logo

Pedagogika tarixi fan sifatida. Eng qadimgi davrlardan Mustaqillikgacha bo’lgan davrda ta’lim-tarbiya va pedagogik fikrlar taraqqiyoti.

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

185.1748046875 KB
Pedagogika tarixi fan sifatida. Eng qadimgi davrlardan  Mustaqillikgacha
bo’lgan davrda ta’lim-tarbiya va pedagogik fikrlar taraqqiyoti.
Reja:
1. Eng qadimgi yozma manbalarda ta’lim-tarbiya masalalar
2. Sharq uyg`onish davri va unda ta’lim - tarbiyaning taraqqiy etishi. Eramizdan avvalgi minginchi yillarning o‘rtalarida eng qadimgi ajdodlarimiz
tomonidan   qahramonlik   mavzusida   juda   ko‘plab   afsona   va   rivoyatlar   yaratilgan
bo‘lib, ular avloddan avlodga og‘zaki va yozma ravishda o‘tib borgan. Agar ushbu
afsonalar   zardushtiylik   dinining   muqaddas   kitobi   “Avesto”   asari   mundarijasidan
o‘rin   olmaganda   edi,   biz   ular   haqida   hech   qanday   ma’lumotga   ega   bo‘lolmagan
bo‘lardik.
“Avesto”   asari   kim   tomonidan   yaratilgani   borasida   turli   qarashlar   mavjud
bo‘lib, mashhur sharqshunos olim E.E. Bertelsning fikriga ko‘ra, ushbu asar 1278
yilda Rayd Zardusht ibn Bahrom ibn Pajdu (Ba’zi manbalarda Spitama qabilasidan
bo‘lgan Pourushaspa o‘g‘li Ashoga Zaratushtra (yunoncha – Zoroastr, pahlaviycha
–   Zaraxustra   "boqiy   yulduz"   va   "chiroyli   tuyalarga   ega   bo‘lgan")   ushbu   dinning
asoschisi  hisoblanadi.  Zardushtiylar  e’tiqodiga  ko‘ra,  bu  nom  unga  Axura-Mazda
(yunoncha,   Ormuzd   –"Donishmandlik   sohibi")   tomonidan   berilgan.   Zardushtning
yashagan davri va joyi haqida turli taxminlar mavjud. Mazkur fikr “Zardushtnoma”
dostonida   bayon   etilgan   ayrim   fikrlar   asosida   yuzaga   kelgan.   Xususan,   dostonda
Avesto va Zendni Zardusht  dunyoga keltirgani, uning tug‘ilishi va keyingi hayoti
xususidagi ma’lumotlar keltiriladi.
Mazkur   doston   1760   yil   mashhur   fransuz   olimi   Anketil   Dyu   Perron
tomonidan  avval   lotin  tili,  keyin   esa   fransuz   tiliga   tarjima  qilingan.   Asarni   ingliz
tiliga   Istvix   tarjima   qilgan.   Keyinchalik   asarning   F.A.Rozenberg   tomonidan
qilingan fransuzcha tarjimasi ham e’lon qilingandir.
Zardusht   ibn   Bahrom   ibn   Pajdu   dostonda   keltirilgan   ma’lumotlarni   qanday
manbalarga   asoslanib   bayon   etganligi   haqida   ma’lumot   yo‘q   edi.   Lekin
tadqiqotchilar   dostonni   yozishda   muallifning   ikki   muhim   manba-   “Avesto”ning
yo‘qolib   ketgan   Chitradat   (o‘n   ikkinchi)   va   Spent   (o‘n   uchinchi)   nusxalaridan
foydalanganligini e’tirof etadilar.
Tadqiqotchi  M.Boysning  ta’kidlashicha,  Zardusht  mil. avv. 1500-1200 yillar
orasida   yashagan.   Uning   fikricha,   Zardusht   o‘z   da’vatini   Kishtosib   Lafrost   ismli
podshoh   davrida   boshlagan.   Bunga   u   zamonaviy   zardushtiylarning   hozirgacha
mil.avv.   1738   yil   shoh   Vishtasp   tomonidan   qabul   qilingan   "fasli"   kalendaridan foydalanib   kelayotganlarini   dalil   qilib   ko‘rasatadi.   Lekin   “Avesto”   tarjimoni   Dj.
Darmsteter   Zardusht   birinchi   inson   Gayomard   haqidagi   afsonaviy   rivoyatning
afsonaviy   qahramoni   bo‘lib,   xalq   fantaziyasining   “mevasi”dir,   deydi.   Afsonada
hikoya  qilinishicha,  u  jaholat  ramzi  sanalgan  “ilon”  bilan  kurashib  halok  bo‘ladi.
Undan   uch   o‘g‘il   qolib,   ular   uch   tabaqa   –   kohinlar,   harbiylar   hamda   dehqonlar
avlodiga asos solganlar.
Mavjud manbalar, shuningdek, so‘nggi yillarda e’lon qilingan ma’lumotlarga
ko‘ra   zardushtiylik   Sharq   xalqlari   sig‘ingan   qadimgi   dinlardan   biri   sanaladi.
Mazkur   dinning   asoschisi   Zardusht   (Sariq   to‘n   egasi   degan   ma’noni   anglatadi)
bo‘lib, din ham uning nomi bilan atalgan.
Zardusht   taxminan   miloddan   avvalgi   570   yilda   tug‘ilgan   bo‘lib,   77   yoshida,
ibodat qilayotgan paytida dushman kohinlaridan biri tomonidan o‘ldirilgan.
Zardusht   o‘z  davrida   yakka  xudolik   g‘oyasini   ko‘tarib   chiqadi.   Asta-sekin   u
payg‘ambar   darajasiga   ko‘tariladi   va   o‘zini   Axura-Mazda,   ya’ni,   Oliy   Tangri
elchisi deya e’lon qiladi. Zardusht dunyoni yaxshilik va yomonlik dunyosi tarzida
ikkiga   bo‘ladi.   Bu   ikki   dunyo   o‘rtasida   bir-biriga   qarama-qarshi   g‘oyalar   ustuvor
bo‘lib, ular o‘rtasida doimo kurash ketadi.
Zardusht  tomonidan  asoslangan   din  uning  hayotligidayoq   ko‘plab  o‘lkalarga
yoyiladi.   Biroq   Zardusht   vafot   etganidan   so‘ng   zardushtiylik   dinining   g‘oyalari
yanada keng yoyila boshlaydi.
“Avesto”   asari   eramizdan   avvalgi   VI   asrning   oxiri   va   IY   asrning   boshlarida
yaratilgan bo‘lib, u uzoq davrlar mahsuli sanaladi, davrlar o‘tishi bilan qayta-qayta
ishlanadi.   Asarning   to‘liq   kitob   holida   shakllanishi   eramizdan   avvalgi   birinchi
asrga to‘g‘ri kelishi barcha manbalarda alohida qayd etiladi.
G‘arb,   rus   va   o‘zbek   olimlari   mazkur   asar   mazmunini   har   tomonlama   tahlil
etishga   harakat   qilishgan.   Zero,   “Avesto”   asarida   inson   shaxsining   kamolotga
erishishiga   oid   ma’rifiy   fikrlar   ma’lum   bir   tizimda   ifoda   etilgandir.   Mazkur   asar
g‘oyalari   orqali   qadimgi   davrlarda   mamlakatimiz   hududida   yashagan   xalqlarning
tabiiy,   ilmiy,   ma’rifiy   hamda   ijtimoiy   qarashlari   borasida   muhim   ma’lumotlarga ega   bo‘lamiz.   “Avesto”   diniy   xarakterga   ega   bo‘lish   bilan   birga   o‘zida   falsafiy,
siyosiy, filologik, ta’limiy va tarbiyaviy  masalalarni ham qamrab olgan asardir. 
Abu   Rayhon   Beruniy   o‘zining   “Qadimgi   xalqlardan   qolgan   yodgorliklar”
asarida   zardushtiylik   dini   qadimgi   Xuroson,   Fors,   Iroq   va   Balxdan   tortib   Suriya
erlarigacha tarqalganligini aytadi.
Ozarbayjon   olimi   M.   Rafiliy   esa   “Muxtasar   Ozarbayjon   adabiyoti   tarixi”
kitobida   (1-jild,   Baku,   1943,   2-3-betlar)   “Avesto”ni   faqat   Ozarbayjon
adabiyotining ma’naviy merosi deb e’tirof etadi.
Tarixchi olim V.M.Avdiyevning fikriga ko‘ra, “Avesto” nomli qadimgi diniy
to‘plamning dastlabki qismlari aynan O‘rta Osiyo hududida vujudga kelgan, deyish
uchun   barcha   asoslar   etarli.   Zero,   asarda   keltirilgan   ayrim   rivoyatlar   bu   haqida
dalolat   beradi.   Rivoyatlarda   aytilishicha,   zardushtiylik   dinining   birinchi
“Muqaddas   olovi”   Xorazmda   yoqilgan.   “Avesto”   asarida   tasvirlangan   “Ayriana
Vayjo”   mamlakati   Xorazm   bo‘lgan   bo‘lishi   mumkin.   Bu   mamlakatda   Axura-
Mazda   Zardushtga   ko‘rinish   bergan.   “Ayriana   Vayjo”   degan   afsonaviy
mamlakatning   “Avesto”   asarida   saqlanib   qolgan   tasviri   Xorazmning   geografik
sharoitlariga   to‘la   muvofiq   keladi.   S.P.   Tolstov   ham   “Avesto”ning   eng   qadimgi
zamonga oid qismi Markaziy Osiyo (Xorazm)da eramizdan avvalgi birinchi ming
yillikning   birinchi   yarmida   yozilgan   deb   qayd   etadi.   “Avesto”da   xudolar   va
qahramonlar   to‘g‘risidagi   xalq   epik   afsonalariga   oid   juda   ko‘p   qimmatli
ma’lumotlar jamlangan. 
  Zardushtiylik xudolari, ta’limoti va  marosimlari
Zardushtiylikning   ehtiromga   sazovor   xudolari   Ahuramazda,   Mitra   va
Anaxitadir.   Ahuramazda   zardushtiylarning   ulug‘   va   donishmand   oliy   xudosi
hisoblanadi. Mitra – Quyosh va yorug‘lik xudosidir. O‘tli chaqmoqlar yordamida u
yovuzlik   va   o‘lim   xudosi   bo‘lmish   Ahriman   bilan   jang   qiladi.   Anaxita
zardushtiylikda hosildorlik va suv ilohasi hisoblangan. Zardushtiylik dini ta’limoti
insoniyatning   Ezgulik   va   Yovuzlik   haqidagi   qarashlari   takomiliga   katta   ta’sir
ko‘rsatdi.   Zardushtiylar   umrining   tub   ma’nosi   ezgu   fikr,   ezgu   so‘z   va   ezgu
amaldan iborat bo‘lgan. Insonning asosiy burchi eng avvalo adolatli turmush tarzi hisoblangan.   Zardushtiylar   e’tiqodiga   ko‘ra,   yolg‘on   so‘zlamaslik,   aldamaslik,
va’daga vafo qilish, faqat ezgu ishlarni amalga  oshirish lozim edi. Zardushtiylarda
vafot   etgan   odamlarni   dafn   etish   borasida   alohida   marosim   yuzaga   kelgan.   Inson
vafot   etganida     marhumning   jasadini   yerga   ko‘mish   ham,   olovda   kuydirish   ham,
suvga   tashlab   yuborish   ham   ta’qiqlangan.   Shu   sababdan   ham   murdani   yirtqich
qushlar   va   hayvonlar   yeb   ketishi   uchun   jasadni   toshli   va   qumli   tepaliklarda
qoldirishgan.   Yomg‘irlarda   yuvilgan   va   oftob   qoqlagan   suyaklarni   maxsus   sopol
tobutchalar – ossuariylar (suyakdonlar)da dafn etishgan
Eng qadimgi yozma manbalarda ta’lim-tarbiya masalalari
Turkiy   xalqlarning   yozma   ma’rifiy   yodgorliklari   o‘ziga   xos   xususiyatga   ega
bo‘lib,   pedagogika   tarixi,   xususan,   yosh   avlod   tarbiyasida   muhim   ahamiyat   kasb
etadi.   Bular   “O’rxun-Enisey   yodgorliklari”,   “Irq   yozuvlari”   (“Ta’birnoma”)   kabi
manbalar   bo‘lib,   ulardan   yangi   davr   kishisini   tarbiyalashda   foydalanish   muhim
vazifalardan sanaladi.
Eng qadimgi turkiy tilda yaratilgan va turk-rumiy yozuvida bitilgan O’rxun-
Enisey   bitiklarini   “toshlarga   bitilgan   kitoblar”,   toshbitiklari   deb   ham   ataydilar.
Buning   sababi   ko‘pgina   yodgorliklarning   qabr   toshlariga   o‘yib   yozilganidadir.
Ularning eng yiriklari “To‘nyuquq” hamda “Kul Tegin” yodgorliklaridir. O’rxun-
Enisey yodgorliklari  dastlab Yenisey havzasida,  so‘ngra Mo‘g‘ilistonning O’rxun
daryosi   bo‘yida   topilgan.   O’rxun-Enisey   yodgorliklarinining   topilishi   va
o’rganilishi   XVIII   asrdan   boshlanadi.   Rus   xizmatchisi   Remezov   bu   haqda
dastlabki   xabarni   beradi.   Shved   zobidi   Iogann   Stallanberg,   olim   Messershmidt
yodgorliklarni   yevropa   ilmi   ahliga   ilk   marta   taqdim   qilganlar.O’rxun-Enisey
yodgorliklari   S.E.Malov   hamda   I.V.Steblevalar   tomonidan   rus   tiliga   tarjima
qilindi.   O‘zbekistonda   Oybek,   O.SHarafuddinov,   N.Mallaev,   Aziz   Qayumov   va
N.Rahmonovlar   O’rxun-Enisey   bitiklari   ustida   tadqiqot   ishlarini   olib   bordilar   va
ushbu manbaning ta’lim va tarbiya ishlarini yo‘lga qo‘yishdagi ahamiyatini yoritib
berdilar.
O‘ziga   xos   xat   (yozuv)da   bitilgan   bu   bitiklar   eramizning   VI-VIII   asrlarda
yozib qoldirilgan. O‘rxun-Enasoy  yodgorliklari  dastlab,  O‘rxun, Selenga  va  To‘li daryolari   atrofidan   SHimoliy   Mo‘g‘ulistonda   toshga   bitilgan   obidalar   shaklida
topildi.   ushbu   yozuvlarni   1893   yilda   birinchi   bo‘lib   daniyalik   olim   Vilgelm
Tomson   o‘qigan.   V.Tomsondan   so‘ng   olimlar   –   N.M.Yadrinsev,   V.V.Radlovlar
mazkur manbalarni izlab topib, o‘qishga muvaffaq bo‘ldilar.
VI   asr   o‘rtalarida   Oltoy   va   Janubiy   Sibirda   yashagan   turkiy   qabilalarni
birlashtirgan   yangi   davlat   vujudga   keldi.   Bu   davlat   tarixga   Turk   xoqonligi   nomi
bilan   kirgan.   Turk   xoqonligi   Turkyut   davlati   deb   ham   atalgan.   Uning   asoschisi
Bumin edi. 545 yilda Turk xoqonligi vujudga keldi. 552-yilda Bumin “xoqon” deb
e’lon   qilindi.   Oltoy   xoqonlikning   markazi   qilib   belgilanadi.   Turklarning   g‘arbga
tomon   yurishlariga   Istami   boshchilik   qiladi.   Unga   “Yabg‘u   xoqon”   degan   unvon
beriladi. Tez orada Yettisuv va Sharqiy Turkistonga tutashgan yurtlarda yashovchi
turkiy   qabilalar   bo‘y   sundiriladi.   555-yildayoq   turklar   Sirdaryo   va   Orol   dengizi
bo‘ylarigacha  cho‘zilgan  keng   o‘lkalarni   egallaydilar.  Xoqonlik  chegarasi  eftallar
davlati   hududlariga   tutashib   ketgan.   Natijada   eftallar   davlatining   shimo   liy
hududlari   xavf   osti   da   qoldi.   Bunday   qulay   vaziyatdan   foyda   langan   sosoniylar
Toxariston va Chag‘oniyonni eftallardan tortib oladilar. Turk xoqonligining eftallar
bilan   to‘qnashishi   muqarrar   edi.   Bunday   murakkab   siyosiy   vazi   yat   xoqonlikni
eron,   so‘ngra   Vizantiya   bilan   yaqinlashtiradi.   Uzoq   vaqt   eftallar   tazyiqida
yashagan   sosoniylar   bu   davlatning   tamomila   barbod   bo‘lishidan   manfaatdor   edi.
Xusrav   I   Anushervon   (531–579)   tashabbusi   bilan   yuzaga   kelgan   o‘zaro   har     biy
ittifoq   eron   shohining   Istamiga   kuyov   bo‘lishi   orqali   yanada   mustahkamlanadi.
eron   askarlarining   Balxga   hujumi   ko‘ma   gida   turklar   563-yilda   eftallar   davlati
yerlariga   bostirib   kiradilar.   Parak   (Chir   chiq)   vodiysi   va   uning   markazi   Choch
shahri   ishg‘ol   qilinadi.   Sir   daryodan   o‘tib,   Zarafshon   vodiysiga   kirib   boradilar.
Ular Sa mar qand, Kesh va Nax shabni egallab, Buxoroga yaqinlashadilar. Sakkiz
kun   davom   etgan   shiddatli   jangda   eftallar   qo‘   shini   yengiladi.   Shunday   qilib,
janubdan eron sosoniy laridan, shimoldan esa Turk xoqonligidan 563–567-yillarda
zarbaga   uchragan   eftallar   davlati   tamomila   barbod   bo‘ladi.   Natijada   mag‘lub
davlatning  merosi   o‘zaro  bo‘linib,  Amu  daryoning  janubiy  qir   g‘oqlarigacha   bo‘l
gan viloyatlar eron, uning o‘ng sohillari bo‘y lab Kaspiy den gizigacha cho‘zilgan yerlar   Turk   xoqonligi   tasarrufiga o‘tadi.   eftallar   davlati   qulagach,   vaziyat   tubdan
o‘zgaradi. endilikda o‘z chegarasini shimoli sharqqa tomon kengaytirib olgan eron
Amudaryodan   to   Suriyaga   qadar   Ipak   yo‘li   ustidan   o‘z   nazoratini   o‘rnatdi.   Uzoq
Sharqdan   eron  hududlarigacha   karvon  yo‘li   nazoratini   o‘z   homiyligi   ostiga   olgan
turklar esa eron orqali Vizantiya bilan bevosita savdo qiladigan bo‘ldi.
Turk   xoqonligi   qanchalik   katta   bo‘lmasin,   china   kam   markazlashgan   davlat
emas   edi.   Uning   asosiy   qismi   turkiy   tilda   so‘zlashuvchi   qabilalar   itti   foqidan   ibo
rat   bo‘lgan.   Bu   ittifoqni   xo   qon   boshqargan.   Hukm   dorning   hoki   miyati   urug‘-
aymoq   udum   lariga   tayangan   harbiy-ma’muriy   bosh   qaruvga   asoslangan.   Mam
lakat   ko‘chmanchi   chorvador   va   o‘troq   dehqon   aholiga   bo‘lingan.   Ko‘chmanchi
chorvador   aholi   “budun”   yoki   “qora   budun”   nomlari   bilan   yuritilgan.   Budun   o‘z
navbatida qabilalar ittifoqi birlashmasini tashkil etardi. O‘n o‘q budun yoki elning
hokimi “yabg‘u” yoki “jabg‘u” nomi bilan atalardi. Yabg‘u darajasiga faqat xoqon
urug‘iga   qon-qarindosh   bo‘lganlargina   ko‘tarilardi.   O‘n   o‘q   el   sardori   bir   tuman
(ya’ni   o‘n   ming)   suvoriyni   safga   tortar   edi.   Bunday   harbiy   bo‘linmaning
tumanboshisi “shod” deb yuritilgan. VI asrda Chirchiq, Zarafshon, Qashqadaryo va
Amudaryo  hav   zalarida  o‘ndan   ortiq  voha   hokimliklari   mavjud  edi.   Ularning  iqti
sodiy va siyosiy boshqaruvi mahalliy sulola hukmdorlari qo‘lida qoldirilib, turklar
ulardan faqat  boj  va yasoq undirib olish bilan cheklanadilar. Katta-katta qabilalar
yoki   qabilalar   ittifoqi   markaziy   hokimiyatga   bo‘ysunmaslikka   intilganlar.   Turk
xoqonligi	
 tasarrufida	 bo‘lgan	 hududlardagi	 hokimlar	 mustaqil	 bo‘lishni istar edilar.
Bu   omillar   xoqonlikning   mustahkam   mar   kazlashgan   davlatga   aylanishiga   imkon
bermagan.   Bo‘ysundirilgan   hududlarni   mahalliy   hokimlar   orqali   bosh	
 qaruv	 
tartibi	
  xoqonlikni	  tobora	  zaiflashtira	  borgan.	  Buning ustiga, Vizantiya, Xitoy va
eron   bilan   doimiy   raqobat   xoqonlik   ahvolini   yanada   og‘irlashtirgan.   Oqibatda,
Turk   xoqonligi   Turk   xoqonligi   VI   asrning   80-yillari   oxirlari   (604-yil)da   ikkiga:
Sharqiy   turk   xoqonligi   va   G‘arbiy   turk   xoqonligiga   bo‘linib   ketadi.   Buyuk   turk
xoqonligi   barpo   etilgan   el-yurt   Oloy   tog‘lari   sharqidan   to   Uzoq   Sharqqacha
bo‘lgan   hudud,   ya’ni   Janubiy   Sibir,   O’rxun   havzasi   (Mo‘g‘uliston),   Shimoliy
Xitoy Sharqiy turk xoqonligi	
  tasarrufida	  bo‘lgan.	  Mazkur	  xoqonlikning	  poytaxti O‘tukan   vodiysi   (Mo‘g‘uliston)da   qaror   topgan.   Oloy   tog‘larining   g‘arbida
joylashgan o‘lkalar: Yettisuv, Sharqiy Turkiston, Sirdaryo va Amudaryo havzalari
hamda   ularga   tutashgan   hudud   G‘arbiy   turk   xoqonligi   tomonidan   idora   etilgan,
qarorgohi  Yettisuvda joylashgan. Eramizning 745 yiliga kelib esa  Turk xoqonligi
barham topgan.
Turk   xoqonligi   davrlarda   turkiy   run   (ko‘k   turk)   xati   keng   qo‘llanilgan.
Turklarning bu yozuvi   biri   ikkinchisiga   tu tashib ketadigan	 38 - 40	 harflardan	 iborat	 
edi.	
 U	 tosh	 va	 yog‘ochlarga   o‘yib   yozishga nihoyatda qulay edi. Qadimgi ko‘kturk
bitiklari   (Kultegin   va   Bilga   xoqon   bitiklari)   Oltoy   va   Sharqiy   Turkistondan
tashqari,   Yettisuv,   Farg‘ona   va   Zarafshon   vodiylaridan   topilib,   o‘rganilgan.   Ular
qabrtoshlar, sopol va metall buyumlar, yog‘och hamda tanga pullarga bitilgan. 
TUNYUKUK BITIKTOSHI
Tunyu k u k   shaxs   nomi.   Eltarish   xoqonning   maslahatchisi   va   sarkardasi
bo‘lgan.   Xoqon   qadimgi   turkiy   xalqlarda   mamlakat   hukmdorining   nomidir.
Eltarish xoqon-Ikkinchi Turk xoqonligining asoschisi edi. Tunyuquq bitiktoshi 2 ta
ustunga   yozilgan.   Ularning   biri   170  sm,   ikkinchisi   160  sm   dan   iborat.   Tunyukuk
bitigi   310   misradan   iborat   bo‘lib,   717-718   (ba’zi   manbalarda   712-716-yillar
ko‘rsatilgan)   yillarda   yozilganligi   qayd   etilgan.   Tunyukuk   o‘z   bitigini   tirikligida
yozdirgan.   Bu  yodgorlikni  Elizaveta  Klemens  1987-yili  Shimoliy  Mo‘g‘ulistonda
turmush o‘rtog‘i Dmitriy Klemens bilan birgalikda izlab topgan. Bitiktoshlar Ulan-
Bitordan 66 km janubi-sharqidagi Bain Sokto manzilida bo‘lgan va hozir ham shu
y erda saqlanadi. Tunyuquq etti yuz kishini birlashtirib “shad” degan unvon oladi.
Bu turk xoqonlidagi eng oliy darajadagi harbiy unvonlardan biri edi. 
Toshbitik   Tunyukukning   Tabg’ach   elida   tarbiya   topganligi,   turkiylarning
tabg’achlarga   qaram   ekanligi   hikoya   qilish   bilan   boshlanadi.   “Bilga   (dono)
Tunyukuk   men   o’zim.   Tabg’ach   davlatida   tarbiyalandim.turk   xalqi   tabg’ach
davlatiga   bo’ysunar   edi…”   Tunyukukning   bu   xabari   haqida   N.Raxmonovning
“Turk   xoqonligi”   risolasida   shunday   voqea   keltiriladi:   “Tunyukuk   turk
zodagonlarining   tabg’ach   imperatori   saroyida   garov   sifatida     ushlab   turilgan
o’g’illaridan   biri   edi.   Bundaylarga   ular   xitoycha   nom   berar,   xitoycha   o’qitar   va xitoyparastlik   ruhida   tarbiya   qilar   edi.     Tunyukukning   xitoycha   nomi   Yuanchjen
ham   xitoyparastlik   sabab   qo’yilgan   edi.   Yuanchjen   “Tunyuk”   so’zining   aynan
tarjimasi   bo’lib,   “to’g’ich   javhar”degan   ma’noni   anglatadi.   azkur   bitikda
Tunyukuk   vatanparvar   shaxs   sifatida   ta’riflangan.   Tunyukuk   ega   bo‘lgan   insoniy
fazilatlar   –   insonparvarlik,   ezgulik   va   haqiqat   tantanasi   yo‘lida   kurashish   uning
qo‘shni xalqlar o‘rtasidagi obro‘sini yanada oshirib yuboradi. Xususan, Tunyukuk
tomonidan turkiy xalqlar qo‘liga tushgan asirlarni o‘z yurtlariga jo‘natib yuborishi
dushman   qabilalar   a’zolarining   bosh   egib   kelishi,   ezgulik   bilan   yovuzlik
o‘rtasidagi   kurash   chog‘ida   ezgulikning   g‘alabaga   erishishi   kabi   holatlar   shu
asosida   qon   to‘kishning   oldini   olish   mumkinligidan   dalolat   ekanligiga   ishora
qilinadi.   U   adolatsizlik   qilmaydi,   balki   insonparvarlik   namunasini   ko‘rsatadi,
ammo xoqonlik davlati qonunlarini ham qattiq himoya qiladi.
Tunyuquq   Bo‘gu   tarxon   va   Eltarish   xoqon   (Kul   tigin   va   Bilga   xoqonning
otasi)   bilan   birga   mamlakat   mustaqilligi,   el-yurt   farovonligi,   yurt   osoytaligi,
chegaralar daxlsizligi uchun tinimsiz kurash olib bordi. U bu kurashlarning oldingi
safida   edi.   Ammo   dushmanlar   ham   tinch   o‘tirmadi.   Ular   kuchlarni   birlashtirish
payiga tushishdi. 
Tasvir   davomida   vaziyatning   keskinlashib   borishi,   buning   natijasida
Tunyuquq shaxsiyatidagi  kuchli nuqtalarning tobora   kengroq ochilishini kuzatish
mumkin.   Xususan,   buyuk   sarkardalarga   xos   bo‘lgan   tavakkalchilik,   dovyuraklik,
jasorat,   jar’at,   ba’zan   nihoyatda   nihoyatda   keskinlik,   cho‘rtkesarlik,   ayni   vaqtda
bosiqlik,   vazminlik   xislatlari   bu   tasvirlarda   aniq   ko‘rinib   turadi.   U   katta   tajriba
egasi sifatida namyn bo‘ladi. 
Tunyuquq   buyuk   vatanparvar   shaxs   timsolidir.   Uning   o‘z   vatani,   xoqoni,
qo‘shini,   xalqi   bilan   faxrlanishi,   ularning   borligidan   o‘zini   baxtiyor   sezishi
yodgorlik matniga puxta singdirilgan.
Hatto   dushmanlarning   “xoqoni   bahodir   ekan,   maslahatchisi   alloma   ekan”
degan   bahosida   ham   shu   ruh   mavjud.   Tunyuquqning   xotirjamligi   esa   “xalqning
tomog‘i to‘q edi” jumlasi orqali ifodalangan. Dushmanning   turkiylar   ustiga   hujum   uyushtirish   haqidagi   yovuz   niyatini
eshitgan   Tunyuquqning   “tun   uxlagim   kelmadi,   kunduz   o‘tirgim   kelmadi”   deyishi
uning o‘z taqdirini xalq va yurt taqdiri bilan naqadar yaxlit holda tasavvur qilishini
ko‘rsatib turibdi. 
Tunyuquq iftixoridagi eng asosiy nuqta shunday ifodalanadi: “Bu tark xalqiga
qurolli dushmanni keltirmadim, yalovli otni yugurtirmadim”. 
Asarda   oltinga   “sariq”,   kumushga   “oq”,   tuyaga   “egri”   singari   epitetlar   -
sifatlashlar qo‘llanilgan. 
KUL TEGIN BITIKTOSHI
Kultegin   bitigida   uning   ta’rifi   berilgan.   Kultegin   xalqparvar,   tadbirkor,
xalqning kelgusi taqdirini ham o‘ylaydigan jonkuyar sarkarda sifatida ta’riflanadi.
U   o‘z   jonidan   vatan   taqdiri,   xalq   manfaatini   yuqori   qo‘ygan   shaxs.   Kultegin
Eltarish   xoqonining   kichik   o‘g‘li.   U   713   yil   27   fevralda   qirq   etti   yoshida   vafot
etadi.   Bitiktosh   732   yilda   o‘rnatilgan.   Ushbu   bitiktoshda   barcha   voqealar
Kulteginning akasi Bilga xoqon tilidan hikoya qilinadi. Uning asli ismi Mug‘iliyon
bo‘lgan.   Bitigni   Kulteginning   jiyani   Yo‘llug‘   tegin   yozgan.   Demak,   bitigning
muallifi ham ma’lum.
“Kul Tigin” bitikdoshi marmardan ishlangan, balandligi 3 m 15 sm, qalinligi
41 sm, tub qismi  1 m  24 sm  bo’lib, yuqoriga tomon torayib borgan. Yodgorlikni
rus   ziyolisi   N.M.Yadrinsev   (1842-1894)   1889-yili   Mo’g’ulistonning     Kosho
Saydam vodiysidagi Ko’kshin O’rxun daryosi qo’r’gonidan topgan.
U Ulan_Batordan 400 km  janubda Qora Balsag’un  shahri  xarobalaridan 40
km   shimolda   joylashgan.   Yozuvlar   o’ngdan   chapga   va   yuqoridan   pastga   qarab
bitilgan.
Turk   xoqonligi   tarixi   haqida   Kultegin   bitiktoshida     shunday   deyiladi:
“Yuqorida   ko’k   osmon,   ostiga   qora   yer   qilinganda   ikkisining   o’rtasida   inson
bolalari yaratilgan. Inson bolalari ustidan ota-bobom Bumin xoqon hamda Istamin
xoqon     o’rnashganlar.   O’rnashib   turk   xalqining   davlatini,   qonun   va   qoidalarini
boshqarganlar”.   Mazkur   fikr   mag’zida   tarixiy   haqiqat   mavjud   bo’lib,   kuchli   va
jasur urug’boshsi Ashinning o’g’li Bumin turk turk xoqonligiga asos solgan.Bumin va Istamin turk davlatin ing asoschilari, ular taxtga o’tirgacha, t’rt tarafdagi xalqni
birlashtirib qudratli davlat barpo etganlar, deydi Yo’llug’ tegin. Keyinchalik turkey
xalqlarning   qat’iyatsizligi   bois     Turk   xoqonligi   Tabg’ach   (Xitoy)   davlatiga   bo’y
sundirilgan, yigitlar qul qilingan. Kultegin bitigida Bilga xoqonning og‘a-inilari va
qarindosh-urug‘lariga   murojaat   qilib,   ularning   xatolari   tufayli   turk   elida   ko‘p
falokatlar   yuz   berganini   bayon   etganligi   ifodalanadi.   Turkiylarning   harbiy
yurishlari,   ularga   qo‘shni   bo‘lgan   tabg‘achlarning   bosqinchiligi   tufayli   xalq
boshiga   tushgan   kulfatlar   haqida   so‘z   yuritiladi,   shuningdek,   xalqning
yolg‘onchilik,   firibgarlik   qurboni   bo‘lganligi   ta’kidlanadi:   “Oltin,   kumush,
ichkilik,   ipakni   shuncha   hisobsiz   berayotgan   Tabg‘ach   xalqi   so‘zi   shirin,   ipak
kiyimi   nafis   ekan.   SHirin   so‘zi,   ipak   kiyimi   bilan   aldab,   yiroq   xalqni   shu   xilda
yaqinlashtirar ekan. Yaxshi qo‘shni bo‘lgandan keyin yovuz ilmni u erda o‘rganar
ekan.
Yaxshi, dono kishini, yaxshi alp kishini  yo‘latmas ekan. Biror kishi aldasa,
urug‘i,   xalqi,   uyi,   yopinchig‘igacha   qo‘ymas   ekan.   SHirin   so‘ziga,   nafis   ipagiga
aldanib,   ko‘p   turk   xalqi   o‘lding...   Turk   xalqining   ayrimini   u   erda   yovuz   kishi
shunday pishiqlar ekan: yiroq bo‘lsa yomon ipak beradi, yaqin bo‘lsa yaxshi debo
beradi. Ilmsiz kishilar bu so‘zga ishonib, unga yaqinlashdilar va ko‘plari o‘ldilar”.
Xoqon   tomonidan   xalqqa   qilingan   murojaatda   turkiy   xalqlarni   hokimiyatni
mustahkamlash,   o‘zaro   urushlarga   chek   qo‘yish,   tinch-totuv   bo‘lib   yashashga
undashdek ezgu maqsad ham yotadi.
Kultegin esa, dono, bahodir, jasur inson sifatida tasvirlanadi.
Kultegin   bitigida   Bilga   xoqon   eng   muhim   insoniy   xislatlar,   hayotiy
zaruriyatlar borasidagi fikrlarni nasihat, o‘git tarzida bayon etadi.
Turk xalqi o‘zaro birlashmagani, bir-birlariga ishonmaganliklari uchun hiyla
va   firib   qurboni   bo‘lib,   tabg‘achlar   ularni   qul   va   cho‘ri   etgani,   oqibatda   ular
qashshoq, erksiz va mute bo‘lib qolganliklarini kuyunib so‘zlaydi.
“Beklari,   xalqi   insofsiz   bo‘lgani   uchun,   tabg‘ach   xalqi   hiylakor   bo‘lgani
uchun,   toymas   bo‘lgani   uchun,   firibgar   bo‘lganligi   uchun,   og‘a   va   ini   bir-biriga qarshi bo‘lishini hohlaganlari uchun, begi va xalqini bir-biriga chaqqani uchun turk
xalqi ellashgan davlatini qo‘ldan chiqarib yuborgan”.
So‘ng   turk   xalqini   qanday   qilib   birlashtirgani,   ukasi   Kulteginning   jasorati
tufayli el bosqinchilar hujumidan omon qolgani, to‘q va farovon hayot kechirgani,
u jasur va engilmas alp yigitlardan ekani bayon etiladi.
“Tangri yarlaqasin, baxtim bor uchun, nasibam bor uchun o‘layotgan xalqni
tiriltirib tarbiyat qildim, yalang‘och xalqni kiyimlik qildim, yalang‘och xalqni ko‘p
qildim.  To‘rt  jihatdan  xalqni  butunlay  el  qildim, bir-biriga  do‘st  qildim, butunlay
menga qaradi. Mehnatni, kuchni beruvchi shunday hokimiyatni qozonib inim Kul
tegin vafot  etdi”,  - deydi. Bu  yodnoma yoshlarni  o‘z  elini  sevish,  do‘st  va ittifoq
bo‘lib   yashash,   vatan   va   xalq   manfaati   uchun   kurashga   tayyor   turish   ruhida
tarbiyalashda   muhim   ahamiyatga   ega.   Turk   xoqonlari   Bilga   xoqon   hamda   Kul
tegin   jasoratlari   haqiqiy   vatanparvarlik   hamda   jasoratning   ibrat   namunasi   bo‘lib
hisoblanadi.
BILGA XOQON BITIKTOSHI
Bilga   xoqon   bitigidir.   Bu   bitiktosh   Eltarish   xoqoninng   katta   o‘g‘li   -
Kulteginning akasi  Bilga xoqon sharafiga 735 yilda o‘rnatilgan. Bilga xoqon 734
yilda   ellik   yoshida   o‘z   yaqinlari   tomonidan   zaharlab   o‘ldirilgan.   Bu   bitig   ham
Yo‘llig‘ tegin tomonidan yozilgan.
Bilga   xoqon   bitigida   xalqning   tinch-totuv   yashagani,   Bilga   xoqon   davrida
tinchlik   hukmron   bo‘lgani,   u   davlatni   adolat   bilan   boshqargani,   turkiy   xalqlarni
birlashtirgani,   o‘z   yurtini   boy-   badavlat   etib,   iqtisodiy   jihatdan   mustahkamlagani
mahorat   bilan   tasvirlangan.   Bu   bitigda   xalq   xoqonidan,   vatanidan   ayrilmasa,
betashvish hayot kechirishi ifodalanadi. o‘z navbatida davlat boshliqlarining hatti-
harakatlari bayon etiladi. Keyin Bilga xoqon yurishlari haqida hikoya qilinadi.
