg’olonlariga   (S’itamen)   qaramay,
mahalliy   davlatchiligimiz   barham   to’di.   Markaziy   Osiyo   (miloddan   avvalgi   522-
521  yillar)da   bo’lib   o’tgan   xalq   qo’zg’olonlari   Doro  I   ni   qattiq  ichki   siyosat   olib
borishga   majbur   etdi.   U   hatto   saroy   aristokratiyasi   huquqlarini   ham   cheklab,
mamlakatda hokimiyat tartiblarini o’rnatdi.
Gerodotning   habar   berishiga   qaraganda,   Doro   I   o’z   imperiyasini   alohida
viloyatlarga-satra’liklarga   bo’lib   idora   qilgan.   Har   bir   satra’lik   har   yili   davlat
xazinasiga  ma’lum  miqdorda soliq  to’lashga  majbur  edi.  Makedoniyalik  Iskandar vafoti (miloddan avvalgi 323 yil)dan keyin taxt uchun kurashlar  natijasida SHarq
yerlari   lashkarboshi   Salavkga   o’tdi.   U   miloddan   avvalgi   293   yil   SHarqni   idora
qilish   ishini   o’zining   S’itamen   qizi   A’amandan   bo’lgan   o’g’li   Antiox   I   ga
topshirdi.
Miloddan   avvalgi   III   asrning   o’rtalariga   kelganda   (miloddan   avvalgi   250   yil)
salavkiylar saltanatinig O’rta Osiyodagi mavqei butunlay tushib ketdi. Saltanatning
sharqiy satra’liklari markaziy hokimiyatga bo’ysunishdan bosh tortib, ularning har
biri   mustaqil   siyosat   yurgizishga   intildi.   Ayniqsa,   bu   vaziyat   ‘arfiya   va   Baqtriya
satra’iklarida  ko’zga  yaqqol  tashlanar   edi.  Bu  vaqtda   Baqtriya  satra’i   Diodot  edi.
Strabonning   fikriga   qaraganda   Baqtriyaning   salavkiylardan   ajralib   chiqishi,
baqtriyaliklarning   markaziy   hokimiyatga   nisbatan   isyoni   edi.   Baqtriyaning
salavkiylardan   ajralib   chiqishiga   Diodotdan   tashqari,   Yevtidem   ham   aralashgan.
Yevtidem xuddi o’sha vaqtda So’g’diyona hokimi bo’lib, u Diodotga tobe edi.
SHunday   qilib,   miloddan   avvalgi   III   asr   o’rtalarida   davlatchiligimiz   yana   o’z
taraqqiyotining   ikkinchi   mustaqillik   ‘allasiga   kirdi.   Mustaqillikka   erishgan
Baqtriya   Diodot   I   davrida   qudratli   davlatga   aylandi.   Miloddan   avvalgi   212   yilda
Yevtidem Yunon-Baqtriya davlatining podshosi edi. Miloddan avvalgi 206 yildan
boshlab   Yunon-Baqtriya   davlati   uchun   salavkiylar   tomonidan   endi   hech   qanday
xavf yo’q edi.
Evtidemning   o’g’li   Demetriy   davrida   (miloddan   avvalgi   199-167   yillar)
Baqtriyaning   hududi   kengayib   har   jihatdan   yuksaldi.   Uning   nomi   bilan   ko’plab
joylarda tangalar zarb etildi. Davlatni boshqarish borasida islohot o’tkazildi. Bunga
ko’ra   davlatni   mayda   hokimliklarga   bo’lib   boshqarish   joriy   etildi.   Demetriy
mahalliy aslzoda vakillarini davlatni boshqarish ishiga tortadi.
Nihoyat, miloddan avvalgi 141 va 128 yillar orasida Yunon-Baqtriyaga shimoldan
kelgan ko’chmanchi yue-chjilar barham berdilar.
Vatanimix   tarixida   muhim   rol’   o’ynagan   SHarqning   bu   davlati   120   yildan   ortiq
vaqt   yashadi.   Tarixchilar   bu   davrda   oldin   Baqtriyaga   qaram   bo’lgan,   keyin, miloddan   avval   II   asrda,   mustaqil   bo’lgan   So’g’diyona   haqida   ham   ko’p
gapiradilar.
Davlatchiligimiz tarixining ikkinchi bosqichida muhim rol’ o’ynagan davlatlardan
biri Qadimgi Xorazm davlatidir. Qadimgi Xorazm tarixining bilimdoni S.’.Tolstov
asarlarida massaget  qabilalari ittifoqi, ularning Saksafar, Omarg va To’maris kabi
vakillari   to’g’risida   fikr   yuritib   o’tadi.   S.’.Tolstov   To’marisni   debriklar   malikasi,
Omargni esa saklarning podshosi edi, deydi. Saksafarga kelganda u siyovushiylar
sulosasiga   tegishli   qadimgi   Xorazm   podshosi   SHaushafor   bo’lishi   kerak,   degan
g’oyani   olg’a   suradi.   S.’.Tolstovning   bu   mantiqiy   o’xshatishida   tarixiy   haqiqat
bo’lsa,   u   holda   miloddan   avvalgi   VI   asrda   qadimgi   Xorazm   o’z   hukmdoriga   ega
bo’lgan. Saksafar Xorazm davlatining ilk podsholaridan biri bo’lgan.
Akademik   Ya.   G’ulomovning   tahkidlashicha,   Sirdaryo   o’rta   oqimi   xavzasida,
(hozirgi   Toshkent,   qisman   Sirdaryo   viloyati   va   Janubiy   Qozog’iston   hududida),
miloddan   avvalgi   III   asr   boshlarida   tashkil   to’gan   Kang   davlati   davlatchiligimiz
tarixida   alohida   ahamiyatga   ega.   Bizningcha,   makedoniyaliklar   qo’shinlariga
qarshi   uyushgan   mahalliy   va   ko’chmanchi   qabilalar   davlati   bo’lgan   Kang   davlati
asosan,   ko’chmanchilar   davlati   bo’lib,   mahalliy   xalq   ularga   mudofaa   zaruratidan
qo’shilgan. SHunga qaramay, Kang davlatining davlatchiligimiz tarixida o’z o’rni
bor.
Qadimgi   manbaalarda   Kang   davlatining   qanday   idora   qilinganligi,   uning   davlat
tuzilishi to’g’risida Ma’lumotlar yetib kelmagan. Ammo faqat bir marta to’ng’ich
Xan’   sulolasi   tarixida   (miloddan   avvalgi   II-I   asrlarga   oid)   Kanguy   podshosi   o’z
oqsoqollari bilan maslahatlashib ish tutishi haqida eslab o’tiladi. Demak, quldorlik
jamiyati   sharoitida   tashkil   to’gan   Kang   davlatida   Oliy   kengash   asosiy   rol’
o’ynagan.
Davlat   kengashida   qabila   boshliqlari,   harbiy   sarkardalar   faol   qatnashib,   muhim
davlat   ahamiyatiga   molik   masalalar   hal   etilgan.   podsho   hokimiyati   demokratik
‘rintsi’lar asosida tashkil to’gan davlat tizimi edi. Kang davlatiga qarashli yerlar bir
necha viloyatlarga bo’lingan. Ularni boshqargan boshliqlar  jobg’u yoki yobg’ular deb   atalgan.   Kang   xoqonlari   mamlakatni   ana   shu   jobg’ularga   tayanib   boshqarar
ekan, ular, odatda, hoqonlarga yaqin kishilardan, ularning qavm-qarindoshlaridan,
yirik   urug’-qabila   boshliqlaridan   tayinlangan.   Kang   davlatiga   tobe   viloyatlarni
boshqarish   ishi   mahalliy   hokimlar   qo’lida   bo’lib,   ular   markaziy   hokimiyatga   boj
to’lab turgan. Ana shunday tobe viloyatlarga qadimgi Xorazm, So’g’d yerlari, Ural
tog’oldi   rayonlari   (alan   va   yan   qabilalari)   kirgan.   Kang   davlati   VII   asr   yashab,
milodning V asri o’rtalarida yemirildi. Markaziy Osiyo xalqlari tarixida, jumladan,
o’zbek   xalqi   tarixida   bu   yarim   ko’chmanchi   davlat   zaminida   yashovchi   Qadimgi
Eron   tilining   shimoliy   shaxobchasida   so’zlashuvchi   tubjoy   xalqlar   Janubiy   Sibir,
Oltoy,   SHarqiy,   Turkiston,   Yettisuv   viloyatlarida   yashovchi   turkiy   tilda
so’zlashuvchi qabilaar bilan yaqinlashdi. Qadimgi manbalarda bu davrda Farg’ona
(Davan,   ‘arkan)   davlati   bo’lganligi   haqida   ham   yoziladi.   Farg’ona   vodiysining
qadimgi   tarixi   haqida   gap   ketganida,   odatda,   uning   miloddan   avvalgi   VII-VI
asrlardan to milodiy eraning V asriga qadar bo’lgan davr tarixini ko’z o’ngimizga
keltiramiz. CHunki, undan avvalgi davr qadimgi Farg’ona tarixida ibtidoiy jamoa
tuzumi   va   V   asrdan   boshlab   esa   uning   feodal   davri   tarixi   boshlandi.   Bu   davr
ijtimoiy-siyosiy   hayotida   erkin   jamoa   xo’jaligi   jamiyat   rivojida   asosiy   qatlamni
tashkil   etardi.   Farg’ona   ahmoniylarga   ham,   makedoniyaliklarga   ham   tobe
bo’lmagan. Xitoy manbalarida yozilishicha,  miloddan avvalgi  II-I asrlarda Davan
aholisi   dehqonchilik   va   hunarmandchilik   bilan   shug’ullangan,   xo’jaliklari   yuksak
rivojlangan.   Davan   davlati   boy   shaharlarga   va   kuchli   qo’shinga   ega   bo’lgan.
Davlatchiligimiz   tarixida   Farg’ona   davlat   tuzumi   muhim,   hatto   ibratli   ahamiyat
kasb etadi.
Miloddan   avvalgi   II   asrda   (Xitoy   elchisi   CHjan   TSyan’   bu   yurtga   kelgan
davrlarda)   qadimgi   Farg’onada   kuchli   siyosiy   davlat   tizimi   shakllangan   edi.
podsholik   te’asida   mahalliy   aholining   aslzodalaridan   chiqqan   hukmdor   turardi.
Ulardan   bazilarining   nomlari   xitoychada   Mugua,   CHan,   Fin,   Yanhlyu   deb
berilgan.   Hukmdorning   yonida   eng   yaqin   qarindoshlaridan   ikkita   yordamchi
bo’lgan. Hukmdor  davlat  ishlarini  olib borishda  oqsoqollar  kengashiga  suyangan.
Oqsoqollar kengashi  hukmdor bilan birgalikda davlat ahamiyatiga molik ijtimoiy, siyosiy   va   diniy   masalalarni   hal   etgan.   SHu   bilan   birga,   oqsoqollar   kengashi
hukmdor faoliyatini muhim masalalarda nazorat qilib borgan. Oliy kengash oldida
hukmdorning   huquqi   cheklangan   edi.   Ayniqsa,   urush   va   tinchlik:   di’lomatik
masalalarda   hal   etuvchi   kuch   va   huquq   oliy   kengash   qo’lida   edi.   Oliy   kengash
hukmdorni   hokimiyatdan   tushirishi,   uning   o’rniga   yangisini   saylashi   mumkin
bo’lgan.   Xitoy   manbalarining   xabar   berishiga   qaraganda,   o’zga   davlat   va   uning
qo’shini   bilan   bo’lgan   janglarda   davanliklarning   mag’lubiyati   uchun   oliy
hokimiyat egasi-hukmdor oqsoqollar kengashi qarori bilan o’lim jazosiga tortilgan.
Davan   davlatining   siyosiy   tuzumi   shaharlarning   yoki   voha-davlatlarining   erkin
ittifoqidan tashkil to’gan konfederatsiya edi.
Xitoy   ayg’oqchisi   CHjan   TSyanning   Davan   davlatining   qudrati   haqidagi
Ma’lumotlari   ham   e’tiborga   loyiqdir.   Davan   60   ming   qo’shinga   ega   edi.   ‘iyoda
askarlar   oddiy   qurollangan,   otliq   qo’shin   harbiy   mahoratda   tengsiz   bo’lgan.
Ularning   ot   ustida   turib   kamondan   uzgan   o’qlari   dushmanni   dog’da   qoldirardi.
Ularning ayollari ham qamondan o’q uzishda o’z erlaridan qolishmagan.
