Sharq uyg’onish davrida ta’lim tarbiya va pedagogik fikrlar Sharq uyg‘onish davrida pedagogik fikrlarning rivojlanishi
Mavzu: Sharq uyg’onish davrida ta’lim tarbiya va pedagogik fikrlar Sharq uyg‘onish davrida pedagogik fikrlarning rivojlanishi Reja: 1.Sharq uyg’onish davrida ta’lim tarbiyaning o’rni 2.Uyg’onish davridagi pedagogikaning o’rni 3.Uyg’onish davrida o’rta osiyolik olimlarning hissasi 4.Sharq uyg‘onish davrida ilm-fan, madaniyat. 5.Al-Xorazmiyning ilmiy merosi va uning didaktik qarashlari. 6.Al-Forobiyning ijtimoiy-pedagogik qarashlari va uning ilmiy pedagogik merosidan foydalanish. 7.Beruniyning ilmiy merosi va uning pedagogika fani taraqqiyotidagi o‘rni. 8.Ibn Sino ta’lim-tarbiya xaqida. 9)Foydalanilgan adabiyotlar 1)Insoniyat tarixida Sharq uyg’onish davri pedagogikasi alohida ahamiyat kasb etadi. Chunki, bu davr pedagogikasida axloqiy fazilatlar va ta‟lim-tarbiya masalalariga juda katta e‟tibor qaratilgan. Shaxs kamoloti masalasi o’sha davr mutafakkirlarining diqqat markazida bo’lgan. Bu davrda talimiy, tarbiyaviy va axloqiy mazmunda yaratilgan quyidagi; “Fozil odamlar shahri”, “Baxt saodatga erishuv haqida”, “Axloq haqida risola”, “Ishq risolasi”, “Qutadg’u bilig”, “Axloqi Nasriy”, “Axloqi Jamoliy”, “Axloqi Muhsiniy”, “Hibatul-haqoyiq”, “Qobusnoma”, “Guliston”, “Bo’ston”, “Mahbub ul-qulub” kabi asarlarda talimtarbiya, milliy axloq-odob borasida, milliy urf-odatlar, turli-tuman ananalarni joy-joyiga qo’yish, milliy qadriyatlarni rivojlantirish masalalariga alohida e‟tibor qaratilgan. Ma‟lumki o’tgan asrlarda arab xalifaligida vujudga
kelgan ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy o’zgarishlar, Islom dinining vujudga kelishi madaniy hayotga ham o’z tasirini ko’rsatadi. Bu ta’sir katta ko’tarinkilik ruhini paydo qiladi va bu ruh arab xalifaligini, Sharqni qamrab olganligi uchun Sharq uyg’onish davri deb ataladi. Bu jarayon IX asrdan boshlanib, XV-XVI asrlargacha davom etadi. Tarixiy manbalar malumotlariga ko’ra XI asrda Xorazmda ilm-fan ayniqsa taraqqiy etadi. Bu davrda ilm-fan rivojlanishi quyidagi uchta yo’nalishdan iborat bo„ladi. Birinchi yo’nalish. Matematika-tibbiyot yo’nalishi (matematika, astronomiya, kimyo, geodeziya, mineralogiya, tibbiyot, farmologiya va boshqalar) kiritilgan. Ikkinchi yo’nalish. Ijtimoiy-falsafiy yo’nalishi(falsafa, tarix, mantiq, fiqx, ruhshunoslik, notiqlik va shunga yaqin bo‟lgan yo‟nalishlar) kiritilgan. Uchinchi yo„nalish. Ta‟limiy- axloqiy mazmundagi yo„nalish bo„lib unga qomusiy olimlarning asarlaridagi didaktik va axloqiy fikrlari kiritilgan. Sharq uyg„onish davrida ham komil inson tarbiyasi muammosi ma‟naviy sohadagi eng asosiy masala bo„lgan. Shuning uchun ham ta‟lim-tarbiya masalasiga katta e‟tibor berilgan. Zero, insoniylik g„oyasida yuksak axloqiy xislatlar ifodalanganligi uchun ham Sharq uyg„onish davri pedagogikasida ta‟lim va tarbiya yo„nalishi muhim ahamiyat kasb etgan. Axloq masalasi buyuk mutafakkirlarning, pedagoglarning diqqat markazida bo„lgan. Bu davrda Forobiy, Beruniy, ibn Sino, Yusuf xos Hojib, Ahmad Yugnakiy, Tusiy, Davoniy, Koshifiy, Kaykovus, Sa‟diy, Jomiy, Alisher Navoiylarning ta‟limiy-axloqiy asarlari inson shaxsini ma‟naviy-axloqiy shakllantirish muammosini hal etishda sof pedagogik asarlar sifatida muhim ahamiyatga ega bo„ldi. Mazkur pedagogik asarlarda insonning ma‟naviy kamolga yetishida yuksak xulq-odob, ilm-fanni egallash g„oyasi ilgari surilgan. O„sha davr buyuk Sharq mutafakkirlarining ta‟lim va tarbiyaga oid qarashlarining asosini ham “Qur‟oni Karim” va “Hadis” ta‟limoti tashkil etadi. Ular o„z qarashlarini yoshlar ta‟lim- tarbiyasi uchun zarur odob-axloq me‟yorlari, o„z turmush tajribasi, islom axloqi, Qur‟on talablari hamda Hadislar asosida bayon qiladi va shu asosda yoshlarning doimiy amal qilishi lozim bo„lgan harakatlari ketma-ketligi va odob-axloq me‟yorlarining tizimli tartibini bayon qiladi.