Bilga   xoqon   turk   eli   o‘rtasida   elparvar   xoqon   deb   tanilgan   edi.   “Bilga”
so‘zining   o‘zi   ham   “dono”   degan   ma’noni   anglatadi.   U   turk   xalqining   vatani
abadiy   bo‘lishi   uchun   kurashadi.   Xalqqa   qarata   shunday   o‘git   qilar   edi:   “Vatanni
saqlab   qolmoq,   faqat   xoqonga   emas,   xalqqa   ham   bog‘liq.   Ajdodlarimizning   xato
va   yutuqlari   buning   dalilidir.   Xalq   o‘z   xoqonining   yo‘l-yo‘riqlarini   amalga oshirmasa,   boshiga   ko‘p   kulfatlar   tushadi.   Xoqon   o‘ta   ishonuvchan   bo‘lmasligi,
boshqalarning gapini o‘ylab, mulohaza qilib amalga oshirishi lozim. Samimiy so‘z
bilan yolg‘onni farqlay olishi kerak. qattiqqo‘l xoqon o‘z xalqiga yomonlikni ravo
ko‘rmaydi.   Ishonuvchan   bo‘lsa,   yaxshi-yomonni   ajrata   olmasa,   fojiaga   yo‘l
ochiladi, mamlakatda tartibsizlik yuzaga keladi”.
Bilga   xoqon   tarqoq   xalqni   birlashtiradi,   oyoqqa   turg‘izdi,   yurtda   farovon
hayot   qaror   topadi.   U   xalq   farovonligini   ta’minlash   davlat   boshlig‘ining   burchi,
mamlakatning ozodligi, xalqning osoyishtaligi uning moddiy farovonligiga bog‘liq
deb biladi. Bitiklarda yurtboshining boylikka hirs qo‘yishi  xalqning nochor  hayot
kechirishiga  olib  keluvchi   sabab  ekanligi   qayg‘u  bilan ifodalanadi.  U o‘z xalqiga
shunday   murojaat   etadi:   “Men   yashadim,   turk   beklari,   turk   xalqim.   Bu
xoqoningdan, bu beklaringdan, eringdan, suvingdan ayrilmasang, turk xalqi, o‘zing
ezgulik ko‘rajaksan, betashvish bo‘lajaksan”.
Yuqoridagi   yozuvlardan   tashqari,   alplarning   jangovarligi   madh   etilgan
bitigtoshlar   ham   ko‘plab   topilganki,   bularda   alplarning   axloqi,   odobi   va   bilimi
ularning asosiy fazilati bo‘lganligi qayd etiladi.
Yuqoridagi   fikrlardan   ko‘rinib   turibdiki,   Urxun   -   Enisey   yozma
yodgorliklari   garchi   yo‘nalish   nuqtai   nazardan   ta’lim-tarbiya   masalalariga
bag‘ishlanmagan   bo‘lsa   ham,   ularda   bayon   etilgan   fikrlar   o‘sha   davrda   amal
qilingan   axloqiy   qoidalar   va   talablarning   mohiyatidan   birmuncha   xabardor
bo‘lishga   yordam   beradi.   Xususan,   hoqon   va   alplarning   harbiy   faoliyati,   turkiy
xalqlarning   turmush   tarzi,   ularga   xos   bo‘lgan   ma’naviy-axloqiy   xislatlar   -
vatanparvarlik,   mardlik,   jasorat,   samimiylik,   insonparvarlik,   ezgulik   kabi   insoniy
fazilatlar   jamiyatning   har   bir   a’zosining   axloqiy   qiyofasini   belgilovchi   muhim
mezonlar sifatida ma’rifiy qadriyatlarimiz tarixida muhim ahamiyatga ega bo‘lish
bilan birga bizga so‘z yuritilayotgan davr xususiyati hamda ijtimoiy munosabatlar
mazmunidan ogoh etadi. Bitiktoshlarda bayon etilgan qarashlar eng yuksak insoniy
fazilatlar   sifatida   e’tirof   etilgan   xislatlarni   zamonaviy   ta’lim-tarbiya   jarayonida
yosh   avlodda   hosil   qilish,   ularda   vatanparvarlik,   mardlik,   shijoat,   xalq   manfaati yo‘lida   kurashish   tuyg‘ularini   shakllantirishda   o‘ziga   xos   yo‘llanma,   yo‘riqnoma
bo‘lib xizmat qiladi.
“IRQ BITIGI” (“TA’BIRNOMA”)
Eng   qadimgi   ma’rifiy   yodgorliklardan   biri   sanalgan   “Irq   bitigi”
(“Ta’birnoma”)   ham   O’rxun-Enisey   yodgorliklari   sirasida   ta’lim-tarbiya   tarixida
o‘z   o‘rniga   ega.   Mazkur   qo‘lyozmani   XIX   asr   oxirida   A.Steyn   Sharqiy
Turkistonning Dinxuan degan joyidan topgan. Hozirgi kunga qadar “Irq bitigi” va
uning   mohiyati   xususida   batafsil,   to‘laqonli   ma’lumotlarga   ega   emasmiz.   Ayni
vaqtda   manba   N.Rahmonov   tomonidan   tuzilgan   “Qadimiy   hikmatlar”   kitobi   va
unda   keltirilgan   ma’lumotlardir.   Yodnoma   qog‘ozga   yozilgan   birdan   bir,   yagona
qadimiy   turkiy   yodgorlik   bo‘lib,   yuz   betdan   ortiq   sahifadan   iborat   kitob   tarzida
bizgacha   etib   kelgan.   Asar   Isig   Sangun   va   Ite   Chuq   ismli   moniy   jamoasining
a’zolari   bo‘lgan   ikki   bola   uchun   bitilgan.   Asar   boshidan   oxirigacha   nima   yaxshi-
yu, nima yomonligini bolalarga tushuntirish tarzida yozilgan. Asarda bayon etilgan
yaxshi   va   yomonlik   ta’rifi   negizida   axloqiy   talablar   o‘ziga   xos   shaklda   talqin
etiladi. Mazkur  asar  turkiy xalqlarning turmushi,  axloqiy munosabatlari  mazmuni
to‘g‘risida  ma’lumotlar  beradi. Ijtimoiy munosabatlar   mohiyati  asosan  qushlar   va
hayvonlar obrazi orqali ochib beriladi.
“Irq   bitigi”da   eng   qadimgi   ajdodlarimizning   mifologik   hamda   totemistik
qarashlari xalq og‘zaki ijodi namunalari tarzida o‘z aksini topgan. An’anaga ko‘ra,
har bir epizodda yaxshilik g‘oyalari targ‘ib etiladi.
  Voqealar   tush   va   uning   ta’birlari   tarzida   yoritiladi.   Ba’zi   tushlar
yaxshilikning, ba’zilari esa yomonlikning timsoli deya ta’bir qilinadi. Inson doimo
turmushi,   hayotining   yaxshi   kechishini   orzu   qilgan.   Ana   shunga   intilgan.   U   o‘z
orzulariga etishishiga ishongan, bu yo‘lda Tangri yordami vp madadiga tayangan.
“Irq bitigi”da bu holat juda ishonarli tarzda bayon etilgan. CHunonchi:
Men Osmon o‘g‘li kunduz va kechqurun
Oltin taxtda o‘ltirib.
SHodlanyapman,
Bilib qo‘ying: bu yaxshi”. “U ikki oy oldin
Odam o‘g‘lini uchratdi.
Odam qo‘rqdi,
Bilib qo‘ying: bu yaxshi”.
“Irq   bitigi”da   yozilishicha   samoviy   qahramonlar   inson   taqdirini   belgilaydi
hamda   unga   yordam   beradi.   Ushbu   fikrlar   quyidagi   misralarda   o‘zining   yorqin
ifodasini topgan:
“Yuqorida tuman yoyildi,
Pastda to‘zon to‘zidi, 
qush bolasi uchdi va yo‘ldan ozdi,
Kiyik bolasi yugurdi va yo‘ldan ozdi,
Odam bolasi yuraverib yo‘ldan ozdi.
Osmon shafoati tufayli uchinchi yilda yana
Hamma omon-eson va tugal ko‘rishdi.
Hamma suyunishdi va quvonishdi,
Bilib qo‘ying bu yaxshi”.
Yovuz   kuchlarning   timsoli   bo‘lgan   tuman   hamda   to‘zon   yordamida   to‘g‘ri
yo‘ldan   adashtirilgan,   sarson-sargardonlik,   xoru-zorlikka   mahkum   etilgan   jonli
mavjudotlar   -   qushlar,   kiyiklar   va   odam   bolalari   buyuklik   va   qudratning   timsoli
bo‘lgan   –   osmon,   uning   sharofati   tufayli   yana   bir-birlari   bilan   ko‘rishishga
muyassar   bo‘ldilar,   birga   hayot   kechira   boshladilar.   SHe’riy   misralarda   o‘z
ifodasini topgan mazkur g‘oyalardan Er yuzidagi mavjud hayot qushlar, hayvonlar
hamda   odamlardan   iborat   yagona   biologik   (hozirda   keng   qo‘llanilayotgan
ekologik)tizimni   tashkil   etishlari   to‘g‘risida   bolalar   (ayni   vaqtda   odamlar)ga
tushuncha berishga yo‘naltirilgan harakat mazmuni anglaniladi.
Inson   doimo   yaxshi   hayot   kechirishga   intilar   ekan,   bu   yo‘lda   u   juda   ko‘p
qiyinchiliklarga   duch   keladi.   Lekin   inson   qiyinchiliklarni   ilohiy   qudrat   -   Tangri
yordamida engib o‘tib, go‘zal hayotga etishishadi. Ana shu holat ham ta’birlarida
o‘z aksini topgan. Ammo   yaxshilik   bor   joyda   unga   yomonlik   ham   mavjud   bo‘ladi.   Ayrim
tushlarga   nisbatan   berilayotgan   ta’birlarda   yomon   hodisa-voqealar   negizida
yomonlikning yotishiga alohida urg‘u beriladi.
Xalq   og‘zaki   ijodi   namunalarida   yomonlik,   yovuzlik   timsoli   sifatida
qo‘llanilgan   ayrim   obrazlar   tush   ta’birlarini   belgilashda   salbiy   timsol   sifatida
baholanadilar. Xususan:
“Men olti boshli ilonman,
Oltin qorin -qulog‘imni
qilich bilan chopib,
Mening tanamni yo‘l chetiga,
Boshimni uyim yo‘liga qo‘yishdi, - deyishdi.
Bilib qo‘ying: bu-yomon”
Ammo   “Irq   bitigi”   (“Ta’birnoma”)   asari   mazmunida   optimizm   (kelajakka
ishonch)   ruhining   ustuvorligi   ko‘zga   tashlanadi.   Asarda   ilgari   surilayotgan
fikrlarda   yaxshilikning   yomonlik,   ezgulikning   yovuzlik   ustidan   erishilajak
g‘alabasi   borasidagi   qarashlarning   etakchi   o‘rin   egallaganligiga   guvoh   bo‘lamiz.
Xalq   doimo   o‘z   kelajagining   yaxshi   bo‘lishiga   ishongan,   yomonlik   ustidan
yaxshilik, ezgulikning g‘olib kelishiga bo‘lgan ishonch etakchi o‘rin tutgan:
“Tong ota boshladi,
So‘ng uning izidan er yorishdi.
So‘ng quyosh chiqdi
Hamma er yorug‘ bo‘ldi”,-deyishadi,
Bilib qo‘ying: bu-yaxshi.
Ko‘rinib   turibdiki,   “Irq   bitigi”   (“Ta’birnoma”)   asarining   mazmunida   ham
asosan inson va uning qayg‘usi, hasrati, dardi, quvonchi, shodligi yotadi. YAxshi
hayotga etishish yo‘lida olib borilgan kurash jarayonida yomonlik, yovuzlik mahv
etiladi, uning ustidan yaxshilik, ezgulik g‘olib keladi. YAxshi  xislatlarning egasi,
yaxshilik va ezgulikni qaror toptiruvchi mavjudot inson sanaladi. 
Xulosa   qilib   aytganda,   o‘zbek   xalqi   tomonidan   eng   qadimgi   davrlardan
eramizning   IX   asrigacha   qaror   toptirilgan   ma’rifiy   qarashlari   inson   shaxsining shakllanishida, uning kamolotini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Ularda
turkiy xalqlarning inson xulq-odobi va uni tarbiyalashga oid dastlabki tasavvurlari
ifodalangan.   Muayyan   turmush   tarzini   qaror   toptiruvchi   ijtimoiy   shart-sharoitga
ko‘ra   inson   axloqiga   nisbatan   qo‘yilayotgan   axloqiy   talablar   mohiyati   ham
o‘zgarib   borgan.   Biroq   har   qanday   zamon   va   makonda   ham   inson   ezgulikning
jaholat,   yaxshilikninng   yomonlik   va   ziyoning   zulmat   ustidan   g‘olib   kelishini
istagan va ana shu istagi insonning ma’naviy kamolotini belgilovchi asosiy mezon
bo‘lib, axloq-odobga oid qarashlar  mazmunida markaziy o‘rin egallagan.  Mazkur
holatni yuqorida so‘z yuritilgan eng qadimgi ma’rifiy meros namunalari misolida
ham yaqqol ko‘rishga muyassar bo‘ldik.
Xalq   og‘zaki   ijodi   namunalarida   jasurlik,   mardlik,   sadoqat,   insoniylik,
xushxulqlik xislatlariga ega bo‘lgan inson qiyofasi gavdalangan. Ibtidoiy turmush
tarzi   hamda   odamlar   o‘rtasidagi   munosabatlar   mazmuni   insonlarda   ana   shunday
sifatlarning   shakllanishini   taqozo   etgan.   Ikki   katta   kuch   -   yaxshilik   va   yomonlik
o‘rtasida   ayovsiz   kurash   borgan.   Mazkur   kurash   jarayonida   insonda   eng   yaxshi
xislatlar   shaklla   borgan.   Bilimlilik,   xushxulqlik,   muayyan   kasb   yoki   hunarga   ega
bo‘lish inson kamolotini belgilovchi asosiy ko‘rsatgichlar hisoblangan.
Sharq uyg`onish davri va unda ta’lim - tarbiyaning taraqqiy etishi.
Arab   xalifaligida   yuz   bergan   ijtimoiy-siyo   siy   o’zgarishlar   yagona   islom
dining   tarkib   topishi   madaniy,   ma’naviy   hayotga   ham   ta’sir   etdi.   Unda   katta
ko’tarinkilik   ruhini   paydo   qildi.   Arab   xalifaligida   IX   asrda   vujudga   kelgan
uyg’onish davri xalifalikning Bog’dod, Damashq va boshqa shaharlarida boshlanib
barcha   boshqa   halqlar   madaniy   hayotiga   tarqalgan   bu   esa   u   davlatning   ham
madaniy   rivojlanishiga   zamin   tayyorlagan.   Xalifalik   yemirilishi   natijasida   tashkil
topgan   mustaqil   davlatlardagi   madaniy   rivojlanish   xalifalik   davrdagi   madaniy
rivojlanishning davomi bo’ldi. 
Uyg`onish   davri   IX   asrdan   boshlab   XV   -   XVI   asrlargacha   ayrim   uzilishlar
bilan davom etdi. Xalifa   Xorun   ar-Rashid   (786-833)   va   uning   o`g`li   Ma’mun   davrida
Bog`dodda "Baytul  xikma" (Donishmandlik uyi)  tashkil  etildi. Bu ilm sohiblarini
to`plagan markazga aylandi.
X   asrdan   boshlab   Movaraunnahr   va   Xurosondagi   mustaqil   feodal   davlatlar   -
Tohiriylar,   Somoniylar,   Qoraxoniylar,   Faznaviylar,   saljuqiylar,   Xorazmshohlar
davlatlarining paydo bo`lishi ham madaniy hayotning rivojiga olib keldi.
Somoniylar davrida Rudakiy, Firdavsiy, al-Xorazmiy, al-Forobiy, Beruniy, Ibn
Sinolar yashab ijod etdi.
X asrning 2-yarmida tashkil topgan Qoraxoniylar davlatida ilm - fan rivojlanib,
turkiy   til   shakllanib   bordi.   Xos   Xojib,   Mahmud   Qoshg`ariylar   dunyoga   mashhur
asarlar yaratdilar.
XI asrda Xorazmshohlar davlati tashkil topib, ilm - fan yuksldi. Xorazm shohi
Ma’mun   o`z   saroyiga   yirik   olimlarni   yig`di.   U   tashkil   etgan   Baytul   hikmada
qomusiy olimlar Beruniy, Ibn Sino, tarixchi Miskavayx, riyozatchi Irok kabilar ilm
bilan shug`ullangan.
Saljuqiylarda   Alp   Arslon   Muhammad   hokimiyati   boshqargan   davrda   uning
vaziri  Nizom  ul  Mulk mashhur  ma’rifatparvar  sifatida  dovrug`  qozondi. U davlat
boshqaruviga   oid   "Siyosatnoma"   asarini   yozadi   (1091-1092).   1067   yilda
Bog`dodda "Nizomiya" madrasasini  qurdiradi. 1074 yil  O`rta Sharq mamlakatlari
uchun kalendar taqvim yaratdi.
Sharq uyg`onish davrida ilm - fan rivojlanishi 3 yo`nalishda bo`ldi: Matematika	tibbiyot	yo`nalishi	(Xorazmiy, 	Farg`oniy	, 	
Ibn	Sino, 	Jurjoniylar	asarlar	yaratganlar	).	
Ijtimoiy	-falsafiy	yo`nalish	, bunga	falsafa	, tarix	, mantiq	, 	
ruhshunoslik	, notiqlik	fanlari	kirgan	(Forobiy	, Ibn	Sino, 	
Narshaxiy	).	
Ta	’limiy	-axloqiy	yo`nalish	. Bunda	adib	va	
tarbiyashunos	olimlar	ta	’limiy	-didaktik	asarlari	misol	
bo`ladi	.	
Sharq	uyg`onish	davrida	ilm	-fan 	rivojlanishi	
3 	yo`nalishda	bo`ldi	:3-7.chizma
Farg`oniy, Xorazmiy, Forobiy, Beruniy, Ibn Sinolarning umumpedagogik
g`oyalari.   Sharq   uyg`onish   davrining   mashhur   allomalaridan   biri   Ahmad   al-
Farg`oniy   bo`lib   (IX   asr),   u   Bog`doddagi   Baytul   Xikmada   mudarrislik   qildi,
riyozat,   falakkiyot,   geografiyaga   oid   asarlar   yaratdi.   Uning   mashhur   "Samoviy
harakatlar   va   yulduzlar   fanining   majmuasi   haqida   kitob"i   arab   tilida   yozilgan
dastlabki   falakkiyotga   oid   asar   bo`lgan,   yana   "Astrolyabiy   haqida   mukammal
kitob",   "Oy   yer   ustida   yoki   uning   ostida   bo`lgan   paytlardagi   vaqtlarni   o`rganish
haqida", "Yetti 
iqlim hisoboti" kabi asarlar yaratgan.
Buyuk   olim,   aljabr   fanining   otasi   Abu   Abdulloh   Muhammad   al-Xorazmiy
(783-650) Xorazmning Zamaxshar shahrida tug`ilgan. U "Al-jabr la al mukobala"
(Tenglamalar   va   qarshilantirish), "Xisob   al kind" (Hind hisobi), "Kitob surat al-
arz"   (Yer   surati   haqida   kitob),   "Kitob   at-tarix",   "Ustrurolob   yulduzlarining
harakatini kuzatish" nomli asarlar yaratgan.
Xorazmiy   "Al-jabr   va   al   muqobala"   asari   bilan  matematika   faniga   asos   soldi.
Yana "falakkiyot jadvallari", "Quyosh soatlari to`g`risida" risolalar ham yozgan. U
hind   hisoblari,   ularning   ishlatilishi,   sonlarni   ko`paytirish,   bo`lish,   qo`shish   va
ayirishni oson yo`llarini ko`rsatdi. Olimning   arifmetikasi   matematika   va   sanoq   tartibi   tarixida   yangi   bir   davr
ochdi.
Abu   Nosr   Forobiy   (879-950)   mashhur   faylasuf   va   allomadir.   Uning   falsafa,
mantiq, psixologiya, musiqa, matematika va boshqalarga oid 160 dan ortiq asarlari
ma’lum. U "Al-muallim as-saniy" (ikkinchi muallim", "Sharq Arastusi" nomlariga
sazovor   bo`lgan.   Uning   axloq,   tarbiya,   sha’riyatga   oid   asarlari   ham   bor.
"Kattalarning aqli haqida", "Ilmning kelib chiqishi va tasnifi", "She’r va qofiyalar
haqida",   "Baxt   saodatga   erishuv   yo`llari   haqida",   "Fazilatli   xulqlar"   kabi   asarlari
mavjud.
Forobiy o`z falsafiy qarashlarida insonga bilim va tarbiya berishni asoslagan. U
kishilarni   guruhlarga   bo`lgan   va   bunda   ularning   diniy   mazxabga   emas,   balki
avvalo,   akliy   iqtidoriga,   ilm   o`rganish   va   hayotiy   tajriba   to`plash   jarayonida
orttirgan bilim va ko`nikmalariga ahamiyat beradi.
Olimning   falsafada   insonparvarlik   g`oyalari   alohida   o`rin   olgan,   har   qanday
zulm va urushlarni qoralagan. Forobiy muallimlik qilgan. U o`qitishning mazmuni
va qonun - qoidalarini amaliy faoliyatida sinab ko`rgan. U fanlarni tasnifini beradi.
Forobiyning   axloqiy   qarashlari   ham   g`oyat   qimmatlidir.   U   "Fozil   shahar
aholisining   axloqiy   qarashlari",   "Ruh   madaniyati   haqida   risola"   asarlarida   inson
barkamol   bo`lishi   uchun   avvalo   axloqli   bo`lishi   zarurligini   ta’kidlaydi.   Forobiy
axloqni   2   guruhga:   ezgulik   va   yomon   sifatlarga   ajratadi.   Insonning   eng   olijanob
fazilati   baxtga   intilishdir.   Haqiqiy   baxtga   erishish   kishilardan   yuksak   axloqiy
munosabatni, hamkorlik, o`zaro yordam va ahil yashashni talab qiladi.
Farobiy   ta’lim-tarbiyaga   bag’ishlangan   asarlarida   ta’lim-tarbiyaning
muhimligi,   unda   nimalarga   e’tibor   berish   zarurligi   ta’lim-tarbiya   usullari   va
uslublari   haqida   fikr   yuritadi.   «Fozil   odamlar   shaxri»,   «Baxt   saodatga   erishuv
to’g’risida", "Ixso-al-ulum", "Ilmlarning kelib chiqishi", Aql ma’nolari to’g’risda"
kabi asarlarida ijtimoiy tarbiyaviy qarashlari o’z  ifodasini topgan. 
Farobiy "Baxt saodatga erishuv to’g’risida" asarida bilimlarni o’rganish tartibi
haqida   fikr   bayon   etgan.   Uning   ta’kidlashicha,   avval   bilish   zarur   bo’lgan   ilm
o’rganiladi, bu-olam asoslari haqida ilmdir. Uni o’rgangach, tabiiy ilmlarni, tabiiy jismlar   tuzilishini,   shaklini,   osmon   haqidagi   bilimlarni   o’rganish   lozim.   Undan
so’ng, umuman, jonli tabiat-o’simlik va hayvonlar haqidagi ilm o’rganiladi, deydi.
Farobiy   inson   kamolotga   yolg’iz   o’zi   erisha   olmaydi.   U   boshqalar   bilan
aloqada bo’lish, ularning ko’maklashuvi yoki munosabatlariga muhtoj bo’ladi, deb
hisoblaydi. 
Farobiy       ta’lim-tarbiyaning       asosiy       vazifasi   "   jamiyat   talablariga   javob
berishra   oladigan   va   shu   jamiyat   uchun   xizmat   qiladigan   yetuk   insonni
tarbiyalashdan iborat deb biladi.
Farobiy     ta’lim       va     tarbiyaga       birinchi       marta     ta’rif       berishrgan     olim
sanaladi.   Ta’lim-degan   so’z   insonga   o’qitish,   tushuntirish   asosida   nazariy.   Bilim
berish;   Tarbiya-nazariy   fazilatni,   ma’lum   hunarni   egallash   uchun   zarur   bo’lgan
xulq normalarini va amaliy malakalarini o’rgatishdir, deydi olim. 
Abu   Nasr   Farobiy   yana   aytadi:   «Ta’lim-degan   so’z   halqlar   va   shaharliklar
o’rtasida   nazariy   fazilatni   birlashtirish,   tarbiya   esa   shu   halqlar   o’rtasidagi   tug’ma
fazilat va amaliy kasb xunar fazilatlarini birlashtirish degan so’zdir». 
Ta’lim   faqat   so’z   va   o’rgatish   bilangina   bo’ladi.   Tarbiya   esa,   amaliy   ish
tajriba   bilan,   ya’ni   shu   halq,   shu   millatning   amaliy   malakalardan   iborat   bo’lgan
ish-harakat, kasb-xunarga berilgan bo’lishi, o’rganishdir", -deydi. 
Farobiy   ta’lim-tarbiyada   rag’batlantirish,   odatlantirish,   majbur   etish
metodlarini ilgari so’rgan. Har ikkala usul ham  pirovardida insonni har tomonlama
kamolga yetkazish maqsadini ko’zlaydi.
Xulosa qilib aytganda Forobiy pedagogik ta’limotining asosida komil topgan
insonni,   shakllantirish   insonning   o’z   mohiyati   bilan   ijtimoiyligi,   ya’ni   faqat
jamiyatda,   o’zaro   munosabatlar   jarayonida   komillika   erishadi,   degan   falsafiy
qarashi yotadi.
Qomusiy olim   Abu Rayxon Muhammad ibn Axmad al-Beruniy   X asrning
ikkinchi yarmi va XI asrning boshlarida,   g’oyat murakkab tarixiy davrda yashadi
va ijod etdi. Abu Rayxon Beruniy 362 yil 3 zulxijjada (milodiy 973 yil 4 sentyabr)
Xorazmning   Qiyot   shahrida   dunyoga   keldi.   Berun   -   birun   so’zi   "tashqari",
shahardan tashqarida degan ma’noni anglatadi. Beruniy   xali   juda   yosh   olim   bo’lishiga   qaramay,   Qiyot   shaxrida   994-995
yillarda   astronomik   kuzatishlar   o’tkazgan.   Bu   kuzatishlar   uchun   o’zi   astronomik
asboblar ixtiro etgan. O’sha davrda Xorazmda va Kaspiy oldi viloyatlarida Qobus
ibn   --Vushmagir   yosh   olimga   xayrihohlik   ko’rsatadi.   SHams   al   Maoli"   ("Oli
martabalar   quyoshi")   laqabi   bilan   mashhur   bo’lgan   bu   podshohga   bag’ishlab
Beruniy  "qadimgi   halqlardan  qolgan  yodgorliklar"  asarini  yozadi   va  unga  taqdim
etadi. Bu asar Beruniy nomini YAqin va O’rta SHarqqa mashhur qildi.1004 yilda
Beruniy  Ma’mun   II   ibn  Ma’mun   tomonidan  Xorazmga   chaqirib  olinadi   va   uning
yaqin   maslahatchisi   bo’lib     qoladi   .   Ma’mun   davrida   Urganchda   "Ma’mun
akademiyasi" nomli ilmiy markaz tashkil etiladi va u yerda musulmon sharqining
yirik olimlari faoliyat ko’rsatadi.
Beruniy   bir   necha   yil   noyob   metallar   va   qimmatbaho   toshlar   ustida
kuzatishlar   va   tajribalar   olib   boradi   va   keyinchalik   ana   shu   tadqiqotlar   asosida
"Mineralogiya" asasarini  yaratadi. Beruniyning yana bir muhim asari munajjimlik
san’atidan   boshlang’ich   tushunchalardir.   Bu   asarda   ham   u   bir   necha   fanlar
yuzasidan dastlabki tushuncha, ma’lumotlar berishrgan.
Ma’lumki,   Maxmud   G’aznaviy   Xindistonga   qarshi   bosqinchilik   yurishlarini
olib   borgan.   Ana   yurishlarning   birida   Beruniy     ham   G’aznaviyga   hamrox   bo’lib
bordi.   U   sanskrit   (eski   xind   tilini)   bilganligi   xind   halqi   madaniyati,   adabiyoti   va
san’ati   bilan         yaqindan   tanishish   imkoniyatiga   ega   bo’ldi   va   bu   mehnatlari
natijasida   1030   yilda   o’zining   SHarq   va   G’arbda   keng   e’tirof     qilingan   mashhur
"Xindiston"  asarini   yaratadi.  Kitobning to’liq nomi   "Kitobu fi  taxkiki   molil   Xind
ma’kulatin   makbo’latin   fil   Aqli   av   marzulatin",   ya’ni   "Xindlarning   sig’adigan
sig’maydigan   ta’limot   asarini   aniqlash   kitobi"   bo’lib,   o’qishga   qulay   bo’lishligi
uchun   qisqacha   "Taxkiku   mo-mil   Xind"-(“Xindistonga   oid   tadkiqotlar"   yoki
"Xindiston") deb yuritiladi.
Beruniy   astranomiyaga   oid   "Al   -   qonun   al   -   Mas’udy"   ("Mas’ud   qonuni”)
nomli   yirik   asarni   shox   Mas’udga   bag’ishlaydi.   Beruniy   yana   "qimmatbaho
toshlarni   bilib   olish   bo’yicha   ma’lumotlar   to’plami"   ("Mineralogiya"),   "Dorivor
o’simliklar haqida kitob” asarlarini ham yozdi. "Mineralogiya" sharqdagina emas, yevropada ham qimmatbaho  toshlarni   ishlash usullarini va ular bilan savdo qilish
qonunlarni   o’rganish.   yer   osti   boyliklarini   tekshirish   haqida   ma’lumot   bersa,
"Saidona"   nomi   bilan   mashhur   bo’lgan   keyingi   asarda   SHarqdagi   dorivor
o’simliklarning   tavsifi   bayon   qilingan.   Mutafakir     ilgari   --surgan   ahloqiy
hislatlardan   yana   biri   adolatdir.   U   jamiyatda   adolat   o’rnatish   ,uni   yovuzliklardan
xalos etish uchun dono, adolatli  xukmdor   bo’lish kerak deydi. Beruniy     insonni
kamolotga       yetkazuvchi       hislatlardan       yana   biri   olijanoblik   deb   ko’rsatadi.
Olijanoblikning   mazmuni   yaxshilik   tashkil   etadi.   Bunda   olim   inson   sifatida
muamola qilishni nazarida tutadi.
Eng   muhim   mutafakir   inson   kamolotida   mehnat   va   mehnat   tarbiyasi   haqida
muhim   fikrlarni   bayon   etadi.   Beruniy   inson   kamolotida     uch   narsa   muhimligini
ta’kidlaydi. Bu hozirgi davr pedagogikasi e’tirof qiluvchi irsiyat, muhim tarbiyadir.
Beruniy   inson   har   tomonlama   kamolotga   yetish   uchun   u   ilmiy   bilishi   bilan   birga
mehnatsevar   va   xunar   egasi   bo’lish   kerak   deydi.   Zero,   uning   o’zi   ham   xaqikiy
komil   insonga   xos   hislatlarga   ega   ekanligini,   hayoti   va   ijodiy   faoliyati,   yozgan
asarlari bilan isbotlab, kelajak avlodlarga katta ma’naviy meros qoldirdi.
SHarqda   "SHayx   ar   -   Rais"   nomi   bilan   mashhur   bo’lgan   allomalardan   biri
o’rta   asr   buyuk   mutafakkiri   Abu   Ali   ibn   Sinodir .   Ibn   Sino   ham   boshqa
zamondosh   Qomusiy   olimlar   qatori   matematika,   astronomiya,   fizika,   «kimyo,
biologiya,   tibbiyot,   dorishunoslik,   ruhshunoslik   ,fiziologiya,   falsafa,   filologiya,
ta’lim-tarbiya   sohalarida   ijod   etgan   va   dunyoga   mashhyp   yirik   asarlar   meros
qoldirgan olim.
Abu   Ali   Ibn   Sino   980   yilda   Buxoro   yaqinidagi   Afshona   qishlog’ida   kichik
amaldor   oilasida   dunyoga   keladi.   Keyinroq   uning   oilasi   Buxoroga   ko’chib
o’tgach,       u       boshlang’ich       maktabda       o’qiy       boshlaydi.       Undagi   tug’ma
qobiliyat,   o’tkir   zehn,   kuchli   xotira   o’zaro   birikib   ketgan   edi.   Ibn   Sinoning   otasi
Abdullox xamda uning do’stlari bilimdon kishilar bo’lib, ularning ilmiy munozara
o’tadigan oilaviy muhim  yosh Ibn Sinoga ham  ta’sir  etadi. Shu bilan birga uning
bolalik   va  usmirlik  yillari   o’tgan  Buxoro   shaxri  Somoniylar davrining yirik
madaniy markazi hisoblanar edi. Buxoroda ko’plab Madrasa,       kasalxona       nodir kitoblar         saqlanadigan         kutubxona       bo’lgan.   Jahonning         turli
mamlakatlaridan             kelgan             olimlarning   munozaralarida       yosh       Ibn       Sino
ham         qatnashib,         turli       fanlarga   bilimlarini   chuqurlashtirib   borgan.   U
ustozlaridan hind hisobi, fiqxdan   bilim olgan.   Keyin esa  faylasuf Abu Abdullox
Notiliydan   falsafa   mantik,   xandasa   va   boshqa   fanlardan   ta’lim   oladi.   Shundan
so’ng Ibn Sino   o’zi  mustaqil  holda  barcha fanlar  bilan  shug’ullana  boshlaydi.  U
Ayniqsa   tip   ilmini   chuqur   egallab   oladi,   bu   sohada   unga   ta’lim   berishgan   kishi
buxorolik   Abu     Mansur       Kamariy       bo’ldi.       Ibn       Sino       so’ngra       falsafani
o’rganishga   kirishadi.   Ayniqsa,   Arestotel   falsafasini,   uning   “Metafizika"   asari
mohiyatini   buyuk   mutafakkir   Abu   Nars   Forobiyning   yozgan   sharxi   tufayli   to’liq
o’zlashtirib oladi.
X   asr   oxiri   -   XI   asr   boshlariga   kelib,   o’lkada   siyosiy-ijtimoiy   vaziyat
murakkablashadi.   SHu   tufayli   Ibn   Sino   Xorazmga   -   Urganchga   ko’chib   o’tadi.
Xorazmda   u   bir   qator   olimlar   bilan   hamkorlikda   Abu   Rayxon   Beruniy
boshqarayotgan   "Ma’mun   akademiyasida"   ilmiy   ish   bilan   shug’ullana   boshlaydi.
Xorazmda o’zining yirik asari  - "Tib qonunlari" , "Ash-SHifo kitoblari ustida ish
olib boradi.
Ma’lumki,       Ibn   Sino   ham   boshqa   mutafakkirlar   kabi   o’zining   ta’lim-
tarbiyaga   oid   qarashlarini   ijtimoiy-falsafiy   qarashlari   bilan   bog’liq   holda
ifodalagan,   maxsus   risolalarda   talkin   etgan.   SHuningdek,   fanlarni   tasnif   etadi.
Bunda       u       birinchi       o’ringa       tibbiyot       fanlarini       qo’yadi.   Falsafani   esa   ikki
guruhga   ,   ya’ni   nazariy   va   amaliy   guruhlarga   bo’ladi.   Nazariy   guruh   kishilarni
o’zidan   tashqaridagi   borlik   holati   haqidagi   bilimlarni       egallashga       yo’llasa,
amaliy   qism   bizga   bu   duneda  nima qilishimiz kerakligini o’rgatadi deydi.
U   birinchi   o’ringa   etika,   iqtisod,   siyosatni   kiritadi.   Ikkinchi   guruhga   fizika,
matematika,  metafizika, dune qonuniyatlarini o’rganuvchi barcha fanlarni kiritadi.
  Abu   Ali   Ibn   Sino   kamolotga   erishishning   birinchi   mezoni   sanalgan
ma’rifatni   egallashga   dav’at   etadi.   CHunki   ilm-fan   insonga   xizmat   qilib,   tabiat
qonuniyatlarini   ochib   avlodlarga   yetkazishi   kerak.   Bu   maqsadga   yetishish   uchun
inson   kiyinchiliklardan   qo’rqmasligi   zarur,   deydi.   "Ey   birodarlar!   “Odamlarning botiri   mushkulotdan   qo’rqmaydi.   Kamolot   hosil   qilishdan   bosh   tortgan   kishi
odamlarning eng qo’rqog’idir".
Talabaga   bilim   berish   o’qituvchining   mas’uliyatli   burchidir.   Shunga     ko’ra
Ibn Sino o’qituvchining qanday bo’lishi kerakligi haqida fikr yuritar ekan, shunday
yo’l-yuriklar beradi. Bular quyidagilardan iborat:
- bolalar bilan muomalada bosik, jiddiy bo’lish;
-  berilayotgan bilimning talabalar  qanday o’zlashtirib olayotganiga e’tibor berishi.
- ta’limda turli metod va shakllardan foydalanish;
-   talabaning   xotirasi,    bilimlarni   egallash   qobiliyati,    shaxsiy xususiyatlarini
bilishi;
- fanga qiziqtira olishi;
- berilayotgan bilimlarning eng muhimini ajratib bera olishi;
-   bilimlarni   talabalarga   tushunarli,   uning   yoshi,   aqliy   darajasiga   mos   ravishda
berishi;
- Har bir so’zning bolalar hissiyotini uyg’otish darajasida bo’lishiga erishish zarur,
deydi olim.  
Ibn   Sinoning   tarbiyaviy   qarashlarida   oila   va   oilaviy   tarbiya   masalalariga
keng   o’rin   berilgan.   CHunki   inson   avvalo   oilada   kamolotga   yetadi.   Olim   oilada
ota-onaning   vazifasi   va   burchiga   katta   e’tibor   beradi.   Oila   munosabatlariga
to’xtalar   ekan,   ayniqsa   ota-onalarning   oilada   mehnat   sevarligi   bilan   farzandlarini
ham   kasb   va   xunarga   o’rgatishi   borasida   muhim   fikrlar   bayon   etadi.   Insonning
xulqi   va   ruhiga   mehnatning   ijobiy   ta’sirini   ta’kidlash   bilan   bir   qatorda   turli   kasb
egalari xunarmand, dexqonlar mehnatini ulug’laydi va qimorboz, sudxo’r kabilarni
qoralaydi. U mehnatsiz hayot kechirish insonga ham ruhiy tomondan salbiy ta’sir
etishini to’g’ri talqin etadi.