Davanliklar   g’arbda   kangliklar,   shimolda   usunlar,   sharqda   esa   uyg’urlar   bilan
yaqin aloqada bo’lishgan. Xitoy bilan bo’lgan janglarda ularni har doim kango’ylar
qo’llab-quvvatlaganlar.
Qadimgi   Farg’ona   davlatini   milodiy   eraning   dastlabki   yuz   yilliklarida   mahalliy
aslzodalar sulosasi boshqargan. Xitoy manbalariga qaraganda, qadimgi Farg’onani
419 yilgacha bir sulola (xonadon) vakillari uzluksiz boshqarib kelgan. O’rta osiyo
hududlarida   Eftalitlar   davlati   qaror   to’gach,   qadimgi   Farg’ona   davlati   o’z
mustaqilligini yo’qotgan.
Davlatchiligimiz  tarixida   Kushon  podsholigi  ham  diqqatga   sazovordir.  Kushonlar
ko’chmanchi   qabilalar   bilan   qo’shilib   ketgan   massagetlar   bo’lib,   S’itamen
qo’zg’olonidan   so’ng   SHarqiy   Turkiston   va   Mo’g’uliston   chegaralariga   ketib
qolgan edilar. Xitoy tarixchilari ularning yue-chjilar deydilar. Miloddan avvalgi II
asr   o’rtalarida   ular   xunlardan   yengilib   Farg’onaga   qaytib   keladilar.   Miloddan
avvalgi   140   yilda   Baqtriyaning   tushkunlikka   uchraganidan   foydalanib   So’g’d orqali   Baqtriyaga   o’tadilar.   Bu   yerda   ular   5   qabilaga   bo’lingan.   Kushon   qabila
boshlig’i   Kudzula   Kadfiz   qolgan   4   qabilani   tobe   etib   o’zini   hukmdor   deb   e’lon
qilgan.   Kushon   davlati   keyin   butun   Markaziy   Osiyo,   Afg’oniston,   ‘okiston   va
Xindiston   yerlarini   qo’shib   olib,   yirik   im’eriyaga   aylandi   va   davlati   milodiy   IV
asrgacha yashadi. Bu davrda pul va din islohoti o’tkazildi.
Bu   davlat   buyukligiga   qaramay,   ko’chmanchilar   davlati   edi   va   davlatchiligimiz
taraqqiyotida   muhim   rol’   uynadi   deb   aytish   holis   T ariximizni   yaratish
tamoyillarigi   hilofdir.   SHunday   qilib,   davlatchiligimizning   2-bosqichi   haqida
gapirganda,   biz   asosan,   Qadimgi   Xorazm,   Baqtriya   va   Farg’onani   ko’rsatishimiz
kerak.
O
Muammo :
O’zbek   xalqining   shakllanish   jarayoni   қ anday   kechgan?   O’zbek   atamasi   qachon
paydo bo’lgan?
’zbek   xalqining   kelib   chiqishi   va   shakllanish   tarixi   tarixnavisligimizdagi   eng
dolzarb   muammolardan   biridir.   SHuning   uchun   ham   prezidentimiz   I.A.Karimov
1998   yil   iyun’   oyining   oxirida   bir   guruh   tarixchilar   hamda   ziyolilarning   ayrim
vakillari   bilan   o’tkazgan   uchrashuvida   bu   masalaga   katta   ahamiyat   berdi.   Bu
masalaning   kun   tartibiga   dolzarb   muammo   qilib   qo’yilish   sabablaridan   yana   biri
shundan   iboratki,   keyingi   vaqtda   o’zbek   millatining   shakllanishi   tarixini   turli
vaqtlarda   Vatanimizga   ko’chib   yoki   bosib   kirib   kelgan   ko’chmanchi   xalqlardan
boshlashga intilish kuchaymoqda. Bazilar buni zo’r istihola bilan aytsalar, bazilar
jar   solib,   shu   ko’chmanchilar   avlodi   bo’lganligimizdan   faxrlanishga
chaqirmoqdalar.   Keyingi   ‘aytlarda   “Bizlar   xunlarning   avlodimiz”,   “Biz   kelib
chiqishimiz jihatidan turklarmiz” degan gaplar ko’paydi.
Muammoli vaziyat :
Hozirgi   kunda   o’zbek   xalqining   etnik   shakllanishi   to’g’risida   turli   tarixiy
adabiyotlarda   turlicha   qarashlar   ilgari   surilmoqda.   Bu   muammoni   tarixiy manbalardan   tanqidiy,   xolisona   foydalanib,   uni   yangicha   yondashuv   asosida
oboektiv   hal   qilish   lozim.
Huning   uchun   ham   prezidentimiz   I.Karimov   uchrashuvdagi   suhbatda   ”...   qadim
ajdodlarimiz   hayotining   asosini   o’troq   madaniyat   tashkil   etganmi   yo
ko’chmanchimi?   O’zbek   xalqining   shakllanishida   qanday   elatlarning   tahsiri
bo’lgan? Bilaman, bular og’ir savollar. Lekin ularga javob topishimiz zarur”, deb
aytdilar.   prezidentimizning   yana   quyidagi   fikrlari   diqqatga   sazovordir:   “Yana
qaytarib aytmoqchiman:   biz o’zimizni  millat   deb bilar  ekanmiz,  o’zbekchiligimiz
haqida   aniq   tushunchaga   ega   bo’lishimiz   kerak.   Turkiy-tilli   xalq   bor,   turk   halqi
bor.   Farqini   har   bir   fuqaromiz,   avvalo,   farzandlarimiz   bo’lib   olsinlar”.Islom
Karimovning   uchrashuvda   aytgan   quyidagi   gaplari   o’zbek   xalqining   shakllanishi
tarixi   bilan   shug’ullanuvchi   tarixchilarning   tadqiqotlari   uchun   metodologik   asos
bo’la   oladi.   “Movarounnahr   sarhadlariga   uzoq   tariximiz   davomida   ne-ne
bosqinchilar   kirib   kelmagan,   ko’p   yillar,   balki   asrlar   davomida   yurtimizda   ne-ne
o’zga sulolalar hukmronlik qilmagan, deysiz. Bir so’z bilan aytganda, ming yillar
davomida yurtimizga kelib-ketganlar  ozmi? Erondan Ahmoniylar, Yunonistondan
Aleksandr keldi, Arabistondan Qutayba, Mo’g’ulistondan Chingizxon, keyinchalik
rus   istilochilari   keldi.   Lekin   xalq   qoldi-ku.   Xo’sh,   bunda   qanday   sir-sinoat   bor?
Xalq   qanday   ichki   kuch-qudratga   tayanib   o’zligini   saqlab   qoldi?   Qadim-qadim
zamonlardan   o’troq   yashagani   ilm-mahrifatga   intilgani,   buyuk   madaniyatga   ega
bo’lgani, o’z urf-odatlarini muqaddas bilgani uchun emasmi? O’zbek nomi qachon
paydo   bo’lgan?   Sovet   tarixshunoslarining   yozishicha,   go’yo   XVI   asrda   bizning
zaminimizni   Dashti   Qi’choq   xonlari   ishg’ol   qilgandan   keyin   o’zbek   nomi   paydo
bo’lgan   emish.   Axir,   biz   Movarounnahr   deb   ataladigan   ikki   daryo   oralig’ida
ungacha ham xalq yashagan-ku! Yoki xalq boshqa millat bo’lganmi? Mantiq qani
bu   yerda.   Biz   sovet   zamonidan   qolgan   bu   aqidani   qabul   qilsak,   millatimiz   tarixi
mana   shu   navbatdagi   bosqinchilar   davridan   boshlangan,   degan   noto’g’ri   xulosa
kelib   chiqmaydimi?   Unda   bizning   necha   ming   yillik   tariximiz   qaerga   qoladi?
Samarqand   ham,   Buxoro   ham,   Xiva   ham   o’zbeklarniki   ekan,   bu   yerlarda   o’zbek
davlati   bo’lgan   ekan,   nega   endi   o’z   tariximizni   XVI   asrdan,   kimdir   kelib-ketib, nomini qoldirib ketgan davrdan boshlashimiz kerak? Ungacha ham bu yerda o’troq
xalq   yashagan-ku!   Bu   yerda   ana   shu   o’troq   xalqning   madaniyati   bo’lgan-ku!   Bu
yerda   XIII   asrning   20-yillaridan   XIV   asrning   70-yillariga   qadar   mo’g’ullar
hukmronlik qilganlar va ularning madaniyati mahalliy madaniyatga singib ketgan.
Bunda mahalliy xalqning madaniyati, albatta, asos bo’lgan, ustunlik qilgan.
Biz   xalqni   nomi   bilan   emas,   balki   madaniyati,   ma’naviyati   orqali   bilamiz,
tarixining tag-tomirigacha nazar tashlaymiz.
Yana bir bor qaytaraman: men tarixchi emasman. Ammo, umuman, dunyo xalqlari
va   xususan   yurtimiz   tarixiy   taraqqiyot   yo’lining   asosiy   qonuniyatlarini   mantiqiy
tahlil   qilsak,   shu   narsa   ayon   bo’ladiki,   Aleksandr   ham   (uni   SHarqda   ko’proq
Iskandar  Zulqarnayn degan nom  bilan bilishadi). Qutayba  ham, Chingizxon ham,
general CHernyaev ham, umuman, kim bo’lmasin, yurtimizga bir necha o’n ming
yo bir necha yuz ming lashkari bilan kelgan, ishg’ol qilgan va bu yerdagi siyosiy
hokimiyatni   qo’lga   olgan.   Yana   takrorlayman:   siyosiy   hokimiyatni.   Tamom.
To’g’ri, hukmronliklari mobaynida ular mamlakatimizning iqtisodiy, savdo, ilmiy,
madaniy   imkoniyatlaridan   o’z   manfaatlari   yo’lida   foydalanishga   zo’r   berganlar.
Biroq, shu yerda asrlar davomida yashab kelayotgan mahalliy aholini, uning ko’p
ming   yillik   madaniyatini   yo’q   qilolmaganlar,   qilolmasdilar   ham”.
Ushbu   muammoni   ilmiy   tad қ i қ   қ ilishda   O’zbekiston   Respublikasi   Prezidenti
I.A.Karimovning   «Tarixiy   xotirasiz   kelajak   yo’q»   nomli   asari   metodologik   asar
bo’lib xizmat  қ iladi.
O’zbek   xalqining   ibtidosini,   dastlabki   asosini   tariximiz   qahridan   qidiramiz.   700
ming   -   bir   million   yil   muqaddam   Sel-Ungurda   yashagan   ibtidoiy   odamlar,   100
ming   yillar   ilgari   Teshiktoshda   yashagan   odamlar   bizlarning,   Markaziy   Osiyo
xalqlarining   (o’zbeklar,   tojiklar,   turkmanlar,   qozoqlar,   qirg’izlar   va
qaraqal’oqlarning) ajdodlaridirlar. Biz o’shalardan tarqalgan tubjoyli xalqlarmiz.
Aziz o’quvchim, muallif tariximizda ko’chmanchi xalqlar va davlatlar rolini inkor
qilayotir deb, xulosa chiqarishga shoshilmang. Alhazar! Ularning roli bor, albatta.
3000 yil davomida sharqdan ko’chib kelgan yoki bosib kelgan ko’chmanchilarning o’zbek   xalqining   etnik   jihatdan   shakllanishida   “xizmati”,   “hissasi”   katta.   Bu
haqiqatga qarshi so’z bo’lishi mumkin emas.
Markaziy   Osiyoda   miloddan   avalgi   III   ming   yillik   o’rtalarida   SHarqdan   kelib
o’rnasha   boshlagan   ko’chmanchi   turklarning   ayrim   guruhlari   yashar   edilar.
Miloddan   avvalgi   II   asrlarda   ularning   ko’chib   kelishi   kuchaydi,   milodning   V
asridan boshlab avj oldi. VII asrga kelib, hatto, ular o’z Hoqonliklarini bar’o etdilar
va Vatanimiz hududini  bo’ysundirdilar. Natijada Markaziy Osiyodagi  xalqlarning
turkiylashuvi   yuzaga   keldi.   Keyin   qorluqlar,   o’g’izlar   va   boshqalar   bu   jarayonni
kuchaytirdilar. X-XI asrlarga kelib turkiyzabon o’zbek xalqi etnik jihatdan asosan
tarkib to’ib bo’ldi. Bu jarayon keyin ham davom etdi. Masalan, XVI asrda Dashti
Qi’choqdagi   “o’zbek”   deb   ataluvchi   ko’chmanchi   qabilalar   kelib   qo’shildilar.