Ul buyuk zotlarning sermahzul ijod mahsullari bugungi kun ta‟lim- tarbiya jarayonida yosh avlod tarbiyasida dasturulamal bo„la oldi. Ta‟lim-tarbiya jarayonini tashkil etishda o„z o„git va yo„nalishlari bilan beqiyos hissa qo„shgan buyuk qomusiy olim Abu Nasr Forobiy bu borada quyidagilarni alohida ta‟kidlaydi: -“Ta‟lim degan so„z xalqlar va shaharliklar o„rtasida nazariy fazilatni birlashtirish, tarbiya esa shu xalqlar o„rtasidagi tug„ma fazilat va amaliy kasb-hunar fazilatlarini birlashtirish”; -“Tarbiya jarayonining muvaffaqiyatli kechishi uchun tarbiya beruvchining o„zi tarbiyali bo„lmog„i shart”; -“Ta‟lim faqat so„z va o„rganish bilan, tarbiya esa amaliy ish, tajriba bilan amalga oshiriladi”; -“Tarbiya - har bir xalq, millatning amaliy malakalaridan iborat .2) Buyuk mutafakkir va qomusiy olim Abu Nasr Forobiy bu fikrlari orqali shaxs kamolotida ta‟lim va tarbiya berish zarurati, ta‟lim-tarbiya usullaridan kutilgan asosiy maqsad va bolatarbiyasida tarbiya usullari haqida qimmatli ma‟lumotlarni bayon etgan hamda bolaning tug„ilgandan boshlab oyoqqa turguncha ma‟lum tartibda tarbiyalanib borishga katta e‟tibor qaratilishiga to„xtalgan. O„z tarixiy ijodi va buyuk ma‟naviy-ma‟rifiy merosi bilan dunyo ilm-fanini yuqori cho‟qqiga olib chikgan, o‟rta asrlar Sharqining qomusiy olimi, astronomi, geografi, ma‟danshunosi, etnografi, tarixchisi, shoiri, faylasufi va pedagogi Abu Rayhon Beruniyning ham yaratgan barcha asarlari mazmun-mohiyatini ta‟limtarbiya masalalari tashkil etadi. Uning ijodidan fanning turli sohalariga oid juda ko‟p yirik asarlar o„rin olgan bo„lib, bu asarlar uning ana shu sohalarni nihoyatda yaxshi bilgan tadqiqotchi, fanda yangidan yangi yo‟llar ochgan donishmand bo‟lganligidan dalolat beradi. Beruniyshunos olimlarning ma‟lumotlariga ko„ra Beruniy yoshligidan riyoziyot va falakiyotni o‟rganib, 16-17 yoshlaridayoq Quyoshning balandligini o‟lchagan, quyosh tutilishini kuzatish bilan shug‟ullanib, 22 yoshida Markaziy Osiyoda birinchi bor yer globusini, turli xalqlarning yil hisoblari haqidagi ilk yirik asari – “Osorul boqiya”ni yaratadi. Olimning fan taraqqiyotiga qo‟shgan hissasi juda ulkan bo‟lib, u 152-ta risola yaratgan, shundan 30 tasi bizgacha etib kelgan. Taniqli Rus olimi V.V.Bartold: - “Beruniy shunday serqirra olimki, o‟z davrida mavjud
bo‟lgan ilm sohalaridan shug‟ullanmagani uning shug‟ullanganidan kamdir. Uning yozgan asarlari shunchalik ko‟p va serqirraki bunga bir odamning umri kifoya qilganiga kishi hayron qoladi”- deydi. Yana bir buyuk rus sharqshunos olimi, akademik S.P.Tolstov xalqaro ilmiy anjumanlarning birida Evropa olimlaridan biri “Beruniy XI asr Leonardo do Vinchisi” degan ta‟rifiga javoban “Leanardo do Vinchi XV asr Beruniysidir” deb vatandoshimizga juda katta ta‟rif bergan. Bugungi kunda Beruniyning boy ilmiy, adabiy merosi o‟z ahamiyatini yo‟qotmasdan avlodlar qo‟lida qadr topmoqda. U ilm-fanning hamma sohalarini mukammal egallagan qomusiy olim sifatida o‟zining asarlari bilan falsafa, astronomiya, geodeziya, geografiya, tarix va tarbiya fanlari rivojiga katta hissa qo‟shgan. Buyuk bobokalonimiz, qomusiy olim Abu Rayhon Beruniy 1048 yilda G‟azna shahrida vafot etgan. Buyuk olim nomini abadiylashtirish maqsadida yurtimizdagi ko‟pgina ilmiy markazlar, ko‟chalar, shahar va