Ibn   Sinoning   ta’lim-tarbiyaviy   qarashlarida   insonning   ham   aqliy,   ham
ahloqiy-estetik   hamda   jismoniy   tomondan   rivojlanishi   uning   kamolga   yetishining
asosiy mezoni sifatida talqin etiladi.
Tarbiya   tizimiga   jismoniy   tarbiyaning   kiritilishi   esa   Ibn   Sinoning   tarbiya
sohasidagi katta xizmatlaridan bo’lib hisoblanadi.  Ibn   Sino   inson   kamolotida   aqliy,   ahloqiy,   jisomoniy   tarbiyaning   o’zaro
aloqada   amalga   oshirishning   ilmiy   ta’limotini,   usullarini   yaratib,   ta’lim-tarbiya
sohasida o’z o’rniga ega bo’ldi.
Olimning buyuk xizmatlaridan biri shundaki u insonning mehnati, qobiliyati,
aql-zakovatini   ulug’laydi,   undagi   qudratga   ishonadi,   inson   tafakkurining   tantana
qilishi kerakligini tinmay targ’ib qildi.
Ibn   Sinoning   inson   kamolotida   ta’lim-tarbiyaning   ahamiyatiga   oid
qarashlarini ijtimoiy-falsafiy fikrlar tarkibidagina emas, balki mustaqil risolalarida
ahloqiy   masalalarni   chuqur   ilmiy-amaliy   jihatdan   ifodalagan   ,   ilm-fan   sohasida
tarbiyashunos   olim   sifatida   ham   tadkik   etish,   o’rganish   navbatdagi   vazifalardan
hisoblanadi.
Xalqimizning   ta’lim   -   tarbiyaga   oid   qarashlari   ulug`   olim,   mutafakkir
Mahmud   Qoshg`ariy   (XI   asr)ning   "Devonu   lug`atit   turk"   asarida   keng   bayon
etilgan.
Asar   1076-1077   yillarda   yozilgan   va   yoshlarga   nasihatlar   tarzida   tuzilgan
she’riy   parchalardan   iboratdir.   Devondagi   qo`shiqlarda   tabiat,   ov   va   jang
manzaralari, sevgi - muhabbat va ugit - nasihatlar uz ifodasini topgan.
She’rlarda   ilm   olishning   qadri,   bilimli   kishilarni   hurmat   qilish,
mehmondo`stlik,   xushxulqlik,   mardlik   va   jasurlikni   targ`ib   qiluvchi,   baxil,
ochko`z,   do`stga   va   xalqiga   xiyonat   kabi   salbiy   tomonlarni   qoralaydigan   she’rlar
ko`p uchraydi.
Pand - nasihatlarda asosiy o`rin ilm olishga undashga, uning foydasini targ`ib
etishga qaratilgan. Ko`plab tarbiyaviy xarakterdagi maqollar ham berilgan.
          Kaykovus    412   xijriy yilda (milod     1021-1022)   tug’ilgan.   Uning avlodlari
g’ilon         qabilasidan       bo’lib,         Tabaristonda       (hozirgi       Kaspiy   dengizining
janubidagi xudud) yashaganlar.
Ammo biz Kaykovus haqida batafsil ma’lumotlarga ega emasmiz. Kaykovus
o’z   hayoti   davomida   ko’rgan-bilganlari   asosida   o’zining   buyuk   "Qobusnoma"
asasarini   yaratdi.   Kitobni   u   o’g’li   G’ilonshoxga   bag’ishlagan.   Bu   paytda
Kaykovus   taxminan   oltmish   yoshlarda   edi. "Qobusnoma"   SHarqda, xususan Eronning   o’zida   ham   saqlanib   kelayotgan   an’anaga   ko’ra   pand-nasixat   tarzida
yozilgan   bo’lib,   mana   bir   necha   asrlardan   beri   halqlarni,   jumladan   yoshlarni
hayotga,   amaliy   faoliyatga   tayyorlashda,   ularni   har   tomonlama   yetuk   inson   qilib
tarbiyalashda muhim qo’llanma bo’lib kelmokda.
"Qobusnoma"   murakkab   yo’lni   bosib   o’tdi.   SHo’ro   mafkurasi   davrida
[asarning.   insonni   aqliy,   ahloqiy   tarbiyalashdagi   ahamiyati   xokim   sinf   axlokini
targ’ib   qilish   deb   baholandi.   Kaykovusning   Vatan   haqidagi,   kasb-xunarni
ulug’lovchi,   bilimlarni   egallash   haqidagi   fikrlari,   diniy   qarashlari   siyosiy   nuktai
nazaridan koralanadi. Asarning qimmati faqat uning adabiy-badiy, til xususiyati va
tarixiy   jihatlarida   deb   ta’kidlanadi."Qobusnoma ”
  asariga   davr   va   shart-sharoitlar,
siyosiy   qarashlar   ta’sirida   qay   darajada   soya   tashlanmasin,   bu   asar   mashhur   xind
asari   "Kalila   va   Dimna",   Nizom   ul-Mulkning   "Siyosatnoma ”
,   Nosir   Hisravning
"Saodatnoma ”
,   YUsuf   Xos   Xojibning   "Qutadg’u   bilig",   Maxmud   Qoshg’ariyning
"Devonu   lugatit   turk"   ,   "Sa’diyning   "Guliston",   Axmad   YUgnakiyning   "Xibatul
xaqoyik",   Alisher   Navoyining   "Maxbub   ul-kulub",   Voiz   Koshifiyning   "Ahloqiy
muxsiniy",   Davoniyning   "Ahloqi   Jaloli"   kabi   ahloqiy-ta’limiy   asarlari   bilan   bir
katorda   SHarq   pedagogik   fikr   taraqqiyotida   inson   kamolotini   shakllantirishda
muhim o’rinni egallaydi.
SHuningdek,   mazkur   bobda   Kaykovus   aql   haqida   ham   fikr   bildirib   inson
qobiliyatining  bir   xil  emasligini,     inson  aqlining tug’ma,  azaliy  aql   (tabiy  aql)   va
kasbiy aql,       ya’ni muktasib (o’rganilgan aql  kabilariga bo’linishini  bayon etadi.
Kasbiy aqlni donish derlar, deydi.
Kaykovusning   o’zi   ta’kidlaganidek,   butun   bir   asar   ana   shu   oxirgi   bobida
ta’rif   bergan   juvonmardlar   tarbiyasiga   bag’ishlangan.   Kaykovus   unda   "...   barcha
fikr va tushunchalarimni  sening uchun kitobga yozdim va har bir  ilm, ham  xunar
va har  peshakim  bilur  edim, hammasini  qirk to’rt  bobda etdim", deyish  bilan  har
bir   yoshning   aqliy,   ahloqiy,   jismoniy   tarbiyasiga   oid   turmush   tajribasi   bilan
bog’lagan   holda   kamolga   yetkazish   yo’llar   usullarini   bayon   etgan.   Kitobda
juvonmardlar   egallashi   zarur   bu,   quyidagi   yunalishlarda   ta’lim-tarbiya   berishrish
nazarda tutilgan: 1. Kaykovus bilim olish haqida.
2. Xunar va turli kasb egalari haqida.
3. Turmush va xulq-odob qoidalari haqida.
4. Jismoniy yetuklik haqida.
Kaykovus "Qobusnoma" asarida jismoniy tarbiyaga ham katta e’tibor zgan.
Zero, Kaykovusning      "Qobusnoma"   asari   XI   asrda   yuzaga   kelgan   yirik
tarbiyaviy   asardir.   Bunda   o’sha   davrga   xos   har   bir   yosh   egallashi   zarur   bo’lgan
aqliy,   ahloqiy,   jismoniy   tarbiya   bilan   bog’liq   faoliyat   turlari:     otda   yurish,
merganlik, suvda so’zish,   harbiy mashqlar san’ati, ifodali o’qish, hatotlik san’ati,
she’r   yoza   olish,   musiqiy   bilimga   ega   bo’lish,   shatranj   va   nard   uyinini   bilish
kabilar ham o’z ifodasini topgan.
Kaykovusning katta xizmati shundaki, u yoshlarni hayotga tayyorlashda xar
tomonlama   kamolga   yetkazishning   nazariy   masalalarini   amaliy   faoliyatga   tatbiqi
nuktai nazaridan ifodalashi bilan hamma zamonlarda, xar qanday tuzumda ham o’z
qimmatini yuqotmadi va amaliy hayot dasturi sifatida o’z o’rniga ega bo’ldi.
Yusuf Xos Xojib Bolasogunda tug’ilgan, o’z asarini yoshi ellikdan o’tganda
yozgan.   Asarning   xijriy   462   (1069   -   1070)   yozib   tugallanganligi,   uni   o’n   sakkiz
oyda,   ya’ni   461   yilning   birinchi   yarmida   boshlab   ,   462   yilning     o’rtalarida
tugatganligi, agar bu davrda Yusuf Xos Xojib 50 yoshlar atrofida bo’lsa, 410 (1019
milodiy)   yillarda   tug’ilganligi   taxmin   etiladi.   Yusuf   Xos   Xojibning   "Qutadg’u
bilig"   asari   6500   baytdan   yoki   13000   misradan   iborat.   Buyuk   mutafakkir   asarni
yozib   tugatgach,   koraxoniylar   xukmdori   Tavgachxon   (kitobda   Tavgoch   Ulug
Bugra Koraxon (Xoqon), Abo Ali Xasan binni Sulaymon Arslon Koraxon (xokon)
nomlari bilan zikr etilgan  huzuriga kelib, unga taqdim etadi. Kitob xonga manzur
bo’lib, uning muallifiga Xos Xojiblik unvonini beradi. "Qutadg’u bilig" asari  katta
shuhrat   qozonadi.   Shuning   uchun   ham   "Qutadg’u   bilig"   ni   chinliklar   (Xitoy)
"Adab   ul   -   muluk"       ("Xukmdorlar   odobi"),   mochinliklar       (Sharqiy   Turkiston)
"Anis ul-malolik" ("Mamlakattaning tartib usuli"), eronliklar.; "Shoxnomai turkiy",
Sharq   elida   "Ziynat   ul-umaro",   ("Amirlar   ziynati"),;   turonliklar                   "Qutadg’u
bilig"       ba’zilar       esa       "Pandnomai       muluk" ("Xukmdorlar       nasixatnomasi") deb       atagani        kitob               mukaddimasiga kiritiriladi. Mazkur asarning shuxrat
topishi bejiz emas edi. Chunki Yusuf; Xos Xojib o’z davrining yetuk mutafakkiri,
chuqur bilimli, donishmand  kishisi edi. Buni asarning mundarijasi va mazmunidan
ham   bilsak   bo’ladi.   U   o’z   asarida   tibbiyot,   falakiyot,   tarix,   tibbiyot,   geografiya,
riyoziyot,   xandasa,   falsafa,   adabiyot,   ta’lim-tarbiya,   fikxga   oid   fikralarni   bayon
etib, faylasuf va Qomusiy olim sifatida o’zini nomoyon etdi. Chunonchi u barcha
ijtimoiy   tabaqalar   o’rtasidagi   muomala,   munosabatlarni   yoritish   Bilan
diplomatiyaga oid qoidalar tizimini yaratdi, turli kasb egalarining kasb-koriga oid
talablar   va   jamiyatning   ahloqiy   tamoyillarini   tarannum   etish   bilan   ta’lim-tarbiya
sohasida o’ziga xos uslubni yaratdi.
"Qutadg’u     bilig"     -       baxt     va     saodatga     eltuvchi     bilim,     ta’lim     Dega
ma’noni       bildiradi.       Demak,       asar       nomidan       ham       uning       pand-nasixatlar,
ta’lim-tarbiyaga oid, Har tomonlama komil insonni tarbiyalaydigan yetuk didaktik
asar ekanligi yakqol ko’rinib turibdi.
Bizning   zamonamizda   ham   "Qutadg`u   bilig"   bir   qator   o`zbek   olimlari
tomonidan tadqiq va tahlil qilingan 1
.
3-8.chizma
1
 Қўзиев И. Юсуф хос Хожибнинг "Қутадғу билиг” асарида таълим ва ахлоқ муаммоиари. “Халқ 
таълими”, 2007 йил, 3-сон, 111- бетлар Birinchi   bo'lib     pro-
fessor   Fitrat
tomonidan «Qutadg'u bilig» ni nashrga
tayyorlagan va tadqiq-tahlil
etgan olimlar Qayum
Karimov
1924 
Namangan 
nusxssidan Asarning bola -
larbop variant i To`la nashri-15 yil  
davomida 
tayyorlangan
B.To`xliyev 
tomonidan 
yaratilgan Mutalboyev 
S.M Mallayev 
N.M
Asarni tahlil 
qilganlarYusuf Xos Hojibning didaktikasi Q.Karimov va 
Y.Jumaboyevlarning tomonidan har tomonlama tadqiq 
etilgan.  Qutadg’u             bilig"ning             tadqiqotchilaridan               biri             B.To’xliyev
ta’kidlaganidek, YUsuf Xos Xojib "Komil inson haqida gapirar ekan, kamolotning
kator   belgilarini   ko’rsatib   o’tadi.     Ularning   eng   asosiysi   aloxida   shaxsning   o’z
manfaatlari,   shaxsiy   istaklari   doirasini   yorib   chikib,   Boshkalar   g’ami   bilan
yashashi,  ko’pchilik manfaati  uchun fidoyi bo’la bilishdir".Hozirgacha "Qutadg’u
bilig" ning Xirot, Koxira, Namangan nusxalari  ma’lum  bo’lib, Venaga keltirilgan
Xirot   nusxasini   Xerman   Vamberi   nashr   qildi   va   tarjimasini   berdi.1890   yilda
V.V.Radlov   Vena   nusxasining   Faksimilesini,   1891   yilda   shu   Faksimile   asosidagi
matnini   nashr   qildiradi.1896   yilda   Koxira   nusxasi   topilgandan   so’ng,   undan
ko’chirma olgach, V.Radlov  har  ikki  nusxani  qiyoslab  1910 yilda  rus  grafikasiga
asoslangan   to’liq   transkripsiyasini   nemis   tiliga   tarjimasi   bilan   nashr   ettirdi.   1913
yilda esa uning uchinchi nusxasi Namanganda
topilib, keyinchalik olimlar bu asarni tadqiq etishga kirishdilar.
Demak, Yusuf Xos Xojibning "Qutadg’u bilig" asasarini ilmiy jihatdan
o’rganishga   juda   ko’p   olimlar   hissa   qo’shgan.   V.V.Radlov,   X.Vamberi,
S.E.Malovlar uni tarjima etib, nashr qilgan bo’lsalar   V.V.Bartolbd, E.Berishrtels,
I.V.      Stebleva,      O.A.     Valitovalar       Har       tomonlama    tadqiq etdilar.  Asarning
mukammal   nashrini   tayyorlashda   hamda   uni   tadqiq   etishda   o’zbek   olimlarining
xizmati, ayniqsa diqqatga sazovor.
Birinchi   bo’lib   professor   Fitrat   1924   yilda   Namangan   nusxasini   olib
kutubxonaga       keltiradi       va             u       xaqda       maqola       e’lon       qiladi.   "Qutadg’u
bilig"ning mukammal nashri o’zbek olimi K. Karimov tomonidan amalga oshirildi
va  tadqiq     etildi.   Uni  tahlil  etishda  S.M.Mo’talliboyev, N.M. Mallayevlarning
ham   xizmati   katta   Yusuf   Xos   Xojib   X   asrning   tashkil   topgan   Koraxoniylar
xukmronligi   davrida   yashab   ijod   etdi.   Koraxoniylar   Sirdaryodan   yettisuvgacha,
Shimoli   Fargona   va   butun   Sharqiy   Turkistonda         hukmronligini   o’rnatgandan
so’ng Movarounnaxrning ichki xududlariga ham kirib borib,     Qoshg’ardan  tortib
Kaspiygacha   bo’lgan     keng     maydonda   o’z   davlatini   tarkib   toptirgan   edi.   Uning
markazi Qoshg’ar (Urdukent) bo’lib, shimolda  Bolasogun   (Ko’zurdu),   G’arbda
Samarkand,     markazidagi     Uzgand yirik         shaharlardan         hisoblanardi.         Har bir         davlatda         bo’lganidek   Koraxoniylar   davlatining   ham   idora   qilish   usuli,
yurgizadigan   siyosati,   qonunlari,   tarbiya   tamoyillari   ifodalangan   komus
nizomnoma zarur edi.
Yuqorida   eslatganimizdek,   Yusuf   Xos   Xojibning   asarida   inson   kamoloti
masalasi markaziy masala bo’lib hisoblanadi. Mazkur asarda insonning jamiyat va
hayotda tutgan o’rni, burch va vazifalari haqidagi muammolar o’ziga xos bir tarzda
bayon etiladi.
Mutafakkir     kitobning   an’anaviy     boshlanmasidan   keyinrok   insonning
xaqikiy       baxti       bilimda       ekanligini       bayon       etadi.       Yana       ilm-zakovatning
ahamiyati   haqida   kator   boblarda   ham   fikr   yuritishi   bilan   birga unga alohida
boblar         ham   bag’ishlangan.   Lekin   olim   faqat   ilm-ma’rifatning   ahamiyatini
ko’rsatibgina   qolmaydi,   u   bilim   va   zakovatning   amaliyotdagi   o’rnini   ham
yoritadi.Yusuf Xos Xojibning biz tahlil etgan mazkur asari insonni har tomonlama
kamolga   yetkazishning   barcha   masalalari   o’zining     badiiy   ifodasini   topgan   yirik
ta’limiy   -   ahloqiy   dostondir.   Olim   insonni   kamolga   yetishi   uchun   quyidagilarni
nazarda tutadi:
1. Aqliy kamolot - bilim va zakovat, o’quvga ega bo’lish.
2. Ahloqiy kamolot.
3. Jismoniy kamolot.
Yusuf   Xos   Xojib   insonning,   kamolga   yetishining   yo’l-yuriklari,   usullari,
chora-tadbirlarini yuksak badiiy mahorat bilan yoritib beradi. uning uchun ham bu
asar   o’zining   ilmiy   ,   ma’rifiy,   tarbiyaviy   ahamiyatini    
  shu     paytgacha   saqlab
kelmokda.
Abulqosim   Maxmud   ibn   Umar   Zamaxshariy   (1074-1144)   Xorazmning
Zamaxshar   qishlog`ida   tug`iladi.   U     yirik   olim,   adabiyotshunos,   shoir   va
yozuvchidir. U Urganchda so`ngra Buxoroda o`qiydi. Bog`dod, Makka va ko`plab
shaharlarda sayohatda bo`ladi. Uning asarlaridan "Al-Kashshof" (Oshkor qiluvchi),
"Chechanlik   poydevori",   "Xadisdagi   notanish   so`zlarni   o`zlashtiruvchi"   (lug`at),
"Tog`,   manzil   va   suvlar",   "Dori   -   darmon   va   tog`lar   ismlari   kitobi",   "Adabiyot
muqaddimasi",   "Hikmatli   so`zlar",   "Ugit   va   nasihatlarning   oltin   munchoqlari", "Saxiy yoz" kabilardir  Zamaxshariyning "Al Kashshof" kitobi hozirda ham arab
mamlakatlari   diniy   dorilfununlarida   muhim   qo`llanma   sifatida   ishlatilmoqda.
Uning   "Atvoq   uz   -   zaxab   fi-l   mavoi’z   va-l-xutab"   (Ugit   va   nasihatlarning   olting
munchoqlari)   asari   tarbiyaviy   jihatdan   muhim   ahamiyatga   ega.   Unda   tarbiyaviy
xarakterdagi 100 ta maqola berilgan.
  Sharq Uyg’onish davrida pedagogic fikrlarning rivojlanishi. Sharq
Uyg’onish davrida ta’limiy-axloqiy fikrlar rivoji.IX-XII asrlar Sharq
uyg’onish davri. XIV asrning ikkinchi yarmi va XVII asrning birinchi
yarmigacha Markaziy Osiyoda pedagogik fikrlar taraqqiyoti.
Bu davr tarixi temuriylar hukmronligi davri tarixi bilan uzviy qo`shilib ketadi. Bu
davrda ta’lim - tarbiya,madaniyatimiz rivojiga katta hissa qo`shildi va ular hozirda
ham o`z ahamiyatini saqlab kelmoqda.
XIV   asrning   50   yillarida   Amir   Temur   siyosat   maydoniga   chiqdi.
Markazlashgan yirik feodal davlat barpo etdi. Madaniyat, maorif qaytadan yuksala
boshladi. Shuning uchun XIV asrning 2-yarmi va XV asr tarixida Sharq uyg`onish
davrining 2-bosqichi deb ataladi.
Temur Movorounnahrga boshqa o`lkalardan hunarmandlar, olimlar, san’atkor,
muxandislarni   olib   keltirdi.   Samarqand   va   Hirotda   madrasalar,   kutubxonalar,
rasadxonalar   qurildi.   Tibbiyot,   riyoziyot,   falakkiyot,   geografi,   tarix,   adabiyot,
falsafa, tarbiyashunoslikka oid ajoyib asarlar yaratildi.
Temurdan   so`ng   temuriylar   davrida   mamlakat   Movorounnahr   va   Xuroson
davlatlariga ajralgan holda boshqarildi. Samarqand va Hirot madaniyati, ilm - fan
markaziga   aylandi.Shoxizinda,   Guriamir,   Bibixonim   masjidi,   Registon   maydoni,
qator bog`lar va boshqalar barpo etildi.
Ulug`bek   zamoniga   kelib   esa   matematika,   astronomiya   fanlari   rivojlandi.
Tibbiyot,   tarix,   adabiyot   va   diniy   bilimlarga   e’tibor   berildi.   Buxoro,   Samaraqnd,
Fijduvonda madrasalar qurildi. Bu   davrda   adabiyot   sohasida   Atoiy,   Sakkokiy,     Haydar   Xorazmiy,   Durbek,
Lutfiylarning qimmatli asarlari yaratildi.
Samarqandda   Qozizoda   Rumiy,   Mansur   Koshiy,   Hirotda   esa   Navoiy,   Jomiy,
Behzod,   tarixchi   Xondamir,   hattot   Sulton   Ali   Mashhadiy   va   boshqalar   ijodi
gulladi.
Ali   Qushchi   astronomiyaga   oid   "Risolai   dar   falakkiyot"   asarini   yozib,   unda
geometrik   bilim   asoslari,   tibbiyot   fanlari   va   boshqa   sohalarga   oid   boshlang`ich
bilimlarni bayon etdi.
XV   asrda   tarix   fani   rivoj   topdi,   Hofizu   Abru   "Zubdan   tavorix"   (Tarixning
qaymog`i)   kitobi   yozib,   unda   1427   yilgacha   voqealar   bayon   etildi.   Abdurazzoq
Samarqandiy   buni   davom   ettirib,   "Ikki   saodatli   yulduzning   chiqish   joyi   va   ikki
dengizning qo`shilish joyi" asarida 1471 yilgacha voqealarni bayon etdi. "Ravzatus
safo"   asrini   yozgan   Mirxond,   "Xabibus   siyar"   asarini   yozgan   Xondamir
asarlarining bir qismi sulton Husayn hukmronlik qilgan davrga bag`ishlandi.
Shu asarlarda qator ilm maskanlari: Shayboniyxon madrasasi, Abdurahim Sadr
madrasasi, Mirarab madrasasi, masjidi Kalon va boshqalar qurildi.
Xususiy   maktablar   yuzaga   keldi,   uyda   muallim   yollab   o`qitish   odat   tusiga
kirdi.   Shahar,   qishloq,   ovullarda   ochilgan   maktablarda   o`qitish   6   yoshdan
boshlandi. Bolalar maktabda alifbe urganar, ayrim harflarni chizishni mashq qilar
edilar.   O`quvchilar   maktablarda   savod   chiqargacha   madrasaga   kirib   diniy   va
dunyoviy fanlardan bilim olardilar.
Soxibqiron Amir Temurning ta’lim tarbiyaga oid fikrlari. 
Amir   Temur   Kuragon   ibn   Amir   Tarag`ay   (1336-1405).   Temur   shaxsi   masalasi
uzoq   yillar   davomida   man   qilinganligi   natijasida   nafaqat   Temur   tarixi,   balki
Markaziy   Osiyoning   XIV-XV   asrlardagi   tarixi,   madaniyati   deyarli   o`rganilmay
qolgan edi. Bu haqda birinchi prezidentimiz I.A.Karimov shunday yozgan edi:
"Amir   Temur   nomi   tariximiz   sahifalarida   qora   buyoq   bilan   o`chirildi,
unutishga   mahkum   etildi.   Maqsad   xalkimizning(ongidan)     yuragidan   milliy   ong,
milliy g`urur  tuyg`usini yo`qotish, uni qaramlikka, tobelikka kundirish edi. Lekin
o`zbek   xalki   o`z   ajdodlarini,   uz   bahodirlarini   unutmadi,   hamisha   yuragida,   qalb to`rida   saqladi".   Mustaqilligimizdan   so`ng   esa   o`z   milliy   qadriyatlarmizni,
tariximizni haqqoniy o`rganish imkoniyatiga ega bo`ldik.
I.A.Karimov   Amir   Temur   hayoti,   faoliyati,   koldirgan   buyuk   merosiga   katta
e’tibor   berdi,     "Istiqlol   va   ma’naviyat"   asarida   Temurning   yoshlikdan   mard,
dovyurak,mag`rur,   o`tkir   zehn   va   aql   egasi   bo`lganligi,   Qur’onga   amal   qilib
yashaganligini ta’kidlab o`tgan edi.
Islom   Karimov   "Tarixiy   xotirasiz   kelajak   yo`q"   asarida   ham   Amir   Temur
qoldirgan katta meros haqida yozgan edi:
"Amir   Temur   kim   edi?   U   birinchi   navbatda   ulug`   bunyodkor   shaxs   edi.
Samarqanddagi  obidalar, Shaxrisabzdagi  yodgorliklarni  kim  qurdi? Turkistondagi
Yassaviy  maqbarasini  kim  tikladi? Kim  "Kuch - adolatdadir" degan olamshumul,
teran hikmatni o`z faoliyatiga asosiy tamoyil qilib oldi?". Temurning
qanchalik   buyuk   zot   bo`lganligini   uning   nomiga   qo`shilgan   unvonlardan   ham
kurish   mumkin.   Uning   ismiga   "Kuragon"   (xon   kuyovi   yoki   kurkam,   toza
urug`dan),  "Sohibqiron"  (yulduz  burjlarining  baxtli  kelishi 
(qiron)da   tug`ilgan   farzand)   Iskandar,   Muhammad   payg`ambar,   Temur),
"Qutbiddin"   (zamona   peshvosi),   "Abulmansur"   (zafarmand,   g`alaba   qozonuvchi)
kabi unvonlar qo`shilib ulug`langan.
Temur din arboblari, olimlarni, ilmni va ilm ahlini hurmatlovchi shaxs bo`lgan.
Temur tuzuklarida shunday yoziladi:
"Harbir   shaharda   masjidlar,   madrasalar,   honaqalar   qurishni   buyurdim.  
Musulmonlarga diniy masalalarda ta’lim berib, shariat aqidalari  va islom  dini
ilmlari:   tavsir,   hadis,   fiqhdan   dars   bersinlar   deb,   har   bir   shaharga   olimlar   va
mudarrislar tayin qildim".
Amir   Temur   odob,   axloq,iymon   -   e’tiqod,   tarbiya   sohasida   o`zi   yuksaklikka,
mukammallikka   erishgan   insonlardan   bo`lgan.   Bunga   ishonch   hosil   qilish   uchun
sohibqiron haqidagi asarlar, uning o`zi yartagan tuzuklar va ugitlarni kurish kifoya. Tarix fanlar doktori, professor Ashraf A	hmad Te murning o	’zi amal qilgan 	
quyidagi sifatlarni yuksak baholaydi	:	
Qur`onga	qat`iy	rioya	qilish	
Jiddiy	va	odil	bo	’lish	, boyni	kamba	g’aldan	ustun	qo	’ymaslik	
Barcha	so’zlarida	doim	haqiqatg	o’ylik	ka amal	qilgan	
Birovlar mulkiga ega bo	’lishga intilmaslik	
Nopok ishlardan o	’zini tiyish	
Insofli bo	’lish va iymonlikka chorlash	
Ilmli kishilarni e	’zozlash	
Islomga	ta’luqi	bo	’lgan	ishlarni	doim	kundalik	,dun	yo 	ishidan	ustun	qo	’yish	
Xayri	-ehson 	qilish	
Birovga	noxaq	ozor	yetkazmaslik	, rahm 	sha	fqatli	bo	’lish	
Vadasiga vafo qilish3-9. chizma
Turkiston   zaminini   hunarmandchilik,   ilm-fan   va   madaniyat   rivojlangan
ilg’or   mamlakattaga   aylantirildi.   Amir   Temurning   sa’y   harakati   tufayli   obod
etilgan shaharlar, qishloqlarni SHaxrisabz, Buxoro, YAssi (Turkiston)shaharlarida
qad   ko’targan   imoratlar   «Temur   va   Temuriylar   davlati   «Temuriy   madaniyati»,
«Ulug’bek   va   Samarqand»,   «Observatoriya   maktabi»   kabi   ulug   tushunchalarni
dunyoga  kelishi   va   dunyo   halqlari   tarixiga   oltin  harflar   bilan   yozilishi   ham   Amir
Temur nomi bilan bog’liqdir.
Muhammad Tarag’ay Ulug’bekning pedagogik qarashlari. 
Mirzo   Ulug`bek   (1394-1449).   Mirzo   Ulug`bek   urta   Osiyo   xalqlari   ilm   -   fani
va madaniyatini jahon miqyosiga olib chiqqan, millat pedagogik fikr taraqqiyotiga
munosib hissa qo`shgan buyuk siymolardan biridir.
I.A.Karimov   Ulug`bek   zimmasiga   tushgan   vazifa   haqida   yozgan   edi:   "Taqdir
bu   zotning   zimmasiga   behad   ulkan   va   mashaqqatli   vazifalarni   yukladi.   Buyuk sarkarda   Amir   Temur   bunyod   etgan   saltanatning   vorisi   bo`lishdek   mislsiz   sinov
aynan unga nasib etdi".("Istiqlol va ma’naviyat" T.1994).
1411   yili   17   yoshli   Ulug`bek   Movorounnahr   va   Turkistonning   hokimi   etib
belgilanadi.   Uning   tashabbusi   bilan   o`lkada   ilm   -   fan,   ayniqsa   falakkiyot   ilmi
yuksala   bordi.   U   riyoziyot   fanini   mukammal   egallagan   va   ungacha   hech   kim
unchalik tez va aniq hisoblay olmagan.
U   davlatning   madaniy   markazlaridan   Buxoro   (1417),   Samarqand   (1420)
keyinchalik   Fijduvonda   (1433)   madrasalar   qurdirdi.   Bu   madrasalarda   mashhur
olimlar,   ilohiyot   ilmlaridan   tashqari   riyoziyot,   xandasa,   astronomiya,   tibbiyot,
tarix, geografi, ilmi aruzdan dars berishgan.
Madrasalarda   mashhur,   bilimli   kishilar   mudarrislik   qildi.   Yirik   olimlardan
Qozizoda   Rumiy,   Fiyosiddin   Jamshid   ibn   Mas’ud,   Mansur   Koshiy,   Muhammad
Birjoniy, Ali Qushchi kabilar faoliyat ko`rsatdi. Madrasada Ulug`bekning o`zi ham
astronomidan ma’ruzalar o`qigan.
Madrasa   qurdirganidan   4   yil   o`tgach,   Obirahmat   soyining   bo`yida   rasadxona
qurdiradi.   Uning   qurilishiga   5   yil   ketadi.   Kutubxona   ochib,   mashhur   asarlarni
yig`adi.
Madrasa   bilan   rasadxona   o`rtasida   mustahkam   aloqa   bor   edi.   Rasadxonada
ishlaganlarning   bir   qismi   madrasada   mudarrsilik   ham   qilishgan.   Bu   esa   riyoziyot
va yulduz ilmini yuksaklikka ko`tardi.
Ulug`bekning "Ziji Ulug`bek" asari juda mashhurdir. Yana riyoziyotga oid "Bir
daraja   sinusini   aniqlash   haqida   risola",   yulduzlarga   bag`ishlangan   "Risolai
Ulug`bek" va tarixga oid "Tarixi arba’ ulus" asarlari bor. Mirzo	Ulug`bek	
asarlari
Ziji 	
Ulug`bek	Bir daraja 	
sinusini aniqlash 	
haqida risola
Risolai 
Ulug`bek
Tarixi arba	’	
ulus3-10. chizma
Ulug’bekning     ilmiy   merosining   eng   asosiysi,   ma’lum   va     mashhuri   uning
«Ziji» bo’lib, bu asar «Ziji Ulug’bek»dir.
Cheksiz   aql-idroki,   azmu   qata’iyati,   odilona   siyosati   bilan   Mirzo   qariyb
qirq   yil     mobaynida   Movarounnaxr   diyorining   donishmand   xukmdori bo’lib,
halqlarning   azaliy   orzusi-tinchlik,   totuvlik,   har   tomonlama   taraqqiyotni   qaror
toptirish      yo’lida      mislsiz      shijoat      va      matonat       ko’rsatdi.  Ulug’bek,  avvalo
ilmiy   farazlar   bilan   emas,   balki   sof   amaliy   uslubda   ijod   «Ziji   jadidi     ko’rgoniy»
deb     nomlangan   Ulug’bek   astronomik   jadvali   asrlarda             lotin       tiliga       tarjima
qilinib, yevropa   olimlari   orasida tarqalgani fikrimizning yakqol isbotidir.
Ulug`bek   yoshlar   ta’lim   -   tarbiyasiga   katta   e’tibor   beradi.   Madrasalarda
o`qitish   tizimini   janlantiradi.   O`qish   muddati   15-20   yildan   8   yilga   tushiradi.
O`quvchilar bilan rasadxonada amaliy mashg`ulotlar o`tkazishni joriy etadi. 
Ulug`bek   o`qituvchi   -   mudarrisga   katta   talablar   qo`yadi.   Mudarrsilar
avvalombor,   uzini   tarbiyalamog`i,   bilim   va   malakalarni   egallamog`i,   uz   ustida
tinmay   ishlashi,   darslarni   yuqori   saviyada   o`tishga   ahamiyat   berishi   kerak.     U
ta’limda   darsliklarning   o`rnini   muhim   deb   biladi.   Shuning   uchun   darslik
mazmuniga katta e’tibor beradi va mualliflar oldiga jiddiy talablar qo`yadi. Darslik
hayot haqiqatidan uzoq bo`lmasligi, sodda, tushunarli tilda yozilishi lozim.
Ulug`bek   ta’limda   matematika,   falakkiyot,   adabiyot,   tarix   fanlariga   katta
ahamiyat beradi. U   o`z   pedagogik   qarashlarida   bolalarning   jismonan   sog`lom,   harbiy   hunar
egallagan,   jasur,   mard   bo`lib   yetishishlariga   alohida   e’tibor   beradi.   U   do`stlik   va
birodarlikni ulug`laydi.
Zahiriddin Muhammad Bobur asarlarining ta’limiy-tarbiyaviy
ahamiyati.
Zahiriddin   Muhammad   Bobur   (1483-1530).   O`zbek   xalqining   ilm   va
madaniyat   xazinasiga   o`lmas   hissa   qo`shgan   mutafakkir   olim,   tarixchi,
qonunshunos va lirik shoirdir.
Bobur   ilm   -   fan.   san’at,madaniyat   va   ularning   sohalari   bilan   yaqindan
tanishgan,   uning     ijodini   asosan   lirik   she’rlar   va   adabiy   -   tarixiy   asari   -
"Boburnoma"   bilan   ko`zga   tashlanadi.   "Boburnoma"   qomusiy   xarakterdagi   kitob
bulib,   unda   tarix,   geografiya,   botanika   va   boshqa   fan   sohalariga   oid   ma’lumotlar
berilgan.
Bobur   yana   musulmonchilikqoidalari   va   qonushunoslikka   bag`ishlangan
"Mubayyin".   arab   alfavitini   isloxiga   oid   "Xatti   Boburiy",   aruz   vazni   va   qofiyaga
oid "Mufassal", yana musiqa va harbiy san’at haqida asarlar yozgan.
Adib fan va ma’rifatni yuqori darajada qadrlaydi. Ilm, adabiyot, san’at  ahllari
bilan yaqin aloqada buladi, ularga homiylik qiladi.
Ilm   va   bilimdonlikni   ulug`laydi.   U   kamtarlik,   uzini   tuta   bilish,   ezgulik,
vafodorlik,   boshqalarga   yaxshilik   qilish   sifatlarini   ulug`lab,   yovuzlik,   zulm,
qabihlikni   qoralaydi.   Boburning   pedagogik   qarashlaridagi   bosh   masala   vatanga
cheksiz muhabbatdir.
"Boburnoma"da o`zbek, tojik, afg`on, hind va boshqa xalqlarning kasb - kori,
urf   -   odati,   madaniyati,   dini,   adabiti,   turmush   tarzi   haqida   keng   ma’lumotlar
beriladi.
Bobur   ijodiyoti   asosan   uning   lirik   she’rlari   va   adabiy-tarixiy
asari-«Boburnoma»   bilan   yaqqol   ko’zga   tashlanadi.   Boburning   xotiralaridan
tashkil   topgan   va   temuriylar   davlatining   tanazzulga   ketish   davrini   o’zida
ifodalagan,   qomusiy   xarakterdagi   «Boburnoma»   kitobi   ilmiy-tarixiy   jihatdan
muhim ahamiyatga ega bo’lib, unda tarix, geografiya, botanika va fanning boshqa sohalariga taalluqli qimmatli ma’lumotlar  bor. Bundan tashqari, mazkur asar  eski
o’zbek tilidagi prozaning ilk namunasi va nodir yodgorligi hamdir.