Xalqimiz “o’zbeklar” deb atala boshlandi. Aslida ular xalq bo’lib shakllanishmizda
bir   element   sifatida   rol’   o’ynagan   elatlar   -   XVI   asrda   bizga   nomini   o’tkazgan
SHayboniy o’zbeklari ham, X-XII asrda kelib qo’shilgan turli ko’chmanchi turkiy
qabilalar ham, qadimdan ko’chib kelgan va keyinchalik o’z xoqonliklarini tuzgan
turklar   ham   o’zbek   xalqining,   millatining   ibtidosi   emas,   o’zbek   xalqining   etnik
shakllanishida   asos   bo’lganlar,   bular-xorazmiylar,   baqtriylar,   so’g’diylar,   ‘arkan
(Davon)   lilardir,   ya’ni   dehqonchilik   va   o’troq   chorvachilik   bilan   shug’ullanuvchi
tubjoy   xalqlardirlar.   Ular   Eron   tilining   shimoliy   shahobchasiga   mansub   tilda
so’zlashardilar. SHuning  uchun ham  I.A.Karimov  o’zining  “O’zbekiston  XXI  asr
bo’sag’asida”   degan   katobida:   “...   madaniy,   tarixiy   va   antro’ologik   ildizlarimiz
bizni tojik xalqi bilan ham tutashtiradi” (143-bet) deganda to’la haq edi.
Hozir   turklarni   “mahalliylashtirish”   va   “o’troqlash-tirish”ga   intilish   kuchli.   Jon
kuydirib, ular miloddan avvalgi II asrdan boshlab kelgan emas, III ming yillikning
boshlarida   ham   bor   edi,   demoqdalar.   Masala   ularning   qachon   kelganligi   ustidan
emas, balki aslida tubjoy bo’lmay ko’chib kelganliklari ustida borishi kerak. Axir,
Amir   Temurning   “Temur   tuzuklari”da   (Toshkent,   1991   yil,   39-bet)
“Turonzaminning   o’zbeklar   toifasi   qoldiqlaridan   tozalash”   degan   sarlavhada
o’zbeklarni   qalhalardan   haydaganligini   yozib,   “Movarounnahr   tu’rog’i   meni o’ldirishga qasd qilgan o’sha zolimlardan tozalandi va mamlakat tamoman mening
qo’limga o’tdi” deb hursand bo’ladi.
Demak,   hali   XIV   asrning   60   yillarida   Movarounnahrda   ko’chmanchi   o’zbek
guruhlari   bor   ekan.   Lekin   biz   ko’chmanchi   o’zbeklar   Vatanimizga   XVI   asr
boshlarida bosib keldi, deb yozamiz. SHundan mantiqan kelib chiqadiki, miloddan
avvalgi III ming yillik o’rtalarida yoki undan ham oldin deylik, turklarning ayrim
guruhlari Sirdaryo havzasida yashagan bo’lsa, “bizning kelib chiqishimiz asli turk”
deyishga   ilmiy   asos   bo’lolmaydi,   bizlar   keyinchalik   turklashgan,   turkiyzabon
bo’lgan, aslida esa tubjoy bo’lgan xalqmiz.
SHuning uchun ham prezidentimiz uchrashuvdagi suhbatlarida bu masalaga qayta-
qayta   to’xtadilar   “Bizning   ajdodlarimiz,   halqimiz   qadim-qadimdan   o’troq
yashagan,   millatimizning   iligi   o’troq   madaniyat   sharoitida   qotgan   ...   Milliy
borlig’imiz, madaniyatimiz ildizi, tomiri o’troq bo’lgan...
Demoqchimanki, tariximiz kabi, qadim madaniyatimizning yaratilishida ham unga
ko’plab   etnik   guruhlar,   el-elatlar   o’z   ulushini   qo’shgan.   Bu   -   tabiiy   hol.   CHunki,
hech   qachon,   hech   qaerda   faqat   bitta   millatga   mansub   madaniyat   bo’lmaydi.   Har
qanday   sivilizatsiya   ko’pdan-ko’p   xalqlar,   millatlar,   elatlar   faoliyatining   va
samarali   tahsirining   mahsulidar.   Bir   so’z   bilan   aytganda,   ko’chmanchilar,
bosqinchilar   kelib   ketaveradi,   lekin   xalq   boqiy   qoladi,   uning   madaniyati   abadiy
yashaydi”.
O’zbek   xalqining   etnik   shakllanishida   turkiy   xalqlar   xal   qiluvchi   asos
bo’lmasalalarda muhim rol o’ynaganlar.
XIX   asr   oxirlari   -   XX   asr   boshlarida   tatar   mahrifat’arvari   Hasan   Ato   Abushiy
o’zining   1907   yil   yozib   tugatilgan   mashhur   asari   “Turkiy   qavmlar   tarixi”   da
shunday   deb   yozadi:   “Avlodi   Yofas   (Nuh   Payg’ambar   o’g’li)   dan   mo’ng’il
qiyofatli   bir   odam   (muarrixlar   qovlincha   turk)   qavm   va   qabilasi   ila   Osiyo
o’rtalarinda Issiqko’l va Oltoy tog’lari tegrasina kelub yerlashmishdir. Zamon kub
o’tuvchi ham albatta ko’baymishlar. Tabiiy avvalgi o’rinlarini sig’may turli tarafga sochilurg’a   majbur   o’lmishdirlar”   (Ko’rsatilgan   asar.   T.,   CHo’l’on,   1995   yil,   20-
bet).
Akademik A.R.Muhammadjonovning “O’zbekiston tarixi” (T., “O’qituvchi” 1994)
kitobida yozilishicha, V asrning ikkinchi va VI asrning birinchi yarmida Oltoy va
Janubiy   Sibirda   ashina   qabilasining   yabgulari   Asanshod,   Tuu   va   Buminlar   (460-
553)   boshlig’ida   turkiy   qabilalarning   ittifoqi   vujudga   keladi.   Qadimgi   turk
manbalarida bu ittifoq turk, turkel va turk bhdun kabi nomlar bilan tilga olinadi. VI
asr o’rtalarida Bumin boshliq bu turk ittifoqi tele qabilasini o’ziga bo’ysundirgach,
Markaziy   Osiyodagi   eng   kuchli   Jujan   hoqonligiga   qaqshatqich   zarba   beradi.   551
yilda   Bumin   “Xoqon”,   ya’ni   hukmdor   unvoniga   muyassar   bo’lib,   Markaziy
Osiyoda   yangi   im’eriya   -   Turk   hoqonligiga   asos   soladi.   Oltoy   Xoqonlikning
markazi bo’lib qoladi.
Bumin   va   uning   ukasi   Istemi   Markaziy   Osiyo   va   Janubiy   Sibirda   hukmronlikni
mustahkamlab   olgach,   xoqonlik   chegaralarini   kengaytirishga   kirishadilar.   Qisqa
vaqt   ichida   Yenisey   daryosi   bo’ylarida   yashovchi   qirg’izlar,   janubiy-G’arbiy
Manjuriyaning   mo’ng’il   qabilasidan   bo’lgan   kidanlar   bo’ysundiriladi.   SHimoliy
Xitoy   viloyatlari   bosib   olinib,   Xitoy   im’eratori   turklar   bilan   sulh   tuzishga,
keyinchalik esa, hatto, u yiliga yuz ming to’’ i’ak mato hisobida hoqonlikka o’l’on
to’lab turishga majbur bo’ladi.
Turklar   G’arbga   tomon   muvaffaqiyatli   yurishlar   olib   boradilar.   G’arbiy
harakatlarga Istema boshchilik qiladi. Unga “yabg’u hoqon” degan unvon beriladi.
Tez   orada   Yettisuv   va   SHarqiy   Turkistonga   tutashgan   yurtlarda   yashovchi   turkiy
qabilalar   bo’ysundiriladi.   555   yildayoq   turklar   SHarqiy   Turkistonning   obod
dehqonchilik   viloyatlarining   kattagina   qismini   va   boy   hunarmandchilik
shaharlarini   hamda   O’rta   Osiyoning   Sirdaryo   va   Orol   dengizi   bo’ylarigacha
cho’zilgan keng dasht mintaqasini butunlay egallab oladilar. Turklar hokimligi shu
‘aytlarda,  shubhasiz,   Xorazmga  ham   yoyilib,  hoqonlik chegarasi  Eftalitlar   davlati
hududlariga borib yondashadi. SHuni ehtirof etish kerakki, ko’chmanchi chorvadorlarning g’arbga tomon yurishi
oddiygina   istilo   emas   edi.   Balki   bu   Markaziy   Osiyoda   yashovchi   turkiy
qabilalarning   SHarqiy   Turkiston   shimoli   va   O’rta   Osiyoning   sharqidagi   ulkan
dashtli va tog’li o’lkalarga navbatdagi ko’chib kelib o’rnashishi edi. Qadimdan bu
hududlarda   yashab   kelgan   va   til   jihatidan   turkiyzabon   mahalliy
ko’chmanchilarning   bir   qismi   turklarning   harbiy   boshqaruv   tizimigina   birikib,
qolganlari   esa  qochib  avarlarga  borib qo’shildi, ularning  harbiy  qudratini   oshirib,
turk nomi bilan SHarqiy Ovru’o dashtlariga borib o’rnashdi.
558 yilga borganda turklar Yoyiq (Ural) va Itil (Volga) bo’ylarini zabt etib, undan
g’arbda va SHimoliy Kavkazda bepoyon yerlarni olgan avarlar bilan to’qnashdilar.
G’arbdagi   bu   ikki   dushmanga   uzil-kesil   zarba   berish   maqsadida   turklar   Eron   va
Vizantiya   bilan   do’stona   aloqa   o’rnatishga   intiladi.   Turklar   tazyiqi   oqibatida   bu
davrda   yuzaga   kelgan   qulay   vaziyatdan   foydalangan   sosoniylar   Toxariston,
Zabuliston, Qobuliston va CHag’oniyonni eftalitlardan tortib oladi.
Keyin   ularning   uchalasini   ham   yengib,   VI   asrning   60-70   yillarida   o’zlarining
Buyuk Turk hoqonligini tuzdilar. Ammo o’zaro urushlar natijasida 603 yil ular ikki
davlatga - G’arbiy Turk hoqonligi va SHarqiy Turk hoqonligiga bo’linib ketdilar.
SHarqiy hoqonlik markazi Oltoy, G’arbiy hoqonlik Markazi Yettisuv bo’lib, unga
O’rta Osiyo, Jung’oriya va SHarqiy Turkiston kirar edi.
G’arbiy   hoqonlikning   markazi   Yettisuv   edi.   Hoqonning   yozgi   qarorgohi   Isfijob
yaqinidagi   Mingbuloqda,   qishkisi   Suyob   shahrida   edi.   Suyobning   sharqiy
tomonida   dulu   qabilasining   besh   o’q   eli   yaylovlari   joylashgan   edi.   G’arbiy
hoqonlik   ijtimoiy,   iqtisodiy   va   madaniy   jihatdan   SHarqiy   hoqonlikdan   mutlaqo
ajralib   turardi.   SHarqiy   hoqonlik   aholisining   asosiy   qismi   chorvador
ko’chmanchilardan   iborat   edi.   G’arbiy   hoqonlik   aholisining   kattagina   qismi   esa
o’troq   dehqonchilik,   hunarmandchilik   va   savdo-sotiq   bilan   mashg’ul   edi.   Biroq
hoqonlikning   harbiy-mahmuriy   tayanchi   hisoblangan   dulu   va   nushibi   kabi   qabila
ittifoqlari   zodagonlari   o’rtasida   hokimiyat   uchun   tobora   kuchayib   borgan   kurash
oqibatida   G’arbiy   turk   hoqonligi   zaiflashib,   bo’linib   ketadi.   Bunday   vaziyatdan foydalangan   Xitoyning   Tan   imperiyasi   qo’shinlari   657-679   yillarda   Yettisuvga
bostirib   kiradi.   Natijada   hoqonlik   xitoylarga   qaram   bo’lib   qoladi.   Tan   imperiyasi
tazyiqi   va   uning   yerli   gumashtalariga   qarshi   g’arbiy   turklarning   mutassil   olib
borgan   kurashi   natijasida   VII   asrning   oxiriga   kelib   hoqonlik   mustaqillikni   tiklab
oladi.   Xitoy   gumashtasi   Xusrav   Bo’rishod   mamlakatdan   quvib   chiqariladi.