qishloqlarga olim nomi berilgan. Buyuk Sharq mutafakkirlarining boy madaniy va ma‟rifiy merosi yosh avlodni doimo halol mehnat qilishga, mardlik va saxovat, kamtarlik va adolat, va mehr va oqibatga chaqiradi. Har qaysi xalq yoki millatning ma‟naviyatini, tarixini, o„ziga xos urf-odat va an‟analarini milliy qadriyatlarsiz tasavvur etib bo„lmaydi. Sharq olimlarining, jumladan, Abu Rayhon Beruniyning hikmatlari, Kaykovusning “Qobusnoma”, Alisher Navoiyning “Mahbub ul-qulub”, Husayn Voiz Koshifiyning “Axloqi muhsiniy” kabi asarlarida ta‟lim va tarbiya masalasiga bo„lgan e‟tibor o„z aksini topgan. Qayd etilgan asarlarda farzand ota-onaning baxti bo„lsa, tarbiya farzandning buguni, ertasi va kelajagidir degan ma‟nj mujassam. Mutafakkir Ibn Sino tarbiya beruvchilarga qarata,“Kimga qanday pandu nasihat qilsang, unga, avvalo, o„zing amal qil”, – deganidek, farzand tarbiyasida, ularning ma‟naviy dunyoqarashini kengaytirish va boyitishda, mutafakkirlarning fikrmulohazalari, pand-nasihatlari, hikmatlariga amal qilish va ulardan foydalanish barchamizning burchimizdir.
3) Uyg onish davriʻ ( Renessans ) — Markaziy Osiyo , Eron , Xitoy (9-12 va 15-asrlar) va G arbiy Yevropada ʻ yuz bergan alohida madaniy va tafakkuriy taraqqiyot davri. „Renessans“ atamasi dastlab Italiyadagi madaniy-ma naviy ʼ yuksalish (14—16-asrlar)ga nisbatan qo llanilgan, uni o rta ʻ ʻ asrchilik turg unligidan yangi davrga o tish bosqichi deb ʻ ʻ baholaganlar. Renessansning asosiy alomatlari: tafakkurda va ilmu ijodda dogmatizm, jaholat va mutaassiblikni yorib o tib, ʻ insonni ulug lash (qarang ʻ Gumanizm ), uning iste dodi, aqliyfikriy ʼ imkoniyatlarini yuzaga chiqarish; antik davr (yunonrum) madaniyatiga qaytib, uni tiklash, boyitish; cherkov sxolastikasidan qutulib, adabiyot va san atda dunyoviy go zallik, hayot taronalarini ʼ ʻ qizg in kuylash; inson erki, hurfikrlilik uchun kurashish. Buning ʻ natijasi o laroq, ijodiy qudrat va tafakkur kuchini namoyish ʻ etadigan ulug vor badiiy asarlar, salobatli binolar yaratildi, ilmfan ʻ rivojlandi. Italiyada shoir Petrarka va Dante, rassom Jotto, adib va mutafakkirlar Bokkachcho, Ariosto, Tasso, Byome Renessans g oyalarining jarchilari bo lib maydonga chiqdilar. ʻ ʻ Keyinchalik Michelangelo , Rafael , Shakespeare , Miguel de Cervantes Yevropaning turli mamlakatlarida buni davom ettirdilar. Ammo Renessans, ya ni Uyg onish faqat Yevropa hodisasi emas. ʼ ʻ Dunyo madaniyatini yaxlit olib o rgangan olimlarning ishlari shuni ʻ ko rsatdiki, Osiyo markazida ʻ joylashgan Movarounnaxr , Xuroson va Eronda Italiyaga qaraganda bir necha asr oldin (9—12-asrlar) ulkan madaniy ko tarilish yuz bergan, ilm-fan, falsafa, adabiyot kuchli rivojlanib, ʻ ilg or insonparvarlik g oyalari jamiyat fikrini band etgan, aqliy va ʻ ʻ ijodiy faollik gurkiragan. Bu davr dunyo ilmida „Musulmon Renessansi“ (A. Mets) yoki „Sharq Uyg onishi“ (N. I. Konrad) nomi ʻ bilan atalib kelinmoqda. Sharq Uyg onish davrida Yevropa ʻ Uyg onish davrining asosiy belgilari mujassam: jo shqin ijodiy ʻ ʻ faoliyat, ulkan bunyodkorlik ishlarining amalga oshirilgani, aqlni hayratga soluvchi bemisl asarlarning yaratilgani shundan dalolat beradi. Sharq Uyg onish davri ham ulug allomalar, qomusiy bilim ʻ ʻ sohiblari, mashhur mutafakkirlarni yetishtirdi. Aniq fanlar sohasida