Bobur ana shu solnomasida o’zi bo’lgan joylarning, jumladan Xindistonning
tabiiy   manzaralarini   ham   maxalliy   aholining   kiyinishi   va   urf-odatlarini   ham
xayvonlari,   qushlari   hamda   ularning   qiliqlarini   ham   tasvirlaydi.   O’zi   tilga   olgan
narsalarni teran fikrli, o’tkir ko’zli rassom singari jozibali bayon qiladi.
Bobur   o’rta   asrlardagi   Xindiston   halqlari   tarixini   o’zidan   besh   asr   ilgari
yashab ijod etgan Abu Rayxon Beruniy kabi maxorat bilan yorita olgan. Filologiya
fanlari   doktori   S.Azimjonova   shu   masalani   tahlil   qilib,   chiqargan   xulosasida
aytgandek,xind   halqi   xayotining   turli   tomonlariga   taallukli   materiallarning   izchil
bayon   etilishi,   orginalligi   va   ishonarligi   jihatidan   Beruniyning   ma’lumotlariga
faqat   «Boburnoma»   dagi   ma’lumotlarni   tenglashtirish   mumkin.   Iste’dod   sohibi
bo’lgan   Bobur   12   yoshida   podsho   bo’lganidan   boshlab,   to   umrining   oxirigacha
o’zi ko’rgan voqealarni, o’zi qatnashgan hodisalarni, ana shu voqea va hodisalarga
daxldor   bo’lgan   yuzlab   tarixiy   shaxslar   hayotini,   fan   uchun   muhim   ahamiyatga
molik   ko’plab   dalillarni   adabiy   shaklda   yoritgan.   «Boburnoma»   va   she’rlar
devonidan   tashqari,   musulmonlik   qoidalari   va   qonunshunoslikka   bag’ishlangan
«Mubayn»,   arab   alfavitini   o’rganish   to’g’risidagi   «Xatti»   shuningdek   musiqa   va
harbiy san’at haqidagi asarlarni yaratdi. Bu asarlar o’zbek adabiy tili, adabiyoti va
ilm-fanning ravnaqida muhim ahamiyat kasb etadi.
Buyuk   shoir,   adib,   tarixchi   va   olim   Boburning   ilmiy-adabiy   merosi   hozir
o’zining   ma’lum   tarixiy-ma’rifiy,   ilmiy   va   estetik   qimmatini   saqlab   kelmoqda.
Uning   ko’p   qirrali   merosida   pedagogikaga   oid   biror   maxsus   kitob   yoki   risola
mavjud   bo’lmasa-da,   deyarli   hamma   asarlarida   xayotga   va   vatanga   muhabbat
hislatlarining yakqol   ifodasini,  insonning  yuksak  burchi  va  kishilarning  ma’naviy
qiyofasi   haqidagi   teran   fikr-mulohazalarni,   fan   va   dinga   munosabat   masalalarini,
yaxshi   xulqli   va   odobli   bo’lishga   da’vatni,   ilm-fan   va   ma’rifatni   egallashgacha
chaqiriqni, ahloqiy va estetik g’oyalarni, jo’shqin va mazmundor hayot kechirishga
targ’ib qilishni va xokozalarni ko’rish mumkin. Fan  va   ma’rifatni   juda   yuqori   qadrlagan   bobur   adabiyot,   san’at   va   ilm   ahli
bilan   doimo   yaqin   aloqada,   ijodiy   munosabatda   bo’ldi,   ularga   xomiylik   qildi,
ilmiy-adabiy   suhbatlar, mushoiralar   uyushtirdi.   U   o’z   davrida ilmga intilgan
odamlarni   juda   kamligidan   tashvishlanib,   astoydil     qiziqish,   intilish   hamda
mashaqqatli mehnat bilangina ilm olish mumkinligini va shunday qilish zarurligini
ta’kidlaydi.  SHuning uchun  ham  u  ilm  fanning ahamiyatini   chuqur  his  qilib, o’zi
juda     qadrlagan       ilm-fan       kishilarini     eng     avvalo,   ularning     yurish-turishiga,
ko’pchilik manfaati uchun qilgan xizmatlariga qarab baholaydi.
O’z   ijodida   ezgulikni,   inoqlikni,   vafodorlikni   ardoqlagan   shoir   o’zida
avvalgi    kasbdoshlariga    ergashib    yovuzlikni, zulmni, qabixlikni    qoralaydi.
Bulardan       tashqari,       Bobur       do’stlikni,   hayetni, uning       har       bir       fursatini
qadrlashga,   qayg’u-xasrat   bilan   emas,   balki   oqilona,   xushchaqchaqlik   bilan
yashashga chorlovchi, yoshlarga ibrat bo’ladigan talaygina baytlar bitgan.
Boburning   fikricha,   yoshlar   shaxsini   hayotning   o’zi   shakllantiradi,   lekin
Bunda   mehnat   va   mehnatda   toblanish   muhim   rol   o’ynaydi.   Mehnat   qilgan   va
mashaqqat chekkan kishilardagina chinakam insoniy fazilatlar tarkib topadi.
Abdurahmon   Jomiyning     ma’rifiy-tarbiyaviy   qarashlari.   “Tuhfat-ul-
ahror”   asari.   Abdurahmon   Jomiy   (1414-1492)   Jom   shahrida   tug`iladi,
yoshligida   ularning   oilasi   Hirotga   ko`chib   o`tadi.   Maktab,   keiyn   Nizomiya
madrasasida   o`qiydi.   Keyin   Samarqandda   uz   ilmini   oshiradi.   U   ko`p   sohalar
bo`yicha chuqur bilim oladi.
Jomiy 1469 yili Hirotda Navoiy bilan uchrashadi, do`stlashadi. 1472 yili Xajga
boradi   mashhur   olimu   mutafakkirlar   bilan   muloqotda   buladi.   2   yillik   safardan
so`ng Hirotga qaytadi.
Jomiy   3   ta   lirik   devoni,   7   ta   dostondan   iborat   "Xaft   avrang",   ta’lim   -
tarbiyaga oid "Bahoriston" asarlari bilan jahon madaniyatiga katta hissa qo`shgan.
Ta’limiy axloqiy qarashlari "Bahoriston" va "Xaft avrang"ga kirgan "Tuxfat ul
- axror", "Silsiltul zaxob" (Oltin tizmalar) asarlarida ifodalangan.
Jomiy   inson   kamolotining   birinchi   mezonini   bilimlilika   deb   biladi.   Kasb   -
hunarli  bo`lishni  ham  kamolot mezoni  deb biladi. U tarbiyaning roliga ham katta baho beradi. U insonda yaxshilik, saxiylik, shirinso`zlik, kamtarlik, sabr - qanoat,
rostlik, mehnatsevarlikni tarbiyalashga alohida e’tibor beradi.
Adib inson xirs va ta’madan uzoq bo`lishini istaydi. "It va gado" hikoyatida bu
aks etadi. (It berganingga qanoat qiladi, gado esa qancha narsasi bo`lsa ham yana
talab qilaveradi).
Alisher Navoiyning “Hayrat ul-abror”, “Mahbub ul-qulub” asarlari va
ularda ilgari surilgan ma’naviy-axloqiy g’oyalar. Allomaning maktab va
madrasalar rivojiga qo’shgan hissasi.
Buyuk   mutafakkir   Alisher   Navoiy   (1441   -   1501)   fan   va   san’atning   turli
sohalari:   adabiyot,   tarix,   til   bilimlari,   musiqa,   hattotlik,tasviriy   san’at,
me’morchilik   rivojlantirish   bilan   birga   ta’lim   -   tarbiya   takomillashishiga   katta
e’tibor   beradi.   U   o`zining   "Xamsa",   "Maxbubul   qulub"   kabi   ta’limiy   -   axloqiy
asarlarida, shuningdek "Munojat", "Vaqfiya", "Majolisun nafois", "Muxokamat ul-
lug`atayn"   asarlarida,   Jomiydan   tarjima   "Qirq   hadis"   kabilarda   tarbiyaga   oida
qarashlarini ifoda etadi. 
Buyuk   mutafakkir   olim   Alisher   Navoiy   fan   va   san’atning   turli   sohalarini
rivojlantirish   bilan   birgalikda   ta’lim-tarbiyani   ham   takomillashtirishga   e’tibor
bergan.   Uning   hamma   asarlarida   tarbiyaga   oid   qarashlar   o’z   ifodasini   topgan.
Alisher   Navoiy  o’zining  badiiy  asarlarida  komil   inson  obrazlarini  yaratib,  ta’lim-
tarbiya   to’g’risidagi   fikrlarini   ifodalagan   bo’lsa,   ta’limiy-ahloqiy   asarlarida   esa
komil insonning mazmuni, yo’llari, usullarini bayon etadi. U inson kamolotida ilm
-fanning o’rni
  aql-idrokning ahamiyati, aqliy tarbiyaning mohiyatini yoritib beradi.
Alisher   Navoiy   ilmni   inson   kamoloti   uchun   eng   zarur   fazilatlardan   deb
biladi. U       insonni, xalqni       nodonlikdan, jaholatdan       qutqaruvchi       omil     deb
ta’riflaydi. Shunga ko’ra o’z asarlarida kishilarni ilm-ma’rifatli bo’lishga undaydi.
Ilm   olish   har   bir   kishining   insoniy   burchi   deb   hisoblaydi.   CHunki   egallashdan
maqsad   ham   xalqning,  o’z  mamlakatining   baxt   saodatli,   farovon  hayot   kechirishi
uchun xizmat qilishdan iboratdir deb ta’kidlaydi.
U     bilim       olishda     barcha     fanlarni     o’rganishni     targ’ib     etadi.   Bunda   u
(fozillarni yig’ib, ular orqali ilm-fanni taraqqiy ettirishga e’tibor beradi. Alisher   Navoiy   «Ixlosiya»   deb   nomlangan   madrasa   va   uning   qoshida
maktablar ochadi. Madrasa va maktabda ta’lim olayotgan har bir talabadan ilmda
katta intizom va talabga rioya qilishni talab etadi.
Alisher   Navoiy   o’zi   barpo   etgan   «Ixlosiya»   madrasasida   o’z   zamonasiga
yetuk   muddarislarini   yig’di   va   ilm   izlagan   talabalar   ana   shu   madrasalarda
peshvolaridan tahsil oldilar.
Uning pedagogik qarashlari insonparvarlik g`oyasi bilan sug`orilgandir. U xalq
baxtini orzu qiladi, xalq manfaatini uz manfaatidan ustun qo`yadi:
Yuz jafo qilsa menga bir qatla faryod aylamam,
Elga qilsa bir jafo yuz qatla faryod aylaram.
yoki
Odami ersang demagil odami
Onikim yo`q xalq g`amidin g`ami.
Alisher   Navoiy   inson   kamolotida   ilmning   o`rnini   muhim   deb   biladi.   U   ilmni
insonni,   xalqni   nodonlik,   jaholatdan   qutqaruvchi   omil   sifatida   ta’riflaydi.   Ilm
olishni insoniy burch deb biladi. U bilimda barcha fanlarni urganishni targ`ib etadi.
Navoiy ilm - fanni yuksaltirish uchun Ixlosiya madrasasini tashkil etadi, uning
yonidan maktab ochib, o`z vaqfidan mablag` ajratadi. Madrasada qattiq intizomga
amal qilingan.
Adib   ustoz   -   murabbiylarga   ham   katta   talablar   qo`yadi,   ularni   avvalo   o`zlari
bilimli va tarbiyali bo`lishlari lozim deydi. Shu bilan birga ustozlarning mehnatini
juda qadrlaydi:
Haq yo`linda kim senga bir harf o`qitmish ranj ila,
Aylamak bo`lmas ado oning haqin yuzganj ila.
Shoirning "Xamsa"siga kirgan "Hayratul abror" dostoni va "Maxbubul qulub"
asarlari axloqiy - didaktik asarlardan hisoblanadi. "Hayratul abror"dagi masalalarni
3 turkumga ajratish mumkin: 1. Falsafiy masalalar. 2. Ijtimoiy - siyosiy masalalar.
3. Axloqiy - ta’limiy masalalar.
Asarning  5-   maqoloti  insoniy   fazilatlardan  biri   -  saxiylikka  bag`ishlanadi.  6  -
bob   tarbiyaga   bag`ishlanadi.   Bolaga   dastlab   yaxshi   ot   quyish,   so`ngra   yaxshi muallimga   berish,   yaxshi   tarbiya   berishni   maslahat   beradi.   Bolalarni   esa   ota   -
onani hurmat etishga chaqiradi:
Boshni fido ayla ato qoishiga,
Jismni qil sadaqa ano boshiga.
Ikki jahoningga tilarsen fazo,
Hosil et ushbu ikkisidan rizo.
Tun-kuningga aylagali nur fosh,
Birisin oy ayla, birisin quyosh.
Alisher Navoiy o`z pedagogik qarashlarida bolaga yoshlikdan ta’lim va tarbiya
berish, o`g`il - qizlarni 6 yoshdan muallimga berish lozimligini aytadi. Turli fanlar
va hunar egallashni maslahat beradi.
U   o’zining   «Hamsa»,   «Maxbub   ul-qulub»,   «   Munojot»,   «Vakfiya»   va
asarlarida         ta’lim         tarbiya         masalalariga         e’tibor         berar         ekan,   tarbiya
jarayonlarini,   vositalarini,   talablarni         ko’rsatadi.   U         ta’limda         ilmiylikka
asoslanganlik,   tarixiylik,       kabi       talablarni       asos       qilib       oladi.   O’z       davrdagi
musulmon maktablarini yutuq va kamchiliklarini tahlil etadi. U o’qituvchi gapirar
ekan, muallim o’z shogirdlarini ham, o’zi ta’lim berayotgan fanni sevgan bo’lishi
zarur   deydi.   O’ziga   ham,   o’qituvchiga   ham   talabchan   bo’lishni   Navoiy
o’qituvchini     jamiyatda     obro’li     va     hurmatga     loyiq     inson bilib, shogirdlar
muallimni vatandek juda hurmat qilishlarini, e’zozlashlarini uqtiradi.
Navoiyning haqiqiy                insoni-pok, mehnatsevar, sof vijdonli, insofli,
to’g’ri,   sahovatli,   odobli,   kamtar,   hayoli,   muruvvatli   shaxs.   Bu   hislatlarni
odamlarda tarkib toptirish uchun ularda ana shu oliyjanob hislatlarni    tarbiyalash
kerak         deydi         va         ahloqiy         fazilatlarga   ta’rif   beradi,   ularning   oqibatlarini
tushuntiradi.
Jaloliddin Davoniyning axloqiy qarashlari. “Axloqi Jaloliy” asari.
Jaloliddin   Davoniy   (1427-1502)   Eronning   Davon   qishlog`ida   tug`iladi.
Boshlang`ich   ma’lumot   olgach,   Sherz   madrasasida   o`qiydi,   shu   yerda   qozilik
qiladi. Mudarrislik ham qiladi. U falsafa, pedagogika, riyoziyot, fikx bo`yicha asarlar yozadi. "Risolayi isboti
vojib"   (Zaruratning   isboti   haqida),   "Risola-tul-Xuruf"   (Harflar   haqida   risola),
"Risoladur ilmul nafs" (Ruhshunoslik haqida), "Axloqi Jaloliy" asarlarini yozgan.
"Axloqi   Jaloliy"   mashhur   bo`lib,   madrasalarda   o`qitilgan.   U   1839   yilda
V.Tompson   tomonidan   ingliz   tiliga   tarjima   qilingan.   Asarda   ijtimoiy   -   siyosiy
masalalar, axloq - odob qoidalari uz aksini topgan.
U   tarbiyada   maktab   va   oila   rolini   kursatadi.   U   qo`pol,   badjahl   muallimlarni
tanqid   qiladi,   u   aklli,   yaxshi   hislatli   bo`lish   lozim,   deydi.   Ota   bolani   jismoniy
tarbiyalasa,   muallim   uni   ma’naviy   tarbiyalaydi.   Oila   va   maktab   tarbiyasini
taqqoslaydi, bunda muallimning roli,o`rni yuqoriligini ko`rsatadi.
U kasb - hunar egallashni insoniy fazilat deb biladi.Jaloliddin	Davoniy	kasb	-	hunar	egalarini	4 	
toifaga	bo`ladi	: 	
Qalam	ahllari	: olim	, noib	, munajjim	, qozi	, 	
muxandislar
Harbiylar
Savdogar	, hunarmandlar	
Dehqonlar
3-11. chizma
Devoniy   insoniy   fazilatlarni   4   ga   bo`ladi:   donolik,   adolat,   shijoat,   iffat.   U
bularning har biri ichiga ham yana qator fazilatlar kiritadi. U yana sevgini 5 xilga
buladi:   1.Ilohiy   sevgi.     2.   Ota   -   onaga   muhabbat.     3.   Muallimning   o`ztalabasiga
muhabbati.    4. Podshoning fuqarosiga muhabbati.    5. Ilm - ma’rifatga muhabbat.
U sevgini ham kamolot belgisi sifatida qaraydi. 
Devoniy   insondagi   yomon   xislatlar   haqida   gapirish   bilan   birga   ularni
bartaraf   etishga   ham   maslahatlar   beradi.   Devoniyning   ta’lim   -   tarbiyaga   oid
qarashlari hozirgi kunimiz uchun ham g`oyat qimmatli va foydalidir. Husayn Voiz Koshifiyning axloqiy qarashlari. Allomaning
“Futuvvatnomai Sultoniy yoxud javonmardlik tariqati” asarning axloqiy
tarbiyada tutgan o’rni.
XV   asrning   yirik   olimlaridan   biri   Xusayn   Voiz   Koshifiy   bo’lib,   u   ahlok,
nujum   mantiq,   adabiyotshunoslik,   riyoziyot,   hisob,   islom   tarixi,   ilohiyot,   tarix,   -
musiqashunoslikda   tasviriy   san’at,   tabobat   ilmiga   oid   200dan   ortiq   asar   qoldirib
SHarq ma’naviy madaniyatini rivojlantirishda muayyan o’rinni egallaydi.
Xusayn   Voiz   Koshifiy   tug’ilgan   yili   noma’lum     bo’lib,   taxminan       1440
yillarda   Xuroson   viloyatining   Sabzavor   shaxrining   Bayxaqi   qishlog’ida   dunega
kelgan   deyiladi.   U   keyinchalik   Jomiyning   tavsiyasi   bilan   Xirotga   keladi   va   shu
yerda yashaydi. Xirotda  u  Navoiy  bilan  ham  uchrashadi   va  u   bilan  do’stona
munosabatda bo’ladi.
Koshifiy   Xurosonda   Xusayn   Boyqaroning   voizi,   ta’birchisi   maslahatchisi
sifatida   shuhrat   qozondi.   U   Qur’on   va   Xadis   masalalarini   sharhlab   xalq   orasida
hurmat-e’tibor qozondi.
Xusayn   Voiz   Koshifiyning   «Ahloqi   Muxsiniy»,   «Ahloqi   Karim»,   «Anvari
Suxayliy», «Javoxirnoma», «Risola dar ilmi e’dod», va boshqa asarlari bizgacha   :
yetib kelgan.
  Uning   mashhur   asari   «Ahloqi   Muxsiniy»   uzoq   vaqt   yillar   madrasalarda
darslik   sifatida   o’qitilgan,   mazkur   asar   40   bobdan   iborat   bo’lib,   asosan   ahloqiy
tarbiyaga bag’ishlangan.
R.Maxmudov     Koshifiyning     ahloqiy     g’oyalariga     insonni     kamolga
yetkazish   maqsadida   unda   tarkib   toptirish   uchun   zarur   bo’lgan   hislatlarni
turkumlashtiradi.
Komil      inson  (etuk ahloqli   inson)  haqidagi   fikrlarni   an’anaga  ko’ra  buyuk
donishmandlar-xaqimlar, sarkardalar, shoxlar      tilida     bayon     etadi      va      ularni
adolatli,   dono,   oqil   va   kamtar   inson   sifatida   ta’riflab,   o’zining   komil       inson
haqidagi konsepsiyasini ilgari suradi.
Koshifiy   faqat podsholarnigina emas, balki har   bir oddiy insonda ham eng
olijanob   hislatlar   tarkib   topishini   istaydi.   U   o’zining   ijtimoiy-ahloqiy   idealini yuzaga chiqarishda asosiy vosita deb ilm-ma’rifat va ahloqiy tarbiyani  tushunadi.
Koshifiy         odobli         insonni         ahloqli         deb         tushunadi.         Inson   odobli,
saxovatli,   to’g’ri,   xalol,  pok   bo’lgandagina   haqiqiy   inson   bo’lishi   mumkin  deydi.
Voiz Koshifiy insonparvarlik va halollikni eng yuksak insoniy fazilatlarlardan deb
biladi.   Koshifiy   insonning   eng   yuksak   xulq-atvor   egasi   bo’lishi   uchun   unga
qoidaga amal qilishi zarurligini ilgari suradi.
Koshifiy asarlarida inson aqliga, aqliy tarbiyaga katta e’tibor beriladi. 
Koshifiyning     ahloqiy     qarashlari           Kur’on     va     Xadislardagi qoidalari
bilan bog’liqdir. U ilgari surgan ahloqiy tushunchalar: yaxshilik yomonlik, adolat,
burch,   vijdon,   or   -nomus,   baxt     saodat     kabilarni   ta’riflab,   har   birini   insonda
shakllantirish   yo’llari   va   usullarini   ham   bayon   etadi,   ular   tarkibiy   qismlarigacha
ajratib,   ijtimoiy   talab   darajasida   tushuntiradi,   hamda     asosiy   mezonlarini   ham
ko’rsatib   beradi.   U   ahloqiylikning   asosiy   mezonlai,   insoniylik,   adolatlilik,   sof
insoniy munosabatlarni biladi.
Koshifiyning   «Futuvvatnomai Sultoniy» asari ham boshqa ta’limiy-ahloqiy
asarlar   qatorida   ana   shu   javonmardlik   ilmining   qoida-nizomlarini   ifoda         etgan.
Javonmardlikning         ruknlari         o’n         ikkita         bo’lgan:   oltitasi   zoxiriy,   oltitasi
botiniy.
Yuqoridagi   pandnomalarning   inson   kamolotida   o’z   o’rni   bor.   Sharqshunos
olim   Bertels   ham   «Qobusnoma»ni   ,   o’ta   amaliyotga   oid   asar   sifatida   ta’riflagan.
Bu   fikr   Xusayn   Voiz   Koshifiyning   «Futuvvatnomai   Sultoniy»   asariga   ham
tegishlidir.Uning   mundarijasi   va   mazmunida   ham   ko’rinib   turibdiki,   mazkur   asar
yoshlarni   har   tomonlama   yetuk   inson   sifatida   kamolga   yetkazishda   haqiqatdan
amaliy ahamiyatga ega.
Koshifiy fanlar tasnifida ham kasb-xunar, ilmga katta e’tibor beradi. U ilm boylik
orttirish   uchun   emas,   balki   hayot   kechirish   uchun   zarurdir,   deb   tushuntiradi.
Chunki   ilm-doimiydir   mol   dunyo   esa   o’tkinchidir,   haqikiy,   dono,   bilimli   kishilar
o’tkinchi narsalarga e’tibor bermaydilar  deydi.  
 
   X I X asrning   ikkinchi yarmida  Turkiston o’lkasida tarbiya, maktab va pedagogik fikrlar.  Mustaqillik yillarida pedagogik fikrlar rivoji.
XIX   asrning   boshlariga   kelib   Turkistonda   islom   dini   keng   tarqalib,
mustahkam o’rnashib o’z mavqyeiga ega edi. Bu davrga kelib diniy e’tiqod asosiy
tarbiya   kuchi   sifatida   maydonga   chiqdi.   Islom   dini   murakkab   ta’limot
bo’lganligidan   u   turlicha   talqin   qilina   boshladi.   Islom   dinida   turli   xil   oqimlar
vujudga   kela   boshladi.   Bu   holat   islom   dinini   sofligi   uchun   kurashuvchi   ilg’or
kishilarni   qoniqtirmas   edi.   Shuning   uchun   ham   Buxorodagi   ma’rifatparvarlar,
musurmon   ruhoniylar   va   ziyolilar   orasida   madrasa   va   maktablar   tizimiga   hamda
islom   diniga   kirib   qolgan   bid’atlarni   isloh   qilish   fikri   paydo   bo’la   boshladi.
Shunday   islohot   tarafdorlarini   jadidlar,   ya’ni   yangilik   tarafdorlari   deb   atay
boshladilar. 
«Jadid»   -   so’zi   arabcha   so’z   bo’lib,   «yangi»,   jadidizm   esa   yangilik
tarafdorlari degan ma’noni anglatadi. 
XIX asr boshlarida qancha ma’rifatparvarlar, mudarislar Buxoro shahridagi
200   ga   yaqin   madrasani   isloh   qilish   g’oyasi   bilan   chiqdilar.   Bu   harakat   boshida
madrasa   mudarisi   Abu   Nasr   al-Kursaviy   turgan.   Ammo   kadimistlar   oqimi   ularni
kofirlikda ayblaydilar va Buxoro amiri Kursaviyni o’lim jazosiga hukm etadi. Abu
Nasr al-Kursaviy zindondan qochishga muvofiq bo’ladi va Qozonda o’z faoliyatini
davom ettiradi. 
XIX   asrning   50-60   yillarida   diniy   islohotchilik   harakati   yanada   kengaydi.
Jadidchilik   harakati   boshida   buxorolik   mudaris   va   tarixsi   olim   Marjoniy,
g’ijduvonlik domla Fozil, Mo’minjon Vobkandiy, Mulla Xudoyberdi Boysuniy va
boshqa mudarislar turar edilar. 
Islohotchilar   bu   davrda   Marjoniy   rahnamoligida   quyidagi   masalalarni
oldinga surdilar: 
1.   Qur’ondagi   har   qanday   diniy   masala   yuzasidan   kishilar   bilgan   holda
o’zlari erkin fikr yuritsinlar.
2. Birovning birovga ko’r-ko’rona ergashishi qat’iy mann qilinsin; 3. Madrasalarda o’qitiladigan hoshiya va shrq   kabi mazmunga ega bo’lgan
va   madrasa   o’quvchilari   uchun   foydasiz   bo’lgan   hamda   ularning   vaqtini   bekorga
oluvchi darslar dars jadvallaridan olib tashlansin;
4. Madrasalarda Qur’oni Karim, Hadisi Sharif, ularning tarjimalari va islom
tarixi kabi darslar o’tilsin;
5.   Arifmetika,   tarix,   jug’rofiya,   tabobat,   handasa,   mantiq   va   boshqa
dunyoviy fanlarni o’qitishga qarshilik ko’rsatilmasin.
6.   Har   bir   ishda   musulmonchilikning   Muhammad   Alayhissalom   davridagi
qadimiy islom madaniyatiga qaytarish ko’zda tutilmasin. 
XIX   asrning   80-90   yillaridagi   jadidchilik   harakatining   keng   yoyilishida
Munavvar Qori, Mahmudxo’ja Behbudiy, Said Ahmad Siddiqiy, Abdulla Avloniy,
Abdurauf Fitrat, Muhammadsharif So’fizoda va boshqalar jonbozlik ko’rsatgan. 
Jadidlar   1906   yilda   «Taraqqiy»   deb   nomlangan   gazeta   nashr   ettirib,   o’z
g’oyalarini tarqata boshladilar, oradan ko’p o’tmay, «Xurshid», «Shuxrat» singari
yangi gazetalar dunyo yuzini ko’rdi. Bu gazetalarda jadidchilik harakatining asosiy
g’oyalari talqin qilinar va muhokamaga tashlanar edi. 
Bu   davrda   jadidlarning   harakat   dasturi   tuzilib,   u   quyidagi   masalalarni   hal
qilishga qaratilgan edi:
1. Diniy tasavvuf va fanatizmga qarshi kurash (ko’r-ko’rona e’tiqod);
2.   Diniy   aqidalarga   asoslangan   O’rta   asr   maktablari   o’rniga   Ovro’pa
qabilidagi   dunyoviy   ilmlarni   ona   tilida   o’qitishga   moslangan   yangi   usuldagi
maktablarni tashkil etish, feodal davri maorif tizimini isloh qilish;
3.   Jadidchilik   g’oyalarini   keng   xalq   ommasiga   yetkazish   niyatida   yangi
o’zbek   adabiy   tilini   ishlash   chiqish,   matbuot   xurligi     uchun   kurashish,   xalq
ommasiga tushunarli adabiyot va teartni yaratish;
4. Xotin-qizlarni paranjidan chiqarish va jadid maktablariga qatnashishlarini
ta’minlash yo’li bilan ular taqdirini o’zgartirish va oilada islohot o’tkazish;
5. Mahalliy boylar va savdogarlar ahlining siyosiy va iqtisodiy jihatdan rus
burjuaziyasi bilan bir huquqda bo’lishi, mahalliy amaldorlarning chor hukmdorlari tomonidan   siquvga   olishiga   qarshi   kurashish,   shu   yo’l   bilan   mustamlakachilik
siyosatini isloh qilish.
Asosiy   talablari   ana   shundan   iborat   bo’lgan   jadidlar   uchun   ilm   va   ma’rifat
yagona   qurol   bo’lib,   ular   shu   qurol   yordami   bilan   o’lkada   ijtimoiy   iqtisodiy   va
madaniy taraqqiyot uchun kurashmoqchi bo’ldilar. 
Markaziy Osiyo jadidchilik haqida gap ketganda buni Behbudiy, Munavvar
qori,   Fitrat   kabi   ma’rifatparvarlarning   ijodi   va   faoliyatini   alohida   o’rganish
maqsadga muvofiq.
Maxmudxo’ja Behbudiy
Turkistonda   jadidlar   harakati   asoschilaridan   biri,   jahonga   mashhur   bo’lgan
o’zbek jo’g’rofiyashunosi, atoqli jamoat arbobi, buyuk ilsshunos, ulug’ pedagog va
axloqshunos,   yuksak   didli   jurnalist,   Mahmudxo’ja   Behbudiy   1874   yil   10   martda
Samarqandning Baxshitepa qishlog’ida ruxoniy oilasida tavallud topdi. Uning otasi
imomlardan bo’lib, ilm-ma’rifatga ixlosmand edi. Behbudxo’ja asl-nasabiga ko’ra
xo’ja Axmad Yassaviylar avlodiga borib taqaladi. 
Maxmudxo’ja   Behbudiy   «Muntaxbai   jug’rofiyai   umumiy»   (Qisqacha
umumiy   jo’g’rofiya),   «Kitobatul-atfol»   (Bolalar   maktabi),   «Muxtarasi   tarixi
islom»   (Islomning   qisqacha   tarixi),   «Madxali   jo’g’rofi   umroniy»   (Axolii
jo’g’rofiyasiga   kirish),   «Muxtasari   jo’g’rofiyai   rusiy»   (Rossiyaning   qisqacha
jug’rofiyasi),   «Amaliyoti   islom»   va   hokazo   kitoblarni   yozdi   va   ulardan   darslik
sifatida foydalandi.
«Usuli   jadid» maktablarida  hamma o’qish  huquqiga ega  bo’lgan. Bu  yangi
usul   maktablari   chor   hukumati   tomonidan   va   mahalliy   ruxoniylar,   eski
maktablarning domlalar tomonidan ta’qib qilib kelinar edi.
Bunday   to’siqlar   va   qarama-qarshiliklarga   qaramasdan   Behbudiy   va   uning
safdoshlari   «Usuli   jadid»   maktablarida   Turkiston   farzandlarini   o’qitish   ishlarini
jadal   sur’atlar   bilan   olib   bordilar.   Behbudiy   barcha   maqsadlarini   faqat   ma’rifat
orqali amalga oshirishni ko’zda tutadi. U ta’lim-tarbiya xususidagi o’z g’oyalarini
amalga   oshirishda   bosh   yo’l   sifatida   yangi   maktablar   ochish,   unda   diniy   ilmlar bilan birga, aniq fanlarni ham o’qitishga, mahalliy aholini ilm-ma’rifatli bo’lishga
da’vat etadi.  
Behbudiyning   «usuli   jadid»   maktabidagi   o’qitish   ishlari   quyidagi   tartibda
olib borilar edi: «Maktab ikki bosqichdan iborat bo’lib, birinchi bosqich – ibtidoiy
qism,   deb   nomlangan.   Buning   taxsil   muddati   to’rt   yil.   Birinchi   yilda:   forscha   va
arabcha   yozuv   hamda   o’qishni   o’rganilgan.   Ikkinchi   yilda:   hafti   yak,   imon   va
e’tiqoddan   dars,   fors,  turkiy  va  arab  tilida  she’rlar,  qasidalar   o’qitilgan.  Uchinchi
yilda: Qur’oni karim, islom  ibodati, fors va turkiy til puxta o’rgatilgan. Hisobdan
turli   taqsimot   va   ish   yuritish   kabi   zaruriy   jihatlar   o’qitilgan.   To’rtinchi   yilda   esa
Kalomu sharif, mufassal tajvid, forsiy va turkiy nazm va nasm, axloq darsi, turkiy
va   forsiy   til,   tarix,   jug’rofiya   o’qitilgan.   Bu   to’rt   sinfni   tamomlagan   bolalarning
muallimning   o’zi   taqsimlagan.   Xohlasa   ikkinchi   bosqichgan   qoldirar,   ularning
o’zlashtirishlariga   qarab,   madrasaga   yuborar,   bolaning   o’zi   xohlasa,   Yevropa
maktablariga yuborar yoki tirikchilik uchun ishlashga yo’llanma berardi». 
Maktabning ikkinchi bosqichi – rushadiya bo’lib, bunga to’rt sinf kiritilgan.
Unga ibtidoiy qismni tamomlaganlar o’tkazilgan. 
Behbudiy   maktabida   har   yilning   oxirida   tantanali   imtihonlar   o’tkazilib
turilar   edi.   Imtihonlarga   albatta   ota-onalar   va   boshqa   mehmonlar   ham   taklif
qilinardi. 
Sakkiz   sinf,   ya’ni   ikki   bosqichni   tamomlagan   shogird   arabcha,   forscha   va
turkchada   bemalol   so’zlab,   yozardi.   Ruschani   ham   o’qib,   bemalol   gaplasha   olar
edi. 
Behbudiy   butun   ongli   faoliyati   davomida   faqat   xalq   manfaatlarini   himoya
qildi,   xalqni   baxtiyor   etish,   farzandlarini   esa   savodxon   qilish   uchun   kurashdi.
Adabiyotshunos   Sherali   Turdiyevning   yozishicha,   Behbudiy   Buxoro   amirining
daxshatli   zindonida   o’z   qotilini   kutib   yotgan   og’ir   damlarda   ham   Turkiston   va
Buxoroda   maorif   nurlarini   yoyish,   xalqni   jaholatdan   qutqarish,   ularga   haqiqat,
adolat,   ozodlik   yo’lini   ko’rsatishga,   bu   yo’lda   qurbon   bo’lganlarni   unutmaslikka
undovchi   vasiyat   xatini   zindondan   ozodlikdagi   do’stlariga   chiqarishga   muvofiq
bo’ldi. Bu vasiyatda quyidagi satrlarni o’qish mumkin: «Sizlarga vasiyat qilaman: Maorif  yo’lida  ishlayturgan  muallimlarning  boshini  silangizlar!   Maorifga yordam
etingiz!   O’rtadan   nifoqni   ko’taringiz!   Turkiston   bolalarini   ilmsiz   qo’ymangizlar!
Har   ish   qilsangiz   jamiyat   ila   qilingiz!   Hammaga   ozodlik   yo’lini   ko’rsatingizlar!
Bizdek   maorif   qurbonlarini   yo’qlangizlar!   Ozodlikni   tezlik   ila   yuzaga
chiqaringizlar! Maorifni  Buxoro tuprog’ida joriy qilingizlar!» - deydi. 
Mahmudxo’ja   Behbudiy   o’zbek   xalqining   milliy   mustaqilligi   yo’lida   ulkan
iste’dodini, bilimini, butun kuch g’ayratini, aziz umrini fido qildi.
Munavvar Qori Abdurashidxon
Adburashidxon   Sotiboldixon   Olim   o’g’li   Munavvar   Qori   1878   yilda
Toshkent   shahrining   markaziy   dahasi   –   Shayx   Xolvand   Taxurning   Darxon
mahallasida mudarris Abdurashidxon va Xosiyat Otin oilasida dunyoga keldi.  U 7
yoshida   otasidan   ajraydi.   Dastlabki   ta’limni   onasi   Xosiyat   Otindan   oladi,   xat-
savodi chiqqach o’sha davrdagi yirik maktablardan biri – Usmon domlada o’qiydi,
so’ng   Toshkentdagi   Yunusxon   madrasasida   tahsil   ko’radi.   U   1901   yili   jadid
maktabini   ochib,   bolalarni   o’qitadi.   Bu   maktabda   beshi   yillik   bilimni   uch   yilda
berishga muyassar bo’ladi. 
Munavvar Qori ochgan yangi usul «namuna» maktabida bir necha yuz bola
o’qigan.   Bu   maktabda   tayyorgarlik   ancha   jiddiy   bo’lgan   iste’dodli   yoshlar
o’qituvchilik   qilgan.   Munavvar   Qorining   o’zi   esa   jadid   maktablari   uchun   yangi
tovush   «usuli   savtiya»   usulida   darsliklar   –   «Adibi   avval   alifbosi»   (birinchi   adib
1907),   «Adibi   soniy»   (ikkinchi   adib   1907),   «Yer   yuzi»   (Jug’rofiya),   «Havoijon
diniya»   (1907)   kitoblarini   yozib   chop   ettirgan.   Bular   o’lkadagi   jadid   maktablari
uchun asosiy darsliklar sifatida bir necha bor qayta nashr etildi. 