CHochdan   to   Beshbaliq   va   Turfanchagacha   bo’lgan   viloyatlarda   dulu   qabila
ittifoqidagi   turkashlar   hukmronligi   o’rnatiladi.   Yangidan   tiklangan   bu   turklar
davlati   tarixda   Turkashlar   hoqonligi   nomi   bilan   shuhrat   to’adi.   Keyinchalik
Turkashlar   hoqonligi   SHarqda   yarim   asrdan   oshiqroq   vaqt   davomida   Tan
imperiyasining   bosqinchilarini   daf   etib,   Xitoy   qo’shinlarining   O’rta   Osiyo   va
SHarqiy   Turkiston   yerlariga   bostirib   kirishlariga   yo’l   qo’ymaydi.   G’arbga   esa
Movarounnahrga   tomon   bosib   kelayotgan   yangi   dushman   -   Arab   xalifaligi
lashkarlariga qarshi Buxoro, So’g’d va SHosh aholisi bilan bir safda turib shiddatli
janglarda qatnashadi.
Akademik A.Muxammadjonov biz yuqorida keltirilgan darsligida yozishicha O’rta
Osiyo   xalqlarining,   jumladan   o’zbek   xalqining   shaklanishida   qorluqlar   va
o’g’uzlar kabi turkiy qabilalarning roli ham kattadir.
Qadimdan   Oltoyning   g’arbida,   so’ngra   Irtish   daryosining   o’rta  oqimida   yashagan
qorluqlar qadimiy turkiy qabilalardan hisoblangan. VI-VII asr o’rtalarida qorluqlar
Yettisuv   o’lkasiga   kelib   joylashgan.   Ularning   katta   guruhi   Talas   va   CHu
daryolarining   bo’ylarida   va   Issiqko’lgacha   bo’lgan   hududda   yashagan.   VIII   asr
oxirida   bu   hududda   Qorluqlar   davlati   tashkil   to’gan.   podshohlari   “yabg’u”   yoki
“jabg’u”   deb   yuritilgan.   Bu   davlat   G’arbiy   va   SHarqiy   tomonlardan,   Issiqko’l
sohillaridan   to   Ilk   daryosi   vodiysigacha   turklarning   jikil   qabilasi,   g’arbdan
o’g’uzlar   yurti   va   Farg’ona   vodiysi,   janubdan   esa   SHarqiy   Turkiston   bilan
chegaradosh   bo’lgan.   X   asr   arab   geografi   Ibn   Havqalning   Ma’lumoti   bo’yicha,
qorluqlar   yurti   Farg’ona   vodiysi   hududlaridan   sharqqa   tomon   o’ttiz   kunlik
masofaga   cho’zilgan.   Bu   davlatning   ‘oytaxti   CHu   daryosidan   shimolroqda
joylashgan Suyob shahrida bo’lgan. Qorluqlar   davlati   bir   tomondan   SHarqiy   Turkiston   va   ikkinchi   tomondan
Movarounnahr aholisi bilan yaqindan savdo-sotiq aloqalari olib borgan. U ayniqsa
otar-otar   qo’ylar,   teri,   jun   va   hokazo   chorva   mahsulotlari   bilan   savdo   qilgan.
O’zaro savdoda ayniqsa Movarounnahr savdogarlari va Yettisuvda so’g’diylarning
qadim   zamonlardayoq   bunyod   etilgan   savdo   mavzelari   muhim   rol’   o’ynagan.
Qo’shni   o’lkalar   va   davlatlar   bilan   olib   borilgan   tashqi   savdo   aloqalarining
kengayishi   tufayli   qorluklar   Tibet   aholisi   hamda   Yeniseyning   yuqori   oqimida
yashab turgan qirg’izlar bilan yaqin munosabatda bo’ladilar.
Movarounnahrning   o’troq   dehqonchilik   vohalari   va   hunarmandchilik   shaharlari
bilan   muttassil   olib   borilgan   savdo   aloqalari   Yettisuvda   qadimdan   yashab
kelayotgan aholining ijtimoiy va iqtisodiy hayotigagina emas, balki uning madaniy
turmushiga ham tahsir etadi. Hech qanday harbiy kuch ishlatmasdan, tinchlik yo’li
bilan   bu   hududga   avval   moniy   va   xristian   dinlari,   so’ngra   musulmonchilik   kirib
kelgan.   Ayrim   Ma’lumotlarga   qaraganda,   IX   asr   oxirlaridayoq   qorluqlar   jabg’usi
islom dinini qabul etgan. X asr o’rtalariga borganda qorluqlarning kattagina qismi
musulmon   bo’lgan.   Bu   davrda   Talosdan   sharqda   joylashgan   bir   qancha   qorluq
shaharlarida   jome   masjidlari   bino   qilingan.   X   asr   oxirida   Qoraxoniylar
Movarounnahrni   egallagach,   qorluqlar   SHosh   vohasiga   hamda   Farg’ona   va
Zarafshon   vodiylariga   ko’chib   kelib   o’rnashdilar.   Keyinchalik   ular   asta-sekin
Movarounnahrning   mahalliy   o’troq   dehqon   va   chorvador   aholisi   tarkibiga   singib
ketadilar.
VI   asrning   birinchi   yarmida   Xitoydan   to   Qora   dengiz   bo’ylarigacha   cho’zilgan
juda   keng   maydonda   ko’chmanchi   chorvachilik   bilan   kun   kechirgan   turkiy
qabilalarning   yana   bir   jangovor   ittifoqi   yuzaga   keladi.   Tarix   sahifalarida   u
to’quzo’g’uzlar   nomi   bilan   tilga   olinadi.   VI   asrning   ikkinchi   yarmi   va   VII   asrda
ular Turk hoqonligi tarkibida bo’lib, uning ijtimoiy va iqtisodiy hayotida, ayniqsa
g’arbga   tomon   qilgan   harbiy   yurishlarida   faol   qatnashadilar.   Turk   hoqonligi
yemirilgach,   To’quzo’g’uzlarning   kattagina   qismi   g’uz   yoki   o’g’uz   nomi   ostida
Sirdaryo  havzasi   hamda   Orol   dengizi   bo’yiga  muqim   o’rnashib,   bu  hududda   ular IX   asr   oxiri   va   X   asr   boshida   turklarning   yana   bir   yangi   ittifoqi   -   O’g’uzlar
davlatiga asos soladilar. O’g’uzlarning asosiy qismi Sirdaryoning adog’i va uning
o’rta   oqimi   hamda   sharqiy   va   shimoliy-sharqiy   Orol   bo’yiga   yondoshgan   keng
yaylovlarda yashagan.
O’g’uzlar   asosan   chorvachilik,   xususan   qo’ychilik   bilan   shug’ullanganlar.   Ayrim
o’g’uz   qo’ychivonlarining   100   ming   boshgacha   qo’yi   bo’lgan.   O’g’uz   dashtining
quyi   oqimida   joylashgan  Xorazm  hududlariga  qishu-yoz  otar-otar  qo’ylar  haydab
borilgan.   ‘uxta   yasalgan   Sig’noq   kamoni   va   o’qlari   juda   obro’li   bo’lib,   turli
viloyatlarga   olib   ketilgan.   O’troq   aholidan   o’g’uzlar   qimmatbaho   i’   va   i’ak
matolar,   uy-ro’zg’or   buyumlari,   qurol   va   yaroqlar   harid   qilganlar.   Natijada
dehqonchilik   viloyatlaridan   Sirdaryo   bo’ylab   o’g’uz   shaharlariga   g’alla   olib
borilgan. Ammo o’g’uzlar o’troq qo’shni aholi bilan hamma vaqt ham tinch-totuv
yashamaganlar.   Kezi   kelganda   ular   dehqonchilik   viloyatlariga,   ayniqsa   SHosh   va
Xorazm   yerlariga   hujumlar   qilib,   aholiga   omonlik   bermaganlar.   Obod
dehqonchilik   vohalarini   ‘oymol   etib,   shahar   va   qishloqlarni   talaganlar,   aholining
bir qismini asir qilib olib ketganlar.
O’g’uzlar   ham   shomonlik   diniga   sig’inganlar.   Tabiatning   ajoyibotlari,   sirli   voqea
va   ashyolari   ular   uchun   muqaddas   hisoblangan   va   ularga   ham   sig’inar   edilar.
O’g’uzlar   urug’   va   qabila   oqsoqollari   yoki   davlatmand   urug’doshlarining
marhumlarini   chuqur,   to’la   shaklida   kovlangan   va   usti   gumbazli   dahmalarga
kiyim-kechagi,   qurol-yarog’lari   bilan   dafn   etardilar.   Agar   marhum   hayotlik
chog’ida yovgarchilik yoki  harbiy yurishlarda qatnashib o’z raqibini  nobud etgan
bo’lsa,   ularning   soniga   qarab   qabr   ustiga   tosh   haykallar   o’rnatilgan.   O’g’uzlar
tushunchasi bo’yicha, u dunyoda ular marhum g’oziylariga xizmat qilmog’i lozim
edi.   Osoyishtalik   davrida   o’troq   dehqonchilik   vohalari   aholisi   bilan   olib   borilgan
doimiy ayirbosh, savdoning asrlar osha gavjumlashuvi oqibatida o’g’uzlar dashtiga
asta-sekin   islom   dini   kirib,  o’troq   aholining  madaniy   tahsiri   kuchayadi.   X   asrdan
boshlab o’g’uzlar islom dinini qabul qiladilar. X   asrning   birinchi   choragida   O’g’uzlar   davlati   shimoli-sharqdan   qo’zg’algan
qi’choqlar  tomonidan qaqshatg’ich zarbaga  uchrab,  bo’linib ketadi. O’g’uzlar  o’z
yurtini   tark   etib,   ularning   bir   qismi   g’arbga   tomon   siljiydi.   Umumiy   turk   nomi
ostida   Janubiy   Rusiya   dashtlariga   borib   o’rnashadi.   Ularning   ikkinchi   qismi   esa
avval  Movarounnahrga kirib boradi  va undan janubi-g’arbga siljib, yangi sulola -
saljuqlar boshchiligida Old Osiyo mamlakatlarini istilo qilishga kirishadi.
SHunday qilib, VIII asr oxiri va IX asr boshlarida Movarounnahrning shimoliy va
shimoli-sharqiy   hududlarida   tashkil   to’gan   va   bir   yarim   asr   hukm   surgan   ikki
mustaqil   turkiy   davlat:   qorluqlar   hamda   O’g’uzlar   davlati   faqat
Movarounnahrgagina emas, balki butun O’rta SHarq hamda Old Osiyo aholisining
siyosiy hayotiga kuchli tahsir ko’rsatdi. SHu bilan birga, ularning jangovor aholisi
o’z   turmush   tarzi   va   anhanalari   bilan   bu   hududlarda   yashovchi   ko’pgina
xalqlarning   etnik   tarixida   ham   sezilarli   iz   qoldirdi.   Masalan,   qorluqlar   qardosh
o’zbek   va   tojiklarning,   o’g’uzlar   esa   turkman,   ozarbayjon,   qoraqal’oq,   turk,
shuningdek gagauzlarning etnogenezida muhim rol’ o’ynaydilar.
X   asr   o’rtalarida   Issiqko’lning   janubi   va   Qoshg’arda   yashagan   yag’mo   qabilalari
kuchayib,   avval   o’zlaridan   shimoli-sharqroqda   yashovchi   jikil   qabilalari   bilan
yagona   ittifoqqa   birlashadi.   So’ngra   ular   Yettisuvga   xuruj   qilib,   qorluqlarni
bo’ysundiradi va bu ulkan hududda Qoraxoniylar davlatini tashkil qiladilar.
Yozma manbalarda yag’molar turk qavmlari ichida madaniy jihatdan eng qolog’i
deb tahriflanadi. Ular asosan yilqichilik va qo’ychivonlik bilan shug’ullangan edi.
Mo’ynali   hayvonlar   hamda   ov   qushlarini   ovlardi.   Dehqonchilik   bilan   kam
shug’ullanardi.   Yag’molar   turk   qabilalari   orasida   eng   jangovori   hisoblangan.
Jikillar   esa   yag’molarga   nisbatan   birmuncha   madaniyroq   va   boy   qabila   bo’lgan.
Ular qoramol, qo’y va yilqi ‘odalariga ega bo’lishgan. Qora uylarda yashasa ham,
qorluqlarniki  singari  shahar  va qishloqlari  bo’lgan. Yag’mo va jikillarga nisbatan
qorluqlar   ancha   madaniyatli   aholi   hisoblangan.   Turk   qabilalariga   tegishli   yurtlar
orasida   ular   eng   obod   joylarga   ega   bo’lishgan.   Ularning   mamlakatida   qishloqlar
bilan   bir   qatorda   shaharlar   ham   bo’lgan.   Qorluqlarning   ayrimlari   mo’ynali hayvonlar   ovlash,   qolganlari   chorvachilik   hamda   dehqonchilik   bilan
shug’ullangan.