Munavvar   Qori   o’z   fikrdoshlari   Ubaydulla   Xo’jayev,   Abdulla   Avloniy,
Toshpulatbek   Norbutabekov,     Karim   Norbekov   va   boshqalar   bilan   hamkorlikda
1909 yilda Toshkentlik bilr boyning raisligida «Jamiyati hayriya»ni tashkil etadi. 
Munavvar   Qori   va   safdoshlari   bu   jamiyat   orqali   qashshoq   va   kasalmand
kishilar   o’qiuvchilarga   yordam   ko’rsatadilar,   Rusiya   va   Turkistondagi   oliy   o’quv
yurtlariga   talabalar   yuborish   bilan   shug’ullanadilar.   U   millat   bolalarini   savodxon
qilishdek   bunday   savob   ishga   faqat   «To’ron»   jamiyati   a’zolarining   jalb   etibgina qolmasdan, balki mahalliy boylarning ham boshini qovushtirib, ularning e’tiborini
bu   hayrli   ishga   tortadi.   Munavvar   Qori   nomi   faqatgina   Turkistonda   mashhur
bo’lmay, balki Markaziy Osiyo, Rossiya musulmonlari uchun ham tabarruk edi. 
O’zbek   xalqini   ma’rifatli   qilishga   intilgan   Munavvar   Qori   1918   yil   may
oyida Toshkent shahrida «Turk o’chog’i» ilmiy – madaniy jamiyatini tuzadi. 
1918 yil 9 aprelda Munavvar Qori uyida to’plangan jadidlar Turkiston xalq
dorilfununining   musulmon   bo’limini   tashkil   etish   maqsadida   9   kishidan   iborat
tashkilot komissiyasini tuzadi. Komissiyaga Munavvar Qori Rais qilib tayinlangan.
Komissiya 22 kun ichida musulmon bo’limi dasturlarini tuzadilar. Dorilfununning
musulmon va o’ris bo’limi 3 bosqichdan iborat bo’lishi belgilanadi. 
1918   yil   2   iyun   kuni   sobiq   seminariya   binosida   dorilfununning   o’zbeklar
uchun maxsus o’qituvchilar tayyorlovchi bo’limi – «Dorilmuallimin» ochildi. 
Munavvar Qori 1922 yildan Turkiston maorif noziri, keyin esa Toshkentning
eski shahar maorif xodimlari quriltoyida ishtirok etib, maktab bo’limiga a’zolikka
saylandi.   Do’stlari   va   shogirdi   Qayum   Ramozon   va   Shorasur   Zunnun   bilan
xamkorlikda uch bo’limdan iborat «O’zbekcha til saboqlari» kitobini (1925) nashr
ettirdi.   Munavvar   Qori   insonlarni   faqat   olijanob   fazilatlarga,   yoshlarni   halol
mehnat   qilishga,   ilm-ma’rifat   va   kasb-hunar   o’rganishga   rostgo’y   bo’lishga
chorladi.   Ammo   Munavvar   Qori   1926   yili   GPU   tomonidan   qamoqqa   olinib,
«Yovuz   niyatli   jadid   va   turkparast»,   «millatchi»,   «xalq   dushmani»   sifatida   1931
yili otishga hukm qilindi. 
Aslida   Munavvar   Qori   o’z   xalqining   xur,   millat   sifatida   shakllangan,
ijtimoiy-siyosiy   jihatdan   barkamol   bo’lishini   orzu   qilgan   va   shu   yo’lda   istiqlol
uchun kurashgan ma’rifatparvar edi.
A bdulla  Avloniy
Taniqli   ma’rifatparvar   adib   A.   Avloniy   pedagogik   fikr   taraqqiyotiga
salmoqli hissa qo’shgan, o’z asarlarida   o’zbek xalqining eng yaxshi an’analarini,
ta’lim-tarbiyaga oid muhim hayotiy masalalarni aks ettirgan pedagog, olimdir.
A.Avloniy 1878-yil 12-iyulda Toshkent shahrining Mergancha mahallasida,
mayda   hunarmand-   to’quvchi   oilasida   dunyoga   keldi.   O’ta   iqtidorli   bo’lgan Abdulla   15   yoshida   she’rlar   yoza   boshladi.   A.   Avloniy   1907-yili   “Shuhrat”,
“Osiyo”   nomli   gazetalar   chiqara   boshladi,   lekin   chor   amaldorlari   tez   orada
gazetalarni yoptirib qo’yadi. A.Avloniy keyinroq “ Sadoyi Turkiston” (1914-1915),
“Turon”   (1917),   “Ishtirokiyun”   gazetalarida,   “Kasabachilik   harakati”   (1921)
jurnalida ishlaydi. Shundan so’ng, u o’zbek matbuotining zabardast vakili, o’zbek
matbuotining asoschilaridan biri sifatida taniladi.  
XX   asr   boshlarida   O’zbekistonning   ijtimoiy-siyosiy   hayotida,   pedagogik
fikr rivojida A. Avloniy alohida o’rin egalladi. 
A.Avloniy   o’zbek   xalqining   san’ati   va   adabiyoti   hamda   milliy
madaniyatini,   xalq   ta’limi   ishlarini,   yo’lga   qo’yishda   katta   xizmatlar   qilgan   adib,
jamoat arbobi va iste’dodli pedagogdir.
A.Avloniy   o’zbek   ziyolilari   ichida   birinchilardan   bo’lib,   o’zbek   xalq
teatrini   professional   teatrga   aylantirish   uchun   1913-yili   “Turon”   nomi   bilan   teatr
truppasini tashkil qiladi. 
A.Avloniy truppa uchun “Advokatlik osonmi?”, “Pinak”, “Ikki muhabbat”,
“Portug’oliya   inqilobi”   kabi   dramalar   yozdi,   “Qotili   Karima”,   “Uy   tarbiyasining
bir shakli”, “Xiyonatkor oilasi”, “Badbaxt kelin”, “Jaholat”, “O’liklar” kabi sahna
asarlarini   tatarcha   va   ozarboyjonchadan   tarjima   qiladi.   Ammo   bu   asarlar   nashr
qilinmadi. 
A.Avloniy   1917-yil   to’ntarishiga   qadar   Turkistonda   juda   katta   ijtimoiy-
ma’rifiy   ishlarni   amalga   oshirgan   jadidlar   harakatining   ko’zga   ko’ringan
namoyandalaridan edi. U ilg’or ziyoli kishilar bilan hamkorlikda teatr tomoshalari
va matbuotdan tushgan mablag’larga dunyoviy ilmlarni  o’qitadigan “usuli  jadid”,
ya’ni  yangicha ilg’or usuldagi  maktablar  ochdi va bu maktablarda xalq bolalarini
o’qitdi.   Ma’rifatparvarlar   o’z   millatlaridan   yetuk   olimlar,   bilimdon   mutaxasislar,
madaniyat arboblari yetishib chiqib, yurtni obod, vatanni ozod, farovon etishlarini
orzu qildilar va bu yo’lda fidoyilik ko’rsatdilar.
A.Avloniy   1907-yili   Toshkentning   Mirobod   mahallasida,   keyinchalik
Degrez   mahallasida   yangi   usuldagi   maktablar   ochdi.   Maktablardagi   o’quv
jihozlarini   o’zgartirdi,o’z   qo’li   bilan   parta   va   doskalar   yasadi.   Maktabga   qabul qilingan   bolalarning   asosiy   qismi   kambag’al   kishilarning   bolalari   bo’lganligi
uchun  ularni   kiyim-kechak,   oziq-ovqat,  daftar-qalam   bilan   ta’minlash   maqsadida,
do’stlarining   ko’magida   “Jamiyati   xayriya”   tashkil   etadi   va   bu   jamiyatga   o’zi
raislik   qiladi.   “Nashriyot”   shirkati   tuzib,   Hadrada   “Maktab   kutubxonasi”   nomli
kitob   do’konini   ochdi.   Avloniyning   maktabi   o’z   oldiga   qo’ygan   maqsad   va
vazifalariga   ko’ra   mashg’ulotlarni   sinf-dars   usuli   asosida   o’z   ona   tilida   olib
borilishi   bilan   eski   usul   maktablaridan   farq   qiladi.   U   o’z   maktabida   bolalarga
geografiya,   tarix,   adabiyot,   til,   hisob,   handasa,   hikmat   kabi   fanlardan   muayyan
ma’lumotlar beradi.
A.Avloniyning ilk o’quvchilaridan biri, Toshkent davlat universitetida uzoq
yillar   dars   bergan   taniqli   pedagog,   marhum  Yusuf   Tohiriy   edi.  A.Avloniy   “usuli
jadid”   maktablari   uchun   to’rt   qismdan   iborat   “Adabiyot   yoxud     Milliy   she’rlar”
hamda   “Birinchi   muallim”   (1912),   “Turkiy   Guliston   yoxud   Axloq”   (1913),
“Ikkinchi   muallim”   (1915),   “Maktab   gulistoni”   (1917)   kabi   darslik   va   o’qish
kitoblari   yaratdi.   Bu   asarlarida   hamda   publisistik   maqolalarida   dunyo   xalqlari
madaniyatini,   ilm-fanni,   maktab   va   maorifni   ulug’lab,   o’z   xalqini   ilmli,
madaniyatli bo’lishga chaqiradi. 
XX asr boshlarida yangi maktablar uchun yozilgan alifbelar anchagina edi.
Shular   orasida   Avloniyning   “Birinchi   muallim”i   ham   o’ziga   xos   o’ringa   ega.
“Birinchi muallim” 1917-yil to’ntarishiga qadar 4 marta nashr etilgan. Avloniy uni
yozishda   mavjud   darsliklarga,   birinchi   navbatda,   Saidrasul   Aziziyning   “Ustozi
avval”iga suyanadi. 
A.  Avloniyning   pedagogikaga   oid   asarlari   ichida   “Turkiy   Guliston   yoxud
Axloq” asari  XX asr boshlaridagi pedagogik fikr  taraqqiyotini o’rganish sohasida
katta ahamiyatga molikdir. 
“Turkiy Guliston yoxud Axloq” asari axloqiy va ta’limiy tarbiyaviy asardir.
Asarda   insonlarni   yaxshilikka   chaqiruvchi,   yomonliklardan   qaytaruvchi   bir   ilm   –
axloq haqida fikr yuritiladi. Shu jihatdan qaraganda, bu asar Yusuf Xos Hojibning
“Qutadg’u   bilig”,   Nosir   Xisravning   “Saodatnoma”,   Sa’diyning   “Guliston”   va
“Bo’ston”,   Jomiyning   “Bahoriston”,   Navoiyning   “Mahbub   ul-qulub”,   Ahmad Donishning   “Farzandlarga   vasiyat”   asarlari   shaklidagi   o’ziga   xos   tarbiyaviy
asardir.
A.  Avloniy   pedagog   sifatida   bola   tarbiyasining   o’rni   haqida   fikr   yuritib:
“Agar bir kishi yoshligida nafsi buzulib, tarbiyasiz, axloqsiz bo’lib o’sdimi, Ollohi
akbar, bunday kishilardan yaxshilik kutmoq yerdan turib yulduzlarga qo’l uzatmak
kabidur”,   -   deydi.   Uning   fikricha   bolalarda   axloqiy   xislatlarning   tarkib   topishida
ijtimoiy   muhit,   oilaviy   sharoit   va   bolaning   atrofidagi   kishilar   g’oyat   katta
ahamiyatga ega.
O’zbek   pedagogikasi   tarixida   A.   Avloniy   birinchi   marta   pedagogikaga
“Pedagogiya”, ya’ni bola tarbiyasining fanidir, deb ta’rif berdi. Tabiiy bunday ta’rif
Avloniyning pedagogika fanini yaxshi bilganligidan dalolat beradi.
Avloniy bola tarbiyasini nisbiy ravishda quyidagi to’rt bo’limga ajratadi: 1.
“Tarbiyaning   zamoni”.   2.   “Badan   tarbiyasi”.   3.   “Fikr   tarbiyasi”.   4.   “Axloq
tarbiyasi”. 
“Tarbiyaning zamoni” bo’limida tarbiyani yoshlikdan berish zarurligini, bu
ishga hammani: ota-ona, muallim, hukumat va boshqalarning kirishishi kerakligini
ta’kidlaydi. 
“Alhosil, tarbiya bizlar uchun yo hayot – yo mamot, yo najot – yo halokat,
yo saodat – yo falokat masalasidur ”, deb uqtiradi Avloniy. 
“Turkiy Guliston yoxud Axloq” kitobi ma’rifatparvarlik g’oyalarini targ’ib
qiladi.  A.  Avloniy   kitobda   ilm   to’g’risida   bunday   deydi:   “Ilm   dunyoning   izzati,
oxiratning   sharofatidur.   Ilm   inson   uchun   g’oyat   oliy,   muqaddas   bir   fazilatdur.
Zeroki,   ilm   bizga   o’z   ahvolimizni,   harakatimizni   oyina   kabi   ko’rsatur…   Ilmsiz
inson   mevasiz   daraxt   kabidur…”.  Avloniy   ilmning   amaliy   va   hayotiy   foydalarini
alohida   ta’kidlaydi:   “Bizlarni   jaholat,   qorong’ulikdan   qutqarur.   Madaniyat
insoniyatni   ma’rifat   dunyosiga   chiqarur,   yomon   fe’llardan,   buzug’   ishlardan
qaytarur,   yaxshi   xulq   va   odob   sohibi   qilur…   Alhosil,   butun   hayotimiz,
salomatligimiz,   saodatimiz,   sarvatimiz,   maishatimiz,   himmatimiz,   g’ayratimiz,
dunyo va oxiratimiz ilma bog’lidur”.  “Turkiy   Guliston   yoxud   Axloq”   ning   birinchi   sahifasidan   so’nggi
sahifasigacha   Avloniyning   insonparvarlik   g’oyalari   ifodalangan.   U   hammadan
burun   xalq   manfaatini   ko’zlaydi,   xalqqa   bajonu   dil   xizmat   qilishni   o’zining
muqaddas   burchi   deb   biladi.   Uning   nazarida,   kishilar   g’amini   yemagan,   xalqdan
uzoq turgan ig’vogar, g’iybatchi inson emas. 
        O’ta iqtidorli bo’lgan A.Avloniy 15 yoshida she’rlar yoza boshladi. Dastlabki
she’rlari   «Tarjimon»   gazetasida   bosiladi.     A.Avloniy   1907   yilda   «Shuhrat»   va
«Osiyo» nomli yangi gazetalar chiqara boshlaydi. Lekin chor amaldorlari tez orada
gazetalarni yoptirib qo’yadi. A.Avloniy keyinroq «Sadoi Turkiston» (1914-1915),
«Turon»   (1917),   «Ishtirokiyun»   (1918)   gazetalarida,   «Kasabachilik   harakati»
(1921)   jurnalida   muharrir   bo’lib   ishlaydi.   Shundan   so’ng,   u   o’zbek   matbuotining
zabardast vakili, o’zbek matbuotining asoschilaridan biri sifatida taniladi.
A.Avloniy xalq orasida ilg’or fikrlarni tarqatishda, ilm va ma’rifatni tashviq
qilishda   gazeta,   jurnallarning   roli   katta   ekanligini   yaxshi   bilar   edi:   «Matbuot   har
insonga o’z holini ko’rsatuvchi, ahvol olamdan xabar beruvchi, qorong’u kunlarni
yorituvchi,   xalq   orasida   ilm,   ittifoq,   himmat   g’oyalari»ni   yoyuvchidir,   deb
baliqning   suvsiz   yashamog’i   mumkin   bo’lmagani   kabi   insonning   ham   ilmsiz
yashamog’i mumkin emasligini uqtiradi. 
A.Avloniy o’zbek xalqining san’ati va adabiyoti hamda milliy madaniyatini,
xalq ta’limi  ishlarini    yo’lga qo’yishda katta xizmatlar qilgan adib, jamoat  arbobi
va iste’dodli pedagogdir.
A.Avloniy   1917   yil   tuntarishiga   qadar   Turkistonda   juda   katta   ijtimoiy-
ma’rifiy   ishlarni   amalga   oshirgan   jadidlar   harakatining   ko’zga   ko’ringan
namoyon7dalaridan   biri   edi.   A.Avloniy   ilg’or   ziyoli   kishilar   bilan   hamkorlikda
teatr   tomoshalarini   va   matbuotdan   tushgan   mablag’larga   dunyoviy   ilmlarni
o’qitadigan «Usuli jadid», ya’ni yangicha ilg’or usuldagi maktablar ochdilar va bu
maktablarda   xalq   bolalarini   o’qitdilar.   Ular   o’z   millatlaridan   yetuk   olimlar,
bilimdon  mutaxassislar,   madaniyat  arboblari  yetishib  chiqib,  yurtni   obod, vatanni
ozod, farovon etishlarini orzu qildilar va bu yo’lda fidoyilik ko’rsatdilar.  A.Avloniy   1907   yilda   Toshkentning   Mirobod   mahallasida,   keyinchalik
Degrez mahallasida   yangi  usuldagi  maktablar   ochdi. Maktablardagi  o’quv asbob-
jihozlarini   o’zgartirdi,   o’z   quli   bilan   parta   va   doskalar   yasadi.   Maktabga   qabul
qilingan   bolalarning   asosiy   qismi   kambag’al   kishilarning   bolalari   bo’lganligi
uchun  ularni   kiyim-kechak,  oziq-ovqat,  daftar-qalam  bilan  ta’minlash  maqsadida,
do’stlarining   ko’magida   «Jamiyati   xayriya»   tashkil   etadi   va   bu   jamiyatga   o’zi
raislik   qiladi.   «Nashriyot»   shirkati   tuzib,   Xadrada   «maktab   kutubxonasi»   nomli
kitob   do’konini   ochadi.   A.Avloniyning   maktabi   o’z   oldiga   qo’ygan   maqsad   va
vazifalariga   ko’ra   mashg’ulotlarni   sinf-dars   tizimi   asosida   o’z   ona   tilida   olib
borilishi   bilan   eski   usul   maktablaridan   farq   qiladi.   U   o’z   maktabida   bolalarga
geografiya,   tarix,   adabiyot,   til   hisob,   xandasa,   hikmat   kabi   fanlardan   muayyan
ma’lumotlar beradi.
A.Avloniyning ilk o’quvchilaridan biri Toshkent Davlat Universitetida uzoq
yillar   dars   bergan   taniqli   pedagog,   marhum   Yusuf   Tohiriy  A.Avloniy   Mirobodda
tashkil qilgan maktab haqidagi xotiralarida shunday deb yozgan edi: 
«Shaharning   qarama-qarshi   chekkasida   temiryo’l   ishchilari   istiqomat
qiladigan Mirobodda yangi tipdagi maktab ochilganligi haqida eshitib qoldik. Tez
orada   bu   maktabning   fazilatlari   haqidagi   shov-shuvlar,   uning   muallimi
A.Avloniyning dovrug’i butun shaharga tarqaldi. Hammaning tilida «Miroboddagi
maktab 6 oyda o’qish yozishni  o’rgatarmish, geografiya, hisob, tabiatni o’rganish
degan   darslar   o’qitilarmish»,   -   degan   gap   yurardi.   Bizga   juda   sirli   tuyulgan   bu
maktabni va uning donishmand muallimini ko’rishga oshiqardik. Nihoyat bir kuni
uch-turttamiz borishga jazm qildik.
Maktab   pastdakkina,   nim   qorong’i   bo’lib,   masjid   yo’lagida   joylashgan
edi.   Xonaning   tepasidagi   yorug’lik   uchun   qoldirilgan   tuynukdan   qish   va   bahorda
qor   bilan   yomg’ir   ham   tushib   turardi.   Lekin   xonada   o’quvchilar   va   domlaning
shogirdlari   ko’p   edi.   Xayolimizda   domlaning   allaqanday   bir   sirli   tomoni   bor   edi.
Bizni qotmagina, kichik jussali, qorachadan kelgan, istarasi issiq, chuqqisoqol  bir
kishi   ko’tib   oldi.   Bu   nomi   tilga   tushgan   muallim   A.Avloniy   edi.   O’qishga   qabul
qilindik.   Ko’p   o’tmay   ko’z   oldimizda   yangi   bir   dunyo   ochilganiga   to’la   ishonch hosil   qildik.   Bolalarimizning   oldi   bir   necha   yildan   beri   maktabga   qatnab   yurgan
bo’lsalar   ham   Mirobodliklar   oldida   uyalib   qoldik.   Ular   o’qish,   yozishda,   hisob
masalalarini   xal   etishda,   tabiat   hodisalaridan   xabarlari   bilan   hammamizni   lol
qoldirdi.   Ayni  zamonda  bizni  eski  maktabimiz bo’shab, Miroboddagi  A.Avloniy
maktabi bizdan borgan bolalar bilan liq to’ldi. Shu tariqa bu maktab tobora shuhrat
topib bordi».           
A.Avloniy «Usuli jadid» maktablari uchun to’rt qismdan iborat «Adabiyot
yoxud milliy she’rlar» hamda «Birinchi muallim» (1912), «Turkiy guliston yoxud
axloq» (1913), «Ikkinchi muallim» (1915), «Maktab gulistoni» (1917) kabi darslik
va   o’qish   kitoblari   yaratdi.   Bu   asarlarida   hamda   publisistik     maqolalarida   dunyo
xalqlari   madaniyatini,   ilm-   fanni   va   maorifni   ulug’lab   o’z   xalqini     ilmli,
madaniyatli bo’lishga chaqiradi.
  Asrimiz boshlarida yangi maktablar uchun yozilgan alifbelar anchagina edi.
Shular   orasida   Avloniyning   «Birinchi   muallim»   1917   yil   to’ntarishga   qalar   to’rt
marta nashr etilgan. 
Avloniyning «Ikkinchi muallim» kitobi «Birinchi muallim» kitobining uzviy
davomidir.   Biz   birinchi   kitobni,   shartli   ravishda,   alifbe   deb,   ikkinchi   kitobni
xrestomatiya deb atasak joiz bo’lar, desak xato bo’lmas.
Abdulla   Avloniyning   pedagogikaga   oid   asarlari   ichida   «Turkiy   guluston
yoxud   ahloq»   asari   XX   asr   boshlaridagi   pedagogik   fikrlar   taraqqiyotining
o’rganish sohasida katta ahamiyatga molikdir. 
«Turkiy guluston yoxud ahloq» asari ahloqiy va ta’lim tarbiyaviy asardir.  
O’zbek   pedagogikasi   tarixida   A.Avloniy   birinchi   marta   pedagogika
“Pedagogiya”,   ya’ni   bolalar   tarbiyasining   fani   demakdir,   deb   ta’rif   beradi.   Tabiy
bunday ta’rif Avloniyning pedagogika fanini yaxshi bilganidan dalolat beradi.
Abdulla   Avloniy   bola   tarbiyasini   nisbiy   quydagi   to’rt   bo’limga   ajratdi:   1.
“Tarbiyaning   zamoni”.   2.   “Badantarbiyasi”.   3.   “Fikr   tarbiyasi”.   4.   “Ahloq
tarbiyasi” va bu haqida hamda unig ahamiyati haqida so’z yuritadi. “Tarbiya zamoni” bo’limida tarbiyani yoshlikdan berish zarurligini, bu ishga
hammani:   ota-ona,   muallim,   hukumat   va   boshqalarning   kirishishi   kerakligini
ta’kidlaydi.
“Al-hosil tarbiya bizlar uchun yo hayot – yo mamot, yo najot – yo halokat,
yo saodat – yo falokat masalasidur” deb uqtirardi, Avloniy.
XIX   asrlarning   o’rtalarida   Turkiston   o’lkasida   boshlang’ich   ma’lumot
beradigan   maktab   hamda   o’rta   va   oliy   diniy   ta’lim   beradigan   madrasalar   mavjud
edi.   Maktablarning   aksariyati   shu   jumladan,   qishloq   maktablarining   ko’pchiligi
diniy ta’lim beruvchi eng oddiy boshlang’ich maktablar edi xolos. Bu maktablarda
machitlarining     imomlari,   savodxon   muallimlar   dars   beradilar.   Bunday
maktablarda o’qitishga eng oddiy diniy vazifalarni o’rgatish bilan, ya’ni arab tilida
yozilgan Qur’onni o’qishni o’rgatish, har bir musulmon uchun zarur bo’lgan asosiy
vazifalarni bildirish bilan cheklanardi. 
Shahar   maktablarida  diniy  ta’limdan  tashqari,  umumiy  ta’lim  elementlari  –
yozish va hisoblash yo’llari o’rgatiladi, xalq orasida mashhur shoirlarning she’r va
g’azallari   o’qitilar   edi.   Odatda   bunday   maktablarning   o’quvchilari   badavlat
oilalarning   bolalari   bo’lar   edi.   Ular   o’qishni   tamomlab   olgach,   bilimlarini   savdo-
sotiq ishlarida, hunarmandchilik ustaxonalarida qo’llar edilar, ba’zilari qo’shimcha
ta’lim   olib,   hattotlik   kasbi   bilan   shug’ullanar,   ba’zilari   madrasaga   kirib   o’qishni
davom ettirardilar.  
Oliy   diniy   maktab   bo’lgan   madrasada   o’rta   asrga   oid   diniy   falsafiy   va
musulmon huquqlari, arab tilining grammatikasi  va mantiq ilmidan dars o’tilardi.
Madrasani   tamomlab   chiqqanlar   imomlik   bilan   shug’ullanish   va   qozixonalarda
ishlash   huquqiga   ega   bo’lar   edilar.   Maktab   va   madrasalarda   asosan   o’g’il   bolalar
o’qitilar   edi.   Shaharlardagi   diniy   maktablarda   ba’zi   domlalarning   xotinlari   –
otinoylar  qizlarni ham  o’qitish bilan shug’ullanar edilar. Maktab  va madrasalarda
dars o’zbek, arab fors-tojik tillarida olib borilardi.
1. Quyi maktab bu maktabda o’g’il bolalarga savdo o’rgatishga (4 yil).
2. Xalilxona maktabi – (namoz) yod oldirib o’rgatilgan.
3. Qorixona – Qur’on yod olingan. 4. Maktab   internat   –   o’rta   madrasa   bo’lib,   bu   maktabda   ham   diniy,   ham   dunyoviy
fanlar o’qitilib o’rta ma’lumot berilgan.
Markaziy Osiyoda keyinchalik ba’zi o’zgarishlar yuz berdi. Musulmon maktablari
uchun   bosmaxonalarda   chop   qilingan   darsliklar   paydo   bo’ldi.   Qozonda
bosmaxonada   nashr   qilingan   qur’on   va   xavtiyaklar,   Hindiston   va   Erondan
shoirlarning   litografiyada   chop   etilgan   to’plamlari   keltirildi.   Toshkentning   o’zi
ham maktablar uchun darsliklarni litografiya usulida nashr qilish yo’lga qo’yildi. 
Asrimizning   boshlariga   kelib   Turkiston   o’lkasidagi   yirik   markaziy
shaharlarda oliy ta’lim maskani hisoblangan quyidagi madrasalar: Buxoroda – 80,
Qo’qonda   –   40,   Samarqandda   –   22,   Marg’ilonda   –   28,   Toshkentda   –   17 1  
,   Xeva
xonligida – 130 2 
 mavjud bo’lib, ular 400 dan 5000 tagacha talaba taxsil olar edi.
1906 yilga kelib Samarqand viloyatining o’zida 1510 ta musulmon maktabi
bor edi, ular 1482 o’quvchi 12740 talabaga saboq bergan. 
Umuman   o l ganda   Turkiston   o’lkasida     1905-1906   yillarda   5290   ta   maktab
bo’lib, ularda, 10955 talaba ta’lim olgan. 
Bu   davrga   kelib   maxalliy   fuqaro   bolalaridan   ilmli   kishilar   tayyorlash
maqsadida   Xeva   xoni   Sayid   Muhammad   Rahimxon   Boxodirxonni   soniy   –   Feruz
(1844-1910 y.) katta ishlarni amalga oshirdi. Bevosita uning tashabusi  bilan 1884
yili   o’z   saroyida   maktab   ochilib,   bu   maktabda   rus   o’qituvchisi   va   Mirzo,
Raxmoyequl qori kabi mahoratli ta’lim-tarbiya ustalari yoshlarga bilim berish ishi
bilan shug’ullanadilar.
Feruz   farmoniga   muvofiq   1904   yilning   10   noyabrida   Urganchda   birinchi
yangi   usul   maktabi   ochildi.   Uni   Xusayin   Qo’shayev   degan   Turkiyadan   kelgan
o’qituvchi yoshlarga ta’lim-tarbiya bera boshladi.
Musulmon   aholisi   yashaydigan   joylarda   qadimdan   maktab-madrasa   va
hakozolar   mavjud   bo’lib,   bularga   qarshi   chor   hukumat   Rossiyadagi   ko’p   sonli
xalqlar   maxsus   hukumat   maktablari   barpo   qilinar   edi.  Ularning  biri   –   to’rt   yillik,
ikkinchisi   –   ikki   yillik   edi.   Ba’zi   bir   to’rt   yillik   maktablarda   internatlar   hamm
bo’lib,   ular   faqat   feodallarning   va   maxalliy   aholining   boy   qatlam   bolalari   ta’lim
olardi. Ammo mehnatkashlarning bolalari uchun yo’lga qo’yilgan ikki yillik savod chiqarish   maktablari   ochilgan   edi.   O’qish   muddati   ikki   yil   bo’lgan   milliy
maktablarda,   masalan,   qozoqlarda   ovul   maktablari,   deb   atalgan   maktablar   tipik
maktab sanalar edi. 
Dastlabki ovul maktablar 1892 yilda To’rg’ay oblastining ovullarida tashkil
topgan   bo’lib,   aholining   ko’chmanchilik   turmushiga   moslashtirlgan   edi.   Ovul
maktablarida   rus   tili,   arifmetika,   qozoq   alifbosi   va   islom   dini   o’qitilar   edi.   1916
yilda   169   ta   ovul   maktabi   bo’lib   ularda   5   ming   o’quvchi   o’qirdi,   bu   maktab
yoshidagi barcha qozoq bolalarining faqat bir foizinigana tashkil etardi, xolos. Rus
maktablarda   o’qitish   rus   tilida,   diniy   ta’limot   esa   o’quvchilarning   ona   tilida   olib
borilar edi.
O’rta   asrda   maktablarni   isloh   qilishdan   bosh   tortgan   chorizm,   ruslar
o’rnashgan yerlarni rus maktablarini Turkistonda maorif sohasida o’z siyosatining
quroli   qilib   olishga   harakat   qildi.   (Toshkentda   dastlabki   rus   maktabi   1866   yilda
ochilgan   edi.)   rus   maktablariga   ruslar   bilan   birga   o’qish   uchun   mahalliy   aholi
bolalari   ham   qabul   qilinar   edi.   Turkistondagi   boshlang’ich   rus   maktabalrida
hunarga   Rossiyaning   Yevropa   qismidagiga   qaraganda,   ancha   ko’piroq   o’rgatilar
edi; bundan maqsad mahalliy aholining bolalarini maktabga ko’proq jalb qilish edi.
Turkistonda dastlabki rus o’rta o’quv yurtlari 1870 yillarda ochila boshladi:
1876   yil     Toshkentda,   Verniyda   (hozirgi   Olmaotada)   erlar   va   xotin-qizlar
gimnaziyalari.   1879   yili   esa   Toshkentda   o’qituvchilar   seminariyasi   ochildi.
Gimnaziyalarga   har   yerli   aholining   bolalari   qabul   qilinar   edi.   O’qituvchilar
seminariyalarida mahalliy aholiining 1/3 o’rin ajratilgan edi.     
Chorizm maktab sohasidagi siyosati ruslashtirishdan iborat bo’lsa ham, lekin
rus   bolalari   bilan   mahalliy   aholi   bolalarining   birgalikda   o’qishlari,   ular   o’rtasida
o’zaro do’stlikni tarbiyalar edi.
Rus   maktabiga   o’qishga   kirgan   bolalar   rus   tilini   mutloq   bilmas   edilar,
natijada ancha qiyinchiliklar tug’ilar  edi. Shuning uchun rus maktablariga kirgan,
lekin   rus   tilini   mutloq   bilmaydigan   o’quvchi   rus   tilida   so’zlashishni   o’rganib
olmagunicha odatda quyi bo’limda o’qir, rus tilida so’zlashishni o’rganib olgandan
keyingina   yuqori   bo’limga   o’tkazilardi.   Yuqori   bo’limlarga   o’quv   yilining o’rtalarida ham o’tkazilar edi, chunki maktab kichkina bo’lib, bir vaqtning o’zida
mashg’ulotlar  bir necha  bo’limlar bilan olib borilar edi. 
Toshkentdagi   gimnaziya   dastlabki   yillarda,   mahalliy   aholining   bolalarini   rus
tili bilan ko’piroq shug’ullantirish uchun lotin tilini o’rganishdan ozod qilinar edi.
Buxorodagi ma’rifatparvar musulmon ruxoniylari va ziyolilar orasida madrasa
va maktablar tizimiga hamda islom diniga kirib qolgan bid’atlarni isloh qilish fikri
paydo   bo’la   boshlaydi.   Shunday   isloh   tarafdorlarini   jadidlar,   ya’ni   yangilik
tarafdorlari   deb   atay   boshlaydilar.   O’sha   davrdan   boshlab   bunga   qarama-qarshi
turgan oqim, ya’ni feodal-o’rta asrchilik, diniy fanatizm  ruhida bo’lgan kishilarni
esa   qadamistlar   deb   atay   boshladi.   XIX   asr   boshlarida   bir   qancha   ma’rifatparvar
mudarrislar   Buxoro   shahridagi   200   ga   yaqin   madrasani   isloh   qilish   g’oyasi   bilan
chiqdilar. Bu harakat boshida madrasa mudar r isi Abu Nasr Al Kursaviy turgan edi.
Qadimistlar   esa   ularni   kofirlik   va   xudosizlikda   aybladilar.   Buxoro   amiri   Haydar
esa   Kursaviyni   zindonga   tashlatib   o’lim   jazosiga   hukm   qiladi.   Ammo   uning
tarafdorlari   uni   zindondan   qochiradilar.   Kursaviy   Qozonda   o’z   faoliyatini   davom
ettirib,   1813   yilda   vafot   etadi.   XIX   asrning   50-60   yillarida   diniy   islohotchilik
harakati   yanada   kengaya   boshlaydi.   Endi   bu   harakat   boshida   Buxorolik   mudarris
va   tarixchi   olim   Marjoniy,   G’ijduvonlik   domla   Fozil,   Mo’minjon   Vobkandiy,
mulla   Xudoyberdi   Boysuniy   va   boshqa   mudarrislar   turar   edilar.   Ular   madrasa   va
maktablarni   isloh   qilishni   emas,   balki   ortiqcha   darslarni   olib   tashlash   tarafdori
ekanliklarni yozadilar. Islohatchilar rahnamosi Marjniy o’zining dasturida quyidagi
olti asosiy masalalarni qo’yadi:
1.Qur’ondagi   har   qanday   diniy   masala   yuzasidan   kishilar   bilgan   holda
o’zlari erkin fikr yuritsinlar.
2. Birovning birovga ko’r-ko’rona ergashishi qat’iy man qilinsin.
3.   Madrasalarda   o’qitiladigan   hoshiya   va   Sharq   kabi   quruq   mazmunga   ega
bo’lgan   va   madrasa   o’quvchilari   uchun   foydasiz   bo’lgan   hamda   ularning   8-10
daqiqa vaqtini bekorga oluvchi darslar dars jadvallaridan olib tashlansin.
4.   Madrasalarda   Qur’oni   Karim,   Hadisi   Sharif,   ularning   tarjimalari   va   islom
tarixi kabi darslar o’tilsin. 5.   Arifmetika,   tarix,   jo’g’rofiya,   tabobat,   handasa,   mantiq,   falsafa   va   boshqa
dunyoviy fanlarni o’qishga qarshilik ko’rsatmasin.
6.   Har   bir   ishda   musulmonchilikni   Muhammad   alayxissalom   davridagi
qadimiy islom madaniyatiga qaytarish ko’zda tutilsin.
Yangi usul maktabda quyidagilarga:
Sinfda bolalar soni o’ttiztadan oshmaslikka: 
Bolalar faqat ikki daf’a – yoz va qish boshlaridagina maktabga qabul qilinishi;
Har qabul nechta bo’lishidan qa’iy nazar, bir sinfdan oshmasligi;
Har bir muallimda ko’pi bilan 3-4 sinf bo’lishi;
Agar maktab uch sinfdan iborat bo’lsa, darslar ketma-ket ma’lum uyg’unlikda
qo’yilmog’i, amal qilinmog’i kerak edi.
Yangi Sho’ro hukumati avvalgi ta’lim tizimi, o’quv-tarbiyaviy ishlarni isloh
qilish,   xalq   maorifi   tizimining   yangi   shaklini   joriy   etish   yuzasidan   bir   qator
vazifalarni belgilab berdi. 
Bunday   tadbirlani   amalga   oshirish   Turkistonda   Xalq   Komissarlari
Sovetining   1918   yil   14   maydagi   dekreti   asosida   boshlandi.   O’quvchilarga   ilm-
fanning   zarur   asoslari   bilan   bir   qatorda,   mehnat   ko’nikmalarini   ham   bera  oladiga
yagona Sho’ro “Mehnat maktabi” xalq maorifi uchun asosiy negiz qilib olindi.
Lekin   yangi   maktablarni   vujudga   keltirish   bir   qancha   muammolarga   duch
keldi.   Ayniqsa,   o’qituvchining   yetishmasligi,   darsliklarning   va   maktab
jihozlarining yo’qligi ishni yanada qiyinlashtirdi.
1918   yilning   iyunida   Toshkenda   maorif   xodimlarining   birinchi   syezdi
ochilib,   unda   xalq   maorifi   sohasidagi   ahvol   muhokama   qilindi   hamda   uni   qayta
qurish bo’yicha tadbirlar belgilandi. 
1918 yil dekabrda Turkiston Respublikasi  xalq maorifi komissarligi buyruq
chiqarib,   hamma   maktablarda   ona   tili   v   rus   tili   o’qitish   to’g’risida   qaror   qabul
qilindi.