Qorahoniylar   davlatining   tashkil   topishida   jikil   va   qorluqlar   g’oyat   katta   rol’
o’ynaydilar.   Davlatning   yuqori   mansablari   va   qo’shinda   ular   muhim   o’rinlarni
egallasalar-da,   biroq   honlik   taxtiga   yag’mo   boylari   minganlar.   Bu   yangi   turk
davlatining podsholari “arslonxon” va “bug’roxon” unvonlari bilan yuritilgan. Bu
ikki oliy daraja buyuk hukmdor mahnosini  anglatgan. Buyuklik yoki ulug’lik esa
qadimdan   turkiy   xaqlarda   “qora”   so’zi   bilan   sifatlangan.   SHu   boisdan   taxtga
o’tirgan arslonxon yoki bug’roxonlar “qoraxon”, ya’ni ulug’ xon hisoblangan. Ular
hukmronlik   qilgan   davlat   esa   tirixda   “Qoraxoniylar   davlati”   nomi   bilan   shuhrat
to’gan.   Aslida   “arslon”   jikil   qabilasining   totemi   ajdodi   ibtidosi   hisoblangan.
“Bug’ra” esa yag’molarning totemasi bo’lgan. U og’ir yuk ko’taradigan bichilgan
tuya mahnosini anglatgan. podsholik darajasiga qabila totemlarining nomlari bilan
nisbat   berilishiga   qaraganda,   Qoraxoniylar   davlatining   asosini   jikillar   bilan
yag’molar tashkil etgan. Davlatni boshqarishda Qoraxoniylar qabilaviy udumining
og’alik   tartibiga   qathiy   rioya   qilingan.   Bu   udumga   muvofiq   qabila   boshliqlari
orasida   eng   yoshi   ulug’ini   “arslonxon”   yoki   “bug’roxon”   darajasiga   ko’tarib,
hukmdor,   ya’ni   qoraxon   qilib   saylashgan.   Odatda   u   “tamg’achxon”,   ya’ni   xonlar
xoni deb yuritilgan.
X   asr   oxirida   (992   yil)   ular   Movarounnahrga   hujum   boshlab,   uni   bosib   oladi.
SHunday qilib, X asr oxirida Somoniylar davlati o’rnida ikkita yangi davlat tashkil
to’di:   biri   -   Qoshg’ardan   Amudaryogacha   cho’zilgan   SHarqiy   Turkistonning   bir
qismini,   Yettisuv,   SHosh,   Farg’ona   va   qadimgi   So’g’dni   o’z   ichiga   olgan   --
Qoraxoniylar davlati, ikkinchisi esa shimoliy Hindiston chegarasidan tortib Kas’iy
dengizining   janubiy   qirg’oqlarigacha   bo’lgan   viloyatlarni   qamrab   olagan
G’aznaviylar   davlati   edi.   Garchi   Amudaryo   bu   ikki   turk   davlatlari   o’rtasidagi
chegara   deb   belgilangan   bo’lsa-da,   ammo   Qoraxoniylar   Xurosonni   zabt   etilgan
yurtning ajralmas qismi deb hisoblab, uni o’z davlatiga qo’shib olish uchun harakat
qiladilar.   Oradan   ko’p   vaqt   o’tmay   Qoraxoniylar   bilan   G’aznaviylar   o’rtasida shiddatli urushlar boshlanadi. 1006 va 1008 yillarda Qoraxoniylar Xuroson ustiga
ikki   marta   qo’shin   tortadilar.   Balx,   Tus   va   Nisho’ur   shaharlari   zabt   etiladi.
Ularning harbiy yurishini Sulton Mahmudga qarshi bo’lgan Xurosonning mulkdor
feodallari qo’llab-quvvatlaydilar. Lekin Mahmud G’aznaviy Qoraxoniylarga zarba
berib,   Xurosonni   o’z   davlati   tasarrufida   saqlab   qolishga   muvaffaq   bo’ladi.   1017
yilda   Mahmud   Xorazm   ustiga   lashkar   tortib,   uni   bosib   oladi.   SHunday   qilib,
Xorazm davlati barham to’adi.
Bu   davrda   Sirdaryo   etaklarida   yashovchi   o’g’uzlardan   ajralib   chiqqan   saljuqiylar
kuchayib, o’z vaqtida ularga yer berib homiylik qilgan g’aznaviylarga qarshi tazyiq
ko’rsatdilar. Natijada saljuqiylar bilan jiddiy kurash boshlanadi.
1040   yilda   Marv   bilan   Saraks   (Seraxs)   oralig’idagi   Dandaqxon   degan   joyda
g’aznaviylar   bilan   saljuqiylar   qo’shinlari   to’qnashadilar.   Bo’lib   o’tgan   shiddatli
jangda   Mahmud   G’aznaviy   qaqshatqich   zarbaga   uchraydi.   Saljuqiylar
G’aznaviylar   davlatining   asosiy   qismi   hisoblangan   shimoliy   va   g’arbiy
viloyatlarini egallab oladilar. Ular tasarrufida G’azna, Qobul, Qandahor va ‘anjob
viloyatlarigina   qolib,   u   kichik   feodal   davlatga   aylanadi.   Sarkarda   va   hukmdor
To’g’rulbek   zamonida   (1038-1063)   Xorazm,   Iroq   Ajami   (Iroqning   Eron
hududidagi   qismi),   Ozarbayjon,   Kurdiston   va   Ko’histon   zabt   etiladi.   1055   yilda
saljuqiylar   Bag’dodda   o’z   siyosiy   hukmronliklarini   o’rnatadilar.   Xalifa   esa   faqat
diniy   ishlardagina   mutasaddi   bo’lib   qoladi.   Ray   shahri   Saljuqiylar   davlatining
‘oytaxtiga   aylantiriladi.   Saljuqiylar   bilan   Qoraxoniylar   o’rtasidagi   munosabatlar
dastavval   yaxshi   bo’lsa-da,   ammo   keyinchalik   keskinlashib   ketadi.   Xorazm
tomondan   ular   Xuttalon,   CHag’oniyon,   Jand   va   Savronga   yurish   qilib,
Qoraxoniylar   bilan   bir   necha   bor   to’qnashadilar.   Bu   ikki   turk   davlatlari   o’rtasida
shiddatli   janglar   bo’lib   o’tadi.   Hatto,   1130   yilda   saljuqiylar   sultoni   Sanjar
Movarounnahrga   lashkar   tortib   Qoraxoniylar   davlatining   ‘oytaxti   Samarqandni
ishg’ol etadi. Natijada Qoraxoniylar Sulton Sanjarga tobe bo’lib qoladilar.
Saljuqlar   butun   Xurosonni,   Xorazmni,   G’arbiy   Eronni,   Ozarbayjon   va   Iroqni,
Armanistonni   egalladilar.   1071   yili   Vizantiyani   yengib   butun   Kichik   Osiyoni, keyinchalik   Suriya   va   Falastinni,   Gruziya,   SHirvon   va   Movarounnahrni   egallab,
dunyoning qudratli davlatiga aylanadilar. Keyin inqiroz boshlandi. Avval Xorazm
kuchayib   ularga   zarba   berdi.   Undan   so’ng   qoraxitoylardan   yengildilar.   SHundan
keyin   Saljuqiylar   davlati   maydalanib   ketdi.   Mo’g’ullar   hukumronligi   davrida
qayig’   urug’i   Kichik   Osiyoning   shimoli-g’arbiga   ko’chadi.   Keyin   mo’g’ullar
saltanati   inqirozga   uchrab   shu   yerdagi   o’g’uz-qayig’   turklari   Usmonli   sulton   deb
e’lon   etildilar   va   Usmonli   Turkiyaga   asos   soldilar   (1281   yilda).   Bu   sulola   1924-
yilgacha,   Turkiya   res’ubikasi   e’lon   qilingunga   qadar   yashadi.   1924   yil   Mustafo
Kamol Otaturk Turkiya Respublikasining birinchi prezidenti bo’ldi.
SHimoliy   G’arbda   turkiy   xalqlar   hozirgi   Moldaviya   (gagauzlar)   gacha,   Ukraina
janubida   Qrimgacha   bordilar.   SHimolda   Boshqirdiston,   Tatariston,   SHimoliy
Kavkazda CHecheniston, Dog’iston, G’arbiy Xitoyda (SHarqiy Turkiston)  Sinjon
Muxtor   viloyati-turkiy   davlatlardir,   ya’ni   bu   xalqlarning   shakllanishida   turkiy
qavmlar   o’z   “hissalari”ni   qo’shganlar.   SHuningdek,   Kichik   Osiyoning   o’zida
mahalliy   xalqlar   bilan   turkiy   xalqlarning   qo’shilishi   natijasida   hozirgi   turk   xalqi
paydo bo’ldi.
Turkiy   xalqlar   tarixida,   ularning   siyosiy   tuzumida   urug’chilik   anhanalari   hal
qiluvchi   rol’   o’ynagan.   SHuning   uchun   ham   ular   tarqoq   yashadilar,   uzoq   davom
etgan   ittifoq   tuza   olmadilar.   Bu   esa   ularni   ‘arokandalikda   ushlab   turish   va
ko’pincha,   bosib   olish   imkoniyatini   berdi.   Hozirgi   zamonda   turkiyzabon   xalqlar
hamkorligi, ittifoqi umumjahon ahamiyatiga ega.
Xalqning   kelib   chiqishi   murakkab   dolzarb   muammo   va   umuman   tarix   fanining
yutuqlari   blan   chambarchas   bog’liq.   SHu   kunlarga   qadar   xalqning   kelib   chiqishi
yoki   etnogenezi   alohida   fan   sifatida   shakllanib   yetgani   yo’q,   ammo   yaqin
kelajakda   o’zida   qator   ijtimoiy   va   tabiiy   fanlar   yutuqlarini   mujassamlashtirgan
etnogenez   fani   yuzaga   kelishi   shubha   tug’dirmaydi.   Keyingi   yillarda   dunyo
olimlari  hamkorligida “Jahon xalqlarining etnik tarixi” nomli ko’p jildlik zalvorli
(fundamental) asar ustida ilmiy tadqiqotlar olib borilishi fikrimizning isbotidir. Bu
borada O’zbekiston Respublikasi olimlari ham o’z hissasini qo’shishi zarur. Xalqlarning   kelib   chiqishi   muammosi   ustida   ilmiy   tadqiqot   olib   boruvchi
mutaxassislar   bir   necha   shartlarga   rioya   qilishi   maqsadga   muvofiqdir.   Xalqning
kelib   chiqishi   uzoq   davom   etgan   murakkab   jarayon   ekanligini   hamisha   ko’zda
tutib,   ilmiy   tadqiqotlarni   kom’leks   tarzda   olib   borish   kerak.   Sababi,   ayrim   fan
sohasi yutuqlari (tarix, arxeologiya, etnografiya, antro’ologiya, tarixiy tilshunoslik
va   yozma   manbaalar)   ko’p   qirrali   etnogenez   muammosining   bir   tomoninigina
ochib   berishga   qodir.   Bu   esa   yana   bir   bor   xalqning   kelib   chiqishi   muammosi
nihoyatda murakkabligidan dalolat beradi.
Markaziy   Osiyo   xalqlarining   kelib   chiqish   tarixiga   bag’ishlangan   qator   ilmiy
anjumanlar o’tkazilishiga   qaramasdan, bu sohada ko’pgina yechilmagan masalalar
mavjud.   Keyingi   25   yil   davomida   O’zbekistonda   keng   miqyosda   olib   borilgan
ilmiy   tadqiqotlar   natijasida   o’zbek   xalqi   etnogenezi   sohasida   muhim
Ma’lumotlarni   qo’lga   kiritishga   muvaffaq   bo’lindi.   Bu   esa   Markaziy   Osiyo
xalqlari,   jumladan,   o’zbek   xalqining   kelib   chiqish   tarixiga   oid   yangi   fikr   va
mulohazalar   yuritish   imkonini   bermoqda.   Quyida   biz   o’zbek   xalqining   kelib
chiqish   tarixiga   katta   hissa   qo’shayotgan   ijtimoiy   va   tabiiy   fanlarga   chegaradosh
antro’ologiya (odam haqidagi fan) natijalari asosida o’zbek xalqining etnik tarixiga
oid fikrlar va mulohazalar to’g’risida gap yuritamiz.
Markaziy   Osiyo   hududida   qadimgi   tosh   (paleolit)   davridan   to   hozirgi   zamonga
qadar   270   nafar   qadimiy   yodgorlik   to’ilmalari   va   hozirgi   davrda   yashovchi   51
etnografik guruh (30 ming kishi)ning antro’ologik o’rganilishi bu mulohazalarning
asosini tashkil etadi.