Ushbu   qarorni   qo’llab-quvvatlanishi   natijasida   mahalliy   millatga   mansub
xotin-qizlarni   madaniyatga,   ilm-fanga,   ijtimoiy   hayotda   faol   qatnashishga   jalb
qilish harakati jadal yo’sinda avj olib ketdi.  XIX   asrning   ikkinchi   yarmi   va   XX   asrning   birinchi   yarmida   yashab   ijod
etgan   yirik   allomalardan   biri   Isxoqxon   Ibratdir.   U   ma’rifatparva   shoir,   zabardas
tilshunos,   tarixshunos   olim,   ilk   o’zbek   matbachiligidan   biri   sayyoh,   kalligraf,
naqqoshin publisist va ilg’or pedagogdir.
Is’hoqxon   1279   xijriy   (1862   milodiy)   yilda   Namangan   yaqinidagi
To’raqo’rg’on   qishlog’ida   tug’ildi.   Uning   otasi   Junaydullaxo’ja   Sunattilaxo’ja
o’g’li   ancha   bilimli   sohibkor   bog’bonlardan   edi.  U   adabiyotga,   she’riyatga   ancha
ixlos qo’ygan va “Xodim” taxallusi bilan bir muncha she’rlar bitgan kishi bo’lgan.
Onasi Xuribibi, o’z davrining o’qimishli,  Bedil, Mashrab kabi buyuk shoirlarning
asarlarini   mutola   qilish   bu   xonadon   uchun   sevimli   mashg’ulot   hisoblanardi.
Oiladagi bunday hayotiy vaziyat Is’hoqxonda adabiyotga muhabbatning erta paydo
bo’lishi uchun asosiy omil bo’ldi.
Is’hoqxon Ibrat madrasa  beradigan ilmlar bilan cheklanib qolmadi u o’qish
moboynida buyuk Sharq mumtozlari asarlarini mustaqil tarzda qunt bilan mutolaa
qildi va bu asarlar umrining oxirigacha unga eng yaqin xamroxi bo’ldi. Is’hoqxon
madrasada   arab va  fors  tillarini   chuqur  o’rganish  bilan  birga  bo’sh  vaqtlarida  rus
tilni   ham   mustaqil   o’rgandi   u   rus   va   o’zbek   tillarida   chiqadigan   “Turkistanskiye
vedemosti” (Turkiston viloyatining gazeti) biln ilk bor Qo’qon madrasasida o’qib
yurgan kezlarida tanishib chiqdi.
Is’hoqxon   Ibrat   1886   yilda   Qo’qon   madrasasini   tugatib   o’z   qishlog’i
To’raqo’rg’onga   qaytib   keldi   va   u   o’z   ijodini   ilg’or   o’qituvchi   sifatida   qishloqda
ma’rifat   tarqatish   bilan   boshladi.   O’sha   yili   u   o’z   qishlog’ida   maktab   ochdi.
Is’hoqxon   ochgan   maktab   eski   mahalla   maktablaridan   ancha   farq   qilar   edi.
Is’hoqxon o’z maktabiga nisbatan  ilg’or  bo’lgan tovush (savtiya)  metodini tadbiq
qildi va Usuli savtiyaning eski metod taraftorlaridan himoya qildi. 
Rus   tili   bilan   bir   qatorda   yaqin   Sharq   va   G’arb   tillarini   ancha   mukammal
bilgan Isohqxon Ibrat bu muhim masalada ham o’z xalqiga yordam qo’lini cho’zdi.
U   olti   tildagi   arabcha,   forscha,   hindcha,   turkcha,   sardcha   (o’zbekcha)   va   ruscha
so’zlarni   o’z ichiga olgan “Lug’ati sitta-al-sina” nomli mukammal lug’at kitobini
yaratdi.   Muallif   ruscha   yozuv   sistemasini   bilmaydiganlarga   ham   qulay   bo’lishi uchun rus so’zlarini arab yozuvi bilan beradi. Ma’lumki, rus va yevropa so’zlarini
arab   yozuvida   ifodalash   ancha   murakkab   ish,   lekin   Is’hoqxon   Ibrat   bu   murakkab
ishni muvaffaqiyatli hal qildi. 
Is’hoqxon   Ibrat   1886   yilda   eski   maktablarga   nisbatan   bir   muncha   ilg’or
bo’lgan maktab ochdi. 1907 yilda ikkinchi Marmuncha qishloq bolalari uchun eski
maktabalardan butunlay farq qiluvchi bepul yangi usuli savutiya maktabini ochdi. 
Saidahmad   Siddiqiy   hunarmand   -   dexqon   oilasida   tug’ilib   o’sdi.
Boshlang’ich   maktabni   tugatganidan   so’ng   madrasaga   o’qishga   kirdi.   Shuning
bilan bir vaqtda rus tilida tashkil etilgan maktabga ham qatnay boshlaydi va rus tili
ham adabiyotni mukammal egallab bordi.
Saidahmad Siddiqiy Samarqand viloyatidagi Xalavon nomli o’z qishlog’ida
dexqon   va   hunarmandlarning   bolalariga   yangi   usul   maktabini   tashkil   etib,   unda
ta’lim-tarbiyani   o’sha   davr   ilg’or   maktablarining   tajribasi   asosida   quradi.   U   eski
maktab ish faoliyatida xato-kamchiliklarni qattiq tanqid ostiga oladi va yangi usul
maktabning ijtimoiy, siyosiy va pedagogik yutuqlarini keng yoritishga dalil e’tibor
beradi.
Siddiqiy viloyatda birinchi bor katta yoshlar uchun yangi usul maktab ochib,
madaniy   hayotda   katta   o’zgarishlar   yasadi.   U   1914   yil   “Zarafshon”   nomi   bilan
kitob   savdo   do’koni   ochib,   unda   ko’rgazmali   qurollar,   metodik,   darslik
adabiyotlar, o’quv qurollari hamda jurnallar bilan savdo qilishga sharoit yaratdi.
Siddiqiy   ta’lim   usuliga   katta   mehr   bilan   munosabatda   bo’lib,   o’qitishning
yangi usulini ilmiy, ongli, tushunib o’qitish prinsiplarini eskicha hijjalab o’qitishga
qarama-qarshi qo’ydi. Mohir o’qituvchi darslarni qat’iy tartib dars jadvali asosida
tashkil   etib,   o’zbek,   rus   tillarida   chuqur   ta’lim   bera   olgan.   U   tabiatshunoslik,
geografiya   darslarida   mashg’ulotlarni   Bulung’ur   daryosi   yonida   ochiq   havoda
amaliy mashqlar bilan o’tishga erishgan.
Saidahmad   Siddiqiy   1918-21-yillar   davomida   huquq   ishlari   komissari
vazifasida   ishladi.   1921   yildan   umrining   oxirigacha   pedagogik   ishda   ishlagan,
“Xizmat ko’rsatgan o’qituvchi” yuksak univoniga sazovor bo’lgan.   Abdurauf Fitrat
XX asr boshlarida Vatan mustaqilligi va millat farovonligi uchun kurashgan
jadid   harakatining   namoyondalaridan   biri   Abdurauf   Fitrat   bo’lib,   u   yirik   davlat
arbobi,   yetuk   olim,   mohir   pedagog   va   buyuk   ma’rifatparvar   ham   edi.   Abdurauf
Fitrat   1886   yili   amirlikning   poytaxti   Buxoro   shahrida   tug’ildi.   «Fitrat»
Abduraufning   taxallusidir,   bu   so’z   «tug’ma   tabiat»,   «tug’ma   iste’tod»   degan
ma’nolarni anglatadi.
Abdurauf   dastlab   eski   maktabda,   so’ngra   Buxorodagi   Mirarab   madrasasida
tahsil   ko’radi.   Abdurauf   Fitratning   ijodiy   faoliyati   Turkiyada   boshlandi.   U
islohotchilik   yo’liga   kiradi.   Uning   jamiyatni   isloh   qilish   haqidagi   g’oyalari   1909
yili fors tilida Turkiyada yozilgan dastlabki asarlari «Hindistonda bir farangi ila bir
mudarrisning bir necha masala ham usuli jadid xususida qilgan munozarasi »(1909
y) va «Hind sayyohi bayonoti»da (1911 y) ifodalanadi.
1913   yili   4   yillik   o’qishdan   so’ng   Fitrat   ilg’or   qarashlari   bilan   Buxoroga
qaytadi.   Yangi   usul   maktablari   ishlarida   faol   ishtirok   etadi.   Fitrat   turli   bilim
muassasalari   uchun   qator   darslik   va   qo’llanmalar   yaratadi.   1917   yili   uning
«Ibtidoiy   maktablarning   so’nggi   sinflar   uchun   mo’ljallab   tuzilgan   o’zbek   tilidagi
o’quv darsligi» Bokuda nashr etiladi. 
Uning turli mavzudagi publisistik maqolalari o’sha davr matbuotida tez-tez
e’lon   qilib   turiladi.   Ayniqsa,   «Ittifoq   etaylik»,   «Yurt   qayg’usi»,   «Maorif   ishlari»,
«Maktab   ishlari»,   «Maktab   kerak»,   «Tilimiz»   kabi   maqolalar   bevosita   maorif
masalasiga   bag’ishlangan   edi.   Adib   1918   yilning   aprelida   Toshkentga   kelib
o’qituvchilik   qilagan.   Shu   bilan   birga   u   Toshkentda     «Chig’atoy   gurungi»
tashkiloti   faoliyatini   yo’lga   qo’ydi.   U   jamiyat   safida   madaniyatimiz   tarixida
alohida   kasb   etgan   o’tmish   ilmiy,   adabiy   va   madaniy   merosimizni   o’rganish   va
ulardan   xalqni   bahramand   etish,   avlodlarni   aedodlarning   o’lmas   ruiyati   bilan
bog’lshada katta xizmat qilgan.
Fitrat   1921   yili   Buxoroda   hukumat   bilan   ochilgan   Sharq   musiqa
maktabining tashabbuskori bo’ladi va maktabga o’z hovlisini hadya etadi.  1922-1923   yillarda   Fitrat   Buxoro   Xalq   Respublikasining   maorif   noziri
sifatida   barcha   o’zbek,   tojik   va   bosha   millatlarning   bolalari   uchun   maktablar
ochish, o’qituvchilarga metodik qo’llanmalar tayyorlash sohasida katta ishlar olib
bordi. Xotin-qizlar maktablarini ko’paytirishga, xotin-qizlarni ma’rifatga tortishga
alohida e’tibor beradi. 
Fitrat  1920-1924 yillarda Moskva  va Leningradda yashab  ijod qiladi. U bu
yillari Lazerev nomidagi  Jonli sharq tillari institutida ilmiy xodim bo’lib ishlaydi,
shu yerda va Leningrad universitetida ma’ruza o’qiydi. Leningrad universiteti uni
klassik   adabiyot   namoyondalari   to’g’risidagi   tadqiqotlari   uchun   professorlik
unvoniga   tavsiya   qiladi.   Jonli   sharq   tillari   institutining   ilmiy   kengashi   unga
professorlik   unvoni   berish   tavsiyani   tasdiqlaydi.   Fitrat   O’rta   Osiyoning   birinchi
professori bo’lib tarixga kiradi. 
30-yillarga   kelib   Fitrat   ijodidan   «Panturkizm»,   «Millatchilik»   g’oyalari
axtarilib,   uni   qoralash   boshlanadi.   U   1937   yilning   23   aprelidan   24   apreliga   o’tar
kechasi   hibsga   olinadi.   «Xalq   dushmani»,   «Millatchi»   kabi   ayblar   qo’yilib,   sud
Fitratni   1938   yil   5   oktyabrda   otishga   hukm   qiladi.   Bu   hukm   bir   kun   oldin   ijro
etiladi. Abdurauf Fitrat O’zbekistonda maktab va ta’lim-tarbiya rivojiga katta hissa
qo’shgan yetuk ma’rifatparvar va mohir islohotchi pedagog sifatida xalq xotirasida
qoldi. 
Abdurauf Fitrat zullisoniy yozuvchi  sifatida Abdurahmon Jomiy va Alisher
Navoiy   an’analarini   davom   ettirib,   o’zbek   va   tojik   tillarida   birday   mukammal
asarlar yarata oldi. U tojik tilida yozgan “Sayyohi hindi bayonati”, “Rahbari najot”,
“Sayha”,   “Vose   qo’zg’oloni”,   “Amir   Olimxonning   hukumronlik   davri”   kabi
asarlarida   va   o’zbek   tilida   yaratgan   “Oila”,   “Qiyomat”,   “Begijon”,   “Munozara”,
“Oq   mozor”,   “Abdulfayzxon”   va   boshqa   maqol   hamda   asarlarida   xal   orasida
madaniyat   tarqatish   va   ma’rifatparvarlik   g’oyalarini   ilgari   surdi.   Shuning   uchun
ma’rifatparvar   Fitratning   barcha   asarlarida   ta’lim-tarbiya   masalalariga   alohida
e’tibor beriladi. 
Fitrat   ota-onaning   vazifasi   o’z   farzandlarini   yetuk   kishilar   qilib
tarbiyalashlari   zarurligi,   bunda   ayniqsa,   uch   tarbiya:   1.   Jismoniy   tarbiya   – salomatlik, 2. Aqliy tarbiya – sog’lom fikrlilik, 3. Ahloqiy tarbiya – ahloqiy sano,
ya’ni ahloqiy poklikka e’tibor berish kerakligi ta’kidlanadi.
U   bola   tarbiyasi   faqat   oiladagina   olib   borilmasdan,   bu   ish   bilan   keng
jamoatchilik,   davlat   ham   shug’ullanishi   kerakligini,   chunki   davlatning   kelajagi
mana   shu   yoshlar   qo’lida   bo’lishini   ta’kidlab   o’tadi.   “Bolalarni   barkamol   qilib
yetkazish uchun uning tarbiyasiga faqat oilagina javobgar bo’lmasligi, butun qavm
a’zolari   javobgardirlar,   chunki   yoshlar   har   tomonlama   yetuk   inson   bo’lib
tarbiyalansa, qavmning kelgusi taraqqiyotida katta ahamiyatga ega bo’ladi”.
1917 yilgi fevral voqealari va oktyabr davlat to’ntarishidan so’ng Markaziy
Osiyo   xalqlarining   xayotida   ijtimoiy-siyosiy   iqtisodiy,ma’naviy-mafkuraviy,
jumladan xalq maorifi sohalarida keskin o’zgarish yuz berdi.
Turkiston   o’lkasida   milliy   demokratiya   vaqillari,   mashhur   ma’rifatparvar
ziyolilar   tomonidan   yangi   usluldagi   maktablarning   keng   tarmoqlarini   yaratish,
maktab-maorif   borasida   zudlik   bilan   islohotlarni   amalga   oshirish   yuzasidan   bir
qator takliflar ilgari surildi.
Shuni   ta’kidlash   lozimki,   hozirgi   O’zbekiston   hududida   podsho
hokimiyatining   ag’darilishi   natijasida   madaniy   hayot   va   ma’naviyat   sohalarda
murakkab,   ziddiyatli   jarayonlar   kechdi.   Oldingi   qariyb   ellik   yillik
mustamlakachilik   siyosatiga   qaramasdan   xalq   ommasi   uz   madaniyati,   urf-
odatlarini   saqlab,   himoya   qilib   kelgan.   Ko’p   asrlik   o’zbek   milliy   madaniyati,
qadriyatlari   qatori   yangi   shakllar   qaror   topdi.   Xalq   farzandlari   maktab   va
madrasalarda   ta’lim   olardilar,   qushimcha   yangi   usul   maktablari,   rus-tubjoy
maktablari,   gimnaziyalar   faoliyat   ko’rsatardi.   Gazeta   va   jurnallar,   kutubxonalar,
turli   milliy   jamiyatlar,   ziyolilar   ma’rifatchilikni   rivojlantirdilar.   Ko’tarilgan
jadidchilik   harakati   ma’rifatchilik   va   islohotchilik   harakatlarini   kengaytirib
yubordi.   Jadidchilik   1917   yilga   kelib   ijtimoiy   va   demokratik   harakat   darajasiga
ko’tarildi.   Xalq   ma’naviyati   asos-mohiyatini   islom   dinining   poklantiruvchi-
tarbiyaviy   aqidalari,   milliy   urf-odatlarimizning   sermazmun   va   insonparvarlik
sifatlari tashkil qildi. Xalq ommasining madaniy an’analari, ma’rifatchiligi, ma’naviyati, e’tiqodi,
milliy   urf-odatlari,   san’ati,   og’zaki   ijodiyoti   nihoyat   darajada   sermazmun,   ko’p
qirrali,   yuksak   insonparvarlik   g’oyalari   bilan   yo’g’irilgan   ko’p   asrlik   tariximiz
mahsuli   bo’lib   keldi.   Og’ir   jarohatlar   yetkazilgan   bo’lishiga   qaramasdan   milliy
iymon-etiqod va ma’naviyat saqlanib keldi, aholi turmush tarzining asosini tashkil
qildi.
Madaniyat   va   ma’naviyatdagi   elimiz   oldida   turgan   yagona   yo’l   boy
merosimizga   tayanib,   uni   inkor   qilmasdan   yangi   sharoit   vazifalarini   belgilash,
jamiyatning   barcha   qatlamlari   ishtirokida,   har   birining   istak-intilishlaridan   kelib
chiqib yuksalish, istig’lol  sari  harakat  qilish bo’lib qoldi. Asriy xalq merosi  bilan
bir   qatorda   ilg’or   milliy   ziyolilar,   jumladan,   jadidlar   yuzaga   keltirgan
ma’rifatchilik ko’rinishlari bo’lmish maorif, matbuot, badiiy ijod va boshqalarning
ahamiyati,   qadr-qimmatiga   tayanish,   tegishli   o’rin   berish   zarurati   ham   ko’zga
tashlandi.  Bu  ilg’or  qarashlar,  milliy  mustaqqillik  va istiqlolga  yug’rilgan  yuksak
tuyg’ular ulug’ davlatchilik, kolonial siyosat,   konservativ zo’ravonliklarga qarshi
kurashda chiniqib, kamolatga va yuksaklikka tomon intildi.
Elimizdagi   milliy   madaniyatimizni   zamonaninng   ilg’or   sivilizasiyasi,
madaniyati   maorifi   bilan   uyg’unlashtirib   davom   ettirishga   qodir,   layokatli   ijodiy
kuchlar yetishib chiqqan va yetishib chiqmoqda edi. Xalq ommasining ma’rifatini
rivojlantirishga   intilib   kelgani   milliy   ziyolilarimizga   kuch-quvvat,   ilhom
bag’ishladi.
Ammo O’zbekiston hududida ma’naviyat va madaniyat 1917 yildan boshlab
murakkab   vaziyatni   boshdan   kechirdi,   jiddiy   tusiqlar   va   buzg’unchiliklarga
uchradi.   Turkistonni   Qizil   imperiya   koloniyasiga   aylanitirishga   kirishgan
bolsheviklar siyosati va amaliyotini halq ommasi, milliy ziyolilar qabul qilmadilar.
Milliy   ziyolilar   va   arboblarning   faoliyati   keng   tus   oldi,   ijtimoiy-madaniy
mazmun   kasb   etdi.   Jadid   ziyolilar,   ijod   axli   bo’lmish   Munavaar   Qori,
Maxmudxo’ja Bexbudiy, Sadriddin Ayniy, Fitrat, Chulpon, A.Avloniy, Hamza, va
boshqalar   bilan   bir   qatorda   XX   asr   bo’sag’asida   tug’ilgan   iste’dodli   yoshlar
Mashriq   Yunusov   (Elbek),   Naim   Sayd,   Rafiq   Mumin   va   boshqa   qator   ziyolilar madaniyat,   maorif   sohalarida   jonbozlik   qildilar,   ijtimoiy   yo’naltirilgan   ijod   bilan
shug’ullandilar.
Ana shu davrda milliy xalq ta’limini tashkil etish muammosi alohida keskin
bo’lib turgan edi. Turkiston o’lkasining markazi — Toshkentda 1917 yil 9-14 may
kunlari o’qituvchilarning 1-o’lka qurultoyi bo’lib o’tdi, u ta’lim tizimining axvoli
bilan   bog’liq   ko’pgina   masalalarni   muxokama   qildi   va   "Turkiston   o’qituvchilar
ittifoqini»   tashkil   etdi.   Qurultoyda   ma’ruzalar   qilgan   Muvaqqat   xo’kumat
Turkiston   qo’mitasinint   a’zosi   S.Mahsudov,   yirik  sharqshunos   L.Zimin,  Farg’ona
viloyatinint   maorif   buyicha   inspektori   F.Yegorov   maxalliy   aholiga   ta’lim   berish
ishida   rus-   tubjoy   maktablarining   yaroqsiz   ekanligini   isbotlab   berdilar.   Qurultoy
ana shu tipdagi maktabni ona tilida o’qitiladigan milliy maktab bilan almashtirish
fikrini ma’qullab chiqdi.
Oradan   ko’p   o’tmay,   1917   yili   20   maydan   23   maygacha   Toshkentda
musulmon   o’qituvchilarning   qurultoyi   bo’lib   o’tdi.   Unda   asosan   musulmon
maktablaridagi   o’qituvchilarning   ishi   masalasi   muxokama   qilindi.   Qurultoy
qarorlarida  asosan   rus   —  tubjoy   maktablarini   milliy   maktablar   bilan   almashtirish
zarurligi   ko’rsatib   o’tildi,   bu   maktablar   uch   bosqichga   -   Quyi,   o’rta   va   yuqori
bosqichga bo’linishi lozim edi. Boshlang’ich ta’lim umumiy, majburiy, bepul, olti
yillik   bo’lishi   kerak   edi.   Asosiy   o’qitiladigan   fanlar   orasida   islom   ta’limoti
asoslari,   ona   tili,   rus   tili   (4-sinfdan   boshlab),   arifmetika,   tabiatshunoslik,   tarix
(milliy va rus tarixi), geografiya ( umumiy va rus geografiyasi ) ham bor edi.
Qurultoyda   tashkil   etilgan   «Musulmon   o’qituvchilar   kengashi»   (rais   —
Murod   xo’ja   Solixo’jayev,   kotibi   ~   S.Abdusamatov   )   rus   —   tubjoy   maktablarini
milliy   maktablarga   aylantirish   dasturini   ishlab   chiqdi.   Yangi   o’quv   yili   arafasida
uning   loyixasi   Toshkent   shaxar   dumasi   tasdiqga   taqdim   etildi.   1917   yil   10
sentyabrdagi Duma majlisida so’zga chiqqan Munavvar Qori maktabni isloh qilish
xaqidagi   «Musulmon   o’qituvchilar   kengashi»   ning   ma’ruzasini   takdim   qildi   va
unda musulmon maorif xodimlari — o’qituvchilarga nixoyatda extiyej sezilmokda,
deb ko’rsatib o’tdi. Oktyabr   to’ntarishidan   so’ng   yangi   sovet   maktabini   tashkil   etish   vazifasi
ilgari   surildi.   Bu   jarayonga   komissarliklar   tizimida   tashkil   topgan   Maorif   xalq
komissarligi (birinchi xalq komissari K.Ya.Uspenskiy) rahbarlik qilishi lozim edi.
Biroq   ma’lum   vaqtgacha   maktab   tarmoqlarini   boshqarishning   eski   tizimi   ham
saqlab qolindi.
1918 yilning martigacha Turkistonda Vasiylik qumitasi mavjud bo’lib turdi.
qumita   o’quv   yurtlari   tarmoklariga   rahbarlikni   amalga   oshirib,   Turkiston
pedagoglarining   manfaatlarini   ifodaladi     maktabni   siyosat   ta’siridan   saqlashga
harakat qildi.
Yangi   xokimiyat   o’z   navbatida   Vasiylik   qo’mitasi   va   o’lkaning   barcha
o’qituvchilarni   Xalq   Komissarlari   Kengashi   bilan   hamkorlikda   ishlashlarini   talab
qildi,   hamkorlik   qilishga   javob   tariqasida   maktab   xodimlari   maoshini
ko’paytirishga   va   o’quv   yurtlariga   mablaglar   ajratishga   vada   qildi.   Biroq
o’qituvchilar   ittifoki   Xalq   komissarlari   Kengashi   bilan   hamkorlik   qilishni
istamaganligi   sababli   ular   ish   xaqini   oshirish   va   maktablarning   moddiy   axvolini
yaxshilash   uchuy   mablag’lar   ajratmadilar.   Buning   ustiga   mart   oyida   ma’murlar
o’rta   o’quv   yurtlarini   yopib   quyish   xaqida   farmoyish   berdilar,   bundan   maqsad
navbatdagi o’quv yilining boshlanishiga qadar ularni «yangicha asoslarda» tashkil
etishdan iborat edi.
1918   yilning   o’rtalaridan   boshlab   yangi   tipdagi   maktablarning   tez,   asosan
miqdor  jihatidan o’sishi  ko’zga tashlandi. Turkiston jamiyati  aholisining badavlat
qatlamlaridagi   juda   ko’p   mikdordagi   mablag’ning   tortib   olinganligi   o’lka
iktisodiyotini   kambag’allashtirib   quydi,   ayni   bir   vaqtda   sovet   xokimiyatini   zarur
mablag’lar   bilan   ta’minlandi,buning   natijasida   maktab   qurilishiga   rahbarlik
qiluvchi Maorif xalq   komissarligi 1918 yilda  ma’lum darajada kreditga ega bo’ldi.
Bolsheviklar ijtimoiy, sinfiy mazmuniga ko’ra yagona maktabni tashkil etar
ekanlar,   milliy   shaklning   zarurligini   e’tirof   etdilar,   shu   boisdan   Turk   respublika
milliy asosda - ukrain, arman, yaxudiy maktablari va tabiiyki, «Turkistonda milliy
turk ommasi ustuvor bo’lganligi» uchun hammadan ko’prok. va birinchi navbatda
o’zbek maktablari tashkil qilindi. 1 Dastlabki   o’zbek   sovet   maktablari   mablag’laridan   qisib   kuyilgan   bo’lib,
ularga o’quv vositalari va qullanmalar yetishmasdi. Moddiy ahvolning og’irligiga
ko’p   jihatdan   ma’murlarning   yerli   aholining   bilimli   bo’lishiga   nisbatan
mustamlakachilik   munosabatda   bo’lishi   ta’sir   qildi,   bu   esa   1918-1920   yillar
davrida   rus   tilidagi   o’quv   yurtlari   va   tub   yerli   aholi   bolalari   uchun   muljallangan
maktablarni   mablag’   bilan   teng   asosda   ta’minlamaslikka   olib   keldi.   Bundan
tashqari, ko’pincha xalq ta’limi uchun ajratilgan mablag’ni deputatlar kengashlari
boshqa maqsadlar uchun ishlatishardi.
Maorif xalq komissarlarm uchun kadrlar masalasi maktab qurilishdagi bosh
muammo   edi.   Yangi   tuzum   pedagoglarni   tayyorlash   ayniksa,   birinchi   navbatda
maxahliy   maktablar   o’qituvchilarni   tayyorlash   uchun   har   tomonlama   chora-
tadbirlar belgilandi. Binobarin, o’qituvchilar tayyorlash butunlay yangicha negizga
– qisqa muddatli kurslar orqali yo’lga qo’yildi. 1918 yilning yozida Samarkandda
«musulmon o’qituvchilari uchun pedagogik kurslar» ochildi. O’sha yilning kuzida
Toshkentda — Toshkent uyezdining tub yerli aholisi uchun maktab o’qituvchilari
kurslari ochildi.
Yukori   bosqich-   dorilmuallimin   (o’qituvchilar   kursi,   keyinroq   oliy   o’quv
yurti):   o’rta   bosqich   —   boshlang’ich   maktablarni   o’z   ichiga   olar   edi.   Xalq
dorilfununi tarkibining bu shaklda bo’lishi sharoitning o’zidan kelib chiqqan holda
zamonaviy bilim va savodxonlikka extiyojdan tug’ilgandi.
O’sha   yilning   3   mayida   dorilfunununning   Musulmon   bo’limi   rahbariyatiga
saylov bo’lib, unda Munavvar Qori rais (rektor), Iso Tuxtaboyev birinchi muovin,
Burxon   Habib   ikkinchi   muovin,   Abdusamid   Qori   Ziyobov   xazinador,   Muxtor
Bakir sarkotib bo’lib saylandi. 13 may (yakshanba) kuni Toshkentning eski shaxar
qismida   Bikula   Morozovning   sobik   do’qoni   binosi   (xozirgi   o’zbek   yosh
tomoshabinlar   teatri)da   musulmon   aholi   uchun   «xalq   dorilfununi»   ochiladi.   Bu
bo’lim   tez   orada   o’ziga   xos   yirik     bilim   maskaniga   aylandi.   Dastlab   9   ta
boshlang’ich   maktab   ochish   mo’ljallangan   bo’lsa-da,   aholi   extiyojiga   ko’ra,
ularning   soni   24   taga   yetdi.   Dorilfununning   musulmon   bo’limi   15   demokratik tashkilot   vaqillari   uyushgan   45   kishilik   kengash   tomonidan   boshqariladi.   Undagi
muallimlar soni 18 nafarga yetadi.
1918   yil   2   iyun   kuni   sobiq   seminariya   binosida   dorilfununining   o’zbeklar
uchun   maxsus   o’qituvchilar   tayyorlovchi   bo’limi   —   «Dorilmuallimin»   ochildi.
Unda   Fitrat   sna   tilidan:   Kamol   Shams   arifmetika   va   geometriyadan,   Haydar
Shavqiy   gigiyena,   gimnastika   va   nemis   tilidan,   Raximboyev   arifmetikadan,
Abdurahmon   Ismoilzoda   san’atdan,   Rizayev   madaniyat   tarixi   va   siyosiy
iqgisoddan,   Munavvar   Qori   ona   tilidan   dars   berishadi.   Bu   bo’limning   ochilish
marosimida   Munavvar   Qori   nutq   so’zlab,   inson   ma’rifatli   bo’lib,   ko’zi
ochilmaguncha   vijdoni   uyg’onmasligini,   vijdon   uyg’onmasa   na   o’zini,   na   xalqni
erkin   muxofaza   qila   olmasligini,   bu   iymonsizlik   ekanini   mutafakkirona   noziklik
bilan ifoda etadi.
Munavvar   Qori   1922   yildan   Turkiston   maorif   noziri,   keyin     Toshkentning
eski   shaxar   maorif   bo’limi   muboshiri   (inspektori)   bo’lib   ishladi,   o’sha   yili   23-25
martda   bo’lib   o’tgan   2-Umumturkiston   maori   xodimlari   kurultoyida   ishtirok  etib,
maktab   bo’limiga   a’zolika   saylandi.   Keyinchalik   Alisher   Navoiy   nomli   ta’lim-
tarbiya   yurtida   va   turli   maktablarda   o’zbek   tili   va   adabiyotidan   dars   do’stlari   va
shogirdlari   Kayyum   Ramazon   va   Shorasul   Zunnun   hamkorlikda   uch   bo’limdan
iborat «O’zbekcha til saboklari» kitobini (1925 yil) nashr ettirdi,
1917-1920   yillardagi   qiska   davrga   shu   jumladan,   xalq   ta’lim   sohasida   ruy
bergan   o’zgarishlarga   1920   yilda   yakun   yasaldi.   Sovet   maktablarining   tez   o’sishi
Turkiston   maktab   tizimini   boshi   berk   ko’chaga   olib   kirdi.   Jiddiy   moddiy
ta’minotning   yo’qligi   va   kadrlar   bilan   ta’min   etilmaganlik   ko’pgina   «qog’ozdagi
maktablar»ning   mavjudligini   shart   qilib   qo’ydi.   Natijada   maktab   yoshidagi
bolalarning 70 %dan ko’pi maktabga jalb qilinmadi. 
Turk   MIQ   yangi   ijtimoiy   tuzumining   kelajagi   yosh   avlodning   umumta’lim
saviyasiga   bog’lik   ekanligini   tushunib,   1920   yilning   noyabrida   maktab   tizimi
axvolini   yaxshilash   maqsadida   qaror   qabo’l   qildi.   Unda   Maorif   xalq   komissarligi
zimmasiga «savod o’rganish ishini birinchi   Oliy ta’limning shakllanishi va kadrdar
tayyorlash   muammolari   (1917-1924   yillar)   o’ringa   qo’yish»   va   maktab o’quvchilarining ta’minoti  hamda  ovqatlanishini   yaxshilash   uchun chora-tadbirlar
belgilash   vazifasi   yuklandi.   XXMK   (Xalq   Xo’jaligi   Markaziy   Kengashi)   «imkon
boricha»   maktab   o’quvchilari   uchun   o’quv   qullanmalari   va   birinchi   galda   zarur
bo’ladigan   ashyolar   ishlab   chiqarishni   ko’paytirishi   lozim   edi.   Xalq   Komissarlari
Kengashiga   o’quv   yurtlarini   binolar   bilan   ta’minlnsh   va   «imkon   boricha   Maorif
xalq komissarligi xay’ati ko’rsatmalari buyicha sarflanadigan pul belgilari fondini
ko’paytirish» buyurildi 1
. 
Oliy   ta’lim   masalasiga   kelganda   shuni   aytish   kerakki,   Turkistonniig   milliy
ziyolilar   va   shu   jumladan,   ilgor   rus   olimlari   (akad.   S.F.Oldenburg)   XX   asrning
boshlaridayoq   Toshkentda   universitet   tipidagi   oliy   o’quv   yurtini   ochish   zarurligi
masalasini   O’zR   ko’tarib   chiqqan   edilar.   Biroq   axvol   quruq   gaplardan   nariga
siljimagan   edi.   1918   yilning   fevraliga   kelib   Toshkentda   «Oliy   ta’lim   dustlari
jamiyati»   faoliyat   ko’rsata   boshladi,   uning   tarkibida   pedagoglar,   shifokorlar,
muxandislar, agronomlar va maxalliy ziyolilarning boshqa vaqillari ham bor edi.
Jamiyat oliy tipdagi o’quv yurti tashkil etilishiga qadar dastlab bepul ta’lim
beradigan   keng   ixtisosdagi   o’quv   yurti   tashkil   etishga   xarakat   qildi,   bu   o’quv
yurtda   ta’lim   oluvchilarning   qaysi   millatga   mansubligidan   qati   nazar   aholining
barcha qatlamlariga qulay bo’lishi  lozim edi. Bu xildagi o’quv shakli keyinchalik
ta’limni   oliy   yurtlarida   davom   ettiradigan   kadrlar   tayyorlashi,   shuningdek,
ulardagi,   tinglovchilarga   xalq   hujaligining   turli   sohalari   bo’yicha   hunarlarga,
(agronom, texnik, montyor, transport xaydovchilari, etikduzlik va tikuvchilik kabi)
ega bo’lishlaridya yordam berishi kerak edi.
1918   yil   21   aprelda   tantanali   ravishda   ochilgan   Turkiston   xalq   universitet
shu   tariqa   vujudga   keldi.   Universitet   o’ziga   Toshkentning   eng   yaxshi
o’qituvchilarini   jalb   qilgan   edi.   Uning   ixtiyoriga   Toshkentdagi   bir   qancha
boshlang’ich   maktablar   (13   ta   musulmon   va   11   ta   rus   maktabi),   8   bolalar
maydonchasi, Turkiston xalq kutubxonasi, Xalq muzeyi va konservatoriyasi berib
quyilgandi.   Maxalliy   millat   yoshlaridan   kadrlar   tayyorlash   uchun   universitet
qoshida musulmonlar shu’basi tashkil etilib, u Toshkentning eski shaxar   qismida faoliyat ko’rsatdi. Shu’ba «Xalq dorilfununi» degan ilmiy adabiy gazetani chiqarib
turdi.
Universitet   tarkibida   ijtimoiy-iktisodiy,   tabiiy-matematika,   tarix-filologiya,
qishloq   hujaligi   va   texnika   fakultetlari   bor   edi.   1919   yil   fearaldan   universitet
qoshida ishchi fakulteta ham faoliyat ko’rsata boshladi. 1920 yilning oxiriga kelib,
universitetda   ta’lim!   oluvchilaryaing   60   %   ini   maxalliy   millat   vaqillari   tashkil
qilgan edi. O’zbek tilidagi mashg’ulotlarni Axmad Fayziy, Burxon Xabib, Ibroxim
Toxiriy, Usmonhujayev, Xodi Fayziy va boshqalar olib borishdi.
1918-1920   yillarda   O’zbekiston   madaniy   xayotida   tanilgan   xalq
universitetining   tashkilotchilari   va   arboblari   bo’lgan   G.Abduraigidov,
A.A.Divayev,   A.Qodiriy,   Murod   Xoji,   G.NLerdansev,   R.Yusupbekov   va   boshqa
ko’pgina ziyolilar faoliyat ko’rsatgan edilar.
Oradan ko’p o’tmay Toshkentda maxsus sharqshunoslik ixtisosligidagi oliy
ta’limning tung’ichi Turkiston sharq   instituti vujudga keldi. U o’z faoliyatini 1918
yil   noyabrda   boshladi.   Institut   haqidagi   nizomda   uning   asosiy   vazifalari   qilib
Turkiston   mahalliy   aholini   va   qo’shni   mamlakatlar   aholisi   tilini   yaxshi   biladigan
sharqshunos   olimlar   va   amaliyogchi   xodimlar   tayyorlash,   Turkiston   tarixi   va
madaniyatini hamda uning aholisi tilini o’rganish deb belgilab berilgan edi.
1920   yilda   bolsheviklar   rejimi   Turkiston   Xalq   universitetiga   muqobil
sifatida   Turkiston   Davlat   universtiteti   (keyin   o’rta   Osiyo,   xozirgi   M.Ulugbek
nomidagi O’zbekiston milliy Universiteti) ni tashkil qildi.
Turkiston   davlat   universiteti   tashkil   qilingan   birinchi   kundanoq   uning
professor va o’qituvchilar tarkibi asosan rus olimlaridan iborat bo’lganligi sababli,
rus tilini bilmaydigan maxalliy aholi yoshlari uchun universitetda o’qish dastlabki
kundanoq muammo  bo’lib  qoldi. Natijada  dastlabki  yillarda universtitetda  asosan
yevropaliklar   ta’lim   oldilar.   Universitet   faoliyatining   birinchi   yili   oxiriga   kelib
unda   6   ta   fakultet:   ijtimoiy-iktisodiy,   tarix-filolgiya,   fizika-matematika,   texnika,
tibbiyot, qishlok xo’jalik fakultetlari ish olib bordi.
Shuni aloxida ta’kidlash kerakki, vaqt o’tishi bilan universitet faqat eng yirik
o’quv yurtigina emas, balki ilmiy-nazariy va amaliy tafakkurning, tabiiy va amaliy fanlarning   juda   xilma-xil   sohalari   buyicha   olib   boriladigan   tadqiqotlarning   eng
muxim markazi ham bo’lib qoldi.
1918-20   yillarda   sovet   maktabi   qurilishiga   milliy   o’qituvchilar)   ham   jalb
qilindi. Masalan, o’sha davrning tajribali o’qituvchilardan Oqilxon Sharafiddinov,
Jura Odilov, T.Shermuxzmmedov, T.Sodiqov, K.Dodamuhammedov va boshqalar
o’zbek sovet maktablarini tashkil etish sohasida ish olib bordilar. 
Shuningdek,   o’qituvchi   kadrlar   tayyorlashni   tezlashtirish   maqsadida   7   ta
bilim yurti, shu jumladan, bitta xotin-qizlar bilim yurti, 5 ta pedagogika texnikumi,
2   ta   pedagogika   bilim   yurti   va   bir   necha   qiska   muddatli   kurslar   ochildi.   Birgina
1921   yilning   o’zida   Turkiston   Respublikasi   bo’yicha   850   ta   o’qituvchi   xodimlar
tayyorlash   qisqa   muddatli   kurslari   ochildi.   Shu   bilan   birga   o’lkada   7   ta   maorif
institutlari   ish   olib   bordi   va   ularda   1145   talaba   ta’lim   oldi. 1
  Lekin   ularning
ko’pchiligi rusiyzabon aholi farzandlari edi.
Maxalliy   xotin-qizlarni   maorif   maskanlariga   jalb   qilish   oson   bo’lmadi.
Mavjud   maktablarda   va   xunar-texnika   o’quv   yurtlarida   maxalliy   millatlarning
qizlari  o’quvchilarning 7-8 % ini tashkil  qilar edi. (qizlarni  maktablarga tortishda
shoshma-shosharlik,   urf-odatlar   va   an’analarni   hisobga   olmaslik   bir   qator
murakkabliklar   tug’dirdi.   Xotin-qizlar   uchun   alohida   maktablar,   xotin   -   qizlarni
o’qituvchi   pedagoglar   bo’lishi   kerak   edi.   Bu   muammoni   xal   qilish   uchun   sovet
xukumati   respublikaning   bir   qator   shaxarlarida   xotin-qizlar   uchun   maxsus
pedagogika texnikumlari ochdi.
Umumiy   ta’lim   maktabi   bilan   bir   qatorda   xunar-texnika   ta’limi   maktablari
ham   ochila   boshladi.   O’lka   shaxarlarida   oltita   qishloq     xo’jalik   texnikumi,   bitga
medisina   texnikumi,   16   ta   xunar-texnika   maktabi   va   bir   necha   kurslar   tashkil
qilindi. 1924 yilning oxirida xunar-texnika ta’limi maktablarida 6800 dan ko’proq
yoshlar ta’lim oldilar.
Turkistondagi   oliy   o’quv   yurtlar   xalq   xo’jaligining   turli   sohalari   uchun
mutaxassislar   tayyorlash   bilan   bir   qatorda   xalq   maorifi   maktablari   uchun   ham
malakali   pedagoglar   tayyorlashga   jalb   qilingan   edi.   Shu   maqsadda   o’rta   Osiyo
Davlat   universtiteti   qoshida   maxsus   pedagogika   fakul’teti   ochildi.   Lekin   bu fakultet   bir   yil   ishlar-ishlamas   yopib   qo’yildi   va   Nizomiy   nomli   Toshkent   davlat
pedagogika   institut   tashkil   etilgunga   qadar,   respublikada   o’qituvchi   kadrlarni
tayyorlash   mushkul   muammolardan   biri   bo’lib   qolaverdi.   Yana   eng   muhim
muammolardan   biri   shu   ediki,   oliy   va   maxsus   o’quv   yurtlariga   qabo’l   qilingan
yoshlarning aksariyati rusiyzabon talabalar edi.
Masalan,   1923-24  o’quv  yilida O’rta  Osiyo     Davlat  universitetiga  o’qishga
kirgan 2047 talabadan faqat 51 nafarigina mahalliy millat yoshlaridan edi xolos.
1924/25   o’quv   yilida   bu   universitetda   2440   talaba   va   ishchilar   fakultetida
889 yoshlar ta’lim oldi.
1924   yilda   Qo’qon   bilim   Yurtini   13   ta   yigit-qizlar   bitirib   chiqdi.   Unda
keyinchalik "O’zbekiston Fanlar akademiyasining birinchi prezidenti Qori Niyoziy
dars   berdi,   bitirganlardan   akademiklar,   yirik   fan   madaniyat   arboblari   yetishib
chiqdi. Chet mamlakatlar bilan madaniy alokalar, yoshlarning o’qib kelishlari XX
asr boshlarida kengayib bordi va keyinchalik ham davom etdi. Buxoro Respublikaa
xukumati   tashabbus   ko’rsatib,   bu   ishga   tashkiliy   tus   berdi.   1922   yilda   Turkiston,
Buxoro,   Xorazmdan   70   ga   yaqin   yoshlar   Germaniyaga   o’qishgaa   jo’natildi.
Buxoro   respublikasi   xukumati   Berlinda   yotokxona   uchun   bino   sotib   oldi,
o’qituvchilarni moddiy ta’minlab turdi, ularning ahvoli o’qishlaridan ogoh bo’ldi.
Yoshlarimiz   Germaniyaning   turli   o’quv   yurtlarida   muvaffaqiyat   bilan   o’qidilar,
mutaxassislar  bo’lib yetishdilar. Afsuski, o’z ona yurtiga qaytgan yigit qizlarimiz
mustabidlik qatag’oniga uchradi.
2.   Ma’lumki,   1924   yilda   amalga   oshirilgan   milliy   davlat   chegaralanishi
natijasida   mintaqa   xaritasi   qaytadan   tuzildi.   Shuni   ta’kidlash   lozimki,   20-30
yillardagi   juda   murakkab,   siyosiy   ijtimoiy   va   ijtimoiy   iktisodii   jarayonlar
respublikaning milliy madaniyatiga xar xil  tarzda ta’sir  o’tkazdi, barcha sohadagi
o’zgarishlarni   qarama-qarshi   tusga   kiritdi   va   respublika   taraqqiyotining   asosiy
tendensiyalari hamda yunalishlarini uzoq yillarga belgilab berdi.
1924-25   o’quv   yilida   Respublika   byudjetiniig   24   %   xalq   maorifi   uchun
ajratildi.   Bu   maktab   qurilishini   tezlashtirishga   imkon   berdi.   I-II   boskichdagi umumta’lim   maktablarining   soni   1928   —   29   o’quv   yiliga   kelib   deyarli   2,5
mingtaga yetdi.
Shu   bilan   bir   vaqtda   katta   yoshli   aholi   o’rtasida   savodsizlikni   tugatish
yuzasidan   keng   miqyosda   kompaniya   avj   oldirildi.   1921-22   o’quv   yilidayok
respublikaning   ko’pgina   shaxarlari   va   qishloq   joylarida   mingdan   ortiq   savod
maktablari, savodsizlikni tugatish kurslari va tarmoqlari faoliyat ko’rsatdi. Ulardan
50   ming   kishi   xat   savod   chiqardi.   Savodsizlikni   tugatish   ishi,   tiklash   davrining
dastlabki yillarida katta qiyinchiliklarga duch keldi: o’qituvchilar, maktab binolari,
asbob jixozlar, o’quv qo’llanmalari, pul mablag’lari yetishmas edi. Biroq bu soha
garchi   qiyinchilik   bilan   bo’lsada,   izga   tusha   boshladi.   Katta   yoshli   kishilarni
o’qitish   va   shakl   va   usullari   takomillashtirildi.   Savod   maktablari   tarmoqlari
birmuncha   kengaytirildi,   savodsizlikli   tutatuvchi   o’qituvchilar   soni   ko’paydi.   Bu
dastlabki   yutuqlar   keyingi   yillarda   savodxonlik   oshirish   yuzasidan   avj   olgan
umumxalq xarakatining debochasi bo’ldi.
Hamza   Xakimzoda   Niyoziy,   T.Shermuhammedov,   N.T.Qoriniyoziy,
E.Komilov,   A.Nabixo’jayev,   G.Nazarov,   M.Qodirova   Z.Polvonova,   P.Kayumov,
K.Abdurashidov   kabilar   yangi   maktab   yaratish,   rivojlantirish   uchun   faol
kurashdilar.   Shu   yillarda   Markaziy   rahbariyat   sovet   tuzumiga   sodiq   bo’lgan
pedagog   kadrlarni   ko’p   mikdorda   tezkorlik   bilan   tayyorlab,   ular   orqali   aholini
ayniksa,   yosh   avlodni   kommunistik   g’oyalar   asosida   tarbiyalash   maqsadida
qarorlar   va   rejalar   ishlab   chiqdi.   Ularni   og’ishmay   amalga   oshirish   uchun   zarur
mablag’larni   ayamadi,   bor   ma’rifatchilarni   hamda   partiya,   sovet,   jamoat
tashkilotchilarining kuch - quvvatini safarbar qildi.
Maktablarning   pedagogik   kadrlarga   bo’lgan   extiyojlarini   qondirish   uchun
pedagogika   o’quv   yurtlarining   keng   tarmoga   yaratildi:   texnikumlar,   maorif
institutlari,   o’quv   yurtlari   ochildi.   Ularda   jadal   suratlar   bilan   ommaviy   mikyosda
yangi o’qituvchi kadrlar yetishib tayyorlandi.  20 - yillarning oxiriga kelib ularning
soni respublikada  deyarli besh   yarim  mingtaga yetib  qoldi. Xalq, maorifi rivojlanib
bordi . Shunday   bo’lsada   bu   jarayonlar   partiyaning   madaniy   sohada   zo’ravonlik
ko’rsatishi   tufayli   mushkulliklarga   uchradi.   Xalq   maorifida,   bu   narsa   avvaliga
milliy   ta’lim   shakllari   yoyiladigan   sohalarni   cheklab   qo’yish,   keyinchalik   esa
ularni   butunlay   yo’q   qilib   yubori щ da   aksini   topdi.   Chunonchi   20   yillarning
boshlarida sovet maktablari bilan birgalikda eski usul maktablari, diniy tashkilotlar
tomonidan ta’minlab boriladigan vaqf maktablari  va madrasalari  ham ishlab turar
edi. 1925 o’zbekistonda 97 ta vaqf maktablari va 1,5 mingdan ortik eski maktablar
bo’lib, ulardan 250 tasi yashirin xolda ish olib borgan. Lekin sovet xokimiyatining
insonparvarlikka zid siyosati natijasida ular 1928 yilga kelib o’z faoliyatini amalda
tugatdilar,
Xalq   ma’rifatining   yuksalish   yo’lida   aholining   savodliligini   oshirishga,
savodsizlikka barham berish davr talabi edi. Bu ko’plab yangi savod maktablari va
kurslar   ochildi.   Minglab   savodli   bo’ldi.   Shuni   aytish   joizki,   1930   yili   umumiy
boshliach ta’limni joriy etish savodsizlikni kamaytirishga yordam berdi.
Birok   raqamlar   ortidan   quvish   va   shoshma-shosharlik   oqibatda   umumiy
ta’limni   joriy   qilishda   ko’pgina   jiddiy   xatolarga   yul   quyildi.   Jumladan,   maktab
yoshidagi   bolalarning   bir   qismi   o’qishga   tortilmay   qoldi…   O’qishni   tashlab
ketayotgan o’quvchilar soni (ayniqsa maxalliy millat yoshlari orasida) ortib bordi.
Ko’pgina   maktablarda   o’qitish   saviyasi   mutlaqo   talabga   javob   bermasdi,   chunki
muallimlarning bilim darajasi yetarli emasdi.
Ayniqsa ularning moddiy axvoli yomon edi, maktablar son jihatdan muttasil
ortib   borayotgan   bo’lsada,   ularning   o’quv   moddiy   bazasi   nochor   axvolda
qolayotgan edi,
Ma’lumki,   bolsheviklar   mafkurasi   negizida   asosan   sinfiylik   kurash   g’oyasi
ustivorlik qilgan. O’zgacha fikrlashga bo’lgan xar qanday urinish «sinfiy dushman
qarshiligi»   deb   baholandi.   Guyo,   «sinfi».   dushman»   ijtimoiy   xayotning   barcha
jabhalarida,   ta’limda,   adabiyot   va   san’atda,   ishlab   chiqarishda   mavjud   bo’lib   uni
qidirib topish, barchani shubxa ostita olish odat tusiga kirib bordi.
Ziyoli   kadrlarni   tayyorlashda   sinfiy   jihatdan   ishonchli,   aholining
«mexnatkash»   tabaqalaridan   chiqkan   kishilarini   tanlab   olish   kerak,   degan   g’oya ilgari   surildi.   Chunki,   avvaldan   yaxshi   ma’lumki,   aqliy   va   mantikiy   mushohada
etish   darajasi   qancha   past   bo’lsa,   savollar   ham,   noroziliklar   ham   shuncha   kam
bo’ladi.   Shuning   uchun   ham   madaniyat   xodimlarning   tarkibini   ijtimoiy   jihatdan
ishonchli   bo’lgan   «mexnatkashlar»   xisobiga   soddalashtirish,   ular   orasidagi   eng
zakovatli va omilkor qatlamni siqib chiqarishni maqsad qilib quyildi. Bu «madaniy
ishqilob»ning   asosiy   tezislaridan   biri   bo’lib,   «shaklan   milliy,   mazmunan   proletar
madaniyati»ni   vujudga  keltirishdan  iboart   edi.  Bu  g’oya  sovet  davlatining  barcha
o’n   yilliklari   davomida   yashab   keldi.   30-yillarda   uni   amalga   oshirish   borasida
quyilgan dastlabki qadam madaniyatning barcha sohalari uchun kadrlar tayyorlash,
yuqorida   ayttanimizdek,   «mexnatkashlar»,   ya’ni,   «proletar   qatlamdan»
boshlanganligi ham bejiz emas edi.
O’sha   yillarda   komsomol   safiga   ijtimoiy   jihatdan   faqat   «mexnatkashlar»
qatlamidan   qabul   qilinganligini   e’tiborga   oladigan   bo’lsak,   nima   uchun
komsomollar safarbar qilinib, ularni qiska muddatli kurslarda o’qitib maktablarga
muallim   sifatida   yuborilganligini   anglab   yetamiz.   Buning   natijasida   respublikada
o’qituvchilar soni 1928-29 o’quv yilidagi 5,5 ming kishidan 1932-33 o’quv yilida
kariyib ming kishiga 3
 1941 yili  esa 1   
42 ming kishiga yettan. Bu raqamlar shundan
dalolat beradiki, 1933 yil boshlarida xalq ta’limi tizimlarida o’tkazilgan «tozalash»
oqibatida ijtimoiy kelib chiqishi  nuqtai nazaridan «ishonchsiz»  bo’lganlar  o’rniga
qiska muddatli kurslarni bitirgan saviyasi  past, lekin ijtimoiy jihatdan «ishonchli»
qatlamlardan qushimcha muallimlar tayyorlanib, ular maktablar va madaniyatning
boshqa sohalarida ishlash uchun yuborildilar.
1930 - yillarning birinchi yarmida avj olgan bu tadbir amalda ziyolilar safini
malakasi   va   saviyasi   past   kishilar   bilan   to’ldirishga,   yuzakilik,   omilsizlik,
qog’ozbozlik   kabi   noma’qul   illatlarning   ildiz   otishiga   olib   keldi.   Kishining
qobiliyati,   madaniy   saviyasi   va   ma’lumot   darajasi   emas,   balki   ijtimoiy   kelib
chiqishi asosiy mezon qilib olindi.
  Mazkur   siyosat   tufayli   o’zbek   xalqi   o’z   tarixi,   milliy   urf-odati,   an’ana,
umuminooniy   qadriyatlarni   bilish   va   o’rganish   imkoniyatlaridan   maxrum   bo’ldi.
Millat   taqdiri,   maorif   ravnaqi   uchun   jon   fido   qilgan,   erkin,   hur   fikrli   alloma ma’rifatparvarlar:   Abdurauf   Fitrat,   Munavvar   Qori   Abdurashidxonov,   Elbek,
Otajon   Hoshimov,   Shokir   Sulaymon,   Chulpon,   Abdulla   Qodiriy   qatl   etidi.
Shorasul   Zunun,   Usmon   Nosir,   va   boshqalar   Sibirga   surun   qilindi.   Sobiq
tuzumning   totalitar   siyosati   to’la   xukmron   kuchga   kirib,   mafkuraviy   kurash
kuchaydi.   Natijada  xalq   ta’limiga.   buyro’qbozlik   nuqtai-nazaridan   turib   ekstensiv
ravishda   yondoshish   tarkib   topdi.   Buning   natijasida   sifat   muammolari   chetga
surilib,   miqdor   ko’rsatkichlari   birinchi   o’ringa   o’tdi.   Ahvolni   xo’ja   ko’rsinga
yaxshilash orqasidan quvish  jamiyatning madaniy hayyotiga yomon tasir o’tkazdi,
hamda oliy va o’rta maktabga sezilarli darajada  zarar yetkazdi.
3 .Ikkinchi   jahon   urushi   boshlangan   dastlabki   kunlardanoq   O’zbekiston
halqlari   ma’navii   madaniyatining   boy   salohiyati   insoniyatning   eng   yovuz
dushmani       bo’lgan   fashizmni   tezroq   tor-mor   qilish   ishiga   safarbar   qilindi.
O’zbekiston  madaniyatining barcha yunalishlari  uning arboblari va xodimlarining
fidoyiligi va vatanparvarligi tufayli juda qisqa muddatlarda urush davri ehtiyojlari
va   talablari   oqimiga   yunaltirildi.   Urushning   og’ir   sharoitlarida   o’zbek   olimlaring
ilmiy   va   amaliy   ishlari   front,   aholi   va   g’alaba   uchun   beqiyos   ahamiyatga   ega
bo’ldi,   xalqimiz   ahlining   ona-Vatanga   bo’lgan   mehr-muhabbatini   kuchaytirdi,
vatanparvarlik   tuyg’ularini   uyg’unlashtirdi,   mexnat   faoliyatiga   kuch-quvvat
bag’ishladi.
Urushning suronli yillarida respublika oliy o’quv yurtlari va texnikumlar o’z
faoliyatlarini davom etgirdilar. Katta qiyinchiliklarga qaramay, ular sanoat, qishloq
xo’jaligi,   maorif,   tabobat   va   boshqa   sohalar   buyicha   malakali   mutaxassislar
tayyorlab beradigan chinakam manba bo’lib qoldi. 1943 yilda respublikada 41 oliy
o’quv yurti ( ularnng 12 tasi ko’chirib kelingan) va 52 o’rta maxsus bilim yurtlari
faoliyat   ko’rsatdi.   Urush   yillari   davomida   ularda   20   mingdan   ziyod   oliy   va   o’rta
maxsus   ma’lumotli   mutaxassislar   yetishtirildiki,   bu   xalq   xo’jaligini   yukori
malakali   kadrlar   bilan   ta’minlash   imkonini   berdi.Ular   o’z   navbatida   samarali,
mexnat   qilib,   fashizmni   tor-mor   keltirish   ishiga   munosib   xissa   qushdilar.
Pedagogik   kadrlar   tayyorlashga   aloxida   e’tibor   berildi,   chunki   urush   davri
sharoitlarida ularga extiyoj ayniksa sezilarli edi. Urush   yillari   o’zbekistonda   barcha   turdagi   qushinlar   uchun   zobit   kadr   va
mutaxassislar   ham   tayyorlandi.   Toshkentga   piyodalar   bilim   yurti   ham   ko’chirib
keltirilib, respublikamiz joylashtirilgan bir necha harbiy bilim yurtlari, oliy o’quv
yurtlarining harbiy fakultetlarida, o’nlab turli kurslarda kadrlar tayyorlandi.
Urush xalq ta’limi muassasalari faoliyatini yanada murakablashtirib yubordi.
Ko’pgina   o’qituvchilar   harakatdagi   armiya   safiga   chaqirildi,   yuqori   sinflarning
o’quvchilari   ishlab   chiqarishga   safarbar   qilindi.   Maktab   binolarining   anchagina
qismi   gospitallarga,   evakuasiya   kilingan   xarbiy   qismlarga,   bolalar   uylariga   va
harbiy   o’quv   punktlariga   berildi.   Natijada   respublikadagi   maktablarning   umumiy
soni 1942-43 o’quv yillarida 1940-41 o’quv yilidagiga nisbatan 421 taga qiskarib,
4795   tadan   4374   taga   tushib   qoldi.   Binolar   va   o’qituvchilar   yetishmasligi   tufayli
ko’pchilik   maktablarda   mashg’ulotlar   3   smenada   olib   borilardi.   Darsliklar,   o’quv
qurollari va boshqa jixozlar ha m   yetishmasdi.
Lekin   barcha   qiyinchiliklarga   qaramasdan,   O’zbekiston   maktablarining
jamoalari   gospitallarni   otaliqqa   oldilar,   yaradorlar   huzurida   konsertlar   quyib
berdilar,   frontga   ketganlarning   oilalariga,   urush   nogironlari   oilalariga   yordam
berdilar.   harakatdagi   armiya   jangchilari   uchun   sovg’alar   tayyorladilar,   kishloq
ho’jalik ishlarida ishtirok etdilar.
O’zbek   fan   axlining   urush   sharoitidagi   izlanishlari,   ilmiy   tadqiqotlarining
yunalishlari   front   va   xalq   xo’jaligi   talablari   hamda   manfaatlariga   moslashtirildi-
Bu   boradagi   ilmiy   va   tashkiliy   ishlarni   muvofiklashtirish,   ularga   rahbarlik   qilish
sobiq   SSSR   FA   O’zbekistan   filiali   (O’zFA)   va   keyinrok,   1943   yil   4   noyabrda
uning   asosida   tashkil   etilgan   O’zbekiston   Fanlar   akademiyasi   zimmasiga   tushdi.
Bu   akademiyaning   birinchi   prezidenti   etib   T.N.Qori-Niyoziy   saylandi.   Fanlar
akademiyasining tashkil etilishi o’zbek xalqi xayotida muxim tarixiy voqia bo’ldi.
Bu   akademiya   O’zbekiston   ilmiy   tafakkurining   markazi   bo’lib   qoldi.   Shu   bilan
respublikada   ilmiy   tafakkurni   yanada   rivojlantirish   uchun   mustahkam   zamin
yaratildi- Bu davrda taniqi  matematik olimlar T.N.hori-Niyeziy, T.A.Sarimsoqov,
geolog-olimlar   M.Abdullayev,   faylasuf   I.Mo’minov,   kimyogar   olimlar
O.S.Sodiqov,   S.Yu.Yunusov,   energetik   A.N.Askochenskiy   va   boshqalar   samarali izlanishlar olib bordilar. Fanlar akademiyasi tarkibida 22 ta ilmiy muassasa mavjud
bo’lib,   ularda   818   ilmiy   va   ilmiy-texnik   xodimlar   faoliyat   ko’rsatdilar.   Urush
tufayli   Moskva,   Leningrad,   Kiyev,   Minsk   va   boshqa   shaharlardan   ko’chirib
kelingan   olimlar   o’zbekiston   olimlari   bilan   mahkam   aloqada   ish   olib   bordilar.
Ularning   birgalikdagi   sa’y-xarakatlari   ilm-fan   yuto’qlarini   front   extiyojlari   uchun
xizmat qildirishga qaratilgan edi.
Matematika,   fizika,   mexaniqa,   energetika   hamda   boshqa   mavjud   fanlar
sohasidagi   olim   va   ilmiy   xodimlarning   izlanishlari   —   metalni   qayta   ishlash,
mashinasozlik   va   mudofa   sanoati   bosh   tarmoqlarining   rivojlanishini   ta’minladi.
Respublika   olimlari   artilleriya   aslohasini   mustahkamlash,   jangovar
samolyotlarning yuk
ko’tarish     salohiyatini   oshirish,   mavjud     harbiy   texnika   yaxshilash   va   yangi
turlarini yaratish kabi eng   dolzarb amaliy masalalarni hal etdilar.
Urush asoratlari umumta’lim maktablarining holati va faoliyatiga ham qattiq
ta’sir   qildi:   o’qituvchilarning   xarbiy   xizmatga   chaqirilib,   frontga   yuborilishi
oqibatida ularning soni keskin kamayib ketdi, bu o’z navbatida maktablar sonining
qisqarishiga   olib   keldi.   Faqat   1942-43   o’quv   yilida   respublikada   200   ta
boshlang’ich   va   o’nlab   o’rta   maktablar   faoliyati   tuhtatildi;   turli   sabablarga   ko’ra
o’quvchilarning   maktabdan   ketib   qolishi,   maktab   yoshidagi   bolalarning   o’qishga
jalb etilmasligi  tufayli  o’quvchilarning soni  tobora kamayib bordi. 360 ta maktab
binosi   respublikaga   ko’chirilgan   xarbiy   qismlar,   kasalxonalar   va   shu   kabilarga
berildi. Mavjud maktablarni yoqilg’i bilan ta’minlash qiyinlashdi, yozuv qurollari,
darslik   va   ko’rgazmali     qurollar   yetishmas,   o’quvchilarni   kiyim-kechak   va
poyabzal   bilan   ta’minlash   og’ir   bo’lib   qolgandi.   Bular   hammasi   maktab   ishida
o’zining sezilarli izini qoldirdi, o’zlashtirish foizi pasayib ketdi.
Zero   maktablar   oldida   turgan   tarbiyaviy   masalalarni   bajarishga   qator
tadbiriy ishlar amalga oshirilishi muhim hisoblanadi.
1. Maktab yoshidagi   bolalarning zhammasini umumiy tortish ishini davom
ettirish;  2.   O’quv-tarbiya   ishlarini   qayta   qurish   va   sifatini   yuqori   ko’tarish,   fan
asoslarini   yuksak   siyosiy-g’oyaviy   saviyada   o’qitish,   o’quvchilarga   zaruriy
jismoniy   tarbiya   berish,   yoshlarni   ijtimoi   foydali   ishlarda   keng   katnashini   ta’min
etish uchun ularga agrotexnika ta’limini berish;
3. Aholi o’rtasida ommaviy mudofa va siyosiy oqartuv ishlarini olib borish;
4.   o’quvchilarning   korxona   va   qishlok   xo’jaligida   mudofa   extiyoji   uchun
qilinadigan mexnatlarini yulga qo’yish kabi masalalri shular jumlasidandir.
Urush   davrida   o’qituvchilardan   hamda   barcha   maorif   xodimlaridan,   o’z
o’rnida   qattiq   turib   o’quvchilarning   o’z   vaqtida   darsga   kechikmasdan     kelishini,
sababsiz   dars   qoldirmasliklarini,   uyga   berilgan   vazifalarni   to’la   bajarishlarini,
o’quvchilarning maktabda va maktabdan tashkari ijtimoiy-foydali ishlarga faol jalb
qildirish yuli bilan ularda yuqori ahlok malakalarini, mustaxkam irodani, e’tiqodni
tarbiyalashlari lozimligini juda ko’p   martalab ta’kidlab o’tgan edi. Bunday talabni
bekamu-ko’st   amalga   oshirish   o’qituvchilardan   avvalambor,   ota-onalar   bilan
yakindan alokada bo’lib hamkorlikda ish olib borishlarini taqozo etadi. Bu metod
esa   o’z   navbatida   o’quvchilarnint   nazoratdan   chetda   qolmasligini   ta’minladi.
Natijada   har   ikki   tomonlama   kuzatish   bolalarning   tarbiyasini   yaxshilashta   olib
keldi. Bu esa  albatta o’sha davr ruxiyatining jiddiyligini, xar bir insonning xox u
katta bo’lsin, xox kichik bo’lsin jamiyatda o’z o’rni va uz mavqyei borligini tug’ri
tushunishiga   katta   yordam   berdi.   Biz   urush   yillarida   maktablardagi   qiyinchiliklar
hakda   gapirar   ekanmiz,   shaxarlardagi   maktablarda   o’qish   uch   smenada   olib
borilganligini   ham   tilga   olish   joiz   deb   uylaymiz,   chunki   bu   xol   tabiiy   xolatda
talim-tarbiya   jarayonini   qiyinlashtirishga   olib   kelgan.   Darslar   40   minutga
qiskargan. Ashula va rasm darslari umuman o’tilmagan.
Respublikamizda o’zbek maktablarida darslar juda kam olib borildi. Chunki
urush   boshlanmasdan   sal   oldin   o’zbek   yozuvini   rus   grafikasiga   o’tkazish
tug’risidagi qonun qabul qilingan edi. Lekin bu qonun amalga oshirilguncha urush
boshlanib   ketdi.   1941-42   yillarda   ko’p   hajmda   kitoblar   chop   etilishi   ham   kuzda
tutilgan   edi.   Afsuski,   bu   ish   ham   amalga   oshirilmay   qoldi.   Shunday  
( bo’lishiga
qaramay,   ilg’or   o’qituvchilarning   tashabbusi   darslarda   samarali   natijalar   bera boshladi.   o’qituvchilar   og’zaki   tushuntirishga   katta   e’tibor   berdilar.   Yangi
utiladigan   dars   o’qituvchi   tomonidan   doskaga   yozilar,   o’quvchilar   uni   daftarga
ko’chirib olishar edi.
2.   Respublika   xalq   ta’limi   uchun   urushdan   yillarda   bir   qator   jiddiy
qiyinchiliklarni yengib o’tishga tug’ri keldi.Urush yillarida ta’lim tizimiga e’tibor
berilmadi. Ana  shu «odat» urushdan keyingi dastlabki  yillarda ham davom etdi.
Urush   davrida   utishga   jalb   etilmagan   maktab   yoshidagi   bolalarni   urushdan
keyingi dastlabki yillarda ta’lim tizimiga tortish juda . muxim masala bo’lib qoldi.
Bundan tashkari, urush yillarida ta’lim sifati ham juda pasayib ketgan bo’lib, 20-
yillardagi qoloq uslublarda olib borilardi. Bu esa o’quvchilarni o’qishdan bezdirar,
o’qishni   tashlash   va   sinfda   qolish   xollari   ko’paymokda   edi.   Masalan,   1945-46
o’quv yilida O’zbekistan maktablaridagi o’quvchilar soni rejadagi 1 mln.10 mshg
kishi o’rniga 823 ming kishidan iborat bo’ldi. Sinfda kolgan o’quvchilar soni ham
ko’p   bo’lib,   1946   yilda   u   barcha   o’quvchilarning   37%ini   tashkil   etardi.   Ayniksa
qiz   bolalarni   maktabga   jalb   qilish,   ularni   o’qishni   tugatguncha   ushlab   turish
aloxida muammo sifatida kundalang bo’lib turardi.
O’qituvchi   xodimlar,   masalasi   urushdan   keyingi   yillardagi   eng   jiddiy
muammolardan  biri  edi. Chunki  malakali  o’qituvchilar  vatan urushga yuborilgan,
ularning   ko’pchiligi   halok   bo’lgandi.   Xususan,   1947   yilda   respublika   buyicha   4
ming   o’qituvchi   yetishmasdi.   Tuman   xalq   maorif   bo’limlari   mudirlari,   maktab
direktorlari   va   ta’lim   buyicha   direktor   muovinlarning   60%dan   ko’progi   tegishli
ma’lumotga   ega   emasdi.   1950   yilda   7125   maktab   o’qituvchilarga   muxtojlik
sezardi.
O’zbekiston   SSR   Oliy   Sovetining   1957   yil   1   oktyabrdagi   sessiyasida
«O’zbekiston   SSR   da   majburiy   yetti   yillik   ta’limni   to’liq   amalga   oshirish
to’g’risidagi   qonunning   qabul   qilinishi   maktablgrda   ta’lim   tizimini
takomillashtirishga   karatilgan   dastlabki   kdham   bu;di.   Yangi   konunga   kura
umumta’lim   makhhbi   hamma   uchun   majburiy   bo’lgan   kamchiliklar   barham
topmadi.   Aksincha,   maktab   xakikly   xayotdan   ajralib   kolli,   o’quvchilarga
berilayoggan bilimlar fan-texnika - tarakkiyogi darajasiga turri kelmasdi. Shuning uchun ham 1959 yil margda O’zbekiston Oliy Soveti «Maktab xalq ta’limi tizimini
yanada   rivojlantirish   tugrisida»yangi   konun   qabul   qildi.   Ammo,   sovet   mustabit
tuzumiga   xos   bo’lgan   boshlangan   ishni   oxiriga   yetkazmaslik   odati   bu   gal   ham
muammoni xal qilish yulida to’g’anoq bo’lib xizmat qildi, okibatda xalq ta’limida
axvol o’zgarmadi.
60-yillar  O’zbekistonda  «rivojlangan  sosializm»  bosqichi  deb  e’lon  qilindi.
Jamiyat   mamlakat   rahbariyatidan   ijtimoiy-iktisodiy   va   madaniy-   ma’rifiy
sohalarda jiddiy sifat o’zgarishlarni amalga oshirishni kutmoqda edi. Birok amalda
unday   bo’lmadi.   Lekin   buning   o’rniga   siyosiy   rahbariyat   akidaparasglikni,
lutgiboz,   ommaviy-siyosiy   ishlarni   avj   oldirdi.   Xalq   ta’lim   tizimi   ham   ana   shu
«girdobga» tashlandi.
Rasmiy   hokimiyat   soxta   proletar   baynalmilalligini   amalda   kuchaytirish
maqsadida   maktablarda   rus   tili   va   adabiyotini   kengroq   o’qitishga   urg’u   berdi.
Natijada 60-yillarda O’zbekiston tarixi, o’zbek tili va adabiyoti, chet tili, musiqa va
qushiqchilik darslari  hajmi keskin qisqardi va ular o’quv rejasida belgilanganidan
xaftasiga   16,5   soatga   kamayib   ketdi.   Ulardan   bo’shagan   soatlarga   esa   rus   tili   va
adabiyoti  fani   o’qitildi. Masalan,  o’qituvchilar   «XIX  asr   ikkinchi  yarmi—XX asr
boshlarida o’zbek adabiy-badiiy muxiti», «Milliy madaniy jarayonlar» tug’risidagi
mavzularda   dars   o’tishi   lozim   butan   soatlarda   rus   madaniyatining   «progressiv»
ahamiyatini ko’rsatib berishga majbur  bo’ldilar. Nihoyatda boy va ko’xna o’zbek
xalqi tarixini o’rganishga 52 soat   ajratilgan   holda boshlang’ich maktablarda   rus
tili  va  adabiyoti fanlari uchun 1600 soat ajratilgan.
70-80   yillarda   O’zbekistan   maktablarida   ahvol   sifat   jihatidan   o’zgarmay
q olaverdi.   Maktablar   jahon   tajribalaridan,   zamonaviy   texnika   va   o’qitish
vositalaridai   foydalanilmadi.   Ularning   moddiy   —   texnika   bazasi   yaxshilanmadi.
To’g’ri,   bu   yillarda   maktablar,   o’quvchilar,   o’qituvchilar   soni   yildan-yilga   ortib
bordi,   son   ko’rsatgichlari   kishini   xayratga   solar   darajasida   ortdi.   Masalan,
O’zbekistonda   1945-46   o’quv   yilida   jami   4525   maktab   bo’lib,   ularda   qariyb   998
ming   o’quvchi   o’qigan   bo’lsa,   1970-71   o’quv   yilida   respublikaniyag   umumiy ta’lim   maktablari   soni   7072   taga,   ularning   o’quvchilari   esa   3   mln.   164   ming
kishiga yetdi.
Birok, ularning sifat darajasi ( ayniksa, qishlok maktablari ) ancha past edi.
Chunki,   ko’klarga   ko’tarib   maqtalgan   «rivojlangan   sosializm»   bosqichi   ham   20-
30-yillarda   shakllangan   «qoldiq   prinsipi»ning   ijtimoiy   oqibatlarini   yo’qota
olmagan   edi.   1970-1980-yillarda   xalq   ta’limi   uchun   davlat   tomonidan   ajratilgan
mablag   11%dan   8%ga   kamayib   ketdi.   Resnublikaning   barcha   viloyatlaridagi
maktablarning   20-60%i   zarur   o’quv   jixozlari,   asbob-anjomlar   bilan   jixozlanmay
kolaverdi,   50%dan   ortiq   maktablarda   issiq   ovkat   bufetlari   tashkil   etilmadi,   kuni
uzaytirilgan   guruhlar   ishi   ayniksa   o’lda-jo’lda   qoldi.   70-80—yillarda   1-8-sinf
o’quvchilarining atigi 8-9%ini bunday guruxlarga jalb etilgan edi, xolos.
Umumta’lim   maktablarining   faoliyati   asosan   «rivojlangan   sosializm»
g’oyasini   o’quvchilarga   singdirish,   ularni   «kommunistik   ruhda»   tarbiyalashdan
iborat   bo’ldi.   «Kommunisgik   tarbiya»   dan   ko’zlangan   maqsad   esa   yoshlarni
«proletar   internasionalizmi»   ga,   «katta   og’aga»   sodiqlik,   sinfiylik,   partiyaviylik
ruhida   tarbiyalashdan   iborat   edi.   Milliylik   esa   o’zbek   maktablari   mazmunidan
chiqarila   boshlandi.   Maktablardagi   tarbiya   Yevropa   tarixi   misolida   olib   borildi.
Yevropa madaniyati, tarixi amalda baynalminallik namunasi sifatida talqin etildi.