Fanda o’zbek xalqining kelib chiqishi tarixini o’rganishni qaysi  davrdan boshlash
kerakligi haqida umumiy fikr yo’q. Qator olimlar etnogenezni yozma manbalarda
xalq   nomi   (etnonimi)   tilga   olingan   davrdan   boshlashni   maqsadga   muvofiq   deb
biladilar.   Ikkinchi   guruh   olimlar   esa   bu   jarayonni   mumkin   qadar   qadimiy
davrlardan   boshlash   kerak,   deb   hisoblaydilar.   Birinchi   fikr   tarafdorlari   o’zbek
xalqining   kelib   chiqish   tarixini   bundan   ikki   yarim   ming   yil   oldindan,   ya’ni
Erondagi Behistun qoya toshida, mixxat yozuvlarida, Markaziy Osiyoda yashovchi sak, massaget, so’g’d, xorazmiy va hakozo qadimiy xalqlar haqidagi Ma’lumotlar
uchragan   davrdan   boshlashni   aytadi.   SHaxsan   biz   ikkinchi   guruh   tadqiqotchilar
nuqtai nazari tarafdorimiz. CHunki bu masalada fan hozirgi kunda qator yutuqlarni
qo’lga   kiritdi.   Farg’ona   vodiysidagi   Selungur   va   Surxondaryodagi   Teshiktoshdan
topilgan   qadimgi   ajdodlarimiz   qoldiqlari   O’zbekistonning   Afrika   va   Old   Osiyo
hududlari   bilan   bir   qatorda,   hozirgi   zamon   odamlarining   paydo   bo’lishi   jarayoni
yuz   bergan   hudud   tarkibiga   kirishi   fanda   uzil-kesil   isbotlandi.   Ayrim   olimlar
tomonidan bildirilgan Markaziy Osiyo, jumladan O’zbekiston, qadimiy davrlardagi
mongoloid   irq   shakllangan   hududga   kiradi,   degan   fikrning   ilmiy   asossizligini
antro’ologik   Ma’lumotlar   tasdiqladi.   Bizning   fikrimizcha,   o’zbek   xalqining   kelib
chiqishi   tarixini   o’rganishni   qancha   erta   davrlardan   boshlasak,   uning   tarkibida
hozirgi   kunlargacha   saqlanib   kelinayotgan   irqiy   va   etnik   unsurlarning   mahalliy
xalq   tarkibiga   kirgan   davri   uning   nisbiy   miqdori   to’g’risida   shunchalik   keng   fikr
yurita olamiz.
O’zbek   xalqiga   xos   Markaziy   Osiyo   ikki   daryo   oralig’idagi   irqning   shakllanish
davri,   makoni   va   tarixi   masalalarida   fanda   yaqingacha   yagona   fikr   yo’q   edi.   Bir
guruh   olimlar   bu   irq   bundan   6-8   ming   yil   ilgari,   ikkinchi   guruh   mutahassilar   3
ming   yil   ilgari   shakllangan   desa,   uchinchi   bir   guruh   olimlari   esa   XVI   asrda
shakllandi   deb   hisoblar   edilar.   Antro’ologik   izlanishlar   natijasida   mualliflar   ikki
daryo   oralig’i   irqining   shakllanishi,   juda   boy   antro’ologik   Ma’lumotlar   asosida,
bundan   2200-2300   yil   ilgari   boshlanganini   isbotladilar.   Qator   ilmiy   asarlarda
o’zbek xalqining shakllanishida sakkiz muxim davr sanab o’tilardi. Bular
qatorida   Ahmoniylar,   Makedoniyalik   Iskandar,   Arab   Xalifaligi   va   Mo’g’ullar
istilosi   tilga   olinadi.   Haqiqatdan,   bu   zabt   etishlar   Markaziy   Osiyo,   jumladan,
O’zbekiston   xalqlari   madaniyatiga,   tiliga,   turmush   tarziga,   albatta   o’z   tahsirini
o’tkazgan.   Ammo   bu   yurishlarning   mahalliy   xalqlarni   irqiy   va   etnik   tarixiga
bo’lgan   tahsiri   kam   bo’lganini   alohida   tahkidlab   o’tmoqchimiz.   Antro’ologik
nuqtai   nazardan   qaraganda,   ular   mahalliy   xalq   “qonini”   yoki   genetikasini   tubdan
o’zgartira   olmadilar.   Ular   son   jihatidan   ko’pchilikni   tashkil   etgan   mahalliy   aholi tarikibiga   singib   ketgan.   Bu   o’rinda   mahalliy   (substrat)   va   kelgindi   (su’erstrat)
aholisi   orasidagi   o’zaro   munosabatlarni   eslatib   o’tish   joiz.   Ko’p   sonli   mahalliy
aholi tarkibiga kelgindi guruhlarning singib ketishi, kelgindi guruhlarning mahalliy
aholidan ustun bo’lishi; kelgindi xalqlar teng sonli bo’lishi va nihoyat, mahalliy va
kelgindi   xalqlar   aralashuvi   natijasida   ikkalasiga   ham   o’xshash   yangi   xalq,   guruh,
elat paydo bo’lish holarini kuzatish mumkin. O’zbekiston hududida, barcha tarixiy
davrlarda   maxsus   antro’ologik   tadqiqotlarning   ko’rsatishicha,   mahalliy   xalq
kelgindi aholidan hamisha ustun bo’lgan.
Antro’ologik   izlanishlar   orasida   o’zbek   xalqining   kelib   chiqishi   tarixida   muhim
ahamiyat   kasb   etgan   uch   tarixiy   davrga   alohida   to’xtalib   o’tmoqchimiz.
Birinchidan, miloddan avvalgi III-II asrlarda O’rta Osiyoning dasht mintaqalarida
hozirgi o’zbek xalqiga xos antro’ologik qiyofa shakllana boshlagan. Bu esa fanda
yangicha   keng   tarqalgan   fikrlar,   ya’ni   o’zbeklarga   xos   Markaziy   Osiyodagi   ikki
daryo   oralig’i   irqi   Volga   daryosi   bo’ylarida   va   Uralda   sarmat   qabilalari   tarkibida
shakllanib   tarqaldi,   degan   yoki   bir   irq   Baykal   ko’li   atrofida   va   Mo’g’uliston
cho’llarida   shakllanib   tayyor   holda   mahalliy   aholiga   o’z   irqini   tarqatdi,   degan
fikrlardan voz kechishni taqozo etadi.
Olib   borilgan   tadqiqotlar   o’zbeklarga   xos   antro’ologik   qiyofa   dastavval,
Sirdaryoning   o’rta   havzasi   tumanlarida,   ya’ni   Toshkent   vohasi   Farg’ona   vodiysi,
qisman   Xorazmda   va   Janubiy   Qozog’istonning   CHimkent   viloyatlarida,   Yettisuv
mintaqasida   miloddan   avvalgi   I   ming   yillik   oxirida   shakllana   boshlaganligi
aniqlandi. Miloddan avvalgi III-II asrlarda bu aholi bir necha yo’nalishda Markaziy
Osiyoning   markaziy   va   janubiy   viloyatlariga   kirib   borgan.   Bu   antro’ologik
tadqiqot   natijalari   yozma   holda   ma’lum   bo’lgan   xalqlarning   janubga   yurishi   va
Yunon-Baqtriya davlatining istilo etilishi va Buyuk Kushon saltanatining bar’o
bo’lishi   davriga   mos   keladi.   Antro’ologiya   bu   yurish   haqida   quyidagi
Ma’lumotlarni beradi. Ko’chmanchi va yarim ko’chmanchi cho’l aholisi Sirdaryo
quyi   oqimidan   Markaziy   Qizilqum   orqali   (Uchquduq,   Tomdi,   Yuzquduq,
Ko’kchatosh)   Samarqand   atroflariga   (Kattaqo’rg’on,   Orlat),   so’ngra Qashqadaryoning   Qarshi   shahri   atroflariga   (Erqo’rg’on)   orqali   Surxondaryo
viloyatidagi   (Ko’hna   Termiz,   Dalvarzin,   SHohte’a,   Ayritom)   qadimiy   shahar   va
qishloqlariga   kirib   joylashganlar.   Keyinchalik   ular   janubiy   Turkistonga   o’tib
ketganlar.   Ularning   ikkinchi   guruhi   qadimiy   Buxoro   vohasi   orqali
Turkmanistonning   janubiy   viloyatlariga,   bir   qismi   esa   hozirgi   SHimoliy
Afg’onistonning SHibirg’on shahri atoflarigacha yetib borgan (Tillate’a). Natijada
o’zbeklar   va   tekisliklarda   yashovchi   tojiklarga   xos   ‘omir-farg’ona   antro’ologik
unsur Markaziy Osiyoda keng tarqalgan.
IX-X asrlarda o’zbek xalqining etnik shakllanishida quyidagi turkiy elatlar muhim
rol   o’ynaganlar:   o’g’izlar,   qarluqlar,   chigillar,   yag’molar,   to’xsilar,   turgashlar,
arg’ular, yabakular, qipchoqlar,… .
O’zbek   xalqining   shakllanishidagi   ikkinchi   muhim   davr   bu   IX-XII   asrlar
hisoblanadi.   Bu   davrda   Markaziy   Osiyoda,   jumladan,   O’zbekistonda   hozirgi
o’zbek-larga xos qiyofa mahalliy aholining asosiy qismini tashkil  etadi. Ilgari biz
bu jarayonni  XI-XII  asr etnik jarayonlari  bilan bog’lar  edik. Keyingi yillarda shu
davr   materiallarini   ikki   tarixiy  davrga  IX-X  va   XI-XII  asrlarga  ajratish  muvaffaq
bo’lindi.   Natijada   O’zbekiston   hududida   IX   asrda,   bizning   tadqiqotlar   bo’yicha,
aholining   antro’ologik   qiyofasida   keskin   o’zgarishlar   yuz   berganligini   kuzatdik.
Bu   o’zgarishlar   arxeologik   izlanishlarda   ham   yaqqol   ko’zga   tashlanmoqda.
Jumladan,   murdalarni   astadonlarda   ko’mish   marosimlari,   aholi   orasida   keng
tarqalgan   bosh   shaklni   sunhiy   o’zgartirish   odatlari   yo’qoladi.   O’zbeklarning   elat
sifatida shakllanish davri fanda XI-XII asrlar bilan izohlab kelinmoqda. Yuqorida
qayd etilgan antro’ologik tadqiqot natijalarimiz bu jarayonga ko’chish davrini IX-
X asrlarga oid deyishga asos beradi.
Fanda   mo’g’ul   istilosi   Markaziy   Osiyo   aholisini   keskin   mo’g’ullashtirib,
o’zgartirib   yubordi,   degan   fikr   keng   tarqalgan.   Lekin   maxsus   tadqiqotlarimiz   bu
masalaga   ham   oydinlik   kiritdi.   Mo’g’ul   istilosi   o’zbek   aholisining   tashqi
qiyofasiga   sezilarli   iz   qoldirmaganligini   ham   tahkidlab   o’tamiz.   CHunki,
Chingizxon   XII   asr   oxirida   tashkil   etgan   yirik   Mo’g’ul   davlatida   mo’g’ullar   soni taxminan 0,7 million kishidan iborat bo’lgan. Agar har 6 kishidan bittasi askarlikka
olingan bo’lsa, unda uning qo’shinlari soni 100-110 ming kishidan iborat bo’lgan.
Lekin  o’sha   davrdagi  80  million  aholisi  bo’lgan  Xitoyga  yurishi  davrida  mo’g’ul
qo’shinlarining   ko’p   qismini   yo’qotganlar.   Ular   O’rta   Osiyoga   bostirib   kelganida
qo’shinlarning   ko’pchiligi   turkiy   xalqlardan   tashkil   to’gani   ma’lum   .   Bu   davrda
Muhammad Xorazmshoh davlatida 20 million aholi yashagan. Mo’g’ul qo’shinlari
ko’p sonli mahalliy aholi tarkibiga o’z asoratini o’tkaza olmagan. SHuning uchun
ham   mahalliy   aholida   mo’g’ul   irqi   alomatlari   deyarli   namoyon   bo’lmaganligini
ko’rish mumkin.
O’zbek   xalqining   shakllanishida   uchinchi   muhim   davr   XV   asr   oxiri   va   XVI   asr
hisoblanadi. Bu davrda Markaziy Osiyoga Dashti  Qipchoq o’zbeklari kirib keladi
va   ular   mahalliy   aholiga   o’z   nomini   beradi.   SHu   bilan   birga   IX-X   asrlarda   elat,
xalq sifatida shakllangan hozirgi o’zbek etnik qiyofasidagi mo’g’uliy belgilarning
bir oz faollashuviga olib keladi.
SHunday   qilib,   o’zbek   xalqining   etnik   shakllanishi   uzoq   davom   etgan   murakkab
jarayon ekanligining guvohi bo’ldik. O’zbek xalqining asosini hozirgi O’zbekiston
hududida   bir   necha   ming   yillar   davomida   yashab   kelgan   mahalliy   so’g’diylar,
baxtarlar,   xorazmiylar,   saklar,   masagetlar,   kang’lar   va   dovonliklar   tashkil   etadi.
Turli   davrlarda   kelgan   qabilalar,   elatlar   va   xalqlar   davr   o’tishi   bilan   mahalliy
aholiga o’z tahsirini qisman o’tkazgan. O’zbek xalqining shakllanishi jarayonining
barcha   bosqichlarida   mahalliy   aholi   tashqaridan   kelgan   aholiga   nisbatan   ustun
bo’lgan.   Ammo   kelgindi   aholiga   mahalliy   aholigi   o’z   tilini   berdi.   Lekin
antro’ologik   nuqtai   nazardan   mahalliy   aholining   etnik   qiyofasini   va   tashqi
ko’rinishini   tubdan   o’zgartira   olmadi.   Bu   fikrimizni   isbotlovchi   dalillardan   biri
keyingi   ikki   ming   yil   davomida   Markaziy   Osiyoda,   jumladan,   O’zbekistonda
mahalliy aholining tili uch marta o’zgardi SHarqiy eron tillari o’rniga g’arbiy eron
tillari (fors tili) va eramizning birinchi asrlaridan turkiy tillar keng tarqala boshladi.
Ammo   mahalliy   xalqning   “qoni”,   ya’ni   genetikasi   aytarli   o’zgarmadi   va   qadimiy
xalqlarga   xos   antro’ologik   xususiyatlar   shu   kunlarga   qadar   saqlanib   kelmoqda, o’zbek   xalqining  kelib  chiqishi  asosini  qadimiy  davrlardan   boshlab,  shu   hududda
yashab  kelgan  xalqlar  tashkil  etgan.  Ular  ikki  yarim  ming  yil  davomida  mahalliy
aholiga kelib qo’shilgan asosiy tarkibiy qismni tashkil etgan. SHuning uchun ham
prezidentimiz   I.Karimov   “Tarixiy   xotirasiz   kelajak   yo’q”   degan   risolasida   qayta-
qayta   o’zbek   xalqining   shakllanish   asosini   o’troq   xalqlar,   tubjoy   xalqlar   tashkil
etganlar, deb ko’rsatdilar.
O’zbek   xonliklari   davrida,   keyin,   Rossiya   mastamlakachiligi   va   SHo’rolarning
Qizil   Imperiyasi   davrida   o’zbek   xalqi   ‘arokanda   bo’lib   ketdi.   Milliylik   yo’qoldi.
Ayniqsa,   SHo’rolar   davrida   “yagona   sovet   xalqi”ni   shakllantirmoqchi   bo’lgan
noilmiy   shovinistik   siyosat   davri   qiyin   kechdi.   SHuning   uchun   ham   o’zbek
xalqining   millat   bo’lib   rivojlanish   yangi   davri   1991   yildan-Respublikamiz
mustaqillikka erishgan kundan boshlandi.
Xalqimiz siyosiy mustaqillik va ozodlikni qo’lga kiritgach, o’z taqdirini chinakam
egasi, o’z tarixining ijodkori, o’ziga xos milliy madaniyatining sohibiga aylandi.
Tarix   xotirasi,   xalqning,   jonajon   o’lkaning,   davlatimiz   hududining   holis   va
haqqoniy   tarixini   tiklashi   milliy   o’zlikni   anglashi,   milliy   iftixorni   tiklash   milliy
g’oya va milliy mafkurani shakllantirish va jarayonida g’oyat muhim o’rin tutadi.
Tarix   millatni   haqiqiy   tarbiyachisiga   aylanib   bormoqda.   Buyuk   ajdodlarimizning
ajoyib   jasoratlari   tarixiy   xotiramizni   jonlantirib,   yangi   fuqarolik   ongini
shakllantirmoqda. Ahloqiy tarbiya va ibrat manbaiga aylanmoqda.
Hurmatli prezidentimiz o’zlarining “Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q” degan risolada
tahkidlaganlaridek,  xalqimizning   etnik,  madaniy   va   diniy   sabr-bardoshi   ma’naviy
uyg’onishning   yana   bir   bitmas-tuganmas   manbaidir.   Ming   yillar   mobaynida
Markaziy Osiyo g’oyat xilma-xil dinlar, madaniyatlar va turmush tarzlari tutashgan
va tinch-totuv yashagan markaz bo’lib keldi.   Etnik sabr-toqat , bag’rikenglik hayot
bo’ronlaridan omon qolish va rivojlanish uchun zarur tabiiy mehyorlarga aylandi.
Hatto,  bu  hududlarni  bosib   olganlar   ham   Markaziy  Osiyo   halqlarinng  madaniyati oldida   bosh   egibgina   qolmay,   uning   eng   qimmatbaho   anhanalarini,   shu   hududda
mavjud bo’lgan davlatchilik anhanalarini avaylab qabul qilganlar.
Ayni   shu   zaminda   ko’p   asrlar   mobaynida   jahon   madaniyatlari   dunyo   miqyosida
bir-birini   boyitgan.   Bu   yerda   ko’chmanchi   xalqlar   o’troq   xalqlar   bilan,   eronlik
qabilalar  turk qabilalari  bilan,  musulmonlar, nasroniylar   va yahudiylar   bilan  ko’p
asarlar   birga   yashab   kelganlar.   So’nggi   ikki   asr   davomida   ham   o’zlarini
“madaniyatli”   va   “mahrifatli”   hisoblab   kelgan   davlatlar   ommaviy   qirg’inlar   va
diniy   tahqiblar   bilan   o’zlariga   dog’   tushirgan   bir   ‘aytda,   O’zbekiston   zamini
xalqlar   va   madaniyatlar   tinch   birlashgan   joygina   bo’lib   qolmay,   balki   quvg’in
qilingan xalqlarga bosh’ana ham berdi.
Istiqlolimiz   11   yilligining   eng   muhim   yakuni,   barcha   xalqlar   uchun   “Umumiy
uy”ga asos solinganligi, yangi ko’p elatli birlik vujudga kelganligi bo’ldi. O’zbek
madaniyatining   umuminsoniy   mohiyati,   ma’naviy   ruhiy   qadriyatlarning   va   milliy
o’zlikni anglashning tiklanishi bu birlikning negizini tashkil etdi.
O’zbek xalqi ruhining tiklanishi, millat ma’naviy-axloqiy ideallarining shakllanishi
chuqur   milliylik   bilan   umuminsoniylik   chambarchas   bog’liq   bo’lgan   hodisadir.
O’zbekistonda   yashayotgan   xalqlar,   o’ziga   xoslikni   yo’qotmagan   holda,   umumiy
ruhiyatga,   xulq-atvor   falsafasiga   ega   bo’lmoqdalar.   Bu   esa   mustaqillik   yillari
mobaynida   millatlararo   totuvlik   manbai   bo’lib   kelgan   yagona   ma’naviy-ruhiy
negizni vujudga keltirdi.
prezidentimiz  “Tarixiy xotirasiz  kelajak yo’q” asarida  aytadilar:  Xalqimiz tarixan
turkiy   xalqlar   oilasiga   mansub   bo’lishiga   qaramay,   ‘anturkizmni   va   “Buyuk
Turon”shovinistik   g’oyasini   qathiyan   rad   etdi.   Biz   uchun   Turon   -   mintaqadagi
turkiy tilda so’zlashuvchi xalqlarning o’ta siyosiy emas, balki madaniy birligining
ramzidir.   Bundan   tashqari,   umumiy   madaniy,   tarixiy   va   antro’ologik   ildizlarimiz
bizni   tojik   xalqi   bilan   ham   tutashtiradi.   Bu   hol   bizga   o’z   madaniyatimizni
Markaziy   Osiyo   uchun   ma’lum   darajada   noyob   bo’lgan   turk   va   fors
madaniyatlarining sintezi deb hisoblashga to’la huquq beradi. Biz o’zbeklarni ulug’, bunyodkor xalq deb dunyoga tarannum etayapmiz va aslida
ham shunday.
O’zbekning fehl-avtori ayon. U yerni, tabiatni sevadi. Do’ppisida suv tashib bo’lsa
ham, daraxt ko’kartiradi. O’zbek tom mahnoda bunyodkordir. Unga birovning yeri
kerak   emas.   Mobodo   qo’liga   qurol   olguday   bo’lsa,   faqat   o’zini   himoya   qilish
uchungina oladi.
O’zbek   xalqining   iligi   to’q,   baquvvat   demoqchiman.  Yana   tilimizda   “tagli-tugli”,
“‘alagi toza” degan iboralar ham bor. Bu bir joyda muqim yashagan, o’z turmush
tarziga,   axloq-odob   mezonlariga,   aqidalari   va   tafakkur   tarziga   ega   bo’lgan
xonadonlarga nisbatan aytiladi. Butun ommani, bir necha yuz minglab, millionlab
aholini   birlashtirgan   aqidalarga,   mezon   va   qoidalarga   ega   bo’lgan   xalqni   qanday
izohlash,   tahriflash   mumkin?!   Ana   shu   hayotiy   va   ijtimoiy   mantiqdan   kelib
chiqsak,   tahrif   va   izoh   bitta   -   bo’ladi   -   milliy   borlig’imiz,   madaniyatimiz   ildizi,
tomiri o’troq bo’lgan.
O’zbek   xalqi   o’zini   dunyoga   ko’rsatmoqda.   CHet   ellarda   o’qiyotgan
yoshlarimizning   yutuqlari,   s’ortchilarimzning   hayratomuz   g’alabalari,   ilm-fan   va
texnikadagi yangiliklar o’zbek xalqining Uchinchi Uyg’onish davriga kirganligiga
dalolatdir
O’zbek xalqi davlatchiligi tarixini o’rganishning o’ta muhimligini I. Karimovning
quyidagi   so’zlaridan   bilish   mumkin:   «O’zbekiston   –kelajagi   buyuk   davlatdir.   Bu
mustaqil, demokratik huquqiy davlatdir. Bu insonparvarlik qoidalariga asoslangan,
millati,   dini,   ijtimoiy   ahvoli,   siyosiy   e’tiqodlaridan   qat’iy   nazar
fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini ta’minlab beradigan davlatdir».
Ushbu masalani yoritishdan oldin davlatchilik tushunchasiga, jahon tarixidagi eng
kadimgi   davlatlar   yuzaga   kelishi   tajribasiga   qisqa   bo’lsa   ham   e’tibor   qilish   o’ta
o’rinlidir.
Davlat   –   insoniyat   sivilizasiyasi   rivojlanishining   mahsuli,   elatlar,   xalqlar   va
millatlar hayotining ma’lum huquq va qonunga asoslanib tashkil etishning siyosiy shaklidir.   U   o’z   mohiyatiga   ko’ra   kishilarning   talablari   va   ehtiyojlarini   amalga
oshirish huquqlarini himoya qilish, amaliyotda barqarorlikni o’rnatish va saqlashga
mo’ljallangan,   muayyan   aholi   jamoalari   tomonidan   tashkil   etilgan   maxsus
vakolatli   va   qonun-qoida   asosida   faoliyat   ko’rsatadigan   vakillar   guruhlari
majmuasidir.
Davlat   siyosiy   va   ma’muriy   tashkilot   sifatida   xalqni   uyg’unlashtiradi.   Davlat
tufayli   jamiyatning   butun   tuzilishi   (iqtisodiy,   huquqiy   normalari,   turmushi,   urf-
odati,   texnikasi   va   bilim   darajasi,   etikasi,   dini,   falsafasi,   ijtimoiy   qarashlari   va
boshqalar)   to’la   kuch   bilan   namoyon   bo’ladi.   Boshqacharoq,   aytilganda,   davlat
boshqaruvida quyidagi ikkita muhim jihatlar hal etilganligini sezish mumkin.                                                        XULOSA
Xulosa qilib aytadigan bulsak milliy davlatchiligimiz o’ta muhim.Bizni qanday 
davlat ekanimizni milliy urf odatlarimizni milliy an’analarimizdan bilib olish 
mumkin. Foydalanilgan adabiyotlar
Karimov I.A. Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q. T. «O’zbekiston». 1998 y.
Abdulg’oziy. SHajarai Turk. T. «CHo’l’on». 1992.
Axmedov B. O’zbek ulusi. T. «Nur». 1992 y.
Jabborov I. O’zbek xalqining etnografiyasi. T. «O’zbekiston». 1994.