Maktablarda   iktidorli   bolalarni   o’qitishga   e’tibor   berilmas   edi.   Maktab
bolalari   qalbida   ona-Vatan   tuyg’usi,   ulug’   allomalarimiz   va   ular   qoldirgan
ma’naviy   meros,   o’z   ona   tili,   urf-odatlari   bilan   faxrlanish   hissi
shakllantirilmasdi.Maktablarda   ayniksa   ijtimoiy   fanlarni   o’qitish   o’ta
siyosatlashtirildi.   Ko’zdan   kechilayotgan   davrda   maorif   sohasida   erishilgan
yutuqlar   bilan   bir   qatorda,   yoshlarni   milliy   an’analar   va   ma’naviy   madaniyat
manbalaridan   uzoqlashtirish   an’anasi   ko’zga   tashlanib   bordi.   Ta’lim   va   tarbiya
ishlariga   partiyaviylik   va   sinfiylik   prinsiplari   asosida   yondashish   yoshlarning
milliy urf-odatlarni o’rganishiga tusqinlik qildi.
Natijada,   o’zbek   o’quvchilarida   milliy   o’zlikni   anglash,   urf-odat,   milliy
an’analarga   sodiqlik   kayfiyatidan   ajralish   xollari   ruy   bera   boshladi.Maktab
o’quvchilarining o’quv rejasidagi  soatlarini o’zlashtira olmasligi odatiy xol bo’lib qoldi.   Bu   ularni   paxta   va   boshqa   xo’jaligi   ishlariga   ko’proq   jalb   qilinishi   bilan
izoxlanadi.   yilining   3-4   oyi   ana   shunday   majburiy  tadbirlar   bilan  band   bo’lishiga
ketar edi. Bu esa o’zbek o’quvchisi jahon standartlaridan ortda qoldirib, zamonaviy
fan sohalarini o’zlashtirishga imkon bermasdi.
Ikkinchi   jaxon   urushidagi   katta   yo’qotishlar   oliy   ma’lumotli   xodimlarning
son va sifat jihatidan kamayib ketishiga olib keldi. Bu esa o’z navbatida uru щ dan
keyingi yillardayok oliy ta’limni rivojlantirish zarur ekanligini taqozo etardi.
1950   yilda   respublika   xalq   xo’jaligi   uchun   kadrlar   tayyorlashda   26   ta   oliy
o’quv yurtlari, shuningdek, 2 ta universitet faoliyat ko’rsatdi. Shu bilan birga 92 ta
texnikum   o’rta   maxsus   ta’lim   tizimida   ish   olib   bordi.   1950-1953   yillarda
respublika oliy o’quv yurtlarida 16600, o’rta maxsus bilim yurtlarida qariyib ming
mutaxasis   tayyorlandi.   Birok,   o’zbek   qishloqlari   va   shaxarlaridagi   ogir   iktioodiy
axvol maxalliy aholi yoshlarini oliy maktablarda o’qishga imkon bermas, ulardan
yuqori  malakali  mutaxassis  xodimlar tayyorlash ishiga tusqinlik qilardi. Xususan,
1950-1953   yillarda   oliy   o’quv   yurtlari   bitiruvchilarning   33%ini   o’zbek   millati
tashkil qildi xalos.
O’zbek millatiga mansub yoshlarni oliy va o’rta maxsus ta’lim maskanlariga
bunchalik   kam   jalb   etilishining   yana   boshqa   o’ziga   xos   sabablari   ham   bor   edi,
albatta.   Bulardan   birinchisi,   o’quv   yurtlariga   kiruvchi   yoshlar   o’rta   maktablarda
ommaviy-siyosiy tadbirlarga, qishloq xo’jaligi va boshqa ishlarga (ayniqsa, qishloq
yoshlari) asossiz ravishda ko’plab jalb qilinishi okibatida ular oliy o’quv yurtlariga
kira olishlari uchun talab hilinadigan bilimni olish imkoniyatiga ega bo’lmasdilar.
60-yillardan   boshlab   oliy   o’quv   yurtlari   qoshida   maxsus   tayyorlov   kurslarining
tashkil   qilinishi   va   ularga   asosan   qishloq   yoshlaridan   jalb   qilinishi   fikrimizning
tug’riligidan dalolatdir. Yana muxim sabablardan biri, oliy o’quv yurtlariga kirish
uchun sinov sifatida xorijiy tillardan imtixon quyilishi va talabalarga rus tilida (80-
yillardan   boshlab)   dars   o’tilishi   edi.   Natijada   respublika   oliy   o’quv   yurtlarida
qishloq   yoshlarining   salmog’i   kamayib   ketdi.   Chunki,   qishloq   maktablarida   na
xorijiy   tillar,   na   rus   tili   (bu   soha   o’qituvchilarining   yetishmasligi   yoki   ularning
qishlok   maktablarida   ishlashni   xoxlamasliklari   natijasida)   yetarli   darajada,   ayrim maktablarda   esa   umuman   o’qitilmasdi.   Bu   xol   oliy   maktablarda   shaxarlik
yoshlarning   ko’payib   borishiga,   qishloqlarda   esa   oliy   ma’lumotli   mutaxassislar
muammosining yuzaga kelishiga olib keldi.
Ayni   paytda,   qayd   etish   lozimki,   respublikada   yildan-yilga   oliy   o’quv
yurtlari   soni   ham   ortib   bordi.   Yangi   institutlar-Andijon   medisina   instituti,   O’rta
Osiyo   medisina-pediatriya   instituti,   Toshkent   jismoniy   tarbiya-fizkultura   instituti,
Toshkent aloka va elektrotexnika institutlari ochildi. 1959 yilda respublika Oliy va
o’rta   maxsus   ta’lim   vazirligi   tizimida   31   ta   oliy   o’quv   yurtlari   mavjud   bo’lib,
ularda 88 ming kishi ta’lim olgan bo’lsa, 1985 yilga kelib oliy o’quv yurtlari soni
42   taga,   talabalar   soni   esa   285,5   ming   kishini   tashkil   qildi.   Shuningdek,
respublikadagi 249 o’rta maxsus bilim yurtlarida 281,7 ming o’quvchi bilim oldi.
Biroq   bo’lar   miqdor   ko’rsatgichlardagi   ayrim   siljishlar   edi.   Lekin
masalaning   asosiy   jihati-oliy   ta’lim   muassasalarini   bitirib   chiqayottan
mutaxassislarniyag   sifati  va  saviyasi  masalasida  ko’plab  muammolar   mavjud edi.
«Sosializmning   afzalligi»ni   «ko’z-ko’z»   qilish   maqsadida   asosiy   e’tibor   oliy
ma’lumotli   mutaxassislar   tayyorlashning   son   ko’rsatgichlariga   qaratildi.   Bu   esa
mutaxassislarning   jahon   talablaridan   jiddiy   ortda   qolishiga,   xalq   xo’jaligi   uchun
keraksiz   mutaxassislarning   tayyorlanishiga,   mablag’larning   bexuda   sarflanishiga,
mutaxassislardan ishlab chiqarishda samarasiz foydalanishiga olib keldi.
Shu   bilan   birga,   oliy   va   o’rta   maxsus   ta’lim   tizimida   o’quv-tarbiyaviy
ishlarni   mafkuraviy   andozalarga   solish   kuchaydi;   mutaxassislik   buyicha   asosiy
fanlarni   o’qitishni   takomillashtirish   o’rniga   barcha   oliy   o’quv   yurtlarida.
kommunisgik   mafkurani   shaklllantiruvchi   KPSS   tarixi,   marksizm-leninizm
falsafasi,   siyosiy   iqtisod,   ilmiy   kommunizm,   jamiyatshunoslik   fanlarini   o’qitishni
yanada   yaxshilash   tug’risida   tadbirlar   ishlab   chiqildi   va   amalga   oshirildi.   O’quv
jarayoni uchun muhim bo’lgan demokratik va ijodiy jihatlar inkor etildi. Natijada
oliy ta’lim tizimida ma’suliyatli, tashabussiz, lokayd, «o’rtamiyona» mutaxassislar
tayyorlash mexanizmi yuzaga keldi.
Respublikada   urushdan   keyingi   yillarda   fan   yutuqlari   avvalo   O’zbekistan
Fanlar   akademiyasining   olimlari,   ilmiy   xodimlari   faoliyati   tufayli   qo’lga   kiritildi. Urush   tugagan   yili   akademiya   tarkibida   geologiya,   fizika-texnika,   kimyo,
tuprokshunoslik,   matematika   va   mexaniqa,   energetika,   iktisodiyot,   tarix   va
arxeologiya, sharqshunoslik, til va adabiyot institutlari hamda boshqa muassasalar
bor edi. O’sha davrdi akademiya olimlarining kuch-quvvati xalq xo’jaligini tiklash,
respublika   ishlab   chiqaruvchi   kuchlarini   rivojlantirish,   madaniy   kurilish   sohasida
olimlar   oshirishga   qaratildi.   Urushdan   keyingi   dastlabki   O’zbekiston   fanlar
akademiyasining   yangi   institutlari:   botaniqa,   zoologiya   va   parazitologiya
institutlari, O’zbekiston ishlab chiqarish kuchlarini laboratoriyalar tashkil qilindi.
Akademiya tashkilotlarining moddiy-texnik mustaxkamlandi. Yangi sohalar
buyicha mutaxassislar soni ko’paydi.shunga muvofiq ravishda ilmiy jamoalarning
tadkikotchilik faoliyati istikboli, ilmiy tadkikotlarning yunalishlari kengaydi. 50-60
—   yillarda   O’zbekiston   Fanlar   akademiyasi   tarkibida   yadro   fizikasi,   o’simlik
moddalari   kimyosi,   kibernetika,   seysmologiya,   elektronika,   biokimyo,   fiziologiya
va biofizika institutlari tashkil qilindi.
Akademiya olimlari fizika-matematika, mexaniqa, boshqaruv jarayonlari va
informatika, kimyo-texnologiya, tuprokshunoslik, biologiya,ijtimoiy-gumanitar fan
sohalarida   katta   yutuqlarni   qo’lga   kiritdilar.   Bu   yutuqlar   akademiya
laboratoriyalari va institutlari olimlarining ko’plab avlodlari fidokorona va yukori
kasbiy   darajada   olib   borgan   ilmiy   tadkikotlari   natijsi   bo’ldi.   Aynan   ularning
mexnati   tufayli   keng   e’tirof   etilgan   ilmiy   maktablar   vujudga   keldi,   yangi   ilmiy
yunalishlar   rivoj   topdi.,   ilmiy   xodimlar   tayyorlandi.,   ilmiy   ishlovlar   amaliyotga
tadbiq etildi. O’zbek olimlari: geologlar Habib Abdullayev, Ibrohim Hamroboyev,
biokimyogar   Yolkin   Turaqulov,   kimyogarlar   Obid   Sodikov,N.Nabiyev,Sobir
Yunusov, fizik   va   matematiklar   T.N.Qori-Niyoziy,   Toshmuhammad
Sarimsaqov,Ubay   Oripov,texnika   fanlari   sohasidagi   olimlar   Muxammad
O’rozboyev,   Vosit   Qobulov,   faylasuf   Ibroxim   Muminov,   tarixchi   Yaxyo
G’ulomov,   pedagog   Siddih   Rajabov,   Iminjon   Qodirov   va   boshqa   ko’plab
olimlarning nomlari O’zbekistondan tashqarida ham shuxrat qozondi.
Xususan,   Siddiq   Rajabovning   respublikada   pedagogika   fanini
rivojlantirishdagi   xizmati   katta   bo’ldi.   U   pedagogika   fanining   eng   muxim muammolari   ustida   ilmiy   tadkikot   ishlarini   olib   borib   respublikamiz   xalq
maorifining   tarqiyoti   va   bu   taraqqiyotning   obyektiv   qonuniyatlari,   xalq
maorifining   rivojlanish   istiqbollari,   pedagogika   fani   metodologiyasi,   yoshlar
tarbiyasi va xalq pedagogikasiga doir o’nlab asarlar yaratdi.
Siddik   Rajabov   o’zining   butun   xayoti   va   faoliyatini   pedagogika   fani   va
ravnaqi   uchun   bag’ishlandi.   U   1937   yili   aspiranturani   tamomlagach,   o’zbekiston
pedagogika   fanlari   ilmiy-tekshirish   institutiga   ilmiy   xodim   va   Nizomiy   nomli
Toshkent   Davlat   pedagogika   instituta   pedagogika   kafedrasiga   o’qituvchi   qilib
tayinlandi.   Yosh   olim   ilmiy   tadqiqot   ishini   pedagogik   faoliyati   bilan   qushib   olib
bordi.   Shu   yillarda   S.Rajabov   kechki   pedagogika   instituti   direktorining   o’quv
ishlari   buyicha   o’rinbosari   lavozimida   ham   yosh   o’qituvchi   sifatida   mutaxassilar
tayyorlashda   katta   faoliyat   ko’rsatdi,   o’z   ishini   puxta   bilgan   rahbar,   yetuk   ilmiy
xodim   va   mahoratli   o’qituvchi   sifatida   elga   tanildi.Yosh   olim   matbuotda   tez-tez
ilmiy,   pedagogik,   publisistik   maqolalari   bilan   chiqa   boshladi.   Jumladan,
urushgacha bo’lgan davrda S.Rajabovning «Oliy pedagogika o’quv yurtlarining ish
sifatini   yukori   ko’taraylik»,   «Oliy   o’quv   yurtlari   xayotida   muxim   davr»,
«Maktabdan   tashkari   tarbiyaviy   ishlar»,   «Yan   Amos   Komenskiyning   pedagogik
qarashlari»,   «Imtixonlarning   yuqori   sifati   uchun   kurashaylik»,   kabi   ishlari
matbuotda e’lon qilindi. Shu yillarda u «XIX asr  va XX asr boshlarida Buxoroda
maktab va maorif taraqiyoti ocherki» asarini yozib tamomladi. 1941 yilda ana shu
mavzuda   nomzodlik   dissertasiyasini   respublikasida   birinchi   bo’lib   muvaffakiyatli
ximoya   qildi.   Bu   orada   u   Respublika   matbuoti   va   rahbari   idoralarida   samarali
mexnat qildi.
S.Rajabov 1947 yilda Nizomiy nomli  Toshkent  Davlat  pedagogika  instituti
pedagogika   kafedrasiga   mudir   qilib   tayinlangandan   keyin   uning   o’z   ilmiy
pedagogik faoliyatini yanada rivojlantirishga keng imkoniyat yaratildi.
1958   yilda   Siddik   Rajabovning   ilmiy   faoliyatida   unitilmas   vokea   sodir
bo’ldi.   1961   yilda   Siddiq   Rajabov   O’zbekiston   Pedagogika   fanlari   ilmiy-tadqiqot
institutiga direktor qilib tayinlandi. Olim mazkur institutga olti yil rahbarlik qildi.
Institutni   yuqori   malakali   mutaxassis   xodimlar   bilan   ta’minlash,olib   borilayotgan ilmiy-tadkikot   ishlarini   xayotga   maktab   amaliyotiga   yaqinlashtirish,   pedagogik
tadkikotlarni respubliki buyicha muvofiqlashtirish ishlariga boshchilik qildi hamda
tadkikot   natijalarini   o’quv-tarbiya   jarayoniga   tatbiq   etish   buyicha   bir   qator
tadbirlarni amalga oshirdi.
Institutda   yangi   sektorlar   tuzildi.   Sektorlar   xuzurida   laboratoriyalar   tashkil
etildi. Sektor va laboratoriyalarga ilmiy tadqiqot ishlari yuzasidan tajriba va yetarli
malakaga ega bo’lgan xodimlar rahbarlik qila boshladilar.
Bu   davrda   olim   pedagogika   faniii   chin   qalbdan   sevgan   mutaxassislarni,
ko’pgina iqtidorli yoshlarni o’z atrofiga chorladi. Yosh olimlarga hamisha yordam
berib keldi. Yoshlarni xar tomonlama qullab-quvvatlash uning xayotiy e’tikodi va
turmushining mazmuniga aylanib ketdi. Shu bois 10 dan ortik fan doktorlari, 200
ga   yaqin   fan   nomzodlari   bevosita   Siddik   Rajabovning   ilmiy   maslaxatchiligi   va
ilmiy rahbarligi asosida dissertasiyalarini muvaffakiyatli himoya qildilar
1964   yilda   S.   Rajabovning   ilmiy   pedagogik   faoliyatiga   yuksak   baholandi,
unga «Respublikada xizmat ko’rsatgan fan arbobi» unvoni berildi.
S.Rajabov   1966-1990   yillarda   Nizomiy   nomidagi   Toshkent   Davlat
pedagogika   instituti,   «Umumiy   pedagogika»   kafedrasining   katta   jamoasiga
boshchilik   qildi.   U   kafedra   a’zolarining   har   biriga   murabbiy,   ustoz   edi.   Bugina
emas,   olim   o’qituvchi   mutaxassislar   tayyorlash   sohasida   fidokorona   mehnat
qilayotgan hamkasabalari-institutning yetuk olimlari bilan bir qatorda o’rta va oliy
ta’limga   aloqador   juda     muammolarni   hal   qililishda   hormay-tolmay   faoliyat
ko’rsatdi.
Professor   S.Rajabovning   Nizomiy   nomidagi   Toshkent   Davlat   pedagogika
institutidagi   chorak  asrlik  uzluqsiz   ilmiy-pedagogik  faoliyati   alohida  muhim   davr
bo’ldi.
U   safdoshlari,   kasbdoshlari   va   o’zi   mudirlik   qilib   turgan   kafedra   a’zolari,
shogirdlari bilan hamkorlikda katta ilmiy va tashkiliy-pedagogik muammolarni hal
qilishga alohida e’tibor  berdi. Birinchi  navbatda  kafedrani  yuqori  malakali  ilmiy-
pedagogik   xodimlar   bilan   ta’minlash,   ma’ruza   va   amaliy   mashgulotlar   sifati   va
samaradorlini oshirish, qolaversa, kafedra jamoasining ilmiy va metodik saviyasini yuqori   ko’tarish   kabi   masalalar   hal   qilina   bordi.   S.Rajabov   kafedra   yig’ilishlari,
nazariy   seminarlar,   metodbirlashma   yig’inlari   suhbatlarda   ana   shu   masalalarga
alohida to’xtalardi.
Respublikamiz   fanini   rivojlantirshpga   bekiyos   katta   xissa   qo’shgan
olimlarimizdan yana biri akademik Xabib Abdullayevdir.
Uning   geologiya,   jumladan,   bu   fanning   petrologiya-metallogenik   tarmog’i
sohasidagi   tadqiqotlari   O’zbekistondagina   emas,   chet   mamlakatlarda   ham   e’tirof
etildi.   X.Abdullayev   1956-1962   yillarda   O’zbekiston   fanlar   akademiyasining
prezidenti   lavozimida   xizmat   qilish   bilan   birga,   yirik   ilmiy   tadqikotlar   olib
bordi.yuqori   malakali   ilmiy   xodimlar   tayyorlashga   aloxida   e’tibor   berdi.   Uning
tashabbusi va jonkuyarligi bilan tayyorlangan yuzlab fan nomzodlari va doktorlari
fanning yangi yunalishlariga asos soldilar.
Urushdan   keyingi   yillarda   mamlakatda   keng   ildiz   otgan   ma’muriy-
buyruqbozlik   tizimi   O’zbekistan   faniga,   uning   milliy   ilmiy   kadrlar   tayyorlash
ishiga   salbiy   ta’sir   ko’rsatdi.   Respublikada   o’zbeklar   soni   ruslarga   nisbatan   olti
baravar  ko’p bo’lishiga  karamay, 1963 yilgi ma’lumotlarga ko’ra, ilmiy xodimlar
tarkibida o’zbeklar (5,5 mingdan sal ortiq ) va ruslar(5,5 mingdan sal kam) nisbati
deyarli teng edi. o’zbeklardan 97, ruslardan 96 nafar fan doktorlari ish olib boradi.
Yukori   malakali   milliy   ilmiy   kadrlarni   ko’paytirishga   xarakat   qilgan
O’zbekiston Fanlar akademiyasi rahbarlari millatchilikda ayblandilar. Markazning
o’zbekistondagi rus rahbar kadrlari Fanlar akademiyasi prezidenta H.Abdullevning
o’zbeklardan   fan   nomzodlari,   doktorlarini   ko’paytirishga   qaratilgan   to’g’ri
faoliyatini   asossiz   keskin   tankid   qildilar.   O’zbekistan   Fanlar   akademiyasi   ilmiy
muassasalari   olimlari   totalitar   targ’ibot   sunn’iy   ravishda   keskinlashtirgan
sharoitlarda   ishlashga   majbur   bo’ldilar.   Shunga   qaramay,   olimlar   o’z   bilim   va
iktidorlarini o’zbekiston iktisodiyoti, madaniyati va ilmiy-texnik qudratini oshirish
ishiga baxshida etdilar.
Urushdan   keyingi   yillarda   respublika   oliy   o’quv   yurtlari   Markaz
ko’rsatmasi,   dasturlari   asosida   o’quv-tarbiya   ishlarini   olib   bordi.   Bu   davrda   oliy maktabda   mutaxassis   kadrlar   tayyorlash   son   jihatdan   o’sdi,   lekin   ularning   sifati
talab darajasida bo’lmay keldi.
Talabalar   doirasi   ancha   kengaydi.   1960-61   o’quv   yilida   O’zbekiston   oliy
maktablarida   100   ming   nafar   talaba   ta’lim   olgan   bo’lsa,   1970-71   o’quv   yilida
ularning   soni   230   mingga   yetdi.   Bu   davr   ichida   oliy   maktab   respublika   xalq
xujaligi uchun yetkazib bergan Diplomli mutaxassislar soni 2,5 baravar ortgan.
Oliy o’quv yurtlari soni 1940 ychldagi 30 tadan 1970 yilda 38 taga ko’paydi.
Xalq   xo’jaligining   rivojlunishi   yangi   oliy   o’quv   yurtlarini   ochishni   talab   qildi.
Urushdan keyingi yillarda Toshkent avtomobil yullari instituti, Buxoro ozik-orqat
va yengil sanoat texnologiya instituti, Fargona politexnika instituti va boshqa oliy
o’quv yurtlari malakali kadrlarga bo’lgan talabni qondirdi. Maorif, sanoat, kurilish,
transport,   iqtisodiyot,   qishloq   xujaligi,   sog’liqni   saqlash,   san’at   va   boshqa
sohalarda mutaxassis kadrlar tayyorlandi.
XX asrning 80-yillarida, jamiyatimizning barcha bo’g’inlarida kayta qurish
keng quloch yezdi. Uning   mazmunida xayotni demokratlashtirish, tezkor iktisodiy
islohot,   ma’naviy   poklanish   milliy   qadriyatlar   va   axloqiy   g’oyalarning   tiklanish
muammolarini   hal   etish   zaruriyati   yuzaga   keldi.   Qayta   qurishning   xal   qiluvchi
bosqichida   jamiyat   uchun   chetdan   tomoshabin   emas,   balki   mamlakat   iktisodiy,
siyosiy,madaniy   xayoti   rivojiga   javobgar,   ma’suliyatli,   sog’lom   fikrli   g’oyaviy-
siyosiy dunyokarashi shakllangan shaxs zarur edi.
Shuni   hayd   etish   zarurki,   o’zbek   maktablari   to’ntarishdan   so’ng   milliy
zamindan   batamom   uzilib   qoldi.   Qarsakbozlik   billan   o’qish-o’qitishda   Ovrupo   ,
xususan urus tizimini qabul qildik. Ammo bizning avlodlarimiz ongiga, qoniga bu
zurma-zurakilik singmadi. Buni bugungi xayot, turmush tarzi ko’rsatib turibdi. Eng
achinarli   hol   shu   ediki,   ayniqsa,   o’tgan   yetmish   yil   ichida   Mustabid   tuzimning
«Yangi»   davr   «bilimdon»   va   «zukko»   tashkilotchi   rahbarlari   ming   yillik
yozuvimizni ham qayta-qayta almashtirib, kimlargadir yaxshi ko’rinmoqchi yoxud
o’zini   dono   xisoblab   shuxrat   qozonmoqchi   bo’ldilarki,   natijada   maktablarimiz
o’quv-tarbiyaviy   ishlarda   ham   xayotiy   asoslar   va   xalq   ruxiyatidan   deyarli   ajralib qoldi, avlod-ajdodlarimizning dunyoviy-xayotiy, axloqiy, ma’naviy, ruxiy xazinasi
bo’lgan kitoblar esa umuman o’qitilmay, o’rgatilmay tashlab kuyildi. FAN MAJMUASINI TAYYORLASHDA FOYDALANILGAN
ADABIYOTLAR RO’YXATI
Asosiy adabiyotlar
A1 O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi T.: O’zbekiston nashriyoti 
2019 y
A2 O’zbekiston Respublikasi “Ta’lim to’g’risida” gi Qonuni // Xalq so’zi 
gazetasi 2020 yil 24-sentabr soni
A3 R.A.Mavlonova, O.To’rayeva, K.M.Xoliqberdiyev, Pedagogika. Darslik 
T:. O’qituvchi 2018 yil.
A4 B.X.Xodjayev Umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyoti. 
“Sanostandart” nashriyoti. Toshkent 2017 y.
A5 K.Xoshimov, S.Nishonova. Pedagogika tarixi . Darslik –Toshkent 2005 
yil
A6 K.Xoshimov, S.Ochilov. O‘zbek pedagogikasi antologiyasi. O‘quv 
qo‘llanma.T:.O‘qituvchi 2010-yil
A7 Pedagogika (Pedagogika nazariyasi va tarixi) O‘qituvchilar tayyorlash va
pedagogika fani sohasi: bakalavriat yo‘nalishi uchun darslik // 
prof.M.X.Toxtaxadjayevaning umumiy tahriri ostida, O‘zbekiston 
Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi. – Toshkent 
“O‘zbekiston faylasuflar milliy jamiyati” nashriyoti, 2010
A8 A.Xoliqov Pedagogik mahorat.DarslikT.: Iqtisod-moliya, 2011yil 
A9 Maxsus pedagogika. Darslik.-T.: (Fan va texnologiya )  2004   y

Pedagogika tarixi fan sifatida. Eng qadimgi davrlardan Mustaqillikgacha bo’lgan davrda ta’lim-tarbiya va pedagogik fikrlar taraqqiyoti. Reja: 1. Eng qadimgi yozma manbalarda ta’lim-tarbiya masalalar 2. Sharq uyg`onish davri va unda ta’lim - tarbiyaning taraqqiy etishi.

Eramizdan avvalgi minginchi yillarning o‘rtalarida eng qadimgi ajdodlarimiz tomonidan qahramonlik mavzusida juda ko‘plab afsona va rivoyatlar yaratilgan bo‘lib, ular avloddan avlodga og‘zaki va yozma ravishda o‘tib borgan. Agar ushbu afsonalar zardushtiylik dinining muqaddas kitobi “Avesto” asari mundarijasidan o‘rin olmaganda edi, biz ular haqida hech qanday ma’lumotga ega bo‘lolmagan bo‘lardik. “Avesto” asari kim tomonidan yaratilgani borasida turli qarashlar mavjud bo‘lib, mashhur sharqshunos olim E.E. Bertelsning fikriga ko‘ra, ushbu asar 1278 yilda Rayd Zardusht ibn Bahrom ibn Pajdu (Ba’zi manbalarda Spitama qabilasidan bo‘lgan Pourushaspa o‘g‘li Ashoga Zaratushtra (yunoncha – Zoroastr, pahlaviycha – Zaraxustra "boqiy yulduz" va "chiroyli tuyalarga ega bo‘lgan") ushbu dinning asoschisi hisoblanadi. Zardushtiylar e’tiqodiga ko‘ra, bu nom unga Axura-Mazda (yunoncha, Ormuzd –"Donishmandlik sohibi") tomonidan berilgan. Zardushtning yashagan davri va joyi haqida turli taxminlar mavjud. Mazkur fikr “Zardushtnoma” dostonida bayon etilgan ayrim fikrlar asosida yuzaga kelgan. Xususan, dostonda Avesto va Zendni Zardusht dunyoga keltirgani, uning tug‘ilishi va keyingi hayoti xususidagi ma’lumotlar keltiriladi. Mazkur doston 1760 yil mashhur fransuz olimi Anketil Dyu Perron tomonidan avval lotin tili, keyin esa fransuz tiliga tarjima qilingan. Asarni ingliz tiliga Istvix tarjima qilgan. Keyinchalik asarning F.A.Rozenberg tomonidan qilingan fransuzcha tarjimasi ham e’lon qilingandir. Zardusht ibn Bahrom ibn Pajdu dostonda keltirilgan ma’lumotlarni qanday manbalarga asoslanib bayon etganligi haqida ma’lumot yo‘q edi. Lekin tadqiqotchilar dostonni yozishda muallifning ikki muhim manba- “Avesto”ning yo‘qolib ketgan Chitradat (o‘n ikkinchi) va Spent (o‘n uchinchi) nusxalaridan foydalanganligini e’tirof etadilar. Tadqiqotchi M.Boysning ta’kidlashicha, Zardusht mil. avv. 1500-1200 yillar orasida yashagan. Uning fikricha, Zardusht o‘z da’vatini Kishtosib Lafrost ismli podshoh davrida boshlagan. Bunga u zamonaviy zardushtiylarning hozirgacha mil.avv. 1738 yil shoh Vishtasp tomonidan qabul qilingan "fasli" kalendaridan

foydalanib kelayotganlarini dalil qilib ko‘rasatadi. Lekin “Avesto” tarjimoni Dj. Darmsteter Zardusht birinchi inson Gayomard haqidagi afsonaviy rivoyatning afsonaviy qahramoni bo‘lib, xalq fantaziyasining “mevasi”dir, deydi. Afsonada hikoya qilinishicha, u jaholat ramzi sanalgan “ilon” bilan kurashib halok bo‘ladi. Undan uch o‘g‘il qolib, ular uch tabaqa – kohinlar, harbiylar hamda dehqonlar avlodiga asos solganlar. Mavjud manbalar, shuningdek, so‘nggi yillarda e’lon qilingan ma’lumotlarga ko‘ra zardushtiylik Sharq xalqlari sig‘ingan qadimgi dinlardan biri sanaladi. Mazkur dinning asoschisi Zardusht (Sariq to‘n egasi degan ma’noni anglatadi) bo‘lib, din ham uning nomi bilan atalgan. Zardusht taxminan miloddan avvalgi 570 yilda tug‘ilgan bo‘lib, 77 yoshida, ibodat qilayotgan paytida dushman kohinlaridan biri tomonidan o‘ldirilgan. Zardusht o‘z davrida yakka xudolik g‘oyasini ko‘tarib chiqadi. Asta-sekin u payg‘ambar darajasiga ko‘tariladi va o‘zini Axura-Mazda, ya’ni, Oliy Tangri elchisi deya e’lon qiladi. Zardusht dunyoni yaxshilik va yomonlik dunyosi tarzida ikkiga bo‘ladi. Bu ikki dunyo o‘rtasida bir-biriga qarama-qarshi g‘oyalar ustuvor bo‘lib, ular o‘rtasida doimo kurash ketadi. Zardusht tomonidan asoslangan din uning hayotligidayoq ko‘plab o‘lkalarga yoyiladi. Biroq Zardusht vafot etganidan so‘ng zardushtiylik dinining g‘oyalari yanada keng yoyila boshlaydi. “Avesto” asari eramizdan avvalgi VI asrning oxiri va IY asrning boshlarida yaratilgan bo‘lib, u uzoq davrlar mahsuli sanaladi, davrlar o‘tishi bilan qayta-qayta ishlanadi. Asarning to‘liq kitob holida shakllanishi eramizdan avvalgi birinchi asrga to‘g‘ri kelishi barcha manbalarda alohida qayd etiladi. G‘arb, rus va o‘zbek olimlari mazkur asar mazmunini har tomonlama tahlil etishga harakat qilishgan. Zero, “Avesto” asarida inson shaxsining kamolotga erishishiga oid ma’rifiy fikrlar ma’lum bir tizimda ifoda etilgandir. Mazkur asar g‘oyalari orqali qadimgi davrlarda mamlakatimiz hududida yashagan xalqlarning tabiiy, ilmiy, ma’rifiy hamda ijtimoiy qarashlari borasida muhim ma’lumotlarga

ega bo‘lamiz. “Avesto” diniy xarakterga ega bo‘lish bilan birga o‘zida falsafiy, siyosiy, filologik, ta’limiy va tarbiyaviy masalalarni ham qamrab olgan asardir. Abu Rayhon Beruniy o‘zining “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar” asarida zardushtiylik dini qadimgi Xuroson, Fors, Iroq va Balxdan tortib Suriya erlarigacha tarqalganligini aytadi. Ozarbayjon olimi M. Rafiliy esa “Muxtasar Ozarbayjon adabiyoti tarixi” kitobida (1-jild, Baku, 1943, 2-3-betlar) “Avesto”ni faqat Ozarbayjon adabiyotining ma’naviy merosi deb e’tirof etadi. Tarixchi olim V.M.Avdiyevning fikriga ko‘ra, “Avesto” nomli qadimgi diniy to‘plamning dastlabki qismlari aynan O‘rta Osiyo hududida vujudga kelgan, deyish uchun barcha asoslar etarli. Zero, asarda keltirilgan ayrim rivoyatlar bu haqida dalolat beradi. Rivoyatlarda aytilishicha, zardushtiylik dinining birinchi “Muqaddas olovi” Xorazmda yoqilgan. “Avesto” asarida tasvirlangan “Ayriana Vayjo” mamlakati Xorazm bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Bu mamlakatda Axura- Mazda Zardushtga ko‘rinish bergan. “Ayriana Vayjo” degan afsonaviy mamlakatning “Avesto” asarida saqlanib qolgan tasviri Xorazmning geografik sharoitlariga to‘la muvofiq keladi. S.P. Tolstov ham “Avesto”ning eng qadimgi zamonga oid qismi Markaziy Osiyo (Xorazm)da eramizdan avvalgi birinchi ming yillikning birinchi yarmida yozilgan deb qayd etadi. “Avesto”da xudolar va qahramonlar to‘g‘risidagi xalq epik afsonalariga oid juda ko‘p qimmatli ma’lumotlar jamlangan. Zardushtiylik xudolari, ta’limoti va marosimlari Zardushtiylikning ehtiromga sazovor xudolari Ahuramazda, Mitra va Anaxitadir. Ahuramazda zardushtiylarning ulug‘ va donishmand oliy xudosi hisoblanadi. Mitra – Quyosh va yorug‘lik xudosidir. O‘tli chaqmoqlar yordamida u yovuzlik va o‘lim xudosi bo‘lmish Ahriman bilan jang qiladi. Anaxita zardushtiylikda hosildorlik va suv ilohasi hisoblangan. Zardushtiylik dini ta’limoti insoniyatning Ezgulik va Yovuzlik haqidagi qarashlari takomiliga katta ta’sir ko‘rsatdi. Zardushtiylar umrining tub ma’nosi ezgu fikr, ezgu so‘z va ezgu amaldan iborat bo‘lgan. Insonning asosiy burchi eng avvalo adolatli turmush tarzi

hisoblangan. Zardushtiylar e’tiqodiga ko‘ra, yolg‘on so‘zlamaslik, aldamaslik, va’daga vafo qilish, faqat ezgu ishlarni amalga oshirish lozim edi. Zardushtiylarda vafot etgan odamlarni dafn etish borasida alohida marosim yuzaga kelgan. Inson vafot etganida marhumning jasadini yerga ko‘mish ham, olovda kuydirish ham, suvga tashlab yuborish ham ta’qiqlangan. Shu sababdan ham murdani yirtqich qushlar va hayvonlar yeb ketishi uchun jasadni toshli va qumli tepaliklarda qoldirishgan. Yomg‘irlarda yuvilgan va oftob qoqlagan suyaklarni maxsus sopol tobutchalar – ossuariylar (suyakdonlar)da dafn etishgan Eng qadimgi yozma manbalarda ta’lim-tarbiya masalalari Turkiy xalqlarning yozma ma’rifiy yodgorliklari o‘ziga xos xususiyatga ega bo‘lib, pedagogika tarixi, xususan, yosh avlod tarbiyasida muhim ahamiyat kasb etadi. Bular “O’rxun-Enisey yodgorliklari”, “Irq yozuvlari” (“Ta’birnoma”) kabi manbalar bo‘lib, ulardan yangi davr kishisini tarbiyalashda foydalanish muhim vazifalardan sanaladi. Eng qadimgi turkiy tilda yaratilgan va turk-rumiy yozuvida bitilgan O’rxun- Enisey bitiklarini “toshlarga bitilgan kitoblar”, toshbitiklari deb ham ataydilar. Buning sababi ko‘pgina yodgorliklarning qabr toshlariga o‘yib yozilganidadir. Ularning eng yiriklari “To‘nyuquq” hamda “Kul Tegin” yodgorliklaridir. O’rxun- Enisey yodgorliklari dastlab Yenisey havzasida, so‘ngra Mo‘g‘ilistonning O’rxun daryosi bo‘yida topilgan. O’rxun-Enisey yodgorliklarinining topilishi va o’rganilishi XVIII asrdan boshlanadi. Rus xizmatchisi Remezov bu haqda dastlabki xabarni beradi. Shved zobidi Iogann Stallanberg, olim Messershmidt yodgorliklarni yevropa ilmi ahliga ilk marta taqdim qilganlar.O’rxun-Enisey yodgorliklari S.E.Malov hamda I.V.Steblevalar tomonidan rus tiliga tarjima qilindi. O‘zbekistonda Oybek, O.SHarafuddinov, N.Mallaev, Aziz Qayumov va N.Rahmonovlar O’rxun-Enisey bitiklari ustida tadqiqot ishlarini olib bordilar va ushbu manbaning ta’lim va tarbiya ishlarini yo‘lga qo‘yishdagi ahamiyatini yoritib berdilar. O‘ziga xos xat (yozuv)da bitilgan bu bitiklar eramizning VI-VIII asrlarda yozib qoldirilgan. O‘rxun-Enasoy yodgorliklari dastlab, O‘rxun, Selenga va To‘li