Zaki Validiy. O’zbek urug’lari. T.1992.
Ziyo Ukukaldi. Turkchilik asoslari. T.1994.
Usmon. Turon. Turkiy xalqlar mafkurasi. T.CHul’on. 1995.
Xasan Ato Abdushiy. Turkiy qavmlar tarixi. T.»CHul’on». 1994.
O’zbekiston tarixi. T.Universtitet. 1996.

O’zbek davlatchiligining shakllanishi va dastlabki taraqqiyot bosqichlari. REJA: 1.Davlatchilik tushunchasi. Qadimgi Baqtriya, uning o’zbek davlatchiligining shakllanishidagi o’rni. 2.Qadimgi Xorazm. Ijtimoiy – iqtisodiy va madaniy hayot. 3.O’zbek xalqining etnik shaqillanishi o’zoq davom etgan murakkab jarayon ekanligi. 4.IX-XII asrlarda turkiy qavmlarning o’zbek xalq

Kirish Vatan tarixining dolzarb muammolaridan biri davlatchiligimiz tarixidir. SHuning uchun ham Respublikamiz prezidenti Islom Karimov 1998 yil iyun’ oyining oxirlarida bir guruh yetakchi tarixchilar va ziyolilar vakillari bilan uchrashganda bu masalaga alohida ahamiyat berdi. O’zbek davlatchiligining paydo bo’lishi, asoslari va rivojlanish bosqichlari konkret ko’rsatilmaganligini tahkidlab o’tdi. muammoning kun tartibida turish sabablari shundan iboratki, keyingi vaqtda o’zbek davlatchiligi tarixini Vatanimiz hududiga turli davrlarda kirib kelgan ko’chmanchi xalqlar davlatlaridan boshlashga intilish kuchayib bordi. Bazilar buni zo’r istihola bilan niqoblab aytsalar, bazilar jar solib, shu ko’chmanchilik davlatlari bilan farxlanishga chaqirdilar. Islom Karimov suhbatida “Ko’chmanchilar kelgunga qadar bu yerda davlatchiligimizga asos bo’lgan mahalliy davlatlar bormidi o’zi?”, deb savol berganlari bejiz emas. Davlatchilik masalasi ham ilmiy, ham siyosiy masala. Bu haqda prezidentimiz Islom Karimov shunday deydilar: “Davlatchilik bugungi kunda o’ta siyosiy masala bo’lib turibdi. Nega deganda, O’zbekistonda davlatchilik bo’lmagan, deb orqavarotdan tashviqot yuritayotgan, shu fikrni ongimizga singdirmoqchi bo’layotgan, kerak bo’lsa, halqaro jamoatchilikni shunga ishontirishga urinayotgan kuchlar hali bor. Bunday g’alamislar orasida qanday qilib bo’lsa ham bizni yana sobiq SSSR ga qaytarish niyatida yurganlar yo’q, deysizmi? O’zbek tarixchilarining bugungi kundagi asosiy vazifasi mana shu dahvoning ‘uch ekanligini isbotlash, davlatchiligimizning ilmiy nuqtai nazardan asoslangan tarixini yaratishdir”. Tarixchilarimiz oldiga prezidentimiz havola qilgan bu muammo jiddiydir: u hali jiddiy tadqiqotlarni kutadi. Ammo shunga qaramay, mavjud ilmiy fikrlarning oqini-oqiga, qorasini- qorasiga ajratib, yagona ilmiy to’xtamga kelsa bo’ladi. SHuning uchun ham I.Karimov: “Eng mo’tabar, qadimgi qo’lyozmamiz “Avesto”ning yaratilganiga 3000 yil bo’lya’ti. Bu nodir kitob bundan XXX asr muqaddam ikki daryo oralig’ida, mana shu zaminda umrguzaronlik qilgan

ajdodlarimizning biz avlodlariga qoldirgan ma’naviy, tarixiy merosidir. “Avesto” ayni zamonda bu qadim o’lkada buyuk ma’naviyat, buyuk madaniyat bo’lganidan guvohlik beruvchi tarixiy xujjatdirki, uni hech kim inkor etolmaydi”, deganida to’la haqli edi. “Xo’sh, o’zbek davlatchiligi qaysi asrda paydo bo’ldi? Qanday tarixiy bosqichlarni bosib o’tdi?”, degan savollarga javob berish mumkinmi? Asosan mumkin. Buni prezidentimizning yuqoridagi so’zi ham ko’rsatib turibdi. O’zbek davlatchiligi tarixiga to’xtalishdan oldin, umuman davlatchilik tushunchasi masalasida biroz so’z yuritishga to’g’ri keladi. Davlatchilik deganda davlatning paydo bo’lishi, ya’ni davlat bo’lib uyushishi, uning tuzumi va tizimini tushunamiz. Davlat, aslida jamiyatni tashkil etishning siyosiy shaklidir. Davlat - bu hokimiyatning fuqarolar bilan bo’lgan aloqalar va munosabatlar majmuasidir. Davlatning paydo bo’lishi, uning tuzumi va bu davlatning boshqarish tizimi mamlakat va xalqlarning ijtimoiy taraqqiyotida muhim o’rin tutadi. Bu sohada qonunchilikning roli buyukligini alohida ko’rsatish kerak. O’zbek xalqining qonunchilik anhanalari juda qadimiydir. Qonunchilik bizning Vatanimizda miloddan avvalgi yillardayoq shakllangan va o’rta asrlarda takomillashgan. Haqiqatda esa mustaqillikka erishganimizdan keyingina qonunchilik o’z mavqeiga ega bo’ldi. prezidentimiz olg’a surgan besh tamoyildan biri - qonunning ustivorligi tamoyili ekanligi ham buning isbotidir. CHunki, qonunchilikka asoslanmagan davlat tuzumi mamlakat taraqqiyotining samaradorligini tahminlay olmaydi. Davlatchilikning asosiy poydevorlari borki, davlat bu poydevorlarsiz o’z vazifasini ado etolmaydi. Bular hokimiyat va ijroiya organlari, sud, ‘olitsiya, moliya va soliq tizimi, armiya, Konstitutsiya va boshqa qonunlardir. Davlatning muhim vazifalari bor. Bu vazifalar davlatning ichki va tashqi siyosatini yurgizish orqali amalga oshiriladi. Ichki siyosat, asosan, mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy taraqqiyotini tahminlashga qaratilgan bo’lsa, tashqi siyosat davlatning mudofaasini mustahkamlashga, chet el davlatlari bilan iqtisodiy, harbiy va madaniy aloqalarini boshqarishga, di’lomatik munosabatlarini mustahkamlashga qaratilgan bo’ladi.Endi rejadagi I-masala ustida fikr yuritamiz.

Davlatchiligimiz asosi qaerda va qaysi zamonda boshlanadi, degan savolga kelsak, tarixchilarimiz, ayniqsa, buyuk o’zbek olimi Yahyo G’ulomov va rus akademigi S.’.Tolstovlarning ilmiy xulosalariga asoslanib, asosan Xorazmda yuzaga kelgan “Avesto” muqaddas kitobiga tayanib, davlatchiligimizning asosi, prezidentimiz suhbatda aytganlariday, bundan 2700-3000 yil muqaddam Xorazmda boshlangan deb javob berish mumkin bo’ladi. Akademik A.Asqarovning ilmiy fikriga ko’ra, ‘arkana (Farg’ona), Baqtriya davlatlari ham 2800-3000 yil ilgari yuzaga kelgan. Biroz keyinroq Vatanimiz tarixida muhim o’rin egallagan. So’g’diyona davlati vujudga keldi. Ilgari aytganimizday, ko’chmanchilar tuzgan davlatlarning Vatanimiz davlatchiligidagi o’rnini inkor etib bo’lmaydi. Ammo davlatchiligimizning shakllanishi jarayonida “tubjoy” davlatlarning o’rni va roli beqiyos buyukdir. Davlatchiligimiz tarixini asosan, besh bosqichga bo’lib o’rganamiz. Birinchi bosqich so’nggi bronza davri (miloddan oldingi I ming yillik boshlari)dan Eron Ahmoniylari istilosigacha bo’lgan davr (miloddan avvalgi VI asr o’rtalari). Tarixchi olim A.Sahdullaevning yozishicha (“O’zbekiston tarixi” “Universitet nashriyoti, 1997”) ijtimoiy-iqtisodiy ahvolni tahlil qilish shuni ko’rsatdiki, mil.avv. I ming yillikning boshlarida Markaziy Osiyoning nisbatan rivojlangan viloyatlarida ilk davlat uyushmalari paydo bo’la boshladi. So’nggi bronza davrida mehnatning dastlabki yirik taqsimoti ro’y beradi. CHorvachilik dehqonchilikdan ajralib chiqadi. Iqtisodiy hayotdagi siljishlar tufayli ortiqcha mahsulot paydo bo’lib, bu mahsulot ma’lum shaxslar qo’lida to’’lana boshlaydi. Qishloqlar kengayib shaharlarga aylanib borar ekan, bu shaharlar eng qadimgi viloyatlar va davlat uyushmalarining mahmuriy markazi bo’la bordi. Ammo shuni alohida tahkidlash lozimki, Markaziy Osiyodagi ilk davlat uyushmalari haqidagi yozma Ma’lumotlar juda kam. Mavjud yozma manbalar arxeologik tadqiqotlar bilan solishtirilganda birmuncha ishonchli bo’ladi. Ma’lum ki har bir davlatning bosh yacheykasi oiladir.

“Avesto” Ma’lumotlariga ko’ra, ilk quldorlik davrida Markaziy Osiyo jamiyati alohida oilalardan tashkil to’ganini ko’ramiz. Yerga urug’ jamoasi, egalik qilgan, bir nechta urug’lar qabilaga birlashgan, nisbatan yirik qabilalar birlashib viloyat (“daxyo”) bo’lgan, bu viloyatlarni boshliq (“qavi”) boshqargan. Qabila boshliqlari ma’lum vaqtda to’’lanib kengashib turishgan. “Avesto” qadimgi jamiyatni koxinlar, harbiylar, dehqonlar , chorvadorlar va hunarmandlar kabi tabaqalarga bo’ladi. Qadimgi xo’jaliklar chorvachilik va dehqonchilikka alohida e’tibor berganlar. Akademik A.Asqarovning yozishicha, yunon mualliflarining xabariga ko’ra, bu zaminda qabilalar konfederatsiyasi asosida tarkib to’gan dastlabki davlat bo’lgan. Bular “Katta Xorazm” va “Baqtriya podsholigi” bo’lib, ular harbiy demokratik ‘rintsi’lar asosida tarkib to’gan. Afsuski, yozma manbalarda ular haqida uzuq-yuluq va juda qisqa Ma’lumotlar uchraydi. “Avesto” Ma’lumotlari asosida mashhur xorazmshunos olim S.’.Tolstov, Ovru’o olimlaridan V.Xenning hamda I.Gershovichlar “Katta Xorazm” davlati haqidagi arxeologik izlanishlar va tarixiy-geografik Ma’lumotlarni solishtirib o’z qarashlarini bayon etganlar. Masalan, S.’.Tolstov “Avesto”da Zaratushtraning vatani Arhyanam Vaychax- qadimgi Xorazm bo’lgan deydi. “Avesto”ga ko’ra, Zaratushtraning Vatani Arhayanom Vaychax Daitiya daryosining sohilida joylashgan. S.’.Tolstov va qator boshqa olimlar Daitiya bu Amudaryodir deydilar. Qadimgi Xorazm Amudaryo xavzasida joylashgan viloyat ekan, Zaratushtra o’z tahlimotini shu zamindan chiqib boshqa viloyatlarga tarqatgan, degan xulosaga keladi S.’.Tolstov. “Avesto”da “Katta Xorazm”ga tegishli viloyatlar sanab o’tiladi. Bunga ko’ra, O’rta Osiyoning deyarli katta qismi “Katta Xorazm”ga tegishli ekanligiga qanoat hosil qilish mumkin. Miloddan avvalgi IV asrda Amudaryo quyi oqimi hududida Qadimgi Xorazm davlati tashkil to’di. Uning podshosi sifatida Farasman ismli shaxs yunon tarixchilari tomonidan tilga olinadi. Iskandar Zulqarnayn Hindiqush orqali Baqtriyaga, undan So’g’diyonaga qo’shin tortib kelganda Xorazm podshosi Farasman uning huzuriga sovg’a-salomlar bilan kelgan va shimol tomonlarga yurish qilmoqchi bo’lsa, o’z qo’shini bu unga yordamga tayyor ekanligin bildirgan. Markaziy Osiyo hududida ahmoniylarga qadar tashkil to’gan ikkinchi davlat bu